13.03.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2338
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori, 13.03.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2338
Kuchga kirish sanasi
23.03.2012
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AKKREDITATSIYA QILINGAN XORIJIY DAVLATLAR DIPLOMATIK VAKOLATXONALARI VA KONSULLIK MUASSASALARI, SHUNINGDEK ULARGA TENGLASHTIRILGAN TASHKILOTLAR XODIMLARIGA NISBATAN YOʻL HARAKATI QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN MAʼMURIY JAVOBGARLIK CHORALARINI QOʻLLASH HAQIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 13-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2338]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomatik aloqalar toʻgʻrisida 1961-yil 18-apreldagi Vena Konvensiyasining 41-moddasi 1-bandiga, Konsullik aloqalari toʻgʻrisida 1963-yil 24-apreldagi Vena Konvensiyasining 55-moddasi 1-bandiga va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 17-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlarining yoʻl harakati qoidalariga rioya qilishlarini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash haqidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 13-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 13-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud raisi B. MUSTAFOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 13-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining 2012-yil 13-fevraldagi 7, 5 va 22-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻRIQNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Yoʻriqnoma Diplomatik aloqalar toʻgʻrisida 1961-yil 18-apreldagi Vena Konvensiyasining 41-moddasi 1-bandiga, Konsullik aloqalari toʻgʻrisida 1963-yil 24-apreldagi Vena Konvensiyasining 55-moddasi 1-bandiga va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 17-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga (va ularning oila aʼzolariga) (keyingi oʻrinlarda daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar deb yuritiladi) nisbatan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda — diplomatik vakolatxonalar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslar boʻlgan maʼmuriy-texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qonuniylik, qonun oldida barchaning tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga muvofiq daxlsizlikdan foydalanuvchi barcha shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etishlari lozim.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish bunday shaxslarga va ular vakili boʻlgan diplomatik vakolatxonalarga nisbatan kompleks taʼsir choralarini qabul qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati yoʻl-patrul xizmati xodimlarining harakatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar tomonidan yoʻl harakati qoidalarining buzilishlari aniqlangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati yoʻl-patrul xizmati xodimlari (keyingi oʻrinlarda — YPX xodimlari deb yuritiladi) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomani tuzish vaqtida huquqbuzarga Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 294-moddasida nazarda tutilgan uning huquq va burchlari tushuntiriladi hamda bu xususda bayonnomaga yozib qoʻyiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar YPX xodimlari bilan aloqaga kirishgan hollarda oʻz maqomidan qatʼiy nazar, akkreditatsiya kartochkasi, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi hamda transport vositasining diplomatik vakolatxonaga tegishliligini koʻrsatuvchi boshqa hujjatlarni YPX xodimlariga taqdim etishga majbur.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudining 2017-yil 31-dekabrdagi 28, 75, 622-sonli (roʻyxat raqami 2338-2, 26.01.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 10/18/2338-2/0625-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi va huquqbuzar shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar egasiga qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxs transport vositasini boshqarayotib alkogolli ichimlikdan, giyovand modda taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holatda boʻlgan deb hisoblash uchun yetarli asoslar boʻlsa, YPX xodimi boshqa shaxslar xavfsizligini taʼminlash maqsadida haydovchini vaqtincha transport vositasini boshqarishdan chetlashtiradi, haydovchining roziligiga koʻra, belgilangan tartibda alkogolli ichimlik, giyovand modda taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mastlikni aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan oʻtishni taklif qiladi. Ushbu holat boʻyicha hududiy ichki ishlar organlarining navbatchilik qismiga va Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — TIV deb yuritiladi) tegishli diplomatik vakolatxonani darhol xabardor etish uchun maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tintuv yoki tekshiruv deb baholanishi mumkin boʻlgan talablar (transport vositasining kapoti yoki bagaj boʻlmasini ochish) qoʻyilmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar YPX xodimlarining transport vositasini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qonuniy talablarini bajarmagan hollarda, transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgisi, huquqbuzarlikni sodir etish vaqti, sanasi va joyi albatta koʻrsatilgan holda tegishli dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma YPX xodimlari va ikki xolis tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxs boshqarayotgan transport vositasi bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisasi (keyingi oʻrinlarda YTH deb yuritiladi) fakti boʻyicha materiallarni rasmiylashtirish vaqtida, agar u tibbiy yordamga muhtoj boʻlmasa, YPX xodimi unga ushbu jarayonda ishtirok etishni taklif qiladi. Agar haydovchi yoki yoʻlovchilardan birortasi ishtirok etishni xohlamasa, YPX xodimi YTH ishtirokchilari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni yozib oladi. Bunday hollarda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomaga haydovchi yoʻqligining sababi toʻgʻrisida yozib qoʻyiladi hamda bayonnoma uni tuzuvchi va ikki xolis tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxs boshqarayotgan transport vositalarini toʻxtatish uchun asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchilar yoki yoʻlovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalarining buzilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar transport vositasining harakatlanish xususiyati haydovchining boshqarish qobiliyatiga shubha tugʻdirsa (yoʻnalishning va / yoki tezlikning keskin oʻzgarishi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasining texnik nosozligidan dalolat beruvchi belgilarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari koʻrinishini yashiruvchi biror-bir vositalardan foydalanish mavjudligi (ularning belgilanmagan joyga mustahkamlanishi yoki boshqacha predmetlar bilan yopilishi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasi, haydovchi yoki yoʻlovchilarning YTHni, jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etishga aloqadorligi toʻgʻrisida dalolat beruvchi maʼlumotlarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning harakatni cheklash yoki taqiqlash toʻgʻrisidagi qarorlarini bajarish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat standarti normalariga muvofiq boʻlmagan koʻzgusimon yoki tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan foydalanish, “CMD”, “D”, “UN” va “X” seriyali davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqam belgilari boʻlgan transport vositalari bundan mustasno.
