26.08.2004 yildagi 662-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 26.08.2004 yildagi 662-II-son
Date of entry into force
15.10.2004
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 86-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 26-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
662-II-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FERMER XOʻJALIGI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(yangi tahriri)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi fermer xoʻjaliklarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Fermer xoʻjaligi

Fermer xoʻjaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektidir.
(3-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining asosiy subyektidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish bilan birga qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaligidir.
(3-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestri Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(3-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Fermer xoʻjaligining boshligʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligining boshligʻi shu xoʻjalikning muassisi — fermerdir. Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, qishloq xoʻjaligida tegishli malaka yoki ish tajribasiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi fermer boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fermer xoʻjaligi nomidan ana shu xoʻjalik boshligʻi ish koʻradi.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. FERMER XOʻJALIGINI TASHKIL ETISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Fermer xoʻjaligini tashkil etish shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda va zaxira yerlarda tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi bilan belgilanadi.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalari berilganda fermer xoʻjaligi oʻz zimmasiga qishloq xoʻjalik ekinlarining hosildorligi (uch yil uchun oʻrtacha yillik hosil hisobida) qonunchilikda belgilangan normativ hosildorlikdan kam boʻlmasligini taʼminlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qoʻyiladi.
(5-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Fermer xoʻjaligini tashkil etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi shu xoʻjalik boshligʻi tomonidan tashkil etiladi, u fermer xoʻjaligiga tegishlicha alohida mol-mulk ajratib beradi va ustavini tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi tashkil etish uchun uning boshligʻi ushbu Qonunning 11-moddasida belgilangan tartibda yer uchastkasi olishi kerak.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Fermer xoʻjaligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
(7-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin tashkil etilgan deb hisoblanadi hamda uning muassisi yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi. Fermer xoʻjaligi bank muassasasida hisob-kitob varagʻi va boshqa xil hisobvaraqlar ochishga, oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻlishga haqli.
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi tashkil etishning ushbu Qonunda belgilangan tartibi buzilgan yoki xoʻjalikning ustavi qonunga muvofiq boʻlmagan taqdirda fermer xoʻjaligini davlat roʻyxatiga olish rad etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat roʻyxatiga olish rad etilganligi, shuningdek roʻyxatga olish muddatlarining buzilganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Fermer xoʻjaligining ustavi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi ustav asosida faoliyat koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligining namunaviy ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Fermer xoʻjaligi ustavining mazmuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligining ustavida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaligining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaligi boshligʻining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaligining joylashgan yeri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va pochta manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaligining ixtisoslashuvi va faoliyatining asosiy turlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondining miqdori.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligining ustavida qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham boʻlishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. FERMER XOʻJALIKLARI YURITISH UCHUN YER UCHASTKALARI BERISH. YERDAN FOYDALANISH VA SUV ISTEʼMOLI
(III boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Fermer xoʻjaliklari yuritish uchun beriladigan yer uchastkalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaliklari yuritish uchun yer uchastkalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaxira yerlardan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-tadqiqot muassasalari, maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarining yerlari, shuningdek suv fondi yerlari fermer xoʻjaliklariga berilishi mumkin emas.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi, katta va kichik daryolar, suv havzalari boʻylab joylashgan yer uchastkalari fermer xoʻjaligi yuritish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi boʻylab besh yuz metrli mintaqada faoliyati hayvonlarni (chorva mollar, parrandalar, moʻynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar, asalarilarni, hayvonot bogʻlari hamda vivariylarning hayvonlarini va boshqa jonivorlarni) koʻpaytirish, oʻtlatish va boqish bilan bogʻliq boʻlgan chorvachilik, parrandachilik hamda boshqa yoʻnalishdagi fermer xoʻjaliklariga yer uchastkalari berish taqiqlanadi.
(10-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Fermer xoʻjaliklari yuritish uchun yer uchastkalari berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaliklarini yuritish uchun yer uchastkalari elektron onlayn-auksion asosida oʻttiz yil muddatga ijaraga beriladi.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xoʻjaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar boshqa teng shartlarda ustun huquqdan foydalanadi.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi elektron onlayn-auksion gʻolibi va tuman hokimi oʻrtasida bir ish kuni ichida imzolanadi.
