19.02.2024 yildagi PQ-75-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 19.02.2024 yildagi PQ-75-son
Date of entry into force
20.02.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini hamda norma ijodkorligi jarayoni sifatini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining qabul qilinishi milliy qonunchilikni takomillashtirish, qonun ijodkorligi jarayoni sifati va samaradorligini oshirish, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan qonunlarni qabul qilish amaliyotini kengaytirish, shuningdek, huquqiy tartibga solish barqarorligini taʼminlash boʻyicha bir qator vazifalarni kun tartibiga qoʻymoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uygʻunligini taʼminlash va davlat huquqiy siyosatining institutsional asoslarini rivojlantirish boʻyicha maqsadiga erishish, shuningdek, qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini yanada oshirish, shu jumladan, ulardagi huquqiy boʻshliqlarni toʻldirish va havolaki normalarini amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda huquqni qoʻllash amaliyotining bir xilligini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2017 — 2023-yillarda qabul qilingan 135 ta yaxlit qonunda jami 543 ta havolaki norma mavjudligi, shundan 23 ta qonundagi 41 ta havolaki normani amalga oshirish boʻyicha qonunosti hujjatlari qabul qilinmaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — chora-tadbirlar rejasi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasining toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunlarning ulushini izchil oshirib borish hamda qonunlardagi havolaki normalar oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida 2024-yil 1-martdan boshlab quyidagi tartib-taomillarni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihasidagi havolaki normalarni amalga oshirishning aniq muddatlari va masʼul ijrochilarini loyihaning oʻzida majburiy tartibda belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli sohani tartibga soluvchi qonun loyihasini tayyorlashda ushbu sohadagi qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan munosabatlarni qonun darajasiga koʻtarish imkoniyatini muhokama qilish shartligini belgilash va bu haqda qonun loyihasining tushuntirish xatida koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun kuchga kirgan kundan boshlab besh yil oʻtib, masʼul davlat organi va Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalari tomonidan qonunning samaradorligini, maqsadi va kutilgan natijalariga erishilganligini aniqlash uchun uning tartibga solish taʼsirini baholash amaliyotini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqishda fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy hamjamiyat vakillari ishtirokini kengaytirish, jamoatchilik muhokamasi tizimini takomillashtirish hamda norma ijodkorligi jarayonining xalqchil boʻlishini taʼminlash maqsadida 2024-yil 1-martdan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida toʻplangan ijobiy tajriba asosida eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishdan oldin ularning tayyorlanishi haqidagi axborot normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtiriladi hamda dastlab jamoatchilikning taklif va tavsiyalari olinib, ular asosida tegishli loyihalar ishlab chiqiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatni kuchini yoʻqotgan deb topish boʻyicha loyiha ishlab chiqilganda, uning asosida qabul qilingan quyi turuvchi normativ-huquqiy hujjatlar xatlovdan oʻtkazilib, ularni ham oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish masalasi koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Masʼul vazirlik va idoralar ushbu qarorga ilovaga muvofiq tasdiqlanayotgan chora-tadbirlar rejasida belgilangan muddatlarda qonun hujjatlarini tanqidiy tahlil qilish, milliy va xalqaro tajribani chuqur va har tomonlama oʻrganish yakunlari boʻyicha normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning puxta ishlab chiqilishi, kelishilishi hamda qabul qilinishi yoki oʻrnatilgan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Adliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari belgilangan tartibda kelishilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi ustidan monitoring olib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan va idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoatchilik muhokamasiga chiqarilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha aholining taklif va eʼtirozlariga ishlab chiquvchi tomonidan munosabat bildirilishi ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mamlakat hududida oliy yuridik kuchga egaligi hamda toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazishda ularning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini baholashni alohida mezon sifatida belgilasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazishda ushbu qaror talablariga rioya etilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik taklif va tavsiyalari asosida ishlab chiqish boʻyicha vazirlik va idoralar uchun uslubiy tavsiyalarni tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda qonunlarning amaliyotda aniq va toʻgʻri qoʻllanishini taʼminlash maqsadida ularning huquqni qoʻllovchilarga va aholiga tushuntirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Masʼul vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari zimmasiga chora-tadbirlar rejasida belgilangan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalari oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishi, ekspertiza qilinishi va kelishilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatiga qonunlarning havolaki normalari amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 19-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-75-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-fevraldagi PQ-75-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tartibga solish predmeti

Amalga oshirish shakli

Havolaki norma

Masʼul ijrochilar

Ijro muddati

1. “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-427-son, 06.04.2017-yil)

1.

Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash tartibini belgilash.

Sudyalar oliy kengashi qarori

24-moddaning uchinchi qismi:

Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda turli oʻrganish usullaridan — suhbat oʻtkazishdan, mustaqil ekspertlar tomonidan test sinovidan oʻtkazishdan, berilgan muammolar boʻyicha mavzuga oid referatlar tayyorlashdan, bilim darajasini aniqlash uchun elektron soʻrov dasturidan foydalanilishi mumkin.

Sudyalar oliy kengashi,

Oliy sud,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

2024-yil 1-aprel

2. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (OʻRQ-460-son, 22.01.2018-yil)

2.

Chet davlatlar organlarida ish yuritish uchun zarur boʻlgan dalillarni taʼminlash tartibini belgilash.

Qonun

76-moddaning uchinchi qismi:

Chet davlatlar organlarida ish yuritish uchun zarur boʻlgan dalillarni taʼminlash qonunda belgilangan tartibdanotariuslar tomonidan amalga oshiriladi.

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

2024-yil 1-iyun

3. “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-515-son, 14.01.2019-yil)

3.

Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish choralarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

5-moddaning sakkizinchi qismi:

Himoya qilinuvchi shaxslarni ijtimoiy himoya qilish choralarini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari va boshqa organlar zimmasiga yuklatiladi.

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2024-yil 1-oktabr

4. “Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-546-son, 01.07.2019-yil)

4.

Hisob palatasining budjetdan tashqari jamgʻarmasini tashkil etish va undan foydalanish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

45-moddaning ikkinchi qismi:

Hisob palatasida budjetdan tashqari jamgʻarma tashkil etiladi, undan foydalanish tartibi qonunchilikda belgilanadi.

Hisob palatasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2024-yil 1-aprel

5. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-635-son, 28.08.2020-yil)

5.

Komissiyalarning ishlash va ularning faoliyatini tugatish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

12-moddaning beshinchi qismi:

Komissiyalarning ishlash va ularning faoliyatini tugatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2024-yil 1-may

6.

Maʼmuriy-hududiy birliklarning davlat reyestrini yuritish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

15-moddaning toʻrtinchi qismi:

Maʼmuriy-hududiy birliklarning davlat reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2024-yil 1-iyun

7. “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-641-son, 15.10.2020-yil)

8.

Nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish uchun moʻljallangan tibbiy buyumlarning va nogironligi boʻlgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarining roʻyxatini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

36-moddaning yettinchi qismi:

Nogironligi boʻlgan shaxslarning sanatoriy-kurortda sogʻlomlashtirilishini taʼminlash tartibi hamda dori vositalarining, nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish uchun moʻljallangan tibbiy buyumlarning va nogironligi boʻlgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2024-yil 1-iyul

8. “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-642-son, 20.10.2020-yil)

9.

Autstaffing xizmatlari koʻrsatish tartibi va autstaffing xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ishlar turlarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

16-moddaning beshinchi qismi:

Autstaffing xizmatlari koʻrsatish tartibi va autstaffing xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ishlar turlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2024-yil 1-iyun

9. “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-644-son, 27.10.2020-yil)

10.

Majburiy davolashga yuborilishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishning shaklini tasdiqlash.

Ichki idoraviy hujjat

26-moddaning uchinchi qismi:

Majburiy davolashga yuborilishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Ichki ishlar vazirligi

2024-yil 1-may

11.

Majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

31-modda:

Majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2024-yil 1-iyun

12.

Majburiy davolanayotgan shaxslar uchun ovqatlanish va moddiy-maishiy taʼminot normalarini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

33-moddaning beshinchi qismi:

Majburiy davolanayotgan shaxslar uchun ovqatlanish va moddiy-maishiy taʼminot normalari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2024-yil 1-iyun

13.

