Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.03.2024 03.11.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2836
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 03.11.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2836
Дата вступления в силу
07.11.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.03.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOSHQARUVIning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 3-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2836]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-fevraldagi 109-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 13-fevraldagi 2024-03-son va Markaziy bank Boshqaruvining 2024-yil 8-fevraldagi 4/2-sonli ““Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2836-5, 12.03.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 189-son “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 5-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 5-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-34-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 5-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
341-V-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 5-oktabrdagi 78, 2016-34 va 341-V-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi va 2014-yil 23-dekabrdagi 357-son “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining (bundan buyon matnda Pensiya jamgʻarmasi deb yuritiladi) xarajatlarini qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini va tashkilotlarning pensiya, nafaqa, 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) qoʻshimcha dam olish kuni uchun toʻlov va uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga kompensatsiya pul toʻlovlarini (bundan buyon matnda pensiya va nafaqalar deb yuritiladi) amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yagona ijtimoiy toʻlov, shuningdek fuqarolar sugʻurta badallarining soliq toʻlovchilari, soliq solish obyekti, soliq solinadigan bazasi, imtiyozlar, ularni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning sugʻurta badallari stavkalari, shuningdek yagona ijtimoiy toʻlovning Pensiya jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida taqsimlash miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish toʻlovchi tomonidan hisobot oyi uchun hisoblangan ish haqi fondi va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona ijtimoiy toʻlov tashkilotlar tomonidan pensiya va nafaqalar, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari va sanatoriy-profilaktoriylarning taʼminoti uchun biror-bir chegirmalarsiz hisoblab yozilgan summaning toʻliq hajmida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash uchun mablagʻlar toʻlovchilar tomonidan fermer xoʻjaliklari, mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek toʻlovchilarning boshqa toifalari boʻyicha alohida Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 2771, 2016-yil 30-mart) belgilangan tartibda Yagona gʻazna hisobvaragʻiga (bundan buyon matnda YAGʻH deb yuritiladi) oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ish kuni davomida YAGʻHga kelib tushgan va daromadlar boʻyicha tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida aks ettirilgan yagona ijtimoiy toʻlov summalari shu ish kuni davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda avtomatik tarzda quyidagi tartibda ajratma qilinadi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiya jamgʻarmasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasaba uyushmalari hududiy birlashmalariga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha ajratmalarning bir qismi koʻrinishida kelib tushgan mablagʻlar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-oktabrdagi 103, 2019-56 va 341-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2836-4, 18.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2019-y., 10/19/2836-4/3938-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kasaba uyushmalari hududiy birlashmalariga yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha ajratmalarning bir qismi koʻrinishida kelib tushgan mablagʻlar quyidagi tartibda foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelib tushgan mablagʻlar umumiy miqdorining 70 foizi kasaba uyushmalari hududiy birlashmalari tasarrufida qoladi va kasaba uyushmalari hududiy birlashmalari tomonidan tasdiqlangan budjetlarga muvofiq sarflanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelib tushgan mablagʻlar umumiy miqdorining 30 foizi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga, mablagʻlarni keyinchalik belgilangan tartibda sarflanishi uchun oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tashkilotlarning xodimlaridan davolanish va dam olishga yoʻllanmalar uchun qisman undiriladigan mablagʻlar xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan kasaba uyushmalari hududiy birlashmalarining ikkilamchi depozit hisobvaraqlariga kirim qilinadi, kelib tushgan mablagʻlar keyinchalik mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan har kuni yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha kelib tushgan mablagʻlarga oid maʼlumotlar elektron shaklda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Qonunga muvofiq Pensiya jamgʻarmasi xarajatlarini qoplash boʻyicha summalarni toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Pensiya jamgʻarmasiga Qonunning 12-moddasi “b” bandi va 14-moddasiga muvofiq, shuningdek xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalarini toʻlashga ketgan xarajatlarni qoplash Qonunning 66-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq xizmati organlari Qonunning 12-moddasi “b” bandi va 14-moddasiga muvofiq, shuningdek xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalarini toʻlashga ketgan xarajatlar toʻgʻrisidagi Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida tashkilotlarning shaxsiy kartochkalariga hisoblash kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tashkilotlar har yili 1-fevralga qadar xodim Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga yetguniga qadar Qonunning 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlashga ketgan oldingi yil uchun Pensiya jamgʻarmasining haqiqiy xarajatlarini toʻliq qoplaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar koʻrsatib oʻtilgan pensiyalarni toʻlashga oldingi yil uchun Pensiya jamgʻarmasining