23.08.2021 yildagi O‘RQ-710-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 27-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 29-mayda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning amal qilishi yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxslar oʻrtasida, xususiy mulk huquqi asosida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar boʻyicha tuziladigan bitimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asillik darajasi — kimyoviy jihatdan sof qimmatbaho metall ogʻirlik birliklarining qimmatbaho metall qotishmasining bir ming ogʻirlik birligidagi miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asillik darajasini aniqlash — qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilangan usullar orqali aniqlash yoki tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
affinaj korxonalari — qazib olingan rudalardan, konsentratlardan va yarim tayyor mahsulotlardan, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan parchalardan hamda chiqindilardan qimmatbaho metallarni ajratib olish va (yoki) qimmatbaho metallarni affinaj qilish boʻyicha faoliyatni litsenziya asosida amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari (bundan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlar mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yombi — qimmatbaho metall mineral-xom ashyosidan ajratib olingan, 0,3 grammdan ortiq ogʻirlikka ega boʻlgan qimmatbaho metallning tabiiy hosilasi (donasi, zarrasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar — qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik hamda boshqa buyumlarni yasash faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
standart quymalar — Oʻzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari talablariga, London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining (London palladiy va platina bozorining) yoki tovar-xom ashyo birjalarining talablariga muvofiq boʻlgan affinaj qilingan qimmatbaho metallar quymalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan parchalar va chiqindilar — oʻzining isteʼmol va (yoki) funksional xususiyatlarini yoʻqotgan buyumlar, shu jumladan ularning tarkibiy qismlari, tuzatib boʻlmaydigan yaroqsiz mahsulot, shuningdek ishlab chiqarish hamda foydalanish jarayonida hosil boʻlgan, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan xom ashyoning, materiallarning, xomaki mahsulotlarning va mahsulotlarning qoldiqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat fondi — Oʻzbekiston Respublikasining moliyaviy, ishlab chiqarish, ilmiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa ehtiyojlarini taʼminlash uchun moʻljallangan fond;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻlchovli quymalar — Oʻzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari yoki quymalarni ishlab chiqaruvchi davlatning normativ hujjatlari talablariga muvofiq boʻlgan affinaj qilingan qimmatbaho metallar quymalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar — zeb-ziynat, maishiy hamda diniy ashyolar sifatida qoʻllaniladigan, qimmatbaho metallardan va ularning qotishmalaridan yasalgan hamda ushbu Qonunda belgilangan eng past asillik darajalaridan kam boʻlmagan asillik darajalariga ega boʻlgan, shu jumladan bezakli ishlov berishning har xil turlaridan foydalanilgan, qimmatbaho toshlar va boshqa materiallar oʻrnatilgan yoki oʻrnatilmagan holda yasalgan buyumlar yoxud tabiiy yoki sunʼiy materiallardan yasalgan, bezakli ishlov berishning har xil turlaridan foydalanilgan, qimmatbaho toshlar oʻrnatilgan holda yasalgan buyumlar. Qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilari, standart va oʻlchovli quymalar, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan davlat mukofotlari, mukofot belgilari va sport mukofotlari qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarga kirmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni affinaj qilish — ajratib olingan qimmatbaho metallarni ularga fizik va kimyoviy ishlov berish usullarini qoʻllagan holda aralashmalardan hamda qoʻshilib chiqadigan komponentlardan tozalash jarayoni boʻlib, u qimmatbaho metallarni Oʻzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlariga yoki affinaj qilingan qimmatbaho metallarga oid xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifat darajasiga yetkazishga qaratilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar tahlili — buyum yasalgan qimmatbaho metallning va qimmatbaho metallar qotishmasining kimyoviy tarkibini, shu jumladan uning buzilishini nazarda tutuvchi usullarni qoʻllash yoʻli bilan aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar — har qanday koʻrinish va holatdagi, shu jumladan yombi va affinaj qilingan holatdagi, shuningdek xom ashyodagi, qotishmalardagi, xomaki mahsulotlardagi, sanoat mahsulotlaridagi, kimyoviy birikmalardagi, qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlardagi, qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilaridagi, ishlab chiqarish hamda isteʼmol parchalaridagi va chiqindilaridagi oltin, kumush, platina hamda platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho toshlar — tabiiy olmoslar, yoqutlar, zumradlar, sapfirlar, aleksandritlar, xom (tabiiy) va ishlov berilgan tarzdagi tabiiy marvarid. Qahraboning noyob hosilalari qimmatbaho toshlarga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish — qazib olingan rudalardan, konsentratlardan, boshqa yarim tayyor mahsulotlardan, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan parchalardan hamda chiqindilardan qimmatbaho metallarning ajratib olinishi, shuningdek qimmatbaho metallarning affinaj qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash (ularga ishlov berish) — ishlash muddatini oʻtab boʻlgan yoki foydalanishdan chiqarilgan texnik buyumlardan, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan parchalardan va chiqindilardan Oʻzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari talablariga yoki affinaj qilingan qimmatbaho metallar boʻyicha xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifat darajasiga yetkazishga qaratilgan mexanik, kimyoviy hamda metallurgiya jarayonlaridan foydalangan holda qimmatbaho metallni ajratib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni qazib olish — tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan konsentratlarni va boshqa yarim tayyor mahsulotlarni olish uchun tub (rudali), sochma konlardan va texnogen mineral hosilalardan qimmatbaho metallarni ajratib olish bilan bogʻliq ishlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish — miqdor va sifat jihatidan sanoat usulida qazib olish obyektlari boʻlmagan yer qaʼri uchastkalarida, shu jumladan sochma oltin uchastkalarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida qazib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni sanoat usulida qazib olish — miqdor va sifat jihatidan sanoat usulida qazib olish obyektlari boʻlgan, tarkibida foydali qazilmalar mavjud boʻlgan yer qaʼri uchastkalarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho toshlarni rekuperatsiya qilish — ishlash muddatini oʻtab boʻlgan yoki foydalanishdan chiqarilgan asboblar va boshqa texnik buyumlardan, shuningdek tarkibida qimmatbaho toshlar boʻlgan chiqindilardan keyinchalik ularni Oʻzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari talablariga yoki xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifat darajasiga yetkazgan (tozalagan) holda qimmatbaho toshlarni ajratib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho toshlarning chiqindilari — tarkibida har qanday koʻrinishdagi va holatdagi qimmatbaho toshlar mavjud boʻlgan, qimmatbaho toshlarga ishlov berish hamda ulardan foydalanish jarayonida hosil boʻlgan chiqindilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho toshlarni qazib olish — tub (rudali) va sochma konlardan qimmatbaho toshlarni ajratib olish, shuningdek qimmatbaho toshlarni saralash, birlamchi tasniflash va dastlabki baholash bilan bogʻliq boʻlgan ishlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho toshlarni saralash va birlamchi tasniflash — boyitish jarayonining yakunlovchi qismi boʻlib, u namunaviy nusxalar va tasniflagichlarning tasdiqlangan toʻplamlari asosida mineral-xom ashyodan ajratib olingan qimmatbaho toshlarni ajratish, shuningdek ularni jahon bozorida qabul qilingan navlarga mos keladigan alohida navlarga ajratish imkonini beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho toshlarni birlamchi baholash — boyitish jarayonining yakunlovchi qismi boʻlib, u qimmatbaho toshlar narxlarining preyskurantlari asosida qimmatbaho toshlarni baholashni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamgʻalash — qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarga tekshirish va (yoki) tahlil qilish natijalari asosida davlat asillik darajasi tamgʻasi izini yoki belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisini qoʻyish jarayoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Qimmatbaho metallarning va qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi sohasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallarning va qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi sohasiga tarkibida qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlar boʻlgan yer qaʼri uchastkalarini geologik jihatdan oʻrganish va qidirish, ushbu metallar hamda toshlarni qazib olish, ishlab chiqarish, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq operatsiyalar majmuini amalga oshirish kiradi. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq operatsiyalar jumlasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni va qimmatbaho toshlarni realizatsiya qilish — qimmatbaho metallarga va qimmatbaho toshlarga, ulardan yasalgan mahsulotlarga (buyumlarga), shuningdek qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilariga hamda qimmatbaho toshlar chiqindilariga boʻlgan mulk huquqining hamda boshqa mulkiy huquqlarning oʻtishida, shu jumladan ulardan garov sifatida foydalanilishida ifodalanadigan harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan ishlab chiqarish, ilmiy va ijtimoiy-madaniy maqsadlarda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni qazib olish, ishlab chiqarish (affinaj qilish), keyinchalik qayta ishlash (ularga ishlov berish) hamda ulardan foydalanish chogʻida har qanday moddalardagi va materiallardagi qimmatbaho metallarning hamda qimmatbaho toshlarning fizik holatini yoki tarkibini oʻzgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini hamda qimmatbaho toshlar chiqindilarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni va qimmatbaho toshlarni hamda ulardan yasalgan mahsulotlarni (buyumlarni) tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, ulardan yasalgan mahsulotlarni (buyumlarni) saqlash joylariga, fondlarga va zaxiraxonalarga olib oʻtish, shuningdek qimmatbaho metallarni hamda qimmatbaho toshlarni saqlash va koʻrgazmaga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, ulardan yasalgan mahsulotlarni (buyumlarni), shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan parchalarni, chiqindilarni hamda xom ashyoni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qimmatbaho metallarning va qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Qimmatbaho metallarning va qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi sohasini davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallarning va qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi sohasini davlat tomonidan tartibga solish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni affinaj qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qazib olinayotgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni Oʻzbekiston Respublikasining Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat fondi uchun sotib olishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardagi aktivlarini shakllantirish hamda toʻldirishga doir ustuvor huquqni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni hisobga olishga, saqlashga, tashishga hamda ular boʻyicha hisobotlar berishga doir talablarni, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirishning yagona tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarining harakatlarini normativ-huquqiy jihatdan tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri uchastkalarini geologik jihatdan oʻrganish va qidirish, qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarni qazib olish ustidan vakolatli davlat organlari tomonidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning ishlab chiqarilishi, foydalanilishi hamda realizatsiya qilinishi ustidan vakolatli davlat organi tomonidan asillik darajasi nazoratini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda uning hududidan olib chiqish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
