01.12.2017 yildagi 957-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Badiiy akademiyasining ustavi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi galereyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimiga kiruvchi tashkilotlarning ta’sis hujjatlarini qayta ko‘rib chiqsin va ularni qonun hujjatlari talablariga moslashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.V. Nuridinov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 1-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
957-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 957-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Badiiy akademiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
USTAVI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Ustav O‘zbekiston Badiiy akademiyasining (keyingi o‘rinlarda Badiiy akademiya deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, uning faoliyatini tashkil etish tartibi hamda Badiiy akademiya rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Badiiy akademiya tasviriy va amaliy san’at, dizayn yo‘nalishlarini rivojlantirish, akademik badiiy ta’limning izchilligini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalarni hal etishga vakolatli bo‘lgan davlat muassasasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Badiiy akademiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish haqida” 1997-yil 23-yanvardagi PF-1701-son Farmoniga, shuningdek, “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son hamda “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son, “Tasviriy va amaliy san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 1-iyuldagi PQ-212-son qarorlariga muvofiq amalga oshiradi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 690-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/690/1011-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Badiiy akademiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarida Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) bo‘ysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Badiiy akademiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Ustavga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Badiiy akademiya yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, qonun hujjatlariga muvofiq banklarda milliy va xorijiy valyutada hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Badiiy akademiyaning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq nomi — O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, qisqa nomi — O‘zBA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq nomi — Akademiya Xudojestv Uzbekistana, qisqa nomi — AXUz
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq nomi –Academy of Arts of Uzbekistan, qisqa nomi — AAU
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Badiiy akademiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani “Sodiq Azimov” ko‘chasi 35-uy, 100000.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 690-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/690/1011-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Badiiy akademiyaning tarkibiy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Badiiy akademiya tarkibida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy akademiyaning markaziy apparati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro madaniyat karvon saroyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent fotosuratlar uyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“San’at” jurnali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish direksiyasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 690-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/690/1011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘limlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi galereyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rassomlik mahorat ustaxonasi (oliy rassomlik kursi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy ta’lim yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi faoliyat olib boradi.
(8-bandning o‘n birinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Badiiy akademiyaning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Badiiy akademiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar Badiiy akademiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atini yanada rivojlantirish, shaxsiy va ijodiy ko‘rgazmalar uchun keng imkoniyatlar yaratib berish hamda ijodkorlarning badiiy salohiyatini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahondagi yetakchi badiiy akademiyalar, ushbu yo‘nalishdagi ta’lim muassasalari, tashkilotlar, atoqli madaniyat va san’at arboblari bilan ilg‘or tajribani almashish maqsadida har tomonlama ijodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodkorlar va iste’dodli yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish hamda Badiiy akademiya tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqimizning boy madaniy merosini, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn an’analarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining (keyingi o‘rinlarda Badiiy ijodkorlar uyushmasi deb ataladi) faoliyatini muvofiqlashtirish;
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishidagi ijodkorlarning milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarini tarannum etuvchi yuksak darajadagi yorqin san’at asarlarini yaratishdagi faoliyatini rag‘batlantirish va bolalar san’atini rivojlantirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy akademiya tizimidagi ta’lim muassasalarining faoliyatida badiiy ta’lim uzviyligi hamda uzluksizligini ta’minlashga erishish maqsadida ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlari uchun boshlang‘ich badiiy ta’limni yo‘lga qo‘yish;
(9-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston madaniyati va san’atining taraqqiyoti yo‘lida tasviriy va amaliy san’at, dizayn va xalq hunarmandchiligi sohalari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida Badiiy akademiya tizimidagi ta’lim muassasalarining faoliyatini xorijiy tajriba asosida takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishida yetuk mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, Badiiy akademiya markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini kuchaytirish, bu boradagi vazifalarni amalga oshirishning zamonaviy, ta’sirchan usul va shakllarini tizimli asosda rivojlantirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonda va xorijda keng ko‘lamli ko‘rgazmalar tashkil etish orqali milliy san’atimiz yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish, konferensiya, biyennalelar va boshqa anjumanlar o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohasi xodimlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning samarali ijod qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’dodli yosh rassomlar uchun mo‘ljallangan ijodiy ustaxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularning shaxsiy va jamoaviy ko‘rgazmalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida iste’dodli yoshlarni tasviriy va amaliy san’at sohalariga keng jalb etish hamda ularning ushbu yo‘nalishda turli kreativ loyihalardagi ishtirokini rag‘batlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badiiy ta’lim sohasida kadrlar tayyorlashga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, amaliyotga joriy etish va takomillashtirish, shuningdek, akademik badiiy ta’limning izchilligini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalarni hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atini jahon miqyosida ommalashtirish maqsadida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 690-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/690/1011-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Badiiy akademiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ijodiy yo‘nalishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh ijodkorlar, iste’dodli rassomlar, dizaynerlar, xalq ustalarining respublika va xalqaro miqyosda shaxsiy va jamoaviy