29.08.2017 yildagi PQ-3246-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimyo sanoati tashkilotlarining eksport-import faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimyo sohasining eksport salohiyatini kengaytirish, “Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan eksport va import operatsiyalarining shaffofligini taʼminlash, raqobatdosh mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish samaradorligini oshirish va belgilangan maqsadli parametrlarga erishish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3236-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Kimyo sanoatini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzkimyosanoat” AJ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 1-ilovaga muvofiq “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida tashqi savdo kompaniyasi — “Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlari ishtirokida “Oʻzkimyoimpeks” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Oʻzkimyoimpeks” MCHJning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chuqur marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, kimyo sanoati mahsulotiga jahon konyunkturasi tendensiyalarini oʻrganish va shu asosda mahsulot sotiladigan istiqbolli xorijiy bozorlarni aniqlash va eksportga mahsulot yetkazib berish geografiyasini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, shu jumladan zamonaviy logistika tizimini keng tatbiq etish, chet ellarda savdo uylari va vakolatxonalar tashkil etish, ularga konsignatsiya va boshqa shakllardagi shartnomalar asosida tovarlar joʻnatib turish yoʻli bilan shunday mahsulotlarni xorij bozorlarida sotishni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida oʻtkaziladigan tender (tanlov) savdolarida, xalqaro savdo-sanoat koʻrgazmalarida, yarmarka va boshqa shunga oʻxshash tadbirlarda mahsulotni keng namoyish etishni taʼminlash va uning sotilishini ragʻbatlantirish, kimyo sohasining eksport salohiyati toʻgʻrisidagi axborotni ommalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda chet ellardan uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar tovarlar, xizmatlar xarid qilishni tashkillashtirish;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 07/21/4992/0114-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishonchli xorijiy xaridorlar bilan uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish, kimyoviy mahsulotlar eksporti hamda “Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar importi boʻyicha ular bilan shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish boʻyicha takliflar va marketing hisobotlarini tayyorlagan holda kimyo sanoati mahsulotlariga boʻlgan talab tendensiyalari va mahsulot sotiladigan istiqbolli bozorlarni oʻrganib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyo sanoati mahsulotlarining narxlarini tahlil qilish, tashqi bozorlarning oʻzgaruvchan konyunkturasini hisobga olgan holda eng foydali narxda va yoʻnalishlarda mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport boʻyicha sotilgan mahsulotlar uchun mablagʻlarning oʻz vaqtida kelib tushishini, shuningdek, import qilinayotgan uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda yetkazib berilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlariga ularning mahsulotlarini eksportga chiqarishda, eksport oldidan moliyalashtirish shaklida, shu jumladan, tijorat banklarining kreditlarini jalb etish hisobiga tashkilotlarni avans bilan taʼminlash orqali ularga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy va jahon bozorlarining oʻzgarayotgan konyunkturasiga tezkor munosabat bildirmoq, eksportchi korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulotlarga chet ellardan salohiyatli xaridorlarni izlash, kimyo mahsulotlarini eksportga chiqarishda zamonaviy logistika tizimini keng joriy etish, shuningdek mahalliy korxonalarda raqobatdosh, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga xorijiy hamkorlar buyurtmalarini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan kimyo sanoat mahsulotlarini tashqi bozorlarda himoya qilish, jumladan, mahsulot belgisidan va boshqa intellektual mulk obyektlaridan foydalanish orqali boʻladigan nohalol raqobatchilikka qarshi harakat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlarining boʻsh turgan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida qayta ishlash (tolling) operatsiyalarini amalga oshirish boʻyicha xorijiy kompaniyalarni jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzkimyoimpeks” MCHJning boshqaruv xodimlari cheklangan umumiy soni 45 nafardan iborat boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJ direktori lavozimga jamiyat taʼsischilari umumiy yigʻilishida belgilangan tartibda tayinlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga, zarurat boʻlganda, bajarilayotgan vazifalar va amalga oshirilayotgan eksport-import operatsiyalari hajmini hisobga olgan holda taʼsischilarning umumiy yigʻilishida kelishilgan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJ faoliyatining samarali tashkil etilishi boʻyicha — “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi A.A. Abdullayev zimmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻla hajmdagi kontraktatsiya hamda shartnoma tuzilgan paytda eksport va import qilinayotgan mahsulotlarning narxlari jahon konyunkturasiga muvofiqligi, shuningdek, marketing tadqiqotlari har tomonlama va sifatli oʻtkazilishi uchun — “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ direktori zimmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomada nazarda tutilgan zarur hajmlarda va muddatlarda eksport qilinadigan mahsulot bilan taʼminlash boʻyicha — “Oʻzkimyosanoat” AJ tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ ijara sharti bilan Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 38-uyda joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzkimyosanoat” AJ bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJning nizomini va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJning ijro etuvchi apparati tasdiqlangan tuzilma va shtatlar jadvaliga muvofiq, zamonaviy menejment va marketing metodlarini egallagan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJning vositachilik mukofoti miqdori mahsulot eksportini amalga oshirishda kontrakt (shartnoma) qiymatining 2 foizini, importda esa kontrakt (shartnoma) qiymatining 1 foizini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot eksportidan kelib tushayotgan valyuta mablagʻlari keyinchalik “Oʻzkimyoimpeks” MCHJning vositachilik mukofot pullari chiqarib tashlanib, “Oʻzkimyosanoat” AJ ishlab chiqaruvchi tashkilotlarining bank hisobvaraqlariga oʻtkazilgan holda, “Oʻzkimyoimpeks” MCHJning bank hisobvaragʻida jamgʻarib boriladi.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 07/21/4992/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat tugʻilganda, “Oʻzkimyoimpeks” MCHJning bank hisobvaragʻida jamgʻarib borilgan valyuta mablagʻlari, tuzilgan import shartnomalariga toʻlov sifatida hamda “Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlari tomonidan olingan kreditlarni soʻndirishga yoʻnaltirilishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 07/21/4992/0114-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJning tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda tushumning kelib tushishi yoki eksport operatsiyalari boʻyicha qaytarib olib kirish muddati tovarlar amalda eksport qilingan kundan boshlab uzogʻi bilan 90 kundan oshmasligi kerak;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlarining valyuta tushumi birinchi galda davlat kafilligida jalb etilgan kreditlar boʻyicha majburiyatlarni bajarishga, shuningdek, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni, tovarlarni, xizmatlarni “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ orqali xarid qilishga yoʻnaltiriladi.
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 07/21/4992/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzkimyoimpeks” MCHJga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotni eksport qilishga va komissiyalar shartnomalari asosida “Oʻzkimyoimpeks” MCHJning xorijdagi savdo uylariga mahsulot yetkazib berishni amalga oshirishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlarining buyurtmasiga asosan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni, tovarlarni, xizmatlarni xorijdan xarid qilishga toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktlar (shartnomalar) tuzishga ruxsat berilsin.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 07/21/4992/0114-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzkimyoimpeks” MCHJga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJning xorijdagi savdo uylari manzillariga mineral oʻgʻitlarni ularni ishlab chiqarish va foydalanish balansi bilan tasdiqlangan hajmlar doirasida hamda konsignatsiya shartlariga binoan boshqa kimyoviy mahsulotlarni joʻnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat haqlari eksportga sotilgan mahsulot hajmiga qarab toʻlanadigan, mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqishga qodir boʻlgan, ularning xorijiy mutaxassislarni ishga jalb etish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bir oy muddatda “Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlarining mahsulotlariga tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazsin va mazkur qarorda qoʻyilgan maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishda koʻmaklashsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Oʻzkimyosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 29-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3246-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3246-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJ ishtirokchilarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tashkilotlarning nomlanishi

