29.08.2001 yildagi 257-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 29.08.2001 yildagi 257-II-son
Date of entry into force
07.11.2001
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“PROKURATURA TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 29-modda, № 6, 266-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 145-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 29-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
257-II-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PROKURATURA TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(yangi tahriri)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladigan prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining (bundan buyon matnda prokuratura organlari deb yuritiladi) asosiy vazifalari qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish tartibi, shuningdek ularning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlari oʻz faoliyatini quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
(4-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroning huquq hamda erkinliklarini taʼminlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklar va idoralarning harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
(4-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tezkor-qidiruv faoliyatni, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
(4-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlarda jinoyat ishlari koʻrib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni hamda iqtisodiy nizolarni koʻrishda ishtirok etish, qonunlarga zid boʻlgan sud hujjatlariga protest keltirish;
(4-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq intizomini mustahkamlashga, soliq, valyuta sohasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek davlatga yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
(4-moddaning sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etish chogʻida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Prokuratura organlarini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlari faoliyatini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralikdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladigan yagona markazlashgan tizimni tashkil etadi hamda quyi turuvchi prokurorlar yuqori turuvchi prokurorlarga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga boʻysunishi hamda hisobdorligi asosida faoliyat koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorga koʻrsatmalar berishga yoxud uning har qanday, shu jumladan protsessual qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilishga haqlidir, shuningdek u oʻz boʻysunuvidagi barcha prokurorlarning ishlari toʻgʻri tashkil etilishi uchun toʻliq javobgardir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlarining xodimlari oʻz faoliyatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda boshqa qonun hujjatlarining talablariga aniq rioya etishlari va ularni bajarishlari shart. Qonunlarni aniq bajarish va ularga rioya etishdan har qanday chekinish, qanday asoslarga koʻra qilinishidan qatʼi nazar, qonuniylikni buzish deb hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
(5-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlari oʻz vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari hamda mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat qonunga boʻysungan holda amalga oshiradilar. Prokuratura organlarining faoliyatiga aralashish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokurorning gʻayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish maqsadida unga qanday shaklda boʻlmasin biron-bir taʼsir koʻrsatish yoki faoliyatini amalga oshirishiga toʻsqinlik qilish, uning daxlsizligiga tajovuz qilish, shuningdek prokuror yoki tergovchining ruxsatisiz tekshirishlar va dastlabki tergov maʼlumotlarini oshkor etish, prokurorning talablarini bajarmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlarining xodimlari oʻz vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga aʼzolikni toʻxtatib turadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari Kengashlariga oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi;
(5-modda sakkizinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur boʻlgan hollarda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qonuniylikning va jinoyatchilikka qarshi kurashning holati toʻgʻrisida xabardor qiladi.
(5-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlari qonunlarning ijro etilishini nazorat qilishga va jinoyatchilikka qarshi kurashga doir faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni muntazam xabardor qilish, oʻzining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotdan jismoniy va yuridik shaxslarning foydalanishini qonunchilikda belgilangan tartibda taʼminlash yoʻli bilan oʻz faoliyatini oshkora amalga oshiradi.
(5-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Prokuror talablari bajarilishining majburiyligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokurorning hujjatlar, materiallar va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish, taftish, tekshirishlar oʻtkazish, mutaxassis ajratish, prokuraturaga kelish va aniqlangan qonunbuzarliklar xususida tushuntirishlar berish, qonunbuzarliklarni, ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek qonunga rioya etish toʻgʻrisidagi oʻz vakolatlari doirasida qoʻyayotgan talablarini bajarish barcha fuqarolar va yuridik shaxslar uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlari oʻz vazifalarini amalga oshirishlari uchun zarur boʻlgan axborot, hujjatlar va ularning nusxalari mazkur organlarning talabiga muvofiq bepul beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokurorning talablari ustidan shikoyat qilinishi ularning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadilar, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror oʻziga tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni tekshirish vazifasini zarur hollarda tegishli davlat boshqaruvi, nazorat va tekshirish organlariga, korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga topshirish hamda ulardan tekshirishga taalluqli barcha materiallar bilan birga tekshirish natijalariga doir yozma axborot berishlarini talab etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning ariza va shikoyatlari hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha prokuror qaror qabul qiladi, bu qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan fuqaroning ariza va shikoyati yoki yuridik shaxsning murojaati yuzasidan qaror qabul qilinganidan keyin prokuratura organlarida ular boʻyicha ish yuritish tugatiladi, yangi ochilgan holatlar bundan mustasnodir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish
(8-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini taʼminlash maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatni, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiradigan tegishli organlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun prokuror muvofiqlashtiruvchi kengash chaqiradi, ishchi guruhlar tashkil etadi, zarur axborot, shu jumladan statistika maʼlumotlarini talab qilib oladi, qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining yagona muvofiqlashtiruvchi organidir.
