Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni toʻlash majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunda qimmatli qogʻozlar va valyuta qimmatliklarining oldi-sotdisiga doir maxsus qoidalar belgilangan boʻlmasa, ularni olish-sotishga nisbatan ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunda nazarda tutilgan hollarda ayrim turdagi tovarlarni olish-sotishning oʻziga xos jihatlari qonunchilik bilan belgilanadi.
(386-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyundagi OʻRQ-387-son “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qiymatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024-yil 2-dekabrdagi 12-sonli “Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan bozorida oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3596, 27.12.2024-y.).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno.
(386-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar mulkiy huquqlarni sotishga nisbatan qoʻllanadi, agar ushbu huquqlar mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol kelib chiqmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim turdagi oldi-sotdi (chakana oldi-sotdi, tovarlar yetkazib berish, energiya taʼminoti, korxonani sotish va boshqalar) shartnomalariga nisbatan, agar ushbu Kodeksning bu turdagi shartnomalarga doir qoidalarida boshqacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha har qanday ashyolar ushbu Kodeksning 82-moddasi qoidalariga rioya qilgan holda tovar boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma, agar qonunda boshqacha hol belgilangan boʻlmasa yoki u tovarning xususiyatidan kelib chiqmasa, shartnomani tuzish paytida sotuvchida mavjud boʻlgan tovarni, shuningdek kelajakda sotuvchi yaratadigan yoki oladigan tovarni olish-sotish haqida tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnoma tovarning nomi va miqdorini aniqlash imkonini bersa, tovar toʻgʻrisidagi oldi-sotdi shartnomasining sharti kelishilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
388-modda. Tovarni topshirish yuzasidan sotuvchining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi sotib oluvchiga oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan tovarni topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sotuvchi sotib oluvchiga ashyoni berish bilan bir vaqtda unga mansub ashyoni, shuningdek qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan ashyoga aloqador hujjatlar (texnik pasporti, sifat sertifikati, foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma va hokazolar)ni topshirishi shart.
(388-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
389-modda. Tovarni topshirish majburiyatini bajarish muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchining tovarni sotib oluvchiga topshirish majburiyatini bajarish muddati oldi-sotdi shartnomasida belgilanadi, agar shartnoma bu muddatni aniqlash imkonini bermasa, u ushbu Kodeksning 242-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan muddat buzilgan taqdirda sotib oluvchida shartnomaning bajarilishiga qiziqish yoʻqolishi shartnomadan aniq bilinib tursa, oldi-sotdi shartnomasi uni qatʼiy belgilangan muddatda bajarish sharti bilan tuzilgan hisoblanadi. Sotuvchi bunday shartnomani unda belgilangan muddatdan oldin yoki bu muddat tugagandan soʻng sotib oluvchining roziligisiz bajarishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
390-modda. Sotuvchining tovarni topshirish majburiyatini bajarish payti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti, oldi-sotdi shartnomasida boshqacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, sotuvchining sotib oluvchiga tovarni topshirish vazifasi quyidagi paytlarda bajarilgan hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar shartnomada sotuvchining tovarni yetkazib berish majburiyati nazarda tutilgan boʻlsa, tovarni sotib oluvchiga yoki u koʻrsatgan shaxsga topshirish paytida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar tovar sotib oluvchiga tovar turgan yerda berilishi lozim boʻlsa, tovarni sotib oluvchi ixtiyoriga topshirish paytida. Shartnomada nazarda tutilgan muddatda tovar tegishli yerda sotib oluvchiga topshirish uchun tayyor boʻlgan va sotib oluvchi shartnoma shartlariga muvofiq tovar topshirishga tayyor ekanligidan xabardor qilingan vaqtda tovar sotib oluvchi ixtiyoriga topshirilgan deb hisoblanadi. Agar tovarning shartnoma maqsadlariga mosligi tamgʻalash yoki boshqa yoʻl bilan tasdiqlangan boʻlmasa, tovar topshirish uchun tayyor deb hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldi-sotdi shartnomasidan sotuvchining tovarni sotib oluvchiga yetkazib berish yoki tovarni turgan yerida sotib oluvchiga topshirish majburiyati kelib chiqmaydigan hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, tovarni sotib oluvchiga yetkazib berish uchun tashuvchiga yoki aloqa tashkilotiga topshirish paytida sotuvchining tovarni sotib oluvchiga topshirish majburiyati bajarilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
391-modda. Sotuvchining sotilgan mol-mulkni saqlash majburiyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq mol-mulkni topshirishdan oldin sotib oluvchiga oʻtgan hollarda, sotuvchi mol-mulkning yomonlashishiga yoʻl qoʻymay, uni topshirgunga qadar saqlashi shart. Buning uchun qilingan zarur chiqimlarni, agar taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sotib oluvchi sotuvchiga toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
392-modda. Tovarning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfining oʻtishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, tovarning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi sotuvchi tovarni sotib oluvchiga topshirish boʻyicha oʻz majburiyatini qonun yoki shartnomaga muvofiq bajargan deb hisoblangan paytdan boshlab sotib oluvchiga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, yoʻlda boʻlgan paytida sotilgan tovarning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi shartnoma tuzilgan paytdan boshlab sotib oluvchiga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldi-sotdi shartnomasining tovar tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi u birinchi tashuvchiga topshirilgan paytdan boshlab sotib oluvchiga oʻtishi haqidagi sharti, agar shartnoma tuzilgan paytda sotuvchi tovar yoʻqolgani yoki shikastlanganini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan boʻlsa va bu haqda sotib oluvchiga maʼlum qilmagan boʻlsa, sotib oluvchi talabiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
393-modda. Sotuvchining tovarni uchinchi shaxslar huquqlaridan ozod holda topshirish majburiyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi tovarni sotib oluvchiga uchinchi shaxslarning har qanday huquqlaridan ozod holda topshirishi shart, sotib oluvchi uchinchi shaxslarning huquqlari boʻlgan tovarni qabul qilishga rozilik bergan hollar bundan mustasno. Bu qoidani bajarmaslik sotib oluvchiga xarid narxini kamaytirishni yoki oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishni va koʻrilgan zararni qoplashni talab qilish huquqini beradi, sotib oluvchi bu tovarga uchinchi shaxslarning huquqlari borligini bilgani yoki bilishi lozim boʻlgani isbotlanadigan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar tovarni sotib oluvchiga topshirish paytida unga uchinchi shaxslarning daʼvolari borligi sotuvchiga maʼlum boʻlgan hollarda ham, agar bu daʼvolar keyinchalik belgilangan tartibda qonuniy deb tan olingan boʻlsa, tegishli ravishda qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
394-modda. Tovarni olib qoʻyish toʻgʻrisida daʼvo qilingan taqdirda sotib oluvchi va sotuvchining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar uchinchi shaxs oldi-sotdi shartnomasi bajarilgunga qadar yuzaga kelgan asos boʻyicha tovarni olib qoʻyish toʻgʻrisida sotib oluvchiga daʼvo qilsa, sotib oluvchi sotuvchini ishda qatnashishga jalb qilishi, sotuvchi esa bu ishda sotib oluvchi tomonida qatnashishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotuvchi basharti ishda qatnashganida sotilgan tovar sotib oluvchidan olib qoʻyilishining oldini olgan boʻlishi mumkinligini isbotlab bersa, sotib oluvchining sotuvchini ishda qatnashishga jalb qilmasligi sotuvchini sotib oluvchi oldidagi javobgarlikdan ozod qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi tomonidan ishda qatnashishga jalb qilingan, biroq unda qatnashmagan sotuvchi sotib oluvchining ishni notoʻgʻri yuritganligini isbotlash huquqidan mahrum boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
395-modda. Sotib oluvchidan tovar olib qoʻyilgan taqdirda sotuvchining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldi-sotdi shartnomasi bajarilgunga qadar vujudga kelgan asoslar boʻyicha uchinchi shaxslar sotib oluvchidan tovarni olib qoʻygan hollarda sotuvchi sotib oluvchiga u koʻrgan zararni qoplashi lozim, sotib oluvchi bunday asoslarning mavjudligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olingan tovar uchinchi shaxslar tomonidan sotib oluvchidan talab qilib olinadigan hollarda taraflarning sotuvchini javobgarlikdan ozod qilish yoki uning javobgarligini cheklash toʻgʻrisidagi kelishuvi haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
396-modda. Sotuvchi tovarni topshirishdan bosh tortishining oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotuvchi sotilgan tovarni sotib oluvchiga topshirishdan bosh tortsa, sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyoni topshirishdan bosh tortsa, sotib oluvchi sotuvchiga ushbu Kodeksning 331-moddasida nazarda tutilgan talablarni qoʻyishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
397-modda. Tovarga mansub ashyolarni va hujjatlarni topshirish majburiyatini bajarmaslik oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotuvchi qonunchilikka yoki oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq topshirishi shart boʻlgan (ushbu Kodeks 388-moddasining ikkinchi qismi) tovarga mansub ashyolar yoki hujjatlarni sotib oluvchiga topshirmasa yoki topshirishdan bosh tortsa, sotib oluvchi ularni topshirish uchun unga oqilona muddat tayinlashga haqli.
(397-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarga mansub ashyolar yoki hujjatlar sotuvchi tomonidan koʻrsatilgan muddatda topshirilmasa, agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sotib oluvchi tovardan voz kechishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
398-modda. Tovarning miqdori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchiga topshirilishi lozim boʻlgan tovarning miqdori oldi-sotdi shartnomasida tegishli oʻlchov birliklarida yoki pulda nazarda tutiladi. Tovarning miqdori toʻgʻrisidagi shart shartnomada uni aniqlash tartibini belgilash yoʻli bilan kelishilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oldi-sotdi shartnomasi topshirilishi lozim boʻlgan tovar miqdorini aniqlash imkonini bermasa, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
399-modda. Shartnomaning tovar miqdori toʻgʻrisidagi shartlarini buzish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi oldi-sotdi shartnomasi shartlarini buzib, sotib oluvchiga shartnomada belgilangan miqdordan kam tovar topshirgan boʻlsa, sotib oluvchi, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, yo tovarning yetishmayotgan miqdorini topshirishni talab qilishga, yo topshirilgan tovardan va uning haqini toʻlashdan bosh tortishga, bordi-yu uning haqi toʻlangan boʻlsa, toʻlangan pul summasini qaytarib berishni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi sotib oluvchiga oldi-sotdi shartnomasida koʻrsatilganidan ortiq miqdorda tovar bergan taqdirda, sotib oluvchi bu haqda ushbu Kodeks 416-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda sotuvchiga maʼlum qilishi lozim. Agar sotib oluvchidan xabar olganidan soʻng sotuvchi oqilona muddatda tegishli tovarni tasarruf qilmasa, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sotib oluvchi tovarning hammasini qabul qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasida koʻrsatilganidan ortiq miqdorda tovar qabul qilib olgan taqdirda, agar taraflarning kelishuvi bilan boshqa baho belgilangan boʻlmasa, tegishli tovar uchun shartnomada belgilangan bahoda haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oldi-sotdi shartnomasiga koʻra tovarlar tur, model, oʻlcham, rang va boshqa belgilari (assortiment) boʻyicha muayyan nisbatda topshirilishi lozim boʻlsa, sotuvchi tovarlarni sotib oluvchiga taraflar kelishgan assortimentda topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oldi-sotdi shartnomasida assortiment belgilanmagan hamda shartnomada uni belgilash tartibi koʻrsatilmagan boʻlsa, lekin majburiyat mohiyatidan tovarlar sotib oluvchiga assortiment boʻyicha topshirilishi lozimligi kelib chiqsa, sotuvchi sotib oluvchiga tovarlarni sotib oluvchining shartnoma tuzish paytida sotuvchiga maʼlum boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqadigan assortimentda topshirishga yoki shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
401-modda. Shartnomaning tovar assortimenti toʻgʻrisidagi shartini buzish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan tovarlarni shartnomaga mos kelmaydigan assortimentda topshirgan taqdirda sotib oluvchi ularni qabul qilishdan va haqini toʻlashdan bosh tortishga, bordi-yu ularning haqi toʻlab qoʻyilgan boʻlsa, toʻlangan pul summasini qaytarib berishni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotuvchi sotib oluvchiga assortimenti oldi-sotdi shartnomasiga mos keladigan tovarlar bilan bir qatorda assortiment toʻgʻrisidagi shartlarga mos kelmaydigan tovarlar ham topshirgan boʻlsa, sotib oluvchi oʻz ixtiyoriga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaning assortiment toʻgʻrisidagi shartlariga mos boʻlgan tovarlarni qabul qilish va qolgan tovarlarni qabul qilishdan bosh tortish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topshirilgan barcha tovarlarni qabul qilishdan bosh tortish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaning assortiment toʻgʻrisidagi shartlariga mos boʻlmagan tovarlarni shartnomada nazarda tutilgan assortimentdagi tovarlarga almashtirib berishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topshirilgan barcha tovarlarni qabul qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi assortimenti oldi-sotdi shartnomasi shartlariga mos kelmaydigan tovarlarni qabul qilishdan bosh tortganida yoki assortiment toʻgʻrisidagi shartlarga mos kelmaydigan tovarlarni almashtirishni talab qilganida bu tovarlar haqini toʻlashdan bosh tortishga, bordi-yu ularning haqi toʻlab qoʻyilgan boʻlsa, toʻlangan pul summasini qaytarib berishni talab qilishga ham haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotib oluvchi shartnomaning assortiment toʻgʻrisidagi shartlariga mos kelmaydigan tovarlarni olganidan soʻng ularni qabul qilishdan bosh tortishi toʻgʻrisida oqilona muddatda sotuvchiga xabar qilmasa, bunday tovarlar qabul qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotib oluvchi assortimenti shartnomaga mos kelmaydigan tovarlarni qabul qilishdan bosh tortmasa, bu tovarlarning haqini sotuvchi bilan kelishilgan bahoda toʻlashi shart. Sotuvchi bahoni kelishish boʻyicha oqilona muddatda zarur choralar koʻrmagan taqdirda, sotib oluvchi tovarlar haqini odatda shartnoma tuzish paytidagi oʻxshash vaziyatlarda xuddi shunday tovarlarga berilgan bahoda toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu modda qoidalari qoʻllanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 26-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
402-modda. Tovarning sifati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi sotib oluvchiga sifati oldi-sotdi shartnomasiga mos keladigan tovarni topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldi-sotdi shartnomasida tovarning sifati toʻgʻrisidagi shartlar koʻrsatilmaganda, sotuvchi sotib oluvchiga belgilangan maqsadlar uchun yaroqli boʻlgan tovarni topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotib oluvchi shartnoma tuzish paytida sotuvchiga tovarni qanday aniq maqsadlar uchun sotib olayotganini xabar qilgan boʻlsa, sotuvchi sotib oluvchiga ushbu maqsadlarda foydalanish uchun yaroqli boʻlgan tovarni topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar namunasi boʻyicha va (yoki) taʼrifi boʻyicha sotilganda sotuvchi sotib oluvchiga namuna va (yoki) taʼrifga mos keladigan tovarni topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunda belgilangan tartibga muvofiq, sotilayotgan tovar sifatiga nisbatan majburiy talablar nazarda tutilgan boʻlsa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan sotuvchi sotib oluvchiga ushbu majburiy talablarga javob beradigan tovarni topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi bilan sotib oluvchi oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq qonunda nazarda tutilgan tartibda tovarning sifatiga qoʻyilgan majburiy talablarga qaraganda yuqoriroq talablarga javob beradigan tovar topshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
403-modda. Tovar sifatining kafolati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi sotib oluvchiga topshirishi lozim boʻlgan tovar uni sotib oluvchiga topshirish paytida ushbu Kodeksning 402-moddasida nazarda tutilgan talablarga, agar tovarning ushbu talablarga muvofiqligini aniqlashning boshqa payti oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan boʻlmasa, javob berishi va oqilona muddat davomida belgilangan maqsadlar uchun yaroqli boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining tovar sifatiga kafolat berishi nazarda tutilgan taqdirda, sotuvchi sotib oluvchiga shartnomada belgilangan muayyan vaqtda (kafolat muddatida) ushbu Kodeksning 402-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan tovarni topshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, tovar sifatining kafolati barcha butlovchi buyumlarga ham tegishli boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: 1996-yil 26-apreldagi 221-I-son “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 1, 11-moddalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
404-modda. Tovarning kafolat muddatini hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafolat muddati tovar sotib oluvchiga topshirilgan paytdan eʼtiboran oʻta boshlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotib oluvchi sotuvchiga bogʻliq boʻlgan holatlar tufayli oldi-sotdi shartnomasida kafolat muddati belgilangan tovardan foydalanish imkoniyatidan mahrum boʻlsa, sotuvchi tegishli holatlarni bartaraf etmaguncha kafolat muddatining oʻtishi boshlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksning 416-moddasida belgilangan tartibda sotuvchiga tovarning kamchiliklari haqida xabar qilish sharti bilan kafolat muddati tovarda aniqlangan kamchiliklar tufayli undan foydalanib boʻlmagan vaqtga uzaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, butlovchi buyumning kafolat muddati asosiy buyumning kafolat muddatiga teng hisoblanadi va asosiy buyumning kafolat muddati bilan bir vaqtda oʻta boshlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar (butlovchi buyum) almashtirilganda kafolat muddati yangidan oʻta boshlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikda, shu jumladan milliy standartlarda tovar oʻz vazifasi boʻyicha foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qoladi deb hisoblanadigan vaqt (yaroqlilik muddati) belgilanishi mumkin.
(405-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi OʻRQ-800-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi yaroqlilik muddati belgilangan tovarni sotib oluvchiga shunday moʻljal bilan topshirishi kerakki, toki undan yaroqlilik muddati tugagunga qadar oʻz vazifasi boʻyicha foydalanish mumkin boʻlsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
406-modda. Tovarning yaroqlilik muddatini hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarning yaroqlilik muddati tovar tayyorlangan kundan boshlab foydalanish uchun yaroqli boʻlgan davr bilan yoki tovar foydalanish uchun yaroqli boʻlib turadigan sana bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda yoki oldi-sotdi shartnomasida tovarning sifatini tekshirish nazarda tutilgan boʻlsa, tekshirish ularda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(407-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Standartlarda tovarlarning sifatini nazorat qilishga nisbatan talablar belgilangan hollarda, sifat ulardagi koʻrsatmalarga muvofiq tekshirilishi kerak.
(407-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi OʻRQ-800-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan tartibda tovarning sifatini tekshirish shartlari nazarda tutilgan boʻlmasa, tovarning sifati ish muomalasi odatlariga yoki oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha topshirilishi lozim boʻlgan tovarni tekshirishning odatda qoʻllaniladigan boshqa shartlariga muvofiq tekshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda, shu jumladan davlat standartlarida yoki oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining sotib oluvchiga topshiriladigan tovar sifatini tekshirish (sinash, tahlil qilish, koʻzdan kechirish va hokazo) majburiyati nazarda tutilgan boʻlsa, sotib oluvchining talabi bilan sotuvchi unga tovar sifati tekshirilganligining isbotini taqdim qilishi lozim.
(407-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi va sotib oluvchi tomonidan tovarning sifatini tekshirish aynan bir xil shartlarda amalga oshirilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
408-modda. Tegishli darajada sifatli boʻlmagan tovarni topshirish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tovarning kamchiliklari sotuvchi tomonidan maʼlum qilinmagan boʻlsa, tegishli darajada sifatli boʻlmagan tovar topshirilgan sotib oluvchi ushbu Kodeksning 434-moddasida nazarda tutilgan huquqlarga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarning butliligiga kiradigan qismi tegishli darajada sifatli boʻlmasa, sotib oluvchi mazkur tovarga nisbatan ushbu Kodeksning 434-moddasida nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli darajada sifatli boʻlmagan tovarni sotgan shaxs uni tayyorlagan boʻlmasa, tovarni almashtirish yoki uning kamchiliklarini tekinga bartaraf etish haqidagi talablar sotuvchiga yoki tovarni tayyorlovchiga qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar, agar mazkur Kodeks yoki boshqa qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 26-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
409-modda. Tovarning sotuvchi javobgar boʻladigan kamchiliklari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotib oluvchi tovardagi kamchiliklar tovar sotib oluvchiga topshirilgunga qadar paydo boʻlganligini yoki shu paytgacha vujudga kelgan sabablar tufayli paydo boʻlganligini isbot qilib bersa, sotuvchi tovarning kamchiliklari uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotuvchi sifatiga oʻzi kafolat bergan tovardagi kamchiliklar uni sotib oluvchiga topshirgandan soʻng sotib oluvchi tovardan foydalanish yoki uni saqlash qoidalarini buzganligi yoki uchinchi shaxslar harakati tufayli yoki oldini olib boʻlmaydigan kuch taʼsirida paydo boʻlganini isbotlay olmasa, sotuvchi bu tovarning kamchiliklari uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
410-modda. Topshirilgan tovarning kamchiliklarini aniqlash muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunda yoki oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, tovarning kamchiliklari ushbu moddada belgilangan muddatlarda aniqlangan taqdirda, sotib oluvchi tovarning kamchiliklari bilan bogʻliq talablarni qoʻyishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarning kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati belgilanmagan hollarda, kamchiliklar bilan bogʻliq talablar sotib oluvchi tomonidan, agar qonunda yoki oldi-sotdi shartnomasida boshqa muddatlar belgilangan boʻlmasa, kamchiliklar oqilona muddatda, biroq tovar sotib oluvchiga topshirilgan kundan boshlab ikki yil davomida aniqlangandagina qoʻyilishi mumkin. Tashib berilishi yoki aloqa tashkiloti orqali joʻnatilishi lozim boʻlgan tovarning kamchiliklarini aniqlash muddati tovar belgilangan joyda olingan kundan boshlab hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tovarga kafolat muddati belgilangan boʻlsa, tovarning kamchiliklari kafolat muddatida aniqlanganida sotib oluvchi tovarning kamchiliklari bilan bogʻliq talablarni qoʻyishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oldi-sotdi shartnomasida butlovchi buyumga asosiy buyumga nisbatan kamroq kafolat muddati belgilangan boʻlsa, sotib oluvchi asosiy buyumning kafolat muddatida butlovchi buyumning kamchiliklarini aniqlasa, bu kamchiliklar toʻgʻrisida talab qoʻyishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oldi-sotdi shartnomasida butlovchi buyumga asosiy buyumning kafolat muddatiga nisbatan uzoqroq kafolat muddati belgilangan boʻlsa, butlovchi buyumda kafolat muddatida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, asosiy buyumning kafolat muddati oʻtgan-oʻtmaganligidan qatʼi nazar, sotib oluvchi tovarning kamchiliklari toʻgʻrisida talab qoʻyishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yaroqlilik muddati belgilangan tovarga nisbatan, agar kamchiliklar tovarning yaroqlilik muddatida aniqlangan boʻlsa, sotib oluvchi uning kamchiliklari toʻgʻrisida talablar qoʻyishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarning kamchiliklari sotib oluvchi tomonidan kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati tugaganidan soʻng aniqlangan hollarda, sotib oluvchi tovardagi kamchiliklar tovar sotib oluvchiga topshirilgunga qadar paydo boʻlganligini yoki bu paytgacha vujudga kelgan sabablar tufayli paydo boʻlganligini isbot qilib bersa, sotuvchi kamchiliklar uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
411-modda. Tovarning butligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi sotib oluvchiga oldi-sotdi shartnomasining butlik toʻgʻrisidagi shartlariga muvofiq boʻlgan tovarni topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldi-sotdi shartnomasida tovarning butligi belgilanmagan hollarda sotuvchi sotib oluvchiga butligi ish muomalasi odatlari yoki odatda qoʻyiladigan boshqa talablar bilan belgilanadigan tovarni berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining sotib oluvchiga muayyan tovarlar toʻplamini but holida (but tovarlar) berish majburiyati belgilangan boʻlsa, but holdagi barcha tovarlar berilgan paytdan boshlab majburiyat bajarilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa va u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, sotuvchi but holdagi barcha tovarlarni sotib oluvchiga bir vaqtda topshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
413-modda. But boʻlmagan tovarni topshirish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
But boʻlmagan tovar topshirilgan taqdirda, sotib oluvchi oʻz ixtiyoriga koʻra sotuvchidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarni oqilona muddatda butlashni talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotuvchi oqilona muddatda sotib oluvchining tovarni butlash toʻgʻrisidagi talabini bajarmasa, sotib oluvchi oʻz ixtiyoriga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
butlanmagan tovarni but tovarga almashtirishni talab qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oldi-sotdi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga va tovar uchun toʻlangan pul summasini qaytarib berishni, shuningdek yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa va u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan oqibatlar sotuvchining sotib oluvchiga but tovarlarni topshirish majburiyati buzilgan hollarda ham qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik Sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 174-son “Sifati tegishli darajada boʻlmagan mahsulot (tovar)larni yetkazib berish bilan bogʻliq nizolarni hal etish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
414-modda. Idish va oʻrash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa va u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, sotuvchi sotib oluvchiga tovarni idishda yoki oʻralgan holda topshirishi shart, oʻz xususiyatiga koʻra idishga joylash va (yoki) oʻrashni talab qilmaydigan tovar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oldi-sotdi shartnomasida idish va oʻrash haqida talablar belgilangan boʻlmasa, tovar bunday tovar uchun odatdagi usulda, u boʻlmaganda –– saqlash va transportda tashishning oddiy sharoitlarida bunday turdagi tovarning saqlanishini taʼminlaydigan usulda idishga joylashtirilishi va (yoki) oʻralishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunda belgilangan tartibda idish va (yoki) oʻrashga nisbatan majburiy talablar nazarda tutilgan boʻlsa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan sotuvchi sotib oluvchiga tovarni ushbu majburiy talablarga mos keladigan idishda va (yoki) oʻralgan holda topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
415-modda. Tovarni idishsiz va (yoki) oʻramagan holda yoxud tegishli idishga joylamagan va (yoki) tegishli darajada oʻramagan holda topshirish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idishga joylanishi va (yoki) oʻralishi lozim boʻlgan tovar sotib oluvchiga idishsiz va (yoki) oʻramagan holda yoxud tegishli idishga joylamagan va (yoki) tegishli darajada oʻramagan holda topshirilgan taqdirda, agar oldi-sotdi shartnomasidan, majburiyat mohiyati yoki tovarning xususiyatidan boshqa hol kelib chiqmasa, sotib oluvchi sotuvchidan tovarni idishga joylashtirish va (yoki) oʻrashni yoxud tegishli boʻlmagan idish va (yoki) oʻrashni almashtirishni talab qilishga haqli. Sotuvchiga yuqoridagi talablarni qoʻyish oʻrniga, sotib oluvchi unga sifati tegishli darajada boʻlmagan tovarni topshirishdan kelib chiqadigan, ushbu Kodeksning 434-moddasida nazarda tutilgan talablarni qoʻyishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 28-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
416-modda. Oldi-sotdi shartnomasi tegishli darajada bajarilmagani haqida sotuvchini xabardor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasining tovarlar miqdori, assortimenti, sifati, butligi, idishi va (yoki) oʻralishi toʻgʻrisidagi shartlari buzilganligi haqida qonunchilikda yoki shartnomada koʻzda tutilgan muddatda, agar bunday muddat belgilangan boʻlmasa, shartnomaning tegishli sharti buzilganligi tovarlar xususiyati va vazifasidan kelib chiqqan holda aniqlanishi lozim boʻlganidan soʻng oqilona muddatda sotuvchiga maʼlum qilishi shart.
(416-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatni bajarmagan taqdirda, sotuvchi bu hol sotib oluvchining talablarini qanoatlantirib boʻlmaydigan qilib qoʻyganini yoki sotuvchi oldi-sotdi shartnomasi shartlari buzilgani haqida oʻz vaqtida xabardor qilinganida sarflashi mumkin boʻlgan mablagʻlarga nisbatan nomutanosib xarajatlarga olib kelishini isbotlasa, u sotib oluvchining tegishli talablarini qondirishdan toʻliq yoki qisman bosh tortishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotuvchi sotib oluvchiga topshirilgan tovarlar oldi-sotdi shartnomasi shartlariga javob bermasligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan boʻlsa, u sotib oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatni bajarmaganligini vaj qilib koʻrsatishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
417-modda. Sotib oluvchining tovarni qabul qilish majburiyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi oʻziga sotuvchi tomonidan topshirilgan tovarni qabul qilib olishi shart, u tovarni almashtirib berishni talab qilish yoki oldi-sotdi shartnomasini bajarishni rad etishga haqli boʻlgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda yoki oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sotib oluvchi odatda qoʻyiladigan talablarga muvofiq tegishli tovarni topshirish va olishni taʼminlash uchun oʻzi tomonidan zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshirishi lozim.
(417-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi qonunchilik yoki oldi-sotdi shartnomasini buzgan holda tovarni qabul qilmasa yoki qabul qilishdan bosh tortsa, sotuvchi shartnomani bajarishdan bosh tortish va zararni qoplashni talab qilishga haqli.
(417-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 31-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi tovar haqini ushbu Kodeksning 356-moddasiga muvofiq belgilanadigan bahoda toʻlashi, shuningdek qonunchilik, oldi-sotdi shartnomasi yoki odatda qoʻyiladigan talablarga muvofiq toʻlovni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan harakatlarni oʻz hisobidan bajarishi lozim.
(418-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarning bahosi uning ogʻirligiga qarab belgilanadigan boʻlsa, agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, u sof ogʻirligi boʻyicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oldi-sotdi shartnomasida tovarning bahosi uni belgilaydigan koʻrsatkichlar (tannarx, xarajatlar va hokazo)ga qarab oʻzgartirilishi lozimligi nazarda tutilgan boʻlsa, ammo shu bilan birga, bahoni qayta koʻrib chiqish usuli belgilangan boʻlmasa, baho ushbu koʻrsatkichlarning shartnoma tuzilgan paytdagi va tovarni topshirish paytidagi oʻzaro nisbatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Sotuvchi tovarni topshirish majburiyatini bajarishni kechiktirib yuborganida baho ushbu koʻrsatkichlarning shartnoma tuzilgan paytdagi va shartnomada nazarda tutilgan tovar topshiriladigan paytdagi, agar shartnomada tovarni topshirish payti nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksning 242-moddasiga muvofiq aniqlangan paytdagi nisbatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda yoki oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa va u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanadi.
(418-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilik yoki oldi-sotdi shartnomasining shartlaridan tovar bahosini muayyan muddatda toʻlash majburiyati kelib chiqmasa, sotib oluvchi uni sotuvchi oʻziga tovarni yoki ushbu tovarni tasarruf qilish hujjatlarini berganidan soʻng kechiktirmasdan toʻlashi lozim.
(419-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oldi-sotdi shartnomasida tovar haqini boʻlib-boʻlib toʻlash nazarda tutilgan boʻlmasa, sotib oluvchi sotuvchiga topshirilgan tovarning toʻliq bahosi miqdorida haq toʻlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq topshirilgan tovar haqini oʻz vaqtida toʻlamasa, sotuvchi tovar haqini va oʻzganing pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlar toʻlashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasini buzgan holda tovarni qabul qilish va haqini toʻlashdan bosh tortsa, sotuvchi oʻz ixtiyoriga koʻra tovar haqini toʻlashni talab qilish yoki shartnomani bajarishdan bosh tortish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq sotib oluvchiga haqi toʻlanmagan tovarlardan tashqari boshqa tovarlarni ham topshirishi lozim boʻlganida, agar qonunchilik yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, u ushbu tovarlarni topshirishni avval topshirilgan barcha tovarlar haqi batamom toʻlangunga qadar toʻxtatib qoʻyishga haqli.
(419-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldi-sotdi shartnomasida sotuvchi tovarni topshirishidan oldin sotib oluvchi uning haqini toʻliq yoki qisman toʻlash (oldindan haq toʻlash) majburiyati nazarda tutilgan hollarda, sotib oluvchi tovar haqini shartnomada nazarda tutilgan muddatda, agar shartnomada bunday muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksning 242-moddasiga muvofiq belgilangan muddatda toʻlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan tovar haqini oldindan toʻlash majburiyatini bajarmagan taqdirda ushbu Kodeksning 256-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldindan toʻlangan summani olgan sotuvchi tovarni topshirish boʻyicha majburiyatni bajarmagan taqdirda sotib oluvchi haqi toʻlangan tovarni topshirishni yoki sotuvchi topshirmagan tovar uchun oldindan toʻlangan summani qaytarib berishni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotuvchi oldindan haqi toʻlangan tovarni topshirish majburiyatini bajarmasa va oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, oldindan toʻlangan summa uchun ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq, tovarni topshirishi lozim boʻlgan kundan boshlab tovar sotib oluvchiga topshirilgan yoki unga oldindan toʻlagan summasi qaytarib berilgan kungacha foizlar toʻlanishi lozim. Shartnomada sotuvchining oldindan toʻlangan summa uchun foizlarni bu summa sotib oluvchidan olingan kundan boshlab toʻlash majburiyati nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldi-sotdi shartnomasida tovar haqini u sotuvchiga topshirilganidan soʻng maʼlum vaqt oʻtgach toʻlash (tovarni nasiyaga sotish) nazarda tutilgan hollarda sotib oluvchi tovar haqini shartnomada koʻrsatilgan muddatda, agar shartnomada bunday muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksning 242-moddasiga muvofiq belgilangan muddatda toʻlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi tovarni topshirish majburiyatini bajarmasa, ushbu Kodeksning 256-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarni olgan sotib oluvchi uning haqini toʻlash boʻyicha oldi-sotdi shartnomasida belgilangan majburiyatni bajarmagan hollarda sotuvchi topshirilgan tovar haqini toʻlashni yoki haqi toʻlanmagan tovarni qaytarib berishni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotib oluvchi topshirilgan tovar haqini toʻlash majburiyatini oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatda bajarmagan va ushbu Kodeksda yoki oldi-sotdi shartnomasida boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, kechikib toʻlangan summa uchun ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq shartnomaga binoan tovar haqi toʻlanishi lozim boʻlgan kundan boshlab sotib oluvchi tovar haqini toʻlagan kungacha foizlar toʻlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldi-sotdi shartnomasida sotib oluvchining sotuvchi tomonidan tovar topshirilgan kundan boshlab tovar bahosiga teng boʻlgan summa uchun foizlar toʻlash majburiyati nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, tovarni nasiyaga sotish u sotilgan kundagi narxlarda amalga oshiriladi.
(421-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar sotib oluvchiga topshirilgan paytdan boshlab uning haqi toʻlab boʻlingunga qadar nasiyaga sotilgan tovar sotib oluvchi tomonidan tovar haqini toʻlash majburiyati bajarilishini taʼminlash uchun sotuvchida garovda turgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
422-modda. Tovar haqini boʻlib-boʻlib toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarni nasiyaga sotish shartnomasida tovar haqini boʻlib-boʻlib toʻlash nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haqini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan tovarni nasiyaga sotish shartnomasida oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlari bilan bir qatorda tovar bahosi, toʻlovlarning tartibi, muddatlari va miqdori koʻrsatilgan boʻlsa, bunday shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotib oluvchi haqini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan va oʻziga topshirilgan tovar uchun navbatdagi toʻlovni shartnomada belgilangan muddatda amalga oshirmasa, sotuvchi shartnomani bajarishdan bosh tortishga va garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni tovarga qaratishga haqli.
(422-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarni kreditga sotish toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan taqdirda, sotib oluvchi olingan tovar ulushining haqi toʻlangan qismini majburiyatlarni bajarish taʼminoti sifatida berishga haqli.
(422-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada sotuvchi yoki sotib oluvchining tovarni sugʻurtalash majburiyati nazarda tutilgan boʻlsa, biroq unda sugʻurtalash shartlari va tovar sugʻurtalanadigan eng kam summa belgilanmagan boʻlsa, sugʻurtalash shartnomasida nazarda tutilgan sugʻurta summasi tovar bahosidan kam boʻlishi mumkin emas.
(423-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarni sugʻurtalashi lozim boʻlgan taraf shartnoma shartlariga muvofiq sugʻurtalashni amalga oshirmagan hollarda boshqa taraf tovarni sugʻurtalashga va sugʻurtalashi lozim boʻlgan tarafdan sugʻurta xarajatlarini qoplashni talab qilishga yoki shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
424-modda. Mulk huquqining sotuvchi ixtiyorida saqlanib qolishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining sotib oluvchiga topshirilgan tovarga mulk huquqi tovar haqi toʻlangunga yoki boshqa holatlar yuz bergunga qadar saqlanishi nazarda tutilgan hollarda, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u tovarning vazifasidan va uning xususiyatlaridan kelib chiqmasa, sotib oluvchi mulk huquqi oʻziga oʻtguncha tovarni oʻzgaga berishga yoki boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Topshirilgan tovarning haqi oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatda toʻlanmaganda yoki mulk huquqi sotib oluvchiga oʻtadigan boshqa holatlar yuz bermaganda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sotuvchi sotib oluvchidan tovarni qaytarib berishni talab qilishga haqli.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.02 Chakana oldi-sotdi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Chakana oldi-sotdi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chakana oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan sotuvchi sotib oluvchiga shaxsiy maqsadlarda, roʻzgʻorda yoki tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalaniladigan tovarni topshirish majburiyatini oladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo Qoidalari” 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chakana oldi-sotdi shartnomasi ommaviy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
426-modda. Tovarning ommaviy ofertasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chakana oldi-sotdi shartnomasining barcha muhim shartlarini oʻz ichiga olgan holda tovar reklamasi, kataloglar, shuningdek tovarning nomuayyan shaxslar doirasiga qaratilgan boshqa taʼriflari orqali tovar taklif qilish ommaviy oferta deb hisoblanadi (ushbu Kodeks 369-moddasining ikkinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni koʻrgazmaga qoʻyish, ularning namunalarini namoyish qilish yoki savdo boʻlayotgan joyda sotilayotgan tovarlar haqida maʼlumotlar (taʼriflar, kataloglar, fotosuratlar va hokazolar) berish, sotuvchi tegishli tovarlar sotishga moʻljallanmaganligini aniq belgilagan hollardan tashqari, narxi va oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlari koʻrsatilgan-koʻrsatilmaganidan qatʼi nazar, ommaviy oferta deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
427-modda. Sotib oluvchiga tovar haqida axborot berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi sotishga taklif qilingan tovar toʻgʻrisida sotib oluvchiga zarur va toʻgʻri axborotni uning mazmuni va uni taqdim etish usuliga nisbatan qonunchilikda belgilangan yoki odatda chakana savdoda qoʻyiladigan talablarga muvofiq holda berishi shart.
(427-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: 1996-yil 26-apreldagi 221-I-son “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo Qoidalari”ning 14-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi chakana oldi-sotdi shartnomasi tuzilgunga qadar tovarni koʻzdan kechirish, oʻz oldida tovarning xossalarini tekshirishni yoki tovardan qanday foydalanishni koʻrsatishni, agar bu hol tovarning xususiyati tufayli istisno qilinmasa va chakana savdoda qabul qilingan qoidalarga zid boʻlmasa, talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotib oluvchiga sotish joyida ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan tovar toʻgʻrisidagi axborotni darhol olish imkoni berilmagan boʻlsa, u chakana oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan asossiz bosh tortilgani tufayli oʻzi koʻrgan zararni toʻlashni sotuvchidan talab qilishga, agar shartnoma tuzilgan boʻlsa, oqilona muddatda shartnomani bajarishdan bosh tortishga, tovar uchun toʻlangan summani qaytarishni va zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchiga tovar toʻgʻrisida tegishli axborot olish imkonini bermagan sotuvchi tovar sotib oluvchiga topshirilganidan soʻng tovarda paydo boʻlgan kamchiliklar uchun ham, agar sotib oluvchi bu kamchiliklar oʻzida bunday axborot boʻlmagani sababli paydo boʻlganini isbotlasa, javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
428-modda. Tovarning sotib oluvchi tomonidan belgilangan muddatda qabul qilinishi sharti bilan sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflar sotib oluvchi tovarni shartnomada belgilangan muddatda qabul qilib olishi sharti bilan chakana oldi-sotdi shartnomasi tuzishlari mumkin, bu muddat mobaynida tovar boshqa sotib oluvchiga sotilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar chakana oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnomada belgilangan muddatda sotib oluvchining tovarni qabul qilish uchun kelmasligi yoki boshqa zarur harakatlarni amalga oshirmasligini sotuvchi sotib oluvchining shartnomani bajarishdan bosh tortishi deb qaralishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchining tovarni sotib oluvchiga chakana oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatda topshirishni taʼminlash borasidagi qoʻshimcha xarajatlari, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, tovarning bahosiga qoʻshiladi.
(428-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
429-modda. Tovarni namuna boʻyicha sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflar tovarni namuna (taʼrif, katalog va hokazo) boʻyicha olish-sotish shartnomasini tuzishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarni namuna boʻyicha sotish shartnomasi ushbu Kodeks 431-moddasining qoidalariga muvofiq bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi tovar topshirilgunga qadar sotuvchining chakana oldi-sotdi shartnomasini bajarishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq zarur xarajatlarini qoplash sharti bilan shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
430-modda. Avtomatdan foydalangan holda tovar sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar avtomatdan foydalanib sotiladigan hollarda avtomat egasi sotuvchining nomi (firma nomi), u joylashgan manzil, ish tartibi, shuningdek sotib oluvchi tovarni olish uchun amalga oshirishi zarur boʻlgan harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni avtomatga joylashtirish yoki boshqacha usulda sotib oluvchiga taqdim qilish yoʻli bilan unga tovar sotuvchi toʻgʻrisidagi axborotni yetkazishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi tovarni olish uchun zarur harakatlarni amalga oshirgan paytdan boshlab avtomatdan foydalangan holda chakana oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotib oluvchiga haqi toʻlangan tovar topshirilmasa, sotuvchi sotib oluvchiga tovar zudlik bilan topshirilishini yoki u toʻlagan summa qaytarib berilishini taʼminlashi shart. Bu majburiyat bajarilmagan taqdirda, sotib oluvchi sotuvchidan yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomatdan pulni maydalash, toʻlov belgilarini sotib olish yoki valyuta almashtirish uchun foydalanilgan taqdirda, agar majburiyat mohiyatidan boshqacha hol kelib chiqmasa, chakana oldi-sotdi qoidalari qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
431-modda. Tovarni sotib oluvchiga yetkazib berish sharti bilan sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chakana oldi-sotdi shartnomasi tovarni sotib oluvchiga yetkazib berish sharti bilan tuzilgan hollarda sotuvchi shartnomada belgilangan muddatda tovarni sotib oluvchi koʻrsatgan joyga, agar sotib oluvchi tovarni yetkazib berish joyini koʻrsatmagan boʻlsa, sotib oluvchi fuqaro istiqomat qiladigan yoki yuridik shaxs joylashgan manzilga yetkazib berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, tovar sotib oluvchiga, u boʻlmaganda esa –– shartnoma tuzilganidan yoxud tovarni yetkazib berish rasmiylashtirilganidan guvohlik beradigan kvitansiya yoki boshqa hujjatni taqdim qilgan har qanday shaxsga topshirilgan paytdan boshlab chakana oldi-sotdi shartnomasi sotuvchi tomonidan bajarilgan hisoblanadi.
(431-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chakana oldi-sotdi shartnomasida tovarni sotib oluvchiga topshirish uchun yetkazib berish vaqti belgilanmagan hollarda tovar sotib oluvchidan talab tushganidan keyin oqilona muddatda yetkazib berilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, sotib oluvchi tovar haqini chakana oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan paytda sotuvchi tomonidan eʼlon qilingan bahoda toʻlashi lozim.
(432-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chakana oldi-sotdi shartnomasida tovarning haqini oldindan toʻlash nazarda tutilgan hollarda, agar taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sotib oluvchining tovar haqini shartnomada belgilangan muddatda toʻlamasligi uning shartnomani bajarishdan bosh tortishi deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni nasiyaga chakana olish-sotish haqida tuzilgan, shu jumladan sotib oluvchining tovarlar haqini boʻlib-boʻlib toʻlashi sharti bilan tuzilgan shartnomalarga nisbatan ushbu Kodeks 421-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi tovar haqini boʻlib-boʻlib toʻlashning shartnomada belgilangan davrida istagan vaqtida tovar haqini batamom toʻlashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
433-modda. Tegishli sifatli tovarni almashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi oʻziga nooziq-ovqat tovari topshirilgan paytdan boshlab oʻn kun mobaynida, agar bundan uzoqroq muddat sotuvchi tomonidan eʼlon qilinmagan boʻlsa, xarid qilingan tegishli sifatli tovarni xarid joyida yoki sotuvchi eʼlon qilgan boshqa joylarda oʻlchami, shakli, hajmi, andazasi, rangi, toʻplami boshqacha boʻlgan xuddi shunday tovarga almashtirishga haqli, bunda u narxlarda farq boʻlgan taqdirda sotuvchi bilan zarur hisob-kitobni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchida almashtirish uchun zarur tovar boʻlmaganida sotib oluvchi xarid qilingan tovarni sotuvchiga qaytarib berish va unga toʻlangan pul summasini olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tovardan foydalanilmagan, uning isteʼmol xususiyatlari saqlangan boʻlsa va ushbu sotuvchidan sotib olinganining isboti boʻlsa, sotib oluvchining tovarni almashtirish yoki qaytarib olish haqidagi talabi qanoatlantirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada koʻrsatilgan asoslar boʻyicha almashtirilmaydigan yoki qaytarib olinmaydigan tovarlar roʻyxati qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda belgilanadi.
(433-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
434-modda. Sotib oluvchiga sifati tegishli darajada boʻlmagan tovar sotilganida uning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchiga sifati tegishli darajada boʻlmagan tovar sotilganida, agar uning kamchiliklari shartnoma tuzish paytida maʼlum qilinmagan boʻlsa, sotib oluvchi oʻz xohishiga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xuddi shu markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada boʻlgan tovarga almashtirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid narxini tegishincha qayta hisoblagan holda boshqa markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada boʻlgan tovarga almashtirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarning kamchiliklarini tekinga bartaraf etishni yoki sotib oluvchi yoxud uchinchi shaxs tomonidan tovarning kamchiliklarini bartaraf etish uchun qilingan xarajatlar qoplanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrilgan zarar oʻrnini qoplagan holda shartnoma bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: 1996-yil 26-apreldagi 221-I-son “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo Qoidalari”ning 29-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar uchun toʻlangan pul summasini sotib oluvchiga qaytarish vaqtda sotuvchi undan tovardan toʻliq yoki qisman foydalanganligi, tovar koʻrinishi yoʻqolganligi yoki boshqa shunga oʻxshash holatlar tufayli tovar qiymati qancha pasaygan boʻlsa, shuncha summani ushlab qolishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik Sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 174-son “Sifati tegishli darajada boʻlmagan mahsulot (tovar)larni yetkazib berish bilan bogʻliq nizolarni hal etish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
435-modda. Tovarni almashtirganda, xarid narxini kamaytirganda va sifati tegishli darajada boʻlmagan tovarni qaytarganda baholardagi farqni toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli darajada sifatli boʻlmagan tovarni sifati tegishli darajada boʻlgan boshqa tovarga almashtirish chogʻida sotuvchi tovarning chakana oldi-sotdi shartnomasida belgilangan bahosi bilan tovarni almashtirish yoki sud tomonidan tovarni almashtirish toʻgʻrisida qaror chiqarish paytida mavjud boʻlgan tovarning bahosi oʻrtasidagi farqni toʻlashni talab qilishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli darajada sifatli boʻlmagan tovarni xuddi shunday, biroq oʻlchami, andazasi, navi va boshqa belgilari oʻzgacha boʻlgan tegishli darajada sifatli tovarga almashtirish chogʻida almashtirilayotgan tovarning almashtirish paytidagi bahosi bilan sifati tegishli darajada boʻlmagan tovar oʻrniga berilayotgan tovarning bahosi oʻrtasidagi farq toʻlanishi lozim. Agar sotib oluvchining talabi sotuvchi tomonidan qondirilmasa, bu baholar sud tovarni almashtirish toʻgʻrisida qaror chiqargan payt boʻyicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarning xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirish toʻgʻrisida talab qoʻyilgan taqdirda tovarning bahosini pasaytirish toʻgʻrisida talab qoʻyilgan paytdagi, agar sotib oluvchining talabi ixtiyoriy suratda qondirilmagan boʻlsa, sud bahoni mutanosib ravishda kamaytirish toʻgʻrisida qaror chiqargan paytdagi bahosi inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchiga sifati tegishli darajada boʻlmagan tovarni qaytarib berish chogʻida sotib oluvchi chakana oldi-sotdi shartnomasida belgilangan tovarning bahosi bilan uning talabi ixtiyoriy suratda qondirilgan vaqtdagi, agar talab ixtiyoriy suratda qondirilmagan boʻlsa, sud qaror chiqargan paytdagi tegishli tovarning bahosi oʻrtasidagi farqni toʻlashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
436-modda. Sotuvchining javobgarligi va majburiyatni asl holida bajarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi chakana oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha majburiyatini bajarmagan taqdirda zararni qoplash va neustoyka toʻlash sotuvchini majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qilmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.03 Tovarlarni yetkazib berish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Mahsulot yetkazib berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulot yetkazib berish shartnomasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan mahsulot yetkazib beruvchi — sotuvchi shartlashilgan muddatda yoki muddatlarda oʻzi ishlab chiqaradigan yoxud sotib oladigan tovarlarni sotib oluvchiga tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun yoki shaxsiy, oilaviy maqsadlarda, roʻzgʻorda va shunga oʻxshash boshqa maqsadlarda foydalanish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun topshirish, sotib oluvchi esa tovarlarni qabul qilish va ularning haqini toʻlash majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
438-modda. Mahsulot yetkazib berish shartnomasining amal qilish muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulot yetkazib berish shartnomasi bir yilga, bir yildan ortiq muddatga (uzoq muddatli shartnoma) yoki taraflar kelishuvida nazarda tutilgan boshqa muddatga tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida uning amal qilish muddati belgilanmagan boʻlsa, shartnoma bir yilga tuzilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar uzoq muddatli shartnomada yetkazib berilishi lozim boʻlgan tovarlar miqdori yoki shartnomaning boshqa shartlari bir yilga yoki undan ortiq muddatga belgilangan boʻlsa, shartnomada taraflarning bu shartlarni shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar keyingi davrlar uchun kelishib olish tartibi belgilanishi lozim. Shartnomada bunday tartib boʻlmasa, shartnoma tegishincha bir yilga yoki shartnoma shartlari kelishilgan muddatga tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzoq muddatli shartnoma taraflaridan biri yetkazib berilishi lozim boʻlgan tovarlar miqdorini yoki shartnomaning boshqa shartlarini keyingi davrlar uchun shartnomada belgilangan tartibda kelishib olishni rad qilgan yoki undan bosh tortgan taqdirda boshqa taraf tegishli davrlarda tovarlarni yetkazib berish shartlarini belgilash toʻgʻrisidagi yoxud shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
439-modda. Mahsulot yetkazib berish shartnomasini tuzish vaqtida kelib chiqadigan kelishmovchiliklarni hal qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir tarafning tovarlar yetkazib berish shartnomasini tuzish haqidagi taklifi shartnoma loyihasi shaklida boshqa tarafga yuborilgan taqdirda, ikkinchi taraf shartnomani boshqa shartlarda tuzishga rozi boʻlsa, loyihani olganidan soʻng kechi bilan oʻttiz kun ichida kelishmovchiliklar bayonnomasini tuzadi va uni imzolangan shartnoma bilan qaytaradi, kelishmovchiliklar bayonnomasini olgan taraf oʻttiz kunlik muddatda shartnoma shartlarini kelishish choralarini koʻrishi (imkoniyat boʻlsa, boshqa taraf bilan birgalikda) yoki shartnoma tuzishni rad etishini boshqa tarafga yozma ravishda bildirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulot yetkazib berish shartnomasi shartlari boʻyicha kelishmovchiliklar bayonnomasini olgan, biroq shartnoma shartlarini kelishish choralarini koʻrmagan va shartnoma tuzishni rad etishini ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatda boshqa tarafga maʼlum qilmagan taraf shartnoma shartlarini kelishib olishdan bosh tortish oqibatida yetkazilgan zararni qoplashga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar taraflar tovarlarni shartnomaning amal qilish muddati mobaynida turkum-turkum qilib yetkazib berishni nazarda tutgan boʻlsalar va unda alohida turkumlarni yetkazib berish muddatlari (yetkazib berish davrlari) belgilanmagan boʻlsa, tovarlar har oyda bir xil turkumlarda yetkazib berilishi lozim, basharti qonunchilikdan, majburiyatning mohiyatidan yoki ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib anglashilmasa.
(440-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomada mahsulot yetkazib berish davrlarini belgilash bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berish (oʻn kunlik, sutkalik, soatlik va hokazo) jadvali ham belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni muddatidan oldin yetkazib berish sotib oluvchining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. Muddatidan oldin yetkazib berilgan va sotib oluvchi tomonidan qabul qilingan tovarlar keyingi davrda yetkazib berilishi lozim boʻlgan tovarlar miqdoriga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
441-modda. Tovarlarni yetkazib berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni yetkazib berish mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan tovarlarni shartnoma boʻyicha sotib oluvchiga yoki shartnomada oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaxsga joʻnatish (topshirish) yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulot yetkazib berish shartnomasida tovarlarni oluvchilarga joʻnatish toʻgʻrisida sotib oluvchining sotuvchiga koʻrsatmalar berish huquqi (joʻnatish raznaryadkasi) nazarda tutilgan hollarda, mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni joʻnatish raznaryadkasida koʻrsatilgan oluvchilarga joʻnatadi (topshiradi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joʻnatish raznaryadkasining mazmuni va uni sotib oluvchi tomonidan mahsulot yetkazib beruvchiga yuborish muddati mahsulot yetkazib berish shartnomasida belgilanadi. Agar joʻnatish raznaryadkasini yuborish muddati shartnomada nazarda tutilgan boʻlmasa, u mahsulot yetkazib beruvchiga mahsulot yetkazib berish davri boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin yuborilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchining belgilangan muddatda joʻnatish raznaryadkasini taqdim qilmasligi mahsulot yetkazib beruvchiga yo mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bosh tortish, yoki sotib oluvchidan tovarlar haqini toʻlashni talab qilish huquqini beradi. Bundan tashqari mahsulot yetkazib beruvchi joʻnatish raznaryadkasini taqdim qilmaslik tufayli yetkazilgan zararni toʻlashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
442-modda. Tovarlarni olib borib berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni olib borib berish yetkazib beruvchi tomonidan ularni mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan transportda va unda belgilangan shartlarda joʻnatish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulot yetkazib berish shartnomasida olib borib berish qaysi transport turida yoki qanday shartlarda amalga oshirilishi belgilangan boʻlmasa, olib borib beruvchi transport turini tanlash yoki tovarni olib borib berish shartlarini belgilash huquqiga ega boʻladi, basharti qonunchilikdan, majburiyatning mohiyati yoki ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib anglashilmasa.
(442-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
443-modda. Toʻliq yetkazib berilmagan tovarlar oʻrnini toʻldirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar yetkazib berishning ayrim davrida uni toʻliq yetkazib bermagan tovar yetkazib beruvchi, agar tovar yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, yetkazib berilmagan tovarlar miqdorini shartnoma amal qilish muddati doirasidagi keyingi davrda (davrlarda) toʻldirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzoq muddatli shartnomaga muvofiq tovar yetkazib berishning ayrim davrida mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan toʻliq yetkazib berilmagan tovarlar oʻrni, agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, tovarlar toʻliq yetkazib berilmagan yilning keyingi davrida (davrlarida) toʻldirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlar mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki sotib oluvchining joʻnatish raznaryadkasida koʻrsatilgan bir necha oluvchiga joʻnatilgan taqdirda bir oluvchiga shartnomada yoki joʻnatish raznaryadkasida nazarda tutilganidan ortiq miqdorda yetkazib berilgan tovarlar boshqa oluvchilarga toʻliq yetkazib berilmagan tovarlar oʻrnini qoplash uchun hisobga olinmaydi va agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, tovar yetkazib beruvchi tomonidan toʻldirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
444-modda. Yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan tovarlarni qabul qilishni rad etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sotib oluvchi, tovar yetkazib beruvchini xabardor qilgan holda, yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan tovarlarni qabul qilishni rad etishga haqli. Tovar yetkazib beruvchi bildirish xatini olguncha yetkazib berilgan tovarlarni sotib oluvchi qabul qilishi va ularning haqini toʻlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
445-modda. Toʻliq yetkazib berilmagan tovarlar oʻrnini toʻldirganda ularning assortimenti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻliq yetkazib berilmagan tovarlarning oʻrni toʻldirilishi kerak boʻlganida ularning assortimenti taraflar kelishuvi bilan belgilanadi. Bunday kelishuv boʻlmaganida mahsulot yetkazib beruvchi toʻliq yetkazib berilmagan tovarlar oʻrnini toʻliq yetkazib bermaslikka yoʻl qoʻyilgan davr uchun belgilangan assortimentda toʻldirishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir nomdagi tovarlarni mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgandan koʻproq miqdorda yetkazib berish shu assortimentga kiradigan boshqa nomdagi toʻliq yetkazib berilmagan tovarlar oʻrnini toʻldirish sifatida hisobga olinmaydi va uning oʻrni toʻldirilishi lozim, bunday yetkazib berish sotib oluvchining oldindan bergan yozma roziligi bilan amalga oshirilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
446-modda. Tovarlarning sotib oluvchi tomonidan qabul qilinishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi (oluvchi) shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan tovarlarning qabul qilinishini taʼminlaydigan barcha zarur harakatlarni amalga oshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi (oluvchi) oʻzi qabul qilgan tovarni qonunchilikda, mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki ish muomalasi odatlarida belgilangan muddatda koʻzdan kechirishi lozim.
(446-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi (oluvchi) xuddi shu muddatda qabul qilingan tovarlarning miqdori va sifatini qonunchilikda, mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki ish muomalasi odatlarida belgilangan tartibda tekshirishi va tovarning aniqlangan nomuvofiqliklari va kamchiliklari toʻgʻrisida tovar yetkazib beruvchini darhol yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
(446-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yetkazib berilgan tovarlar transport tashkilotidan olingan taqdirda sotib oluvchi (oluvchi) tovarlarning transport va yuk hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirishi, shuningdek bu tovarlarni transport tashkilotidan belgilangan qoidalarga rioya etgan holda qabul qilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik Sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 174-son “Sifati tegishli darajada boʻlmagan mahsulot (tovar)larni yetkazib berish bilan bogʻliq nizolarni hal etish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
447-modda. Sotib oluvchi qabul qilmagan tovarni masʼuliyatli saqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi (oluvchi) qonunchilikka yoki mahsulot yetkazib berish shartnomasiga muvofiq mahsulot yetkazib beruvchi topshirgan tovarni rad etgan taqdirda u bu tovarning but saqlanishini taʼminlashi (masʼuliyatli saqlash) va bu haqda tovar yetkazib beruvchini darhol xabardor qilishi shart.
(447-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchi (oluvchi) masʼuliyatli saqlashga olgan tovarni olib chiqib ketishi yoki oqilona muddat ichida tasarruf etishi shart. Agar mahsulot yetkazib beruvchi shu muddatda tovarni tasarruf etmasa, sotib oluvchi tovarni realizatsiya qilishga yoki mahsulot yetkazib beruvchiga qaytarib yuborishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchining tovarni masʼuliyatli saqlashga qabul qilish, tovarni realizatsiya qilish yoki uni mahsulot yetkazib beruvchiga qaytarib yuborish bilan bogʻliq zarur xarajatlari mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan qoplanishi lozim. Bunda tovarni realizatsiya qilishdan tushgan pul summasi, sotib oluvchiga tegishli qismi chegirib qolingan holda, mahsulot yetkazib beruvchiga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi qonunchilikda yoki shartnomada belgilangan asoslarsiz mahsulot yetkazib beruvchidan tovarni qabul qilib olmagan yoki tovarni rad etgan hollarda mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchidan tovar haqini toʻlashni talab qilishga haqlidir.
(447-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
448-modda. Tovarlarni tanlab olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida sotib oluvchi (oluvchi)ning yetkazib beruvchi joylashgan yerda tovarlarni tanlab olishi nazarda tutilgan boʻlsa, sotib oluvchi (oluvchi) oʻziga topshirilayotgan tovarlarni ular topshiriladigan joyda koʻzdan kechirishi lozim. Tovarlarning shartnomaga nomuvofiqligi aniqlanganda, u bunday tovarlarni olishdan bosh tortishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi (oluvchi)ning tovarlarni mahsulot yetkazib berish shartnomasida belgilangan muddatda, bunday muddat belgilanmagan boʻlsa, tovarlarning tayyorligi toʻgʻrisida mahsulot yetkazib beruvchining bildirish xatini olganidan soʻng oqilona muddatda tanlab olmasligi mahsulot yetkazib beruvchiga shartnomani bajarishdan bosh tortish yoki sotib oluvchidan tovarlar haqini toʻlashni talab qilish huquqini beradi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik Sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 175-son “Tovarlarni tanlab olmaslik bilan bogʻliq nizolarni hal qilishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
449-modda. Yetkazib beriladigan tovarlar uchun hisob-kitoblar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi yetkazib beriladigan tovarlar haqini shartnomada nazarda tutilgan hisob-kitoblar tartibi va shakliga amal qilgan holda toʻlaydi. Agar taraflar kelishuvida hisob-kitoblar tartibi va shakli belgilanmagan boʻlsa, hisob-kitoblar toʻlov topshiriqnomalari bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada tovarlarni toʻplamga kiradigan alohida qismlar boʻyicha yetkazib berish nazarda tutilgan boʻlsa, sotib oluvchi tovarlar haqini, basharti shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, toʻplamga kiradigan soʻnggi qism joʻnatilganidan (tanlab olinganidan) keyin toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida tovarlar haqi oluvchi (toʻlovchi) tomonidan toʻlanishi nazarda tutilgan boʻlsa va u haq toʻlashdan asossiz bosh tortsa yoki tovarlar haqini shartnomada belgilangan muddatda toʻlamagan boʻlsa, yetkazib beruvchi sotib oluvchidan yetkazib berilgan tovarlar haqini toʻlashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sotib oluvchi (oluvchi) tovar keltirilgan koʻp marta ishlatiladigan idish va oʻrash materiallarini yetkazib beruvchiga qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda qaytarishi shart.
(450-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa idish va oʻrash materiallari faqat mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
451-modda. Tegishli darajada sifatli boʻlmagan tovarlarni yetkazib berish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli darajada sifatli boʻlmagan tovarlar yetkazib berilgan sotib oluvchi (oluvchi) mahsulot yetkazib beruvchiga ushbu Kodeksning 434-moddasida nazarda tutilgan talablarni qoʻyishga haqli, yetkazib berilgan tovarlarning sifatsizligi toʻgʻrisida sotib oluvchidan bildirish olgan mahsulot yetkazib beruvchi yetkazib berilgan tovarlarni tegishli darajada sifatli tovarlar bilan darhol almashtirgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻziga yetkazib berilgan tovarlarni chakanalab sotadigan sotib oluvchi (oluvchi), agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, isteʼmolchi tomonidan qaytarilgan tegishli darajada sifatli boʻlmagan tovarni oqilona muddat ichida almashtirishni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 26-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
452-modda. But boʻlmagan tovarlar yetkazib berish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulot yetkazib berish shartnomasining shartlari, qonunchilikning talablari yoki tovarlarning but boʻlishiga qoʻyiladigan odatdagi talablarni buzgan holda tovarlar yetkazib berganida sotib oluvchi (oluvchi) mahsulot yetkazib beruvchiga ushbu Kodeksning 413-moddasida nazarda tutilgan talablarni qoʻyishga haqli, mahsulot yetkazib beruvchi yetkazib berilgan tovarlarning but emasligi toʻgʻrisida sotib oluvchidan bildirish olganidan keyin tovarlarni darhol butlagan yoki ularni but tovarlar bilan almashtirgan hollar bundan mustasno.
(452-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni chakana narxlarda sotayotgan sotib oluvchi (oluvchi), agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, isteʼmolchi tomonidan qaytarilgan but boʻlmagan tovarlarni oqilona muddat ichida but tovarlar bilan almashtirishni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasi, 1996-yil 26-apreldagi 221-I-son “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
453-modda. Tovarlar toʻliq yetkazib berilmagan, tovarlarning kamchiliklarini bartaraf etish yoki tovarlarni butlash toʻgʻrisidagi talablar bajarilmagan hollarda sotib oluvchining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda yetkazib bermagan boʻlsa yoxud sotib oluvchining (oluvchining) tegishli darajada sifatli boʻlmagan tovarlarni almashtirish yoki tovarlarni butlash toʻgʻrisidagi talablarini belgilangan muddatda bajarmasa, sotib oluvchi yetkazib berilmagan tovarlarni boshqa shaxslardan olib, ularni olish bilan bogʻliq barcha zarur va oqilona xarajatlarni mahsulot yetkazib beruvchi zimmasiga yuklash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni toʻliq yetkazib bermagan yoki sotib oluvchining tovarlarning kamchiliklarini bartaraf etish yoki tovarlarni butlash toʻgʻrisidagi talablarini bajarmagan hollarda sotib oluvchining boshqa shaxslardan tovarlar olishga qilgan xarajatlari ushbu Kodeks 456-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq hisoblab chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi (oluvchi) tovarlarning kamchiligi bartaraf etilguncha va ular butlanguncha yoki almashtirilguncha tegishli darajada sifatli boʻlmagan va but boʻlmagan tovarlar haqini toʻlashdan bosh tortish, bordi-yu, tovarlar haqi toʻlangan boʻlsa, –– toʻlangan summani qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
454-modda. Tovarlarni toʻliq yetkazib bermaganlik uchun neustoyka
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni toʻliq yetkazib bermaganlik yoki yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborganlik uchun qonunda yoki shartnomada belgilangan neustoyka, agar neustoykani undirishning boshqacha tartibi qonunda yoki shartnomada belgilanmagan boʻlsa, mahsulot yetkazib beruvchidan shartnomaning amal qilish muddatida majburiyat amalda bajarilgunga qadar undiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 25-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
455-modda. Mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama (toʻliq yoki qisman) bosh tortishga taraflarning biri shartnomani jiddiy buzgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulot yetkazib beruvchining mahsulot yetkazib berish shartnomasini buzishi quyidagi hollarda jiddiy deb hisoblanishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli darajada sifatli boʻlmagan, sotib oluvchi uchun maqbul muddatda bartaraf qilib boʻlmaydigan kamchiliklarga ega boʻlgan tovarlarni yetkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni yetkazib berish muddatlarini bir necha bor buzish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchining mahsulot yetkazib berish shartnomasini buzishi quyidagi hollarda jiddiy deb hisoblanishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar haqini toʻlash muddatlarini bir necha bor buzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni bir necha bor olib ketmaslik.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik Sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 175-son “Tovarlarni tanlab olmaslik bilan bogʻliq nizolarni hal qilishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflarning kelishuvida mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortish yoki uni bir tomonlama oʻzgartirishning boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasini bekor qilish yoki oʻzgartirishning boshqa muddati bildirish xatida nazarda tutilmagan yoki taraflar kelishuvida belgilanmagan boʻlsa, shartnoma bir taraf boshqa tarafdan shartnomani bajarishdan toʻla yoki qisman bir taraflama bosh tortish toʻgʻrisida bildirish xati olgan paytdan boshlab oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
456-modda. Shartnomani bekor qilish vaqtida zararni hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotuvchi tomonidan majburiyat buzilganligi oqibatida shartnoma bekor qilinganidan keyin oqilona muddat ichida sotib oluvchi shartnomada nazarda tutilgan tovar oʻrniga boshqa shaxsdan birmuncha yuqori, ammo oqilona bahoda tovar sotib olsa, sotib oluvchi sotuvchidan shartnomada belgilangan baho bilan uning oʻrniga tuzilgan bitimdagi baho oʻrtasidagi farqdan iborat zararni qoplashni talab qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotib oluvchi tomonidan majburiyat buzilganligi oqibatida shartnoma bekor qilinganidan keyin oqilona muddat ichida sotuvchi tovarni boshqa shaxsga shartnomada nazarda tutilganidan birmuncha pastroq, biroq oqilona bahoda sotgan boʻlsa, sotuvchi sotib oluvchidan shartnomada belgilangan baho bilan uning oʻrniga tuzilgan bitimdagi baho oʻrtasidagi farqdan iborat zararni qoplashni talab qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha shartnoma bekor qilinganidan keyin uning oʻrniga boshqa bitim tuzilmagan va tovarning joriy bahosi mavjud boʻlsa, taraf shartnomada belgilangan baho bilan shartnoma bekor qilingan paytdagi joriy baho oʻrtasidagi farqdan iborat zararni qoplash toʻgʻrisida talab qoʻyishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar topshirilishi lozim boʻlgan joyda odatda oʻxshash sharoitlarda bir xil tovar uchun undiriladigan baho joriy baho deb eʼtirof etiladi. Agar bu joyda joriy baho mavjud boʻlmasa, tovarni tashish xarajatlaridagi farqni hisobga olgan holda boshqa joydagi uning oʻrnini bosa oladigan oqilona joriy bahodan foydalanish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada nazarda tutilgan talablarni qondirish oʻz majburiyatini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan tarafni boshqa tarafga yetkazgan oʻzga zararni ushbu Kodeksning 14-moddasiga asosan qoplashdan ozod qilmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.04 Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berishga oid davlat kontrakti]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Tovarlar yetkazib berish toʻgʻrisidagi davlat kontrakti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
457-modda. Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish boʻyicha davlat kontrakti asosida, shuningdek uning asosida tuziladigan davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadigan, davlat budjeti va moliyalashning budjetdan tashqari manbalari hisobiga taʼminlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlari davlat ehtiyojlari deyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish borasidagi munosabatlarga ushbu Kodeks 437-456-moddalarining qoidalari ham tatbiq etiladi. Ushbu Kodeks bilan tartibga solinmagan munosabatlarga nisbatan davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berishni tartibga soladigan boshqa qonunchilik tatbiq etiladi.
(457-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-apreldagi OʻRQ-472-son “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
458-modda. Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish yuzasidan davlat kontrakti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish yuzasidan davlat kontrakti boʻyicha (bundan buyon matnda davlat kontrakti deb yuritiladi) mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) davlat buyurtmachisiga yoki uning koʻrsatmasiga binoan mahsulot yetkazib berish shartnomasi asosida boshqa shaxsga shartlashilgan muddatda tovarlar yetkazib berishni, davlat buyurtmachisi esa, yetkazib berilgan tovarlar haqi belgilangan muddatda toʻlanishini taʼminlashni oʻz zimmasiga oladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-avgustdagi 397-son “Davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat turlarini xarid qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
459-modda. Davlat kontraktini tuzish asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kontrakti davlat buyurtmachisining mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) qabul qilgan davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish toʻgʻrisidagi buyurtmasi asosida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bergan buyurtmasi mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) tomonidan qabul qilingan davlat buyurtmachisi uchun davlat kontrakti tuzish shart hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kontraktini tuzish qonunchilikda belgilangan hollardagina va davlat kontraktini bajarish tufayli mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) koʻrishi mumkin boʻlgan barcha zararni davlat buyurtmachisi qoplagan taqdirdagina mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) uchun majburiy hisoblanadi.
(459-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuniga asosan 459-moddaning toʻrtinchi qismining chiqarilish sanasi 2025-yil 8-may — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish toʻgʻrisidagi buyurtma tanlov boʻyicha joylashtirilsa, tanlov gʻolibi deb eʼlon qilingan mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) bilan davlat kontraktini tuzish davlat buyurtmachisi uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
460-modda. Davlat kontraktini tuzish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, davlat kontrakti loyihasi davlat buyurtmachisi tomonidan ishlab chiqiladi va mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi)ga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kontrakti loyihasini olgan taraf kechi bilan oʻttiz kunlik muddatda uni imzolaydi va davlat kontraktining bir nusxasini boshqa tarafga qaytaradi, davlat kontrakti shartlari yuzasidan kelishmovchiliklar mavjud boʻlsa, xuddi shu muddatda kelishmovchiliklar bayonnomasini tuzadi va uni imzolangan davlat kontrakti bilan boshqa tarafga yuboradi yoki unga davlat kontraktini tuzishdan bosh tortishini maʼlum qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kontrakti bilan kelishmovchiliklar bayonnomasini olgan taraf oʻttiz kun ichida kelishmovchiliklarni koʻrib chiqishi, kontrakt shartlarini boshqa taraf bilan muvofiqlashtirish choralarini koʻrishi va unga davlat kontraktini kelishilgan tahrirda qabul qilishi yoki kelishmovchiliklar bayonnomasini rad etishi haqida xabar berishi lozim. Bu muddat tugagach, manfaatdor taraf hal qilinmagan barcha kelishmovchiliklarni oʻttiz kunlik muddatda sud muhokamasiga topshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kontrakti davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish toʻgʻrisidagi buyurtmani joylashtirish tanlovi natijalari boʻyicha tuziladigan hollarda davlat kontrakti tanlov oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻttiz kun ichida tuzilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar davlat kontraktini tuzishi majburiy boʻlgan taraf uni tuzishdan bosh tortsa, ikkinchi taraf boshqa tarafni davlat kontraktini tuzishga majbur qilish toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
461-modda. Davlat kontraktini bajarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kontrakti shartlariga muvofiq tovarlar bevosita davlat buyurtmachisiga yoki uning koʻrsatmasi (joʻnatish raznaryadkasi)ga muvofiq boshqa shaxs (oluvchi)ga yetkazib beriladigan hollarda kontraktni bajarish boʻyicha taraflarning munosabatlari ushbu Kodeksning 437-456-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar davlat kontraktida sotib oluvchilarga tovarlar yetkazib berish mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) tomonidan davlat buyurtmachisi belgilaydigan davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomalariga muvofiq amalga oshirilishi nazarda tutilgan boʻlsa, davlat buyurtmachisi davlat kontrakti tuzilgan kundan boshlab kechi bilan oʻttiz kunlik muddatda sotib oluvchining yetkazib beruvchi (ijrochi)ga biriktirilgani toʻgʻrisida mahsulot yetkazib beruvchi — ijrochi va sotuvchiga bildirish xati yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi yetkazib beruvchi (ijrochi)ga biriktirilgani toʻgʻrisidagi bildirish xati davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasini tuzishga asos boʻlib xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar joʻnatish raznaryadkalarida koʻrsatilgan oluvchilarga yetkazib berilgan hollarda, agar davlat kontraktida boshqacha hisob-kitob tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa, tovarlar haqi davlat buyurtmachisi tomonidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlar sotib oluvchilarga davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasi boʻyicha yetkazib berilgan hollarda, agar davlat kontraktida baho belgilash va hisob-kitoblarning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa, sotib oluvchilar tovarlar haqini davlat kontraktiga muvofiq belgilanadigan baholarda toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish toʻgʻrisidagi davlat kontrakti boʻyicha tovarlar haqi sotib oluvchi tomonidan toʻlanganda davlat buyurtmachisi sotib oluvchining ushbu majburiyati boʻyicha kafil deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
462-modda. Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasini tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar davlat kontraktida shartnoma loyihasini tayyorlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa yoki shartnoma loyihasi sotib oluvchi tomonidan taqdim qilingan boʻlmasa, mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) biriktirish toʻgʻrisidagi bildirish xatida koʻrsatilgan sotib oluvchiga davlat buyurtmachisidan bildirish xati olingan vaqtdan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmay davlat ehtiyojlari uchun tovar yetkazib berish shartnomasining loyihasini yoʻllashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasining loyihasini olgan taraf kechi bilan oʻttiz kunlik muddatda uni imzolaydi va shartnomaning bir nusxasini ikkinchi tarafga qaytaradi, shartnoma shartlari boʻyicha kelishmovchiliklar boʻlganda esa xuddi shu muddatda kelishmovchiliklar bayonnomasini tuzadi va uni imzolangan shartnoma bilan birgalikda boshqa tarafga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasini kelishmovchiliklar bayonnomasi bilan olgan taraf oʻttiz kun ichida kelishmovchiliklarni koʻrib chiqishi, shartnoma shartlarini boshqa taraf bilan muvofiqlashtirish choralarini koʻrishi va unga shartnomani kelishilgan tahrirda qabul qilishi yoki kelishmovchiliklar bayonnomasini rad etishi haqida xabar berishi lozim. Manfaatdor taraf hal qilinmagan kelishmovchiliklarni oʻttiz kunlik muddatda sud muhokamasiga topshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasini tuzishdan bosh tortsa, sotib oluvchi mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi)ni sotib oluvchi ishlab chiqqan shartnoma loyihasi shartlarida shartnoma tuzishga majbur qilish haqidagi talab bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
463-modda. Sotib oluvchining davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish shartnomasini tuzishdan bosh tortishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchi biriktirish haqidagi bildirish xatida koʻrsatilgan tovarlardan hamda ularni yetkazib berish shartnomasini tuzishdan toʻliq yoki qisman bosh tortish huquqiga ega. Bunday holda mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) bu haqda darhol davlat buyurtmachisiga maʼlum qilishi lozim va davlat buyurtmachisidan boshqa sotib oluvchini oʻziga biriktirish toʻgʻrisida bildirish xati berishni talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat buyurtmachisi mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi)ning bildirish xatini olgan kundan boshlab kechi bilan oʻttiz kun ichida yo mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi)ga boshqa sotib oluvchini biriktirish toʻgʻrisida bildirish xati beradi, yoki mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi)ga tovarlarni kim olishi koʻrsatilgan joʻnatish raznaryadkasini yuboradi, yoxud tovarlarni qabul qilish va haqini toʻlashga roziligini xabar qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat buyurtmachisi ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) yo davlat buyurtmachisidan tovarlarni qabul qilish va haqini toʻlashni talab qilish, yoki tovarlarni oʻz ixtiyori bilan realizatsiya qilib, tovarlarni realizatsiya qilish bilan bogʻliq oqilona xarajatlarni davlat buyurtmachisiga yuklash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
464-modda. Davlat kontraktining bajarilishi yoki bekor qilinishi munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish toʻgʻrisidagi qonunchilikda yoki davlat kontraktida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, davlat kontraktining bajarilishi munosabati bilan mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi)ga yetkazilgan zarar (ushbu Kodeks 459-moddasining uchinchi qismi) davlat kontraktiga muvofiq tovar topshirilgan kundan eʼtiboran koʻpi bilan oʻttiz kun ichida davlat buyurtmachisi tomonidan qoplanishi lozim.
(464-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kontraktining bajarilishi munosabati bilan mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi)ga yetkazilgan zarar davlat kontraktiga binoan qoplanmagan taqdirda mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) davlat kontraktini bajarishdan bosh tortishga va davlat kontrakti bekor qilinganligi tufayli kelib chiqqan zararning qoplanishini talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha davlat kontrakti bekor qilinganida mahsulot yetkazib beruvchi davlat ehtiyojlari uchun tovar yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli. Mahsulot yetkazib beruvchining bunday bosh tortishi tufayli sotib oluvchiga yetkazilgan zarar davlat buyurtmachisi tomonidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.05 Kontraktatsiya (shuningdek, 09.14.17.01ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Kontraktatsiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash yoki sotish uchun bunday mahsulotni xarid qiladigan shaxsga –– tayyorlovchiga shartlashilgan muddatda topshirish (topshirib turish) majburiyatini oladi, tayyorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish (qabul qilib turish), uning haqini shartlashilgan muddatda muayyan bahoda toʻlash (toʻlab turish) majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ushbu Kodeksda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, kontraktatsiya shartnomasiga nisbatan mahsulot yetkazib berish shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar, tegishli hollarda esa davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berishga doir davlat kontrakti toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
466-modda. Qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtiruvchining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtiruvchi oʻstirilgan (ishlab chiqarilgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotini tayyorlovchiga kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgan miqdor va assortimentda topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mahsulot yetishtiruvchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlarini bajarmaganligi oqibatida qishloq xoʻjaligi mahsuloti kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgan miqdor va assortimentda olinmasligi oldindan maʼlum boʻlib qolsa, tayyorlovchi shartnomani bekor qilishni yoki oʻzgartirishni va zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
467-modda. Tayyorlovchining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kontraktatsiya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, tayyorlovchi yetishtiruvchi joylashgan yerda undan qishloq xoʻjaligi mahsulotini qabul qilishi (qabul qilib turishi) va olib ketishni taʼminlashi (taʼminlab turishi) shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qishloq xoʻjaligi mahsuloti tayyorlovchi joylashgan yerda yoki u koʻrsatgan boshqa yerda qabul qilinsa, tayyorlovchi yetishtiruvchi tomonidan kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq va shartlashilgan muddatda keltirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotini qabul qilishdan bosh tortishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tayyorlovchi qishloq xoʻjaligi mahsulotini olib ketishni yoki qabul qilib olishni taʼminlamagan taqdirda yetishtiruvchiga qishloq xoʻjaligi mahsulotining qiymatini va uni keltirish xarajatlarini toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq olingan qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlaydigan tayyorlovchi yetishtiruvchining talabiga koʻra qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash chiqindilarini taraflar kelishgan narxda yetishtiruvchiga qaytarishi shart.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son “2004 — 2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.06 Energiya bilan taʼminlash shartnomasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Energiya taʼminoti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya taʼminoti shartnomasiga muvofiq energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tutashtirilgan tarmoq orqali abonentga (isteʼmolchiga) energiya berib turish majburiyatini oladi, abonent esa qabul qilingan energiya haqini toʻlash, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan energiya isteʼmol qilish tartibiga rioya etish, tasarrufidagi energetika shoxobchalaridan foydalanish xavfsizligini hamda oʻzi foydalanadigan energiya isteʼmol qiluvchi asbob va uskunalarning sozligini taʼminlash majburiyatini oladi. Energiya taʼminoti shartnomasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham nazarda tutilishi mumkin.
(468-moddaning manti Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-martdagi OʻRQ-1044-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2025-y., 03/25/1044/0224-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-iyun)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya taʼminoti shartnomasi energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tarmoqlariga qonunchilikda belgilangan tartibda ulangan energiya qurilmasi, shuningdek energiya isteʼmolini hisobga olish uskunalari va asboblari mavjud boʻlgan abonent bilan tuziladi.
(469-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya taʼminoti shartnomasiga muvofiq energiyadan turmushda foydalanadigan fuqaro abonent boʻlgan taqdirda, abonent tarmoqqa belgilangan tartibda amalda birinchi marta ulangan paytdan boshlab u bilan shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya taʼminoti shartnomasining muddati tugagach, taraflardan biri uni bekor qilish yoki oʻzgartirish haqida ariza bermasa, u shartnomada nazarda tutilgan muddatga va shartlarda uzaytirilgan hisoblanadi. Shartnoma yangi muddatga uzaytirilganida uning shartlari taraflar kelishuviga binoan oʻzgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar taraflardan biri shartnomaning amal qilish muddati tugashidan oldin yangi shartnoma tuzish haqida taklif kiritsa, taraflarning oʻzaro munosabatlari yangi shartnoma tuzilgunga qadar avval tuzilgan shartnoma bilan tartibga solib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
470-modda. Energiya miqdori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tutashtirilgan tarmoq orqali abonentga energiya taʼminoti shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va taraflar kelishgan energiya berish tartibiga amal qilgan holda energiya berishi lozim. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot bergan va abonent qabul qilgan energiya miqdori oʻlchov asboblari koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya taʼminoti shartnomasida abonentning oʻzi qabul qiladigan energiyaning shartnomada belgilangan miqdorini energiya bilan taʼminlovchi tashkilotning energiyani shartnomada belgilanmagan miqdorda berishni taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash sharti bilan oʻzgartirish huquqi nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiyadan turmushda foydalanadigan fuqaro energiya taʼminoti shartnomasiga muvofiq abonent boʻlgan taqdirda u energiyadan oʻzi uchun zarur boʻlgan miqdorda foydalanishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
471-modda. Energiya taʼminoti shartnomasining energiya miqdori toʻgʻrisidagi shartini buzish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan tutashtirilgan tarmoq orqali abonentga energiya taʼminoti shartnomasida nazarda tutilgandan kam miqdorda energiya berilgan boʻlsa, basharti qonunchilikda, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu Kodeksning 399-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanadi.
(471-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
472-modda. Energiya sifati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot beradigan energiyaning sifati standartlashtirish boʻyicha qonunchilikda yoki energiya taʼminoti shartnomasida belgilangan talablarga javob berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot energiya sifatiga qoʻyiladigan talablarni buzgan taqdirda, agar qonunchilikda, energiya taʼminoti shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu Kodeksning 408-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanadi.
(472-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
473-modda. Tarmoqlar, asbob va uskunalarni saqlash va ishlatish boʻyicha abonentning majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abonent ishlatilayotgan energetika tarmoqlari, asbob va uskunalarning zarur texnikaviy holati va xavfsizligini taʼminlashi, energiya ishlatishning belgilangan tartibiga amal qilishi, shuningdek avariyalar, yongʻinlar, energiyani oʻlchash asboblaridagi nosozliklar va energiyadan foydalanish paytida kelib chiqadigan boshqa buzilishlar toʻgʻrisida energiya bilan taʼminlovchi tashkilotga darhol xabar berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya taʼminoti shartnomasiga muvofiq energiyadan turmushda foydalanadigan fuqaro abonent boʻlgan taqdirda, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, energetika tarmoqlari, shuningdek energiya isteʼmolini hisobga olish asboblarining zarur texnik holati va xavfsizligini taʼminlash majburiyati energiya bilan taʼminlovchi tashkilot zimmasiga yuklatiladi.
(473-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energetika tarmoqlari, asbob va uskunalarning texnik holatiga va ularni ishlatishga qoʻyiladigan talablar, shuningdek ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(473-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-sonli “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda yoki energiya bilan taʼminlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, energiya haqi abonent amalda qabul qilgan energiya miqdori uchun toʻlanadi, bu miqdor ushbu Kodeksning 470-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
(474-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-sonli “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasi isteʼmolchilari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida Nizom”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
475-modda. Abonent tomonidan energiyaning boshqa shaxsga berilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abonent energiya bilan taʼminlovchi tashkilotdan tutashtirilgan tarmoq orqali qabul qilib olgan energiyani boshqa shaxs (qoʻshimcha abonent)ga faqat energiya bilan taʼminlovchi tashkilot roziligi bilan berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda yoki energiya taʼminoti shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, abonent tomonidan energiyani qoʻshimcha abonentga berish shartnomasiga nisbatan ushbu paragraf qoidalari qoʻllanadi.
