28.11.2025 yildagi PQ-360-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Ichki ishlar organlarining qoʻriqlash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida qoʻriqlash faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-42-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar ushbu qarorning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) davlat, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, taʼlim muassasalarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini zamonaviy usullar hamda raqamli texnologiyalar imkoniyatlari orqali qoʻriqlash tizimini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ichki ishlar organlarining qoʻriqlash sohasidagi faoliyatini jamoat xavfsizligini taʼminlash, mahallalardagi huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish yoʻnalishlaridagi vazifalari bilan uzviy ravishda yagona yondashuvda amalga oshirish uchun samarali mexanizmlarni joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ustuvor vazifalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) etib qayta tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Departament va uning boʻlinmalar zimmasiga “Sifat, ishonch, xavfsizlik” tamoyiliga muvofiq quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) shartnoma asosida davlat, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, taʼlim muassasalarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, savdo, xizmat koʻrsatish, koʻngilochar va qurilish obyektlarini zamonaviy usullar orqali qoʻriqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) jamoat joylarida jamoat xavfsizligini taʼminlashda ishtirok etish, yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida jamoat tartibini saqlash boʻyicha qoʻriqlash-patrullik xizmatlarini koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) qoʻriqlanayotgan obyektlarda ichki tartib va nazorat-oʻtkazish rejimlarini taʼminlash, shuningdek, ularda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatlar sodir etilishiga chek qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlariga har tomonlama koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) qoʻriqlashning texnik vositalari va tizimlarini qoʻllash sohasida yagona texnik siyosatni yuritish, qoʻriqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tashkiliy-huquqiy masalalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Departament Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi, uning hududiy va tarmoq boʻlinmalarining, Ichki ishlar vazirligi esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, Jizzax va Fargʻona viloyatlari mintaqaviy oʻquv markazlarining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Departamentga qoʻshimcha shtat birliklarini kiritmasdan shartnoma asosida obyektlarni mavsumiy jismoniy qoʻriqlash, xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish jarayonida qoʻriqlash-kuzatish xizmatini koʻrsatishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Xizmat faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Departamentga qoʻriqlanadigan obyektlarga oʻrnatilgan qoʻriqlashning texnik vositalari va tizimlariga xizmat koʻrsatish huquqini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Departamentga qoʻriqlash xizmatini tashkil etishda qoʻriqlovdagi obyektlarning maʼmuriyati bilan kelishilgan holda ularning videokuzatuv kameralarini Departamentning axborot tizimlariga integratsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) mahallalarda qoʻriqlash boʻlinmalariga yuklatilgan vazifalarni samarali tashkil etish va jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatiga manzilli koʻmaklashish maqsadida kriminogen vaziyat ogʻir hududlardagi mahalla huquq-tartibot maskanlari tuzilmasiga qoʻriqlash xizmati inspektori lavozimini kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) kriminogen vaziyati ogʻir hududlarda, turistik infratuzilma obyektlarida hamda ommaviy dam olish joylarida mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan Departamentning qoʻriqlash-patrul xizmati naryadlarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-yanvardan boshlab qoʻriqlovga olingan banklar, yirik ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy hokimliklar va boshqa obyektlarning fuqarolar kirish va chiqish joylariga ularning oʻz mablagʻlari hisobidan Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi tomonidan bosqichma-bosqich shaxsning yuzini tanib olish imkoniyatiga ega texnik vositalar oʻrnatilib, tegishli axborot bazalari bilan integratsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) qoʻriqlanayotgan obyekt va xonadonlardan tushayotgan tashvish xabarlari bir vaqtning oʻzida ichki ishlar organlarining yagona tezkor boshqaruv markazlariga, tegishli hudud profilaktika inspektorlari va patrul-post xizmati naryadlarining planshetlariga yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Milliy gvardiya tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, Jizzax va Fargʻona viloyatlari mintaqaviy oʻquv markazlari mavjud shtat birliklari, asosiy vositalari, jihozlari hamda ular faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda Ichki ishlar vazirligiga, Milliy gvardiya balansida boʻlgan Xorazm viloyati qoʻriqlash boshqarmasining binosi Departamentga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ichki ishlar vaziriga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) jismoniy va yuridik shaxslar bilan qoʻriqlash xizmatini koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnomalar asosida Departamentning tashkiliy-shtat tuzilmasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Departament va uning boʻlinmalariga xizmatga (ishga) nomzodlarni tanlov asosida saralab olish boʻyicha alohida tartibni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) qoʻriqlash xizmatlarining tariflarini (narxlarini) Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar uchun esa mustaqil belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tasarrufida idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) uch oy muddatda idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari naryadlarining xizmat oʻtash qoidalari, ularning ishchi va xizmatchilari kiyim-boshlari va farqlovchi belgilarining namunalarini ishlab chiqib, kelishish uchun Ichki ishlar vazirligiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ikki tomonlama tuzilgan rejalarga muvofiq, idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari xodimlarini Ichki ishlar vazirligining mintaqaviy oʻquv markazlarida va Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida shartnoma asosida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tizimida oʻta muhim va toifalangan obyektlar boʻlgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar qoʻriqlanadigan obyektlarini bosqichma-bosqich 2026-yil yakuniga qadar uchuvchisiz uchadigan apparatlarga qarshi qurilmalar hamda uchuvchisiz uchadigan apparatlar bilan jihozlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Xavfsiz taʼlim” konsepsiyasi joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) davlat taʼlim muassasalari, nodavlat taʼlim tashkilotlari (maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) va xorijiy davlatlar taʼlim tashkilotlari filiallarining (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasalari) xavfsizligini shartnoma asosida jismoniy va texnik qoʻriqlash tizimlari orqali taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Departament tomonidan shartnoma asosida taʼlim muassasalariga qoʻriqlash signalizatsiyalari, tashvish tugmalari, videokuzatuv moslamalarini oʻrnatish va ularga texnik xizmatlar koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova), tarkibida taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) bir oy muddatda “Xavfsiz taʼlim” konsepsiyasini 2026-2027-yillar mobaynida amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini hamda taʼlim muassasalarida qoʻriqlash-qorovullik faoliyatini tartibga soluvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2026-yil 1-yanvardan boshlab taʼlim muassasalarining idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchi va xizmatchilarini mintaqaviy oʻquv markazlarida shartnoma asosida Davlat budjeti, oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasi oshirish tizimini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Moddiy-texnik taʼminot va ijtimoiy himoya masalalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 2026-yil 1-mayga qadar mahalliy ishlab chiqaruvchilarni jalb qilgan holda respublikada joriy qilingan texnik qoʻriqlash tizimlariga qoʻriqlashning muqobil zamonaviy apparat-dasturiy komplekslarini joriy etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda 2026-yil 1-martga qadar Departament mablagʻlari hisobidan “E-QOʻRIQLASH” elektron platformasini ishga tushirsin, shuningdek, “Xavfsiz taʼlim” konsepsiyasi doirasida yagona axborot tizimini ishlab chiqib, davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyasini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) uch oy muddatda ichki ishlar organlari qoʻriqlash xizmati inspektorlariga ayrim maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlash va bu borada hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha tegishli vakolat berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mavsumiy qoʻriqlash, xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish jarayonida qoʻriqlash-kuzatish xizmatlarini tashkil etish, shuningdek, qoʻshimcha xizmatga jalb etilgan qoʻriqlash xodimlariga ish haqi toʻlash tartiblarini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) 2026-yil 1-martga qadar qoʻriqlash boʻlinmalari tezkor harakatlanuvchi guruhlarining xizmat faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish tizimlarini raqamlashtirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) Transport vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda yoʻnalishli avtobuslar va tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga bosqichma-bosqich tashvish tugmalarini oʻrnatib, ularga jamoat tartibini saqlash, tibbiy yordam xodimlarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha shartnoma asosida qoʻriqlash xizmatlari koʻrsatishni yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) 2026-yil 1-yanvardan boshlab texnik qoʻriqlovga olingan obyektlarni alohida guruhlarga ajratgan holda koʻrsatilgan qoʻriqlash xizmatlari uchun differensial toʻlov tizimini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov), Milliy gvardiya (R. Djurayev) uch oy muddatda ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun ajratiladigan qabul kvotalarini koʻrib chiqib, ularni shaxsiy tarkib sonidan kelib chiqqan holda qayta taqsimlash yuzasidan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Jismoniy va yuridik shaxslarga qoʻriqlash xizmatining afzalliklari haqida maʼlumot berish maqsadida Departament mablagʻlari hisobidan internet va ijtimoiy tarmoqlarda target reklamasidan foydalanishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshligʻi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 28-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-360-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3216-son qarorining 6-bandi oʻn ikkinchi xatboshisidagi “, Milliy gvardiyaning qoʻriqlash xizmatiga” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 3-bandning oʻn ikkinchi xatboshisidan “xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 19-bandning toʻrtinchi xatboshisi “harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari,” soʻzlaridan keyin “ichki ishlar organlarining harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining kamida bir yil amaliy ish stajiga ega ishchilari,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qoʻriqlanishini taʼminlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4060-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) muqaddimaning uchinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi qoʻriqlash boʻlinmalarining” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti hududiy boʻlinmalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyaning Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻriqlash bosh boshqarmasi)” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligining Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti (keyingi oʻrinlarda — Qoʻriqlash departamenti)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a” kichik banddagi “Qoʻriqlash Servis” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda — “Qoʻriqlash Servis” DUK)” soʻzlari “Qoʻriqlashning texnik vositalarini joriy qilish ilmiy-tadqiqot markazi” davlat muassasasini (keyingi oʻrinlarda — Ilmiy-tadqiqot markazi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “bosh boshqarmasining” soʻzlari “departamentining” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ilmiy-tadqiqot markazi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti boʻlinmalari bilan qoʻriqlanadigan obyektlarda oʻrnatilgan qoʻriqlashning texnik vositalari va tizimlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻriqlanadigan obyektlarda oʻrnatilgan qoʻriqlashning texnik vositalari va tizimlariga, shu jumladan avtomatlashtirilgan tizimning texnik infratuzilma obyektlariga xizmat koʻrsatish faqat Ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “Qoʻriqlash bosh boshqarmasiga” soʻzlari “Qoʻriqlash departamentiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) 8-bandning oltinchi xatboshisidagi “Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4075-son qarori 6-bandining “v” kichik bandi qoʻyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“profilaktika inspektorlariga ajratilgan xizmat uy-joylarini kapital taʼmirlash”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oʻquv markazlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5016-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) nomidagi “Milliy gvardiyasining” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasining” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi A. Qodiriy koʻchasi 43-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentining Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi balansidagi Avtoxoʻjalik hududida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent mintaqaviy oʻquv markazini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Fargʻona oʻquv markazini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Fargʻona mintaqaviy oʻquv markaziga aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Jizzax oʻquv markazini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jizzax mintaqaviy oʻquv markaziga aylantirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “Milliy gvardiyasining” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 4-bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlaridagi tegishli kelishikdagi “Milliy gvardiya” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Ichki ishlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasi qoʻmondoniga” soʻzlari “ichki ishlar vaziriga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasining” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasining Qoʻriqlash bosh boshqarmasi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy oʻquv markazlarining rahbar va pedagoglar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida hamda vazirlik va idoralarning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti mintaqaviy oʻquv markazlarining rahbarlari va pedagoglarining ilmiy-pedagogik faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashgan oʻquv markazi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi oddiy askar va serjantlar tarkibiga mansub harbiy xizmatchilar va xodimlarni tayyorlash boʻyicha tayanch boʻlinma hisoblanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) 7-bandning uchinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasining Qoʻriqlash bosh boshqarmasi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasining” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasiga” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(k) 81-banddagi “Milliy gvardiyasiga” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4997-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5076-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 4-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “300” raqami “400” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetidagi taʼlim mutaxassisliklari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