(8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari majlislarida prokurorning ishtirok etishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar davlat hokimiyati va boshqaruvning tegishli va quyi organlari majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II BOʻLIM. PROKURATURA ORGANLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Prokuratura organlarining tizimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlarining tizimi quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar va shaharlar prokuraturalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan, hududiy harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar.
(10-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi, shuningdek ularning joylardagi boʻlinmalari faoliyat koʻrsatadi.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi OʻRQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Prokurorlarning vakolat muddati
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, shuningdek viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning vakolat muddati besh yil.
(11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 30-oktabrdagi OʻRQ-873-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati maʼqullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi hamda uni lavozimidan ozod etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori lavozimini egallashi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosariga, oʻrinbosarlariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlar tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining katta yordamchilari va yordamchilari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar, boʻlimlarning boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, katta prokurorlar, prokurorlar, alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori prokuratura organlariga rahbarlik qiladi va ular faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar boʻyicha qonunchilik tashabbusi bilan murojaat etishi mumkin;
(13-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishi, uning koʻrib chiqishi uchun masalalar kiritishi va koʻrilayotgan masala yuzasidan fikr bildirishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlislarida ishtirok etadi, muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan fikr bildiradi, qonunchilikni qoʻllash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Plenum tushuntirishlar berishi xususida takliflar kiritadi;
(13-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hayʼatining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prokuratura organlari xodimlariga darajali unvonlar (harbiy unvonlar) beradi va oliy darajali unvonlar (harbiy unvonlar) berish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat etadi;
(13-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 30-oktabrdagi OʻRQ-873-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prokuratura organlari xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prokuratura organlari xodimlarini “Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyruqlar chiqaradi hamda prokuratura organlarining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el davlatlarining tegishli organlari bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar tuzadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(13-modda ikkinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari va boshqa hujjatlari (individual xususiyatga ega boʻlgan hujjatlar bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarori asosida bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobdorligi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati oldida hisobdordir.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonuniylik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati toʻgʻrisida — muntazam ravishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻta ogʻir jinoyatlar va favqulodda hodisalar toʻgʻrisida — zudlik bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prokuratura organlari amalga oshirgan ishlar toʻgʻrisida — har olti oyda axborot taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarini ijro etish maqsadida oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning qonunchilik normalariga nomuvofiq boʻlgan hujjatlari aniqlangan taqdirda, Bosh prokuror bu hujjatlarni toʻxtatib turish yoki bekor qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi.
(14-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning hujjatlari fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini jiddiy ravishda kamsitayotgan boʻlsa, Bosh prokuror bu hujjatlarni toʻxtatib turish yoxud bekor qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritishi mumkin.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga oʻz faoliyati haqida muntazam ravishda hisobot beradi.
(14-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori rahbarlik qiladi, u Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan lavozimiga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oldida hisobdordir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori tegishincha tumanlar, shaharlar prokuraturalarining va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladi, qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlariga asosan va ularni ijro etish maqsadida oʻziga boʻysunuvchi xodimlar uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, koʻrsatmalar, farmoyishlar chiqaradi.
(15-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 30-oktabrdagi OʻRQ-873-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasida boshqarmalar va boʻlimlar tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarmalar va boʻlimlarning boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari, prokurorning katta yordamchilari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
(15-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 30-oktabrdagi OʻRQ-873-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining yordamchilari, boshqarmalar va boʻlimlarning katta prokurorlari va prokurorlari, prokuror-kriminalistlar, alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilar, katta tergovchilar va tergovchilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokuraturasiga tegishli prokurorlar boshchilik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasiga lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori boshchilik qiladi. Mazkur prokurorlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga boʻysunadi va uning oldida hisobdordir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari tegishincha tumanlar, shaharlar prokuraturalarining va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladi, qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlariga asosan va ularni ijro etish maqsadida oʻziga boʻysunuvchi xodimlar uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, koʻrsatmalar, farmoyishlar chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurorining, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda boshqarmalar hamda boʻlimlar tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarmalar va boʻlimlarning boshliqlari, prokurorlarning katta yordamchilari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarmalar va boʻlimlar boshliqlarining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining yordamchilari, boshqarmalar va boʻlimlarning katta prokurorlari hamda prokurorlari, alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilar, katta tergovchilar hamda tergovchilar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