(475-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, energiyani qoʻshimcha abonentga berish chogʻida abonent energiya bilan taʼminlovchi tashkilot oldida javobgar boʻlib qolaveradi.
(475-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
476-modda. Energiya taʼminoti shartnomasini oʻzgartirish va bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya berishdagi uzilishlarga, energiya berishni toʻxtatish yoki cheklashga taraflar kelishuviga muvofiq yoʻl qoʻyiladi, abonentga qarashli energetika qurilmalarining qoniqarsiz ahvoli avariya xavfini keltirib chiqarishi mumkinligi yoki fuqarolar hayoti va xavfsizligiga tahdid tugʻdirayotgani davlat energetika nazorati organi tomonidan tasdiqlangan hollar bundan mustasno. Energiya bilan taʼminlovchi tashkilot abonentni energiya berishdagi uzilishlar, energiya berishni toʻxtatish yoki cheklash toʻgʻrisida ogohlantirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abonent bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq unga darhol xabar bergan holda energiya berishni vaqtincha uzib qoʻyish, toʻxtatish yoki cheklashga energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tizimida avariyaning oldini olish yoki uni tugatish uchun kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrish zarur boʻlgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya taʼminoti shartnomasiga muvofiq energiyadan turmushda foydalanadigan fuqaro abonent boʻlgan taqdirda u energiya bilan taʼminlovchi tashkilotga maʼlum qilish va foydalanilgan energiya haqini toʻliq toʻlash sharti bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya taʼminoti shartnomasiga muvofiq energiyadan turmushda foydalanadigan fuqaro abonent boʻlgan taqdirda abonent oʻzi foydalangan energiya haqini toʻlamagani tufayli energiya bilan taʼminlovchi tashkilot shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortish huquqiga ega, bunda u shartnomani bajarishdan bosh tortishdan kamida bir oy oldin abonentni bu haqda ogohlantirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya taʼminoti shartnomasiga muvofiq yuridik shaxs abonent boʻlgan hollarda energiya bilan taʼminlovchi tashkilot ushbu Kodeksning 455-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga haqli, qonunchilikda belgilab qoʻyilgan hollar bundan mustasno.
(476-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-sonli “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
477-modda. Energiya taʼminoti shartnomasi boʻyicha javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya taʼminoti shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan hollarda, energiya bilan taʼminlovchi tashkilot shu tufayli yetkazilgan zararning, abonent esa yetkazilgan haqiqiy zararning oʻrnini qoplashi shart.
(477-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 20-apreldagi OʻRQ-325-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 16-son, 176-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasi, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 24 — 35-moddalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar energiya berishdagi uzilishlar quvvat va energiya yetishmasligi sababli energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan qonunchilik asosida isteʼmolni tartibga solish natijasida yuz bergan boʻlsa, energiya bilan taʼminlovchi tashkilot aybdor boʻlgan taqdirdagina shartnoma majburiyatlarini bajarmagani yoki tegishli darajada bajarmagani uchun javob beradi.
(477-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, tutashtirilgan tarmoq orqali issiqlik energiyasi bilan taʼminlash munosabatlariga nisbatan ushbu paragraf qoidalari qoʻllanadi.
(478-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan “Issiqlik energiyasidan foydalanish Qoidalari”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, tutashtirilgan tarmoq orqali gaz, neft va neft mahsulotlari, suv va boshqa tovarlar bilan taʼminlash munosabatlariga nisbatan ushbu paragraf qoidalari qoʻllanadi.
(478-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.07 Koʻchmas mulkni sotish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Koʻchmas mulkni sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulkning oldi-sotdi shartnomasiga (koʻchmas mulkni sotish shartnomasiga) binoan sotuvchi yer uchastkasi, bino, inshoot, kvartira yoki boshqa koʻchmas mulkni sotib oluvchiga mulk qilib topshirishni (ushbu Kodeksning 83-moddasi) oʻz zimmasiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalarni sotishga nisbatan, basharti korxonani sotish shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalarda (ushbu Kodeksning 489-496-moddalari) boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu paragraf qoidalari qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
480-modda. Koʻchmas mulkni sotish shartnomasining shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulkni sotish shartnomasi taraflar imzolagan yozma shakldagi bitta hujjat tarzida tuziladi (ushbu Kodeks 366-moddasining toʻrtinchi qismi).
(480-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulkni sotish shartnomasining shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
481-modda. Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtganligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulkni sotish shartnomasiga binoan koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqining sotib oluvchiga oʻtganligi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtganligi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar taraflarning koʻchmas mulkni sotish shartnomasini bajarishi ularning uchinchi shaxslar bilan munosabatlarini oʻzgartirishi uchun asos boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar taraflardan biri koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtganligini davlat roʻyxatdan oʻtkazishdan boʻyin tovlasa, boshqa tarafning talabiga binoan sud mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtganligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli. Mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtganligini davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan asossiz ravishda boʻyin tovlayotgan taraf boshqa tarafning roʻyxatdan oʻtkazish kechikkanligi tufayli koʻrgan zararini qoplashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
482-modda. Bino, inshoot yoki boshqa koʻchmas mulk sotilganida ular joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquq
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino, inshoot yoki boshqa koʻchmas mulkni sotish shartnomasiga binoan sotib oluvchiga bunday koʻchmas mulkka egalik huquqini topshirish bilan bir vaqtda ushbu koʻchmas mulk joylashgan va undan foydalanish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasining muayyan qismiga boʻlgan huquqlar ham topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi sotilayotgan koʻchmas mulk joylashgan yer uchastkasining mulkdori boʻlgan taqdirda sotib oluvchiga yer uchastkasining tegishli qismiga mulk huquqi yoki ijara huquqi yoxud koʻchmas mulkni sotish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquq beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada koʻchmas mulkni sotib oluvchiga topshiriladigan tegishli yer uchastkasiga boʻlgan huquq belgilangan boʻlmasa, sotib oluvchiga yer uchastkasining koʻchmas mulk joylashgan va bu koʻchmas mulkdan foydalanish uchun zarur boʻlgan muayyan qismiga mulk huquqi oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchiga mulk huquqi asosida qarashli boʻlmagan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulkni, agar bunday uchastkadan foydalanishning qonun yoki shartnomada belgilangan shartlariga zid boʻlmasa, ana shu yer uchastkasi mulkdorining roziligisiz sotishga yoʻl qoʻyiladi. Bunday koʻchmas mulk sotilganida sotib oluvchi koʻchmas mulkni sotayotgan shaxs yer uchastkasining tegishli qismidan qanday shartlarda foydalangan boʻlsa, oʻsha shartlarda foydalanish huquqini qoʻlga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
483-modda. Yer uchastkasi sotilganida koʻchmas mulkka boʻlgan huquq
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchiga qarashli bino, inshoot yoki boshqa koʻchmas mulk joylashgan yer uchastkasi ana shu koʻchmas mulkni sotib olayotgan shaxsga mulk qilib topshirmagan holda sotilsa, yer uchastkasining koʻchmas mulk joylashgan va koʻchmas mulkdan foydalanish uchun zarur boʻlgan qismidan sotuvchining foydalanish huquqi sotish shartnomasida belgilangan shartlarda saqlab qolinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar yer uchastkasining tegishli qismidan foydalanish shartlari uni sotish shartnomasi bilan belgilangan boʻlmasa, sotuvchi yer uchastkasining koʻchmas mulk joylashgan va bu koʻchmas mulkdan koʻzlangan maqsadlarda foydalanish uchun zarur boʻlgan qismidan cheklangan holda foydalanish (servitut) huquqini saqlab qoladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksining 173-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 30-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
484-modda. Koʻchmas mulkni sotish shartnomasida shartnoma narsasini belgilash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulkni sotish shartnomasida shartnoma boʻyicha sotib oluvchiga topshirilishi lozim boʻlgan koʻchmas mulkni aniq belgilash imkonini beradigan maʼlumotlar, shu jumladan koʻchmas mulk tegishli yer uchastkasida yoki boshqa koʻchmas mulkning tarkibida qanday joylashganligini belgilash imkonini beradigan maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomada bunday maʼlumotlar boʻlmasa, boshqa shaxsga topshirilishi lozim boʻlgan koʻchmas mulk toʻgʻrisidagi shartni taraflar oʻzaro kelishib olmagan, tegishli shartnoma esa tuzilmagan hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik Sudi Plenumining “Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 5-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
485-modda. Koʻchmas mulkni sotish shartnomasida baho
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulkni sotish shartnomasida ana shu mulkning bahosi nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomada taraflar yozma ravishda kelishgan koʻchmas mulkning bahosi toʻgʻrisidagi shart boʻlmasa, uni sotish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilmagan hisoblanadi. Bunda ushbu Kodeks 356-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan baho belgilash qoidasi qoʻllanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunda yoki koʻchmas mulkni sotish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, yer uchastkasida joylashgan bino, inshoot yoki boshqa koʻchmas mulkning shartnomada belgilangan bahosi ana shu koʻchmas mulk bilan birga topshirilayotgan yer uchastkasi tegishli qismining bahosini yoki unga boʻlgan huquqni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulkni sotish shartnomasida koʻchmas mulkning bahosi uning maydon birligiga yoki boshqa miqdor koʻrsatkichiga qarab belgilangan boʻlsa, bunday koʻchmas mulkning toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy bahosi sotuvchiga topshirilgan koʻchmas mulkning amaldagi miqdoriga asoslangan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
486-modda. Koʻchmas mulkni topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulkning sotuvchi tomonidan topshirilishi va sotib oluvchi tomonidan qabul qilinishi taraflar imzolaydigan topshirish dalolatnomasi yoki topshirish toʻgʻrisidagi boshqa hujjatga binoan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sotuvchining koʻchmas mulkni sotib oluvchiga topshirish majburiyati bu mulk sotib oluvchiga topshirilganidan va topshirish toʻgʻrisidagi tegishli hujjatni taraflar imzolaganidan keyin bajarilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflardan birining koʻchmas mulkni shartnomada nazarda tutilgan shartlarda topshirish toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashdan boʻyin tovlashi, tegishli ravishda sotuvchining mulkni topshirish majburiyatini bajarishdan, sotib oluvchining esa mulkni qabul qilib olish majburiyatini bajarishdan bosh tortishi deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchining koʻchmas mulkni sotish shartnomasining shartlariga mos boʻlmagan koʻchmas mulkni qabul qilib olishi, shu jumladan bunday mos kelmaslik xususida koʻchmas mulkni topshirish toʻgʻrisidagi hujjatda aytib oʻtilgan hollarda ham, sotuvchini shartnomani tegishli darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilish uchun asos boʻlolmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
487-modda. Tegishli darajada sifatli boʻlmagan koʻchmas mulkni topshirish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sotuvchi sotib oluvchiga koʻchmas mulkni sotish shartnomasining koʻchmas mulk sifati toʻgʻrisidagi shartlariga mos boʻlmagan koʻchmas mulkni topshirsa, ushbu Kodeks 434-moddasining qoidalari qoʻllaniladi, sotib oluvchining tegishli darajada sifatli boʻlmagan tovarni tegishli darajada sifatli boʻlgan boshqa tovarga almashtirib berishni talab qilish huquqi toʻgʻrisidagi qoidalar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
488-modda. Uy-joy binolarini sotishning xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi sotib olganidan keyin qonunga muvofiq uy-joy binosidan foydalanish huquqini oʻzida saqlab qoladigan shaxslar yashab turgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotish shartnomasining muhim sharti –– bu shaxslarning roʻyxatini sotilayotgan uy-joy binosidan foydalanish huquqlari koʻrsatilgan holda tuzishdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyni, kvartirani, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotish shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
(488-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.08 Korxonalarni sotish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Korxonani sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonani sotish shartnomasiga muvofiq sotuvchi sotib oluvchiga butun korxonani mulkiy majmua sifatida topshirish majburiyatini oladi, sotuvchi boshqa shaxslarga berishga haqli boʻlmagan huquq va majburiyatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Firma nomi, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va sotuvchini hamda uning mahsulotini, u bajaradigan ish yoki koʻrsatadigan xizmatlarni shaxsiylashtiradigan boshqa vositalardan foydalanish huquqlari, agar korxonani sotish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sotib oluvchiga oʻtadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonun (2006-yil 18-sentabr, OʻRQ-51-son)ning 9-moddasi, “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonun (2001-yil 30-avgust, 267-II-son)ning 30-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchining tegishli faoliyat bilan shugʻullanishi uchun berilgan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida olgan huquqlari, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, korxonani sotib oluvchiga berilmaydi. Shartnoma boʻyicha topshiriladigan korxona tarkibiga maxsus ruxsatnoma (litsenziya)ga ega boʻlmagani tufayli sotib oluvchi bajara olmaydigan majburiyatlarni kiritish sotuvchini kreditorlar oldidagi tegishli majburiyatlardan ozod qilmaydi. Bunday majburiyatlarni bajarmaganlik uchun sotuvchi va sotib oluvchi kreditorlar oldida solidar javobgar boʻladilar.
(489-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
490-modda. Korxonani sotish shartnomasining shakli va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonani sotish shartnomasi taraflar imzolagan yozma shakldagi bitta hujjat tarzida tuzilib, unga ushbu Kodeksning 491-moddasi ikkinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar albatta ilova qilinadi va u notarial guvohlantirilishi hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim. Vakolatli davlat organining qaroriga binoan tanlov (tender) asosida tuziladigan korxonani sotish shartnomasi notarial guvohlantirilishi shart emas, ushbu Kodeksning 110-moddasi ikkinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(490-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-yil, 9-son, 229-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablarga rioya qilmaslik shartnomaning haqiqiy boʻlmasligiga olib keladi. Bunday shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitim hisoblanadi, uni bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi va unga nisbatan ushbu Kodeks 112-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
491-modda. Sotiladigan korxona tarkibini aniqlash va qiymatini baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotiladigan korxona tarkibi va uning qiymati korxonani sotish shartnomasida inventarizatsiyalashning belgilangan qoidalariga muvofiq oʻtkaziladigan korxonani toʻliq inventarizatsiyalash asosida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonani sotish shartnomasi imzolangunga qadar inventarizatsiya dalolatnomasi, buxgalteriya balansi, auditorlik xulosasini, baholash toʻgʻrisidagi hisobotni, shuningdek kreditorlar, ular qoʻyayotgan talablar xususiyati, miqdori va muddatlari koʻrsatilgan holda korxona tarkibiga kiritiladigan barcha qarz (majburiyat)lar roʻyxatini taraflar tuzgan va koʻrib chiqqan boʻlishi kerak. Nomlari aytib oʻtilgan hujjatlarda koʻrsatilgan mol-mulk, huquq va majburiyatlar, agar ushbu Kodeksning 489-moddasidan boshqacha tartib kelib chiqmasa hamda u korxonani sotish shartnomasida belgilangan boʻlmasa, sotuvchi tomonidan sotib oluvchiga topshirilishi lozim.
(491-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
492-modda. Korxonani sotishda kreditorlarning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotiladigan korxona tarkibiga kiritilgan majburiyatlar boʻyicha kreditorlar korxona sotib oluvchiga topshirilgunga qadar sotuvchi tomonidan uning sotilishi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilinishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzning boshqa shaxsga oʻtkazilishiga roziligini sotuvchiga yozma ravishda bildirmagan kreditor korxona sotilishi toʻgʻrisida bildirish xati olgan kundan boshlab uch oy mobaynida yo majburiyatni bajarishni toʻxtatishni yoki muddatidan oldin bajarishni va sotuvchi tomonidan zarar qoplanishini, yo boʻlmasa korxonani sotish shartnomasini butunlay yoxud uning tegishli qismini haqiqiy emas deb topishni talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonaning sotilishi toʻgʻrisida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinmagan kreditor sotuvchi korxonani sotib oluvchiga topshirgani toʻgʻrisida xabar topgan yoki xabar topishi lozim boʻlgan kundan boshlab bir yil mobaynida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarni qondirish haqida daʼvo qoʻzgʻatishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona sotib oluvchiga topshirilganidan soʻng sotuvchi va sotib oluvchi topshirilgan korxona tarkibiga kiritilgan, sotib oluvchiga kreditorning roziligisiz oʻtkazilgan qarzlar boʻyicha solidar javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
493-modda. Korxonani topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchining korxonani sotib oluvchiga topshirishi topshirish dalolatnomasiga muvofiq amalga oshiriladi, unda korxonaning tarkibi va kreditorlar korxona sotilishi toʻgʻrisida xabardor qilinganligi, shuningdek topshirilgan mol-mulkda aniqlangan kamchiliklar haqida maʼlumotlar va yoʻqolganligi tufayli topshirish majburiyatlari vujudga kelishi mumkin boʻlmaydigan mol-mulkning roʻyxati koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonani topshirishga tayyorlash, shu jumladan topshirish dalolatnomasini tuzish va imzolashga taqdim etish, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sotuvchining majburiyati hisoblanadi va uning hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikkala taraf topshirish dalolatnomasini imzolagan kundan boshlab korxona sotib oluvchiga topshirilgan hisoblanadi. Shu paytdan boshlab korxona tarkibida topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan buzilishi xavfi sotib oluvchiga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
494-modda. Korxonaga mulk huquqining boshqa shaxsga oʻtishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonaga mulk huquqi bu huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab sotib oluvchiga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchining korxonaga mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazish, basharti korxonani sotish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, korxona sotib oluvchiga topshirilganidan soʻng bevosita amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonani sotish shartnomasida korxona haqi toʻlangunicha yoki boshqa holatlar yuz berguncha sotuvchining sotib oluvchiga topshirilgan korxonaga mulk huquqi saqlanib qolishi nazarda tutilgan hollarda sotib oluvchi mulk huquqi oʻziga oʻtguncha topshirilgan korxona tarkibiga kiradigan mol-mulkni mulkiy majmua sifatida korxona faoliyatini taʼminlash uchun zarur darajada tasarruf qilishga, shuningdek huquqlardan foydalanishga haqli boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
495-modda. Korxonani kamchiliklar bilan topshirish va qabul qilish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Topshirish dalolatnomasi boʻyicha sotuvchi tomonidan tarkibi, shu jumladan topshirilgan mol-mulkining sifati, korxonani sotish shartnomasida nazarda tutilgan talabga muvofiq boʻlmagan korxonaning topshirilishi va sotib oluvchining qabul qilishi oqibatlari, agar shartnomadan boshqacha tartib kelib chiqmasa va u ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksning 393-395, 399, 402, 408, 412-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona topshirish dalolatnomasiga muvofiq topshirilgan va qabul qilingan boʻlib, unda korxonaning aniqlangan kamchiliklari va yoʻqotilgan mol-mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan taqdirda, agar korxonani sotish shartnomasida bunday hollarda boshqa talablarni qoʻyish huquqi nazarda tutilgan boʻlmasa, sotib oluvchi korxonaning xarid narxini tegishincha kamaytirishni talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib oluvchiga korxona tarkibida sotuvchining korxonani sotish shartnomasida yoki topshirish dalolatnomasida koʻrsatilmagan qarzlari (majburiyatlari) ham topshirilgan taqdirda, agar sotib oluvchi shartnoma tuzish va korxonani topshirish vaqtida bunday qarz (majburiyat)lar borligini bilganini sotuvchi isbotlamasa, sotib oluvchi xarid narxini kamaytirishni talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi korxona tarkibida topshirilgan mol-mulkdagi kamchiliklar toʻgʻrisida yoki topshirilishi lozim boʻlgan ayrim turdagi mol-mulkning bu tarkibda yoʻqligi toʻgʻrisida sotib oluvchidan bildirish xati olgan hollarda tegishli darajada sifatli boʻlmagan mol-mulkni darhol almashtirishi yoki sotib oluvchiga yetishmayotgan mol-mulkni berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar korxonaning sotuvchi javobgar boʻlgan kamchiliklar tufayli korxonani sotish shartnomasida aytib oʻtilgan maqsadlar uchun yaroqsizligi va bu kamchiliklar ushbu Kodeksga, qonunchilik yoki shartnomaga muvofiq belgilangan shartlarda, tartib va muddatlarda sotuvchi tomonidan bartaraf qilinmaganligi yoki bunday kamchiliklarni bartaraf qilib boʻlmasligi aniqlangan boʻlsa, sotib oluvchi korxonani sotish shartnomasini bekor qilish yoki oʻzgartirishni va taraflar shartnomaga muvofiq bajarganlarini qaytarishni sud tartibida talab qilish huquqiga ega.
(495-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
496-modda. Korxonani sotish shartnomasiga nisbatan bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlari va shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qoidalarning qoʻllanilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeksning bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlari va oldi-sotdi shartnomasini oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi, shartnoma boʻyicha bir yoki ikkala tarafdan olingan narsalarni qaytarishni yoki asl holida undirishni nazarda tutadigan qoidalari, agar bunday oqibatlar sotuvchi va sotib oluvchining kreditorlarining, boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini jiddiy buzmasa va ushbu Kodeks 116-moddasining qoidalariga zid kelmasa, korxonani sotish shartnomasiga nisbatan qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayirboshlash shartnomasiga muvofiq har bir taraf boshqa tarafga bir tovarni boshqa tovarga almashtirish yoʻli bilan mulk qilib topshirish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayirboshlash shartnomasiga nisbatan tegishincha oldi-sotdi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllanadi, basharti bu ushbu bob qoidalariga va ayirboshlash mohiyatiga zid kelmasa. Bunda har qaysi taraf almashtirish yoʻli bilan topshirish majburiyatini olgan tovarni sotuvchi va qabul qilish majburiyatini olgan tovarni sotib oluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan avtomototransport vositalarini ayirboshlash shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.
(497-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ning 2, 3-bandlari, Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan “Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi toʻgʻrisida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ning 4-5-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
498-modda. Ayirboshlash shartnomasi boʻyicha baho va xarajatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ayirboshlash shartnomasidan boshqacha tartib kelib chiqmasa, ayirboshlanadigan tovarlar teng qiymatli deb taxmin qilinadi, ularni topshirish va qabul qilish xarajatlarini esa har bir holda tegishli majburiyatlarni bajaradigan taraf amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayirboshlash shartnomasiga muvofiq ayirboshlanadigan tovarlar teng qiymatli emas deb tan olingan taqdirda bahosi ayirboshlashga taqdim qilinayotgan tovar bahosidan past boʻlgan tovarni topshirishi lozim boʻlgan taraf, agar shartnomada haq toʻlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa, tovar yoki tovarni tasarruf qilish hujjatlari topshirilgandan soʻng kechiktirmasdan baholardagi farqni toʻlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ayirboshlanadigan tovarlar teng qiymatli emas deb tan olinsa, biroq ularning baholaridagi farq ayirboshlash shartnomasida nazarda tutilgan boʻlmasa va shartnoma shartlariga qarab belgilanishi mumkin boʻlmasa, narxlardagi farq ushbu Kodeks 356-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
499-modda. Ayirboshlash shartnomasiga muvofiq tovarni topshirish majburiyatini muqobil bajarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayirboshlash shartnomasiga muvofiq ayirboshlanadigan tovarlarni topshirish muddatlari bir-biriga toʻgʻri kelmagan taqdirda, tovarni topshirish majburiyatini boshqa taraf tovarni topshirganidan soʻng bajarishi lozim boʻlgan tarafning tovarni topshirish majburiyatini bajarishiga nisbatan majburiyatni muqobil bajarish toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
500-modda. Ayirboshlanadigan tovarlarga boʻlgan mulk huquqining oʻtishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunda yoki ayirboshlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ayirboshlanadigan tovarlarga mulk huquqi ayirboshlash shartnomasiga muvofiq sotib oluvchi hisoblanadigan taraflarga ikkala taraf tegishli tovarlarni topshirish majburiyatini bajarganidan soʻng bir vaqtda oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
501-modda. Ayirboshlash shartnomasi boʻyicha olingan tovarni olib qoʻyganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayirboshlash shartnomasi boʻyicha olgan tovarini uchinchi shaxslar olib qoʻygan taraf, ushbu Kodeksning 395-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, boshqa tarafdan ayirboshlash asosida olingan tovarni qaytarishni va (yoki) zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.03.00 Hadya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-bob. Hadya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hadya shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga oʻziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi yo berish majburiyatini oladi, yoxud uni oʻzi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyo yoki huquq muqobil berilganida yo boʻlmasa, muqobil majburiyat mavjud boʻlganida shartnoma hadya deb tan olinmaydi. Bunday shartnomaga nisbatan ushbu Kodeks 124-moddasining ikkinchi qismi qoidalari qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biron-bir shaxsga ashyoni yoki mulk huquqini tekinga berishni yoki biron-bir shaxsni mulkiy majburiyatdan ozod etishni vaʼda qilish (hadya etishni vaʼda qilish), agar vaʼda tegishli shaklda berilgan boʻlsa va kelajakda aniq shaxsga ashyo yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq koʻrinib turgan boʻlsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyo, mulk huquqi yoki mulkiy majburiyatdan ozod qilish shaklida hadya narsasini aniq koʻrsatmasdan oʻzining mol-mulkini yoki mol-mulkning bir qismini hadya etishni vaʼda qilish oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchining vafotidan keyin topshirishni nazarda tutuvchi shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy emas. Bunday hadyaga nisbatan ushbu Kodeksning vorislik toʻgʻrisidagi qoidalari qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
503-modda. Hadya oluvchining hadyani qabul qilishni rad etishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hadya oluvchi oʻziga hadya topshirilgunga qadar istagan vaqtida uni rad etishga haqli. Bunday holda hadya shartnomasi bekor qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar hadya shartnomasi yozma shaklda tuzilgan boʻlsa, hadyani rad etish ham yozma shaklda amalga oshirilishi kerak. Agar hadya shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, hadyani qabul qilishni rad etish ham davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar hadya shartnomasi yozma shaklda tuzilgan boʻlsa, hadya qiluvchi hadya oluvchidan hadyani olishni rad etishi oqibatida yetkazilgan haqiqiy zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
504-modda. Hadya shartnomasining shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hadya qilish, ayni paytda hadyani hadya oluvchiga topshirish ogʻzaki amalga oshirilishi mumkin, ushbu moddaning uchinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hadyani topshirish uni taqdim qilish, ramziy topshirish (kalit va hokazolarni taqdim qilish) yoki huquqni belgilaydigan hujjatlarni taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchar mulkni hadya qilish shartnomasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar oʻrtasida bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ortiq summaga shartnoma tuzilayotganda;
(504-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomada kelajakda hadya etish vaʼda qilingan hollarda oddiy yozma shaklda tuzilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ogʻzaki tuzilgan hadya shartnomasi oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulkni hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan avtomototransport vositalarini hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.
(504-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ning 2, 3-bandlari, Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan “Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi toʻgʻrisida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ning 4-5-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs operativ boshqarish huquqi asosida oʻziga qarashli boʻlgan ashyoni, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mulkdorning roziligi bilan hadya etishga haqli. Bu cheklash qiymati katta boʻlmagan odatdagi sovgʻalarga taalluqli emas.
(505-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy birgalikdagi mulkni hadya qilishga ushbu Kodeksning 225-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilgan holda umumiy birgalikdagi mulkning barcha ishtirokchilari roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hadya qiluvchiga tegishli uchinchi shaxsdan talab qilish huquqini hadya qilish ushbu Kodeks 313-317, 319 va 320-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijara huquqini yoki boshqalarning ashyosiga oʻzgacha huquqni uning mulkdorining yoki unga nisbatan operativ boshqarish huquqiga ega boʻlgan shaxsning roziligisiz hadya qilishga, agar bunday huquqqa asos boʻlgan qonunda yoki shartnomada uni mazkur shaxslar roziligisiz boshqa shaxslarga berish taqiqlanmagan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.
(505-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hadya olayotgan shaxs oʻrniga uning uchinchi shaxs oldidagi majburiyatini bajarish yoʻli bilan hadya qilish ushbu Kodeks 241-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hadya oluvchining uchinchi shaxsdan qarzini hadya qiluvchining oʻziga olishi yoʻli bilan hadya qilish ushbu Kodeks 322-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hadya oluvchining nomi va hadya narsasi koʻrsatilmagan hadyani vakil tomonidan amalga oshirish ishonchnomasi oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
506-modda. Hadya shartnomasini bajarishdan bosh tortish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnoma tuzilgandan soʻng hadya qiluvchining moddiy ahvoli jiddiy yomonlashgan boʻlsa, u kelajakda hadya oluvchiga ashyoni yoki mulk huquqini berish yo boʻlmasa, uni mulkiy majburiyatdan ozod etish vaʼda qilingan shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeks 507-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarda hadya qiluvchi kelajakda hadya oluvchiga ashyoni yoki mulk huquqini berish yo boʻlmasa, uni mulkiy majburiyatdan ozod etish vaʼda qilingan shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslarda hadya qiluvchining hadya shartnomasini bajarishdan bosh tortishi hadya oluvchiga zararni qoplashni talab qilish huquqini bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
507-modda. Hadyani bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila aʼzolari yoki yaqin qarindoshlarining hayoti yoki sogʻligʻiga qarshi ataylab jinoyat sodir qilgan hollarda hadyani bekor qilishga sud tartibida yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hadya oluvchi hadya qiluvchini qasddan oʻldirgan taqdirda hadya qiluvchining vorislari sudda hadyani bekor qilishni talab etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar hadya oluvchining hadya qiluvchi uchun katta nomulkiy qiymatga ega boʻlgan hadya buyumga nisbatan muomalasi uning butunlay yoʻq boʻlib ketishi xavfini solsa, hadya qiluvchi hadya bekor etilishini sud tartibida talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatdor shaxsning talabiga binoan sud yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik va jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik qoidalarini buzib, toʻlovga qobiliyatsizlik haqida ish qoʻzgʻatilishidan oldingi bir yil ichida oʻzining tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq mablagʻlar hisobidan qilgan hadyasini bekor qilishi mumkin.
(507-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hadya shartnomasida hadya oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot etgan taqdirda hadya qiluvchining hadyani bekor qilish huquqi shart qilib qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hadya bekor qilingan taqdirda hadya oluvchi hadya qilingan ashyoni, agar u hadya bekor qilingan paytda asl holatda saqlanib qolgan boʻlsa, qaytarishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
508-modda. Hadya shartnomasini bajarishdan bosh tortish va hadyani bekor qilish mumkin boʻlmagan hollar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hadya shartnomasini bajarishdan bosh tortish va hadyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qoidalar ogʻzaki tuzilgan hadya shartnomalariga nisbatan qoʻllanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
509-modda. Kamchiliklari boʻlgan mol-mulkni hadya qilish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hadya qilingan ashyodagi kamchiliklar tufayli hadya oluvchining hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, agar bu kamchiliklar ashyo hadya oluvchiga topshirilgunga qadar paydo boʻlgani aniq koʻrinib turgan kamchiliklar jumlasiga kirmasligi va hadya qiluvchi bu haqda bilgan boʻlsa-da, hadya oluvchini ogohlantirmaganligi isbot qilingan boʻlsa, ushbu Kodeks 57-bobida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq hadya qiluvchi tomonidan qoplanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
510-modda. Hadya vaʼda qilinganida huquqiy vorislik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar hadya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, hadya shartnomasiga muvofiq hadya vaʼda qilingan hadya oluvchining huquqlari uning merosxoʻrlariga (huquqiy vorislariga) oʻtmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar hadya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, hadya shartnomasiga muvofiq hadya berishni vaʼda qilgan shaxsning majburiyatlari uning merosxoʻrlariga (huquqiy vorislariga) oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumfoydali maqsadlarda qilingan hadya xayr-ehson hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xayr-ehson fuqarolarga, davolash, tarbiya, ijtimoiy himoya muassasalariga va shunga oʻxshash boshqa muassasalarga, xayriya, ilmiy va oʻquv muassasalariga, fondlarga, muzeylar va boshqa madaniyat muassasalariga, jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarga, shuningdek davlatga va boshqa fuqarolik huquqi subyektlariga qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xayr-ehsonni qabul qilishga biror kimsaning ruxsati yoki roziligi talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xayr-ehson qiluvchi mol-mulkni fuqaroga xayr-ehson qilganida bu mol-mulkdan maʼlum bir maqsadda foydalanishni shart qilib qoʻyishi lozim, yuridik shaxslarga xayr-ehson qilganda esa bu shartni qoʻyishi mumkin. Bunday shart boʻlmaganida mol-mulkni fuqaroga xayr-ehson qilish oddiy hadya deb hisoblanadi, qolgan hollarda esa xayr-ehson qilingan mol-mulkdan hadya oluvchi uning vazifasiga muvofiq foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aniq maqsadda foydalanishga moʻljallangan xayr-ehsonni qabul qilib olayotgan yuridik shaxs xayr-ehson qilingan mulkdan foydalanish boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalarning alohida roʻyxatini yuritishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar xayr-ehson qilingan mulkdan xayr-ehson qiluvchi koʻrsatgan maqsadda foydalanish vaziyat oʻzgarganligi tufayli mumkin boʻlmay qolsa, mulkdan boshqa maqsadda faqat xayr-ehson qiluvchining roziligi bilan, mol-mulkni xayr-ehson qilgan fuqaro vafot etgan boʻlsa yoki mulkni xayr-ehson qilgan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoxud tugatilgan boʻlsa –– sud qaroriga muvofiq foydalanish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xayr-ehson qilingan mulkdan xayr-ehson qiluvchi koʻrsatgan maqsadga zid holda foydalanish yoki ushbu maqsadni mazkur modda oltinchi qismining qoidalarini buzgan holda oʻzgartirish xayr-ehson qiluvchiga, uning merosxoʻrlariga yoki boshqa huquqiy vorisiga xayr-ehsonni bekor qilishni talab qilish huquqini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeks 507 va 510-moddalarining qoidalari xayr-ehsonga nisbatan qoʻllanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 2-maydagi OʻRQ-96-son “Homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.04.00 Renta. Doimiy renta. Umrbod renta]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-bob. Renta
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Renta shartnomasiga muvofiq bir taraf (renta oluvchi) koʻchmas yoki koʻchar mol-mulkni boshqa tarafga (renta toʻlovchiga) mulk qilib beradi, renta toʻlovchi esa olingan mol-mulk oʻrniga renta oluvchiga vaqti-vaqti bilan belgilangan pul summasi yoki uni taʼminlash uchun boshqa shaklda mablagʻ berish tarzida renta toʻlash majburiyatini oladi.
(512-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-311-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2011-y., 51-son, 542-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Renta shartnomasiga muvofiq rentani muddatsiz (doimiy renta) yoki renta oluvchi hayot boʻlgan muddat mobaynida toʻlash (umrbod renta) majburiyatini belgilashga yoʻl qoʻyiladi. Umrbod renta fuqaroni oʻz qaramogʻiga olgan holda umrbod taʼminlash sharti bilan belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
513-modda. Renta shartnomasining shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Renta shartnomasi notarial tasdiqlanishi, koʻchmas mol-mulkni renta toʻlash sharti bilan boshqa shaxsga berishni nazarda tutadigan shartnoma esa bundan tashqari davlat roʻyxatidan ham oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
514-modda. Mol-mulkni renta toʻlash sharti bilan boshqa shaxsga berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Renta toʻlash sharti bilan boshqa shaxsga beriladigan mol-mulk renta oluvchi tomonidan renta toʻlovchiga haq evaziga yoki tekinga mulk qilib berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Renta shartnomasida mol-mulkni haq evaziga topshirish nazarda tutilgan taqdirda taraflarning mol-mulkni topshirish va uning haqini toʻlash boʻyicha munosabatlariga nisbatan oldi-sotdi shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar, bunday mol-mulk tekinga berilgan hollarda esa hadya shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladi, basharti ushbu bobning qoidalarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa va bu hol renta shartnomasining mohiyatiga zid kelmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
515-modda. Koʻchmas mulkdan renta olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Renta toʻlash sharti bilan berilgan yer uchastkasi, korxona, bino, inshoot yoki boshqa koʻchmas mol-mulkdan renta olinadi. Renta toʻlovchi bunday mol-mulkni boshqa shaxsga bergan taqdirda renta shartnomasi boʻyicha uning majburiyatlari mol-mulkni oluvchiga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Renta olinadigan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga mulk qilib bergan shaxs, agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunda yoki shartnomada bu majburiyat boʻyicha solidar javobgarlik nazarda tutilmagan boʻlsa, renta oluvchining renta shartnomasi buzilgani tufayli kelib chiqqan talablari boʻyicha boshqa shaxs bilan subsidiar javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
516-modda. Renta toʻlashni taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Renta toʻlash sharti bilan yer uchastkasi yoki boshqa koʻchmas mulk berilganida renta oluvchi renta toʻlovchi oʻz majburiyatlarini bajarishini taʼminlash maqsadida bu mulkka garov huquqini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Renta sifatida pul summasi yoki boshqa koʻchar mol-mulkni berishni nazarda tutadigan shartnomaning muhim sharti shuki, unda renta toʻlovchi oʻz majburiyatlarini bajarishning garovini taqdim etishga yoki ushbu majburiyatlarni bajarmaslik yoxud lozim darajada bajarmaslik xavfini renta oluvchi foydasiga sugʻurtalashga majbur boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Renta toʻlovchi ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmasa, shuningdek renta oluvchi javobgar boʻlmaydigan holatlarda taʼminlash yoʻqotilgan yoki taʼminlash sharoitlari yomonlashgan taqdirda renta oluvchi renta shartnomasini bekor qilishga va shartnoma bekor qilinishi tufayli koʻrgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
517-modda. Renta toʻlashni kechiktirganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Renta toʻlashni kechiktirganlik uchun renta toʻlovchi renta oluvchiga, agar renta shartnomasida boshqacha foizlar miqdori nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksning 327-moddasida nazarda tutilgan foizlarni toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Doimiy renta
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
518-modda. Doimiy rentani oluvchi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy rentani faqat fuqarolar va notijorat tashkilotlari olishlari mumkin, basharti, bu hol qonunga zid kelmasa va ularning faoliyat maqsadiga mos boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, doimiy renta shartnomasi boʻyicha renta oluvchining huquqlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga talabdan voz kechish yoʻli bilan topshirilishi va vorislik boʻyicha yoki yuridik shaxslar qayta tashkil qilinganda boshqa shaxslarga oʻtishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik Sudi Plenumining 2003-yil 28-fevraldagi 110-son “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 10-bandi ikkinchi xatboshisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
519-modda. Doimiy renta shakli va miqdori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy renta pul bilan toʻlanib, u renta toʻlash sharti bilan topshirilgan mol-mulkka oʻxshash mol-mulkni ijaraga berishda qoʻllaniladigan mol-mulkdan foydalanish haqining oʻrtacha stavkasi doirasida shartnoma bilan belgilanadigan miqdorda, renta toʻlash sharti bilan pul summasi topshirilganda esa ushbu Kodeksning 327-moddasida nazarda tutilgan bank foizining tegishli darajada joriy etilgan stavkasi doirasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomada rentaning pul summasiga teng qiymatdagi ashyolarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmat koʻrsatish yoʻli bilan ham renta toʻlash nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar doimiy renta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mol-mulkdan foydalanish haqining tegishli stavkasi yoki bank foizi stavkasi oʻzgarsa, toʻlanadigan renta miqdori ham mutanosib ravishda oʻzgaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
520-modda. Doimiy rentani toʻlash muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, doimiy renta yilning har bir kalendar choragi tugashi bilan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
521-modda. Toʻlovchining doimiy rentani sotib olish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy rentani toʻlovchi uni sotib olish yoʻli bilan bundan buyon renta toʻlashdan bosh tortishga haqli. Agar renta toʻlovchi renta toʻlashdan bu tarzda bosh tortishini renta toʻlashni toʻxtatishidan kamida uch oy yoki shartnomada nazarda tutilganidek undan ham avvalroq yozma ravishda maʼlum qilgan boʻlsa, bunday bosh tortish haqiqiy hisoblanadi. Bunda renta toʻlash majburiyati, agar shartnomada sotib olishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa, renta oluvchi sotib olish summasining hammasini olib boʻlgunga qadar toʻxtatilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomaning doimiy renta toʻlovchi uni sotib olish huquqidan voz kechishi toʻgʻrisidagi sharti oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomada doimiy rentani sotib olish huquqini renta oluvchi hayotligida yoki shartnoma tuzilgan paytdan boshlab oʻttiz yildan oshmaydigan muddat mobaynida amalga oshirib boʻlmasligi nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
522-modda. Renta oluvchining talabiga koʻra doimiy rentani sotib olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi hollarda doimiy renta oluvchi toʻlovchidan rentani sotib olishni talab qilishga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar shartnomada boshqacha muddat belgilangan boʻlmasa, renta toʻlovchi uni toʻlash muddatini bir yildan ortiq kechiktirib yuborgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
renta toʻlovchi rentani toʻlashni taʼminlash boʻyicha oʻz majburiyatlarini buzgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
renta toʻlovchi toʻlovga qodir emas deb topilgan yoki u rentani shartnomada belgilangan miqdor va muddatlarda toʻlamasligini koʻrsatadigan boshqa vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
renta toʻlash sharti bilan topshirilgan koʻchmas mulk umumiy mulkka aylangan yoki bir necha shaxs oʻrtasida taqsimlangan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shuningdek, shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
523-modda. Doimiy rentani sotib olish bahosi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeksning 521 va 522-moddalarida nazarda tutilgan hollarda doimiy renta shartnomada belgilangan bahoda sotib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Renta toʻlash sharti bilan mol-mulk haq evaziga topshirilgan doimiy renta shartnomasida sotib olish bahosi toʻgʻrisida shart boʻlmaganida sotib olish yillik renta toʻlovlari summasiga mos bahoda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Renta toʻlash sharti bilan mol-mulk tekinga berilgan doimiy renta shartnomasida sotib olish bahosi toʻgʻrisida shart boʻlmaganida sotib olish bahosiga yillik renta toʻlovlari summasi bilan bir qatorda topshirilgan mol-mulkning ushbu Kodeks 356-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha aniqlanadigan bahosi ham kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
524-modda. Doimiy renta toʻlash sharti bilan topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan buzilish xavfi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy renta toʻlash sharti bilan bepul topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan buzilish xavfi renta toʻlovchi zimmasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy renta toʻlash sharti bilan haq evaziga topshirilgan mol-mulk tasodifan nobud boʻlganda yoki tasodifan buzilganda toʻlovchi renta toʻlash majburiyatini tegishli ravishda toʻxtatishni yoki uni toʻlash shartlarini oʻzgartirishni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Umrbod renta
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
525-modda. Umrbod renta oluvchilar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umrbod renta mulkini renta toʻlash sharti bilan topshirayotgan fuqaro hayot boʻlgan davrga yoki u koʻrsatgan boshqa fuqaro hayot boʻlgan davrga belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umrbod rentani bir necha fuqaro foydasiga belgilashga yoʻl qoʻyiladi, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, renta olish huquqida ularning ulushlari teng deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, renta oluvchilarning biri vafot etgan taqdirda uning renta olish huquqidagi ulushi undan keyin hayot boʻlgan renta oluvchilarga oʻtadi, oxirgi renta oluvchi vafot etgan taqdirda renta toʻlash majburiyati bekor boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma tuzilgan paytgacha vafot etgan fuqaro foydasiga umrbod renta belgilaydigan shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
526-modda. Umrbod renta miqdori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umrbod renta shartnomada renta oluvchi hayot boʻlgan davrda unga vaqti-vaqti bilan toʻlanadigan pul summasi sifatida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umrbod rentaning shartnomada belgilanadigan bir oylik miqdori qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan oz boʻlmasligi kerak, ushbu Kodeksning 247-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa oshirilishi lozim.
(526-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
527-modda. Umrbod rentani toʻlash muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, umrbod renta har bir kalendar oy tugashi bilan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
528-modda. Umrbod renta shartnomasini renta oluvchining talabi bilan bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Renta toʻlovchi umrbod renta shartnomasini jiddiy buzgan hollarda renta oluvchi renta toʻlovchidan rentani ushbu Kodeksning 523-moddasida nazarda tutilgan shartlarda sotib olishni yoki shartnomani bekor qilish va zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar umrbod renta toʻlash sharti bilan tekinga kvartira, uy yoki boshqa mol-mulk topshirilgan boʻlsa, renta toʻlovchi shartnomaning muhim shartlarini jiddiy buzgan taqdirda renta oluvchi bu mol-mulkni uning qiymatini sotib olinadigan renta hisobiga qoʻshgan holda qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
529-modda. Renta toʻlash sharti bilan topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan buzilish xavfi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umrbod renta toʻlash sharti bilan topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan buzilishi renta toʻlovchini rentani shartnomada nazarda tutilgan shartlarda toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.05.00 Umrbod boqish sharti bilan uy-joy (kvartira)ni begonalashtirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-bob. Umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
530-modda. Umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasiga muvofiq, bir taraf (oluvchi) yoshi yoki sogʻligʻi tufayli mehnatga layoqatsiz boʻlgan boshqa taraf (boshqa shaxsga beruvchi)ni natura holida (uy-joy berish, ovqatlantirish, parvarishlash va zarur yordam koʻrsatish tarzida) umrbod moddiy taʼminlash majburiyatini oladi, boshqa shaxsga beruvchi esa oluvchiga uy-joy (uyning bir qismi)ni, kvartirani mulk qilib berish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
531-modda. Umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasining shakli va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasida boshqa shaxsga beruvchiga qanday moddiy taʼminot turlari berilishi, ularning pul bilan ifodalangan bir oylik bahosi va uy-joy (uyning bir qismi), kvartiraning qiymati koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Beriladigan uy-joy (uyning bir qismi), kvartira va moddiy taʼminot qiymati taraflar kelishuvi bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi ushbu Kodeks 110-moddasining qoidalariga rioya etgan holda yozma shaklda tuzilishi va notarial tasdiqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
532-modda. Taraflarning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasiga muvofiq, oluvchi shartnoma amal qilib turgan davrda bu uyni (uyning bir qismini), kvartirani sotish, hadya qilish, garovga qoʻyishga va uy (uyning bir qismi), kvartiraga mulk huquqini ogʻirlashtiradigan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli emas. Bu uy (uyning bir qismi), kvartiraga oluvchining qarzlari boʻyicha undirish qaratilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi boʻyicha boshqa shaxsga beruvchidan olingan uy-joy (uyning bir qismi), kvartiraning tasodifan nobud boʻlishi oluvchini shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlardan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
533-modda. Umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasini oʻzgartirish yoki bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani oluvchi umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmasa yoki tegishli darajada bajarmasa, boshqa shaxsga beruvchi taʼminotni vaqti-vaqti bilan haq tarzida toʻlab turishga almashtirishni yoki shartnomani bekor qilishni talab qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oluvchining moddiy ahvoli oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra boshqa shaxsga beruvchiga shartlashilgan taʼminotni bera olmaydigan darajada oʻzgarsa yoki boshqa shaxsga beruvchi mehnat qobiliyatini tiklasa, umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi oluvchining talabiga koʻra bekor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha bekor qilingan taqdirda uy (uyning bir qismi), kvartira boshqa shaxsga beruvchiga qaytarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi boshqa shaxsga beruvchining talabiga koʻra bekor qilingan taqdirda oluvchi shartnoma amalda boʻlgan vaqtda boshqa shaxsga beruvchini taʼminlash va uyni (uyning bir qismini), kvartirani saqlab turishga qilgan xarajatlarini qoplashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
534-modda. Umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi boʻyicha majburiyatlarning vorislarga oʻtishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oluvchi vafot etgan taqdirda umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi boʻyicha majburiyatlar uning vorislariga oʻtadi. Oluvchining vorislari boʻlmaganida yoki ular umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasini bajarishdan voz kechganlarida oluvchiga berilgan uy-joy (uyning bir qismi), kvartira uni boshqa shaxsga beruvchiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-bob. Mulk ijarasi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.01 Umumiy qoidalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulk ijarasi shartnomasi boʻyicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrdagi 427-XII-son “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
536-modda. Ijaraga oluvchining ijaraga olingan mol-mulkdan olinadigan mahsulot, mevalar va daromadlarga boʻlgan mulk huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonun yoki mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish natijasida oladigan mahsulot, meva va boshqa daromadlar uning mulki hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalari, yer osti boyliklari joylashgan uchastkalar va boshqa alohida tabiiy obyektlar, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari va foydalanish jarayonida oʻzining tabiiy xususiyatlarini yoʻqotmaydigan boshqa ashyolar (isteʼmol qilinmaydigan ashyolar) mulk ijarasiga berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 3-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikda mulk ijarasiga berilishi mumkin boʻlmagan yoki cheklangan korxonalar turlari (guruhlari) va mol-mulk turlari belgilab qoʻyilishi mumkin.
(537-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
538-modda. Ijaraga beruvchi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkini ijaraga berish huquqi shu mol-mulk egasiga tegishlidir. Qonun yoki mulkdor tomonidan mol-mulkni ijaraga berish vakolati berilgan boshqa shaxslar ham ijaraga beruvchi boʻlishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 79, 214, 215-moddalari, Yer kodeksining 23-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
539-modda. Mulk ijarasi shartnomasining shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulk ijarasi shartnomasi bir yildan ortiq muddatga moʻljallangan boʻlsa, taraflardan birontasi yuridik shaxs boʻlgan hollarda esa, muddatidan qatʼi nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulk ijarasi shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi va soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. Koʻchmas mulk ijarasi shartnomalarini soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(539-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1131-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 03/26/1131/0377-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 19-iyul)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulk huquqining kelgusida ijarachiga oʻtishini nazarda tutuvchi mulk ijarasi shartnomasi, bunday mulkning oldi-sotdi shartnomasi uchun nazarda tutilgan shaklda tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ning 2, 3-bandlari, Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan “Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi toʻgʻrisida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ning 4-5-bandlari.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 4-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
540-modda. Mulk ijarasi shartnomasining muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulk ijarasi shartnomasi shartnomada belgilangan muddatga tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan boʻlsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, koʻchmas mulk ijarasida esa –– uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulk ijarasi shartnomasini bekor qilish haqida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunda mulk ijarasining ayrim turlari uchun, shuningdek mol-mulkning ayrim turlarini ijaraga olish uchun eng koʻp (oxirgi) muddatlar belgilab qoʻyilishi mumkin. Bunday hollarda, basharti ijara muddati shartnomada belgilangan boʻlmasa va qonunda belgilangan oxirgi muddat tugagunicha taraflardan hech qaysisi shartnomadan voz kechmasa, oxirgi muddat oʻtishi bilan shartnoma bekor boʻladi. Qonunda belgilangan oxirgi muddatdan ortiq muddatga tuzilgan bunday mulk ijarasi shartnomasi oxirgi muddatga teng muddatga tuzilgan hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 6-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga mol-mulkni shartnoma shartlari va mol-mulkning vazifasiga muvofiq holatda topshirmogʻi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni topshirishga tayyorlash, shu jumladan topshirish dalolatnomasini tuzish va imzolashga taqdim etish ijaraga beruvchining burchi boʻlib, uning hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mol-mulk barcha mansub ashyolari va unga aloqador hujjatlar (texnik pasport, sifat sertifikati va hokazolar) bilan birga ijaraga topshiriladi. Agarda bunday mansub ashyolar va hujjatlar topshirilgan boʻlmasa va ularsiz ijaraga oluvchi mol-mulkdan uning oʻz vazifasi boʻyicha foydalana olmasa yoxud shartnoma tuzish paytida moʻljallashga haqli boʻlgan ancha narsasidan mahrum boʻlsa, u ijaraga beruvchidan bunday mansub ashyolar va hujjatlarni topshirishni yoxud shartnomani bekor qilishni, shuningdek zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga ijaraga berilgan mol-mulkni shartnomada koʻrsatilgan muddatda, basharti shartnomada bunday muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, oqilona muddatda topshirmagan boʻlsa, ijaraga oluvchi ushbu Kodeksning 331-moddasiga muvofiq bu mol-mulkni undan talab qilib olish va ijroning kechikkanligi tufayli yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish yoki shartnomani bekor qilish va uning bajarilmaganligi sababli yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 7, 19.8-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
542-modda. Ijaraga topshirilgan mol-mulkdagi kamchiliklar uchun ijaraga beruvchining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mol-mulkning undan foydalanishga toʻliq yoki qisman toʻsqinlik qiladigan kamchiliklari uchun, hatto u shartnoma tuzish vaqtida bular haqida bilmagan boʻlsa ham, javobgardir. Bunday kamchiliklar aniqlanganda ijarachi oʻz xohishiga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga beruvchidan yo mol-mulkdagi kamchiliklarni tekinga bartaraf etishni yoki mol-mulkdan foydalanganlik haqini mutanosib kamaytirishni yoxud mol-mulkdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun qilgan oʻz xarajatlarini qoplashni talab qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga beruvchini oldindan ogohlantirgan holda oʻsha kamchiliklarni bartaraf etishga sarflagan xarajatlari summasini mol-mulkdan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haqdan bevosita chegirib qolishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchining talablaridan yoki uning mol-mulkdagi kamchiliklarni ijaraga beruvchi hisobidan bartaraf etish niyatidan xabardor qilingan ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mol-mulkni tegishli holatda boʻlgan boshqa shunday mol-mulk bilan darhol almashtirib berishi yoki mol-mulkdagi kamchilikni tekinga bartaraf etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijaraga oluvchining talablarini qanoatlantirish yoxud uning kamchiliklarni bartaraf etish xarajatlarini mol-mulkdan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haqdan chegirib qolishi ijaraga oluvchi koʻrgan zararni qoplamasa, u zararning qoplanmagan qismini toʻlashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma tuzish vaqtida ijaraga beruvchi oldindan aytib qoʻygan yoki ijaraga oluvchiga oldindan maʼlum boʻlgan yoxud shartnomani tuzishda yoki mol-mulkni ijaraga topshirish paytida uni koʻzdan kechirganda yoxud uning sozligini tekshirganda ijaraga oluvchi aniqlashi kerak boʻlgan kamchiliklar uchun ijaraga beruvchi javobgar boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
543-modda. Ijaraga topshirilayotgan mol-mulkka nisbatan uchinchi shaxslarning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkning ijaraga topshirilishi bu mol-mulkka nisbatan uchinchi shaxslarning huquqlari bekor boʻlishi yoki oʻzgarishi uchun asos boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma tuzishda ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini ijaraga topshirilayotgan mol-mulkka nisbatan uchinchi shaxslarning barcha huquqlari (servitut, garov huquqi va hokazolar) haqida ogohlantirishi lozim. Ijaraga beruvchi tomonidan bu majburiyatning bajarilmasligi ijaraga oluvchiga mol-mulkdan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haqni kamaytirishni yoxud shartnomani bekor qilish va zararni toʻlashni talab qilish huquqini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
544-modda. Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchi mol-mulkdan foydalanganlik uchun haqni oʻz vaqtida toʻlab turishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi, shartlari va muddatlari mulk ijarasi shartnomasi bilan belgilanadi. Bular shartnomada belgilanmagan hollarda odatda xuddi shunday mol-mulkni oʻxshash holatlarda ijaraga berishda qoʻllaniladigan tartib, shartlar va muddatlar belgilangan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq ijaraga olingan barcha mol-mulk uchun yaxlit holda yoki uning har bir tarkibiy qismi uchun alohida-alohida holda quyidagi koʻrinishlarda belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqti-vaqti bilan yoki bir yoʻla toʻlanadigan qatʼiy summada belgilangan toʻlovlar tariqasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish natijasida olingan mahsulot, mevalar yoki daromadlarning belgilangan ulushi tariqasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga oluvchi tomonidan koʻrsatiladigan maʼlum xizmatlar tariqasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga beruvchiga shartnomada kelishilgan ashyoni mulk qilib yoki ijaraga topshirish tariqasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga olingan mol-mulkni yaxshilash boʻyicha shartnomada kelishilgan xarajatlarni ijaraga oluvchi zimmasiga yuklash tariqasida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflar mulk ijarasi shartnomasida mol-mulkdan foydalanganlik uchun ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan haq shakllarini aralash amalga oshirishni yoki haq toʻlashning boshqa shakllarini nazarda tutishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mol-mulkdan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq miqdori shartnomada belgilangan muddatlarda, biroq bir yilda koʻpi bilan bir marta taraflarning kelishuvi bilan oʻzgartirilishi mumkin. Qonunchilikda mulk ijarasining ayrim turlari uchun, shuningdek ayrim mol-mulk turlarining ijarasi uchun haq miqdorini qayta koʻrib chiqishning boshqacha eng kam muddatlari nazarda tutilishi mumkin.
(544-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga oluvchi oʻzi javobgar boʻlmagan holatlarga koʻra, shartnomada nazarda tutilgan foydalanish shartlari yoki mol-mulkning holati jiddiy yomonlashgan boʻlsa, u mol-mulkdan foydalanganlik uchun ijara haqini tegishli ravishda kamaytirishni talab qilishga haqli.
(544-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mol-mulkdan foydalanganlik uchun ijara haqini toʻlash muddatlari ijaraga oluvchi tomonidan jiddiy buzilgan taqdirda, ijaraga beruvchi undan ijara haqini muddatidan oldin, ijaraga beruvchi belgilagan muddatda toʻlashni talab qilishga haqli. Bunda ijaraga beruvchi mol-mulkdan foydalanganlik uchun koʻpi bilan ikki muddatning haqini muddatidan oldin toʻlashni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 9-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
545-modda. Ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchi mol-mulkdan shartnoma shartlariga muvofiq, agar bunday shartlar shartnomada belgilangan boʻlmasa –– mol-mulkning vazifasiga muvofiq foydalanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijaraga beruvchining yozma ogohlantirishiga qaramay, ijaraga oluvchi mol-mulkdan shartnoma shartlariga yoki mol-mulkning vazifasiga nomuvofiq foydalansa, ijaraga beruvchi shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni va zararning qoplanishini talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
546-modda. Ijaraga olingan mol-mulkni tasarruf qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan mol-mulkni ijaraga beruvchining roziligi bilan ikkilamchi ijaraga (qoʻshimcha ijaraga) topshirishga, mulk ijarasi shartnomasi boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga oʻtkazishga (qayta ijara), ijaraga olingan mol-mulkni tekin foydalanish uchun berishga, shuningdek bu huquqlarini garovga qoʻyishga va ularni xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari ustav fondiga (kapitaliga) hissa sifatida yoki ishlab chiqarish kooperativiga pay badali sifatida topshirishga haqli. Koʻrsatib oʻtilgan hollarda ijaraga oluvchi shartnoma boʻyicha ijaraga beruvchi oldida javobgar boʻlib qolaveradi, qayta ijara bundan mustasno. Mol-mulkni boshqa shaxslarga topshirish haqidagi shartnoma ijara shartnomasining amal qilish muddatidan ortiq muddatga tuzilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ijaraga olingan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga topshirish haqidagi shartnomaga nisbatan mulk ijarasi shartnomasi haqidagi qoidalar qoʻllaniladi.
(546-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilik yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mol-mulkni oʻz hisobidan kapital taʼmirlashi shart.
(547-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchi javobgar boʻlmagan holatlar natijasida kelib chiqqan shoshilinch zarurat tufayli oʻtkaziladigan taʼmirlashni ijaraga beruvchi oʻz hisobidan amalga oshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital taʼmirlash mulk ijarasi shartnomasida belgilangan muddatda, agar bu muddat shartnomada belgilanmagan yoki shoshilinch zarurat tufayli oʻtkazilsa, oqilona muddatda amalga oshirilmogʻi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga beruvchining kapital taʼmirlash majburiyatini bajarmasligi ijaraga oluvchiga oʻz xohishiga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomada belgilangan yoxud shoshilinch zarurat taqozo etayotgan kapital taʼmirlashni amalga oshirib, taʼmirlash qiymatini ijaraga beruvchidan undirib olish yoxud mol-mulkdan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq hisobiga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haqni tegishincha kamaytirishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomani muddatidan oldin bekor qilish va zararning qoplanishini talab qilish huquqini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
548-modda. Ijaraga oluvchining ijaraga olingan mol-mulkni saqlash majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ijaraga oluvchi mol-mulkni yaxshi holda saqlashi, uni oʻz hisobidan joriy taʼmirlashi va saqlash boʻyicha boshqa xarajatlarni qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
549-modda. Taraflar oʻzgarganda mol-mulk ijarasi shartnomasining oʻz kuchida qolishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga topshirilgan mol-mulkka nisbatan mulk (operativ boshqarish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish) huquqining boshqa shaxsga oʻtishi mulk ijarasi shartnomasining oʻzgartirilishi yoxud bekor qilinishi uchun asos boʻlmaydi.
(549-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulkni ijaraga olgan fuqaro vafot etgan taqdirda, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ushbu mol-mulkni ijaraga topshirish shartnomasi boʻyicha uning huquq va majburiyatlari vorisga oʻtadi. Shartnomaning tuzilishi ijaraga oluvchining shaxsiy fazilatlari bilan bogʻliq boʻlgan hollardan tashqari ijaraga beruvchi bunday vorisning shartnoma amal qilishining qolgan muddatida shartnomaga qoʻshilishini rad etishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 8-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
550-modda. Mulk ijarasi shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganida ikkilamchi ijara shartnomasining bekor boʻlishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mulk ijarasi shartnomasining muddatidan oldin bekor qilinishi unga muvofiq tuzilgan ikkilamchi ijara shartnomasining bekor boʻlishiga olib keladi. Bu holda ikkilamchi ijaraga oluvchi ikkilamchi ijaraning qolgan muddati davomida ikkilamchi ijara shartnomasiga muvofiq oʻzi foydalanib kelgan mol-mulkni bekor boʻlgan mulk ijarasi shartnomasining tegishli shartlari asosida ijaraga olish haqida shartnoma tuzishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mulk ijarasi shartnomasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha haqiqiy emas deb topilsa, unga muvofiq tuzilgan ikkilamchi ijara shartnomalari ham haqiqiy emas deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 10-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
551-modda. Ijaraga beruvchining talabi boʻyicha mulk ijarasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulk ijarasi shartnomasi ijaraga beruvchining talabi bilan sud tomonidan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin, agar ijaraga oluvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga beruvchining yozma ogohlantirishiga qaramasdan mol-mulkdan shartnoma shartlarini yoki mol-mulkning vazifalarini jiddiy ravishda buzgan yoxud bir necha marta buzgan holda foydalansa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulkni jiddiy yomonlashtirsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomada belgilangan toʻlov muddatini ketma-ket ikki martadan ortiq buzib, mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq toʻlamasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka yoki shartnomaga muvofiq kapital taʼmirlash ishlarini bajarish ijaraga oluvchi zimmasidagi majburiyat boʻlgan hollarda shartnomada belgilangan muddatlarda, shartnomada bunday muddat belgilangan boʻlmasa, oqilona muddatlarda mol-mulkni kapital taʼmirlashni amalga oshirmasa.
(551-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulk ijarasi shartnomasida ushbu Kodeksning 382-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ijaraga beruvchining talabi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini yozma ravishda ogohlantirganidan va unga oʻz majburiyatlarini bajarish uchun imkoniyat berganidan keyingina shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishini talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 11, 11.1-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
552-modda. Ijaraga oluvchining talabi bilan mulk ijarasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchining talabi bilan mulk ijarasi shartnomasi sud tomonidan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga beruvchi mol-mulkni foydalanish uchun ijaraga oluvchiga bermasa yoki mol-mulkdan shartnoma shartlariga yoxud mol-mulkning vazifasiga muvofiq foydalanishga toʻsqinlik qilsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga oluvchiga topshirilgan mol-mulkda undan foydalanishga toʻsqinlik qiladigan kamchiliklar boʻlib, ularni ijaraga beruvchi shartnoma tuzish vaqtida aytib oʻtmagan, ijaraga oluvchiga oldindan maʼlum boʻlmagan va shartnoma tuzayotganda mol-mulkni koʻzdan kechirish yoxud uning sozligini tekshirish vaqtida aniqlanishi mumkin boʻlmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga beruvchi shartnomada belgilangan muddatlarda, agarda shartnomada muddat belgilangan boʻlmasa, oqilona muddatlarda oʻz zimmasidagi mol-mulkni kapital taʼmirlash majburiyatini bajarmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga oluvchi javobgar boʻlmagan holatlar tufayli mol-mulk foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulk ijarasi shartnomasida ushbu Kodeks 382-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq ijaraga oluvchining talabi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
553-modda. Yangi muddatga mulk ijarasi shartnomasi tuzishda ijaraga oluvchining imtiyozli huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajargan ijaraga oluvchi shartnoma muddati tugaganidan keyin yangi muddatga mulk ijarasi shartnomasini tuzishda sharoitlar teng boʻlgan hollarda boshqa shaxslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega boʻladi. Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchini mulk ijarasi shartnomasida belgilangan muddatda, agar shartnomada bunday muddat belgilangan boʻlmasa, shartnomaning amal qilishi tamom boʻlguncha oqilona muddatda bunday shartnomani tuzish istagi haqida yozma ravishda ogohlantirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulk ijarasi shartnomasini yangi muddatga tuzishda shartnoma shartlari taraflarning kelishuvi asosida oʻzgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchi bilan yangi muddatga shartnoma tuzishni rad etsa-yu, ammo u bilan tuzilgan shartnoma muddati tugaganidan keyin bir yil ichida boshqa shaxs bilan mulk ijarasi shartnomasini tuzsa, ijaraga oluvchi oʻz xohishiga koʻra yo tuzilgan shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlar oʻziga oʻtkazilishini va oʻzi bilan shartnomani yangilashni rad etish oqibatida oʻziga yetkazilgan zararning toʻlanishini yoki faqat zararning oʻzi toʻlanishini sud orqali talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mulk ijarasi shartnomasining muddati tamom boʻlganidan keyin ham ijaraga oluvchi mulkdan foydalanishni davom ettirsa va ijaraga beruvchi bunga eʼtiroz bildirmagan boʻlsa, shartnoma avvalgi shartlar asosida nomaʼlum muddatga qaytadan tuzilgan hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 12-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulk ijarasi shartnomasi bekor boʻlganidan keyin ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga mol-mulkni oʻziga topshirilgan holatda, normal eskirishni hisobga olib yoki shartnomada kelishilgan holatda qaytarishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijaraga oluvchi ijaraga olgan mol-mulkni qaytarmasa yoki kechiktirib qaytarsa, ijaraga beruvchi kechiktirilgan barcha vaqt davomida mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq toʻlashni talab qilishga haqli. Bu haq ijaraga beruvchi koʻrgan zararni qoplamagan taqdirda zararni toʻlashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga olingan mol-mulk oʻz vaqtida qaytarilmaganligi uchun shartnomada neustoyka undirish nazarda tutilgan taqdirda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, neustoykadan tashqari zarar toʻliq miqdorda undirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
555-modda. Ijaraga olingan mol-mulkni yaxshilash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulkning ajratib olsa boʻladigan tarzda yaxshilanishi uning mulki hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchi ijaraga olingan mol-mulkni oʻz mablagʻlari hisobidan va ijaraga beruvchining roziligi bilan yaxshilagan, bu yaxshilashni mol-mulkka zarar yetkazmagan holda ajratib olish mumkin boʻlmagan taqdirda, ijaraga oluvchi shartnoma bekor boʻlganidan keyin, basharti shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, bu yaxshilashlar qiymatini toʻlashni talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga beruvchining roziligisiz amalga oshirilgan va ijaraga berilgan mol-mulkdan ajratib olib boʻlmaydigan yaxshilashlarning qiymati toʻlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga olingan mol-mulkdan amortizatsiya ajratmalari hisobiga amalga oshirilgan, mol-mulkdan ajratib olish mumkin boʻlgan va mumkin boʻlmagan yaxshilashlar ijaraga beruvchining mulki boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
556-modda. Ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulk ijarasi shartnomasida ijaraga olingan mol-mulk ijara shartnomasining muddati tamom boʻlganidan keyin yoki tamom boʻlmasdan oldin ijaraga oluvchi shartnomada kelishilgan sotib olish bahosining hammasini toʻlagan taqdirda uning mulkiga aylanishi nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish sharti shartnomada nazarda tutilmagan boʻlsa, u taraflarning qoʻshimcha kelishuvi bilan belgilanishi mumkin, bunda taraflar mol-mulkdan foydalanganlik uchun ilgari toʻlangan haqni xarid narxiga kiritish toʻgʻrisida kelishishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlarida ijaraga olingan mol-mulkni sotib olishni taqiqlash hollari belgilab qoʻyilishi mumkin.
(556-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
557-modda. Mulk ijarasi ayrim turlarining va ayrim turdagi mol-mulkni ijaraga berishning xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulk ijarasi shartnomasining ayrim turlariga va ayrim turdagi mol-mulkni ijaraga berish shartnomalariga (prokat, transport vositalari ijarasi, korxonalar ijarasi, moliyaviy mablagʻlar ijarasi va hokazolar), agarda ushbu Kodeksning qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.05 Prokat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Prokat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokat shartnomasi boʻyicha doimiy tadbirkorlik faoliyati sifatida mol-mulkni ijaraga beruvchi haq evaziga ijaraga oluvchiga vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun koʻchar mol-mulkni topshirish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokat shartnomasi boʻyicha topshirilgan mol-mulkdan, agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, isteʼmol maqsadlarida foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Prokat shartnomasi ommaviydir.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 13, 13.1-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
559-modda. Prokat shartnomasining muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokat shartnomasi bir yilgacha muddatga tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulk ijarasi shartnomasini nomuayyan muddatga qaytadan tuzish va ijaraga oluvchining mulk ijarasi shartnomasini qaytadan tuzishga imtiyozli huquqi haqidagi qoidalar prokat shartnomasiga nisbatan qoʻllanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchi prokat shartnomasini bajarishni istagan vaqtida rad etishga haqli.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 13.2, 13.4-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
560-modda. Ijarachiga mol-mulkni topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokat shartnomasini tuzgan ijaraga beruvchi ijaraga topshirilayotgan mol-mulkning sozligini ijaraga oluvchi ishtirokida tekshirishi, shuningdek uni mol-mulkdan foydalanish qoidalari bilan tanishtirishi yoki unga bu mol-mulkdan foydalanish haqidagi yozma qoʻllanmani berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
561-modda. Ijaraga topshirilgan mol-mulkdagi kamchiliklarni bartaraf etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijaraga topshirilgan mol-mulkdagi kamchiliklar ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulkdan foydalanish va uni saqlash qoidalarining buzilishi natijasida vujudga kelgan boʻlsa, ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga mol-mulkni taʼmirlash va transportda tashish xarajatlarini toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
562-modda. Prokat shartnomasi boʻyicha mol-mulkdan foydalanganlik haqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokat shartnomasi boʻyicha mol-mulkdan foydalanganlik haqi vaqti-vaqti bilan yoki bir yoʻla toʻlanadigan qatʼiy summadagi toʻlovlar shaklida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchi mol-mulkni muddatidan oldin qaytargan taqdirda ijaraga beruvchi unga mol-mulkdan foydalanganlik uchun olingan haqdan tegishli qismini mol-mulk amalda qaytarilgan kunning ertasidan boshlab hisoblagan holda qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkdan foydalanganlik haqi boʻyicha ijaraga oluvchining qarzlari notariusning ijro ustxati asosida soʻzsiz undirib olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 18-yanvardagi 26-son qarori bilan tasdiqlangan “Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxati”ning 13-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
563-modda. Ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokat shartnomasi boʻyicha ijaraga topshirilgan mol-mulkni kapital va joriy taʼmirlash ijaraga beruvchining burchidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokat shartnomasi boʻyicha ijaraga oluvchiga topshirilgan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga berishga, ijaraga oluvchi prokat shartnomasi boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga oʻtkazishiga, bu mol-mulkning bepul foydalanish uchun berib qoʻyilishiga, ijaraga oluvchining huquqlarini garovga qoʻyishga va ularni xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlarining ustav fondiga (kapitaliga) hissa tariqasida, ishlab chiqarish kooperativlariga pay badallari tariqasida qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik Sudi Plenumining 2003-yil 28-fevraldagi 110-son “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi uchinchi xatboshisi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.02 Transport vositalari ijarasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Transport vositalarining ijarasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
564-modda. Transport vositasini ijaraga berish shartnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga beruvchi transport vositasini vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun haq evaziga ijaraga oluvchiga beradi va oʻz kuchi bilan uni boshqarish hamda texnik foydalanish boʻyicha xizmat koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositasini ekipajsiz ijaraga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga beruvchi transport vositasini boshqarish va texnik foydalanish boʻyicha xizmat koʻrsatmagan holda vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun ijaraga oluvchiga haq evaziga beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bobning ijara shartnomasini nomuayyan muddatga qayta tuzish va ijaraga oluvchining ijara shartnomasini yangi muddatga qaytadan tuzishga imtiyozli huquqi haqidagi qoidalari transport vositasini ijaraga berish shartnomasiga nisbatan qoʻllanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
565-modda. Transport vositasini ijaraga berish shartnomasining shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositasini ijaraga berish shartnomasi, uning muddatidan qatʼi nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.
(565-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-56-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 39-son, 385-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan avtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak bundan ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(565-moddaning ikkinchi qism Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi OʻRQ-752-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini ijaraga berish boʻyicha xizmat koʻrsatadigan yuridik shaxslar jismoniy shaxslar bilan yengil avtomobillar va mototransport vositalarini oʻttiz kungacha boʻlgan muddatga ijaraga berish shartnomalarini oddiy yozma shaklda tuzishlari mumkin.
(565-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi OʻRQ-488-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ning 2, 3-bandlari, Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan “Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi toʻgʻrisida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ning 4-5-bandlari.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 14-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomototransport vositalari elektron savdo platformasi vositasida elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berilganda ijaraga berish shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlash talab etilmaydi. Bunda elektron onlayn-auksion natijalariga koʻra rasmiylashtirilgan bayonnoma ijara shartnomasi kuchiga ega boʻladi.
(565-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi OʻRQ-752-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
566-modda. Transport vositasi uni saqlash, boshqarish va texnik foydalanish boʻyicha xizmat koʻrsatgan holda ijaraga berilganda ijaraga beruvchining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga beruvchi shartnoma amal qilib turgan butun muddat davomida ijaraga berilgan transport vositasini tegishli holatda saqlashi, shu jumladan joriy va kapital taʼmirlashi hamda zarur asbob-uskunalarni berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga beruvchining transport vositasini boshqarish va texnik foydalanish boʻyicha ijaraga oluvchiga koʻrsatadigan xizmatlari hajmi transport vositasining shartnomada koʻrsatilgan ijara maqsadlariga mos ravishda normal va xavfsiz ishlatilishini taʼminlashi shart. Ijara shartnomasida ijaraga oluvchiga koʻrsatiladigan xizmatlarning yanada kengroq doirasi nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositasi ekipajining tarkibi va uning malakasi taraflar uchun majburiy boʻlgan qoidalarga va shartnomada belgilangan shartlarga, bordi-yu, taraflar uchun majburiy boʻlgan qoidalarda bunday talablar belgilab qoʻyilmagan boʻlsa, –– shunday turdagi transport vositasini ishlatishning odatdagi amaliyoti talablari va shartnoma shartlariga javob berishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2012-yil 27-fevraldagi 34-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Avtomobilda xalqaro tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi Nizom”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekipaj aʼzolari ijaraga beruvchi bilan mehnat munosabatlarini saqlab qoladilar. Ular ijaraga beruvchining transport vositasini boshqarish va texnik foydalanishga doir koʻrsatmalariga va ijaraga oluvchining transport vositasini tijorat maqsadida ishlatishga doir koʻrsatmalariga boʻysunadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar transport vositasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ekipaj aʼzolarining xizmatiga haq toʻlash, shuningdek ularni saqlash xarajatlari ijaraga beruvchi zimmasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar transport vositasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, transport vositasini sugʻurta qilish va (yoki) uning tomonidan yoki uni ishlatish munosabati bilan yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar uchun javobgarlikni sugʻurtalash majburiyati, bunday sugʻurtalash qonun yoki shartnomaga muvofiq majburiy boʻlsa, ijaraga beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish Qoidalari”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
567-modda. Transport vositasini tijorat maqsadida ishlatish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash boʻyicha ijaraga oluvchining majburiyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar transport vositasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, transport vositasini tijorat maqsadida ishlatish munosabati bilan yonilgʻi va ishlatish jarayonida sarflanadigan boshqa materiallar haqini toʻlash, yigʻimlar va boshqa chiqimlarni toʻlash ijaraga oluvchi zimmasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
568-modda. Transport vositasi uni saqlash, boshqarish va texnik foydalanish boʻyicha xizmat koʻrsatmagan holda ijaraga berilganida ijaraga oluvchining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchi transport vositasini ijaraga berish shartnomasi amal qilib turgan butun muddat davomida ijaraga olingan transport vositasini tegishli holatda saqlab turishi, jumladan uni joriy taʼmirlashni, shuningdek, agar shartnomada boshqacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, kapital taʼmirlashni ham amalga oshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchi ijaraga olingan transport vositasini oʻz kuchi bilan boshqaradi, shuningdek undan tijorat maqsadida va texnik foydalanishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan transport vositasini saqlash, uni sugʻurtalash, shu jumladan oʻz javobgarligini sugʻurtalash, transport vositasini ishlatish bilan bogʻliq xarajatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
569-modda. Transport vositasidan foydalanish haqida uchinchi shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijara shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan transport vositasini ekipaj bilan yoki ekipajsiz ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchining roziligi bilan qoʻshimcha ijaraga berishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligisiz oʻz nomidan, agar ijara shartnomasida nazarda tutilgan transport vositalaridan foydalanish maqsadlariga, bordi-yu bunday maqsadlar belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, transport vositasining vazifasiga xilof boʻlmasa, uchinchi shaxslar bilan tashish shartnomalarini va boshqa shartnomalarni tuzishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
570-modda. Transport vositasiga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga berilgan transport vositasi halokatga uchragan yoki shikastlangan taqdirda, agar ijaraga beruvchi transport vositasi qonun yoki shartnomaga muvofiq ijaraga oluvchi javobgar boʻladigan holatlarda halokatga uchraganini yoki shikastlanganligini isbot qilsa, ijaraga oluvchi yetkazilgan zararni ijaraga beruvchiga toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
571-modda. Transport vositasi bilan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekipaj bilan ijaraga berilgan transport vositasi, uning mexanizmlari, qurilmalari, jihozlari va shu kabilar bilan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik, ushbu Kodeksning 57-bobi qoidalariga muvofiq, ijaraga beruvchi zimmasida boʻladi. Ijaraga beruvchi zarar ijaraga oluvchining aybi bilan yetkazilganligini isbotlasa, uchinchi shaxslarga toʻlangan pul summasini qoplashni ijaraga oluvchidan regress tartibida talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositasi saqlash, boshqarish va texnik foydalanish boʻyicha xizmat koʻrsatmagan holda ijaraga berilganida transport vositasi, uning mexanizmlari, qurilmalari, jihozlari va shu kabilar bilan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun ushbu Kodeksning 57-bobi qoidalariga muvofiq ijaraga oluvchi javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
572-modda. Ayrim turdagi transport vositalarini ijaraga berish xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim turdagi transport vositalarini ijaraga berish xususiyatlari, ushbu paragrafda nazarda tutilgan hollardan tashqari, qonunchilik bilan belgilanishi mumkin.
(572-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Binolar va inshootlar ijarasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
573-modda. Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga bino yoki inshootni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoxud vaqtincha foydalanish uchun topshirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ushbu Kodeksning korxonani ijaraga berish toʻgʻrisidagi qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu paragrafning qoidalari korxonalar ijarasiga tatbiq etiladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 15, 19 – 19.3-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
574-modda. Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasining shakli va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolaydigan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasining shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy boʻlmasligiga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslar oʻrtasida tuzilgan binoni yoki inshootni yoxud uning bir qismini ijaraga berish shartnomasi davlat soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
(574-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1131-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 03/26/1131/0377-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 19-iyul)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan “Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom”
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 16, 17, 17.1, 17.2-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir yildan kam boʻlmagan muddatga tuzilgan bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim va roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
575-modda. Bino yoki inshoot ijaraga berilganida ular joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga oluvchiga bunday koʻchmas mulkka egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini topshirish bilan bir vaqtda yer uchastkasining ana shu koʻchmas mulk joylashgan va undan foydalanish uchun zarur qismiga boʻlgan huquqlar ham topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga beruvchi ijaraga berilayotgan bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasining mulkdori boʻlsa, ijaraga oluvchiga yer uchastkasining tegishli qismiga boʻlgan ijara huquqi yoxud bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquq topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijaraga oluvchiga topshiriladigan tegishli yer uchastkasiga boʻlgan huquq shartnomada belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, yer uchastkasining bino yoki inshoot joylashgan va ulardan oʻz vazifasiga muvofiq foydalanish uchun zarur boʻlgan qismidan foydalanish huquqi bino yoki inshoot ijaraga berilgan muddatga ijaraga oluvchiga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga beruvchiga mulk huquqi asosida qarashli boʻlmagan yer uchastkasida joylashgan bino yoki inshootni ijaraga berishga, agar bunday uchastkadan foydalanishning qonunda yoki yer uchastkasining mulkdori bilan tuzilgan shartnomada belgilangan shartlariga zid boʻlmasa, ushbu uchastka mulkdorining roziligisiz yoʻl qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 18-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
576-modda. Yer uchastkasi sotilganida undan foydalanish huquqining bino yoki inshootni ijaraga oluvchida saqlanib qolishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga olingan bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasi boshqa shaxsga sotilgan hollarda yer uchastkasining bino yoki inshoot joylashgan va undan foydalanish uchun zarur boʻlgan qismidan foydalanish huquqi ushbu yer uchastkasi sotilguniga qadar amalda boʻlgan shartlar bilan ana shu bino yoki inshootni ijaraga oluvchi shaxsda saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
577-modda. Ijara haqining miqdori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasida ijara haqining miqdori nazarda tutilishi lozim. Ijara haqining miqdori toʻgʻrisida taraflar yozma shaklda kelishgan shartlar boʻlmagan taqdirda, bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi. Bunda ushbu Kodeks 356-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan narx belgilash qoidalari qoʻllanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasida belgilangan bino yoki inshootdan foydalanganlik haqiga, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasidan yoxud yer uchastkasining bino yoki inshoot bilan birga topshirilayotgan tegishli qismidan foydalanganlik haqi ham kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomada bino yoki inshootning ijara haqi bino (inshoot) maydonining birligi yoki uning boshqa oʻlchov koʻrsatkichlari boʻyicha belgilangan boʻlsa, ijara haqi ijaraga oluvchiga topshirilgan bino yoki inshootning haqiqiy oʻlchoviga qarab aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 234-son “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 19.4 — 19.7-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
578-modda. Bino yoki inshootni topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino yoki inshootni ijaraga beruvchi tomonidan topshirish va ijaraga oluvchi tomonidan qabul qilib olish taraflar imzolaydigan topshirish dalolatnomasi yoki topshirishga doir boshqa hujjat boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunda yoxud bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga beruvchining bino yoki inshootni ijaraga oluvchiga topshirish majburiyati bino yoki inshoot ijaraga oluvchining egaligiga yoki foydalanishiga topshirilganidan va taraflar topshirish toʻgʻrisidagi tegishli hujjatni imzolaganlaridan keyin bajarilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflardan birining bino yoki inshootni shartnomada nazarda tutilgan shartlarda topshirish toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashdan bosh tortishi tegishli boʻlishiga qarab, ijaraga beruvchining mol-mulkni topshirish boʻyicha oʻz majburiyatlarini, ijaraga oluvchining esa, mol-mulkni qabul qilib olish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan bosh tortishi deb qaraladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi bekor qilinganida ijaraga olingan bino yoki inshoot ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda ijaraga beruvchiga qaytarilishi lozim.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Korxonani ijaraga berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonani ijaraga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun mulkiy kompleks sifatida butun korxonani yoki uning bir qismini haq evaziga berish majburiyatini oladi, ijaraga beruvchi boshqa shaxslarga oʻtkazishi mumkin boʻlmagan huquq va majburiyatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga beruvchi oʻz qarzlarini ijaraga oluvchining zimmasiga oʻtkazishi haqida kreditorlarini yozma ravishda ogohlantirishi shart, kreditorlar bunga rozi boʻlmasalar, ogohlantirishni olgan vaqtdan boshlab uch oy davomida ijaraga beruvchidan tegishli majburiyatlarni bekor qilishni yoki muddatidan oldin bajarishni va shu tufayli yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Agar shu muddatda mazkur talablardan birontasi bildirilmasa, kreditor tegishli qarzning ijarachiga oʻtkazilishiga rozilik bergan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga beruvchidan majburiyatlarni bekor qilishni yoki muddatidan oldin bajarishni va zararni qoplashni talab qilgan kreditorlar bilan hisob-kitob qilib boʻlinganidan keyingina korxona ijarachiga topshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona mulkiy kompleks sifatida ijaraga berilganidan keyin ijaraga beruvchi bilan ijaraga oluvchi topshirilgan korxona tarkibiga kiritilgan va ijaraga oluvchiga kreditorning roziligisiz oʻtkazilgan qarzlar boʻyicha solidar javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga beruvchining tegishli faoliyat bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida olgan huquqlari ijaraga oluvchiga berilishi mumkin emas. Ijarachi maxsus ruxsatnoma (litsenziya)si boʻlmaganligi sababli bajara olmaydigan majburiyatlarni shartnoma boʻyicha topshirilayotgan korxona tarkibiga kiritish ijaraga beruvchini kreditorlar oldidagi tegishli majburiyatlardan ozod qilmaydi.
