Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 25-fevralda qabul qilingan Senat tomonidan 2022-yil 17-martda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Kiberxavfsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiberxavfsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telekommunikatsiya tarmoqlari va aloqa kanallaridagi tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining kiberxavfsizligini taʼminlash alohida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining kiberxavfsizlik toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.01 Umumiy qoidalar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.01.00.00 Moliyaviy tizimning umumiy qoidalari;
5.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.01.00 Umumiy masalalar;
6.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.03.00 Xususiy uy-joy fondi / 08.01.03.01 Fuqarolarning mulkidagi uy-joy fondi (yakka tartibdagi uy-joy binolari, xususiylashtirilgan, qurilgan va sotib olingan kvartiralar, Uy-joy qurilishi kooperativi va Uy-joy kooperativiga qarashli uylardagi kvartiralar);
7.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
8.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya;
9.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati;
10.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;
11.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar;
12.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
13.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar;
14.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar;
15.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.02 Foydali qazilmalarni kavlab olish;
16.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar;
17.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
18.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
19.15.00.00.00 Mudofaa / 15.01.00.00 Mudofaaning umumiy masalalari;
20.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotlashtirish obyekti — turli darajadagi va maqsaddagi axborot tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari, axborotga ishlov berishning texnik vositalari, ushbu vositalar oʻrnatilgan va foydalaniladigan xonalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberjinoyatchilik — axborotni egallash, uni oʻzgartirish, yoʻq qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy taʼminot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yigʻindisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kibermakon — axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhit;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kibertahdid — kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soluvchi shart-sharoitlar va omillar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik — kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik hodisasi — kibermakonda axborot tizimlarining ishlashida uzilishlarga va (yoki) ulardagi axborotning ochiqligi, yaxlitligi va undan erkin foydalanilishining buzilishiga olib kelgan hodisa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik obyekti — axborotning kiberhimoya qilinishini hamda milliy axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini taʼminlashga doir faoliyatda foydalaniladigan axborot tizimlari majmui, shu jumladan muhim axborot infratuzilmasi obyektlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik subyekti — milliy axborot resurslariga ega boʻlish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish hamda ulardan foydalanish boʻyicha elektron axborot xizmatlari koʻrsatish, axborotni himoya qilish hamda kiberxavfsizlik bilan bogʻliq muayyan huquqlar va majburiyatlarga ega boʻlgan yuridik shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan muhim axborot infratuzilmasi subyektlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberhimoya — kiberxavfsizlik hodisalarining oldini olishga, kiberhujumlarni aniqlashga va ulardan himoya qilishga, kiberhujumlarning oqibatlarini bartaraf etishga, telekommunikatsiya tarmoqlari, axborot tizimlari hamda resurslari faoliyatining barqarorligini va ishonchliligini tiklashga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy, muhandislik-texnik chora-tadbirlar, shuningdek maʼlumotlarni kriptografik va texnik jihatdan himoya qilish chora-tadbirlari majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberhujum — kibermakonda apparat, apparat-dasturiy va dasturiy vositalardan foydalangan holda qasddan amalga oshiriladigan, kiberxavfsizlikka tahdid soladigan harakat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim axborot infratuzilmasi — muhim strategik va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining, axborot tizimlari hamda tarmoqlar va texnologik jarayonlar resurslarining majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim axborot infratuzilmasi obyektlari — davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari koʻrsatish, mudofaa, davlat xavfsizligini, huquq-tartibotni taʼminlash, yoqilgʻi-energetika majmui (atom energetikasi), kimyo, neft-kimyo tarmoqlari, metallurgiya, suvdan foydalanish va suv taʼminoti, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatish, bank-moliya tizimi, transport, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, strategik ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida, ishlab chiqarish sohasida, shuningdek iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida va ijtimoiy sohada qoʻllaniladigan axborotlashtirish tizimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim axborot infratuzilmasi subyektlari — davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek mulk, ijara huquqlari asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda muhim axborot infratuzilmasi obyektlariga egalik qiluvchi yuridik shaxslar, shu jumladan muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining ishlashini hamda hamkorligini taʼminlovchi yuridik shaxslar