OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 3-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2262-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 5-oktabrdagi 78, 2016-34 va 341-V-sonli “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2836, 03.11.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 52 (I)-son)ga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 9-avgustdagi 47, 2011-25 va 23/2-son qarori (roʻyxat raqami 2262, 2011-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil 37-son, 383-modda) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-noyabr,
84-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-noyabr,
2012-35-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-noyabr,
32/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 29-noyabrdagi 84, 2012-35, 32/1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. 6-bandning “a” va “b” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Pensiya jamgʻarmasiga — 20205 balans hisobvaraqlarining 881 ShHRga, keyinchalik tegishli gʻaznachilik hisobvaragʻini koʻrsatgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining Yagona gʻaznachilik raqamiga (keyingi oʻrinlarda YaGʻR) toʻliq miqdorda oʻtkaziladi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasiga — Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining 20205 balans hisobvaraqlarining 779 ShHRga oʻtkaziladi.
Yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha ajratmalarning bir qismi koʻrinishidagi tegishli 20205 balans hisobvaraqlarining 779 ShHRga kelib tushgan mablagʻlar, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan toʻlov topshiriqnomasi asosida tegishli gʻaznachilik hisobvaragʻini koʻrsatgan holda YaGʻRga oʻtkaziladi hamda quyidagi tartibda foydalaniladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasining tegishli budjet hisobvaragʻini koʻrsatgan holda YaGʻRga oʻtkazilgan jami mablagʻlarning 70 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmalari tasarrufida qoladi;
30 foizi hududiy mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalarining toʻlov hujjatlari orqali pul oʻtkazish yoʻli bilan respublika darajasida markazlashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi kelib tushgan mablagʻlarni qonun hujjatlarga muvofiq belgilangan tartibda sarflaydi;”.
3. 16-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“85 foizi 20205 balans hisobvaraqlarining 692 ShHRga, keyinchalik tegishli gʻaznachilik hisobvaragʻini koʻrsatgan holda YaGʻRga toʻliq miqdorda oʻtkazilishi bilan ajratiladi;”.
4. 20-bandning ikkinchi xatboshisidagi “(roʻyxat raqami 615, 1999-yil 30-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 1-son)” degan soʻzlar “(roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 127-modda)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 21-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan budjet tashkilotlari boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha xarajatlarni toʻlash uchun mablagʻlarni tegishli gʻaznachilik hisobvaragʻini koʻrsatgan holda YaGʻRga oʻtkazadi.
Bunda, budjet tashkilotlari tegishli budjet tasnifi kodlari boʻyicha alohida talabnoma tuzadi va xarajatlar amalga oshiriladigan ushbu kodlarning (depozit va shaxsiy) hisobvaraqlarini belgilab koʻrsatadi.”.
6. 22-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari yuridik shaxslardan buyurtmanomalarni olishlari bilan mablagʻlarni belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning 888 ShHRga ega ikkilamchi hisobvaraqlariga va budjet tashkilotlarining talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaraqlariga oʻtkazadilar. Bunda budjet tashkilotlari gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan boʻlsa, budjet tashkilotiga tegishli mablagʻlar tegishli gʻaznachilik hisobvaragʻini koʻrsatgan holda YaGʻRga oʻtkaziladi.”.
7. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2012-yil 29-noyabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2012-yil 29-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 11-modda)