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudining 2012-yil 12-apreldagi 8, 12 va 50-sonli qarori (roʻyxat raqami 2338-1, 26.04.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 198-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning ikkinchisakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlmaganda transport vositalarini toʻxtatish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. YPX xodimlari quyidagi hollarda haydovchiga transport vositasi kabinasi (saloni) dan chiqishni taklif qilishlari mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasining texnik nosozligini yoki yuk tashish qoidalari buzilishlarini bartaraf etish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchining alkogolli ichimlik, giyovand modda taʼsiridan va oʻzgacha tarzda mastlik holatida deb hisoblash uchun yetarli asoslar boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchilar yoki yoʻlovchilar maʼmuriy huquqbuzarlik va/yoki jinoyatlar sodir etishda gumon qilinganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. YPX xodimlarining daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslarga nisbatan munosabatlari qonuniylikka qatʼiy rioya etish, oʻz vazifalarini aniq bajarish, shuningdek huquqbuzarlikning oldini olish va ularga barham berishdagi prinsipiallik ushbu shaxslarga eʼtibor, xayrixohlilik va hurmat koʻrsatish bilan asoslanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YPX xodimlari daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslarga murojaat qilishda qoʻlni bosh kiyimga qoʻyib oʻzini tanishtirishi, oʻz lavozimi, maxsus unvoni va familiyasini aytishi, transport vositasini toʻxtatish sababini maʼlum qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YPX xodimlari daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar bilan soʻzlashishda xotirjam va vazmin boʻlishlari lozim, ularning tortishuvga kirishishi, oʻzini yoʻqotishi, qoʻpollikka qoʻpollik bilan javob qaytarishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizoli vaziyatlar, eʼtirozlar paydo boʻlganda yoki daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxsning talabiga koʻra YPX xodimi koʻkrak nishonining tartib raqamini aytadi va xizmat guvohnomasini qoʻlidan chiqarmay koʻrsatadi. Bu haqda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomaga yozib qoʻyiladi va qoʻshimcha materiallar bayonnomaga qoʻshib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish va ularga taʼsir choralari qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar tomonidan huquqbuzarlik sodir etilganda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma va boshqa hujjatlar huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan paytdan eʼtiboran bir sutka davomida TIVning Diplomatik vakolatxonalarga xizmat koʻrsatish boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda Dipxorijxizmat deb yuritiladi) tegishli diplomatik vakolatxonani xabardor qilish uchun yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud yoki boshqa vakolatli organ huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudining 2017-yil 31-dekabrdagi 28, 75, 622-sonli (roʻyxat raqami 2338-2, 26.01.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 10/18/2338-2/0625-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazo koʻrsatilgan qaror qabul qilingandan soʻng bunday qaror Dipxorijxizmat orqali tegishli diplomatik vakolatxonaga ijro etish uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dipxorijxizmat yoʻl harakati qoidalarini buzgan daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini tashkil etadi, unga bunday shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida kelib tushayotgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar va sud yoki boshqa vakolatli organning qarorlari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dipxorijxizmat sud yoki boshqa vakolatli organning qarorini bajarish talabi bayon etilgan notalarni tegishli diplomatik vakolatxonalarga yuboradi va ularni umumlashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun jarima Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda toʻlanadi.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudining 2017-yil 31-dekabrdagi 28, 75, 622-sonli (roʻyxat raqami 2338-2, 26.01.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 10/18/2338-2/0625-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan taqdirda, shuningdek sud yoki boshqa vakolatli organ qarorini bajarishni rad etsa yoki boʻyin tovlasa, tegishli diplomatik vakolatxonalar yoki daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar Dipxorijxizmatga transport xizmati (avtomobilni roʻyxatga qoʻyish, roʻyxatdan chiqarish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarini berish va almashtirish, texnik koʻrikdan oʻtkazish va boshqalar) koʻrsatishni soʻrab murojaat qilganda, bunday xizmatlar maʼmuriy jazolar ijro etilmagunga qadar koʻrsatilmaydi.