affinaj korxonalari faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va ularni tamgʻalash ustidan davlat nazoratini oʻrnatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi hamda quyidagilarning tartibini belgilaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibida qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlar boʻlgan yer qaʼri uchastkalarini geologik jihatdan oʻrganish va qidirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan xom ashyoni qazib olish, shuningdek qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarning parchalarini va chiqindilarini hamda qimmatbaho toshlar chiqindilarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga ruxsat beriladigan yer qaʼri uchastkalarining har yilgi roʻyxatini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni sanoat usulida qazib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlatib boʻlingan yerlarni rekultivatsiya qilish, ularni mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining zaxira fondiga qaytarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkalarini elektron auksion orqali realizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri uchastkalarini geologik jihatdan oʻrganish va qidirish, qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarni qazib olish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar yombilarini, qimmatbaho toshlarni va qahrabo hosilalarini noyob toifasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
affinaj korxonalarining ishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni affinaj qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli quymalarni sotib olish va sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar massasi nominalida koʻrsatiladigan davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish, joylashtirish va ularning muomalada boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni yasash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarning asillik darajasini aniqlash, ulardan namunalar olish, ularni tahlil qilish, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni tamgʻalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajalari tamgʻalari izlarining va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar shaxsiy tamgʻalarining texnik ekspertizasini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho toshlarni saralash, birlamchi tasniflash va dastlabki baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, ulardan yasalgan mahsulotlarni (buyumlarni), tarkibida qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlar boʻlgan parchalarni, chiqindilarni va xom ashyoni hisobga olish, saqlash va tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib qoʻyilgan hamda davlat daromadiga oʻtkazilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, ulardan yasalgan mahsulotlarni (buyumlarni) realizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjalarda qimmatbaho metallar bilan bogʻliq bitimlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, ulardan yasalgan mahsulotlarni (buyumlarni), tarkibida qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlar boʻlgan parchalarni, chiqindilarni va xom ashyoni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda uning hududidan olib chiqish, shuningdek ularni realizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat fondini shakllantirish, uning qimmatliklarini realizatsiya qilish va ulardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va ularni tamgʻalash tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asillik darajasi toʻlovini undirish va uning miqdorlarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni va qimmatbaho toshlarni qazib olish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga ruxsat beriladigan yer qaʼri uchastkalarining har yilgi roʻyxatini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni va qimmatbaho toshlarni sanoat usulida hamda oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir talablarni belgilovchi Oʻzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarini kelishib oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash dasturlari doirasida qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlar konlarini qidirish boʻyicha loyihalarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni va qimmatbaho toshlarni sanoat usulida hamda oltin izlovchilar usulida qazib oluvchi subyektlarga tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnoma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat fondini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarga doir talablarni belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarini kelishib oladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan asillik darajasining davlat nazoratini amalga oshirish doirasida davlat muassasalari va tashkilotlar, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega boʻlgan yuridik shaxslar faoliyatini nazorat qilish hamda tekshiruvlar oʻtkazishga doir tadbirlarning reja-jadvalini tasdiqlaydi;
(8-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon bozorida mineral-xom ashyoning shunga oʻxshash navlarini baholash uchun qoʻllaniladigan narxlardan kelib chiqqan holda qimmatbaho toshlar narxlari preyskurantini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallarning muomalada boʻlishi sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardagi aktivlarni toʻldirish uchun davlatning affinaj qilingan qimmatbaho metallarni sotib olishga boʻlgan ustuvor huquqini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan sotuvi yoʻlga qoʻyilgan qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilari va quymalarning narxlarini jahon bozorida shakllangan narxlardan kelib chiqqan holda belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish, shu jumladan qimmatbaho metallarni masʼul saqlash hisobvaraqlarini hamda qimmatbaho metallarning egasizlantirilgan (jismoniy boʻlmagan) hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini va qimmatbaho metallardan tayyorlangan quymalarni muomalaga chiqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini sotib olish va sotish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi (bundan buyon matnda Asillik darajasini belgilash palatasi deb yuritiladi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarning va qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi sohasidagi davlat siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarning asillik darajasini aniqlash, ulardan namunalar olish, ularni tahlil qilish, qimmatbaho toshlarning xususiyatlarini aniqlash, shu jumladan ularni tasniflash, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni tamgʻalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajalari tamgʻalari izlarining va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar shaxsiy tamgʻalarining texnik ekspertizasini oʻtkazish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajalari aniqlanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajalari tamgʻalari izlarining, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning shaxsiy tamgʻalari izlarining (bundan lazer usulida qoʻyilgan izlar mustasno) texnik ekspertizasini oʻtkazadi va ular boʻyicha xulosalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning ushbu Qonunning 36-moddasida belgilangan asillik darajalariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda Oʻzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari talablariga muvofiqligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar asillik darajasini aniqlash va ularni tamgʻalash tartibini buzgan holda realizatsiya qilayotgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar ushbu Qonunning 36-moddasida belgilangan asillik darajalariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda Oʻzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda, ularni Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan tamgʻalashni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning tahlilini va texnik ekspertizasini, shuningdek qimmatbaho toshlarning xususiyatlarini aniqlashni, shu jumladan ularni tasniflashni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarning arbitraj tahlilini oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibida qimmatbaho metallar yoki qimmatbaho toshlar boʻlgan arxeologik hamda muzey buyumlarining, muzey toʻplamlari va arxiv hujjatlarining texnik ekspertizasini oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asillik darajasi reaktivlarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni affinaj qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalashni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asillik darajasining davlat nazoratini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asillik darajasini belgilash palatasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Asillik darajasining davlat nazorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Asillik darajasining davlat nazoratini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asillik darajasini belgilash palatasi quyidagilar ustidan asillik darajasining davlat nazoratini amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
affinaj korxonalar faoliyati ustidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarning va qimmatbaho toshlarning ishlab chiqarilishi, qayta ishlanishi, ulardan foydalanilishi, realizatsiya qilinishi, ularning saqlanishi hamda hisobga olinishi ustidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan, realizatsiya qilinayotgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda asillik darajalari tamgʻalarining izlari mavjudligi ustidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarning va qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi sohasidagi talablarning yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bajarilishi ustidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish ustidan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asillik darajasini belgilash palatasi ustav fondida (ustav kapitalida) 50 foizdan kam davlat ulushiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlarida nazorat tadbirlarini oʻtkazishni, shuningdek ular ushbu Qonun talablariga rioya etishini tekshirishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishgan holda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Asillik darajasini belgilash palatasi vakolatli shaxslarining asillik darajasining davlat nazoratini amalga oshirish chogʻidagi huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asillik darajasini belgilash palatasining vakolatli shaxslari asillik darajasining davlat nazoratini amalga oshirish chogʻida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan tekshiruv oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan axborot hamda hujjatlarni, shuningdek yozma va ogʻzaki shakldagi tushuntirishlarni soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarning va qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi sohasidagi oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan foydalaniladigan hududlarga, binolarga, inshootlarga, xonalarga hamda boshqa obyektlarga xizmat guvohnomasini va tekshiruv oʻtkazish uchun asos boʻluvchi hujjatlarning koʻchirma nusxalarini koʻrsatgan taqdirda moneliksiz kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, ulardan yasalgan mahsulotni (buyumlarni), shuningdek qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho toshlar chiqindilarini qabul qilishni, joʻnatishni, ulardan namunalar olishni, ularning kimyoviy tahlillarini oʻtkazishni hamda ularni saqlashni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ishlab chiqarish boʻlinmalarini tekshiruvdan oʻtkazish, aylanib chiqish va koʻzdan kechirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan mahsulot (buyumlar) ishlab chiqarish texnologik jarayonining tekshiruvini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tahlil, diagnostika hamda texnik ekspertiza oʻtkazish uchun qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan mahsulotlardan (buyumlardan) namunalar (probalar) olishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni va qimmatbaho toshlarni, ulardan yasalgan mahsulotni (buyumlarni), shuningdek qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho toshlar chiqindilarini qabul qilish, sarflash, hisobga olish va saqlash haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan buxgalteriya hujjatlarini, texnik va boshqa hujjatlarni tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, shuningdek ulardan yasalgan mahsulotni (buyumlarni) inventarizatsiyadan oʻtkazish tashabbusi bilan chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarning barcha turdagi parchalari va chiqindilarining toʻliq hisobga olinishi, toʻplanishi, ularga dastlabki ishlov berilishi hamda ularning oʻz vaqtida topshirilishi taʼminlanishini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va ularni tamgʻalash boʻyicha qonunchilik talablariga rioya etilishini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga aniqlangan qoidabuzarliklarni, ularni keltirib chiqargan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilganligi bilan bogʻliq boʻlgan materiallarni qonunchilikka muvofiq choralar koʻrish uchun tegishli vakolatli organlarga yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Asillik darajasining davlat nazoratini amalga oshirish chogʻida tekshiruv oʻtkazish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asillik darajasining davlat nazoratini amalga oshirish chogʻida tekshiruv oʻtkazish uchun asoslar quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat muassasalari va tashkilotlar, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega boʻlgan yuridik shaxslar faoliyati ustidan asillik darajasining davlat nazoratini amalga oshirishga doir tadbirlarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvali;