(16-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 30-oktabrdagi OʻRQ-873-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar rahbarlik qiladi, ular Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. Bu prokurorlar yuqori turuvchi tegishli prokurorga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga boʻysunadilar va ularning oldida hisobdordirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tumanlar, shaharlar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan oʻrinbosarlari boʻlishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 30-oktabrdagi OʻRQ-873-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tumanlar, shaharlar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning katta yordamchilari, yordamchilari, prokuratura katta tergovchilari va tergovchilari, ish oʻrganuvchilari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
(17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 30-oktabrdagi OʻRQ-873-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) tuziladi. Departamentga maqomi, mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va transport xizmatlari koʻrsatilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosariga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Departament boshligʻi rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament boshligʻining oʻrinbosarlari Departament boshligʻining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boshqarmalari boshliqlari Departament boshligʻining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentni va uning joylardagi boʻlinmalarini tashkil etish hamda ularning faoliyati tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(18-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
181-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda uning hududiy boʻlinmalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Byuro deb yuritiladi) tashkil etiladi. Byuroni maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport taʼminoti shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosariga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod etiladigan direktor boshqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byuro direktori lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat ijrochisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byuro direktorining oʻrinbosarlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byuro hududiy boshqarmalarining boshliqlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byuroning tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari Byuro direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byuro va uning hududiy boʻlinmalarining tashkil etilishi va faoliyati tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(181-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(182-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi OʻRQ-583-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Prokuratura organlarining hayʼatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (rais), uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, prokuratura organlarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Hayʼatning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasida, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda prokuror (rais), uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari va prokuratura organlarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Hayʼatning tarkibi tegishli prokurorning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasida, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda tuziladigan hayʼatlar maslahat organlari boʻlib, ular qonuniylik va jinoyatchilikning holatiga, prokuratura organlarining faoliyatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyruqlari va koʻrsatmalarining ijrosiga, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyishga doir va boshqa masalalarni koʻrib chiqadi, prokurorlarning, prokuratura organlari tuzilmaviy boʻlinmalari rahbarlarining va boshqa xodimlarining hisobotlarini eshitadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat qarorlari asosida tegishli prokurorlar buyruqlar chiqarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III BOʻLIM. PROKUROR NAZORATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-BOB. QONUNLAR IJROSI USTIDAN NAZORAT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Nazorat predmeti
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, idoralar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar va idoralarning harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi, shuningdek ular tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi nazorat predmeti hisoblanadi.
(20-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Qonunlar ijrosini tekshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunlar ijrosini tekshirish qonunlarning buzilayotganligi toʻgʻrisidagi arizalar va boshqa maʼlumotlar asosida, shuningdek qonuniylik prokuror tomonidan choralar koʻrilishini talab qiladigan holatda ekanligidan kelib chiqqan holda qonunda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Prokurorning vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish jarayonida oʻz vakolatlari doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralarning, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, harbiy qismlarning hududi va xonalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar va materiallarni koʻrishga, tekshirishlar oʻtkazishga, tekshirish uchun qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni, qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi va uni taʼminlashga doir chora-tadbirlar haqidagi maʼlumotlarni talab qilishga;
(22-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari, harbiy qismlar, vazirliklar va idoralarning harbiy tuzilmalari rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslaridan ular tasarrufidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar faoliyatini tekshirish, taftish oʻtkazishni, idoraviy va noidoraviy tekshirishlar oʻtkazish uchun mutaxassislar ajratishni talab qilishga;
(22-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mansabdor shaxslar va fuqarolardan qonun buzilishi xususida ogʻzaki yoki yozma tushuntirishlar talab qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun buzilishi aniqlangan taqdirda prokuror ushbu Qonunda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni koʻrishga majbur.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Xoʻjalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga prokurorning aralashuviga yoʻl qoʻyilmasligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga prokurorning bevosita aralashishiga, shuningdek idoraviy boshqaruv va tekshiruv organlarining vazifalarini bajarishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-BOB. FUQARONING HUQUQLARI HAMDA ERKINLIKLARIGA RIOYA ETILISHI USTIDAN NAZORAT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Nazorat predmeti
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, idoralar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar va idoralarning harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan fuqaroning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi nazorat predmeti hisoblanadi.
