11.07.2017 yildagi PQ-3127-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, shuningdek yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashning quyidagi asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan — yoʻl harakati xavfsizligi respublika, oʻrta va quyi boʻlinmalari faoliyatini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tartibini oʻrnatish, bunda ularning asosiy vazifalari va funksiyalari, rahbarlar va xodimlarning oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun shaxsiy javobgarligi aniq belgilanishi va taqsimlanishini nazarda tutish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan — yoʻllarda, ayniqsa Toshkent shahrida yoʻl-transport hodisalarining sodir etilishi va tirbandlikning hosil boʻlishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni tizimli ravishda kompleks tahlil qilish va bartaraf etish asosida yoʻl harakati qoidalari buzilishi profilaktikasi, yoʻl-transport hodisalari va yoʻllar bandligining oldini olish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan — huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ularga chek qoʻyishning, nazoratning yuqori samaradorligini taʼminlovchi yoʻl harakatini avtomatlashtirilgan tarzda tartibga solish, videokuzatuv va yoʻl harakati qoidalari buzilishini qayd etish tizimlarini, boshqa texnik vositalarni, avvalo viloyat markazlarida yanada kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan — yoʻllarni saqlash va ularni yoʻl belgilari, axborot koʻrsatgichlari, yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalari bilan jihozlash boʻyicha oʻrnatilgan talablarga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan — fuqarolar orasida yoʻl harakati ishtirokchilarining yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirishga qaratilgan samarali tushuntirish ishlari tizimini, shu jumladan aholi orasida targʻibot-tashviqot ishlarining shakl va usullarini kengaytirish hamda takomillashtirish orqali rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan — yoʻl harakati ishtirokchilarining huquqlariga soʻzsiz rioya etilishini, ularning shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishini, xizmatni oʻtash vaqtida muomala madaniyati va odob-axloq qoidalariga qatʼiy amal qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchidan — yoʻl-patrul xizmati xodimlarining xizmat vazifalarini lozim darajada bajarishi ustidan nazoratni korrupsiya va vakolatini suiisteʼmol qilish holatlarini istisno etadigan tarzda kuchaytirish, shuningdek kadrlarni tanlash, ularni kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlashning taʼsirchan mexanizmini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchidan — davlat xizmatlarini koʻrsatishning soddalashtirilgan tartib-taomillarini nazarda tutuvchi hamda maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishning shaffofligini taʼminlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining “Uzavtoyoʻlbelgi” davlat unitar korxonasini tashkil etish (keyingi oʻrinlarda — “Uzavtoyoʻlbelgi” DUK) hamda standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllari uchun yoʻl belgilari, axborot koʻrsatgichlari, yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarishni uning asosiy vazifasi etib belgilash haqidagi taklifi maʼqullansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2022-y., 07/22/190/0268-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qayd etilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2776-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini, shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining pudratchi tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada yoʻl belgilari, axborot koʻrsatkichlari, yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarish raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga toʻliq rioya qilgan holda tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2022-y., 07/22/190/0268-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzavtoyoʻlbelgi” DUKning taʼsischisi Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Uzavtoyoʻlbelgi” DUKga, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan mazkur qarorga asosan mahsulot sotib olish va yetkazib berish hamda xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarni tanlov (tender) savdolarini oʻtkazmasdan tuzishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzqurilishmateriallari” AJ “Uzavtoyoʻlbelgi” DUKning asoslangan hisob-kitoblariga binoan yoʻl belgilari, axborot koʻrsatgichlari, yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini, shuningdek ularni mustahkamlash uchun oʻrnatish konstruksiyalarini ishlab chiqarish uchun tartibga solinadigan narxlar boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali metall prokati va sement ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat banklari bilan birgalikda “Uzavtoyoʻlbelgi” DUKning asoslangan buyurtmanomalari boʻyicha asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, materiallar, jihozlar, xom ashyo, texnologik hujjatlar, texnika, dasturiy mahsulotlar va boshqa vositalarni sotib olish uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlarini konvertatsiya qilish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda “Uzavtoyoʻlbelgi” DUK faoliyatini tashkil etish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Oʻrnatilgan yoʻl belgilarini xatlovdan oʻtkazish, ularni bosqichma-bosqich zamonaviy yuqori intensiv (nur qaytaruvchi) qoplamali yoʻl belgilari bilan almashtirish, shuningdek uzoq muddat foydalaniladigan barqaror yoʻl chiziqlarini chizish uchun maxsus texnika va asbob-uskunalar sotib olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda xalqaro va davlat ahamiyatiga molik yoʻllar uchun 900 mm, boshqa yoʻllar uchun — 700 mm oʻlchamdagi metall korpusli va yuqori intensiv (nur qaytaruvchi) qoplamali yoʻl belgilarini ishlab chiqarish, shuningdek yaqin joylashgan obyektlar xususiyatlari va qatnov qismining uzoqligini inobatga olgan holda ularning aniq koʻrinishi uchun sharoit yaratish imkoniyatini beruvchi konstruksiyalarga mustahkamlashni nazarda tutgan holda yoʻl harakati sohasida standartlashtirish boʻyicha yangilangan normativ hujjatlar tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2022-y., 07/22/190/0268-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maxsus ekspluatatsiya-montaj boshqarmasi qoshidagi “Uzavtomotobelgi” shuʼba korxonasi “Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasiga (keyingi oʻrinlarda — “Uzavtomotobelgi” DUK) oʻzgartirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati “Uzavtomotobelgi” DUKning taʼsischisi hisoblanadi;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzavtomotobelgi” DUK “Uzavtomotobelgi” shuʼba korxonasining shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda belgilangan tartibda “Uzavtomotobelgi” DUKning tuzilmasi va ustavini tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 2017-yil 1-sentabrdan eʼtiboran avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan davlat roʻyxat raqamlarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha, shu jumladan kimoshdi savdosini oʻtkazish yoʻli bilan tanlash tartibi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. 