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dipxorijxizmat daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar tomonidan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun sud yoki boshqa vakolatli organ qarorini ijro etilishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Huquqbuzarlarga nisbatan quyidagi taʼsir choralari ham qoʻllanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir yil davomida yoʻl harakati qoidalari uch marotabadan koʻp buzilganda, huquqbuzarga biriktirilgan transport vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari Dipxorijxizmat tomonidan TIV tegishli boʻlinmasi bilan kelishilgan holda olti oygacha boʻlgan muddatga olib qoʻyilishi mumkin yoki tegishli diplomatik vakolatxona boshligʻi TIVga tushuntirish ishlari uchun chaqirtiriladi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudining 2017-yil 31-dekabrdagi 28, 75, 622-sonli (roʻyxat raqami 2338-2, 26.01.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 10/18/2338-2/0625-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilaridan mahrum qilingan shaxs mazkur avtomobildan boshqa davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari bilan foydalangan taqdirda, ushbu fakt YPX xodimlari tomonidan rasman hujjatlashtiriladi va Dipxorijxizmatga topshiriladi, Dipxorijxizmat bunday yoʻl harakati qoidalari buzuvchisining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi taklifni TIV rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Yoʻriqnomaning 7-bandi yettinchi xatboshisida koʻrsatilgan taʼsir choralari qoʻllangandan soʻng bir yil davomida yoʻl harakati qoidalarini buzish takroran sodir etilsa, TIV toʻgʻridan-toʻgʻri (Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatdagi diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali) tegishli davlatning tashqi ishlar vazirligiga ushbu davlat diplomatik vakolatxonasining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilishini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrishni soʻrab Nota yuboradi. Boshqa hollarda TIV tegishli davlat tashqi ishlar vazirligini yoʻl harakati qoidalari buzuvchisini akkreditatsiyadan mahrum qilish niyati toʻgʻrisida xabardor qiladi;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dipxorijxizmat davriy ravishda daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar tomonidan yoʻl harakati qoidalarining buzilishi toʻgʻrisida barcha diplomatik vakolatxonalarga batafsil statistik maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan umumlashtirilgan tematik axborotnoma yuboradi;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudining 2017-yil 31-dekabrdagi 28, 75, 622-sonli (roʻyxat raqami 2338-2, 26.01.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 10/18/2338-2/0625-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TIV, zarur boʻlganda, Diplomatik maʼlumotnomada va boshqa manbalarda yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni muntazam ravishda toʻlamaydigan daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslarning “qora roʻyxat”ini eʼlon qiladi.
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudining 2017-yil 31-dekabrdagi 28, 75, 622-sonli (roʻyxat raqami 2338-2, 26.01.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 10/18/2338-2/0625-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati qoidalarini buzish holati maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnik vositalari yordamida aniqlangan holda transport vositasining egasi maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomatik vakolatxonaga tegishli transport vositasidan foydalangan holda sodir etilgan yoʻl harakati qoidalarini buzish holati maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnik vositalari yordamida aniqlangan hollarda diplomatik vakolatxonaga tegishli transport vositasining ekspluatatsiyasi uchun mutasaddi shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositasining mulkdori maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan oʻziga tegishli transport vositasidan foydalangan holda yoʻl harakati qoidalarining buzilishi uchun javobgarlikdan ozod etiladi, basharti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan keltirilgan shikoyatni koʻrib chiqish davomida huquqbuzarlik qayd etilgan paytda tegishli transport vositasiga egalik qilgan shaxs aniqlansa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning gʻayrihuquqiy xatti-harakatlari natijasida uning egaligidan chiqib ketgan boʻlsa.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudining 2017-yil 31-dekabrdagi 28, 75, 622-sonli (roʻyxat raqami 2338-2, 26.01.2018-y.) qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 10/18/2338-2/0625-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur Yoʻriqnoma kuchga kirgandan soʻng TIV barcha diplomatik vakolatxonalarga bundan buyon daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan maʼmuriy jazo qoʻllanishi toʻgʻrisida sirkulyar Nota yuboradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 121-modda, 17-son, 198-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 10/18/2338-2/0625-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)