(13-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi qonunchilikning tadbirkorlik subyekti tomonidan buzilishlari sodir etilishi xavfi darajasidan kelib chiqqan holda, tekshiruvlar oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishni taqozo etuvchi “xavfni tahlil etish” tizimini qoʻllash natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslardan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilishi faktlari toʻgʻrisida murojaatlar kelib tushishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asillik darajasini belgilash palatasi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga hamda ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga hamda ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Qimmatbaho metallarni sanoat usulida qazib olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning affinaj qilishga doir faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallarni sanoat usulida qazib olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning (mulkchilik shaklidan qatʼi nazar) affinaj qilishga doir faoliyati ustidan davlat nazorati mazkur yuridik shaxslarning ishlab chiqarish obyektlarida qimmatbaho metallarning ishlab chiqarilishi, qayta ishlanishi, ulardan foydalanilishi, realizatsiya qilinishi, ularning saqlanishi va hisobga olinishi ustidan nazorat tadbirlarini oʻtkazish yoʻli bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallarni sanoat usulida qazib olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarda affinaj qilishga doir faoliyatning davlat nazorati ushbu yuridik shaxslarning tegishli tarkibiy boʻlinmalariga nisbatan nazoratni oʻtkazishga doir tadbirlarning reja-jadvali asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallarni sanoat usulida qazib olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarda affinaj qilishga doir faoliyatning davlat nazoratini amalga oshirishda Asillik darajasini belgilash palatasining vakolatli shaxslari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni qabul qilishni, joʻnatishni, ulardan namunalar olishni, ularning kimyoviy tahlillarini oʻtkazishni, ularni saqlashni, ishlab chiqarishni (affinaj qilishni), affinaj qilingan qimmatbaho metallardan mahsulot (buyumlar) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi ishlab chiqarish boʻlinmalarini tekshiruvdan oʻtkazishga, aylanib chiqishga va koʻzdan kechirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta ishlashning barcha texnologik jarayonlarida va qayta ishlash bosqichlarida (operatsiyalarda, jarayonlarda) qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishning texnologik hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni olish, sarflash, hisobga olish, ularning harakati hamda ularni saqlash tartibiga doir hujjatlarning mavjudligini va toʻgʻri yuritilishini tekshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelib tushayotgan xom ashyo, tayyor mahsulot (buyumlar), qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari tarkibidagi qimmatbaho metallarni aniqlash ishlarining toʻgʻri bajarilayotganligini tekshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan xom ashyo bilan bogʻliq operatsiyalarning toʻgʻri amalga oshirilishini tekshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni va ulardan yasalgan mahsulotlarni (buyumlarni) olish, sarflash, hisobga olish, ularning harakati hamda ularni saqlash tartibiga rioya etilishini, shuningdek tegishli hisobot yuritilishini tekshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologik normativlarga muvofiq qimmatbaho metallarni xom ashyodan iloji boricha toʻliq ajratib olish taʼminlanishini tekshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarning parchalari va chiqindilarini toʻliq hisobga olish, toʻplash, qayta ishlash taʼminlanishini tekshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
affinaj qilinishi lozim boʻlgan xom ashyoni yetkazib berish hajmini tekshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
affinaj ishlab chiqarishi xom ashyosining qabul qilinishini tekshirishga, shu jumladan nazorat asillik darajasini aniqlashdan oʻtkazishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarning operatsiyalar boʻyicha yoʻqotilishlari normalariga rioya etilishini tekshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
affinaj qilish natijasida olingan qimmatbaho metallarning qaytariluvchi va konditsiyali chiqindilari normativlarini tekshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
affinaj korxonasida amalda boʻlgan texnologiya boʻyicha tarkibidan qimmatbaho metallarni ajratib olishni amalga oshirish imkoniyati boʻlmagan konditsiyali chiqindilarni hisobga olishning toʻgʻriligini solishtirib koʻrishga (tahlil qilishga);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni inventarizatsiya qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarning metallurgiyaga oid balanslari oʻz vaqtida va toʻliq taqdim etilishini tekshirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olish hamda ishlab chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi jismoniy hamda yuridik shaxslarda ular qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnoma olgan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olishni amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi tugaganidan keyin yer qaʼri uchastkalarini rekultivatsiya qilish hamda ularni kelgusida foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish yuzasidan choralar koʻrishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olishni amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar hududida yer qaʼri uchastkalari joylashgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ushbu yer qaʼri uchastkalarini rekultivatsiya qilish va ularni kelgusida foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning oʻrnini qoplab beradi. Yer qaʼri uchastkalarini rekultivatsiya qilish va ularni kelgusida foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplash tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼri uchastkalarini qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olish uchun geologik jihatdan oʻrganish hamda qidirishning belgilangan tartibini buzganlik yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomaning amal qilishini tugatish va mazkur faoliyat bilan shugʻullanishni qonunchilikda belgilangan tartibda taqiqlash uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnoma berish tartibi, yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlari hamda yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish oqibatlarini tugatishga qaratilgan chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Qazib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarga boʻlgan mulk huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan yer qaʼri uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasining mulkidir, ulardan oqilona foydalanish lozim va ular davlat muhofazasidadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikda belgilangan tartibda qazib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat mulkida, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkida boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunga xilof ravishda qazib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarga boʻlgan mulk huquqi Oʻzbekiston Respublikasiga tegishlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikda belgilangan tartibda qazib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarga boʻlgan mulk huquqi davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni sanoat usulida qazib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni sanoat usulida qazib olish qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnoma olgan yuridik shaxslar (bundan buyon matnda sanoat usulida qazib oluvchi subyektlar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat usulida qazib oluvchi subyektlar tomonidan yer qaʼridan qazib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, xuddi shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni sanoat usulida qazib olish chogʻida qonuniy ravishda olingan boshqa mahsulotlar hamda daromadlar, agar sanoat usulida qazib oluvchi subyektlar tomonidan tuzilgan, mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda, mahsulot yetkazib berish shartnomalarida, shu jumladan tovarlar yetkazib berish toʻgʻrisidagi davlat kontraktlarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, sanoat usulida qazib oluvchi subyektlarning mulki hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnoma olgan jismoniy va yuridik shaxslar (bundan buyon matnda oltin izlovchilar usulida qazib oluvchi subyektlar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnoma elektron auksion natijalaridan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga va Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslarga beriladi. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning taʼsischilariga (ishtirokchilariga) qoʻyiladigan talablar qonunchilikda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini uchinchi shaxslarga (toʻliq yoki qisman) oʻtkazishga (berishga), shuningdek yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomani bir nechta shaxslarga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oltin izlovchilar usulida qazib oluvchi subyektlar tomonidan yer qaʼridan qazib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, bundan qimmatbaho metallarning affinaj qilinmaydigan yombilari va noyob qimmatbaho toshlar mustasno, shartnomaviy narxda quyidagilarga realizatsiya qilinishi shart:
(18-modda beshinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 18-apreldagi OʻRQ-1059-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1059/0357-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar — affinaj korxonalariga, shuningdek qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik hamda boshqa buyumlarni yasash yoki qimmatbaho metallar bilan ishlarni amalga oshirish huquqiga ega tadbirkorlik subyektlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho toshlar — qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik hamda boshqa buyumlarni yasash yoki qimmatbaho metallar bilan ishlarni amalga oshirish huquqiga ega tadbirkorlik subyektlariga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni realizatsiya qilishdan qonuniy ravishda olingan daromadlar oltin izlovchilar usulida qazib oluvchi subyektlarning mulkidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qazib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni yashirish, shu jumladan ularni olti oy ichida realizatsiya qilmaslik, shuningdek ishlarni xavfsiz olib borish talablarining insonga ogʻir tan jarohatlari yetkazilishiga yoki uning oʻlimiga sabab boʻlgan buzilishi qonunchilikda belgilangan tartibda qimmatbaho metallarni va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini tugatish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Affinaj korxonalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallarni affinaj qilish boʻyicha faoliyat affinaj korxonalari tomonidan belgilangan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Affinaj qilingan qimmatbaho metallar jumlasiga affinaj qilish yoʻli bilan quyidagi koʻrsatkichlarga yetkazilgan qimmatbaho metallar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
affinaj qilingan oltinda — qimmatbaho metall qotishmasining bir ming ogʻirlik birligi hisobidan kelib chiqib, 995 ogʻirlik birligidan kam boʻlmagan kimyoviy jihatdan sof qimmatbaho metall;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
affinaj qilingan kumush, platina, palladiy, rodiy, ruteniy, osmiyda — qimmatbaho metall qotishmasining bir ming ogʻirlik birligi hisobidan kelib chiqib, 999 ogʻirlik birligidan kam boʻlmagan kimyoviy jihatdan sof qimmatbaho metall;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
affinaj qilingan iridiyda — qimmatbaho metall qotishmasining bir ming ogʻirlik birligi hisobidan kelib chiqib, 998 ogʻirlik birligidan kam boʻlmagan kimyoviy jihatdan sof qimmatbaho metall.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Affinaj korxonalari qoʻshimcha ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtmay quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga berilgan xom ashyo, mahsulot (buyumlar), shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan parchalar va chiqindilar tarkibidagi kimyoviy sof qimmatbaho metallning foizini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish maqsadida birja savdolarida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni, shu jumladan oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni, qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni, qimmatbaho metallarning parchalarini va chiqindilarini sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni sotib olish va realizatsiya qilish punktlarini ochish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni qulay shakllar va hajmlarga keltirgan holda realizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan suvenir tangalarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish;
(19-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 18-apreldagi OʻRQ-1059-sonli Qonuniga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1059/0357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi ishlab chiqargan oʻlchovli quymalarni jismoniy va yuridik shaxslarga realizatsiya qilish. Bunda quymalarni realizatsiya qilish qiymati affinaj korxonalari tomonidan London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksingi bahosidan va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitob amalga oshirilayotgan kundagi kursidan kam boʻlmagan miqdorda mustaqil ravishda belgilanadi.
