27.12.2024 yildagi O‘RQ-1015-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 6-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 23-oktabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi telekommunikatsiyalar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarining mudofaa, davlat xavfsizligi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ehtiyojlari uchun ishlashi bilan bogʻliq munosabatlar alohida qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining telekommunikatsiyalar toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa liniyasi — signallar uzatgichdan qabul qilgichga uzatilishini va tarqatilishini taʼminlovchi qurilmalarning, inshootlarning hamda kabel liniyalarining va (yoki) radioliniyalarning majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomi — axborot resursiga yoki axborot tizimiga berilgan, ularni Internet jahon axborot tarmogʻida identifikatsiyalash uchun xizmat qiladigan noyob nom;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
domen nomlari tizimi — Internet jahon axborot tarmogʻida domen nomlarini berish, roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarif rejasi — telekommunikatsiyalar operatori va telekommunikatsiyalar xizmatlari provayderi tomonidan telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanuvchilarga bir yoki bir nechta xizmatdan foydalanish uchun taqdim etiladigan narxlar va texnik shartlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqlararo ulanishlar — telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanuvchilar oʻrtasida axborotning uzatilishi va qabul qilinishini taʼminlaydigan turli telekommunikatsiyalar operatorlari telekommunikatsiyalar tarmoqlarining texnologik hamkorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar — axborotning belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar, video tarzidagi yoki boshqa turdagi signallarini oʻtkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlardan foydalangan holda uzatish, qabul qilish va ularga ishlov berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar vositalari (telekommunikatsiyalar infratuzilmasi) — telekommunikatsiyalar uskunalari, telekommunikatsiyalar inshootlari, kabel liniyalari hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi tizimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar inshootlari (passiv telekommunikatsiyalar infratuzilmasi) — telekommunikatsiyalarning amalga oshirilishini taʼminlovchi binolar, moslamalar, tayanchlar, machtalar, tarqatish qutilari, shkaflar va boshqalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar operatori (bundan buyon matnda operator deb yuritiladi) — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida telekommunikatsiyalar infratuzilmasiga ega boʻlgan, uning ishlashini, rivojlanishini taʼminlovchi va telekommunikatsiyalar xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar tarmogʻi — aloqa liniyalari yoki aloqa kanallari orqali oʻzaro bogʻlangan, telekommunikatsiyalarni amalga oshiradigan uskunalar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan oʻtkazish — telekommunikatsiyalar tarmoqlari himoyalanganlik holatining axborot xavfsizligi sohasidagi milliy standartlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlashga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash rejasi — operatorlar, telekommunikatsiyalar xizmatlari provayderlari va foydalanuvchi qurilmalari oʻrtasida aniq raqamlarning biriktirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash tizimi — operatorlar, telekommunikatsiyalar xizmatlari provayderlari va foydalanuvchi qurilmalari oʻrtasida raqamlarni taqsimlash va ularga raqam (raqamlar yoki belgilar kombinatsiyasini) biriktirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalarning texnologik xizmatlari (bundan buyon matnda texnologik xizmatlar deb yuritiladi) — operatorlar va telekommunikatsiyalar xizmatlari provayderlari tomonidan oʻzining texnik vositalari hamda tarmoqlari orqali boshqa operatorlar va provayderlarga taqdim etiladigan, telekommunikatsiyalarni amalga oshirishning texnologik jarayonini taʼminlaydigan xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar uskunalari (aktiv telekommunikatsiyalar infratuzilmasi) — telekommunikatsiyalarni amalga oshirish uchun moʻljallangan texnik uskunalar va ularga oʻrnatilgan dasturiy taʼminot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar xizmatlari — foydalanuvchilarga operator va telekommunikatsiyalar xizmatlari provayderi tomonidan telekommunikatsiyalar asosida taqdim etiladigan xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar xizmatlari provayderi (bundan buyon matnda provayder deb yuritiladi) — foydalanuvchilarga operatorlar tarmogʻi orqali tijorat asosida telekommunikatsiyalar xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanuvchi (bundan buyon matnda foydalanuvchi deb yuritiladi) — telekommunikatsiyalar xizmatlarining isteʼmolchisi boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari (bundan buyon matnda universal xizmatlar deb yuritiladi) — umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali barcha foydalanuvchilarga koʻrsatiladigan belgilangan sifatdagi majburiy xizmatlar toʻplami (foydalanuvchilarning ushbu tarmoqdan foydalanishini taʼminlash, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon soʻzlashuvlari, telegrammalar joʻnatish va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchi qurilmasi — telekommunikatsiyalar tarmoqlari bilan oʻzaro bogʻlanadigan va signallarni shakllantirish, uzatish, qabul qilish uchun