15.12.2021 yildagi O‘RQ-737-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni, 15.12.2021 yildagi O‘RQ-737-son
Date of entry into force
16.12.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holat toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 24-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 19-noyabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida favqulodda holatni joriy etish shartlari va tartibini belgilashdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Favqulodda holat toʻgʻrisidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holat toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Konstitutsiyaviy Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining favqulodda holat toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komendantlik soati — sutkaning maxsus berilgan ruxsatnomalarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz koʻchalarda hamda boshqa jamoat joylarida yoxud turar joydan tashqarida boʻlishga taqiq belgilangan vaqti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holat — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklariga, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlariga nisbatan ushbu Konstitutsiyaviy Qonunda nazarda tutilgan ayrim cheklovlar belgilashga yoʻl qoʻyadigan hamda ularning zimmasiga qoʻshimcha majburiyatlar yuklaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida vaqtincha joriy qilinadigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining alohida huquqiy rejimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holat joriy etilayotgan hududlarning chegaralari (bundan buyon matnda favqulodda holat joriy etilayotgan hududlar deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasining butun hududi yoxud bir yoki bir necha maʼmuriy-hududiy birliklari yoxud ularning qismini qamrab oluvchi favqulodda holat rejimi amal qilishi doirasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holat rejimini taʼminlash boʻyicha davlat komissiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan favqulodda holat davriga tuziladigan vaqtinchalik maxsus davlat boshqaruvi organi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hudud komendanti — hudud komendaturasi faoliyatiga rahbarlik qiluvchi hamda favqulodda holat rejimini taʼminlovchi kuchlar va vositalarning yagona boshqaruvini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hudud komendaturasi — favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holat rejimini taʼminlovchi kuchlar va vositalarni boshqarish uchun tashkil etiladigan vaqtinchalik maxsus davlat boshqaruvi organi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Favqulodda holatni joriy etish maqsadlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holatni joriy etish maqsadlari uni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etishdan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini hamda Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi va hududiy yaxlitligi himoya qilinishini taʼminlashdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Favqulodda holatni joriy etish hollari va tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Favqulodda holatni joriy etish hollari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining hayotiga, sogʻligʻiga va xavfsizligiga, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga va (yoki) hududiy yaxlitligiga bevosita tahdid soladigan hamda favqulodda choralar qoʻllamasdan bartaraf etish mumkin boʻlmagan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, alohida hollarda joriy etiladi. Bunday holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
real tashqi xavf, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini va (yoki) hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga urinishlar, ommaviy tartibsizliklar, terrorchilik harakatlari, shuningdek zoʻravonlik harakatlari bilan bir vaqtda yuz beradigan, fuqarolarning hayotiga, sogʻligʻiga va xavfsizligiga, davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning kundalik faoliyatiga bevosita tahdid soluvchi oʻta muhim hamda toifalangan obyektlarni yoki ayrim joylarni toʻsish yoki bosib olish, qonunga xilof qurolli tuzilmalarni tayyorlash (tashkil etish) va ularning faoliyati, millatlararo, konfessiyalararo va chegaraviy nizolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keng qamrovli avariya-qutqaruv ishlari va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlar amalga oshirilishini talab etadigan yirik halokatlar, tabiiy ofatlar, epidemiyalar hamda boshqa tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar, favqulodda ekologik vaziyatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Favqulodda holatni joriy etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmoni darhol ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmoni uch sutka ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmonida quyidagilar belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holatni joriy etish zaruratining asosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holat joriy etilayotgan hududning chegaralari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holat rejimini taʼminlaydigan kuchlar va vositalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda choralar roʻyxati va ularni qoʻllash chegaralari, vaqtinchalik cheklovlarning qatʼiy roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holat sharoitlarida qoʻllaniladigan favqulodda choralarni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holatning amal qilish davrida tashkil etiladigan maxsus davlat boshqaruvi organlari va ularning vakolatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmon kuchga kiradigan sana va vaqt, shuningdek favqulodda holatning amal qilish muddati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmonini tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilinganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisi oʻtkaziladigan joyga darhol, maxsus chaqiruvsiz yetib kelishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmonini tasdiqlash haqidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkala palatasi qoʻmitalarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan dastlabki tarzda muhokama qilinmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmoni kelib tushgan paytdan eʼtiboran 72 soatdan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati ushbu farmonni tasdiqlash haqidagi masalani koʻrib chiqadi hamda qoʻshma qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmonini tasdiqlash masalasiga doir qoʻshma qarori darhol Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida tasdiqlanmagan favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmoni ushbu masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma qarori qabul qilingan paytdan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotadi. Bu haqda aholi favqulodda holat joriy etilishi haqida qanday tartibda xabardor qilingan boʻlsa, xuddi shunday tartibda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Favqulodda holatning amal qilish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holat joriy etilganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati favqulodda holat amal qilishining butun davri mobaynida oʻz ishini davom ettiradi va tarqatib yuborilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Favqulodda holatning amal qilish muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida joriy etiladigan favqulodda holatning amal qilish muddati oʻttiz sutkadan, uning ayrim joylarida joriy etiladigan favqulodda holatning amal qilish muddati esa oltmish sutkadan oshishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar favqulodda holatni joriy etish maqsadlariga erishilmagan boʻlsa, favqulodda holatning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan yana bir muddatga uzaytirilishi mumkin. Bu haqda aholi favqulodda holat joriy etilishi haqida qanday tartibda xabardor qilingan boʻlsa, xuddi shunday tartibda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holatning amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi farmoni ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Favqulodda holatning amal qilishini tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar bartaraf etilsa, favqulodda holatning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan toʻliq yoki qisman, shu jumladan muddatidan ilgari tugatiladi. Bu haqda aholi favqulodda holat joriy etilishi haqida qanday tartibda xabardor qilingan boʻlsa, xuddi shunday tartibda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holatning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi farmoni ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Favqulodda holat sharoitlarida qoʻllaniladigan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Favqulodda holat joriy etilganda qoʻllaniladigan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmonida favqulodda holatning amal qilish davrida quyidagi favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishi nazarda tutilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holat joriy etilgan hududda davlat boshqaruvi organlarining (ular tarkibiy boʻlinmalarining), mahalliy davlat hokimiyati organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlarini toʻliq yoki qisman toʻxtatib turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holat joriy etilgan hudud boʻylab harakatlanish erkinligiga nisbatan cheklovlar, shuningdek mazkur hududga kirish va undan chiqishning alohida rejimi, shu jumladan mazkur hududga, zarur boʻlganda esa Oʻzbekiston Respublikasining butun hududiga chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kirishi hamda ushbu hududlarda turishiga nisbatan cheklovlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat tartibini, oʻta muhim va toifalangan obyektlarni hamda aholining hayot faoliyatini va transportning harakatlanishini taʼminlovchi obyektlarni muhofaza qilishni kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga, shu jumladan tovarlarni realizatsiya qilishga, ishlarni bajarishga va xizmatlar koʻrsatishga nisbatan cheklovlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqatni va eng zarur narsalarni sotish, sotib olish hamda taqsimlashning alohida tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar, shuningdek boshqa ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini taqiqlash yoki cheklash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarining harakatini cheklash va ularni koʻzdan kechirishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli ishlab chiqarishlar hamda portlovchi, radioaktiv, shuningdek xavfli kimyoviy va biologik moddalardan foydalanadigan tashkilotlar faoliyatini toʻxtatib turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holatlar munosabati bilan moddiy va madaniy qimmatliklarning yoʻq qilinishiga, oʻgʻirlanishiga yoki shikastlanishiga aniq tahdid mavjud boʻlgan taqdirda, ularni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish, koʻchmas obyektlarga, shu jumladan moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan esa ularni muhofaza qilishga doir tegishli choralar koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlarga qarab, mazkur moddaning birinchi qismida, shuningdek ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning 13 va 14-moddalarida nazarda tutilgan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlarning butun majmui ham, ularning ayrimlari ham joriy etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun 5-moddasining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlganda