O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI DIREKTORINING
buyrug‘i
Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 28-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2520-1]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Ta’lim muassasalarining qo‘shimcha to‘lovlar belgilangan pedagog xodimlari lavozimlari ro‘yxati, mazkur to‘lovlarning turlari va miqdorlarining 3-bandiga asosan buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2013-yil 10-oktabrdagi 01-339-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2520, 2013-yil 31-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 44-son, 582-modda) bilan tasdiqlangan Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Direktor J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2015-yil 19-yanvar,
01-15-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2015-yil 19-yanvardagi 01-15-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Test sinovlarida ishtirok etish ixtiyoriy bo‘lib, o‘qituvchining istagiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi malaka sertifikati bo‘yicha S1 darajasiga, IELTS (International English Language Testing System) sertifikati bo‘yicha 7,0 ball va undan yuqori ballga, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) (IBT) sertifikati bo‘yicha 110 ball va undan yuqori ballga, Test DaF (Test Deutsch als Fremdsprache für ausländische Studienbewerber), GOETNE-ZERTIFIKAT, DALF (Diplôme approfondi de langue française), DELE (Diplomas de Español como Lengua Extranjera) sertifikatlari bo‘yicha S1 darajasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar mazkur hujjatlarning amal qilish muddati davomida test sinovidan o‘tishlari talab etilmaydi.”.
2. 4-bandda:
uchinchi xatboshidagi “75” degan raqam “60” degan raqam bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshidagi “45” degan raqam “60” degan raqam bilan almashtirilsin.
3. 6-band “orqali” degan so‘zdan keyin “har yili aprel va noyabr oylarida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
4. 12-banddagi “muassasalarining xodimlari shartnoma asosida” degan so‘zlar “tizimidan mutaxassislar Davlat test markazi vakili,” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 14-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Test sinovlariga uzrli sabablarga ko‘ra (kasalligi, xizmat safarida bo‘lganligi va h.k.) kelmagan o‘qituvchilar uzrli sabab yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan taqdirda, test sinovlarini topshirish uchun to‘lov undirilmagan holda umumiy asoslarda qayta murojaat qilishlari mumkin.”.
6. 16-banddagi “chet tilini o‘qitish metodikasi,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
7. 18-banddagi “3” degan raqam “bir” degan so‘z bilan almashtirilsin.
8. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlaridan ixtiyoriy biri bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 40 foizidan kam ball to‘plagan o‘qituvchining yozma ishi tekshirilmaydi, yozma ishi tekshirilmagan yoki yozish bo‘limi bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 50 foizidan kam ball to‘plagan o‘qituvchi test sinovining 2-bosqichiga qo‘yilmaydi.”.
9. 23-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Gapirish bo‘limi bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun ichida barcha bo‘limlar bo‘yicha test sinovi natijalari Davlat test markazining rasmiy saytida e’lon qilinadi.”.
10. 24 va 25-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilarga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda maxsus raqamlangan blankada rasmiylashtiriladigan Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi bo‘yicha test sinovidan o‘tganlik haqida ma’lumotnoma beriladi. Ma’lumotnomalar test sinovi natijasi e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun ichida Davlat test markazi tomonidan ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlariga yoki o‘qituvchining o‘ziga beriladi.
25. Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi bo‘yicha test sinovidan o‘tganlik haqida ma’lumotnomaning haqiqiyligi unda ko‘rsatilgan o‘qituvchining maxsus kodi yordamida Davlat test markazining rasmiy sayti orqali tekshirilishi mumkin.
Ma’lumotnoma barcha turdagi ta’lim muassasalari uchun bir xil kuchga ega.”.
11. 26-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Apellatsiya shikoyatini yozish uchun o‘qituvchiga test materiallari (savollar kitobining asli, javoblar varaqasining nusxasi, o‘qituvchi tomonidan belgilangan noto‘g‘ri javoblar ro‘yxati, yozma ishning nusxasi, gapirish bo‘limi bo‘yicha berilgan savollar) beriladi. Apellatsiya shikoyatida o‘qituvchi aniq asoslangan e’tirozlarini ko‘rsatishi lozim.
Test sinovlarini tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha mazkur Nizomda belgilangan tartibni buzish holatlari yuzasidan apellatsiya shikoyati test sinovining tegishli bosqichi o‘tkazilgan kuni berilishi lozim.”.
12. 29-bandda:
“hamda chet tilini o‘qitish metodikasi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“50” degan raqam “40” degan raqam bilan almashtirilsin.
13. 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. Test sinovlarining tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlarining har biridan belgilangan maksimal ballning kamida 40 foizini, gapirish va yozish bo‘limlarining har biridan belgilangan maksimal ballning kamida 50 foizini to‘plagan o‘qituvchilar test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan deb hisoblanadi.
O‘qituvchining Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi malaka sertifikati bo‘yicha S1 darajasiga, IELTS (International English Language Testing System) sertifikati bo‘yicha 7,0 ball va undan yuqori ballga, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) (IBT) sertifikati bo‘yicha 110 ball va undan yuqori ballga, Test DaF (Test Deutsch als Fremdsprache für ausländische Studienbewerber), GOETNE-ZERTIFIKAT, DALF (Diplôme approfondi de langue française), DELE (Diplomas de Español como Lengua Extranjera) sertifikatlari bo‘yicha S1 darajasiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjati Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi bo‘yicha test sinovidan o‘tganlik haqida ma’lumotnoma o‘rnida qabul qilinadi.”.
14. 33-band “o‘tmagan” degan so‘zdan keyin “yoki testda ishtirok etish uchun ariza berib, test sinovida uzrsiz sabablarga ko‘ra qatnashmagan yoxud test sinoviga kechikib kelgan hamda test sinovidan chetlashtirilgan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
15. 35-band “bekor qilish” degan so‘zlardan keyin “yoki boshqa intizomiy jazo chorasi qo‘llash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
17. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. VAHOBOV
2015-yil 19-yanvar
Xalq ta’limi vaziri U. INOYATOV
2015-yil 19-yanvar
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi direktori U. SALIMOV
2015-yil 19-yanvar
Moliya vaziri R. AZIMOV
2015-yil 19-yanvar
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
2015-yil 19-yanvar
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
2015-yil 19-yanvar
Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga
ILOVA
ILOVA
“Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI | |||||||||||
| | | | | | | | | | | | |
|
Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi bo‘yicha test sinovidan o‘tganlik haqida | |||||||||||
| | | | | | | | | | | | |
|
Ma’lumotnoma |
|
Chet |
| ||||||||
|
O‘qituvchining |
| ||||||||||
|
Familiyasi |
| ||||||||||
|
Ismi |
| ||||||||||
|
Otasining ismi |
| ||||||||||
|
Ish joyi |
| ||||||||||
| | | | | | | | | | | | |
| Test sinovi natijalari |
Tinglab tushunish | O‘qish | Leksik va gramm�tik kompetensiyalar | Yozish | Gapirish | ||||||
|
ball |
| | | | |||||||
|
% |
| | | | | ||||||
| | | | | | | | | | | | |
|
Berilgan sana |
|
Amal qilish |
| ||||||||
| | | | | | | | | | | | |
| Direktor |
______________ |
| |
____________________ | |||||||
| | |
(imzo) |
| |
(F.I.O.)”. | ||||||
| | | M.O‘. | | | | | | | | | |
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 4-son, 48-modda)