13.02.2021 yildagi PQ-4992-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sogʻlomlashtirish, yuqori qoʻshilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanishi koʻp jihatdan ustuvor sohalarni, jumladan kimyo, biokimyo, gaz va neft-kimyo sanoati (keyingi oʻrinlarda — kimyo sanoati) taraqqiyotiga bevosita bogʻliqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda sohada yaratilgan poydevor kimyo sanoati salohiyatini yaqin 3 — 5 yil davomida barqaror oʻsish dinamikasini taʼminlay oladi. Biroq, kimyo sanoatining barcha yoʻnalishlarini uzoq muddatli barqaror rivojlanishiga mustahkam zamin yaratish uchun sohani transformatsiya qilish jarayonlarini, eng ilgʻor xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda jadallashtirish zarurligini taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston iqtisodiyotini isloh qilishning yangi sharoitida kimyo sanoatini rivojlantirishning strategik qayta shakllantirilishi maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kimyo sanoatini transformatsiya qilishning quyidagi uzoq muddatli asosiy muhim yoʻnalishlari belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologik transformatsiya — mahalliy xom ashyodan yarim tayyor mahsulotlarni, shu jumladan organik sintez va nanotexnologiyalar orqali ishlab chiqarishning yangi quvvatlari negizida xom ashyodan tayyor mahsulotgacha boʻlgan koʻp pogʻonali qoʻshilgan qiymat zanjirlarini yaratish. Bunda, qayta ishlanmagan xom ashyo (tabiiy gaz, sanoat tuzlari, paxta sellyulozasi, sirka kislotasi va boshqalar) resurslarini mamlakat hududida chuqur qayta ishlashni tashkil etish orqali ularni xom ashyo sifatida eksport qilinishini bosqichma-bosqich qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik munosabatlari tizimini transformatsiya qilish — birinchi navbatda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan kimyo sanoati korxonalari oʻrtasidagi munosabatlar sohasida davlat tomonidan aralashuvga chek qoʻyish va eskicha reja-taqsimlash tizimidan batamom voz kechish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkiy munosabatlar tizimini transformatsiya qilish — sohada yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga xususiy kapitalni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali kimyo korxonalarida davlat ulushini keskin kamaytirish va kimyo sanoati korxonalarini xususiylashtirish, shuningdek, korxonalar faoliyatiga davlat hokimiyati organlari aralashuvining oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli transformatsiya — moliyaviy, moddiy va kadrlarga oid resurslar harakatini boshqarish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni markirovkalash, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobini yuritish tizimlarini joriy etish uchun sohaga zamonaviy dasturiy taʼminot tizimlarini tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi munosabatlar transformatsiyasi — innovatsiya jarayonlarini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni transfer qilish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalar asosida fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash tizimining transformatsiyasi — sohada kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, mavjud va yangi barpo etiladigan ishlab chiqarish quvvatlarini yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar Xalqaro moliya korporatsiyasi va konsultantlarning tavsiyalari asosida kimyo sanoatidagi islohotlarning oʻz vaqtida muvofiqlashtirilishini, zamonaviy korporativ boshqaruv tizimlari, jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqarish jarayonlari va tayyor mahsulotni sotishning barcha bosqichlarida joriy etishni taʼminlashni nazarda tutuvchi “Kimyo sanoatida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi”ni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2021-yildan boshlab, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishda asosan xususiy, shu jumladan xorijiy investorlar va texnologik sheriklarni jalb qilishni nazarda tutuvchi “Kimyo va gaz-kimyo sanoatida texnologik klasterlarni yaratish boʻyicha ochiq hamkorlik dasturi” (keyingi oʻrinlarda — Dastur) joriy etilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini (loyihalarini) klasterlarning tarkibida yirik texnologik majmualarga tutash hududlarda yoki boʻsh maydonlarda tender (tanlov)lar asosida joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori qoʻshimcha qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatlarini kimyoviy xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar negizida yaratish inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Dasturga quyidagi texnologik klasterlar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Navoiyazot” AJ, “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ, Ustyurt va Shoʻrtan gaz-kimyo majmualari hamda sintetik suyuq yoqilgʻini ishlab chiqarish zavodining ishlab chiqarish va unga tutash hududlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlari tugagandan soʻng, jamiyatlarning vakolatli boshqaruv organlari qarorlari asosida “Fargʻonaazot” AJ va Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining ishlab chiqarish va unga tutash hududlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kimyo sanoatini yanada rivojlantirish, uglevodorodlar va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash orqali sohani diversifikatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish obyektlarini yaratish hamda ichki va tashqi bozorda talab yuqori boʻlgan mahsulot turlarini kengaytirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturiga kiritilgan va amalga oshirish muddatlari jadallashtiriladigan investitsiya loyihalarining roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy qiymati 1 176 mln AQSH dollarga teng, shundan 700 mln AQSH dollari toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan moliyalashtiriladigan 2021 — 2025-yillarda kimyo korxonalarida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mavjud xom ashyo bazasidan samarali foydalanish orqali yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan 16 ta yangi investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyo sanoatida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mavjud xom ashyo bazasidan samarali