haqiqiy xarajatlari Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-dekabrdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandiga muvofiq aniqlanadigan qoplash uchun zarur summalarning minimal miqdoridan kam boʻlsa, qoplash uchun zarur summalarning minimal miqdori toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkilotlar hisobot oyining 1-fevralidan kechikmagan holda, ular soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi hisob-kitobni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari har oyda Qonunning 12-moddasi “b” bandiga muvofiq pensiya toʻlangan oydan keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar tashkilot soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻtgan oyda pensiyalarni toʻlashga ketgan xarajatlar haqida maʼlumotni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, taqdim etilgan pensiyalarni toʻlashga ketgan xarajatlar haqida maʼlumot tashkilotlarning shaxsiy hisob raqamlar kartochkasida mazkur Nizomning 11-bandida koʻzda tutilgan muddatda toʻlanishi lozim boʻlgan summa sifatida aks ettiriladi. Bunda hisob-kitob boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan summa toʻlangan pensiya summasidan kam boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tashkilot soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan taqdim etilgan mehnat shart-sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohat yetkazish xavfi boʻyicha ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish natijalarining davlat ekspertizasidan oʻtgan tashkilotlar hisobi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida davlat soliq xizmati organlarini mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi hisob-kitobni topshirishi lozim boʻlgan tashkilotlar haqida xabardor qiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 1-martdagi 52, 2018-19 va 341-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2836-1, 27.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari har oyda Qonunning 14-moddasiga muvofiq pensiya toʻlangan oydan keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlariga ishsiz maqomiga ega boʻlgan shaxslarga muddatidan oldin pensiyalar toʻlashga ketgan xarajatlarni qoplashga boʻlgan summalar toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 1-martdagi 52, 2018-19 va 341-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2836-1, 27.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir vaqtning oʻzida maʼlumot axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlari har oyda Qonunning 14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalar toʻlovi amalga oshirilgan oydan keyingi oyning oʻn beshinchi sanasidan kechiktirmasdan ushbu xarajatlarni qoplaydilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 1-martdagi 52, 2018-19 va 341-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2836-1, 27.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Pensioner hisobda turgan joy boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalari toʻlangan oydan keyingi oyning 15-sanasiga qadar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi hisobda turgan joy boʻyicha davlat soliq xizmati organlariga amalga oshirilgan xarajatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni yetkazadilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 10-yanvardagi 3, 2019-03 va 341-V-2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2836-2, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/2836-2/2531-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalari summalari tashkilotlar tomonidan mazkur pensiyalar toʻlangan butun davri uchun qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xarajatlar toʻlovi har oyda pensiya toʻlangan oydan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 10-yanvardagi 3, 2019-03 va 341-V-2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2836-2, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/2836-2/2531-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatib oʻtilgan xarajatlarni qoplash boʻyicha qarzdorliklar belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-dekabrdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʻlashga xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Pensiyalarni toʻlashga Pensiya jamgʻarmasi xarajatlarini tashkilotlar tomonidan qoplanishi 200110 mablagʻlar manbasi va daromadlar kodlari bilan daromadlarning quyidagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3999059 — xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalari boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3214102 — Qonunning 14-moddasiga asosan tayinlangan pensiyalar boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3214101 — Qonunning 12-moddasi “b” bandiga asosan tayinlangan pensiyalar boʻyicha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ish kuni davomida YAGʻHga kelib tushgan hamda 200110 mablagʻlar manbasi va 3999059 daromad kodi bilan daromadlarning tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida aks ettirilgan qoplanadigan summalar shu ish kuni davomida quyidagi ulushlarda ajratma qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mablagʻlarning 85 foizi Pensiya jamgʻarmasining daromadiga ajratma qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mablagʻlarning 15 foizi Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari uchun ochilgan 200110 mablagʻlar manbasi va 3214104 daromad kodi bilan daromadlarning tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga Pensiya jamgʻarmasi va Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish maqsadida ajratma qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan har kuni Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarini qoplanishi boʻyicha kelib tushgan mablagʻlarga oid maʼlumotlar elektron shaklda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik va nogironlik pensiyalarini toʻlashga ketgan xarajatlar boʻyicha qarzdorligi mavjud yoki Qonunning 12-moddasi “b” bandiga asosan tayinlangan pensiyalarni toʻlashga ketgan xarajatlarni qoplash uchun hisob-kitob taqdim etuvchi tashkilot tugatilayotganda tugatuvchi Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlaridan olingan maʼlumotlarga muvofiq tugatilayotgan tashkilot soliq hisobiga qoʻyilgan joy boʻyicha davlat soliq xizmati organlariga koʻrsatib oʻtilgan pensiyalarni toʻlashga ketadigan