Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 10-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3366]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) asosan buyuraman:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonunining 8-moddasiga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va eʼlon etilishi kerakligi;
Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 46-moddasiga muvofiq ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid boʻlsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan toʻlaligicha qamrab olingan yoki amalda oʻz huquqiy ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa, lekin rasman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozimligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qoʻllashga taʼsir etmaydigan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish belgilanganligi;
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarining (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) 111-bandiga asosan qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilishi natijasida yuzaga keladigan “huquqiy boʻshliqlar” oqibatlari uchun ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik va idoralar rahbarlari javobgar boʻlishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan ilovaga muvofiq chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
4. Mazkur buyruq ilovasining 49-50-bandlari 2022-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-may,
11-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilayotgan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi tomonidan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarini ishlatish va boshqarishda chet el fuqarolari ishtirokidagi qoʻshma korxonalarda maxfiylik rejimini taʼminlash boʻyicha nizom (roʻyxat raqami 547, 1998-yil 23-noyabr).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki boshqaruvi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi va “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy xizmatlari tizimida stajirovkadan oʻtish tartibi (roʻyxat raqami 603, 1999-yil 20-yanvar).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki Boshqaruvi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi va “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalarining malaka amaliyotini oʻtash tartibi (roʻyxat raqami 604, 1999-yil 20-yanvar).
4. Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki Boshqaruvi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi va “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan Davlat grantlari asosida tahsil olgan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilarini konkurs asosida tanlash tartibi (roʻyxat raqami 605, 1999-yil 20-yanvar).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan Tugatilayotgan korxonaning mol-mulki va majburiyatlarini inventarizatsiya qilishni tashkil etish va qiymatini aniqlash boʻyicha yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 887, 2000-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 3-son).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar qoʻmitasining 2001-yil 10-sentabrdagi 4-son “Tugatilayotgan korxona mulki va majburiyatlarini inventarizatsiya qilishni tashkil etish hamda ularning qiymatini aniqlash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 887-1, 2001-yil 28-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 18-son).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2009-yil 24-apreldagi 10-son “Tugatilayotgan korxonaning mol-mulki va majburiyatlarini inventarlashni tashkil etish va qiymatini aniqlash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 887-2, 2009-yil 18-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 21-son, 255-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2011-yil 19-dekabrdagi 12-son “Tugatilayotgan korxona mulki va majburiyatlarini inventarizatsiya qilishni tashkil etish hamda ularning qiymatini aniqlash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 887-3, 2011-yil 29-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 52-son, 572-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2013-yil 19-sentabrdagi 01/24-26/15-son “Tugatilayotgan korxona mulki va majburiyatlarini inventarizatsiya qilishni tashkil etish hamda ularning qiymatini aniqlash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 887-4, 2013-yil 23-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 39-son, 518-modda).
10. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 13-dekabrdagi 01/24-26/45-son “Tugatilayotgan korxona mulki va majburiyatlarini inventarizatsiya qilishni tashkil etish hamda ularning qiymatini aniqlash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 887-5, 2017-yil 12-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 36-modda).
11. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 28-sentabrdagi 01/16-2-10/23-son “Tugatilayotgan korxona mulki va majburiyatlarini inventarizatsiya qilishni tashkil etish hamda ularning qiymatini aniqlash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 887-6, 2017-yil 10-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/887-6/0093-son).
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 30-dekabrdagi 01/11-14/63-son “Tugatilayotgan korxonaning mol-mulki va majburiyatlarini inventarizatsiya qilishni tashkil etish va qiymatini aniqlash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 887-7, 2020-yil 24-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2020-y., 10/20/887-7/0079-son).
13. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1999-yil 8-sentabrda 123-V-son bilan tasdiqlangan “OʻZBEKISTON POCNTASI” AJ ning pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlarida kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari (roʻyxat raqami 904, 2000-yil 1-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 5-son).
14. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2015-yil 16-maydagi 123-V-1, 124-mh-son “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining pochta aloqasi boʻyicha ekspluatatsiya korxonalarida kassa operatsiyalarini yuritish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 904-1, 2015-yil 3-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 26-son, 351-modda).