(19-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 18-apreldagi OʻRQ-1059-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1059/0357-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik hamda boshqa buyumlarni yasash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik hamda boshqa buyumlarni yasash boʻyicha faoliyat qonunchilikda nazarda tutilgan xabardor qilish tartibi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik hamda boshqa buyumlarni yasash uchun qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, shu jumladan oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarni, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni, zargarlik buyumlarining parchalarini, qimmatbaho metallardan tish mahsulotlar yasash uchun moʻljallangan disklarni, shuningdek ularning parchalarini sotib olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchida prekursorlar muomalasi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya boʻlsa, qimmatbaho metallar affinaji boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik hamda boshqa buyumlarni yasash boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari oʻzlari ishlab chiqargan zargarlik buyumlarining savdosini amalga oshirishga haqli. Bunda ularga nisbatan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar realizatsiyasi boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun belgilangan xabardor qilish tartibi tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar oʻzlari qimmatbaho metallardan yasagan zargarlik buyumlarining yarim tayyor mahsulotlarini boshqa zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga realizatsiya qilish huquqiga ega. Bunda yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish qiymati zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksingi bahosidan va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitob amalga oshirilayotgan kundagi kursidan kam boʻlmagan miqdorda mustaqil ravishda belgilanadi.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 18-apreldagi OʻRQ-1059-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1059/0357-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni olishga boʻlgan ustuvor huquq
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼri uchastkalaridan qazib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni olishga boʻlgan ustuvor huquq Oʻzbekiston Respublikasiga vakolatli davlat organlari timsolida tegishli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq noyob toifasiga kiritilishi lozim boʻlgan qimmatbaho metallar yombilari hamda qimmatbaho toshlar sanoat usulida va oltin izlovchilar usulida qazib oluvchi subyektlar tomonidan vakolatli davlat organiga ustuvor tartibda sotib olish uchun taklif etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar davlat buyurtmasi shartlarida boshqacha tarzda shartlashilmagan boʻlsa, canoat usulida qazib oluvchi subyektlar va affinaj korxonalari affinaj qilingan qimmatbaho metallarni realizatsiya qilishda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga uning qimmatbaho metallardagi aktivlarini toʻldirish maqsadida ustuvor tartibda sotib olish uchun taklif etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar tomonidan qimmatbaho metallarni davlat ehtiyojlari uchun realizatsiya qilish boʻyicha shartnomaviy majburiyatlar bajarilmaganligi faktlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻzining qimmatbaho metallardagi aktivlarini toʻldirish maqsadida affinaj qilingan qimmatbaho metallarni sotib olishga boʻlgan ustuvor huquqini amalga oshirishdan yozma ravishda voz kechishga haqli. Bu holda sanoat usulida qazib oluvchi subyektlar va affinaj korxonalari affinaj qilingan qimmatbaho metallarni birjalar orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha realizatsiya qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatning ustuvor huquqini amalga oshirish doirasida affinaj qilingan qimmatbaho metallarni sotib olish xalqaro bozorda shakllangan narxlardan foydalangan holda hisob-kitob qilingan narxlar boʻyicha amalga oshiriladi, bunda transport xarajatlari, realizatsiya qilish xarajatlari hamda London qimmatbaho metallar bozori uyushmasi tomonidan qoʻllaniladigan va mazkur uyushmaning hujjatlarida “London good delivery” standarti sifatida belgilangan xalqaro sifat standartlariga javob bermaydigan affinaj qilingan qimmatbaho metall sotib olingan taqdirda qoʻllaniladigan sifat uchun chegirmalar chiqarib tashlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noyob toifasiga kiritilishi mumkin boʻlmagan qimmatbaho metallar yombilari va ushbu yombilarning mineralogik kolleksiya namunalari sanoat usulida qazib oluvchi subyektlar hamda oltin izlovchilar usulida qazib oluvchi subyektlar tomonidan qonunchilikka muvofiq shartnomaviy narxlarda realizatsiya qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustuvor tartibda sotilmay qolgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qimmatbaho metallarni sanoat usulida qazib oluvchi subyektlar hamda oltin izlovchilar usulida qazib oluvchi subyektlar tomonidan realizatsiya qilinishi, shuningdek ulardan oʻz ishlab chiqarishida, garov narsasi yoxud boshqa moliyaviy majburiyat sifatida foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat fondi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat fondi (bundan buyon matnda Davlat fondi deb yuritiladi) quyidagilar hisobiga toʻldiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan xarid qilingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu jumladan noyob qimmatbaho metallar yombilari va noyob qimmatbaho toshlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan mahsulot (buyumlar), qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho toshlar chiqindilari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslardan sotib olingan, tarixiy, badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyatga ega boʻlgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar xazinalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egasiz qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vorislik va hadya huquqi boʻyicha davlatga oʻtkazilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan davlat mukofotlari va sovgʻalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda belgilangan boshqa asoslar boʻyicha Davlat fondiga oʻtkaziladigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat fondiga oʻtkazilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat mulki hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat fondini qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan toʻldirish, shuningdek ularni sarflash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq tegishli yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat fondiga qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni olishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat fondiga oʻtkaziladigan qimmatliklar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan dastlabki ekspertizadan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi moliyaviy hisobot yilida Davlat fondi qimmatliklarini toʻldirish va sarflash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat fondidagi qimmatliklarni saqlash, hisobga olish va sarflash toʻgʻriligi qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni hisobga olish, saqlash, ulardan foydalanish hamda ularni realizatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni hisobga olish hamda saqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qazib olinayotganda, ishlab chiqarilayotganda, ulardan foydalanilayotganda hamda ular realizatsiya qilinayotganda hisobga olinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav fondida (ustav kapitalida) 50 va undan ortiq foiz davlat ulushiga ega boʻlgan yuridik shaxslar qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarni hisobga olish va saqlashni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushiga ega boʻlmagan yoki 50 foizdan kam miqdorda davlat ulushiga ega boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarni hisobga olish va saqlashni mustaqil ravishda ishlab chiqilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha texnik hujjatlar asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni hisobga olish hamda saqlash Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan mahsulotlar (buyumlar) ishlab chiqaruvchilari va isteʼmolchilarining huquqlarini buzmaydigan tarzda tashkil etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni hisobga olish hamda saqlash nomi (turi), ogʻirligi (grammlarda, karatlarda) hamda sifati (asillik darajasi, tarkibi) boʻyicha tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Affinaj qilingan qimmatbaho metallar, affinaj qilinmaydigan qimmatbaho metallar (yombilar) va qimmatbaho toshlar oʻz egalarida hisobga olinishi lozim hamda ushbu Qonunga muvofiq muomalaga chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish natijasida, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni aniqlagan yuridik shaxslar ularni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho toshlarning chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarish, ularga ishlov berish (ularni qayta ishlash) va (yoki) ulardan foydalanish natijasida qaysi yuridik shaxslarda va yakka tartibdagi tadbirkorlarda parchalar hamda chiqindilar hosil boʻlsa, qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho toshlarning chiqindilari oʻsha yuridik shaxslarning va yakka tartibdagi tadbirkorlarning mulkida yoki operativ boshqaruvida boʻladi.
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho toshlarning chiqindilari oʻzida hosil boʻladigan yuridik shaxslar, shu jumladan harbiy qismlar va harbiy tuzilmalar ularni toʻplashni hamda hisobga olishni amalga oshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho toshlarning chiqindilari:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz mulkida yoki operativ boshqaruvida qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari hamda qimmatbaho toshlarning chiqindilari boʻlgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan oʻzining ishlab chiqarishida ulardan qayta foydalanish uchun mustaqil ravishda qayta ishlanishi (ularga ishlov berilishi);
(24-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini hamda qimmatbaho toshlarning chiqindilarini toʻplash (tayyorlash) va qayta ishlash huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslarga qayta ishlash (ishlov berish) uchun topshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilari affinaj korxonalariga topshirilishi yoki realizatsiya qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho toshlar chiqindilari belgilangan tartibda keyinchalik ishlab chiqarish va rekuperatsiya qilish uchun realizatsiya qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlovchi korxonalarga topshirish uchun tayyorlash jarayonida ushbu parchalar va chiqindilar qimmatbaho metallarni qoplab turgan materiallarni (sopol, plastmassa va boshqa shu kabilarni) olib tashlash uchun dastlabki ishlovdan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini hamda qimmatbaho toshlarning chiqindilarini qayta ishlash (ularga ishlov berish) ushbu Qonunga yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini sotib olishni (olishni) amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi olgan qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini mustaqil ravishda qayta ishlashni (ularga ishlov berishni) amalga oshirish, agar ular qonunchilikda belgilangan xabardor qilish tartibi asosida mazkur faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash (ularga ishlov berish) uchun mazkur faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslarga topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar parchalari va chiqindilarini affinaj korxonalariga topshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan foydalanish hamda ularni realizatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatbaho metallar quymalari standart va oʻlchovli quymalar shaklida, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi normativ hujjatlari talablariga muvofiq majburiy ravishda markirovkasi qoʻyilgan holda tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muomalaga chiqarilgan qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilari, oʻlchovli quymalar, sertifikatlashtirilgan qimmatbaho toshlar jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan erkin sotib olinishi va foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini, oʻlchovli quymalarni va sertifikatlashtirilgan qimmatbaho toshlarni, shuningdek qimmatbaho toshlarni rekuperatsiya qilish va ularga ishlov berish (ularni qirralash) bilan mazkur faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslar shugʻullanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallarni muomalada boʻlishi maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar banklar tomonidan qimmatbaho metallarni hisobga oʻtkazish, saqlash, hisobdan chiqarish uchun ularning turi, asillik darajasi va ogʻirligi koʻrsatilgan holda ochiladigan qimmatbaho metallarni masʼul saqlash hisobvaraqlaridan hamda qimmatbaho metallarning egasizlantirilgan (jismoniy boʻlmagan) hisobvaraqlaridan foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Qimmatbaho toshlardan foydalanishning va ularni realizatsiya qilishning oʻziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho toshlarning xususiyatlari qimmatbaho toshlarni saralash, ularni birlamchi tasniflash va dastlabki baholash (qimmatbaho toshlar Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilgan yoki ular Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilgan taqdirda) jarayonida, shuningdek qimmatbaho toshlardan mahsulot (buyumlar) ishlab chiqarish tugatilganda aniqlanadi. Qimmatbaho toshlarni identifikatsiya qilish tartibi Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat usulida qazib oluvchi subyektlar hamda oltin izlovchilar usulida qazib oluvchi subyektlar qimmatbaho toshlarni saralash, birlamchi tasniflash va dastlabki baholash uchun qazib olingan ishlov berilmagan qimmatbaho toshlarni mustaqil ravishda saralashni, ularni birlamchi tasniflashni va dastlabki baholashni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlgan boshqa sanoat usulida qazib oluvchi subyektlarga yoki oltin izlovchilar usulida qazib oluvchi subyektlarga shartnoma asosida topshirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ogʻirligi 0,3 karatdan yuqori boʻlgan gardishga solinmagan, savdo obyektlari orqali realizatsiya qilinadigan qimmatbaho toshlar majburiy ravishda sertifikatlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatlashtirilgan qimmatbaho toshlar jumlasiga mustaqil gemmologiya markazida (laboratoriyasida) sertifikatlashtirishdan oʻtgan hamda rang guruhi, sofligi, qirralanish va sayqallanish sifati, ogʻirligi hamda qimmatbaho toshning boshqa oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan, qimmatbaho toshning haqiqiyligi va sifatining kafolatini tasdiqlash uchun qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan tegishli sifat tasdigʻiga — gemmologik sertifikatga ega boʻlgan qimmatbaho toshlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gardishga solinmagan qimmatbaho toshlarni sotish faqat qirralangan shaklda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotilayotgan qirralangan (0,3 karatdan yuqori boʻlgan) qimmatbaho toshlar alohida qadoqqa ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasniflashga oid tavsiflari aniqlanmagan qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq bitimlarni tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish uchun yaroqsiz boʻlgan qimmatbaho toshlardan ishlab chiqarish-texnika ahamiyatidagi mahsulot sifatida qonunchilikda belgilangan tartibda cheklovlarsiz foydalaniladi. Qimmatbaho toshlarni qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish uchun yaroqsiz deb topish mezonlari hamda tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ishlov berilmagan qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan oʻzlari tuzayotgan bitimlar haqidagi maʼlumotlarni Asillik darajasini belgilash palatasiga bunday bitimlar hisobini yuritish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning chakana savdosi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning chakana savdosi qonunchilikda belgilangan xabardor qilish tartibi asosida yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning chakana savdosi maxsus zargarlik doʻkonlarida, savdo markazlari va (yoki) majmualarining boʻlimlarida, seksiyalarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus zargarlik doʻkonlarida, savdo markazlari va (yoki) majmualarining boʻlimlarida, seksiyalarida qimmatbaho metallarning Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan asillik darajalari toʻgʻrisida axborot, shuningdek qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash, ularni tahlil qilish va tamgʻalash tartibini belgilovchi normativ hujjatlardan qoʻchirmalar, Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻalari izlarining, belgilangan namunadagi asillik darajalari belgilari izlarining tasvirlari hamda xaridorga zarur boshqa axborot koʻzga koʻrinadigan joyda osib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni sotish ularda ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi izi va belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi yoki ishlab chiqaruvchi shaxsiy tamgʻasining izi va Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻasi izi boʻlgandagina amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda koʻrsatilgan asillik darajasining ishonchliligi uchun javobgarlik ushbu buyumlarni ishlab chiqaruvchi zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chakana savdoga qoʻyilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda buyumning nomi, qimmatbaho metall turi, asillik darajasi, qoʻshimchalarning turlari va xususiyatlari, shu jumladan qimmatbaho toshning sifat hamda rangi va qiymati xususiyatlarini oʻzgartirgan ishlov berish usuli, buyumning chakana narxi koʻrsatilgan tamgʻalangan yorliq boʻlishi kerak. Bunda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar ulgurji sotilganda har bir buyum uchun alohida plombalangan yorliqlar boʻlishi talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlariga muvofiq tamgʻalanmaydigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning ayrim turlarida sifat sertifikati boʻlishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chakana savdosi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 18-apreldagi OʻRQ-1059-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1059/0357-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlar qonunchilikda belgilangan xabardor qilish tartibi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xabardor qilish tartibi asosida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bajariladigan ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho toshlarni, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho toshlarni gemmologik ekspertizadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metalldan yasalgan laboratoriya idishlaridan, katalizatorlardan, katalizator setkalaridan, termojuftliklardan, termoreledan, termoqarshilikdan, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan uskunalaridan foydalanish va ularni saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan tashqi qoplamalar tayyorlash va/yoki surkash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan moddalarni (tibbiy preparatlar, tuzlar, reagentlar, kimyoviy birikmalar va boshqalarni) ishlab chiqarish, qoʻllash, saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan tish yasashga moʻljallangan mahsulotlar uchun disklar, elektrodlar, anodlar, kontaktlar va kavsharlarni tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot, oziq-ovqat, alkogol va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqarishda qimmatbaho metallardan va tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan oziq-ovqat qoʻshimchalaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho toshlarga ishlov berish, ularni sayqallash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy olmosdan yasalgan filyerlar, voloklar, olmos uchliklardan, olmos va tabiiy olmosdan yasalgan burgʻilash olmos asbobidan foydalanish va ularni saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olmos asbobini rekuperatsiya qilish ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarni, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tahlil qilish va ularning asillik darajasini nazorat qilish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan maishiy texnika, tashkiliy texnika, tibbiyot texnikasini qismlarga ajratish, ularga dastlabki ishlov berish, turlarga ajratish, bosma platalarni va boshqa tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan buyumlarni utilizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ulanmalari tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan asbob-uskunalarni qismlarga ajratish hamda utilizatsiya qilish, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan asbob-uskunalarni qismlarga ajratishdan va utilizatsiya qilishdan hosil boʻlgan chiqindilarni qayta ishlash korxonalariga topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan ikkilamchi resurslar, parchalar va chiqindilarni keyinchalik qayta ishlash (affinaj) korxonalariga topshirish uchun toʻplash (tayyorlash), qismlarga ajratish, saralash, ularga dastlabki (birlamchi) qayta ishlov berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan harbiy va/yoki aviatsiya texnikasini taʼmirlashda foydalanish, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan harbiy va/yoki aviatsiya texnikasi chiqindilarini saqlash va ulardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy va/yoki aviatsiya texnikasidan tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan radiodetallar va elementlarni ajratib olish, harbiy va/yoki aviatsiya texnikasining tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan chiqindilarini toʻplash va qayta ishlash korxonalariga topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan buyumlar va predmetlarni koʻrgazmalarga qoʻyish, saqlash va qayta tiklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar, tarkibida qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlar boʻlgan predmetlarni (davlat organlarining qaroriga koʻra davlat daromadiga oʻtkazilgan) qayta tiklash (taʼmirlash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibida kumush mavjud boʻlgan va yorugʻlikka taʼsirchan materiallardan, kinofotorentgen-plyonkalar, kinofotorentgen-plastinkalar va tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan xuddi shunday materiallardan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, ulardan yasalgan buyumlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish hamda uning hududidan tashqariga olib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va (yoki) uning hududidan tashqariga olib chiqish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda ishlab chiqarilgan va keyinchalik realizatsiya qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning Asillik darajasini belgilash palatasida majburiy tartibda asillik darajasi aniqlanishi va tamgʻalanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va uning hududidan tashqariga olib chiqish uchun cheklovlar hamda taqiqlar nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar tegishli sertifikatlar mavjud boʻlganda hamda tovarlarni olib chiqishning qonunchilikda belgilangan normasidan oshgan taqdirda, majburiy ravishda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan oʻlchovli quymalarni va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini cheklovlarsiz olib chiqishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar standart va oʻlchovli quymalarni, qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilarini eksport qilishni amalga oshirish huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularning mulkdorlari boʻlgan tadbirkorlik subyektlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat nazoratini amalga oshirish jarayonida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq bitimlarni tuzishda qonunchilik talablarining buzilishlari aniqlangan taqdirda, ushbu metallar va toshlarning olib chiqilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi axborot esa tegishli davlat organlariga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarish faoliyatida foydalaniladigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qonunchilikda belgilangan tartibda olib kirishni amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq chet ellik investorga mulk boʻlib kelib tushadigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bitimlarda va ushbu Qonunda nazarda tutilgan shartlarda hamda tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga biron-bir cheklovlarsiz olib chiqilishi yoki ichki bozorda realizatsiya qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi hamda shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi hamda shartlari shartnomalarda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat buyurtmasini bajarish doirasida realizatsiya qilinadigan qimmatbaho metallar uchun hisob-kitoblar qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning, shuningdek ulardan yasalgan mahsulotning (buyumlarning) qoʻriqlanishini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan yer qaʼri uchastkalarini geologik jihatdan oʻrganish hamda qidirish, qimmatbaho metallarni qazib olish va ishlab chiqarish hamda qimmatbaho toshlarni qazib olish boʻyicha faoliyat barcha qazib olish, saqlash hamda foydalanish joylarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning, shuningdek ulardan yasalgan mahsulotning (buyumlarning) talon-toroj qilinishdan, yongʻinlardan, buzilishdan toʻliq saqlanishini taʼminlash maqsadida qoʻriqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning, shuningdek ulardan yasalgan mahsulotning (buyumlarning) but saqlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻriqlanadigan hududlarning joylarini (obyektlarini) mustahkamlash boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari obyektlarni qoʻriqlash hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni tashish yuzasidan ushbu sohalarga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar tuzishi, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning, shuningdek ulardan yasalgan mahsulotning (buyumlarning) but saqlanishini taʼminlashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, shuningdek ulardan yasalgan mahsulotni (buyumlarni) koʻrgazmaga qoʻyish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan, shuningdek ulardan yasalgan mahsulotlardan (buyumlardan), shu jumladan Davlat fondining tarkibiga kiruvchi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan, shu jumladan ulardan yasalgan mahsulotlardan (buyumlardan) Oʻzbekiston Respublikasi hududida hamda uning hududidan tashqarida koʻrgazmaga qoʻyish maqsadida foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni, shuningdek ulardan yasalgan mahsulotni (buyumlarni) koʻrgazmaga qoʻyish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar koʻrgazmaga qoʻyish maqsadida tashkil etilgan tadbirlar oʻtkazilayotganda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning, shuningdek ulardan yasalgan mahsulotning (buyumlarning) but saqlanishini, tegishli ravishda hisobga olinishini, tashish xavfsizligini taʼminlashga doir majburiy shartlar va talablar bajarilishini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Doimiy turadigan joyidan tashqarida turgan qimmatbaho metallarning noyob yombilari, noyob qimmatbaho toshlar, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan tarixiy, ilmiy, badiiy yoki boshqa madaniy qimmatlikka ega boʻlgan noyob buyumlar, shu jumladan arxeologik ashyolar va muzey ashyolari yoki muzey toʻplamlari koʻrgazmaga qoʻyish maqsadida tashkil etilgan tadbirlar yakunlanganidan keyin doimiy turadigan joyiga majburiy tartibda qaytarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilmagan, shuningdek Davlat fondi tarkibiga kirmaydigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shuningdek ulardan yasalgan mahsulot (buyumlar) ularni koʻrgazmaga qoʻyish maqsadida tashkil etilgan tadbirlar yakunlanganidan keyin qonunchilikda belgilangan tartibda realizatsiya qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va ularni tamgʻalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan, tamgʻalanishi lozim boʻlgan zargarlik hamda boshqa buyumlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilish uchun moʻljallangan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasi aniqlanishi, bu buyumlar tahlil qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan yoki belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bilan tamgʻalanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asillik darajasini belgilash palatalarining ichki qismida oʻroq va bolgʻa tasviri tushirilgan yulduz shaklidagi tamgʻa izi, shuningdek buyumning asillik darajasini koʻrsatuvchi raqamlari mavjud boʻlgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni chakana savdo tizimi orqali realizatsiya qilish chogʻida ularning asillik darajasi aniqlanishi va bu buyumlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan tamgʻalanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan asillik darajasini aniqlash hamda tamgʻalash tartibini buzgan holda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni realizatsiya qilganlik uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etganda — qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumni musodara qilmasdan, zargarlik yoki boshqa buyum qiymatining ellik foizi miqdorida jarima solinishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir yil davomida mazkur huquqbuzarlikni takroran sodir etganlik uchun — qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumni musodara qilish yoxud zargarlik yoki boshqa buyum qiymatining yuz foizi miqdorida jarima solinishiga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asillik darajasini aniqlash va tamgʻalash tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiya qoʻllash hamda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumni musodara qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan, musodara qilingan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasi aniqlanishi va ular Oʻzbekiston Respublikasining davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan tamgʻalanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asillik darajasini aniqlash va tamgʻalash tartibi buzilishiga yoʻl qoʻygan yoki qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan, bildirilgan asillik darajasiga muvofiq boʻlmagan zargarlik hamda boshqa buyumlarni realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektlari, ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda taʼsir koʻrsatish choralari qoʻllanilgan holda, zargarlik tarmogʻining insofsiz tadbirkorlik subyektlari reyestriga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamgʻalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar asillik darajasini mustaqil aniqlashga va qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajalari tamgʻalari bilan tamgʻalamay, buyumlarga belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi izlarini tushirishga haqli, biroq bunda ularga ishlab chiqaruvchining roʻyxatdan oʻtgan shaxsiy tamgʻasi majburiy ravishda tushiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lombardlardan, mikromoliya tashkilotlaridan va jismoniy shaxslardan, tadbirkorlik subyektlaridan, vakolatli davlat organlaridan (bundan buyon matnda ariza beruvchi deb yuritiladi) Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan qabul qilingan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamgʻalash asillik darajasini aniqlash natijalari asosida, mazkur ariza beruvchilarning yozma ruxsatnomasi mavjud boʻlgan taqdirda esa — tahlil natijalari asosida amalga oshiriladi.
