Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
buyrug‘i
“Baholash faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakli va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1860-3]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2008-yil 15-avgustdagi 01/19-18/12-son “Baholash faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakli va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1860, 2008-yil 24-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 39-son, 401-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Direktor N. JO‘RAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-fevral,
01/10-10/45-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 27-fevraldagi 01/10-10/45-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
“Baholash faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakli va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 1-ilovadan “M.O‘.” degan qisqartma chiqarib tashlansin.
2. 2-ilovaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Ma’lumotlar baholovchi tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1860-3/2735-son)