joriy etilgan favqulodda holat sharoitlarida qoʻllaniladigan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun 5-moddasining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlganda favqulodda holat joriy etilgan taqdirda, favqulodda holat joriy etilayotgan hududda ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning 12-moddasida koʻrsatilgan favqulodda choralarga va vaqtinchalik cheklovlarga qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmoni bilan quyidagi qoʻshimcha favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar nazarda tutilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komendantlik soatini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy mudofaa tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalari faoliyatini cheklash shartlari va tartibi koʻrsatilgan holda bunday faoliyatni cheklash, shuningdek bosma mahsulotni, radiouzatuvchi, ovoz kuchaytiruvchi vositalarni, nusxa koʻpaytirish texnikasini vaqtincha olib qoʻyish yoki xatlash, jurnalistlar akkreditatsiyasini oʻtkazishning alohida tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etishga monelik qilayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini toʻxtatib turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsiy koʻrigini, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar tekshiruvini, ashyolarni, uy-joyni va transport vositalarini koʻzdan kechirishni oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurolni, uning oʻq-dorilarini, portlovchi moddalarni, maxsus vositalarni, zaharli moddalarni realizatsiya qilishni taqiqlash, tarkibida giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalari va preparatlar, etil spirti, alkogol mahsulotlari muomalada boʻlishining alohida rejimini belgilash. Alohida hollarda fuqarolardan qurolni va oʻq-dorilarni, tashkilotlardan qurolni va uning oʻq-dorilarini, maxsus vositalar va zaharli moddalarni, shuningdek jangovar va oʻquv-jangovar harbiy texnikani, portlovchi va radioaktiv moddalarni vaqtincha olib qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holat rejimini buzayotgan va favqulodda holat joriy etilgan hududda yashamaydigan shaxslarni belgilangan tartibda ushbu hududdan tashqariga oʻz hisobidan chiqarib yuborish, ularda mablagʻlar mavjud boʻlmagan taqdirda esa xarajatlarning oʻrnini keyinchalik sud tartibida ushbu shaxslardan undirgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan chiqarib yuborish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun 5-moddasining uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlganda joriy etilgan favqulodda holat sharoitlarida qoʻllaniladigan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun 5-moddasining uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlganda favqulodda holat joriy etilgan taqdirda, favqulodda holat joriy etilayotgan hududda ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning 12-moddasida koʻrsatilgan favqulodda choralarga va vaqtinchalik cheklovlarga qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmoni bilan quyidagi qoʻshimcha favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar nazarda tutilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini xavfsiz hududlarga vaqtincha yashab turish uchun statsionar yoki koʻchma turar joylar majburiy ravishda berilgan holda evakuatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
karantin joriy etish, sanitariya-epidemiyaga qarshi, veterinariya tadbirlarini va boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat zaxiralarini jalb etish, mulkchilik shakllaridan va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar, tashkilotlarning resurslarini safarbar etish, ularning ish rejimini oʻzgartirish, mazkur tashkilotlarni favqulodda holat sharoitlarida zarur boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirish va ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatini favqulodda holat sharoitlarida zarur boʻlgan boshqacha tarzda oʻzgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avariya-qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda taʼminlash zarurati bilan bogʻliq boʻlgan alohida hollarda mazkur ishlarni amalga oshirish uchun mehnatga layoqatli aholini, yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga majburiy ravishda rioya etgan holda jalb etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Saylovlar va referendumlar oʻtkazishni cheklash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida joriy etilgan favqulodda holat amal qilishining butun muddati davomida saylovlar va referendumlar oʻtkazilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim joyida joriy etilgan favqulodda holat amal qilishining butun davri mobaynida ushbu joyda joylashgan xalq deputatlari Kengashlariga saylov va fuqarolar yigʻinlari raislari saylovi oʻtkazilmaydi.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holatning amal qilish davrida davlat hokimiyatining tegishli vakillik organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mansabdor shaxslar vakolatlarining muddati tugagan taqdirda ularning vakolatlari muddati, agar mazkur organlar va shaxslarning vakolatlari ushbu Konstitutsiyaviy Qonunda belgilangan tartibda toʻxtatib turilmagan boʻlsa, favqulodda holatning amal qilish davri tugaguniga qadar uzaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishini toʻxtatib turish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti favqulodda holat joriy etilgan hududda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, vazirliklar hamda idoralar buyruqlari va qarorlarining, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining amal qilishini ushbu hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmoniga zid boʻlgan taqdirda, favqulodda holatning amal qilish muddatiga toʻxtatib turishga haqli.