foydalangan holda yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan eksportbop, import oʻrnini bosuvchi kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzkimyosanoat” AJ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda Dasturga kiritish uchun yangi loyihalar va takliflar tayyorlash ishlarini tizimli asosda tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili 1-noyabrga qadar Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun salohiyatli investorlar va hamkorlarni tanlash boʻyicha ochiq tanlov tayyorlanishi va oʻtkazilishini, shuningdek, Dastur doirasida joylashtiriladigan yangi loyihalar boʻyicha takliflar berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va tarmoqlararo kooperatsiyani tashkillashtirish, eksportbop va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi xususiy va xorijiy investorlar ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarga ustuvorlik beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-noyabrga qadar Xalqaro moliya korporatsiyasi va konsultantlarning tavsiyalari asosida respublikaning xom ashyo resurslari salohiyati va infratuzilmasini rivojlantirish ehtiyojlari bilan uzviy bogʻlagan holda, 2035-yilgacha kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur dasturni ishlab chiqishda klasterlar (texnologik zanjirlar) tamoyili boʻyicha bazaviy yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishning yangi quvvatlarini asosan xom ashyoni qazib olish va (yoki) dastlabki ishlov berish korxonalari atrofida barpo etish va joylashtirish nazarda tutilsin. Bunda, yakuniy tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish quvvatlari, investorlarning tashabbus-istaklaridan kelib chiqqan holda, respublikaning istalgan hududida tashkil etilishi mumkinligi koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzkimyosanoat” AJ, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Kimyo sanoati uchun innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va taʼlim klasterini tashkil etish (keyingi oʻrinlarda — ilmiy klaster) konsepsiyasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro ekspertlar va kompaniyalarni, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish asosida jalb qilgan holda, 2021-yil 1-sentabrga qadar, bosqichma-bosqich, ilmiy klasterning moddiy-texnik bazasini (akademik binolar, laboratoriya inshootlari, talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun turar-joylar, zarur materiallar, asbob-uskunalar va inventarlar) barpo etish boʻyicha loyihaviy yechimlarni, shuningdek, taʼlim yoʻnalishlari va oʻquv dasturlarini kimyo sanoatini uzoq muddatli rivojlantirishning ilgʻor xalqaro tendensiyalari bilan uzviy bogʻliqlikda ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ilmiy klasterni tashkil etish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaviy takliflarni va ilmiy klaster hududida quriladigan obyektlar, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari roʻyxatini koʻrib chiqib, uning moliyalashtirish manbalarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarda qurilish jarayonlarini nazorat qilish va yuzaga keladigan masalalarni tezkor hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishning oʻz vaqtida moliyalashtirilishi va ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanilishini taʼminlash ustidan nazoratni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi Xalqaro moliya korporatsiyasini jalb qilgan holda uch oy muddatda “Fargʻonaazot” AJ ustav kapitalidagi davlat va “Oʻzkimyosanoat” AJning yirik ulushini hamda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalidagi “Oʻzkimyosanoat” AJning yirik ulushini 2021-yil 1-noyabrga qadar savdoga chiqarish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Oʻzkimyosanoat” AJ Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2024-yilga qadar, bosqichma-bosqich, “Oʻzkimyosanoat” AJ korxonalarida ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini, moliyaviy, xoʻjalik va tashkiliy faoliyatni boshqarish va monitoring qilish, ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish, yetkazib berish va ulardan foydalanishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzkimyosanoat” AJ talabiga koʻra, kimyo sanoati korxonalarining yuqori tezlikdagi maʼlumot uzatish tarmoqlariga ulanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari G.K. Saidova — kimyo sanoatida transformatsiya jarayonlarini bosqichma-bosqich amalga oshirishni hamda bu borada muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishni samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya vazirining birinchi oʻrinbosari O.Z. Nasritdinxojayev — kimyo sanoati korxonalarini transformatsiya qilish dasturi, operatsion samaradorlik va zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy etish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish hamda mineral oʻgʻitlarni sotishda bozor mexanizmlarini keng joriy etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari B.K. Abdinazarov — respublikaning xom ashyo resurslari salohiyati va infratuzilmani rivojlantirish ehtiyojlari bilan uzviy bogʻlagan holda, 2035-yilgacha kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini muvofiqlashtirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari Sh.A. Vafayev — kimyo va gaz-kimyo sanoatini rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqiladigan, birinchi navbatda, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida salohiyatli investorlarni va toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi J.T. Mirzamahmudov — kimyo sanoatini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, bazaviy yarim tayyor va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish orqali sohaning eksport salohiyatini kengaytirish va import hajmini keskin qisqartirish, tarmoq korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirishga shaxsan masʼul va javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni boʻyicha axborot berib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 13-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4992-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturiga kiritilgan va amalga oshirish muddatlari jadallashtiriladigan investitsiya loyihalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

