08.08.2018 yildagi PF-5505-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 08.08.2018 yildagi PF-5505-son
Date of entry into force
09.08.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida (keyingi oʻrinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) qabul qilinayotgan qonunlarning ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga taʼsirini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, belgilangan keng koʻlamli islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi maʼlum darajada oʻtgan yillarda shakllangan qonunchilik bazasiga, shuningdek, norma ijodkorligi jarayoni sifatiga bogʻliq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu yoʻnalishda mavjud boʻlgan kamchiliklar turli sohalardagi ijtimoiy munosabatlarni tarqoq holda tartibga solish salbiy amaliyotining davom etishiga olib kelmoqda, bu esa huquqiy kolliziyalar, huquqni qoʻllashda turlicha talqin qilish va murakkabliklar yuzaga kelishiga sabab boʻlmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bugungi kun voqeligi tizimli muammolarga tezkorlik bilan munosabat bildirishni talab qiladi, ularning yechimlari yoʻqligi mamlakatda olib borilayotgan islohotlarda aks etmoqda. Biroq, bu borada qoʻllanilayotgan norma ijodkorligi yondashuvi qonun hujjatlarining mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlariga taʼsirini baholash zaruriyatini hisobga olmayapti hamda jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda fuqarolarning hayoti va farovonligini yaxshilashga doir vazifalarga erishishni taʼminlamayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, umumiy tusga ega boʻlgan qonunlar koʻpligi, shuningdek, ularni amalga oshirishning muayyan mexanizmisiz ayrim qarorlarning qabul qilinishi, umuman davlat va jamiyat rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda, ijtimoiy munosabatlarni asosan qonunosti hujjatlari bilan tartibga solishga olib kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tizimlashtirilgan qonunchilik bazasini shakllantirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy jihatdan taʼminlanishini takomillashtirish, shuningdek, Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil roʻyobga chiqarish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — Amaliy chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tili matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik bazasini tizimlashtirish, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish barqarorligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlari sifatini oshirish, shuningdek, ularning ijrosi monitoringini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norma ijodkorligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norma ijodkorligida “aqlli tartibga solish” modeli elementlarini qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norma ijodkorligi faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Vazirlar Mahkamasining quyidagi tartibni belgilash toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari tomonidan qonunlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini ishlab chiqish hamda qabul qilish tashabbusiga faqatgina ushbu organlarning koʻtarilayotgan masalalar yoki muammolarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan amaldagi normalar va maʼmuriy tartib-taomillar orqali hal qilish vakolati boʻlmagan taqdirda yoʻl qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini qoʻllash, ular kuchga kirgan paytdan eʼtiboran ijrosini tashkil etish yuzasidan qoʻshimcha ichki idoraviy hujjatlar qabul qilishga doir majburiyatlar yuklatilmagan holda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish oʻxshash munosabatlarni tartibga soluvchi aynan bir xil yuridik kuchga ega hujjatni bekor qilish bilan bir vaqtda yoki unga taklif etiladigan oʻzgartishlar kiritish orqali, shu jumladan, uni yangi tahrirda bayon etgan holda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalariga Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda uch oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, ularga ilova qilinayotgan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona uslubiyotini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish hamda ularni manfaatdor idoralar bilan kelishish tartibini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda ilgari faoliyat yuritgan Oliy xoʻjalik sudi Plenumining qarorlarini xatlovdan oʻtkazish hamda ularni tizimlashtirish, qonunchilikdagi oʻzgarishlarni, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotida noaniqliklar istisno etilishini taʼminlashni hisobga olgan holda ularni qayta tasdiqlash boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2019-yil 1-yanvardan eʼtiboran quyidagilarni tugatish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarining “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi”, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari toʻplami” va “Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami”ga obuna boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi”, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari toʻplami”, “Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami”ni