va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Kiberxavfsizlikni taʼminlashning asosiy prinsiplari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiberxavfsizlikni taʼminlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonuniylik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishning ustuvorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik sohasini tartibga solishga nisbatan yagona yondashuv;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik tizimini yaratishda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokining ustuvorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining kiberxavfsizlikni taʼminlashda xalqaro hamkorlik uchun ochiqligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Qonuniylik prinsipi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiberxavfsizlikni taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarining talablariga ogʻishmay rioya etilishi hamda ular bajarilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik talablarini aniq bajarishdan va ularga rioya etishdan har qanday tarzda chetga chiqish, buning sabablari qanday boʻlishidan qatʼi nazar, qonuniylikning buzilishidir va u belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishning ustuvorligi prinsipi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish davlatning kiberxavfsizligini taʼminlashda ustuvor hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Kiberxavfsizlik sohasini tartibga solishga nisbatan yagona yondashuv prinsipi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiberxavfsizlik sohasini tartibga solishga nisbatan yagona yondashuv maʼlumotlarga ishlov berish hamda ularni himoya qilish boʻyicha dasturiy va texnik vositalarni ishlab chiqish hamda joriy etish jarayonini tashkil etish, uning monitoringini va nazoratini amalga oshirishga qaratilgan axborot tizimlarini hamda resurslarini kiberhimoya qilishning yagona davlat tizimi joriy etilgan holda taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiberxavfsizlikni taʼminlash ushbu sohadagi munosabatlarni huquqiy, maʼmuriy va texnik jihatdan tartibga solish tizimini shakllantirishda yagona yondashuvlar asosida amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Kiberxavfsizlik tizimini yaratishda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokining ustuvorligi prinsipi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining kiberxavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xorijda ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan ustuvorlikka ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining kiberxavfsizlikni taʼminlashda xalqaro hamkorlik uchun ochiqligi prinsipi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasida xalqaro shartnomalar doirasida xalqaro tashkilotlar, chet davlatlar va ularning vakolatli idoralari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Kiberxavfsizlik sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Kiberxavfsizlik sohasidagi yagona davlat siyosati
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.01.00 Umumiy masalalar. Saylash tartibi. Vakolatlarning tugashi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiberxavfsizlik sohasidagi yagona davlat siyosatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.03.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborot;
5.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli davlat organining kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va davlat dasturlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik hodisalari yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlarini, tergovga qadar tekshiruvlarni va tergov harakatlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik hodisalarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish hamda ularga nisbatan tegishli chora-tadbirlarni, shu jumladan ularning oqibatlarini tugatish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarda axborot tizimlari va resurslarini kiberhimoya qilish hamda kiberxavfsizlik sohasidagi boshqa masalalar boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan rejalarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlikni taʼminlashga doir ishlarni, shuningdek muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida kiberhujumlarning oldini olishga, ularni aniqlashga va ularning oqibatlarini tugatishga doir ishlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik talablariga muvofiq axborot tizimlari va resurslaridagi apparat, apparat-dasturiy hamda dasturiy vositalarni sertifikatlashtirishga doir ishlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik sohasida tadqiqotlar oʻtkazilishini va monitoringni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining yagona reyestrini shakllantirish, shuningdek ushbu reyestrning yuritilishini tashkil etish va taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida obyektlarni muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining yagona reyestriga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlashga doir talablarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotlashtirish obyektlarini va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiq attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini ishlab chiqishga, ishlab chiqarishga va realizatsiya qilishga doir faoliyatni litsenziyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlaridan hamda resurslaridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik subyektlarining axborot tizimlarini va resurslarini oʻrganish va tekshirishni, shuningdek muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida oʻrganishlar va tekshirishlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim axborot infratuzilmasi obyektlariga boʻlgan kiberhujumlarga urinishlarning oldini olishga doir rejalarni ishlab chiqish va ularni bevosita amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik boʻlinmalarining, mustaqil ekspertlar xizmatlari va guruhlarining