keyingi xarajatlarni ajratmalar amalga oshirilayotgan sanadagi pensiya miqdorini hisobga olgan holda kapitalizatsiya qilish uchun tegishli hisob-kitoblarni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Tashkilotlar tomonidan pensiya va nafaqalar toʻlovi boʻyicha xarajatlarni amalga oshirilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tashkilotning talabnomasiga muvofiq pensiya va nafaqalar toʻlovlari uchun mablagʻlarni moliyalashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkilotlar tomonidan Xarajatlarni toʻlashga Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻlarni olishga talabnomalar (bundan buyon matnda talabnoma deb yuritiladi) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda qogʻozda yoki elektron shaklda elektron hujjatga doir talablarga rioya etilgan holda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik tashkilot zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Tashkilotlar keyingi oyning oʻninchi sanasidan kechiktirmasdan tashkilot soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga talabnomalarni taqdim etadilar. Tugallanmagan buxgalteriya balansiga ega tashkilotlar boʻyicha talabnomalar bosh tashkilotlar tomonidan ular soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqalar olishga talabnomalar bola tugʻilgan kundan boshlab 6 oydan, dafn etishga esa shaxs vafot etgan kundan 60 kundan kechiktirmasdan taqdim etilishi lozim.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 1-martdagi 52, 2018-19 va 341-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2836-1, 27.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabnoma oʻrnatilgan tartibda rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs, buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs, shuningdek tashkilotning Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiya raisi tomonidan imzolangan boʻlishi lozim. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan tashkilotlar talabnomalari tashkilot rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar talabnomani qabul qilish muddatining soʻnggi kuni dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlariga toʻgʻri kelib qolgan hollarda, keyingi ish kuni talabnomani qabul qilish muddatining soʻnggi kuni hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan talabnomalar Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimi maʼlumotlari bilan taqqoslanadi, zarur boʻlganda tashkilotlardan pensiya va nafaqalar toʻlovlarini amalga oshirish uchun asos boʻlib hisoblangan birlamchi hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Birinchi marotaba talabnoma bilan murojaat qiladigan tashkilotlar Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimida qayd etiladi va har bir tashkilot boʻyicha talabnomalar va boshqa tegishli maʼlumotlar uchun alohida elektron kartochka ochiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Talabnoma mazkur Nizomning 28-bandida belgilangan holatlardan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilingan talabnoma Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimida qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Talabnomalarning toʻgʻriligini oʻrganish maqsadida Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimida Talabnomalar asosliligini tekshirish boʻyicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya quyidagi tarkibda tashkil etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi — komissiya raisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari — mablagʻlarga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sektori rahbari — komissiya raisi oʻrinbosari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mablagʻlarga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi sektori bosh inspektori (bosh buxgalter) va inspektori — komissiya aʼzolari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi topshirigʻiga asosan qogʻozda taqdim etilgan talabnoma Komissiya tomonidan quyidagi talablarga asosiy eʼtibor qaratilgan holda koʻrib chiqiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabnoma tuzilishi va rasmiylashtirilishi belgilangan shaklga muvofiqligi, shuningdek masʼul shaxslarning imzolari mavjudligi;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 25-martdagi 42, 2019-27, 341-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2836-3 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2836-3/2897-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabnoma va mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Pensiya jamgʻarmasidan pensiya va nafaqalar toʻlovi uchun mablagʻ olishga tashkilotning xodimlari reyestrining (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi) muvofiqligi, toʻlovlar amalga oshirish uchun asos boʻlgan birlamchi hujjatlarning (zarur hollarda) mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov amalga oshirilishi talab qilingan summa va sanalarning muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabnomadagi maʼlumotlarning Pensiya jamgʻarmasi axborot tizimiga toʻgʻri kiritilganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul qilingan talabnomalar Komissiya tomonidan har oyning oʻn ikkinchi sanasidan kechiktirmay koʻrib chiqilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron shaklda taqdim etilgan talabnomalar zarur hollarda komissiya tomonidan faqat Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimi bilan taqqoslash imkoniyati mavjud boʻlmagan toʻlovlar qismi boʻyicha koʻrib chiqilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Tashkilot tomonidan taqdim etilgan talabnoma quyidagi hollarda qaytariladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qogʻozda taqdim etilgan talabnoma belgilangan shaklda rasmiylashtirilmaganda, shuningdek unda masʼul shaxslarning imzolari boʻlmaganda yoki rasmiylashtirilgandan soʻng unga oʻzgartirish va tuzatishlar kiritilgan boʻlsa;
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 25-martdagi 42, 2019-27, 341-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2836-3 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2836-3/2897-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qogʻozdagi talabnomaga reyestr ilova qilinmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabnoma va ilova qilingan reyestr summalari oʻrtasida farqlar mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