ularni Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasiga (www.lex.uz) oʻtkazgan holda nashr etish, bundan arxivlarda, axborot-resurs markazlarida saqlash uchun, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar talablariga koʻra tayyorlanadigan nusxalar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Komissiya (N. Ismoilov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Konsepsiya va Amaliy chora-tadbirlar rejasini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqishni va belgilangan tartibda kiritishni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Konsepsiyani amalga oshirish doirasida fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, ilmiy doiralar va xorijiy ekspertlarni keng jalb etgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot konferensiyalarini tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) bir oy muddatda qonunchilik bazasini toʻliq xatlovdan oʻtkazish va normativ-huquqiy hujjatlarni quyidagilar asosida qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniq sohalardagi munosabatlarni tartibga soluvchi (saylov tizimi, arxitektura va qurilish, taʼlim, investitsiyalar, tadbirkorlik faoliyati va boshqalar) normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiq holda ijtimoiy munosabatlarni normativ-huquqiy hujjatlar bilan amaliy va samarali tartibga solish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar darajasida mustahkamlash talab etiladigan yuqori yuridik kuchga ega normalarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qoʻllash amaliyotiga taʼsir etmaydigan qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asossiz cheklovlar, ortiqcha maʼmuriy tartib taomillar va eskirgan tartibga solish mexanizmlarining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ikki oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar normalarini yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qonun hujjatlariga oʻtkazish va “tartibga solish gilotinasi” usulini qoʻllash orqali qolgan hujjatlarni, shu jumladan, qonunchilikni tizimlashtirish doirasida har bir idoraning vakolatini bosqichma-bosqich kamaytirish va bekor qilishni nazarda tutuvchi, ular tomonidan qabul qilinayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning aniq roʻyxatini belgilash boʻyicha taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ikki oy muddatda qonunchilikni tizimlashtirish jarayonida foydalanish maqsadida xalqaro tashkilotlarning taklif va tavsiyalari, koʻrib chiqilishi zarur boʻlgan xalqaro shartnomalar talablari hamda majburiy tartibda rioya qilinishi kerak boʻlgan va huquqiy bazadan chiqarib yuborilmaydigan talablar boʻyicha yagona ommabop roʻyxatning shakllantirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar quyidagilarni taʼminlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini ishlab chiqish va sinov tariqasida ishga tushirish, bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishish jarayonini boshqarish va nazorat qilish, shu jumladan, masʼul idoralar, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan loyihalarga elektron koʻrinishdagi viza qoʻyishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va kelishish boʻyicha idoralararo elektron hamkorlikni, shuningdek, ularni ishlab chiqish jarayoni monitoring qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni jamoatchilik va kasbiy doirada muhokama qilish, shu jumladan, foyda, xarajat va kutilayotgan natijalar tahlilini hamda ularning jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va manfaatlariga, ijtimoiy sohaga, tadbirkorlik faoliyatiga, atrof-muhit holatiga taʼsirini, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarni baholash imkonini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi tizimini, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutgan holda modernizatsiya qilish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy qonunchilikning mavzuli maʼlumotnomasini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havolalar yoki muayyan boʻshliqlar mavjudligini koʻrsatib bergan havolaki normalarga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qoʻshimcha axborot sifatida koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi, shuningdek, chet el investorlari uchun muhim ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlarning chet tillariga rasmiy tarjimasini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Qonun hujjatlarining taʼsirchanligini baholash tizimi” portalining Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi tarkibiy qismi sifatida unga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Fanlar akademiyasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-fevralga qadar muddatda ilmiy ekspert doiralari vakillari, oliy oʻquv yurtlari talabalari va ilmiy darajalar olish uchun talabgorlar tomonidan ilmiy-tahliliy faoliyat asosida ishlab chiqilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni oʻz ichiga olgan onlayn ommabop axborot tizimini yaratsin va uni muntazam ravishda yangilab borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsepsiya va Amaliy chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishi, kelishilishi va kiritilishi ustidan monitoring oʻtkazilishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorak yakuni boʻyicha Komissiyaga monitoring natijalari toʻgʻrisida axborot kiritsin.