ko‘rgazmalarini belgilangan tartibda tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodkorlar va ko‘rgazmalar badiiy salohiyatini oshirish maqsadida akademiklar, professional mutaxassislar hamda san’atshunoslar, adabiyotshunoslarni, tarix, estetika sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlarni jalb qilgan holda muhokamalar muntazam olib borilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodkorlar va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tasviriy va amaliy san’at, dizayn yo‘nalishida ijodiy tanlovlar o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonda tasviriy va amaliy san’at, dizayn yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha jahondagi yetakchi badiiy akademiyalar, tashkilotlar, badiiy ijodkorlar uyushmalari, soha bo‘yicha atoqli ijodkorlar bilan har tomonlama ijodiy hamkorlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rgazmali faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tizim tashkilotlari va galereyalarning moddiy-texnik bazasini zamonaviy talablarga asosan takomillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy himoyaga muhtoj ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq takliflarni “Ilhom” jamoat fondi va boshqa homiylarga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy ijodkorlar uyushmasi bilan birgalikda uyushma shu’balarining faoliyatini samarali tashkil etish, hududiy galereyalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijodkorlarga shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tasviriy va amaliy san’at, dizayn yo‘nalishi bo‘yicha davlat va nodavlat tashkilotlarining buyurtmalarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ta’lim yo‘nalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy akademiya tizimidagi ta’lim muassasalarining badiiy ta’lim bo‘yicha faoliyat yo‘nalishini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badiiy ta’limning izchilligini kuchaytirish, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash maqsadida boshlang‘ich, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, oliy va undan keyingi ta’lim tizimini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi hamda tasviriy va amaliy san’at, dizayn, san’atshunoslik hamda muzeyshunoslik sohasida pedagog va mutaxassis kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim tizimini muntazam takomillashtirib boradi;
(10-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahondagi ta’lim muassasalari bilan Badiiy akademiya tizimidagi ta’lim muassasalarining o‘zaro hamkorligi, tajriba almashuvini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlarida boshlang‘ich badiiy ta’limni izchil yo‘lga qo‘yishni, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlanishini nazorat qiladi;
(10-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy akademiya tizimidagi ta’lim muassasalarida yoshlarning ta’lim olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, badiiy ta’lim sifatini oshirish bilan bog‘liq loyihalarni tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ilmiy yo‘nalishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy akademiyaning ilmiy-tadqiqot faoliyati yo‘nalishlarini belgilaydi hamda tasviriy va amaliy san’at, dizayn sohasida davlat dasturi va loyihalarini hamda boshqa turdagi dastur va loyihalarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasviriy va amaliy san’at, dizayn yo‘nalishidagi faoliyat va uni rivojlantirish bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy akademiyaning “San’at” jurnalida yosh tadqiqotchilarning ilmiy ishlari natijalari, mutaxassis olimlarning san’at sohasiga doir maqolalari sifati va salohiyatini nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dolzarb ilmiy-ijodiy muammolar hamda buyuk mutafakkirlar, mashhur fan, adabiyot va san’at arboblari sharafiga bag‘ishlangan, shuningdek, tasviriy va amaliy san’at, dizayn, san’atshunoslik, muzeyshunoslik hamda badiiy ta’lim sohalariga doir xalqaro ilmiy kongresslar, konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlarni tashkil etishda ishtirok etadi;
(10-band “v” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasviriy va amaliy san’at, dizayn yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etadi va amalga oshiradi hamda Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan ilmiy xodimlar va mutaxassislarning samarali faoliyatini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) targ‘ibot-tashviqot yo‘nalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zbek tasviriy va amaliy san’atini targ‘ib etish, iste’dodli yoshlar va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida an’anaviy tasviriy va amaliy san’at festivalini tashkil etadi va o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng ko‘lamda ko‘rgazmalar tashkil etish orqali milliy san’atimiz yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish, tarixiy va zamonaviy o‘zbek amaliy san’atini respublikada hamda xorijda keng targ‘ib qilish, jamoatchilikni milliy va chet el madaniyati va san’ati bilan yaqindan tanishtirish va targ‘ib qilish ishlarini yuksak pog‘onaga ko‘tarish maqsadida “Toshkent Xalqaro amaliy san’at Biyennalesi” va “Zamonaviy san’at Biyennalesi”ni har ikki yilda bir marta o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zbek tasviriy va amaliy san’atining o‘ziga xos jihatlarini namoyish qilish, turli xildagi yo‘nalishlarni, yangi tendensiyalarni, zamonaviy san’atda yangi nomlar va yo‘nalishlar integratsiyasini amalga oshirish, xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirish, iste’dodli bolalar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xalqaro darajadagi biyennalelarni, shu jumladan, bolalar biyennalelarni o‘tkazishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasviriy va amaliy san’at, dizayn sohasida samarali faoliyat olib borayotgan, milliy madaniyatni asrab-avaylash va targ‘ib qilish, ma’naviy boy, jismonan baquvvat, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotgan ijodkorlarni rag‘batlantirish maqsadida Badiiy akademiyaning “Oltin”, “Kumush” medallari va diplomlarini ta’sis etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Badiiy akademiyaning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Badiiy akademiya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Badiiy akademiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini ta’minlash bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish;
(11-bandning 1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Badiiy akademiya vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Badiiy akademiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistika axborotini davlat statistika organlaridan bepul asosda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilotlarning davlatga tegishli mol-mulkini o‘zining tashkiliy tuzilmasi doirasida bir bo‘linmadan boshqa bo‘linmaga belgilangan tartibda berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilot xodimlari tomonidan o‘z sohasida ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Badiiy akademiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Badiiy akademiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish, idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish hamda banklar va boshqa kredit tashkilotlarida valyuta hisob raqamlariga ega bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) O‘zbekistonning yetuk rassomlari asarlarini, xalq ustalarining buyumlarini, noyob durdonalarini saqlash hamda respublika hududida va xorijiy mamlakatlarda ko‘rgazmalar o‘tkazish maqsadida belgilangan tartibda budjet, xayriya mablag‘lari va boshqa manbalardan tushgan mablag‘lar hisobidan san’at asarlarini sotib olish va san’at, san’atshunoslik sohasida ijodiy, ilmiy asarlar yaratish uchun buyurtma berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) O‘zbekistondagi va xorijdagi tegishli auksionlarda qatnashish va ularni belgilangan tartibda tashkil etish, shuningdek, ushbu auksionlarda tasviriy va amaliy san’at asarlarini belgilangan tartibda sotish va sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) Badiiy akademiyaga tegishli mol-mulkka nisbatan qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan doirada, o‘z faoliyatining maqsadlariga, mulkdorning topshiriqlariga hamda mol-mulkning vazifasiga muvofiq holda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) O‘zbekistonda va chet ellarda badiiy, ijodiy ko‘rgazmalar tashkil qilish va milliy san’atimizni keng targ‘ib etish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mualliflarning asarlarini O‘zbekistonda va xorijda sotishda ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy akademiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Badiiy akademiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Badiiy akademiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar hamda Badiiy akademiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning sifati va ular tatbiq etilishiga doir yakuniy natijalar uchun;