(579-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik Sudi Plenumining 2003-yil 28-fevraldagi 110-son “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 10-bandi toʻrtinchi xatboshisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
580-modda. Korxonani ijaraga berish shartnomasining shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonani ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolagan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi va u davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
(580-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonani ijaraga berish shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonani ijaraga berish shartnomasining shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy boʻlmasligiga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
581-modda. Ijaraga olingan korxonani topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga olingan korxona ijaraga oluvchiga topshirish dalolatnomasi boʻyicha topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijara shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga olingan korxonani topshirishga tayyorlash, shu jumladan topshirish dalolatnomasini tuzish va imzolashga taqdim etish ijaraga beruvchining zimmasidagi majburiyat hisoblanadi va uning hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
582-modda. Ijaraga oluvchining korxonani saqlash va uni ishlatish xarajatlarini toʻlash boʻyicha majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonani ijaraga oluvchi ijara shartnomasi amal qilib turgan butun vaqt mobaynida korxonani tegishli texnik holatda saqlab turishi, shu jumladan uni joriy taʼmirlashi va shartnomada nazarda tutilgan hollarda kapital taʼmirlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ijaraga olingan korxonani ishlatish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek ijaraga olingan mol-mulkni sugʻurtalash boʻyicha toʻlovlar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar ijaraga oluvchi zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
583-modda. Ijaraga olingan korxona mol-mulkidan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan korxona mol-mulki tarkibiga kiruvchi moddiy boyliklarni ijaraga beruvchining roziligi bilan sotish, ayirboshlash va uning roziligisiz vaqtincha foydalanishga yoxud qarzga, qoʻshimcha ijaraga berishga, shuningdek korxona bahosini pasaytirmaslik va ijara shartnomasining boshqa bandlarini buzmaslik sharti bilan bunday boyliklarga nisbatan ijara shartnomasi boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaxslarga oʻtkazishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar korxonani ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan korxonani ijaraga beruvchining roziligisiz qayta qurishga, uni kengaytirib, texnik qayta jihozlab qiymatini oshirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
584-modda. Ijarachining ijaraga olingan korxonani yaxshilashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonani ijaraga olish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, korxonani ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining ruxsatidan qatʼi nazar, ijaraga olingan mol-mulkni ajratib boʻlmaydigan tarzda yaxshilash qiymatini olishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchining bunday yaxshilashga qilgan xarajatlari ijaraga olingan mol-mulkning qiymatini uning sifati va (yoki) undan foydalanish xususiyatlarini yaxshilashga qaraganda beqiyos darajada oshirib yuborganligini yoki bunday yaxshilashni amalga oshirish vaqtida halollik va oqilonalik tamoyillari buzilganligini isbotlasa, sud uni bunday yaxshilash haqini ijaraga oluvchiga toʻlash majburiyatidan ozod qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
585-modda. Korxonani ijaraga berish shartnomasiga bitimlarning haqiqiy emasligi hamda shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish oqibatlari haqidagi qoidalarning tatbiq etilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeksning bitimlar haqiqiy emasligining oqibatlari toʻgʻrisidagi, shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish haqidagi shartnoma boʻyicha olingan narsani bir tarafdan yoki har ikkala tarafdan qaytarib olishni yoki asli holida undirib olishni nazarda tutuvchi qoidalari, agar bunday oqibatlar ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining kreditorlarining, boshqa shaxslarning muhim huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini jiddiy buzmasa va ushbu Kodeks 116-moddasining qoidalariga zid kelmasa, korxonani ijaraga berish shartnomasiga nisbatan qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
586-modda. Ijaraga olingan korxonani qaytarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonani ijaraga berish shartnomasi bekor boʻlganida, ijaraga olingan mulkiy kompleks ushbu Kodeksning 579 va 581-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilgan holda ijaraga beruvchiga qaytarilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Lizing
(34-bob 6-paragrafining nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.04 Lizing (shuningdek, 09.14.17.04 ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing shartnomasi boʻyicha lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi tarafning topshirigʻiga binoan sotuvchi uchinchi taraf bilan undan lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini oladi, lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing toʻlovlarini toʻlash majburiyatini oladi.
(587-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi 756-I-son “Lizing toʻgʻrisida”gi Qonunining 2-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Xalqaro moliyaviy lizing toʻgʻrisida UNIDRUA Konvensiyasi, 1988-yil 28-may, Ottava, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 26-maydagi 84-II-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
588-modda. Lizing obyekti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmol qilinmaydigan, tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan har qanday ashyolar lizing obyekti boʻlishi mumkin, yer uchastkalari va boshqa tabiat obyektlari bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi 756-I-son “Lizing toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 27-noyabrdagi 289-son “Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi Qarorining 3-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing beruvchi lizing obyektini kimdan olayotgan boʻlsa, shu shaxs sotuvchi deb eʼtirof etiladi.
(589-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing beruvchi mol-mulkni boʻlajak foydalanuvchidan sotib olgan taqdirda yoxud lizing beruvchi kelajakda mol-mulkni sotuvchiga lizing boʻyicha topshirish uchun undan shu mol-mulkni sotib olish maqsadida uni mablagʻ bilan taʼminlagan taqdirda bir shaxsning oʻzi ham lizing oluvchi, ham sotuvchi boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
(589-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing toʻlovi lizing beruvchiga lizing obyekti qiymatining lizing oluvchi tomonidan qoplanishidan, shuningdek lizing beruvchining foizli daromadidan iborat boʻladi.
(590-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi 756-I-son “Lizing toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 27-noyabrdagi 289-son “Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
591-modda. Mol-mulkni lizingga topshirish toʻgʻrisida sotuvchini xabardor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing beruvchi lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olayotganda mol-mulk muayyan shaxsga lizingga berishga moʻljallanganligini sotuvchiga bildirishi shart.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 27-noyabrdagi 289-son “Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 9-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu shartnoma obyekti boʻlgan mol-mulk sotuvchi tomonidan bevosita lizing oluvchiga u turgan joyda topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar lizing shartnomasining narsasi boʻlgan mol-mulk shu shartnomada koʻrsatilgan muddatda, basharti shartnomada bunday muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, oqilona muddatda lizing oluvchiga topshirilmagan boʻlsa, lizing beruvchi javobgar boʻladigan holatlar tufayli muddat oʻtkazib yuborilgan taqdirda, lizing oluvchi shartnomani bekor qilishni va zararning qoplanishini talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
593-modda. Mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan buzilishi xavfining lizing oluvchiga oʻtishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing boʻyicha ijaraga olingan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan buzilishi xavfi, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing oluvchiga bu mol-mulkni topshirish paytida oʻtadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi 756-I-son “Lizing toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 27-noyabrdagi 289-son “Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi Qarorining 10.4-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
594-modda. Lizing beruvchining majburiyati va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing beruvchi lizing obyektini lizing oluvchiga shartnoma shartlariga javob beradigan holatda va unda kelishilgan muddatda topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar lizing beruvchining aybli harakatlari yoki yoʻl qoʻygan kamchiliklari tufayli mol-mulk yetkazib berilmagan, toʻliq yetkazib berilmagan, muddati kechiktirib yetkazib berilgan yoki tegishli darajada sifatli boʻlmagan mol-mulk yetkazib berilgan boʻlsa, buning uchun u lizing oluvchi oldida javobgardir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi 756-I-son “Lizing toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulk yetkazib berilmagan, toʻliq yetkazib berilmagan, muddati kechiktirib yetkazib berilgan yoki uning sifati tegishli darajada boʻlmagan taqdirda, lizing oluvchi, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa:
(595-moddani birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing toʻlovlarini toʻxtatib turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib berilayotgan mol-mulkni rad etish va lizing shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda lizing oluvchi ilgari boʻnak sifatida toʻlagan pullarini, lizing obyektidan foydalanishdan olgan foydaning qiymatini chegirib tashlab, oʻziga qaytarib berishni talab qilishga haqli.
(595-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing shartnomasida nazarda tutilgan taqdirda, lizing oluvchi boshqa majburiyatlarning bajarilishi taʼminoti sifatida lizing obyektini mazkur obyekt qiymatining lizing beruvchiga toʻlanishi lozim boʻlgan lizing toʻlovlarining qolgan summasidan ortiq boʻlgan qismi boʻyicha berishi mumkin.
(595-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing shartnomasining muddati tugagach, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing obyekti lizing oluvchining mulki boʻlib qoladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi 756-I-son “Lizing toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing oluvchi lizing beruvchi oldida shartnoma yuzasidan javobgar boʻlib qolgani holda, lizing shartnomasi boʻyicha olgan mol-mulkini lizing beruvchining roziligi bilan qoʻshimcha lizingga topshirishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-apreldagi 756-I-son “Lizing toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 27-noyabrdagi 289-son “Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi Qarorining 11 – 11.2-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
597-modda. Lizing oluvchining majburiyati va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar lizing shartnomasida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, lizing oluvchi lizing toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlashi, mol-mulkdan uni yetkazib berish shartlariga muvofiq foydalanishi, uni soz holda saqlashi, oʻz hisobidan joriy taʼmirlash ishlarini bajarishi, saqlash boʻyicha boshqa xarajatlarni amalga oshirishi shart.
(597-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing shartnomasi bekor qilinganida lizing oluvchi mol-mulkni lizing beruvchidan olgan holatida uning normal eskirishini va taraflarning kelishuvida shartlashilgan oʻzgarishlarni hisobga olib, qaytarib berishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing oluvchi lizing toʻlovlarini toʻlash majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, lizing beruvchi oʻziga tegishi kerak boʻlgan toʻlovlarni foizi bilan olishi mumkin.
(597-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing oluvchi oʻz majburiyatlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing beruvchi boʻlajak lizing toʻlovlarini tezlashtirishni yoki garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni lizing obyektiga qaratgan va zararni undirgan holda shartnomani bekor qilishni talab qilish huquqiga ega.
(597-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
598-modda. Sotuvchining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing oluvchi lizing shartnomasining narsasi boʻlgan mol-mulkni sotuvchiga sotuvchi bilan lizing beruvchi oʻrtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiqadigan talablarni, xususan mol-mulkning sifati va butligi, uni yetkazib berish muddatlari haqidagi talablarni va shartnoma sotuvchi tomonidan zarur darajada bajarilmayotgan boshqa hollardan kelib chiqadigan talablarni qoʻyishga haqli. Bunda lizing oluvchi, mazkur mol-mulkning oldi-sotdi shartnomasidagi taraflardan biri boʻlgani kabi, ushbu Kodeksda sotib oluvchi uchun nazarda tutilgan huquqlarga ega boʻladi va majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi (sotib olingan mol-mulk haqini toʻlash majburiyati bundan mustasno). Biroq lizing oluvchi sotuvchi bilan oldi-sotdi shartnomasini lizing beruvchining roziligisiz bekor qila olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi bilan boʻladigan munosabatlarda lizing oluvchi va lizing beruvchi solidar kreditorlar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing beruvchi oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiqadigan talablarning sotuvchi tomonidan bajarilishi uchun lizing oluvchi oldida javobgar boʻlmaydi, sotuvchi tanlash boʻyicha javobgarlik lizing beruvchining zimmasida boʻlgan hollar bundan mustasno. Sotuvchini lizing beruvchi tanlagan taqdirda, lizing oluvchi oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiqadigan talablarni oʻz xohishiga qarab, solidar javobgar boʻlgan mol-mulk sotuvchi oldiga ham, lizing beruvchi oldiga ham qoʻyishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
599- modda. Lizing obyekti boshqa mulkdorga oʻtganida lizing shartnomasining oʻz kuchida qolishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lizing boʻyicha topshirilgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi lizing beruvchidan boshqa shaxsga oʻtganida lizing shartnomasi yangi mulkdor uchun oʻz kuchini saqlab qoladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 27-noyabrdagi 289-son “Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 13-bandining uchinchi xatboshisi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.07.00 Uy-joy ijarasi (shuningdek, 08.02.02.00 ga qarang);
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-bob. Uy-joy ijarasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan bir taraf –– uy-joyning mulkdori yoki u vakolat bergan shaxs (ijaraga beruvchi) –– boshqa taraf (ijaraga oluvchi)ga uy-joyda yashash uchun uni haq evaziga egalik qilish va foydalanishga topshirish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joy yuridik shaxslarga ijara shartnomasi yoki boshqa shartnoma asosida egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun topshirilishi mumkin. Yuridik shaxs uy-joydan faqat fuqarolarning yashashi uchun foydalanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-son “Uy-joy nizolari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
601-modda. Aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joylar fuqarolarga uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan beriladi. Uy-joyni ijaraga berishning bunday shartnomasi boʻyicha ijaraga oluvchi bilan birga yashaydigan uning oila aʼzolari uy-joyni ijaraga berish shartnomasi boʻyicha barcha huquqlardan ijaraga oluvchi bilan teng foydalanadilar va barcha majburiyatlarni bajaradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolarining talabiga binoan shartnoma oila aʼzolarining bittasi bilan tuzilishi mumkin. Ijaraga oluvchi vafot etgan yoki uy-joydan chiqib ketgan taqdirda, shartnoma uy-joyda yashab turgan oila aʼzolarining biri bilan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasi uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar, shartlar va tartibda tuziladi. Bunday shartnomaga nisbatan ushbu Kodeks 603, 604, 607, 609, 610-moddalarining, shuningdek 613-modda birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarining qoidalari qoʻllanadi. Ushbu Kodeksning boshqa qoidalari, agar uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, aniq maqsadga qaratilgan kommunal uy-joy fondidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga nisbatan qoʻllanadi.
(601-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
602-modda. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining obyekti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy yashash uchun yaroqli boʻlgan alohida uy-joy (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismi) uy-joyni ijaraga berish shartnomasining obyekti boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyning yashash uchun yaroqliligi uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(602-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp kvartirali uydagi uy-joyni ijaraga olgan shaxs undan foydalanish bilan bir qatorda ushbu Kodeksning 211-moddasida koʻrsatilgan mol-mulkdan foydalanish huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
603-modda. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar oʻrtasida tuzilgan uy-joyni ijaraga berish shartnomasi davlat soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim.
(603-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1591-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
604-modda. Uy-joyga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtganida uy-joyni ijaraga berish shartnomasining saqlanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijara shartnomasi boʻyicha egallab turilgan uy-joyga boʻlgan mulk huquqining boshqa shaxsga oʻtishi shartnomaning oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishiga olib bormaydi. Bunda yangi mulkdor ilgari tuzilgan ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchiga aylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga beruvchi ijaraga berilgan turar joy joylashgan uydan tegishli darajada foydalanishni amalga oshirishi, ijaraga oluvchiga haq evaziga zarur kommunal xizmat koʻrsatishi yoki xizmat koʻrsatilishini taʼminlashi, koʻp kvartirali uyning umumiy foydalaniladigan mol-mulki va turar joy binosida joylashgan kommunal xizmat koʻrsatish qurilmalari taʼmirlanishini taʼminlashi shuningdek uy-joydan faqat ijara shartnomasida koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanishni taʼminlash choralarini koʻrishi lozim.
(605-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
606-modda. Ijaraga oluvchi va u bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyni ijaraga olish shartnomasiga binoan faqatgina fuqaro ijaraga oluvchi boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomada uy-joyda ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar koʻrsatilishi lozim. Shartnomada bunday koʻrsatmalar boʻlmasa, mazkur fuqarolarni uy-joyga qoʻyish ushbu Kodeks 608-moddasining qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar uy-joydan foydalanish boʻyicha u bilan teng huquqlarga egadirlar. Ijaraga oluvchi bilan bunday fuqarolar oʻrtasidagi munosabatlar qonunda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchi oʻzi bilan birga doimiy yashab, uy-joyni ijaraga berish shartnomasining shartlarini buzayotgan fuqarolarning xatti-harakatlari uchun ijaraga beruvchi oldida javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar ijaraga beruvchini xabardor qilgan holda uy-joyda doimiy yashaydigan fuqarolarning hammasi ijaraga oluvchi bilan birga ijaraga beruvchi oldida solidar javobgar ekanliklari toʻgʻrisida ijaraga oluvchi bilan shartnoma tuzishlari mumkin. Bunday holda ushbu fuqarolar birgalikda ijaraga oluvchi boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchi uy-joydan faqat uning vazifasi boʻyicha foydalanishi, uy-joyning saqlanishini taʼminlashi va uni yaxshi holda tutishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligisiz uy-joyni qayta qurishga va tuzilishini oʻzgartirishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchi uy-joy haqini oʻz vaqtida toʻlab turishi shart. Agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ijaraga oluvchi kommunal xizmatlar haqini mustaqil toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
608-modda. Uy-joyni ijaraga olish shartnomasiga ijaraga oluvchining yangi oila aʼzolarini kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyni ijaraga oluvchi, shuningdek uning oila aʼzolari boshqa fuqarolarni oila aʼzosi sifatida uy-joyni ijaraga olish shartnomasiga kiritishni talab qilishga haqli. Bunday fuqarolarni uy-joyni ijaraga olish shartnomasiga kiritish tartibi va shartlari qonunchilik bilan belgilanadi.
(608-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-son “Uy-joy nizolari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 16-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchi va u bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar umumiy kelishuvga binoan va ijaraga beruvchini oldindan xabardor qilgan holda vaqtincha yashovchilarga (foydalanuvchilarga) uy-joyda bepul yashab turishlari uchun ruxsat etishga haqlidirlar. Basharti, qonunchilikning jon boshiga toʻgʻri keladigan uy-joy maydoni normasi haqidagi talablariga rioya etilmasa, ijaraga beruvchi vaqtincha yashovchilarning yashab turishlarini taqiqlab qoʻyishi mumkin. Vaqtincha yashovchilarning yashab turish muddati olti oydan oshmasligi kerak.
(609-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtincha yashovchilar uy-joydan foydalanishda mustaqil huquqqa ega boʻlmaydilar. Ularning xatti-harakatlari uchun ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchi javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtincha yashovchilar ular bilan kelishilgan yashab turish muddati oʻtganidan keyin, agarda bunday muddat kelishilmagan boʻlsa, ijaraga oluvchi yoki u bilan birga doimiy yashaydigan har qanday fuqaro tomonidan tegishli talab qoʻyilgan kundan eʼtiboran koʻpi bilan yetti kun ichida uy-joyni boʻshatishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
610-modda. Ijaraga berilgan uy-joyni taʼmirlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga berilgan uy-joyni joriy taʼmirlash, agar uy-joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ijaraga oluvchining zimmasidadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga berilgan uy-joyni kapital taʼmirlash, agar uy-joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga beruvchining zimmasidadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga berilgan uy-joy joylashgan uyni qayta jihozlashga, agar bunday qayta jihozlash uy-joydan foydalanish shart-sharoitlarini jiddiy ravishda oʻzgartirsa, ijaraga oluvchining roziligisiz yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
611-modda. Uy-joy uchun toʻlanadigan haq
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joy uchun toʻlanadigan haqning miqdori taraflarning oʻzaro kelishuviga binoan uy-joyni ijaraga berish shartnomasida belgilab qoʻyiladi. Basharti qonunga muvofiq uy-joy uchun toʻlanadigan haqning eng koʻp miqdori belgilab qoʻyilgan boʻlsa, shartnomada belgilangan haq ana shu miqdordan oshib ketmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joy uchun toʻlanadigan haqning miqdori bir tomonlama oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joy uchun haq ijaraga oluvchi tomonidan uy-joyni ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda toʻlab turilishi lozim. Agar shartnomada bunday muddatlar nazarda tutilgan boʻlmasa, haq ijaraga oluvchi tomonidan har oyda qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlab turilishi shart.
(611-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
612-modda. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, u besh yilga tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir yilgacha muddatga tuzilgan uy-joyni ijaraga berish (qisqa muddatli ijara) shartnomasiga nisbatan, agar shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeks 606-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 609-moddasida, ushbu moddaning uchinchi qismida, 613 va 614-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzishda imtiyozli huquqqa ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijaraga beruvchi uy-joyni bir yildan kam boʻlmagan muddatda ijaraga bermaslikka qaror qilgan boʻlsa, u yangi muddatga shartnoma tuzishni rad qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga binoan ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligi bilan oʻzi ijaraga olgan binoning bir qismini yoki hammasini muayyan muddatga ikkilamchi ijaraga oluvchiga beradi. Ikkilamchi ijaraga oluvchi uy-joydan mustaqil foydalanish huquqiga ega boʻlmaydi. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi oldida javobgar boʻlib qolaveradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Ijara toʻgʻrisidagi” Qonunining 8-moddasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi qonunchilikning jon boshiga toʻgʻri keladigan uy-joy maydoni normasi haqidagi talablariga rioya etilgan taqdirdagina tuzilishi mumkin.
(613-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi haq evaziga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati uy-joyni ijaraga berish shartnomasining muddatidan koʻp boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda bir vaqtning oʻzida uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi ham bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi muddatga shartnoma tuzishga boʻlgan imtiyozli huquq toʻgʻrisidagi qoida uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
614-modda. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasida ijaraga oluvchini almashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchi va u bilan birga doimiy yashaydigan boshqa fuqarolarning talabiga binoan va ijaraga beruvchining roziligi bilan uy-joyni ijaraga berish shartnomasidagi ijaraga oluvchi u bilan birga doimiy yashaydigan voyaga yetgan boshqa bir fuqaro bilan almashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga oluvchi vafot etgan yoki u uy-joydan ketib qolgan taqdirda, shartnoma avvalgi shartlarda amal qilaveradi, avvalgi ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolarning umumiy kelishuviga binoan ulardan biri ijaraga oluvchi boʻladi. Agar bunday kelishuvga erishilgan boʻlmasa, uy-joyda birgalikda doimiy yashaydigan fuqarolarning hammasi birgalikda ijaraga oluvchi boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
615-modda. Ijara shartnomasini bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyni ijaraga oluvchi oʻzi bilan birga doimiy yashaydigan boshqa fuqarolarning roziligi bilan ijaraga beruvchini uch oy avval yozma ravishda ogohlantirib, istalgan vaqtda ijara shartnomasini bekor qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar shartnomada uzoqroq muddat belgilangan boʻlmasa, ijaraga oluvchi tomonidan uy-joy uchun olti oy mobaynida, qisqa muddatli ijarada esa shartnomada belgilangan haq toʻlash muddati oʻtganidan keyin ikki martadan koʻproq haq toʻlanmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar boʻlgan boshqa fuqarolar tomonidan uy-joy vayron qilinsa yoki unga putur yetkazilsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joydan gʻayrihuquqiy qilmishlarni sodir etish uchun foydalanilgan boʻlsa, ijaraga beruvchining talabiga binoan sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
(615-moddaning uchinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar uy-joy doimiy yashash uchun yaroqli boʻlmay qolsa, shuningdek avariya holatiga kelib qolsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda shartnomadagi istalgan tarafning talabiga binoan sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
(615-modda toʻrtinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar uy-joyni ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar boʻlgan boshqa fuqarolar uy-joydan uning vazifasiga binoan foydalanmasalar yoxud muntazam ravishda qoʻshnilarning huquqlari va manfaatlarini buzsalar, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini qoidabuzarliklarga barham berish zarurligi toʻgʻrisida ogohlantirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar boʻlgan boshqa fuqarolar ogohlantirish olganlardan keyin ham uy-joydan uning vazifasiga binoan foydalanmaslikni yoki qoʻshnilarning huquq va manfaatlarini buzishni davom ettirsalar, ijaraga beruvchi uy-joyni ijaraga berish shartnomasini sud tartibida bekor qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish uchun asos boʻlgan qoidabuzarliklarga barham berish tartibi va muddatlari qonun bilan belgilab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
616-modda. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilishning oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi bekor qilingan taqdirda, ijaraga oluvchi va shartnoma bekor qilingan vaqtda uy-joyda yashab turgan boshqa fuqarolar sudning qaroriga asosan uy-joydan koʻchirib chiqarilishi lozim.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-bob. Tekin foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
617-modda. Tekin foydalanish shartnomasi tushunchasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekin foydalanish (ssuda) shartnomasi boʻyicha bir taraf (ssuda beruvchi) ikkinchi tarafga (ssuda oluvchiga) ashyoni vaqtincha tekin foydalanish uchun berish majburiyatini oladi yoki beradi, ikkinchi taraf esa bu ashyoni qanday olgan boʻlsa, normal yeyilishni hisobga olib xuddi shunday holatda yoki shartnomada nazarda tutilgan holatda qaytarib berish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
618-modda. Ssuda beruvchi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyoni tekin foydalanishga berish huquqiga uning mulkdori va qonun yoki mulkdor tomonidan vakolat berilgan boshqa shaxslar ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat tashkiloti oʻz muassisi, ishtirokchisi (aksiyadori), rahbari, oʻz boshqaruv yoki nazorat organlarining aʼzosi boʻlgan shaxsga ashyoni tekin foydalanishga berishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
619-modda. Ashyoni tekin foydalanish uchun berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ssuda beruvchi ashyoni undan tekin hamda vazifasiga muvofiq foydalanish shartlariga javob beradigan holatda topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ashyo undan tekin foydalanish uchun barcha mansub ashyolari va tegishli hujjatlari (foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar, texnik pasporti va shu kabilar) bilan birga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bunday ashyolar va hujjatlar berilmagan boʻlib, ularsiz ashyodan vazifasiga muvofiq foydalanib boʻlmasa yoki undan foydalanish ssuda oluvchi uchun oʻz ahamiyatini ancha yoʻqotsa, ssuda oluvchi bunday ashyolar va hujjatlar berilishini yoki shartnoma bekor qilinib, oʻzi koʻrgan haqiqiy zararning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
620-modda. Ashyoni tekin foydalanishga bermaslik oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ssuda beruvchi ashyoni ssuda oluvchiga bermasa, ssuda oluvchi shartnomani bekor qilish va yetkazilgan haqiqiy zararning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
621-modda. Tekin foydalanish uchun berilgan ashyoning kamchiliklari uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ssuda beruvchi tekin foydalanish shartnomasini tuzish paytida qasddan yoki qoʻpol ehtiyotsizlik bilan ashyoning kamchiliklarini aytib qoʻymagan boʻlsa, bu kamchiliklar uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday kamchiliklarni aniqlaganida ssuda oluvchi oʻz xohishiga qarab, ssuda beruvchidan ashyodagi kamchiliklarni tekin bartaraf etishni yoki ashyoning kamchiliklarini bartaraf etishga qilingan xarajatlarni qoplashni yoxud tekin foydalanish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilib, haqiqiy zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ssuda oluvchining talablaridan yoki uning ashyodagi kamchiliklarni ssuda beruvchining hisobidan bartaraf etish niyatidan xabardor qilingan ssuda beruvchi buzuq ashyoni kechiktirmasdan tegishli holatdagi xuddi shunday ashyo bilan almashtirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyoning tekin foydalanish shartnomasini tuzish vaqtida koʻrsatib oʻtilgan yoki ssuda oluvchiga oldindan maʼlum boʻlgan yoxud u ashyoni koʻzdan kechirish yoki shartnoma tuzish yoxud ashyoni topshirish vaqtida uning sozligini tekshirish chogʻida aniqlashi lozim boʻlgan kamchiliklari uchun ssuda beruvchi javobgar boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
622-modda. Tekin foydalanishga topshirilayotgan ashyoga uchinchi shaxslarning huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyoning tekin foydalanishga topshirilishi bu ashyoga uchinchi shaxslarning huquqlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekin foydalanish shartnomasini tuzishda ssuda beruvchi bu ashyoga uchinchi shaxslarning barcha huquqlari (servitut, garov huquqi va boshqalar) toʻgʻrisida ssuda oluvchini ogohlantirishi shart. Bu majburiyatni bajarmaslik ssuda oluvchiga shartnomani bekor qilish va haqiqiy zararni qoplashni talab qilish huquqini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
623-modda. Ssuda oluvchining ashyoni saqlash majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ssuda oluvchi tekin foydalanish uchun olingan ashyoni soz holatda saqlashi shart. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ssuda oluvchi ashyoni joriy va kapital taʼmirlashi va uni saqlash bilan bogʻliq hamma xarajatlarni toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
624-modda. Ashyoning tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan buzilish xavfi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ssuda oluvchi ashyodan shartnomaga yoki uning vazifasiga nomuvofiq holda foydalanishi yoxud uni ssuda beruvchining roziligisiz uchinchi shaxsga berishi tufayli ashyo nobud boʻlsa yoki buzilsa, tekin foydalanish uchun olingan ashyoning tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan buzilish xavfi ssuda oluvchining zimmasida boʻladi. Ssuda oluvchi oʻz ashyosidan voz kechib, ssudaga berilgan ashyoning nobud boʻlishi yoki buzilishini bartaraf qilish imkoniyatiga ega boʻlgan boʻlsa ham, ashyoning tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan buzilish xavfi uning zimmasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
625-modda. Ashyodan foydalanish natijasida uchinchi shaxsga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ssuda beruvchi ashyodan foydalanish natijasida uchinchi shaxsga yetkazilgan zarar uchun, basharti bu zarar ssuda oluvchi tomonidan yoki bu ashyo ssuda beruvchining roziligi bilan qoʻliga tushib qolgan shaxs tomonidan qasddan yoxud qoʻpol ehtiyotsizlik tufayli yetkazilganini yoinki zarar ssuda oluvchining egaligidan ssuda beruvchining roziligisiz chiqib ketgan ashyodan foydalanib yetkazilganini isbot qilmasa, javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
626-modda. Tekin foydalanish uchun olingan ashyoni uchinchi shaxsga topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ssuda oluvchi tekin foydalanish uchun olgan ashyoni uchinchi shaxsga foydalanish uchun faqat ssuda beruvchining roziligi bilan va uning oldida masʼul boʻlib qolgan holda berishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6261-modda. Uy-joyni tekin foydalanishga berish shartnomasining shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joyni tekin foydalanishga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi, bundan uy-joyni yaqin qarindoshlarga (ota-ona, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillari) tekin foydalanishga berish hollari mustasno.
(6261-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(6261-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
627-modda. Tekin foydalanish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ssuda beruvchi quyidagi hollarda shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli, agar ssuda oluvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ashyodan shartnomaga yoki ashyoning vazifasiga muvofiq foydalanmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ashyoni soz holatda saqlash yoki uni asrash majburiyatlarini bajarmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ashyoning holatini ancha yomonlashtirsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ssuda beruvchining roziligisiz ashyoni uchinchi shaxsga bergan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ssuda oluvchi quyidagi hollarda tekin foydalanish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ashyodan normal foydalanishni mumkin boʻlmaydigan yoki qiyin qilib qoʻyadigan nuqsonlarni aniqlagan boʻlsa, bu nuqsonlar xususida shartnoma tuzish paytida bilmagan va bilishi mumkin boʻlmagan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar oʻzi javobgar boʻlmagan holatlarga koʻra ashyo undan foydalanish mumkin boʻlmaydigan holatga kelib qolsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar shartnoma tuzishda ssuda beruvchi uni topshirilayotgan ashyoga nisbatan uchinchi shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida ogohlantirmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ssuda beruvchi ashyoni yoki unga mansub ashyolarni va tegishli hujjatlarni berish majburiyatini bajarmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
628-modda. Tekin foydalanish shartnomasidan voz kechish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ashyodan tekin foydalanish muddati shartnomada belgilab qoʻyilgan boʻlmasa va shartnomada xabar qilishning boshqa muddati nazarda tutilmagan boʻlsa, har qaysi taraf ikkinchi tarafni bir oy oldin xabardor qilib, shartnomadan xohlagan paytda voz kechishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tekin foydalanish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ssuda oluvchi muddati koʻrsatib tuzilgan shartnomadan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda har qachon voz kechishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
629-modda. Tekin foydalanish shartnomasidagi taraflarning oʻzgarishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ssuda beruvchi ashyoni boshqa shaxsga berishga yoki uni haq evaziga foydalanish uchun uchinchi shaxsga topshirishga haqli. Bunda avval tuzilgan tekin foydalanish shartnomasi boʻyicha huquqlar yangi mulkdor yoki foydalanuvchiga oʻtadi, uning ashyoga nisbatan huquqlari qatoriga ssuda oluvchining huquqlari qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ssuda beruvchi fuqaro vafot etgan yoxud ssuda beruvchi yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda tekin foydalanish shartnomasi boʻyicha ularning huquq va burchlari merosxoʻrga yoki boshqa huquqiy vorisga yoxud ashyoga mulk huquqi yoki ashyoni tekin foydalanish uchun topshirishga asos boʻlgan oʻzga huquq oʻtgan boshqa shaxsga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ssuda oluvchi yuridik shaxs qayta tashkil etilgan taqdirda, tekin foydalanish shartnomasida boshqa tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, uning shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlari huquqiy vorisga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
630-modda. Tekin foydalanish shartnomasining bekor boʻlishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ssuda oluvchi fuqaro vafot etgan yoki ssuda oluvchi yuridik shaxs tugatilgan hollarda tekin foydalanish shartnomasi bekor boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-bob. Pudrat
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.01 Umumiy qoidalar. Maishiy pudrat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Pudrat toʻgʻrisida umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat shartnomasi boʻyicha bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirigʻiga binoan maʼlum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq toʻlash majburiyatini oladi. Agar qonunchilikda yoxud taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ishni bajarish uchun pudratchi tavakkal qiladi.
(631-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat shartnomasining ayrim turlari (maishiy pudrat, qurilish pudrati, loyihalash yoki qidiruv ishlari pudrati, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati)ga, agar ushbu Kodeksning bunday turdagi shartnomalar toʻgʻrisidagi qoidalarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
632-modda. Pudrat shartnomasi boʻyicha bajariladigan ishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat shartnomasi ashyoni tayyorlash yoki uni qayta ishlash (ishlov berish) yoxud boshqa ishni bajarib, natijasini buyurtmachiga berish yoki boshqacha tarzda topshirish haqida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ish pudratchining materiallari, uning kuchi va mablagʻlari hisobidan bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, buyurtmachining topshirigʻini bajarish usullarini pudratchi mustaqil belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi oʻzi bergan materiallar va uskunalarning sifati tegishli darajada boʻlmaganligi uchun, shuningdek uchinchi shaxslar huquqlari boʻlgan materiallar va uskunalarni berganligi uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
633-modda. Materiallarning tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan buzilish xavfi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Materiallarning tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan buzilish xavfi, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, pudratchining pudrat shartnomasida shartlashilgan ishni topshirish muddati kelguncha materiallarni bergan taraf zimmasida, bu muddatdan keyin esa ishni topshirishni kechiktirib yuborgan taraf zimmasida boʻladi.
(633-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda yoki pudrat shartnomasida pudratchining shartnomada koʻrsatilgan ishni shaxsan oʻzi bajarish majburiyatlari kelib chiqmasa, pudratchi oʻz majburiyatlarining bir qismini bajarish uchun boshqa shaxslar (yordamchi pudratchilar)ni jalb qilishga haqli. Bunday hollarda pudratchi bosh pudratchi hisoblanadi.
(634-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga va 334-moddasiga muvofiq, bosh pudratchi buyurtmachining pudrat shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun yordamchi pudratchi oldida javobgar boʻladi, buyurtmachi oldida esa, yordamchi pudratchi oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligining oqibatlari uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonun yoki pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, buyurtmachi va yordamchi pudratchining har biri bosh pudratchi bilan tuzgan shartnomalar buzilishi bilan bogʻliq talablarni bir-biriga qoʻyishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismidagi qoidalarni yoki pudrat shartnomasini buzib, shartnomani bajarish uchun yordamchi pudratchini jalb qilgan pudratchi ushbu yordamchi pudratchi shartnomani bajarishda qatnashib, yetkazgan zarar uchun buyurtmachi oldida javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh pudratchining roziligini olgan holda buyurtmachi ayrim ishlarni bajarish uchun boshqa shaxslar bilan shartnoma tuzishga haqli. Bu holda mazkur shaxslar ishni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun bevosita buyurtmachi oldida javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
635-modda. Ishni bajarish muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat shartnomasida ishni bajarishning boshlangʻich va oxirgi muddatlari koʻrsatiladi. Taraflar oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq, shartnomada ishning ayrim bosqichlarini tugallash muddatlari (oraliq muddatlar) ham nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, pudratchi ishni bajarishning boshlangʻich va oxirgi, shuningdek oraliq muddatlarini buzganlik uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat shartnomasida koʻrsatilgan ishni bajarishning boshlangʻich, oxirgi va oraliq muddatlari shartnomada nazarda tutilgan hollarda va tartibda oʻzgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeks 337-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan ijro muddatini kechiktirish oqibatlari ishni bajarishning oxirgi muddatiga rioya etilmagan hollarda yuzaga keladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 25-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
636-modda. Ishning bahosi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat shartnomasida bajariladigan ishning bahosi yoki uni aniqlash usullari koʻrsatiladi. Ular shartnomada koʻrsatilgan boʻlmasa, ishning bahosi ushbu Kodeks 356-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat shartnomasidagi ishning bahosi pudratchining chiqimlarini va unga toʻlanadigan haqni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishning bahosi smeta tuzish yoʻli bilan aniqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish pudratchi tomonidan tuzilgan smeta boʻyicha bajarilgan taqdirda, smeta buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab kuchga ega boʻladi va pudrat shartnomasining bir qismi boʻlib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishning bahosi (smeta) taxminiy yoki qatʼiy boʻlishi mumkin. Pudrat shartnomasida bunday koʻrsatma boʻlmasa, ishning bahosi (smeta) qatʼiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qoʻshimcha ishlarni bajarish zarur boʻlib qolsa va shu sababli ishning taxminan belgilangan bahosini (taxminiy smetani) ancha oshirishga toʻgʻri kelsa, pudratchi bu haqda buyurtmachini vaqtida ogohlantirishi shart. Buyurtmachi pudrat shartnomasida koʻrsatilgan ishning bahosini (smetani) oshirishga rozi boʻlmagan taqdirda, shartnomadan voz kechishga haqli. Bunday hollarda pudratchi buyurtmachidan ishning bajarilgan qismining bahosini toʻlashni talab qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachini pudrat shartnomasida koʻrsatilgan ishning bahosini (smetani) oshirish zarurligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida ogohlantirmagan pudratchi ish uchun shartnomada koʻrsatilgan baho boʻyicha haq olish huquqini saqlab qolgan holda shartnomani bajarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi, qoida tariqasida, qatʼiy baho (qatʼiy smeta)ni oshirishni, buyurtmachi esa uni kamaytirishni talab qilishga, shu jumladan bajarilishi kerak boʻlgan ishning toʻla hajmini yoki buning uchun zarur xarajatlarni pudrat shartnomasi tuzilayotgan paytda nazarda tutish imkoniyati boʻlmagan hollarda ham, haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi tomonidan taqdim qilinishi kerak boʻlgan materiallar va uskunalar, shuningdek uchinchi shaxslar tomonidan unga koʻrsatiladigan xizmatlar bahosi ancha oshgan va buni shartnoma tuzish vaqtida nazarda tutish mumkin boʻlmagan hollarda ushbu Kodeksning 383-moddasiga binoan pudratchi belgilangan ish bahosini (smetani) oshirishni talab qilishga, buyurtmachi bu talabni bajarishdan bosh tortgan taqdirda esa, shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 306-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 6-bandi, 7-bandining uchinchi xatboshisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
637-modda. Pudratchining tejami
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchining amaldagi xarajatlari ish bahosini aniqlash vaqtida (smeta tuzilayotganda) nazarda tutilgan xarajatlardan kam boʻlgan hollarda, basharti buyurtmachi pudratchining tejami bajarilgan ish sifatiga taʼsir etganligini isbotlay olmasa, pudratchi ishlar uchun pudrat shartnomasida koʻrsatilgan baho boʻyicha haq olish huquqini saqlab qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat shartnomasida pudratchining tejami taraflar oʻrtasida taqsimlanishi nazarda tutilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-martdagi 135-son qarori bilan tasdiqlangan “Obyekt muddatidan ilgari foydalanishga topshirilganligi va shartnoma qiymatiga nisbatan mablagʻlar tejalganligi uchun pudratchi tashkilotni buyurtmachi tomonidan mukofotlash tartibi”.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 306-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 15 – 16-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
638-modda. Ishga haq toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar pudrat shartnomasida bajarilgan ishga yoki uning ayrim bosqichlariga oldindan haq toʻlash nazarda tutilgan boʻlmasa, buyurtmachi pudratchiga shartlashilgan haqni ish tegishli tarzda va kelishilgan muddatda yoxud buyurtmachining roziligi bilan muddatidan oldin bajarilib, uning natijalari uzil-kesil topshirilganidan keyin toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi qonunchilikda yoki pudrat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va miqdordagina oʻziga boʻnak yoki zakalat berilishini talab qilishga haqli.
(638-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 12-maydagi PF-1154-son “Xalq xoʻjaligida hisob-kitoblar oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining masʼuliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
639-modda. Pudratchining ushlab qolish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomaning bajarilishi munosabati bilan buyurtmachi pudratchiga belgilangan tegishli haqni yoki boshqa summani toʻlash majburiyatini bajarmagan taqdirda, buyurtmachi tomonidan tegishli summa toʻlangunga qadar pudratchi ishning natijalarini, shuningdek buyurtmachiga tegishli uskunalarni, qayta ishlash (ishlov berish) uchun berilgan ashyolarni, foydalanilmay qolgan material qoldigʻi va pudratchining ixtiyoridagi boshqa mol-mulkni ushbu Kodeksning 290 va 291-moddalariga muvofiq ushlab qolish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
640-modda. Ishni buyurtmachining materialidan foydalanib bajarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi buyurtmachi bergan materialdan tejab-tergab va rejali foydalanishi, ish tugaganidan soʻng ishlatilgan material toʻgʻrisida buyurtmachiga hisobot berishi, shuningdek uning qoldigʻini qaytarib berishi yoxud oʻz ixtiyoridagi foydalanilmay qolgan materialning qiymatini hisobga olib, buyurtmachining roziligi bilan ishning bahosini kamaytirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti pudratchi buyurtmachi bergan materialni tegishli suratda qabul qilib olayotganida undagi kamchiliklarni aniqlash mumkin boʻlmaganligini isbot qila olmasa, u buyurtmachi bergan materialning kamchiliklari tufayli ishning lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
641-modda. Buyurtmachi bergan mol-mulkning saqlanmaganligi uchun pudratchining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat shartnomasini bajarish munosabati bilan buyurtmachi bergan material, uskuna, qayta ishlashga (ishlov berishga) topshirilgan ashyo va pudratchi ixtiyoriga oʻtgan boshqa mol-mulk saqlanmaganligi uchun pudratchi javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
642-modda. Pudratchi ishni bajarayotgan vaqtda buyurtmachining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi pudratchining faoliyatiga aralashmagan holda istalgan vaqtda ishning borishini va sifatini tekshirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar pudratchi pudrat shartnomasini bajarishga oʻz vaqtida kirishmasa yoki ishni sust bajarishi natijasida uni belgilangan muddatda tugatish mumkin emasligi aniq boʻlib qolsa, buyurtmachi shartnomadan voz kechib, yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Shu bilan birga agar ish kechiktirib bajariladigan boʻlsa, buyurtmachi shartnomaga nisbatan oʻz qiziqishini yoʻqotganligini isbot qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishni bajarish vaqtida uning tegishli darajada bajarilmasligi aniq boʻlib qolsa, buyurtmachi pudratchiga kamchiliklarni yoʻqotish uchun oqilona muddat belgilashga va bu talabni pudratchi belgilangan muddatda bajarmagan taqdirda pudrat shartnomasidan voz kechishga yoxud bu kamchiliklarni pudratchi hisobidan tuzatishni boshqa shaxsga topshirishga, shuningdek yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, buyurtmachi ish natijasi oʻziga topshirilgunga qadar istagan vaqtda shartnomadan voz kechib, belgilangan bahoning buyurtmachi shartnomadan voz kechganligi toʻgʻrisidagi ogohlantirish olingunga qadar bajarilgan ishga mutanosib qismini toʻlashi mumkin. Buyurtmachi pudratchiga shartnomaning bekor qilinishi tufayli yetkazilgan zararni ham bajarilgan ishning bahosi bilan hamma ish uchun belgilangan baho oʻrtasidagi farq doirasida toʻlashi shart.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 306-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 7 – 7.4-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
643-modda. Pudratchi buyurtmachini ogohlantirib qoʻyishi shart boʻlgan holatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi quyidagilarni aniqlagan taqdirda darhol buyurtmachini ogohlantirishi va undan koʻrsatmalar olgunga qadar ishni toʻxtatib turishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi bergan material, uskunalar, texnik hujjatlar yoki qayta ishlash (ishlov berish) uchun topshirilgan ashyoning yaroqsizligi yoki sifatsizligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachining ishni bajarish usuli toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarish uning uchun yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudratchiga bogʻliq boʻlmagan, bajarilayotgan ish natijalarining yaroqliligi yoki pishiqligini xavf ostiga qoʻyadigan yoxud ishni belgilangan muddatda nihoyasiga yetkazish mumkin boʻlmaydigan qilib qoʻyadigan boshqa holatlarni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar toʻgʻrisida buyurtmachini ogohlantirmagan yoki ogohlantirishga javob olish uchun shartnomada koʻrsatilgan muddat oʻtishini, bunday muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, oqilona muddat oʻtishini kutmasdan yoxud buyurtmachi ishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida oʻz vaqtida koʻrsatma bergan boʻlishiga qaramasdan ishni davom ettiravergan pudratchi buyurtmachi unga yoki pudratchi buyurtmachiga tegishli talablar qoʻyganida mazkur holatlarni vaj qilib keltirishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar buyurtmachi pudratchining ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida va asosli ogohlantirganiga qaramasdan, oqilona muddatda yaroqsiz yoki sifatsiz materialni almashtirmasa, ishni bajarish usuli toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini oʻzgartirmasa yoxud ishning yaroqliligi yoki pishiqligini xavf ostiga qoʻyadigan holatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan boshqa choralarni koʻrmasa, pudratchi shartnomani bajarishdan bosh tortishga va yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 306-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
644-modda. Buyurtmachining pudrat shartnomasi boʻyicha muqobil majburiyatlarni bajarmasligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi pudrat shartnomasi boʻyicha oʻzining muqobil majburiyatlarini bajarmaganligi, xususan material, uskunalar, texnik hujjatlarni yoki qayta ishlanishi (ishlov berilishi) kerak boʻlgan ashyoni bermaganligi pudratchining shartnomani bajarishiga toʻsqinlik qilgan hollarda, shuningdek mazkur majburiyatlar belgilangan muddatda bajarilmasligini yaqqol koʻrsatib turgan holatlar mavjud boʻlganida (ushbu Kodeksning 256-moddasi) pudratchi ishga kirishmaslikka, boshlangan ishni esa toʻxtatib qoʻyishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, pudratchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, shartnomani bajarishdan bosh tortishga va zararning qoplanishini talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 306-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarori 8-bandining birinchi xatboshisi, 8.1-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
645-modda. Buyurtmachining yordami
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchining ishni bajarishiga buyurtmachi pudrat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda, hajmda va tartibda yordam berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi bu majburiyatni bajarmasa, pudratchi koʻrilgan zararni, shu jumladan bekor turib qolganlik oqibatidagi qoʻshimcha chiqimlarni qoplashni yoki ishni bajarish muddatini oʻzgartirish yoxud pudrat shartnomasida koʻrsatilgan ish bahosini oshirishni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachining harakati yoki yoʻl qoʻygan xatosi tufayli pudrat shartnomasi boʻyicha ishni bajarish mumkin boʻlmay qolgan taqdirda, pudratchi ishning bajarilgan qismini hisobga olgan holda shartnomada koʻrsatilgan bahoni olish huquqini saqlab qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
646-modda. Buyurtmachining bajarilgan ishlarni qabul qilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi bajarilgan ishni (uning natijasini) pudrat shartnomasida nazarda tutilgan muddatda va tartibda pudratchi ishtirokida koʻrib chiqishi va qabul qilishi, ish natijasini yomonlashtiradigan darajada shartnomadan chekinish yoki boshqa kamchiliklar aniqlangan taqdirda esa, bu toʻgʻrida pudratchiga darhol maʼlum qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni qabul qilish vaqtida uning kamchiliklarini aniqlagan buyurtmachi bu kamchiliklar yoxud ularni tuzatish toʻgʻrisida keyinchalik talab qoʻyish mumkinligi dalolatnoma yoki qabul qilishni tasdiqlovchi boshqa hujjatda koʻrsatilgan hollardagina ularni vaj qilib keltirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi ishni tekshirmasdan qabul qilgan boʻlsa, uni qabul qilishning oddiy usulida aniqlanishi mumkin boʻlgan kamchiliklar (ochiq koʻrinib turgan kamchiliklar)ni dalil qilib keltirish huquqidan mahrum boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi ish qabul qilib olinganidan soʻng unda pudrat shartnomasidan chekinishlar yoki ishni qabul qilishning oddiy usulida aniqlanishi mumkin boʻlmagan boshqa xil kamchiliklar (yashirin kamchiliklar)ni, shu jumladan, pudratchi qasddan yashirgan kamchiliklarni aniqlasa, ular aniqlanganidan soʻng oʻn kunlik muddat ichida bu toʻgʻrida pudratchiga xabar qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasida bajarilgan ishning kamchiliklari yoki ularning sabablari yuzasidan nizo kelib chiqqan taqdirda, istagan tarafning talabi boʻyicha ekspertiza tayinlanishi kerak. Ekspertiza oʻtkazish xarajatlari pudratchi zimmasida boʻladi, ekspertiza pudrat shartnomasi buzilmaganligini yoki pudratchining harakatlari bilan aniqlangan kamchiliklar oʻrtasida sababiy bogʻlanish yoʻqligini aniqlagan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda ekspertiza xarajatlarini ekspertiza oʻtkazishni talab qilgan taraf, agar ekspertiza taraflarning oʻzaro kelishuvi bilan tayinlangan boʻlsa, ikkala taraf teng miqdorda toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, buyurtmachi bajarilgan ishni qabul qilishdan bosh tortganida, pudratchi shartnomaga binoan ish natijasi buyurtmachiga topshirilishi kerak boʻlgan kundan boshlab bir oy oʻtgach va shundan keyin buyurtmachini ikki marta ogohlantirgan holda ish natijasini sotib yuborishga, tushgan pulni esa, pudratchiga tegishli hamma toʻlovlarni chegirib tashlab, notarial idoraning depozitiga buyurtmachining nomiga kiritib qoʻyishga haqli. Pudratchi pudrat narsasini sotish oʻrniga uni ushlab turish yoki keltirilgan zararni buyurtmachidan undirib olish huquqidan foydalanishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar buyurtmachining bajarilgan ishni qabul qilishdan bosh tortishi ishni topshirish kechikib ketishiga sabab boʻlgan boʻlsa, tayyorlangan (qayta ishlangan) ashyoning tasodifan nobud boʻlish xavfi ashyo topshirilishi lozim boʻlgan paytda buyurtmachiga oʻtgan deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 306-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 9-10-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi bajargan ish pudrat shartnomasining shartlariga, shartlar boʻlmaganida yoki toʻliq boʻlmaganida esa, odatda tegishli turdagi ishlarga qoʻyiladigan talablarga mos kelishi kerak. Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bajarilgan ish natijasi buyurtmachiga topshirish paytida shartnomada koʻrsatilgan yoki odatda qoʻyiladigan talablar bilan belgilangan xususiyatlarga ega boʻlishi va oqilona muddat davomida shartnomada nazarda tutilganidek foydalanish uchun, agar u shartnomada belgilangan boʻlmasa, bunday turdagi ishning natijasidan odatdagidek foydalanish uchun yaroqli boʻlishi kerak.
(647-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda pudrat shartnomasi boʻyicha bajariladigan ishga qoʻyiladigan majburiy talablar nazarda tutilgan boʻlsa, tadbirkor sifatida ish olib borayotgan pudratchi ishni bunday majburiy talablarga amal qilgan holda bajarishi shart.
(647-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi belgilangan majburiy talablarga nisbatan sifat jihatidan birmuncha yuqori talablarga javob beradigan ishni bajarishni pudrat shartnomasi asosida oʻz zimmasiga olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikda yoki pudrat shartnomasida pudratchi buyurtmachiga ishning sifatiga kafolat berishi nazarda tutilgan boʻlsa, pudratchi butun kafolat muddati davomida ushbu Kodeks 647-moddasining birinchi qismi talablariga mos keladigan ish natijalarini buyurtmachiga topshirishi shart.
(648-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ishlar natijasining sifatiga berilgan kafolat ishning natijasini tashkil etuvchi hamma narsaga tegishli boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
649-modda. Kafolat muddatini hisoblash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafolat muddati buyurtmachi bajarilgan ish natijasini qabul qilgan yoki qabul qilishi lozim boʻlgan paytdan oʻta boshlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoxud u pudrat shartnomasining xususiyatlaridan kelib chiqmasa, pudrat shartnomasi boʻyicha kafolat muddatini hisoblash uchun ushbu Kodeks 404-moddasining ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida koʻrsatilgan qoidalar tegishincha tatbiq etiladi.
(649-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
650-modda. Ishning sifati lozim darajada boʻlmaganligi uchun pudratchining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ish pudratchi tomonidan pudrat shartnomasidan chetga chiqqan holda bajarilib, ish natijasini yomonlashtirgan boʻlsa, yoki uni shartnomada nazarda tutilgan maqsadlar uchun yoxud shartnomada yaroqsizlik haqida tegishli shartlar boʻlmagan taqdirda, odatdagi maqsadlar uchun foydalanishga yaroqsiz qilib qoʻyadigan boshqa kamchiliklar bilan bajarilgan boʻlsa, buyurtmachi, basharti qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, oʻz xohishiga koʻra pudratchidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kamchiliklarni oqilona muddatda bepul bartaraf etishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish uchun belgilangan bahoni mutanosib ravishda kamaytirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomada buyurtmachining kamchiliklarni bartaraf etish huquqi nazarda tutilgan boʻlsa, ularni bartaraf etishga qilgan oʻz xarajatlarini qoplashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi ishdagi oʻzi javobgar boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etish oʻrniga, buyurtmachiga shartnomani bajarishni kechiktirganlik natijasida yetkazgan zararni qoplagan holda ishni yangidan bepul bajarib berishga haqli. Bunday holda buyurtmachi ilgari oʻziga topshirilgan ish natijasini, agar ishning xarakteriga koʻra uni qaytarib berish mumkin boʻlsa, pudratchiga qaytarib berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishdagi pudrat shartnomasi shartlaridan chetga chiqishlar yoki boshqa xil kamchiliklar jiddiy va bartaraf etib boʻlmaydigan darajada boʻlsa yoxud aniqlangan kamchiliklar buyurtmachi tomonidan belgilangan oqilona muddatda bartaraf etilmagan boʻlsa, buyurtmachi shartnomani bajarishdan bosh tortishga va keltirilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat shartnomasining muayyan kamchilik uchun pudratchini javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisidagi sharti, agar bunday nuqsonlar pudratchining aybli harakatlari yoki harakatsizligi tufayli vujudga kelganligi isbotlansa, pudratchini javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni bajarish uchun material bergan pudratchi uning sifati uchun sotuvchining sifati lozim darajada boʻlmagan tovar uchun javobgarligi toʻgʻrisidagi qoidalar boʻyicha javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 306-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining birinchi xatboshisi, 7.2-bandining uchinchi xatboshisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
651-modda. Ish natijasining lozim darajada sifatli emasligini aniqlash muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonun yoki pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, buyurtmachi ushbu moddada belgilangan muddatlarda ish natijasining lozim darajada sifatli emasligini aniqlagan taqdirda, ishning natijasi lozim darajada sifatli emasligi bilan bogʻliq talablarni qoʻyishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish natijasiga kafolat muddati belgilanmagan hollarda ish natijalaridagi kamchiliklar oqilona muddatda, biroq ish natijasi topshirilgan kundan boshlab ikki yil mobaynida aniqlangan taqdirda, agar qonunda, shartnomada yoki ish muomalasi odatlarida boshqa muddatlar belgilangan boʻlmasa, buyurtmachi ish natijasidagi kamchiliklar bilan bogʻliq talablarni qoʻyishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi kafolat muddati mobaynida aniqlangan ish natijasidagi kamchiliklar bilan bogʻliq talablarni qoʻyishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomada nazarda tutilgan kafolat muddati ikki yildan kam boʻlib, buyurtmachi ish natijasidagi kamchiliklarni kafolat muddati tamom boʻlgach, biroq ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan paytdan eʼtiboran ikki yil davomida aniqlagan va bu kamchiliklar ish natijasi oʻziga topshirilgunicha yoki topshirish paytiga qadar yuzaga kelgan sabablarga koʻra paydo boʻlganligini isbot qilsa, ular uchun pudratchi javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafolat muddati bajarilgan ish natijasi buyurtmachi tomonidan qabul qilib olingan yoki qabul qilib olinishi lozim boʻlgan paytdan eʼtiboran oʻta boshlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat shartnomasi boʻyicha kafolat muddatini hisoblashda, agar qonunchilikda, taraflar oʻrtasidagi kelishuvda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u pudrat shartnomasining xususiyatlaridan kelib chiqmasa, ushbu Kodeks 404-moddasi ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarining qoidalari tegishincha qoʻllanadi.
(651-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
652-modda. Ish sifatining tegishli darajada emasligi xususida daʼvo qoʻzgʻatish muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish sifatining tegishli darajada emasligi tufayli kelib chiqqan talablar uchun daʼvo qoʻzgʻatish muddati ushbu Kodeks 150-moddasining qoidalariga binoan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilik yoki pudrat shartnomasida pudratchining ish sifatiga kafolat berishi nazarda tutilgan, kafolat muddati belgilangan va ishdagi kamchiliklar xususidagi ariza kafolat muddatida berilgan boʻlsa, daʼvo qoʻzgʻatish muddati kamchiliklar xususida ariza berilgan kundan eʼtiboran oʻta boshlaydi.
(652-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar pudrat shartnomasiga muvofiq buyurtmachi ish natijasini qismlarga boʻlib qabul qilgan boʻlsa, daʼvo muddati ish natijasi butunlay qabul qilib olingan kundan eʼtiboran oʻta boshlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
653-modda. Pudratchining buyurtmachiga axborot berish majburiyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoki axborotning xarakteridan ish natijasidan pudrat shartnomasida nazarda tutilgan maqsadlarda ushbu axborotsiz foydalanish mumkin emasligi anglashilsa, pudratchi buyurtmachiga ishning natijasi bilan birga pudrat shartnomasining narsasini ishlatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanishga taalluqli boʻlgan axborotni ham berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
654-modda. Taraflar olgan axborotning maxfiyligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bir taraf pudrat shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarganligi tufayli ikkinchi tarafdan yangi yechimlar va texnikaviy bilimlar, jumladan huquqiy muhofaza qilinmaydigan yechim va bilimlar, shuningdek tijorat siri deb hisoblanishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar olsa, u bu maʼlumotlarni ikkinchi tarafning roziligisiz uchinchi shaxslarga maʼlum qilishga haqli emas. Bunday axborotdan foydalanish tartibi va shartlari taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
655-modda. Buyurtmachiga material va uskunalarni qaytarib berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar buyurtmachi ushbu Kodeks 642-moddasining toʻrtinchi qismiga yoki 650-moddasining uchinchi qismiga asosan pudrat shartnomasini bajarishdan voz kechsa, pudratchi buyurtmachi tomonidan berilgan materiallarni, uskunalarni, qayta ishlash (ishlov berish) uchun berilgan ashyo va boshqa mol-mulkni buyurtmachiga qaytarib berishi yoki buyurtmachi koʻrsatgan shaxsga topshirishi, agar buning iloji boʻlmasa — materiallar, uskunalar, ashyo va boshqa mol-mulkning qiymatini toʻlashi shart.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.01 Umumiy qoidalar. Maishiy pudrat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Maishiy pudrat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan pudratchi maishiy pudrat shartnomasi boʻyicha buyurtmachi-fuqaroning topshirigʻi bilan uning maishiy yoxud boshqa shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan maʼlum ishlarni bajarish majburiyatini, buyurtmachi esa ishni qabul qilish va haqini toʻlash majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilik yoxud shartnomada, shu jumladan buyurtmachi qoʻshilgan formulyarlar yoki boshqa standart shakllarning shartlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, pudratchi buyurtmachiga patta yoki buyurtma qabul qilinganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatni bergan paytdan boshlab maishiy pudrat shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.
(656-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur hujjatlarning buyurtmachida boʻlmasligi, uni maishiy pudrat shartnomasi tuzilganligini yoki uning shartlarini tasdiqlovchi guvohlar koʻrsatmalarini vaj qilib keltirish huquqidan mahrum qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maishiy pudrat shartnomasi ommaviy shartnomalar jumlasiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
657-modda. Buyurtmachi huquqlarining kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi maishiy pudrat shartnomasiga haq evaziga bajariladigan qoʻshimcha ishlar yoki xizmatlarni kiritishga buyurtmachini majbur qilishga haqli emas. Bu talab buzilgan taqdirda, buyurtmachi tegishli ish yoki xizmatga haq toʻlashdan bosh tortishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi ish unga topshirilguncha istagan vaqtda belgilangan haqning u pudrat shartnomasini bajarishdan voz kechganligi toʻgʻrisidagi bildirishni pudratchi olgunga qadar bajarilgan ishga mutanosib qismini va shartnomani bajarish maqsadida shu paytgacha qilingan xarajatlarni pudratchiga toʻlab, agar bu xarajatlar ish uchun toʻlanadigan haqning koʻrsatib oʻtilgan qismiga kirmasa, maishiy buyurtma shartnomasini bajarishdan voz kechishga haqli. Shartnomaning buyurtmachini bunday huquqdan mahrum qiluvchi shartlari oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
658-modda. Taklif etilayotgan ish toʻgʻrisida buyurtmachiga axborot berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maishiy pudrat shartnomasi tuzilguniga qadar pudratchi taklif qilinayotgan ish, uning turlari va xususiyatlari, bahosi, haq toʻlash shakli toʻgʻrisida buyurtmachiga zarur va ishonarli axborotni topshirishi, shuningdek buyurtmachining iltimosiga binoan shartnomaga va tegishli ishga doir maʼlumotlarni unga berishi shart. Agar ishning xususiyati boʻyicha ahamiyati boʻlsa, pudratchi uni bajaradigan aniq shaxsni koʻrsatishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchidan olingan axborotning toʻliq yoki ishonchli boʻlmaganligi oqibatida buyurtmachi nazarda tutgan xususiyatlarga ega boʻlmagan ishni bajarish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan boʻlsa, buyurtmachi bajarilgan ishga haq toʻlamagan holda maishiy pudrat shartnomasini bekor qilishni va yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
659-modda. Bajarilgan ishdan foydalanish shartlari toʻgʻrisida buyurtmachini ogohlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi buyurtmachiga ishni topshirish vaqtida ish natijasidan samarali va xavfsiz foydalanish uchun rioya etilishi zarur boʻlgan talablarni, shuningdek tegishli talablarga rioya qilmaslik buyurtmachining shaxsan oʻzi va boshqa shaxslar uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini maʼlum qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
660-modda. Ishni pudratchining materialidan foydalanib bajarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar maishiy pudrat shartnomasi boʻyicha ish pudratchining materialidan foydalanib bajarilsa, buyurtmachi material haqining hammasini shartnoma tuzish vaqtida toʻlaydi yoki uning shartnomada koʻrsatilgan qismi toʻlanib, pudratchi bajargan ishni buyurtmachi qabul qilib olayotganida toʻla hisob-kitob qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maishiy pudrat shartnomasiga binoan material pudratchi tomonidan nasiyaga berilishi, shu jumladan buyurtmachi tomonidan materialning haqini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan ham berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi tomonidan berilgan material bahosining maishiy pudrat shartnomasi tuzilganidan soʻng oʻzgarishi qayta hisob-kitob qilishga sabab boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
661-modda. Ishni buyurtmachining materialidan foydalanib bajarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar maishiy pudrat shartnomasi boʻyicha ish buyurtmachining materialidan foydalanib bajarilsa, shartnoma tuzilayotganda buyurtmachiga pudratchi tomonidan beriladigan pattada yoki boshqa hujjatda materialning aniq nomi, taʼrifi va taraflarning kelishuvi boʻyicha belgilanadigan bahosi koʻrsatilishi kerak. Patta yoki shunga oʻxshash boshqa hujjatdagi materialning bahosi xususida buyurtmachi keyinchalik sudda nizolashishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
662-modda. Ishning bahosi va uni toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maishiy pudrat shartnomasida ishning bahosi taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi va u pudratchi eʼlon qilgan preyskurantda koʻrsatilganidan yuqori boʻlishi mumkin emas. Pudratchi ishni butunlay topshirganidan soʻng buyurtmachi unga haq toʻlaydi. Taraflarning kelishuviga muvofiq buyurtmachi shartnoma tuzilayotganda ish uchun haqni toʻliq yoki boʻnak berish yoʻli bilan toʻlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
663-modda. Bajarilgan ishda kamchiliklar borligini aniqlash oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi ish natijasini qabul qilib olayotgan yoki pudrat narsasidan foydalanayotgan paytda kamchiliklarni aniqlasa, ushbu Kodeksning 650-moddasida nazarda tutilgan huquqlaridan birini ushbu Kodeks 652-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan umumiy muddat davomida, kafolat muddati boʻlganida esa, shu muddat davomida amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maishiy pudrat shartnomasi boʻyicha bajarilgan ishning buyurtmachining oʻzi va boshqa shaxslar hayotiga yoki sogʻligʻiga xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan kamchiliklarini tekin bartaraf etish toʻgʻrisidagi talab, agar qonunda belgilangan tartibda uzoqroq muddat (xizmat muddati) nazarda tutilgan boʻlmasa, buyurtmachi yoki uning qonuniy vorisi tomonidan ish natijasi qabul qilib olingan paytdan boshlab oʻn yil davomida qoʻyilishi mumkin. Bunday talab ushbu kamchiliklar qachon aniqlanganligidan qatʼi nazar, shu jumladan ular kafolat muddati tugagandan soʻng aniqlangan boʻlsa ham, qoʻyilishi mumkin. Mazkur talab pudratchi tomonidan bajarilmasa, buyurtmachi yuqorida koʻrsatilgan muddat davomida yo ish uchun toʻlangan haqning tegishli qismini qaytarishni yoxud oʻz kuchi bilan yoki uchinchi shaxslar yordamida kamchiliklarni bartaraf etish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplashni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 1, 15, 19, 20-moddalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
664-modda. Buyurtmachi ish natijasini qabul qilish uchun kelmasligining oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi bajarilgan ish natijasini qabul qilish uchun kelmagan yoki ishni qabul qilishdan boshqacha tarzda boʻyin tovlagan taqdirda, pudratchi buyurtmachini yozma ravishda ogohlantirib, bunday ogohlantirishdan keyin ikki oy oʻtgach, ishning natijasini oqilona narxda sotishga, tushgan pulni esa, undan oʻziga tegishli boʻlgan butun toʻlovlarni chegirib qolib, ushbu Kodeksning 249-moddasiga muvofiq buyurtmachining nomiga depozitga oʻtkazishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hollarda pudratchi ish natijasini sotish oʻrniga uni ushlab turish yoki keltirilgan zararni buyurtmachidan undirib olish huquqidan foydalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
665-modda. Maishiy pudrat shartnomasi boʻyicha ish tegishli darajada yoki umuman bajarilmagan taqdirda buyurtmachining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maishiy pudrat shartnomasi boʻyicha ish tegishli darajada yoki umuman bajarilmagan taqdirda buyurtmachi ushbu Kodeksning 434 — 436-moddalariga muvofiq sotib oluvchiga berilgan huquqlardan foydalanishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Qurilish pudrati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirigʻi bilan muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni toʻlash majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish pudrati shartnomasi korxonani, binoni (jumladan uy-joy binosini), inshootni yoki boshqa obyektni qurish yoki qayta qurish haqida, shuningdek montaj, sozlash-ishga tushirish va qurilayotgan obyekt bilan bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa ishlarni bajarish haqida tuziladi. Qurilish pudrati shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bino va inshootlarni kapital taʼmirlash ishlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda obyektni buyurtmachi qabul qilib olganidan keyin uni shartnomada koʻrsatilgan muddatda ishlatishni taʼminlash majburiyatini pudratchi oʻz zimmasiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugallanmagan qurilishning mulkdori u buyurtmachiga topshirilguncha va uning haqi toʻlanguncha pudratchi hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
667-modda. Pudrat obyektining tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan shikastlanish xavfi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar pudrat obyekti nobud boʻlsa yoki shikastlansa, obyekt qabul qilib olingunga qadar uning tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan shikastlanish xavfi pudratchi zimmasida boʻladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 306-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
668-modda. Bajarilayotgan ishlarning xavfsizligi uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bajarilayotgan ishlarning xavfsizligi uchun pudratchi javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 6, 12, 20-moddalari, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasi, “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
669-modda. Qurilish obyektini sugʻurtalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada taraflar boshqacha tartib va shartlarni belgilab qoʻygan boʻlmasalar, shartnomada nazarda tutilgan obyektni yoki ishlar majmuini pudratchi oʻz hisobidan sugʻurtalashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalash majburiyati yuklatilgan taraf qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan tartibda ikkinchi tarafga shartnoma shartlariga muvofiq sugʻurta shartnomasi tuzganini tasdiqlovchi dalillarni, shu jumladan sugʻurta qiluvchi, sugʻurta summasi miqdori va sugʻurtalangan tavakkalchiliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalash tegishli tarafni sugʻurta hodisasi yuz berishining oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish majburiyatidan ozod qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-dekabrdagi 532-son qarori bilan tasdiqlangan “Obyektlarni davlat mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida Nizom”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
670-modda. Loyiha-smeta hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi qurilish va u bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni ishning hajmi, mazmuni va ularga qoʻyiladigan boshqa talablarni belgilaydigan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 396-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” (09.09.2019-y., roʻyxat raqami 3180).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish pudrati shartnomasida boshqa koʻrsatmalar boʻlmasa, pudratchi loyiha-smeta hujjatlarida koʻrsatilgan hamma ishlarni bajarishi shart, deb taxmin qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish pudrati shartnomasida loyiha-smeta hujjatlarining tarkibi va mazmuni aniqlangan, shuningdek qaysi taraf va qancha muddatda tegishli hujjatlarni taqdim qilishi lozimligi nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi qurilish davomida loyiha-smeta hujjatlarida hisobga olinmagan ishlarni va shu munosabat bilan qoʻshimcha ishlarni bajarish va qurilishning smeta qiymatini oshirish zarurligini aniqlasa, bu toʻgʻrida buyurtmachiga xabar berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi buyurtmachidan oʻn kun ichida oʻz xabariga javob olmagan taqdirda, agar qonunda yoki qurilish pudrati shartnomasida buning uchun boshqa muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, tegishli ishlarni toʻxtatib, bekor turib qolish natijasida koʻrilgan zararni buyurtmachining zimmasiga yuklashi shart. Agar buyurtmachi qoʻshimcha ish bajarish zarurati yoʻqligini isbotlasa, bu zararni qoplashdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlarida belgilangan majburiyatlarni bajarmagan pudratchi, agar buyurtmachining manfaatini koʻzlab, xususan ishning toʻxtatilishi qurilish obyektining nobud boʻlishiga yoki shikastlanishiga olib kelishi mumkin boʻlganligi munosabati bilan darhol harakat qilish zarur boʻlganligini isbotlay olmasa, u bajargan qoʻshimcha ishi uchun buyurtmachidan haq toʻlashni va shu tufayli koʻrilgan zararni qoplashni talab qilish huquqidan mahrum boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshimcha ish bajarish va unga haq toʻlashga buyurtmachi rozi boʻlsa, bu ishlar pudratchining kasb faoliyati sohasiga kirmaydigan yoki u oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra ularni bajara olmagan hollardagina pudratchi mazkur ishlarni bajarishdan bosh tortishga haqli.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 306-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 6,6.4-bandi, 7-bandining uchinchi xatboshisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
671-modda. Loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar texnik hujjatlarga oʻzgartishlar kiritish tufayli bajarilishi kerak boʻladigan qoʻshimcha ishlar qiymati jihatidan smetada koʻrsatilgan qurilish umumiy qiymatining oʻn foizidan oshib ketmasa va qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan ishlarning xususiyatini oʻzgartirmasa, buyurtmachi texnik hujjatlarga oʻzgartishlar kiritishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik hujjatlarga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilganiga nisbatan kattaroq hajmda oʻzgartishlar kiritish taraflar kelishgan qoʻshimcha smeta asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishning qiymati pudratchiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra smetadan kamida oʻn foiz oshgan boʻlsa, pudratchi ushbu Kodeksning 382-moddasiga muvofiq smetani qayta koʻrib chiqishni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi loyiha-smeta hujjatlaridagi kamchiliklarni aniqlash va yoʻqotish bilan bogʻliq oqilona xarajatlarni qoplashni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 306-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 6.1-bandi, 6.5-bandi, 7-bandining uchinchi xatboshisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
672-modda. Qurilishni materiallar va uskunalar bilan taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada butun qurilishni yoki uning muayyan qismini moddiy taʼminlash buyurtmachi tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan boʻlmasa, qurilishni materiallar, shu jumladan detallar va konstruksiyalar, shuningdek uskunalar bilan taʼminlash majburiyati pudratchi zimmasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilishni taʼminlash majburiyatini zimmasiga olgan taraf oʻzi topshirgan materiallar (detallar, konstruksiyalar)dan, shuningdek uskunalardan bajarilayotgan ishlar sifatini yomonlashtirmagan holda foydalanib boʻlmasligi vujudga kelganligi uchun, agar foydalanib boʻlmaslik ikkinchi taraf javob beradigan vaziyatlar tufayli vujudga kelganligini isbot qilmasa, javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi bergan materiallar yoki uskunalardan bajarilayotgan ishlar sifatini yomonlashtirmagan holda foydalanish mumkin emasligi aniqlangan va buyurtmachi ularni almashtirishdan bosh tortgan taqdirda, pudratchi qurilish pudrati shartnomasidan voz kechishga va buyurtmachidan ishning bajarilgan qismiga mutanosib ravishda shartnoma narxini toʻlashni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 306-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi, 8.2-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
673-modda. Ishga haq toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi pudratchining bajargan ishi uchun smetada nazarda tutilgan miqdorda, qonun yoki qurilish pudrati shartnomasida belgilangan muddatda va tartibda haq toʻlaydi. Qonun yoki shartnomada tegishli koʻrsatmalar boʻlmasa, pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun ushbu Kodeksning 638-moddasiga muvofiq haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish pudrati shartnomasida ishlarga obyekt buyurtmachi tomonidan qabul qilinganidan soʻng bir yoʻla va toʻliq hajmda haq toʻlash nazarda tutilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 306-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 19-bandining ikkinchi – toʻrtinchi xatboshisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
674-modda. Qurilish uchun yer uchastkasi berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi qurilish uchun yer uchastkasini qurilish pudrati shartnomasida koʻrsatilgan kattalikda va holatda oʻz vaqtida berishi shart. Shartnomada bular koʻrsatilgan boʻlmasa, yer uchastkasining maydoni va holati ishning oʻz vaqtida boshlanishi, normal olib borilishi va muddatida tugallanishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
675-modda. Qurilish pudrati shartnomasidagi buyurtmachining qoʻshimcha majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda pudratchiga ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan bino va inshootlarni foydalanishga berishi, uning manziliga yuklarning tashib berilishini, vaqtinchalik elektr taʼminoti tarmoqlari, suv va bugʻ quvurlari oʻtkazilishini taʼminlashi va boshqa xizmatlar koʻrsatishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorning 19-bandining ikkinchi — toʻrtinchi xatboshisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
676-modda. Buyurtmachining qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha ishlarning bajarilishini tekshirishi va nazorat qilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi, pudratchining operativ-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda, ishlarning bajarilishini va sifatini, ularni bajarish muddatlariga (grafikka) rioya etilishini, pudratchi bergan materiallarning sifatini, shuningdek buyurtmachining materialidan pudratchi toʻgʻri foydalanayotganligini tekshirishga va nazorat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi ishlarning bajarilishi ustidan tekshiruv va nazoratni amalga oshirayotganda qurilish pudrati shartnomasi shartlaridan ishlar sifatini yomonlashtirishi mumkin boʻlgan darajada chekinishni yoki boshqa kamchiliklarni aniqlasa, bu toʻgʻrida darhol pudratchiga xabar berishi shart. Buni xabar qilmagan buyurtmachi aniqlangan kamchiliklarni keyinchalik vaj qilib keltirish huquqini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar pudratchi buyurtmachidan qurilish jarayonida olgan koʻrsatmalar qurilish pudrati shartnomasi shartlariga zid boʻlmasa va pudratchining operativ-xoʻjalik faoliyatiga aralashishdan iborat boʻlmasa, pudratchi bunday koʻrsatmalarni bajarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni tegishli darajada bajarmagan pudratchi buyurtmachining bu ishlarni tekshirmagani va nazorat qilmaganini vaj qilib keltirishga haqli emas, qonunchilikda bunday tekshirish va nazoratni amalga oshirish buyurtmachining zimmasiga yuklangan hollar bundan mustasno.
(676-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
677-modda. Qurilish pudrati shartnomasidagi taraflarning hamkorlik qilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qurilishni va u bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda qurilish pudrati shartnomasini tegishli darajada bajarishga toʻsiqlar borligi maʼlum boʻlsa, taraflarning har biri bunday toʻsiqlarni bartaraf etish uchun oʻziga bogʻliq boʻlgan hamma choralarni koʻrishi shart. Ushbu majburiyatni bajarmagan taraf tegishli toʻsiqlar bartaraf etilmaganligi tufayli yetkazilgan zararni undirib olish huquqidan mahrum boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda bir taraf ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarish uchun qilgan xarajatlarni boshqa taraf toʻlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
678-modda. Pudratchining atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borish majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi qurilish va u bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirayotgan vaqtda atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borishga doir qonunchilikning talablariga rioya etishi shart va bunday talablar buzilganligi uchun uchinchi shaxslar oldida javobgar boʻladi.
(678-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar buyurtmachi bergan materiallar (detallar, konstruksiyalar)dan va uskunalardan ishni bajarish jarayonida foydalanish yoki uning koʻrsatmalarini bajarish atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borish toʻgʻrisidagi taraflar uchun majburiy boʻlgan talablarning buzilishiga olib kelsa, pudratchi bu materiallar va uskunalardan foydalanishga, koʻrsatmalarni bajarishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
679-modda. Qurilish konservatsiya qilinganda buyurtmachining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar taraflarga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha ishlar toʻxtatilgan boʻlsa va qurilish obyekti konservatsiya qilingan boʻlsa, buyurtmachi pudratchiga konservatsiya qilingan paytga qadar bajarilgan ishlar haqining hammasini toʻlashi, shuningdek ishlarni toʻxtatish va qurilishni konservatsiya qilish zaruriyati tufayli qilingan xarajatlarni toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
680-modda. Ishlarni topshirish va qabul qilib olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchidan qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha bajarilgan ishlar natijasi yoki, agar shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, ishlarning bajarilgan bosqichi topshirishga tayyor ekanligi toʻgʻrisida xabar olgan buyurtmachi darhol uni qabul qilib olishga kirishishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qurilish pudrati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, buyurtmachi ishlar natijasini qabul qilib olishni oʻz hisobidan tashkil etadi va amalga oshiradi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ishlarni qabul qilib olishda davlat organlarining va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillari ishtirok etishi lozim.
(680-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlarning alohida bosqichlarini oldindan qabul qilib olgan buyurtmachi ularning pudratchi aybdor boʻlmagan holda nobud boʻlish yoki shikastlanish xavfini, shu jumladan qurilish pudrati shartnomasida ishning pudratchi tomonidan tavakkal qilib bajarilishi nazarda tutilgan hollarda ham, oʻz zimmasiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlar natijasining pudratchi tomonidan topshirilishi va buyurtmachi tomonidan qabul qilib olinishi ikkala taraf imzolagan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Taraflardan biri dalolatnomani imzolashdan bosh tortsa, bu toʻgʻrida ushbu dalolatnomaga yozib qoʻyiladi va dalolatnomani ikkinchi taraf imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud dalolatnomani imzolashdan bosh tortish sabablarini asosli deb topsagina, ishlar natijasini topshirish yoki qabul qilishning bir taraflama dalolatnomasini haqiqiy emas deb topishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunda yoki qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan yoki shartnoma yuzasidan bajariladigan ishning xususiyatidan kelib chiqqan hollarda ish natijasini qabul qilib olishdan oldin dastlabki sinov oʻtkazilishi kerak. Bunday hollarda ishlar faqat dastlabki sinov ijobiy natija bergandagina qabul qilib olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bajarilgan ishda undan qurilish pudrati shartnomasida koʻrsatilgan maqsadda foydalanish imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar borligi aniqlangan va ularni pudratchi, buyurtmachi yoki uchinchi shaxs bartaraf etishi mumkin boʻlmagan taqdirda, buyurtmachi ishlar natijasini qabul qilib olishdan bosh tortishga haqli.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 306-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 9-10-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
681-modda. Ishning sifati uchun pudratchining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi qurilish pudrati shartnomasida, texnikaviy loyihada va taraflar uchun majburiy boʻlgan qurilish normalari va qoidalarida nazarda tutilgan talablardan chekinishga yoʻl qoʻyilganligi, shuningdek qurilish obyektining loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan koʻrsatkichlariga, jumladan korxonaning ishlab chiqarish quvvatiga erishilmaganligi uchun buyurtmachi oldida javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino yoki inshoot rekonstruksiya qilinganida (yangilangan, qayta qurilgan, restavratsiya qilinganida va hokazo) binoning, inshootning yoki uning bir qismining mustahkamligi, barqarorligi, ishonchliligi pasaygani yoki yoʻqolgani uchun javobgarlik pudratchi zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi buyurtmachining roziligisiz loyiha hujjatlaridan buyurtmachining jiddiy manfaatlariga taʼsir qilmaydigan tarzda ozgina chetga chiqish hollariga yoʻl qoʻyganligi uchun, basharti bu hol qurilishning sifatiga taʼsir etmaganligini isbotlab bera olsa, javobgar boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
682-modda. Qurilish pudrati shartnomasida sifat kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qurilish pudrati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, pudratchi qurilish obyektining loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan koʻrsatkichlarga erishishini va obyektni kafolat muddati davomida shartnomaga muvofiq holda ishlatish mumkinligini kafolatlaydi. Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha kafolat muddati nazarda tutilgan boʻlmasa, kafolat muddati obyekt buyurtmachi tomondan qabul qilingan kundan boshlab oʻn yilni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar pudratchi kafolat muddati davomida aniqlangan kamchiliklar (nuqsonlar) obyektning yoki uning qismlarining normal eskirishi, uning notoʻgʻri ishlatilishi yoxud buyurtmachining oʻzi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar ishlab chiqqan qoʻllanmaning notoʻgʻriligi, obyektni buyurtmachining oʻzi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar tegishli darajada taʼmirlamaganligi oqibatida vujudga kelganligini isbotlay olmasa, bu kamchiliklar uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kafolat muddati pudratchi javobgar boʻlgan kamchiliklar natijasida obyektdan foydalanish mumkin boʻlmagan butun vaqtga toʻxtatib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kafolat muddati davomida ushbu Kodeks 681-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan kamchiliklar aniqlangan taqdirda, buyurtmachi kamchiliklar aniqlangandan keyingi oqilona muddat davomida ular haqida pudratchini xabardor qilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 306-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 13-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
683-modda. Kamchiliklarni buyurtmachi hisobidan bartaraf qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish pudrati shartnomasida pudratchining u javobgar boʻlmagan kamchiliklarni buyurtmachining talabi boʻyicha va buyurtmachi hisobidan bartaraf qilish majburiyati nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kamchiliklarni bartaraf qilish ishi qurilish pudrati shartnomasining narsasiga bevosita bogʻliq boʻlmagan yoki bu ishni pudratchi oʻziga aloqasi yoʻq sabablarga koʻra bajara olmaydigan hollarda pudratchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatni bajarishdan bosh tortishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
684-modda. Yer uchastkasining ipotekasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachining qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha oʻz zimmasiga olgan har qanday majburiyatlarni bajarishi, shu jumladan bajarilgan ishlar haqini toʻlashi, shartnomada nazarda tutilgan hollarda pudrat narsasini ushlab qolish bilan bir qatorda qurilish yoki unga bogʻliq ishlar olib borilayotgan yer uchastkasining ipotekasi bilan ham taʼminlanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
685-modda. Qurilish pudratini huquqiy jihatdan tartibga solish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish pudrati shartnomasi bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Kodeks bilan bir qatorda qurilish pudrati toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan ham tartibga solinishi mumkin.
(685-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.03 Loyiha va qidiruvga oid ishlarni bajarishga oid, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarishga oid pudrat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Loyiha va qidiruv ishlari pudrati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
686-modda. Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha pudratchi (loyihalovchi, qidiruvchi) buyurtmachining topshirigʻi boʻyicha belgilangan muddatda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va (yoki) qidiruv ishlarini bajarish majburiyatini, buyurtmachi esa uni qabul qilib olish va haq toʻlash majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, loyiha va qidiruv ishlari shartnomasini tasodifan bajarish mumkin boʻlmasligi xavfi buyurtmachining zimmasiga tushadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
687-modda. Loyiha va qidiruv ishlari uchun boshlangʻich maʼlumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha buyurtmachi pudratchiga loyihalash haqida topshiriq, shuningdek loyiha-smeta hujjatlarini tuzish uchun zarur boʻlgan boshqa boshlangʻich maʼlumotlarni berishi shart. Loyihalash haqidagi vazifani buyurtmachining topshirigʻi boʻyicha pudratchi tayyorlashi mumkin. Bu holda vazifa buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab taraflar uchun majburiy boʻlib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun topshiriqdagi va boshqa boshlangʻich maʼlumotlardagi talablarga rioya qilishi shart va buyurtmachining roziligi bilangina ulardan chetga chiqishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
688-modda. Buyurtmachining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, buyurtmachi loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha quyidagilarni bajarishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha ishlar bajarib boʻlinganidan keyin belgilangan narxning hammasini pudratchiga toʻlashi yoki ishlarning ayrim bosqichlari tugallanganidan keyin narxning tegishli qismini toʻlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudratchidan olingan loyiha-smeta hujjatlaridan faqat shartnomada nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanishi, loyiha-smeta hujjatlarini pudratchining roziligisiz uchinchi shaxslarga bermasligi va undagi maʼlumotlarni oshkor qilmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha va qidiruv ishlarini bajarishda shartnomada nazarda tutilgan hajmda va shartlarda pudratchiga xizmat koʻrsatishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyor boʻlgan loyiha-smeta hujjatlarini tegishli davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan kelishib olishda pudratchi bilan birga qatnashishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudratchiga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun boshlangʻich maʼlumotlar oʻzgarishi bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlarni pudratchiga toʻlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarining yoki bajarilgan qidiruv ishlarining kamchiliklari borligi munosabati bilan uchinchi shaxs tomonidan buyurtmachiga nisbatan qoʻzgʻatilgan daʼvo yuzasidan ishda qatnashishga pudratchini jalb qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
689-modda. Pudratchining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasiga muvofiq pudratchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarni loyihalash haqidagi topshiriq va boshqa boshlangʻich maʼlumotlarga muvofiq bajarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyor boʻlgan loyiha-smeta hujjatlarini buyurtmachi bilan kelishib olishi, shuningdek, buyurtmachi bilan birga tegishli davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan kelishib olishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyor boʻlgan loyiha-smeta hujjatlarini va qidiruv ishlari natijalarini shartnomada belgilangan muddatlarda buyurtmachiga topshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachining roziligisiz loyiha-smeta hujjatlarini uchinchi shaxslarga bermasligi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
690-modda. Pudratchining kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha pudratchi uchinchi shaxslarda pudratchi tomonidan tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida ishlarni bajarishga qarshilik qilish yoki bajarishni cheklash huquqi yoʻqligini kafolatlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
691-modda. Pudratchining hujjatlar va ishlardagi kamchiliklar uchun javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha pudratchi loyiha-smeta hujjatlari va qidiruv ishlaridagi kamchiliklar uchun, shu jumladan keyinchalik qurilish jarayonida, shuningdek tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari va bajarilgan qidiruv ishlari maʼlumotlari asosida barpo etilgan obyektni ishlatish jarayonida aniqlangan kamchiliklar uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha-smeta hujjatlarida yoki qidiruv ishlarida kamchiliklar aniqlangan taqdirda pudratchi buyurtmachining talabi bilan loyiha-smeta hujjatlarini bepul qayta ishlab chiqishi va shunga muvofiq zarur qoʻshimcha qidiruv ishlarini bajarishi, shuningdek, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, keltirilgan zararni buyurtmachiga toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
692-modda. Loyiha va qidiruv ishlari pudratini huquqiy jihatdan tartibga solish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi asosidagi munosabatlar ushbu Kodeks bilan, shuningdek loyiha va qidiruv ishlari pudrati toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan ham tartibga solinadi.