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti Amaliy chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda masʼul organlar va tashkilotlarga ilmiy-uslubiy va axborot-tahliliy jihatdan koʻmaklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Komissiyaga norma ijodkorligi sohasida ilgʻor xorijiy mamlakatlarning qonunchiligini va huquqni qoʻllash amaliyotini, zarur hollarda, xorijiy (xalqaro) tashkilotlar vakillarini jalb etgan holda oʻrganishni tashkil etishga koʻmaklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 8-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5505-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsepsiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat hayotining bir qator sohalaridagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq qonunchilikning jadal rivojlanishi ayrim hollarda amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlgan koʻplab normalarning vujudga kelishiga olib keldi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur holat oʻtkazilayotgan islohotlarning belgilangan maqsad va vazifalariga erishish uchun butun qonunchilikni tubdan qayta koʻrib chiqish zaruriyatini taqozo etmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Qonunchilik bazasini tizimlashtirish, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. U yoki bu ijtimoiy munosabatni tartibga solish uchun zarur boʻlgan hujjatning muayyan turini belgilash maqsadida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish asosi va tartibga solish predmetini aniq belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish maqsadi, qabul qilish tartibi va amal qilishning yuridik oqibatlaridan kelib chiqib, ularni tasniflashni takomillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qoʻllashga taʼsir etmaydigan qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish hamda asossiz cheklovlar, ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillar va tartibga solishning eskirgan mexanizmlarini bartaraf etish hisobiga aniq sohalardagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish va kodifikatsiyalash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Muayyan muammoni oʻzga choralar (maʼmuriy tartib-taomillar, boshqarishga oid qarorlar, sudda koʻrib chiqish) hal eta olmasa hamda davlatning tartibga solish orqali aralashuvi zarurligi yetarli darajada, shu jumladan murojaatlarni, jamoatchilik fikri soʻrovi natijalarini va amaldagi qonun hujjatlaridagi boʻshliqlarni oʻrganish va tahlil etish negizida asoslangan boʻlsagina davlatning tartibga soluvchi aralashuviga yoʻl qoʻyiladigan tartibga soluvchi qarorlar qabul qilish uchun asoslarning yetarliligi prinsipining amalda ishlashini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni bosqichma-bosqich kamaytirish va ularni qabul qilish boʻyicha vakolatlarni bekor qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish bilan bogʻliq holda har bir idoraning yurisdiksiyasi roʻyxatini aniq belgilash yoʻli bilan ularning norma ijodkorligi vakolatlarini cheklash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi huquqiy bazasining xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va xalqaro shartnomalar normalariga muvofiqligini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qonun hujjatlarini qoʻllash chegaralarini aniqlash bilan ularning qoʻllanilishini tushuntirish boʻyicha Oliy sud Plenumi qarorlarini qabul qilish jarayonlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat etish tartibini takomillashtirish, shuningdek, tushuntirish va sharhlashga doir hujjatlar ustidan shikoyat qilish mexanizmlarini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlari sifatini oshirish, shuningdek, ularning ijrosi monitoringini takomillashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sifat, shaffoflik, tizimlilik, kelishilganlik hamda jamoatchilik jalb etilishini taʼminlovchi konseptual jihatdan yangi mexanizmlarni joriy etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ilgari surish, ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek, ularning ijrosini monitoring qilish tartibini takomillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Konstitutsiyaviy sud tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar normalarining, Oʻzbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini monitoring va nazorat qilish hamda uning qarorlarini ijro etishning taʼsirchan tartibini joriy etgan holda Konstitutsiya normalariga zid ravishda qabul qilingan hujjatlar va qarorlarni bekor qilishga qaratilgan qarorlarni kechiktirmay qabul qilishning taʼsirchan mexanizmini yaratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, tadbirkorlik subyektlari va ilm-fan vakillarini jalb etish ishlarini samarali tashkil etish orqali norma ijodkorligi jarayoniga jamoatchilik muhokamalarining taʼsir darajasini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Idoralarning norma ijodkorligi faoliyatini ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ularning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, shuningdek, samarasiz