(11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari olgan va qishloq aholi punktida turarjoyi boʻlgan shaxslarning tomorqa yer uchastkasi saqlanib qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligining yer uchastkasi chegaralarini naturada (joyning oʻzida) belgilash hamda yer tuzish loyihalariga muvofiq fermer xoʻjaligiga yer uchastkasini ijaraga berish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish yer tuzish xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
(11-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Yerdan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligining yer uchastkasiga egalik qilish hamda undan foydalanish borasidagi huquq va majburiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalaniladi. Ular xususiylashtirilishi, shuningdek oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti boʻlishi mumkin emas.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkalari ushbu Qonun 16-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda yuridik va jismoniy shaxslarga bir yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin, bundan ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(13-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-iyuldagi OʻRQ-936-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 03/24/936/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkasining dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlari yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish uchun oʻn yilgacha boʻlgan muddatga qonunchilikka muvofiq ikkilamchi ijaraga (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) berilishi mumkin.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-iyuldagi OʻRQ-936-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 03/24/936/0522-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kreditlar olishda fermer xoʻjaligi tomonidan garovga qoʻyilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkasi fermer xoʻjaligi qayta tashkil etilgan taqdirda, agar yer uchastkasining boʻlinishi natijasida yangi tashkil topgan yer uchastkalarining oʻlchami Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksida nazarda tutilgan eng kam oʻlchamlardan kam boʻlmasa, boʻlinishi mumkin.
(13-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasining oʻlchami va chegaralari faqat fermer xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi boshligʻi vafot etgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qonunchilikka muvofiq ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddatiga meros boʻyicha oʻtadi.
(13-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi boshligʻi pensiya yoshiga toʻlganda yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganda, shuningdek muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, oliy taʼlim tashkilotlariga taʼlimning kunduzgi shakliga oʻqishga qabul qilingan, saylab qoʻyiladigan lavozimlarga saylangan yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga yoʻl qoʻyilmaydigan ishga qabul qilingan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini ijara shartnomasiga oʻzgartishlar kiritish orqali ushbu Qonun 4-moddasining birinchi qismi talablariga javob beradigan oʻz oila aʼzolaridan biriga qonunchilikka muvofiq ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga berishga haqli.
(13-moddasining toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 6-martdagi OʻRQ-1120-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 03/26/1120/0215-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin fermer xoʻjaligi ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga ega. Fermer xoʻjaligining boshligʻi vafot etgan taqdirda, ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga uning merosxoʻri ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar kelishuvga erishmagan taqdirda esa, sud tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi tugatilgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinishi lozim.
(13-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Suv isteʼmoli
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaliklarining suv isteʼmoli tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan ishlab chiqiladigan hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan suv obyektlaridan suv olish limitlari asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. FERMER XOʻJALIGINING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI HAMDA MOL-MULKI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Fermer xoʻjaligining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilgan yer uchastkasida oʻz ustavida nazarda tutilgan ixtisoslashuvga va ijaraga olish shartnomasiga muvofiq fermer xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasini yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjalik ekinlarini oraliq ekish uchun ikkilamchi ijaraga berish (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz);
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-639-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasining dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarini yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish uchun qonunchilikka muvofiq ikkilamchi ijaraga (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) berish;
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-iyuldagi OʻRQ-936-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 03/24/936/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashuvni hisobga olgan holda va tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq xoʻjalik ekinlarini joylashtirishni mustaqil ravishda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotni qayta ishlovchi korxonalarni va oʻz mahsulotlari (ishlari, xizmatlari) isteʼmolchilarini mustaqil ravishda tanlash;
(16-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq toʻlanadigan fyuchers kontraktlari tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishtirgan mahsulotini, shu jumladan bu mahsulotni isteʼmolchilarga realizatsiya qilish huquqini oʻz xohishiga koʻra tasarruf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishtirayotgan mahsuloti, bajarayotgan ishlari va koʻrsatayotgan xizmatlariga narx belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi, yoqilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlarning, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari yetkazib berilishi, suv xoʻjaligi xizmatlari, texnik va boshqa xizmatlar koʻrsatilishi uchun shartnomalar tuzish;
(16-modda birinchi qismining yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyatidan qonunchilikda belgilangan tartibda soliq solinadigan, cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
(16-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olgan daromadlarini (foydasini), bank muassasasidagi oʻzining hisobvaraqlarida boʻlgan pul mablagʻlarini tasarruf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini hamda boshqa mol-mulkini shartnoma asosida jalb etish hamda ularni ishlab chiqarishga va takror ishlab chiqarishga yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditlar olish uchun oʻz mol-mulkini, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik hamda xususiy korxonalar uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning barcha turlaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur asbob-uskunalar, ishlab chiqarish vositalari hamda boshqa mol-mulkni olish, ijaraga olish, binolar va inshootlar qurish hamda ularni taʼmirlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni, fan va texnika yutuqlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan-taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish;
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkasiga nisbatan huquqlari va majburiyatlarini yer uchastkasining asosiy moʻljallangan maqsadini saqlab qolgan holda, ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish);
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 9-oktabrdagi OʻRQ-973-sonli Qonuniga asosan yigirmanchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Fermer xoʻjaligining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasidan qonunchilikda va ijaraga olish shartnomasida belgilangan shartlar asosida, ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq samarali va oqilona foydalanilishini taʼminlashi.