(12-bandning 2-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) mamlakatimiz muzeylari fondlarini mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at asarlari bilan muntazam boyitib borish maqsadida ijodkorlarning tasviriy va amaliy san’at sohasidagi asarlarini O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashiga taqdim etish, ushbu Badiiy ekspertlar kengashi tarkibiga tasviriy va amaliy san’at sohasida ilg‘or g‘oyalari va yuksak badiiy salohiyati bilan ajralib turuvchi mutaxassislarni tanlash bo‘yicha nomzodlarni taklif qilish, shuningdek, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi ishini hamkorlikda samarali tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) xo‘jalik faoliyati va kapital qurilishni olib borish maqsadida Badiiy akademiyaning tegishli ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilotlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ulardagi muammolarni hal qilish bo‘yicha dastur, chora-tadbirlar amalga oshirilishi uchun mas’uldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Badiiy akademiya rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Raisning asosiy funksional vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Badiiy akademiyaning umumiy boshqaruv faoliyatini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq Badiiy akademiyaga yuklangan vazifalar bajarilishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga doir hujjatlar va qarorlarga asosan amalga oshirilayotgan konsepsiya, kompleks dastur va chora-tadbirlarni chuqur va tanqidiy tahlil qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarda belgilangan vazifalar so‘zsiz bajarilishini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Badiiy akademiya faoliyati va vakolati doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘zaro faoliyat yuritish, Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumidagi yig‘ilishlarda masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
(13-bandning 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Badiiy akademiya faoliyatining alohida yo‘nalishlariga rahbarlik qilish, markaziy apparat hamda Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilotlar ishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘rinbosar, bosh ilmiy kotib, matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi, markaziy apparat tarkibidagi bo‘lim va boshqarmalar rahbar va xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilotlar, Badiiy ijodkorlar uyushmasi va uning hududiy bo‘limlari hamda ularning galereyalarining rahbar xodimlari faoliyatini nazorat qilish;
(13-bandning 7-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) Badiiy akademiya boshqaruv faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, markaziy apparatning bo‘linmalari nizomlarini, shuningdek, Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilotlarning ustavlari va tuzilmasini belgilangan tartibda tasdiqlash, ijodiy, ilmiy-tadqiqot va o‘quv-metodik dasturlarni hamda yillik rejalarini tasdiqlash va ularning ijrosini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni bajarishni tizimli tashkil qilish, Badiiy akademiyada ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) Badiiy akademiyaning markaziy apparati boshqarma va bo‘limlari, shu jumladan, tizimga kiruvchi tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarori ijro monitoringini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) Badiiy akademiya xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish belgilangan tartibda tizimli tashkil etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) Badiiy akademiya tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Badiiy akademiyada kadrlar zaxirasini shakllantirilishni nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) o‘z faoliyati doirasidagi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqishni tashkil etish, Vazirlar Mahkamasiga “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining reglamenti talablariga qat’iy amal qilgan holda o‘z vaqtida kiritib borish, Vazirlar Mahkamasi apparatida ularni ko‘rib chiqish, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
(13-bandning 13-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va tegishli organlarga kiritishda “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) Badiiy akademiya vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, zarurat tug‘ilganda, tegishli qarorlarni vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) Badiiy akademiyaga taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va takliflar to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini, ularni markaziy apparat bo‘linmalarida huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizalardan puxta o‘tkazish, shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasining reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining reglamentida belgilangan muddatlarda muvofiqlashtirishni ta’minlash;
(13-bandning 16-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) Badiiy akademiya rahbar va xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga muvofiq tashkil qilish va bajarish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini ta’minlash, xizmat safarlari xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) Rais o‘rinbosari, bosh ilmiy kotib, matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi, markaziy apparat bo‘lim va boshqarmalari, tizimga kiruvchi tashkilot va muassasalar rahbarlari faoliyatini baholash, ularning shaxsiy hisobotlarini kengash majlislarida tinglash, yakuniy natijalar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
(13-bandning 18-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) Badiiy akademiya tizimi xodimlarini rag‘batlantirish va ularning intizomiy javobgarligi to‘g‘risidagi masalalarni hal etish, o‘rinbosar va bosh ilmiy kotib, matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchini rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarda qolishining maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi bo‘yicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli choralarni amalga oshirish hamda Badiiy akademiya tizimining alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga va rag‘batlantirishning boshqa turlariga tavsiya etish;