moʻljallangan foydalanuvchining texnik vositasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Telekommunikatsiyalar tarmoqlariga boʻlgan mulkchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida telekommunikatsiyalar tarmoqlari ommaviy yoki xususiy mulkda boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarining barcha mulkdorlari teng huquqlarga ega boʻladi va qonunda kafolatlangan teng himoyadan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Telekommunikatsiyalar tarmoqlarining yerlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar uskunalari va inshootlaridan foydalanish, ularni saqlash, qurish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash boʻyicha oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun operatorlarga va provayderlarga berilgan yerlar telekommunikatsiyalar tarmoqlarining yerlari jumlasiga kiradi. Telekommunikatsiyalar tarmoqlarining yerlari aloqa maqsadlariga moʻljallangan yerlar tarkibiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar faoliyatini taʼminlash uchun yerlar qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalarning kabel, radiorele va havo liniyalaridan foydalanilishini taʼminlash maqsadida muhofaza hududlari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhofaza hududlarini belgilash tartibi, ularning oʻlchamlari, ushbu maqsadlar uchun ajratilgan yerlardan foydalanish rejimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Telekommunikatsiyalar tarmoqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar tarmoqlari belgilangan maqsadiga koʻra umumiy foydalanishdagi, idoraviy va ajratilgan telekommunikatsiyalar tarmoqlariga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aloqa liniyasi umumiy foydalanish, idoraviy, ajratilgan, shu jumladan umumdavlat vazifalarini bajaruvchi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining ajralmas qismidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar xizmatlarini koʻrsatishning yagona prinsiplari, ularni taqdim etish va haq toʻlash tartibi asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha yuridik va jismoniy shaxslarga telekommunikatsiyalar xizmatlarini koʻrsatish uchun moʻljallangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlari jumlasiga kiradi. Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmogʻida telekommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatish qoidalari telekommunikatsiyalar sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning ishlab chiqarish va maxsus ehtiyojlarini taʼminlash uchun moʻljallangan, ularning ixtiyorida boʻlgan va ular tomonidan foydalaniladigan telekommunikatsiyalar tarmoqlari idoraviy telekommunikatsiyalar tarmoqlari jumlasiga kiradi. Idoraviy telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan boshqa foydalanuvchilarga telekommunikatsiyalar xizmatlarini koʻrsatish uchun ham foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajratilgan telekommunikatsiyalar tarmoqlari jumlasiga foydalanuvchilarning muayyan doirasiga xizmatlar koʻrsatish uchun yuridik shaxslarning tijorat maqsadlarida yaratiladigan telekommunikatsiyalar tarmoqlari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy va ajratilgan telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari tomonidan xizmatlar koʻrsatish qoidalari ushbu telekommunikatsiyalarning operatorlari yoki provayderlari tomonidan qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operatorlar va provayderlar aktiv hamda passiv telekommunikatsiyalar infratuzilmasidan, shuningdek aloqa kanallaridan, radiochastota spektridan qonunchilikka muvofiq shartnoma asosida birgalikda foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridagi yoʻldosh aloqa tizimlari va kanallaridan qonunchilikda belgilangan talablar asosida foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Telekommunikatsiyalar sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Telekommunikatsiyalar sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanishni taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalarni yagona ilmiy-texnika siyosati asosida xalqaro normalar va standartlarga muvofiq rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar sohasidagi xizmatlar sifatini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy texnik talablar, normalar va qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor innovatsion, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining telekommunikatsiyalar sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar sohasida aholi, biznes va davlat oʻrtasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar xizmatlari turlarini kengaytirish, telekommunikatsiyalar infratuzilmasini modernizatsiya qilish choralarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar infratuzilmasini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish choralarini koʻradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(8-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartibi hamda shartlarini, shuningdek faoliyatning ayrim turlari uchun litsenziyalar berish boʻyicha tanlovlar (tenderlar) oʻtkazish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar sohasidagi tartibga soluvchi organni (bundan buyon matnda tartibga soluvchi organ deb yuritiladi) belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining telekommunikatsiyalar tarmoqlaridagi mobil qurilmalarning oʻziga xos xalqaro identifikatsiya kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Telekommunikatsiyalar sohasidagi vakolatli davlat organi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi telekommunikatsiyalar sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va telekommunikatsiyalar faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar sohasida metrologiya va standartlashtirishga doir ishlarni muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalarning texnik vositalarini sertifikatlashtirishga doir ishlarni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiyalar tarmoqlarining axborot xavfsizligini taʼminlashga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar sohasidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiyalar tarmoqlari va xizmatlarini rivojlantirish masalalariga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqqa ruxsatsiz ulanishda va trafikni oʻtkazishda himoya choralarining chetlab oʻtilishi ustidan tegishli organlar bilan birgalikda nazorat oʻrnatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar sohasida inson kapitalining yaratilishi va rivojlantirilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi sohasiga zamonaviy telekommunikatsiyalar tarmoqlarini joriy etish, ularni rivojlantirish va ulardan samarali foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini shakllantirish masalalari boʻyicha takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar sohasidagi atamalar va taʼriflarni belgilaydi hamda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlari talablari barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Telekommunikatsiyalar sohasida davlat nazorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya telekommunikatsiyalar sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organdir (bundan buyon matnda davlat nazorati organi deb yuritiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat nazorati organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar sohasidagi qonunchilik, normativ hujjatlar va milliy standartlar talablariga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida foydalanuvchilar huquqlarining taʼminlanishi va koʻrsatiladigan telekommunikatsiyalar xizmatlarining sifatiga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va xizmatlarini rivojlantirishga doir choralar amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat nazorati organi telekommunikatsiyalar sohasida qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat nazorati organi oʻz vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha operatorlar va provayderlarning oʻrganilishi hamda tekshirilishini (moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda) qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat nazorati organi boshligʻining oʻrganish va tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi asosida amalga oshirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Telekommunikatsiyalar sohasida tartibga solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibga soluvchi organ telekommunikatsiyalar sohasini tartibga soladigan, moliyaviy, tuzilmaviy jihatdan va qaror qabul qilish borasida mustaqil boʻlgan yuridik shaxsdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibga soluvchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarning telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatini litsenziyalashni, ruxsat berish tartib-taomillarini qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda yoki favqulodda holatda telekommunikatsiyalar infratuzilmalaridan ustuvor foydalanish hamda ularning faoliyatini tiklash va rivojlantirishga doir ishlarni markazlashtirilgan tarzda boshqaradi, shuningdek ularning ishlashini belgilangan tartibda cheklaydi yoki toʻxtatib turadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini va telekommunikatsiyalar inshootlarini qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizasini oʻtkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar xizmatlarining ayrim turlari, shuningdek tarmoqlararo ulanishlar tariflarini tartibga soladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
universal xizmatlar roʻyxatini va ularning sifatiga doir talablarni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorlar va provayderlarning faoliyat koʻrsatishi uchun teng hamda adolatli raqobat muhitini taʼminlashga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar xizmatlari bozorini erkin raqobat asosida shakllantirish va rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi, operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar masalalarini koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash tizimini ishlab chiqadi va telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash rejasining boshqaruvini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet jahon axborot tarmogʻi milliy segmentining manzil maydonidan foydalanish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, domen nomlari tizimini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar vositalarini majburiy ravishda raqamli markirovkalashni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqqa ruxsatsiz ulanishda va trafikni oʻtkazishda himoya choralarining chetlab oʻtilishi ustidan tegishli organlar bilan birgalikda nazorat oʻrnatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilayotgan telekommunikatsiyalar xizmatlari sifatining belgilangan talablar va normalarga muvofiqligi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining telekommunikatsiyalar sohasidagi majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yuridik va jismoniy shaxslarga elektron davlat xizmatlari koʻrsatish maqsadida umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining samarali ishlashi hamda rivojlantirilishi uchun oʻz vakolatlari doirasida shart-sharoitlar yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi manfaatdor respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda jamoat, maʼmuriy, uy-joy va sanoat maqsadlaridagi binolar va inshootlarni loyihalashtirish uchun topshiriqlarni hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va kelishish bosqichlarida quyidagi talablarni majburiy tartibda nazarda tutishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolarda telekommunikatsiyalar vositalarini oʻrnatish uchun tegishli maydonlar va muhandislik infratuzilmasi ularga elektr taʼminoti keltirilgan holda ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolarning ichida telefoniya, maʼlumotlar uzatish tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmogʻi, kabel va efir televideniyesini jamoaviy qabul qilish tizimlari, shuningdek “xavfsiz uy” tizimi hamda qoʻriqlash signalizatsiyasi kabellarini oʻtkazish uchun past tokli kabel shaxtalari mavjud boʻlishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat, maʼmuriy, turar-joy va sanoat hududlarida aloqa liniyalarini yotqizish hamda telekommunikatsiyalar vositalarini oʻrnatish uchun tegishli yer uchastkalari ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar va tumanlar markazlaridagi mobil aloqa tarmoqlari bazaviy stansiyalarining, shuningdek telekommunikatsiyalar operatorlari va provayderlari markaziy bogʻlamalarining, teleradioeshittirish obyektlarining elektr tarmoqlaridan oʻchirilmaydigan obyektlar roʻyxatiga kiritilishini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Telekommunikatsiyalar sohasida xizmatlar koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslarning telekommunikatsiyalar sohasidagi ayrim faoliyat turlari litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar sohasidagi litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida amalga oshiriladigan faoliyat turlari roʻyxati qonun bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy foydalanish punktlari, shu jumladan qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlarining umumiy foydalanish punktlari tomonidan maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatishga, qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatishga doir faoliyat uchun litsenziya talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotlar uzatish tarmoqlaridan bank, toʻlov tizimi, toʻlov tashkiloti, shuningdek elektron tijorat platformasi xizmatlarini koʻrsatish uchun ishlab chiqarish-texnologik jarayonda va (yoki) signallarni yetkazib berish maqsadida foydalanilganda maʼlumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanish va (yoki) ularning xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar sohasidagi ayrim faoliyat turlari uchun litsenziyalar berish tanlov (tender) asosida amalga oshirilishi mumkin. Tanlovlarni (tenderlarni) oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operatorlar va provayderlar tomonidan litsenziya, ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Telekommunikatsiyalar sohasida sertifikatlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida telekommunikatsiyalar tarmoqlarida foydalaniladigan telekommunikatsiyalarning texnik vositalari, shu jumladan foydalanuvchi qurilmalari qonunchilikka va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridagi mobil qurilmalarning xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sirlarini yoki maxfiy axborotni oʻz ichiga olgan axborotga ishlov berish uchun moʻljallangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan majburiy attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan oʻtkazish ixtiyoriy tusga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini attestatsiyadan oʻtkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash tizimi va rejasi, domen nomlari tizimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash tizimi va rejasi, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻi milliy segmentining domen nomlari tizimi tartibga soluvchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslarini va domen nomlarini hisobga olish, tizimlashtirish va ulardan foydalanilishi ustidan nazorat tartibga soluvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslaridan operatorlar va provayderlar tomonidan, shuningdek domen nomlaridan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan foydalanish pulli asosda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini raqamlash resurslaridan va domen nomlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlarning miqdorlari hamda ularni toʻlash tartibi, shuningdek ularga doir imtiyozlar qonunchilikda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Telekommunikatsiyalar sohasida raqobatni rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar sohasida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi operatorlar, provayderlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek uskunalarni ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar telekommunikatsiyalar infratuzilmasini hamda xizmatlar bozorini tashkil etish va rivojlantirishda teng ravishda ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi va tartibga soluvchi organ raqobat sohasidagi vakolatli davlat organi bilan birgalikda telekommunikatsiyalar sohasida raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashadi, insofsiz raqobat va raqobatni cheklash faktlariga barham berish, shuningdek isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish yuzasidan qonunchilikda belgilangan