(692-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.03 Loyiha va qidiruvga oid ishlarni bajarishga oid, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarishga oid pudrat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
693-modda. Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-tekshirish ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha pudratchi (ijrochi) buyurtmachi bergan vazifada koʻrsatilgan ilmiy tekshirishlarni amalga oshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha esa — yangi buyum namunasini, unga tegishli konstruktorlik hujjatlarini, yangi texnologiyani ishlab chiqish yoki namuna nusxasini tayyorlash majburiyatini oladi. Bunda buyurtmachi pudratchiga (ijrochiga) texnikaviy topshiriq berish, ishni qabul qilib olish va uning haqini toʻlash majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi bilan tuzilgan shartnoma tadqiqot olib borish, namunalar ishlab chiqish va tayyorlashning butun jarayonini ham, ularning ayrim bosqichlarini (elementlarini) ham qamrab olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
694-modda. Ishlarni bajarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi ilmiy tekshirishlarni shaxsan oʻzi olib borishi shart. Agar ilmiy-tekshirish ishlari pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, u buyurtmachining roziligi bilan shartnomani bajarishga uchinchi shaxslarni jalb qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlarini bajargan vaqtida, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, uni bajarishga uchinchi shaxslarni yordamchi pudratchi sifatida jalb qilishga haqli. Ijrochi bilan uchinchi shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarga ushbu Kodeksning 634-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
695-modda. Shartnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ilmiy-tekshirish ishlari yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, taraflar shartnoma narsasiga, uni bajarish jarayoni va olingan natijalarga doir maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashlari shart. Maxfiy deb hisoblanadigan maʼlumotlar hajmi shartnomada belgilab qoʻyiladi. Pudratchi buyurtmachining yozma roziligi bilan mazkur shartnomalar boʻyicha bajarilgan ishlarning natijalarini patentlashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
696-modda. Ish natijalariga taraflarning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomalaridagi taraflar ish natijalaridan, shu jumladan huquqiy muhofazaga loyiq natijalardan shartnomada nazarda tutilgan doirada va shartlarda foydalanish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, buyurtmachi oʻziga pudratchi tomonidan berilgan ish natijalaridan, shu jumladan huquqiy muhofazaga loyiq natijalardan foydalanish huquqiga ega, pudratchi esa, oʻzi olgan natijalardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
697-modda. Buyurtmachining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha buyurtmachi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudratchiga texnikaviy topshiriq berishi va u bilan ishlar dasturini (texnika-iqtisodiy parametrlarni) yoki mavzusini kelishib olishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudratchiga ishlarni bajarish uchun zarur axborotni topshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bajarilgan ishlarni qabul qilib olishi va ularning haqini toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
698-modda. Pudratchining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-tekshirish ishlari yoki tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha pudratchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi bilan kelishilgan dastur (texnika-iqtisodiy parametrlar)ga yoki mavzuga muvofiq ishlarni bajarishi va natijasini shartnomada nazarda tutilgan muddatda buyurtmachiga topshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish bilan bogʻliq talablarga rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bajarilgan ishlarda oʻzining aybi bilan yoʻl qoʻyilgan, buyurtmachining texnikaviy topshirigʻida yoki shartnomada nazarda tutilgan texnika-iqtisodiy parametrlardan chekinishga olib kelishi mumkin boʻlgan kamchiliklarni oʻz kuchi bilan va oʻz hisobidan bartaraf etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kutilayotgan natijalarni olish mumkin emasligi yoki ishlarni davom ettirish maqsadga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, bu haqda buyurtmachini darhol xabardor qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunday shartnomalar asosida topshirilgan natijalarga uchinchi shaxslarda alohida huquqlar yoʻqligi haqida buyurtmachiga kafolat berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ilmiy-tekshirish yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, pudratchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarni bajarish jarayonida qoʻlga kiritilgan ilmiy-texnikaviy natijalarni buyurtmachining roziligisiz eʼlon qilmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarni bajarish jarayonida qoʻlga kiritilgan huquqiy muhofazaga loyiq natijalarni himoya qilish choralarini koʻrishi va bu haqda buyurtmachini xabardor qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachiga bajarilgan ishlarda qoʻllanilgan huquqiy muhofazaga loyiq ilmiy-texnikaviy natijalardan foydalanish haqidagi maxsus litsenziyani berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
699-modda. Ilmiy-tekshirish ishlari shartnomasidagi natijalarga erishib boʻlmaslik oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ilmiy-tekshirish ishlari jarayonida pudratchiga bogʻliq boʻlmagan holatlar oqibatida natijaga erishish mumkin emasligi maʼlum boʻlsa, buyurtmachi shartnomada nazarda tutilgan natijalarga erishib boʻlmasligi aniqlaguncha amalga oshirilgan ishlar qiymatini toʻlashi shart, ammo bu qiymat shartnomada koʻrsatilgan ishlar bahosining tegishli qismidan ortiq boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
700-modda. Tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomasidagi natijalarga erishib boʻlmaslik oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlarini bajarish jarayonida pudratchi aybdor boʻlmagani holda ishni davom ettirish mumkin emasligi yoki maqsadga muvofiq emasligi maʼlum boʻlsa, buyurtmachi pudratchining xarajatlarini toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
701-modda. Shartnomani buzganlik uchun pudratchining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudratchi ilmiy-tekshirish ishlari yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomasini umuman va tegishli darajada bajarmaganligi uchun, agar shartnomaning buzilishida oʻzining aybi yoʻqligini isbot qilmasa, buyurtmachi oldida javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, buyurtmachining ishlar qiymati doirasida koʻrgan real zararini pudratchi qoplashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
702-modda. Ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomalarini huquqiy tartibga solish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-tekshirish ishlari yoxud tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomalari asosidagi munosabatlar ushbu Kodeks bilan bir qatorda, ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomalari toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan ham tartibga solinadi.
(702-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-bob. Haq evaziga xizmat koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
703-modda. Haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasi boʻyicha ijrochi buyurtmachining topshirigʻi bilan ashyoviy shaklda boʻlmagan xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni qilish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish), buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq toʻlash majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bobning qoidalari aloqa xizmati, tibbiyot, veterinariya, auditorlik, maslahat, axborot xizmatlari, taʼlim berish, sayyohlik xizmati va boshqa xizmatlar koʻrsatish shartnomalariga tatbiq etiladi. Ushbu Kodeksning 37, 39, 40, 43, 44, 45, 46, 48, 49 va 51-boblarida nazarda tutilgan shartnomalar boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
704-modda. Haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasini bajarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomada boshqa koʻrsatmalar boʻlmasa, ijrochi shartnomada nazarda tutilgan xizmat (xizmatlar)ni shaxsan oʻzi koʻrsatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
705-modda. Xizmatlarga haq toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi oʻziga koʻrsatilgan xizmatlar haqini haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda va tartibda toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijrochi oʻzi aybdor boʻlmagani holda xizmatni bajara olmagan taqdirda buyurtmachi ijrochiga uning xarajatlarini toʻlashi shart, bunda ijrochining xizmat (xizmatlar) koʻrsatishdan ozod qilinishi munosabati bilan olgan yoki olishi mumkin boʻlgan foydasi chegirib qolinadi. Buyurtmachining aybi bilan xizmatni bajarish mumkin boʻlmay qolgan taqdirda, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, xizmatlar bahosi butunlay toʻlanishi kerak.
(705-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
706-modda. Haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasini buzganlik uchun ijrochining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijrochi haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasini umuman yoki tegishli darajada bajarmagan hollarda u keltirilgan zararni buyurtmachiga batamom toʻlashi shart, lekin bu toʻlov shartnomada nazarda tutilgan xizmatlar bahosining ikki baravaridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish vaqtida ijrochi majburiyatini umuman yoki tegishli darajada bajarmagan hollarda haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgandan kuchaytirilgan javobgarlik nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
707-modda. Haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasini bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi xizmatlarning belgilangan bahosini batamom toʻlash sharti bilan haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma ijrochining aybli harakatlari tufayli bekor qilingan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijrochi shartnoma bekor qilinishi tufayli buyurtmachiga yetkazilgan zararning hammasini toʻlash sharti bilangina haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma buyurtmachining aybi bilan bekor qilingan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
708-modda. Haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasini huquqiy jihatdan tartibga solish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pudrat toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar va maishiy pudrat toʻgʻrisidagi qoidalar ushbu bobning qoidalariga zid boʻlmasa, haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasiga nisbatan qoʻllanadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.11.00 Tashish. Transport ekspeditsiyasi (shuningdek, 09.15.14.00, 09.15.16.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-bob. Yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
709-modda. Yoʻlovchi, bagaj va yuk tashishning umumiy qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish (quyida tashish deb yuritiladi) tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashishning umumiy shartlari ushbu Kodeks, transport ustavlari va kodekslari, boshqa qonunlar va ularga muvofiq chiqarilgan qoidalar bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl ustavi”, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining Ichki suv transporti ustavi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transportning ayrim turlarida yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish shartlari, shuningdek taraflarning ularni tashish boʻyicha javobgarligi, agar ushbu Kodeksda, transport ustavlari va kodekslarida, boshqa qonunlarda va ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-martdagi 128-son “Toshkent metropolitenida pensionerlarni bepul tashish toʻgʻrisida”gi Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-avgustdagi 213-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish Qoidalari”, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 21-oktabrdagi 57-mh-son qarori bilan tasdiqlangan “Havo kemalarida pochtani tashish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-noyabrdagi 308-son qarori bilan tasdiqlangan “Toshkent shahrida yoʻnalishli xususiy taksilarda yoʻlovchi tashish tartibi toʻgʻrisida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 462-son “Oʻzbekiston Respublikasi kemachiligi sohasida xavfsizlikni taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish Qoidalari”, Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 11-apreldagi 45-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish Qoidalari”, Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat”, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2005-yil 25-maydagi 5 va 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni temir yoʻl transportida tashish Qoidalari”, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2005-yil 25-maydagi 4 va 79-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni avtomobil transportida tashish Qoidalari”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻlovchi tashish shartnomasi boʻyicha tashuvchi yoʻlovchini, yoʻlovchi bagaj topshirgan boʻlsa — bagajni ham belgilangan manzilga eltib berish hamda bagajni olishga vakolat berilgan shaxsga topshirish majburiyatini oladi. Bunda yoʻlovchi belgilangan yoʻl haqini, bagaj topshirgan boʻlsa, bagaj tashish haqini ham toʻlash majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻlovchi va bagaj tashish shartnomasi tuzilganligi tegishli chipta va bagaj pattasi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻlovchi tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi bilan bolalarni bepul yoki boshqa imtiyozli shartlarda olib yurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan miqdor doirasida oʻzi bilan bepul bagaj olib yurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan miqdor doirasida bepul, miqdordan ortiqchasi uchun esa — tarif boʻyicha haq toʻlab, tashish uchun bagaj topshirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk tashish shartnomasi boʻyicha yuk tashuvchi yuk joʻnatuvchi tomonidan oʻziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va uni olishga vakolat berilgan shaxsga (oluvchiga) topshirish, yuk joʻnatuvchi esa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni toʻlash majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk tashish shartnomasi tuzilganligi tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan hujjat (transport yukxati, konosament yoki yukka doir boshqa hujjat)ni tuzish va uni yuk joʻnatuvchiga topshirish yoʻli bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Charter (fraxtlash) shartnomasi boʻyicha bir taraf (fraxtchi) ikkinchi tarafga (fraxtlovchiga) haq evaziga bir yoki bir necha transport vositasi sigʻimining hammasini yoki bir qismini yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish uchun bir marta yoki bir necha marta qatnashga berish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Charter (fraxtlash) shartnomasini tuzish tartibi, uning shakli va turlari transport ustavlari va kodekslarida belgilab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
713-modda. Bir yoʻnalishda har xil transportda tashish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har xil transportda yagona transport hujjati asosida yoʻlovchi, bagaj va yuk tashilganida (bir yoʻnalishda har xil transportda tashish) transport tashkilotlarining oʻzaro munosabatlari, shuningdek bunday tashishni tashkil qilish tartibi bir yoʻnalishda har xil (aralash) transportda tashishga doir qonunchilikka muvofiq tegishli turdagi transport tashkilotlari oʻrtasidagi kelishuv bilan belgilanadi.
(713-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
714-modda. Umumiy foydalanishdagi transportda tashish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan tashish, agar qonunchilikdan yoki ushbu tashkilotga berilgan ruxsatnomadan (litsenziyadan) uning har qanday fuqaro yoki yuridik shaxs murojaatiga muvofiq yoʻlovchi, bagaj va (yoki) yuk tashishi shartligi anglashilsa, umumiy foydalanishdagi transportda tashish deb eʼtirof etiladi.
(714-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy foydalanishdagi transportda tashish shartnomasi ommaviy shartnomadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, yoʻlovchi, bagaj va yuk tashiganlik uchun taraflar kelishuvi bilan belgilangan miqdorda haq olinadi.
(715-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy foydalanishdagi transportda yoʻlovchi, bagaj va yuk tashiganlik uchun olinadigan haq transport ustavlari va kodekslarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan tariflar asosida joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashuvchi tomonidan yuk egasining talabi bilan bajariladigan va tariflarda nazarda tutilmagan ish va xizmatlar uchun taraflarning kelishuviga muvofiq haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda, tashish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, tashuvchi tashish uchun topshirilgan yuklarni oʻziga tegishli kira haqini va tashish boʻyicha boshqa toʻlovlarni taʼminlash maqsadida ushlab turish huquqiga ega.
(715-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
716-modda. Transport vositalarini berish, yuk ortish (tushirish)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashuvchi yuk joʻnatuvchiga tegishli yukni tashishga yaroqli shay holdagi transport vositalarini joʻnatuvchidan qabul qilingan talabnoma (buyurtma)da, tashish shartnomasida yoki tashishni tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatda yuk ortish uchun berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Berilgan transport vositalari tegishli yukni tashishga yaroqsiz boʻlsa, yuk joʻnatuvchi bunday transportni rad etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk ortish (tushirish) transport tashkiloti yoki joʻnatuvchi (oluvchi) tomonidan tashish shartnomasida nazarda tutilgan tartibda transport ustavlari, kodekslari hamda ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk joʻnatuvchi (oluvchi)ning kuch va vositalari bilan amalga oshiriladigan yuk ortish (tushirish) ishlari tashish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda, agar bunday muddatlar transport ustavlari va kodekslarida hamda ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarda belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
717-modda. Yoʻlovchi, bagaj va yukni eltib qoʻyish muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashuvchi yoʻlovchi, bagaj yoki yukni belgilangan manzilga transport ustavlari, kodekslari yoki shartnomada nazarda tutilgan tartibda belgilangan muddatda, bunday muddat boʻlmagan taqdirda esa, oqilona muddatda eltib qoʻyishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
718-modda. Tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmagan yoki tegishli suratda bajarmagan taqdirda, taraflar ushbu Kodeksda, transport ustavlari va kodekslarida, shuningdek taraflarning kelishuvida belgilangan tarzda javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport tashkilotlarining yoʻlovchilar va yuk egalari bilan tashuvchining qonunda belgilab qoʻyilgan javobgarligini cheklash yoki bartaraf etish haqidagi kelishuvlari haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
719-modda. Tashuvchining transport vositalarini bermaganlik, joʻnatuvchining esa berilgan transport vositalaridan foydalanmaganlik uchun javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashuvchi yuk tashish uchun transport vositalarini qabul qilingan talabnoma (buyurtma)ga yoki boshqa tashish shartnomasiga muvofiq bermaganligi uchun, joʻnatuvchi esa yukni taqdim etmaganligi yoki berilgan transport vositalaridan boshqa sabablarga koʻra foydalanmaganligi uchun transport ustavlari va kodekslari, shuningdek taraflarning kelishuvlari bilan belgilangan tarzda javobgar boʻladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl ustavi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar transport vositalarini bermaslik yoki oʻz vaqtida bermaslik, yoxud transport vositalaridan foydalanmaslik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengib boʻlmas kuch yoki boshqa stixiyali hodisalar, shuningdek harbiy harakatlar tufayli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan yoʻnalishlarda yuk tashish tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda toʻxtatib yoki cheklab qoʻyilganligi tufayli yuz bergan boʻlsa, yuk tashuvchi va yuk joʻnatuvchi javobgarlikdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
720-modda. Yoʻlovchini joʻnatib yuborish kechiktirilgani uchun tashuvchining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻlovchi tashish uchun transport vositasini kechiktirib joʻnatganlik yoki bunday transport vositasi manzilga kechikib kelganligi uchun, shahar va shahar atrofi yoʻnalishlarida tashish bundan mustasno, tashuvchi, agar kechikish yengib boʻlmas kuch yoxud tashuvchiga bogʻliq boʻlmagan boshqa holatlar tufayli yuz berganini isbot qilib bermasa, yoʻlovchiga jarima tariqasida neustoyka toʻlaydi. Jarima miqdori va uni toʻlash tartibi transport ustavlari va kodekslari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻlovchiga jarima toʻlash tashuvchini transport vositasini joʻnatish kechikkanligi yoki manzilga kechikib yetib kelganligi sababli yoʻlovchi koʻrgan zararni unga toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalarini joʻnatish kechikkanligi sababli yoʻlovchi ularda joʻnashdan bosh tortgan taqdirda, tashuvchi yoʻlovchiga kira haqini va u qilgan boshqa xarajatlarni qaytarishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl ustavi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
721-modda. Yuk yoki bagaj yoʻqolganligi, kam chiqqanligi va ularga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun tashuvchining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tashuvchi yuk yoki bagajning yoʻqolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishida (buzilishida) oʻzining aybi yoʻqligini isbot qilib bera olmasa, tashish uchun qabul qilib olgan yuk va bagaj yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki ularga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk yoki bagajni tashish vaqtida yetkazilgan zarar tashuvchi tomonidan quyidagi miqdorda toʻlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk yoki bagaj yoʻqolgan yoxud kam chiqqan taqdirda — yoʻqolgan yoki kam chiqqan yuk yoxud bagajning qiymati miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk yoki bagajga shikast yetkazilgan (buzilgan) taqdirda — uning qiymati qancha pasaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida, shikastlangan (buzilgan) yuk yoki bagajni tiklash mumkin boʻlmaganida esa, uning qiymati miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bahosini eʼlon qilgan holda tashishga topshirilgan yuk yoki bagaj yoʻqolgan taqdirda — yuk yoki bagajning eʼlon qilingan qiymati miqdorida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport tashkiloti real zararni toʻlash bilan birga yoʻqolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan (buzilgan) yukni tashish uchun olgan kira haqini, agar u yukning bahosiga kirmasa, joʻnatuvchi (oluvchi)ga qaytarib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joʻnatuvchi tashuvchidan yuklar yoʻqolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishi (buzilishi) tufayli yetkazilgan boshqa zararni ham toʻlashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk yoʻqolganligi, kam chiqqanligi, shikastlanganligi (buzilganligi) uchun bir yoʻnalishda har xil transportda tashuvchilar yuk joʻnatuvchi (yuk oluvchi) oldida solidar javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oxirgi tashuvchi yukning kechikib kelishida tashuvchilarning aybi yoʻqligini isbot qilib bera olmasa, yukning kechikib kelganligi uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
722-modda. Tashishni tashkil etish shartnomalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashuvchi bilan yuk egasi muntazam tashishni amalga oshirish zarur boʻlganida tashishni tashkil etish haqida uzoq muddatli shartnomalar tuzishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk tashishni tashkil etish shartnomasi boʻyicha tashuvchi shartlashilgan hajmdagi yuklarni belgilangan muddatlarda qabul qilib olish, yuk egasi esa — topshirish majburiyatini oladilar. Yuk tashishni tashkil etish shartnomasida tashish uchun beriladigan transport vositalarining va topshiriladigan yuklarning hajmi, ularni topshirish muddatlari va boshqa shartlari, hisob-kitob qilish tartibi, shuningdek tashishni tashkil etishning boshqa shartlari belgilab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
723-modda. Transport tashkilotlari oʻrtasidagi shartnomalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har xil transport tashkilotlari oʻrtasida yuk tashishni taʼminlashga qaratilgan ishlarni tashkil etish haqida shartnomalar (asosiy kelishuvlar, yuklarni markazlashtirilgan tartibda tashib keltirish (tashib ketish) shartnomalari va boshqalar) tuzilishi mumkin. Bunday shartnomalarni tuzish tartibi transport ustavlari va kodekslari, boshqa qonunchilik bilan belgilanadi.
(723-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
724-modda. Yuk tashishga nisbatan talab va daʼvolar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashuvchiga nisbatan yuk tashishdan kelib chiqadigan daʼvoni qoʻzgʻatishdan oldin unga tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda talab qoʻyilgan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar yuk tashuvchi talabni qondirishni toʻliq yoki qisman rad etsa yoki oʻttiz kunlik muddat ichida talabga javob qaytarmasa, yuk joʻnatuvchi yoki yuk oluvchi tashuvchiga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk tashishdan kelib chiqadigan talablar boʻyicha daʼvo qoʻzgʻatish muddati ushbu Kodeksning 154-moddasiga muvofiq belgilanadigan paytdan boshlab bir yil qilib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning qoidalari yoʻlovchi yoki bagaj tashishdan kelib chiqadigan talablarga taalluqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
725-modda. Yoʻlovchining hayoti yoki sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi uchun tashuvchining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻlovchining hayoti yoki sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi uchun tashuvchining javobgarligi, agar qonunda yoki shartnomada kuchaytirilgan javobgarlik nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksning 57-bobi qoidalari boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-bob. Transport ekspeditsiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi boʻyicha ekspeditor haq evaziga va mijoz (yuk joʻnatuvchi yoki yuk oluvchi) hisobidan ekspeditsiya shartnomasida belgilangan yuk tashish bilan bogʻliq xizmatlarni bajarish yoki bajarishni tashkil etish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport ekspeditsiyasi shartnomasida ekspeditorning ekspeditor yoki mijoz tanlagan transportda va yoʻnalishda yuk tashishni tashkil etish majburiyati, mijoz yoki oʻzining nomidan yuk tashish shartnomasi (shartnomalari)ni tuzish, yukning joʻnatilishini va olinishini taʼminlash majburiyati, shuningdek tashish bilan bogʻliq boshqa majburiyatlari nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshimcha xizmatlar sifatida transport ekspeditsiyasi shartnomasida eksport yoki import uchun talab qilinadigan hujjatlarni olish, bojxona rasmiyatchiliklari yoki oʻzga rasmiyatchiliklarni bajarish, yukning miqdorini va holatini tekshirish, uni ortish va tushirish, mijoz zimmasiga yuklatiladigan bojlar, yigʻimlar va boshqa xarajatlarni toʻlash, yukni saqlash, uni belgilangan manzilda olish kabi yukni yetkazib berish uchun zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshirish, shuningdek shartnomada belgilangan boshqa operatsiyalar va xizmatlarni bajarish nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bobning qoidalari transport ekspeditsiyasi shartnomasiga muvofiq ekspeditorning majburiyatlarini tashuvchi bajargan hollarga ham taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport ekspeditsiyasi shartnomasini bajarish shartlari, agar transport-ekspeditsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, taraflarning kelishuvi bilan aniqlanadi.
(726-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
727-modda. Shartnomaning shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ekspeditorning oʻz majburiyatlarini bajarishi uchun ishonchnoma zarur boʻlsa, mijoz uni berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
728-modda. Transport ekspeditsiyasi shartnomasi boʻyicha ekspeditorning javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki tegishli darajada bajarmaganligi uchun ekspeditor ushbu Kodeks 24-bobining qoidalariga muvofiq belgilanadigan asoslarda va miqdorda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ekspeditor majburiyatning buzilishi tashish shartnomalari tegishli ravishda bajarilmaganligi tufayli kelib chiqqanini isbotlasa, ekspeditorning mijoz oldidagi javobgarligi tegishli tashuvchi ekspeditor oldida javobgar boʻladigan qoidalarga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
729-modda. Ekspeditorga beriladigan hujjatlar va boshqa axborot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz ekspeditorga hujjatlar hamda yukning xossalari, uni tashish shartlari toʻgʻrisidagi boshqa axborotni, shuningdek ekspeditor transport ekspeditsiyasi shartnomasida nazarda tutilgan vazifalarni bajarishi uchun zarur boʻlgan boshqa axborotni berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspeditor olingan axborotdagi aniqlangan kamchiliklar haqida mijozga xabar qilishi, axborot toʻliq boʻlmaganida esa, mijozdan zarur qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilib olishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz zarur axborotni taqdim etmagan taqdirda, ekspeditor bunday axborot taqdim etilgunga qadar tegishli majburiyatlarni ijro etishga kirishmaslikka haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan axborotni taqdim etish majburiyatini buzganligi munosabati bilan ekspeditorga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
730-modda. Uchinchi shaxsning ekspeditor majburiyatini bajarishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar transport ekspeditsiyasi shartnomasidan ekspeditorning oʻz majburiyatlarini shaxsan bajarishi shartligi kelib chiqmasa, ekspeditor oʻz majburiyatlarini bajarishga boshqa shaxslarni jalb qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklash ekspeditorni transport ekspeditsiyasi shartnomasining bajarilishi uchun mijoz oldidagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
731-modda. Ekspeditsiya shartnomasidan bosh tortish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz yoki ekspeditor oʻn kun oldin boshqa tarafni ogohlantirib, transport ekspeditsiyasi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport ekspeditsiyasi shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortilganida, bu haqda maʼlum qilgan taraf shartnomaning bekor qilinishi tufayli koʻrilgan zararni ikkinchi tarafga toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-bob. Qarz va kredit
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.12.00 Qarz]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Qarz
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz shartnomasi boʻyicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib, oʻshancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz shartnomasi pul yoki ashyolar topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar oʻrtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ortiq boʻlsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs boʻlganida esa summasidan qatʼi nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.
(733-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilmaslik ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud boʻlsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qarz majburiyati qarz oluvchi tomonidan berilgan veksel, obligatsiya yoki qarz summasini va qarz beruvchining uni undirib olish huquqini belgilaydigan boshqa qimmatli qogʻoz bilan tasdiqlangan boʻlsa, qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
734-modda. Qarz shartnomasi boʻyicha foizlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunda yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarz beruvchi (yuridik shaxs yoki fuqaro) qarz oluvchidan qarz summasiga shartnomada belgilangan miqdorda va tartibda foizlar olish huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qarz shartnomasi boʻyicha qarz oluvchiga turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolar topshirilsa, ularning miqdori va shakli (pul yoki natura holidagi) shartnomada koʻzda tutilgan hollarda foizlar toʻlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foizlar toʻlash tartibi va muddatlari qarz shartnomasi bilan belgilanadi. Agar foizlar toʻlash tartibi va muddatlari shartnomada belgilangan boʻlmasa, ular asosiy qarzni qaytarish uchun shartnomada nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda toʻlanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik Sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 163-son “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchi olingan qarz summasini qarz shartnomasida nazarda tutilgan muddatda va tartibda qarz beruvchiga qaytarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qarz summasini qaytarish muddati shartnomada belgilangan boʻlmasa, qarz oluvchi uni qarz beruvchi qarzni qaytarish haqida talab qoʻygan kundan boshlab oʻttiz kun mobaynida qaytarishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foizsiz qarz summasi qarz oluvchi tomonidan muddatidan oldin qaytarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foiz evaziga berilgan qarz summasi, agar qarz shartnomasida koʻzda tutilgan boʻlsa yoki qarz beruvchining roziligi bilan, muddatidan oldin qaytarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarz oluvchi qarz summasini vaqtida qaytarmagan hollarda ushbu Kodeksning 734-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar toʻlangan boʻlishidan qatʼi nazar, qarz qaytarib berilishi kerak boʻlgan kundan boshlab to u qarz beruvchiga qaytarib berilgan kungacha bu summa yuzasidan ushbu Kodeksning 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan miqdorda foizlar toʻlanishi kerak.
(736-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qarz shartnomasida qarzni qismlab (boʻlib-boʻlib) qaytarish nazarda tutilgan boʻlsa, qarz oluvchi qarzning navbatdagi qismini qaytarish uchun belgilangan muddatni buzgan taqdirda, qarz beruvchi qarzning qolgan barcha summasini tegishli foizlar bilan birga muddatidan oldin qaytarishni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qarz shartnomasida qarz boʻyicha foizlarni qarzning oʻzini qaytarish muddatidan oldin toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa, bu majburiyat buzilgan taqdirda, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasini tegishli foizlari bilan birga muddatidan oldin qaytarishni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
737-modda. Qarz shartnomasi yuzasidan daʼvolashish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchi pul yoki boshqa ashyolarni qarz beruvchidan amalda olmaganligini yoki shartnomada koʻrsatilganidan kam miqdorda olganligini isbot qilib, qarz shartnomasi yuzasidan daʼvolashishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma shaklda tuzilishi lozim boʻlgan qarz shartnomasi yuzasidan guvohlarning koʻrsatmalari yordamida daʼvolashish mumkin emas, shartnoma aldash, zoʻrlik ishlatish, tahdid qilish, qarz oluvchining vakili qarz beruvchi bilan yomon niyatda kelishishi yoki qiyin vaziyatlar taʼsirida tuzilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qarz oluvchi qarz shartnomasi yuzasidan daʼvolashuvi jarayonida pul yoki boshqa ashyolar haqiqatan ham qarz beruvchidan olinmaganligi aniqlansa, qarz shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi. Qarz oluvchi qarz beruvchidan pul yoki boshqa ashyolarni shartnomada koʻrsatilganidan amalda kam miqdorda olgan hollarda shartnoma ana shu miqdordagi pul yoki ashyolarga tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchi qarz summasining qaytarib berilishini taʼminlash yuzasidan qarz shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmasa, shuningdek qarzning taʼminoti qarz beruvchi javobgar boʻlmagan vaziyatlarda yoʻqotilsa yoki uning shartlari yomonlashsa, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasini muddatidan oldin qaytarishni va tegishli foizlarni toʻlashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
739-modda. Aniq maqsadli qarz
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qarz shartnomasi qarz oluvchining mablagʻlardan aniq maqsadda (aniq maqsadli qarz) foydalanishi sharti bilan tuzilgan boʻlsa, qarz oluvchi qarz beruvchiga qarz summasidan aniq maqsadda foydalanilishini nazorat qilish imkoniyatini taʼminlab berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchi qarz shartnomasining qarz summasidan aniq maqsadda foydalanish haqidagi shartlarini bajarmagan taqdirda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasini muddatidan oldin qaytarishni va tegishli foizlarni toʻlashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflarning kelishuviga muvofiq qarz oluvchi veksel bergan boʻlib, bu veksel uni beruvchining (oddiy veksel) yoki vekselda koʻrsatilgan boshqa toʻlovchining (oʻtkazma veksel) vekselda nazarda tutilgan muddat kelgach, qarzga olingan pul summalarini toʻlash haqidagi hech qanday shart bilan bogʻlanmagan majburiyatini tasdiqlasa, taraflarning veksel boʻyicha munosabatlari qonunchilik bilan tartibga solinadi.
(740-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyundagi OʻRQ-387-son “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda qarz shartnomasi obligatsiyalar chiqarish va sotish yoʻli bilan tuzilishi mumkin.
(741-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obligatsiya qimmatli qogʻoz boʻlib, uni saqlovchining obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini olish huquqini tasdiqlaydi. Obligatsiya uni saqlovchiga obligatsiyaning nominal qiymatidan obligatsiyada qayd etilgan miqdorda foizlar olish huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni ham beradi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyundagi OʻRQ-387-son “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflarning kelishuviga muvofiq, oldi-sotdi, mulkni ijaraga olish yoki boshqa asoslar tufayli paydo boʻlgan har qanday qarz qarz majburiyati bilan almashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzning qarz majburiyati bilan almashtirilishi ushbu Kodeksning 347-moddasida nazarda tutilgan majburiyatni yangilash toʻgʻrisidagi qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi va qarz shartnomasi uchun belgilangan shaklda bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat zayomi shartnomasi boʻyicha davlat qarz oluvchi, fuqaro yoki yuridik shaxs esa qarz beruvchi boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat zayomlari ixtiyoriydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat zayomi shartnomasi qarz beruvchining qarz oluvchidan unga qarzga berilgan pul mablagʻlarini yoki, zayom shartlariga bogʻliq holda, — boshqa mol-mulkni, belgilangan foizlarni yoki boshqa mulkiy huquqlarni zayomni muomalaga chiqarish shartlarida nazarda tutilgan muddatlarda olish huquqini tasdiqlaydigan davlat obligatsiyalari yoki boshqa davlat qimmatli qogʻozlarini qarz beruvchining sotib olishi yoʻli bilan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muomalaga chiqarilgan zayomning shartlarini oʻzgartirishga (zayomni konversiyalash), shu jumladan ushbu Kodeksning 383-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(743-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat zayomi shartnomasi boʻyicha davlat ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq javobgar boʻladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Kredit
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit shartnomasi boʻyicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablagʻlari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar toʻlash majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikka muvofiq kredit tashkilotlari boʻlmagan tijorat tashkilotlarining kreditlashni amalga oshirishiga yoʻl qoʻyilgan hollarda kredit shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar bunday tijorat tashkilotlari amalga oshiradigan kreditlash munosabatlariga nisbatan qoʻllanadi.
(744-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida koʻrsatilgan, kredit boʻyicha undiriladigan summaga nisbatan ushbu Kodeksning 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida hamda 734-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi toʻxtatiladi.
(744-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi OʻRQ-914-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 03/24/914/0161-son — 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ushbu paragrafning qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa va u kredit shartnomasining mohiyatidan kelib chiqmasa, kredit shartnomasi munosabatlariga nisbatan ushbu bob 1-paragrafining qoidalari qoʻllanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining, Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 13/150-son “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik Sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 163-son “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi Qarorining 10-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
745-modda. Kredit shartnomasining shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit shartnomasi yozma shaklda tuzilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma shaklga rioya qilmaslik kredit shartnomasining haqiqiy boʻlmasligiga olib keladi. Bunday shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
746-modda. Kredit berish yoki olishdan bosh tortish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditor qarz oluvchini toʻlovga qobiliyatsiz deb hisoblasa, qarz oluvchi kreditni taʼminlash majburiyatlarini bajarmasa, shartnomada nazarda tutilgan kreditdan aniq maqsadda foydalanish majburiyatini buzsa, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda qarz oluvchiga kredit shartnomasida nazarda tutilgan kreditni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchi kredit olishdan butunlay yoki qisman bosh tortishga haqli. Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarz oluvchi bu haqda kreditorni kredit shartnomasida belgilab qoʻyilgan kredit berish muddatiga qadar xabardor qilishi shart. Qarz oluvchi kredit shartnomasida nazarda tutilgan kreditdan aniq maqsadda foydalanish majburiyatini buzgan taqdirda kreditor shartnoma boʻyicha qarz oluvchini bundan buyon kreditlashni toʻxtatishga haqli.
(746-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7461-modda. Kreditni muddatidan oldin qaytarishni talab qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditni muddatidan oldin sud tartibida undirishda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kreditor dastlab qarzning belgilangan muddatda qaytarilmagan qismini undirish uchun sudga murojaat qiladi. Bunda agar qarz oluvchi muddati oʻtgan qarzni toʻliq toʻlamagan taqdirda, kreditor kreditning qolgan barcha summasini muddatidan oldin qaytarish haqidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli.
(7461-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi OʻRQ-1060-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflar bir tarafning kredit shartnomasi shartlari asosida turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolarni ikkinchi tarafga berish majburiyatini nazarda tutuvchi shartnomani tuzishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyolarni kreditga berish toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnomaning berilayotgan ashyolarning miqdori, assortimenti, toʻliqligi, sifati, idishi va (yoki) oʻralishi haqidagi shartlari tovarlarni oldi-sotdi shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalarga muvofiq bajarilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bajarilishi uchun pul summalarini yoki turga xos alomatlari bilan belgilanadigan boshqa ashyolarni ikkinchi tarafga mulk qilib topshirish talab qilinadigan shartnomalarda, agar qonunchilikda boshqa hol belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, kredit berish, shu jumladan boʻnak, oldindan haq toʻlash, tovarlarga, ishlar yoki xizmatlarga haq toʻlashni kechiktirish va boʻlib-boʻlib toʻlash shaklida kredit berish (tijorat krediti) nazarda tutilishi mumkin.
(748-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli majburiyat bayon qilingan shartnoma toʻgʻrisidagi qoidalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa va u mazkur majburiyatning mohiyatiga zid kelmasa, tijorat kreditiga nisbatan tegishli suratda ushbu bobning qoidalari qoʻllanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik Sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 163-son “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi Qarorining 10-bandi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.14.00 Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi (faktoring)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42-bob. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring)
(42-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
749-modda. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) shartnomasi boʻyicha bir taraf (moliya agenti) ikkinchi tarafga (mijozga) shu mijozning (kreditorning) uchinchi shaxsga — yuridik shaxsga yoki tadbirkorlik subyektiga (qarzdorga) pul talabnomasi hisobidan pul mablagʻlarini beradi yoki berish majburiyatini oladi, mijoz esa moliya agentiga ushbu pul talabnomasini beradi yoki berish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq voz kechiladigan pul talabnomasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni berishdan, shu jumladan ijaraga berishdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarni bajarishdan yoki xizmatlar koʻrsatishdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intellektual mulk obyektlariga boʻlgan mulkiy huquqlarni oʻtkazishdan kelib chiqishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi ushbu Kodeks 751-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq pul talabnomasini tavsiflab bergan holda yozma ravishda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz oʻzining moliya agenti oldidagi majburiyatlari bajarilishini taʼminlash maqsadida ham qarzdorga nisbatan pul talabnomasidan moliya agenti foydasiga voz kechishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi boʻyicha moliya agentining majburiyatlari mijoz uchun buxgalteriya hisobini yuritishni, shuningdek mijozga boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi boʻlgan pul talabnomalari bilan bogʻliq boshqa moliyaviy xizmatlar koʻrsatishni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiyatni bajarish taʼminoti sifatida moliya agenti foydasiga voz kechilgan pul talabnomasiga nisbatan ushbu Kodeksning garovga tegishli qoidalari qoʻllaniladi, bundan ushbu Kodeksning 269, 273 — 278, 288 va 289-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasiga nisbatan ushbu Kodeksning majburiyatdagi shaxslarning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi qoidalari qoʻllaniladi, bundan ushbu Kodeksning 319 va 321-moddalaridanazarda tutilgan qoidalar mustasno.
(749-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalashtirish shartnomalarini moliya agenti sifatida banklar, faktoring tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlari tuzishi mumkin.
(750-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
751-modda. Mablagʻ olish maqsadida boshqa shaxs foydasiga voz kechiladigan pul talabnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov muddati kelgan pul talabnomasi ham (mavjud talabnoma), shuningdek kelajakda vujudga keladigan pul mablagʻlarini olish huquqi (boʻlajak talabnoma) ham moliyalash evaziga boshqa shaxs foydasiga voz kechiladigan narsa boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasida boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi boʻlgan pul talabnomasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan maʼlumotlar boʻlishi kerak.
(751-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlajak pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechilganida, u shartnomada nazarda tutilgan talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi boʻlgan pul mablagʻlarini qarzdordan olish huquqi vujudga kelganidan keyin moliya agentiga oʻtgan hisoblanadi. Agar pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish maʼlum voqeaga bogʻliq boʻlsa, boshqa shaxs foydasiga voz kechish ushbu voqea yuz berganidan keyin kuchga kiradi. Bunday hollarda pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni qoʻshimcha rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya agentining pul talabnomasiga boʻlgan huquqi mazkur talabnomadan kelib chiqadigan barcha daromadlarga nisbatan tatbiq etiladi.
(751-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
752-modda. Mijozning moliya agenti oldidagi javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz qarzdorning mijozga nisbatan qarshi talablari mavjudligi toʻgʻrisida axborot taqdim etilishi va boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi boʻlgan pul talabnomasining haqiqiyligi uchun moliya agenti oldida javobgar boʻladi.
(752-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mijoz pul talabnomasini topshirish huquqiga ega boʻlsa va ushbu talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish paytida u qarzdor bu huquqni bajarmaslikka haqli boʻladigan vaziyatlardan bexabar boʻlsa, boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi boʻlgan pul talabnomasi haqiqiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qarzdor boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi boʻlgan pul talabnomasini bajarmaganligi yoki tegishli darajada bajarmaganligi uchun mijoz javobgar boʻlmaydi.
(752-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mijoz pul talabnomasini uchinchi shaxslarning har qanday huquqlaridan ozod holda topshirishi kerak.
(752-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
753-modda. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni taqiqlashning haqiqiy emasligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz bilan uning qarzdori oʻrtasida talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni taqiqlash yoki cheklash haqida kelishuv boʻlgan taqdirda ham, pul talabnomasidan moliya agenti foydasiga voz kechish haqiqiy hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik Sudi Plenumining 2003-yil 28-fevraldagi 110-son “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 11-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz va moliya agenti pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga doir taqiqni yoki cheklovni buzganligi uchun qarzdor oldida javobgar boʻlmaydi.
(753-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
754-modda. Pul talabnomasidan oʻz navbatida boshqa shaxs foydasiga voz kechish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya agentining pul talabnomasidan oʻz navbatida boshqa shaxs foydasiga voz kechishiga nisbatan ushbu bobning qoidalari qoʻllaniladi.
(754-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
755-modda. Qarzdorning pul talabnomasini moliya agentiga ijro etishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor mijozdan yoki moliya agentidan pul talabnomasidan ushbu moliya agenti foydasiga voz kechilganligi haqida yozma bildirishnoma olgan va unda ijro etilishi kerak boʻlgan pul talabnomasi belgilangan, shuningdek toʻlov amalga oshirilishi kerak boʻlgan moliya agenti koʻrsatilgan taqdirda qarzdor toʻlovni moliya agentiga amalga oshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning roziligisiz pul majburiyatining valyutasi va u amalga oshiriladigan mamlakat oʻzgartirilishi mumkin emas.
(755-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning iltimosiga koʻra moliya agenti oqilona muddatda qarzdorga pul talabnomasidan haqiqatan ham moliya agenti foydasiga voz kechilganligining isbotini taqdim etishi kerak. Agar moliya agenti ushbu majburiyatni bajarmagan boʻlsa, qarzdor ushbu talabnoma boʻyicha toʻlovni mijozga nisbatan amalga oshirib, uning oldidagi oʻz majburiyatini bajarishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdorning pul talabnomasini ushbu moddaning qoidalariga muvofiq moliya agenti foydasiga bajarishi qarzdorni mijoz oldidagi tegishli majburiyatdan ozod qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
756-modda. Moliya agentining qarzdordan olingan summalarga huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi shartlariga koʻra moliya agenti mijozdan bu talabni sotib olib, shu yoʻl bilan uni moliyalasa, moliya agenti qarzdor talabni bajarish uchun toʻlaydigan hamma summani olish huquqini qoʻlga kiritadi, mijoz esa moliya agenti olgan summalar u sotib olgan talabnomaning bahosidan kam boʻlib chiqqanligi uchun moliya agenti oldida javobgar boʻlmaydi.
(756-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mijozning majburiyatlari moliya agentiga bajarilishini taʼminlash maqsadida pul talabnomasidan uning foydasiga voz kechilgan boʻlsa va pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, moliya agenti mijozga hisobot taqdim etishi hamda mijozning pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bilan taʼminlangan qarzidan ortib qolgan summani mijozga berishi shart. Agar moliya agenti qarzdordan olgan pul mablagʻlari mijozning moliya agentiga pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bilan taʼminlangan qarzi summasidan kam boʻlib chiqsa, mijoz qarzning qoldigʻi uchun moliya agenti oldida javobgar boʻlib qolaveradi.
(756-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya agenti qarzdordan toʻlovni amalga oshirishni talab qilgan taqdirda, qarzdor ushbu Kodeksning 343, 344 va 345-moddalariga muvofiq, oʻzining mijoz bilan tuzilgan shartnomaga asoslangan, qarzdor pul talabnomasidan moliya agenti foydasiga voz kechilganligi haqida yozma bildirishnoma olgan paytda ixtiyorida boʻlgan oʻz pul talabnomalarini hisobga olish uchun taqdim etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz qarzdor bilan ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan qarzdorning pul talabnomalarini hisobga olishga boʻlgan huquqlarini moliya agentiga taqdim etmaslik toʻgʻrisida yozma shaklda kelishishi mumkin.
(757-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
758-modda. Moliya agenti olgan summalarning qarzdorga qaytarilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz qarzdor bilan tuzgan shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini buzgan taqdirda, qarzdor moliya agentiga oʻtgan pul talabnomasi boʻyicha toʻlangan summalarni moliya agentidan qaytarib berishni talab qilishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish natijasida moliya agentiga toʻlangan summalarni, agar moliya agenti talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bilan bogʻliq vaʼda qilingan toʻlovni mijozga toʻlash majburiyatini bajarmaganligi yoki mijoz talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bilan bogʻliq toʻlovni olishi kerak boʻlgan qarzdor oldidagi majburiyatini buzganligini bila turib, bunday toʻlovni amalga oshirganligi isbot qilingan boʻlsa, ushbu summalar moliya agenti tomonidan qaytarilishini talab qilishga haqli.
(758-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7581-modda. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni roʻyxatdan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi bildirishnoma garov reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish uchinchi shaxslarga nisbatan kuchga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7582-modda. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomalari boʻyicha moliya agentlarining talablarini qanoatlantirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aynan bir mijoz tomonidan ayni bir pul talabnomasidan yoki uning bir qismidan boshqa shaxs foydasiga bir martadan ortiq voz kechish amalga oshirilgan taqdirda, moliya agentlarining talablari navbat tartibida qanoatlantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul talabnomasi boʻyicha talablarni qanoatlantirish navbati pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi boʻyicha pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi bildirishnoma garov reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqt asosida belgilanadi. Bunda moliya agentlarining talablarini qanoatlantirish navbati pul talabnomasiga boʻlgan huquq garov reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan paytga qadar yoki undan keyin yuzaga kelganligidan qatʼi nazar qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul talabnomasiga boʻlgan huquqlar navbati ushbu Kodeks 751-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq moliya agenti huquqqa ega boʻlgan har qanday daromadlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(7581 va 7582-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.15.00 Bank omonati]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43-bob. Bank omonati

Bank omonati shartnomasi boʻyicha birinchi tarafdan (omonatchidan) qabul qilib olgan yoki uning nomiga kelgan pul summasini (omonatni) qabul qilib olgan ikkinchi taraf (bank) shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda omonat summasini foizlar yoxud boshqa daromadlar bilan yoki ularsiz qaytarish majburiyatini oladi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
(759-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank omonati shartnomasi omonat summasi bankka kelib tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaro omonatchi boʻlgan bank omonati shartnomasi ommaviy shartnoma deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank bilan omonatchining omonat qoʻyilgan hisobvaraq boʻyicha munosabatlariga nisbatan bank hisobvaragʻi shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar, agar ushbu bobning qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u bank omonati shartnomasining mohiyatidan kelib chiqmasa, qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bobning banklarga doir qoidalari qonunchilikka muvofiq yuridik shaxslardan omonatlar qabul qiluvchi boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan ham qoʻllanadi.
(759-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 14-avgustdagi 17/2-son qarori bilan tasdiqlangan “Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
760-modda. Pul mablagʻlarini omonatlarga jalb qilish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul mablagʻlarini omonatlarga jalb qilish huquqiga qonunchilikda belgilangan tartibda litsenziya berilgan banklar ega boʻladilar.
(760-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday huquqqa ega boʻlmagan shaxs fuqarodan omonat qabul qilgan taqdirda, omonatchi darhol omonat summasini qaytarib berishni, shuningdek bu summaga ushbu Kodeksning 327-moddasida nazarda tutilgan foizlarni toʻlashni hamda foiz summalaridan tashqari omonatchiga yetkazilgan hamma zararni qoplashni talab qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bunday shaxs bank omonati shartnomasi shartlari asosida yuridik shaxsning pul mablagʻlarini qabul qilgan boʻlsa, ushbu Kodeksning bitimlar haqiqiy boʻlmasligining asoslari va oqibatlariga doir tegishli qoidalari qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan oqibatlar, kim boʻlishidan qatʼi nazar, fuqarolar va yuridik shaxslarning pul mablagʻlarini:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
omonat saqlovchilarga omonatni talab qilishi bilanoq olish va omonatchining ushbu bob qoidalarida koʻzda tutilgan boshqa huquqlarini amalga oshirish imkoniyatini bermaydigan veksellar yoki boshqa qimmatli qogʻozlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularga gʻayriqonuniy chiqarilgan deb topilgan aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotish yoʻli bilan omonatlarga jalb qilish hollariga nisbatan qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
761-modda. Bank omonati shartnomasining shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank omonati shartnomasi yozma shaklda tuzilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar omonatning qoʻyilganligi omonat daftarchasi, jamgʻarma (depozit) sertifikati yoki bank tomonidan omonatchiga berilgan, qonunda, qonunga muvofiq belgilangan bank qoidalarida va bank amaliyotida qoʻllaniladigan ish muomalasi odatlarida bunday hujjatlar uchun nazarda tutilgan talablarga javob beradigan boshqa hujjat bilan tasdiqlangan boʻlsa, bank omonati shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank omonati shartnomasining yozma shakliga rioya qilmaslik bunday shartnomaning haqiqiy boʻlmasligiga olib keladi. Bunday shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank omonati shartnomasi omonatni talab qilinishi bilanoq berish (talab qilinguncha saqlanadigan omonat) yoki omonatni shartnomada belgilangan muddat tugaganidan keyin qaytarish (muddatli omonat) sharti bilan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank omonati shartnomasida qaytarib berishning qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa shartlari asosida omonatlar qoʻyish ham nazarda tutilishi mumkin.
(762-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank omonati shartnomasi boʻyicha, omonatning turidan qatʼi nazar, bank omonatchining talabi bilan omonat summasini yoki uning bir qismini berishi shart, yuridik shaxslar tomonidan qaytarib berishning shartnomada nazarda tutilgan boshqa shartlari asosida qoʻyilgan omonatlar bundan mustasno.
(762-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank omonati shartnomasining fuqaro omonatni talab qilishi bilanoq olish huquqidan, muddatli yoki boshqa omonatni esa xabardor etishning qonunchilikda belgilangan muddati oʻtganidan keyin olish huquqidan voz kechish haqidagi sharti oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
(762-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar omonatchi muddatli yoki boshqa omonatni, talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat bundan mustasno, muddat tugagunga qadar yoxud bank omonati shartnomasida koʻrsatilgan boshqa holatlar yuz bergunga qadar qaytarib berishni talab qilish niyatida boʻlsa, u oʻzining bu niyatidan bankni omonatni olishni moʻljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi shart.
(762-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-son Qonuniga muvofiq beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muddatli yoki boshqa omonat, talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat bundan mustasno, muddat tugagunga qadar yoxud bank omonati shartnomasida koʻrsatilgan boshqa holatlar yuz bergunga qadar omonatchining talabi bilan unga qaytarilgan hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, omonat yuzasidan foizlar yoxud boshqa daromadlar toʻlanmaydi.
(762-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omonatchi muddatli omonat summasini muddat tugaganidan keyin yoki qaytarishning boshqa shartlari bilan qoʻyilgan omonat summasini bank omonati shartnomasida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganidan keyin qaytarib berishni talab qilmagan hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnoma omonatni talab qilib olguncha saqlash shartlari asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
763-modda. Omonatga toʻlanadigan foizlar va (yoki) boshqa daromadlar
(763-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank omonatchiga omonat summasi uchun bank omonati shartnomasida belgilanadigan miqdorda foizlar va (yoki) boshqa daromadlar toʻlaydi.
(763-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank omonati shartnomasida toʻlanadigan foizlar miqdori haqida shart boʻlmagan taqdirda, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga toʻlanadigan miqdorda foizlar toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarga toʻlanadigan foizlar va (yoki) boshqa daromadlar miqdorini oʻzgartirish huquqiga ega.
(763-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank foizlar va (yoki) boshqa daromadlar miqdorini kamaytirgan taqdirda, ularning yangi miqdori ular kamaytirilganligi haqida omonatchilarga xabar berilganidan keyin qoʻyilgan omonatlarga nisbatan qoʻllaniladi. Agar bank omonati shartnomasida boshqa muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu xabarga qadar qoʻyilgan omonatlarga nisbatan kamaytirilgan foizlar va (yoki) boshqa daromadlar miqdori tegishli xabar berilgan paytdan bir oy oʻtganidan keyin qoʻllaniladi.
(763-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omonatni muayyan muddat oʻtgach yoki shartnomada nazarda tutilgan vaziyatlar yuz berganidan keyin qaytarish sharti bilan qoʻyilgan omonat yuzasidan bank omonati shartnomasida belgilangan foizlar va (yoki) boshqa daromadlar miqdori, agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, bank tomonidan bir tomonlama kamaytirilishi mumkin emas.
(763-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan jalb qilinadigan depozitlar (omonatlar) boʻyicha foiz stavkalarini shakllantirish mexanizmi toʻgʻrisidagi nizom”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
764-modda. Omonatga foizlar yozish va toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank omonati summasiga foizlar omonat bankka tushgan kunning ertasidan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga koʻra omonatchining hisobvaragʻidan oʻchirilgan kundan oldingi kungacha yoziladi. Omonatchining hisobvaragʻi xatlanganligi oqibatida bank ushbu hisobvaraqdagi pul mablagʻlaridan foydalana olmagan davr uchun foizlar yozilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bank omonati summasiga foizlar har bir oy oʻtganidan keyin uning talabi bilan omonat summasidan alohida toʻlanadi, bu muddatda talab qilib olinmagan foizlar esa foizlar yoziladigan omonat summasiga qoʻshilib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omonat qaytarilganida shu paytgacha yozilgan hamma foizlar toʻlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan jalb qilinadigan depozitlar (omonatlar) boʻyicha foiz stavkalarini shakllantirish mexanizmi toʻgʻrisidagi nizom”ga ilova sifatida tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan jalb qilinadigan depozitlar (omonatlar) boʻyicha oʻrtacha tortilgan foiz stavkasini hisoblash metodikasi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
765-modda. Omonatning qaytarilishini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank qabul qilib olgan omonatlarning qaytarilishini taʼminlash uchun foydalanishi shart boʻlgan vositalar va usullar qonun bilan va bank omonati shartnomasi bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank omonatchining talabiga muvofiq omonatning qaytarilishi taʼminlanganligi toʻgʻrisida axborot berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank omonatning qaytarilishini taʼminlash boʻyicha majburiyatlarini bajarmagan, shuningdek taʼminotni yoʻqotgan yoki uning shartlarini yomonlashtirgan taqdirda, omonatchi bankdan omonat summasini darhol qaytarib berishni, ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq unga foizlar toʻlashni hamda oʻziga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
766-modda. Omonatni qaytarish haqidagi talabni bajarmaganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank omonatchining omonatni yoki uning bir qismini qaytarish haqidagi talabini ushbu Kodeksning 762-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda bajarmagan taqdirda, ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq bank omonatga foizlar toʻlashdan qatʼi nazar, keltirilgan zararni toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
767-modda. Omonatchining hisobvaragʻiga uchinchi shaxslarning pul mablagʻlarini qoʻyishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, omonatga uchinchi shaxslardan omonatchining hisobvaragʻi toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni koʻrsatgan holda tushgan pul mablagʻlari kiritib qoʻyiladi. Bunda omonatchi bunday shaxslarga omonat boʻyicha hisobvaraq toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni berish bilan ulardan pul mablagʻlarini olishga rozi boʻlgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
768-modda. Uchinchi shaxs foydasiga qoʻyilgan omonat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omonat bankka muayyan uchinchi shaxs foydasiga qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomiga omonat qoʻyilayotgan fuqaroning ismini yoki yuridik shaxsning nomini koʻrsatish bank omonati toʻgʻrisidagi tegishli shartnomaning muhim shartidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, nomiga omonat qoʻyilgan uchinchi shaxs pul oʻz hisobvaragʻiga kelib tushgan paytdan boshlab omonatchi huquqlarini qoʻlga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomiga omonat qoʻyilgan uchinchi shaxs undan voz kechgan hollarda uchinchi shaxs nomiga bank omonati shartnomasi tuzgan shaxs omonatni qaytarib berishni talab qilishga yoki uni oʻz nomiga oʻtkazishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, fuqaro bilan bank omonati shartnomasi tuzish hamda uning hisobvaragʻiga omonat boʻyicha pul mablagʻlarini kiritib qoʻyish omonat daftarchasi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omonat daftarchasida bankning yoki uning tegishli filialining nomi, uning joylashgan manzili hamda omonat boʻyicha hisobvaraq nomeri, shuningdek hisobvaraqqa kiritilgan hamma pul mablagʻlari summasi, hisobvaraqdan oʻchirilgan hamma pul mablagʻlari summasi va omonat daftarchasi bankka taqdim etilgan paytda hisobvaraqdagi pul mablagʻlarining qoldigʻi koʻrsatilgan va tasdiqlangan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar omonatning boshqa holati isbot qilingan boʻlmasa, omonat toʻgʻrisida omonat daftarchasida koʻrsatilgan maʼlumotlar bank bilan omonatchi oʻrtasida omonat boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank omonati shartnomasida egasining nomi yozilgan omonat daftarchasini berish nazarda tutiladi.
(769-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi OʻRQ-223-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank omonat daftarchasi taqdim etilganida omonatni beradi, unga foizlar toʻlaydi hamda omonatchining omonat boʻyicha hisobvaraqdagi pul mablagʻlarini boshqa shaxslarga oʻtkazish haqidagi topshirigʻini bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar egasining nomi yozilgan omonat daftarchasi yoʻqotilgan boʻlsa yoki taqdim etish uchun yaroqsiz holga keltirilgan boʻlsa, bank omonatchining arizasiga muvofiq unga yangi omonat daftarchasi beradi.
(769-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi OʻRQ-223-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omonat (depozit) sertifikati egasining nomi yozilgan qimmatli qogʻoz boʻlib, bankka qoʻyilgan omonat summasini ham, omonatchining (sertifikat saqlovchining) belgilangan muddat tamom boʻlganidan keyin sertifikatni bergan bankda yoki ushbu bankning istalgan filialida omonat summasini va sertifikatda koʻrsatib qoʻyilgan foizlarni olish huquqini ham tasdiqlaydi.
(770-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi OʻRQ-223-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
(770-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi OʻRQ-223-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omonat (depozit) sertifikati pul toʻlash uchun muddatidan oldin taqdim etilgan taqdirda bank, agar sertifikatning shartlarida foizlarning boshqacha miqdori belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, omonat summasini va talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar boʻyicha toʻlanadigan foizlarni toʻlaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.16.00 Bank hisobvaragʻi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44-bob. Bank hisobvaragʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank hisobvaragʻi shartnomasi boʻyicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit muassasasi (bundan buyon matnda — bank) ikkinchi tarafning — mijozning (hisobvaraq egasining) hisobvaragʻiga tushayotgan pul mablagʻlarini qabul qilish va kiritib qoʻyish, mijozning hisobvaraqdan tegishli summalarini oʻtkazish va toʻlash hamda hisobvaraq boʻyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi farmoyishlarini bajarish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bobning banklarga taalluqli qoidalari boshqa kredit tashkilotlari oʻzlariga berilgan ruxsatnoma (litsenziya)ga muvofiq bank hisobvaragʻi shartnomasini tuzish va bajarish chogʻida ularga nisbatan ham qoʻllanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3420, 08.02.2023-y.)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
772-modda. Bankning mijozga qarashli pul mablagʻlaridan foydalanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank mijozning bank hisobvaragʻida mavjud boʻlgan pul mablagʻlaridan hisobvaraqqa talablar qoʻyilgan vaqtda mablagʻlarning mavjud boʻlishini hamda hisobvaraq egasining ushbu mablagʻlarni hisobvaraqda turgan summalar doirasida moneliksiz tasarruf etish huquqini kafolatlagan holda foydalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
773-modda. Mijozning pul mablagʻlarini tasarruf etishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz bankdagi hisobvaraqda turgan oʻz pul mablagʻlarini mustaqil tasarruf etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank mijozning pul mablagʻlaridan qay tarzda foydalanishni belgilashga va nazorat qilishga hamda uning pul mablagʻlarini oʻz xohishiga koʻra tasarruf etish huquqlariga qonunda yoki bank hisobvaragʻi shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa cheklashlarni belgilashga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijozning bankdagi hisobvaraqda turgan pul mablagʻlari qonunchilikda belgilangan tartibda naqd pul shaklida olinishi mumkin.
(773-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/14-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”ning 30 – 37-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
774-modda. Bank hisobvaragʻi shartnomasining shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank hisobvaragʻi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank hisobvaragʻi shartnomasining yozma shakliga rioya qilmaslik ushbu shartnomaning haqiqiy boʻlmasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
775-modda. Bank hisobvaragʻi shartnomasini tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank hisobvaragʻi shartnomasi bank tomonidan mijozga yoki u koʻrsatgan shaxsga bankda taraflar kelishgan shartlarda hisobvaraq ochish yoʻli bilan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslar va fuqarolar oʻzlariga hisob-kitob va kassa xizmati koʻrsatadigan banklarni mustaqil tanlaydilar.
(775-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank muayyan turdagi hisobvaraqlar ochish uchun eʼlon qilgan, qonunda va qonunga muvofiq belgilab qoʻyilgan bank qoidalarida nazarda tutilgan tegishli talablarga mos keladigan shartlar asosida hisobvaraq ochishni taklif qilib murojaat etgan mijoz bilan bank hisobvaragʻi shartnomasi tuzishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank tegishli operatsiyalarni amalga oshirish qonunda, bankning taʼsis hujjatlarida va unga berilgan litsenziyada nazarda tutilgan hisobvaraqni ochishni rad etishga haqli emas, ana shunday rad etishga bankda bank xizmati koʻrsatishga qabul qilish imkoniyati yoʻqligi sabab boʻlgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank bank hisobvaragʻi shartnomasini tuzishdan asossiz ravishda bosh tortgan taqdirda, mijoz uning oldiga ushbu Kodeks 377-moddasining oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni qoʻyishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3420, 08.02.2023-y.).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
776-modda. Hisobvaraqda turgan pul mablagʻlarini tasarruf etish huquqini tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz nomidan hisobvaraqdagi mablagʻlarni oʻtkazish va berish haqida koʻrsatma beradigan shaxslarning huquqlari mijoz tomonidan bankka qonunda nazarda tutilgan, qonunga muvofiq bank qoidalari hamda bank hisobvaragʻi shartnomasi bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etish yoʻli bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz uchinchi shaxslarning talabiga muvofiq, shu jumladan mijozning ushbu shaxslar oldidagi majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq talabiga muvofiq pul mablagʻlarini hisobvaraqdan oʻchirish haqida farmoyish berishi mumkin. Bank tegishli talab qoʻyilgan vaqtda uni qoʻyishga haqli boʻlgan shaxsni aniqlash va bunday talabning xarakteri va asoslarini belgilash imkonini beradigan zarur maʼlumotlar bu farmoyishlarda yozma ravishda koʻrsatilgan taqdirda ularni qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank hisobvaragʻi shartnomasida hisobvaraqda turgan pul mablagʻlarini tasarruf etish huquqini elektron toʻlov vositalaridan hamda ularda mijozning oʻz imzosi, kodlari, parollari hamda farmoyish tegishli vakolati boʻlgan shaxs tomonidan berilganligini tasdiqlaydigan boshqa vositalarning oʻxshatmalaridan foydalanilgan boshqa hujjatlar bilan tasdiqlash nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
777-modda. Hisobvaraq boʻyicha bank bajaradigan operatsiyalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bank qonunda, qonunga muvofiq belgilab qoʻyilgan bank qoidalarida va bank amaliyotida qoʻllanadigan ish muomalasi odatlarida ushbu turdagi hisobvaraqlar uchun belgilab qoʻyilgan operatsiyalarni amalga oshirish yoʻli bilan hisobvaraqqa kelib tushayotgan pul mablagʻlarini qabul qilishi va kiritib qoʻyishi hamda mijozning pul mablagʻlarini qoʻlga berish haqidagi topshiriqlarini bajarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
778-modda. Hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunda yoki bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqacha muddatlar belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, bank tegishli toʻlov hujjati bankka tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan tushgan pul mablagʻlarini hisobvaraqqa kiritib qoʻyishi, mijozning topshirigʻiga muvofiq hisobvaraqdan pul mablagʻlarini qoʻlga berishi yoki oʻtkazishi shart. Hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish muddatlarini buzish bank uchun ushbu Kodeksning 327-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqaradi.
(778-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi OʻRQ-223-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank hisobvaragʻi shartnomasiga muvofiq bank mijozning hisobvaragʻida pul mablagʻlari yoʻqligiga qaramay, mijozning talablariga muvofiq toʻlovlarni amalga oshirgan hollarda bank mijozga toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab tegishli summaga kredit bergan (hisobvaraqni kreditlash) hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflarning hisobvaraqni kreditlash bilan bogʻliq huquq va majburiyatlari, agar bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qarz va kredit toʻgʻrisidagi qoidalar bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
780-modda. Bankning hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishga qilgan xarajatlarini toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz bankning hisobvaraqda turgan pul mablagʻlari bilan operatsiya qilish boʻyicha xizmatlariga bank hisobvaragʻi shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida haq toʻlaydi. Mazkur operatsiyalarni amalga oshirish borasidagi bank xizmatlarining narxi bank hisobvaragʻi shartnomasida belgilab qoʻyilmagan hollarda xizmatlar uchun toʻlanadigan haq ushbu Kodeksning 356-moddasiga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning xizmatlari uchun ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan haq, agar bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bank tomonidan har oyning oxirida mijozning hisobvaragʻida turgan pul mablagʻlaridan undirib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
781-modda. Hisobvaraqda turgan pul mablagʻlaridan bankning foydalanganligi uchun foiz toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bank hisobvaraqda turgan pul mablagʻlaridan foydalanganligi uchun mijozga foizlar toʻlaydi, ularning summasi hisobvaraqqa kiritib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan foizlar bank tomonidan bank hisobvaragʻi shartnomasida belgilanadigan miqdorda, shartnomada tegishli shartlar nazarda tutilmagan taqdirda esa— odatda bank talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar yuzasidan toʻlaydigan miqdorda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foizlar summasi bank hisobvaragʻi shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda, bunday muddatlar bank hisobvaragʻi shartnomasida nazarda tutilmagan hollarda esa — yilning har choragi tamom boʻlgach, hisobvaraqqa kiritib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
782-modda. Bankning va mijozning muqobil talablarini hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning hisobvaraqni kreditlash hamda bank xizmatlari uchun haq toʻlash bilan bogʻliq holda mijoz oldiga qoʻyiladigan pul talablari, shuningdek mijozning pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlar toʻlash haqida bank oldiga qoʻyadigan talablari, agar bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bir-birlarining talablarini hisobga olish yoʻli bilan bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablar bank tomonidan hisobga olinib, u talablar hisobga olinganligi toʻgʻrisida mijozga bank hisobvaragʻi shartnomasida belgilab qoʻyilgan tartibda va muddatlarda, bordiyu tegishli shartlarni taraflar kelishib olishmagan boʻlsa, banklar odatda tegishli hisobvaraqdagi pul mablagʻlarining holati toʻgʻrisida mijozlarga axborot beradigan tartibda va muddatlarda axborot berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
783-modda. Hisobvaraqdan pul mablagʻlarini oʻchirish asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank hisobvaraqdan pul mablagʻlarini mijozning topshirigʻi asosida oʻchiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijozning topshirigʻisiz hisobvaraqda turgan pul mablagʻlarini oʻchirishga sudning qarori bilan, shuningdek ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunda belgilab qoʻyilgan yoxud bank bilan mijoz oʻrtasidagi shartnomada nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
784-modda. Hisobvaraqdan pul mablagʻlarini oʻchirish navbati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobvaraqda unga qoʻyilgan hamma talablarni qanoatlantirish uchun yetarli miqdorda pul mablagʻlari boʻlsa, bu mablagʻlarni hisobvaraqdan oʻchirish mijozning farmoyishlari va oʻchirish uchun boshqa hujjatlar tushgan tartibda (kalendar navbat), agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobvaraqdagi pul mablagʻlari unga qoʻyilgan barcha talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, pul mablagʻlari quyidagi navbatda oʻchiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi navbatda mutanosib ravishda budjetga, budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlarni hamda ish haqi toʻlash uchun pul mablagʻlari berilishini nazarda tutuvchi toʻlov (ijrochi) hujjatlari boʻyicha, alimentlarni undirishga doir talablarni qondirish uchun hisobvaragʻidan pul mablagʻlarini oʻtkazish yoki pulni berishni nazarda tutuvchi ijrochi hujjatlar boʻyicha, mualliflik shartnomalariga binoan mukofotlarni toʻlash boʻyicha, shuningdek hayoti va salomatligiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha, budjetga toʻlovlar boʻyicha hamda mehnatga oid va unga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan toʻlovlar boʻyicha xoʻjalik subyektlarining majburiyatlari teng darajada bajarilishini taʼminlovchi ijrochi hujjatlar boʻyicha pul oʻchiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi navbatda boshqa pul talablarini qondirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha pul oʻchiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi navbatda boshqa toʻlov hujjatlari boʻyicha kalendar navbat tartibida pul oʻchiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 35/4, 82, 2011-41-son qarori bilan tasdiqlangan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlarga pul mablagʻlarini qonunchilikda belgilangan miqdorda hisobdan chiqarish, kalendar navbat tartibidan tashqari navbatda amalga oshiriladi.
(784-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
785-modda. Hisobvaraq boʻyicha operatsiyalar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi va pul mablagʻlari asossiz oʻchirilganligi uchun bankning javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijozga kelgan pul mablagʻlari hisobvaraqqa oʻz vaqtida kiritib qoʻyilmagan yoki bank hisobvaraqdan mablagʻlarni asossiz ravishda oʻchirgan hollarda bank mijozning talabi bilan tegishli summani darhol hisobvaraqqa kiritib qoʻyishi shart, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank oʻz vaqtida kiritilmagan yoki asossiz oʻchirilgan summaga ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq foizlar toʻlashi va zararning oʻrnini qoplashi ham shart. Bank hisobvaraqdan mablagʻlarni oʻz vaqtida bermaganligi va mijozning hisobvaraqdan mablagʻlarni oʻtkazish haqidagi farmoyishlarini oʻz vaqtida bajarmaganligi uchun ham javobgar boʻladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(785-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi OʻRQ-223-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
786-modda. Bank siri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklar bank hisobvaragʻi va bank omonati, hisobvaraq boʻyicha operatsiyalar hamda mijoz haqidagi maʼlumotlar sir saqlanishini kafolatlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar faqat mijozlarning oʻzlariga yoki ularning vakillariga berilishi mumkin. Davlat organlariga va ularning mansabdor shaxslariga bunday maʼlumotlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar bank tomonidan oshkor qilingan taqdirda, huquqlari buzilgan mijoz keltirilgan zararning oʻrnini qoplashni bankdan talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-apreldagi 216-I-son “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Qonunining 9-bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-fevraldagi PF-3968-son “Tijorat banklarida aholi omonatlari shartlarini liberallashtirish hamda kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining 4-bandi uchinchi xatboshisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
787-modda. Hisobvaraqni tasarruf qilishning cheklanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijozning hisobvaraqda turgan pul mablagʻlarini tasarruf qilish huquqlarini cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi, hisobvaraqda turgan pul mablagʻlarini xatlash yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
788-modda. Bank hisobvaragʻi shartnomasini bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank hisobvaragʻi shartnomasi mijozning arizasiga muvofiq istalgan vaqtda bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning talabiga koʻra bank hisobvaragʻi shartnomasi quyidagi hollarda sud tomonidan bekor qilinishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning hisobvaragʻida saqlanayotgan pul mablagʻlari summasi bank qoidalarida yoki shartnomada koʻzda tutilgan eng kam miqdordan oz boʻlsa, agar bunday summa bank bu haqda ogohlantirgan kundan boshlab bir oyda tiklanmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar shartnomada boshqa muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu hisobvaraq boʻyicha bir yil davomida operatsiyalar qilinmagan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobvaraqdagi pul mablagʻlarining qoldigʻi mijozning tegishli yozma arizasi olinganidan keyin kechi bilan yetti kun ichida mijozga beriladi yoki uning koʻrsatmasiga muvofiq boshqa hisobvaraqqa oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank hisobvaragʻi shartnomasining bekor qilinishi mijoz hisobvaragʻini yopish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bobning qoidalari, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, vakillik hisobvaraqlariga, vakillik yordamchi hisobvaraqlariga, banklarning boshqa hisobvaraqlariga ham tatbiq etiladi.
(789-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari” (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 31-avgustda 3281-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45-bob. Hisob-kitoblar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Hisob-kitoblar toʻgʻrisida umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
790-modda. Naqd pullar bilan va naqd pulsiz hisob-kitoblar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari bilan bogʻliq boʻlmagan holda ular oʻrtasidagi hisob-kitoblar va fuqarolar ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pullar bilan yoki naqd pulsiz summasi cheklanmagan holda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslar oʻrtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Koʻrsatib oʻtilgan shaxslar oʻrtasidagi hisob-kitoblar, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, naqd pulda ham amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonundan boshqacha tartib kelib chiqmasa va bunday tartibni foydalanilayotgan hisob-kitoblar shakli taqozo etmasa, naqd pulsiz hisob-kitoblar ularda qatnashayotgan shaxslarning hisobvaraqlari ochilgan banklar, boshqa kredit tashkilotlari (bundan buyon –– banklar) orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
791-modda. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning shakllari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Naqd pulsiz hisob-kitoblar amalga oshirilganda toʻlov topshiriqnomalari, akkreditivlar, cheklar bilan hisob-kitob qilishga, inkasso boʻyicha hisob-kitob qilishga, shuningdek qonunda, qonunga muvofiq chiqariladigan bank qoidalarida hamda bank amaliyotida qoʻllanilayotgan ish muomalasi odatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda hisob-kitob qilishga ham yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomadagi taraflar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hisob-kitob qilish shakllarining istalganini tanlab olishga va shartnomada nazarda tutishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi Qoidalari”.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.02 Toʻlov topshiriqnomalari bilan hisob-kitob]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Toʻlov topshiriqnomalari bilan hisob-kitob qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
792-modda. Toʻlov topshiriqnomalari bilan qilinadigan hisob-kitoblar toʻgʻrisida umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov topshiriqnomasi bilan hisob-kitob qilinganida bank mijozning topshirigʻiga muvofiq uning hisobvaragʻidagi mablagʻlar hisobidan maʼlum miqdor pul summasini mijoz koʻrsatgan shaxsning shu yoki boshqa bankdagi hisobvaragʻiga qonunchilikda nazarda tutilgan muddatlarda, agar bank hisobvaragʻi shartnomasida qisqaroq muddat nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u bank amaliyotida qoʻllaniladigan ish muomalasi odatlarida belgilangan boʻlmasa, oʻtkazish majburiyatini oladi.
(792-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov topshiriqnomasida mablagʻlarni oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaxs bankdan toʻlovni amalga oshirishni talab qilish huquqiga ega boʻlmaydi, bunday huquq qonunda yoki mijozning bank bilan tuzgan shartnomasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
793-modda. Toʻlov topshiriqnomasini bankning qabul qilish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov topshiriqnomasining hamda u bilan birga taqdim etiladigan hisob-kitob hujjatlarining mazmuni va shakli bank qoidalarida belgilab qoʻyilgan talablarga mos kelishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijozning topshirigʻi uning hisobvaragʻida mablagʻlar boʻlgan taqdirdagina, agar mijoz bilan bank oʻrtasidagi shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, bank tomonidan ijroga qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
794-modda. Topshiriqni ijro etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijozning toʻlov topshiriqnomasini qabul qilgan bank tegishli pul summasini topshiriqnomada koʻrsatilgan shaxsning hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun uni mablagʻ oluvchining bankiga ushbu Kodeksning 792-moddasi birinchi qismida belgilab qoʻyilgan muddatlarda oʻtkazishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank mijozning topshiriqnomasida koʻrsatilgan hisobvaraqqa pul mablagʻlarini oʻtkazish operatsiyalarini bajarish uchun boshqa banklarni jalb qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank mijozning talabiga koʻra, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, topshiriqning bajarilganligi haqida unga darhol xabar berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
795-modda. Topshiriqni bajarmaganlik yoki tegishli darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijozning topshirigʻi bajarilmagan yoki tegishli darajada bajarilmagan taqdirda, bank buning uchun ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov topshiriqnomasi boʻyicha hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan banklar ushbu topshiriqni bergan shaxs oldida solidar javobgar boʻladilar.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.03 Akkreditivlar bilan hisob-kitob]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Akkreditiv boʻyicha hisob-kitoblar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
796-modda. Akkreditiv boʻyicha hisob-kitoblar haqida umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditiv boʻyicha hisob-kitob qilinganida mijozning (toʻlovchining) topshirigʻi bilan va uning koʻrsatmalariga muvofiq akkreditiv ochgan bank (bank-emitent) mablagʻlarni oluvchi yoki u koʻrsatgan shaxs (bundan keyingi matnda — mablagʻlarni oluvchi) hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda toʻlovni amalga oshirish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda bank-emitent uni ochish vaqtida mijozning oʻz mablagʻlarini yoki unga berilgan kreditni bank emitentning majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga ijrochi bank ixtiyoriga oʻtkazishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda bank-emitent ijrochi bankka akkreditivning butun summasini bank-emitentning ijrochi bankda yuritilayotgan hisobvaragʻidan oʻchirish huquqini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
797-modda. Akkreditivning amal qilish muddati va u boʻyicha hisob-kitob qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditivning amal qilish muddati va u boʻyicha hisob-kitob qilish tartibi pul mablagʻlarini toʻlovchi bilan oluvchi oʻrtasidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomada yana quyidagilar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank-emitentning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditivning turi va uni bajarish usuli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻlarni oluvchini akkreditiv ochilganligi haqida xabardor qilish usuli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditiv boʻyicha mablagʻlar olish uchun oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning toʻliq roʻyxati va aniq tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar joʻnatilganidan (xizmatlar koʻrsatilgan, ishlar bajarilganidan) keyin hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank-emitent tomonidan mablagʻ oluvchini oldindan xabardor qilmagan holda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin boʻlgan akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv deyiladi. Akkreditivni chaqirib olish bank-emitent zimmasiga mablagʻlarni oluvchi oldida biron-bir majburiyat yuklamaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijro etuvchi bank operatsiyalarni bajarish paytigacha akkreditivning shartlari oʻzgartirilganligi yoki u bekor qilinganligi haqida bildirish olmagan boʻlsa, u chaqirib olinadigan akkreditiv boʻyicha toʻlovni yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar akkreditivning matnida boshqa narsa nazarda tutilgan boʻlmasa, u chaqirib olinadigan akkreditiv boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mablagʻ oluvchining roziligisiz bekor qilinishi mumkin boʻlmagan akkreditiv chaqirib olinmaydigan akkreditiv deyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank-emitentning iltimosiga binoan akkreditiv boʻyicha operatsiyani oʻtkazishda ishtirok etayotgan ijrochi bank chaqirib olinmaydigan akkreditivni tasdiqlashi mumkin (tasdiqlangan akkreditiv). Bunday tasdiqlash ijrochi bank bank-emitentning majburiyatiga qoʻshimcha suratda akkreditiv shartlariga muvofiq toʻlovni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olganligini bildiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijrochi bank tomonidan tasdiqlangan chaqirib olinmaydigan akkreditiv ijrochi bankning roziligisiz oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
800-modda. Akkreditivni ijro etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditivni ijro etish uchun mablagʻ oluvchi ijrochi bankka akkreditivning hamma shartlari bajarilganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi. Ushbu shartlardan birortasi buzilgan taqdirda akkreditiv hisobidan pul toʻlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijrochi bank akkreditiv shartlariga muvofiq toʻlovni amalga oshirgan yoki boshqa operatsiyani bajargan boʻlsa, bank-emitent unga qilingan xarajatlarni toʻlashi shart. Bank-emitentning ushbu xarajatlari, shuningdek akkreditivni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hamma xarajatlari mijoz tomonidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
801-modda. Hujjatlarni qabul qilishdan bosh tortish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijrochi bank tashqi alomatlari boʻyicha akkreditiv shartlariga muvofiq kelmaydigan hujjatlarni qabul qilishdan bosh tortsa, u bu haqda darhol mablagʻ oluvchiga va bank-emitentga sabablarni koʻrsatgan holda maʼlum qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bank-emitent ijrochi bank tomonidan qabul qilingan hujjatlarni olgach, ular tashqi alomatlariga koʻra akkreditiv shartlariga mos kelmaydi deb hisoblasa, ularni qabul qilishdan bosh tortishga hamda ijrochi bankdan mablagʻ oluvchiga akkreditiv shartlarini buzgan holda toʻlangan summani talab qilishga, qoplanmagan akkreditiv boʻyicha esa toʻlangan summani qoplashdan bosh tortishga haqli boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
802-modda. Akkreditiv shartlari buzilganligi uchun bankning javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditiv shartlari buzilganligi uchun mijoz oldida bank-emitent, bank-emitent oldida esa ijrochi bank javobgar boʻladi, ushbu moddada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijrochi bank qoplangan yoki tasdiqlangan akkreditiv boʻyicha pul mablagʻlarini toʻlashdan asossiz bosh tortgan taqdirda mablagʻlarni oluvchi oldidagi javobgarlik ijrochi bank zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijrochi bank akkreditiv shartlarini buzish oqibatida qoplangan yoki tasdiqlangan akkreditiv boʻyicha pul mablagʻlarini notoʻgʻri bergan taqdirda, mijoz oldidagi javobgarlik ijrochi bank zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
803-modda. Akkreditivni yopish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditiv ijrochi bankda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditiv muddati tamom boʻlgach;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻ oluvchining akkreditivning amal qilish muddati tamom boʻlgunicha undan foydalanishdan voz kechishi haqidagi arizasiga koʻra, agar bunday voz kechish mumkinligi akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul toʻlovchining akkreditivni butunlay yoki qisman chaqirib olish haqidagi talabiga muvofiq, agar bunday chaqirib olishga akkreditiv shartlari boʻyicha yoʻl qoʻyilsa, yopiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditiv yopilganligi haqida ijrochi bank bank-emitentni xabardor qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deponentlangan akkreditivning foydalanilmagan summasi akkreditiv yopilishi bilan bir vaqtda bank-emitentga qaytarib berilishi kerak. Bank-emitent qaytarib berilgan summalarni toʻlovchining mablagʻlar deponentlangan hisobvaragʻiga kiritib qoʻyishi shart.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.04 Inkasso boʻyicha hisob-kitob]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Inkasso boʻyicha hisob-kitoblar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
804-modda. Inkasso boʻyicha hisob-kitoblar haqida umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inkasso boʻyicha hisob-kitob qilinganida mijoz oʻz bankiga (bank-emitentga) pul toʻlovchidan toʻlovni va (yoki) toʻlov akseptini mijoz hisobidan qabul qilish haqida topshiriqnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inkasso topshirigʻini olgan bank-emitent uni bajarish uchun boshqa bankni (ijrochi bankni) jalb qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inkasso boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi qonunchilik bilan va bank amaliyotida qoʻllaniladigan ish muomalasi odatlari bilan boshqariladi.