Majburiy davolanayotgan shaxslardan ashyolarni olib qoʻyish tartibini hamda saqlanishi taqiqlanadigan ashyolar roʻyxatini tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

33-moddaning oltinchi qismi:

Majburiy davolanayotgan shaxslarga pul mablagʻlarini, moddiy qimmatliklarni va saqlanishi taqiqlangan roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ashyolarni yonida saqlashga ruxsat berilmaydi. Olib qoʻyilgan pul mablagʻlari, moddiy qimmatliklar va saqlanishi taqiqlangan ashyolar qarindoshlariga qaytariladi, qarindoshlari yoʻq boʻlgan taqdirda esa, majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasasining saqlash xonasiga topshirilib, bu yerda ularning but saqlanishi taʼminlanadi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2024-yil 1-iyul

10. “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (OʻRQ-690, 12.05.2021-yil)

14.

Dispanser kuzatuvida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning yagona elektron reyestridan foydalanishga ruxsat etiladigan shaxslar roʻyxatini tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

29-moddaning beshinchi qismi:

Yagona reyestrdan foydalanishga mazkur reyestrdagi axborotning maxfiyligi taʼminlangan holda, faqat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan shaxslarga ruxsat etiladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2024-yil 1-may

11. “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-710-son, 23.08.2021-yil)

15.

Qimmatbaho metallar yombilarini, qimmatbaho toshlarni noyob toifasiga kiritish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

21-moddaning ikkinchi qismi:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq noyob toifasiga kiritilishi lozim boʻlgan qimmatbaho metallar yombilari hamda qimmatbaho toshlar sanoat usulida va oltin izlovchilar usulida qazib oluvchi subyektlar tomonidan vakolatli davlat organiga ustuvor tartibda sotib olish uchun taklif etilishi kerak.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

2024-yil 1-may

16.

Qimmatbaho toshlarni identifikatsiya qilish tartibini belgilash.

Ichki idoraviy hujjat

26-moddaning birinchi qismi:

Qimmatbaho toshlarning xususiyatlari qimmatbaho toshlarni saralash, ularni birlamchi tasniflash va dastlabki baholash (qimmatbaho toshlar Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilgan yoki ular Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilgan taqdirda) jarayonida, shuningdek qimmatbaho toshlardan mahsulot (buyumlar) ishlab chiqarish tugatilganda aniqlanadi. Qimmatbaho toshlarni identifikatsiya qilish tartibi Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan belgilanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

2024-yil 1-may

17.

Qimmatbaho toshlarni qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish uchun yaroqsiz deb topish tartibi va mezonlarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

26-moddaning sakkizinchi qismi:

Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish uchun yaroqsiz boʻlgan qimmatbaho toshlardan ishlab chiqarish-texnika ahamiyatidagi mahsulot sifatida qonunchilikda belgilangan tartibda cheklovlarsiz foydalaniladi. Qimmatbaho toshlarni qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish uchun yaroqsiz deb topish mezonlari hamda tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

2024-yil 1-iyun

18.

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishlov berilmagan qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq bitimlar haqidagi maʼlumotlarni Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasiga taqdim etish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

26-moddaning toʻqqizinchi qismi:

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ishlov berilmagan qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan oʻzlari tuzayotgan bitimlar haqidagi maʼlumotlarni Asillik darajasini belgilash palatasiga bunday bitimlar hisobini yuritish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

2024-yil 1-iyun

19.

Asillik darajasini aniqlash va tamgʻalash tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiya qoʻllash hamda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumni musodara qilish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

33-moddaning toʻrtinchi qismi:

Asillik darajasini aniqlash va tamgʻalash tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiya qoʻllash hamda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik yoki boshqa buyumni musodara qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

2024-yil 1-avgust

20.

Metrik yoki karat asillik darajasi tizimidagi asillik darajasi tamgʻalarining izlari yoki buyumning asillik darajasini koʻrsatuvchi belgilar mavjudligi ustidan nazorat qilish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

55-moddaning birinchi qismi:

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tijorat maqsadlarida olib kiriladigan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar chet davlatlar asillik darajasini belgilash palatalarining metrik yoki karat asillik darajasi tizimidagi asillik darajasi tamgʻalarining aniq izlariga yoki buyumning asillik darajasini koʻrsatuvchi boshqa belgilarga ega boʻlishi kerak, bundan jismoniy shaxslar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mazkur turdagi tovarlar uchun qonunchilikda belgilangan hollar mustasno. Bunda metrik yoki karat asillik darajasi tizimidagi asillik darajasi tamgʻalarining izlari yoki buyumning asillik darajasini koʻrsatuvchi boshqa belgilar mavjudligi ustidan nazorat qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