chora-tadbirlarni koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Insofsiz raqobat, foydalanuvchilarning manfaatlarini kamsitganlik, raqobatga toʻsiq boʻluvchi yoki uni cheklovchi boshqa biror-bir harakatga (harakatsizlikka) yoʻl qoʻyganlik uchun operatorlar va provayderlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli davlat organlarining mansabdor shaxslari bozor munosabatlariga asossiz ravishda aralashganligi, raqobatga toʻsiq boʻluvchi yoki uni cheklovchi boshqa biror-bir harakatga (harakatsizlikka) yoʻl qoʻyganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Universal xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari barcha foydalanuvchilarga belgilangan sifatga ega universal xizmatlarni litsenziya doirasida cheklanmagan tarzda koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universal xizmatlar roʻyxati va ularning sifatiga doir talablar tartibga soluvchi organ tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Telekommunikatsiyalar xizmatlariga doir tariflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar xizmatlariga doir tariflar bunday xizmatlarni koʻrsatish xarajatlari hisobga olingan holda, shartnoma asosida qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universal xizmatlarga doir tariflar tartibga soluvchi organ tomonidan foydalanuvchilarning manfaatlari hisobga olingan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnologik xizmatlarga doir tariflar bunday xizmatlarni koʻrsatish xarajatlari hisobga olingan holda, operatorlar va (yoki) provayderlar oʻrtasidagi shartnomalar asosida qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda tezkor xizmatlarni (yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini, ichki ishlar organlarini, tez tibbiy yordamni, gaz tarmogʻining avariya xizmatini va boshqa xizmatlarni) chaqirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasining ishonch telefonlariga qoʻngʻiroqlar barcha foydalanuvchilar tomonidan bepul asosda amalga oshiriladi. Favqulodda tezkor xizmatlarning roʻyxati qonunchilikda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan telefon soʻzlashuvlarining, elektron va boshqa xabarlarning (maʼlumotlarning) sir saqlanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan telefon soʻzlashuvlari, shuningdek elektron va boshqa xabarlar (maʼlumotlar) (bundan buyon matnda xabarlar deb yuritiladi) sir saqlanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan telefon soʻzlashuvlari va xabarlar toʻgʻrisidagi axborot, shuningdek xabarlar operatorlar va provayderlar tomonidan faqat abonentlarning oʻzlariga, bunday xabarlarni joʻnatuvchilarga va ularni oluvchilarga yoki ularning qonuniy vakillariga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telefonlar va boshqa foydalanuvchi qurilmalari orqali olib borilayotgan soʻzlashuvlarni eshitishga, telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan xabarlar bilan tanishishga, ular toʻgʻrisida axborot olishga, shuningdek ularning sir saqlanishini boshqacha usulda cheklashga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda hamda sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar tarmogʻidan oʻrnatilgan himoya tizimlarini chetlab oʻtgan holda foydalanish va telekommunikatsiyalar tarmogʻidan xalqaro trafikni oʻtkazish maqsadida qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu modda talablarining buzilishiga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar va boshqa shaxslar qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Telekommunikatsiyalar infratuzilmasini rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar infratuzilmasi telekommunikatsiyalar vositalari majmuidan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar infratuzilmasi, mulk shaklidan qatʼi nazar, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari jumlasiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar infratuzilmasini rivojlantirish hamda rekonstruksiya qilish ularning egalari tomonidan oʻz mablagʻlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumdavlat vazifalarini hal etishga moʻljallangan telekommunikatsiyalar infratuzilmasini rivojlantirish hamda rekonstruksiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan va qonunchilikda belgilangan tartibda moliyalashtiriladigan davlat dasturlariga va boshqa dasturlarga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar infratuzilmasini rivojlantirish hamda rekonstruksiya qilish loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda soliqqa oid va boshqa imtiyozlar berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharlarni, shaharchalarni va boshqa aholi punktlarini, turar-joy dahalari va majmualarini, alohida binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda rivojlantirish chogʻida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari belgilangan normativlarga muvofiq telekommunikatsiyalar vositalarini joylashtirish uchun binolar yoki alohida xonalar qurilishini, yer osti aloqa liniyalarini qurish uchun joylar ajratilishini nazarda tutishi kerak. Ushbu maqsadlar uchun yer (joy) ajratilishini asossiz ravishda rad etgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va mansabdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(21-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar vositalari, shu jumladan kabel kanalizatsiyasi, kuchsiz tokli kabel shaxtalari, telekommunikatsiyalar uskunalarini joylashtirish uchun maydonlar va boshqa zarur passiv telekommunikatsiyalar infratuzilmasi bilan taʼminlanmagan jamoat, maʼmuriy, turar joy hamda sanoat