(804-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijozning topshirigʻi bajarilmagan yoki tegishli suratda bajarilmagan taqdirda, bank-emitent uning oldida ushbu Kodeksning 24-bobida nazarda tutilgan asoslarga koʻra va miqdorda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijrochi bank tomonidan hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari buzilganligi munosabati bilan mijozning topshirigʻi bajarilmagan yoki tegishli suratda bajarilmagan boʻlsa, mijoz oldidagi javobgarlik ushbu bank zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
805-modda. Inkasso topshirigʻini bajarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biron-bir hujjat boʻlmagan yoki hujjatlar tashqi alomatlariga koʻra inkasso topshiriqnomasiga mos boʻlmagan taqdirda ijro etuvchi bank bu haqda darhol inkasso topshiriqnomasini bergan shaxsga xabar qilishi shart. Mazkur kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, bank topshiriqlarni bajarmasdan hujjatlarni qaytarib yuborishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlar qanday shaklda olingan boʻlsa, oʻsha shaklda toʻlovchiga taqdim etiladi, inkasso operatsiyasini rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan bank belgilari va yozuvlari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar hujjatlar olinishi bilanoq ular boʻyicha pul toʻlanishi shart boʻlsa, ijrochi bank inkasso topshiriqnomasini olgan zahoti toʻlovga taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar hujjatlar boʻyicha pul boshqa muddatda toʻlanishi kerak boʻlsa, ijrochi bank toʻlovchining akseptini olish uchun hujjatlarni inkasso topshiriqnomasi olinishi bilanoq, darhol akseptga taqdim etishi kerak, toʻlov talabi esa hujjatda koʻrsatilgan toʻlov muddati boshlanadigan kundan kechiktirmasdan qoʻyilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qisman bajariladigan toʻlovlar bank qoidalarida belgilab qoʻyilgan hollarda yoki inkasso topshiriqnomasida maxsus ruxsat boʻlsa qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olingan (inkassolangan) summalar ijrochi bank tomonidan darhol bank-emitent tasarrufiga topshirilishi, u esa bu summalarni mijozning hisobvaragʻiga kiritib qoʻyishi shart. Ijrochi bank inkasso qilingan summadan oʻziga tegishli haqni va xarajatlarni qoplashga ketadigan pulni ushlab qolishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
806-modda. Toʻlovdan bosh tortishni xabar qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar toʻlov va (yoki) aksept olingan boʻlmasa, ijrochi bank pul toʻlanmaganligining yoki akseptdan bosh tortilganligining sabablari toʻgʻrisida bank-emitentni darhol xabardor qilishi shart. Bank-emitent bu haqda darhol mijozga xabar berishi, undan navbatdagi harakatlar xususida koʻrsatmalar soʻrashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan keyingi harakatlar toʻgʻrisida bank qoidalarida belgilangan muddatda koʻrsatmalar olinmasa, ijrochi bank hujjatlarni inkasso topshiriqnomasi yuborgan bankka qaytarishga haqli.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.05 Cheklar bilan hisob-kitob]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Cheklar bilan hisob-kitob qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
807-modda. Cheklar bilan hisob-kitob qilishning umumiy qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chek beruvchining chekda koʻrsatilgan summani chek saqlovchiga toʻlash haqida bankka hech qanday shart qoʻyilmagan topshirigʻi mavjud boʻlgan qimmatli qogʻoz chek deyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chek bilan hisob-kitob qilinganida faqat chek beruvchining chek berish yoʻli bilan tasarruf etishga haqli boʻlgan mablagʻlari saqlanayotgan bankgina chek boʻyicha pul toʻlovchi qilib koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chekni taqdim etish muddati oʻtmagunicha uni chaqirib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chekning berilishi — bajarish uchun chek berilgan pul majburiyatini bekor qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov muomalasida cheklardan foydalanish tartibi va shartlari ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik bilan tartibga solinadi.
(807-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
808-modda. Chekning rekvizitlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chekda quyidagilar boʻlishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjat matniga kiritilgan “chek” degan nom;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan pul summasini toʻlash haqida toʻlovchiga topshiriq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovchining nomi va toʻlov qaysi hisobvaraqdan amalga oshirilishi kerakligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov valyutasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chek tuzilgan sana va joy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chekni yozib bergan shaxsning — chek beruvchining imzosi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatda mazkur rekvizitlardan birontasining boʻlmasligi chekni kuchdan mahrum qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuzilgan joyi koʻrsatilmagan chek chek beruvchi turgan joyda imzolangan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chekning shakli va uni toʻldirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(808-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
809-modda. Chek boʻyicha pul toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chek boʻyicha pul chek beruvchining mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chek qonunchilikda belgilab qoʻyilgan muddatda toʻlovga taqdim etilgan taqdirdagina u boʻyicha pul toʻlanadi.
(809-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chek boʻyicha pul toʻlagan shaxs chekning toʻlov olinganligi haqidagi tilxat bilan birga oʻziga berilishini talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
810-modda. Chek boʻyicha huquqlarni boshqa shaxsga berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chek boʻyicha huquqlar ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilgan holda boshqa shaxsga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Egasining nomi yozilgan chek boshqa shaxsga berilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtkazma chekda pul toʻlovchiga qilingan indossament toʻlovni olganlik uchun tilxat kuchiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlovchi tomonidan qilingan indossament haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar indossament boʻyicha olingan oʻtkazma chekka ega boʻlgan shaxs oʻzining huquqini uzluksiz (bir-birini taqozo etuvchi) indossamentlar qatori bilan asoslab bersa, u oʻtkazma chekning qonuniy egasi deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chek boʻyicha toʻlov kafolat (aval) vositasida toʻla yoki qisman kafolatlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avalni toʻlovchidan boshqa har qanday shaxs berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aval chekning old tomoniga yoki qoʻshimcha varaqqa “aval deb hisoblansin” degan yozuv bilan va u kim tomonidan hamda kim uchun berilganini koʻrsatgan holda qoʻyiladi. Agar aval kim uchun berilganligi koʻrsatilmagan boʻlsa, aval chek beruvchi uchun berilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aval avalchi tomonidan imzolanib, uning yashash joyi (turgan yeri) va ustxat yozilgan sana koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avalchi u avalni kim uchun bergan boʻlsa, oʻsha shaxs singari javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar avalchi kafolatlagan majburiyat shaklga amal qilmaslikdan boshqa har qanday asoslarga koʻra haqiqiy boʻlmagan taqdirda ham, avalchining majburiyati haqiqiy boʻlaveradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chek boʻyicha pul toʻlagan avalchi u kafolat bergan shaxsga nisbatan ham, bu shaxs oldida majburiyati boʻlgan shaxslarga nisbatan ham chekdan kelib chiqadigan huquqlarni qoʻlga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
812-modda. Chekni inkasso qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chek saqlovchiga xizmat qiladigan bankka toʻlovni olish uchun chekni inkassoga taqdim etish toʻlovga taqdim etish deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chek boʻyicha ushbu Kodeksning 805-moddasida belgilab qoʻyilgan tartibda pul toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inkassolangan chek boʻyicha mablagʻlarni chek saqlovchining hisobvaragʻiga kiritish, agar chek saqlovchi bilan bank oʻrtasidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, toʻlovchidan toʻlov olinganidan keyin amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
813-modda. Toʻlovchining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chek boʻyicha toʻlovchi chekning haqiqiyligiga, shu jumladan taqdim etuvchi chek boʻyicha vakil qilingan shaxs ekanligiga ham imkoniyatidagi hamma usullar bilan ishonch hosil qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inkassolangan chek boʻyicha pul toʻlanganida toʻlovchi indossantlarning imzosini emas, balki indossamentlar toʻgʻriligini tekshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soxta, oʻgʻirlangan yoki yoʻqotib qoʻyilgan chek boʻyicha toʻlovchi pul toʻlashi oqibatida koʻrilgan zarar kimning aybi bilan yetkazilganligiga qarab, toʻlovchining yoki chek beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
814-modda. Chek boʻyicha pul toʻlashdan bosh tortganlikni tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chek boʻyicha pul toʻlashdan bosh tortganlik quyidagi usullardan biri bilan tasdiqlanishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarius tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda norozilik bildirish;
(814-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul toʻlovchi chekka u boʻyicha pul toʻlashdan bosh tortganligi haqida belgi qoʻyilib, chek haq toʻlash uchun taqdim etilgan sanani koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inkasso qiluvchi bankning chek oʻz vaqtida taqdim etilganligi va u boʻyicha pul toʻlanmaganligi haqida, sanasini koʻrsatgan holda belgi qoʻyishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Norozilik yoki shu kabi harakat chekni haq toʻlash uchun taqdim etish muddati tugaguncha amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar chek muddatning oxirgi kunida taqdim etilgan boʻlsa, norozilik yoki shu kabi harakat keyingi ish kunida amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
815-modda. Chek boʻyicha pul toʻlanmaganligini xabar qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chek saqlovchi pul toʻlanmaganligi haqida norozilik bildirilgan yoki shu kabi harakat amalga oshirilgan kundan keyingi ikki ish kuni mobaynida oʻz indossantiga va chek beruvchiga xabar qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir indossant bildirish olgan kundan keyingi ikki ish kuni ichida oʻzi olgan bildirish haqida oʻzining (oldingi) indossantiga xabar berishi shart. Oʻsha shaxs uchun aval bergan shaxsga ham shu muddatda xabar yuboriladi. Koʻrsatilgan muddat davomida xabar yubormagan shaxs chek boʻyicha oʻz huquqlaridan mahrum boʻlmaydi. U chek boʻyicha pul toʻlanmaganligini xabar qilmagani tufayli keltirilgan zararning oʻrnini chek summasi doirasida qoplashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
816-modda. Chek boʻyicha pul toʻlamaslik oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlovchi chek boʻyicha pul toʻlashdan bosh tortgan va bu hol ushbu Kodeksning 814-moddasiga muvofiq tasdiqlanganida chek saqlovchi oʻz xohishiga koʻra chek boʻyicha majburiyatli boʻlgan bitta, bir necha yoki barcha shaxslarga (chek beruvchi, avalchilar, indossantlarga) nisbatan daʼvo qoʻzgʻatishga haqli boʻlib, ular chek saqlovchi oldida solidar javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chek saqlovchi mazkur shaxslardan chek summasini, chek boʻyicha pul olishga qilgan oʻz chiqimlarini, shuningdek foizlarni ushbu Kodeks 327-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda toʻlashni talab qilishga haqli. Xuddi shunday huquqqa chek boʻyicha pul toʻlashi shart boʻlgan shaxs ham chek boʻyicha pul toʻlaganidan keyin ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chek saqlovchining ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan daʼvosi chekni haq toʻlashga taqdim etish muddati tamom boʻlgan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida qoʻzgʻatilishi mumkin. Majburiyatli shaxslarning bir-birlariga nisbatan daʼvolari boʻyicha regress talablari tegishli majburiyatli shaxs talabni qondirgan kundan yoki unga daʼvo qoʻzgʻatilgan kundan boshlab olti oy oʻtgach qoplanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.18.00 Topshiriqnoma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46-bob. Topshiriq
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Topshiriq shartnomasi boʻyicha bir taraf (vakil) ikkinchi taraf (topshiriq beruvchi)ning nomidan va uning hisobidan muayyan yuridik harakatlarni sodir etish majburiyatini oladi. Vakil tuzgan bitim boʻyicha huquq va majburiyatlar bevosita topshiriq beruvchida vujudga keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Topshiriq vakil tomonidan bir yoki bir necha muayyan yuridik harakatlarni sodir etish haqida yoki topshiriq beruvchining ishlarini uning koʻrsatmalariga muvofiq yuritish haqida berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil alohida huquqlarga ega boʻladigan topshiriq shartnomasi boʻyicha bir taraf (topshiriq beruvchi) ikkinchi tarafga (alohida huquqlarga ega boʻlgan vakilga) topshiriq beruvchi nomidan va uning hisobidan maʼlum sohada yoki (va) maʼlum hududda topshiriq beruvchi uchun yuridik ahamiyatga ega boʻlgan hamma harakatlarni sodir etishni topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Topshiriq shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Topshiriq shartnomasi vakil topshiriq beruvchining nomidan ish olib borishga haqli boʻladigan muddatni koʻrsatgan yoki bunday muddatni koʻrsatmagan holda tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda yoki topshiriq shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, topshiriq beruvchi ishonchli vakilga haq toʻlashi shart.
(818-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar topshiriq shartnomasi ikkala taraf yoki ulardan birining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq boʻlsa, topshiriq beruvchi, agar shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, ishonchli vakilga haq toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haq toʻlash nazarda tutilgan topshiriq shartnomasida toʻlanadigan haqning miqdori va uni toʻlash haqidagi shartlar boʻlmasa, haq ushbu Kodeks 356-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq shunga oʻxshash xizmatlar uchun odatda qabul qilingan narxlar boʻyicha belgilanadi va topshiriq bajarilganidan keyin toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil talab qilingan hamma harakatlarni tegishli darajada amalga oshirgan, biroq topshiriq u aybdor boʻlmagan holda bajarilmay qolgan taqdirda ham haq toʻlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat vakili sifatida ish olib boruvchi ishonchli vakil ushbu Kodeksning 290-moddasiga muvofiq, topshiriq beruvchiga topshirilishi kerak boʻlgan oʻz qoʻlidagi ashyolarni topshiriq shartnomasi boʻyicha oʻz talablarini taʼminlash uchun ushlab turishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
819-modda. Topshiriqni topshiriq beruvchining koʻrsatmalariga muvofiq bajarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil oʻziga berilgan topshiriqni topshiriq beruvchining koʻrsatmalariga muvofiq bajarishi shart. Topshiriq beruvchining koʻrsatmalari aniq, yoʻl qoʻyiladigan va bajariladigan boʻlmogʻi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishning holatlariga koʻra topshiriq beruvchining manfaatlari uchun uning koʻrsatmalaridan chetga chiqish zarur boʻlsa hamda vakil topshiriq beruvchidan bu haqda oldindan soʻray olmagan yoxud oʻz soʻroviga oqilona muddatda javob olmagan boʻlsa, u topshiriq beruvchining koʻrsatmalaridan chetga chiqishga haqli. Bunday hollarda vakil xabar berish imkoni tugʻilishi bilanoq yoʻl qoʻyilgan chetga chiqishlar haqida topshiriq beruvchiga xabar berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Topshiriq beruvchi tijorat vakili sifatida ish olib boradigan vakilga topshiriq beruvchining manfaatlarini koʻzlab oldindan soʻrov yubormagan holda topshiriq beruvchining koʻrsatmalaridan chetga chiqish huquqini berishi mumkin. Bunday hollarda tijorat vakili, agar topshiriq shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, yoʻl qoʻyilgan chetga chiqishlar haqida topshiriq beruvchiga oqilona muddatda xabar berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
820-modda. Vakilning majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil quyidagilarni bajarishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga berilgan topshiriqni ushbu Kodeksning 822-moddasida koʻrsatilgan hollardan tashqari, shaxsan oʻzi bajarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topshiriq beruvchining talabiga muvofiq unga topshiriq qanday bajarilayotganligi haqida maʼlumot berib turishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topshiriqni bajarish uchun tuzilgan bitimlar boʻyicha olingan hamma narsani kechiktirmasdan topshiriq beruvchiga topshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topshiriq bajarib boʻlinganidan keyin amal qilish muddati tamom boʻlmagan ishonchnomani kechiktirmasdan topshiriq beruvchiga qaytarib berishi va, agar shartnoma shartlariga yoki topshiriqning xususiyatiga koʻra zarur boʻlsa, hisobot taqdim etib, unga isbotlovchi hujjatlarni ilova qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topshiriq bajarilganidan keyin, agar qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, vakilga haq toʻlashi shart.
(821-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
822-modda. Topshiriqni bajarishni boshqa shaxsga ishonib topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar topshiriq shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa yoki vakil topshiriq beruvchining manfaatlarini himoya qilish maqsadida vaziyat taqozosi bilan majbur boʻlsa, vakil topshiriqning bajarilishini boshqa shaxsga (oʻrinbosarga) topshirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Topshiriqni bajarishni boshqa shaxsga ishonib topshirgan vakil bu haqda darhol topshiriq beruvchini xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Topshiriq beruvchi vakil tanlagan oʻrinbosarni rad etishga haqli, oʻrinbosarning nomi topshiriq shartnomasida keltirilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vakil oʻrinbosarining nomi shartnomada koʻrsatilgan boʻlsa, vakil ishlarning oʻrinbosar tomonidan olib borilishi uchun javobgar boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishlarning oʻrinbosar tomonidan olib borilishi topshiriq shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa-yu, lekin oʻrinbosarning nomi unda koʻrsatilgan boʻlmasa, vakil oʻrinbosarning aybli harakatlari uchun javobgar boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vakilning oʻrinbosari tomonidan ish yuritilishi topshiriq shartnomasida nazarda tutilmagan boʻlsa, vakil oʻz oʻrinbosarining har qanday harakatlari uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
823-modda. Topshiriq shartnomasining bekor boʻlishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Topshiriq shartnomasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topshiriq beruvchi topshiriqni bekor qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakil topshiriqdan bosh tortishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topshiriq beruvchining yoki vakilning vafot etishi, ulardan birining muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilishi natijasida toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Topshiriq beruvchi istagan vaqtda topshiriqni bekor qilishga, vakil esa topshiriqdan bosh tortishga haqli. Bu huquqdan voz kechish haqidagi kelishuv oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vakil topshiriq shartnomasining bekor qilingani haqida bilmagan va bilishi lozim boʻlmagan boʻlsa, uning topshiriq beruvchining koʻrsatmasiga muvofiq qonuniy ravishda qilgan harakatlari topshiriq beruvchi (uning qonuniy vorisi) zimmasiga uchinchi shaxslar va vakilga nisbatan majburiyat yuklaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkor sifatida ish olib borayotgan vakil bilan topshiriq shartnomasidan bosh tortayotgan taraf shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida ikkinchi tarafni, agar shartnomada uzoqroq muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, kamida oʻttiz kun oldin xabardor qilishi shart. Tijorat vakili boʻlgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganida topshiriq beruvchi oʻz topshirigʻini ana shunday oldindan xabar bermay turib bekor qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
824-modda. Topshiriq shartnomasini bekor qilish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar topshiriq shartnomasi topshiriq vakil tomonidan toʻliq bajarilishidan oldin bekor qilingan boʻlsa, topshiriq beruvchi vakilga topshiriqni bajarish vaqtida qilingan chiqimlarni toʻlashi, vakilga haq berilishi kerak boʻlganida esa, unga bajarilgan ishga muvofiq haq toʻlashi ham shart. Bu qoida vakil topshiriqning bekor qilinganini bilgan yoki bilishi lozim boʻlganidan keyin bajargan topshiriqqa tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
825-modda. Topshiriq shartnomasida huquqiy vorislik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil vafot etgan taqdirda, uning merosxoʻrlari yoki meros mulkning saqlanishini taʼminlash majburiyati yuklatilgan boshqa shaxslar topshiriq shartnomasi bekor qilinishi haqida topshiriq beruvchiga kechiktirmay xabar berishlari hamda topshiriq beruvchining mol-mulkini muhofaza qilish uchun zarur choralarni koʻrishlari, xususan, topshiriq beruvchining ashyolarini, shuningdek hujjatlarini saqlab qoʻyishlari, soʻngra esa unga topshirishlari shart. Vakil (ishonchli vakil) boʻlgan yuridik shaxsni tugatayotgan shaxsning zimmasida ham shunday majburiyat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil (ishonchli vakil) sifatida ish olib borayotgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganida topshiriq beruvchi bu haqda darhol xabardor qilinishi kerak. Mazkur holatda bunday yuridik shaxsning huquq va majburiyatlari, agar topshiriq beruvchi oʻttiz kunlik muddatda topshiriq shartnomasidan bosh tortishini maʼlum qilmasa, uning qonuniy vorisiga oʻtadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.19.00 Begona shaxsning manfaatini koʻzlab topshiriqnomasiz harakat qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47-bob. Begona shaxsning manfaatini koʻzlab topshiriqsiz harakat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
826-modda. Begona shaxsning manfaatini koʻzlab harakat qilish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatdor shaxsga yoki uning mol-mulkiga zarar yetkazilishining oldini olish, uning majburiyatlarini bajarish yoki uning qonunga zid boʻlmagan boshqa manfaatlarini koʻzlab, uning topshirigʻisiz, boshqa koʻrsatmasisiz yoki oldindan vaʼda berilgan roziligisiz qilingan harakatlar (begona shaxsning manfaatini koʻzlab qilingan harakatlar) ochiq koʻrinib turgan manfaat yoki foydadan hamda manfaatdor shaxsning haqiqiy yoki ehtimol tutilgan niyatlaridan kelib chiqib hamda ishning holatlariga koʻra zarur gʻamxoʻrlik va ehtiyotkorlik bilan qilinmogʻi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bobda nazarda tutilgan qoidalar bunday harakatlar faoliyatining maqsadlaridan biri boʻlgan davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari boshqa shaxslar manfaatlari yoʻlida amalga oshiradigan harakatlarga nisbatan qoʻllanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
827-modda. Boshqa shaxsning manfaatini koʻzlab topshiriqsiz harakat qiluvchi shaxsning majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa shaxsning manfaatlarini koʻzlab, uning topshirigʻisiz harakat qiluvchi shaxs birinchi imkoniyat tugʻilishi bilanoq, bu haqda manfaatdor shaxsga xabar berishi shart. Agar manfaatdor shaxs bu harakatlarni maʼqullasa, shundan keyin topshiriq shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar taraflarning munosabatlariga nisbatan qoʻllanadi. Mazkur harakatlar maʼqullanmagan taqdirda ular boʻyicha javobgarlik topshiriqsiz harakat qilgan shaxs zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatdor shaxsni xabardor qilish mumkin boʻlmasa, harakatlarni topshiriqsiz boshlagan shaxs ularni oxiriga yetkazishi, manfaatdor shaxs uchun salbiy mulkiy oqibatlarning oldini olish boʻyicha oʻziga bogʻliq boʻlgan hamma choralarni koʻrishi shart. Bunda topshiriqsiz harakat qilgan shaxs ishni yuritish bilan bogʻliq boʻlgan hamma narsani, shu jumladan tuzilgan bitimlar boʻyicha majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga olishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar boshqa shaxsning manfaatlarini koʻzlab uning topshirigʻisiz harakat qilayotgan shaxs birinchi imkoniyat tugʻilishi bilanoq bu haqda manfaatdor shaxsni xabardor qilmasa, u qilingan xarajatlarni qoplashni talab qilishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa shaxsning manfaatini koʻzlab topshiriqsiz harakat qilayotgan shaxs tegishli faoliyatning amalga oshirilishidan manfaatdor boʻlgan fuqaro vafot etgan yoki yuridik shaxsning faoliyati toʻxtatilgan taqdirda ham manfaatdor shaxsning merosxoʻrlari (qonuniy vorislari) uning oʻrnini olgunlaricha boshlangan faoliyatni davom ettirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
828-modda. Boshqa shaxsning manfaatini koʻzlab bitim tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa shaxsning manfaatini koʻzlab tuzilgan bitim boʻyicha majburiyatlar bitim tuzilishidan manfaatdor boʻlgan shaxs mazkur bitimni maʼqullagan paytdan boshlab unga oʻtadi, basharti boshqa taraf majburiyatlarning bunday oʻtishiga eʼtiroz bildirmasa yoki bitimni tuzish paytida bitim boshqa shaxsning manfaatini koʻzlab tuzilganligini bilgan yoxud bilishi lozim boʻlgan boʻlsa. Bunday bitim boʻyicha majburiyatlar bitim tuzilishidan manfaatdor boʻlgan shaxsga oʻtganida, ushbu bitim boʻyicha huquqlar ham shu shaxsga berilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitim tuzgan shaxs boshqa shaxsning manfaatlarini koʻzlab amalga oshirilgan faoliyat tufayli qilgan xarajatlari qoplanguncha huquqlarni topshirishni kechiktirib turishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
829-modda. Topshiriqsiz qilingan harakatlardan manfaatdor shaxsning majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Topshiriqsiz qilingan harakatlardan manfaatdor boʻlgan shaxs uning manfaatlarini koʻzlab ish olib borgan shaxsga zarur xarajatlarni va boshqa haqiqiy zararni qoplashi shart. Mazkur majburiyat boshqa shaxsning manfaatlari yoʻlidagi harakatlar oqilona boʻlib, biroq koʻzlangan natijaga erishilmagan hollarda ham saqlanib qoladi. Lekin boshqa shaxsning mol-mulkiga zarar yetkazishning oldi olingan hollarda oʻrnini qoplash haqining miqdori mol-mulkning qiymatidan oshib ketmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shaxsning harakatlari bevosita boshqa shaxsning manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan boʻlmasa, shu jumladan ularni amalga oshirgan shaxs oʻz manfaatlarimni koʻzlab harakat qilyapman deb xato oʻylagan va uning harakatlari boshqa shaxsning asossiz boyib ketishiga olib kelgan hollarda ham ushbu Kodeksning 58-bobida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanadi. Boshqa shaxsning manfaatlarini koʻzlab qilingan harakatlar uning tadbirkorlik faoliyati doirasiga kirgan taqdirda, bu shaxs haqiqiy zararning oʻrnini qoplash bilan bir qatorda tegishli miqdorda haq toʻlanishini ham talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa shaxsning manfaatlarini koʻzlab harakat qilgan shaxsning manfaatdor shaxs maʼqullaganidan keyingi harakatlari munosabati bilan qilgan xarajatlari va koʻrgan boshqa zararlari tegishli turdagi shartnoma toʻgʻrisidagi qoidalarga muvofiq qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
830-modda. Boshqa shaxsning manfaatlarini koʻzlab qilingan harakatlar tufayli yetkazilgan zararni qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa shaxsning manfaatlarini koʻzlab qilingan harakatlar tufayli manfaatdor shaxsga yoki uchinchi shaxsga yetkazilgan zararni qoplash sohasidagi munosabatlar ushbu Kodeks 57-bobining qoidalariga muvofiq tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
831-modda. Boshqa shaxsning manfaatini koʻzlab harakat qilgan shaxsning hisoboti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa shaxsning manfaatini koʻzlab harakat qilgan shaxs kimning manfaatini koʻzlab faoliyat olib borgan boʻlsa, oʻsha shaxsga olingan daromadlar, qilingan xarajatlar va koʻrilgan zararni koʻrsatgan holda hisobot taqdim etishi shart.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.20.00 Vositachilik]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48-bob. Vositachilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachilik shartnomasi boʻyicha bir taraf (vositachi) ikkinchi tarafning (komitent) topshirigʻi boʻyicha oʻz nomidan, biroq komitent hisobidan bir yoki bir necha bitimni haq evaziga tuzish majburiyatini oladi. Vositachilik shartnomasi yozma ravishda tuzilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachi tomonidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim boʻyicha, garchi bitimda komitentning nomi tilga olingan yoki u bitimni bajarish boʻyicha uchinchi shaxs bilan bevosita munosabatlarga kirishgan boʻlsa ham, vositachi huquqlarga ega boʻladi va zimmasiga majburiyat oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachilik shartnomasi muayyan muddatga yoki amal qilish muddati koʻrsatilmagan holda, qaysi hududda bajarilishi koʻrsatilgan yoki koʻrsatilmagan holda, komitent vositachiga topshirgan komitentning manfaatlarini koʻzlab va uning hisobidan bitim tuzish huquqini uchinchi shaxslarga bermaslik haqida majburiyat olgan holda yoki bunday majburiyatni olmagan holda, vositachilik narsasi boʻlgan tovarlarning assortimenti xususida shartlar qoʻyilgan yoki qoʻyilmagan holda tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikda ayrim turdagi vositachilik shartnomasining xususiyatlari nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
(832-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komitent vositachiga haq toʻlashi, vositachi bitimning uchinchi shaxs tomonidan bajarilishi uchun kafolatni oʻz zimmasiga olgan (delkredere) hollarda esa shartnomada belgilangan miqdorda qoʻshimcha haq ham toʻlashi shart. Agar shartnomada bu miqdor nazarda tutilgan boʻlmasa va u shartnomaning shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanishi mumkin boʻlmasa, haq miqdori ushbu Kodeks 356-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vositachilik shartnomasi komitentga bogʻliq sabablar bilan bajarilmagan boʻlsa, vositachi vositachilik haqiga, shuningdek qilingan xarajatlarning qoplanishiga boʻlgan huquqini saqlab qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
834-modda. Vositachilik topshirigʻini bajarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachi uchinchi shaxs bilan oʻzi tuzgan bitimdan kelib chiqadigan hamma majburiyatlarni bajarishi va hamma huquqlarni amalga oshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachi oʻz zimmasiga olgan topshiriqni komitentning koʻrsatmalariga muvofiq, vositachilik shartnomasida bunday koʻrsatmalar boʻlmaganda esa — ish muomalasi odatlariga yoki odatda qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq komitent uchun eng foydali shartlar asosida bajarishi lozim. Agar vositachi bitimni komitent koʻrsatganidan ham foydaliroq shartlar asosida tuzgan boʻlsa, qoʻshimcha foyda, basharti shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, taraflar oʻrtasida baravar taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachi bitimning ijrosi uchun komitentga kafolat bergan (delkredere) hollarda u vositachilik shartnomasida kelishilgan miqdorda qoʻshimcha haq olish huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komitent hisobidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim uchinchi shaxs tomonidan bajarilmaganligi uchun vositachi komitent oldida javobgar boʻlmaydi, vositachi ushbu shaxsni tanlashda zarur ehtiyotkorlik qilmagan yoki bitimning bajarilishiga kafolat bergan (delkredere) hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachi uchinchi shaxs bilan tuzgan bitimni uchinchi shaxs bajarmagan taqdirda, vositachi bu haqda darhol komitentga xabar berishi, zarur dalil-isbotlarni toʻplashi va taʼminlashi, shuningdek komitentning talabiga koʻra bunday bitim yuzasidan huquqlarni talablarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qoidalarga rioya qilgan holda (ushbu Kodeksning 313-317, 319, 320-moddalari) unga topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning beshinchi qismi asosida bitim boʻyicha huquqlarni komitentga topshirishga, vositachining uchinchi shaxs bilan huquqlarni bunday berishni taqiqlaydigan yoki cheklaydigan kelishuvidan qatʼi nazar, yoʻl qoʻyiladi. Bu hol vositachi huquqni topshirishni taqiqlash yoki cheklash haqidagi kelishuvni buzib huquqni topshirganligi munosabati bilan uni uchinchi shaxs oldidagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik Sudi Plenumining 2003-yil 28-fevraldagi 110-son “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
835-modda. Qoʻshimcha vositachilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, vositachi vositachilik shartnomasini bajarish maqsadida boshqa shaxs bilan qoʻshimcha vositachilik shartnomasi tuzishga haqli boʻlib, qoʻshimcha vositachining harakatlari uchun komitent oldida javobgar boʻlib qolaveradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshimcha vositachilik shartnomasi boʻyicha vositachi qoʻshimcha vositachiga nisbatan komitent huquqlari va majburiyatlariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun biron-bir bitimni faqat maxsus vakil qilingan shaxslar bilan tuzishga yoʻl qoʻyadigan hollarda qoʻshimcha vositachilik shartnomasi faqat ana shunday shaxs bilangina tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vositachilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, vositachilik shartnomasi bekor qilingunga qadar komitent vositachining roziligisiz qoʻshimcha vositachi bilan bevosita munosabatlarga kirishishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachi sotadigan mol-mulkning bahosi, agar qonunchilikda yoki vositachilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, komitent bilan kelishgan holda belgilanadi.
(836-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
837-modda. Komitentning koʻrsatmalaridan chetga chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachi komitentning koʻrsatmalaridan ushbu Kodeksning 819-moddasida nazarda tutilgan hollarda chetga chiqishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni komitent bilan kelishilgan narxdan arzon sotgan vositachi mol-mulkni kelishilgan narxda sotish imkoniga ega boʻlmaganligini va arzon narxda sotish natijasida yana ham koʻproq zararning oldi olinganligini isbot qilib bermasa, oradagi farqni komitentga toʻlashi shart. Vositachi komitentdan ruxsat soʻrashi shart boʻlgan hollarda u komitentning koʻrsatmalaridan chetga chiqishga komitentning roziligini oldindan olish imkoniyatiga ega boʻlmaganligini ham isbot qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vositachi mol-mulkni komitent bilan kelishilgandan yuqoriroq narxda sotib olgan boʻlsa, bunday xaridni qabul qilishni istamagan komitent vositachidan uchinchi shaxs bilan bitim tuzilganligi haqida bildirish olganidan keyin oqilona muddatda bu haqda vositachiga maʼlum qilishi shart. Aks holda xarid komitent tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vositachi narxdagi farqni oʻzi toʻlashini maʼlum qilsa, komitent oʻzi uchun tuzilgan bitimdan bosh tortishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
838-modda. Vositachilik narsasi hisoblangan ashyolarga boʻlgan huquq
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komitentdan vositachiga oʻtgan yoki vositachi komitent hisobidan sotib olgan ashyolar komitentning mulki boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachi ushbu Kodeksning 290-moddasiga muvofiq oʻz qoʻlida boʻlgan, komitentga yoki komitent koʻrsatgan shaxsga topshirilishi kerak boʻlgan ashyolarni vositachilik shartnomasi boʻyicha oʻz talablarini taʼminlash uchun ushlab turishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komitent toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilingan taqdirda vositachining mazkur huquqi bekor qilinadi, uning oʻzi ushlab turgan ashyolar qiymati doirasida komitentga qoʻyadigan talablari ushbu Kodeksning 291-moddasiga muvofiq garov bilan taʼminlangan talablar qatorida qanoatlantiriladi.
(838-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
839-modda. Vositachining talablarini komitentga tegishli summalardan ushlab qolish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachi ushbu Kodeksning 343-moddasiga muvofiq vositachilik shartnomasi boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan summalarni komitent hisobidan oʻziga tushgan hamma summalardan ushlab qolishga haqli. Biroq komitentning oʻz talablarini qondirish navbati boʻyicha garov saqlovchilar oldida imtiyozdan foydalanadigan kreditorlari bu talablarni vositachi ushlab qolgan summalardan qanoatlantirish huquqidan mahrum etilmaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
840-modda. Komitentning mol-mulki yoʻqolganligi, yetishmasligi yoki shikastlanganligi uchun vositachining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachi oʻz ixtiyoridagi komitent mol-mulkining yoʻqolishiga, yetishmasligiga yoki shikastlanishiga olib kelgan har qanday kamchilik uchun komitent oldida javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vositachi komitent yuborgan yoki vositachiga komitent uchun kelgan mol-mulkni qabul qilib olayotganida bu mol-mulkda tashqaridan koʻzdan kechirganda sezib qolinishi mumkin boʻlgan shikastlanish yoki yetishmovchilik mavjud boʻlsa, shuningdek komitentning vositachi qoʻlida turgan mol-mulkiga biron-bir shaxs zarar keltirgan taqdirda vositachi komitentning huquqlarini himoya qilish choralarini koʻrishi, zarur dalil-isbotlarni toʻplashi va bularning barchasi haqida darhol komitentni xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz ixtiyoridagi komitentning mol-mulkini sugʻurtalamagan vositachi buning uchun faqat komitent unga mol-mulkni komitent hisobidan sugʻurtalashni buyurgan yoki vositachining bu mol-mulkni sugʻurtalashi vositachilik shartnomasida yoki ish muomalasi odatlarida nazarda tutilgan hollar javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
841-modda. Komitentning vositachilik shartnomasi boʻyicha ijroni qabul qilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komitent:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vositachilik shartnomasi boʻyicha ijro etilgan hamma narsani vositachidan qabul qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi uchun vositachi tomonidan sotib olingan mol-mulkni koʻzdan kechirishi va ushbu mol-mulkda aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisida darhol vositachini xabardor qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vositachini vositachilik topshirigʻini bajarish yuzasidan uchinchi shaxs oldida oʻz zimmasiga olgan majburiyatlardan ozod qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
842-modda. Vositachilik topshirigʻini bajarish uchun qilingan xarajatlarni qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komitent vositachilik haqini, tegishli hollarda esa delkredere uchun qoʻshimcha haqni ham toʻlashdan tashqari, vositachilik topshirigʻini bajarish yuzasidan vositachi sarflagan summalarni ham unga toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda yoki vositachilik shartnomasida boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, vositachi oʻz ixtiyorida boʻlgan komitentning mol-mulkini saqlash yuzasidan qilgan xarajatlari qoplanishiga haqli emas.
(842-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
843-modda. Vositachilik topshirigʻining komitent tomonidan bekor qilinishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komitent vositachiga bergan topshirigʻini istagan vaqtida bekor qilib, vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli. Bunda vositachining topshiriq bekor qilinishi munosabati bilan koʻrgan zarari umumiy asoslarda qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachilik shartnomasi amal qilish muddati koʻrsatilmagan holda tuzilgan taqdirda komitent shartnomani bekor qilishi haqida, agar shartnomada xabar qilishning uzoqroq muddati nazarda tutilgan boʻlmasa, kamida oʻttiz kun oldin vositachini xabardor qilishi shart. Bunday holda komitent vositachiga u shartnoma bekor qilinguncha tuzgan bitimlar uchun haq toʻlashi, shuningdek vositachi shartnoma bekor boʻlgunicha qilgan xarajatlarni toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Topshiriq bekor qilingan taqdirda komitent vositachi ixtiyoridagi oʻz mol-mulkini vositachilik shartnomasida belgilangan muddatda, bordi-yu bunday muddat belgilanmagan boʻlsa, darhol tasarruf etishi shart. Agar komitent bu majburiyatni bajarmasa, vositachi mol-mulkni komitent hisobidan saqlab qoʻyishga topshirishga yoki uni komitent uchun iloji boricha foydali bahoda sotishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
844-modda. Vositachining topshiriqni bajarishdan bosh tortishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vositachilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, vositachi shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli emas, shartnoma amal qilish muddati koʻrsatilmasdan tuzilgan hollar bundan mustasno. Bunday holda vositachi komitentga shartnomani bekor qilishi haqida, agar xabar qilishning uzoqroq muddati shartnomada nazarda tutilgan boʻlmasa, kamida oʻttiz kun oldin xabar berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachi komitentning mol-mulki saqlanishini taʼminlash uchun zarur chora-tadbirlarni koʻrishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachi topshiriqni bajarishdan bosh tortayotganligi haqida xabardor qilingan komitent vositachining topshiriqni bajarishdan bosh tortayotganligi haqida bildirishnoma olgan kundan eʼtiboran, agar shartnomada boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, oʻn besh kun ichida vositachi ixtiyoridagi oʻz mol-mulkini tasarruf etishi shart. Agar komissioner ushbu majburiyatni bajarmasa, vositachi yo mol-mulkni saqlab qoʻyishga topshirishga yoki uni komitent uchun iloji boricha foydali bahoda sotishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vositachilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, topshiriqni bajarishdan bosh tortgan vositachi shartnoma bekor qilinguncha oʻzi tuzgan bitimlar uchun vositachilik haqi olishga, shuningdek shu paytga qadar qilgan xarajatlarining qoplanishiga boʻlgan huquqini saqlab qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
845-modda. Vositachilik shartnomasining bekor qilinishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachilik shartnomasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komitent shartnomani bajarishdan bosh tortganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vositachi shartnomani bajarishdan bosh tortganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vositachi vafot etganligi, u muomalaga layoqatsiz, layoqati cheklangan, bedarak yoʻqolgan yoki nochor deb topilganligi oqibatida bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
846-modda. Komitentning muddati koʻrsatilmay tuzilgan vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komitent muddati koʻrsatilmay tuzilgan vositachilik shartnomasini bajarishdan istagan vaqtda bosh tortishga haqli boʻlib, bu haqda vositachini, agar shartnomada uzoqroq muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, kamida oʻttiz kun oldin xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday holda komitent vositachilik shartnomasi bekor qilinganga qadar tuzgan bitimlari uchun vositachiga haq toʻlashi, shuningdek vositachi shartnoma bekor boʻlguncha qilgan xarajatlarni unga toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komitent vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortgan taqdirda ushbu Kodeks 844-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
847-modda. Vositachining vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachi muddati koʻrsatilmasdan tuzilgan vositachilik shartnomasini bajarishdan istagan vaqtda bosh tortishga haqli boʻlib, bu haqda komitentni, agar xabardor qilishning uzoqroq muddati shartnomada koʻzda tutilgan boʻlmasa, oʻttiz kundan kechiktirmasdan xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday holda vositachi oʻz ixtiyoridagi komitentning mol-mulki toʻliq saqlanishi uchun choralar koʻrishi shart. Komitent vositachilik shartnomasi bekor boʻlgunicha vositachining ixtiyoridagi mol-mulkni tasarruf qilishi shart. Agar u mana shu majburiyatni bajarmasa, vositachi yo mol-mulkni komitent hisobidan saqlashga topshirishga yoki uni komitent uchun mumkin qadar foydali bahoda sotishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortgan vositachi vositachilik haqini olish hamda shartnoma bekor boʻlgan paytda oʻziga tegishli boʻladigan xarajatlarni undirib olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
848-modda. Fuqaroning vafot etishi yoki yuridik shaxsning tugatilishi oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaro vafot etgan yoki vositachi yuridik shaxs tugatilgan taqdirda vositachilik shartnomasi bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachi yuridik shaxs qayta tashkil etilganida uning vositachi sifatidagi huquq va majburiyatlari, basharti qayta tashkil etish yuz berganligi haqidagi maʼlumotni olgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida komitent shartnomani bekor qilganligi haqida xabar bermasa, qonuniy vorislarga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komitent fuqaro vafot etgan, u muomalaga layoqatsiz yoki layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda, shuningdek komitent yuridik shaxs tugatilgan taqdirda vositachi oʻziga berilgan topshiriqni komitentning merosxoʻrlaridan yoki huquqiy vorislaridan (vakillaridan) tegishli koʻrsatmalar kelguncha bajarib turishi shart.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.23.00 Mol-mulkni ishonchli boshqarish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49-bob. Mol-mulkni ishonchli boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
849-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi boʻyicha bir taraf (boshqaruvning muassisi) ikkinchi tarafga (ishonchli boshqaruvchiga) mol-mulkini muayyan muddatga ishonchli boshqaruvga topshiradi, ikkinchi taraf esa ushbu mol-mulkni boshqaruvning muassisi yoki u koʻrsatgan shaxs (foyda oluvchi) manfaatlarini koʻzlab boshqarish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni ishonchli boshqarishga topshirish bu mol-mulkka mulk huquqining ishonchli boshqaruvchiga oʻtishiga olib kelmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni ishonchli boshqarar ekan, ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq ushbu mol-mulkka nisbatan foyda oluvchining manfaatlarini koʻzlagan holda har qanday yuridik va amaliy harakatlarni qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunda yoki shartnomada mol-mulkni ishonchli boshqarish boʻyicha ayrim harakatlarga nisbatan cheklovlar nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqarishga topshirilgan mol-mulk yuzasidan bitimlarni ishonchli boshqaruvchi oʻz nomidan amalga oshiradi, bunda u oʻzining shunday boshqaruvchi sifatida ish olib borayotganini koʻrsatadi. Agar yozma tarzda rasmiylashtirishni talab qilmaydigan harakatlar amalga oshirilayotganida ikkinchi taraf ishonchli boshqaruvchi bu harakatlarni ana shunday boshqaruvchi sifatida amalga oshirayotganligidan xabardor qilingan boʻlsa, yozma hujjatlarda esa ishonchli boshqaruvchining ismi yoki nomidan keyin tegishli belgi qoʻyilgan boʻlsa, mazkur shartga rioya qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqaruvchining ana shunday boshqaruvchi sifatida harakat qilishi toʻgʻrisida koʻrsatma boʻlmasa, u uchinchi shaxslar oldida shaxsan majburiyat oladi va ular oldida faqat oʻziga qarashli mol-mulk bilan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
850-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarishning vujudga kelish (joriy boʻlish) asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni ishonchli boshqarish quyidagi asoslarda vujudga keladi (joriy etiladi):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muassis bilan ishonchli boshqaruvchi oʻrtasida tuziladigan mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vasiylik va homiylik organining vasiylikka olingan shaxsning mol-mulki ustidan vasiylik belgilash toʻgʻrisidagi qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa yuridik faktlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
851-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish obyekti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqarish obyektlari korxonalar va boshqa mol-mulk komplekslari, koʻchmas mulkka mansub boʻlgan alohida obyektlar, qimmatli qogʻozlar, alohida huquqlar va boshqa mol-mulkdan iborat boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunda koʻzda tutilgan hollarni istisno etganda, pul ishonchli boshqarishning mustaqil obyekti boʻla olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operativ boshqaruvda boʻlgan mol-mulk ishonchli boshqaruvga topshirilishi mumkin emas. Operativ boshqaruvda boʻlgan mol-mulk uni operativ boshqaruvda saqlab turgan yuridik shaxs tugatilganidan yoki mol-mulkka nisbatan operativ boshqaruv huquqi bekor qilinganidan hamda u qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra mulkdorning egaligiga oʻtganidan keyingina ishonchli boshqaruvga topshirilishi mumkin.
(851-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
852-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish subyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar mol-mulkni ishonchli boshqarish muassislari boʻladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulkning egasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organi davlat mulki boʻlgan mol-mulkka nisbatan;
(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuniga asosan 852-modda birinchi qismi beshinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 8-may — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunda nazarda tutilgan hollarda — notarius, vasiylik va homiylik organi, sud yoki boshqa vakolatli organ.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar ishonchli boshqaruvchi boʻlishlari mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaro;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulk davlat organiga ishonchli boshqaruvga berilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqaruvchi faqat oʻz roziligi bilangina tayinlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqaruvchidan tashqari har qanday shaxs foyda oluvchi boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
853-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasining muhim shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma boʻyicha ishonchli boshqarishga beriladigan mol-mulk roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foyda oluvchi toʻgʻrisidagi koʻrsatma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchli boshqaruvchining hisobotlar taqdim etish muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchli boshqarish bekor qilingan taqdirda mol-mulkni oladigan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar haq toʻlash shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, ishonchli boshqaruvchiga toʻlanadigan haqning miqdori va shakli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartlar boʻlmagan taqdirda, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga tuziladi. Shartnomaning amal qilish muddati tamom boʻlganida taraflardan birining shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi boʻlmasa, shartnoma unda nazarda tutilgan muddatga va shartlar asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqarishga topshiriladigan ayrim turdagi mol-mulklar uchun qonunda shartnoma amal qilishining boshqa eng koʻp muddatlari belgilab qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
854-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasining shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga berish haqidagi shartnoma uchun nazarda tutilgan shaklda va tartibda tuziladi. Koʻchmas mulkka egalik huquqining boshqa shaxsga oʻtishi qaysi tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilsa, bu mulkni ishonchli boshqarishga topshirish ham shu tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi shakliga yoki koʻchmas mulkni ishonchli boshqarishga topshirishni roʻyxatga olish talabiga rioya qilmaslik, uning haqiqiy boʻlmasligini keltirib chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
855-modda. Ishonchli boshqaruvda boʻlgan mol-mulkni ajratib chiqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqarishga topshirilgan mol-mulk boshqaruv muassisining boshqa mol-mulkidan, shuningdek ishonchli boshqaruvchining mol-mulkidan ajratiladi. Ushbu mol-mulk ishonchli boshqaruvchida alohida balansda aks ettiriladi va u boʻyicha mustaqil hisob yuritiladi. Ishonchli boshqaruv bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisob-kitob yuritish uchun alohida bank hisobvaragʻi ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv muassisining qarzlari boʻyicha undiruvni u ishonchli boshqaruvga topshirgan mol-mulkka qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ushbu shaxs bankrot deb topilgan hollar mustasno. Boshqaruv muassisi bankrot deb topilganda ushbu mol-mulkni ishonchli boshqarish bekor qilinadi va u tugatish massasiga qoʻshib yuboriladi.
(855-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
856-modda. Uchinchi shaxslarning huquqlari boʻlgan mol-mulkni ishonchli boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqaruvchi shartnoma tuzilgunga qadar oʻziga boshqarish uchun topshirilayotgan mol-mulkka uchinchi shaxslarning huquqlari borligi haqida xabardor qilib qoʻyilishi kerak. Ushbu shart buzilgan taqdirda ishonchli boshqaruvchi shartnomani haqiqiy emas deb hisoblab, real zararni qoplashni va mutanosib haq toʻlashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishonchli boshqarishga topshirilgan mol-mulkka shartnoma tuzilganidan keyin uchinchi shaxslarning huquqlari paydo boʻlsa, ishonchli boshqaruvchi esa bu haqda oʻn kunlik muddatda xabardor qilinmagan boʻlsa, u mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini bekor qilib, oʻziga keltirilgan haqiqiy zararning qoplanishini va mutanosib haq toʻlanishini talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
857-modda. Ishonchli boshqaruvchining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqaruvchi qonunda va mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida nazarda tutilgan doirada ishonchli boshqarishga topshirilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor huquqlarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni boshqarish sohasidagi harakatlarni amalga oshirish natijasida qoʻlga kiritgan huquqlar ana shunday mol-mulk tarkibiga kiritiladi. Ishonchli boshqaruvchining ana shunday harakatlarni amalga oshirishi natijasida vujudga kelgan majburiyatlar shu mol-mulk hisobidan bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqaruvchi boshqaruvga topshirilgan koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga berishni va garovga qoʻyishni faqat bu hol mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida nazarda tutilgan hollarda amalga oshirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqaruvda boʻlgan mol-mulkka huquqlarni himoya qilish uchun ishonchli boshqaruvchi oʻzining huquqlari har qanday buzilishini bartaraf etishni talab qilish huquqiga ega (ushbu Kodeksning 228, 229, 231, 232-moddalari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqaruvchi boshqaruvning muassisiga va foyda oluvchiga mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi bilan belgilangan muddatlarda va tartibda oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
858-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarishni boshqa shaxsga berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni shaxsan oʻzi boshqaradi, ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqaruvchi boshqa shaxsga ishonchli boshqaruvchi nomidan mol-mulkni boshqarish uchun zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshirishni topshirishi mumkin, basharti unga mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida ana shunday vakolat berilgan boʻlsa yoki u bunga muassisning yozma roziligini olgan boʻlsa, yoxud boshqaruv muassisining yoki foyda oluvchining manfaatlarini taʼminlash uchun vaziyat taqozosi bilan bunga majbur boʻlsa va bunda boshqaruv muassisining koʻrsatmalarini oqilona muddatda olish imkoniga ega boʻlmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqaruvchi oʻzi tanlagan ishonchli vakilning harakatlari uchun oʻzining harakatlari kabi javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
859-modda. Ishonchli boshqaruvchining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni ishonchli boshqarish paytida foyda oluvchining yoki boshqaruv muassisining manfaatlari toʻgʻrisida yetarli gʻamxoʻrlik qilmagan ishonchli boshqaruvchi foyda oluvchiga qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa mol-mulkni ishonchli boshqarish vaqtida boy berilgan foydani, boshqaruv muassisiga esa mol-mulkni yoʻqotish yoki unga shikast yetkazish bilan keltirilgan zararni, shuningdek boy berilgan foydani toʻlaydi.
(859-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishonchli boshqaruvchi ushbu zararlar yengib boʻlmaydigan kuch tufayli yoki foyda oluvchining yoxud boshqaruv muassisining harakatlari tufayli kelib chiqqanligini isbot qilib bera olmasa, yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqaruvchi oʻziga berilgan vakolatlardan chetga chiqqan yoki oʻzi uchun belgilab qoʻyilgan cheklashlarni buzgan holda tuzgan bitim boʻyicha majburiyatlarni ishonchli boshqaruvchi shaxsan oʻzi bajaradi. Agar bitimda qatnashuvchi uchinchi shaxslar vakolatlardan chetga chiqilganligini yoki belgilab qoʻyilgan cheklashlarni bilmagan boʻlsalar yoki bilishlari kerak boʻlmagan boʻlsa, vujudga kelgan majburiyatlar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilab qoʻyilgan tartibda bajarilishi kerak. Bu holda boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvchidan u keltirgan zararning oʻrnini qoplashni talab qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni ishonchli boshqarish munosabati bilan vujudga kelgan majburiyatlar boʻyicha qarzlar ushbu mol-mulk hisobidan toʻlanadi. Ushbu mol-mulk yetarli boʻlmagan taqdirda undiruv ishonchli boshqaruvchining mol-mulkiga, uning mol-mulki ham yetarli boʻlmaganida esa — boshqaruv muassisining ishonchli boshqarishga topshirilmagan mol-mulkiga qaratilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi uni tegishli suratda bajarmaslik tufayli boshqaruv muassisiga yoki foyda oluvchiga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning oʻrnini qoplashni taʼminlash uchun ishonchli boshqaruvchining garov berishini nazarda tutishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
860-modda. Ishonchli boshqaruvchiga toʻlanadigan haq
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida nazarda tutilgan haqni olish, shuningdek u mol-mulkni ishonchli boshqarish chogʻida qilgan zarur xarajatlarni boshqarishga topshirilgan mol-mulk hisobidan yoki ushbu mol-mulkdan foydalanishdan kelgan daromadlar hisobidan qoplatish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
861-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasining bekor boʻlishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi quyidagi hollarda bekor boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflardan birining shartnoma muddati tugashi munosabati bilan shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasiga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, foyda oluvchi fuqaroning vafot etishi, foyda oluvchi yuridik shaxsning tugatilishi munosabati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchli boshqaruvchi fuqaro vafot etganida, u muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb hisoblanganida, shuningdek yakka tadbirkor toʻlovga qobiliyatsiz deb topilganida;
(861-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchli boshqaruvchi yuridik shaxs tugatilganida, u toʻlovga qobiliyatsiz deb topilganida;
(861-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foyda oluvchi, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnoma boʻyicha foydani olishdan bosh tortganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchli boshqaruvchi yoki boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvchi uchun mol-mulkni ishonchli boshqarishni shaxsan amalga oshirishi mumkin emasligi munosabati bilan boshqaruvni amalga oshirishdan bosh tortganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvchiga shartnomada kelishilgan haqni toʻlagan holda ushbu moddaning toʻrtinchi bandida koʻrsatilganidan boshqa sabablarga koʻra shartnomani bajarishdan bosh tortganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchli boshqaruvchi oʻzining majburiyatlarini tegishli darajada bajarmagan taqdirda shartnoma sudning qaroriga muvofiq bekor qilinganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi bekor qilinganida ishonchli boshqarishda boʻlgan mol-mulk, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, boshqaruv muassisiga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi taraflardan birining tashabbusi bilan bekor qilinganida ikkinchi taraf, agar shartnomada boshqacha muddat belgilangan boʻlmasa, kamida uch oy oldin bundan xabardor qilib qoʻyilishi kerak.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.25.00 Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50-bob. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
862-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasi boʻyicha bir taraf (kompleks litsenziar) ikkinchi tarafga (kompleks litsenziatga) haq evaziga litsenziarning firma nomidan hamda qoʻriqlanadigan tijorat axborotidan, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan mutlaq huquqlarga kiruvchi boshqa obyektlardan (tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va ixtirolar hamda boshqalardan) litsenziatning tadbirkorlik faoliyatida foydalanish huquqini oʻz ichiga oladigan mutlaq huquqlar kompleksini (litsenziya kompleksi) berish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi litsenziya kompleksidan, litsenziarning ish sohasidagi obroʻsidan va tijorat sohasidagi tajribasidan muayyan hajmda (xususan, minimal va yoki maksimal hajmda foydalanishni belgilab qoʻygan holda) muayyan faoliyat sohasiga (litsenziardan olingan yoki litsenziat ishlab chiqargan tovarlarni sotish, xizmatlarni koʻrsatish, ishlar bajarish, savdo faoliyatini amalga oshirish va hokazo) qoʻllagan holda, foydalanish hududini koʻrsatib yoki koʻrsatmasdan foydalanishni nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi boʻyicha faqat tijorat tashkilotlari va tadbirkorlar sifatida roʻyxatga olingan fuqarolargina taraflar boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi muddat koʻrsatilgan, shuningdek koʻrsatilmagan holda (muddatsiz shartnoma) tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti ushbu bobda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u shartnomaning mohiyatidan kelib chiqmasa, kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasiga ushbu Kodeksning intellektual mulk haqidagi qoidalari tegishli suratda qoʻllanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston ning 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 38-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 267-II-son “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 27, 28-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-51-son “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
863-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining shakli va uni roʻyxatga olishga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak va u shartnomaga muvofiq litsenziar sifatida ish koʻradigan yuridik shaxsni yoki yakka tadbirkorni roʻyxatga olgan organ tomonidan roʻyxatga olinishi kerak. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik shartnomaning haqiqiy hisoblanmasligiga sabab boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan “Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning Maʼmuriy reglament”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
864-modda. Kompleks tadbirkorlik boʻyicha qoʻshimcha litsenziya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida litsenziatning oʻziga berilgan litsenziya kompleksi yoki uning bir qismidan boshqa shaxslarning u litsenziar bilan kelishgan yoki kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida belgilangan shartlarda foydalanishiga ruxsat berish huquqi nazarda tutilishi mumkin. Xuddi shuningdek, shartnomada litsenziatning muayyan vaqt davomida foydalanish hududini koʻrsatgan yoki koʻrsatmagan holda muayyan miqdorda qoʻshimcha litsenziyalar berish majburiyati ham yozib qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining bekor qilinishi kompleks tadbirkorlik boʻyicha qoʻshimcha litsenziyani ham bekor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
865-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi boʻyicha haq toʻlash shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziat litsenziarga qatʼiy belgilab qoʻyilgan bir yoʻla yoki davriy toʻlovlar, tushumdan ajratmalar, litsenziar tomonidan unga qayta sotish uchun yetkazib beriladigan tovarlarning ulgurji narxlariga ustamalar shaklida yoki kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida nazarda tutilgan boshqa shaklda haq toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
866-modda. Litsenziarning majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatga texnikaviy va tijorat hujjatlarini topshirishi hamda litsenziat kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi boʻyicha oʻziga berilgan huquqlarni amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan boshqa axborotni taqdim etishi, shuningdek litsenziat va uning xodimlariga ushbu huquqlarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan yoʻl-yoʻriqlar berishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatga shartnomada nazarda tutilgan litsenziyalarni berishi, ularning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatga doimiy texnikaviy va maslahat yordami koʻrsatishi, shu jumladan xodimlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishda yordam berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida litsenziarning boshqa majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
867-modda. Litsenziatning majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziat kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi boʻyicha amalga oshiradigan faoliyatning xarakteri va xususiyatlarini hisobga olgan holda litsenziat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomada nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish chogʻida litsenziarning firma nomidan shartnomada koʻrsatilgan tarzda foydalanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u shartnoma asosida ishlab chiqarayotgan tovarlar, koʻrsatayotgan xizmatlar, bajarayotgan ishlar sifati bevosita litsenziarning oʻzi ishlab chiqarayotgan, koʻrsatayotgan yoki bajarayotgan shunday tovarlar, xizmatlar yoki ishlarning sifatiga aniq mos boʻlishini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziarning litsenziya kompleksiga kiruvchi alohida huquqlardan foydalanish xarakteri, usullari va shartlari bu huquqlardan litsenziarning foydalanishiga aniq mos kelishiga qaratilgan barcha yoʻriqnomalari va koʻrsatmalariga, shu jumladan litsenziat shartnoma boʻyicha oʻziga berilgan huquqlarni amalga oshirish vaqtida foydalanadigan tijorat binolarining tashqi va ichki bezaklariga doir koʻrsatmalariga ham rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotib oluvchilar (buyurtmachilar) bevosita litsenziardan tovar (xizmat, ish) ni sotib olgan (buyurtma bergan) vaqtda ularga umid qilishlari mumkin boʻlgan hamma qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziarning ishlab chiqarish sirlarini va undan olgan boshqa maxfiy tijorat axborotini oshkor qilmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar shartnomada toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa, shartlashilgan miqdorda yordamchi litsenziyalarni berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompleks tadbirkorlik litsenziyasi tufayli firma nomidan, tovar belgisidan, xizmat koʻrsatish belgisidan yoki boshqa individuallashtirish vositasidan foydalanayotganligini sotib oluvchilarga (buyurtmachilarga) ular uchun juda aniq usulda maʼlum qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
868-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining cheklaydigan shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida cheklaydigan (eksklyuziv) shartlar, xususan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziarning litsenziatga biriktirib qoʻyilgan hududda foydalanish uchun boshqa xuddi shunday kompleks tadbirkorlik litsenziyalarini bermaslik yoki ushbu hududda bevosita mustaqil faoliyat olib bormaslik majburiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatning kompleks tadbirkorlik litsenziyasidan foydalaniladigan hududda litsenziar bilan raqobatlashmaslik majburiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatning litsenziarning raqobatchilaridan (boʻlajak raqobatchilaridan) boshqa kompleks tadbirkorlik litsenziyalarini olishdan voz kechishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatning shartnoma boʻyicha oʻziga berilgan alohida huquqlarni amalga oshirish vaqtida foydalaniladigan tijorat binolari joylashtiriladigan yerni, shuningdek ularning tashqi va ichki bezaklarini litsenziar bilan kelishish majburiyati nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar cheklaydigan shartlar tegishli bozorning holatini va taraflarning iqtisodiy mavqeyini hisobga olganda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikka zid boʻlsa, bu shartlar monopoliyaga qarshi organ yoki boshqa manfaatdor shaxsning daʼvosiga koʻra haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
(868-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining cheklaydigan shartlariga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziar litsenziatning tovarni sotish bahosini yoki litsenziat bajaradigan (koʻrsatadigan) ishlar (xizmatlar) narxini belgilashga, yoki mazkur narxlarning yuqori va pastki chegaralarini belgilab qoʻyishga haqli boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tovarlarni faqat maʼlum toifadagi sotib oluvchilarga (buyurtmachilarga) yoki shartnomada belgilab qoʻyilgan hududda joylashgan (yashaydigan) sotib oluvchilarga (buyurtmachilarga)gina sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmatlar koʻrsatishga haqli boʻlsa, bunday cheklovchi shartlar haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
869-modda. Litsenziarning litsenziatga qoʻyiladigan talablar boʻyicha javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziat kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi boʻyicha sotayotgan (bajarayotgan, koʻrsatayotgan) tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifati shartnomaga mos emasligi toʻgʻrisida litsenziatga qoʻyiladigan talablar yuzasidan litsenziar subsidiar javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziatga litsenziarning mahsulotini (tovarlarini) tayyorlovchi sifatida qoʻyiladigan talablar yuzasidan litsenziar litsenziat bilan solidar javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
870-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini oʻzgartirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi ushbu Kodeks 28-bobining qoidalariga muvofiq oʻzgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli oʻzgartishlar ushbu Kodeksning 863-moddasida belgilangan tartibda roʻyxatga olingan paytdan boshlab shartnoma oʻzgartirilgan deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan “Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning Maʼmuriy reglament”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
871-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muddati koʻrsatilib tuzilgan kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi ushbu Kodeks 28-bobining qoidalariga muvofiq bekor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflardan har biri muddatsiz kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasidan istagan vaqtda bosh tortishga haqli boʻlib, agar shartnomada uzoqroq muddat nazarda tutilgan boʻlmasa, bu haqda ikkinchi tarafni olti oy oldin xabardor qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya kompleksiga kirgan firma nomini yangi firma nomi bilan almashtirmasdan unga boʻlgan huquq bekor qilingan taqdirda kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muddati koʻrsatib tuzilgan kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish, shuningdek muddatsiz kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini bekor qilish ushbu Kodeksning 863-moddasida belgilangan tartibda roʻyxatga olinishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan “Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning Maʼmuriy reglament”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
872-modda. Taraflar oʻzgarganida kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining oʻz kuchida qolishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya kompleksiga kiruvchi biron-bir alohida huquqning boshqa shaxsga oʻtishi kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻlmaydi. Yangi litsenziar oʻziga oʻtgan alohida huquq jumlasiga kiruvchi huquqlar va majburiyatlar boʻyicha shartnomaga kirishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziar fuqaro vafot etgan taqdirda, uning kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi boʻyicha huquq va majburiyatlari merosxoʻrga, basharti bu merosxoʻr tadbirkor sifatida roʻyxatga olingan boʻlsa yoki meros ochilgan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida tadbirkor sifatida roʻyxatga olinsa, oʻtadi. Aks holda shartnoma bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosxoʻr tegishli huquq va majburiyatlarni qabul qilib olguncha yoki merosxoʻr tadbirkor sifatida roʻyxatga olinguncha boʻlgan davrda litsenziya kompleksini notarius tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadigan boshqaruvchi idora qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
873-modda. Firma nomi oʻzgarganida kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining oʻz kuchida qolishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziar oʻzining firma nomini oʻzgartirgan taqdirda, agar litsenziat shartnomani bekor qilishni talab qilmasa, kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi saqlanib qoladi va litsenziarning yangi firma nomiga nisbatan amal qiladi. Shartnomaning amal qilishi saqlanib qolgan taqdirda litsenziat litsenziarga tegishli boʻlgan haqni mutanosib ravishda kamaytirishni talab qilishga haqli boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
874-modda. Litsenziya kompleksiga kiradigan alohida huquqning bekor boʻlish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi amal qilib turgan davrda litsenziya kompleksiga kiruvchi alohida huquqning amal qilish muddati tugasa yoki bunday huquq boshqa asosga koʻra bekor boʻlsa, shartnoma bekor boʻlgan huquqqa taalluqli qoidalarni chegirib tashlagan holda saqlanib qoladi, litsenziat esa, agar shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, litsenziarga tegishli boʻlgan haqni mutanosib ravishda kamaytirishni talab qilishga haqli boʻladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.21.00 Omonat saqlash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51-bob. Omonat saqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Omonat saqlash haqida umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omonat saqlash shartnomasi boʻyicha bir taraf (omonat saqlovchi) unga ikkinchi taraf (yuk topshiruvchi) bergan ashyoni saqlash va bu ashyoni toʻla holida qaytarish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omonat saqlashni oʻz kasb faoliyatining maqsadlaridan biri sifatida amalga oshiradigan tashkilot (professional omonat saqlovchi) omonat saqlash shartnomasida saqlovchining yuk topshiruvchidan ashyoni shartnomada nazarda tutilgan muddatda saqlashga qabul qilish majburiyati koʻzda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
876-modda. Ashyoni saqlashga qabul qilish majburiyatini bajarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omonat saqlashni tadbirkorlik yoki boshqa professional faoliyat sifatida amalga oshiradigan omonat saqlovchi omonat saqlash shartnomasi boʻyicha oʻz zimmasiga yuk topshiruvchining ashyolarini saqlashga qabul qilish va yuk topshiruvchi bergan narsalarni ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq saqlash majburiyatini olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omonat saqlash shartnomasi boʻyicha ashyoni saqlashga qabul qilish majburiyatini olgan omonat saqlovchi bu ashyoni saqlash uchun oʻziga berishni talab qilishga haqli emas. Biroq, ashyoni omonat saqlash shartnomasida nazarda tutilgan muddatda saqlashga topshirmagan yuk topshiruvchi, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ashyoni saqlashga topshirmaganligi munosabati bilan yetkazilgan zarar uchun omonat saqlovchi oldida javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ashyo shartnomada kelishilgan muddatda saqlashga topshirilmagan hollarda, bordi-yu, bu muddat belgilanmagan boʻlsa, shartnoma tuzilgan kundan boshlab uch oy oʻtganidan keyin omonat saqlovchi ashyoni saqlashga qabul qilish majburiyatidan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
877-modda. Omonat saqlash shartnomasining shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omonat saqlash shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak boʻlgan hollarda (ushbu Kodeksning 108-moddasi) agar ashyoning saqlashga qabul qilinganligi omonat saqlovchi tomonidan yuk topshiruvchiga saqlash tilxati, pattasi, guvohnomasini, omonat saqlovchi imzolagan boshqa hujjatni berish yoʻli bilan tasdiqlangan boʻlsa, shartnomaning yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ashyo saqlash uchun favqulodda holatlarda (yongʻin, tabiiy ofat, toʻsatdan kasal boʻlish, hujum xavfi va boshqalar) topshirilgan boʻlsa, shartnomaning yozma shakliga rioya qilish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omonat saqlash shartnomasi omonat saqlovchi tomonidan yuk topshiruvchiga, agar bunga qonunchilikda yoʻl qoʻyilsa yoki u saqlashning ushbu turi uchun odatdagi hol boʻlsa, ashyolar saqlash uchun qabul qilinganligini tasdiqlaydigan nomerli jeton (nomer) yoki boshqa belgi berish yoʻli bilan tuzilishi mumkin.
(877-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omonat saqlash shartnomasining oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik saqlashga qabul qilingan ashyo bilan omonat saqlovchi qaytargan ashyoning aynan oʻziligi xususida nizo chiqqan taqdirda, taraflarni guvohlarning koʻrsatmalarini vaj qilib keltirish huquqidan mahrum etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
878-modda. Omonat saqlash muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omonat saqlovchi ashyoni shartnomada kelishilgan muddat davomida saqlashi shart. Agar shartnomada saqlash muddati nazarda tutilgan boʻlmasa va uni shartnomaning shartlariga qarab aniqlash mumkin boʻlmasa, ashyo yuk topshirgan shaxs tomonidan talab qilib olinguncha saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar saqlash muddati ashyoni yuk topshirgan shaxs tomonidan talab qilib olish paytigacha qilib belgilangan boʻlsa, omonat saqlovchi bunday vaziyatlarda odat boʻlgan ashyoni saqlash muddati tugagach, ashyoning yuk topshirgan shaxs tomonidan qaytarib olinishini talab qilishga haqli boʻlib, ashyoni topshirgan shaxsga uni qabul qilib olish uchun oqilona muddat beradi. Yuk topshiruvchining bu majburiyatni bajarmasligi ushbu Kodeks 888-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
879-modda. Ashyolarni egasizlantirib saqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyo egasizlantirib saqlanganida saqlash uchun qabul qilingan ashyolar boshqa yuk topshiruvchilarning shunga oʻxshash va shunday sifatli ashyolari bilan aralashtirib yuborilishi mumkin. Yuk topshiruvchiga teng miqdorda yoki taraflar kelishgan miqdorda shunga oʻxshash va shunday sifatli ashyolar qaytarib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Egasizlantirib saqlash bunday hol omonat saqlash shartnomasida bevosita nazarda tutilgan hollardagina amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
880-modda. Omonat saqlovchining ashyo toʻliq saqlanishini taʼminlash majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omonat saqlovchi saqlashga topshirilgan ashyoning toʻliq saqlanishini taʼminlash uchun omonat saqlash shartnomasida nazarda tutilgan, shuningdek boshqa barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada egasizlantirib saqlash nazarda tutilgan boʻlmasa, omonat saqlovchi saqlash uchun oʻziga berilgan ashyoni yuk topshiruvchiga yoki u oluvchi sifatida koʻrsatgan boshqa shaxsga topshirishi shart. Ashyo saqlashga qanday holatda topshirilgan boʻlsa, oʻsha holatda, uning tabiiy yomonlashuvini yoki tabiiy kamayishini hisobga olib qaytarib berilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omonat saqlovchi ashyoni qaytarish bilan bir vaqtda, basharti omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, uni saqlash vaqtida olingan hosil va daromadlarni ham topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
881-modda. Omonat saqlashga topshirilgan ashyodan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omonat saqlovchi oʻziga saqlash uchun topshirilgan ashyodan yuk topshiruvchining roziligisiz foydalanishga, shuningdek uchinchi shaxslarga undan foydalanish imkoniyatini berishga haqli emas, saqlanayotgan ashyodan foydalanish uning toʻliq saqlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
882-modda. Omonat saqlash shartlarini oʻzgartirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omonat saqlovchi ashyoni saqlash shartlarini oʻzgartirish zarurligi haqida darhol yuk topshiruvchini xabardor qilishi va uning javobini kutishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyoning yoʻqolishi yoki shikastlanishi xavfi paydo boʻlgan taqdirda, omonat saqlovchi saqlash shartnomasida nazarda tutilgan saqlash usuli, joyi va boshqa shartlarni yuk topshiruvchining javobini kutmasdan oʻzgartirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar saqlash vaqtida ashyoning buzilish xavfi aniq boʻlib qolsa yoki ashyo buzilgan boʻlsa, yoki uning toʻliq saqlanishini taʼminlashga imkon bermaydigan vaziyatlar vujudga kelgan boʻlsa, yuk topshiruvchi esa oʻz vaqtida choralar koʻrishini kutish mumkin boʻlmasa, omonat saqlovchi ashyoni yoki uning bir qismini saqlash joyida amalda boʻlgan bahoda mustaqil sotishga haqli. Agar mazkur vaziyatlar omonat saqlovchi aybdor boʻlmagan sabablarga koʻra vujudga kelgan boʻlsa, u sotish uchun qilgan oʻz xarajatlarini xarid bahosidan undirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
883-modda. Xavfli xossalarga ega boʻlgan ashyolarni saqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar yuk topshiruvchi tez yonadigan, portlash xavfi boʻlgan yoki oʻz tabiatiga koʻra xavfli boʻlgan ashyolarni saqlash uchun topshirayotgan vaqtda saqlovchini ularning xossalari haqida ogohlantirmagan boʻlsa, omonat saqlovchi bu ashyolarni koʻrilgan ziyonni yuk topshiruvchiga toʻlamagan holda istagan vaqtda zararsizlantirishi yoki yoʻq qilib tashlashi mumkin. Yuk topshiruvchi bunday ashyolar saqlanishi munosabati bilan saqlovchiga va uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xavfli xossalarga ega boʻlgan ashyolar saqlash uchun professional omonat saqlovchiga topshirilgan vaqtda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bunday ashyolar saqlash uchun notoʻgʻri nom bilan topshirilgan va omonat saqlovchi ularni qabul qilib olish chogʻida sirtidan koʻzdan kechirish yoʻli bilan ularning xavfli xossalarga egaligini bila olmagan taqdirda qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyolar haq evaziga saqlangan taqdirda, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda ashyolarni saqlash uchun toʻlangan haq qaytarib berilmaydi, bordi-yu, bu haq toʻlanmagan boʻlsa, omonat saqlovchi uni toʻla-toʻkis undirib olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar omonat saqlovchi xabardor boʻlgani holda va uning roziligi bilan saqlashga qabul qilingan ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ashyolar, garchi ularni saqlash shartlariga rioya etilgan boʻlsa-da, atrofdagilar uchun yoki omonat saqlovchi yoxud uchinchi shaxslarning mol-mulki uchun xavfli boʻlib qolgan boʻlsa hamda vaziyat omonat saqlovchining yuk topshiruvchidan ularni darhol olib ketishni talab qilishiga imkon bermasa yoki yuk topshiruvchi bu talabni bajarmasa, ushbu ashyolar omonat saqlovchi tomonidan yuk topshiruvchiga ziyonni toʻlamagan holda zararsizlantirilishi yoki yoʻq qilib tashlanishi mumkin. Bunday hollarda yuk topshiruvchi ushbu ashyolarni saqlash munosabati bilan keltirilgan zarar uchun omonat saqlovchi va uchinchi shaxslar oldida javobgar boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
884-modda. Ashyoni saqlash uchun uchinchi shaxsga topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda yoki omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, omonat saqlovchi yuk topshiruvchining roziligisiz ashyoni saqlash uchun uchinchi shaxsga topshirishga haqli emas, basharti buni yuk topshiruvchining manfaatlari zarur qilib qoʻygan va omonat saqlovchi uning roziligini olish imkoniyatidan mahrum boʻlgan boʻlmasa. Omonat saqlovchi ashyoni uchinchi shaxsga topshirganligi haqida yuk topshiruvchini kechiktirmay xabardor qilishi shart.
(884-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saqlash uchun ashyo topshirilgan uchinchi shaxsning harakatlari uchun omonat saqlovchi javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
885-modda. Omonat saqlaganlik uchun toʻlanadigan haq
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omonat saqlaganlik uchun haq saqlovchiga saqlash tamom boʻlganidan keyin, bordi-yu, saqlash uchun davrlar boʻyicha haq toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa — har bir davr tamom boʻlganidan keyin toʻlanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar saqlash omonat saqlovchi javobgar boʻlmagan vaziyatlar tufayli shartlashilgan muddatidan oldin toʻxtatilsa, omonat saqlovchi haqning mutanosib qismini, ushbu Kodeks 883-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda esa, haqning hammasini olish huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar saqlash omonat saqlovchi javobgar boʻladigan vaziyatlar tufayli muddatidan oldin toʻxtatilsa, u saqlaganlik uchun haq talab qilish huquqiga ega boʻlmaydi, bu haq ustidan olgan summalarni esa yuk topshiruvchiga qaytarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin saqlab turilgan ashyo yuk topshiruvchi tomonidan qaytarib olinmagan boʻlsa, u ashyoni bundan keyin saqlagani uchun omonat saqlovchiga tegishli miqdorda haq toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning qoidalari omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
886-modda. Omonat saqlash yuzasidan qilingan xarajatlarni qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ashyoni saqlash xarajatlari toʻlanadigan haq summasiga kiritiladi. Alohida xarajatlar omonat saqlash shartnomasida nazarda tutilgan haq summasiga yoki xarajatlar tarkibiga kiritilmasligi nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ashyo tekinga saqlanganida yuk topshiruvchi amalda qilingan zarur xarajatlarni omonat saqlovchiga toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
887-modda. Omonat saqlash uchun qilingan alohida xarajatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyoni saqlash uchun qilingan, odatdagi bunday xarajatlardan ortiq boʻlgan hamda omonat saqlash shartnomasini tuzish chogʻida taraflar oldindan koʻrishi mumkin boʻlmagan xarajatlar (alohida xarajatlar), basharti yuk topshiruvchi ushbu xarajatlarga rozilik bergan yoki ularni keyinchalik maʼqullagan boʻlsa, shuningdek qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda omonat saqlovchiga toʻlanadi.
(887-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida xarajatlarni qilish zarur boʻlib qolganida, omonat saqlovchi yuk topshiruvchidan ushbu xarajatlarga rozilik soʻrashi shart. Agar yuk topshiruvchi omonat saqlovchi koʻrsatgan muddatda yoki javob berish uchun yetarli boʻlgan vaqtda oʻzining rozi emasligini xabar qilmasa, u alohida xarajatlarga rozi boʻlgan, deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishning holatlariga koʻra yuk topshiruvchining roziligini oldindan olish mumkin boʻlsa-da, omonat saqlovchi bunday rozilikni olmasdan turib saqlash uchun alohida xarajatlar qilgan va yuk topshiruvchi keyinchalik ularni maʼqullamagan taqdirda, omonat saqlovchi alohida xarajatlarni faqat ushbu xarajatlar qilinmasa ashyoga yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar doirasida qoplashni talab qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar saqlash shartnomasida boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, alohida xarajatlar saqlash haqiga qoʻshimcha ravishda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
888-modda. Ashyoning yuk topshiruvchi tomonidan qaytarib olinishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk topshiruvchi shartnomada nazarda tutilgan saqlash muddati tamom boʻlgach, saqlash uchun topshirilgan ashyoni qaytarib olishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk topshiruvchi ashyoni olishdan bosh tortgan taqdirda, agar omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, omonat saqlovchi ashyoni mustaqil suratda sotishga, uning qiymati belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravariga teng summadan ortiq boʻlgan taqdirda esa — ushbu Kodeksning 379, 380 va 381-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sotishga haqli.
(888-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyoni sotishdan tushgan summa omonat saqlovchiga tegishli haq chegirib tashlangach, yuk topshiruvchiga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
889-modda. Ashyo yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun omonat saqlovchining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omonat saqlovchi saqlash uchun qabul qilingan ashyo yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun ushbu Kodeksning 333-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Professional omonat saqlovchi ashyoning yoʻqolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ashyoning uni saqlash uchun qabul qilish chogʻida omonat saqlovchi bilmagan va bilishi shart boʻlmagan yashirin xossalari tufayli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saqlanayotgan ashyoning yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi yuk topshiruvchining qasddan qilganligi yoki qoʻpol ehtiyotsizligi natijasida yuz berganligini isbotlamasa javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomada nazarda tutilgan saqlash muddati yoki omonat saqlovchining talabiga koʻra ashyoni qaytarib olishi shart boʻlgan vaqt tugagach, yuk topshiruvchi saqlanayotgan ashyoni qaytarib olmasa, omonat saqlovchi bundan buyon ashyo yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun qasddan harakat qilgan yoki qoʻpol ehtiyotsizlik qilgan taqdirdagina javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
890-modda. Omonat saqlovchining javobgarlik darajasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyo yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi tufayli yuk topshiruvchiga yetkazilgan zarar, agar qonunda yoki saqlash shartnomasida boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksning 324-moddasiga muvofiq omonat saqlovchi tomonidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyo tekin saqlanganida uning yoʻqolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishi tufayli yuk topshiruvchiga yetkazilgan zarar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ashyolar yoʻqolganligi va kam chiqqanligi uchun — yoʻqolgan yoki yetishmayotgan ashyolarning qiymati miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ashyolar shikastlanganligi uchun — ularning qiymati qancha summaga kamaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar omonat saqlovchi javobgar boʻlgan holda shikast yetishi natijasida ashyoning sifati undan dastlabki vazifasi boʻyicha foydalanish mumkin boʻlmaydigan darajada oʻzgargan boʻlsa, yuk topshiruvchi undan voz kechishga va omonat saqlovchidan ushbu ashyoning qiymatini, shuningdek, agar qonunda yoki omonat saqlash shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, boshqa zararni ham qoplashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar omonat saqlovchi ashyoni saqlash uchun qabul qilib olayotgan paytida uning xossalarini bilmagan va bilishi shart boʻlmagan boʻlsa, yuk topshiruvchi saqlash uchun topshirilgan ashyoning xossalari tufayli yetkazilgan zararni omonat saqlovchiga toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
892-modda. Yuk topshiruvchining talabi bilan omonat saqlash majburiyatining bekor boʻlishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomada yukni qaytarib berishning boshqacha muddati belgilangan boʻlsa ham, omonat saqlovchi yuk topshiruvchining talabi bilan saqlashga qabul qilingan ashyoni darhol qaytarib berishi kerak. Bu holda, agar omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, yuk topshiruvchi majburiyatni muddatidan oldin bekor qilishi tufayli omonat saqlovchiga yetkazilgan zararni toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
893-modda. Omonat saqlash haqidagi umumiy qoidalarni uning alohida turlariga tatbiq etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ushbu Kodeksning 894 — 913-moddalarida nazarda tutilgan omonat saqlashning alohida turlari toʻgʻrisidagi qoidalarda, boshqa qonunchilik hujjatlarida oʻzgacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, omonat saqlash haqidagi umumiy qoidalar uning alohida turlariga ham tatbiq etiladi.