tartibga solish oqibatida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari koʻrgan foyda va chiqimlardan (shu jumladan zarar va ziyon) kelib chiqqan holda baholashning samarali tizimini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Fuqarolar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjat ustidan shikoyat qilish va uni bekor qilishni talab qilish tartib-taomillarini aniqlashtirish, maʼmuriy sudlarning va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining mazkur jarayondagi rolini belgilash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash jarayonini aniqlashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Norma ijodkorligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Norma ijodkorligi jarayoni (normativ-huquqiy hujjatlarni ilgari surish, ishlab chiqish, kelishish, kiritish va ijrosini monitoring qilish) bosqichlarini elektron shaklga oʻtkazishni nazarda tutuvchi elektron norma ijodkorligi tizimini rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihalarini idoralararo elektron kelishish tartib-taomilini optimallashtirish va rasmiyatchilikning oldini olishga qaratilgan, shu jumladan loyihaning hajmi, tartibga solish predmetining murakkabligi va boshqalarni hisobga olgan holda kelishib olish tartib-taomillarini nazarda tutuvchi mexanizmni joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Fuqarolarga qonun loyihalarini barcha bosqichlarda koʻrib chiqish va qabul qilish jarayoni haqidagi axborotni moneliksiz olish imkonini beruvchi qonun hujjatlari maʼlumotlari bilan ishlashning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va Oliy Majlis palatalari faoliyatiga tatbiq etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ikki va undan ortiq tillarda tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari matnlarining oʻzaro muvofiqligini lingvistik ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlovchi organni belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Fuqarolarning jamoaviy tashabbuslarini elektron taqdim qilish (“Mening fikrim” veb-portali) tizimini tashabbusni taqdim qilish uchun ovozlar sonini xorijiy mamlakatlar tajribasiga muvofiq qayta koʻrib chiqqan, huquq normalarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga nisbatan fuqarolik tashabbuslarini davlat organlari tomonidan qabul qilish va koʻrib chiqish tartib-taomillarini aniqlashtirgan va ularni koʻrib chiqishga vakolatli organlar doirasini kengaytirgan holda yanada takomillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Norma ijodkorligida “aqlli tartibga solish” modeli elementlarini qoʻllash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Aqlli tartibga solish” modeli, shu jumladan tartib-taomillarni murakkablashtirishni nazarda tutuvchi, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxl etuvchi qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda quyidagilar toʻgʻrisidagi qoidalarni oʻz ichiga olgan elementlarini qoʻllashga bosqichma-bosqich oʻtish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari va jamiyat tomonidan qilingan ijro xarajatlari taklif etilayotgan loyiha normasida nazarda tutilayotgan xarajatlarga teng yoki ortiq boʻlganda mavjud normani bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murakkablashtiruvchi tartib-taomillarning amal qilish muddatini cheklash, bunda muddat oʻtgach ular mavjud tartibga solishni yaxshilash, uning bundan buyongi zaruriyatini asoslash yoki avtomatik ravishda kuchini yoʻqotgan deb topish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Muammoni, uni hal etish usullarini, raqobatga taʼsirini tahlil qilish, tartibga solishning yangi vositalari va tartibini joriy etishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarni prognoz qilish va baholash, shu jumladan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun foyda va xarajatlarni tahlil etishni nazarda tutuvchi xorijiy mamlakatlarda ijobiy sinovdan oʻtgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish taʼsirini majburiy baholashdan oʻtkazish tizimini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qonun hujjatlarini ishlab chiqish va ularni qoʻllash monitoringi jarayonining uzviy qismi sifatida ularning taʼsir kuchini baholash tizimi tartib-taomilidan oʻtishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar turlarining yakunlangan roʻyxatini aniqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish maqsadlariga erishish uchun normativ-huquqiy hujjatlarda koʻrsatilgan maqsad va vazifalarni ulardan mazkur maqsadlarga erishish koʻrsatkichlari sifatida foydalangan holda aniqlashtirish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qonun hujjatlarining tartibga solish taʼsirini baholashning kompleks tizimi amal qilishini uning taʼsirini qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga tatbiq etish orqali taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishning samarali usullari va metodologiyasini mazkur tartib-taomilni qonun hujjatlarining taʼsirini baholash tizimining uzviy elementi sifatida belgilagan holda tatbiq etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini kelishib olish va jamoatchilik muhokamasi