O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining
buyrug‘i
“Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 25-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2139-3]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 327-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2010-yil 26-avgustdagi 7-yu/b-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2139, 2010-yil 4-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 35-36-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor A. YUNUSOV
Toshkent sh.,
2013-yil 14-fevral,
12-m/h-son
O‘zbekiston Matbuot va axborot Agentligi bosh direktorining 2013-yil 14-fevraldagi 12-m/h-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Noshirlik va matbaa korxonalari tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondiga ajratmalar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 7-bandidan “soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. 2-ilovasidan “nusxasi: ____________ viloyat, __________tuman davlat soliq inspeksiyasiga” so‘zlari chiqarib tashlansin.
3. Ushbu o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2013-yil 13-fevral
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
2013-yil 30-yanvar
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2013-yil 25-yanvar
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondi ijro etuvchi direktori E. AXMEDOV
2013-yil 21-yanvar
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 9-son, 119-modda)