(893-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Omonat saqlashning alohida turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
894-modda. Lombardda omonat saqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lombardda omonat saqlash uchun fuqarolardan shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan koʻchar ashyolar qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyoni lombardda omonat saqlash shartnomasi lombard tomonidan yuk topshiruvchiga (mijozga) uning nomi yozilgan saqlov pattasi berish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lombardga saqlash uchun topshiriladigan ashyo taraflarning kelishuvi bilan saqlash uchun qabul qilish paytida va joyida odatda savdoda shu turdagi va sifatdagi ashyoga belgilanadigan narxlarga muvofiq baholanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lombard saqlash uchun qabul qilingan ashyolarni ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq chiqarilgan narxning toʻliq summasida oʻz hisobidan yuk topshiruvchi foydasiga sugʻurtalashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
895-modda. Lombarddan talab qilib olinmagan ashyolar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk topshiruvchi ashyolarni qaytarib olishdan bosh tortgan taqdirda, lombard ularni uch oy mobaynida saqlab turishi shart. Bu muddat oʻtganidan keyin talab qilib olinmagan ashyolar lombard tomonidan ushbu Kodeks 289-moddasining yettinchi qismida belgilab qoʻyilgan tartibda sotilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyolarni sotishdan tushgan puldan saqlash haqi va lombardga tegishli boshqa toʻlovlar qoplanadi. Pulning qolgan qismi lombard tomonidan saqlov pattasining egasiga u taqdim etilganida qaytarib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
896-modda. Boyliklarni bankda saqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank qimmatli qogʻozlarni, qimmatbaho metallar va toshlarni, boshqa boyliklarni, shuningdek hujjatlarni saqlash uchun qabul qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankda boyliklarni saqlash shartnomasi bank tomonidan boylik topshiruvchiga nomi yozilgan saqlov hujjatini berish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi. Bu hujjatni taqdim etish bank tomonidan saqlanayotgan boyliklarni boylik topshiruvchiga berish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlarni saqlash (depozit) shartnomasida nazarda tutilgan hollarda bank ularning toʻliq saqlanishini taʼminlashdan tashqari, ushbu qogʻozlarga nisbatan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni ham (vakillik va hokazo) amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boyliklarni yakka tartibdagi poʻlat sandiqdan (poʻlat sandiq boʻlinmasidan, saqlash uchun moʻljallangan alohida binodan) foydalangan holda saqlash shartnomasi bank tomonidan boyliklarni saqlash uchun qabul qilish harakatlarini amalga oshirish va boylik topshiruvchiga poʻlat sandiq kalitini, boylik topshiruvchini koʻrsatadigan varaqcha, koʻrsatuvchining poʻlat sandiqni ochish va undan boyliklarni olish huquqini tasdiqlaydigan boshqa belgi yoki hujjat berish yoʻli bilan tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, boylik topshiruvchi istagan vaqtda boyliklarni poʻlat sandiqdan olishi, ularni qayta qoʻyishi, saqlanayotgan hujjatlar bilan ishlashi mumkin. Bunda bank boylik topshiruvchining boyliklarni olishini va qaytarib topshirishini hisobga olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boylik topshiruvchi boyliklarning bir qismini poʻlat sandiqdan olgan taqdirda, bank boyliklarning qolgan qismi but saqlanishi uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada belgilangan bankning poʻlat sandigʻida boyliklarni saqlash qoidalari bank oʻz poʻlat sandigʻini mulk ijarasi shartlari asosida foydalanish uchun boshqa shaxsga beradigan hollarga taalluqli boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
897-modda. Ashyolarni transport tashkilotlarining yukxonalarida saqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport tashkilotlarining ixtiyoridagi yukxonalar yoʻlovchilar va boshqa fuqarolardan, ularda yoʻl hujjatlari bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, ashyolarni saqlash uchun qabul qilishi shart. Ashyoni transport tashkilotlarining yukxonalarida saqlash shartnomasi ommaviy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyo saqlash uchun yukxonaga qabul qilinganligini tasdiqlash yuzasidan (avtomat yukxonalardan tashqari) yuk topshiruvchiga patta yoki nomerli jeton beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patta yoki jeton yoʻqotilgan taqdirda yukxonaga topshirilgan ashyo yuk topshiruvchiga ushbu ashyo oʻziga qarashli ekanligining isbotini taqdim etgan taqdirda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yukxonaga topshirilgan ashyo yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi oqibatida yuk topshiruvchi koʻrgan zarar summasi, agar ashyoni saqlashga topshirish paytida u narxlangan boʻlsa yoki zararning oʻrnini qoplashga kerakli summa xususida taraflar kelishib olgan boʻlsalar, zararni qoplash toʻgʻrisida talab qoʻyilgan paytdan boshlab bir sutka muddatda yuk topshiruvchiga toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyo maxsus qoidalar yoki taraflarning kelishuvi bilan belgilangan muddatga yukxonaga topshirilishi mumkin. Koʻrsatilgan muddatda talab qilib olinmagan ashyoni yukxona yana oʻttiz kun saqlab turishi shart. Ushbu muddat tamom boʻlgach, talab qilib olinmagan ashyo sotilishi, sotishdan tushgan pul esa ushbu Kodeksning 895-moddasiga muvofiq taqsimlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
898-modda. Ashyoni tashkilotlarning kiyimxonalarida saqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tashkilotlarning kiyimxonalarida ashyolarni haq evaziga saqlash haqida ashyoni saqlashga topshirish vaqtida kelishib qoʻyilgan yoki boshqa ochiq usulda shartlashilgan boʻlmasa, ularda ashyo saqlash bepul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyo kiyimxonada saqlash uchun qabul qilib olinganligini tasdiqlash uchun saqlovchi yuk topshiruvchiga nomerli jeton yoki ashyo saqlash uchun qabul qilib olinganligini tasdiqlovchi boshqa belgi beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kiyimxonaga topshirilgan ashyo jeton taqdim etuvchiga beriladi. Bunda saqlovchi jeton taqdim etuvchining ashyoni olishga vakolatlarini tekshirishi shart emas. Biroq, omonat saqlovchi jeton uni taqdim etuvchiga qarashli ekanligiga shubhalansa, ashyoni jeton taqdim etuvchiga qaytarib berishni toʻxtatib turishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk topshiruvchi jetonni yoʻqotib qoʻygan, lekin uning ashyolarni kiyimxonaga topshirganligi yoki ashyolarning unga tegishliligi saqlovchida shubha tugʻdirmagan yoxud yuk topshiruvchi tomonidan isbotlangan hollarda ham saqlovchi kiyimxonadagi ashyoni berishga haqli. Tashkilotlarning ashyolar kiyimxonalarda but saqlanishi uchun javobgarligi, shuningdek talab qilib olinmagan ashyolarni saqlash muddatlari ushbu Kodeks 897-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida koʻrsatilgan qoidalar boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
899-modda. Ashyoni mehmonxonada saqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehmonxona unda yashayotgan shaxs tomonidan olib kirilgan ashyolarning yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun omonat saqlovchi sifatida alohida kelishuv boʻlmagan taqdirda ham javob beradi, ashyo yengib boʻlmaydigan kuch, ashyoning oʻz xossalari oqibatida yoki mehmonxonada yashovchining oʻzi, uning hamrohlari yoki uning yoniga kelgan shaxslar aybi bilan yoʻqolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehmonxona xodimlariga ishonib topshirilgan ashyo yoki moʻljallangan joyga (mehmonxona nomeri va boshqalarga) joylashtirilgan ashyo mehmonxonaga olib kirilgan ashyo deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul, boshqa valyuta qimmatliklari, qimmatli qogʻozlar va boshqa qimmatbaho ashyolar saqlash uchun alohida omonat saqlash shartnomasi boʻyicha qabul qilib olingan boʻlsagina, mehmonxona ularning yoʻqolganligi uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehmonxonada yashayotgan, oʻz ashyolarining yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligini bilib qolgan shaxs mehmonxona maʼmuriyatiga bu haqda kechiktirmay xabar qilishi shart. Aks holda mehmonxona ashyolarning toʻliq saqlanmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehmonxona bu yerda yashayotgan shaxslarning ashyolari saqlanishi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmasligini eʼlon qilgan taqdirda ham, javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehmonxonalarda talab qilib olinmagan ashyolarni saqlash muddatlari va ularning taqdiri ushbu Kodeks 897-moddasining beshinchi qismida yozib qoʻyilgan qoidalarga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning qoidalari motellar, dam olish uylari, sanatoriylar, yotoqxonalar, hammomlarda, shuningdek tashkilotga keladigan fuqarolarning ashyolarini saqlash uchun maxsus ajratilgan joylarga ega boʻlgan boshqa tashkilotlarda ham ashyolarni saqlashga nisbatan qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sekvestr toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha ashyoga egalik qilish xususida oralarida nizo chiqqan ikki yoki bir necha shaxs nizoli ashyoni uchinchi shaxsga beradilar. Uchinchi shaxs nizo hal boʻlgach, ashyoni sud qarori bilan yoki nizolashayotgan hamma shaxslarning kelishuviga muvofiq kimga tegishli boʻlsa, oʻsha shaxsga qaytarib berish majburiyatini oladi (shartnoma sekvestri).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan tayinlangan shaxs ham, shuningdek bahslashayotgan taraflarning oʻzaro kelishuviga muvofiq belgilanadigan shaxs ham sud sekvestri boʻyicha omonat saqlovchi boʻlishi mumkin. Har ikkala holda ham, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, omonat saqlovchining roziligi talab qilinadi.
(900-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sekvestr tartibida saqlashga koʻchar mulklar ham, shuningdek koʻchmas mulklar ham topshirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma” (2010-yil 29-dekabr, roʻyxat raqami 2174), Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-maydagi 132-son qarori bilan tasdiqlangan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda xatlangan va olib qoʻyilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari toʻgʻrisida nizom”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Tovar omborida omonat saqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikka muvofiq tovar ombori tovarlarni saqlash uchun chegaralangan doiradagi shaxslardan qabul qilishi mumkin boʻlgan omborlar jumlasiga kiritilgan boʻlmasa, u umumiy foydalanishdagi ombor deb hisoblanadi.
(902-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy foydalanishdagi tovar ombori tomonidan tuziladigan omborda omonat saqlash shartnomasi ommaviy shartnoma deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omborda omonat saqlash shartnomasi boʻyicha tovar ombori (saqlovchi) tovar egasi (yuk topshiruvchi) tomonidan oʻziga topshirilgan tovarlarni haq evaziga saqlash va ularni toʻliq holicha qaytarib berish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Omborda omonat saqlash shartnomasi yozma ravishda tuziladi. Agar omborda saqlash shartnomasini tuzish va tovarni omborga qabul qilib olish ombor hujjati bilan tasdiqlangan boʻlsa, omborda omonat saqlash shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
904-modda. Ashyolarni tasarruf qilish huquqi bilan saqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikdan yoki omborda omonat saqlash shartnomasidan tovar ombori oʻziga saqlash uchun topshirilgan tovarlarni tasarruf etishi mumkinligi kelib chiqsa, u holda taraflarning munosabatlariga ushbu Kodeks 41-bobining qoidalari qoʻllanadi, biroq tovarlarni qaytarib berish vaqti va joyi ushbu bobning qoidalari bilan belgilanadi.
(904-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
905-modda. Tovar omborining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar ombori standartlar, texnikaviy shartlar, texnologiya yoʻriqnomalari, saqlash yoʻriqnomalari, ayrim turdagi tovarlarni saqlash qoidalarida, ombor uchun majburiy boʻlgan boshqa maxsus normativ hujjatlarda belgilab qoʻyilgan saqlash shartlari (tartiboti)ga rioya qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar omborda omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, tovar ombori tovarlarni saqlash uchun qabul qilib olayotganida ularni oʻz hisobidan koʻzdan kechirishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar omonat saqlash egasizlantirish yoʻli bilan amalga oshirilayotgan boʻlsa, tovar ombori tovar egasiga tovarlarni yoki ularning namunalarini koʻzdan kechirish, namuna olish hamda tovarlarning toʻliq saqlanishini taʼminlash uchun zarur chora-tadbirlarni koʻrish imkoniyatlarini berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarning toʻliq saqlanishini taʼminlash uchun saqlash sharoitlarini tezlik bilan oʻzgartirish talab qilinadigan hollarda tovar ombori zarur shoshilinch choralarni mustaqil koʻrishga haqli. U koʻrilgan choralar toʻgʻrisida tovar egasiga xabar berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saqlash vaqtida tovar omborda omonat saqlash shartnomasida kelishilganidan yoki odatdagi tabiiy buzilish normalari doirasidan tashqari chiqadigan darajada buzilganligi aniqlangan taqdirda, tovar ombori bu haqda darhol dalolatnoma tuzishi va oʻsha kuniyoq yuk topshiruvchini xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
906-modda. Tovar egasiga qaytarilayotgan vaqtda uning miqdori va holatini tekshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar egasi va tovar omborining har biri tovarni qaytarib berish vaqtida uni koʻzdan kechirish va miqdorini tekshirishni talab qilish huquqiga ega. Shu tufayli qilingan xarajatlar tovarni koʻzdan kechirishni yoki uning miqdorini tekshirishni talab qilgan taraf zimmasiga tushadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ombor tovarni egasiga qaytarayotgan vaqtida ular tovarni birga koʻzdan kechirmagan yoki tekshirmagan boʻlsalar, tovar tegishli darajada saqlanmaganligi oqibatida uning kam chiqqanligi yoki buzilganligi haqidagi ariza omborga tovarni olish vaqtida, tovarni qabul qilishning oddiy usuli bilan aniqlash mumkin boʻlmagan yetishmovchilik yoki buzilish xususida esa, ularni aniqlash uchun zarur boʻlgan oqilona muddatda yozma ravishda yuborilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan ariza boʻlmaganida, agar aksi isbot qilingan boʻlmasa, ombor tovarni omborda omonat saqlash shartnomasi shartlariga muvofiq qaytargan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
907-modda. Tovar omborining omborda saqlash shartnomasidan bosh tortishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk topshiruvchi tovarning xavfli ekanligini yashirgan va bu katta zarar yetkazishi mumkin boʻlgan hollarda tovar ombori omonat saqlash shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
908-modda. Ombor hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar omborlari tovarlarni saqlashga qabul qilganligini tasdiqlab, quyidagi ombor hujjatlarini berishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki qismli ombor guvohnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oddiy ombor guvohnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ombor pattasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki qismli ombor guvohnomasi, uning har bir qismi va oddiy ombor guvohnomasi qimmatli qogʻozlar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki qismli va oddiy ombor guvohnomasi garov narsasi boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
909-modda. Ikki qismli ombor guvohnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki qismli ombor guvohnomasi ombor guvohnomasidan va garov guvohnomasidan (varrant) iborat boʻlib, ular bir-biridan ajratilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki qismli ombor guvohnomasining har bir qismida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarni saqlash uchun qabul qilgan tovar omborining nomi va joylashgan manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ombor guvohnomasining ombor reyestri boʻyicha joriy nomeri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar saqlash uchun qabul qilib olingan tashkilot nomi yoki fuqaroning ismi, shuningdek tovar egasining joylashgan yeri (yashash joyi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saqlash uchun qabul qilingan tovarning nomi va miqdori –– birliklar soni va (yoki) tovar donalarining soni va (yoki) tovarning oʻlchovi (ogʻirligi, hajmi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar muddat belgilangan boʻlsa, tovar qancha muddatga saqlash uchun qabul qilinganligi yoki tovar talab qilib olinguncha saqlash uchun qabul qilinganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
omonat saqlaganlik uchun toʻlanadigan haq miqdori yoki bu haqni hisoblab chiqarishga asos boʻladigan tariflar va saqlash haqini toʻlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki qismli ombor guvohnomasining ikkala qismida vakil shaxsning bir xil imzosi va tovar omborxonasining muhri (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) boʻlishi shart.
(909-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning talablariga mos kelmaydigan hujjat ikki qismli ombor guvohnomasi boʻla olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
910-modda. Tovarga ombor va garov guvohnomasini saqlovchining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ombor va garov guvohnomalarini saqlovchi omborda saqlanayotgan tovarni toʻla tasarruf etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov guvohnomasidan ajratilgan ombor guvohnomasini saqlovchi tovarni tasarruf etishga haqli, lekin garov guvohnomasi boʻyicha berilgan kreditni toʻlamagunicha tovarni ombordan olishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov guvohnomasini saqlovchi ushbu guvohnoma boʻyicha berilgan kredit va uning foizlari miqdorida tovar boʻyicha garov huquqiga ega boʻladi. Tovar garovga qoʻyilganida bu haqda ombor guvohnomasiga belgi qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
911-modda. Ombor va garov guvohnomasini boshqa shaxsga berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ombor guvohnomasi va garov guvohnomasi birgalikda yoki alohida-alohida topshirish yozuvlari boʻyicha topshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
912-modda. Oddiy ombor guvohnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oddiy ombor guvohnomasi taqdim etuvchiga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oddiy ombor guvohnomasida ushbu Kodeksning 909-moddasida nazarda tutilgan maʼlumotlar boʻlishi, shuningdek u taqdim etuvchiga berilganligi koʻrsatilgan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
913-modda. Tovarni ikki qismli omborxona guvohnomasi boʻyicha berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar ombori tovarni ombor va garov guvohnomalarini (ikki qismli ombor guvohnomasini) saqlovchiga berib, undan ushbu ikkala guvohnomani oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ombor guvohnomasini saqlovchi garov guvohnomasiga ega boʻlmasa, biroq uning yuzasidan qarz summasini toʻlagan boʻlsa, ombor tovarni faqat ombor guvohnomasiga ayirboshlash yoʻli bilan va u bilan birgalikda garov guvohnomasi boʻyicha butun qarz summasi toʻlanganligi haqidagi patta taqdim etilganidagina beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ombor va garov guvohnomalarining saqlovchisi tovarni qismlarga boʻlib berishni talab qilishga haqli. Bunda dastlabki guvohnomalar oʻrniga unga omborda qolgan tovar uchun yangi guvohnomalar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov guvohnomasiga ega boʻlmagan va uning yuzasidan qarz summasini toʻlamagan ombor guvohnomasini saqlovchiga ushbu moddaning talablariga qaramay tovarni bergan tovar ombori garov guvohnomasini saqlovchi oldida bu guvohnoma boʻyicha taʼminlangan butun toʻlov uchun javobgar boʻladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52-bob. Sugʻurta
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.03 Ixtiyoriy sugʻurta]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
914-modda. Ixtiyoriy va majburiy sugʻurta
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta fuqaro yoki yuridik shaxs (sugʻurta qildiruvchi) sugʻurta tashkiloti (sugʻurtalovchi) bilan tuzadigan mulkiy yoki shaxsiy sugʻurta shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekistan Respublikasining 2021-yil 23-noyabrdagi OʻRQ-730-sonli “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy sugʻurta shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunda koʻrsatilgan shaxslarga sugʻurta qiluvchilar sifatida boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkini yoxud oʻzining boshqa shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini oʻz hisobidan yoxud manfaatdor shaxslar hisobidan sugʻurta qilish (majburiy sugʻurta) majburiyati qonun bilan yuklangan hollarda sugʻurta ushbu bobning qoidalariga muvofiq shartnomalar tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-maydagi OʻRQ-386-son “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 21-apreldagi OʻRQ-155-son “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 16-apreldagi OʻRQ-210-son “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 22-iyundagi 166-son qarori bilan tasdiqlangan “Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sogʻligʻini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida Nizom”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy sugʻurtada sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchi bilan sugʻurtaning ushbu turini tartibga soladigan qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarda shartnoma tuzishi shart.
(914-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunda fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkini davlat budjeti mablagʻlari hisobidan majburiy sugʻurta qilish hollari (davlat majburiy sugʻurtasi) nazarda tutilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunning 51-moddasi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-bobi, “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 30-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi 2008-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-174-son “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida” Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-dekabrdagi 532-son qarori bilan tasdiqlangan “Obyektlarni davlat mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 30-dekabrdagi 631-son “Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta summalari va sugʻurta tariflari miqdorlari toʻgʻrisida”gi Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida Nizom”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkiy sugʻurta shartnomasiga muvofiq bir taraf (sugʻurtalovchi) shartnomada shartlashilgan haq (sugʻurta mukofoti) evaziga shartnomada nazarda tutilgan voqea (sugʻurta hodisasi) sodir boʻlganda boshqa tarafga (sugʻurta qildiruvchiga) yoki shartnoma qaysi shaxsning foydasiga tuzilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga (naf oluvchiga) bu hodisa oqibatida sugʻurtalangan mulkka yetkazilgan zararni yoxud sugʻurtalanuvchining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bogʻliq zararni shartnomada belgilangan summa (sugʻurta summasi) doirasida toʻlash (sugʻurta tovoni toʻlash) majburiyatini oladi.
(915-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan mol-mulkning yoʻqotilishi (nobud boʻlishi), kam chiqishi yoki shikastlanishi xavfi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik javobgarligi xavfi — boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlar boʻyicha javobgarlik, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, shuningdek shartnomalar boʻyicha javobgarlik xavfi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik xavfi — tadbirkorning kontragentlari oʻz majburiyatlarini buzishi yoki tadbirkorga bogʻliq boʻlmagan vaziyatlarga koʻra bu faoliyat shart-sharoitlarining oʻzgarishi tufayli tadbirkorlik faoliyatidan kutilgan daromadlarni ololmaslik xavfi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulk uning asralishidan qonunchilikka yoki shartnomaga asoslangan manfaatga ega boʻlgan shaxs (sugʻurta qildiruvchi yoki naf oluvchi) foydasiga, uning mulkdori, mol-mulkka nisbatan boshqa ashyoviy huquqqa ega boʻlgan shaxs, ijarachi, pudratchi, saqlovchi, vositachi va boshqa shu kabilar foydasiga sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalanishi mumkin.
(917-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalangan mol-mulkning asralishidan sugʻurta qildiruvchida va naf oluvchida manfaat boʻlmagan paytda tuzilgan mol-mulkni sugʻurta qilish shartnomasi haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Naf oluvchi foydasiga mol-mulkni sugʻurta qilish shartnomasi naf oluvchining ismi yoki nomi koʻrsatilmasdan tuzilishi mumkin. Bunday shartnoma tuzilganda sugʻurta qildiruvchiga egasining nomi koʻrsatilmagan polis beriladi. Bunday shartnoma boʻyicha huquqlarni amalga oshirishda bu polisni sugʻurtalovchiga taqdim etish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
918-modda. Zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni sugʻurta qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlar yuzasidan javobgarlik xavfini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta qildiruvchining oʻzining yoki bunday javobgarlik yuklanishi mumkin boʻlgan boshqa shaxsning javobgarlik xavfi sugʻurtalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik xavfi sugʻurtalangan shaxs sugʻurta shartnomasida koʻrsatilishi lozim. Agar bu shaxs shartnomada koʻrsatilmagan boʻlsa, sugʻurta qildiruvchining oʻzining javobgarlik xavfi sugʻurtalangan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik xavfini sugʻurta qilish shartnomasi, hatto shartnoma zarar yetkazilganligi uchun javobgar boʻlgan sugʻurta qildiruvchi yoki boshqa shaxs foydasiga tuzilgan yoxud shartnomada u kimning foydasiga tuzilgani koʻrsatilmagan taqdirda ham, zarar yetkazilishi mumkin boʻlgan shaxslar (naf oluvchilar) foydasiga tuzilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik uni sugʻurta qilish majburiy boʻlgani sababli sugʻurtalangan taqdirda, shuningdek qonunda yoki bunday javobgarlikni sugʻurta qilish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda sugʻurta shartnomasi oʻz foydasiga tuzilgan deb hisoblanuvchi shaxs zararni sugʻurta summasi doirasida toʻlash toʻgʻrisida bevosita sugʻurtalovchiga talab qoʻyishga haqli.
(918-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
919-modda. Shartnoma boʻyicha javobgarlikni sugʻurta qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomani buzganlik uchun javobgarlik xavfini sugʻurta qilishga qonunda nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomani buzganlik uchun javobgarlik xavfini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha faqat sugʻurta qildiruvchining oʻzining javobgarlik xavfi sugʻurtalanishi mumkin. Ushbu talabga muvofiq boʻlmagan sugʻurta shartnomasi oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomani buzganlik uchun javobgarlik xavfi, bu shartnoma shartlariga koʻra sugʻurta qildiruvchi qaysi taraf oldida tegishli javobgarlikni zimmasiga olishi lozim boʻlsa, oʻsha taraf — naf oluvchi foydasiga, hatto sugʻurta shartnomasi boshqa shaxs foydasiga tuzilgan yoxud unda kimning foydasiga tuzilgani aytilmagan taqdirda ham, sugʻurtalangan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
920-modda. Tadbirkorlik xavfini sugʻurta qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik xavfini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha faqat sugʻurta qildiruvchining oʻz tadbirkorlik xavfi va faqat uning foydasiga sugʻurtalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta qildiruvchi boʻlmagan shaxsning tadbirkorlik xavfini sugʻurta qilish shartnomasi oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta qildiruvchi boʻlmagan shaxsning foydasiga tadbirkorlik xavfini sugʻurta qilish shartnomasi sugʻurta qildiruvchi foydasiga tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha bir taraf (sugʻurtalovchi) boshqa taraf (sugʻurta qildiruvchi) toʻlaydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sugʻurta mukofoti) evaziga sugʻurta qildiruvchining oʻzining yoxud shartnomada koʻrsatilgan boshqa fuqaro (sugʻurtalangan shaxs)ning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilgan, u muayyan yoshga toʻlgan yoki uning hayotida shartnomada nazarda tutilgan boshqa voqea (sugʻurta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada shartlashilgan sugʻurta summasi doirasida sugʻurta toʻlovini bir yoʻla yoki vaqti-vaqti bilan toʻlab turish majburiyatini oladi.
(921-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 2-bandining uchinchi xatboshisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy sugʻurta shartnomasi kimning foydasini koʻzlab tuzilgan boʻlsa, oʻsha shaxs sugʻurta toʻlovini olish huquqiga ega boʻladi.
(921-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada naf oluvchi sifatida boshqa shaxs koʻrsatilmagan boʻlsa, shaxsiy sugʻurta shartnomasi sugʻurtalangan shaxs foydasiga tuzilgan hisoblanadi. Boshqa naf oluvchi koʻrsatilmagan shartnoma boʻyicha sugʻurtalangan shaxs vafot etgan taqdirda, sugʻurtalangan shaxsning merosxoʻrlari naf oluvchilar deb tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalangan deb hisoblanmaydigan shaxs foydasiga, shu jumladan sugʻurtalangan shaxs hisoblanmaydigan sugʻurta qildiruvchi foydasiga shaxsiy sugʻurta shartnomasi faqat sugʻurtalangan shaxsning yozma roziligi bilangina tuzilishi mumkin. Bunday rozilik boʻlmagan taqdirda, shartnoma sugʻurtalangan shaxsning daʼvosi boʻyicha, bu shaxs vafot etgan taqdirda esa, uning merosxoʻrlari daʼvosi boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
922-modda. Majburiy sugʻurta
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunda quyidagilarni sugʻurta qilish majburiyati belgilab qoʻyilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunda koʻrsatilgan boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulki ularning hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi ehtimolini nazarda tutib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi yoxud boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarning buzilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oʻzining fuqaroviy javobgarligi xavfi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta qildiruvchi boʻlish majburiyati qonun bilan unda koʻrsatilgan shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunda majburiy sugʻurtaning boshqa turlari ham belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaroga oʻz hayoti yoki sogʻligʻini sugʻurtalash majburiyati qonun bilan yuklatilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki unda belgilangan tartibda operativ boshqaruvida davlatga qarashli mol-mulkka ega boʻlgan yuridik shaxslarga bu mulkni sugʻurtalash majburiyati yuklanishi mumkin.
(922-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni sugʻurta qilish majburiyati qonundan kelib chiqmaydigan, balki mol-mulkning egasi bilan tuzilgan shartnomaga yoki mol-mulkning mulkdori hisoblanuvchi yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga asoslangan hollarda, bunday sugʻurta ushbu moddaning maʼnosi jihatidan majburiy hisoblanmaydi va ushbu Kodeksning 924-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-maydagi OʻRQ-386-son “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 21-apreldagi OʻRQ-155-son “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 16-apreldagi OʻRQ-210-son “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 22-iyundagi 166-son qarori bilan tasdiqlangan “Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sogʻligʻini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida Nizom”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
923-modda. Majburiy sugʻurtani amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy sugʻurta bunday sugʻurta qilish majburiyati yuklangan shaxs (sugʻurta qildiruvchi) sugʻurtalovchi bilan sugʻurta shartnomasi tuzishi vositasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy sugʻurta sugʻurta qildiruvchi hisobidan amalga oshiriladi, yoʻlovchilarni majburiy sugʻurtalash bundan mustasno boʻlib, bu sugʻurta qonunda nazarda tutilgan hollarda ularning oʻz hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy sugʻurtalanishi lozim boʻlgan obyektlar, ular sugʻurtalanishga sabab boʻladigan xavflar va sugʻurta summasining eng kam miqdorlari qonunchilik bilan belgilanadi.
(923-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
924-modda. Majburiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qoidalarni buzish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun boʻyicha foydasiga majburiy sugʻurta amalga oshirilishi lozim boʻlgan shaxs, agar sugʻurta amalga oshirilmagani unga maʼlum boʻlsa, sugʻurta qildiruvchi sifatida zimmasiga sugʻurtalash majburiyati yuklangan shaxs uni amalga oshirishini sud tartibida talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sugʻurta qildiruvchi sifatida sugʻurtalash majburiyati zimmasiga yuklangan shaxs uni amalga oshirmagan boʻlsa yoki sugʻurta shartnomasini naf oluvchining ahvolini qonunda belgilangan shartlarga nisbatan yomonlashtiradigan shartlarda tuzgan boʻlsa, u sugʻurta hodisasi yuz berganida basharti tegishlicha sugʻurtalangan taqdirda sugʻurta tovoni toʻlashga asos boʻlishi kerak boʻlgan shartlarda javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 492, 135, 1351va 1461-moddalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat tashkilotlari hisoblangan va tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirishga litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sugʻurtalovchilar sifatida sugʻurta shartnomalarini tuzishi mumkin.
(925-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta tashkilotlariga qoʻyiladigan talablar, ularga litsenziya berish va ularning faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
926-modda. Sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning sugʻurta qildiruvchi va naf oluvchi tomonidan bajarilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Naf oluvchi foydasiga sugʻurta shartnomasi tuzish, shu jumladan u sugʻurtalangan shaxs boʻlganda ham, sugʻurta qildiruvchini, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoxud sugʻurta qildiruvchining zimmasidagi majburiyatlar foydasiga shartnoma tuzilgan shaxs tomonidan bajarilmagan boʻlsa, ushbu shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Naf oluvchi mulkiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovonini yoxud shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta toʻlovini toʻlashni talab qilganida sugʻurtalovchi undan, shu jumladan sugʻurtalangan shaxs naf oluvchi boʻlgan taqdirda ham, sugʻurta shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni, shu bilan birga sugʻurta qildiruvchining zimmasida boʻlgan, lekin u bajarmagan majburiyatlarni bajarishni talab qilishga haqli. Ilgari bajarilishi lozim boʻlgan majburiyatlarni bajarmaslik yoki oʻz vaqtida bajarmaslik oqibatlari xavfi naf oluvchining zimmasida boʻladi.
(926-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta shartnomasi yozma yoki elektron shaklda tuzilishi lozim.
(927-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu talabga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy sanalmasligiga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta shartnomasi bitta hujjatni tuzish yoxud sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta qildiruvchiga uning yozma yoki ogʻzaki arizasiga binoan sugʻurtalovchi imzolagan, sugʻurta shartnomasining shartlarini oʻz ichiga olgan sugʻurta polisini topshirish yoʻli bilan tuzilishi mumkin. Bu holda sugʻurta qildiruvchining sugʻurtalovchi taklif etgan shartlarda shartnoma tuzishga rozi ekanligi sugʻurtalovchidan koʻrsatilgan hujjatlarni qabul qilib olish va sugʻurta mukofoti toʻlash yoxud –– sugʻurta mukofoti boʻlib-boʻlib toʻlanganda — birinchi badalni toʻlash orqali tasdiqlanadi.
(927-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchi shartnoma tuzish chogʻida sugʻurtaning alohida turlari boʻyicha sugʻurta shartnomasi (sugʻurta polisi)ning oʻzi ishlab chiqqan standart shakllarini qoʻllanishga haqli.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 2-bandining toʻrtinchi – oltinchi xatboshilari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir turdagi mol-mulk (tovarlar, yuklar va hokazoning) turli turkumlarini muayyan muddat davomida bir xildagi shartlarda muntazam sugʻurtalash sugʻurta qildiruvchining sugʻurtalovchi bilan kelishuviga binoan bitta sugʻurta shartnomasi –– bosh polis asosida amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta qildiruvchi bosh polisning taʼsir doirasida boʻladigan mol-mulkning har bir turkumi toʻgʻrisida sugʻurtalovchiga bunday polisda shartlashilgan maʼlumotlarni unda nazarda tutilgan muddatda, agar muddat nazarda tutilmagan boʻlsa — ular olinganidan keyin darhol xabar qilishi shart. Agar hatto bunday maʼlumotlarni olish paytigacha sugʻurtalovchi toʻlashi lozim boʻlgan zarar koʻrish ehtimoli oʻtib ketgan boʻlsa ham, sugʻurta qildiruvchi bu majburiyatdan ozod boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta qildiruvchining talabiga binoan sugʻurtalovchi bosh polisning taʼsir doirasida boʻladigan mol-mulkning alohida turkumlari boʻyicha sugʻurta polislarini berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta polisining mazmuni bosh polisga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, sugʻurta polisi afzal koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
929-modda. Sugʻurta shartnomasining muhim shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkiy sugʻurta shartnomasi tuzishda sugʻurta qildiruvchi bilan sugʻurtalovchi oʻrtasida quyidagilar toʻgʻrisida kelishuvga erishilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta obyekti boʻlgan muayyan mol-mulk yoxud boshqa mulkiy manfaat toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuz berishi ehtimol tutilib sugʻurta amalga oshirilayotgan voqea (sugʻurta hodisasi)ning xususiyati toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta summasi miqdori toʻgʻrisida;
(929-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta tovoni miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisida, agar shartnomada uni sugʻurta summasidan oz miqdorda toʻlash mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa;
(929-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta mukofotining miqdori va uni toʻlash muddati (muddatlari) toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaning amal qilish muddati toʻgʻrisida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy sugʻurta shartnomasi tuzishda sugʻurta qildiruvchi bilan sugʻurtalovchi oʻrtasida quyidagilar toʻgʻrisida kelishuvga erishilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalangan shaxs toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimol tutilib sugʻurta amalga oshirilayotgan voqea (sugʻurta hodisasi)ning xususiyati toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta summasi miqdori toʻgʻrisida;
(929-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta mukofotining miqdori va uni toʻlash muddati (muddatlari) toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflarning kelishuviga binoan shartnomaga boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. Agar sugʻurta shartnomasi sugʻurta qildiruvchi, sugʻurtalangan shaxs yoki naf oluvchi hisoblangan fuqaroning ahvolini qonunchilikda belgilangan qoidalarga nisbatan yomonlashtiradigan shartlarni oʻz ichiga olsa, shartnomaning ana shu shartlari oʻrniga qonunchilikning tegishli qoidalari qoʻllaniladi.
(929-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
930-modda. Sugʻurta shartnomasi shartlarini sugʻurta qoidalarida belgilab qoʻyish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta shartnomasini tuzish shartlari sugʻurtalovchi yoxud sugʻurtalovchilar birlashmasi tomonidan qabul qilingan, maʼqullangan yoki tasdiqlangan tegishli turdagi sugʻurtaning standart qoidalari (sugʻurta qoidalari)da belgilab qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta qoidalarida mavjud boʻlgan va sugʻurta shartnomasi (polisi) matniga kiritilmagan shartlar, agar shartnomada (polisda) shunday qoidalar qoʻllanilishi toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan va qoidalarning oʻzi shartnoma (polis) bilan bitta hujjatda yoki uning orqa tomonida bayon qilingan yoxud unga ilova qilingan boʻlsa, sugʻurta qiluvchi (naf oluvchi) uchun majburiydir. Ilova qilingan taqdirda, shartnomani tuzish paytida sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta qoidalari topshirilgani shartnomada yozuv bilan tasdiqlab qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta shartnomasi tuzilayotganda sugʻurta qildiruvchi va sugʻurtalovchi sugʻurta qoidalarining ayrim bandlarini oʻzgartirish yoki chiqarib tashlash va qoidalarda boʻlmagan bandlarni shartnomaga kiritish toʻgʻrisida kelishishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) oʻz manfaatlarini himoya qilib, sugʻurta shartnomasida (polisida) koʻrsatib oʻtilgan tegishli turdagi sugʻurta qoidalarini, hatto agar bu qoidalar ushbu moddaga koʻra uning uchun majburiy boʻlmasa ham, vaj qilib keltirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
931-modda. Sugʻurta shartnomasi tuzilayotganda sugʻurta qildiruvchi taqdim etadigan maʼlumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta shartnomasi tuzilayotganda sugʻurta qildiruvchi oʻziga maʼlum boʻlib, sugʻurta hodisasi yuz berishi ehtimolini va uning yuz berishi tufayli kutilajak zarar miqdori (sugʻurta xavfi)ni aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni sugʻurtalovchiga xabar qilishi shart.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta shartnomasi (polisi)ning standart shaklida, sugʻurta qildiruvchiga berilgan sugʻurta qoidalarida yoki yozma soʻrovda sugʻurtalovchi tomonidan oldindan aniq aytib qoʻyilgan holatlar muhim deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sugʻurta shartnomasi sugʻurtalovchining qandaydir savollariga sugʻurta qildiruvchining javoblari boʻlmagan holda tuzilgan boʻlsa, sugʻurtalovchi tegishli holatlar sugʻurta qildiruvchi tomonidan maʼlum qilinmaganligiga asoslanib keyinchalik shartnomani bekor qilishni yoxud uni haqiqiy emas deb topishni talab qila olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sugʻurta shartnomasi tuzilganidan keyin, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar toʻgʻrisida sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchiga bila turib yolgʻon maʼlumot berganligi aniqlansa, sugʻurtalovchi shartnomani haqiqiy emas deb topishni va ushbu Kodeks 123-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlar qoʻllanilishini talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarori 17-bandining uchinchi xatboshisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sugʻurta qildiruvchi aytib qoʻymagan holatlar oʻtib ketgan boʻlsa, sugʻurtalovchi shartnomani haqiqiy emas deb topishni talab qila olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
932-modda. Sugʻurtalovchining sugʻurta xavfini baholash huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni sugʻurtalash shartnomasi tuzilayotganida sugʻurtalovchi sugʻurta qilinayotgan mol-mulkni koʻzdan kechirishga, zarurat boʻlganda esa uning haqiqiy qiymatini belgilash maqsadida baholashdan oʻtkazishni tashkil etishga haqli.
(932-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy sugʻurta shartnomasi tuzilayotganida sugʻurtalovchi sugʻurta qilinayotgan shaxs sogʻligʻining haqiqiy holatini aniqlash uchun uni tekshirtirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda asosida sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta xavfini baholash boshqa holatni isbotlashga haqli boʻlgan sugʻurta qildiruvchi uchun majburiy emas.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarori 5-bandining birinchi xatboshisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchi, sugʻurtalangan shaxs va naf oluvchi, ularning sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi, shuningdek bu shaxslarning mulkiy ahvoli toʻgʻrisidagi oʻz kasb faoliyati natijasida oʻzi olgan maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emas. Sugʻurta sirini buzganlik uchun sugʻurtalovchi buzilgan huquqlarning turi va buzish xususiyatiga qarab ushbu Kodeksning 985, 1021 va 1022-moddalari qoidalariga muvofiq javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
934-modda. Sugʻurta summasi
(934-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlash majburiyatini oladigan yoki shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha toʻlash majburiyatini oladigan summa (sugʻurta summasi) sugʻurta qildiruvchining sugʻurtalovchi bilan kelishuviga koʻra ushbu modda qoidalariga muvofiq belgilanadi.
(934-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini sugʻurta qilishda, agar sugʻurta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurta summasi ularning haqiqiy qiymatidan (sugʻurta qiymatidan) oshmasligi lozim, quyidagilar shular jumlasiga kiradi:
(934-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulk uchun — uning sugʻurta shartnomasini tuzish kuni turgan joyidagi haqiqiy qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik xavfi — sugʻurta hodisasi yuz berganida sugʻurta qildiruvchi tadbirkorlik faoliyatidan koʻrishi mumkin boʻlgan zarar.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy sugʻurta shartnomalarida va fuqaroviy javobgarlikni sugʻurtalash shartnomalarida sugʻurta summasini taraflar oʻz ixtiyorlariga koʻra aniqlaydilar, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(934-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta shartnomasini tuzish paytida taraflarning kelishuviga koʻra aniqlanadigan, sugʻurta manfaati bilan bogʻlanadigan mol-mulk qiymati, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurta qiymati (sugʻurta bahosi) deb hisoblanadi.
(935-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkning shartnomada koʻrsatilgan sugʻurta qiymati ustida keyinchalik nizolashish mumkin emas, shartnoma tuzilgunga qadar sugʻurta xavfini baholash boʻyicha oʻz huquqidan foydalanmagan sugʻurtalovchi bu qiymat borasida bila turib chalgʻitilgan hol bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini sugʻurtalash shartnomasida sugʻurta summasi sugʻurta qiymatidan kam qilib belgilangan boʻlsa, sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi yuz berganida sugʻurta qildiruvchiga (naf oluvchiga) u koʻrgan zararni sugʻurta summasining sugʻurta qiymatiga boʻlgan nisbatiga mutanosib ravishda qoplashi shart.
(936-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mol-mulk yoki tadbirkorlik xavfi faqat sugʻurta qiymatining bir qismi miqdorida sugʻurtalangan boʻlsa, sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) qoʻshimcha sugʻurta qilishga, shu jumladan boshqa sugʻurtalovchida sugʻurta qilishga haqli, ammo barcha sugʻurta shartnomalari boʻyicha umumiy sugʻurta summasi sugʻurta qiymatidan oshib ketmasligi lozim.
(937-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda birinchi qismining qoidalariga rioya etmaslik, ushbu Kodeksning 938-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
938-modda. Sugʻurta qiymatidan ortiq miqdorda sugʻurta qilish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan mol-mulk yoki tadbirkorlik xavfining sugʻurta summasi sugʻurta qiymatidan ortiq boʻlsa, shartnoma sugʻurta summasining sugʻurta qiymatidan ortiq boʻlgan qismida oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.
(938-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu holda sugʻurta mukofotining ortiqcha toʻlangan qismi qaytarib berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta mukofoti boʻlib-boʻlib toʻlansa va ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar aniqlangan paytgacha uning hammasi toʻlanmagan boʻlsa, qolgan sugʻurta badallari sugʻurta summasi miqdorini kamaytirishga mutanosib tarzda kamaytirilgan miqdorda toʻlanishi lozim.
(938-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sugʻurta shartnomasidagi sugʻurta summasini oshirib yuborish sugʻurta qildiruvchi tomonidan aldashning oqibati boʻlsa, sugʻurtalovchi shartnomani haqiqiy emas deb topishni va oʻziga yetkazilgan zarar uning sugʻurta qildiruvchidan olgan sugʻurta mukofoti summasidan ortiq miqdorda qoplanishini talab qilishga haqli.
(938-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi, 17-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeksning 938-moddasida nazarda tutilgan qoidalar sugʻurta summasi ayni bitta mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini ikki yoki bir necha sugʻurtalovchida sugʻurta qilish (qoʻshaloq sugʻurta) natijasida sugʻurta qiymatidan oshib ketgan taqdirda ham tegishincha suratda qoʻllaniladi.
(939-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulk yoki tadbirkorlik xavfi qoʻshaloq sugʻurta qilinganda har bir sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini oʻzi tuzgan shartnoma doirasida toʻlashga majbur boʻladi, biroq barcha sugʻurtalovchilardan olingan sugʻurta tovonlarining umumiy summasi haqiqiy zarardan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) sugʻurta tovonini istalgan sugʻurtalovchidan u bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan sugʻurta summasi doirasida olishga haqli. Olingan sugʻurta tovoni haqiqiy zararni qoplamagan taqdirda, sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) yetishmayotgan summani boshqa sugʻurtalovchidan olishga haqli.
(939-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yetkazilgan zarar boshqa sugʻurtalovchilar tomonidan qoplangani sababli sugʻurta tovonini toʻlashdan toʻliq yoki qisman ozod qilingan sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta toʻlovlarining tegishli qismini qilingan xarajatlarni chegirgan holda qaytarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda qoidalari har bir sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchi, sugʻurtalangan shaxs va naf oluvchi oldidagi oʻz sugʻurta majburiyatlarini, boshqa sugʻurtalovchilar majburiyatlarini bajarganligidan qatʼi nazar, mustaqil bajaradigan qoʻshaloq shaxsiy sugʻurtada qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
940-modda. Turli xildagi sugʻurta xavflaridan mulkiy sugʻurta
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulk va tadbirkorlik xavfi turli xildagi sugʻurta xavflaridan xoh bitta, xoh alohida sugʻurta shartnomalari boʻyicha, shu jumladan turli sugʻurtalovchilar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha sugʻurta qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday hollarda barcha shartnomalar boʻyicha umumiy sugʻurta summasi miqdori sugʻurta qiymatidan oshib ketishiga yoʻl qoʻyiladi va tegishli suratda ushbu Kodeksning 939-moddasi qoidalari qoʻllaniladi.
(940-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta obyekti bitta shartnoma boʻyicha bir necha sugʻurtalovchi tomonidan oʻrtada sugʻurtalanishi mumkin (birgalikda sugʻurta qilish). Agar bunday shartnomada sugʻurtalovchilardan har birining huquq va majburiyatlari belgilanmagan boʻlsa, ular mulkiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovonini yoki shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta toʻlovini toʻlash uchun sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) oldida solidar javobgar boʻladilar.
(941-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yirik va alohida yirik xavflarni oʻrtada sugʻurta qilish uchun birgalikda sugʻurtalovchilar birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma asosida oddiy shirkatlar (sugʻurta sherikchiligi) tuzishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birgalikda sugʻurtalovchilar oʻrtasida tegishli kelishuv boʻlgan taqdirda, ulardan biri sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi)ning oldida faqat oʻz ulushi uchun javobgar boʻlib qolgani holda, u bilan oʻzaro munosabatlarda barcha birgalikdagi sugʻurtalovchilar nomidan vakil boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
942-modda. Sugʻurta mukofoti va sugʻurta badallari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta mukofoti deganda sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) sugʻurta shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda sugʻurtalovchiga toʻlashi shart boʻlgan sugʻurta haqi tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasi boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta mukofoti miqdorini belgilashda sugʻurta obyekti va sugʻurta xavfi xususiyati hisobga olingan holda oʻzi tomonidan ishlab chiqilgan, sugʻurta summasi birligidan undiriladigan mukofotni aniqlaydigan sugʻurta tariflarini qoʻllashga haqli.
(942-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunda nazarda tutilgan hollarda sugʻurta mukofotining miqdori davlat sugʻurta nazorati organlari tomonidan joriy etilgan yoki tartibga solinadigan sugʻurta tariflariga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sugʻurta shartnomasida sugʻurta mukofotini boʻlib-boʻlib toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa, shartnomada navbatdagi sugʻurta badallarini belgilangan muddatlarda toʻlamaslik oqibatlari koʻrsatib qoʻyilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 8-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sugʻurta hodisasi toʻlash muddati oʻtkazib yuborilgan navbatdagi sugʻurta badali toʻlanishidan oldin yuz bergan boʻlsa, sugʻurtalovchi mulkiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta tovoni yoki shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta toʻlovi miqdorini sugʻurta mukofotining oʻziga toʻlangan qismiga mutanosib summada cheklashga va muddati oʻtkazib yuborilgan sugʻurta badali summasini hisobga olishga haqli.
(942-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
943-modda. Sugʻurta shartnomasining haqiqiy emasligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta shartnomasi quyidagi hollarda oʻz-oʻzidan haqiqiy emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma tuzilayotgan paytda sugʻurta obyekti mavjud boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan, jinoyat narsasi hisoblanuvchi yoki musodara qilinishi lozim boʻlgan mol-mulk mulkiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma boʻyicha gʻayrihuquqiy manfaat sugʻurtalangan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta shartnomasida sugʻurta hodisasi sifatida yuz berish ehtimolligi va tasodifiylik belgilari boʻlmagan voqea nazarda tutilgan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta shartnomasi ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 16-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
944-modda. Sugʻurtalangan shaxsni almashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik xavfini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta qildiruvchidan boshqa shaxsning javobgarligi sugʻurtalangan hollarda, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurta qildiruvchi bu shaxsni sugʻurta hodisasi yuz berguncha istalgan vaqtda, sugʻurtalovchini yozma ravishda xabardor qilib, boshqa shaxsga almashtirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan sugʻurtalangan shaxs sugʻurta qildiruvchi tomonidan shu sugʻurtalangan shaxs va sugʻurtalovchining roziligi bilangina boshqa shaxsga almashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
945-modda. Naf oluvchini almashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta qildiruvchi sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan naf oluvchini boshqa shaxsga, bu haqda sugʻurtalovchini yozma ravishda xabardor qilib, almashtirishga haqli. Shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan shaxsning roziligi bilan tayinlangan naf oluvchini almashtirishga faqat shu shaxsning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Naf oluvchi sugʻurta shartnomasi boʻyicha bironta majburiyatni bajarganidan yoki sugʻurta tovonini yoxud sugʻurta toʻlovini toʻlash toʻgʻrisida sugʻurtalovchiga talab qoʻyganidan keyin u boshqa shaxs bilan almashtirilishi mumkin emas.
(945-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni sugʻurtalash shartnomasini tuzgan sugʻurta qildiruvchi vafot etgan taqdirda, sugʻurta qildiruvchining huquq va majburiyatlari bu mol-mulkni meros tartibida qabul qilib olgan shaxsga oʻtadi. Mulk huquqi oʻtishining boshqa hollarida sugʻurta qildiruvchining huquq va majburiyatlari, agar shartnomada yoki qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, sugʻurtalovchining roziligi bilan yangi mulkdorga oʻtadi.
(946-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy sugʻurta shartnomasini sugʻurtalangan shaxs foydasiga tuzgan sugʻurta qildiruvchi vafot etgan taqdirda, ushbu shartnoma bilan belgilanadigan huquq va majburiyatlar sugʻurtalangan shaxsning roziligi bilan unga oʻtadi. Sugʻurtalangan shaxs sugʻurta shartnomasi boʻyicha majburiyatlarini bajarishi mumkin boʻlmasa, uning huquqlari va majburiyatlari qonunchilikka muvofiq uning huquq va qonuniy manfaatlarini muhofaza qiluvchi shaxslarga oʻtishi mumkin.
(946-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sugʻurta shartnomasining amal qilish davrida sugʻurta qildiruvchi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilsa, bunday sugʻurta qildiruvchining huquq va majburiyatlarini uning vasiyi yoki homiysi oladi. Bunda sugʻurta qildiruvchining uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligi sugʻurtasi uning muomala layoqati tugagan yoki cheklangan paytdan boshlab tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs boʻlgan sugʻurta qildiruvchi sugʻurta shartnomasi davrida qayta tashkil etilganida uning ushbu shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlari sugʻurtalovchining roziligi bilan tegishli huquqiy vorisga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
947-modda. Sugʻurta shartnomasi amal qilishining boshlanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta shartnomasi, agar unda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurta mukofoti yoki birinchi badal toʻlangan paytda kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnomada sugʻurta amal qilishi boshlanishining boshqacha muddati nazarda tutilmagan boʻlsa, shartnomada shartlashilgan sugʻurta sugʻurta shartnomasi kuchga kirganidan keyin yuz bergan sugʻurta hodisalariga nisbatan tatbiq etiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
948-modda. Sugʻurta shartnomasining muddatidan ilgari bekor boʻlishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta shartnomasi, agar u kuchga kirganidan keyin sugʻurta hodisasi yuz berishi ehtimoli yoʻqolgan va sugʻurta xavfining mavjud boʻlishi sugʻurta hodisasidan boshqa holatlar boʻyicha tugagan boʻlsa, tuzilgan muddati kelishidan oldin bekor boʻladi. Quyidagilar shunday holatlar jumlasiga kiradi, chunonchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalangan mol-mulkning yuz bergan sugʻurta hodisasidan boshqa sabablarga koʻra nobud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik xavfini yoki ana shu faoliyat bilan bogʻliq fuqaroviy javobgarlik xavfini sugʻurtalagan shaxsning tadbirkorlik faoliyatini belgilangan tartibda toʻxtatishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta shartnomasi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha muddatidan oldin bekor boʻlganda, sugʻurtalovchi sugʻurta mukofotining bir qismini sugʻurta amal qilgan vaqtga mutanosib ravishda olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi), agar voz kechish paytiga kelib sugʻurta hodisaning yuz berish ehtimoli ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha yoʻqolmagan boʻlsa, sugʻurta shartnomasini bajarishdan istagan paytida voz kechishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) sugʻurta shartnomasidan muddatidan ilgari voz kechgan taqdirda, sugʻurtalovchiga toʻlangan sugʻurta mukofoti, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, qaytarib berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
949-modda. Sugʻurta shartnomasining amal qilish davrida sugʻurta xavfining ortishi oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkiy sugʻurta shartnomasining amal qilish davrida sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) shartnoma tuzilayotganda sugʻurtalovchiga maʼlum qilingan holatlarda yuz bergan, oʻziga maʼlum boʻlgan muhim oʻzgarishlar toʻgʻrisida, agar bu oʻzgarishlar sugʻurta xavfi ortishiga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, sugʻurtalovchiga darhol xabar qilishi shart. Sugʻurta shartnomasida (sugʻurta polisida) va sugʻurta qildiruvchiga berilgan sugʻurta qoidalarida aytib qoʻyilgan oʻzgarishlar muhim deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta xavfi ortishiga sabab boʻladigan holatlar toʻgʻrisida xabardor qilingan sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasining shartlarini oʻzgartirishni yoki xavf ortishiga mutanosib ravishda qoʻshimcha sugʻurta mukofoti toʻlashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) sugʻurta shartnomasining shartlari oʻzgartirilishiga yoki sugʻurta mukofotiga qoʻshimcha toʻlashga eʼtiroz bildirsa, sugʻurtalovchi ushbu Kodeksning 28-bobida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq shartnomani bekor qilishni talab etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta qiluvchi yoxud naf oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatini bajarmagan taqdirda, sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasini bekor qilishni va shartnomani bekor qilish tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini talab etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchi, agar sugʻurta xavfi ortishiga sabab boʻladigan holatlar yoʻqolgan boʻlsa, sugʻurta shartnomasini bekor qilishni talab etishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy sugʻurtada, sugʻurta shartnomasining amal qilishi davrida ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan sugʻurta xavfining oʻzgarishi oqibatlari, agar ular shartnomada toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsagina, yuzaga kelishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
950-modda. Sugʻurtalangan mol-mulkka boʻlgan huquqlarning boshqa shaxsga oʻtishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalangan mol-mulkka boʻlgan huquqlar sugʻurta shartnomasi tuzilganida manfaati nazarda tutilgan shaxsdan boshqa shaxsga oʻtganida ushbu shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlar mol-mulkka boʻlgan huquq qaysi shaxsga oʻtgan boʻlsa, oʻsha shaxsga oʻtadi, ushbu Kodeksning 197 va 199-moddalarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha mol-mulkning majburiy olib qoʻyilishi hollari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalangan mol-mulkka boʻlgan huquqlar oʻziga oʻtgan shaxs bu haqda sugʻurtalovchini yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
951-modda. Sugʻurta hodisasi yuz bergani toʻgʻrisida sugʻurtalovchini xabardor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta qildiruvchi sugʻurta hodisasi yuz bergani oʻziga maʼlum boʻlganidan keyin bu haqda darhol sugʻurtalovchini yoki uning vakilini xabardor qilishi shart. Agar shartnomada xabar qilish muddati va (yoki) usuli nazarda tutilgan boʻlsa, bu shartlashilgan muddatda va shartnomada koʻrsatilgan usulda qilinishi lozim. Agar naf oluvchi oʻzining foydasiga tuzilgan shartnoma boʻyicha sugʻurta tovoniga boʻlgan huquqdan foydalanish niyatida boʻlsa, ayni shunday majburiyat naf oluvchi zimmasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatning bajarilmasligi sugʻurtalovchiga, agar sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi yuz berganini oʻz vaqtida bilganligi, yoxud bu haqda sugʻurtalovchida maʼlumotlar yoʻqligi uning sugʻurta tovonini toʻlash majburiyatiga taʼsir etmasligi isbotlanmasa, sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish huquqini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar, agar sugʻurtalangan shaxsning vafoti yoki uning sogʻligʻiga zarar yetkazilishi sugʻurta hodisasi boʻlsa, tegishli suratda shaxsiy sugʻurta shartnomasiga nisbatan qoʻllaniladi. Bunda sugʻurtalovchini xabardor qilishning shartnomada belgilanadigan muddati yigirma kundan kam boʻlishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 11.2 va 13-banlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkiy sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan sugʻurta hodisasi yuz berganida, sugʻurta qildiruvchi ehtimol tutilgan zararni kamaytirish uchun oqilona va mumkin boʻlgan choralarni koʻrishi shart. Sugʻurta qildiruvchi bunday choralarni koʻrar ekan, agar oʻziga maʼlum qilingan boʻlsa, sugʻurtalovchining koʻrsatmalariga amal qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zararni kamaytirish maqsadida qilingan, sugʻurtalovchi qoplashi lozim boʻlgan xarajatlar, agar bunday xarajatlar zarur boʻlgan boʻlsa yoki sugʻurtalovchining koʻrsatmalarini bajarish uchun qilingan boʻlsa, tegishli choralar foydasiz boʻlib chiqsa ham, sugʻurtalovchi tomonidan qoplanishi lozim. Bunday xarajatlar sugʻurta summasining sugʻurta qiymatiga nisbatiga mutanosib ravishda, boshqa zararlarni qoplash bilan birgalikda ular sugʻurta summasidan oshib ketishi mumkinligidan qatʼi nazar, qoplanadi.
(952-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta qiluvchi ehtimol tutilgan zararni kamaytirish uchun qasddan choralar koʻrmagani oqibatida koʻrilgan zararni qoplashdan sugʻurtalovchi ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
953-modda. Sugʻurta qildiruvchi, naf oluvchi yoki sugʻurtalangan shaxsning aybi bilan sugʻurta hodisasi yuz berishining oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sugʻurta hodisasi sugʻurta qildiruvchi, naf oluvchi yoki sugʻurtalangan shaxsning qasd qilishi oqibatida yuz bergan boʻlsa, sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini yoki sugʻurta toʻlovini toʻlashdan ozod qilinadi, qasddan qilingan harakatlar ular tomonidan zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida, shuningdek ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda sodir etilishi bundan mustasno.
(953-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunda sugʻurta hodisasi sugʻurta qiluvchining yoki naf oluvchining qoʻpol ehtiyotsizligi oqibatida yuzaga kelganda sugʻurtalovchini mulkiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovonini toʻlashdan ozod qilish yoki tovon miqdorini kamaytirish hollari nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchi sugʻurtalangan shaxsning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazganlik uchun fuqaroviy javobgarlikni sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovonini toʻlashdan, agar zarar sugʻurtalanuvchi uchun javobgar shaxsning aybi bilan yetkazilgan boʻlsa, ozod qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchi shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan shaxs vafot etgan taqdirda toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta toʻlovini toʻlashdan, agar uning vafoti oʻz joniga qasd qilish oqibatida roʻy bergan boʻlsa va bu vaqtgacha sugʻurta shartnomasi kamida ikki yil amal qilgan boʻlsa, ozod qilinmaydi.
(953-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
954-modda. Sugʻurtalovchini sugʻurta tovonini va sugʻurta toʻlovini toʻlashdan ozod qilish asoslari
(954-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchi, agar qonunda yoki sugʻurta shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa va sugʻurta hodisasi quyidagilar oqibatida yuzaga kelgan boʻlsa, sugʻurta tovonini va sugʻurta toʻlovini toʻlashdan ozod qilinadi:
(954-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yadro portlashi, radiatsiya yoki radioaktiv zaharlanish taʼsirida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy harakatlar, manyovrlar yoki boshqa harbiy tadbirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mulkiy sugʻurta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurtalovchi sugʻurtalangan mol-mulk davlat organlarining farmoyishi bilan olib qoʻyilishi, musodara qilinishi, rekvizitsiya qilinishi, xatlanishi yoki yoʻq qilib tashlanishi oqibatida koʻrilgan zarar uchun sugʻurta tovonini toʻlashdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
955-modda. Sugʻurta tovoni yoki sugʻurta toʻlovini toʻlashni rad etish
(955-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchi mulkiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta qildiruvchiga (naf oluvchiga) sugʻurta tovonini yoki shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta toʻlovini toʻlashni quyidagi hollarda rad etishga haqli, chunonchi:
(955-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta shartnomasining amal qilishi sugʻurta hodisasi yuz bergunga qadar, shu jumladan ushbu Kodeksning 948 va 950-moddalarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha bekor qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta shartnomasi ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchi ushbu Kodeksning 951 — 954-moddalarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha sugʻurta tovonini yoki sugʻurta toʻlovini toʻlashdan ozod qilinganda;
(955-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchi ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha sugʻurta shartnomasini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida yoxud sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) sugʻurta hodisasi holatlarini tekshirib koʻrishga yoki yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashga toʻsqinlik qilgani tufayli sugʻurta shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatganida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini yoki sugʻurta toʻlovini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori sugʻurta qildiruvchiga (naf oluvchiga) ular sugʻurta tovonini yoki sugʻurta toʻlovini toʻlashni soʻrab murojaat etganidan keyin oʻn besh kundan kechiktirmay xabar qilinishi va rad etish sabablarining asoslantirilgan dalil-isbotlarini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
(955-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini yoki sugʻurta toʻlovini toʻlashni rad etishiga qarshi unga nisbatan sudda daʼvo qoʻzgʻatish yoʻli bilan eʼtiroz bildirilishi mumkin.
(955-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 15 va 15.1-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
956-modda. Shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta toʻlovi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta toʻlovi, ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot boʻyicha, boshqa sugʻurta shartnomalari boʻyicha yoki zararni qoplash tartibida sugʻurta qildiruvchiga, sugʻurtalangan shaxsga yoki naf oluvchiga tegishli summalardan qatʼi nazar, shartnoma kimning foydasiga tuzilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeks 921-moddasining uchinchi qismi asosida shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan shaxsning merosxoʻrlariga toʻlanadigan sugʻurta toʻlovi sugʻurtalangan shaxsning merosi tarkibiga kirmaydi.
(956-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
957-modda. Sugʻurta qildiruvchining zarar qoplanishiga boʻlgan huquqlarining sugʻurtalovchiga oʻtishi (subrogatsiya)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mulkiy sugʻurta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi)ning sugʻurta natijasida qoplangan zarar uchun javobgar shaxsdan talab qilish huquqi toʻlangan summa doirasida sugʻurta tovonini toʻlagan sugʻurtalovchiga oʻtadi. Biroq shartnomaning bila turib zarar yetkazgan shaxsga nisbatan talab qilish huquqi sugʻurtalovchiga oʻtishini istisno qiladigan shartlari oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik Sudi Plenumining 2003-yil 28-fevraldagi 110-son “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi birinchi xatboshisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchiga oʻtgan talab qilish huquqi uning tomonidan sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) va zarar uchun javobgar boʻlgan shaxs oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) sugʻurtalovchi oʻziga oʻtgan talab qilish huquqini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar va dalillarni sugʻurtalovchiga berishi hamda barcha maʼlumotlarni unga maʼlum qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) sugʻurtalovchi tomonidan qoplangan zarar uchun javobgar shaxsga nisbatan oʻzining talab qilish huquqidan voz kechsa yoki bu huquqni amalga oshirish sugʻurta qildiruvchining (naf oluvchining) aybi bilan mumkin boʻlmagan boʻlsa, sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻliq yoki uning tegishli qismini toʻlashdan ozod qilinadi va tovonning ortiqcha toʻlangan summasini qaytarishni talab qilishga haqli boʻladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarorining 18 va 19-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
958-modda. Sugʻurtalangan mol-mulkka boʻlgan huquqlarning sugʻurtalovchiga oʻtkazilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulk sugʻurta qilinganda sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) sugʻurta hodisasi yuz berganidan keyin sugʻurtalovchining roziligi bilan sugʻurtalangan mol-mulkka boʻlgan oʻz huquqlarini unga oʻtkazishi va sugʻurta tovonini sugʻurta summasining toʻliq hajmida olishi mumkin.
(958-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 13.5-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi oʻz zimmasiga olgan sugʻurta tovonini yoki sugʻurta toʻlovini toʻlash xavfi uning tomonidan toʻliq yoki qisman boshqa sugʻurtalovchida (sugʻurtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalanishi mumkin.
(959-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta sugʻurta qilish shartnomasiga nisbatan, agar qayta sugʻurta qilish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu bobning tadbirkorlik xavfini sugʻurta qilish borasida qoʻllanishi lozim boʻlgan qoidalari tatbiq etiladi. Qayta sugʻurta qilish shartnomasini tuzgan sugʻurta shartnomasi (asosiy shartnoma) boʻyicha sugʻurtalovchi keyingi shartnomada qayta sugʻurta qildiruvchi hisoblanadi.
(959-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta sugʻurta qilishda sugʻurta tovonini yoki sugʻurta toʻlovini toʻlash uchun asosiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta qildiruvchi oldida ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurtalovchi javobgar boʻlib qolaveradi.
(959-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biroq asosiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalanuvchi hisoblangan sugʻurta tashkiloti sugʻurta hodisasi yuz berishidan oldin tugatilgan taqdirda, uning ushbu shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlarining qayta sugʻurta qilingan qismi qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchiga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki yoki bir nechta qayta sugʻurta qilish shartnomalarini ketma-ket tuzishga yoʻl qoʻyiladi. Bunday shartnomalarning har biri keyingi qayta sugʻurta qilish shartnomasiga nisbatan asosiy sugʻurta shartnomasi deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 27-dekabrdagi 111-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qayta sugʻurta qilish xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlari toʻgʻrisidagi Nizom”.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 21-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar va yuridik shaxslar oʻz mol-mulklarini hamda ushbu Kodeks 915-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan boshqa mulkiy manfaatlarini ikki taraflama asosda, buning uchun ikki tomonlama sugʻurta qilish jamiyatlarida zarur mablagʻlarni birlashtirish yoʻli bilan sugʻurta qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki tomonlama sugʻurta qilish jamiyatlari oʻz aʼzolarining mol-mulki hamda boshqa mulkiy manfaatlarini sugʻurta qilishni amalga oshiradi va tijoratchi boʻlmagan tashkilot hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki tomonlama sugʻurta qilish tashkilotlari tomonidan oʻz aʼzolarining mol-mulki va mulkiy manfaatlarini sugʻurta qilish, agar jamiyatning taʼsis hujjatlarida bunday hollarda sugʻurta shartnomalari tuzish nazarda tutilmagan boʻlsa, bevosita aʼzolik asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bobning qoidalari, agar qonunda, tegishli jamiyatning taʼsis hujjatlarida yoki jamiyat belgilagan sugʻurta qilish qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ikki tomonlama sugʻurta qilish jamiyati bilan uning aʼzolari oʻrtasidagi sugʻurtaga doir munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki tomonlama sugʻurta qilish yoʻli bilan majburiy sugʻurtani amalga oshirishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki tomonlama sugʻurta qilish jamiyati sugʻurtalovchi sifatida, agar uning taʼsis hujjatlarida sugʻurta faoliyatini amalga oshirish nazarda tutilgan, jamiyatning oʻzi tijorat tashkiloti shaklida tuzilgan, tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlsa va qonunda belgilangan boshqa talablarga javob bersa, jamiyatning aʼzolari boʻlmagan shaxslarning manfaatlarini sugʻurta qilishni amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki tomonlama sugʻurta qilish jamiyatining aʼzosi boʻlmagan shaxslarning manfaatlarini sugʻurta qilish jamiyat tomonidan sugʻurta shartnomalari asosida ushbu bobning qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki tomonlama sugʻurta qilish jamiyatlari huquqiy holatining xususiyatlari va ularning faoliyat yuritish shartlari qonunchilik bilan belgilanadi.
(960-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
961-modda. Majburiy davlat sugʻurtasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini taʼminlash maqsadida qonunda hayot, sogʻliq va mol-mulkning majburiy davlat sugʻurtasi belgilab qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy davlat sugʻurtasi ana shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy davlat sugʻurtasi bevosita sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik asosida unda koʻrsatilgan davlat sugʻurta tashkilotlari yoki davlatning boshqa tashkilotlari (sugʻurtalovchilar) tomonidan amalga oshiriladi.
(961-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bobning qoidalari, agar sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa va sugʻurta boʻyicha mavjud munosabatlar mohiyatidan kelib chiqmasa, majburiy davlat sugʻurtasiga nisbatan qoʻllaniladi.
(961-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi 2008-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-174-son “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida” Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-dekabrdagi 532-son qarori bilan tasdiqlangan “Obyektlarni davlat mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 458-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.24.00 Oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53-bob. Oddiy shirkat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) boʻyicha sheriklar (ishtirokchilar) deb ataluvchi ikki yoki undan ortiq shaxs foyda olish yoki qonunga zid boʻlmagan boshqa maqsadga erishish uchun oʻz hissalarini qoʻshish va yuridik shaxs tuzmasdan birgalikda ish qilish majburiyatini oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faqat yakka tadbirkorlar va (yoki) tijorat tashkilotlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasining taraflari boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki yoki undan ortiq tijoratchi yuridik shaxs tomonidan tuzilgan oddiy shirkat shartnomasi konsorsium shartnomasi hisoblanadi.
(962-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oddiy shirkat shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9621-modda. Konsorsium shartnomasining oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsorsium shartnomasiga asosan tashkil etilgan yuridik shaxslar birlashmasi alohida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsorsium shartnomasi sheriklari (ishtirokchilari) oʻzining mustaqil xoʻjalik faoliyatini saqlab qolgan holda boshqa konsorsiumlarning faoliyatida ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsorsium shartnomasi sheriklari (ishtirokchilari) oʻrtasidagi munosabatlar yozma shaklda tuziladigan konsorsium shartnomasi bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsorsium shartnomasi sheriklariga (ishtirokchilariga) tovar bozoridagi narxlarni sunʼiy ravishda oshirish yoki pasaytirish, shu jumladan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga zid boʻlgan harakatlarni kelishib olish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsorsium shartnomasiga asosan tashkil etilgan yuridik shaxslar birlashmasi konsorsium shartnomasida belgilangan tijorat faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan kelishilgan ishlar yakuniga yetkazilganda yoki uning sheriklari (ishtirokchilari) qaroriga asosan oʻz faoliyatini tugatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, konsorsium shartnomasiga nisbatan ushbu bob qoidalari qoʻllaniladi.
(9621-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
963-modda. Sheriklarning qoʻshadigan hissalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sherik umumiy ishga qoʻshadigan hamma narsa, jumladan pul, boshqa mol-mulk, kasbiy va boshqa bilimlar, malaka va mahorat, shuningdek ishbilarmonlik obroʻ-eʼtibori sherikning qoʻshgan hissasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sheriklar, agar oddiy shirkat shartnomasidan yoki haqiqiy holatlardan boshqacha mazmun kelib chiqmasa, qiymati boʻyicha teng hissa qoʻshadilar deb taxmin qilinadi. Sherikning qoʻshgan hissasini pulda baholash sheriklar oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
964-modda. Sheriklarning umumiy mol-mulki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sheriklar mulk huquqi asosida ega boʻlgan, ular tomonidan qoʻshilgan mol-mulk, shuningdek birgalikdagi faoliyat natijasida ishlab chiqarilgan mahsulot va bunday faoliyat tufayli olingan hosil hamda daromadlar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa yoxud majburiyatning mohiyatidan boshqacha hol kelib chiqmasa, ularning umumiy ulushli mulki hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sheriklarning umumiy ulushli mulkida turgan mol-mulk, shuningdek ularning umumiy talablari va umumiy alohida huquqlari sheriklarning umumiy mol-mulkini tashkil etadi. Umumiy mol-mulkdan barcha sheriklarning manfaatlarini koʻzlab foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sheriklar umumiy mol-mulkining buxgalteriya hisobini yuritish ular tomonidan oddiy shirkat shartnomasida ishtirok etayotgan yuridik shaxslardan biriga topshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sheriklarning umumiy mol-mulkidan foydalanish ularning kelishuviga koʻra, kelishuvga erishilmagan taqdirda, sud belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sheriklarning umumiy mol-mulkni asrash boʻyicha majburiyatlari va bu majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibi oddiy shirkatning shartnomasida nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
965-modda. Sheriklarning umumiy ishlarini yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oddiy shirkat shartnomasi ishtirokchilarining umumiy ishlarini yuritish shartnomada nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy ishlarni yuritishda har bir sherik, agar oddiy shirkat shartnomasida ishlarni yuritish shartnomaning ayrim ishtirokchilari tomonidan yoxud birgalikda barcha ishtirokchilar tomonidan amalga oshirilishi belgilanmagan boʻlsa, barcha sheriklar nomidan ish koʻrishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlar birgalikda yuritilganda har bir bitimni tuzish uchun barcha sheriklarning roziligi talab qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda sherikning barcha sheriklar nomidan bitim tuzish vakolati unga qolgan sheriklar tomonidan berilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi yoki oddiy shirkat shartnomasidan kelib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda sheriklar bitim tuzgan sherikning umumiy ishlarni yuritish boʻyicha huquqlari cheklanganligini dalil qilib koʻrsata olmaydilar, ular bunday cheklashlar borligini bitim tuzilayotgan paytda uchinchi shaxs bilganligini yoki oldindan bilishi lozim boʻlganligini isbotlagan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha sheriklariga nisbatan ishlarni yuritish huquqi cheklab qoʻyilgan boʻlib, ular nomidan bitimlar tuzgan yoxud barcha sheriklarning manfaatlarini koʻzlab oʻz nomidan bitimlar tuzgan sherik, agar bu bitim barcha sheriklarning manfaatlari uchun zarur boʻlgan edi deb hisoblashga yetarli asoslar boʻlsa, u oʻz mablagʻlaridan qilgan xarajatlari qoplanishi huquqiga ega. Agar bunday bitimlar tufayli boshqa sheriklarga zarar yetkazilgan boʻlsa, ular bu zararning qoplanishini talab qilishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy ishlarga taalluqli qarorlar, agar oddiy shirkat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sheriklar tomonidan umumiy kelishuvga koʻra qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy ishlarni yuritishga vakolatli shartnoma ishtirokchilari, agar oddiy shirkat shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, alohida haq olish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
966-modda. Sherikning axborot olishga boʻlgan huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir sherik, u sheriklarning umumiy ishlarini yuritishga vakolat olgan-olmaganidan qatʼi nazar, ishlarni yuritishga doir barcha hujjatlar bilan tanishishga haqli. Bu huquqni rad etish yoki uni cheklash, shu jumladan sheriklarning kelishuvi bilan rad etish yoki cheklash oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
967-modda. Sheriklarning umumiy xarajatlari, zararlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sheriklarning birgalikdagi faoliyatiga bogʻliq xarajatlar va zararlarni qoplash tartibi ularning kelishuvi bilan aniqlanadi. Bunday kelishuv boʻlmaganda har bir sherik oʻzining umumiy ishga qoʻshgan hissasi qiymatiga mutanosib ravishda xarajatlar va zararlarni zimmasiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sheriklardan birortasini umumiy xarajatlarni yoki zararni qoplashda ishtirok etishdan toʻliq ozod etadigan kelishuv oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oddiy shirkat shartnomasi uning ishtirokchilari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq boʻlmasa, umumiy shartnoma majburiyatlari yuzasidan har bir sherik oʻzining umumiy ishga qoʻshgan hissasi qiymatiga mutanosib ravishda butun mol-mulki bilan javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oddiy shirkat shartnomasidan kelib chiqmagan umumiy majburiyatlar boʻyicha sheriklar solidar javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oddiy shirkat shartnomasi uning ishtirokchilari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq boʻlsa, sheriklar umumiy majburiyatlar boʻyicha ularning yuzaga kelish asosidan qatʼi nazar, solidar javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
968-modda. Foydani taqsimlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sheriklar tomonidan ularning birgalikdagi faoliyati natijasida olingan foyda, agar oddiy shirkat shartnomasida yoki sheriklarning boshqa kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sheriklarning umumiy ishga qoʻshgan hissalari qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Sheriklardan birortasini foydada ishtirok etishdan chetlatish toʻgʻrisidagi kelishuv oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
969-modda. Sherikning ulushini uning kreditori talabi bilan ajratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oddiy shirkat shartnomasi ishtirokchisining kreditori ushbu Kodeksning 227-moddasiga muvofiq uning umumiy mol-mulkdagi ulushini ajratishni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
970-modda. Oddiy shirkat shartnomasi bekor boʻlishining asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oddiy shirkat shartnomasi quyidagilar oqibatida bekor boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sheriklardan birortasi muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb eʼlon qilinganda, agar oddiy shirkat shartnomasida yoki keyingi kelishuvda qolgan sheriklar oʻrtasidagi munosabatlarda shartnomaning saqlanib qolishi nazarda tutilmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sheriklardan birortasi nochor (bankrot) deb eʼlon qilinganda, ushbu moddaning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgani bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sherik vafot etganda yoki oddiy shirkat shartnomasida ishtirok etayotgan yuridik shaxs tugatilganda yoxud qayta tashkil etilganda, agar shartnomada yoki keyingi kelishuvda qolgan sheriklar oʻrtasidagi munosabatlarda shartnomaning saqlanib qolishi yoxud vafot etgan sherikning (tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning) uning merosxoʻrlari (huquqiy vorislari) bilan almashtirilishi nazarda tutilmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sheriklardan birortasi oddiy shirkatning muddatsiz shartnomasida bundan buyon ishtirok etishdan voz kechganda, ushbu moddaning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgani bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddat koʻrsatilgan holda tuzilgan oddiy shirkat shartnomasi sheriklardan birining talabi bilan oʻzi va qolgan sheriklar oʻrtasidagi munosabatlarda bekor qilinganda, ushbu moddaning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgani bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oddiy shirkat shartnomasining muddati oʻtganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sherikning ulushi uning kreditori talabi bilan ajratilganda, ushbu moddaning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgani bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Kodeksda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
971-modda. Oddiy shirkat shartnomasi bekor boʻlishining oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oddiy shirkat shartnomasi bekor boʻlganda sheriklarning umumiy egaligiga va (yoki) foydalanishiga berib qoʻyilgan ashyolar, taraflarning kelishuvi bilan boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ularni berib qoʻygan sheriklarga haq toʻlamasdan qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oddiy shirkat shartnomasi bekor boʻlgan paytdan boshlab uning ishtirokchilari uchinchi shaxslarga nisbatan bajarilmagan umumiy majburiyatlar boʻyicha solidar javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sheriklarning umumiy ulushli mulkida turgan mol-mulkni va ularda yuzaga kelgan umumiy talab qilish huquqlarini taqsimlash ushbu Kodeksning 223-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy ulushli mulkka xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyoni qoʻshgan sherik oddiy shirkat shartnomasi bekor boʻlganda, qolgan sheriklar va kreditorlarning manfaatlariga rioya etilishi sharti bilan, bu ashyoni oʻziga qaytarishni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
972-modda. Oddiy shirkatning muddatsiz shartnomasidan voz kechish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsning oddiy shirkatning muddatsiz shartnomasidan voz kechish toʻgʻrisidagi arizasi, agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, uning tomonidan shartnomadan chiqish moʻljallanayotgan sanadan kamida uch oy oldin berilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oddiy shirkatning muddatsiz shartnomasidan voz kechish huquqini cheklash toʻgʻrisidagi kelishuv oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
973-modda. Tarafning talabi bilan oddiy shirkat shartnomasini bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeks 382-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan asos bilan bir qatorda, muddat koʻrsatilib yoki bekor qilish sharti sifatida maqsad koʻrsatilib tuzilgan oddiy shirkat shartnomasining tarafi shartnomani bekor qilish tufayli yetkazilgan haqiqiy zararni qolgan sheriklarga qoplagan holda shartnomani oʻzi va qolgan sheriklar oʻrtasidagi munosabatlarda bekor qilishni talab etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
974-modda. Shartnomada ishtirok etishdan voz kechgan yoki uni bekor qilishni talab etgan sherikning javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchilardan birortasi oddiy shirkat shartnomasida bundan buyon ishtirok etishdan voz kechish toʻgʻrisida ariza berishi yoxud sheriklardan birining talabi bilan shartnoma bekor qilinishi natijasida oddiy shirkat shartnomasi bekor qilinmagan taqdirda, shartnomada ishtirok etishi toʻxtagan shaxs uchinchi shaxslar oldida oʻzi shartnomada ishtirok etgan davrda yuzaga kelgan umumiy majburiyatlar boʻyicha u oddiy shirkat shartnomasining ishtirokchisi boʻlib qolavergandagi kabi javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oddiy shirkat shartnomasida uning mavjudligini uchinchi shaxslarga maʼlum qilmaslik (yashirin shirkat) nazarda tutilishi mumkin. Bunday shartnomaga nisbatan, agar ushbu moddada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa yoki yashirin shirkat mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu bob qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yashirin shirkat ishtirokchilaridan har biri uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda sheriklarining umumiy manfaatlarini koʻzlab oʻz nomidan tuzgan bitimlar boʻyicha oʻzining butun mol-mulki bilan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sheriklar oʻrtasidagi munosabatlarda, ularning birgalikdagi faoliyati jarayonida yuzaga kelgan majburiyatlar umumiy hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.26.00 Ommaviy tanlov]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54-bob. Ommaviy tanlov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni eng yaxshi bajarganlik yoki boshqa natijalarga erishganlik uchun pul mukofoti toʻlash yoki boshqa mukofot berish toʻgʻrisida (mukofot toʻlash toʻgʻrisida) oshkora (ommaviy tanlov) eʼlon qilgan shaxs tanlovni oʻtkazish shartlariga muvofiq uning gʻolibi deb topilgan kimsaga shartlashilgan mukofotni toʻlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy tanlov tanlovni uyushtiruvchining tanlovda ishtirok etishga taklifi matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish yoʻli bilan barcha xohlovchilarga qaratilganda ochiq yoki tanlovda ishtirok etishga taklif tanlovni uyushtiruvchining xohishi boʻyicha muayyan doiradagi shaxslarga yuborilganda yopiq boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlovni uyushtiruvchi tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslarni dastlabki saralashdan oʻtkazgan taqdirda, ochiq tanlovda uning ishtirokchilarining dastlabki malakasi haqida shart qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy tanlov toʻgʻrisidagi eʼlon topshiriqning mohiyatini nazarda tutuvchi shartlarni, ishning natijalarini yoki boshqa yutuqlarni baholash mezonlari va tartibini, ularni taqdim etish joyi, muddati va tartibini, mukofotning miqdori va shaklini, shuningdek natijalarni eʼlon qilish tartibi va muddatlarini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov gʻolibi bilan shartnoma tuzish majburiyatini oʻz ichiga olgan ommaviy tanlovga nisbatan ushbu bobning qoidalari, ushbu Kodeksning 379-381-moddalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
977-modda. Ommaviy tanlov shartlarini oʻzgartirish va uni bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy tanlov eʼlon qilgan shaxs ishlarni taqdim etish uchun belgilangan muddatning faqat birinchi yarimi mobaynida uning shartlarini oʻzgartirishga yoki tanlovni bekor qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov shartlarini oʻzgartirish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida tanlov qanday usulda eʼlon qilingan boʻlsa, shunday usulda xabar berilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov shartlari oʻzgargan yoki u bekor qilingan taqdirda, tanlov eʼlon qilgan shaxs eʼlonda nazarda tutilgan ishni konkurs shartlarining oʻzgartirilishi yoki uning bekor qilinishi oʻziga maʼlum boʻlguncha yoki maʼlum boʻlishi lozim boʻlguncha bajargan har qanday shaxsning xarajatlarini toʻlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tanlov shartlarini oʻzgartirishda yoki uni bekor qilishda ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan talablar buzilgan boʻlsa, tanlovni eʼlon qilgan shaxs eʼlonda koʻrsatilgan shartlarga javob beradigan ishni bajarganlarga mukofot toʻlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlovni eʼlon qilgan shaxs, agar koʻrsatilgan ish tanlovdan mustasno tarzda, xususan, tanlov toʻgʻrisidagi eʼlonga qadar bajarilganligini yoxud avval boshdanoq tanlov shartlariga nomuvofiq boʻlganligini isbotlasa, xarajatlarni toʻlash majburiyatidan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
978-modda. Mukofotni toʻlash toʻgʻrisidagi qaror
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov gʻolibiga mukofotni toʻlash toʻgʻrisidagi qaror tanlov haqidagi eʼlonda belgilangan tartib va muddatlarda chiqarilishi hamda ommaviy tanlov ishtirokchilariga maʼlum qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar eʼlonda koʻrsatilgan natijalarga ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda bajarilgan ishida erishilgan boʻlsa, mukofot ular oʻrtasida ularning kelishuviga muvofiq taqsimlanadi. Agar bunday kelishuvga erishilmagan boʻlsa, mukofotni taqsimlash tartibini sud belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
979-modda. Ommaviy tanlovda gʻolib chiqqan fan, adabiyot va sanʼat asarlaridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ommaviy tanlov narsasi fan, adabiyot yoki sanʼat asaridan iborat boʻlsa, tanlovni eʼlon qilgan shaxs, basharti tanlov shartlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, shartlashilgan mukofotga sazovor boʻlgan muallif bilan unga tegishli haqni toʻlagan holda, asardan foydalanish toʻgʻrisida shartnoma tuzishda imtiyozli huquqni qoʻlga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
980-modda. Taqdim etilgan ishlarni ommaviy tanlov ishtirokchilariga qaytarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy tanlovni eʼlon qilgan shaxs, agar tanlov toʻgʻrisidagi eʼlonda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa yoki bajarilgan ishning xususiyatidan kelib chiqmasa, mukofotga sazovor boʻlmagan ishlarni tanlov ishtirokchilariga qaytarishi shart.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.28.00 Mukofotni oshkora vaʼda qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55-bob. Mukofotni oshkora vaʼda qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
981-modda. Mukofotni toʻlash majburiyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eʼlonda koʻrsatilgan harakatni kim unda belgilangan muddatda bajarsa, oʻshanga pul mukofoti toʻlash yoki boshqa mukofotni berish toʻgʻrisida (mukofotni toʻlash toʻgʻrisida) oshkora eʼlon qilgan shaxs tegishli harakatni sodir etgan har qanday shaxsga vaʼda qilingan mukofotni toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mukofotni toʻlash majburiyati mukofot vaʼda qilinishi uning kim tomonidan vaʼda qilinganini aniqlash imkonini bergan taqdirda yuzaga keladi. Vaʼdaga qiziqish bildirgan shaxs vaʼdani yozma ravishda tasdiqlashni talab qilishga haqli va, agar haqiqatda mukofot toʻgʻrisidagi eʼlon unda koʻrsatilgan shaxs tomonidan qilinmagan boʻlib chiqsa, bunday talab qoʻyilmaganligi oqibatlari xavfi uning zimmasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mukofotni oshkora vaʼda qilishda uning miqdori koʻrsatilmagan boʻlsa, u mukofotni vaʼda qilgan shaxs bilan kelishuvga koʻra aniqlanadi, nizo kelib chiqqan taqdirda esa sudda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mukofotni toʻlash majburiyati, tegishli harakat eʼlon qilinishi munosabati bilan yoki undan mustasno tarzda bajarilganidan qatʼi nazar, yuzaga keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eʼlonda koʻrsatilgan harakatni bir necha shaxs sodir etgan hollarda, ulardan tegishli harakatni birinchi boʻlib sodir etgani mukofotni olish huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar eʼlonda koʻrsatilgan harakat ikki yoki undan ortiq shaxs tomonidan bajarilgan boʻlsa va ulardan qaysi biri tegishli harakatni birinchi boʻlib sodir etganini aniqlashning imkoni boʻlmasa, shuningdek, agar harakat ikki yoki bundan ortiq shaxslar tomonidan bir paytning oʻzida sodir etilgan boʻlsa, mukofot ular oʻrtasida bab-baravar yoki ularning oʻzaro kelishuvida nazarda tutilgan miqdorda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mukofot toʻgʻrisidagi eʼlonda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa yoki unda koʻrsatilgan harakat xususiyatidan kelib chiqmasa, bajarilgan harakatning eʼlonda mavjud boʻlgan talablarga muvofiqligi mukofotni oshkora vaʼda qilgan shaxs tomonidan aniqlanadi, nizo kelib chiqqan taqdirda esa sudda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
982-modda. Mukofot haqidagi oshkora vaʼdani bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mukofot toʻlashni oshkora eʼlon qilgan shaxs berilgan vaʼdadan xuddi shunday tartibda voz kechishga haqli, voz kechishga yoʻl qoʻyilmasligi eʼlonning oʻzida nazarda tutilgan yoki undan kelib chiqadigan yoki mukofot vaʼda qilingan harakatni sodir etish uchun muayyan muddat berilgan yoxud voz kechishni eʼlon qilish paytiga kelib bir yoki bir necha qiziqish bildirgan shaxslar eʼlonda koʻrsatilgan harakatni bajarib boʻlgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mukofot haqidagi oshkora vaʼdani bekor qilish mukofot toʻgʻrisida eʼlon qilgan shaxsni qiziqish bildirgan shaxsga u eʼlonda koʻrsatilgan harakatni bajarishi munosabati bilan qilgan xarajatlarini qoplashdan ozod qilmaydi. Qoplash miqdori barcha hollarda eʼlonda koʻrsatilgan mukofotdan ortiqcha boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56-bob. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
983-modda. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda ularda ishtirok etish bilan bogʻliq talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar va yuridik shaxslarning qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni, shu jumladan garov oʻyinlarini tashkil etish yoki ularda ishtirok etish bilan bogʻliq talablari sudda himoya qilinmaydi, bundan ushbu oʻyinlarda aldov, zoʻravonlik, tahdid qilish taʼsirida yoxud oʻz vakilining mazkur oʻyinlar tashkilotchisi bilan gʻarazli kelishuvi tufayli ishtirok etgan shaxslarning talablari va ushbu Kodeksning 984-moddasida koʻrsatilgan munosabatlardan kelib chiqadigan talablar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
984-modda. Lotereyalar, Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni va bukmekerlik garovlarini oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lotereyalarning, Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarning va bukmekerlik garovlarining (bundan buyon matnda oʻyinlar deb yuritiladi) vakolatli davlat organidan litsenziya olgan tashkilotchilari hamda oʻyinlarning ishtirokchilari oʻrtasidagi munosabatlar qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi va shartnomaga asoslanadi. Oʻyinlarning tashkilotchisi va ishtirokchisi oʻrtasidagi shartnoma chipta, kvitansiya berish orqali yoki oʻyinni tashkil etish qoidalarida nazarda tutilgan boshqa usulda rasmiylashtiriladi hamda ishtirokchi chipta qiymatini toʻlagan yoki oʻyinga pul tikkan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlari bilan alohida toifadagi shaxslarning oʻyinlarda ishtirok etishi taqiqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartnomani tuzish toʻgʻrisidagi taklif oʻyinlarni oʻtkazish muddati hamda yutuqni aniqlash tartibi va uning miqdori haqidagi shartlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻyinlarning tashkilotchisi ularni belgilangan muddatda oʻtkazishni rad etgan taqdirda, oʻyinlarning ishtirokchilari ularning tashkilotchisidan oʻyinlar qoldirilganligi yoki ularning muddati koʻchirilganligi tufayli yetkazilgan haqiqiy zararning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻyinlarni oʻtkazish shartlariga muvofiq gʻolib deb eʼtirof etiladigan shaxslarga oʻyinlarni oʻtkazish shartlarida nazarda tutilgan miqdorda, shaklda (pulda yoki naturada) va muddatda, agar ushbu shartlarda muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, oʻyinlarning natijalari aniqlangan paytdan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yoxud qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa muddatda oʻyinlar tashkilotchisi tomonidan yutuq toʻlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻyinlarning tashkilotchisi ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatini bajarmagan taqdirda, oʻyinda gʻolib boʻlgan ishtirokchi oʻyinlar tashkilotchisidan yutuqni toʻlashni, shuningdek oʻyinlar tashkilotchisi tomonidan shartnoma buzilganligi tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqli.