(mln AQSH dollari)

T/R

Loyiha nomi

Loyiha qiymati

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Jadallash-tirilgan muddat

Masʼul ijrochilar

Jami:

323,1

1.

“Navoiyazot” AJ negizida karbamidformaldegid konsentrati (KFK-85) ishlab chiqarishni tashkil etish

18,1

1. Qurilish-montaj ishlarini olib borish.

2021-yil iyul

2021-yil fevral

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Mirzamahmudov), “Navoiyazot” AJ (Temirov)

2. Texnologik asbob-uskunalarni yetkazib kelish.

2021-yil sentabr

2021-yil fevral

3. Ishga tushirish va sozlash ishlarini olib borish.

2021-yil noyabr

2021-yil mart

4. Loyihani ishga tushirish.

2021-yil dekabr

2021-yil mart

2.

“Navoiyazot” AJ negizida oltingugurt kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish

5

1. Asosiy texnologik asbob-uskunalarni yetkazib kelish.

2021-yil sentabr

2021-yil sentabr

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Mirzamahmudov), “Navoiyazot” AJ (Temirov)

2. Qurilish montaj ishlarini olib borish.

2021-yil dekabr

2021-yil oktabr

3. Ishga tushirish va sozlash ishlarini olib borish.

2022-yil may

2021-yil noyabr

4. Loyihani ishga tushirish.

2022-yil iyun

2021-yil dekabr

3.

Sintetik tola ishlab chiqarishni tashkil etish

100

1. Xorijiy investorlar va texnologiya litsenziarlaridan texnik-tijorat takliflarini olish.

2021-yil iyul

2021-yil mart

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Mirzamahmudov)

2. Moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2021-yil avgust

2021-yil aprel

3. Loyiha hujjatini ishlab chiqish.

2021-yil sentabr

2021-yil may

4. Loyihaoldi hujjatlarni tarmoq ilmiy-texnik kengashida koʻrib chiqish.

2021-yil dekabr

2021-yil sentabr

5. Xorijiy investor va pudratchini aniqlash yuzasidan tender hujjatlarini ishlab chiqish.

2022-yil may

2021-yil dekabr

6. Investorni aniqlash yuzasidan tender oʻtkazish va investitsion shartnomani rasmiylashtirish.

2022-yil avgust

2022-yil aprel

7. Moliyalashtirishni ochish va qurilish maydonini tayyorlash.

2022-yil sentabr

2022-yil may

8. Qurilish-montaj ishlarini olib borish.

2024-yil iyul

2024-yil may

9. Texnologik uskunalarga buyurtma berish va yetkazib kelish.

2024-yil avgust

2024-yil may

10. Texnologik uskunalarni oʻrnatish va sozlash.

2024-yil noyabr

2024-yil avgust

11. Loyihani ishga tushirish.

2024-yil dekabr

2024-yil sentabr

4.

“Fargʻonaazot” AJ negizida melamin ishlab chiqarishni tashkil etish

200

1. Xorijiy investor va texnologiya litsenziarlaridan texnik-tijorat takliflarini olish.

2021-yil iyul

2021-yil mart

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Mirzamahmudov), “Fargʻonaazot” AJ (Solijonov)