binolari va inshootlarini qurishga hamda foydalanishga qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar telekommunikatsiyalar inshootlari qurilishini shu maqsad uchun berilgan yer uchastkalarida belgilangan tartibda amalga oshirishga, shuningdek binolar va inshootlarning tomlariga (tayanchlarga, koʻpriklarga, kollektorlarga, yer osti yoʻllariga va boshqa inshootlarga) ushbu yer uchastkalari, binolar va inshootlarning mulkdorlari (egalari, ijarachilari) bilan kelishilgan holda telekommunikatsiyalar vositalarini oʻrnatishga hamda xizmat koʻrsatishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi punktlarining, binolar, yoʻllar, koʻpriklarning va boshqa obyektlarning yangidan qurilishi, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilinishi, shuningdek yangi yerlar oʻzlashtirilishi, melioratsiya tizimlari oʻzgartirilishi, foydali qazilmalar qazib olinishi, ularning egasi oʻzgarishi munosabati bilan telekommunikatsiyalar infratuzilmasini koʻchirish yoki qayta qurish mazkur obyekt egasining, ushbu obyekt qurilishi buyurtmachisining yoki tashabbuskorining oʻz mablagʻlari hisobidan, operatorlar va provayderlarning texnik shartlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operatorlar va provayderlar normativ-huquqiy hujjatlarda, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida kabellarni yer ostiga yotqizish va kabellarni elektr tarmoqlari hamda yuqori kuchlanishli liniyalarning tayanchlariga osish yoʻli bilan kabel aloqa liniyalari qurilishini amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binoda yashovchilardan telekommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatilishiga doir ariza mavjud boʻlgan taqdirda, uy-joy mulkdorlarining shirkatlari yoki boshqaruvchi tashkilotlar bino ichidagi mavjud kabel shaxtalaridan, telekommunikatsiyalar uskunalarini oʻrnatish uchun maydonlardan va boshqa passiv telekommunikatsiyalar infratuzilmasidan operatorlar hamda provayderlar tomonidan bepul foydalanilishini rad etishga yoki bunga toʻsqinlik qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Tarmoqlararo ulanishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarmoqlararo ulanishlar texnologik xizmatlarning bir turidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarmoqlararo ulanishlar turli telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanuvchilar oʻrtasida axborotni uzatish va qabul qilish uchun amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ulanayotgan operatorlar va provayderlar tarmoqlararo ulanishlarni ulayotgan operator yoki provayderning texnik shartlari boʻyicha hamda telekommunikatsiyalar sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga va telekommunikatsiyalar faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarmoqlararo ulanishlar tegishli telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari oʻrtasidagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini oʻzaro ulash, operatorlar tomonidan oʻzaro xizmat koʻrsatish hamda ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlari tartibga soluvchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Telekommunikatsiyalar tarmoqlarining xavfsizligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Operatorlar va provayderlarning maxsus vakolatli davlat organi bilan oʻzaro munosabatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan operatorlar va provayderlar telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish uchun foydalaniladigan uskunalarni, dasturlarni hamda apparat-dasturiy majmualarni qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organi orqali oʻz mablagʻlari hisobidan olishi, oʻrnatishi va ularning normal ishlashini taʼminlashi, shuningdek mazkur tadbirlarni oʻtkazishning tashkiliy, texnik va taktik usullari oshkor etilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda foydalaniladigan uskunalarni, dasturlarni hamda apparat-dasturiy majmualarni joriy etish va ulardan foydalanish faqat maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda foydalaniladigan uskunalar, dasturlar hamda apparat-dasturiy majmualarning miqdori va tarkibi operatorlar hamda provayderlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organining koʻrsatmalari operatorlar va provayderlar tomonidan bajarilishi, ushbu maqsadlar uchun shart-sharoitlar yaratilishi, shuningdek oʻz axborot tizimlariga va telekommunikatsiyalar tarmoqlariga boshqa axborot tizimlarini hamda telekommunikatsiyalar vositalarini oʻrnatish va ulash masalasi maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operatorlar va provayderlarning maxsus vakolatli davlat organi bilan oʻzaro munosabatlari tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan yoki vositalaridan shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazuvchi jinoiy maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, bunday telekommunikatsiyalar tarmoqlarining yoki vositalarining ishlashi toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda yoki favqulodda holatda telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odamlarning qurbon boʻlishiga, ularning sogʻligʻiga yoxud atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlarga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda yoki favqulodda holatda tartibga soluvchi organ telekommunikatsiyalar infratuzilmasidan ustuvor foydalanishga hamda ularning faoliyatini tiklash va rivojlantirish boʻyicha ishlarni markazlashtirilgan holda boshqarishga, shuningdek ularning ishlashini cheklashga yoki toʻxtatib turishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operatorlar