2024-yil 1-avgust

12. “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-731, 26.11.2021-yil)

21.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xabarnoma yubormasdan noshirlik faoliyati bilan shugʻullanish hollarini aniqlash tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

21-moddaning ikkinchi qismi:

Vakolatli davlat organi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xabarnoma yubormasdan noshirlik faoliyati bilan shugʻullanish hollarini aniqlash uchun belgilangan tartibda nazorat tadbirlarini oʻtkazadi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

2024-yil 1-avgust

13. “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni (OʻRQ-737-son, 15.12.2021-yil)

22.

Favqulodda holat rejimini buzayotgan va favqulodda holat joriy etilgan hududda yashamaydigan shaxslarni ushbu hududdan chiqarib yuborish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

13-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi:

favqulodda holat rejimini buzayotgan va favqulodda holat joriy etilgan hududda yashamaydigan shaxslarni belgilangan tartibda ushbu hududdan tashqariga oʻz hisobidan chiqarib yuborish, ularda mablagʻlar mavjud boʻlmagan taqdirda esa xarajatlarning oʻrnini keyinchalik sud tartibida ushbu shaxslardan undirgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan chiqarib yuborish.

Milliy gvardiya,

Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2024-yil 1-avgust

23.

Favqulodda holatning amal qilish davrida hayot kechirish uchun zarur boʻlgan va ijtimoiy soha obyektlarini, uy-joy fondini tiklashga, fuqarolarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga, favqulodda holat joriy etilgan hududda joylashgan tegishli tashkilotlarga kompensatsiyalar toʻlashga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarni Davlat komissiyasi va hudud komendanti tomonidan tasarruf etish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

31-moddaning ikkinchi qismi:

Favqulodda holatning amal qilish davrida Davlat komissiyasiga va (yoki) hudud komendantiga hayot kechirish uchun zarur boʻlgan va ijtimoiy soha obyektlarini, uy-joy fondini tiklashga, fuqarolarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga, favqulodda holat joriy etilgan hududda joylashgan tegishli tashkilotlarga kompensatsiyalar toʻlashga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarni belgilangan tartibda tasarruf etish vazifalari topshirilishi mumkin.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2024-yil 1-avgust

14. “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-763, 12.04.2022-yil)

24.

Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda oʻtkazish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

34-moddaning toʻrtinchi qismi:

Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda oʻtkazish tartibi qonunchilikda tartibga solinadi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2024-yil 1-may

15. “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-764, 15.04.2022-yil)

25.

Axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan apparat, apparat-dasturiy hamda dasturiy vositalarni sertifikatlashtirish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

19-moddaning ikkinchi qismi:

Axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan apparat, apparat-dasturiy hamda dasturiy vositalarni sertifikatlashtirish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.

Davlat xavfsizlik xizmati

2024-yil 1-avgust

26.

Attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan axborotlashtirish obyektlarining va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining toifalari va ularning kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

20-moddaning ikkinchi qismi:

Attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan axborotlashtirish obyektlarining va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining toifalari qonunchilikka muvofiq belgilanadi.

Davlat xavfsizlik xizmati

2024-yil 1-avgust

27.

Attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan axborotlashtirish obyektlarining va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining toifalari va ularning kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

20-moddaning uchinchi qismi:

Axborotlashtirish obyektlarining va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.

Davlat xavfsizlik xizmati

2024-yil 1-avgust

28.

Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining yagona reyestriga kiritilishi shart boʻlgan kiberxavfsizlik obyektlarining toifalarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

27-moddaning ikkinchi qismi:

Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining yagona reyestriga kiritilishi shart boʻlgan kiberxavfsizlik obyektlarining toifalari qonunchilikka muvofiq belgilanadi.

Davlat xavfsizlik xizmati

2024-yil 1-dekabr

16. “Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-768-son, 11.05.2022-yil)

29.

Tirik donorni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

12-moddaning oltinchi qismi:

Tirik donorni har taraflama tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2024-yil 1-iyun

30.

Inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasini amalga oshiruvchi tibbiyot muassasalarining xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlari tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

21-moddaning ikkinchi qismi:

Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasini amalga oshiruvchi tibbiyot muassasalarining xalqaro hamda xorijiy tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlari tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2024-yil 1-iyul

17. “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-788-son, 08.08.2022-yil)

31.

Tanlov oʻtkazilmagan holda egallanishi mumkin boʻlgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining roʻyxatini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat

27-modda:

Davlat fuqarolik xizmatiga kirish tanlov asosida nomzodni davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlash orqali amalga oshiriladi, bundan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini qonunchilikda nazarda tutilgan boshqacha tartib boʻyicha egallash mustasno.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

2024-yil 1-may

18. “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-793-son, 12.10.2022-yil)

32.

Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatining tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

28-moddaning toʻrtinchi qismi:

Ishonchli uchinchi taraf xizmati faoliyatining tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2024-yil 1-iyun

19. Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (OʻRQ-798-son, 28.10.2022-yil)

33.

Homilador ayollarni antenatal (tugʻuruqqacha) parvarishlash tartibi va muddatlarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

403-moddaning ikkinchi qismi:

Homilador ayollarni antenatal (tugʻuruqqacha) parvarishlash tartibi va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2024-yil 1-avgust

20. “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-819-son, 27.02.2023-yil)

34.

Texnik reglamentlar, standartlar, muvofiqlikni baholash tartib-taomillari toʻgʻrisida xabardor qilish tartibini va tartib-taomillarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

20-moddaning ikkinchi qismi:

Texnik reglamentlar, standartlar, muvofiqlikni baholash tartib-taomillari toʻgʻrisida xabardor qilish tartibi va tartib-taomillari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

2024-yil 1-avgust

35.

Muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni roʻyxatdan oʻtkazish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash, tugatish tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

26-moddaning oʻn uchinchi qismi:

Muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni roʻyxatdan oʻtkazish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash, tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

2024-yil 1-avgust

36.

Majburiy ravishda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan xavf darajasi yuqori boʻlgan mahsulotlarning roʻyxatini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

33-moddaning birinchi qismi:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majburiy ravishda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan, xavf darajasi yuqori boʻlgan mahsulotlarning roʻyxatini tasdiqlaydi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

2024-yil 1-sentabr

37.

Mahsulotni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga va mazkur mahsulotdan xavfsiz foydalanish boʻyicha yoʻriqnomani davlat tilida ishlab chiqishga doir talablarni belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

33-moddaning uchinchi qismi:

Maxsus vakolatli davlat organi mahsulotni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga va mazkur mahsulotdan xavfsiz foydalanish boʻyicha yoʻriqnomani davlat tilida ishlab chiqishga doir talablarni belgilaydi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

2024-yil 1-oktabr

21. “Davlat qarzi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-836-son, 29.04.2023-yil)

38.

Davlat qarzi bilan bogʻliq xatarlarni baholash uslubiyatini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat

21-moddaning yettinchi qismi:

Davlat qarzi bilan bogʻliq xatarlarni baholash uslubiyati vakolatli organ tomonidan belgilanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2024-yil 1-iyun

22. “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-848-son, 16.06.2023-yil)

39.

Kam taʼminlangan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

11-moddaning oltinchi qismi:

Agar kam taʼminlangan shaxs mahkum boʻlib qolgan taqdirda, davlat hisobidan yuridik yordam qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrsatiladi.

Adliya vazirligi

2024-yil 1-iyul

23. “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-865-son, 30.08.2023-yil)

40.

Foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish tartibi va sugʻurta obyektlarining roʻyxatini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

26-moddaning ikkinchi qismi:

Foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish tartibi va sugʻurta obyektlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

2024-yil 1-iyun

41.

Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyat natijasida yetkazilgan zararning sugʻurta summasidan ortigʻining oʻrnini qoplash tartibini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori

27-moddaning uchinchi qismi:

Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyat natijasida yetkazilgan zararning sugʻurta summasidan ortigʻining oʻrnini qoplash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

2024-yil 1-iyul

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2024-y., 07/24/75/0137-son; 25.06.2024-y., 07/24/231/0445-son)