(16-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Favqulodda holatning amal qilish davrida tashkil etiladigan maxsus davlat boshqaruvi organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Favqulodda holat rejimini taʼminlash boʻyicha maxsus davlat boshqaruvi organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etishga oid masalalarni darhol hal etish va tadbirlarni amalga oshirish maqsadida favqulodda holatning amal qilish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan favqulodda holat rejimini taʼminlash boʻyicha maxsus davlat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin boʻlib, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holat rejimini taʼminlash boʻyicha davlat komissiyasi (bundan buyon matnda Davlat komissiyasi deb yuritiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hudud komendaturasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki va undan ortiq hududlar komendaturasi tashkil etilgan taqdirda, Davlat komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Davlat komissiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etish boʻyicha choralar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holat joriy etilgan hududni boshqarish boʻyicha tezkor tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar natijasida jabrlangan fuqarolar vaqtincha yashash, shuningdek ularga zarur yordam koʻrsatish uchun statsionar yoki koʻchma turar joylarga vaqtincha joylashtirilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holat joriy etilgan hududlarda davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, boshqa tashkilotlarning hamda hududlar komendaturalarining favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holatning amal qilish davrida oʻtkaziladigan tadbirlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, boshqa tashkilotlarning va hududlar komendaturalarining faoliyatini muvofiqlashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish masalalari yuzasidan davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini va hududlar komendantlarini eshitadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa tashkilotlardan va hududlar komendantlaridan Davlat komissiyasining faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar hamda maʼlumotlarni soʻrab oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va hududlar komendaturalari tomonidan favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etishga doir tadbirlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tahliliy, ekspertga oid va boshqa ishlarni bajarish uchun davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini jalb etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Konstitutsiyaviy Qonun 12-moddasining birinchi qismida, 13 va 14-moddalarida koʻrsatilgan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishining samaradorligini koʻrib chiqadi. Favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar toʻliq yoki qisman bartaraf etilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga favqulodda choralarni va vaqtinchalik cheklovlarni toʻliq yoki qisman bekor qilish yoki favqulodda holatning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida tegishli takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga favqulodda holat rejimini taʼminlash masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning tegishli loyihalarini koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Davlat komissiyasining faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar vakillaridan va hududlar komendantlaridan iborat tarkibda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasining tarkibi va Favqulodda holat rejimini taʼminlash boʻyicha davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasining faoliyati raisdan, kotibdan va boshqa aʼzolardan iborat tarkibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdordir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasi aʼzolarining va uning ishini taʼminlash uchun jalb etiladigan mutaxassislarning ish oʻrinlari hamda asosiy ish joyidagi ish haqi saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasining majlislari zaruratga qarab, uning raisi tomonidan chaqiriladi, qarorlari esa bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi. Davlat komissiyasi aʼzolari majlislarda almashtirish huquqisiz ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasining majlis kun tartibidagi har bir masalaga doir qarorlari ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi hamda, agar Davlat komissiyasi aʼzolari umumiy sonining koʻpchiligi ular uchun ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Davlat komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi boʻladi. Davlat komissiyasining oʻz vakolatlariga muvofiq qabul qilinadigan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, hududlarning komendaturalari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Hudud komendanti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holat rejimini taʼminlovchi kuchlar va vositalarning yagona boshqaruvini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan hudud komendanti tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hudud komendanti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Davlat komissiyasi tuzilganda esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Davlat komissiyasi raisiga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hudud komendanti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holat rejimini taʼminlash masalalari yuzasidan barcha davlat boshqaruvi organlari (ularning tarkibiy boʻlinmalari), mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar tomonidan tegishli hududda