Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2024 10.04.2013 yildagi O‘RQ-348-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni

“Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 7-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013-yil 28-martda maqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi 2024-yil 19-yanvardagi OʻRQ-900-sonli “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 21-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi 818–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 215-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda; 2007-yil, № 4, 155-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 10-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ—348-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(yangi tahriri)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari fuqarolar hayoti va sogʻligʻi muhofaza etilishini, ularning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki, shuningdek atrof muhit himoya qilinishini taʼminlashdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl — transport vositalarining harakatlanishi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan va foydalaniladigan yer polosasi yoxud sunʼiy inshoot yuzasi. Yoʻl avtomobil yoʻllarini, shahar elektr transporti yoʻllarini va yoʻlkalarni oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati — odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yoʻllar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati qatnashchisi — yoʻl harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yoʻlovchisi yoki piyoda sifatida bevosita ishtirok etayotgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligi — yoʻl harakati qatnashchilarining yoʻl-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yoʻl harakati holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-transport hodisasi — transport vositasining yoʻlda harakatlanishi jarayonida roʻy bergan, fuqarolarning halok boʻlishiga yoki sogʻligʻiga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishiga yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab boʻlgan hodisa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash — yoʻl-transport hodisalari yuzaga kelishi sabablarining oldini olishga, bunday hodisalar oqibatlarining ogʻirligini kamaytirishga qaratilgan faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakatini tashkil etish — yoʻllarda harakatni boshqarish boʻyicha huquqiy, tashkiliy-texnikaviy tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasi — odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga moʻljallangan qurilma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasining egasi — transport vositasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashning asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar hayoti va sogʻligʻi muhofazasining, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari, shuningdek atrof muhit himoyasining ustuvorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlarning ustuvorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha faoliyatning tizimliligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi davlat boshqaruvi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish tashkiloti;
(5-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati qoidalarini hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va yoʻl harakatini tashkil etish masalalariga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, shuningdek ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(6-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalari va yoʻllarning texnik holatiga, yoʻllarda va temir yoʻllarni kesib oʻtish joylarida yoʻl harakati xavfsizligiga doir yagona talablarni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarining haydovchilarini (bundan buyon matnda haydovchilar deb yuritiladi) tayyorlashga, shuningdek aholiga yoʻllarda yurish-turish xavfsizligi qoidalarini oʻrgatishga doir umumiy talablarni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchilarni, transport vositalarini, yoʻl harakati qoidalarining buzilishini, yoʻl-transport hodisalarini va boshqa koʻrsatkichlarni hisobga olishning yagona tizimini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha davlat dasturlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligi tibbiy jihatdan taʼminlanishini, shuningdek yoʻl-transport hodisalarida jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, aholiga yoʻllarda yurish-turish xavfsizligi qoidalarini oʻrgatish, yoʻl harakati xavfsizligini targʻib qilish hamda ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlardagi, shaharchalar va qishloq aholi punktlaridagi koʻchalarning, yoʻlkalarning hamda yoʻl harakatini tartibga solish vositalarining, shuningdek shahar elektr transporti yoʻllarining jihozlanishi va soz holatda saqlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

avtomobillarda tashish xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil transportida yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(8-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish tashkilotining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi vakolatlari
(9-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish tashkiloti:
(9-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlashda yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga qarashli avtomobil yoʻllarida transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun bu yoʻllarning soz holatda saqlanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati qatnashchilarini yoʻl qoplamasining holati, gidrometeorologik va boshqa sharoitlar toʻgʻrisidagi zarur axborot bilan taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllarida yoʻl harakatini tartibga solish vositalari, tezkor aloqa tizimi qurilishini va mazkur yoʻllarning ushbu vositalar va tizim bilan jihozlanishini amalga oshiradi hamda ularning saqlanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllarining harakatlanish uchun xavfli uchastkalarini aniqlaydi va bu uchastkalarda yoʻl harakatini tashkil etishni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogʻir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining qatnov yoʻnalishlarini belgilashda ishtirok etadi, shuningdek yoʻl servisi obyektlarini joylashtirishga rozilik beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish tashkiloti qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati qatnashchilarining ushbu Qonunga, Yoʻl harakati qoidalariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga oid qismiga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(10-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogʻir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining qatnov yoʻnalishlarini belgilashda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalari boʻyida joylashgan AYoQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalariga rozilik beradi;
(10-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishdagi transport vositalarining texnik holati ustidan nazoratni amalga oshiradi, transport vositalarining majburiy texnik koʻrigini oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻllarning va temir yoʻllarni kesib oʻtish joylarining saqlanishi, ularning yoʻl harakatini tartibga solish vositalari bilan jihozlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlmagan yoʻllardan va temir yoʻllarni kesib oʻtish joylaridan foydalanishni taqiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarining, yoʻl harakati qoidalari buzilishining hamda yoʻl-transport hodisalarining hisobini va roʻyxatini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq oʻzining vakolat doirasiga kiritilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.
