Ancha miqdordagi zarar | — | bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar. |
Boshqa huquqiy ta’sir chorasi | — | jazo hisoblanmaydigan, lekin ushbu Kodeksda nazarda tutilgan chora (voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan majburlov choralari, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari). |
Valyuta operatsiyalari | — | valyuta qimmatliklariga mulk huquqining birovga o‘tishi bilan bog‘liq operatsiyalar, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda chet el valyutasidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi pul birligidan to‘lov vositasi sifatida foydalanish bilan bog‘liq operatsiyalar; valyuta qimmatliklarini chet eldan O‘zbekiston Respublikasiga keltirish va jo‘natish, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasidan chetga olib chiqish va jo‘natish; xalqaro miqyosda pul o‘tkazish operatsiyalari. |
Valyuta qimmatliklari | — | chet el valyutasi; chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar — fond boyliklari (aksiya, obligatsiya va boshqalar); chet el valyutasi bilan to‘lanadigan to‘lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditiv va boshqalar); har qanday ko‘rinish va holatdagi qimmatbaho metallar — oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy), shunday metallardan yasalgan zargarlik va boshqa ro‘zg‘or buyumlari hamda ularning rezgilari bundan mustasno; xomashyo yoki ishlov berilgan holatdagi tabiiy qimmatbaho toshlar — olmos, yoqut, zumrad, sapfir, aleksandritlar, shuningdek marvaridlar, shunday toshlar hamda ularning rezgilaridan yasalgan zargarlik va boshqa ro‘zg‘or buyumlari bundan mustasnodir. |
Giyohvandlik vositalari | — | giyohvandlik vositalari ro‘yxatlariga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar, tarkibida giyohvandlik moddasi mavjud bo‘lgan preparatlar va o‘simliklar |
Giyohvandlik vositalarining analoglari | — | kimyoviy tuzilishi va xossalariga ko‘ra giyohvandlik vositalariga o‘xshash bo‘lgan, ular singari ruhiyatga faol ta’sir etadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar |
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishdagi ko‘p miqdor | — | tegishli davlat organi tomonidan belgilanadi. |
Giyohvandlik vositalaridan, ularning analoglaridan yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ozginadan ko‘proq miqdor | — | tegishli davlat organining xulosasiga muvofiq belgilanadi. |
Davlat ishtirokidagi tashkilot | — | 1) ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat tashkiloti; 2) to‘liq yoki qisman davlat organi yoki davlat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan notijorat tashkiloti. |
Davlat siri | — | oshkor etilishi respublika harbiy iqtisodiy salohiyatining sifat holatiga salbiy ta’sir etishi yoki O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlari uchun boshqa og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar. |
Davlat sirlari | — | davlat tomonidan qo‘riqlanadigan va maxsus ro‘yxatlar bilan cheklab qo‘yilgan o‘ta muhim, mutlaq maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va boshqa ma’lumotlardir. O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari: davlat, harbiy va xizmat siriga bo‘linadi. |
Juda ko‘p zarar | — | bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari va undan ortiq bo‘lgan miqdordagi zarar. |
Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulot | — | tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o‘zga madaniy qimmatga ega bo‘lmagan, zo‘ravonlik yoki shafqatsizlik sodir etishga undaydigan materiallar va narsalar |
Ko‘p bo‘lmagan zarar | — | bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar. |
Ko‘p miqdor | — | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor. |
Ko‘p miqdordagi zarar | — | bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar. |
Ko‘pchilik uchun xavfli usul | — | o‘t qo‘yish, portlatish, suv bostirish va odamlar xalok bo‘lishi yoki ko‘p miqdorda zarar yetkazish xavfini tug‘diradigan boshqa usullar. |
Mansabdor shaxs | — | doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs. |
Odamlardan foydalanish | — | boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanish yoki ulardan shahvoniy foydalanishning boshqa shakllari, majburiy mehnat yoki xizmatlar, qullik yoki qullikka o‘xshash odatlar, erksiz holat yoxud inson a’zolari yoki to‘qimalarini ajratib olish. |
Oldindan ayon bo‘lish | — | qonunda bayon etilgan xulq-atvor va shart-sharoitlarga munosabat va bu munosabatning shaxs ulardan xabardorligidan dalolat berishi. |