faoliyatini tartibga solish, kibertahdidlarga qarshi kurashish sohasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini axborot tizimlari hamda resurslarida aniqlangan zaifliklar, kibertahdidlar, kiberhujumlar va boshqa buzgʻunchi xatti-harakatlar toʻgʻrisida xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqni muhofaza qiluvchi organlarni va muhim axborot infratuzilmasi subyektlarini muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida kiberxavfsizlik hodisalarini birgalikda tekshirishga jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish va kibertahdidlarga qarshi kurashish boʻyicha umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish, kiberjinoyatchilik boʻyicha tergov harakatlarini olib borish hamda kiberjinoyatchilikning oldini olish borasidagi saʼy-harakatlarni birlashtirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining kibermakonidan terrorchilik, ekstremistik va boshqa qonunga xilof faoliyatda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida kiberhujumlarni aniqlash, ularning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish vositalarini joriy etishga doir ishlarni tashkil qilish, shuningdek kiberxavfsizlik hodisalariga nisbatan choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim axborot infratuzilmasi obyektlaridagi mavjud zaifliklar va ehtimoldagi tahdidlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlashga, toʻplashga va tahlil qilishga doir ishlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlari va resurslarida kiberxavfsizlikning taʼminlanganlik darajasi boʻyicha tasniflagich yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik obyektlarini kiberxavfsizlikni taʼminlash darajasiga koʻra tasniflash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertiza oʻtkazish mexanizmlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini amalga oshirishni baholash usullarini belgilash va baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalashtirish mezonlarini belgilash va toifalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik subyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlashga jalb etilgan xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli davlat organining qonuniy talablarini (koʻrsatmalarini) bajarish majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Vakolatli davlat organining huquqlari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli davlat organi kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatlarni amalga oshirish chogʻida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberhujumlarni aniqlash, ularning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek kiberxavfsizlik hodisalariga nisbatan choralar koʻrish uchun moʻljallangan texnik, dasturiy va apparat-dasturiy vositalarni ijaraga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberhujumlarga barham berish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrish uchun texnik qurilmalar va xizmatlardan tekin foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga kirish, zarur hujjatlar va materiallar bilan tanishish, shuningdek davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, fuqarolardan maʼlumotlarni hamda boshqa zarur hujjatlarni va materiallarni soʻrash hamda olish, ularni identifikatsiyalashni amalga oshirish va ulardan kiberxavfsizlik hodisalari boʻyicha tergov harakatlarida foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha ishchi organni tashkil etish, shuningdek oʻz vakolatlarining bir qismini unga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik subyektlariga kiberxavfsizlikka tahdid soluvchi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar hamda koʻrsatmalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik holati taʼminlanganligi yuzasidan davlat nazorati va tekshiruvi vazifasini amalga oshirish maqsadida davlat organlari hamda tashkilotlarining, muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining axborot tizimlariga va resurslariga belgilangan tartibda toʻsqinliksiz kirish hamda ularga ulanish, shuningdek ushbu obyektlardagi axborot tizimlarining va resurslarning kiberxavfsizligini taʼminlash vositalarining joriy etilishiga hamda ulardan foydalanilishiga doir maʼlumotlarni oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha monitoring ishlarini bajarish chogʻida tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish uchun monitoring tizimlariga yoki muhim axborot infratuzilmasi obyektlariga kirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning turar joylariga va boshqa obyektlariga toʻsqinliksiz kirish, zarurat boʻlganda qulflash moslamalarini va boshqa ashyolarni buzgan holda kirish, bu joylarni axborot texnologiyalari sohasida jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni taʼqib qilish chogʻida yoxud u erda jinoyat sodir etilyapti yoki sodir etilgan yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yashiringan shaxs bor deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda yoxud agar kechiktirish fuqarolarning hayotini va sogʻligʻini tahdid ostida qoldiradigan boʻlsa, yigirma toʻrt soat ichida prokurorga bu haqda xabar bergan holda, shuningdek yetkazilgan zararning oʻrnini qonunchilikda belgilangan tartibda qoplagan holda koʻzdan kechirish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Vakolatli davlat organining majburiyatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli davlat organi kiberxavfsizlik sohasida zimmasiga yuklatilgan vakolatlarni amalga oshirish chogʻida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberjinoyatlarning oldini olish, aniqlash va bartaraf etish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik sohasidagi muammolar yuzasidan ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy faoliyatni amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberjinoyatlar hamda kiberxavfsizlikka tahdid soluvchi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi murojaatlar va maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazishi, ular yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz vaqtida choralar koʻrishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlikka tahdid soluvchi huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻrishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organi xodimlari jismoniy va yuridik shaxslarning turar joylariga hamda boshqa obyektlariga mulkdorlar va ular vakillarining roziligisiz yoki ushbu shaxslar yoʻqligida kirganligi toʻgʻrisidagi barcha holatlar yuzasidan prokurorni yigirma toʻrt soat ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli davlat organining zimmasiga qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Davlat organlari va tashkilotlarining kiberxavfsizlikni taʼminlash borasidagi huquq va majburiyatlari. Maʼlumotlarning zaxira nusxalarini koʻchirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Davlat organlari va tashkilotlarining kiberxavfsizlikni taʼminlash borasidagi huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.06 Har qanday axborotni izlash, topish va tarqatish huquqi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlikni taʼminlash maqsadida vakolatli davlat organidan kibertahdidlar, dasturiy taʼminotdagi, uskunalar va texnologiyalardagi zaifliklar toʻgʻrisidagi axborotni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organidan kiberhujumlardan himoya qilish vositalari va usullari, ularni aniqlash hamda bartaraf etish yoʻllari toʻgʻrisida axborot va maslahatlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlikni taʼminlashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz tasarrufidagi axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini, tarmoqlar ishining barqarorligini taʼminlashi, shuningdek kiberxavfsizlik boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishi, vakolatli davlat organini kiberhujumlar toʻgʻrisida ogohlantirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz axborot tizimlari va resurslarida saqlanayotgan maʼlumotlarning oʻgʻirlanishi hamda qalbakilashtirilishi holatlarining oldini olish choralarini koʻrishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz axborot tizimlari va resurslarini kiberhimoya qilish uchun sertifikatlashtirilgan apparat, apparat-dasturiy va dasturiy taʼminotdan foydalanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik sohasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlarni va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni vakolatli davlat organi bilan kelishishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlarining, shuningdek muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining axborot tizimlari hamda resurslari maʼlumotlarining saqlanishini taʼminlash ichki axborot xavfsizligi siyosatiga muvofiq maʼlumotlarning zaxira nusxalarini yaratish yoʻli bilan amalga oshiriladi, ularning saqlanish muddati oxirgi uch oydan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Kiberxavfsizlikni taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Kiberxavfsizlik subyektlarining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.06 Har qanday axborotni izlash, topish va tarqatish huquqi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiberxavfsizlik subyektlari quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz kiberxavfsizligini taʼminlash maqsadida vakolatli davlat organidan kibertahdidlar, dasturiy taʼminotdagi, uskunalar va texnologiyalardagi zaifliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberhujumlardan himoya qilish vositalari va usullari, shuningdek ularni aniqlash hamda bartaraf etish usullari toʻgʻrisida vakolatli davlat organidan maʼlumotlar va maslahatlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz kiberxavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiberxavfsizlik subyektlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlari va resurslaridagi maʼlumotlarning qonunga xilof ravishda tarqatilishi, oʻgʻirlanishi, yoʻqolishi, yaxlitligining buzilishi, bloklanishi va qalbakilashtirilishining, shuningdek axborot tizimlari va resurslariga ruxsatsiz kirishning boshqa koʻrinishlarining oldini olishi, bunday hollar aniqlanganda oʻz vaqtida tegishli choralar koʻrishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlari va resurslariga kirish tartibi buzilganda hamda ularga ruxsatsiz kirish natijasida ushbu tizimlar hamda resurslar oʻzgartirilgan yoki yoʻq qilingan taqdirda salbiy oqibatlarni kamaytirish maqsadida ularni tezkorlik bilan tiklash choralarini koʻrishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sodir boʻlgan kiberxavfsizlik hodisalari va kiberjinoyatlar toʻgʻrisida vakolatli davlat organini xabardor qilishi, ushbu hodisalarni toʻliq fosh etish uchun tegishli raqamli izlarning yoʻqolishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrishi, shuningdek kiberxavfsizlik hodisalarini tahlil qilish va kiberjinoyatlarni tekshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarning doimiy saqlanishini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik obyektlarini muhofaza qilish va ularning xavfsiz ishlashi monitoringini oʻtkazish sohasidagi maʼlumotlarni vakolatli davlat organi bilan oʻzaro almashishni amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlari va resurslarining kiberhimoyasini taʼminlashda vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan kiberxavfsizlik talablariga rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik hodisalariga nisbatan choralar koʻrish mexanizmlarining ishlab turishini va kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻlinmalarining ishlashini taʼminlashi, ular mavjud boʻlmagan taqdirda esa vakolatli davlat organining ruxsati bilan autsorsing xizmatlaridan belgilangan tartibda foydalanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organiga kiberxavfsizlikni taʼminlash monitoringining tashkiliy-texnik tadbirlarini amalga oshirish uchun monitoring tizimlariga va (yoki) kiberxavfsizlik obyektlariga kirish huquqini berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Kiberxavfsizlik obyektlarini tasniflash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiberxavfsizlik obyektlarini tasniflash kiberxavfsizlik obyektlari turining tashkiliy-texnik jihatdan murakkabligi darajasini aniqlashga qaratilgan tashkiliy tadbirlar majmuidan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasniflanishi lozim boʻlgan kiberxavfsizlik obyektlarining toifalari qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertiza
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertiza majburiy tartibda yoki kiberxavfsizlik subyektlarining tashabbusiga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan majburiy tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining axborot resurslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining axborot tizimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim axborot infratuzilmasi obyektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertiza oʻtkazish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan apparat, apparat-dasturiy hamda dasturiy vositalarni sertifikatlashtirish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.02.00 Axborotlashtirish sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari hamda resurslarining, shuningdek muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan apparat, apparat-dasturiy va dasturiy vositalar majburiy tartibda sertifikatlashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan apparat, apparat-dasturiy hamda dasturiy vositalarni sertifikatlashtirish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Axborotlashtirish obyektlarining va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining attestatsiyasi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborotlashtirish obyektlarining hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining attestatsiyasi axborotlashtirish obyektlarining haqiqiy himoyalanganlik holatining kiberxavfsizlik sohasidagi davlat standartlari va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlashga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlar majmuidan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan axborotlashtirish obyektlarining va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining toifalari qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborotlashtirish obyektlarining va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Kiberxavfsizlikning taʼminlanganlik darajasini baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiberxavfsizlikning taʼminlanganlik darajasini baholash axborot tizimlari va resurslarining himoyalanganlik holatini, shuningdek koʻrilayotgan tashkiliy choralarning samaradorligini aniqlashga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlar majmuidan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholanishi shart boʻlgan axborotlashtirish obyektlarining va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining toifalari qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2023-yil 4-sentabrdagi 91-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi kiberxavfsizlik va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlash darajasini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3458, 22.09.2023-y.).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiberxavfsizlikning taʼminlanganlik darajasini baholash tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2023-yil 4-sentabrdagi 91-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi kiberxavfsizlik va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlash darajasini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3458, 22.09.2023-y.).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli davlat organi baholash natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Kiberxavfsizlik hodisalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Kiberxavfsizlik hodisalarini tekshirish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiberxavfsizlik hodisalari vakolatli davlat organi yoki kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha ishchi organning mansabdor shaxslari tomonidan tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiberxavfsizlik hodisasi sodir boʻlgan axborot resursining yoki axborot tizimining egasi, agar u tekshiruv oʻtkazish uchun zarur boʻlgan resurslarga va texnik imkoniyatlarga ega boʻlsa, kiberxavfsizlik hodisasining tekshiruvini oʻtkazishi mumkin. Bunda vakolatli davlat organi tekshiruv natijalari toʻgʻrisida xabardor qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Kiberxavfsizlik subyektlari tomonidan kiberxavfsizlik hodisalari boʻyicha choralar koʻrish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiberxavfsizlik subyektlari tomonidan kiberxavfsizlik hodisalariga nisbatan choralar koʻrish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dasturiy taʼminotdagi va qurilmalardagi zaifliklarni hamda xatoliklarni bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zararli dasturlarni yoʻq qilish, ularning tarqalishini cheklash, kiberhujumlar manbaini texnik jihatdan cheklash;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bobi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotlashtirish obyektlarini mavjud kibertahdidlardan ajratib qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kiberxavfsizlik hodisalari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Kiberxavfsizlik hodisalari toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot tizimlari va resurslarida aniqlangan zaifliklar, kibertahdidlar, kiberhujumlar hamda boshqa buzgʻunchilik harakatlari toʻgʻrisidagi, shuningdek axborotlashtirish obyektlari haqidagi axborot ularni himoya qilish boʻyicha tegishli choralar koʻrilganidan keyin kiberxavfsizlik subyektining ruxsati bilan oshkor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aniqlangan