O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
Qarori
TOVARLARNING KELIB ChIQIShINI SERTIFIKATLAShNI O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 3-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2131-1]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455 sonli “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29 - son, 328 - modda) muvofiq, tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibini takomillashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 19-iyuldagi EG-01/10-4014, 60, 01-02/8-10-son qarori (ro‘yxat raqami 2131, 2010-yil 13-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 33-son, 279-modda) bilan tasdiqlangan Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. G‘ANIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-avgust,
EG-01/10-4974-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-avgust,
67-son
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-avgust,
01-02/8-13-son
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2012-yil 30-avgustdagi EG-01/10-4974, 67, 01-02/8-13-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 1-bandda:
oltinchi va yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat (bundan buyon sertifikat deb yuritiladi) — tovarlarning kelib chiqish mamlakati to‘g‘risida aniq dalolat beruvchi hujjat, shu jumladan elektron shakldagi hujjat;
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash (bundan buyon matnda sertifikatlash deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasidan eksport va reeksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni berish, guvohlantirish orqali tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadida ekspertiza o‘tkazish jarayoni;”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“tovar — bojxona chegarasidan o‘tuvchi har qanday mol-mulk, shu jumladan issiqlik, elektr, boshqa energiya turlari va transport vositalari (tovar va yo‘lovchilarni xalqaro tashish xizmatlarini amalga oshiruvchi transport vositalaridan tashqari);
tovar turkumi — bir vaqtning o‘zida bitta yuk oluvchining manziliga bir yo‘nalishda yuk jo‘natuvchidan bir yoki bir nechta tovar kuzatuv hujjatlari asosida, shuningdek bir pochta yuk xati bo‘yicha yoki chegarani kesib o‘tuvchi shaxsning yuki sifatida jo‘natilayotgan tovarlar;”
sakkizinchi xatboshi o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Quyidagi mazmundagi 81-band bilan to‘ldirilsin:
“81. Tovarlarni MDH davlatlariga eksport qilishda “yetarlicha darajada qayta ishlanganligi” mezonini qo‘llash uchun kumulatsiya tamoyilidan foydalanish mumkin, ya’ni tovarlarni MDH davlatlarida birin-ketinlikda qayta ishlashda, ushbu davlatlar kelib chiqishni aniqlash maqsadlari uchun yaxlit hudud sifatida ko‘riladi.”.
3. 27-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “tovarning yuklanayotgan turkumiga” degan so‘zlar “eksport qilinayotgan tovarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. Quyidagi mazmundagi 271-band bilan to‘ldirilsin:
“271. Reeksport qilinayotgan tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni olish uchun murojaat qilinganda quyidagilar taqdim qilinishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatning asl nusxasi;
tovarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
eksport shartnomasi yoki tovarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan reeksport qilinayotganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi.”
5. 28-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
6. 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Ekspertiza dalolatnomasi eksport qilinayotgan tovarning shartnomada ko‘rsatilgan barcha miqdoriga yoki (eksportyorning ixtiyoriga ko‘ra) tovarning jo‘natishga tayyor bo‘lgan turkumiga rasmiylashtiriladi.”.
7. 39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“39. Sertifikat ekspertiza dalolatnomasi asosida eksport qilinayotgan tovarning shartnomada ko‘rsatilgan barcha miqdoriga yoki tovarning jo‘natishga tayyor bo‘lgan turkumiga (eksportyorning ixtiyoriga ko‘ra), Bosh Preferensiyalar Tizimiga muvofiq preferensiyalar taqdim etuvchi xorijiy davlatlarga eksport qilinayotgan tovarlarga — A shaklida, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlariga — ST-1 shaklida, boshqa davlatlarga — mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq rus yoki ingliz tillarida yoki O‘zbekiston Respublikasi bilan tuzilgan bitimlarda belgilangan shakllarda rasmiylashtiriladi.
Eksportyorning ixtiyoriga ko‘ra, sertifikat alohida transportda tashilayotgan tovar birliklariga berilishi mumkin.”
8. VII bo‘lim va 5-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga
ILOVA
ILOVA
“Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 40-son, 471-modda)