bosqichlarida muammoni, uni hal etish usullarini, raqobatga taʼsirini tahlil qilish, tartibga solishning yangi vositalari va tartibini joriy etishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarni prognoz qilish va baholash, shu jumladan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun foyda va xarajatlarni tahlil etishni nazarda tutuvchi tartibga solish taʼsirini baholashga oid tahliliy hujjatlar bilan majburiy taʼminlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Norma ijodkorligi faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat organlari, ilmiy hamjamiyat va nodavlat tuzilmalarning oʻzaro samarali hamkorligini, shuningdek, qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha yaxlit ilmiy-nazariy va metodologik asoslarini ishlab chiqish hamda takomillashtirishni taʼminlovchi yagona muvofiqlashtiruvchi tashkilotni belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qonun loyihalari boʻyicha parlament muhokamalari jarayonining shaffofligi va hisobdorligini quyidagi mexanizmlarni joriy etish yoʻli bilan taʼminlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun loyihalari matnlarini va ularga doir tahliliy materiallarni har bir oʻqishdan keyin parlamentning veb-resurslarida tezkor eʼlon qilib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
real vaqt rejimida takliflar hamda mulohazalarni yoʻllash imkoniyatini joriy etgan holda mazkur jarayonlarni ommaviy axborot vositalari, shuningdek, parlamentning veb-resurslarida onlayn translatsiya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Muayyan maʼmuriy-hududiy birliklar doirasida tartibga soluvchi qarorlarni sinov hamda eksperiment tarzida qoʻllash va keyinchalik ijobiy tajribani respublika miqyosida tatbiq etish prinsiplari va tartib-taomillarini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qonun hujjatlarining tartibga soluvchi taʼsirini baholash va qonunchilikning tizimli kamchiliklarini aniqlash maqsadida sud, huquqni qoʻllash va nazorat amaliyotining statistik hisobi hamda tahlili natijalarini idoralararo axborot almashish mexanizmlarini takomillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ilmiy va ekspert doiralar vakillari, oliy taʼlim muassasalari talabalari va ilmiy darajalar olish uchun talabgorlarning qonunchilik va huquqiy tartibga solishni takomillashtirish boʻyicha takliflarni oʻz ichiga olgan ilmiy-tahliliy faoliyati natijalarini, shu jumladan mazkur takliflarni oʻz ichiga olgan onlayn axborot tizimlarini yaratish orqali keng jalb etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ekspert hamjamiyati bilan maslahatlashish va ularning salohiyatidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida foydalanishning samarali mexanizmlarini yaratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda zamonaviy ish usullarini oʻrgatish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, ekologik, korrupsiyaga qarshi va boshqa turdagi ekspertizasini amalga oshiruvchi davlat organlari xodimlarining malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻtkazilayotgan islohotlarning ilmiy asoslantirilganligini fan va amaliyot oʻzaro hamkorligining optimal modelini shakllantirish orqali taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Mazkur Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy taʼminlashni takomillashtirish, shuningdek, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini har tomonlama taʼminlashga, tadbirkorlik subyektlarining kafolatlari, himoyasi va qoʻllab-quvvatlashini taʼminlash, ularning fikrlarini toʻlaqonli hisobga olish va “Inson manfaatlari — hamma narsadan ustun” prinsipini har tomonlama roʻyobga chiqarishga qaratilgan tizimlashtirilgan qonunchilik bazasini shakllantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoniga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha komissiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI

1.

N.M. Ismoilov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri, Komissiya rahbari (kelishuvga asosan)

2.

R.K. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri, Komissiya rahbarining oʻrinbosari

3.

N.M. Rustambekov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari

4.

D.R. Li

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

5.

N.D. Toychiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining oʻrinbosari

6.

S.S. Saidkarimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari

7.

N.S. Joʻrayev

Oʻzbekiston Resp�blikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

O.M. Umarov

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari

9.

U.U. Xanayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

10.

R.R. Xakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori

11.

T.S. Abdusattarov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi

12.

Sh.M. Mamadjanov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati

13.

U.K. Sulaymonov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati

14.

Sh.A. Chulliyev

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi

15.

E.S. Kanyazov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 06/18/5505/1639-son; 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)