(10-modda birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va nodavlat notijorat tashkilotlarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishdagi ishtiroki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlariga, maxsus vakolatli davlat organlariga yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirish hamda normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-transport hodisalarining oldini olish boʻyicha tadbirlarda ishtirok etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi qarorlar ishlab chiqilishida qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etishga haqli.
(11-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Transport vositalari egalarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasidagi majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalarining egalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik jihatdan soz transport vositalaridan foydalanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarini tegishli malakaga ega boʻlgan va tibbiy koʻrikdan oʻtgan shaxslar boshqarishiga ijozat berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz fuqarolik javobgarligini qonunchilikka muvofiq majburiy sugʻurta qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikka va ekologik xavfsizlik talablariga rioya etishi shart.
(12-moddaning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Yoʻllarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilishga, taʼmirlash va saqlashga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻllarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Qurilgan va rekonstruksiya qilingan yoʻllarning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli organlar tomonidan aniqlanadi.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihalash bosqichida yoʻllarning yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi uchun javobgarlik loyihani bajaruvchining, qurish va rekonstruksiya qilish bosqichlarida esa ishlarni bajaruvchining zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻllarni taʼmirlash va saqlashda ularning holati yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini taʼminlash boʻyicha majburiyat yoʻllar qaysi yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida boʻlsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasarrufida yoʻllar boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida yoʻl sharoitlari tufayli yoʻl harakati qatnashchilariga va transport vositasiga yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda mazkur shaxslar tomonidan qoplanishi kerak.
(13-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Yoʻllarda servis obyektlarini qurish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasarrufida yoʻllar boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar nazarda tutilgan servis obyektlarini loyihalash normalariga, qurilish rejalariga va ushbu obyektlarni joylashtirishning bosh sxemalariga muvofiq bu yoʻllarda mazkur obyektlarni qurish chora-tadbirlarini koʻradi, yoʻl harakati qatnashchilarining ehtiyojlarini qanoatlantirish va ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida servis obyektlarining ishini tashkil etadi, yoʻl harakati qatnashchilariga bunday obyektlarning mavjudligi hamda eng yaqin sogʻliqni saqlash va aloqa muassasalarining joylashuvi haqida, shuningdek yoʻllarning tegishli uchastkalaridagi xavfsiz harakatlanish sharoitlari toʻgʻrisida axborot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Yoʻllarda harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻllarda harakatlanishni cheklash yoki taqiqlashga qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Transport vositalariga, ular konstruksiyalarining tarkibiy qismlariga, ehtiyot qismlarga va anjomlarga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalari, ular konstruksiyalarining tarkibiy qismlari, ehtiyot qismlar va anjomlar yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi hamda qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda albatta sertifikatlashtirilishi kerak.
(16-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Transport vositalarining texnik holatiga va uskunalariga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakatida foydalaniladigan transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanishda boʻlgan va belgilangan tartibda roʻyxatga olingan transport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalarining majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlashga oid talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha ishlarni bajarayotgan hamda xizmatlar koʻrsatayotgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bu ishlarni (xizmatlarni) yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi texnik nosozliklar mavjud boʻlganda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalarining texnik nosozliklari roʻyxati va bunday nosozliklar mavjud boʻlganda ulardan foydalanishni taqiqlaydigan shartlar Yoʻl harakati qoidalarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining bunga vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(19-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan yuridik shaxslarga qoʻyiladigan asosiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan yuridik shaxslar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchilarning ishini yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlovchi talablarga muvofiq tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchilarning qonunchilikda belgilangan mehnat qilish va dam olish tartibiga rioya etadi;
(20-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchilarning malakasini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi texnik nosozliklar mavjud boʻlganda transport vositalaridan foydalanishga yoʻl qoʻymaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga tegishli transport vositalari ishtirokida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalarining va yoʻl harakati qoidalari buzilishlarining sabablarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash muassasalari xodimlarini jalb etgan holda haydovchilarning tibbiy koʻriklarini, haydovchilarning yoʻl-transport hodisalarida jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha koʻnikmalarini takomillashtirishga doir tadbirlarni tashkil etadi va oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha qonunchilikda belgilangan majburiyatning bajarilishini taʼminlaydi;
(20-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarining but saqlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil transportida yoki yer usti shahar elektr transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk tashish faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq, tashishning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida haydovchilarga nisbatan qoʻshimcha talablar qoʻyishi mumkin.