T/r

Mutaxassislik nomi

Beriladigan malaka

Taʼlim shakli

Taʼlim muddati

1.

Yoʻl-patrul faoliyati

mutaxassis

kunduzgi

5 oy

2.

Pasport tizimini taʼminlash

mutaxassis

kunduzgi

5 oy

3.

Jamoat tartibini saqlash faoliyati

mutaxassis

kunduzgi

5 oy

4.

Jazoni ijro etish faoliyati

mutaxassis

kunduzgi

5 oy

5.

Tarbiyaviy faoliyat

mutaxassis

kunduzgi

5 oy

6.

Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati

mutaxassis

kunduzgi

5 oy

7.

Maʼmuriy-xoʻjalik taʼminoti

mutaxassis

kunduzgi

5 oy

8.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati*

mutaxassis

kunduzgi

3 oy

9.

Qoʻriqlash faoliyati**

mutaxassis

kunduzgi

3 oy

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* kamida 2 yil xizmat stajiga ega ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** kamida 2 yil xizmat stajiga ega ichki ishlar organlari qoʻriqlash xizmati boʻlinmalarining amaldagi xodimlari qabul qilinadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarorining 6-bandi “d” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mahalla huquq-tartibot maskani tashkiliy-shtat tuzilmasiga, qoida tariqasida, mikrohududga xizmat koʻrsatuvchi profilaktika (katta, kichik) inspektorlari, xotin-qizlar masalalari boʻyicha, probatsiya, yoʻl harakati xavfsizligi, qoʻriqlash va patrul-post xizmatlari inspektorlari hamda tezkor-qidiruv xizmati xodimi kiritilib, tuman (shahar) ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining naryadlari doimiy ravishda xizmat olib borishi tashkil etiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)