(13-bandning 19-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) Badiiy akademiya markaziy apparati va tizimga kiruvchi tashkilotlar rahbarlarini O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati boshqarma boshliqlari va xodimlarining idoraviy odob-axloq qoidalari hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi tashkilotlar va muassasalar rahbarlari va xodimlarining idoraviy odob-axloq qoidalariga (keyingi o‘rinlarda Odob-axloq qoidalari deb ataladi) rioya qilishlarini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Badiiy akademiya tizimida korrupsiya va boshqa jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, ularning yuzaga kelishi sabablarini aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) Badiiy akademiya faoliyatini va uning tarkibidagi hududiy tashkilotlar va muassasalar faoliyatini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) davlat xizmatlari ko‘rsatishning ochiqligi, sifati va samaradorligini oshirish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruh faoliyatini samarali tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni tashkil qilish, shaxsiy qabulni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi bilan o‘zaro samarali hamkorlikni ta’minlash, bunda Badiiy akademiya rahbarlari va xodimlarining faol ishtirokini tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga tushayotgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26) davlat sirlari va maxfiy hisoblangan axborotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27) Badiiy akademiyaga ajratilgan moliyaviy va moddiy vositalarni belgilangan tartibda tasarruf etish va ularning belgilangan tartibda sarflanishi ustidan nazorat yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28) davlatning yuqori organlari, ijodiy, ilmiy, o‘quv muassasalari va tashkilotlarida Badiiy akademiya nomidan vakillik qilish hamda uning manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29) Badiiy akademiyaning noshirlik rejalarini tasdiqlash va ularni amalga oshirish ishlariga rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30) o‘z vakolati doirasida Badiiy akademiya tizimi xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ijrosini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31) Badiiy akademiyaning markaziy apparati xodimlarini, tizim tashkilotlar va muassasalar rahbarlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311) Badiiy akademiya huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi (oliy rassomlik kursi)ni boshqarish.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qaroriga asosan 311-kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Rais o‘rinbosarining asosiy funksional vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga hamda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) tegishli buyruq asosida Rais vaqtincha yo‘qligida uning majburiyatlarini bajarish, markaziy apparat va tizimga kiruvchi tashkilotlar va muassasalar rahbarlari va vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) o‘zi mas’ul bo‘lgan tizim tashkilotlarining faoliyatini nazorat qilish va xodimlar o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Badiiy akademiyaning tegishli yo‘nalishlar doirasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiya, kompleks dasturlar va keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida chuqur tanqidiy tahlillar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) o‘zi mas’ul bo‘lgan bo‘lim va boshqarma, tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) mutasaddilik qilinadigan boshqarma va bo‘linmalar rejalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Raisga kiritish, ularning ijrosi ustidan nazoratni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Raisning buyruqlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlari rahbarlarining topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyatini oshirish borasida choralar ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) Badiiy akademiya rahbari, Boshqaruv kengashi qarorlari va topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarga kadrlarni tanlash va tayinlash bo‘yicha takliflarni kiritish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiruvchi vakant ish o‘rinlariga, shuningdek, Badiiy akademiyaga ishga qabul qilinuvchi boshqa kadrlarning professionalligi, chuqur bilimga va amaliy tajribaga, yuqori darajadagi ishchanlik, ruhiy-ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lishini kafolatli ta’minlash hamda ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish;
(14-bandning 9-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) o‘z faoliyati doirasidagi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishi va tasdiqlash uchun Raisga taqdim etilishini, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Vazirlar Mahkamasining reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining reglamenti talablariga amal qilgan holda ularni Vazirlar Mahkamasiga o‘z muddatida kiritishni ta’minlash, Rais topshirig‘iga asosan Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
(14-bandning 10-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) o‘z faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlar, loyiha va takliflarni to‘laqonli va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni markaziy apparat bo‘linmalari orqali huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizalardan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ–3170-son qarorlariga muvofiq tashkil qilish va bajarish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini ta’minlash, xizmat safarlari xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) mutasaddilik qilinadigan boshqarma va bo‘limlar, tizimga kiruvchi tashkilotlar faoliyati samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini tizimli olib borish, mutasaddilik qilinadigan boshqarma va bo‘limlar, tizimga kiruvchi tashkilotlar rahbarlarining bu boradagi shaxsiy hisobotlarini kengash majlislarida eshitish, yakuniy natijalar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) o‘z faoliyatiga doir sohalarda Badiiy akademiya samaradorligini oshirish va yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni Badiiy akademiya Raisiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) mutasaddilik qilinadigan boshqarma va bo‘limlar, tizimga kiruvchi tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, egallab turgan lavozimlarga loyiq yoki loyiq emasligini ko‘rib chiqishga doir taklif kiritish, belgilangan vazifalarning ijrosi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) mutasaddilik qilinadigan boshqarma va bo‘limlar, tizimga kiruvchi tashkilotlar rahbarlari va xodimlari Odob-axloq qoidalariga rioya qilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonun talablariga muvofiq Badiiy akademiya tizimida korrupsiya va boshqa jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, ogohlantirish, shuningdek, ularning yuzaga kelishi sabablarini aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) davlat xizmatlarining samaradorligi va sifatini ta’minlashga doir takliflarni Raisga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruh faoliyatini samarali tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni tashkil qilish, shaxsiy qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi bilan o‘zaro samarali hamkorlikni, bunda Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlari va xodimlarining faol ishtirokini tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga tushayotgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) davlat sirlari va maxfiy hisoblangan axborotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) Badiiy akademiya tizimida ko‘rgazmalar faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) respublika va xorijda anjumanlar, ko‘rgazmalar, biyennale, fotobiyennale, simpozium, konferensiya, fotoko‘rgazma va boshqa ijodiy, madaniy tadbirlarni tashkil etish va bu sohada turdosh vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari, tizim tashkilotlarining ijodkor xodimlarini belgilangan tartibda qabul qilish, ularning shaxsiy, ijodiy masalalar bo‘yicha og‘zaki va yozma murojaatlarini o‘rganish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan Rais ko‘rsatmasiga asosan o‘zaro hamkorlik qilish;
(14-bandning 25-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26) Raisning topshiriqlariga binoan tegishli tarmoqlarda ustuvor vazifalar va dasturlar bajarilishini muvofiqlashtirib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27) O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, mutasaddilik qilinadigan Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi ta’lim muassasalari boshqaruvi organlaridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlar bo‘yicha takliflarni Raisning topshirig‘iga asosan belgilangan tartibda tayyorlashda ishtirok etish;