(24-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Prokurorning vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajara borib:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroning huquq va erkinliklari buzilganligi toʻgʻrisidagi arizalar, shikoyatlar hamda boshqa maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizachilarga ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish tartibini tushuntiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroning huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish va bartaraf etish, qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish hamda yetkazilgan zararni qoplash chora-tadbirlarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning 22-moddasida nazarda tutilgan vakolatlardan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaroning huquq va erkinliklarining buzilishini jinoiy xususiyatga ega deb bilish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda prokuror jinoyat ishi qoʻzgʻatadi hamda uni sodir etgan shaxslar qonunga binoan jinoiy javobgarlikka tortilishiga doir choralarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaroning huquq va erkinliklarining buzilishi maʼmuriy huquqbuzarlik xususiyatiga ega boʻlgan hollarda prokuror maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatadi yoki zudlik bilan huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi maʼlumotni va tekshiruv materiallarini maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organga yoki mansabdor shaxsga beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Prokurorning sudga daʼvosi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaroning sud tartibida himoya qilinadigan huquq va erkinliklari buzilsa, lekin fuqaro sogʻligʻiga, yoshi yoki boshqa sabablarga koʻra sudda oʻz huquq va erkinliklarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega boʻlmasa, daʼvoni prokuror taqdim etadi va sudda quvvatlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-BOB. JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHNI AMALGA OSHIRADIGAN ORGANLAR TOMONIDAN QONUNLARNING IJRO ETILISHI USTIDAN NAZORAT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Nazorat predmeti
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyatlar toʻgʻrisidagi arizalar va xabarlarni koʻrib chiqish hamda hal qilish va tergovni olib borishning qonunchilikda belgilangan protsessual tartibi, shuningdek jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlarning qonunlarni ijro etishlari ustidan nazorat predmeti hisoblanadi.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Prokurorning vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunlarning jinoyatchilikka qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat qilish jarayonida prokuror oʻz vakolatlari doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
surishtiruv va dastlabki tergov organlaridan, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlardan jinoyat ishlarini, tergovga qadar tekshiruv, tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv va dastlabki tergov hujjatlari va materiallarini hamda boshqa maʼlumotlarni tekshirish uchun talab qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi arizalar va xabarlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish hamda hal etish toʻgʻrisidagi qonun talablarining ijrosini har oyda kamida bir marta tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tergovchilar va surishtiruvchilarning, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qonunga xilof hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyatlarni tergov qilish, ehtiyot chorasini tanlash, oʻzgartirish yoki bekor qilish, jinoyat tavsifini belgilash, ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish, ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etib yashiringan shaxslarni qidirish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ushlash, majburiy keltirish, qidirish, tintuv oʻtkazish, olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorlarni va sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi ajrimini ijro etishni, boshqa tergov harakatlarini, shu jumladan prokurorning yoki prokuratura tergovchisining ish yurituvida boʻlgan ishlar yuzasidan tergov harakatlarini bajarishni topshiradi, jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish uchun zarur choralar koʻrish toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
surishtiruvda, dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur hollarda, jinoyat-protsessual qonunga muvofiq har qanday ish boʻyicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan bajaradi yoki tergovni toʻla hajmda amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
surishtiruv, dastlabki tergov muddatini uzaytiradi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi va ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyat ishlarini surishtiruv va dastlabki tergov organlariga qoʻshimcha tergov oʻtkazish toʻgʻrisidagi oʻz koʻrsatmalari bilan qaytaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyat ishini surishtiruv organidan tergovchiga, prokuraturaning bir tergovchisidan boshqasiga, jinoyat-protsessual qonunda belgilangan hollarda va tartibda esa bir dastlabki tergov va surishtiruv organidan boshqa dastlabki tergov va surishtiruv organiga oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
surishtiruvchini yoki tergovchini, agar u ishni tergov qilish chogʻida qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan boʻlsa, surishtiruvni yoxud dastlabki tergovni davom ettirishdan chetlatadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunda nazarda tutilgan hollarda, tergov harakatlarini olib borishga sanksiya beradi, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish haqida, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida, murdani eksgumatsiya qilish haqida, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisida, tintuv oʻtkazish haqida, jinoyat ishlari boʻyicha sudga qadar ish yurituv davrida telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisida, mol-mulkni xatlash haqida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi; jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish haqida yoki jinoyat ishini amnistiya aktiga asosan tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi;
(28-modda birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 15-avgustdagi OʻRQ-1081-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 03/25/1081/0738-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyat ishlarini qoʻzgʻatadi yoki ularni qoʻzgʻatishni rad etadi, jinoyat ishlarini tugatadi yoxud ular yuzasidan ish yuritilishini toʻxtatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining va surishtiruvchining ishni tugatishiga rozilik beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini yoxud qarorini tasdiqlaydi, ishni sudga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokurorning jinoyat-protsessual qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda bergan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish, jinoyat ishlarini qoʻzgʻatish va tergov qilish bilan bogʻliq koʻrsatmalari tergovga qadar tekshiruvni va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv va dastlabki tergov organlari uchun majburiydir.
(28-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Prokuratura organlari tomonidan jinoyatlarni tergov qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlari jinoyat-protsessual qonunga binoan oʻz vakolatlariga berilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan tergov oʻtkazadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror jinoyat-protsessual qonunga muvofiq har qanday jinoyatni tergov qilishni oʻz ish yurituviga olishga yoki oʻziga boʻysunuvchi prokurorga topshirishga, shuningdek birgalikda tergov oʻtkazish uchun prokuratura tergovchilari, ichki ishlar organlari hamda boshqa organlarning tergovchilari va tezkor xodimlaridan iborat tergov guruhini tuzishga haqlidir.