(20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar transport vositalarining soniga bogʻliq holda yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha xizmatlarni tashkil etadi yoki lavozimlar joriy etadi. Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining sonini aniqlash normativlari qonunchilikda belgilanadi.
(20-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar tomonidan oʻtkaziladigan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga doir tadbirlarni moliyalashtirish ish beruvchining mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(20-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan yuridik shaxslarning xodimlarini oʻqitish, mazkur xodimlar malakasini oshirish, ularga yoʻl-yoʻriq koʻrsatish va ularning bilimlarini tekshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan yuridik shaxslarning xodimlarini yoʻl harakati xavfsizligi masalalari boʻyicha oʻqitish, mazkur xodimlar malakasini oshirish, ularga yoʻl-yoʻriq koʻrsatish va ularning bilimlarini tekshirish ish beruvchi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchi haydovchilarga yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha: ishga qabul qilishda (dastlabki), reys oldidan (reys oldi), maxsus, mavsumiy va qoʻshimcha (navbatdan tashqari) yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatilishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan yuridik shaxslarning yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dasturlar boʻyicha vaqti-vaqti bilan, uch yilda kamida bir marta oʻz malakasini oshirib, malaka imtihoni topshirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan haydovchilarning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan haydovchilar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchidan harakat yoʻnalishi, tashiladigan yuk, oʻz hayoti va sogʻligʻiga nisbatan mavjud boʻlgan tahdid toʻgʻrisida, shuningdek tashishni amalga oshirish chogʻida zararli va (yoki) xavfli omillar taʼsiridan oʻzining himoya qilinishiga doir chora-tadbirlar haqida ishonchli axborot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan talablarga muvofiq shaxsiy himoya vositalari, maxsus kiyim-bosh bilan taʼminlanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha sharoitlarni yaxshilash bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz hayoti va sogʻligʻiga tahdid soladigan vaziyat yuzaga kelganda bevosita rahbarni yoki ish beruvchining boshqa vakilini bu haqda xabardor qilgan holda tashishni bajarishni rad etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligi sohasida malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorgarlikdan oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat vazifalarini bajarishi chogʻida oʻz sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi huquqqa xilof qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan haydovchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Yoʻl harakati xavfsizligini tibbiy jihatdan taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati xavfsizligini tibbiy jihatdan taʼminlash haydovchilarni majburiy ravishda dastlabki va davriy tibbiy koʻriklardan, shu jumladan reys oldidan tibbiy koʻriklardan oʻtkazish, shuningdek yoʻl-transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish, yoʻl harakati qatnashchilariga, ichki ishlar organlarining, boshqa ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarning mansabdor shaxslariga va aholiga yoʻl-transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam koʻrsatish usullarini vaqti-vaqti bilan oʻrgatish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl-transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan joyning oʻzida tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam koʻrsatishdan, shuningdek yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan joyning oʻzida, davolash-profilaktika muassasasiga olib borilayotganda va davolash-profilaktika muassasasida malakali tibbiy yordam koʻrsatishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy koʻriklarni oʻtkazish hamda yoʻl-transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish tartibi, shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun transport vositasining salonida turishi shart boʻlgan zarur tibbiy ashyolar roʻyxati, shuningdek transport vositalarini boshqarishni taqiqlovchi, tibbiy koʻrsatmalarga zid holatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Yoʻl harakati xavfsizligini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati xavfsizligini tashkil etish qoʻllanilishi yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan hamda yoʻl harakatini tashkil etish loyihalari va sxemalarida nazarda tutilgan tartibga solishning texnik vositalaridan hamda ularning konstruksiyalaridan kompleks foydalanish asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlaridagi yoʻl harakatining yagona tartibi Yoʻl harakati qoidalarida belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi yoʻllarida transport vositalarining oʻng tomonlama harakatlanishi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakatining tashkil etilishini yoʻllarning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish yoki boshqa maqsadlar uchun yoʻl harakati xavfsizligi darajasini pasaytirish hisobiga oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Yoʻl harakati xavfsizligi holatining asosiy koʻrsatkichlarini shakllantirish, hisobini yuritish va ulardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati xavfsizligi holatining asosiy koʻrsatkichlarini shakllantirish, hisobini