Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-fevraldagi PF-1923-son “Hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasining Respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga to‘lovlar tushishini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida”gi va 2002-yil 30-martdagi PF-3047-son “Pul massasi o‘sishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladilar:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 22-yanvarda 104-v, 21-son va Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 30-yanvarda 615-son bilan tasdiqlangan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” (ro‘yxat raqami 615, 1999-yil 30-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 1-son);
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 3-martda 104-v-1, 21-son va 615-1-son bilan tasdiqlangan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 1-son qo‘shimcha” (ro‘yxat raqami 615-1, 1999-yil 3-mart);
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1999-yil 21-aprelda 104-v-2-son, Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 20-aprelda 12-02-29/794-son va Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 4-mayda 615-2-son bilan tasdiqlangan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 2-son qo‘shimcha” (ro‘yxat raqami 615-2, 1999-yil 4-may);
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1999-yil 27-sentabrda 104-v-3-son, Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 22-sentabrda 21-3-son va Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 5-yanvarda 615-3-son bilan tasdiqlangan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 3-son o‘zgartirish va qo‘shimcha” (ro‘yxat raqami 615-3, 2000-yil 5-yanvar);
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi tomonidan 2000-yil 6-yanvarda 104-v-4, 4-son va Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 1-martda 615-4-son bilan tasdiqlangan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 4-son o‘zgartirishlar” (ro‘yxat raqami 615-4, 2000-yil 1-mart).
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 35/4, 82, 2011-41-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Yo‘riqnoma xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan (bundan buyon matnda hisobvaraq deb yuritiladi) pul mablag‘lari ularga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmaganda, mablag‘larni hisobdan chiqarish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ixtiyoriy tugatilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tugatish hisobvaraqlari hamda to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari asosida ochilgan hisobvaraqlarga;
(1-bandning ikkinchi hatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xatlangan hisobvaraqlarga hamda sud, davlat ijrochilari yoki boshqa vakolatli organlar tomonidan foydalanishga oid cheklovlar o‘rnatilgan hisobvaraqlarga yoki ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha xatlangan pul mablag‘lariga;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
budjet mablag‘larini oluvchilarning kreditorlik qarzlarini to‘lash uchun ularning hisobvaraqlariga mablag‘ ajratish rejalari doirasida moliya va soliq organlari tomonidan ishlab chiqilgan hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan sxemalarda ko‘rsatilgan hisobvaraqlarga;
(1-bandning to‘rtinchi hatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ochilgan qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga yo‘l qo‘yilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlarga;
(1-bandning beshinchi hatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ida (keyingi o‘rinlarda asosiy hisobvaraq deb yuritiladi) yetarli miqdorda pul mablag‘lari bo‘lganda, mablag‘larni hisobdan chiqarish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mijozning farmoyishiga va boshqa to‘lov hujjatlarining kelib tushishi tartibida amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘ida mablag‘ unga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmagan holda, to‘lov hujjatlari 2-son kartotekaga kirim qilinadi. 2-son kartoteka xo‘jalik yurituvchi subyektning faqat asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankda shakllantiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘iga davlat ijrochilari tomonidan soliq qarzi bo‘yicha elektron inkasso topshiriqnomalari qo‘yilgan taqdirda, ushbu inkasso topshiriqnomalari to‘g‘risidagi elektron xabarnoma banklar tomonidan shu kunning o‘zida soliq organiga yuboriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq organi keyingi ish kunidan kechiktirmay, ushbu elektron xabarnoma asosida o‘z inkasso topshiriqnomalarini banklardan chaqirib oladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
4. Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘idagi mablag‘lar unga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmaganda, asosiy hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi bank 2-son kartoteka paydo bo‘lganligi to‘g‘risida 3-so‘rovnomaning “taqiq” faylini “2” belgisi bilan shakllantirib, Bank depozitorlari milliy axborotlar bazasiga dasturiy ravishda yuboradi. Ushbu ma’lumotlar Bank depozitorlari milliy axborotlar bazasi orqali barcha boshqa hisobvaraqlar ochgan banklarga uzatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur ma’lumotlar Bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasiga axborot tariqasida yuboriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Hisobvaraq ochgan banklar ushbu ma’lumotnomani amaliyot kuni davomida olganda, shu amaliyot kunidan kechikmagan holda, ma’lumotnomani amaliyot kunidan keyin olganda esa keyingi amaliyot kunida mazkur mijozning asosiy hisobvarag‘iga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa hisobvaraqlaridagi pul mablag‘larini uning asosiy hisobvarag‘iga memorial order asosida o‘tkazib berishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘ida 2-son kartoteka paydo bo‘lgandan so‘ng, uning boshqa barcha ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochilgan banklar tomonidan to‘lov hujjatlarini qabul qilish va asosiy hisobvarag‘iga bo‘lgan to‘lovlardan tashqari boshqa to‘lovlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa hisobvarag‘idan to‘lovlar asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankdan uning 2-son kartotekasi mavjud emasligi to‘g‘risidagi fayl ma’lumot dasturiy ravishda olingandan so‘ng amalga oshiriladi.
5. Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankda 2-son kartoteka mavjud bo‘lgan hollarda to‘lovlar quyidagi navbatda amalga oshiriladi:
a) navbatdan tashqari, hisobvaraq egasining arizasiga ko‘ra bevosita ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlari uchun to‘lovlar o‘tgan oy davomida uning faqat asosiy hisobvarag‘iga kelib tushgan jami tushumlarning 5 foizi miqdorigacha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga asosan o‘ta muhim obyektlarni qo‘riqlovchi bo‘linmalar xizmatidan foydalanuvchi hisobvaraq egalari uchun esa 6 foiz miqdorigacha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2-son kartoteka paydo bo‘lganda, hisobvaraq egasi tomonidan ariza kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar miqdoriga bog‘liq hisob-kitob bilan birga bir oyda bir marta bankka taqdim qilinadi, oyning oxirgi ish kuni bundan mustasno. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda, bevosita ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘ta muhim obyektlarni qo‘riqlovchi bo‘linmalar xizmati bo‘yicha xarajatlarni ham hisobga olgan holda zaruriy xarajatlar ro‘yxatini aniqlaydi.
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Hisobvaraq egasi kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun mablag‘lar hisob-kitobini va arizani bankka taqdim etgan kunning ertasidan boshlab joriy oy davomida ushbu to‘lovlarni to‘liq yoki bo‘lib-bo‘lib amalga oshirishi mumkin. Kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun mablag‘lar limitining ishlatilmagan qismi joriy oyning oxirgi kunigacha ishlatilishi mumkin va keyingi oyga ishlatish uchun o‘tkazilmaydi.
Kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun to‘lovlar hisobvaraq egasining to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda to‘lov topshiriqnomalarining “to‘lov maqsadi” grafasida “kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar summasi hisobiga”, deb yozilgan bo‘lishi shart.
Banklar kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun sarflanadigan mablag‘lar limitining to‘g‘ri hisoblanganligi (aniqlashini) va unga rioya qilinishini nazorat qiladi.
Kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun sarflanadigan mablag‘lar limiti noto‘g‘ri hisoblanganligi aniqlangan taqdirda, ular bo‘yicha taqdim etilgan ariza va to‘lov hujjatlari bank tomonidan ijro uchun qabul qilinmaydi;
b) birinchi navbatda, mutanosib ravishda budjetga, budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarni hamda ish haqi to‘lash uchun pul mablag‘lari berilishini nazarda tutuvchi to‘lov (ijrochi) hujjatlari bo‘yicha, alimentlarni undirishga doir talablarni qondirish uchun hisobvarag‘idan pul mablag‘larini o‘tkazish yoki pulni berishni nazarda tutuvchi ijrochi hujjatlar bo‘yicha, mualliflik shartnomalariga binoan mukofotlarni to‘lash bo‘yicha, shuningdek hayoti va salomatligiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha, budjetga to‘lovlar bo‘yicha hamda mehnatga oid va unga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik subyektlarining majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta’minlovchi ijrochi hujjatlar bo‘yicha pul o‘chiriladi;
v) ikkinchi navbatda, navbatdan tashqari va birinchi navbatdagi to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin asosiy hisobvaraqdan quyidagi majburiyatlarning kalendar navbati tartibida bajarilishi ta’minlanadi:
mazkur bandning “b” kichik bandida nazarda tutilmagan boshqa ijro hujjatlari bo‘yicha inkasso topshiriqnomalari yuzasidan to‘lovlar;
banklar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga Hukumat kafolati ostida berilgan muddatli va muddatida qaytarilmagan kreditlarni (ularning foizlarini ham) qaytarish uchun qo‘yilgan mijozning talabnomalari bo‘yicha to‘lovlar;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan berilgan budjet ssudasi, kredit liniyasi va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar;
O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi resurslari hisobidan berilgan kreditlar bo‘yicha qarzlar va ular bo‘yicha to‘lovlar;
(5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 23-dekabrdagi 321-V-10, 115 va 2019-63-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2342-10, 17.01.2020-y.) asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 10/20/2342-10/0064-son)
g) uchinchi navbatda, ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘iga qo‘yilgan boshqa pul talablari yuzasidan to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha to‘lov hujjatlarining kelib tushish sanasiga qarab kalendar navbatida hisobdan chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Xo‘jalik yurituvchi subyektning milliy valyutadagi hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qo‘yilgan talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, xizmat ko‘rsatuvchi bank soliq organlarining topshiriqnomasi asosida mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektning chet el valyutasidagi hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan mablag‘ning ushbu talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lgan miqdoridagi qismini keyingi ish kunidan kechiktirmay bank tomonidan chet el valyutasining so‘mga nisbatan belgilangan kursda sotadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan chet el valyutasini sotishdan olingan mablag‘lar xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘iga kirim qilinadi va ushbu Yo‘riqnomada belgilangan tartibda mazkur hisobvaraqqa taqdim etilgan talablarni qondirish uchun yo‘naltiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 23-sentabrdagi 321-V-7, 138, 2017-51-sonli (ro‘yxat raqami 2342-7, 29.09.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning “20400 — Jamg‘arma depozitlar”, “20600 — Muddatli depozitlar” hisobvaraqlaridagi mablag‘lar, shuningdek “22602 — Mijozlarning akkreditivlari bo‘yicha depozitlari” va “22606 — Mijozlarning import bilan bog‘liq tratta va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan akkreditivlar bo‘yicha depozitlari” hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldiqlari ushbu Yo‘riqnomaning 5-bandida ko‘rsatib o‘tilgan talablarni qondirish uchun depozit va akkreditiv shartnomalarida ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyin banklar tomonidan tegishli hisobvaraqqa kirim qilinadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 19-apreldagi 321-V-8, 82, 2018-40-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-8, 25.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.05.2018-y., 10/18/2342-8/1276-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Asosiy hisobvaraqda unga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun mablag‘lar yetarli bo‘lmagan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning “20400 — Jamg‘arma depozitlar”, “20600 — Muddatli depozitlar”, “22602 — Mijozlarning akkreditivlari bo‘yicha depozitlari” va “22606 — Mijozlarning import bilan bog‘liq tratta va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan akkreditivlar bo‘yicha depozitlari” hisobvaraqlari bo‘yicha shartnomalar muddatini uzaytirish hamda yangi shartnomalar tuzish taqiqlanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 19-apreldagi 321-V-8, 82, 2018-40-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-8, 25.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.05.2018-y., 10/18/2342-8/1276-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
10. Kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun mablag‘lar limiti aniqlangandan va zaxira qilinganidan keyin xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘idan pul mablag‘larini mutanosib ravishda hisobdan chiqarish mazkur Yo‘riqnomaning 5-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan navbat asosida amalga oshiriladi.
