31.03.2015 yildagi 73-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.05.2018
 LexUZ sharhi
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
1. Mazkur Nizom “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (keyingi o‘rinlarda Qonun deb ataladi) muvofiq davlat organlari va davlat muassasalarida (keyingi o‘rinlarda davlat organlari deb ataladi) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (keyingi o‘rinlarda murojaat deb ataladi) bilan ishlash tartibini belgilaydi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-avgustdagi 659-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 895-modda)
14. Yozma va elektron (qog‘ozga bosib chiqarilgan) murojaatlar murojaatlarni ro‘yxatga olish jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritish, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha hisobga olish kartochkasini to‘ldirish va murojaatning birinchi sahifasi quyi o‘ng qismida ro‘yxatga olish shtampini qo‘yish yo‘li bilan murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linmada ro‘yxatga olinadi.
Murojaat qiluvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar tekshirilgandan keyin ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha hisobga olish kartochkasi to‘ldiriladi. Hisobga olish kartochkasi og‘zaki murojaat sifatida ro‘yxatga olinadi.
55. Sayyor shaxsiy qabullarni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish tartibi to‘g‘risidagi axborot ushbu Nizomning 47-bandida belgilangan tartibda manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi, shuningdek mahalliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.