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2001-yil 9-noyabrdagi 124, 2001-113-son “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK korxonalari hisob raqamlaridan toʻlovlarni amalga oshirish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1088, 2001-yil 27-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 22-son).
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 19-avgustdagi 98, 2002-68-son “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK korxonalari hisob raqamlaridan toʻlovlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomga 1-sonli oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1088-1, 2002-yil 22-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 15-16-son).
17. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 27-iyuldagi 53, 2012-21-son “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK korxonalari hisob raqamlaridan toʻlovlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1088-2, 2012-yil 10-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 32-son, 385-modda).
18. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 10-sentabrdagi 82, 2013-38-son “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK korxonalari hisob raqamlaridan toʻlovlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1088-3, 2013-yil 18-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 38-son, 501-modda).
19. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 29-oktabrdagi 4, 129, 2002-86-son “1-yanvar holati boʻyicha asosiy fondlarni har yillik qayta baholashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1192, 2002-yil 4-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 23-24-sonlar).
20. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasining 2003-yil 10-apreldagi 3, 46, 2003-47, 3-son “1-yanvar holati boʻyicha asosiy fondlarni har yillik qayta baholashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1192-1, 2003-yil 23-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 7-8-sonlar).
21. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasining 2009-yil 20-oktabrdagi 90, 98, 2009-30, 2-son “1-yanvar holati boʻyicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1192-2, 2009-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 47-son, 512-modda).
22. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasining 2014-yil 14-apreldagi 64, 32, 2014-12, 2-mb-son “1-yanvar holati boʻyicha asosiy fondlarni har yillik qayta baholashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1192-3, 2014-yil 24-aprel).
23. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2004-yil 4-maydagi 30, 250-V, 60, 6-son “Markazlashtirilgan moliyalash manbalari hisobidan obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurilishini amalga oshirishda pudrat qurilish tashkilotlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1358, 2004-yil 19-may) (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 20-son, 240-modda).
24. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2013-yil 9-sentabrdagi 47, 4/5, 81, 5-son “Markazlashtirilgan moliyalash manbalari hisobidan obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurilishini amalga oshirishda pudrat qurilish tashkilotlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1358-1, 2013-yil 20-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 38-son, 505-modda).
25. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bankining boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2005-yil 21-iyundagi 55, 59, 263-V, 01-02/19-16-son “Oʻzbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasida chet el valyutasida tuzilgan eksport shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, hisob-kitoblarni va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1482, 2005-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 25-26-son, 184-modda).
26. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bankining boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 2-apreldagi 22, 33, 6/1, 01-02/19-29-son “Oʻzbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasida chet el valyutasida tuzilgan eksport shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish, hisob-kitoblarni va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1482-1, 2013-yil 2-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 18-son, 238-modda).
27. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2005-yil 18-noyabrdagi 237a-son “Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523, 2005-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 47-48-son, 358-modda).
28. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2006-yil 27-yanvardagi 20-son “Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-1, 2006-yil 13-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 47-modda).
29. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2016-yil 29-martdagi 24-son “Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-2, 2016-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 16-son, 167-modda).
30. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2018-yil 31-yanvardagi 43-son “Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-3, 2018-yil 19-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2018-y., 10/18/1523-3/0784-son).
31. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2018-yil 6-noyabrdagi 53-son “Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-4, 2018-yil 7-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1523-4/2281-son).
32. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2019-yil 29-noyabrdagi 67-son “Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523-5, 2019-yil 20-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 10/19/1523-5/4184-son).
33. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2006-yil 4-oktabrdagi 117, 12 va 37/QQ-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilari — yosh mutaxassislarning ishga joylashishi uchun lavozim, kasblar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1631, 2006-yil 18-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 42-son, 423-modda).
34. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2008-yil 15-avgustdagi 01/19-18/12-son “Baholash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakli va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1860, 2008-yil 24-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 39-son, 401-modda).
35. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/07-son “Baholash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakli va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1860-1, 2014-yil 26-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 13-son, 145-modda).