2. Dastlabki moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2021-yil avgust

2021-yil aprel

3. Loyiha hujjatini ishlab chiqish.

2021-yil sentabr

2021-yil may

4. Loyihaoldi hujjatini tarmoq ilmiy-texnik kengashida koʻrib chiqish.

2021-yil dekabr

2021-yil sentabr

5. Xorijiy investor va pudratchini aniqlash yuzasidan tender hujjatlarini ishlab chiqish.

2022-yil may

2021-yil dekabr

6. Investorni aniqlash yuzasidan tender oʻtkazish va investitsiya shartnomasini rasmiylashtirish.

2022-yil avgust

2022-yil aprel

7. Moliyalashtirishni ochish va qurilish maydonini tayyorlash.

2022-yil sentabr

2022-yil may

8. Qurilish-montaj ishlarini olib borish.

2024-yil iyul

2024-yil may

9. Texnologik uskunalarga buyurtma berish va yetkazib kelish.

2024-yil avgust

2024-yil may

10. Texnologik uskunalarni oʻrnatish va sozlash.

2024-yil noyabr

2024-yil avgust

11. Loyihani ishga tushirish.

2024-yil dekabr

2024-yil sentabr

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Roʻyxatdagi tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi va muddatlariga investorlar bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish shartlarini ishlab chiqish natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda aniqlik kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Loyihalarning parametrlariga loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi asosida oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021 — 2025-yillarda kimyo korxonalarida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mavjud xom ashyo bazasidan samarali foydalanish orqali yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan yangi investitsiya loyihalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

(mln AQSH dollari)

T/r

Loyiha nomi

Loyiha quvvati

Qoʻllanish sohasi

Xorijiy hamkor

Amalga oshirish muddati

Loyiha umumiy qiymati

Shu jumladan:

toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar

bank krediti

oʻz mablagʻi

Jami (16 ta loyiha)

1 176

700,0

389,9

86,1

1.

“Navoiyazot” AJ negizida metanolni qayta ishlash orqali sirka kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish.

15 ming tn

Tekstil va kimyo sanoati

Continental Construction and Supplies Trading GmbN (Avstriya)

2021 — 2024 yy. (sentabr)

120,0

66

48

6

2.

“Navoiyazot” AJ negizida metanoldan vinilatsetat ishlab chiqarishni tashkil etish.

5,5 ming tn

Qurilish materiallari sanoati

Continental Construction and Supplies Trading GmbN (Avstriya)

2021 — 2024 yy. (avgust)

56,3

30,8

22,6

2,9

3.

“Navoiyazot” AJ negizida metanolni qayta ishlash orqali atsetaldegid ishlab chiqarishni tashkil etish.

4 ming tn

Qurilish materiallari sanoati

Continental Construction and Supplies Trading GmbN (Avstriya)

2021 — 2024 yy. (oktabr)

37,5

20,6

15,0

1,9

4.

“Navoiyazot” AJ negizida metanolni qayta ishlash orqali atsetat efirlar ishlab chiqarishni tashkil etish.

3 ming tn

Qurilish materiallari sanoati

Continental Construction and Supplies Trading GmbN (Avstriya)

2021 — 2024 yy. (noyabr)

25,5

14,0

10,3

1,2

5.

“Navoiyazot” AJ negizida metanolni qayta ishlash orqali polioksimetilen (POM) ishlab chiqarishni tashkil etish.

50 ming tn

Farmatsevtika va toʻqimachilik sanoati

P&ID (Janubiy Koreya)

2021 — 2025 yy. (sentabr)

400

240

140

20

6.

“Navoiyazot” AJ negizida metanoldan monoetilen-glikol (MEG) va dietilenglikol (DEG) ishlab chiqarishni tashkil etish.

200 ming tn (MEG) 4 ming tn (DEG)

Mashina-sozlik va kimyo sanoati

Johnson Matthey (Buyuk Britaniya)

2021 — 2024 yy. (dekabr)

250

150

87,5

12,5

7.

“Navoiyazot” AJ negizida metanolni qayta ishlash orqali nitron tolasi ishlab chiqarishni tashkil etish.

70 ming tn

Toʻqimachilik sanoati

-

2021 — 2023 yy. (dekabr)

210

125

62

23

8.

“Toshkent kislorod zavodi” DUK negizida tibbiyot kislorodini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish.

12 ming kub.m.

Farmatsevtika sanoati

“Oxygen Tashkent” MCHJ

2021-y. (mart)

2,0

-

1,2

0,8

9.

“Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJda karbonat angidrid gazidan soda ishlab chiqarishni tashkil etish.

10 ming tn

Kimyo va qurilish sanoati

“Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ

2021-y. (iyun)

1,0

0,6

0,3

0,1

10.

“Jizzax plastmassa” AJda polietilen qoplar ishlab chiqarishni tashkil etish (2-bosqich).

