OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShqARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShqARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QOʻMITASI
Qarori
Markazlashtirilgan moliyalash manbalari hisobidan obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurilishini amalga oshirishda pudrat qurilish tashkilotlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 19-mayda 1358-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi “Kapital qurilishda xoʻjalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 395-sonli qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-fevraldagi 1-sonli majlisi bayonining 9-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki, Moliya vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Markazlashtirilgan moliyalash manbalari hisobidan obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurilishini amalga oshirishda pudrat qurilish tashkilotlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Iqtisodiyot vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 4-may,
30-son;
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 4-may,
250-V-son;
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 4-may,
60-son;
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi A. TOXTAYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 4-may,
6-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 20-son, 240-modda; 2013-y., 38-son, 505-modda)