(29-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-sentabrdagi OʻRQ-181-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 390-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-BOB. USHLAB TURILGANLARNI, QAMOQQA OLINGANLARNI SAQLASH JOYLARIDA, JINOIY JAZOLARNI VA JINOYAT-HUQUQIY TAʼSIRNING BOSHQA CHORALARINI IJRO ETISH CHOGʻIDA QONUNLARGA RIOYA QILINISHI USTIDAN NAZORAT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Nazorat predmeti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar nazorat predmeti hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etuvchi muassasalarda shaxslar saqlanishining qonuniyligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etish tartibi va sharoitlari haqidagi qonunchilikka rioya etilishi;
(30-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning, shuningdek jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralari qoʻllanilgan shaxslarning qonunda belgilangan huquq va majburiyatlariga rioya etilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyat-ijroiya qonunchiligini qoʻllayotgan organ va muassasalar, mansabdor shaxslar faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi.
(30-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Prokurorning vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etish chogʻida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, oʻz vakolatlari doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylariga, qamoqqa olish, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalariga, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarga va voyaga yetmaganlarning maxsus oʻquv-tarbiya muassasalariga moneliksiz va istalgan vaqtda hamma xonalar bilan tanishish sharti bilan kirishga, shaxslarga nisbatan ushlab turish, qamoqqa olish, shuningdek jinoiy jazo yoki jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralari qoʻllanilishiga asos boʻlgan hujjatlar bilan tanishishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushlab turish, qamoqda saqlash joylarida, qamoqqa olish, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalarida, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda, voyaga yetmaganlarning maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida noqonuniy saqlab turilgan shaxslarni darhol ozod qilishga, mahkumni amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritishga;
(31-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-193-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 509-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar qamoqda saqlanayotgan, qamoq jazosiga, intizomiy qismga joʻnatishga, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo choralari qonunga nomuvofiq boʻlsa, bu choralarni bekor qilishga va oʻz qarori bilan bunday shaxslarni intizomiy boʻlinmalardan darhol ozod qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlardan va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralari qoʻllanilgan shaxslardan ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalarning vakillari ishtirokida ham, ulardan holi holda ham soʻrab-surishtirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalar maʼmuriyatlarining buyruqlari, farmoyishlari va qarorlari, tezkor-qidiruv tadbirlarining qonunga muvofiqligini tekshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralari qoʻllanilgan shaxslarning huquqlarini taʼminlaydigan sharoitlar yaratilishini ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalar maʼmuriyatidan talab qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni ijro etuvchi muassasa boshligʻining mahkumlarga alohida holatlarda muassasa tashqarisiga chiqishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan mahkumni tarbiya koloniyasida qoldirish toʻgʻrisidagi, mahkuma ayollarning jazoni ijro etish muassasasi tashqarisida yashashi toʻgʻrisidagi qarorlarini tasdiqlashga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsir koʻrsatishning boshqa choralarini ijro etish chogʻida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, oʻz vakolatlari doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan, qamoqda saqlanayotgan, ushlab turilgan yoki maʼmuriy qamoqqa tortilgan shaxslardan jinoyatlar toʻgʻrisida olingan arizalar, xabarlarni va boshqa maʼlumotlarni darhol roʻyxatga olish va hal etishda jinoyat-protsessual qonunchilik talablariga rioya qilinishini;
(31-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu shaxslarga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy taʼsir koʻrsatilishi yoki boshqacha tarzda taʼsir koʻrsatilishi ehtimolini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunga xilof ravishda intizomiy javobgarlikka tortishning har bir fakti haqida yuqori turuvchi prokurorni keyinchalik xabardor qilgan holda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash tartibini buzganlik uchun mahkumlarga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo chorasining qonuniyligini majburiy tekshirishni amalga oshirishi shart.
(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 4-apreldagi OʻRQ-470-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish huquqini taʼminlashda prokurorning majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ozodlikdan mahrum etilgan hamda jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralariga tortilgan shaxslarning jazoni ijro etuvchi organ yoki muassasa maʼmuriyatiga, boshqa davlat organlariga, jamoat birlashmalariga, mansabdor shaxslarga shikoyat hamda arizalar bilan murojaat qilish huquqlari toʻgʻrisidagi qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror oʻziga tushgan shikoyat yoki arizani belgilangan muddatda koʻrib chiqishi, zarur chora-tadbirlar koʻrishi hamda oʻz qarori toʻgʻrisida arizachiga maʼlum qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV BOʻLIM. SUDLARDA ISHLARNI KOʻRISHDA PROKURORNING VAKOLATLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Sudlarda ishlarni koʻrishda prokurorning ishtiroki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yoʻli bilan samarali himoya qilinishini taʼminlash maqsadida barcha instansiya sudlarida ishlar koʻrilayotganda prokuror qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror sudlarda jinoyat ishlari koʻrilayotganda davlat ayblovini quvvatlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror sudda dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, qonunning qoʻllanishi xususida oʻz fikrini bildiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlar sudlarda koʻrilayotganda ishtirok etayotgan prokurorning vakolatlari protsessual qonunlar bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan foydalanib, sudyalarning mustaqilligi hamda protsessual qonunchilik normalariga qatʼiy rioya etish prinsipiga amal qilishi shart.