888 shartli hisobvaraqlar raqamida (bundan keyin matnda SHHR deb yuritiladi) ikkilamchi hisobvaragʻi mavjud boʻlmagan taqdirda (budjet tashkilotlari bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron talabnoma tashkilot rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birlamchi hujjatlar talab qilinganda tashkilot tomonidan ularni taqdim etish rad etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabnoma belgilangan muddat oʻtgandan soʻng taqdim etilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Komissiya tomonidan Pensiya jamgʻarmasi axborot tizimida tasdiqlangan talabnoma Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining mablagʻlarga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi sektoriga ijro va toʻlovni moliyalashtirish uchun yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Qabul qilingan talabnomalar boʻyicha tashkilotlarning jamlanma talabnomasi tuzilib, u Komissiya aʼzolari tomonidan Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimida tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Jamlanma talabnomalar Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari kesimida jamlanadi va har oyning oʻn beshinchi sanasiga qadar Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmasi boshligʻi hamda Pensiya va nafaqalar toʻlovi monitoringi boʻlimi boshligʻi tomonidan Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimida tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimida tasdiqlangan talabnomalar Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmasi va tuman (shahar) boʻlimi tomonidan moliyalashtirish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Talabnomalarni moliyalashtirish uchun toʻlov hujjatlari tashkilotlar tomonidan qogʻozda yoki elektron hujjat shaklida taqdim etilgan maʼlumotlar asosida shakllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlaridan tashkilotlar tomonidan (budjet tashkilotlaridan tashqari) pensiya va nafaqalar boʻyicha xarajatlarning toʻlanishi uchun kelib tushgan mablagʻlarni kirim qilish uchun tashkilotlar, ularning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi banklarda 888 SHHR bilan ikkilamchi hisobvaraqlarni ochadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlaridan tashkilotlarning yuqorida koʻrsatib oʻtilgan 888 SHHRga ega ikkilamchi hisobvaraqlariga kelib tushadigan mablagʻlarga, Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) belgilangan tartibda tashkilotlarning bank hisobvaraqlarida pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan hollarda, ularni hisobdan chiqarish tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Gʻazna ijrosi bilan qamrab olinmagan budjet tashkilotlariga Pensiya jamgʻarmasining tegishli tuman (shahar) boʻlimlari pensiya va nafaqalar boʻyicha xarajatlarni toʻlash uchun mablagʻlarni ularning budjet mablagʻlari boʻyicha tegishli depozit hisobvaraqlariga oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan budjet tashkilotlari boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari pensiya va nafaqalar boʻyicha xarajatlarni toʻlash uchun mablagʻlarni tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, budjet tashkilotlari tegishli budjet tasnifi moddalari boʻyicha alohida talabnoma tuzadi va xarajatlar amalga oshiriladigan ushbu moddalarning (depozit va shaxsiy) hisobvaraqlarini belgilab koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan umumlashtirilgan talabnomalarga asosan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy toʻlov oyining oʻn beshinchi sanasigacha — oʻtgan oyning ehtiyoji hisob-kitobidan kelib chiqib 50% miqdoridagi summani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy toʻlov oyining yigirma yettinchi sanasigacha — amaldagi ehtiyojning taqdim etilgan miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatidan kelib tushgan mablagʻlarni ikki ish kuni davomida Pensiya jamgʻarmasining tegishli tuman (shahar) boʻlimlariga moliyalashtirilishini amalga oshirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmasidan kelib tushgan mablagʻlarni taqdim etilgan talabnomalarga asosan ikki ish kuni davomida tegishli tashkilotlarga moliyalashtirilishini amalga oshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Tashkilotlarni moliyalashtirish uchun toʻlov hujjatlari faqat Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi (vazifasini bajaruvchi shaxs) tomonidan imzolanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkilotlarni moliyalashtirish uchun toʻlov hujjatlari Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimida qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari tashkilotlardan talabnomalarni olishlari bilan mablagʻlarni belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning 888 SHHRga ega ikkilamchi hisobvaraqlariga va budjet tashkilotlarining talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaraqlariga oʻtkazadilar. Bunda, budjet tashkilotlari gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan boʻlsa, budjet tashkilotiga tegishli mablagʻlar tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiya va nafaqa toʻlovi uchun olingan mablagʻlar qatʼiy nazoratda boʻlishi va faqatgina talabnomada nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalanilishi shart. Hisob-kitoblarda kerakli summalarni qasddan buzib koʻrsatishga va ulardan maqsadga nomuvofiq foydalanishga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda toʻlov intizomiga rioya etilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Tashkilotlar (budjet tashkilotlaridan tashqari) oʻz mablagʻlari mavjud boʻlgan hollarda, keyinchalik toʻlangan summalarni Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash evaziga pensiyalar va nafaqalarni ish haqini toʻlash kunida oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlashni amalga oshirish huquqiga egalar. Tashkilotlar tomonidan toʻlangan summalarning qoplanishi Pensiya jamgʻarmasidan olingan mablagʻlar 888 SHHRga ega ikkilamchi hisobvaragʻidan xarajatlar toʻlab berilgan asosiy hisobvaragʻiga pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar oʻrniga alohida toifadagi fuqarolarga beriladigan oylik kompensatsiya pul toʻlovlarini va bir martalik bola tugʻilishi munosabati bilan beriladigan nafaqalarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda Pensiya jamgʻarmasi orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning sugʻurta badallarining