02.04.2019 yildagi PQ-4256-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24 — 26-mart kunlari Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi Oʻzbekiston va Amirliklarning doʻstlik hamda sheriklik munosabatlari tarixida yangi sahifa ochdi, keng qamrovli hamkorlikni kengaytirishga kuchli turtki berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiq, doʻstona va konstruktiv muhitda oʻtgan oliy darajadagi samarali muzokaralar, Abu-Dabi va Dubay shaharlarida oʻtkazilgan uchrashuvlar tomonlarning oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga boʻlgan intilishlari kuchayganligini yana bir bor tasdiqladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan Arab Amirliklarida ulkan investitsiya imkoniyatlari mavjudligini, ilgʻor texnologiyalarni ildam rivojlantirish, modernizatsiya qilish va samarali tatbiq etish, diversifikatsiya qilingan va barqaror iqtisodiyotni shakllantirishni taʼminlaydigan keng miqyosli investitsiya loyihalarini amalga oshirish sohasida katta tajribaga ega ekanligini eʼtiborga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi davomida eng muhim yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikni yanada faollashtirish chora-tadbirlari belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida Qoʻshma bayonot, 9 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, shuningdek, 10 milliard dollardan ortiq miqdorda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi bitimlar imzolandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari (keyingi oʻrinlarda — BAA) oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, innovatsion va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha imzolangan bitimlar va erishilgan kelishuvlarni soʻzsiz amalga oshirishni taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi davomida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirish boʻyicha Amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar, shuningdek, xavfsizlik sohasida oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha 2019-2020-yillarga moʻljallangan Amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi davomida imzolangan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy bitimlarni amalga oshirish boʻyicha Amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) 3-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi davomida imzolangan ikki tomonlama bitimlar hamda erishilgan kelishuvlarning oʻz vaqtida va soʻzsiz amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilishni taʼminlash mexanizmi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda mazkur qarorning 3-ilovasiga* kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Birlashgan Arab Amirliklariga oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash masalalari boʻyicha Ishchi guruh 5-ilovaga* muvofiq tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhning (S.U. Umurzoqov, Sh.A. Vafoyev) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imzolangan hujjatlarning soʻzsiz va sifatli bajarilishini doimiy hamda tizimli monitoring va nazorat qilishni, shu jumladan BAAda oliy darajada erishilgan kelishuvlar hamda ayrim hujjatlarning kuchga kirishi boʻyicha ichki davlat tartib-taomillarining oʻz vaqtida bajarilishini doimiy asosda monitoring va nazorat qilishni tashkillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”)ning soʻzsiz ijro etilishi boʻyicha masʼul ijrochilar — vazirlik, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan koʻrilayotgan amaliy choralar toʻgʻrisidagi hisobotlarni har oyda eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, innovatsion va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha imzolangan ikki tomonlama bitimlar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, ushbu masalalar boʻyicha Amirliklar tomoni, avvalo, Oʻzbekiston — BAA Hukumatlararo komissiyasi doirasida muntazam va samarali hamkorlikni tashkil qilishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki tomonlama hamkorlikning barcha yoʻnalishlari boʻyicha joriy masalalarni tezkorlik bilan hal etish va olgʻa siljitish, muzokaralar olib borish uchun tegishli vazirlik, idora va kompaniyalarning vakillari bilan birgalikda Ishchi guruh rahbariyatini Birlashgan Arab Amirliklariga muntazam xizmat safarlariga yuborib turish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2019-2020-yillarda BAA bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlik loyihalari va dasturlarini oʻz vaqtida hamda toʻliq hajmda amalga oshirish boʻyicha vazirlik va idoralarning ishlari samarali muvofiqlashtirilishini, shuningdek, Amirliklar tomoni bilan oʻzaro sermahsul hamkorlikni taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari Sh.A. Vafoyev faoliyatining asosiy vazifasi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sh.A. Vafoyev faoliyatining aniq natijalari hisobot yili yakunlari boʻyicha koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Masʼul ijrochilar — vazirlik, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro.gov.uz” tizimidan foydalangan holda tarmoq jadvallarini va mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalarini oʻz vaqtida va sifatli bajarishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot oyidan keyingi har oyning 3-sanasiga qadar tarmoq jadvallari va mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalari ijrosi yuzasidan maʼlumotlarni tegishliligi boʻyicha Tashqi ishlar vazirligiga — 1 va 2-ilovalarga* muvofiq, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga — 3-ilovaga* muvofiq taqdim etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hisobot oyidan keyingi har oyning 7-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasiga tarmoq jadvallari va mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalarining ijrosi boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi hisobot oyidan keyingi har oyning 10-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatiga mazkur qaror hamda tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalari ijrosining tanqidiy tahlilini taqdim etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi va BAA oʻrtasidagi investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlik loyihalarini sifatli tayyorlash va amalga oshirish boʻyicha tizimli hamda uzluksiz ishlarni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining BAAda vakolatxonasi “UzFDI” (keyingi oʻrinlarda — “UzFDI”) tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “UzFDI”ning tashkiliy tuzilmasi ushbu qarorning 6-ilovasiga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 6-ilovalar rus tili matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda “UzFDI”ning xarajatlar smetasi, uni budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtirish manbalari, xodimlarga haq toʻlash (shu jumladan, aniq faoliyat natijalari uchun mukofotlash) va moddiy-texnik taʼminoti darajasi koʻrsatilgan holda hukumat qarori loyihasini kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda barcha tashkiliy masalalar hal etilishini, vakolatxona malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini va BAAda “UzFDI” faoliyat boshlashini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari hamda davlat ulushi 50 foizdan oshadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning xorijiy davlat idoralari, chet el hukumat moliya tashkilotlari va xalqaro moliya institutlari bilan investitsiyaviy masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlikdagi harakati faqat Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi orqali, xorijiy kompaniyalar va salohiyatli investorlar bilan hamkorlik yoʻnalishlari va loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan majburiy kelishish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 2-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4256-son