10 mln dona

Kimyo sanoati

“Jizzax plastmassa” AJ

2021-y. (sentabr)

1,5

-

-

1,5

11.

Qoʻngʻirot tumanida kimyo logistika markazini tashkil etish.

43 ming kv.m

Logistika

-

2021-2022 yy. (dekabr)

6,7

-

-

6,7

12.

Oʻsimliklarni himoya qilishga moʻljallangan kimyoviy vositalar ishlab chiqarishni tashkil etish.

5 ming tn

Qishloq xoʻjaligi

“International panaacea” Limited (Hindiston)

2021-2022 yy. (dekabr)

20,0

16

3,0

1

13.

Murakkab mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishni tashkil etish.

200 ming tn

Qishloq xoʻjaligi

“UNB Agro” (Latviya)

2021-2022 yy. (noyabr)

10

8

-

2

14.

“Navoiyazot” AJ negizida kaustik sodani chuqur qayta ishlash orqali gidroksid kaliy ishlab chiqarishni tashkil etish.

50 ming tn

Qishloq xoʻjaligi

-

2021 — 2023 yy. (sentabr)

30

25

-

5

15.

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida karboksimetilsellyuloza asosida burgʻilash, qurilish, oziq-ovqat va tibbiyot uchun reagentlar ishlab chiqarishni tashkil etish (2-bosqich).

5 ming tn

Kimyo va neft-gaz sanoati

“Toshkent Polymer Sintez” MCHJ

2021-y. (fevral)

1,5

-

-

1,5

16.

“Navoiyazot” AJ negizida karbamid-formaldegid smolasi ishlab chiqarishni tashkil etish.

24 ming tn

Qurilish va kimyo sanoati

Continental Construction and Supplies Trading GmbN (Avstriya)

2021-y. (iyun)

4,0

4

-

-

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Roʻyxatdagi loyihalarni amalga oshirish muddatlariga investorlar bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish shartlarini ishlab chiqish natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Loyihalarning parametrlariga loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi asosida oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimyo sanoatida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mavjud xom ashyo bazasidan samarali foydalangan holda yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan eksportbop, import oʻrnini bosuvchi kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoʻl xaritasi”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

(mln AQSH dollari)

T/r

Loyiha nomi

Loyihaning dastlabki qiymati

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

JAMI:

1 176

1.

“Navoiyazot” AJ negizida metanolni qayta ishlash orqali sirka kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish

120

1. Marketing tadqiqotlarini olib borish.

2021-yil fevral

Oʻzkimyosanoat” AJ (Mirzamahmudov), “Navoiyazot” AJ (Temirov)

2. Xorijiy investorlar va texnologiya litsenziarlaridan texnik-tijorat takliflarni olish.

2021-yil iyun

3. Loyihaning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish.

2021-yil avgust

4. Moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2021-yil sentabr

5. Loyiha biznes-rejasini tarmoq ilmiy-texnik kengashida koʻrib chiqish.

2021-yil noyabr

6. Loyihalash hujjatlarini oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash.

2022-yil iyun

7. Xorijiy investor va pudratchini aniqlash yuzasidan tender hujjatlarini ishlab chiqish.

2022-yil may

8. Moliyalashtirishni ochish va qurilish maydonini tayyorlash.

2022-yil iyun

9. Qurilish-montaj ishlarini olib borish.

2024-yil iyul

10. Texnologik uskunalarga buyurtma berish va yetkazib kelish.

2024-yil avgust

11. Ishga tushirish va sozlash ishlarini yakunlash.

2024-yil avgust

12. Loyihani ishga tushirish.

2024-yil sentabr

2.

“Navoiyazot” AJ negizida metanolni qayta ishlash orqali vinilatsetat ishlab chiqarishni tashkil etish

56,3

1. Marketing tadqiqotlarini olib borish.

2021-yil fevral

Oʻzkimyosanoat” AJ (Mirzamahmudov), “Navoiyazot” AJ (Temirov)

2. Xorijiy investorlar va texnologiya litsenziarlaridan texnik-tijorat takliflarni olish.

2021-yil iyun

3. Loyihaning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish.

2021-yil avgust

4. Moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2021-yil sentabr

5. Loyiha biznes-rejasini tarmoq ilmiy-texnik kengashida koʻrib chiqish.

2021-yil noyabr

6. Loyihalash hujjatlarini oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash.

2022-yil iyun

7. Xorijiy investor va pudratchini aniqlash yuzasidan tender hujjatlarini ishlab chiqish.

2022-yil may

8. Moliyalashtirishni ochish va qurilish maydonini tayyorlash.

2022-yil iyun

9. Qurilish-montaj ishlarini olib borish.

2023-yil iyun

10. Texnologik uskunalarga buyurtma berish va yetkazib kelish.

2024-yil iyun

11. Ishga tushirish va sozlash ishlarini yakunlash.

2024-yil iyul

12. Loyihani ishga tushirish.

2024-yil avgust

3.