(33-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Ishlarni suddan talab qilib olish va chaqirib olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qarori qonuniy kuchga kirgan har qanday ishni prokuror oʻz vakolatlari doirasida suddan talab qilib olish huquqiga egadir. Prokuror yoki uning topshirigʻiga binoan prokuratura organlarining boshqa xodimlari sudlarda bunday ishlarning har qanday toifasini oʻrganib chiqish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayblov xulosasini, ayblov dalolatnomasini, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror jinoyat ishi sudda koʻrish uchun tayinlanguniga qadar ishni suddan chaqirib olish huquqiga ega.
(34-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Sud qarorlariga protest keltirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror protsessual qonunda belgilangan tartibda oʻz vakolatlari doirasida sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga protest keltirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Protest keltirish prokurorning vakolat doirasidan chetga chiqib ketadigan hollarda u protest keltirish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan yuqori turuvchi prokurorga murojaat etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Protestlarni oʻzgartirish, toʻldirish, chaqirib olish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga nisbatan keltirilgan apellyatsiya, kassatsiya, xususiy va taftish tartibidagi protest ishni sudda koʻrish boshlangunga qadar protest keltirgan prokuror tomonidan, shuningdek yuqori turuvchi prokuror tomonidan oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki chaqirib olinishi mumkin.
(36-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 14-avgustdagi OʻRQ-943-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2024-y., 03/24/943/0616-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V BOʻLIM. PROKUROR NAZORATI HUJJATLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Prokuror nazorati hujjatlarining turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruv prokuror nazorati hujjatlaridir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-modda. Protest
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunga zid boʻlgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi. Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan ham xuddi shunday tartibda protest keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Protest kelib tushgan vaqtdan boshlab oʻn kunlik muddatdan kechiktirmay koʻrib chiqilishi shart. Qonunbuzarlikni darhol bartaraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror protestni koʻrib chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqli. Protestni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida uch kunlik muddat ichida prokurorga yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Protest kollegial organ tomonidan koʻrib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga maʼlum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Protest shu hujjatni qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) yoki yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) tomonidan rad etilganda, shuningdek protest qonunda belgilangan muddat ichida koʻrib chiqilmagan taqdirda, prokuror ana shu hujjatni gʻayriqonuniy deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Sudga ariza protest rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabar olingan paytdan boshlab yoki protestni koʻrib chiqish uchun qonunda belgilangan muddat oʻtganidan keyin bir oylik muddat ichida berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror tomonidan sudga ariza berilishi protest keltirilgan hujjatning amal qilishini ariza sudda koʻrib chiqilgunga qadar toʻxtatib qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-modda. Qaror
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan sodir etilgan qonun buzilishining xususiyatiga qarab jinoyat ishi, maʼmuriy yoki intizomiy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi. Prokuror qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qaror chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy yoki intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishni qoʻzgʻatish haqidagi prokurorning qarori kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida organ yoki mansabdor shaxs tomonidan koʻrib chiqilishi shart. Uni koʻrib chiqish natijalari haqida uch kunlik muddatda prokurorga yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-modda. Taqdimnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomani qonun buzilishini bartaraf etish vakolatlariga ega boʻlgan organga yoki mansabdor shaxsga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdimnoma darhol koʻrib chiqilishi va koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida bir oylik muddat ichida prokurorga yozma ravishda maʼlum qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdimnoma kollegial organ tomonidan koʻrib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga maʼlum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-modda. Ariza
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokurorning arizasi sud tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
(41-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror arizasidan davlat boji olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42-modda. Ogohlantiruv
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror fuqarolarning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga, huquq va erkinliklariga, jamiyat hamda davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan gʻayriqonuniy xatti-harakatlar tayyorlanayotganligi xususida ishonchli maʼlumotlar mavjud boʻlganda huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida mansabdor shaxslar va fuqarolarni qonunning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida yozma ravishda ogohlantiradi hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikni tushuntiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ogohlantiruv toʻgʻrisida prokuror yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga), shuningdek ogohlantiruv eʼlon qilingan shaxsning ish, oʻqish joyi boʻyicha ish beruvchiga (maʼmuriyatga) yoki yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga maʼlum qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI BOʻLIM. PROKURATURA ORGANLARINING XODIMLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43-modda. Prokuratura organlaridagi lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarga nisbatan qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlarida prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar va ish oʻrganuvchilar lavozimiga oliy yuridik maʼlumotga ega, zarur kasbiy fazilatlari boʻlgan, zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sogʻligʻi imkon beradigan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari tayinlanadi.
(43-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida hollarda, prokuratura organlaridagi xizmatga iqtisodiyot, moliya, sotsiologiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida va boshqa sohalarda oliy maʼlumotga, zarur bilim va tajribaga ega boʻlgan mutaxassislar qabul qilinishi mumkin.
(43-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, shuningdek tumanlar, shaharlar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar lavozimiga yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan shaxslar tayinlanadi.