bajarilishi shart boʻlgan buyruqlar va farmoyishlarni oʻz vakolatlari doirasida chiqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komendantlik soatining vaqtini va amal qilish muddatini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holat joriy etilgan hududga kirish va undan chiqishning alohida rejimini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurolni, oʻq-dorilarni, portlovchi moddalarni, maxsus vositalarni, zaharli moddalarni, tarkibida giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini va preparatlarni, etil spirtini, alkogol mahsulotini realizatsiya qilishni taqiqlash boʻyicha choralar koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolardan vaqtincha olib qoʻyilgan qurolni va oʻq-dorilarni, tashkilotlardan vaqtincha olib qoʻyilgan qurolni va uning oʻq-dorilarini, maxsus vositalarni, portlovchi, zaharli hamda radioaktiv moddalarni, shuningdek jangovar va oʻquv-jangovar texnikani saqlash tartibi va joylarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holat rejimini buzayotgan shaxslarni favqulodda holat joriy etilgan hududdan tashqariga, ularning hayotiga, sogʻligʻiga va xavfsizligiga xavf tugʻdirmaydigan hududga belgilangan tartibda chiqarib yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holat joriy etilgan hududda ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning 12, 13 va 14-moddalarida nazarda tutilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmoniga muvofiq hali qoʻllanilmagan qoʻshimcha favqulodda choralarni va vaqtinchalik cheklovlarni qoʻllash zarurati haqidagi asoslantirilgan takliflar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki Davlat komissiyasi raisiga murojaat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holat rejimini taʼminlashga doir tadbirlarni qoʻshimcha ravishda moliyalashtirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holat joriy etilgan hudud aholisini yuzaga kelgan favqulodda holat hamda favqulodda holat sharoitlarida qoʻllaniladigan ayrim favqulodda choralarni va vaqtinchalik cheklovlarni bajarish tartibi haqida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holat joriy etilgan hududda jurnalistlarni akkreditatsiya qilishning alohida tartibiga rioya etilishini hamda ularning ish tartibini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holat joriy etilgan hududda aholining normal hayot faoliyatini saqlab turish va taʼminlash uchun zarur choralar koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hudud komendanti favqulodda holat joriy etilgan hududda faoliyat koʻrsatuvchi davlat boshqaruvi organlarining (ular tarkibiy boʻlinmalarining), mahalliy davlat hokimiyati organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining barcha majlislarida ishtirok etishga hamda ushbu Konstitutsiyaviy Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar boʻyicha takliflar kiritishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hudud komendanti hudud komendaturasiga rahbarlikni amalga oshiradi. Hudud komendaturasining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmonida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, hudud komendaturasining tashkil etilishi favqulodda holat joriy etilgan hududda faoliyat yurituvchi davlat boshqaruvi organlarining (ular tarkibiy boʻlinmalarining) va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini toʻxtatib turmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Favqulodda holat rejimini taʼminlovchi (saqlovchi) kuchlar va vositalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Favqulodda holat rejimini taʼminlash uchun kuchlar va vositalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holat rejimini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Milliy gvardiyasining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Favqulodda vaziyatlar vazirligining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarining kuchlari va vositalaridan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Favqulodda holat rejimini taʼminlovchi kuchlar va vositalar faoliyatini muvofiqlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holat rejimini taʼminlovchi kuchlar va vositalarning harakatlarini muvofiqlashtirish uchun hudud komendaturasi tarkibida hudud komendanti tomonidan tegishli davlat boshqaruvi organlarining (ular tarkibiy boʻlinmalarining) va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakillari orasidan tezkor shtab tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tezkor shtabga hudud komendanti rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Favqulodda holat rejimini saqlab turish uchun qoʻshimcha kuchlar va vositalarni jalb etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida hollarda, ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning 21-moddasida koʻrsatilgan kuchlar va vositalarga qoʻshimcha ravishda, favqulodda holat rejimini saqlab turish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining kuchlari va vositalari jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi quyidagi vazifalarni bajarish uchun jalb etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda holat joriy etilgan hududga kirish va undan chiqishning alohida rejimini saqlab turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining hayot faoliyatini va transportning harakatlanishini taʼminlovchi obyektlarni hamda odamlarning hayoti va sogʻligʻi, shuningdek atrof-muhit uchun yuqori xavf tugʻdiradigan obyektlarni muhofaza qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurol, jangovar va maxsus texnika qoʻllanilgan holda zoʻravonlik harakatlari bilan birga yuz beradigan toʻqnashuvlarda ishtirok etayotgan qarama-qarshi kurashayotgan