kibertahdidlar va zaifliklar toʻgʻrisidagi axborotdan faqat ularni bartaraf etish hamda qonunga xilof harakatlarning oldini olish uchun foydalanilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Muhim axborot infratuzilmasi obyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlashning asosiy yoʻnalishlari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlashning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining normativ-huquqiy, tashkiliy va texnik jihatdan himoya qilinishini tartibga solish boʻyicha yagona chora-tadbirlar majmuini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarida hamda resurslarida, muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida kiberxavfsizlikni taʼminlashga doir talablarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini samarali taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalashtirish muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan toifalarga muvofiqligini aniqlash, shuningdek toifalashtirish natijalariga doir maʼlumotlarni tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhim axborot infratuzilmasi obyektlari quyidagi toifalarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori darajadagi muhim axborot infratuzilmasi obyektlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta darajadagi muhim axborot infratuzilmasi obyektlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
past darajadagi muhim axborot infratuzilmasi obyektlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini toifalashtirish mezonlari vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining yagona reyestri
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli davlat organi muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining yagona reyestrini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining yagona reyestriga kiritilishi shart boʻlgan kiberxavfsizlik obyektlarining toifalari qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiberxavfsizlik obyektlarini muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining yagona reyestriga kiritish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Muhim axborot infratuzilmasi subyektlarining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhim axborot infratuzilmasi subyektlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlash maqsadida vakolatli davlat organidan kibertahdidlar, dasturiy taʼminotning, asbob-uskunalar va texnologiyalarning zaifliklari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberhujumlardan himoya qilish vositalari va usullari, shuningdek ularni aniqlash hamda ularning oldini olish usullari haqida vakolatli davlat organidan maʼlumotlar va maslahatlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhim axborot infratuzilmasi subyektlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim axborot infratuzilmasi obyektlari axborot tizimlarining uzluksiz ishlashini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik hodisalari toʻgʻrisidagi axborotni vakolatli davlat organiga yetkazishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberhujumlarning oqibatlarini aniqlashda, ularning oldini olishda va ularni bartaraf etishda, kiberxavfsizlik hodisalarining kelib chiqish sabablarini hamda shart-sharoitlarini aniqlashda vakolatli davlat organining yoki kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha ishchi organning mansabdor shaxslariga koʻmaklashishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida kiberhujumlarning oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek kiberxavfsizlik hodisalariga nisbatan choralar koʻrish uchun apparat, apparat-dasturiy va dasturiy vositalardan foydalanishning texnik talablariga rioya etgan holda monitoring tizimlarini oʻrnatishi hamda ulardan foydalanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik talablariga muvofiq muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining xavfsizligini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida kiberxavfsizlikni taʼminlash borasida aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan vakolatli davlat organining koʻrsatmalarini bajarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim axborot infratuzilmasi obyektlariga nisbatan kiberxavfsizlik hodisalari va kiberhujumlarning oqibatlarini bartaraf etish choralarini koʻrishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organiga kiberxavfsizlikni taʼminlash holati monitoringining tashkiliy-texnik tadbirlarini amalga oshirish uchun monitoring tizimlariga yoki muhim axborot infratuzilmasi obyektlariga kirish huquqini berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining yagona reyestriga kiritilgan obyekt toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgarganda vakolatli davlat organini xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhim axborot infratuzilmasi subyektlari oʻziga tegishli boʻlgan muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida kiberxavfsizlikni taʼminlash yuzasidan vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan talablarni bajarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhim axborot infratuzilmasi subyektlari vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda, muhim axborot infratuzilmasi obyektlari ishining oʻziga xos jihatlaridan kelib chiqib, kiberxavfsizlikni taʼminlash uchun qoʻshimcha talablarni belgilashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligi taʼminlanishi uchun masʼul boʻlgan xodimlar qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan oʻtkaziladigan attestatsiyadan oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhim axborot infratuzilmasi subyekti tomonidan yaratilgan muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlash tizimi vakolatli davlat organining muhim axborot infratuzilmasi obyektlaridagi monitoring va kiberxavfsizlik hodisalarini boshqarish tizimiga vakolatli davlat organining qaroriga asosan ulanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlash tizimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlash tizimi quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organining muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizlik hodisalarini monitoring qilish va boshqarish tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlash tizimlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiberxavfsizlikni taʼminlash tizimidagi kiberxavfsizlik hodisalari toʻgʻrisidagi axborotning tarqatilishi cheklangan boʻladi. Mazkur axborot hodisalar toʻliq bartaraf etilganidan keyin oshkor etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini baholash kiberxavfsizlik sohasidagi davlat nazorati doirasida ushbu obyektlarning turli xil kibertahdidlardan himoyalanganlik holatini (darajasini) aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini baholash ixtisoslashtirilgan tashkilotlar jalb etilgan holda, vakolatli davlat organining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Kiberxavfsizlik sohasini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Kiberxavfsizlik subyektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang));
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiberxavfsizlik subyektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik subyektlariga soliq, bojxona imtiyozlari va preferensiyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mablagʻlarini kiberxavfsizlik sohasini moliyalashtirish uchun jalb etishga shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik sohasida ilmiy-texnika yutuqlariga asoslangan mahsulotlarning va ilgʻor texnologiyalarning kafolatlangan tarzda joriy etilishini taʼminlash maqsadiga qaratilgan davlat xaridlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik sohasida kadrlarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga, shuningdek ularning malakasini oshirishga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Kiberxavfsizlik sohasida ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan kiberxavfsizlik sohasidagi ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash quyidagilar vositasida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni davlat buyurtmasi doirasida bajarish uchun buyurtmalarni joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va texnologik ishlarni moliyalashtirish uchun kiberxavfsizlik subyektlariga subsidiyalar ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsion mahsulotlarga boʻlgan talabni, shu jumladan davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) maqbullashtirilishini ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik darajasini yaxshilash boʻyicha loyihalarni amalga oshiradigan, shu jumladan mavjud ilgʻor texnologiyalardan foydalangan holda xizmatlar koʻrsatish borasidagi innovatsion faoliyat bilan shugʻullanadigan tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlik sohasida ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni amalga oshirish hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlikni taʼminlash bilan bogʻliq davlat xaridlarini amalga oshirishda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotga ustuvorlik berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasidagi kadrlar salohiyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarning va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasidagi kadrlari salohiyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash quyidagilar vositasida amalga oshirilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarga moliyaviy, axborot-maslahat yordami koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasida oʻquv-uslubiy va ilmiy-pedagogik yordam koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhim axborot infratuzilmasi subyektlarining kiberxavfsizlikni taʼminlash uchun masʼul boʻlgan xodimlari xalqaro standartlarga hamda davlat standartlariga va talablariga muvofiq oʻz malakasini doimiy asosda oshirib borishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan xodimlarni ragʻbatlantirish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizlikni taʼminlash uchun masʼul boʻlgan xodimlarini ragʻbatlantirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni 7-bandining “g” kichik bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PQ-167-son “Oʻzbekiston Respublikasining muhim axborot infratuzilmasi obyektlari kiberxavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarorining 4-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Kiberxavfsizlik sohasidagi xalqaro hamkorlik
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.07.00 Xalqaro hamkorlik boʻyicha jamoat va boshqa tashkilotlar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.01.00 Umumiy masalalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli davlat organi kiberxavfsizlik sohasidagi xalqaro hamkorlikni oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq xalqaro kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga doir axborotni chet davlatlarga va xalqaro tashkilotlarga soʻrov boʻyicha taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro kiberjinoyatlarga qarshi kurashish masalalariga doir axborot, agar bunday maʼlumotlar dastlabki tergov harakatlariga yoki sud jarayonlariga toʻsqinlik qilmasa hamda kiberhujumlarni toʻxtatishga, kibermakondan foydalanilgan holda sodir etiladigan jinoiy xatti-harakatlarni oʻz vaqtida aniqlashga va ularga barham berishga xizmat qilsa, chet davlatlarga va xalqaro tashkilotlarga oldindan soʻrovsiz berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Kiberxavfsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiberxavfsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 155 va 2022-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining XX1 bobi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 15-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-764-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2022-y., 03/22/764/0313-son)