Ustav fondiga qoʻshgan ulush miqdori, foizda

1.

“Oʻzkimyosanoat” AJ

85,0

2.

“Navoiyazot”AJ

5,0

4.

“Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi” MCHJ

5,0

Jami

100,0

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Ustav fondining 81 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi ulushi saqlanib qolishi hisobiga”Oʻzkimyosanoat” AJning boshqa tashkilotlarining mulk shakli oʻzgarishiga qarab, ular ham”Oʻzkimyoimpeks” MCHJ ishtirokchilari tarkibiga kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) “Oʻzkimyosanoat” AJning “Oʻzkimyoimpeks” MCHJ ustav fondiga ulushi tovar belgisidan foydalanish huquqini topshirish tarzida kiritiladi. “Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlarining ulushi mineral oʻgʻitlarning tegishli hajmlari hisobidan shakllantirilishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-242-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 07/23/242/0556-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3246-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyoimpeks” MCHJ ijro apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Taftish komissiyasi

Taʼsischilarning umumiy yigʻilishi

Ichki audit xizmati

Direktor

Marketing boʻyicha direktor oʻrinbosari

Moliya va maʼmuriy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari

Yuridik byuro

2 nafar

Nazorat boʻlimi

2 nafar

Marketing va istiqboldagi jahon bozorlari konyunkturasini oʻrganish boʻlimi

5 nafar

Moliya va kontrakt majburiyatlarini bajarish boʻlimi

6 nafar

Xodimlarni boshqarish boʻlimi

1 nafar

Buxgalteriya

2 nafar

Protokol xizmati

2 nafar

Kimyo mahsulotlari eksporti boʻlimi

7 nafar

Axborot texnologiyalari xizmati

1 nafar

Maxsus xizmat

1 nafar

Tashqi xaridlar boʻlimi

7 nafar

Ofis-menejer

1 nafar

Logistikani tashkil qilish boʻlimi

4 nafar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 45 nafar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)