(17-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarida maqbul ekinlar ekilishini yoki tut koʻchatlari oʻtqazilishini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy ekinlarning rivojlanishiga salbiy taʼsiri boʻlmagan hollarda bogʻlar va tokzorlarning qator oralariga daromad keltirishi mumkin boʻlgan maqbul ekinlar ekilishini taʼminlashi;
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-iyuldagi OʻRQ-936-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 03/24/936/0522-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologik talablarga va atrof muhitni muhofaza qilishning boshqa qoidalariga rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasining meliorativ holatini yaxshilash, uning unumdorligini saqlab qolish va oshirish tadbir-choralarini koʻrishi, biznes-rejada shu maqsad uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar ijaraga olish shartnomasida boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, yer uchastkasi berilgan vaqtdan eʼtiboran bir yil ichida undan foydalanishga kirishishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(17-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻoʻza va don ekinlarini navlar boʻyicha joylashtirishning belgilangan talablariga rioya etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini koʻrishi;
(17-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv resurslaridan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi bilan tuzilgan suv yetkazib berish va suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga binoan foydalanishi, shuningdek fermerlararo ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarini, ulardagi inshootlarni taʼmirlash hamda tiklashda ishtirok etishi, ularni texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etish;
(17-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari, sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasini saqlash shartlariga va servitutlarga rioya etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini, oʻz xodimlari, shu jumladan fermer xoʻjaligida mehnat qiladigan oila aʼzolari, vaqtincha (mavsumiy) yollanadigan fuqarolar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlashi;
(17-modda birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga olish shartnomasi bekor qilingan taqdirda yer uchastkasining dastlab berilgan paytdagi oʻlchamlarini kamaytirmagan va boshqa shaklda zarar yetkazmagan holda yer uchastkasini ijaraga beruvchiga qaytarishi;
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuniga asosan oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shuningdek koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni belgilangan tartibda oʻz vaqtida toʻlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirishda agrotexnika talablariga rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan muhofaza qilinishini taʼminlashi shart
(17-modda birinchi qismining sakkizinchi—oʻn toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonunuga muvofiq sakkizinchi — oʻn beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Fermer xoʻjaligining ustav fondi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligining ustav fondi fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul, qimmatli qogʻozlar, binolar, inshootlar, boshqa mol-mulk yoki pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar fermer xoʻjaligining ustav fondiga qoʻshiladigan hissa boʻlishi mumkin. Bunda fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish boʻyicha ochiq elektron tanlovda koʻrsatib oʻtilgan mol-mulk, texnika va pul mablagʻlari fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan fermer xoʻjaligining ustav fondiga kiritiladi.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar fermer xoʻjaligining ustav fondi shakllantirilayotganda fermer xoʻjaligining boshligʻi oʻz oila aʼzolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki hisoblangan mol-mulkni fermer xoʻjaligiga topshirayotgan boʻlsa, ushbu mol-mulkning barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligining ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish fermer xoʻjaligi boshligʻining qaroriga koʻra fermer xoʻjaligi ustaviga oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Fermer xoʻjaligining mulk huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligining mulk huquqi davlat himoyasidadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Binolar, inshootlar, qishloq xoʻjaligi ekinzorlari va koʻchatzorlari, dov-daraxtlar, chorva mollar, parrandalarga, yetishtirgan mahsulotiga, qishloq xoʻjalik texnikasi, inventar, asbob-uskunalar, transport vositalari, pul mablagʻlari, intellektual mulk obyektlariga, shuningdek fermer xoʻjaligining balansidagi boshqa mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi fermer xoʻjaligiga qarashlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi boshligʻining pul va moddiy mablagʻlari, tovarlarni realizatsiya qilishdan (ishlar bajarishdan, xizmatlar koʻrsatishdan) olingan daromadlar (foyda), qimmatli qogʻozlardan kelgan daromadlar, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar fermer xoʻjaligining mol-mulkini shakllantirish manbalari boʻlishi mumkin.
(19-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi qonunchilikda belgilangan tartibda mol-mulkni yaratish, koʻpaytirish, olish, sotish, ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega.