“Navoiyazot” AJ negizida metanolni qayta ishlash orqali atsetaldegid ishlab chiqarishni tashkil etish

37,5

1. Marketing tadqiqotlarini olib borish.

2021-yil fevral

Oʻzkimyosanoat” AJ (Mirzamahmudov), “Navoiyazot” AJ (Temirov)

2. Xorijiy investorlar va texnologiya litsenziarlaridan texnik-tijorat takliflarni olish.

2021-yil iyun

3. Loyihaning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish.

2021-yil avgust

4. Moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2021-yil sentabr

5. Loyiha biznes-rejasini tarmoq ilmiy-texnik kengashida koʻrib chiqish.

2021-yil noyabr

6. Loyihalash hujjatlarini oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash.

2022-yil iyul

7. Xorijiy investor va pudratchini aniqlash yuzasidan tender hujjatlarini ishlab chiqish.

2022-yil may

8. Moliyalashtirishni ochish va qurilish maydonini tayyorlash.

2022-yil iyun

9. Qurilish-montaj ishlarini olib borish.

2024-yil avgust

10. Texnologik uskunalarga buyurtma berish va yetkazib kelish.

2024-yil avgust

11. Ishga tushirish va sozlash ishlarini yakunlash.

2024-yil sentabr

12. Loyihani ishga tushirish.

2024-yil oktabr

4.

“Navoiyazot” AJ negizida metanolni qayta ishlash orqali atsetat efirlar ishlab chiqarishni tashkil etish

25,5

1. Marketing tadqiqotlarini olib borish.

2021-yil fevral

Oʻzkimyosanoat” AJ (Mirzamahmudov), “Navoiyazot” AJ (Temirov)

2. Xorijiy investorlar va texnologiya litsenziarlaridan texnik-tijorat takliflarni olish.

2021-yil iyun

3. Loyihaning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish.

2021-yil avgust

4. Moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2021-yil sentabr

5. Loyiha biznes-rejasini tarmoq ilmiy-texnik kengashida koʻrib chiqish.

2021-yil noyabr

6. Loyihalash hujjatlarini oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash.

2022-yil iyul

7. Xorijiy investor va pudratchini aniqlash yuzasidan tender hujjatlarini ishlab chiqish.

2022-yil may

8. Moliyalashtirishni ochish va qurilish maydonini tayyorlash.

2022-yil iyun

9. Qurilish-montaj ishlarini olib borish.

2024-yil avgust

10. Texnologik uskunalarga buyurtma berish va yetkazib kelish.

2024-yil sentabr

11. Ishga tushirish va sozlash ishlarini yakunlash.

2024-yil oktabr

12. Loyihani ishga tushirish.

2024-yil noyabr

5.

“Navoiyazot” AJ negizida metanolni qayta ishlash orqali polioksimetilen ishlab chiqarishni tashkil etish

400

1. Marketing tadqiqotlarini olib borish.

2021-yil fevral

Oʻzkimyosanoat” AJ (Mirzamahmudov), “Navoiyazot” AJ (Temirov)

2. Xorijiy investorlar va texnologiya litsenziarlaridan texnik-tijorat takliflarni olish.

2021-yil iyun

3. Moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2021-yil avgust

4. Loyihaning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish.

2021-yil sentabr

5. Loyihaning loyihaoldi hujjatlarini tarmoq ilmiy-texnik kengashida koʻrib chiqish.

2021-yil noyabr

6. Loyihani keyinchalik amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilish.

2022-yil mart

6.

“Navoiyazot” AJ negizida metanoldan monoetilenglikol (MEG) va dietilenglikol (DEG) ishlab chiqarishni tashkil etish

250

1. Marketing tadqiqotlarini olib borish.

2021-yil fevral

Oʻzkimyosanoat” AJ (Mirzamahmudov), “Navoiyazot” AJ (Temirov)

2. Xorijiy investorlar va texnologiya litsenziarlaridan texnik-tijorat takliflarni olish.

2021-yil iyun

3. Moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2021-yil avgust

4. Loyihaning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish.

2021-yil sentabr

5. Loyihaning loyihaoldi hujjatlarini tarmoq ilmiy-texnik kengashida koʻrib chiqish.

2021-yil noyabr

6. Loyihani keyinchalik amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilish.

2021-yil dekabr

7.