toʻlanishi, shuningdek mablagʻlarining sarflanishi hisobi, hisoboti va nazorati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Tashkilotlar yagona ijtimoiy toʻlov toʻlanishi boʻyicha hisob-kitoblarni oʻzlari soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatga olingan davlat soliq xizmati organlari bilan yuritadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Tashkilotlar (kredit tashkilotlaridan tashqari) ish haqi tarzidagi daromadlardan yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning sugʻurta badallari summasini hisoblab yozish, shuningdek pensiya va nafaqa toʻlovi xarajatlarini qoplanishini belgilangan tartibda amalga oshiradilar va uni quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiradilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ish haqi tarzidagi daromadlardan yagona ijtimoiy toʻlov summalari xarajatlarni hisobga olish hisobvaraqlarida (2000, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400) 6520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar” hisobvaragʻi krediti boʻyicha aks ettiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) fuqarolarning ish haqi tarzidagi daromadlardan ushlangan sugʻurta badallari summalari 6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar” hisobvaragʻida 6520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar” hisobvaragʻining krediti boʻyicha aks ettiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tegishli pensiyalar va nafaqalarning talab qilingan summalari 6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar” hisobvaragʻi 4890 “Boshqa debitorlarning qarzlari” hisobvaragʻi debeti boʻyicha aks ettiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) tegishli mablagʻ summalarining budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasidan kelib tushishi 4890 “Boshqa debitorlarning qarzlari” hisobvaragʻida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti boʻyicha aks ettiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) xodimlarga tegishli pensiyalar va nafaqalar boʻyicha mablagʻlar summasi toʻlovi pul mablagʻlarini hisobga olish hisobvaraqlarida 6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar” hisobvaragʻining debeti boʻyicha aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Kredit tashkilotlari (banklar va mikrokredit tashkilotlari) tomonidan ish haqi tarzidagi daromadlardan yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning sugʻurta badallari summasini hisoblab yozish, shuningdek pensiya va nafaqa toʻlovi xarajatlarini qoplash Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasiga (roʻyxat raqami 773-17, 2004-yil 13-avgust) asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Budjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobida ish haqi tarzidagi daromadlardan yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning sugʻurta badallari summasini hisoblab yozilishi va oʻtkazilishi, shuningdek pensiyalar va nafaqalar toʻlovlarining aks ettirilishi Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Davlat soliq xizmati organlari belgilangan tartibda oʻzlarining yuqori turuvchi organlariga choraklik hisobotlar taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari belgilangan tartibda Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatiga oylik yigʻma hisob-kitoblar va hisobotlarni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelib tushgan majburiy toʻlovlar, badallar va boshqa toʻlovlar, shuningdek majburiy toʻlovlar, badallar va boshqa toʻlovlarning turlari boʻyicha qarzdorlik toʻgʻrisida tezkor hisobotni — har oyda keyingi hisobot oyining oʻninchi sanasiga qadar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy toʻlovlar, badallar va boshqa toʻlovlar hisoblanishi va toʻlanishi boʻyicha hisobotni — tashkilotlarning choraklik va yillik hisobotlari topshirilgandan soʻng 25 kun ichida taqdim etadi.
(47-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 10-yanvardagi 3, 2019-03 va 341-V-2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2836-2, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/2836-2/2531-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 1-martdagi 52, 2018-19 va 341-V-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2836-1, 27.03.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 1-martdagi 52, 2018-19 va 341-V-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2836-1, 27.03.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 1-martdagi 52, 2018-19 va 341-V-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2836-1, 27.03.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tushgan mablagʻlar va ularning sarflanishi toʻgʻrisida yigʻma hisobot taqdim etadi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 1-martdagi 52, 2018-19 va 341-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2836-1, 27.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha kelib tushgan mablagʻlar va ularning sarflanishiga taalluqli qoʻshimcha maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashidan talab qilish huquqiga ega.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 1-martdagi 52, 2018-19 va 341-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2836-1, 27.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Pensiya jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlar va fuqarolarning sugʻurta badallari hisob-kitoblarining toʻgʻriligi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(53-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkilotlar tomonidan Qonunga muvofiq Pensiya jamgʻarmasi xarajatlarini toʻliq va oʻz vaqtida qoplanishi yuzasidan nazorat Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(53-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq xizmati organlari, qonunchilik hujjatlariga muvofiq, tashkilotlarga nisbatan yagona ijtimoiy toʻlov va Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning sugʻurta badallarini hisoblash tartibi va toʻlov muddatlarini buzganligi uchun javobgarlik choralarini qoʻllaydilar.
(53-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Pensiya va nafaqalar toʻlovi xarajatlarini oʻz vaqtida moliyalashtirilishi ustidan monitoring Pensiya jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 5-oktabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 5-oktabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