(43-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 30-oktabrdagi OʻRQ-873-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlari xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori belgilaydigan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(43-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-noyabrdagi OʻRQ-1008-sonli Qonuniga asosan chiqarilish sanasi 2025-yil 3-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
431-modda. Prokuratura organlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlari xodimlari quyidagilarga haqli emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) prokuratura organlarida birga xizmat qilishga, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga olib kelsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatni oʻtash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prokuratura organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmaganlik prokuratura organlari xodimlarini qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
(431-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-noyabrdagi OʻRQ-1008-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 3-yanvar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44-modda. Prokurorlar va tergovchilarning qasamyodi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror yoki tergovchi lavozimiga birinchi marta tayinlanayotgan shaxs quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻz xizmat vazifalarimni halol va vijdonan bajarishga, qonun buzilishiga qarshi murosasiz kurashishga, fuqaro, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga tantanali qasamyod qilaman”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qasamyod qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45-modda. Prokurorlar faoliyatini baholash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining, tumanlar, shaharlar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning faoliyati tegishli yuqori turuvchi prokurorlar tomonidan ularning vakolatlari muddati ichida kamida ikki marta kompleks oʻrganib chiqiladi. Prokurorlar faoliyatini baholashning asosiy mezonlari qonuniylikning holati va fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklari, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning taʼminlanishi hisoblanadi.
(45-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 30-oktabrdagi OʻRQ-873-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz faoliyati davrida tegishli hududda qonunlar ijrosi ustidan lozim darajada nazorat oʻrnatilishini taʼminlab bera olmagan shaxslar prokuror lavozimiga takroran koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46-modda. Prokuratura organlarining ichki xavfsizligini taʼminlash boʻlinmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi tuzilmasida prokuratura organlarining ichki xavfsizligini taʼminlash boʻlinmasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlarining ichki xavfsizligini taʼminlash boʻlinmasi prokuratura organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish, korrupsiya va egallab turgan lavozimiga noloyiq boshqa nojoʻya xatti-harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha xizmat tekshiruvlari oʻtkazadi, prokuratura organlarida ichki xavfsizlikni taʼminlash sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, Bosh prokuratura hayʼatining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari, farmoyishlari va koʻrsatmalari soʻzsiz ijro etilishini taʼminlaydi.
(46-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi OʻRQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47-modda. Prokuratura organlari xodimlarining darajali unvonlari va harbiy unvonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlari xodimlariga egallab turgan lavozimlari va mehnat stajiga muvofiq darajali unvonlar yoki harbiy unvonlar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48-modda. Prokuratura organlari va muassasalaridagi xizmat
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash, prokuratura organlari va muassasalarining xodimlariga darajali unvonlar va harbiy unvonlar berish hamda ulardan mahrum etish, ularni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi ushbu Qonunda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomda, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
(48-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 30-oktabrdagi OʻRQ-873-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlari xodimlari xizmat qurolini va shaxsiy himoya vositalarini qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish huquqiga ega.
(48-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi OʻRQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2 sentabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49-modda. Prokuratura organlari xodimining daxlsizligi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror, tergovchi va surishtiruvchiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish va dastlabki tergov oʻtkazish prokuratura organlarining mutlaq vakolati hisoblanadi.
(49-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlari xodimlarining intizomiy nojoʻya xatti-harakat uchun javobgarligi masalasi yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etiladi.
(49-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50-modda. Prokuratura organlari xodimlarining moddiy va ijtimoiy taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlari xodimlarining ish haqi mansab maoshidan, darajali unvonlar (harbiy unvonlar), koʻp yillik xizmat uchun toʻlanadigan ustama haqlardan hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.
(50-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega boʻlgan prokuratura organlarining xodimlari belgilangan meʼyorlar boʻyicha bepul xizmat kiyimi bilan taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi oʻttiz kalendar kundan iborat haq toʻlanadigan yillik taʼtil beriladi. Oʻn yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi besh kalendar kun, oʻn besh yildan ortiq ish stajiga ega boʻlganlarga davomiyligi oʻn kalendar kun, yigirma yildan ortiq ish stajiga ega boʻlganlarga esa davomiyligi oʻn besh kalendar kun qoʻshimcha taʼtil beriladi.