va provayderlar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollar toʻgʻrisida aholini xabardor qilishni tashkil etish uchun zarur boʻlgan vositalar oʻrnatilishini va ulardan foydalanilishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari hamda vositalaridan foydalanish chogʻida operatorlar va provayderlarga yetkazilgan zararlarning oʻrni davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operatorlar va provayderlar odamlarning dengizdagi, yerdagi, havodagi, kosmik fazodagi xavfsizligiga, mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibotni saqlash sohasidagi kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni oʻtkazishga taalluqli barcha xabarlarga, shuningdek yirik avariyalar, falokatlar, epidemiyalar, yongʻinlar va boshqa favqulodda vaziyatlar haqidagi xabarlarga mutlaq ustuvorlik berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Telekommunikatsiyalar tarmoqlarida roʻy bergan hodisalar oqibatlarini bartaraf etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarida roʻy bergan hodisalar (avariyalar, shikastlanishlar) oqibatlarini bartaraf etish ushbu tarmoqlarning operatorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari operatorlarga telekommunikatsiyalar tarmoqlarida roʻy bergan hodisalar oqibatlarini bartaraf etishda koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarida roʻy bergan hodisalarning oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirish telekommunikatsiyalar infratuzilmasi joylashgan yer uchastkasi, bino yoki inshoot mulkdorining (egasining, ijaraga oluvchisining) roziligi olinishini talab etmaydi. Hodisalarning oqibatlarini bartaraf etish natijasida mulkdorga (egalik qiluvchiga, ijaraga oluvchiga) yetkazilgan zararlarning oʻrni tegishli operator tomonidan qoplanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarida yuridik va jismoniy shaxslarning aybi bilan roʻy bergan hodisalar natijasida operatorlar hamda provayderlarga yetkazilgan zararlarning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu shaxslar tomonidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Operatorlar va provayderlarning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Operatorlar va provayderlarning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operatorlar va provayderlar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarga telekommunikatsiyalar xizmatlarini koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarning muayyan guruhiga yoki maʼlum cheklangan hududda alohida tarif rejalarini va imtiyozlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilar telekommunikatsiyalardan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzgan taqdirda ularga xizmat koʻrsatishni toʻxtatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslardan ularning aybi bilan yuzaga kelgan zararlarning oʻrni qoplanishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning qonunga xilof harakatlari ustidan qonunchilikka muvofiq shikoyat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi telekommunikatsiyalar xizmatlari bozoriga asossiz aralashishi, erkin bozor munosabatlariga va raqobatga toʻsqinlik qilishi ustidan qonunchilikka muvofiq shikoyat qilish hamda oʻz manfaatlarini himoya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operatorlar va provayderlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Operatorlar va provayderlarning majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operatorlar va provayderlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifati qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini baholash uslublarini ochiq manbalarda koʻrsatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan barcha turdagi soʻzlashuvlarning, xabarlarning sir saqlanishiga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlar koʻrsatish shartlari va tartibi toʻgʻrisidagi, shu jumladan telekommunikatsiyalar xizmatlarining tariflari oʻzgarishi toʻgʻrisidagi toʻliq axborotni foydalanuvchilarga oʻz vaqtida taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka, shuningdek litsenziya talablari va shartlariga muvofiq vakolatli davlat organi bilan kelishuvga koʻra oʻz tarmoqlarini izchillik bilan rivojlantirishi hamda kengaytirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun, shuningdek xizmatlarni koʻrsatmaganlik yoki lozim darajada sifatli xizmatlar koʻrsatmaganlik oqibatida foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qonunchilikka muvofiq qoplashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi koʻrsatayotgan xizmatlar toʻgʻrisidagi axborotni bepul taqdim etishi, shuningdek abonentlarni qoʻllab-quvvatlash markazi orqali abonentlarning murojaatlarini bepul qabul qilishi va ularning ijrosini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operatorlar va provayderlarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Foydalanuvchilarning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz foydalanuvchi qurilmalarini qonunchilikda belgilangan shartlar asosida va tartibda umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlariga ulash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorlar va provayderlar tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq oʻz vaqtida va sifatli xizmatlar koʻrsatilishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik imkoniyatlar mavjud boʻlgan taqdirda operatorlar va provayderlarni erkin tanlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan xizmatlarga doir alohida tarif rejalaridan operator tomonidan belgilangan shartlarga muvofiq