Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 25-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2131-4]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4525-son “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 19-iyuldagi EG-01/10-4014, 60, 01-02/8-10-son qarori (roʻyxat raqami 2131, 2010-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 33-son, 279-modda) bilan tasdiqlangan Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. UMURZAKOV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-avgust,
9-SP-son
Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi M.B. AZIMOV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-avgust,
01-02/8-35-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 8-avgust,
35-son
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining 2020-yil 11-avgustdagi 9-SP-son, Moliya vazirligining 2020-yil 8-avgustdagi 35-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 7-avgustdagi 01-02/8-35-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. 27-bandning ikkinchi xatboshisi, 273-bandning birinchi xatboshisi va 274-banddan “va muhri (mavjud boʻlsa)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 1a-ilovadan “M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2020-y., 10/20/2131-4/1220-son)