(14-bandning 27-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28) sohani rivojlantirish va boshqa masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar, hujjatlar va loyihalarni ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlash;
(14-bandning 28-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29) Badiiy akademiya markaziy apparati bo‘lim va boshqarmalari, tizim tashkilotlari va muassasalari rahbar lavozimlariga kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil etishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30) Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31) Rais topshirig‘iga asosan tizim tashkilotlari va muassasalari rahbarlari va vakillarini Badiiy akademiyada ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32) ko‘rgazmali va targ‘ibot-tashviqot faoliyati bilan bog‘liq tadbirlar samarali tashkil etilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bosh ilmiy kotibning asosiy funksional vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Rais vaqtincha yo‘qligida tegishli buyruq asosida uning majburiyatlarini bajarish, markaziy apparat va tizimga kiruvchi tashkilotlar va muassasalar rahbarlari va vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) markaziy apparat va tizimga kiruvchi tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) tizimga kiruvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar va muassasalar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, xodimlar o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Badiiy akademiyaning tegishli yo‘nalishlar doirasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiya, kompleks dasturlar va keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida chuqur tanqidiy tahlillar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) mutasaddilik qilinadigan bo‘limlar, tizim tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish, mas’ul rahbarlarning hisobotlarini muntazam eshitish, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) mutasaddilik qilinadigan bo‘limlar, tizim rahbarlarining yillik rejalarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, tasdiqlash yoki tasdiqlash uchun kiritish, ularning ijrosi ustidan nazoratni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Raisning buyruq va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, o‘zi mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalarda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlari rahbarlarining topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarga kadrlarni tanlash va joylashtirish bo‘yicha takliflarni kiritish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiruvchi vakant ish o‘rinlariga nomzodlarning, shuningdek, Badiiy akademiyaga ishga qabul qilinuvchi boshqa kadrlarning professional, chuqur bilim va amaliy tajribaga, yuqori darajadagi ishchanlik, ruhiy-ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lishini kafolatli ta’minlash hamda ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish;
(15-bandning 9-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) o‘z faoliyati doirasidagi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishi, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining reglamenti talablariga amal qilgan holda ularni Vazirlar Mahkamasiga o‘z muddatida kiritishni ta’minlash, shu bilan birga Rais topshirig‘iga asosan Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
(15-bandning 10-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) o‘z faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlar, loyiha va takliflarni to‘laqonli va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni markaziy apparat bo‘linmalari orqali huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizalardan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga muvofiq tashkil qilish va bajarish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini ta’minlash, xizmat safarlari xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) mutasaddilik qilinadigan tizimga kiruvchi tashkilotlar, markaziy apparat bo‘linmalari, hududiy muassasa va tashkilotlar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini tizimli olib borish, ularning shaxsiy hisobotlarini kengash majlislarida eshitish, yakuniy natijalar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) o‘z faoliyatiga doir sohalarda Badiiy akademiya samaradorligini oshirish va yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni Badiiy akademiya Raisiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) mutasaddilik qilinadigan tizimga kiruvchi tashkilotlar, markaziy apparat rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, egallab turgan lavozimlarga loyiq yoki loyiq emasligi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish, ularning belgilangan vazifalarning ijrosi uchun o‘z shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) mutasaddilik qilinadigan boshqarma va bo‘limlar, tizimga kiruvchi tashkilotlar rahbarlari va xodimlari Odob-axloq qoidalariga rioya qilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonun talablariga muvofiq Badiiy akademiya tizimida korrupsiya va boshqa jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, ogohlantirish, shuningdek, ularning yuzaga kelishi sabablarini aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) davlat xizmatlarining samaradorligini, sifati va ochiqligini ta’minlashga doir takliflarni Badiiy akademiya Raisiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhning faoliyatini samarali tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni tashkil qilish, shaxsiy qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi bilan o‘zaro samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bunda Badiiy akademiya rahbarlari va xodimlarining faol ishtirokini tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga tushayotgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) davlat sirlari va maxfiy hisoblangan axborotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) Badiiy akademiya faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqiladigan normativ hujjatlar loyihalari ustida ishlash, loyihalarning sifati, salohiyatini oshirish maqsadida mutaxassislarni jalb qilish, ishchi guruh tuzish va uning faoliyatini samarali tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) respublika va xorijda anjumanlar, ko‘rgazmalar, biyennale, fotobiyennale, simpozium, konferensiya, fotoko‘rgazma va boshqa ijodiy, madaniy tadbirlar loyihalarini tayyorlash va o‘tkazishda ishtirok etish va bu sohada turdosh vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zoligiga saylov o‘tkazish tartibi va unga doir normativ hujjatlarni muvofiqlashtirish, saylovni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25) sohani rivojlantirish va boshqa masalalar bo‘yicha kiritiladigan takliflarni va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish, qayta ishlash, ularning davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26) mutasaddilik qilinadigan tizimga kiruvchi tashkilotlar, markaziy apparat rahbarlari va xodimlari tomonidan Badiiy akademiya Ustavi talablari, Rais va Boshqaruv kengashi qarorlari bajarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27) Badiiy akademiya va o‘zi mas’ul bo‘lgan tizim tashkilotlari va muassasalarida mehnat va ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini ko‘rish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28) ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning 29 — 31-kichik bandlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32) Badiiy akademiya tizimida Idoralararo yagona ijro intizomi elektron tizimi bilan bevosita ishlash tartibi yo‘lga qo‘yilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33) “San’at” jurnali tahririyati faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34) Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, Rassomlik mahorat ustaxonasi (oliy rassomlik kursi), Badiiy ta’lim yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi, Ixtisoslashtirilgan san’at maktablari va maktab-internatlari, ularning o‘quv, ustuvor ilmiy yo‘nalishlari, normativ hujjatlari, loyihalari, dasturlari, ta’limni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat qilish;