‎‎STIR

0‎

1‎

‎‎- varaq
‎‎Hujjat turi

/

‎‎Hisobot yili:
‎‎Hujjat turi: 1 — hisob-kitob, 2 — qayta hisob-kitob (kasr orqali qayta hisob-kitobning raqami)
‎‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalar toʻlovi xarajatlarini qoplash boʻyicha mablagʻ toʻlagan toʻlovchi toʻgʻrisida
‎MAʼLUMOT

‎‎Tashkilotning toʻliq nomi ______________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________
‎‎Ishlovchilar soni ‎‎Kishi
‎‎Mikrofirma ‎‎Kichik korxona ‎‎Yirik korxona ‎‎(kerakligiga “V” belgisi qoʻyiladi)
‎‎Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik guvohnomasi ‎‎
‎‎Yuridik manzili _______________________________________________________________________‎‎
‎‎Pochta manzili _______________________________________________________________________‎‎
‎‎Yuqori tashkilot _______________________________________________________________________
‎‎Xizmat koʻrsatuvchi bank _______________________________________________________________________‎‎
‎‎Bank rekvizitlari _______________________________________________________________________‎‎
‎‎Telefon: kod ‎‎raqam ‎‎
‎‎Oʻlchov birligi

soʻm

‎‎
‎‎Hisob-kitobni taqdim etish muddati ‎‎

‎‎(kun/oy/yil)

