O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA” 1997-YIL 11 MARTDAGI 131-SON QARORIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 957-sonli “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Buyuk musavvir Kamoliddin Behzodning betakror ijodiy merosini xalqimizga yetkazish, yosh avlodni xalqimiz madaniyati tarixi bilan g‘ururlanish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 11-martdagi 131-son qarorida:
a) qarorga 1-ilovaning III bo‘limi 10-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“— Kamoliddin Behzod memorial bog‘-muzeyi”;
b) qarorga 2-ilovaga quyidagi mazmundagi 14-band qo‘shilsin:
“14. Kamoliddin Behzod memorial bog‘-muzeyi”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-iyun,
127-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 26-27-son, 210-modda)