11. Mutanosib ravishda hisobdan chiqarishni amalga oshirish uchun asos bo‘lib quyidagi hujjatlar xizmat qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
to‘lovchining budjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalari;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
soliq organining majburiyatga ega shaxslarning hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish va budjetga o‘tkazishga doir inkasso topshiriqnomalari;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
bojxona xizmati organlari tomonidan muddatida to‘lanmagan bojxona to‘lovlarini undirish borasida inkasso topshiriqnomalari;
davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlariga (jarima va moliyaviy sanksiyalar hamda boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar ko‘rinishidagi) hisobvaraq egasining to‘lov topshiriqnomalari;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari;
(11-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 27-iyundagi 321-V-6, 91, 2017-32-sonli qarori (ro‘yxat raqami. 2342-6, 05.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 27-son, 629-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
xodimlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirish uchun hisobvaraqda mablag‘larni band (bron) qilishga doir ariza, shuningdek ish haqidan Kasaba uyushmalariga ixtiyoriy badallarni, jismoniy shaxslarni daromad solig‘i hamda jamg‘arib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarini o‘tkazish bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan va dumaloq muhr (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda, bunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) bilan tasdiqlangan reyestr ilova qilingan to‘lov topshiriqnomalari hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish borasidagi sud qarori asosida ijro organlari tomonidan qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari;
(11-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 13-maydagi 321-V-9, 57 va 2019-33-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-9, 23.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 10/19/2342-9/3173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
12. Band (bron) qilishga doir ariza bank bilan kelishilgan grafikdagi kundan bir kun oldin taqdim etilishi lozim. Band (bron) miqdori ish haqidan ajratmalarsiz shakllantirilgan bo‘lsa hamda arizada ko‘rsatilgan ish haqiga tenglashtirilgan to‘lovlar summasiga to‘lov topshiriqnomalari bankka taqdim qilinmasa, bank tomonidan bunday arizalar qabul qilinmaydi.
13. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning asosiy hisobvarag‘iga qo‘yilayotgan birinchi navbatdagi talablarni mutanosib ravishda qondirish ulushi qarzlarning umumiy hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Mutanosiblikni aniqlashda soliqlar va yig‘imlarning barcha turlari bo‘yicha qarz budjetga to‘lovlar sifatida bir miqdorga jamlanadi hamda ularga nisbatan bitta ulush aniqlanadi. Barcha davlat maqsadli jamg‘armalarining barcha talablari ham shunday usulda jamlanadi, keyinchalik ular davlat maqsadli jamg‘armalari o‘rtasida mutanosib tartibda taqsimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Ish haqini berish, shuningdek ish haqi to‘lash uchun olingan kreditlarni qaytarish, belgilangan miqdorlardagi ushlab qolingan daromad solig‘i, jamg‘arib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar va Kasaba uyushmasiga ixtiyoriy badallar summalarini o‘tkazish mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 13-maydagi 321-V-9, 57 va 2019-33-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-9, 23.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 10/19/2342-9/3173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Mutanosib taqsimlash hisobvaraqdagi mablag‘larning kun boshidagi qoldig‘idan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Oyning oxirgi bank ish kunida asosiy hisobvaraqqa kelib tushgan mablag‘lar kun davomida mutanosib taqsimlanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘idagi mablag‘lar unga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmagan holda, hisobvaraqdan pul mablag‘larini mutanosib ravishda hisobdan chiqarish mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasida keltirilgan misol asosida amalga oshiriladi.