‎‎______________________________________________________________________________ga taqdim etiladi

‎‎(soliq hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organi)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
‎‎STIR

0

2

-varaq

Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining
‎12-moddasi “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalar toʻlovi xarajatlarini qoplash boʻyicha
‎HISOB-KITOB*

Koʻrsatkichlar

Satr kodi Oʻlchov birligi Yillik summa
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi maʼlumotlari asosida “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi “b” bandi boʻyicha tayinlangan pensiyalarni oldingi yil uchun toʻlashga hisoblangan xarajatlarni qoplash summasi 010‎‎ soʻm ‎‎
Oʻtkazilishi lozim boʻlgan minimal summa (hisob-kitobning 023-satri x 0,03 x 0,6) ‎‎020 soʻm ‎‎
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi “b” bandida nazarda tutilgan ishchi oʻrinlar soni ‎‎021 birlik ‎‎
Oldingi yildagi maʼlumotlar boʻyicha koʻrsatilgan ishlarda band boʻlgan xodimlarning oʻrtacha yillik soni 022‎‎ birlik ‎‎
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi “b” bandida nazarda tutilgan ishchi oʻrinlarida band boʻlgan barcha xodimlarga toʻlangan yillik ish haqi summasi 023‎‎ soʻm
Pensiya jamgʻarmasiga toʻlanishi lozim boʻlgan summa (agar 010 > 020 boʻlsa, 010 qator boʻyicha summa qoʻyiladi, agar 010 < 020 boʻlsa, 020 qator boʻyicha summa qoʻyiladi) ‎‎030 soʻm ‎‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Hisobot yilida bir marotaba 1-fevralga qadar taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rahbar‎ _________________________

(imzo)

‎Bosh buxgalter _________________________

(imzo)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 25-martdagi 42, 2019-27, 341-V-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2836-3 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2836-3/2897-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkilot shtampi
‎‎______________________________ Pensiya jamgʻarmasining
‎tuman (shahar) boʻlimiga

‎‎__________________________________________________

‎‎(tashkilotning toʻliq nomi)
‎‎‎Pensiya jamgʻarmasining
‎tuman (shahar) boʻlimining
‎shtampi yoki belgisi
‎‎Bank rekvizitlari ________________________________ ‎‎Olindi __________________________________________
‎‎(bank nomi, MFO, hisobvaraq raqami)

‎‎‎‎(talabnomani qabul qilgan xodimning imzosi)

‎‎STIR____________________________________________
‎‎Xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha soni: ________________

‎‎‎20___ yil ___________________ uchun xarajatlarni
‎toʻlashga Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻlarni olishga
‎TALABNOMA*

T/r

Koʻrsatkichlar‎‎

Pensiya va nafaqalar oluvchilar soni

Haqiqatdagi xarajatlar, soʻmda‎‎‎

Shu jumladan oʻtgan davr uchun, soʻmda

1.

‎‎Ishlovchi pensionerlarga pensiya ‎‎ ‎‎ ‎‎

2.

Bola tugʻilganda beriladigan nafaqalar‎‎ ‎‎ ‎‎

3.

Dafn etish marosimi uchun nafaqalar‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

4.

16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarning ota-onalaridan biriga qoʻshimcha dam olish kunlari haqining toʻlovi‎

‎‎

5.

Uy-joy-kommunal xizmatlar boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga kompensatsiya pul toʻlovlari‎‎

‎‎ ‎‎

Shu jumladan, quyidagilarni oluvchilarga:‎‎

‎‎
a) eng kam ish haqi miqdorining 45%ini‎‎
b) eng kam ish haqi miqdorining 25%ini‎‎

6.‎

Un va qolipli non xarid qilish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pul kompensatsiya toʻlovlari‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
JAMI:‎‎

‎‎* Har oyda hisobot oyidan keyingi oyning oʻninchi sanasiga qadar reyestr majburiy ilova qilingan holda taqdim etiladi.