“Navoiyazot” AJ negizida metanolni qayta ishlash orqali nitron tolasi ishlab chiqarish

210

1. Marketing tadqiqotlarini olib borish.

2021-yil fevral

Oʻzkimyosanoat” AJ (Mirzamahmudov), “Navoiyazot” AJ (Temirov)

2. Xorijiy investorlar va texnologiya litsenziarlaridan texnik-tijorat takliflarni olish.

2021-yil iyun

3. Moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2021-yil avgust

4. Loyihaning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish.

2021-yil sentabr

5. Loyihaning loyihaoldi hujjatlarini tarmoq ilmiy-texnik kengashida koʻrib chiqish.

2021-yil noyabr

6. Loyihani keyinchalik amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilish.

2022-yil mart

8.

“Toshkent kislorod zavodi” DUK negizida tibbiyot kislorodini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish

2,0

1. Texnologik uskunalarni yetkazib kelish.

2021-yil fevral

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Mirzamahmudov), “Oxygen Tashkent” MCHJ (Gafurov)

2. Ishga tushirish va sozlash ishlarini yakunlash.

2021-yil mart

3. Loyiha doirasida barcha ishlarni yakunlash va loyihani ishga tushirish.

2021-yil mart

9.

“Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJda karbonat angidrid gazidan soda ishlab chiqarish

1,0

1. Qurilish maydonini tayyorlash va qurilish ishlarini olib borish.

2021-yil mart

“Oʻzkimyosanoat” AJ (J Mirzamaxmudov), “Qoʻngʻirotsoda zavodi” MCHJ (Rambergenov)

2. Texnologik uskunalarga buyurtma berish va yetkazib kelish.

2021-yil aprel

3. Texnologik uskunalarni oʻrnatish va sozlash.

2021-yil iyun

4. Loyiha doirasida barcha ishlarni yakunlash va loyihani ishga tushirish.

2021-yil iyun

10.

“Jizzax plastmassa” AJda polietilen qoplarni ishlab chiqarish (2-bosqich)

1,5

1. Texnologik uskunalarni yetkazib kelish.

2021-yil mart

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Mirzamahmudov), “Jizzax Plastmassa” AJ (Turakulov)

2. Ishga tushirish va sozlash ishlarini yakunlash.

2021-yil iyun

3. Loyiha doirasida barcha ishlarni yakunlash va loyihani ishga tushirish.

2021-yil sentabr

11.

Qoʻngʻirot tumanida xalqaro kimyo logistika markazi tashkil etish

6,7

1. Loyiha hujjatini ishlab chiqish.

2021-yil mart

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Mirzamahmudov)

2. Moliyalashtirishni ochish va qurilish maydonini tayyorlash.

2021-yil may

3. Texnologik uskunalarga buyurtma berish va yetkazib kelish.

2022-yil sentabr

4. Qurilish-montaj ishlarini olib borish.

2022yil oktabr

5. Texnologik uskunalarni oʻrnatish va sozlash.

2022-yil noyabr

6. Loyihani ishga tushirish.

2022-yil dekabr

12.

Qishloq xoʻjaligida oʻsimliklarni himoya qilishga moʻljallangan kimyoviy vositalar ishlab chiqarish

20,0

1. Loyiha hujjatini ishlab chiqish.

2021-yil aprel

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Mirzamahmudov)

2. Moliyalashtirishni ochish va qurilish maydonini tayyorlash.

2021-yil may

3. Texnologik uskunalarga buyurtma berish va yetkazib kelish.

2022-yil sentabr

4. Qurilish-montaj ishlarini olib borish.

2022-yil oktabr

5. Texnologik uskunalarni oʻrnatish va sozlash.

2022-yil noyabr

6. Loyihani ishga tushirish.

2022-yil dekabr

13.

Murakkab turdagi mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish

10,0

1. Loyiha hujjatini ishlab chiqish.

2021-yil aprel

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Mirzamahmudov)

2. Moliyalashtirish manbalarini aniqlash va qurilish maydonini tayyorlash.

2021-yil may

3. Texnologik uskunalarga buyurtma berish va yetkazib kelish.

2022-yil may

4. Qurilish-montaj ishlarini olib borish.

2022-yil iyun

5. Texnologik uskunalarni oʻrnatish va sozlash.

2022-yil oktabr

6. Loyihani ishga tushirish.

2022-yil noyabr

14.