Kun davomida hisobvaraqqa kelib tushgan mablag‘lar 2-son kartotekaga yetarli bo‘lganda, 2-son kartotekadagi mavjud qarzdorlik mazkur Yo‘riqnomaning 5-bandida belgilangan tartibda to‘lab beriladi, qarzdorlik qoplangandan so‘ng, keyingi to‘lovlar ushbu Yo‘riqnomaning 2-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 19-apreldagi 321-V-8, 82, 2018-40-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-8, 25.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.05.2018-y., 10/18/2342-8/1276-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Mazkur Yo‘riqnomaning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
2-ILOVA
2-ILOVA
Xo‘jalik yurituvchi subyektning bank hisobvarag‘iga kelib tushgan kunlik mablag‘lar uning budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzi hamda hisobvarag‘ida ish haqi uchun band (bron) mavjud bo‘lganda, quyidagi tartibda mutanosib ravishda taqsimlanadi:
Masalan mijozning asosiy hisobvarag‘ida kun boshida 5000 ming so‘m miqdorida mablag‘lar qoldig‘i mavjud.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘lov topshiriqnomalari va tegishli organlarning inkasso topshiriqnomalariga asosan quyidagi to‘lovlar bo‘yicha qarz mavjud:
budjetga — 4000 ming so‘m (foyda solig‘idan — 3000 ming so‘m, QQSdan — 500 ming so‘m, budjetga to‘lanadigan boshqa soliqlar va to‘lovlardan — 500 ming so‘m);
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maqsadli jamg‘armalariga — 2350 ming so‘m, bundan ijtimoiy soliq — 2000 ming so‘m, avtotransport yig‘imlari — 350 ming so‘m;
(2-ilovaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Bundan tashqari, ish haqi bo‘yicha umumiy summa — 3000 ming so‘m, bundan ish haqi to‘lashga berilgan kredit summasi — 1000 ming so‘m, ish haqini bronlash summasi — 2000 ming so‘m, unga quyidagilar ham kiradi: daromad solig‘i (12%) — 240 ming so‘m, shundan jamg‘arib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar (0,1%) — 2 ming so‘m va Kasaba uyushmasiga badallar (1%) — 20 ming so‘m.
Hisobvaraqdagi ushbu barcha talablar jamlanadi (4000 + 2350 + 3000 = 9350 ming so‘m) va 100 foiz deb qabul qilinadi. Yuqorida sanab o‘tilgan talablarning har birini qondirish bo‘yicha mutanosiblik quyidagicha aniqlanadi: 9350 ming so‘m 100 foiz deb qabul qilinadi va hisobvaraqda mavjud 5000 ming so‘m mablag‘larning unga nisbati aniqlanadi, ya’ni quyidagi hisob-kitob amalga oshiriladi: 5000 x 100/9350 = 53,476%.
Ushbu talablarning miqdoridan kelib chiqqan holda, ularning har birining ulushi tegishli mutanosibliklarda aniqlanadi:
2) Davlat maqsadli jamg‘armalarga to‘lovlar ulushi: 2350 x 0,53476 = 1256,7 ming so‘mni tashkil qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat maqsadli jamg‘armalarning ichida ijtimoiy soliq va avtotransport yig‘imlari bo‘yicha nisbat (proporsiya) belgilanadi. Bizning misolimizdan kelib chiqib, ushbu nisbat quyidagicha bo‘ladi:
(2-ilovaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilovaning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
3) Ish haqi bo‘yicha umumiy summa (shu jumladan, ish haqini to‘lashga berilgan kredit va ish haqi fondi bo‘yicha bronni o‘z ichiga olgan holda) 3000 x 0,53476 = 1604,3 ming so‘mni tashkil etadi. Ushbu qism ichida:
ish haqi fondi bo‘yicha bronning ulushi (o‘z ichiga daromad solig‘i, jamg‘arib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar va kasaba uyushmasiga badallarini oladi) 2000 x 0,53476 = 1069,5 ming so‘mni tashkil etadi. Ulardan:
jismoniy shaxslarning daromadidan soliq (12%) ulushi 240 x 0,53476 = 128,3 ming so‘mni (uning tarkibida jamg‘arib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar ulushi 2 x 0,53476 = 1,1 ming so‘mni) tashkil etadi;
Shu tariqa, xo‘jalik yurituvchi subyektning budjetga soliq va yig‘imlarning har bir turi bo‘yicha qarzdorligi budjet oldidagi umumiy qarzdorligidan 53,476 foiz miqdorida qondiriladi. Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning davlat maqsadli jamg‘armalar oldidagi qarzdorligi ushbu davlat maqsadli jamg‘armalar oldidagi umumiy qarzdorlikdan 53,476 foiz miqdorida qondiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning ish haqi bo‘yicha qarzdorligi ham jismoniy shaxslar daromadidan soliq, jamg‘arib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar va Kasaba uyushmasiga ixtiyoriy badallarni hisobga olgan holda, ular bo‘yicha umumiy qarzdorlikdan 53,476 foiz miqdorida qondiriladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 13-maydagi 321-V-9, 57 va 2019-33-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2342-9, 23.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 10/19/2342-9/3173-son)