(56-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57-bob. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
985-modda. Zarar yetkazganlik uchun javobgarlikning umumiy asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi lozim.
(985-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunda zararni toʻlash majburiyati zarar yetkazuvchi boʻlmagan shaxsga yuklatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikda yoki shartnomada jabrlanuvchilarga zararni toʻlashdan tashqari tovon toʻlash majburiyati belgilab qoʻyilishi mumkin.
(985-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarar yetkazgan shaxs, agar zarar oʻz aybi bilan yetkazilmaganini isbotlasa, zararni toʻlashdan ozod qilinadi. Qonunda zarar yetkazgan shaxsning aybi boʻlmagan taqdirda ham zararni toʻlash nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonuniy harakatlar tufayli yetkazilgan zarar qonunda nazarda tutilgan hollarda toʻlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar zarar jabrlanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan yetkazilgan boʻlsa, zarar yetkazgan shaxsning harakatlari esa jamiyatning axloqiy tamoyillarini buzmasa, zararni toʻlash rad etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
986-modda. Zarar yetkazishning oldini olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelgusida zarar yetkazilishi xavfi borligi bunday xavfni yuzaga keltiradigan faoliyatni taqiqlash toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatishga asos boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar yetkazilgan zarar zarar yetkazishni davom ettirayotgan korxona, inshootdan foydalanish yoxud boshqa ishlab chiqarish faoliyatining oqibati boʻlsa, sud javobgarga zararni qoplashdan tashqari tegishli faoliyatni toʻxtatib turish yoki tugatish majburiyatini yuklashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli faoliyatni toʻxtatib turish yoki tugatish jamoatchilik manfaatlariga zid boʻlgan taqdirdagina, sud bu haqdagi daʼvoni rad etishi mumkin. Bunday faoliyatni toʻxtatib turishni yoki tugatishni rad etish jabrlanuvchilarni ushbu faoliyat tufayli yetkazilgan zararni undirish huquqidan mahrum etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
987-modda. Zaruriy mudofaa holatida zarar yetkazganlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaruriy mudofaa holatida yetkazilgan zarar, agar bunda mudofaa chegarasidan chiqilmagan boʻlsa, toʻlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar gʻayriqonuniy tajovuzdan himoyalanish paytida himoyalanuvchi uchinchi shaxsga zarar yetkazgan boʻlsa, bu zarar tajovuz qilgan shaxs tomonidan toʻlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsga uning jinoiy harakatlarining payini qirqish yoxud uni ushlash va tegishli organlarga olib borish sababli yetkazilgan zarar toʻlanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini taʼminlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
988-modda. Oxirgi zarurat holatida zarar yetkazganlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar, yaʼni zarar yetkazgan shaxsning oʻziga yoki boshqa shaxslarga tahdid solgan xavfni bartaraf etish uchun oxirgi zarurat holatida yetkazilgan zarar, agar bu xavf mazkur holatlarda boshqa vositalar bilan bartaraf etilishi mumkin boʻlmasa, zarar yetkazgan shaxs tomonidan toʻlanishi lozim, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
(988-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday zarar yetkazilgan holatlarni hisobga olib, sud uni toʻlash majburiyatini zararni yetkazgan shaxs uchinchi shaxsning manfaatini koʻzlab harakat qilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga yuklashi yoxud bu uchinchi shaxsni ham, zarar yetkazgan shaxsni ham zararni toʻlashdan toʻliq yoki qisman ozod qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
989-modda. Yuridik shaxsning yoki fuqaroning oʻz xodimi tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs yoxud fuqaro oʻz xodimi mehnat (xizmat, lavozim) majburiyatlarini bajarib turgan vaqtida yetkazgan zararni qoplaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bobning qoidalariga muvofiq, mehnat shartnomasi asosida, shuningdek fuqaroviy-huquqiy shartnoma asosida ish bajarayotgan fuqarolar, agar bunda ishlarni bexatar olib borish yuzasidan tegishli yuridik shaxsning yoki fuqaroning topshirigʻi boʻyicha yoki nazorati ostida harakat qilgan boʻlsalar yoki harakat qilishlari lozim boʻlgan boʻlsa, xodimlar deb eʼtirof etiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari oʻz ishtirokchilari (aʼzolari) tomonidan ular shirkat va jamiyat yoki kooperativning tadbirkorlik, ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyatini amalga oshirish vaqtida yetkazilgan zararni qoplaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
990-modda. Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qonunga xilof qarorlari natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, ular mansabdor shaxslarining aybidan qatʼi nazar, sudning qarori asosida qoplanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar sudning qarori asosida qoplanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarar ushbu Kodeksning 15-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi.
(990-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
991-modda. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
(991-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunga xilof tarzda hukm etish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda boʻlish haqida tilxat olishni qonunga xilof qoʻllanish, qamoq tariqasidagi maʼmuriy jazoni qonunga xilof tarzda berish, shuningdek har qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning mansabdor shaxslari aybidan qatʼi nazar, qonunda belgilangan tartibda davlat tomonidan toʻla hajmda toʻlanadi. Sudning qarori bilan zararni qoplash zarar yetkazilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin.
(991-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-761-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/761/0250-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning boshqa tarzdagi qonunga xilof faoliyati natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, umumiy asoslarda toʻlanadi.
(991-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
992-modda. Zararning oʻz javobgarligini sugʻurtalagan shaxs tomonidan toʻlanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiyoriy yoki majburiy sugʻurta tartibida jabrlanuvchi foydasiga oʻz javobgarligini sugʻurtalagan yuridik shaxs yoki fuqaro yetkazilgan zararni toʻliq qoplash uchun sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) yetishmagan taqdirda, sugʻurta tovoni (sugʻurta toʻlovi) va zararning haqiqiy miqdori oʻrtasidagi farqni toʻlaydi.
(992-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ 1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
993-modda. Oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan (kichik yoshdagi bola) tomonidan yetkazilgan zarar uchun uning ota-onasi (farzandlikka oluvchilari) yoki vasiylari, agar zarar ularning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasalar, javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vasiylikka muhtoj kichik yoshdagi bola tegishli tarbiyalash, davolash muassasasida, aholini ijtimoiy himoya qilish muassasasida yoki qonunga koʻra vasiysi hisoblanadigan boshqa shunga oʻxshash muassasada turgan boʻlsa, bu muassasa, agar zarar muassasaning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasa, kichik yoshdagi bola tomonidan yetkazilgan zararni toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kichik yoshdagi bola oʻquv yurti, tarbiyalash, davolash muassasasi yoki uning ustidan nazoratni amalga oshirishi shart boʻlgan boshqa muassasaning, shuningdek shartnoma asosida nazoratni amalga oshiruvchi shaxsning nazorati ostida turgan vaqtda zarar yetkazgan boʻlsa, bu muassasalar va shaxslar, agar zarar ularning nazoratni amalga oshirishdagi aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasalar, zarar uchun javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-ona (farzandlikka oluvchilar), vasiylar, oʻquv yurtlari, tarbiyalash, davolash muassasalari va boshqa muassasalarning kichik yoshdagi bola tomonidan yetkazilgan zararni toʻlash majburiyati kichik yoshdagi bola voyaga yetishi yoki u zararni toʻlash uchun yetarlicha mol-mulk olishi munosabati bilan bekor boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ota-ona (farzandlikka oluvchilar), vasiylar, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan boshqa shaxslar vafot etgan boʻlsalar yoki ular zararni toʻlash uchun yetarli mablagʻga ega boʻlmasalar, toʻliq muomalaga layoqatli boʻlib qolgan zarar yetkazuvchining oʻzi bunday mablagʻga ega boʻlsa, sud taraflarning mulkiy ahvolini, shuningdek boshqa holatlarni inobatga olib, zararni toʻliq yoki qisman zarar yetkazuvchining oʻz mol-mulki hisobidan qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
994-modda. Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar yetkazilgan zarar uchun umumiy asoslarda mustaqil javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganning zararni qoplash uchun yetarli mol-mulki yoki boshqa daromad manbalari boʻlmagan taqdirda, zarar toʻligʻicha yoki uning yetishmagan qismi voyaga yetmaganning ota-onasi (farzandlikka oluvchilari) yoki vasiyi tomonidan, agar ular zarar oʻzlarining aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasalar, toʻlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar homiylikka muhtoj oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan tegishli tarbiyalash, davolash muassasasida, aholini ijtimoiy himoya qilish muassasasida yoki qonunga koʻra uning homiysi hisoblanuvchi boshqa shunga oʻxshash muassasada turgan boʻlsa, bu muassasalar, agar zarar ularning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasalar, zararni toʻligʻicha yoki uning yetishmaydigan qismini toʻlashlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarar yetkazgan voyaga yetganida yoxud u voyaga yetmasidan unda mol-mulk yoki zararni toʻlash uchun yetarli daromad manbalari paydo boʻlganida yoxud u voyaga yetmasidan muomala layoqatiga ega boʻlganida ota-ona (farzandlikka oluvchilar), homiy va tegishli muassasaning zararni toʻlash boʻyicha majburiyati tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
995-modda. Ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onaning voyaga yetmaganlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onaga ularning voyaga yetmagan bolalari tomonidan ota-onasi oʻz huquqlaridan mahrum qilinganidan keyin uch yil ichida sodir etilgan zarar uchun, agar bolaning zarar yetkazilishiga sabab boʻlgan xulq-atvori ular bolani tarbiyalash boʻyicha oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganliklarining oqibati boʻlsa, javobgarlikni yuklashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
996-modda. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni uning vasiyi yoki uning ustidan nazoratni amalga oshirishi shart boʻlgan tashkilot, agar zarar ularning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasa, toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiy yoki tashkilotning muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni toʻlash boʻyicha majburiyati, uning muomala layoqati tiklangan taqdirda ham tugamaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vasiy vafot etsa yoxud zararni toʻlash uchun yetarlicha mablagʻga ega boʻlmasa, zarar yetkazuvchining oʻzi esa bunday mablagʻga ega boʻlsa, sud jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining mulkiy ahvolini, shuningdek boshqa holatlarni inobatga olib, zararni toʻligʻicha yoki qisman zarar yetkazuvchining mol-mulki hisobidan toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
997-modda. Muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro tomonidan spirtli ichimliklar yoki giyohvandlik vositalarini suiisteʼmol qilish oqibatida yetkazilgan zararni uning oʻzi umumiy asoslarda toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
998-modda. Oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan fuqaro tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni idora qila olmaydigan holatda zarar yetkazgan muomalaga layoqatli fuqaro, shuningdek oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan keltirgan zarari uchun javobgar boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar jabrlanuvchining hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilgan boʻlsa, sud jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining mulkiy ahvolini, shuningdek boshqa holatlarni inobatga olib, zararni toʻlash majburiyatini toʻligʻicha yoki qisman zarar yetkazuvchiga yuklashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarar yetkazuvchi, agar spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari isteʼmol qilish tufayli yoki boshqa usulda oʻzini oʻzi shu holatga keltirgan boʻlsa, javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar zarar ruhiy holati buzilgani (ruhiy kasallik yoki aqli zaiflik) oqibatida oʻz harakatlari ahamiyatini tushuna olmagan yoki ularni idora qila olmagan shaxs tomonidan yetkazilgan boʻlsa, zararni toʻlash majburiyati sud tomonidan bu shaxs bilan birga yashovchi, zarar yetkazuvchining bunday holati haqida bilgan, lekin uni muomalaga layoqatsiz deb topish va uning ustidan vasiylik oʻrnatish toʻgʻrisida masala qoʻymagan eri (xotini), ota-onasi, voyaga yetgan farzandlariga yuklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
999-modda. Tevarak-atrofdagilarga oshiqcha xavf tugʻdiradigan faoliyat tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faoliyati tevarak-atrofdagilarga oshiqcha xavf tugʻdiradigan yuridik shaxslar va fuqarolar (transport tashkilotlari, sanoat korxonalari, qurilishlar, transport vositalarining egalari va boshqalar) oshiqcha xavf manbai yetkazgan zararni, agar zarar bartaraf qilib boʻlmaydigan kuch yoki jabrlanuvchining qasddan qilgan harakati oqibatida yuzaga kelganini isbotlay olmasalar, toʻlashlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zararni toʻlash majburiyati oshiqcha xavf manbaiga mulk huquqi, operativ boshqaruv huquqi yoxud boshqa har qanday qonuniy asosda (mulkiy ijara shartnomasi, transport vositasini boshqarish huquqini beradigan ishonchnoma, tegishli organning unga ortiqcha xavf manbaini topshirish toʻgʻrisidagi farmoyishiga koʻra va hokazo) egalik qiluvchi yuridik shaxs yoki fuqaroga yuklanadi.
(999-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oshiqcha xavf manbalarining egalari bu manbalarning bir biriga taʼsiri (transport vositalarining toʻqnashuvi va hokazo) natijasida uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha solidar javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oshiqcha xavf manbalarining oʻzaro taʼsiri natijasida ularning egalariga yetkazilgan zarar umumiy asoslarda qoplanadi. Bunda bir tarafning aybi bilan yetkazilgan zarar shu taraf tomonidan toʻliq hajmda qoplanadi, ikkala yoki bir nechta taraflarning aybi bilan yetkazilgan zarar esa ulardan har birining aybi darajasiga mutanosib ravishda qoplanadi. Taraflardan har birining aybi darajasini aniqlash imkoniyati boʻlmaganda javobgarlik ular oʻrtasida teng baravar taqsimlanadi. Zararning yetkazilishida taraflarning aybi boʻlmaganda ulardan hech biri zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega emas. Bunday holda taraflarning har biri oʻzi koʻrgan zarar xavfini zimmasiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oshiqcha xavf manbaining egasi shu manba yetkazgan zarar uchun, agar manba egasining tasarrufidan boshqa shaxslarning gʻayrihuquqiy harakatlari (harakatsizligi) natijasida chiqib ketganligini isbotlasa, javobgar boʻlmaydi. Bunday hollarda oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik manbani gʻayrihuquqiy egallab olgan shaxsning zimmasida boʻladi. Bu manbani egasining tasarrufidan gʻayrihuquqiy tortib olishda egasining aybi boʻlgan taqdirda, javobgarlik uning egasiga ham, oshiqcha xavf manbaini egallab olgan shaxslarga ham yuklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1000-modda. Birgalikda yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birgalikda zarar yetkazgan shaxslar jabrlanuvchining oldida solidar javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchining arizasiga koʻra va uning manfaatlarini koʻzlab, sud birgalikda zarar yetkazgan shaxslarga hissali javobgarlikni yuklashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1001-modda. Zarar yetkazgan shaxsga nisbatan regress huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa shaxs (mehnat majburiyatlarini bajarayotgan xodim, transport vositasini boshqaruvchi shaxs va h.k) tomonidan yetkazilgan zararni toʻlagan shaxs bu shaxsga nisbatan, agar qonunda boshqacha miqdor belgilanmagan boʻlsa, toʻlangan tovon miqdorida qayta talab qilish (regress) huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 326, 338 , 340-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan “Notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisida Nizom”ning 2-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birgalikda yetkazilgan zararni toʻlagan zarar yetkazuvchi zarar yetkazuvchilarning har biridan jabrlanuvchiga toʻlangan tovonning har bir zarar yetkazuvchining aybi darajasiga mos ulushini talab qilishga haqli. Aybning darajasini aniqlash imkoniyati boʻlmaganda ulushlar teng baravar deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning mansabdor shaxslari tomonidan yetkazilgan zararni toʻlagan davlat bunday shaxslarning aybi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan hollarda, bu shaxslarga nisbatan regress huquqiga ega.
(1001-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplagan davlat sodir etilgan aybli harakatlari terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazilishiga sabab boʻlgan shaxsga nisbatan toʻlangan tovon miqdorida qayta talab qilish (regress) huquqiga ega.
(1001-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeksning 993 –– 996, 998-moddalarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha zararni toʻlagan shaxslar zarar yetkazgan shaxsga nisbatan qayta talab qilish (regress) huquqiga ega emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1002-modda. Uy hayvonlari tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy hayvoni tomonidan yetkazilgan zarar uchun uning mulkdori yoki bu hayvonga egalik qiluvchi va undan foydalanuvchi shaxs umumiy asoslarda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1003-modda. Zararning oʻrnini qoplash usullari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud zararni qoplash toʻgʻrisidagi talabni qanoatlantirar ekan, ish holatlariga muvofiq ravishda, yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsga zararni aslicha qoplash (oʻshanday turdagi va sifatdagi ashyoni taqdim etish, shikastlangan ashyoni tuzatish va hokazo) yoki yetkazilgan zararni toʻlash majburiyatini yuklaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1004-modda. Jabrlanuvchining aybini va zarar yetkazgan shaxsning mulkiy holatini hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchining qasddan ish koʻrishi natijasida yuzaga kelgan zarar toʻlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar jabrlanuvchi oʻzining qoʻpol ehtiyotsizligi tufayli zararning yuzaga kelishiga yoki ortishiga koʻmaklashgan boʻlsa, unda jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab tovon miqdori kamaytirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchi qoʻpol ehtiyotsizlik qilganda va zarar yetkazuvchining aybi boʻlmaganda, uning javobgarligi aybidan qatʼi nazar, yuzaga kelgan hollarda, tovon miqdori kamaytirilishi lozim yoki, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, zararni toʻlash rad etilishi mumkin. Fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganda tovon toʻlashni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshimcha xarajatlarni toʻlashda, boquvchisining vafoti munosabati bilan koʻrilgan zararni toʻlashda, shuningdek dafn etish xarajatlarini toʻlashda jabrlanuvchining aybi hisobga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni qoplash miqdorini, uning mulkiy holatini hisobga olib, kamaytirishi mumkin, zarar qasddan qilingan harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan hollar bundan mustasno.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.02.00 Fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni undirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Fuqaroning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1005-modda. Shartnomalarga oid yoki boshqa majburiyatlarni bajarishda fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma majburiyatlarini bajarishda, shuningdek harbiy xizmat majburiyatlarini, ichki ishlar organlaridagi xizmatni va boshqa shunga oʻxshash majburiyatlarni bajarishda fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zarar, agar qonunda yoki shartnomada javobgarlikning ancha yuqori miqdori nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu bob qoidalariga muvofiq qoplanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni toʻlash Qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida”354-son qarori.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy Sud Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 18-son “Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1006-modda. Sogʻliqqa shikast yetkazilganligi tufayli koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash hajmi va xususiyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaro mayib qilinganda yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganda jabrlanuvchi oladigan yoki muayyan ravishda olishi mumkin boʻlgan yoʻqotilgan ish haqi (daromadlari), shuningdek salomatligiga shikast yetkazilishi tufayli qilgan qoʻshimcha xarajatlari, shu jumladan davolanish, qoʻshimcha ovqatlanish, dori-darmonlar sotib olish, protez qoʻydirish, birovning parvarishida boʻlish, sanatoriy-kurortda davolanish, maxsus transport vositalarini sotib olish, boshqa kasbga tayyorgarlikdan oʻtish xarajatlari, agar jabrlanuvchining ana shu yordam va parvarish turlariga muhtojligi hamda ularni bepul olish huquqiga ega emasligi aniqlansa, oʻrni qoplanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻqotilgan ish haqini (daromadlarni) aniqlashda jabrlanuvchiga mayib boʻlishi yoki sogʻligʻiga boshqacha shikast yetishi sababli tayinlangan nogironlik pensiyasi, xuddi shuningdek sogʻligʻiga zarar yetkazilmasidan oldingi va undan keyingi boshqa turdagi pensiyalar, nafaqalar va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar eʼtiborga olinmaydi va zararni qoplash miqdorini kamaytirishga sabab boʻlmaydi (zararni qoplash hisobiga kiritilmaydi). Zararni qoplash hisobiga, shuningdek jabrlanuvchi sogʻligʻiga shikast yetkazilganidan keyin oladigan ish haqi (daromadi) ham kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik yoki shartnoma bilan ushbu moddaga muvofiq jabrlanuvchiga tegadigan toʻlov hajmi va miqdori koʻpaytirilishi mumkin.
(1006-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1007-modda. Sogʻliqqa shikast yetkazilishi natijasida yoʻqotilgan ish haqini (daromadni) aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan yoʻqotilgan ish haqi (daromad)ning miqdori mayiblanishgacha yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetkazilishigacha yoxud mehnat qobiliyati yoʻqotilgungacha boʻlgan oʻrtacha oylik ish haqi (daromad)ga nisbatan jabrlanuvchining kasbiy mehnat qobiliyatini yoʻqotishi darajasiga, kasbi yoʻq boʻlganda esa — umumiy mehnat qobiliyatini yoʻqotish darajasiga muvofiq foizlarda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchining yoʻqotilgan ish haqi (daromadi) tarkibiga ham asosiy ish joyidan, ham oʻrindoshlik boʻyicha ishlaydigan joyidan mehnat va fuqaroviy-huquqiy shartnomalar boʻyicha toʻlanadigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadigan barcha turdagi mehnat haqi qoʻshiladi. Bir yoʻla toʻlanadigan toʻlovlar (foydalanilmagan taʼtil uchun toʻlanadigan pul, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi ishdan boʻshatish nafaqasi) hisobga olinmaydi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri hamda homiladorlik va tugʻish taʼtili uchun toʻlangan nafaqa hisobga olinadi. Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar, shuningdek mualliflik gonorari yoʻqotilgan ish haqi (daromad) tarkibiga kiritiladi, bunda tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar soliq inspeksiyasining maʼlumotlari asosida kiritiladi.
(1007-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-197-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish haqi (daromad)ning barcha turlari soliqlar ushlab qolinmasdan oldin hisoblangan summalarda hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrtacha oylik ish haqi (daromad) sogʻliqqa shikast yetkazilishidan oldingi ishlangan oʻn ikki oy ichidagi ish haqi (daromad)ning umumiy summasini oʻn ikkiga boʻlish yoʻli bilan hisoblab chiqiladi. Zarar yetkazilgan paytgacha jabrlanuvchi oʻn ikki oydan kam ishlagan hollarda oʻrtacha ish haqi (daromad) sogʻliqqa shikast yetkazilishidan oldingi amalda ishlangan oylardagi ish haqi (daromad)ning umumiy summasini ana shu oylar soniga boʻlish yoʻli bilan hisoblab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchi toʻliq ishlamagan oylar uning xohishiga koʻra bundan oldingi toʻliq ishlangan oylarga almashtiriladi yoki ularni almashtirish imkoniyati boʻlmaganda hisobdan chiqarib tashlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchi zarar yetkazilgan paytda ishlamayotgan boʻlsa, uning xohishiga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinishigacha boʻlgan ish haqi (daromadi) yoxud mazkur joyda uning malakasidagi xodimga toʻlanadigan, ammo qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh karrasidan kam boʻlmagan odatdagi haq toʻlash miqdori hisobga olinadi.
(1007-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar jabrlanuvchining ish haqida (daromadlarida) uning mayib qilinishi yoki sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilishiga qadar uning mulkiy ahvolini yaxshilovchi barqaror oʻzgarishlar sodir boʻlgan (egallab turgan lavozimi boʻyicha ish haqi oshirilgan, yuqoriroq haq toʻlanadigan ishga oʻtkazilgan, kunduzgi oʻquv yurtini bitirganidan keyin ishga kirgan) boʻlsa va oʻzgarishning barqarorligi yoki jabrlanuvchining ish haqi oʻzgarishi ehtimoli isbotlangan boshqa hollarda, uning oʻrtacha oylik ish haqini aniqlashda u tegishli oʻzgarishdan keyin olgan yoki olishi lozim boʻlgan ish haqi (daromad)gina hisobga olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni toʻlash qoidalari”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1008-modda. Voyaga yetmagan shaxsning sogʻligʻiga shikast yetkazilganda zararning oʻrnini qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan va ish haqi (daromad) olmaydigan voyaga yetmagan shaxs mayib boʻlib qolgan yoki sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetkazilgan taqdirda zarar yetkazilganligi uchun javobgar shaxs sogʻliqqa shikast yetkazilishi tufayli qilingan xarajatlarning oʻrnini qoplashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchi oʻn toʻrt yoshga toʻlganda, shuningdek oʻn toʻrtdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan ish haqi (daromad) olmaydigan voyaga yetmagan shaxsga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxs jabrlanuvchiga sogʻliqqa shikast yetkazilishi tufayli qilingan xarajatlardan tashqari, shuningdek uning mehnat qobiliyati yoʻqotilganligi yoki kamayganligi bilan bogʻliq zararni qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh karrasi miqdoridan kelib chiqib, qoplashi shart.
(1008-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar voyaga yetmagan shaxs sogʻligʻiga shikast yetkazilguniga qadar ish haqi (daromad)ga ega boʻlgan boʻlsa, unda zarar ushbu ish haqi (daromad) miqdoridan kelib chiqib, ammo qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh karrasidan kam boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
(1008-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻligʻiga ilgari shikast yetkazilgan voyaga yetmagan shaxs mehnat faoliyati boshlanganidan soʻng zarar uchun toʻlanayotgan haqni u oladigan ish haqi (daromad) yoxud unga lavozimi boʻyicha belgilangan haq miqdoridan yoki u ishlayotgan joydagi ayni shunday malakadagi xodimning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqib, koʻpaytirishni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1009-modda. Boquvchisi vafot etganligi natijasida ziyon koʻrgan shaxslarga zararni toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boquvchisi vafot etgan taqdirda quyidagilar zararni undirish huquqiga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
marhumning qaramogʻida turgan yoki u vafot etgan kungacha undan taʼminot olish huquqiga ega boʻlgan mehnatga layoqatsiz shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
marhumning vafotidan keyin tugʻilgan farzandi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat qobiliyatidan qatʼi nazar, marhumning qaramogʻida boʻlgan uning oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan yoxud koʻrsatilgan yoshga toʻlgan boʻlsa ham tibbiyot muassasasining xulosasiga koʻra salomatligi boʻyicha boshqalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlashda band boʻlgan va ishlamaydigan ota-onasidan biri, eri (xotini) yoki oilaning boshqa aʼzosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
marhumning qaramogʻida boʻlgan va uning vafotidan keyin besh yil ichida mehnatga qobiliyatsiz boʻlib qolgan shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlamaydigan va marhumning ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlashda band boʻlgan ota-onasidan biri, er (xotin) yoxud oilaning boshqa aʼzosi parvarishlashni amalga oshirish davrida mehnatga qobiliyatsiz boʻlib qolgan taqdirda, ana shu shaxslarni parvarishlash tugaganidan keyin zararni undirish huquqini saqlab qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarar quyidagilarga toʻlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
voyaga yetmaganlarga — oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn sakkiz yoshdan oshgan oʻquvchilarga — oʻquvning kunduzgi shaklida oʻqishni tugatgunga qadar, biroq yigirma uch yoshdan oshmaguncha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ellik besh yoshdan oshgan ayollarga va oltmish yoshdan oshgan erkaklarga — umrbod;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi boʻlgan shaxslarga — nogironlik muddatiga;
(1009-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
marhumning qaramogʻida boʻlgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini ular oʻn toʻrt yoshga toʻlgunga qadar parvarishlashda band boʻlgan ota-onasidan biri, eri (xotini) yoxud oilaning boshqa aʼzosiga.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 331-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1010-modda. Boquvchisi vafot etgan taqdirda koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash miqdori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga zarar marhumning ushbu Kodeks 1007-moddasi qoidalari boʻyicha aniqlangan ish haqi (daromadi)ning marhum hayot vaqtida ular oʻz taʼminoti uchun olgan yoki olish huquqiga ega boʻlgan ulushi miqdorida qoplanadi. Bu shaxslarga zararni qoplashni aniqlashda marhumning daromadlari tarkibiga ish haqi (daromad) bilan bir qatorda u hayot vaqtida olgan pensiya, umrbod taʼminot va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zararning oʻrnini qoplash miqdorini aniqlashda boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan shaxslarga tayinlangan pensiya, shuningdek boquvchisining vafotidan oldin ham, vafotidan keyin ham tayinlangan boshqa turdagi pensiyalar hamda ish haqi (daromad), stipendiya qoplash hisobiga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirish huquqiga ega boʻlganlarning har biriga belgilangan qoplash miqdori keyinchalik qaytadan hisoblab chiqilmaydi, quyidagi hollar bundan mustasno:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boquvchining vafotidan keyin farzand tugʻilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vafot etgan boquvchining bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlashda band boʻlgan shaxslarga haq toʻlashni tayinlash yoki uni toʻxtatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikda yoki shartnomada qoplash miqdorini koʻpaytirish nazarda tutilishi mumkin.
(1010-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1011-modda. Zarar yetkazgan shaxsning merosxoʻrlari tomonidan zararning qoplanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni qoplash majburiyati uning vafotidan keyin merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlariga oʻtadi. Merosxoʻrlar jabrlanuvchining oldida oʻzlariga meros boʻlib oʻtgan mol-mulkning haqiqiy qiymati doirasida javobgar boʻladilar. Vorissiz mol-mulk oʻziga oʻtgan davlat yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi ham ana shunday asoslarda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat qobiliyatini qisman yoʻqotgan jabrlanuvchi zararni toʻlash majburiyati yuklangan shaxsdan istalgan vaqtda, agar uning mehnat qobiliyati sogʻligʻiga yetkazilgan shikast tufayli oʻziga zararni undirish belgilangan paytda boʻlganidagiga nisbatan yomonlashsa, qoplash miqdorini tegishlicha koʻpaytirishni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchining sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyati zimmasiga yuklangan shaxs, agar jabrlanuvchining mehnat qobiliyati zararni undirish belgilangan paytda boʻlgandagiga nisbatan oshgan boʻlsa, qoplash miqdorini tegishlicha kamaytirishni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchi, agar zararning oʻrnini qoplash majburiyati zimmasiga yuklangan fuqaroning mulkiy ahvoli yaxshilangan boʻlsa, qoplash miqdori esa ushbu Kodeks 1004-moddasining beshinchi qismiga muvofiq kamaytirilgan boʻlsa, zararni toʻlash miqdorini koʻpaytirishni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud zarar yetkazgan fuqaroning talabiga binoan, agar uning mulkiy ahvoli nogironligi yoxud pensiya yoshiga yetganligi sababli zararning oʻrnini qoplash belgilangan paytdagiga nisbatan yomonlashgan boʻlsa, zararning oʻrnini qoplash miqdorini kamaytirishi mumkin, zarar qasddan yetkazilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1013-modda. Turmush qiymatining oshib borishi va qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining oshirilishi munosabati bilan zararni qoplashning koʻpayishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikda belgilangan tartibda bazaviy hisoblash miqdori oshirilganida boy berilgan ish haqi (daromad)ni, jabrlanuvchining sogʻligʻiga putur yetkazilishi va uning vafoti munosabati bilan belgilangan boshqa toʻlovlarni qoplash summalari qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining oshirilishiga mutanosib ravishda koʻpaytiriladi.
(1013-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1014-modda. Zararning oʻrnini qoplash toʻlovlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchining mehnat qobiliyati pasayishi yoki uning vafot etganligi bilan bogʻliq zararni qoplash har oylik toʻlovlar bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzrli sabablar boʻlgan taqdirda sud zarar yetkazuvchining imkoniyatlarini hisobga olib, undirish huquqiga ega boʻlgan fuqaroning talabi bilan unga tegishli toʻlovlarni bir yoʻla, lekin uch yildan oshmagan vaqt uchun toʻlashni belgilashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelgusi vaqt uchun qoʻshimcha xarajatlarni undirish tibbiy ekspertiza xulosasi asosida aniqlanadigan muddatlarda, shuningdek tegishli xizmatlar va mol-mulk (yoʻllanma sotib olish, yoʻl haqini toʻlash, maxsus transport vositalari haqini toʻlash va hokazo) qiymatini oldindan toʻlash zaruriyati tugʻilganda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchi qonunga muvofiq majburiyatning bekor qilinishini yoki muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga haqli boʻlgan hollarda, bunday talab vaqti-vaqti bilan toʻlab turiladigan tegishli toʻlovlarni kapitallashtirish yoʻli bilan qanoatlantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1015-modda. Yuridik shaxs bekor qilingan taqdirda zararning qoplanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayot va sogʻliqqa yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs qayta tuzilgan taqdirda, tegishli toʻlovlarni toʻlash majburiyati uning huquqiy vorisi zimmasida boʻladi. Zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabnoma ham unga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlgan, qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda mablagʻ boʻlmagan yoxud yetarli boʻlmagan taqdirda, undirilishi lozim boʻlgan summalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan toʻlanadi. Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham mazkur summalar davlat tomonidan toʻlanadi.
(1015-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayot va sogʻliqqa yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, tegishli toʻlovlar ularni qonunchilikda belgilangan qoidalarga koʻra jabrlanuvchiga toʻlash uchun kapitallashtirilishi lozim.
(1015-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki yoʻqligi yoki yetarli emasligi sababli toʻlovlarni kapitallashtirish mumkin boʻlmagan hollarda, belgilangan summalar jabrlanuvchiga davlat tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi.
(1015-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1016-modda. Dafn etish xarajatlarining qoplanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jabrlanuvchi vafot etganligi tufayli koʻrilgan zarar uchun javobgar shaxslar dafn etish uchun zarur boʻlgan xarajatlar oʻrnini bu xarajatlarni qilgan shaxsga toʻlashlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu xarajatlarni qilgan fuqarolar tomonidan olingan dafn etish nafaqasi zararning oʻrnini qoplash hisobiga kiritilmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.03.00 Tovarlar, ishlar yoki xizmatlar yetishmovchiligi natijasida yetkazilgan zararni undirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1017-modda. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarning (ishning, xizmatning) konstruktiv, retsepturaviy yoki boshqa nuqsonlari oqibatida, shuningdek tovar (ish, xizmat) toʻgʻrisidagi maʼlumot notoʻgʻri yoki yetarli emasligi oqibatida fuqaroning hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga yoxud yuridik shaxsning mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi yoki tayyorlovchi (ijrochi) tomonidan, ularning aybidan va jabrlanuvchi ular bilan shartnoma munosabatlarida boʻlgani yoki boʻlmaganidan qatʼi nazar, qoplanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar tovarni (ishning bajarilishi, xizmatning koʻrsatilishi) tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun emas, balki isteʼmol maqsadlari uchun sotib olingan hollardagina qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 221-I-son “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 7, 20-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1018-modda. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar jabrlanuvchining tanloviga koʻra tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi tomonidan qoplanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishning (xizmatning) nuqsoni oqibatida yetkazilgan zarar ishni bajargan yoki xizmatni koʻrsatgan shaxs (ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar (ish, xizmat) toʻgʻrisida toʻliq yoki ishonchli maʼlumot bermaganlik oqibatida yetkazilgan zarar ushbu moddaning qoidalariga muvofiq qoplanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlikni baholash qoidalarini buzish natijasida fuqaroning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashda muvofiqlikni baholash organi tovarni (ishni, xizmatni) sotuvchi, tayyorlovchi (ijrochi) bilan birga solidar javobgar boʻladi.
(1018-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-1088-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2025-y., 03/25/1088/0948-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 19-yanvar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1019-modda. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari natijasida yetkazilgan zararni qoplash muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarning (ishning, xizmatning) nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar, agar u tovarning (ishning, xizmatning) belgilangan yaroqlilik muddatlari mobaynida yetkazilgan boʻlsa, qoplanishi lozim, mabodo yaroqlilik muddati belgilanmagan boʻlsa, tovar ishlab chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilib olingan) kundan boshlab oʻn yil mobaynida qoplanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatlardan tashqari zarar quyidagi hollarda qoplanishi lozim, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun talablari buzilib yaroqlilik muddati belgilanmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarni sotib olgan, ishni bajartirgan yoki xizmatdan foydalangan shaxs yaroqlilik muddati tugaganidan keyin zarur boʻlgan harakatlarni qilishi toʻgʻrisida va koʻrsatilgan harakatlar bajarilmagan taqdirda kelib chiqishi mumkin boʻlgan oqibatlar toʻgʻrisida ogohlantirilmagan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1020-modda. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlikdan ozod qilish asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi, ishning (xizmatning) ijrochisi, zarar yengib boʻlmas kuch taʼsirida yoki isteʼmolchi tovarlarni saqlash yoki ulardan (ishning natijalaridan, xizmatlardan) foydalanish yuzasidan belgilangan qoidalarni buzishi oqibatida yetkazilganligini isbotlagan hollarda javobgarlikdan ozod qilinadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.04.00 Maʼnaviy zararni qoplash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1021-modda. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼnaviy zarar uni yetkazuvchining aybi boʻlgan taqdirda, zarar yetkazuvchi tomonidan qoplanadi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼnaviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qatʼi nazar, quyidagi hollarda qoplanadi, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarar fuqaroning hayoti va sogʻligʻiga oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarar fuqaroga uni qonunga xilof tarzda hukm qilish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda boʻlish haqida tilxat olishni qonunga xilof tarzda qoʻllanish, qonunga xilof tarzda maʼmuriy jazo qoʻllanish va qonunga xilof tarzda ushlab turish, shuningdek har qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash natijasida yetkazilgan boʻlsa;
(1021-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-761-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/761/0250-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻ-eʼtiborini haqoratlovchi maʼlumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1022-modda. Maʼnaviy zararni qoplash usuli va miqdori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼnaviy zarar pul bilan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼnaviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va maʼnaviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek ayb tovon toʻlashga asos boʻlgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik talablari eʼtiborga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va maʼnaviy azoblarning xususiyati maʼnaviy zarar yetkazilgan haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olingan holda sud tomonidan baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼnaviy zarar toʻlanishi lozim boʻlgan mulkiy zarardan qatʼi nazar qoplanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy Sud Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 7-son “Maʼnaviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.13.00.00 Asossiz boyib ketish natijasidagi majburiyatlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58-bob. Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikda yoki bitimda belgilangan asoslarsiz boshqa shaxs (jabrlanuvchi)ning hisobidan mol-mulkni egallab olgan yoki tejab qolgan shaxs (qoʻlga kirituvchi) asossiz egallab olingan yoki tejab qolingan mol-mulkni (asossiz orttirilgan boylikni) jabrlanuvchiga qaytarib berishi shart, ushbu Kodeksning 1030-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(1023-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan majburiyat, shuningdek mol-mulkni egallab olish yoki tejab qolish asosi keyinchalik bekor boʻlganda ham yuzaga keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bobning qoidalari asossiz boylik orttirish qoʻlga kirituvchining, jabrlanuvchining oʻzining, uchinchi shaxslarning xulq-atvori natijasi boʻlganligidan yoki ularning irodasidan tashqari sodir boʻlganligidan qatʼi nazar qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1024-modda. Asossiz orttirilgan boylikni qaytarish toʻgʻrisidagi talablarning fuqarolik huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi boshqa talablar bilan oʻzaro bogʻlanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa va tegishli munosabatlarning mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu bobning qoidalari, shuningdek:
(1024-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haqiqiy boʻlmagan bitim boʻyicha bajarilgan narsani qaytarish toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkdor tomonidan mol-mulkni birovning qonunga xilof tarzdagi egaligidan talab qilib olish toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiyatidagi bir tarafning boshqa tarafga ana shu majburiyatlar munosabati bilan qaytarish toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zararni, shu jumladan boylik orttirgan shaxsning insofsizlik bilan qilgan xatti-harakatlari tufayli yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talablarga nisbatan qoʻllanilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1025-modda. Asossiz orttirilgan boylikni asl holida qaytarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻlga kirituvchining asossiz orttirilgan boyligini tashkil etuvchi mol-mulk jabrlanuvchiga asl holida qaytarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻlga kirituvchi jabrlanuvchining oldida har qanday, shu jumladan u orttirilgan boylikning asossizligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan paytdan keyin asossiz qoʻlga kiritilgan yoki tejab qolingan mol-mulkning tasodifiy yetishmovchiligi yoki yomonlashuvi uchun javobgar boʻladi. Bu paytgacha u qasd va qoʻpol ehtiyotsizlik uchungina javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asossiz olingan yoki tejab qolingan mol-mulkni asl holida qaytarishning imkoniyati boʻlmagan taqdirda, qoʻlga kirituvchi jabrlanuvchiga bu mol-mulkning qoʻlga kiritish paytidagi haqiqiy qiymatini toʻlashi, shuningdek agar qoʻlga kirituvchi orttirilgan boylikning asossizligini bilganidan keyin darhol uning qiymatini toʻlamagan boʻlsa, mol-mulk qiymatining keyingi oʻzgarishi tufayli koʻrilgan zararni toʻlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Egallab olish niyatisiz oʻzganing mol-mulkidan yoki oʻzganing xizmatlaridan vaqtincha asossiz foydalangan shaxs jabrlanuvchiga bunday foydalanish natijasida tejalgan narsani foydalanish tugallangan paytda va oʻsha joyda mavjud narx boʻyicha toʻlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1027-modda. Huquqni boshqa shaxsga asossiz berish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻziga tegishli huquqni talabnomadan voz kechish yoʻli bilan yoki boshqacha tarzda boshqa shaxsga mavjud boʻlmagan yoki haqiqiy boʻlmagan majburiyat asosida bergan shaxs avvalgi holatni tiklashni, shu jumladan berilgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar oʻziga qaytarilishini talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni asossiz olgan yoki tejab qolgan shaxs boylikning asossiz orttirilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan vaqtdan boshlab ana shu mol-mulkdan chiqarib olgan yoki chiqarib olishi lozim boʻlgan barcha daromadlarni jabrlanuvchiga qaytarishi yoki toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asossiz orttirilgan pul summasiga, qoʻlga kirituvchi pul mablagʻlarini olish yoki tejab qolishning asossizligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan vaqtdan boshlab, oʻzganing mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1029-modda. Qaytarilishi lozim boʻlgan mol-mulkka qilingan xarajatlarni toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asossiz olingan yoki tejab qolingan mol-mulk qaytarilganida yoxud uning qiymati toʻlanganida qoʻlga kirituvchi daromadlarni qaytarishi shart boʻlgan vaqtdan boshlab mol-mulkni saqlab turish va asrash uchun qilingan zarur xarajatlarni oʻzi olgan nafni eʼtiborga olgan holda toʻlashni jabrlanuvchidan talab qilishga haqli. Qoʻlga kirituvchi qaytarilishi lozim boʻlgan mol-mulkni bila turib bermay turgan hollarda xarajatlarni undirish huquqi yoʻqoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1030-modda. Qaytarib berilmaydigan asossiz orttirilgan boylik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar asossiz orttirilgan boylik sifatida qaytarib berilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro etish muddati toʻlgunga qadar majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mol-mulk, agar majburiyatda boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daʼvo muddati oʻtganidan keyin majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mol-mulk;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, hayot yoki sogʻliqqa yetkazilgan zarar tovoni, alimentlar va fuqaroga turmush kechirish vositasi sifatida berilgan boshqa pul mablagʻlari, uning tomonidan vijdonsizlik qilinmaganda va hisob-kitobda xatolar boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud boʻlmagan majburiyatni bajarish uchun berilgan pul summalari va boshqa mol-mulk, agar qoʻlga kirituvchi mol-mulkni qaytarishni talab qilayotgan shaxsning majburiyat yoʻqligini bilganligini yoxud mol-mulkni xayriya maqsadlarida berganligini isbotlasa.
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk. Fuqarolik muomalasi qatnashchilarini individuallashtirish vositalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV boʻlim. Intellektual mulk
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1031-modda. Intellektual mulk obyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intellektual mulk obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) intellektual faoliyat natijalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning koʻrsatuvlari yoki eshittirishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hisoblash mashinalari (bundan buyon matnda EHM deb yuritiladi) uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari;
(1-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geografik koʻrsatkichlar;
(1031-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 15-noyabrdagi OʻRQ-878-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2023-y., 03/23/878/0852-son — 2024-yil 17-fevraldan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar chiqarilgan joy nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1032-modda. Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish ularning yaratilganligi tufayli yoxud ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda vakolat berilgan davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza berilishi natijasida yuzaga keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oshkor etilmagan axborotga huquqiy muhofaza berish shartlari qonun bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi va 5-bobi, Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 397-II-son “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 395-II-son “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 218-II-son “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 267-II-son “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4, 6, 322-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan “Patent vakillari toʻgʻrisida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisida nizom, Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2018-yil 4-iyundagi 14/6-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1033-modda. Intellektual mulk obyektlariga shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intellektual faoliyat natijalarining mualliflari ana shu natijalarga nisbatan shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarga ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy nomulkiy huquqlar muallifga uning mulkiy huquqlaridan qatʼi nazar, tegishli boʻladi va uning intellektual faoliyat natijalariga boʻlgan mulkiy huquqlari boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda uning oʻzida saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar yoki xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar (bundan buyon matnda — xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalar)ga nisbatan huquq egalariga bu vositalar borasida mulkiy huquqlar tegishli boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik huquqi (intellektual faoliyat natijasining muallifi deb eʼtirof etilish huquqi) shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi va ijodiy mehnati bilan intellektual faoliyat natijasini yaratgan shaxsgagina tegishli boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik huquqi boshqa shaxsga oʻtkazilmaydi va berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar natija ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati bilan yaratilgan boʻlsa, ular hammualliflar hisoblanadilar. Intellektual mulkning ayrim obyektlariga nisbatan qonunda asarning toʻlaligicha hammualliflari deb hisoblanadigan shaxslar doirasi cheklab qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1034-modda. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mulkiy huquqlar egasiga ana shu intellektual mulk obyektidan oʻz xohishiga koʻra har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqi tegishli boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquq egasiga mutlaq huquq asosida tegishli boʻlgan intellektual mulk obyektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
(1034-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquq egasi bu huquqni boshqa shaxsga toʻliq yoki qisman oʻtkazishga, intellektual mulk obyektidan boshqa shaxs foydalanishiga ruxsat berishga haqli va, agar bu ushbu Kodeks va boshqa qonunlarning qoidalariga zid boʻlmasa, ularni boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutlaq huquqlarni cheklashga, shu jumladan intellektual mulk obyektidan boshqa shaxslar foydalanishiga imkoniyat berish yoʻli bilan cheklashga, bu huquqlarni haqiqiy emas deb topishga va ularni tugatishga (bekor qilishga) ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan hollarda, doiralarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutlaq huquqlarni cheklash bunday cheklash intellektual mulk obyektidan normal foydalanilishiga oʻrinsiz ziyon yetkazmagan va huquq egalarining qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina tatbiq etiladi.
(1034-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1035-modda. Mutlaq huquqlarning boshqa shaxsga oʻtishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar egasiga tegishli mulkiy huquqlar, agar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, huquq egasi tomonidan shartnoma boʻyicha boshqa shaxsga toʻliq yoki qisman oʻtkazilishi mumkin, shuningdek bu mutlaq huquqlar meros boʻlib va yuridik shaxs — huquq egasi qayta tashkil etilganda huquqiy vorislik tartibida oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkiy huquqlarning shartnoma boʻyicha oʻtkazilishi yoxud ularning universal huquqiy vorislik tartibida oʻtishi mualliflik huquqining va boshqa begonalashtirilmaydigan hamda oʻzgaga oʻtkazilmaydigan mutlaq huquqlarning oʻtkazilishiga yoki cheklanishiga sabab boʻlmaydi. Bunday huquqlarning oʻtkazilishi yoki cheklanishi toʻgʻrisidagi shartnoma shartlari oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma boʻyicha oʻtkaziladigan mutlaq huquqlar unda aniqlab qoʻyilishi lozim. Shartnomada boshqa shaxsga oʻtkaziladigan huquq sifatida koʻrsatilmagan huquqlar, agar boshqacha hol isbotlanmagan boʻlsa, oʻtkazilmagan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutlaq huquqni uning amal qilish davrida cheklangan vaqtga boshqa shaxsga berishni nazarda tutuvchi shartnomaga nisbatan litsenziya shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya shartnomasi boʻyicha intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mutlaq huquqqa ega boʻlgan taraf (litsenziar) boshqa tarafga (litsenziatga) tegishli intellektual mulk obyektidan foydalanishga ruxsatnoma beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya shartnomasi beriladigan huquqlarni, foydalanish chegaralari va muddatlarini aniqlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya shartnomasi pullik hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya shartnomasi litsenziatga quyidagilarni berishni nazarda tutishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intellektual mulk obyektidan, litsenziarning undan foydalanish huquqi va boshqa shaxslarga litsenziya berish huquqi saqlanib qolgan holda (oddiy nomutlaq litsenziya) foydalanish huquqini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intellektual mulk obyektidan, litsenziarning undan foydalanish huquqi saqlanib qolgan holda, biroq boshqa shaxslarga litsenziyani berish huquqisiz (mutlaq litsenziya) foydalanish huquqini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunda yoʻl qoʻyiladigan boshqa turdagi litsenziyalarni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar litsenziya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, litsenziya oddiy (nomutlaq) deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyani oluvchi tomonidan intellektual mulk obyektidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi shartnoma sublitsenziya shartnomasi hisoblanadi. Litsenziyani oluvchi faqat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan hollarda sublitsenziya shartnomasi tuzishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshimcha litsenziatning harakatlari uchun, agar litsenziya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, litsenziar oldida litsenziat javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1037-modda. Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muallif intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha kelgusida asar, ixtiro yoki boshqa intellektual faoliyat natijasini yaratish va oʻzining ish beruvchisi boʻlmagan buyurtmachiga bu natijadan foydalanish uchun mutlaq huquqlar berish majburiyatini oʻz zimmasiga olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartnoma yaratilishi lozim boʻlgan intellektual faoliyat natijasining xususiyatini, shuningdek undan foydalanish maqsadlari yoxud usullarini belgilashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muallif zimmasiga ushbu muallif kelgusida yaratadigan har qanday intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish uchun mutlaq huquqlarni birorta shaxsga berish majburiyatini yuklaydigan shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomaning muallifning kelgusida muayyan turdagi yoxud muayyan sohadagi intellektual faoliyat natijalarini yaratishini cheklaydigan shartlari oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1038-modda. Mutlaq huquq va mulk huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mutlaq huquq bunday natija yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vosita ifodalangan moddiy obyektga nisbatan mulk huquqidan qatʼi nazar mavjud boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1039-modda. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqning amal qilish muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquq ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan muddat mobaynida amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intellektual mulk obyektlariga nisbatan shaxsiy nomulkiy huquqlar muddatsiz amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunda nazarda tutilgan hollarda intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqning amal qilishi undan muayyan vaqt mobaynida foydalanilmasligi oqibatida bekor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1040-modda. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni himoya qilish usullari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni himoya qilish ushbu Kodeksning 11-moddasida nazarda tutilgan usullar bilan amalga oshiriladi. Mutlaq huquqlarni himoya qilish shuningdek:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutlaq huquqlar qaysi moddiy obyektlar yordamida buzilgan boʻlsa, oʻsha moddiy obyektlarni hamda bunday buzish natijasida yaratilgan moddiy obyektlarni olib qoʻyish orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl qoʻyilgan buzish haqidagi maʼlumotni majburiy suratda eʼlon qilib, unga buzilgan huquq kimga tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunda nazarda tutilgan boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intellektual faoliyat natijalarini va xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalarni yaratish hamda ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma buzilganda majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar qoʻllaniladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1041-modda. Mualliflik huquqi obyekti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi boʻlmish fan, adabiyot va sanʼat asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik huquqi quyidagi biron-bir obyektiv shaklda boʻlgan oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yozma (qoʻlyozma, mashinkalangan yozuv, notali yozuv va hokazo);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogʻzaki (omma oldida soʻzlash, omma oldida ijro etish va hokazo);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovozli yoki video yozuv (mexanik, magnitli, raqamli, optik va hokazo);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasvir (rasm, eskiz, manzara, tarh, chizma, kino-, tele-, video- yoki fotokadr va hokazo);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hajmli-fazoviy (haykal, model, maket, inshoot va hokazo);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa shakllardagi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik huquqi gʻoyalar, prinsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki konsepsiyalarga emas, balki ifoda shakliga nisbatan tatbiq etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-moddasi.
(1041-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1042-modda. Mualliflik huquqi obyektlarining turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik huquqi obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, oʻquv, publitsistik va boshqa asarlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dramatik va ssenariy asarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
matnli va matnsiz musiqa asarlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
musiqali-dramatik asarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
audiovizual asarlar;
(1042-moddaning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va boshqa tasviriy sanʼat asarlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manzarali-amaliy va sahna bezagi sanʼati asarlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxitektura, shaharsozlik va bogʻ-park barpo etish sanʼati asarlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fotografiya asarlari va fotografiyaga oʻxshash usullarda yaratilgan asarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joʻgʻrofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, joʻgʻrofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha turdagi elektron-hisoblash mashinalari (EHM) uchun dasturlar, shu jumladan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Kodeksning 1041-moddasida belgilab qoʻyilgan talablarga javob beruvchi boshqa asarlar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1043-modda. Mualliflik huquqi obyektlari hisoblanuvchi asarning qismlari, hosila va jamlama asarlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeksning 1041-moddasida belgilangan talablarga javob beradigan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asarning mustaqil ravishda foydalanilishi mumkin boʻlgan qismlari (shu jumladan uning nomi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hosila asarlar (tarjimalar, ishlanma asarlar, annotatsiyalar, referatlar, muxtasar xulosalar, sharhlar, inssenirovkalar, aranjirovkalar, soddalashtirishlar hamda fan, adabiyot va sanʼat asarlarining boshqa qayta ishlanmalari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻplamlar (ensiklopediyalar, antologiyalar, maʼlumotlar bazalari) va materiallarning tanlanganligi yoki joylashtirilganligiga koʻra ijodiy mehnat natijasi boʻlgan boshqa jamlama asarlar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hosila va jamlama asarlar, ularning yaratilishi uchun asos boʻlgan yoki ularning tarkibiga kirgan asarlar mualliflik huquqi obyektlari boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, mualliflik huquqi bilan muhofaza qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1044-modda. Mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydigan materiallar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq ijodiyoti asarlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir yoki joriy voqealar haqidagi xabarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati amalga oshirilmasdan, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 8-moddasi.
(1043–1044-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1045-modda. Rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilarning loyihalariga boʻlgan huquqlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy hujjat, ramz yoki belgining loyihasiga boʻlgan mualliflik huquqi loyihani yaratgan (ishlab chiqqan) shaxsga tegishlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilarning loyihalarini ishlab chiqqan shaxslar, basharti bunday loyihani ishlab chiqish toʻgʻrisida topshiriq bergan organ tomonidan taqiqlanmagan boʻlsa, oʻzlari yaratgan loyihalarni eʼlon qilishga haqlidirlar. Loyihani eʼlon qilishda uni ishlab chiqqan shaxslar oʻz ismlarini koʻrsatishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organ rasmiy hujjat tayyorlash uchun loyihadan, basharti loyiha uni ishlab chiqqan shaxs tomonidan eʼlon qilingan yoki tegishli organga yuborilgan boʻlsa, mazkur shaxsning roziligisiz foydalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha asosida rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilar tayyorlash chogʻida rasmiy hujjat, ramz yoki belgi tayyorlayotgan organning xohishiga koʻra loyihaga qoʻshimchalar va oʻzgartishlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organ loyihani maʼqullaganidan keyin loyihadan uni ishlab chiqqan shaxsning ismi-sharifini koʻrsatmagan holda foydalanish mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1046-modda. Asar muallifi. Mualliflik huquqining yuzaga kelishi. Mualliflik prezumpsiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asar kimning ijodiy mehnati bilan yaratilgan boʻlsa, ana shu fuqaro asar muallifi deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fan, adabiyot va sanʼat asariga mualliflik huquqi uni yaratish fakti boʻyicha yuzaga keladi. Mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun asarni roʻyxatdan oʻtkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asarning asl nusxasida yoki nusxasida muallif sifatida koʻrsatilgan shaxs, agar boshqacha hol isbotlanmagan boʻlsa, asar muallifi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asar imzosiz yoki taxallus ostida chop etilgan taqdirda (muallifning taxallusi uning kim ekanligiga shubha qoldirmaydigan hollar bundan mustasno), asarni chop etgan, asarda ismi yoki nomi koʻrsatilgan noshir, agar boshqa dalillar boʻlmasa, muallifning vakili hisoblanadi hamda muallifning huquqlarini himoya qilish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash huquqiga egadir. Bu qoida bunday asar muallifi oʻz shaxsini oshkor etguniga va oʻzining muallif ekanligini maʼlum qilguniga qadar amalda boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi.
(1046-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki yoki undan ortiq fuqaroning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi, mazkur asar boʻlinmas bir butun yoki har biri ham mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat ekanligidan qatʼi nazar, hammualliflarga birgalikda tegishli boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti asarning muayyan qismidan uning boshqa qismlariga bogʻliq boʻlmagan holda foydalanish mumkin boʻlsa, bu mustaqil mazmunga ega boʻlgan qism deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hammualliflarning har biri, basharti ularning oʻrtasidagi kelishuvda oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, asarning oʻzi yaratgan, mustaqil mazmunga ega boʻlgan qismidan oʻz xohishiga koʻra foydalanishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hammualliflar oʻrtasidagi munosabatlar, qoida tariqasida, kelishuv asosida belgilanadi. Bunday kelishuv boʻlmagan taqdirda asarga boʻlgan mualliflik huquqi barcha mualliflar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi, mualliflik haqi esa ular oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti hammualliflarning asari boʻlinmas bir butunni tashkil etsa, asardan foydalanishni yetarli asoslar boʻlmay turib taqiqlab qoʻyishga hammualliflardan hech biri haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1048-modda. Hosila asarga boʻlgan mualliflik huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hosila asar muallifiga fan, adabiyot va sanʼat asarining mazkur muallif tomonidan amalga oshirilgan qayta ishlanmasiga boʻlgan mualliflik huquqi tegishlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hosila asar muallifi qayta ishlangan asar muallifi huquqlariga rioya etgan taqdirda, oʻzi yaratgan asarga mualliflik huquqidan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hosila asar muallifining mualliflik huquqi qayta ishlashga asos boʻlgan asarni boshqa shaxslar ham oʻzlari qayta ishlashlariga toʻsqinlik qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasi.
(1048-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1049-modda. Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslarning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslar (audiovizual asarlarni tayyorlovchilar, ensiklopediyalar noshirlari, prodyuserlar va boshqa shu kabilar) tegishli asarlarning mualliflari deb eʼtirof etilmaydi. Biroq ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, bunday shaxslar ana shu asarlardan foydalanishda mutlaq huquqlarga ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Audiovizual asarni tayyorlovchi bu asardan foydalanilganda oʻz ismi yoki nomini koʻrsatishga yoxud ismi yoki nomi koʻrsatilishini talab qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ensiklopediyalar, ensiklopedik lugʻatlardan, ilmiy ishlarning davriy va davomli toʻplamlaridan, gazetalar, jurnallar hamda boshqa davriy nashrlardan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqlar ularning noshiriga tegishlidir. Bunday nashrlardan har qanday tarzda foydalanilganda noshir oʻz ismi yoki nomini koʻrsatishga yoxud ismi yoki nomi koʻrsatilishini talab qilishga haqlidir. Bunday nashrlarga kiritilgan asarlarning mualliflari, agar mualliflik shartnomasida boshqacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, umuman nashrdan qatʼi nazar, oʻz asarlaridan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqlarini saqlab qoladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasi.
(1049-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1050-modda. Mualliflik huquqining himoya belgilari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida mualliflik huquqining egasi oʻz huquqlaridan xabardor etish uchun asarning har bir nusxasida aks ettiriladigan va quyidagi uch unsurdan iborat mualliflik huquqining himoya belgisidan foydalanishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aylana ichiga olingan lotincha “S” harfi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida mualliflik huquqlari egasining ismi (nomi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asar birinchi marta eʼlon qilingan yil.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik huquqining himoya belgisida koʻrsatilgan shaxs, basharti boshqa hol isbotlanmagan boʻlsa, huquq egasi hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1051-modda. Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asar muallifiga quyidagi shaxsiy nomulkiy huquqlar tegishlidir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asar muallifi deb eʼtirof etilish huquqi (mualliflik huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asardan muallifning haqiqiy ismi, taxallusini koʻrsatgan holda yoxud ismini koʻrsatmasdan, yaʼni imzosiz foydalanish yoki foydalanishga ruxsat berish huquqi (mualliflik ismiga boʻlgan huquq);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asarni har qanday shaklda oshkor qilish yoki oshkor qilishga ruxsat berish huquqi (oshkor qilishga boʻlgan huquq), shu jumladan chaqirib olish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asarni, shu jumladan uning nomini muallifning shaʼni va qadr-qimmatiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan har qanday tarzda buzib koʻrsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz etilishidan himoya qilish huquqi (muallif obroʻsini himoya qilish huquqi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muallif asarni oshkor qilish toʻgʻrisida ilgari qabul qilgan qaroridan, asardan foydalanish huquqini olgan shaxslarga ular shunday qaror tufayli koʻrgan zararlarning, shu jumladan boy berilgan foydaning oʻrnini qoplash sharti bilan, voz kechish huquqiga (asarni chaqirib olish huquqiga) egadir. Agar asar oshkor qilingan boʻlsa, muallif uni chaqirib olganligi toʻgʻrisida ommaga maʼlum qilishi shart. Bunda u asarning avval tayyorlangan nusxalarini oʻz hisobidan muomaladan olib qoʻyishga haqlidir. Bu qoidalar, agar muallif bilan tuzilgan shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, xizmat asarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanishda asarning oʻziga, nomiga va muallifning ismi koʻrsatilishiga biron-bir oʻzgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muallifning roziligisiz uning asarini bezaklar, soʻzboshi, xotima, sharhlar yoki biron-bir tushuntirishlar bilan nashr etish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari uning mulkiy huquqlaridan qatʼi nazar, unga tegishli boʻlib, asardan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqlar boshqa shaxsga oʻtkazilgan taqdirda ham uning oʻzida saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muallifning oʻz shaxsiy nomulkiy huquqlarini amalga oshirishdan voz kechish toʻgʻrisida biron-bir shaxs bilan kelishuvi va bu haqdagi arizasi oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasi.
(1051-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
(1052, 1053, 1054 va 1055-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1056-modda. Muallifning mulkiy huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muallifga asardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanishda mutlaq huquqlar tegishlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar, ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda koʻrsatilganidan tashqari hollarda, asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan, shu jumladan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaga binoan yoxud ular boʻlmagan taqdirda, bu tashkilotlarning vazifalari va majburiyatlarini bajaruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muallifning asardan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqlari quyidagi harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarga ruxsat berish huquqini anglatadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asarni takrorlash (takrorlash huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asarning asl nusxasini yoki nusxalarini sotish yoki mulk huquqini oʻzgacha tarzda boshqa shaxsga oʻtkazish yoʻli bilan tarqatish (tarqatish huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asarning asl nusxasini yoki nusxalarini prokatga berish (prokatga berish huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarqatish maqsadida asarning nusxalarini, shu jumladan mutlaq mualliflik huquqlari egasining ruxsati bilan tayyorlangan nusxalarini import qilish (import qilish huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asarni sim (kabel) orqali yoki boshqa shu kabi vositalar yordamida uzatish yoʻli bilan barchaning eʼtibori uchun yuborish (kabel orqali yuborish huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asarga tuzatishlar kiritish, uni aranjirovka qilish yoki boshqacha tarzda qayta ishlash (qayta ishlash huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asarni omma oldida namoyish etish (omma oldida namoyish etish huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asarni omma oldida ijro etish (omma oldida ijro etish huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asarni simsiz vositalar yordamida uzatish yoʻli bilan barchaning eʼtibori uchun yuborish (efirga uzatish huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asarni tarjima qilish (tarjima qilish huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asarni barchaning eʼtiboriga takroran yuborish, agar bunday yuborish dastlabki yuborishni amalga oshirgan tashkilotdan boshqa tashkilot tomonidan amalga oshirilsa (barchaning eʼtiboriga takroran yuborish huquqi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muallif oʻz asaridan foydalanishning har bir turi uchun haq olish huquqiga (haq olish huquqiga) ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar chop etilgan asarning nusxalari ularni sotish yoki mulk huquqini oʻzgacha tarzda boshqa shaxsga oʻtkazish vositasida fuqarolik muomalasiga qonuniy kiritilgan boʻlsa, ularning bundan buyongi tarqatilishiga muallifning roziligisiz va unga haq toʻlanmagan holda yoʻl qoʻyiladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asardan daromad olish maqsadida foydalanilganligi yoki undan foydalanish bunday maqsadga qaratilmaganligidan qatʼi nazar, asardan foydalanilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asarning mazmunini tashkil etuvchi qoidalarni (ixtirolarni, boshqa texnikaviy, iqtisodiy, tashkiliy va shu kabi yechimlarni) amaliy qoʻllash asardan mualliflik huquqi maʼnosida foydalanganlik deb hisoblanmaydi.
(1056-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-311-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 51-son, 542-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muallif va boshqa shaxslarning asardan foydalanish borasidagi mutlaq huquqlarini cheklashga ushbu Kodeksning 1059—1062-moddalarida yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi. Mazkur cheklashlar asardan normal foydalanilishiga oʻrinsiz ziyon yetkazmagan va muallifning qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina tatbiq etiladi.
(1058-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 24-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1059-modda. Asarlarni muallifning roziligisiz va haq toʻlanmagan holda shaxsiy maqsadlarda takrorlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oshkor qilingan asarni shaxsiy maqsadlarda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq toʻlanmagan holda takrorlashga yoʻl qoʻyiladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolar va inshootlar shaklidagi arxitektura asarlarini takrorlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlar bazalarini yoki ularning muhim qismlarini takrorlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno qilganda, EHM uchun dasturlarni takrorlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kitoblarni (toʻlaligicha) va notali matnlarni reprografik takrorlashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 25-moddasi.
(1059-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1060-modda. Asarlarni omma oldida erkin ijro etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chop etilgan musiqa asarlarini rasmiy, diniy va dafn marosimlarida bunday marosimlarning xususiyatiga mos hajmda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz hamda haq toʻlanmagan holda omma oldida ijro etishga yoʻl qoʻyiladi.
(1060-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1061-modda. Asarlardan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, maʼmuriy va sudlov ishlarini yuritish maqsadlari uchun foydalanish
(1061-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asarlardan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, maʼmuriy va sudlov ishlarini yuritish maqsadlarini koʻzlab, foydalanish maqsadiga mos hajmda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz hamda haq toʻlanmagan holda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
(1061-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 30-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1062-modda. Xizmat asariga boʻlgan mualliflik huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat vazifalarini yoki xizmat topshirigʻini bajarish tartibida yaratilgan asarga (xizmat asariga) boʻlgan muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari asar muallifida saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat asaridan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqlar, agar muallif bilan ish beruvchi oʻrtasidagi shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ish beruvchiga tegishlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat asaridan foydalanishning har bir turi uchun haq miqdori va uni toʻlash tartibi muallif bilan ish beruvchi oʻrtasidagi shartnomada belgilanadi. Ish beruvchi bilan tuzilgan shartnomadan qatʼi nazar, muallif asar oshkor qilingan vaqtdan eʼtiboran oʻn yil oʻtganidan keyin, ish beruvchining roziligi bilan esa undan ham oldinroq asardan foydalanish va haq olish huquqini toʻliq hajmda qoʻlga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muallifning xizmat asaridan topshiriq maqsadi taqozo etmaydigan usulda foydalanish huquqi cheklanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchi xizmat asaridan har qanday tarzda foydalanishda oʻz nomini koʻrsatishga yoxud uni koʻrsatishni talab qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat vazifalarini yoki ish beruvchining xizmat topshiriqlarini bajarish yoʻsinida ushbu Kodeks 1049-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ensiklopediyalar, ensiklopedik lugʻatlar, davriy va davomli ilmiy ishlar toʻplamlari, gazetalar, jurnallar hamda boshqa davriy nashrlarning yaratilishiga ushbu moddaning qoidalari tatbiq etilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 34-moddasi.
(1061–1062-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1063-modda. Mualliflik huquqining amal qilish sohasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeksga muvofiq mualliflik huquqi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy turar joyiga ega boʻlgan mualliflarning yoki mualliflik huquqining boshqa dastlabki egalik qiluvchilarining asarlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mualliflarning fuqaroligi va doimiy turar joyidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasida birinchi marta chop etilgan asarlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan asarlarga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar asar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida birinchi marta chop etilgan sanadan soʻng oʻttiz kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi hududida chop etilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida ham birinchi marta chop etilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq asarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida muhofaza berilgan taqdirda, asar muallifi mualliflik huquqini olish uchun asos boʻlib xizmat qilgan yuridik fakt qaysi davlatning hududida sodir boʻlgan boʻlsa, oʻsha davlatning qonuni bilan aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasi.
(1063-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin yetmish yil davomida amal qiladi, ushbu moddada va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hammualliflikda yaratilgan asarga boʻlgan mualliflik huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va hammualliflar orasida eng uzoq umr koʻrgan oxirgi shaxs vafot etganidan keyin yetmish yil davomida amal qiladi.
(1065-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-avgustdagi OʻRQ-709-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taxallus ostida yoki imzosiz qonuniy oshkor qilingan asarga boʻlgan mualliflik huquqi asar oshkor qilinganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi. Agar koʻrsatilgan muddat ichida taxallus ostidagi yoki imzosiz asar muallifi oʻz shaxsini maʼlum qilsa yoki bundan buyon uning shaxsi shubhaga oʻrin qoldirmasa, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatlar qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muallifning vafotidan keyin birinchi marta eʼlon qilingan asarga boʻlgan mualliflik huquqi asar eʼlon qilinganidan keyin yetmish yil davomida amal qiladi.
(1065-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-avgustdagi OʻRQ-709-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik huquqi, mualliflik ismiga boʻlgan huquq va muallif obroʻsini himoya qilish huquqi muddatsiz muhofaza qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asarga Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq muhofaza berilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida mualliflik huquqining amal qilish muddati ushbu moddaga binoan belgilanadi. Lekin bu muddat asar kelib chiqqan mamlakatda belgilangan mualliflik huquqining amal qilish muddatidan oshib ketmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlarni hisoblash muddatning oʻta boshlashi uchun asos boʻladigan yuridik fakt yuz bergan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan eʼtiboran boshlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 35-moddasi.
(1065-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1066-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy mulk boʻlgan asarlardan har qanday shaxs haq toʻlamagan holda erkin foydalanishi mumkin. Bunda muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlariga rioya etilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 37-moddasi.
(1066-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeks 1056-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan mulkiy huquqlar faqat mualliflik shartnomasini tuzish yoʻli bilan huquq egasi tomonidan boshqa shaxsga oʻtkazilishi mumkin, ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muallifning mulkiy huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish mutlaq huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi mualliflik shartnomasi asosida yoki mutlaq boʻlmagan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi mualliflik shartnomasi asosida amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutlaq huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi mualliflik shartnomasi faqat ushbu huquqlar oʻtkazilayotgan shaxs asardan muayyan usulda va shartnomada belgilangan doirada foydalanishiga ruxsat beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutlaq boʻlmagan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi mualliflik shartnomasi foydalanuvchiga asardan shunday huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazgan mutlaq huquqlar egasi va (yoki) bu asardan ayni shunday usulda foydalanish uchun ruxsat olgan boshqa shaxslar bilan teng ravishda foydalanishga ijozat beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik shartnomasi boʻyicha boshqa shaxsga oʻtkaziladigan huquqlar, agar shartnomada bevosita boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, mutlaq boʻlmagan huquqlar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asarga boʻlgan mualliflik huquqi asar aks ettirilgan moddiy obyektga boʻlgan mulk huquqi bilan bogʻliq emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moddiy obyektga boʻlgan mulk huquqini yoki moddiy obyektga egalik qilish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish shu obyektda aks ettirilgan asarga boʻlgan biron-bir mualliflik huquqining oʻz-oʻzidan boshqa shaxsga oʻtkazilishiga sabab boʻlmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 38-moddasi.
(1067-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asardan foydalanish usullari (mazkur shartnoma asosida oʻtkaziladigan aniq huquqlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asardan foydalanishning har bir usuli uchun toʻlanadigan haq miqdori va (yoki) toʻlanadigan haq miqdorini belgilash tartibi, uni toʻlash tartibi hamda muddatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik shartnomasi taraflar zarur deb topgan boshqa shartlarni ham nazarda tutishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish huquqi qancha muddatga oʻtkazilishi toʻgʻrisida shart boʻlmagan taqdirda, shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh yil oʻtganidan keyin, agar foydalanuvchi shartnoma bekor qilinguniga qadar kamida olti oy oldin bu haqda yozma ravishda ogohlantirilgan boʻlsa, shartnoma muallif tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish huquqi amal qiladigan hudud doirasi toʻgʻrisida shart boʻlmagan taqdirda, shartnomaga binoan boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan huquqning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududi bilan cheklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa shaxsga oʻtkazilishi mualliflik shartnomasida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilmagan asardan foydalanish huquqlari boshqa shaxsga oʻtkazilmagan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma tuzilgan paytda asardan foydalanish haqida hali maʼlum boʻlmagan huquqlar mualliflik shartnomasi predmeti boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlanadigan haq mualliflik shartnomasida asardan foydalanishning tegishli usuli uchun olinadigan daromaddan foiz tarzida belgilanadi yoki agar buni asarning xususiyati yoki undan foydalanishning oʻziga xos jihatlari bilan bogʻliq holda amalga oshirish mumkin boʻlmasa, shartnomada qayd etilgan summa tarzida yoxud boshqacha tarzda belgilanadi. Mazkur haqning eng kam miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar asarni nashr etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish haqidagi mualliflik shartnomasida haq toʻlash qatʼiy summa tarzida belgilansa, shartnomada asarning eng koʻp adadi belgilab qoʻyilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik shartnomasi boʻyicha oʻtkazilgan huquqlar bunday shartnomada toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan taqdirdagina boshqa shaxslarga toʻliq yoki qisman oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik shartnomasining muallifni kelgusida mazkur mavzuda yoki mazkur sohada asarlar yaratishini cheklaydigan sharti oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik shartnomasining ushbu Kodeks yoki boshqa qonunlar talablariga zid boʻlgan shartlari haqiqiy emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 39-moddasi.
(1068-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1069-modda. Mualliflik shartnomasining shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 42-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1070-modda. Mualliflik shartnomasi boʻyicha javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni umuman yoki tegishli darajada bajarmagan taraf boshqa tarafga yetkazilgan zararning oʻrnini, shu jumladan boy berilgan foydani qoplashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mualliflik munosabatlari ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik bilan tartibga solinadi.
(1073-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.03.00 Turdosh huquqlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1074-modda. Turdosh huquqlar obyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turdosh huquqlar obyektlari jumlasiga ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning koʻrsatuvlari yoki eshittirishlari kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 44-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1075-modda. Turdosh huquqlar subyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlar turdosh huquqlar subyektlaridir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turdosh huquqlarning yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun turdosh huquqlar obyektini roʻyxatdan oʻtkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan koʻrsatuv yoki eshittirishni efirga uzatish va kabel orqali yuborishni (retranslyatsiya ham shunga kiradi) amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollardan tashqari, asardan, ijrodan, fonogrammadan yoxud efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning koʻrsatuv yoki eshittirishidan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkin. Retranslyatsiya mualliflar, ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar va boshqa huquq egalarining efirga uzatish, kabel orqali yuborish, barchaning eʼtiboriga yetkazishga boʻlgan huquqlariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 45-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1076-modda. Turdosh huquqlarning muhofaza belgilari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fonogrammaga va (yoki) bunday fonogrammaga yozilgan ijroga boʻlgan mutlaq huquqlar egalari oʻz huquqlaridan xabardor qilish uchun turdosh huquqlarning muhofaza belgisidan foydalanishlari mumkin boʻlib, bu belgi fonogrammaning har bir nusxasida va (yoki) u saqlanadigan har bir gʻilofda aks ettiriladi hamda quyidagi uch unsurdan iborat boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aylana ichidagi lotincha “P” harfi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutlaq turdosh huquqlar egasining ismi (nomi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fonogramma birinchi marta chop etilgan yil.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomi yoki ismi ushbu fonogrammada va (yoki) u saqlanadigan gʻilofda odatiy tarzda koʻrsatilgan yuridik yoki jismoniy shaxs, agar boshqacha hol isbotlanmagan boʻlsa, fonogrammani tayyorlovchi deb eʼtirof etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 46-moddasi.
(1074, 1075 va 1076-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijrochiga quyidagi huquqlar tegishlidir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ismiga boʻlgan huquq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijroni ijrochining shaʼni va qadr-qimmatiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan har qanday tarzda buzib koʻrsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz etilishidan himoya qilish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijrodan har qanday shaklda foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqlar, shu jumladan ijrochining ijrosidan foydalanishning har bir turi uchun haq olishga boʻlgan huquq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijrochining ijrodan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqlari quyidagi harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarga ruxsat berish huquqini anglatadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro yozuvini takrorlash (takrorlash huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro yozuvining asl nusxasi yoki nusxalarini sotish yoki mulk huquqini oʻzgacha tarzda boshqa shaxsga oʻtkazish yoʻli bilan tarqatish (tarqatish huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro yozuvini barchaning eʼtiboriga yetkazish (barchaning eʼtiboriga yetkazish huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro yozuvining asl nusxasi yoki nusxalarini, hatto ular ijrochining roziligi bilan tarqatilganidan keyin hamda asl nusxaga va nusxalarga boʻlgan mulk huquqidan qatʼi nazar, prokatga berish (prokatga berish huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari yozilmagan ijrolarni yozib olish (yozib olish huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijroni efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish, agar bunday eshittirish yoki koʻrsatuv uchun foydalaniladigan ijro ilgari efirga uzatilmagan boʻlsa yoki yozuvdan foydalanilgan holda amalga oshirilmasa (yozib olinmagan ijroni efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro yozuvini efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish, agar dastlab bu yozuv notijorat maqsadlar uchun tayyorlangan boʻlsa (ijro yozuvini efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish huquqi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ijro yozuvining nusxalari ularni sotish yoki mulk huquqini oʻzgacha tarzda boshqa shaxsga oʻtkazish vositasida fuqarolik muomalasiga qonuniy kiritilgan boʻlsa, ularning bundan buyongi tarqatilishiga ijrochining roziligisiz va unga haq toʻlanmagan holda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat vazifalarini yoki ish beruvchining xizmat topshirigʻini bajarish tartibida amalga oshirilgan ijrolarga nisbatan tegishincha ushbu Kodeksning 1062-moddasi qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijrochilar oʻz huquqlarini ijro etiladigan asarlar mualliflarining huquqlariga rioya etgan holda amalga oshirishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijro yozuvidan daromad olish maqsadida foydalanilganligi yoki undan foydalanish bunday maqsadga qaratilmaganligidan qatʼi nazar, ijro yozuvidan foydalanilgan deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 47-moddasi.
(1077-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1078-modda. Fonogrammani tayyorlovchining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fonogrammani tayyorlovchiga ushbu Kodeksga va boshqa qonunlarga muvofiq mazkur fonogrammadan foydalanishda mutlaq huquqlar tegishlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fonogrammani tayyorlovchining fonogrammadan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqlari quyidagi harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarga ruxsat berish huquqini anglatadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fonogrammani takrorlash (takrorlash huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fonogrammaning asl nusxasi yoki nusxalarini sotish yoki mulk huquqini oʻzgacha tarzda boshqa shaxsga oʻtkazish yoʻli bilan tarqatish (tarqatish huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fonogrammaning asl nusxasi yoki nusxalarini, hatto ular fonogrammani tayyorlovchi tomonidan yoki uning roziligi bilan tarqatilganidan keyin hamda uning asl nusxasi yoki nusxalariga boʻlgan mulk huquqidan qatʼi nazar, prokatga berish (prokatga berish huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fonogrammaning asl nusxasi yoki nusxalarini, shu jumladan fonogrammaga boʻlgan mutlaq huquqlar egasining roziligi bilan tayyorlangan nusxalarini tarqatish maqsadida import qilish (import qilish huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fonogrammani efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish (efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fonogrammaga tuzatishlar kiritish yoki uni boshqacha usulda qayta ishlash (qayta ishlash huquqi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fonogrammani tayyorlovchi oʻz fonogrammasidan foydalanishning har bir turi uchun haq olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar chop etilgan fonogramma nusxalari ularni sotish yoki mulk huquqini oʻzgacha tarzda boshqa shaxsga oʻtkazish vositasida fuqarolik muomalasiga qonuniy kiritilgan boʻlsa, ularning bundan buyongi tarqatilishiga fonogrammani tayyorlovchining roziligisiz va unga haq toʻlanmagan holda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fonogrammani tayyorlovchining ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan mutlaq huquqlari shartnoma boʻyicha boshqa shaxslarga oʻtkazilishi mumkin. Bunday shartnomaga nisbatan tegishincha ushbu Kodeksning 1067, 1068 va 1069-moddalari qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fonogrammalarni tayyorlovchilar oʻz huquqlarini foydalanilayotgan asarlar va ijrolar mualliflari hamda ijrochilarining huquqlariga rioya etgan holda amalga oshirishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fonogrammadan daromad olish maqsadida foydalanilganligi yoki undan foydalanish bunday maqsadga qaratilmaganligidan qatʼi nazar, fonogrammadan foydalanilgan deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 50-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1079-modda. Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotga oʻz koʻrsatuvi yoki eshittirishidan foydalanishda ushbu Kodeksga va boshqa qonunlarga muvofiq mutlaq huquqlar tegishlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning oʻz koʻrsatuvi yoki eshittirishidan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqlari quyidagi harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarga ruxsat berish huquqini anglatadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatuv yoki eshittirish yozuvini takrorlash (takrorlash huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatuv yoki eshittirish yozuvining asl nusxasi yoxud nusxalarini sotish yoki mulk huquqini oʻzgacha tarzda boshqa shaxsga oʻtkazish yoʻli bilan tarqatish (tarqatish huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatuv yoki eshittirishni yozib olish (yozib olish huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kirish pulli joylarda koʻrsatuv yoki eshittirishni barchaning eʼtibori uchun yuborish (kirish pulli joylarda barchaning eʼtibori uchun yuborish huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatuv yoki eshittirishni retranslyatsiya qilish (retranslyatsiya huquqi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatuv yoki eshittirishni kabel orqali barchaning eʼtibori uchun yuborish yoxud koʻrsatuv yoki eshittirishni efirga uzatish (koʻrsatuv yoki eshittirishni kabel orqali yuborish yoki efirga uzatish huquqi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilot oʻz koʻrsatuvi yoki eshittirishidan foydalanishning har bir turi uchun haq olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan mutlaq huquqlari shartnoma boʻyicha boshqa shaxslarga oʻtkazilishi mumkin. Bunday shartnomaga nisbatan tegishincha ushbu Kodeksning 1067, 1068 va 1069-moddalari qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlar oʻz huquqlarini foydalaniladigan asarlarning mualliflari hamda ijrolarning ijrochilari huquqlariga, tegishli hollarda esa fonogrammalarni tayyorlovchilar hamda efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlar huquqlariga rioya etgan holda amalga oshirishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning koʻrsatuvi yoki eshittirishidan daromad olish maqsadida foydalanilganligidan yoki undan foydalanish bunday maqsadga qaratilmaganligidan qatʼi nazar, koʻrsatuv yoki eshittirishdan foydalanilgan deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi OʻRQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 52-moddasi.
(1078–1079-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
(1080–1081-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi OʻRQ-79-sonli Qonuni bilan chiqarilgan— OʻR QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.02 Ixtiroga boʻlgan huquq;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.03 Foydali modelga boʻlgan huquq;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.04 Sanoat namunasiga boʻlgan huquq]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62-bob. Sanoat mulkiga boʻlgan huquq (ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga boʻlgan huquq)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1082-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiro, foydali model va sanoat namunasiga boʻlgan huquq patent berilgan taqdirdagina muhofaza qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qoʻyiladigan, patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda vakolatli davlat organining bunday hujjat berish tartibi qonun bilan belgilab qoʻyiladi.