2018-yil 1-yanvardan eʼtiboran avtotransport vositasidan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, avtotransport vositasining ijara, tekin foydalanish, garov, lizing shartnomalarini fuqarolar tomonidan ichki ishlar organlarining tegishli yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmalarida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi talab notariuslar tomonidan ularning elektron shaklini joʻnatish tartibini oʻrnatgan holda bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida kompyuterlashtirilgan tizimni kengaytirish, shuningdek uni Nukus shahri va viloyat markazlarida joriy qilish orqali yoʻl harakati xavfsizligini boshqarishning yagona markazlashtirilgan axborot-kompyuter tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ularga chek qoʻyish, avtomobil harakati ustidan samarali nazoratni taʼminlash maqsadida yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarini maqbullashtirish, ularni belgilangan namunaviy sxema boʻyicha bosqichma-bosqich rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, moddiy-texnik jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-yanvardan eʼtiboran yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmalarining jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarini, yuk, yoʻlovchi va maxsus transport vositalari bundan mustasno, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha funksiyalarini yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlariga bosqichma-bosqich ular koʻrsatadigan xizmatlar uchun qatʼiy narxlar hamda ichki ishlar organlari bilan oʻzaro hamkorlikka oid talablarni oʻrnatgan holda oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-patrul xizmati maxsus asbob-uskunalari va avtomobil texnikasini uzluksiz yangilab borish uchun har yili 55 ta belgilangan tartibda jihozlangan avtotransport vositalari, 600 ta jezl, 500 ta radiostansiya va boshqa vositalarni xarid qilish haqidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Toshkent shahrida, Samarqand va Xorazm viloyatlarida tajriba tariqasida yoʻl-patrul xizmati mototsikldagi guruhlari tuzilsin va ularga yoʻllar va koʻchalarning harakatlanish qiyin boʻlgan qatnov qismlarida, odamlar gavjum joylarda, shuningdek xorijiy va boshqa delegatsiyalarni kuzatishda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha vazifalar yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega boʻlgan davlat roʻyxat raqamlarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha, shu jumladan kimoshdi savdosini oʻtkazish yoʻli bilan tanlash tartibini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 1-oktabrga qadar Yoʻl harakati xavfsizligini boshqarishning yagona markazlashtirilgan axborot-kompyuter tizimini joriy qilish, shuningdek yoʻl-patrul xizmati statsionar postlari sonini va joylashuvini maqbullashtirishni inobatga olgan holda ularni belgilangan namunaviy sxema boʻyicha bosqichma-bosqich rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, moddiy-texnik jihozlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturlarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 1-dekabrga qadar mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlari tomonidan jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan chiqarilan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar, Samarqand va Xorazm viloyatlarida mototsiklda yoʻl-patrul xizmatini oʻtashni tashkil etish, xodimlarni mototsiklni boshqarishga oʻrgatish choralarini koʻrsin va 2018-yil 1-oktabrga qadar tajriba natijalarini tahlil qilgan holda yoʻl-patrul xizmatining mazkur turini mamlakatning boshqa hududlarida joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda yoʻl-patrul xizmati maxsus avtotransport vositalarini audio va video qayd etish qurilmalari, shuningdek ularning xodimlarini mobil videokameralar bilan bosqichma-bosqich jihozlash toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda yoʻl harakati sohasida maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va rasmiylashtirish, tegishli notarial harakatlarni hisobga olish, avtotransport vositalarining texnik koʻrikdan oʻtishini nazorat qilish, shuningdek yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmalari tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish tartib-taomillarini soddalashtirishni taʼminlovchi elektron tizim ishlab chiqsin va 2018-yil 1-yanvardan boshlab joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017-yil 1-dekabrga qadar avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini, shu jumladan oʻquv jarayoni samaradorligini oshirish va oʻqitishning zamonaviy usullarini joriy qilishni nazarda tutgan holda, yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “Oʻzeltexsanoat” AK ikki oy muddatda mahalliy xom ashyo va materiallardan foydalanish va butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga mahsulot tannarxini tushirgan holda maxsus jihozlangan avtotransport vositalari uchun yuqori sifatli ishorali ovoz kuchaytirgich moslamalar ishlab chiqarish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan budjet mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, xorijiy davlatlar davlat kreditlari va xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 11-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3127-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 28-son, 645-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son, 04.04.2022-y., 07/22/190/0268-son)