Tashkilotning rahbari

__________________________________

‎‎‎(imzo)

Bosh buxgalter‎

‎‎__________________________________

‎‎‎‎(imzo)

Ijtimoiy sugʻurtalash
‎boʻyicha komissiya raisi

__________________________________

‎‎‎(imzo)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-oktabrdagi 103, 2019-56 va 341-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2836-4, 18.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2019-y., 10/19/2836-4/3938-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

ELEKTRON TALABNOMA

Tashkilot nomi:

Tashkilot STIRi:

Tashkilot KTUTi:

Hisob raqam turi (gʻazna yoki bank):

Bank kodi:

Tashkilotning hisob-kitob (gʻazna) hisobvaragʻi:

Davri (talabnoma taqdim etilayotgan):

T/r

F.I.Sh.

Jismoniy shaxs STIRi

Pensiya ishi raqami

Voqea

sanasi (tugʻilish

/oʻlim)

FHDY hujjati seriyasi

FHDY hujjati raqami

FHDY hujjati berilgan sana

FHDY dalolat-nomasi yozuvi raqami

Joriy davr pensiyasi summasi

Oldingi davr pensiyasi summasi

Bola tugʻil-ganda nafaqa

Dafn marosimi uchun nafaqa

Joriy davr kompen-satsiyasi (45%)

Oʻtgan davr kompen-satsiyasi (45%)

Joriy davr kompen-satsiyasi (25%)

Oʻtgan davr kompen-satsiyasi (25%)

Joriy davr un va qolipli non xarid qilish boʻyicha kompen-satsiyasi

Oʻtgan davr un va qolipli non xarid qilish boʻyicha kompen-satsiyasi

16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarning ota-onalaridan biriga dam olish kunlari haqi

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-oktabrdagi 103, 2019-56 va 341-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2836-4, 18.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2019-y., 10/19/2836-4/3938-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Tashkilot shtampi

__________________________________Pensiya

jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga

__________________________________ dan

(tashkilotning toʻliq nomi)

STIR __________________

20__ yil ___________da Pensiya jamgʻarmasidan pensiya va nafaqalar toʻlovi uchun mablagʻ olishga tashkilotning xodimlari

REYESTRI

T/r

F.I.Sh

Jismoniy shaxs STIRi*

Pensiya ishi raqami

Voqea sanasi (tugʻilish/ oʻlim)

Hujjat seriyasi

Hujjat raqami

Hujjatda berilgan sana

FHDY dalolat-nomasi yozuvi raqami

Kim tomondan berilgan

Toʻlov foizi

Toʻlov summasi (soʻmda)

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

Ishlovchi pensionerlarga pensiyalar

JAMI:

Bola tugʻilganda nafaqalar

JAMI:

Dafn marosimi uchun nafaqa

JAMI:

16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarning ota-onalaridan biriga qoʻshimcha dam olish kunlari haqining toʻlovi

JAMI:

Uy-joy-kommunal xizmatlar boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga kompensatsiya pul toʻlovlari

JAMI:

Un va qolipli non xarid qilish boʻyicha
qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pul kompensatsiya toʻlovlari

JAMI:

HAMMASI:

x

x

x

x

x

x

x

x

x

Izoh: * Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatilishi shart.

Tashkilotning rahbari

_______________________________

(imzo)

___________________________

Bosh buxgalter

_______________________________

(imzo)

___________________________

Ijtimoiy sugʻurtalash

boʻyicha komissiya raisi

_______________________________

(imzo)

___________________________

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-oktabrdagi 103, 2019-56 va 341-V-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2836-4, 18.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2019-y., 10/19/2836-4/3938-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 5-oktabrdagi 78, 2016-34 va 341-V-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 9-avgustdagi 47, 2011-25 va 23/2-son “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2262, 2011-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 383-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 29-noyabrdagi 84, 2012-35 va 32/1-son “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2262-1, 2013-yil 3-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 11-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 20-noyabrdagi 106, 2013-45 va 320-V-2-son “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2262-2, 2013-yil 20-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 51-son, 681-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 39, 2015-16 va 320-V-3-son “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2262-3, 2015-yil 26-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 21-son, 280-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 44-son, 516-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son; 24.01.2019-y., 10/19/2836-2/2531-son; 08.04.2019-y., 10/19/2836-3/2897-son, 18.10.2019-y., 10/19/2836-4/3938-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)