ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbasi | Mas’ul ijrochilar |
I. Ijodkorlar faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kreativ loyihalar yo‘nalishida | |||||
1. | Xalqaro an’anaviy tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY)ga a’zo davlatlar san’ati ko‘rgazmasini o‘tkazish. | 1. Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY)ga a’zo davlatlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish. 2. Ishchi guruh tomonidan ko‘rgazma konsepsiyasini ishlab chiqish. 3. Ko‘rgazmani Xalqaro an’anaviy tasviriy va amaliy san’at festivali dasturiga kiritish va yuqori saviyada o‘tkazib borish. | Har yili yanvar — aprel oylari | Badiiy akademiyaga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar | Badiiy akademiya (A. Nuridinov) |
2. | Davlat buyurtmalariga asosan yaratiladigan tasviriy va amaliy san’at asarlari mualliflarining ish haqi va ular tomonidan sarflanadigan xomashyolar xarajatlarini belgilash tartibini ishlab chiqish. | 1. Sohaning malakali mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2025-yil iyul | - | Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
2. Mualliflarning ish haqi va ular tomonidan sarflanadigan xomashyolar xarajatlarini belgilash tartibini ishlab chiqish. | 2025-yil noyabr | ||||
3. Ishlab chiqilgan tartibni tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. | 2025-yil dekabr | ||||
3. | 2026-yildan boshlab Badiiy akademiya hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylar va xalqaro grantlar hisobidan har yili tanlov asosida Rassomlik mahorati ustaxonasi stajyorlari, eng iste’dodli yosh rassom, haykaltarosh, dizayner, restavrator, san’atshunos va muzeyshunoslarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborishni yo‘lga qo‘yish. | 1. Xorijiy mamlakatlardagi sohaning yetakchi tashkilot va muassasalari bilan memorandum va boshqa hamkorlik shartnomalarini tuzish. 2. Xorijiy mamlakatlar kesimida har yilgi malaka oshirish va stajirovkalar rejasini ishlab chiqish. 3. Malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladigan ijodkorlarni saralash bo‘yicha tanlov tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. 4. Tanlov natijalariga ko‘ra ijodkorlarni tasdiqlangan rejaga asosan xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yuborish. | 2026-yildan boshlab har yili reja asosida | Badiiy akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylar va xalqaro tashkilotlar grantlari | Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
4. | O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atini xorijda targ‘ib qilish maqsadida jahonning rivojlangan mamlakatlarida o‘tkaziladigan san’at yarmarkalari, biyennalelar, ko‘rgazmalar hamda festival va simpoziumlarda ijodkor va olimlarning ishtirokini ta’minlash. | 1. Soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish hamda ishchi guruh tomonidan jahonning rivojlangan mamlakatlarida o‘tkaziladigan san’at yarmarkalari, biyennalelar, xalqaro ko‘rgazmalar, festival va simpoziumlar ro‘yxatini shakllantirish. 2. Ro‘yxat asosida har yilgi ijodiy va ilmiy safarlar rejasini ishlab chiqish shu asosida xalqaro tadbirlarda ijodkor va olimlarning ishtirokini ta’minlab borish. | 2026-yildan boshlab har yili reja asosida | Badiiy akademiyaga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar | Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
5. | Yoshlarning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda tasviriy va amaliy san’at sohasida loyihalarni tashkil etishda ko‘maklashishga qaratilgan Yosh ijodkorlar klubi faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | 1. Yosh ijodkorlar klubi nizomini ishlab chiqish. | 2025-yil oktabr | - | Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
2. Yosh ijodkorlar klubi faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash. | Doimiy | ||||
6. | O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atini keng targ‘ib qilish va sohaga qiziqqan iste’dodli yoshlarni yuzaga chiqarish maqsadida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda “Art chellenj” (Art challenge) loyihasini doimiy amalga oshirib borish. | 1. Soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2025-yil sentabr | - | Badiiy akademiya (A. Nuridinov), O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev) |
2. Ishchi guruh tomonidan “Art chellenj” loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqish. | 2025-yil oktabr | ||||
3. Konsepsiya asosida turli videoroliklar yaratish hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda doimiy ravishda e’lon qilib borish. | Doimiy | ||||
7. | Zamonaviy galereya va Yosh rassomlar markazi faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng ularni o‘rnatilgan tartibda turistik yo‘nalishlar (marshrutlar)ning yagona reyestriga kiritish. | 1. Zamonaviy galereya va Yosh rassomlar markazini turistik yo‘nalishlar (marshrutlar)ning yagona reyestriga kiritish. 2. Obyektlarni sayyohlar orasida keng targ‘ib qilish. | Doimiy | - | Turizm qo‘mitasi (U. Shadiyev), Badiiy akademiya (A. Nuridinov) |
8. | “Yangi O‘zbekiston manzaralari”, “Buyuk allomalar” va “Zamon qahramonlari” kabi turkumdagi ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibini tasdiqlash. | 1. Turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan tartibni ijroga yo‘naltirish. | 2025-yil noyabr |
| Badiiy akademiya (A. Nuridinov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
II. Badiiy ta’lim sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishida | |||||
9. | Tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda: Badiiy akademiya tomonidan idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash sifatini monitoring qilish hamda xulosalar tayyorlash; tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha yaxlit tizimni yaratish; amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutish. 2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil sentabr | - | Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
10. | Sohadagi atoqli ijodkorlar nomini abadiylashtirish maqsadida Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlariga ularning nomini berish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2025-yil oktabr | - | Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Ishchi guruh tomonidan ta’lim muassasalariga atoqli ijodkorlar nomini berish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil noyabr | ||||
3. Takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil fevral | ||||