maqsadli foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator va provayder shartnomada kelishilgan shartlarni buzgan taqdirda telekommunikatsiyalar xizmatlarini rad etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar xizmatlarini koʻrsatmaganlik yoki lozim darajada sifatli xizmatlar koʻrsatmaganlik natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrni qoplanishini, maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishini talab etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz huquqlari buzilgan taqdirda vakolatli davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Foydalanuvchilarning majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanuvchilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan, xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari roʻyxatdan oʻtkazilgan mobil qurilmalardan foydalanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga koʻrsatilgan xizmatlar uchun haqni oʻz vaqtida toʻlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish sifatini pasaytirishga yoki telekommunikatsiyalar tarmoqlarini shikastlantirishga qaratilgan xatti-harakatlar qilmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanuvchilarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanishdagi imtiyozlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikda foydalanuvchilarning ayrim toifalariga telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanishga doir imtiyozlar belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanuvchilarning ayrim toifalariga telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanishga doir belgilangan imtiyozlar berilishi munosabati bilan operatorlar va provayderlarning mablagʻlarini kompensatsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Telekommunikatsiyalar infratuzilmasini qoʻriqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar infratuzilmasini qoʻriqlash tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar infratuzilmasiga shikast yetkazilishiga, unga ruxsatsiz ulanishga yoʻl qoʻygan yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi, davlat nazorati organi, tartibga soluvchi organ, operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilar oʻrtasida yuzaga keladigan telekommunikatsiyalar sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aloqa toʻgʻrisida”gi 512-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 3, 159-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 549-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda) IV boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi 822-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 219-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 220-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 82-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda) III boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 482-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 67-modda) II boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 671-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 171-modda) XIV boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 22-sentabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-7-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 311-modda) 4-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 6-aprelda qabul qilingan “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish tartib-taomillari soddalashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-31-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda) 6-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 5-sentabrda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi OʻRQ-107-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 414-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-314-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/2, 366-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-345-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 336-modda) 11-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-352-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda) 31-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-372-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 130-modda) 1-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-429-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 4, 137-modda) 1-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-542-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 5, 267-modda) 20-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-683-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 12 va 110-moddalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-721-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 10, 968-modda) 16-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyunda qabul qilingan “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-775-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 6, 570-modda) 9-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrda qabul qilingan “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-800-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 11, 1061-modda) 28-moddasi birinchi qismining 7-bandi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21) Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrda qabul qilingan “Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-871-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 10, 795-modda) 3-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-1015-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)