36. Oʻzbekiston Respublikasining xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 26-maydagi 01/27-26/33-son “Baholash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” shaklini toʻldirish boʻyicha qoidalarning 6-bandiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1860-2, 2016-yil 1-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 22-son, 254-modda).
37. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 27-fevraldagi 01/10-10/45-son “Baholash faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakli va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1860-3, 2019-yil 11-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1860-3/2735-son).
38. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvining 2009-yil 28-maydagi 11, 52, 52-4-4/46, 11/2-son “Qogʻoz chiqindilarini toʻplash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1979, 2009-yil 1-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 27-son, 321-modda).
39. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 19-iyuldagi EG-01/10-4014, 60, 01-02/8-10 son “Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2131, 2010-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 33-son, 279-modda).
40. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 30-avgustdagi EG-01/10-4974, 67, 01-02/8-13-son “Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2131-1, 2012-yil 3-oktabr).
41. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 2-dekabrdagi 2016/39-7, 90, 01-02/16-65-son “Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2131-2, 2016-yil 14-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 50-son, 573-modda).
42. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 11-oktabrdagi 2018/23-04, 133, 01-02/8-62-son “Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2131-3, 2018-yil 16-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2018-y., 10/18/2131-3/2191-son).
43. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining 2020-yil 11-avgustdagi 9-SP-son, Moliya vazirligining 2020-yil 8-avgustdagi 35-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 7-avgustdagi 01-02/8-35-son “Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2131-4, 2020-yil 25-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2131-4/1220-son).
44. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2010-yil 26-avgustdagi 7-yu/b-son “Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139, 2010-yil 4-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 309-modda).
45. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2011-yil 16-martdagi 9-mh-son “Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139-1, 2011-yil 28-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 12-13-son, 127-modda).
46. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2012-yil 30-iyundagi 10-m/h-son “Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139-2, 2012-yil 18-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 344-modda).
47. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2013-yil 14-fevraldagi 12-m/h-son “Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139-3, 2013-yil 25-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 9-son, 119-modda).
48. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2014-yil 1-apreldagi 16-mh-son “Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2139-4, 2014-yil 7-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 15-son, 172-modda).
49. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2012-yil 15-martdagi 15, 29-son “Nogironlar va keksalarni bepul sanatoriya-kurort yoʻllanmalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2356, 2012-yil 27-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 200-modda).
50. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 9-martdagi 6-q/q va 22-son “Nogironlar va keksalarni bepul sanatoriya-kurort yoʻllanmalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2356-1, 2015-yil 25-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 12-son, 144-modda).
51. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2013-yil 2-iyuldagi 01-237-son “Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477, 2013-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 28-son, 367-modda).
52. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2014-yil 14-avgustdagi 01-268-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-1, 2014-yil 21-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 34-son, 442-modda).
53. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 2016-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 35-son, 411-modda).
54. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2013-yil 10-oktabrdagi 01-339-son “Chet tillar oʻqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2520, 2013-yil 31-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 44-son, 582-modda).
55. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-son “Chet tillar oʻqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2520-1, 2015-yil 28-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 4-son, 48-modda).
56. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 9-iyuldagi 01-193-son “Chet tillar oʻqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2520-2, 2015-yil 15-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 28-son, 379-modda).
57. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2019-yil 16-dekabrdagi 01-695-son “Chet tillar oʻqituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2520-3, 2019-yil 30-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/2520-3/4252-son).
58. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 14-sentabrdagi 79, 336-V, 2015-29-son “Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2716, 2015-yil 29-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 39-son, 513-modda).
59. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 28-fevraldagi 36, 336-V-1 va 2018-08-son “Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2716-1, 2018-yil 7-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2018-y., 10/18/2716-1/0861-son).
60. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 21-fevraldagi 16 va 2019-09-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlari oʻrtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi tomonidan soliq nizolarini koʻrib chiqish reglamentini tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3150, 2019-yil 12-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2019-y., 10/19/3150/2927-son).
61. Respublika hududlari va tarmoqlari eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika komissiyasining 2020-yil 25-maydagi 24/1-1111-son “Mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, havo va temir yoʻl transportida tashish xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qisman kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3257, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3257/1056-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2022-y., 10/22/3366/0406-son)