(34-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning tahlilini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Tamgʻalanmaydigan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar tamgʻalanmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun 36-moddasining ikkinchi qismida belgilanganidan past asillik darajasiga ega boʻlgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organning ekspert xulosasi mavjud boʻlganda, arxeologik ashyo yoki muzey ashyosi yoxud muzey kolleksiyasi boʻlgan qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlar, shuningdek madaniy qimmatga ega boʻlgan buyumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurol, vazalar, idishlar, qutichalar va boshqa ashyolar sirtidagi qimmatbaho metalli mayda oʻyma naqshlar (qadama naqshlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qotishmalari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarida belgilanadigan oltin zarvaraq, kumush zarvaraq, oltin va kumush zarqogʻozlar, qimmatbaho metallardan tish yasashga moʻljallangan mahsulotlar uchun disklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlari bilan tartibga solinadigan metall ramzi va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan holda, ilmiy, texnik hamda tibbiy maqsadlar uchun moʻljallangan, ishlab chiqaruvchi korxonaning rusumi, yorligʻi yoki shtampi qoʻyilgan, qimmatbaho metallardan yasalgan anjomlar, asboblar, laboratoriya idishlari va boshqa buyumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan tayyorlangan xomaki mahsulotlar, standart va oʻlchovli quymalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mukofotlari, farqlash belgilari va sport mukofotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho boʻlmagan metallardan yasalgan, qimmatbaho metall bilan qoplangan (zarhallangan) buyumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tranzit tarzida olib oʻtilayotgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning shaxsiy tamgʻa izlari boʻlmagan, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning shaxsiy tamgʻalari izlari shakli oʻzgargan yoki izdagi biron-bir qism (belgi) mavjud boʻlmagan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun 57-moddasining talablariga muvofiq boʻlmagan kavsharga (zargarlik buyumi qismlarining ajralmaydigan birikmasini yaratish uchun qoʻllaniladigan qimmatbaho metallar qotishmasiga) ega boʻlgan, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida quyidagi asillik darajalari belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltindan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar uchun — 375 (uch yuz yetmish beshinchi), 500 (besh yuzinchi), 585 (besh yuz sakson beshinchi), 750 (yetti yuz elliginchi), 875 (sakkiz yuz yetmish beshinchi), 916 (toʻqqiz yuz oʻn oltinchi), 958 (toʻqqiz yuz ellik sakkizinchi), 999 (toʻqqiz yuz toʻqson toʻqqizinchi) asillik darajalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kumushdan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar uchun — 800 (sakkiz yuzinchi), 875 (sakkiz yuz yetmish beshinchi), 925 (toʻqqiz yuz yigirma beshinchi), 960 (toʻqqiz yuz oltmishinchi), 999 (toʻqqiz yuz toʻqson toʻqqizinchi) asillik darajalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
platinadan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar uchun — 850 (sakkiz yuz elliginchi), 900 (toʻqqiz yuzinchi), 950 (toʻqqiz yuz elliginchi), 999 (toʻqqiz yuz toʻqson toʻqqizinchi) asillik darajalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
palladiydan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar uchun — 500 (besh yuzinchi), 850 (sakkiz yuz elliginchi), 999 (toʻqqiz yuz toʻqson toʻqqizinchi) asillik darajalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar quyidagilardan past asillik darajasiga ega boʻlishi mumkin emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltindan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar uchun — 375 (uch yuz yetmish beshinchi) asillik darajasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kumushdan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar uchun — 800 (sakkiz yuzinchi) asillik darajasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
platinadan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar uchun — 850 (sakkiz yuz elliginchi) asillik darajasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
palladiydan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar uchun — 500 (besh yuzinchi) asillik darajasidan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarning yakka tartibdagi buyurtmalari boʻyicha 583 (besh yuz sakson uchinchi) asillik darajali oltindan zargarlik va boshqa buyumlarni ushbu shaxslarga tegishli 583 (besh yuz sakson uchinchi) asillik darajasiga ega boʻlgan oltindan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlardan yasashga hamda realizatsiya qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Asillik darajasi tamgʻalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asillik darajasi tamgʻalari jumlasiga Oʻzbekiston Respublikasining davlat asillik darajasi tamgʻalari, belgilangan namunadagi asillik darajasi belgilari va chet davlatlarning asillik darajasini belgilash palatalari tamgʻalari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Oʻzbekiston Respublikasining davlat asillik darajasi tamgʻalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining davlat asillik darajasi tamgʻalari (bundan buyon matnda davlat asillik darajasi tamgʻalari deb yuritiladi) qimmatbaho metallning har bir turi uchun belgilangan shakldagi tamgʻalar boʻlib, ular birgalikda (bir konturda) yoki alohida tushirilishi mumkin boʻlgan tasdiq belgisidan hamda asillik darajasidan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasi tamgʻalarining shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiq belgisi sakkiz qirrali shaklda boʻlib, oʻrtasida boshi oʻngga burilgan holdagi Humo qushi tasviri tushirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi qimmatbaho metallning har bir turi uchun belgilangan shaklda boʻlib, asillik darajasini koʻrsatuvchi raqamlardan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi mustaqil ahamiyatga ega emas hamda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamgʻalashda faqat zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi bilan birga qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan namunadagi asillik darajasi belgilari ixtisoslashtirilgan korxonada, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning buyurtmasi boʻyicha tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. Davlat asillik darajasi tamgʻalarining turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasi tamgʻalari turlariga koʻra asosiy va qoʻshimcha davlat asillik darajasi tamgʻalariga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy davlat asillik darajasi tamgʻalari mustaqil ahamiyatga ega boʻlib, ularning qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda mavjudligi qotishmaning ularda koʻrsatilgan asillik darajasiga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshimcha davlat asillik darajasi tamgʻalari mustaqil ahamiyatga ega emas hamda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning boʻlaklarga boʻlinadigan va ajralishi oson boʻlgan tarkibiy qismlarini tamgʻalashda faqat asosiy davlat asillik darajasi tamgʻalaridan biri bilan birga qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda. Asosiy davlat asillik darajasi tamgʻalarining shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida asosiy davlat asillik darajasi tamgʻalarining quyidagi shakllari belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrtasida tasdiq belgisi joylashgan sakkiz qirrali shakldagi — qoʻshimcha davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan birgalikda tamgʻalash uchun qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiq belgisidan va asillik darajasidan tarkib topgan, chap vertikal tomoni boʻrtiq-choʻziq toʻgʻri burchak shaklidagi — oltindan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni tamgʻalash uchun qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiq belgisidan va asillik darajasidan tarkib topgan toʻgʻri burchak shaklidagi — kumushdan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni tamgʻalash uchun qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiq belgisidan va asillik darajasidan tarkib topgan, chap vertikal tomoni boʻrtiq-kesik toʻgʻri burchak shaklidagi — platinadan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni tamgʻalash uchun qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiq belgisidan va asillik darajasidan tarkib topgan, vertikal tomonlari boʻrtiq-choʻziq toʻgʻri burchak shaklidagi — palladiydan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni tamgʻalash uchun qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda. Qoʻshimcha davlat asillik darajasi tamgʻasining shakli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshimcha davlat asillik darajasining tamgʻasi oʻrtasida asillik darajasi koʻrsatilgan, raxlari aylana shakliga keltirilgan toʻrtburchak shaklida belgilanadi. Qoʻshimcha davlat asillik darajasi tamgʻasi oltin, kumush, platina va palladiydan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning boʻlaklarga boʻlinadigan va ajralishi oson boʻlgan qismlarini tamgʻalash uchun qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, shuningdek qayta tiklangan (taʼmirlangan) qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi shaxsiy tamgʻasining mexanik (zarb) usulida yoki lazer usulida tushirilgan aniq izi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi lotin alifbosining uchta bosh harfi kombinatsiyasidan iborat boʻlib, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi toʻgʻrisidagi shifrlangan tarzdagi axborotni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining mexanik (zarb) usulida tushirish uchun moʻljallangan shaxsiy tamgʻasi ixtisoslashtirilgan korxonada zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining buyurtmasi boʻyicha tayyorlanadi va Asillik darajasini belgilash palatasida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining mexanik (zarb) usulida tushirish uchun moʻljallangan shaxsiy tamgʻasini roʻyxatga olish Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan shaxsiy tamgʻaning silliqlangan latun plastinadagi taqdim etilgan aniq (yuzaki, oʻrtacha, chuqur) izi asosida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamgʻalash usullari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni davlat asillik darajasi tamgʻasi yoki belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bilan tamgʻalash mexanik (zarb) usulda yoki lazer usulida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasi tamgʻasini tushirish usulini tanlash Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan ularni asillik darajasini aniqlash va tamgʻalash uchun taqdim etgan shaxs bilan kelishuv boʻyicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasini va belgilangan namunadagi asillik darajasining belgisini tushirish usulini mustaqil ravishda belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi bilan lazer usulida tamgʻalashni amalga oshiruvchi zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining zimmasiga uning haqiqiyligini tasdiqlash majburiyati yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-modda. Davlat asillik darajasi tamgʻalarini, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasini va belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisini saqlash hamda ulardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asillik darajasini belgilash palatasi va uning filiallari davlat asillik darajasi tamgʻalarini saqlovchi hamda ulardan foydalanuvchidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining oʻzi zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasini hamda belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisini saqlovchi va undan foydalanuvchidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasini va belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisini boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-modda. Asillik darajasi toʻlovi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va ularni tamgʻalash bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni bajarganlik uchun Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan asillik darajasi toʻlovi undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asillik darajasi toʻlovining miqdori va uni undirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asillik darajasini aniqlash hamda tamgʻalash bilan bogʻliq xarajatlar qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni asillik darajasini aniqlash va tamgʻalash uchun Asillik darajasini belgilash palatasiga taqdim etgan shaxslar zimmasida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni asosiy davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan tamgʻalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy davlat asillik darajasi tamgʻasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklangan (taʼmirlangan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlatlar asillik darajasini belgilash palatalarining asillik darajasi tamgʻalari izlari va ramziy belgilari mavjud boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki qismida oʻroq va bolgʻa tasviri tushirilgan yulduz shaklidagi, shuningdek buyumning asillik darajasini koʻrsatuvchi raqamlardan iborat tamgʻa izlari mavjud boʻlgan; (33-moddaga qaralsin);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asillik darajasi tamgʻalarining silliqlangan hamda noaniq izlari mavjud boʻlgan, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarga tushirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasi tamgʻalarining izlari mavjud boʻlgan va asillik darajasini aniqlash hamda tamgʻalash yoki buyumda koʻrsatilgan asillik darajasiga muvofiqlikni tasdiqlash uchun Asillik darajasini belgilash palatasiga taqdim etilgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarga davlat asillik darajasi tamgʻasining haqiqiyligini aniqlash uchun texnik ekspertiza oʻtkazilganidan keyin tasdiq belgisining izi tushirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasi mavjud tamgʻa iziga muvofiq kelmagan taqdirda, tamgʻa izi Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan yoʻq qilinadi, buyumlar esa aniqlangan asillik darajasiga yaqin boʻlgan pastroq asosiy davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan tamgʻalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumning asosiy qismiga tasdiq belgisini hamda asillik darajasi tamgʻasini birgalikda (bir konturda) tushirish imkoniyati boʻlmasa, zargarlik buyumini ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi izining yoniga tamgʻalash imkoniyati boʻlgan joyga tasdiq belgisi izi va tegishli asillik darajasining qoʻshimcha davlat asillik darajasi tamgʻasi izi tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan, juft holda foydalaniladigan zirak, ilma tugma (zaponka) kabi zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamgʻalashda asosiy davlat asillik darajasi tamgʻasining izi shunday buyumlarning har biriga tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitta qotishmadan tayyorlangan, kavsharlangan hamda bir-biridan ajralmaydigan qismlardan tarkib topgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamgʻalashda asosiy davlat asillik darajasi tamgʻasining izi buyumning faqat asosiy qismiga tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni qoʻshimcha davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan tamgʻalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshimcha davlat asillik darajasi tamgʻasi qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning boʻlaklarga boʻlinadigan va ajralishi oson boʻlgan qismlariga tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning boʻlaklarga boʻlinadigan va ajralishi oson boʻlgan tarkibiy qismlari hajmlari hamda joylashuvi davlat asillik qoʻshimcha darajasi tamgʻasini bosish imkonini bermagan hollarda bunday qismlaridagi qimmatbaho metallning tarkibi tasdiqlanmaydi va qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning bunday qismlarining asillik darajasi uchun javobgarlik ushbu buyumlarni ishlab chiqaruvchining zimmasida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49-modda. Turli qimmatbaho metallardan hamda turli asillik darajasidagi qimmatbaho metallardan ishlab chiqarilgan, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumlarni davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan tamgʻalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitta qimmatbaho metalldan ishlab chiqarilgan, turli asillik darajalariga ega boʻlgan bir nechta qismlardan iborat boʻlgan, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumga asosiy davlat asillik darajasi tamgʻasining izi ushbu buyumning asosiy qismiga tushiriladi, buyumning boʻlaklarga boʻlinadigan va ajralishi oson boʻlgan qismlariga esa tegishli metallning va tegishli asillik darajasining qoʻshimcha davlat asillik darajasi tamgʻasi izi tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida qismlari turli qimmatbaho metallardan ishlab chiqarilgan, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumga asosiy davlat asillik darajasi tamgʻasining izi ushbu buyumning asosiy qismiga tushiriladi, buyumning boʻlaklarga boʻlinadigan va ajralishi oson boʻlgan qismlariga esa tegishli metallning va tegishli asillik darajasining qoʻshimcha davlat asillik darajasi tamgʻasi izi tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyum oʻzga qimmatbaho metallar bilan qoplangan boʻlsa, buyumning asosiy qismiga qimmatbaho metallning asosiy qotishmasiga muvofiq asosiy davlat asillik darajasi tamgʻasining izi tushiriladi, qoʻshimcha qismiga esa tamgʻa tushirilmaydi. Bunda buyumning boʻlaklarga boʻlinadigan hamda ajralishi oson boʻlgan qismlariga tegishli asillik darajasining qoʻshimcha davlat asillik darajasi tamgʻasi izi tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asillik darajasi turlicha boʻlgan yoki turli qimmatbaho metallardan yasalgan, kavsharlangan hamda bir-biridan ajralmaydigan qismlardan tarkib topgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumga yaxlit buyum sifatida qaraladi. Bu holda asosiy davlat asillik darajasi tamgʻasining izi buyumning asosiy qismiga tushiriladi, buyumning kavsharlangan hamda bir-biridan ajralmaydigan qismlariga esa tegishli metall va asillik darajasiga muvofiq boʻlgan qoʻshimcha davlat asillik darajasi tamgʻasining izi tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bilan tamgʻalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tomonidan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan va qayta tiklangan (taʼmirlangan) zargarlik hamda boshqa buyumlarga tushiriladi, bunda ushbu buyumlarga davlat tomonidan asillik darajasini aniqlash va tamgʻalash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar oʻzlari tomonidan eksport uchun moʻljallangan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bilan tamgʻalamaslikka haqli, basharti bunday tartib shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan, juft holda foydalaniladigan zirak, ilma tugma (zaponka) kabi zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamgʻalashda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi shaxsiy tamgʻasining va belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining izi bunday buyumlarning har biriga tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitta qotishmadan yasalgan, kavsharlangan hamda bir-biridan ajralmaydigan qismlardan tarkib topgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamgʻalashda, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi shaxsiy tamgʻasining va belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining izlari zargarlik buyumining faqat asosiy qismiga tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻlaklarga boʻlinadigan hamda ajralishi oson boʻlgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning har bir qismiga belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining izi tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar boʻlaklarga boʻlinadigan va ajralishi oson boʻlgan qismlarining oʻlchamlari hamda joylashuvi belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining izini tushirish imkonini bermaydigan hollarda, bunday qismlardagi qimmatbaho metallning tarkibi tasdiqlanmaydi hamda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar bunday qismlarining asillik darajasi uchun javobgarlik ushbu buyumlarni ishlab chiqaruvchining zimmasida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitta qimmatbaho metalldan tayyorlangan, lekin turli asillik darajalariga ega boʻlgan bir nechta qismlardan tarkib topgan, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asosiy qismiga zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi shaxsiy tamgʻasining va belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining izi tushiriladi, buyumning boʻlaklarga boʻlinadigan hamda ajralishi oson boʻlgan qismlariga esa — tegishli asillik darajasining belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi izi tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan, alohida qismlari turli qimmatbaho metallardan tayyorlangan zargarlik hamda boshqa buyumlarga zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi shaxsiy tamgʻasining hamda belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining izi buyumning asosiy qismiga tushiriladi, buyumning boʻlaklarga boʻlinadigan va ajralishi oson boʻlgan qismlariga esa — tegishli metallning va asillik darajasining belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi izi tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa qimmatbaho metallar bilan qoplangan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarga, buyumning asosiy qismiga (qimmatbaho metallning asosiy qotishmasi boʻyicha) zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi shaxsiy tamgʻasining va belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining izi tushiriladi, buyumning boʻlaklarga boʻlinadigan va ajralishi oson boʻlgan qismlariga esa — tegishli metallning va asillik darajasining belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi izi tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asillik darajasi turlicha yoki boshqa qimmatbaho metallardan boʻlgan kavsharlangan hamda bir-biridan ajralmaydigan qismlardan tarkib topgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarga yaxlit buyum sifatida qaraladi. Ushbu buyumlarning asosiy qismini belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bilan, buyumlarning ikkinchi darajali va qoʻshimcha qismlarini esa — tegishli metallning va asillik darajasining belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bilan tamgʻalashga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamgʻalash uchun Asillik darajasini belgilash palatasiga taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilish uchun moʻljallangan, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan quyidagi zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasi aniqlanishi, ular tahlil qilinishi hamda davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan tamgʻalanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan notariusning ijro xati asosida realizatsiya qilinadigan;
(51-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkiga begʻaraz topshirilgan (davlat foydasiga voz kechilgan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat foydasiga qaratilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etiladigan buyumlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar oʻzi ishlab chiqargan va (yoki) qayta tiklangan (taʼmirlangan) buyumlarni ularning asillik darajasini aniqlash, ularni tahlil qilish hamda davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan tamgʻalash uchun Asillik darajasini belgilash palatasiga taqdim etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasi tamgʻalarining izlariga zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan zarar yetkazilgan va ularning shakli oʻzgartirilgan taqdirda qayta tamgʻalash umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-modda. Asillik darajasini aniqlash, tahlil qilish hamda tamgʻalash uchun Asillik darajasini belgilash palatasiga zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etiladigan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar asillik darajasini aniqlash, tahlil qilish hamda tamgʻalash uchun qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni Asillik darajasini belgilash palatasiga toʻliq bitkazilgan hamda yigʻilgan tarzda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni toʻliq bitkazilgan hamda yigʻilgan tarzda taqdim etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar Asillik darajasini belgilash palatasiga buyumlarni ularning barcha qismlari mavjud boʻlgan holda, toʻliq bitkazilmagan va yigʻilmagan tarzda taqdim etishi mumkin. Bunda buyumlarning barcha ikkinchi darajali va qoʻshimcha qismlari qoʻshimcha davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan tamgʻalanishi lozim. Tayyor buyumlarda buyumning ikkinchi darajali va qoʻshimcha qismlari kavsharlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asillik darajasini belgilash palatasiga asillik darajasini aniqlash, tahlil qilish hamda tamgʻalash uchun taqdim etiladigan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar turkumlari boʻyicha saralangan boʻlishi kerak. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni Asillik darajasini belgilash palatasiga topshirish chogʻida zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar arizada buyumlarning qotishma tarkibini (jismoniy shaxslarning yakka tartibdagi buyurtmalari boʻyicha ularga tegishli boʻlgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlardan tayyorlangan, shuningdek qayta tiklangan (taʼmirlangan) buyumlardan tashqari) va bildirilgan asillik darajasini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-modda. Qayta tiklangan (taʼmirlangan) qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamgʻalashga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tiklangan (taʼmirlangan) qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda mexanik (zarb) usulida yoki lazer usulida tushirilgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi izi va “R” harfi koʻrinishidagi qayta tiklanganlik belgisi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning bildirilgan asillik darajasiga muvofiqligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning tarkibidagi asosiy qimmatbaho metall ushbu Qonunning 36-moddasida belgilangan asillik darajasiga muvofiq boʻlsa, bu buyumlar bildirilgan asillik darajasiga muvofiq deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, shuningdek qayta tiklangan (taʼmirlangan), bildirilgan asillik darajasiga muvofiq boʻlmasa, unda buyumlarni Asillik darajasini belgilash palatasiga taqdim etgan shaxsning yozma roziligi boʻlgan taqdirda, buyumlardagi asillik darajalarining tamgʻa izlari yoʻq qilinadi. Bunda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar belgilangan asillik darajasiga yaqin boʻlgan pastroq davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan tamgʻalanadi. Ariza beruvchining roziligi boʻlmagan taqdirda, buyumlar tamgʻalanmagan holda qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tijorat maqsadlarida olib kiriladigan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar chet davlatlar asillik darajasini belgilash palatalarining metrik yoki karat asillik darajasi tizimidagi asillik darajasi tamgʻalarining aniq izlariga yoki buyumning asillik darajasini koʻrsatuvchi boshqa belgilarga ega boʻlishi kerak, bundan jismoniy shaxslar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mazkur turdagi tovarlar uchun qonunchilikda belgilangan hollar mustasno. Bunda metrik yoki karat asillik darajasi tizimidagi asillik darajasi tamgʻalarining izlari yoki buyumning asillik darajasini koʻrsatuvchi boshqa belgilar mavjudligi ustidan nazorat qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan, Asillik darajasini belgilash palatasiga asillik darajasini aniqlash, tahlil qilish hamda tamgʻalash uchun taqdim etilgan, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda bildirilgan asillik darajasiga muvofiq kelmaydigan asillik darajasi tamgʻalarining izlari mavjud boʻlsa, ushbu buyumlarni Asillik darajasini belgilash palatasiga taqdim etgan shaxsning yozma roziligi boʻlgan taqdirda, buyumlardagi asillik darajalarining tamgʻa izlari yoʻq qilinadi. Bunda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar belgilangan asillik darajasiga yaqin boʻlgan pastroq davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan tamgʻalanishi lozim. Ariza beruvchining roziligi boʻlmagan taqdirda, buyumlar tamgʻalanmagan holda qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56-modda. Qayta tiklangan (taʼmirlangan), qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning nazorat tekshiruvi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tiklangan (taʼmirlangan), realizatsiya qilish uchun moʻljallangan, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar, ularda ilgari bosilgan asillik darajasi tamgʻalarining izlari mavjudligi va sifatidan qatʼi nazar, bildirilgan asillik darajasiga muvofiqligi nuqtai nazaridan Asillik darajasini belgilash palatasiga nazorat tekshiruvidan oʻtkazilishi uchun taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qayta tiklangan (taʼmirlangan), qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumning asillik darajasi buyumda mavjud boʻlgan tamgʻa iziga muvofiq boʻlsa, unga davlat asillik darajasi tamgʻasining izi tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qayta tiklangan (taʼmirlangan), qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumning asillik darajasi buyumda mavjud boʻlgan tamgʻa iziga muvofiq boʻlmasa, ushbu buyumni Asillik darajasini belgilash palatasiga taqdim etgan shaxsning yozma roziligi boʻlgan taqdirda, tamgʻaning izi yoʻq qilinadi va buyum belgilangan asillik darajasiga yaqin boʻlgan pastroq davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan tamgʻalanadi. Ariza beruvchining roziligi boʻlmagan taqdirda, buyum tamgʻalanmagan holda qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qayta tiklangan (taʼmirlangan), qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumda tamgʻa izi mavjud boʻlmasa, ushbu buyumning asillik darajasi aniqlanganidan keyin unga davlat asillik darajasi tamgʻasining tegishli izi tushirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarishda yoki qayta tiklashda (taʼmirlashda) qoʻllaniladigan kavsharlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumlarni ishlab chiqarishda yoki qayta tiklashda (taʼmirlashda) qoʻllaniladigan kavsharlar mazkur buyumlar qaysi qotishmalardan tayyorlanadigan boʻlsa, ayni oʻsha qimmatbaho metallar asosida tayyorlanishi kerak, bundan ushbu moddada belgilangan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oltin, platina va palladiydan tayyorlangan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumlar uchun kavsharlar ushbu buyumlar tayyorlangan asosiy qotishma qanday asillik darajasiga ega boʻlsa, ayni oʻsha asillik darajasiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Platina va palladiydan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumlarda 585 (besh yuz sakson beshinchi) va 750 (yetti yuz elliginchi) asillik darajasiga ega boʻlgan oq oltin kavshari boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kumushdan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumlar uchun kavshar 650 (olti yuz elliginchi) asillik darajasidan past boʻlmagan asillik darajasiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarkibida buyumlar yasalgan qotishmaning asillik darajasiga muvofiq boʻlmagan kavshar mavjud boʻlgan (lekin 375 (uch yuz yetmish beshinchi) asillik darajasidan past boʻlmagan) oltindan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar belgilangan asillik darajasiga yaqin boʻlgan pastroq asillik darajasi bilan tamgʻalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumlarda tarkibida qimmatbaho metallar mavjud boʻlmagan kavshardan foydalanishga, basharti mazkur buyumlarning asillik darajasi kavshar bilan birgalikda ushbu buyumlar yasalgan qotishma doirasida boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda qimmatbaho boʻlmagan metallardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asillik darajasi aniqlanishi, tahlil qilinishi hamda davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan yoki belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bilan tamgʻalanishi lozim boʻlgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda qimmatbaho boʻlmagan metallardan tayyorlangan qismlar boʻlmasligi kerak, bundan quyidagilar mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik sabablarga koʻra qimmatbaho metallardan tayyorlanishi mumkin boʻlmagan soatlar, chaqmoq yoqqichlar va boshqa shunga oʻxshash buyumlar mexanizmlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan tayyorlanilishi mumkin boʻlmagan pichoq tigʻlari, tiqin ochqichlarning buramali qismlari va boshqa shunga oʻxshash buyumlarning qismlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkamlanadigan mexanizmlardagi prujinalar, oshiq-moshiqlarning oʻqlari, shuningdek taqinchoqlarning toʻgʻnogʻichlari, boʻyinbogʻlarning, nishonlarning, farqlash belgilarining, davlat mukofotlarining qisqichlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho boʻlmagan metallardan yasalgan, boʻlaklarga boʻlinadigan hamda ajralishi oson boʻlgan qismlar bilan qimmatbaho metallardan tayyorlangan qismlarning birikmasidan iborat boʻlgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan yoki belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bilan tamgʻalash zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan qimmatbaho boʻlmagan metallardan yasalgan qismlarga tushiriladigan maxsus iz (“met”, “nerj”, “steel” va boshqalar) yoki qimmatbaho boʻlmagan metall mavjudligini koʻrsatuvchi belgi boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi, bundan ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hollar mustasno. Qimmatbaho boʻlmagan metallardan yasalgan qismlarda qimmatbaho boʻlmagan metall mavjudligini koʻrsatuvchi maxsus iz boʻlmagan taqdirda, buyumlar davlat asillik darajasi tamgʻasi yoki belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bilan tamgʻalanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda nometall qismlardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda nometall qismlardan (toshlar, emallar, qora kumushlardan) foydalanishga, basharti ular koʻrinishidan qimmatbaho metallardan ajralib tursa, ruxsat etiladi. Bunda buyumlarning nometall qismlarida qimmatbaho metallarga aynan oʻxshash qoplama yoki rangda boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pichoqlar, sanchqilar va shunga oʻxshash buyumlarning dastalarini nometall materiallar bilan toʻldirishga ularni mahkamlash uchun zarur boʻlgan miqdorlarda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nometall qismlardan foydalangan holda tayyorlangan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarda qimmatbaho metallning vazn oraligʻi koʻrsatilgan maxsus iz boʻlishi kerak. Mazkur buyumlarning qimmatbaho metallardan yasalgan barcha qismlari toʻliq mavjud boʻlgan taqdirda, ularning asillik darajasini aniqlash, ularni tahlil qilish hamda tamgʻalash ularni qismlarga ajratgan va bitkazmagan holda amalga oshirilishi lozim. Tayyor buyumlarda buyumning ikkinchi darajali va qoʻshimcha qismlari kavsharlangan boʻlishi kerak. Buyumlarning ikkinchi darajali va qoʻshimcha qismlariga davlat asillik darajasi tamgʻasi yoki belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bosilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni asillik darajasini aniqlash, ularni tahlil qilish va tamgʻalash uchun Asillik darajasini belgilash palatasiga nometall qismlarsiz taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60-modda. Davlat organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlarining qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi sohasidagi qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-modda. Davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlarining yoki ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi sohasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalada boʻlishi sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 219-moddaning nomi va dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“219-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni yoki tarkibida shunday metall hamda toshlar boʻlgan buyumlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, ulardan foydalanish chogʻida qabul qilib olish, sarflash, hisobga olish, saqlash, ularning parchalari va chiqindilarini toʻplash hamda Davlat fondiga topshirish qoidalarini, shuningdek qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va ularni tamgʻalash tartibini buzish — ”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 268-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi organlariga ushbu Kodeksning 219-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining boshligʻi asillik darajasining davlat nazorati organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga haqlidir”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrda qabul qilingan “Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamgʻalanishi toʻgʻrisida”gi 317-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 17-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 7-dekabrda qabul qilingan “Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamgʻalanishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 318-II-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 18-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 30-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 621-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 90-modda) XXVI boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 15-sentabrda qabul qilingan “Baʼzi davlat boshqaruv organlarining qayta tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-5-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda) 4-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-373-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 244-modda) 21-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-436-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 6, 300-modda) 24-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 23-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-710-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 03/21/710/0815-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son; 18.04.2025-y., 03/25/1059/0357-son)