yuritish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Yoʻl harakati qatnashchilarining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati qatnashchilarining yoʻllarda harakatlanishning xavfsiz sharoitlariga boʻlgan huquqlari davlat tomonidan kafolatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati qatnashchilarining oʻz huquqlarini amalga oshirishi yoʻl harakati boshqa qatnashchilarining huquqlarini cheklamasligi yoki buzmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati qatnashchilari quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq yoʻllarda erkin va moneliksiz harakatlanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda nazarda tutilgan oʻz huquqlarining cheklanishi yoki buzilishi sabablari toʻgʻrisida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslaridan tushuntirishlar olish;
(26-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanishning xavfsiz sharoitlari toʻgʻrisida, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq mahsulotlar va xizmatlarning sifati haqida toʻliq hamda ishonchli axborot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlganda qonunchilikka muvofiq zimmasiga bepul tibbiy yordam koʻrsatish, qutqaruv ishlari olib borish va boshqa shoshilinch yordam koʻrsatish majburiyati yuklatilgan tashkilotlar va mansabdor shaxslardan shunday yordamlar olish;
(26-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-transport hodisasi oqibatida ular tan jarohati olgan, transport vositasi va yuk shikastlangan hollarda qonunchilikda belgilangan tartibda zararning oʻrni qoplanishi, shuningdek maʼnaviy ziyon uchun kompensatsiya olish;
(26-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi qonunga xilof qarorlari, shuningdek ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl belgilarini, chiziqlarini, svetoforlarni oʻzgartirish va oʻrnatish yuzasidan, yoʻl qoplamasining holati haqidagi takliflar hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash masalalariga doir boshqa takliflar bilan tegishli organlarga murojaat etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati qatnashchilari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(26-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati qatnashchilarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun, Yoʻl harakati qoidalari talablariga va yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisidagi boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish;
(26-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati qatnashchilarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(26-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Transport vositalarini boshqarish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mototsikllar, motorollerlarni va boshqa mototransport vositalarini boshqarish huquqi — oʻn olti yoshga toʻlgan shaxslarga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat etilgan eng koʻp ogʻirligi 3500 kilogrammdan hamda oʻrindiqlar soni haydovchining oʻrindigʻidan tashqari sakkiztadan oshmaydigan avtomobillarni boshqarish huquqi, taksi bundan mustasno — oʻn sakkiz yoshga toʻlgan shaxslarga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat etilgan eng koʻp ogʻirligi 3500 kilogrammdan oshadigan yuk avtomobillarini boshqarish huquqi — oʻn sakkiz yoshga toʻlgan shaxslarga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taksi tariqasida foydalaniladigan avtomobillarni, shuningdek yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan va haydovchining oʻrindigʻidan tashqari sakkiztadan ortiq oʻrindigʻi boʻlgan avtomobillarni, tramvaylar va trolleybuslarni boshqarish huquqi — yigirma bir yoshga toʻlgan shaxslarga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalari sostavlarini boshqarish huquqi — ushbu qismning uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga transport vositalarini boshqarish staji oʻn ikki oydan kam boʻlmagan taqdirda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalarini boshqarish huquqi tibbiy tekshiruvdan oʻtgan va malaka imtihonlarini topshirgan shaxslarga beriladigan, belgilangan namunadagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka imtihonlarini topshirish va transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan talablarga mos keladigan milliy va xalqaro haydovchilik guvohnomalari amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Haydovchilarni tayyorlashga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun malaka imtihonlarini topshirishga tegishli toifadagi haydovchilar tayyorlashning oʻquv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan hajmda tegishli tayyorgarlikdan oʻtgan shaxslar qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli toifalardagi haydovchilarni tayyorlashning yagona dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Transport vositalarini boshqarish huquqining bekor qilinishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalarini boshqarish huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchining sogʻligʻi transport vositasini xavfsiz boshqarishga monelik qiladigan tarzda yomonlashganligi tibbiy xulosa bilan tasdiqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilganda. Transport vositalarini boshqarish huquqidan javobgarlik chorasi sifatida mahrum etishga sabab boʻladigan huquqbuzarliklarning turlari qonunchilikda belgilanadi. Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish sud tomonidan qoʻllaniladi.
(29-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(30-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)