(15-bandning 34-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35) o‘quv qo‘llanmalarini yaratish, ta’lim-tarbiya jarayonini nazorat qilish, kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha keng ko‘lamli ish olib borish, madaniy-ma’rifiy muassasalar va ularning istiqbolini belgilash, tasviriy va amaliy san’at, dizayn, me’morchilik, xalq ijodiyotini rivojlantirish bo‘yicha nashrlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36) Badiiy akademiyaning ilmiy, ijodiy, o‘quv faoliyatini samarali tashkil etish, turdosh vazirliklar, idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligini rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37) Rais ko‘rsatmasiga asosan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, mutasaddilik qilinadigan ta’lim muassasalari boshqaruvi organlaridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlar bo‘yicha takliflarni kiritish va belgilangan tartibda tayyorlashda ishtirok etish;
(15-bandning 37-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Hukumat qarorlarining tizimda bajarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39) Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40) tizimga kiruvchi tashkilotlar rahbarlari va vakillarini Badiiy akademiyada ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41) tasdiqlangan markaziy apparat bo‘lim va boshqarmalari nizomlariga asosan o‘z faoliyati doirasida funksional vazifalarni samarali amalga oshirish, xizmat majburiyatlarini bajarish, zarurat tug‘ilganda Badiiy akademiya faoliyati samaradorligi bilan bog‘liq tezkor topshiriqlarning so‘zsiz ijrosini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Badiiy akademiya markaziy apparati bo‘linmalari rahbarlarining funksional vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) markaziy apparat hududiy bo‘linmalari faoliyatini nazorat qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida berilgan vazifalar va topshiriqlar Badiiy akademiya tizimidagi tashkilotlar tomonidan bajarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatiga bog‘liq samarali ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va uning ijrosini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tizim tashkilotlari xodimlari topshiriqlarni sifatli va samarali bajarishi uchun ularning shaxsiy javobgarligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Badiiy akademiyaning Boshqaruv kengashi, Direktorlar kengashi qarorlari, Rais, uning o‘rinbosari va bosh ilmiy kotibning topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatini rejalashtirish, ish rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritish, faoliyatga doir topshiriqlarning xususiyatidan kelib chiqib chora-tadbirlar ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) markaziy apparat bo‘linmalariga yuklangan vazifalar va topshiriqlar ijrosini nazorat qilish, tashkil etish va ta’minlash, bu borada tizim tashkilotlari va muassasalarga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) markaziy apparat faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, tayyorlash va Badiiy akademiya rahbariyatiga tegishli takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilotlar bo‘yicha kadrlarni tanlash va joylashtirish bo‘yicha takliflarni kiritish, ularning malakasini, yuqori darajadagi axloqiy fazilatlarini kafolatli ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish, rahbarlik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirishda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) o‘z faoliyati doirasidagi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishi va tasdiqlash uchun rahbariyatga taqdim etilishini, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining reglamenti talablariga amal qilgan holda Vazirlar Mahkamasiga o‘z muddatida kiritilishini ta’minlash, Rais topshirig‘iga asosan Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
(16-bandning 11-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va takliflar to‘laqonli va har tomonlama ko‘rib chiqilishini, markaziy apparat bo‘linmalari orqali huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizalardan o‘tkazilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga muvofiq tashkil qilish va bajarish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini ta’minlash, xizmat safarlari xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) rahbarlik qilinadigan bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining Odob-axloq qoidalariga rioya qilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) mutasaddilik qilinadigan tizimga kiruvchi tashkilotlarning faoliyati bo‘yicha “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, ogohlantirish, shuningdek, ularning yuzaga kelishi sabablarini aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) davlat xizmatlarining samaradorligini, sifati va ochiqligini ta’minlashga doir takliflarni Badiiy akademiya rahbariga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhning faoliyatini samarali tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni tashkil qilish, muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabullarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom bo‘yicha belgilangan muddatlarda tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi bilan o‘zaro samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bunda Badiiy akademiya markaziy apparati xodimlari, tizimga kiruvchi tashkilotlar rahbarlari va xodimlarining faol ishtirokini tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga tushayotgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) tasdiqlangan markaziy apparat bo‘lim va boshqarmalari nizomlariga asosan o‘z faoliyati doirasida funksional vazifalarni samarali amalga oshirish, xizmat majburiyatlarini bajarish, zarurat tug‘ilganda Badiiy akademiya faoliyati samaradorligi bilan bog‘liq topshiriqlar so‘zsiz bajarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) davlat sirlari va maxfiy hisoblangan axborotlar bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) Tashkiliy-tahliliy bo‘limga belgilangan muddatlarda tegishli topshiriqlar ijrosi yuzasidan hisobotlarni taqdim etib borish.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qaroriga asosan 21-kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Badiiy akademiya rahbarlarining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Rais:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy akademiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Ustavning 12-bandida nazarda tutilgan Badiiy akademiyaning majburiyatlar sohalari bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Ustavning 13-bandida nazarda tutilgan o‘zining funksional vazifalarini sifatli amalga oshirish uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Badiiy akademiya raisi o‘rinbosari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy akademiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning mutasaddilik qilinadigan Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilotlar, uning markaziy apparat boshqarmalari va bo‘linmalari tomonidan samarali bajarilishi ta’minlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Ustavning 12-bandida nazarda tutilgan Badiiy akademiyaning javobgarlik sohalari bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Ustavning 14-bandida nazarda tutilgan o‘zining funksional vazifalari sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Badiiy akademiyaning bosh ilmiy kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy akademiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning mutasaddilik qilinadigan Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilotlar, markaziy apparat boshqarmalari va bo‘linmalari tomonidan samarali bajarilishi ta’minlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Ustavning 12-bandida nazarda tutilgan Badiiy akademiyaning javobgarlik sohalari bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Ustavning 15-bandida nazarda tutilgan o‘zining funksional vazifalari sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Markaziy apparat bo‘lim va boshqarmalari rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli bo‘lim va boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Ustavning 16-bandida nazarda tutilgan o‘zining funksional vazifalari sifatli amalga oshirilishi uchun mas’uldirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Badiiy akademiya faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Badiiy akademiya boshqaruvi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Badiiy akademiya faoliyatiga Rais rahbarlik qiladi. Rais Badiiy akademiya Boshqaruv kengashi raisi hisoblanadi va belgilangan tartibda lavozimga Bosh vazirning taqdimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son hamda “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qarorlariga muvofiq Rais maqomi, moddiy, maishiy, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlari bo‘yicha vazirga, uning o‘rinbosari va bosh ilmiy kotib vazir o‘rinbosariga, shuningdek, matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi rais o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Badiiy akademiya markaziy apparatining tizim tashkilotlari va muassasalari bilan o‘zaro hamkorligi tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Badiiy akademiya markaziy apparatining tegishli tashkiliy tuzilmalarining o‘zaro hamkorligini ta’minlash markaziy apparat boshqaruv xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Badiiy akademiya markaziy apparati tizim tashkilotlari va muassasalari bilan soha faoliyati bo‘yicha o‘zaro hamkorlik doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tizimiga kiruvchi tashkilotlarga topshiriqlar yuboradi va ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) tizimiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazadi va natijalarni umumlashtiradi hamda faoliyat samaradorligini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tizimiga kiruvchi tashkilotlarning faoliyatiga doir hisobot va axborot materiallarini, statistik va boshqa ma’lumotlarni o‘rganishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) tizimiga kiruvchi tashkilotlarning ish rejalarini tahlil qilish va soha faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) tizimiga kiruvchi tashkilotlardan tushgan takliflarni o‘rganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) tizimga kiruvchi tashkilotlarni soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishga jalb qiladi hamda samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilotlar markaziy apparat bilan soha faoliyati bo‘yicha o‘zaro hamkorlik doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) markaziy apparat ko‘rsatmalari ijrosi yuzasidan hisobot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) soha bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan faoliyat natijalari yuzasidan markaziy apparatga axborot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) faoliyatni o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish natijasi bo‘yicha hisobot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) faoliyat natijalari bo‘yicha hisobotlarni belgilangan tartibda o‘z vaqtida taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va faoliyat jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan takliflarni taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tarmoqlar bilan o‘zaro hamkorlik natijalari to‘g‘risida hisobot yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) vakolatli organlar tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar natijalari bo‘yicha ma’lumot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Badiiy akademiya markaziy apparatining tizim tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlari jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Raisning topshirig‘iga asosan Rais o‘rinbosari va bosh ilmiy kotib tomonidan ko‘rib chiqiladi. Kelishmovchiliklar hal bo‘lmagan taqdirda, ushbu masala bo‘yicha tegishli qaror bevosita Badiiy akademiya rahbari tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Badiiy akademiya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat, xorijiy, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Badiiy akademiya Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiradi hamda uning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalari tomonidan nazorat qilinadi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Badiiy akademiyaning Boshqaruv kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Badiiy akademiyaning Boshqaruv kengashi uning yuqori organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Badiiy akademiyaning Boshqaruv kengashi Rais, rais o‘rinbosari, bosh ilmiy kotib, Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zolari, Badiiy akademiya tarkibiga kiradigan muassasalarning rahbarlaridan tashkil topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Badiiy akademiyaning Boshqaruv kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Badiiy akademiyaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Badiiy akademiya raisi Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda tegishli vakolatga ega bo‘lgan tashkilotlar tavsiyalariga asosan Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zolarini saylaydi;
(31-bandning 2-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilotlar va muassasalarni tashkil qilish, qayta tashkil etish va tugatish haqidagi takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Badiiy akademiyaning Ustaviga zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) zarurat bo‘lganda Badiiy akademiya faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarni ham o‘z vakolati doirasida ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Badiiy akademiya Boshqaruv kengashida qabul qilinayotgan qaror yig‘ilishda ro‘yxatdagi a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtiroki bilan ko‘pchilik ovoz bergan taqdirda ro‘yxatdan o‘tgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Badiiy akademiyada rahbariyati, boshqaruv xodimlari, Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlaridan iborat tarkibda Badiiy akademiyaning Direktorlar kengashi tuziladi. Direktorlar kengashiga Rais rahbarlik qiladi. Direktorlar kengashining shaxsiy tarkibi va uning faoliyat olib borish tartibi Rais tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Badiiy akademiya o‘zining haqiqiy, shuningdek faxriy xorijiy a’zolariga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Xalqaro va respublika miqyosdagi nufuzli ko‘rgazmalarda munosib ishtirok etgan, milliy, tasviriy va amaliy san’at, dizayn, san’atshunoslik sohalarini o‘zining yirik asarlari bilan boyitgan va o‘z ijodi, ilmiy, pedagogik faoliyati bilan soha taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shayotgan, o‘zbek madaniyati va san’atining kelajagiga, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan davlat mukofotlari va unvonlariga ega bo‘lgan ijodkorlar Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zoligiga nomzod bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Jahon tasviriy va amaliy san’ati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan arboblar Badiiy akademiyaning faxriy xorijiy a’zolari etib tayinlanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§.Badiiy akademiya a’zolarining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zolari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Badiiy akademiya tizimida yaratilgan sharoitlardan foydalangan holda ijodiy, ilmiy asarlar ustida ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Badiiy akademiyaning ijodiy, ilmiy, o‘quv muassasalaridagi mavjud ilmiy lavozimlarni tanlovda ishtirok etmagan holda egallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Badiiy akademiya Boshqaruv kengashiga ijodiy, ilmiy, tashkiliy masalalar, takliflar bilan murojaat qilish va muhokamada ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Badiiy