Oldindan til biriktirish | — | jinoyat ishtirokchilari o‘rtasida jinoyat sodir etish yoki jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish to‘g‘risida bunday harakatlarni amalga oshirishdan avval kelishib olish. |
Prekursorlar | — | prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop moddalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar |
Pornografik mahsulot | — | pornografik asar, shuningdek badiiy qimmatga ega bo‘lmagan va ilmiy, tibbiy yoki o‘quv maqsadlari uchun mo‘ljallanmagan, odam jinsiy a’zolarining yoki odam tomonidan haqiqatda sodir etilayotgan yoki shunga o‘xshatilgan yoxud kompyuter texnologiyalari yordamida yaratilgan jinsiy aloqaning tavsifini yoki foto-, video tasvirini yoki boshqa tasvirini o‘z ichiga olgan materiallar va narsalar |
Psixotrop moddalar | — | psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar |
Radioaktiv materiallar | — | qurilmada yoki buyum tarkibida har qanday fizik holatda yoinki boshqa ko‘rinishda turgan ion nurlari tarqatuvchi manbalar, radioaktiv moddalar yoki yadro materiallari. |
Tamom bo‘lgan jinoyat | — | muayyan jinoyat tarkibining barcha zarur alomatlarini o‘z ichiga oladigan ijtimoiy xavfli qilmish. |
Tamom bo‘lmagan jinoyat | — | shaxsga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yoki jinoyat qilishdan ixtiyoriy ravishda qaytish tufayli oxiriga yetkazilmay qolgan jinoyat. |
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs | — | biron-bir davlatning fuqarosi yuridik maqomiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs. |
Xizmat siri | — | oshkor qilinishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalariga doir ma’lumotlar. |
Xizmatchi | — | davlat organida, tijorat, notijorat tashkilotida mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega bo‘lmagan shaxs. |
Xo‘jalik yurituvchi subyekt | — | mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar. |
Chet el valyutasi | — | 1) tegishli chet el davlatining muomalasida bo‘lgan va qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan, shuningdek, muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan, lekin O‘zbekiston Respublikasining pul belgisi bilan almashtirilishi lozim bo‘lgan banknot tarzidagi chet el pul belgisi; |
Yaqin qarindoshlar | — | qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillari. |
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi | — | qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yuridik maqomiga ega bo‘lgan shaxs. |
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yin | — | o‘yin tashkilotchisi (o‘yin muassasasi) tomonidan bir yoki undan ortiq ishtirokchilar bilan tasodifga (voqeaga) va (yoki) o‘yin ishtirokchisining qobiliyati, epchilligi va boshqa sifatlariga bog‘liq yutuq to‘g‘risida tuzilgan, tavakkalchilikka asoslangan bitimga muvofiq o‘yin tashkilotchilari va ishtirokchilarining xatti-harakatlari majmuini nazarda tutuvchi o‘yin, shu jumladan totalizatorlar, kazino, shuningdek o‘yin avtomatlaridan foydalaniladigan o‘yin. |
G‘arazgo‘ylik niyatlari | — | sodir qilingan jinoyatdan moddiy yoki boshqacha mulkiy yo‘sindagi foyda olish yoxud moddiy xarajatlardan qutilishga intilishda ifodalangan niyat. |
Harakatsizlik | — | shaxsning normativ hujjatlarda bajarishi shart qilib belgilangan muayyan harakatlarni bajarmaslikda ifodalangan ijtimoiy xavfli, ongli va sust xulq-atvori. |
Harbiy jinoyatlar | — | harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy mashqni o‘tash davrida harbiy xizmatga majbur shaxslar tomonidan harbiy xizmatni o‘tashning belgilangan tartibiga qarshi qilingan jinoyatlar. |
Harbiy sir | — | oshkor qilinishi O‘zbekiston Respublikasi mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi va Qurolli Kuchlari uchun og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan harbiy yo‘sindagi ma’lumotlar. |
Hokimiyat vakili | — | davlatning biron-bir hokimiyat organining nomidan ish ko‘rib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va o‘z vakolatlari doirasida ko‘pchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy bo‘lgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega bo‘lgan shaxs. |
Hujjat | — | huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan fakt va voqealarni tasdiqlovchi, lozim darajada tuzilgan va zaruriy rekvizitlari (shtamp, imzo, muhr, sana, tartib raqami) mavjud bo‘lgan yozma hujjat. |
Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishdagi yoki tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzishdagi ko‘p miqdor | — | tegishli davlat organi tomonidan belgilanadi. |
Tijorat maqsadi | — | jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan muayyan faoliyatda foyda yoki daromad olishga qaratilgan maqsad. |