(1082-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 397-II-son “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1083-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent bilan muhofazalangan ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan oʻz xohishicha foydalanishdagi alohida huquq, shu jumladan muhofazalangan yechimlarni qoʻllangan holda mahsulot ishlab chiqarish, patent bilan muhofazalangan texnologik jarayonlarni oʻz ishlab chiqarishida qoʻllash, muhofazalangan yechimga ega boʻlgan mahsulotlarni sotish yoki sotishga taklif etish, tegishli mahsulotlarni chetdan keltirish huquqi patent egasiga tegishlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent egasidan boshqa shaxslar uning ruxsatisiz ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanishga haqli emas, bunday foydalanish ushbu Kodeks yoki boshqa qonunga muvofiq patent egasining huquqlarini buzish hisoblanmaydigan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patentlangan ixtironi, foydali model yoki sanoat namunasini qoʻllangan holda mahsulotni ruxsatsiz tayyorlash, qoʻllanish, chetdan olib kelish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritish yoki shu maqsadda saqlash, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qoʻllanish yoxud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul vositasidagina tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlash patent egasi alohida huquqining buzilishi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqacha holat isbotlangunga qadar mahsulot patentlangan usul bilan tayyorlangan hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 397-II-son “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1084-modda. Patentga boʻlgan huquqni tasarruf etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent olish huquqi, talabnomani roʻyxatdan oʻtkazishdan kelib chiqadigan huquqlar, patentga egalik huquqi va patentdan kelib chiqadigan huquqlar boshqa shaxsga toʻliq yoki qisman berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1085-modda. Mualliflik huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga mualliflik huquqi va maxsus nom berish huquqi ixtiro, foydali model, sanoat namunasining muallifiga tegishlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga boʻlgan mualliflik huquqi va boshqa shaxsiy huquqlar patentga asoslangan huquqlar yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran vujudga keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi muallifini qonun maxsus huquqlar, imtiyozlar va ijtimoiy tusdagi afzalliklar bilan taʼmin etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnomada muallif tariqasida koʻrsatilgan shaxs boshqacha holat isbotlangunga qadar muallif hisoblanadi. Huquq yuzaga kelishidan avval mavjud boʻlgan faktlar va holatlargina dalil tariqasida jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1086-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasining hammualliflari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi hammualliflarining oʻzaro munosabatlari ular oʻrtasidagi kelishuv bilan belgilab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasini yaratishga noijodiy yordam berish (texnikaviy, tashkiliy yoki matematik yordam, huquqlarni rasmiylashtirishga koʻmaklashish va hokazolar) hammualliflikka sabab boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1087-modda. Xizmat ixtirolari, foydali modellari, sanoat namunalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodim oʻz xizmat majburiyatlarini yoki ish beruvchidan olgan aniq topshiriqni bajarish vaqtida yaratgan ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga (xizmat ixtirosiga) patent olish huquqi, basharti bu ular oʻrtasidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, ish beruvchiga tegishli boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat ixtirosi, foydali modeli, sanoat namunasi uchun muallifga toʻlanadigan mukofot puli miqdori, toʻlov sharti va tartibi u bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuv bilan belgilab qoʻyiladi. Kelishuvga erishilmagan taqdirda qarorni sud chiqaradi. Basharti muallif va ish beruvchining xizmat ixtirosi, foydali modeli yoki sanoat namunasini yaratishga qoʻshgan hissasini aniq belgilashning iloji boʻlmasa, ish beruvchi olgan yoki oladigan foydaning yarmisiga boʻlgan huquq muallifniki deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1088-modda. Patentga boʻlgan huquqni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomaning shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patentga boʻlgan huquqni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi (patentni berish toʻgʻrisidagi) shartnoma yozma shaklda tuzilishi va vakolatli davlat organida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. Uni yozma shaklda tuzishga yoki roʻyxatdan oʻtkazish talabiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emas deb topilishiga sabab boʻladi.
(1088-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1089-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish ruxsatnomasining (litsenziya- sining) shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya shartnomasi va qoʻshimcha litsenziya shartnomasi yozma shaklda tuziladi va vakolatli davlat organida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. Uni yozma shaklda tuzishga yoki roʻyxatdan oʻtkazish talabiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emas deb topilishiga sabab boʻladi.
(1089-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patentni buzish patent egasining talabi bilan toʻxtatilishi, qoidabuzar esa patent egasiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart. Patent egasi zararlarning qoplanishi oʻrniga qoidabuzardan qonunda belgilangan miqdorda va tartibda tovon toʻlashini talab qilishga haqlidir.
(1090-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-959-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/959/0698-son — 2024-yil 12-dekabrdan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisida nizom, Ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalari I-bobi (22.03.2004-y. roʻyxat № 1329), Foydali modelga Oʻzbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalari I-bobi (29.04.2004-y. roʻyxat № 1343), Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 11-yanvardagi 2-mh-sonli “Sanoat namunasiga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3490, 11.01.2024-y.), Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash qoidalari (roʻyxat raqami 1937, 07.04.2009-y.), Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-sonli qarori bilan tasdiqlangan Patent vakillari toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.05.00 Oʻsimliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga boʻlgan huquq]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63-bob. Oʻsimliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga boʻlgan huquq
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1091-modda. Oʻsimliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga boʻlgan huquqlarni muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻsimliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga (seleksiya yutuqlariga) boʻlgan huquqlar patent berilgan taqdirdagina muhofaza qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seleksiya yutugʻiga patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda bunday patentni berish tartibi qonun bilan belgilab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seleksiya yutuqlariga boʻlgan huquqlar hamda bu huquqlarni muhofaza qilish bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan, basharti ushbu bobning qoidalari va qonunda oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksning tegishincha 1084 –– 1090-moddalari qoidalari tadbiq etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 395-II-son “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2017-yil 6-noyabrdagi 26-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Seleksiya yutugʻi patentining amal qilishini tiklash Qoidalari”, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2014-yil 16-iyundagi 155-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Naslchilik sohasida seleksiya, biotexnologiya va irsiyat-muhandislik usullarini qoʻllanish shartlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 25-dekabrdagi 24-mh-sonli “Seleksiya yutugʻiga patent berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3486, 25.12.2023-y.).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1092-modda. Seleksiya yutugʻi muallifining haq olish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seleksiya yutugʻining patent egasi boʻlmagan muallifi seleksiya yutugʻidan foydalanganlik uchun patentning amal qilish muddati davomida patent egasidan haq olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seleksiya yutugʻi muallifiga toʻlanadigan haq miqdori va toʻlov shartlari u bilan patent egasi oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1093-modda. Patent egasining huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seleksiya yutugʻi patentining egasi seleksiya yutugʻidan qonunda belgilab qoʻyilgan doirada foydalanish boʻyicha alohida huquqqa egadir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 395-II-son “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 30 — 33-moddalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1094-modda. Patent egasining majburiyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seleksiya yutugʻi patentining egasi oʻsimlikning tegishli navi yoki hayvonlarning tegishli zotini patentning amal qilish muddati davomida ularni roʻyxatga olish vaqtida tuzilgan nav yoki zot tavsifida aytib oʻtilgan belgilar saqlab qolinadigan tarzda asrashi shart.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.06.00 Ochilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan himoya qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64-bob. Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1095-modda. Oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchinchi shaxslarga maʼlum boʻlmagan texnikaviy, tashkiliy yoki tijorat axborotiga, shu jumladan ishlab chiqarish sirlariga (nou-xau) qonunan ega boʻlib turgan shaxs uni (oshkor etilmagan axborotni), basharti ushbu Kodeksning 98-moddasida belgilab qoʻyilgan shartlarga rioya etilgan boʻlsa, noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqi bu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni roʻyxatdan oʻtkazish, guvohnoma olish va hokazodan) qatʼi nazar vujudga keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish qoidasi qonunga muvofiq xizmat yoki tijorat siri boʻla olmaydigan maʼlumotlarga (yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi, mol-mulkka boʻlgan huquqlar va mol-mulk xususida tuzilib, davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan kelishuvlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etiladigan maʼlumotlar va hokazolarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish huquqi ushbu Kodeksning 98-moddasida nazarda tutilgan shartlar saqlanib turgan paytga qadar amal qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-sentabrdagi OʻRQ-374-son “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 530-II-son “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1096-modda. Oshkor etilmagan axborotdan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asosi boʻlmay turib olgan yoki tarqatgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs bu axborotga qonunan ega boʻlib turgan shaxsga axborotdan noqonuniy foydalanganlik natijasida yetkazilgan zararni toʻlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oshkor etilmagan axborotdan noqonuniy foydalanayotgan shaxs bu axborotni uni tarqatishga huquqi boʻlmagan shaxsdan olgan boʻlsa, axborotni qoʻlga kirituvchi shaxs bundan bexabar boʻlsa va buni bilmasligi kerak boʻlsa (axborotni insofli egallovchi), oshkor etilmagan axborotning qonuniy egasi axborotni insofli egallovchi axborotdan foydalanayotganligi noqonuniy ekanligini bilib qolganidan soʻng oshkor etilmagan axborotdan foydalanganlik natijasida yetkazilgan zararlarni qoplashni undan talab qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oshkor etilmagan axborotga qonunan ega boʻlib turgan shaxs bu axborotdan noqonuniy foydalanayotgan shaxsdan axborotdan foydalanishni darhol toʻxtatishni talab qilishga haqlidir. Biroq sud oshkor etilmagan axborotni insofli egallovchi undan foydalanganda sarflagan mablagʻlarini inobatga olib, bu axborotdan haq toʻlab olinadigan alohida litsenziya asosida bundan buyon ham foydalanishiga ruxsat etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi maʼlumotlarni mustaqil tarzda va qonunan olgan shaxs bu maʼlumotlardan, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining huquqlaridan qatʼi nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanish uchun uning oldida javob bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1097-modda. Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqining boshqa shaxsga oʻtishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oshkor etilmagan axborotga ega boʻlgan shaxs bu axborot mazmunini tashkil etuvchi maʼlumotlarning hammasini yoki bir qismini litsenziya shartnomasi asosida boshqa shaxsga berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziat shartnoma boʻyicha olgan axborotlarning maxfiyligini muhofaza qilishga doir kerakli choralarni koʻrishi shart va uni uchinchi shaxslarning noqonuniy foydalanishidan muhofaza qilishda litsenziarniki singari huquqlarga ega. Shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, axborotlarning maxfiyligini saqlash majburiyati, basharti tegishli maʼlumotlar oshkor etilmagan axborot tariqasida qolaversa, litsenziya shartnomasi bekor boʻlganidan keyin ham litsenziatning zimmasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65-bob. Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni shaxsiylashtirish vositalari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Firma nomi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1098-modda. Firma nomiga boʻlgan huquq
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs tovarlarda, ularning idishi va oʻrovida, reklamada, peshlavhalarda, bosma maʼlumotnomalarda, hisobvaraqlarda, bosma nashrlarda, rasmiy blankalarda va oʻzining faoliyati bilan bogʻliq boshqa hujjatlarda, shuningdek mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkazilayotgan koʻrgazma va yarmarkalarda namoyish etish vaqtida firma nomidan foydalanishda alohida huquqqa ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxsning firma nomi uning taʼsis hujjatlarida koʻrsatiladi. Firma nomiga boʻlgan huquq yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan eʼtiboran yuzaga keladi.
(1098-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasi 2006-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-52-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 371-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxsning firma nomi tegishli yuridik shaxslarni aynan bir deb hisoblashga olib kelishi mumkin boʻlgan darajada avval roʻyxatdan oʻtkazilgan nomga oʻxshab ketadigan boʻlsa, u roʻyxatga olinishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-51-son “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3 — 5-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 65-sonli “Firma nomlarini berish va ulardan foydalanish tartiblarini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ning 11-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1099-modda. Yuridik shaxsning firma nomidan tovar belgisida foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxsning firma nomidan unga tegishli tovar belgisida foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1100-modda. Firma nomiga boʻlgan huquqning amal qilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxsning belgisi tariqasida Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan nomga boʻlgan alohida huquq Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet davlatda roʻyxatga olingan yoki umum eʼtirof etgan nomga Oʻzbekiston Respublikasi hududida alohida huquq qonunda nazarda tutilgan hollardagina amal qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-51-son “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Firma nomiga boʻlgan huquqning amal qilishi yuridik shaxs tugatilishi bilan yoki uning firma nomi oʻzgarishi bilan bekor boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1101-modda. Firma nomiga boʻlgan huquqni boshqa shaxsga berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxsning firma nomiga boʻlgan huquqni boshqa shaxsga berish va oʻtkazishga faqat yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hamda umuman korxona boshqa shaxsga berilgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Firma nomiga boʻlgan huquq egasi boshqa shaxsga oʻzining bu nomidan foydalanishga ruxsat etishi (litsenziya berishi) mumkin. Biroq bunda litsenziya shartnomasida isteʼmolchini chalgʻitib qoʻyishni istisno etuvchi choralar shart qilib qoʻyilishi lozim.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.02.00 Tovar belgisi (Xizmat koʻrsatish belgisi)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1102-modda. Tovar belgisini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) uni roʻyxatdan oʻtkazish asosida huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga boʻlgan huquq tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi.
(1102-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 267-II-son “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 480-son “Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ning 11-bandi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 18-sentabrdagi OʻRQ-51-son “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1103-modda. Tovar belgisidan foydalanish va uning daxlsizligi huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga boʻlgan huquq egasi oʻziga tegishli belgidan foydalanishda va uni tasarruf etishda alohida huquqqa ega. Tovar belgisiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritishdan iborat alohida huquq ham tovar belgisiga boʻlgan huquq egasiga tegishlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini Qonunda belgilangan tartibda har qanday tarzda muomalaga kiritish undan foydalanish deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini nashr etganda, uni koʻpchilik oldida ijro etganda yoki undan oʻzgacha tarzda foydalanganda tovar belgisining oʻziga ham, uning belgilariga ham biror-bir oʻzgartishlar kiritishga faqat unga boʻlgan huquq egasining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisining daxlsizligiga boʻlgan huquq tovar belgisiga boʻlgan huquq egasiga tegishlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 267-II-son “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasi.
(1103-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisidan oxirgi uch yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi hududida uzrli sababsiz uzluksiz foydalanilmagan taqdirda, uning roʻyxatdan oʻtkazilganligi istalgan manfaatdor shaxsning talabi boʻyicha sudning qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin.
(1104-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
(Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuniga asosan 1104-modda ikkinchi qismining chiqarilish sanasi — 2026-yil 8-avgust — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1105-modda. Tovar belgisiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomada koʻrsatilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarning barcha guruhlariga yoki bir qismiga nisbatan tovar belgisiga boʻlgan huquqni uning egasi shartnoma asosida boshqa shaxsga berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga boʻlgan huquqni, basharti u tovar yoki uning tayyorlovchisi haqida chalgʻishga sabab boʻlishi mumkin boʻlsa, boshqa shaxsga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtishi, shu jumladan uni shartnoma asosida yoki huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga berish vakolatli davlat organida roʻyxatdan oʻtkazilmogʻi lozim.
(1105-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 267-II-son “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 30-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1106-modda. Tovar belgisiga boʻlgan huquqni boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi shartnomaning shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga boʻlgan huquqni boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi yoki litsenziya berish haqidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi va vakolatli davlat organida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
(1106-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma shaklga va roʻyxatdan oʻtkazish talabiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emas deb topilishiga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1107-modda. Tovar belgisiga boʻlgan huquqni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxs qoidabuzarlikni toʻxtatishi va tovar belgisining egasiga yetkazilgan zararni toʻlashi shart. Tovar belgisining egasi tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi oʻrniga qonunda belgilangan miqdorda va tartibda tovon toʻlashini talab qilishga haqlidir.
(1107-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-959-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/959/0698-son — 2024-yil 12-dekabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanilgan holda ishlab chiqarilgan tovarlar hamda ularning oʻrovlari va yorliqlari qoidabuzar hisobidan olib qoʻyilishi hamda yoʻq qilinishi lozim.
(1107-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 10-noyabr)
(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ-1080-sonli Qonuniga asosan 1107-moddaning uchinchi qismining chiqarilish sanasi 2025-yil 10-noyabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11071-modda. Tovar belgisiga doir mutlaq huquqning tugashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bevosita tovar belgisining egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan fuqarolik muomalasiga qonuniy tarzda kiritilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqa shaxslarning foydalanishi mazkur tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi boʻlmaydi.
(11071-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktorining 2017-yil 15-maydagi 19-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Tovar belgisini milliy roʻyxatdan oʻtkazishni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishga almashtirish qoidalari”.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.03.00 Tovarning kelib chiqish joyi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Tovar chiqarilgan joy nomi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1108-modda. Tovar chiqarilgan joy nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar chiqarilgan joy nomi uni roʻyxatga olish asosida huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa joʻgʻrofiy obyektning tovarni belgilash uchun ishlatiladigan nomi alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan ana shu joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va bu omillarning oʻzaro birikmasi bilan belgilanadigan tovar chiqarilgan joy nomi (kelib chiqish koʻrsatkichi) deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joʻgʻrofiy obyektning tarixiy nomi tovar chiqarilgan joyning nomi boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garchi joʻgʻrofiy obyektning nomi boʻlsa-da yoki shu nomni oʻz tarkibiga olgan boʻlsa-da, ammo Oʻzbekiston Respublikasida muayyan turdagi tovarning u tayyorlangan joy bilan bogʻliq boʻlmagan belgisi sifatida umumiy isteʼmolga kirib ketgan belgi tovar chiqarilgan joy nomi deb eʼtirof etilmaydi va ushbu paragraf qoidalariga muvofiq huquqiy muhofaza maqsadlarida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi. Biroq bu hol bunday nomdan insofsizlik bilan foydalanish natijasida huquqi buzilgan shaxsni oʻz huquqlarini qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan muhofaza qilish imkoniyatidan mahrum etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar chiqarilgan joy nomini vakolatli davlat organi roʻyxatdan oʻtkazadi.
(1108-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatga olish asosida tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatga olish, guvohnoma berish, roʻyxatga olishni haqiqiy emas deb topish hamda roʻyxatga olish va guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish tartibi va shartlari qonun bilan belgilab qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 267-II-son “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1109-modda. Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs bu nomni tovarda, idish va oʻrovda, reklamada, bosma maʼlumotnomalarda, hisobvaraqlarda ishlatish hamda ushbu tovarning fuqarolik muomalasiga kiritilishi munosabati bilan joy nomidan boshqacha tarzda foydalanishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar chiqarilgan joyning nomi ushbu Kodeks 1108-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida aytib oʻtilgan talablarga javob beradigan tovarni belgilash uchun bir necha shaxs tomonidan ham birgalikda, ham bir-biridan mustaqil tarzda roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin. Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi ana shu shaxslarning har biriga tegishlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishga, uni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi boshqa bitimlarga va uni litsenziya asosida foydalanish uchun berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 267-II-son “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1110-modda. Tovar chiqarilgan joy nomini huquqiy jihatdan muhofaza etishning amal qilish sohasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida uning hududidagi tovarlar chiqarilgan joylarning nomlari huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa davlatdagi tovar chiqarilgan joy nomi, basharti bu nom tovar chiqarilgan mamlakatda, shuningdek ushbu Kodeksga muvofiq vakolatli davlat organida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
(1110-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi OʻRQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1111-modda. Tovar chiqarilgan joy nomidan qonunga xilof foydalanganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs, shuningdek isteʼmolchilar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bu nomdan qonunga xilof foydalanayotgan shaxsdan nomdan foydalanishni toʻxtatish, tovardan, uning idishi va oʻrovidan, blankalar va boshqa hujjatlardan qonunga xilof foydalanilayotgan nomni yoki nom bilan adashtiradigan tarzda juda oʻxshash belgini yoʻqotishni, tayyorlab qoʻyilgan nom tasvirlarini va nom bilan adashtiradigan tarzda oʻxshash belgilarni yoʻq qilib tashlashni, basharti buning iloji boʻlmasa tovarni va (yoki) idish va oʻrovni olib qoʻyish hamda yoʻq qilib tashlashni talab qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs bu huquqni buzuvchidan oʻziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir.
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Meros huquqi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V boʻlim. Vorislik huquqi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.16.00.00 Meros huquqi / 03.16.01.00 Umumiy qoidalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66-bob. Vorislik toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1112-modda. Vorislik asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vorislik vasiyat va qonun boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun boʻyicha vorislik vasiyat mavjud boʻlmasa yoxud butun merosning taqdirini belgilamasa, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan boshqa hollarda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy sud plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 5-son “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan, uning oʻlimidan keyin ham bekor boʻlmaydigan barcha huquq va majburiyatlar meros tarkibiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan huquq va majburiyatlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs hisoblangan tijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga aʼzolik, ularda ishtirok etish huquqlari, agar qonun yoki shartnomada boshqa hol belgilangan boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayotga yoki sogʻliqqa yetkazilgan zarar uchun tovon undirish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aliment majburiyatlari tufayli yuzaga kelgan huquqlar va majburiyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat va ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisidagi qonunchilik asosida pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar olish huquqi;
(1113-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkiy huquqlar bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy nomulkiy huquqlar meros tarkibiga kirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy boyliklar merosxoʻrlar tomonidan amalga oshirilishi va himoya qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy sud plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 05-son “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 3, 4-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1114-modda. Umumiy birgalikdagi mulk boʻlgan mol-mulkni meros qilib olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchisining oʻlimi umumiy mol-mulkka boʻlgan huquqdagi uning ulushini aniqlash va ushbu Kodeksning 226-moddasida belgilangan tartibda umumiy mol-mulkni taqsimlash yoxud undan vafot etgan ishtirokchining ulushini ajratish uchun asos boʻladi. Bu holda meros vafot etgan ishtirokchining ulushiga toʻgʻri keladigan umumiy mol-mulkka nisbatan ochiladi, mol-mulkni natura holida taqsimlashning imkoni boʻlmaganida esa — bunday ulushning qiymatiga nisbatan ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchisi umumiy mol-mulkka boʻlgan huquqdagi oʻz ulushini vasiyat qilishga haqlidir, bu ulush uning vafotidan keyin ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1115-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni meros qilib olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni meros qilib olish, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ushbu Kodeks qoidalari bilan tartibga solinadi.
(1115-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi 662-II-son “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 13-moddasining oltinchi, sakkizinchi qismlari, 21-moddasi, 2021-yil 1-apreldagi OʻRQ-680-son “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1116-modda. Merosning ochilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros fuqaroning oʻlimi yoki uning sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilinishi oqibatida ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros qoldiruvchining oʻlgan kuni (zarurat boʻlganda payti ham), u vafot etgan deb eʼlon qilinganda esa, agar sudning qarorida boshqa muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi sudning qarori kuchga kiradigan kun meros ochilgan vaqt deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar biridan keyin boshqasi meros olishga haqli boʻlgan shaxslar bir kalendar sutka (yigirma toʻrt soat) ichida vafot etgan boʻlsalar, ular bir vaqtda vafot etgan deb hisoblanadilar, meros ularning har biridan keyin ochiladi va ulardan har birining merosxoʻrlari vorislikka chaqiriladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashab turgan joyi merosning ochilish joyi hisoblanadi. Agar meros qoldiruvchining oxirgi yashab turgan joyi nomaʼlum boʻlsa, meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning asosiy qismi turgan joy, koʻchmas mulk boʻlmagan taqdirda esa, koʻchar mulkning asosiy qismi turgan joy meros ochilgan joy deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros ochilgan paytda hayot boʻlgan fuqarolar, shuningdek meros qoldiruvchining hayotlik paytida homila holida boʻlgan va meros ochilgandan keyin tirik tugʻilgan bolalari vasiyat va qonun boʻyicha merosxoʻr boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros ochilgan paytda tuzilib boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek davlat va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ham vasiyat boʻyicha merosxoʻr boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros qoldiruvchini yoki ehtimol tutilgan merosxoʻrlardan birortasini qasddan oʻldirgan yoki ularning hayotiga suiqasd qilgan shaxslar vasiyat boʻyicha ham, qonun boʻyicha ham meros olish huquqiga ega emaslar. Vasiyat qiluvchi oʻz hayotiga suiqasd qilinganidan keyin vasiyatnoma bergan shaxslar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros qoldiruvchi oʻzining oxirgi xohish-irodasini amalga oshirishiga qasddan toʻsqinlik qilgan va shu orqali oʻzlarining yoki oʻzlariga yaqin shaxslarning vorislikka chaqirilishiga yoxud merosning oʻzlariga yoki oʻzlariga yaqin shaxslarga tegishli ulushi koʻpaytirilishiga imkon yaratgan shaxslar vasiyatnoma boʻyicha ham, qonun boʻyicha ham meros olish huquqiga ega emaslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalariga nisbatan ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan va meros ochilgan paytda bu huquqlari tiklanmagan ota-onalar ana shu bolalardan qolgan mulkka voris boʻlish huquqiga ega emaslar, shuningdek meros qoldiruvchiga taʼminlab turish yuzasidan qonunga koʻra zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlagan ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) va voyaga yetgan bolalar (farzandlikka olinganlar) qonun boʻyicha vorislik qilish huquqiga ega emaslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Noloyiq merosxoʻrlarni vorislikdan chetlatish uchun asos boʻladigan holatlar bunday chetlatish keltirib chiqaradigan vorislik bilan bogʻliq mulkiy oqibatlarga daxldor shaxsning daʼvosi boʻyicha sud tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda qoidalari vasiyat majburiyatiga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning qoidalari har qanday merosxoʻrlarga, shu jumladan majburiy hissa olish huquqiga ega boʻlgan merosxoʻrlarga ham taalluqlidir.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy sud plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 5-son “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.16.00.00 Meros huquqi / 03.16.02.00 Vasiyat boʻyicha meros]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67-bob. Vasiyat boʻyicha vorislik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaroning oʻziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb eʼtirof qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnoma shaxsan tuzilishi lozim. Vasiyatnomaning vakil orqali tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaro oʻzining barcha mol-mulkini yoki uning muayyan qismini qonun boʻyicha merosxoʻrlar doirasiga kiradigan, shuningdek kirmaydigan bir yoki bir necha shaxsga, shu bilan birga yuridik shaxslarga, davlatga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga vasiyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyat qiluvchi qonun boʻyicha merosxoʻrlardan bittasini, bir nechasini yoki hammasini izoh bermagan holda merosdan mahrum qilishga haqli. Qonun boʻyicha merosxoʻrni merosdan mahrum etish, agar vasiyatnomadan boshqa hol kelib chiqmasa, bu vasiyat qiluvchining taqdim etish huquqi boʻyicha vorislik qiladigan avlodlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros qoldiruvchi har qanday mol-mulk toʻgʻrisidagi farmoyishni oʻz ichiga oladigan vasiyatnoma tuzishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros qoldiruvchi vasiyat qilayotgan paytida oʻziga tegishli boʻlmagan mol-mulk toʻgʻrisidagi farmoyishni oʻz ichiga oladigan vasiyatnoma tuzishga haqli. Agar meros ochilgan paytga kelib, bunday mol-mulk unga tegishli boʻlib qolsa, tegishli farmoyish haqiqiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros qoldiruvchi vasiyatnoma tuzilganidan keyin uni istagan paytda bekor qilish va oʻzgartirish borasida erkin boʻlib, bunda bekor qilish yoki oʻzgartirish sabablarini koʻrsatishga majbur emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros qoldiruvchi oʻzi vasiyatnomada merosxoʻr etib tayinlagan shaxslarga, oʻz navbatida vafot etishlari ehtimoli bilan oʻzlariga vasiyat qilingan mol-mulkni muayyan tarzda tasarruf etish xususida koʻrsatma berish majburiyatini yuklashga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyat qiluvchi merosning olinishi uchun merosxoʻr xulq-atvorining xususiyatini qonuniy ravishda shart qilib qoʻyishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosxoʻrni tayinlash yoki vorislik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi farmoyishga kiritilgan gʻayriqonuniy shartlar haqiqiy boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnomaga kiritilgan boʻlib, merosxoʻr oʻz salomatligining ahvoliga koʻra yoki boshqa obyektiv sabablar tufayli bajara olmaydigan shartlar merosxoʻrning daʼvosi boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyat qiluvchi vasiyatnomada koʻrsatilgan merosxoʻr meros ochilgunga qadar vafot etishi, merosni qabul qilmasligi yoxud undan voz kechishi yoki noloyiq merosxoʻr sifatida ushbu Kodeksning 1119-moddasida nazarda tutilgan tartibda meros olishdan chetlashtirilishi ehtimolini, shuningdek vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻr meros qoldiruvchining qonuniy shartlarini bajarmasligi ehtimolini nazarda tutgan holda boshqa merosxoʻrni (vorisdan keyingi vorisni) tayinlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeksga muvofiq merosxoʻr boʻla oladigan har qanday shaxs vorisdan keyingi voris etib tayinlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻrning vorisdan keyingi voris zarariga merosdan voz kechishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1123-modda. Mol-mulkning vasiyat qilinmagan qismini meros qilib olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkning vasiyat qilinmagan qismi ushbu Kodeksning 1134 –– 1143-moddalarida nazarda tutilgan tartibda vorislikka chaqiriladigan qonun boʻyicha merosxoʻrlar oʻrtasida taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu merosxoʻrlar jumlasiga mol-mulkning boshqa qismi vasiyatnoma boʻyicha meros qilib qoldirilgan qonun boʻyicha vorislar ham kiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1124-modda. Vasiyatnomaning shakliga doir umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnoma yozilgan joyi va vaqti koʻrsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi vasiyatnomalar yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial tasdiqlangan vasiyatnomalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining oʻz qoʻli bilan imzolanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vasiyat qiluvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizligi tufayli vasiyatnomani oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan notarius yoki qonunga muvofiq vasiyatnomani tasdiqlaydigan boshqa shaxs hozir boʻlganida vasiyat qiluvchi oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligining sabablari koʻrsatilgan holda vasiyatnomaga boshqa shaxs imzo qoʻyishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar vasiyat qiluvchining oʻrniga vasiyatnomani imzolashi mumkin emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarius yoki vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vasiyatnoma kimning foydasiga tuzilgan yoki kimga nisbatan vasiyat majburiyati yuklatilgan boʻlsa, oʻsha shaxs, uning eri (xotini), bolalari, ota-onasi, nevaralari va chevaralari, shuningdek vasiyat qiluvchining qonun boʻyicha merosxoʻrlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq muomala layoqatiga ega boʻlmagan fuqarolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savodsizlar va vasiyatnomani oʻqiy olmaydigan boshqa shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yolgʻon guvohlik berganlik uchun muqaddam sudlangan shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1125-modda. Notarial tasdiqlangan vasiyatnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarial tasdiqlangan vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yozilgan yoki uning soʻzlaridan notarius tomonidan yozib olingan boʻlishi lozim. Vasiyatnomani vasiyat qiluvchi soʻzlaridan notarius tomonidan yozib olish paytida umumiy qabul qilingan texnika vositalaridan (yozuv mashinkasi, shaxsiy kompyuter va hokazolardan) foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyat qiluvchining soʻzlaridan notarius tomonidan yozib olingan vasiyatnomani imzolashdan oldin vasiyat qiluvchi uning matnini notarius oldida toʻliq oʻqib chiqishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vasiyat qiluvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizligi tufayli vasiyatnomani shaxsan oʻqiy olmasa, vasiyatnomaning matni vasiyat qiluvchiga notarius tomonidan oʻqib eshittiriladi, bu haqda vasiyatnomada tegishlicha qayd etilib, vasiyat qiluvchi vasiyatnomani shaxsan oʻqiy olmaganligining sabablari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyat qiluvchining xohishiga koʻra vasiyatnoma notarius tomonidan uning mazmuni bilan tanishib chiqilmasdan (maxfiy vasiyatnoma) tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxfiy vasiyatnomani vasiyat qiluvchi haqiqiy sanalmaslik xavfi ostida oʻz qoʻli bilan yozishi va imzolashi lozim. Vasiyatnoma ikki guvoh va notarius ishtirokida xatjildga solinib, xatjild yelimlanishi lozim, guvohlar oʻz familiyalari, ismlari, otalarining ismini va doimiy turar joylarini koʻrsatgan holda xatjildga imzo qoʻyadilar. Guvohlar imzo qoʻygan xatjild guvohlar va notariusning ishtirokida boshqa xatjildga solinadi va bu xatjild ham yelimlanadi, unga notarius tasdiqlash ustxatini yozib qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasalxonalar, gospitallar, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarida yashab turgan fuqarolarning ana shu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash muassasalarining bosh vrachlari, ularning davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari yoki navbatchi vrachlari, shuningdek gospitallarning boshliqlari, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarining direktorlari yoki bosh vrachlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
(1126-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi ostidagi kemalarda suzib yurgan vaqtidagi ana shu kemalarning kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qidiruv ekspeditsiyalari yoki shu kabi boshqa ekspeditsiyalardagi fuqarolarning ana shu ekspeditsiyalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchilarning, notariuslar boʻlmagan yerlarda joylashgan harbiy qismlarda esa, bu qismlarda ishlayotgan harbiy boʻlmagan fuqarolar, ularning oila aʼzolari va harbiy xizmatchilar oila aʼzolarining ham harbiy qismlarning komandirlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ozodlikdan mahrum etish joylarida yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarius boʻlmagan aholi punktlarida yashayotgan shaxslarning qonunga muvofiq notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan vasiyatnomalarga nisbatan ushbu Kodeksning 1125-moddasi qoidalari qoʻllaniladi, vasiyatnomani notarial tasdiqlash toʻgʻrisidagi talab bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 25-maydagi 111-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1127-modda. Vasiyatnomani bekor qilish va oʻzgartirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyat qiluvchi istalgan vaqtda oʻz vasiyatnomasini toʻlaligicha bekor qilishga yoxud unda mavjud boʻlgan ayrim vasiyat farmoyishlarini yangi vasiyatnoma tuzish orqali bekor qilishga, oʻzgartirishga yoki toʻldirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yoki vasiyat qiluvchining yozma farmoyishiga binoan notarius yoxud boshqa mansabdor shaxslar tomonidan uning barcha nusxalarini yoʻq qilib tashlash yoʻli bilan bekor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi vasiyatnoma tuzish orqali oldin tuzilgan vasiyatnoma toʻlaligicha yoki uning keyingi vasiyatnomaga zid boʻlgan qismi bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vasiyat qiluvchi tomonidan keyingi vasiyatnoma oʻz navbatida bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan boʻlsa, yangi vasiyatnoma tuzish orqali toʻlaligicha yoki qisman bekor qilingan oldingi vasiyatnoma qayta tiklanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notarius, vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa mansabdor shaxs, shuningdek vasiyat qiluvchining oʻrniga vasiyatnomani imzolagan fuqaro meros ochilgunga qadar vasiyatnomaning mazmuniga, uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishiga daxldor maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1129-modda. Vasiyatni talqin qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnoma notarius, vasiyatni ijro etuvchi yoki sud tomonidan talqin qilinganida undagi soʻzlar va iboralarning asl maʼnosi eʼtiborga olinadi. Vasiyatnomadagi biron-bir qoidaning asl maʼnosi noaniq boʻlsa, u boshqa qoidalar va umuman vasiyatnomaning mazmuni bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1130-modda. Vasiyatnomaning haqiqiy emasligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli shaklda tuzilmagan vasiyatnoma haqiqiy emas. Vasiyatnomaning haqiqiy emasligi ushbu Kodeksning bitimlar haqiqiy emasligi toʻgʻrisidagi qoidalarga ham asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnomaning haqiqiy emas deb topilishidan mulkiy oqibatlarga ega boʻladigan shaxsning daʼvosi boʻyicha vasiyatnoma uni tuzish, imzolash va tasdiqlashning ushbu Kodeksda belgilangan tartibi buzilishi natijasida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnomadagi ayrim farmoyishlarning haqiqiy emasligi vasiyatnomaning qolgan qismi haqiqiyligiga daxl qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnoma haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, ushbu vasiyatnomaga binoan merosdan mahrum boʻlgan merosxoʻr umumiy asoslarda meros olish huquqiga ega boʻladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy sud plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 5-son “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyat qiluvchi vasiyatnomaning ijro etilishini oʻzi vasiyatnomada koʻrsatgan, merosxoʻr hisoblanmaydigan shaxsga (vasiyatnomani ijro etuvchiga) topshirishi mumkin. Bu shaxsning vasiyatnomaning ijro etuvchisi boʻlishga roziligi uning oʻz qoʻli bilan vasiyatnomaga yozgan ustxatida yoki vasiyatnomaga ilova qilingan arizasida aks ettirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosxoʻrlar oʻzaro kelishib, vasiyatnomaning ijrosini merosxoʻrlardan biriga yoxud boshqa shaxsga topshirishga haqlidirlar. Bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda, vasiyatnomani ijro etuvchi bir yoki bir necha merosxoʻrning talabi bilan sud tomonidan tayinlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnomani ijro etuvchi vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻrlarni oldindan xabardor qilgan holda vasiyat qiluvchi tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan istagan vaqtda voz kechish huquqiga ega. Vasiyatnomani ijro etuvchi merosxoʻrlarning arizasiga binoan sudning chiqargan qarori bilan ham oʻz majburiyatlaridan ozod qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnomani ijro etuvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
merosni muhofaza qilishi va uni boshqarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha merosxoʻrlarni va vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilarni meros ochilganligi toʻgʻrisida hamda ular foydasiga vasiyat majburiyatlari toʻgʻrisida xabardor qilish uchun imkon qadar barcha chora-tadbirlarni koʻrishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meros qoldiruvchiga tegishli summalarni olishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meros qoldiruvchining xohish-irodasi va qonunga muvofiq merosxoʻrlarga ularga tegishli mol-mulkni berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
merosxoʻrlar zimmalariga yuklatilgan vasiyat majburiyatlarini ijro etishlarini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vasiyat majburiyatlarini bajarishi yoxud vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻrlardan vasiyat majburiyatlarini ijro etishlarini talab qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnomani ijro etuvchi merosni boshqarish hamda vasiyatnomani ijro etish bilan bogʻliq sud ishlarida va boshqa ishlarda oʻz nomidan qatnashishga haqli, shuningdek bunday ishlarda ishtirok etishga jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnomani ijro etuvchi oʻz majburiyatlarini merosni qarzlardan holi qilish, meros qoldiruvchiga tegishli summalarni undirish va barcha merosxoʻrlarning merosga egalik qilishga kirishishi uchun zarur boʻlgan oqilona muddat mobaynida amalga oshiradi. Har qanday holda ham koʻrsatilgan muddat meros ochilgan kundan boshlab bir yildan oshib ketmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnomani ijro etuvchi merosni boshqarish va vasiyatnomani ijro etish boʻyicha zarur xarajatlarni meros hisobidan undirish huquqiga ega. Vasiyatnomada uni ijro etuvchiga meros hisobidan haq toʻlash nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnoma ijro etib boʻlingach, vasiyatnomani ijro etuvchi merosxoʻrlarning talabiga binoan ularga hisobot taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyat qiluvchi vasiyat boʻyicha merosxoʻrning zimmasiga bir yoki bir necha shaxs (vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilar) foydasiga biron-bir majburiyatni (vasiyat majburiyatini) meros hisobidan bajarishni yuklashga haqli boʻlib, vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilar vasiyat majburiyati bajarilishini talab qilish huquqini oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun boʻyicha vorislar jumlasiga kiradigan, shuningdek kirmaydigan shaxslar ham vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilar boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchiga meros tarkibiga kiradigan ashyoni mulk qilib yoki boshqa ashyoviy huquq qilib berish, meros tarkibiga kirmaydigan mol-mulkni uning uchun sotib olish va unga berish, uning uchun muayyan ishni bajarish, unga muayyan xizmatlar koʻrsatish va hokazolar vasiyat majburiyati narsasi boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyat qiluvchi tomonidan zimmasiga vasiyat majburiyatini bajarish vazifasi yuklatilgan merosxoʻr bu vazifani oʻziga oʻtgan merosning meros qoldiruvchi qarzlarining oʻzi toʻlashi lozim boʻlgan qismini chegirib tashlagandan keyin qoladigan haqiqiy qiymati doirasidagina bajarishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar zimmasiga vasiyat majburiyati yuklatilgan merosxoʻr merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega boʻlsa, uning vasiyat majburiyatini bajarish vazifasi oʻziga oʻtgan meros qiymatining majburiy ulush miqdoridan ortiq boʻlgan qismi bilan chegaralanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyat majburiyati barcha yoki bir necha merosxoʻr zimmasiga yuklatilgan hollarda, agar vasiyatnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ularning har biri vasiyat majburiyatini merosdagi oʻz ulushiga mutanosib ravishda bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyat qiluvchi meros sifatida uy-joy, kvartira yoki boshqa turar joyni oladigan merosxoʻr zimmasiga turar joyni yoki uning bir qismini boshqa shaxsga umrbod foydalanish uchun berib qoʻyish majburiyatini yuklashga haqli. Turar joyga boʻlgan mulk huquqi keyinchalik boshqa shaxsga oʻtganida ham umrbod foydalanish huquqi oʻz kuchida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turar joydan umrbod foydalanish huquqi boshqa shaxsga oʻtkazilmaydi, oʻzgaga berilmaydi va vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchining merosxoʻrlariga oʻtmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchiga berilgan turar joydan umrbod foydalanish huquqi, agar vasiyatnomada boshqacha tartib koʻrsatilgan boʻlmasa, uning oila aʼzolari mazkur turar joyda yashashi uchun asos hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zimmasiga vasiyat majburiyati yuklatilgan merosxoʻr vafot etgan yoki u merosni qabul qilib olmagan taqdirda, vasiyat majburiyatini bajarish uning ulushini olgan boshqa merosxoʻrlarga yoxud, agar mol-mulk egasiz boʻlib qolsa, davlatga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi meros ochilgunga qadar yoki meros ochilgandan keyin, ammo vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻr vasiyat majburiyatini qabul qilib olishga ulgurgan paytga qadar vafot etgan taqdirda vasiyat majburiyati bajarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi meros qoldiruvchining qarzlari uchun javobgar boʻlmaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy sud plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 5-son “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 9-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1133-modda. Majburiyat yuklash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyat qiluvchi vasiyat boʻyicha merosxoʻr zimmasiga biron-bir harakatni sodir etish yoki sodir etishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklab, bu majburiyatni bajarishni kreditor sifatida talab qilish huquqini hech kimga bermasligi mumkin. Umumiy foydali maqsadni amalga oshirish uchun vasiyatnomani ijro etuvchining zimmasiga xuddi shunday majburiyat yuklatilib, bu majburiyatni bajarish uchun meros qoldiruvchi tomonidan mol-mulkning bir qismi ajratilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkiy xususiyatga ega boʻlgan xatti-harakatni sodir etishdan iborat majburiyatga nisbatan tegishincha ushbu Kodeksning 1132-moddasida bayon etilgan qoidalar qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ushbu Kodeksga muvofiq, majburiyatni bajarish zimmasida boʻlgan merosxoʻrga tegishi lozim boʻlgan yoki unga qarashli boʻlgan meros ulushi boshqa merosxoʻrga oʻtsa, majburiyatni bajarish bekor boʻladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.16.00.00 Meros huquqi / 03.16.03.00 Qonun boʻyicha meros]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68-bob. Qonun boʻyicha vorislik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1134-modda. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun boʻyicha merosxoʻrlar vorislikka ushbu Kodeksning 1135 ––1141-moddalarida nazarda tutilgan navbat tartibida chaqiriladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun boʻyicha vorislikda farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari, bir tarafdan, farzandlikka oluvchi shaxs va uning qarindoshlari, ikkinchi tarafdan, tugʻishgan qarindoshlarga tenglashtiriladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzandlikka olinganlar va ularning avlodlari farzandlikka olingan shaxsning ota-onasi hamda buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari vafot etganidan keyin qonun boʻyicha meros olmaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzandlikka olingan shaxsning ota-onasi hamda buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari vafot etganidan keyin qonun boʻyicha meros olmaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun boʻyicha vorislarning har bir navbati avvalgi navbatdagi merosxoʻrlar boʻlmagan, merosdan chetlashtirilgan, merosni qabul qilmagan yoxud undan voz kechgan taqdirda vorislik huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1135-modda. Qonun boʻyicha birinchi navbatdagi vorislar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun boʻyicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega boʻladilar. Meros qoldiruvchining vafotidan keyin tugʻilgan bolalari ham birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros qoldiruvchining tugʻishgan hamda ona (ota) bir ota (ona) boshqa aka-ukalari va opa-singillari, shuningdek uning ham ota, ham ona tarafdan bobosi va buvisi teng ulushlarda qonun boʻyicha ikkinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros qoldiruvchining tugʻishgan amakisi, togʻasi, ammasi va xolasi teng ulushlarda qonun boʻyicha uchinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros qoldiruvchining oltinchi darajagacha (oltinchi daraja ham shunga kiradi) boʻlgan boshqa qarindoshlari qonun boʻyicha toʻrtinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega boʻladilar, bunda yaqinroq qarindoshlar uzoqroq qarindoshlarga nisbatan meros olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vorislikka chaqiriladigan toʻrtinchi navbatdagi vorislar teng ulushlarda meros oladilar.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy sud plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 5-son “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1139-modda. Qonun boʻyicha beshinchi navbatdagi vorislik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari, agar ular ushbu Kodeksning 1141-moddasi asosida meros olmasalar, qonun boʻyicha beshinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega boʻladilar.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy sud plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 5-son “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1140-modda. Taqdim qilish huquqi boʻyicha vorislik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdim qilish huquqi boʻyicha vorislik qonun boʻyicha merosxoʻr meros ochilgunga qadar vafot etgan taqdirda, unga tegishli ulush uning avlodlariga oʻtishini nazarda tutadi, bunda ulush taqdim qilinayotgan qonun boʻyicha merosxoʻr bilan bir xil darajada qarindosh boʻlgan avlodlar oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bola, nevara, chevara, evara merosxoʻrligida taqdim qilish huquqi qarindoshlik darajasi cheklanmagan holda amal qiladi, yon qarindoshlik boʻyicha merosxoʻrlikda taqdim qilish huquqiga meros qoldiruvchining tugʻishgan aka-ukalari (opa-singillari) nomidan uning jiyanlari yoxud meros qoldiruvchining tugʻishgan amakisi (togʻasi) yoki ammasi (xolasi) nomidan uning amakivachchalari (togʻavachchalari) va ammavachchalari (xolavachchalari) ega boʻladilar.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy sud plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 5-son “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 14-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11401-modda. Merosni qabul qilib olish huquqining oʻtishi (meros transmissiyasi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vasiyatnoma boʻyicha yoki qonun boʻyicha vorislikka chaqirilgan merosxoʻr meros ochilganidan keyin uni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan boʻlsa, unga tegishi kerak boʻlgan merosni qabul qilib olish huquqi uning qonun boʻyicha merosxoʻrlariga, agar barcha meros mol-mulk vasiyat qilingan boʻlsa, uning vasiyat boʻyicha merosxoʻrlariga oʻtadi (meros transmissiyasi). Meros transmissiyasi tartibida merosni qabul qilib olish huquqi bunday merosxoʻrning vafotidan keyin ochilgan meros tarkibiga kirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vafot etgan merosxoʻrga tegishli merosni qabul qilib olish huquqi uning merosxoʻrlari tomonidan umumiy asoslarda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosxoʻrning ushbu Kodeksning 1142-moddasida nazarda tutilgan merosning bir qismini majburiy ulush sifatida qabul qilib olish huquqi uning merosxoʻrlariga oʻtmaydi.
(11401-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy sud plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 5-son “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1141-modda. Meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil uning qaramogʻida boʻlgan va u bilan birgalikda yashagan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar qonun boʻyicha merosxoʻrlar jumlasiga kiradi. Qonun boʻyicha boshqa merosxoʻrlar boʻlgan taqdirda, mehnatga qobiliyatsiz boqimlar vorislikka chaqirilayotgan navbatning merosxoʻrlari bilan birgalikda meros oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeksning 1136 –– 1138-moddalarida koʻrsatilgan qonun boʻyicha merosxoʻrlar jumlasiga mansub boʻlgan, biroq vorislikka chaqiriladigan navbatning merosxoʻrlari doirasiga kirmaydigan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar, meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashagan-yashamaganliklaridan qatʼi nazar, agar meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil uning qaramogʻida turgan boʻlsalar, ana shu vorislikka chaqiriladigan navbatning merosxoʻrlari bilan birgalikda meros oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun boʻyicha boshqa merosxoʻrlar boʻlgan taqdirda, ushbu modda asosida vorislikka chaqiriladigan shaxslarning hammasi birgalikda koʻpi bilan merosning toʻrtdan bir qismini meros qilib oladilar.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy sud plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 5-son “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 16, 17-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros qoldiruvchining voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz bolalari, shu jumladan farzandlikka olgan bolalari, shuningdek mehnatga qobiliyatsiz eri (xotini) va ota-onasi, shu jumladan uni farzandlikka olganlar, vasiyatnomaning mazmunidan qatʼi nazar, qonun boʻyicha voris boʻlganlarida ulardan har biriga tegishi lozim boʻlgan ulushning kamida yarmini (majburiy ulush) meros qilib oladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy ulush olish huquqiga ega boʻlgan merosxoʻr biron-bir asos boʻyicha merosdan oladigan hamma narsa, shu jumladan oddiy uy jihozlari va roʻzgʻor buyumlaridan iborat mol-mulkning qiymati ham, bunday merosxoʻr foydasiga qilingan vasiyat majburiyatining qiymati ham majburiy ulushga qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega boʻlgan merosxoʻr uchun vasiyatnomada belgilangan har qanday cheklashlar va shartlar unga tegadigan merosning majburiy ulushdan ortiqcha qismiga nisbatangina haqiqiydir.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy sud plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 5-son “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining uchinchi xatboshisi, 12-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1143-modda. Meros olishda erning (xotinning) huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyatnoma yoki qonun boʻyicha erga (xotinga) tegishli boʻlgan vorislik huquqi uning meros qoldiruvchi bilan nikohdagi holatiga bogʻliq boshqa mulkiy huquqlariga, shu jumladan nikohda boʻlib, birgalikda orttirilgan mol-mulkning muayyan qismiga nisbatan boʻlgan mulk huquqiga daxl qilmaydi.
(1143-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1144-modda. Qonun boʻyicha meros olinganida merosni muhofaza qilish va uni boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkning bir qismi vasiyatnoma boʻyicha meros qilib olingan taqdirda, meros qoldiruvchi tomonidan tayinlangan vasiyatnoma ijrochisi butun merosni, shu jumladan uning qonun boʻyicha vorislik tartibida oʻtadigan qismini ham muhofaza qiladi va boshqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeksning 1131-moddasiga muvofiq vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻrlar yoki sud tomonidan tayinlangan vasiyatnoma ijrochisi, agar qonun boʻyicha merosxoʻrlar merosning qonun boʻyicha vorislik qilish tartibida oʻtadigan qismiga nisbatan koʻrsatilgan majburiyatlarni ijro etish uchun meros boshqaruvchisini tayinlashni talab qilmasalar, umuman butun merosni muhofaza qilish hamda uni boshqarish majburiyatlarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosni boshqaruvchi qonun boʻyicha merosxoʻrlardan bir yoki bir nechtasining iltimosiga binoan meros ochilgan joydagi notarius tomonidan tayinlanadi. Merosni boshqaruvchi tayinlanishiga yoki bu ish uchun tanlangan nomzodga rozi boʻlmagan qonun boʻyicha merosxoʻr merosni boshqaruvchi tayinlanishiga qarshi sudga murojaat etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonun boʻyicha merosxoʻrlar boʻlmasa yoki nomaʼlum boʻlsa, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi merosni boshqaruvchi tayinlanishini soʻrab notariusga murojaat etishi lozim. Qonun boʻyicha merosxoʻrlar hozir boʻlganlari taqdirda, ularning talabi bilan merosni boshqaruvchi meros hisobidan zarur boʻlgan xarajatlar va oqilona haq toʻlangan holda chaqirib olinishi mumkin.
(1144-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosni boshqaruvchi ushbu Kodeksning 1131-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarni, agar qonun boʻyicha vorislik xususiyatlaridan boshqacha tartib kelib chiqmasa, vasiyatnomani ijro etishga nisbatan amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosni boshqaruvchi merosni muhofaza qilish va uni boshqarishga doir zarur xarajatlarni meros hisobidan undirish, agar merosxoʻrlar bilan kelishuvida boshqa tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, haq ham olish huquqiga egadir.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.16.00.00 Meros huquqi / 03.16.04.00 Merosni egallash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69-bob. Merosni egallash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1145-modda. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosxoʻr oʻziga tegishi lozim boʻlgan merosni yoki uning bir qismini (ulushini) olish huquqiga, agar u keyinchalik merosdan voz kechmasa, vorislik huquqidan mahrum etilmasa va uni merosxoʻr etib tayinlash toʻgʻrisidagi vasiyat farmoyishi haqiqiy emas deb topilishi natijasida meros olish huquqini yoʻqotmasa, meros ochilgan vaqtdan eʼtiboran ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1146-modda. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros ochilgan joydagi notarius merosxoʻrning iltimosiga koʻra unga merosga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma meros ochilgan kundan eʼtiboran olti oy oʻtganidan keyin beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun boʻyicha meros olinganida ham, vasiyatnoma boʻyicha meros olinganida ham, agar notarius tegishli mol-mulkka yoxud butun merosga nisbatan guvohnoma berishni soʻrab murojaat etgan shaxslardan boshqa merosxoʻrlar yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlsa, guvohnoma yuqorida koʻrsatilgan muddat tugamasidan oldin berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy sud plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 5-son “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 18-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosxoʻr meros ochilgan kundan eʼtiboran istalgan vaqtda merosdan voz kechishga haqli.
(1147-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosdan voz kechish merosxoʻr tomonidan meros ochilgan joydagi notariusga ariza berish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishonchnomada vakil orqali merosdan voz kechish vakolati maxsus nazarda tutilgan boʻlsa, merosdan shu tarzda voz kechilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosdan voz kechish keyinchalik bekor qilinishi yoki qaytarib olinishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy sud plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 5-son “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 19-bandi.
(1147-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1148-modda. Merosdan voz kechish huquqining cheklanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar merosxoʻr vasiyatnoma boʻyicha ham, qonun boʻyicha ham vorislikka chaqirilsa, u ana shu asoslarning biri yoki har ikkalasi boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan merosdan voz kechishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosxoʻr ulushning ortishi huquqi boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan merosdan, merosning qolgan qismiga vorislikdan qatʼi nazar, voz kechishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosxoʻr merosdan voz kechganida vasiyatnoma boʻyicha yoki qonun boʻyicha merosxoʻrlar jumlasidan boʻlmish boshqa shaxslar foydasiga voz kechayotganini koʻrsatishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada nazarda tutilgan hollardan tashqari merosning muayyan qismidan voz kechilishiga, merosdan izohotlar bilan yoki shartlar qoʻyib voz kechilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1149-modda. Vasiyat majburiyatini qabul qilib olishdan voz kechish huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi vasiyat majburiyatidan voz kechishga haqli. Qisman voz kechishga, izohotlar bilan, shartlar qoʻyib yoki boshqa shaxsning foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada nazarda tutilgan huquq ayni bir paytning oʻzida ham merosxoʻr, ham vasiyat majburiyatini qabul qilib oluvchi hisoblangan shaxsning merosdan voz kechish huquqiga bogʻliq boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar vasiyat majburiyatini qabul qilib oluvchi ushbu moddada nazarda tutilgan huquqdan foydalangan boʻlsa, zimmasiga vasiyat majburiyati yuklatilgan merosxoʻr bu majburiyatni bajarishdan ozod boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1150-modda. Merosning taqsimlanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosni qabul qilib olgan qonun boʻyicha merosxoʻrlardan istalgan biri merosning taqsimlanishini talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosni taqsimlash merosxoʻrlarning kelishuviga koʻra oʻzlariga tegishli ulushlarga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sud tartibida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning qoidalari barcha meros yoki uning bir qismi merosxoʻrlarga ulushlarda muayyan mol-mulk koʻrsatilmasdan vasiyat qilingan hollarda merosni vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻrlar oʻrtasida taqsimlashga nisbatan qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy sud plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 5-son “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1151-modda. Hozir boʻlmagan merosxoʻrlarning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar merosxoʻrlar orasida turgan joyi nomaʼlum shaxslar boʻlsa, qolgan merosxoʻrlar, vasiyatnomani ijro etuvchi (meros boshqaruvchisi) va notarius ularning turgan joyini aniqlash hamda ularni vorislikka chaqirish yuzasidan zarur choralarni koʻrishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar turgan joyi aniqlanib, meros olishga chaqirilgan-u, lekin hozir boʻlmagan merosxoʻr merosdan voz kechmagan boʻlsa, qolgan merosxoʻrlar merosni taqsimlash niyatlari toʻgʻrisida uni xabardor qilishlari shart. Agar hozir boʻlmagan merosxoʻr xabar qilingan paytdan eʼtiboran uch oy ichida qolgan merosxoʻrlarni merosni taqsimlash haqidagi kelishuvda ishtirok etish istagi toʻgʻrisida xabardor qilmasa, qolgan merosxoʻrlar hozir boʻlmagan merosxoʻrga tegishli boʻlgan ulushni ajratib, oʻzaro kelishuvga koʻra meros taqsimotini amalga oshirishga haqlidirlar.
(1151-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar hozir boʻlmagan merosxoʻrning turgan joyi meros ochilgan kundan eʼtiboran bir yil mobaynida aniqlanmasa va uning merosdan voz kechishi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa, qolgan merosxoʻrlar meros taqsimotini ushbu moddaning ikkinchi qismi qoidalari boʻyicha amalga oshirishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Homila boʻlgan, biroq hali tugʻilmagan merosxoʻr boʻlsa, merosni taqsimlash bunday merosxoʻr tugʻilganidan keyingina amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar homila holida boʻlgan, biroq hali tugʻilmagan merosxoʻr tirik tugʻilsa, qolgan merosxoʻrlar unga tegishli boʻlgan meros ulushini ajratgan holdagina merosni taqsimlashni amalga oshirishga haqlidirlar. Meros taqsimotida chaqaloqning manfaatlarini himoya qilish uchun vasiylik va homiylik organining vakili taklif etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1152-modda. Korxonaga vorislik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar meros tarkibiga kiradigan korxonaning merosni qabul qilib olgan barcha merosxoʻrlari kelishuvida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, bunday meros natura holida taqsimlanmaydi va merosxoʻrlarga tegishli boʻlgan ulushlarga muvofiq ularning umumiy ulushli mulkiga aylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1153-modda. Ayrim merosxoʻrlarning meros tarkibiga kiradigan mol-mulkka nisbatan imtiyozli huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros ochilgunga qadar uch yil mobaynida meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashagan merosxoʻrlar meros taqsimlanishida meros tarkibidan uy-joy, kvartira yoki boshqa turar joyni, shuningdek uy-joy ashyolari va roʻzgʻor buyumlarini olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros qoldiruvchi bilan mol-mulkka nisbatan umumiy mulk huquqiga ega boʻlgan merosxoʻrlar meros taqsimlanishida meros tarkibidan umumiy mulk boʻlgan mol-mulkni asl holida olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan imtiyozli huquqlar amalga oshirilganda meros taqsimotida qatnashayotgan boshqa merosxoʻrlarning mulkiy manfaatlariga rioya etilishi lozim. Agar mazkur huquqlarni amalga oshirish natijasida merosni hosil qiluvchi mol-mulk boshqa merosxoʻrlarga tegishli ulushlarni berish uchun yetarli boʻlmasa, imtiyozli huquqni amalga oshirayotgan merosxoʻr ularga tegishli pul yoki mol-mulk tovonini toʻlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1154-modda. Meros ulushlarining ortishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Merosxoʻr merosdan voz kechgan yoxud ushbu Kodeksning 1119-moddasida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha merosxoʻrlar orasidan chiqib ketgan taqdirda merosning unga tegadigan qismi vorislikka chaqirilgan qonun boʻyicha merosxoʻrlarga oʻtadi va ular oʻrtasida merosdagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar meros qoldiruvchi barcha mol-mulkni oʻzi tayinlagan merosxoʻrlarga vasiyat qilgan boʻlsa, merosning merosdan voz kechgan yoki merosxoʻrlar qatoridan chiqib ketgan merosxoʻrga tegishli boʻlgan qismi qolgan vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻrlarga oʻtadi va, agar vasiyatnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ular oʻrtasida merosdagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar voz kechgan yoki merosxoʻrlar qatoridan chiqib ketgan merosxoʻr oʻrniga boshqa merosxoʻr tayinlangan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
merosxoʻr merosdan muayyan shaxs foydasiga voz kechgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun boʻyicha vorislikda merosxoʻrning voz kechishi yoki merosxoʻrlar qatoridan chiqib ketishi vorislikka keyingi navbatdagi merosxoʻrlarni chaqirishga sabab boʻlgan hollarda qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1155-modda. Meros hisobidan toʻlanishi lozim boʻlgan xarajatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros vorislar oʻrtasida taqsimlanishidan oldin meros qoldiruvchining vafoti oldidan xastaligi tufayli qilingan zarur xarajatlar, meros qoldiruvchini dafn etish xarajatlari, merosni egallash, muhofaza qilish, boshqarish va vasiyatnomani ijro etish, shuningdek vasiyatnomani ijro etuvchi yoki merosni boshqaruvchiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash toʻgʻrisidagi talablar meros hisobidan qondirilishi lozim. Bu talablar meros qiymati hisobidan boshqa barcha talablardan, shu jumladan ipoteka yoki boshqa garov bilan taʼminlangan talablardan oldin imtiyozli ravishda qondirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1156-modda. Kreditorlarning meros qoldiruvchining qarzlarini undirib olishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros qoldiruvchining kreditorlari vasiyatnomani ijro etuvchiga (merosni boshqaruvchiga) yoki merosxoʻrlarga meros qoldiruvchining majburiyatlaridan kelib chiqadigan oʻz talablarini qoʻyishga haqlidirlar. Bu holda merosxoʻrlarning har biri oʻziga tekkan mol-mulkning qiymati doirasida solidar qarzdorlar sifatida javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonun boʻyicha ham, vasiyatnoma boʻyicha ham merosxoʻrlar boʻlmasa yoxud merosxoʻrlardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega boʻlmasa yoxud ularning hammasi merosdan voz kechgan boʻlsa, meros mol-mulk egasiz deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meros mol-mulk meros ochilgan joydagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining arizasi boʻyicha meros ochilgan kundan eʼtiboran uch yil oʻtganidan keyin sudning qarori asosida egasiz deb topiladi. Meros mol-mulk, agar uni qoʻriqlash va boshqarish bilan bogʻliq xarajatlar uning qiymatidan oshib ketsa, koʻrsatilgan muddat oʻtishidan oldin egasiz deb topilishi mumkin.
(1157-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Egasiz mol-mulk u turgan joydagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mulkiga oʻtadi, bu organ mol-mulkdan voz kechgan taqdirda, davlat mulkiga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Egasiz mol-mulkni qoʻriqlash va boshqarish ushbu Kodeksning 1144-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oliy sud plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 5-son “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 22-bandi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.17.00.00 Xalqaro xususiy huquq]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Xalqaro xususiy huquq normalarini qoʻllash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI boʻlim. Xalqaro xususiy huquq normalarini fuqarolik-huquqiy munosabatlarga nisbatan tatbiq qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1158-modda. Chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik- huquqiy munosabatlarga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquqni belgilash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el fuqarolari yoki chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi yoxud chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquq ushbu Kodeks, boshqa qonunlar, xalqaro shartnomalar va eʼtirof etilgan xalqaro taomillar asosida, shuningdek taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro tovarlar oldi-sotdisi shartnomalari toʻgʻrisidagi konvensiyasi” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 30-avgustdagi 294-I-sonli qarori).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflarning huquqni tanlashga doir kelishuvi ochiq ifodalangan boʻlishi yoki bevosita shartnoma talablaridan va ishning koʻrib chiqilayotgan barcha holatlaridan kelib chiqishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquqni aniqlashning imkoni boʻlmasa, chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlar bilan eng uzviy bogʻlangan huquq qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el huquq normasi ommaviy-huquqiy xususiyatga ega boʻlganligiga asoslanibgina uni qoʻllashni cheklash mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1159-modda. Huquqiy baho berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik tushunchalarga sud yoki boshqa davlat organi tomonidan huquqiy baho berilishida, agar qonunda boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, bunday yuridik tushunchalarni nizo koʻrib chiqilayotgan mamlakat sifatida Oʻzbekiston Respublikasining huquqiga muvofiq sharhlashga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar yuridik tushunchalar nizo koʻrib chiqilayotgan mamlakat sifatida Oʻzbekiston Respublikasining huquqiga nomaʼlum boʻlsa yoki boshqa nom yoxud boshqa mazmun bilan maʼlum boʻlsa va Oʻzbekiston Respublikasining huquqi boʻyicha talqin etish orqali aniqlanishi mumkin boʻlmasa, ularga huquqiy baho berishda chet davlat huquqi ham qoʻllanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1160-modda. Chet el huquqi normalari mazmunini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el huquqini qoʻllanishda sud yoki boshqa davlat organi uning normalari mazmunini bu normalarning tegishli xorijiy davlatda rasmiy talqin etilishi, qoʻllanish amaliyoti va doktrinasiga muvofiq aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud yoki boshqa davlat organi chet el huquqi normalari mazmunini aniqlash maqsadida yordam va tushuntirishlar soʻrab Adliya vazirligiga va boshqa milliy vakolatli organlar hamda muassasalarga, shu jumladan chet eldagi organlar va muassasalarga murojaat etishi yoxud ekspertlarni jalb qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda ishtirok etayotgan shaxslar oʻz talablari yoki eʼtirozlarini asoslash uchun oʻzlari vaj keltirayotgan chet el huquqi normalarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishga va bu normalarning mazmunini aniqlashda sudga yoki boshqa davlat organlariga boshqacha tarzda yordamlashishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ushbu moddaga muvofiq koʻrilgan chora-tadbirlarga qaramay, chet el huquqi normalarining mazmuni oqilona muddatlarda aniqlanmasa, Oʻzbekiston Respublikasining huquqi qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1161-modda. Qarshi tomon va uchinchi mamlakat huquqiga havola etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu boʻlim qoidalariga muvofiq, chet el huquqiga har qanday havola etish tegishli mamlakatning kollizion huquqiga emas, balki moddiy huquqiga havola etish deb qaralishi lozim, ushbu boʻlimda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el huquqi ushbu Kodeksning 1168-moddasiga, 1169-moddasining birinchi, uchinchi va beshinchi qismlariga, 1171 va 1174-moddalariga muvofiq qoʻllanilgan hollarda qarshi tomon sifatida Oʻzbekiston Respublikasi huquqiga va uchinchi mamlakat huquqiga havola etish qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1162-modda. Qonunni chetlab oʻtish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining ushbu boʻlimning qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquqqa doir qoidalarini chetlab oʻtib, tegishli munosabatlarni boshqa huquqqa boʻysundirishga qaratilgan kelishuvlari va boshqa harakatlari haqiqiy emas. Bunday holda tegishli davlatning ushbu boʻlimga muvofiq tatbiq etilishi lozim boʻlgan huquqi qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1163-modda. Huquqni oʻzarolik asosida qoʻllash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud yoki boshqa davlat organi oʻzi koʻrib chiqayotganiga oʻxshash munosabatlarga nisbatan tegishli chet davlatda Oʻzbekiston Respublikasining huquqi qoʻllanishi yoki qoʻllanmasligidan qatʼi nazar, ana shu chet davlatning huquqini qoʻllayveradi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunida chet el huquqini oʻzarolik asosida qoʻllash nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar chet el huquqini qoʻllash oʻzarolikka bogʻliq boʻlsa, boshqacha holat isbotlanmaganligi sababli u mavjud deb taxmin qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1164-modda. Ommaviy tartib toʻgʻrisidagi izoh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el huquqini qoʻllanish Oʻzbekiston Respublikasining huquq-tartiboti asoslariga (ommaviy tartibga) zid keladigan hollarda chet el huquqi qoʻllanilmaydi. Bunday hollarda Oʻzbekiston Respublikasining huquqi qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli chet el davlatining huquqiy, siyosiy yoki iqtisodiy tizimi Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy, siyosiy yoki iqtisodiy tizimidan farqlanishigina chet el huquqini qoʻllashni rad etish uchun asos boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1165-modda. Qatʼiy normalarni qoʻllash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu boʻlim qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi huquqining tegishli munosabatlarni, qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquqdan qatʼi nazar, tartibga soluvchi qatʼiy normalari amal qilishiga daxldor emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biron-bir mamlakatning huquqi ushbu boʻlim qoidalariga muvofiq qoʻllanilganda, agar ana shu mamlakatning huquqiga koʻra bunday normalar qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquqdan qatʼi nazar, tegishli munosabatlarni tartibga solishi lozim boʻlsa, sud boshqa mamlakatning ana shu munosabatlar bilan uzviy aloqada boʻlgan qatʼiy huquq normalarini qoʻllashi mumkin. Bunda sud bunday normalarning vazifasini va xususiyatini, shuningdek ularni qoʻllash oqibatlarini eʼtiborga olishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1166-modda. Huquqiy tizimlari koʻp boʻlgan mamlakatning huquqini qoʻllash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir necha hududiy yoki boshqa huquqiy tizim amal qilib turgan mamlakatning huquqini qoʻllash lozim boʻlgan hollarda huquqiy tizim shu mamlakat huquqiga muvofiq holda qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlariga maxsus cheklovlar qoʻygan davlatlarning fuqarolari va yuridik shaxslariga nisbatan javob tariqasida cheklovlar (retorsiyalar) belgilashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71-bob. Kollizion normalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Shaxslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxs qaysi mamlakatning fuqarosi boʻlsa, shu mamlakat huquqi uning shaxsiy qonuni hisoblanadi. Shaxs ikki yoki undan ortiq fuqarolikka ega boʻlgan taqdirda u qaysi mamlakat bilan eng koʻp uzviy bogʻlangan boʻlsa, uning uchun oʻsha mamlakat huquqi shaxsiy qonun hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaroligi boʻlmagan shaxs qaysi mamlakatda doimiy yashab turgan boʻlsa, oʻsha mamlakat huquqi uning shaxsiy qonuni hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qochoqqa unga boshpana bergan mamlakatning qonuni shaxsiy qonun hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1169-modda. Jismoniy shaxsning huquq va muomala layoqatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxsning huquq va muomala layoqatlari uning shaxsiy qonuni bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik huquq layoqatidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadilar, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari yoki xalqaro shartnomalarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxsning bitimlar va zarar yetkazilishi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlarga nisbatan fuqarolik muomala layoqati bitimlar tuzilgan yoki zarar yetkazilishidan kelib chiqadigan majburiyatlar yuzaga kelgan mamlakat huquqi boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxsning xususiy tadbirkor boʻlish hamda bu bilan bogʻliq huquqlar va majburiyatlarga ega boʻlish layoqati jismoniy shaxs xususiy tadbirkor sifatida roʻyxatga olingan mamlakat huquqi boʻyicha belgilanadi. Roʻyxatga olish mamlakati boʻlmaganda, xususiy tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan asosiy joy boʻlgan mamlakatning huquqi qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish sud qaysi mamlakatniki boʻlsa, shu mamlakat huquqiga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1170-modda. Jismoniy shaxsni bedarak yoʻqolgan deb topish va uni vafot etgan deb eʼlon qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxsni bedarak yoʻqolgan deb topish va uni vafot etgan deb eʼlon qilish sud qaysi mamlakatniki boʻlsa, oʻsha mamlakat huquqiga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1171-modda. Jismoniy shaxsning ismi-sharifi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxsning ismga, undan foydalanishga va uni himoya qilishga boʻlgan huquqi, agar ushbu Kodeks 19-moddasining toʻrtinchi va yettinchi qismlarida, 1179 va 1180-moddalarida nazarda tutilgan qoidalardan boshqacha tartib kelib chiqmasa, uning shaxsiy qonuni bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1172-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida amalga oshiriladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi qoʻllaniladi.
(1172-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1173-modda. Fuqarolik holati hujjatlarini tasdiqlash uchun xorijiy davlat organlari tomonidan berilgan hujjatlarni tan olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan tegishli davlatlarning qonunlari boʻyicha tuzilgan fuqarolik holati hujjatlarini tasdiqlash uchun xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan berilgan hujjatlar legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb tan olinadi.
(1173-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi OʻRQ-322-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 164-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1174-modda. Vasiylik va homiylik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmaganlar, muomalaga layoqatsizlar yoki muomala layoqati cheklangan voyaga yetgan shaxslar ustidan vasiylik yoki homiylik sud qaysi mamlakatga tegishli boʻlsa, oʻsha mamlakat huquqi boʻyicha belgilanadi va bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiyning (homiyning) vasiylikni (homiylikni) qabul qilish majburiyati uning vasiy (homiy) tomonidan belgilanadigan shaxsiy qonuni boʻyicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiy (homiy) va vasiylikka (homiylikka) olingan shaxs oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar muassasasi vasiyni (homiyni) tayinlagan mamlakat huquqi boʻyicha aniqlanadi. Biroq vasiylikka (homiylikka) olingan shaxs Oʻzbekiston Respublikasida yashayotgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining huquqi, basharti bu mazkur shaxs uchun qulayroq boʻlsa, qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ustidan belgilangan vasiylik (homiylik), agar Oʻzbekiston Respublikasi tegishli konsullik muassasasining vasiylik (homiylik) belgilanishiga yoki uning tan olinishiga qarshi qonunga asoslangan eʼtirozlari boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs qaysi mamlakatda taʼsis etilgan boʻlsa, shu mamlakatning huquqi mazkur yuridik shaxsning qonuni hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1176-modda. Yuridik shaxsning huquq layoqati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxsning fuqarolik huquq layoqati yuridik shaxsning qonuni bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el yuridik shaxsi oʻz organi yoki vakilining bitim tuzish vakolatlaridagi chet el yuridik shaxsining organi yoki vakili bitim tuzgan mamlakatning huquqi uchun nomaʼlum boʻlgan cheklovlarni vaj qilib keltirishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1177-modda. Oʻzbekiston Respublikasida chet el yuridik shaxslari faoliyatining milliy tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunida chet el yuridik shaxslari uchun boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, chet el yuridik shaxslari Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan tadbirkorlik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshiradilar.
(1177-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1178-modda. Chet el elementi bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlatning ishtirok etishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el elementi bilan davlat ishtirokidagi fuqarolik huquqiy munosabatlarga nisbatan, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu boʻlim qoidalari umumiy asoslarda qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Shaxsiy nomulkiy huquqlar. Intellektual mulk
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1179-modda. Shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy nomulkiy huquqlarga nisbatan bunday huquqlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi talab uchun asos boʻlib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holat sodir etilgan mamlakat huquqi qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1180-modda. Intellektual mulkka boʻlgan huquq
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intellektual mulkka boʻlgan huquqlarga nisbatan bu huquqlarni himoya qilish soʻraladigan mamlakat huquqi qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intellektual mulkka boʻlgan huquq haqidagi shartnomalar ushbu boʻlimning shartnoma majburiyatlari toʻgʻrisidagi qoidalariga muvofiq belgilanadigan huquq bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Bitimlar. Vakillik. Daʼvo muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1181-modda. Bitimning shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimning shakli u tuziladigan joy huquqiga boʻysunadi. Biroq chet elda tuzilgan bitim, agar Oʻzbekiston Respublikasi huquqi talablariga rioya etilgan boʻlsa, shaklga rioya etilmaganligi tufayli haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loaqal ishtirokchilaridan bittasi Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi yoki Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan tashqi iqtisodiy bitim, qayerda tuzilayotganidan qatʼi nazar, yozma shaklda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulk xususidagi bitimning shakli bu mulk joylashgan mamlakat huquqiga boʻysunadi, Oʻzbekiston Respublikasida davlat reyestrida qayd etilgan koʻchmas mulkka nisbatan esa, Oʻzbekiston Respublikasi huquqiga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1182-modda. Ishonchnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchnomaning shakli va amal qilish muddati ishonchnoma berilgan mamlakatning huquqi boʻyicha belgilanadi. Agar Oʻzbekiston Respublikasi huquqi talablariga rioya etilgan boʻlsa, ishonchnoma shaklga rioya etilmaganligi tufayli haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1183-modda. Daʼvo muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daʼvo muddati mamlakatning tegishli munosabatni tartibga solish uchun qoʻllanilayotgan huquqi boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daʼvo muddati tatbiq etilmaydigan talablar, agar tegishli munosabatning qatnashchilaridan loaqal bittasi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi yoki Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining huquqi boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Ashyoviy huquqlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1184-modda. Ashyoviy huquqlarga nisbatan qoʻllaniladigan huquq toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas va koʻchar mol-mulkka nisbatan mulk huquqi hamda boshqa ashyoviy huquqlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bu mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi boʻyicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkning koʻchmas yoki koʻchar ashyolarga mansubligi, shuningdek mol-mulkning boshqacha yuridik baholanishi ana shu mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi boʻyicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1185-modda. Ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi va bekor boʻlishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi va bekor boʻlishi, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi yoxud bekor boʻlishi uchun asos boʻlgan harakat yoki boshqa holat sodir boʻlgan paytda bu mol-mulk turgan mamlakatning huquqi boʻyicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitim narsasi boʻlgan mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlarning vujudga kelishi va bekor boʻlishi, agar taraflarning kelishuvida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ushbu bitim boʻysundirilgan mamlakatning huquqi boʻyicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tufayli mol-mulkka nisbatan mulk huquqining vujudga kelishi egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat tugagan paytda mol-mulk joylashgan mamlakatning huquqi bilan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1186-modda. Transport vositalariga va davlat reyestrida qayd etilishi lozim boʻlgan boshqa mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalariga va davlat reyestrida qayd etilishi lozim boʻlgan boshqa mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlar bu transport vositalari yoki mol-mulk roʻyxatga olingan mamlakat huquqi boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1187-modda. Yoʻlda boʻlgan koʻchar mulkka nisbatan ashyoviy huquqlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitim boʻyicha yoʻlda boʻlgan koʻchar mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, agar taraflarning kelishuvida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, bu mol-mulk joʻnatilgan mamlakatning huquqi boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1188-modda. Ashyoviy huquqlarni himoya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilishga nisbatan ariza beruvchining tanlovi boʻyicha mol-mulk turgan mamlakatning huquqi yoki sud qaysi mamlakatga qarashli boʻlsa, oʻsha mamlakatning huquqi qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilishga nisbatan bu mulk turgan mamlakatning huquqi qoʻllanadi. Oʻzbekiston Respublikasining davlat reyestrida qayd etilgan mol-mulkka nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining huquqi qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Shartnoma majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1189-modda. Shartnoma taraflarining kelishuviga koʻra huquqni tanlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, taraflarning kelishuviga koʻra tanlangan mamlakat huquqi bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma taraflari qoʻllaniladigan huquqni umuman shartnoma uchun ham, uning alohida qismlari uchun ham tanlab olishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻllaniladigan huquq taraflar tomonidan shartnoma tuzilayotganda ham, undan keyin ham istalgan vaqtda tanlanishi mumkin. Taraflar, shuningdek istalgan vaqtda shartnomaga nisbatan qoʻllaniladigan huquqni oʻzgartirish toʻgʻrisida kelishib olishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1190-modda. Taraflarning kelishuvi boʻlmagan taqdirda shartnomaga nisbatan qoʻllaniladigan huquq
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquq toʻgʻrisida shartnoma taraflarining kelishuvi boʻlmagan taqdirda, bu shartnomaga nisbatan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oldi-sotdi shartnomasida — sotuvchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hadya shartnomasida — hadya qiluvchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) shartnomasida — mijoz;
(1190-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuniga asosan oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida huquqlardan foydalanish toʻgʻrisidagi litsenziya shartnomasida — litsenziar hisoblanuvchi taraf taʼsis etilgan, turar joyga ega boʻlgan yoki asosiy faoliyat joyi boʻlgan mamlakat huquqi qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquq toʻgʻrisida shartnoma taraflarining kelishuvi boʻlmagan taqdirda, ushbu modda birinchi qismining qoidalaridan qatʼi nazar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas mulk toʻgʻrisidagi shartnomaga nisbatan — bu mulk turgan mamlakatning huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga va qurilish pudrati shartnomasiga nisbatan — ana shunday faoliyat amalga oshirilayotgan yoki shartnomada nazarda tutilgan natijalar yaratilayotgan mamlakatning huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kimoshdi savdosida, tanlov boʻyicha yoki birjada tuzilgan shartnomaga nisbatan — kimoshdi savdosi, tanlov oʻtkazilayotgan yoki birja joylashgan mamlakatning huquqi qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatib oʻtilmagan shartnomalarga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquq toʻgʻrisida taraflarning kelishuvi boʻlmagan taqdirda, bunday shartnomaning mazmuni uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan ijroni amalga oshirayotgan taraf taʼsis etilgan, turar joyga ega boʻlgan yoki asosiy faoliyat joyi boʻlgan mamlakatning huquqi qoʻllaniladi. Shartnomaning mazmuni uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan ijroni aniqlashning imkoniyati boʻlmagan taqdirda, shartnoma eng uzviy bogʻlangan mamlakatning huquqi qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1191-modda. Chet el ishtirokidagi yuridik shaxsni tuzish toʻgʻrisidagi shartnomaga nisbatan qoʻllaniladigan huquq
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el ishtirokidagi yuridik shaxsni tuzish toʻgʻrisidagi shartnomaga nisbatan yuridik shaxs taʼsis etilgan mamlakat huquqi qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1192-modda. Qoʻllaniladigan huquqning amal qilish doirasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu paragrafning qoidalaridan kelib chiqib shartnomaga nisbatan qoʻllaniladigan huquq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaning talqinini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflarning huquq va majburiyatlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaning ijrosini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomani umuman yoki tegishli darajada ijro etmaslik oqibatlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaning toʻxtatilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaning oʻz-oʻzidan haqiqiy emasligi yoki haqiqiy emas deb topilishi oqibatlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma munosabati bilan talablarning bahridan oʻtish va qarzni oʻtkazishni qamrab oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijro etish usullari va tartibiga, shuningdek tegishli darajada ijro etilmagan taqdirda koʻrilishi lozim boʻlgan choralar borasida qoʻllanilayotgan huquqdan tashqari ijro amalga oshirilayotgan mamlakatning huquqi ham eʼtiborga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Shartnomadan tashqari majburiyatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1193-modda. Bir taraflama harakatlardan iborat majburiyatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir taraflama harakatlardan (mukofotni oshkora vaʼda qilish, oʻzganing maqsadini koʻzlab topshiriqsiz amalga oshiriladigan faoliyat va boshqalardan) iborat majburiyatlarga nisbatan ushbu boʻlimning 4-paragrafi qoidalari qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1194-modda. Zarar yetkazilganligi oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarar yetkazilganligi oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha huquq va majburiyatlar zararni undirishni talab qilish uchun asos boʻlgan harakat yoki boshqa holat yuz bergan mamlakatning huquqi boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet elda zarar yetkazilganligi oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha huquq va burchlar, agar fuqarolar yoki yuridik shaxslar ayni bitta davlatdan boʻlsalar, shu davlat huquqi bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talab uchun asos boʻlgan harakat yoki boshqa holat Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi boʻyicha gʻayriqonuniy boʻlmasa, chet el huquqi qoʻllanmaydi.
(1194-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1195-modda. Isteʼmolchiga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarni sotib olish, ishni bajarish yoki xizmatni koʻrsatish munosabati bilan isteʼmolchi koʻrgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabga nisbatan isteʼmolchining xohishiga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchining turar joyi joylashgan mamlakatning huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqaruvchi yoki ishni bajargan, xizmat koʻrsatgan shaxsning turar joyi yoki manzili joylashgan mamlakatning huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchi tovarni sotib olgan, ish natijasini qabul qilgan yoki unga xizmat koʻrsatilgan mamlakatning huquqi qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1196-modda. Asossiz boylik orttirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asossiz boylik orttirish natijasida vujudga keladigan majburiyatlarga nisbatan boylik orttirilgan mamlakatning huquqi qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar asossiz boylik orttirish mol-mulkni sotib olish yoki tejab qolishga doir asoslar bekor boʻlishi natijasida vujudga kelsa, qoʻllaniladigan huquq bu asos boʻysundirilgan mamlakatning huquqi boʻyicha belgilanadi. Asossiz boylik orttirish tushunchasi Oʻzbekiston Respublikasining huquqi boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Vorislik huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1197-modda. Vorislikka doir munosabatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vorislikka doir munosabatlar, basharti ushbu Kodeksning 1198 va 1199-moddalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, meros qoldiruvchi vasiyatnomada oʻzi fuqarosi boʻlgan mamlakatning huquqini tanlagan boʻlmasa, meros qoldiruvchi oxirgi doimiy turar joyga ega boʻlgan mamlakatning huquqi boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1198-modda. Shaxslarning vasiyatnoma tuzish va uni bekor qilish layoqati, vasiyatnomaning va uni bekor qilish hujjatining shakli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsning vasiyatnoma tuzish va uni bekor qilish layoqati, shuningdek vasiyatnomaning va uni bekor qilish hujjatining shakli, agar meros qoldiruvchi vasiyatnomada oʻzi fuqarosi boʻlgan mamlakatning huquqini tanlagan boʻlmasa, hujjat tuzilayotgan paytda meros qoldiruvchi doimiy turar joyga ega boʻlgan mamlakatning huquqi boʻyicha aniqlanadi. Biroq vasiyatnoma yoki uning bekor qilinishi, agar shakl hujjat tuzilgan joyning yoki Oʻzbekiston Respublikasining huquqi talablarini qanoatlantirsa, shaklga rioya etilmaganligi natijasida haqiqiy emas deb topilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1199-modda. Koʻchmas mulkka va davlat reyestrida qayd etilishi lozim boʻlgan mol-mulkka vorislik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulkka vorislik mazkur mulk joylashgan mamlakat huquqi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasining reyestrida qayd etilgan mol-mulkka vorislik esa, Oʻzbekiston Respublikasining huquqi boʻyicha belgilanadi.