akademiyaning a’zolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Badiiy akademiya Boshqaruv kengashi va Raisning qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan qarorlari, buyruqlari va boshqa topshiriqlarini bajarishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) san’atni yuksak, yorqin ijodiy va ilmiy yutuqlar yoki kashfiyotlar bilan boyitishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) san’at yoki san’atshunoslik sohasining har tomonlama rivojlanishi uchun shaxsiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) san’at va san’atshunoslik sohalariga tegishli mutaxassislarni tayyorlashda bevosita qatnashishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) har ikki yilda bir marotaba hisobot ko‘rgazmasini tashkil etishlari va bir yilda bir marotaba Badiiy akademiya Boshqaruv kengashida Badiiy akademiya faoliyatidagi ijodiy, targ‘ibot va tashviqot yo‘nalishlaridagi samaradorlik, yosh ijodkorlarning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirishdagi ishtiroki bo‘yicha hisobot berib borishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zolari akademik unvoni uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda oylik gonorar oladilar hamda ushbu gonorarlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zolari O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari uchun belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Badiiy akademiya haqiqiy a’zoligiga saylovlar o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zolarini saylash ushbu Ustavga muvofiq va Badiiy akademiyaning Boshqaruv kengashi qarori bilan tasdiqlanadigan saylov tartibi asosida har 3 yilda bir marta o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zolarini saylash haqidagi ma’lumotlar saylovlar o‘tadigan kundan kamida uch oy oldin matbuotda e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Haqiqiy a’zolikka nomzodlar saylov haqidagi e’lon chiqqan kundan boshlab ikki oydan kechikmay Badiiy ijodkorlar uyushmasi tavsiyanomasi bilan Badiiy akademiyaning Badiiy akademiya Boshqaruv kengashida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Haqiqiy a’zolikka saylovlar o‘tkazish muddati va joyi Badiiy akademiya Boshqaruv kengashi qarori bilan belgilanadi. Haqiqiy a’zolikka saylovlar teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Haqiqiy a’zolikka saylovlarda Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zolari ovoz berish huquqiga egadirlar. Har bir haqiqiy a’zo haqiqiy a’zolikka saylovlarda shaxsan ishtirok etadi va u bir ovozga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ovoz berishda Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashishi shart. Saylovlarda ishtirok etgan haqiqiy a’zolarning 50 foizidan ko‘pining ovozini olgan nomzodlar Badiiy akademiya a’zoligi saylovidan o‘tgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Madaniyat va san’at sohasidagi davlat va nodavlat tashkilotlar hamda xalqaro tashkilotlar Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Badiiy akademiya faoliyati samaradorligining baholash mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Badiiy akademiya faoliyatining samaradorligi doimiy ravishda baholab boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Badiiy akademiya faoliyatining samaradorligini baholash O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan mezonlar va ishchi ko‘rsatkichlariga asosan amalga oshiriladi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Baholash yakunlari bo‘yicha quyidagi choralar ko‘riladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy akademiya rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan choralarni qo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Badiiy akademiya faoliyatining samaradorligini baholash metodikasi va tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Badiiy akademiya faoliyatini moliyalashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlar mehnatiga haq to‘lash va moddiy ta’minotini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Badiiy akademiya markaziy apparatini, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limini, shuningdek budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan muassasalarini saqlab turish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Badiiy akademiya xodimlarining ish haqiga lavozim maoshlari, qo‘shimchalar, ustama, mukofotlar va boshqa to‘lovlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Badiiy akademiya xodimlarining lavozim maoshlariga qo‘shiladigan oylik ustama va qo‘shimcha haqlar Rais tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Badiiy akademiyaning boshqaruv apparati xodimlariga ish haqi to‘lash, mukofotlash, moddiy yordam ko‘rsatishda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi xodimlari uchun belgilangan shartlar tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Badiiy akademiya faoliyatining iqtisodiy asosini unga davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘lar, doimiy foydalanishga berilgan asosiy vositalar (fondlar) va boshqa mol-mulk tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Badiiy akademiya unga o‘z mulki sifatida yoki vaqtincha foydalanish uchun berilgan davlat fondlari, boshqa mol-mulkdan davlat topshiriqlari asosida va amaldagi qonunlar doirasida foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Badiiy akademiya tizimiga kiruvchi tashkilotlar o‘z ixtiyoridagi asosiy vositalar, inshootlar va mol-mulkdan belgilangan tartibda foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Badiiy akademiya va tizimdagi budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan muassasalarning budjetdan tashqari daromadlaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Badiiy akademiyaning o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan tashkilotlari o‘z faoliyatini tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad (foyda)lar hisobiga amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Badiiy akademiyaning Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida hisobot berishi
(10-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Badiiy akademiya tizimli ravishda Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida hisobot beradi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati tomonidan muntazam ravishda Badiiy akademiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi bo‘yicha monitoringi olib boriladi, uning faoliyati natijadorligi yuzasidan xolisona baho beriladi.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Monitoring natijalari va Badiiy akademiyaning alohida ajralib turadigan rahbarlari va mansabdor shaxslari faoliyatiga baho berish natijalari bo‘yicha ular rag‘batlantiriladilar yoki kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Badiiy akademiya O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil qilinadi va tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 957-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 11-martdagi 131-son qarorining 1-bandi, 2-bandining uchinchi — oltinchi xatboshilari, 1 — 3, 3a-ilovalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish masalalari to‘g‘risida” 2005-yil 25-noyabrdagi 264-son qarorining 5-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 11-martdagi 131-son qarori”ga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2009-yil 3-iyuldagi 185-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 27-son, 317-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarini tasdiqlash bo‘yicha ayrim qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga ilovaning 10-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 11-martdagi 131-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 28-iyundagi 127-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2010-y., 26-27-son, 210-modda).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/957/0352-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 21.01.2020-y., 09/20/36/0076-son, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son; 04.11.2025-y., 09/25/690/1011-son)