“Navoiyazot” AJ negizida kaustik sodani chuqur qayta ishlab gidroksid kaliy ishlab chiqarish

30,0

1. Marketing tadqiqotlarini olib borish.

2021-yil fevral

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Mirzamahmudov)

2. Xorijiy investorlar va texnologiya litsenziarlaridan texnik-tijorat takliflarni olish.

2021-yil iyun

3. Moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2021-yil avgust

4. Loyihaning biznes-rejasini ishlab chiqish.

2021-yil sentabr

5. Loyihaning biznes-rejasini tarmoq ilmiy-texnik kengashida koʻrib chiqish.

2021-yil noyabr

6. Loyihani keyinchalik amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilish.

2022-yil mart

15.

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida karboksimetilsellyuloza asosida burgʻilash, qurilish, oziq-ovqat va tibbiyot uchun reagentlar ishlab chiqarish loyihasi (2-bosqich)

1,5

1. Texnologik uskunalarni sozlash

2021-yil fevral

“Oʻzkimyosanoat” AJ (Mirzamahmudov)

2. Loyihani ishga tushirish

2021-yil fevral

16.

Navoiyazot” AJ negizida karbamid-formaldegid smolasi ishlab chiqarishni tashkil etish

4,0

1. Qurilish ishlarini olib borish.

2021-yil mart

“Oʻzkimyosanoa?” AJ (Mirzamahmudov)

2. Texnologik uskunalarni oʻrnatish va sozlash ishlarini yakunlash.

2021-yil aprel-may

3. Barcha ishlarni yakunlab, loyihani ishga tushirish.

2021-yil iyun

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish mexanizmi va muddatlariga investorlar bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish shartlarini ishlab chiqish natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Loyihalarning parametrlariga loyihalar hujjatlari ishlab chiqilishi asosida oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy klasterni tashkil etish boʻyicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Ishchi guruh rahbari

2.

B.A. Musayev

Bosh vazirning oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

3.

G.K. Saidova

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari

4.

J.T. Mirzamahmudov

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi

5.

B.S. Yuldashev

Fanlar akademiyasi prezidenti

6.

B.E. Zakirov

qurilish vaziri

7.

A.S. Sultanov

energetika vaziri

8.

I.Yu. Abduraxmonov

innovatsion rivojlanish vaziri

9.

A.X. Toshkulov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

10.

O.Z. Nasritdinxodjayev

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

11.

B.K. Abdinazarov

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari

12.

Sh.A. Vafayev

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

13.

Sh.D. Kudbiyev

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

14.

M.B. Azimov

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

15.

A.J. Ortiqov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

16.

J.O. Ortiqxoʻjayev

Toshkent shahar hokimi

17.

D.A. Xidoyatov

Toshkent viloyati hokimi v.b.

18.

M.R. Abdullayev

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi

19.

B.Sh. Usmonov

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori

20.

Sh.A. Abidov

Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudiri, Ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida har tomonlama strategik hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2982-son qaroriga 1-ilovaning 59-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi “Kimyo sanoati tashkilotlarining eksport-import faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3246-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandning beshinchi xatboshisi “materiallar” soʻzidan keyin “tovarlar, xizmatlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshidan “bankning uch ish kuni davomida,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zarurat tugʻilganda, “Oʻzkimyoimpeks” MCHJning bank hisobvaragʻida jamgʻarib borilgan valyuta mablagʻlari, tuzilgan import shartnomalariga toʻlov sifatida hamda “Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlari tomonidan olingan kreditlarni soʻndirishga yoʻnaltirilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshi “materiallarni” soʻzidan keyin “tovarlarni, xizmatlarni” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3406-son qaroriga 2-ilovaning 3 va 5-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3997-son qaroriga 3-ilovaning 36-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4145-son qaroriga 3-ilovaning rus tilidagi matnida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21 — 25-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-pozitsiyaning “Naimenovaniye dokumenta” ustunidagi “udobreniy i melamina” soʻzlari “slojnix udobreniy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4256-son qaroriga 3-ilovaning 5-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-apreldagi “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4265-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-ilovaning 5 — 8, 11, 14, 18, 21, 24 — 28 va 30-31-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2-ilovaning 9 va 11-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4301-son qaroriga 3-ilovaning 3 — 5-pozitsiyalari hamda 4-ilovaning 7-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-maydagi “Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4308-son qaroriga 2-ilovaning 9, 16 va 18-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4553-son qaroriga 3-ilovaning 5, 10, 12 — 14-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 07/21/4992/0114-son; 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)