taraflarni ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunga xilof qurolli tuzilmalar faoliyatiga chek qoʻyishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining kuchlari tarkibida favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda, shuningdek odamlarning hayotini saqlab qolishda ishtirok etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi — beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan vazifalarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda, ushbu modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Favqulodda holat sharoitlarida jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek mansabdor shaxslar huquqlarining kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Favqulodda holatning amal qilish davrida jismoniy va yuridik shaxslar mulkiy va ijtimoiy huquqlarining kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun 14-moddasining beshinchi xatboshisiga muvofiq avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda taʼminlash uchun jalb etilgan shaxslar mehnatiga mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq haq toʻlash kafolatlanadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Band boʻlmagan aholi orasidan avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda taʼminlash uchun jalb etilgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash tartibi va miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar natijasida yoki bunday holatlarni yoʻq qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha choralar qoʻllanilishi munosabati bilan jabrlangan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan shartlar asosida va tartibda turar joylar beriladi, yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplanadi, ishga joylashishda koʻmak beriladi va zarur yordam koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun 14-moddasining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar oqibatida zarar koʻrgan shaxslarga ushbu zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Favqulodda holatni taʼminlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarga beriladigan qoʻshimcha kafolatlar va kompensatsiyalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Milliy gvardiyasining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining hamda Mudofaa vazirligining xodimlariga va harbiy xizmatchilariga, shuningdek favqulodda holat rejimini taʼminlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan boshqa shaxslarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan qoʻshimcha kafolatlar va kompensatsiyalar tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarni hisobga olish tartibi, shuningdek mazkur shaxslarga nisbatan qoʻshimcha kafolatlar va kompensatsiyalar qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Favqulodda holat sharoitlarida favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlarni qoʻllash chegaralari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holat sharoitlarida qoʻllaniladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar huquq va erkinliklarining, shuningdek yuridik shaxslar huquqlarining alohida cheklovlari belgilanishiga sabab boʻladigan hamda ularning zimmasiga qoʻshimcha majburiyatlar yuklatadigan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar qonunga muvofiq vujudga kelgan favqulodda holat talab etadigan chegaralar doirasida amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holat sharoitlarida qoʻllaniladigan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalariga zid boʻlmasligi kerak. Favqulodda holatning joriy etilishi inson va fuqaroning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24, 25, 26-moddalarida, 27-moddasining birinchi qismida, 30, 31 va 44-moddalarida nazarda tutilgan huquq va erkinliklarini cheklash uchun asos boʻla olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunda nazarda tutilgan favqulodda choralar va vaqtinchalik cheklovlar qatʼiydir, ular kengaytirib talqin etilmaydi va boshqa cheklovlar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni, jangovar va maxsus texnikani hamda oʻqotar qurolni qoʻllash shartlari va chegaralari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy kuch ishlatishning, maxsus vositalarni, jangovar va maxsus texnikani hamda oʻqotar qurolni qoʻllashning qonunlarda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlari va chegaralari favqulodda holat sharoitlarida oʻzgartirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holat rejimini taʼminlashga (saqlab turishga) jalb etilgan shaxslarning oʻz vakolatlari doirasidan chiqishi, shuningdek qonunga xilof ravishda kuch ishlatishi, maxsus vositalarni va oʻqotar qurolni qoʻllashi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Komendantlik soati qoidalarini buzgan shaxslarni maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komendantlik soati qoidalarini buzgan shaxslar komendantlik soati tugaguniga qadar ushlab turiladi, yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan (oʻz shaxsi haqidagi maʼlumotlarni yashirayotgan) shaxslar esa ichki ishlar organi boshligʻining qaroriga koʻra koʻpi bilan yigirma toʻrt soat muddatga ushlab turilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushlab turilgan shaxslar, ularning yonida boʻlgan narsalar va hujjatlar, shuningdek ularning transport vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda koʻzdan kechirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organi boshligʻining maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish toʻgʻrisidagi qarori ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organi boshligʻining komendantlik soati qoidalarini buzgan shaxslarni maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish toʻgʻrisidagi qarorining qonuniyligi va ushlab turilgan shaxslarni saqlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish prokuror tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holat joriy etilgan hududda odamlar, hayvonlar va oʻsimliklarning xavfli yuqumli kasalliklari yuzaga kelishi hamda tarqalishi xavfi tufayli cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etilgan taqdirda, favqulodda holat rejimini buzgan, mazkur joyda yashamaydigan hamda ushbu joydan tashqariga chiqarib yuborilishi lozim boʻlgan fuqarolar shu shaxslar uchun belgilangan tibbiy kuzatuv muddati tugaguniga qadar umumiy asoslarda ushlab turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Favqulodda holatning amal qilishini tugatishning huquqiy oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holat rejimini taʼminlash maqsadida qabul qilingan hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklarini, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlarini vaqtincha cheklash bilan bogʻliq boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, hudud komendantining buyruqlari va farmoyishlarining amal qilishi favqulodda holatning amal qilishi tugatilishi bilan bir vaqtda tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holatning amal qilishini tugatish favqulodda holat rejimini buzish toʻgʻrisidagi maʼmuriy ishni yuritishning tugatilishiga va maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turilgan shaxslarning yoki mazkur huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun oʻziga nisbatan maʼmuriy qamoqqa olish tarzidagi maʼmuriy jazo qoʻllanilgan shaxslarning darhol ozod etilishiga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Favqulodda holat joriy etilgan hududda odil sudlovni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holat joriy etilgan hududda odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur hududda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tashkil etilgan barcha sudlar faoliyat koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda sudlarning biror-bir shaklini yoki turini yaratishga, xuddi shuningdek tezlashtirilgan yoki favqulodda sud ishlarini yuritishning har qanday shakllari va turlarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holat joriy etilgan hududda faoliyat koʻrsatayotgan sudlar tomonidan odil sudlovni amalga oshirish mumkin boʻlmagan taqdirda, sudlarda koʻrib chiqiladigan ishlarning sudlovga tegishliligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining qaroriga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlarning sabablari va oqibatlarini bartaraf etishga doir ishlarni moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlarning sabablari va oqibatlarini bartaraf etishga doir ishlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holatning amal qilish davrida Davlat komissiyasiga va (yoki) hudud komendantiga hayot kechirish uchun zarur boʻlgan va ijtimoiy soha obyektlarini, uy-joy fondini tiklashga, fuqarolarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga, favqulodda holat joriy etilgan hududda joylashgan tegishli tashkilotlarga kompensatsiyalar toʻlashga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarni belgilangan tartibda tasarruf etish vazifalari topshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Birlashgan Millatlar Tashkilotini favqulodda holatni joriy etish va uning amal qilish davrini tugatish toʻgʻrisida xabardor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunga muvofiq favqulodda holat joriy etilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktdan (Nyu-York, 1966-yil 16-dekabr) kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmonini tasdiqlash haqidagi qoʻshma qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran uch kunlik muddatda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibini mazkur xalqaro shartnomada nazarda tutilgan insonning fuqarolik va siyosiy huquqlarini vaqtincha cheklash hajmi hamda favqulodda holatni joriy etish shartlari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holatning amal qilishi uzaytirilgan taqdirda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi favqulodda holat joriy etilishi haqida qanday tartibda xabardor qilingan boʻlsa, xuddi shunday tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibini favqulodda holatning amal qilishi tugatilganligi va Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari qoidalarining amal qilishi toʻliq hajmda tiklanganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Chegaradosh davlatlarni favqulodda holat joriy etilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim joylarida favqulodda holat joriy etilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmonini tasdiqlash haqidagi qoʻshma qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran 24 soat ichida chegaradosh davlatlarni favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Xalqaro insonparvarlik yordami
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordami Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Favqulodda holat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Qonunchilikni ushbu Konstitutsiyaviy Qonunga muvofiqlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Konstitutsiyaviy Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Konstitutsiyaviy Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning kuchga kirishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 15-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-737-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 03/21/737/1163-son; 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)