(50-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi OʻRQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51-modda. Prokuratura organlari xodimlarini hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoyalash choralari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlari xodimlarining hayoti va sogʻligʻi davlat himoyasida boʻladi hamda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda sugʻurtalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sugʻurta organlari quyidagi hollarda sugʻurta summalarini toʻlaydilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prokuratura organlari xodimi ishlayotgan davrida yoki prokuratura organlaridan boʻshatilganidan keyin halok boʻlsa (vafot etsa), agar bu hol u oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki sogʻligʻining boshqacha shikastlanishi oqibatida roʻy bergan boʻlsa, uning merosxoʻrlariga — Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 194-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prokuratura organlari xodimi oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbiga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib boʻlib qolganida yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida — uning oylik ish haqi yigirma besh karrasi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prokuratura organlari xodimiga u oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kasbiga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatini doimiy yoʻqotishga olib kelmaydigan tan jarohatlari yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida — uning oylik ish haqi besh karrasi miqdorida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlari xodimi oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbiga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib boʻlib qolganida yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida majburiy davlat sugʻurtasi boʻyicha olingan toʻlovlarni hisobga olmagan holda unga ish haqi va tayin etilgan pensiya oʻrtasidagi farq har oyda toʻlab boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlari xodimi oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilishi oqibatida halok boʻlsa (vafot etsa), uning qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolariga yetkazilgan zararning toʻlovi boquvchisini yoʻqotganlik munosabati bilan tayinlangan pensiya, xuddi shuningdek boshqa pensiya, ish haqi, stipendiya va oʻzga daromadlarni hisobga olmagan holda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlari xodimining oʻz xizmat faoliyati bilan bogʻliq tarzda unga tegishli mol-mulkni yoʻq qilish yoki shikastlash oqibatida yetkazilgan zarar unga yoki uning oila aʼzolariga toʻlaligicha qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan zararni qoplash boʻyicha toʻlovlar respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilib, ular aybdor shaxslardan qonunda belgilangan tartibda keyinchalik undirib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII BOʻLIM. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52-modda. Xalqaro hamkorlik
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq chet el davlatlarining tegishli organlari bilan prokuror nazorati, jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamda boshqa masalalar boʻyicha hamkorlik qiladi.
(52-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53-modda. Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura muassasalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirish maqsadida belgilangan tartibda idoraviy ilmiy muassasalar va oʻquv yurtlari tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari davriy nashrlar hamda maxsus adabiyotlar chop etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54-modda. Prokuratura organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuratura organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti respublika budjeti hamda prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(54-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 30-oktabrdagi OʻRQ-873-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55-modda. Prokuratura organlarining muhri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va unga boʻysunuvchi prokuraturalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri va oʻz nomi tushirilgan muhrga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56-modda. Ushbu Qonunda qoʻllanilgan ayrim atamalarning talqini
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fuqarolar” degan atama zamirida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolarini, chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni tushunish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Prokuratura organlari xodimlari” degan atama zamirida darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega boʻlgan prokuratura organlari va muassasalarining barcha xodimlarini, shuningdek prokuratura ish oʻrganuvchilarini tushunish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5, 6-moddalardagi, 7-moddaning ikkinchi qismidagi, 22, 23, 25, 26-moddalardagi, 31-moddaning ikkinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi xatboshilaridagi , 33-moddadagi, 43-moddaning birinchi qismidagi hamda 44-moddaning birinchi qismidagi “prokuror” degan atama zamirida oʻz vakolatlari doirasida ish olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, quyi turuvchi barcha prokurorlar, ularning oʻrinbosarlari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlarning boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlarning katta yordamchilari, yordamchilari, katta prokurorlari va prokurorlarini tushunish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, toʻqqizinchi va oʻn uchinchi xatboshilaridagi, ikkinchi qismidagi “prokuror” degan atama zamirida oʻz vakolatlari doirasida ish olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, quyi turuvchi barcha prokurorlar, ularning oʻrinbosarlari, bosh boshqarmalar, boshqarmalar va boʻlimlarning boshliqlarini tushunish kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-moddadagi, 7-moddaning toʻrtinchi qismidagi, 8-moddaning ikkinchi qismidagi, 28-modda birinchi qismining oʻninchi, oʻn birinchi, oʻn ikkinchi, oʻn toʻrtinchi, oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilaridagi, 29-moddaning ikkinchi qismidagi, 31-moddaning uchinchi, toʻrtinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi, 34, 35, 36, 38, 39, 40, 41, 42-moddalardagi “prokuror” degan atama zamirida oʻz vakolatlari doirasida ish olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning oʻrinbosarlarini tushunish kerak.
(56-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-sentabrdagi OʻRQ-181-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 390-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “prokuror” degan atama zamirida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlarini, viloyatlar, Toshkent shahri prokurorlarini va ularga tenglashtirilgan prokurorlarni tushunish kerak.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 168-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2008-y., 39-son, 390-modda; 2008-y., 52-son, 509-modda; 2011-y., 16-son, 160-modda; 2012-y., 38-son, 433-modda; 2015-y., 32-son, 425-modda; 2016-y., 39-son, 457-modda; 2017-y., 13-son, 194-modda, 24-son, 487-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 03/17/448/0126-son, 05.04.2018-y., 03/18/470/1005-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son; 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son; 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son; 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son; 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son; 14.08.2024-y., 03/24/943/0616-son; 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son; 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son; 29.01.2025-y., 03/25/1022/0083-son; 15.08.2025-y., 03/25/1081/0738-son)