(19-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi tugatilayotganda faoliyatni amalga oshirish davrida oʻz mablagʻlari hisobiga yaratilgan mol-mulkni qonunchilikda belgilangan tartibda erkin tasarruf etishi mumkin.
(19-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Fermer xoʻjaligining mablagʻlari va hisob-kitoblari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablagʻlarini saqlab turish uchun bank muassasasida hisobvaraqlar ochish va bu mablagʻlarni erkin tasarruf etish huquqiga ega. Fermer xoʻjaligining hisob-kitob varagʻidan mablagʻlarni faqat fermer xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan yoki sudning qaroriga binoan hisobdan chiqarish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Fermer xoʻjaligining mol-mulkini meros qilib qoldirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligining mol-mulki qonunchilikka muvofiq meros qilib qoldiriladi. Xoʻjalikda faoliyatni davom ettirayotgan merosxoʻrlar merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berilganligi uchun davlat boji toʻlashdan ozod etiladilar.
(21-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. FERMER XOʻJALIGI FAOLIYATINING TASHKIL ETILISHI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Fermer xoʻjaligining ishlab chiqarish faoliyati
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi oʻz ustavida va yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan ixtisoslashuvga muvofiq faoliyati yoʻnalishlarini, ishlab chiqarish tuzilmasi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi. Fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining har qanday turi bilan, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanishga haqli.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi oʻzi yetishtirayotgan mahsulot va ishlab chiqarayotgan tovarlar, bajarayotgan ishlar va koʻrsatayotgan xizmatlar sifatiga oid normativlar va standartlarga, ekologiyaga, sanitariyaga taalluqli hamda qonunchilikda belgilab qoʻyilgan boshqa talablar va qoidalarga rioya etishi shart.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaliklarining xoʻjalik faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlarning gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining va fuqarolarning gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fermer xoʻjaligiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
(22-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi tashqi iqtisodiy faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Fermer xoʻjaligidagi mehnat
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi (ish beruvchi) va uning xodimlari oʻrtasidagi mehnatga oid munosabatlar qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakti) bilan tartibga solinadi.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligidagi ish tartibi xoʻjalik boshligʻi tomonidan qonunchilikka muvofiq belgilanadi. Fermer xoʻjaligi xodimlarining mehnat faoliyati hisobini olib borish xoʻjalik boshligʻi tomonidan tashkil etiladi.
(23-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash taraflarning kelishuviga koʻra pul hamda natura tarzida, qonunchilikda Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
(23-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligining boshligʻi va xodimlari davlat ijtimoiy sugʻurtasidan oʻtkaziladi. Ularga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar va pensiyalar tayinlash hamda toʻlash qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlar asosida amalga oshiriladi.
(23-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Mahsulotni fermer xoʻjaligi tomonidan realizatsiya qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi oʻzi yetishtirayotgan mahsulotni realizatsiya qilish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar bilan xoʻjalik shartnomalari tuzish huquqiga ega. Shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda taraflar qonunchilikda yoki shartnomada belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi yetishtirayotgan mahsulotning eksportga yetkazib berilishi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(24-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Fermer xoʻjaliklarining birgalikdagi faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaliklari ixtiyoriylik asosida birlashishi, mahsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika taʼminoti, qurilish, texnikaviy, suv xoʻjaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yoʻsinidagi va boshqa xil xizmatlar koʻrsatish boʻyicha uyushmalar hamda boshqa birlashmalarga kirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaliklarining Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga aʼzoligi majburiydir.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-apreldagi OʻRQ-533-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Fermer xoʻjaligini kreditlash va sugʻurtalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligini ishlab chiqarish ahamiyatiga molik obyektlar qurilishi, asosiy ishlab chiqarish vositalarini olish uchun uzoq muddatli kreditlash hamda uning joriy ishlab chiqarish faoliyatini qisqa muddatli kreditlash kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligini imtiyozli kreditlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi oʻziga qarashli va ijaraga olingan ishlab chiqarish vositalarining, qishloq xoʻjaligi ekinzorlari va koʻchatzorlarining, koʻp yillik dov-daraxtlarning, yetishtirgan mahsulotining, xom ashyoning, materiallarning yoʻqotilishi (nobud boʻlishi), kam chiqishi yoki shikastlanishi xavfini, tadbirkorlik xavfini, shuningdek shartnomalarni buzganlik uchun oʻzining javobgarlik xavfini ixtiyoriylik asosida sugʻurta qildiradi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlar asosida sugʻurta tovoni (sugʻurta summasi) oladi.
(26-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Fermer xoʻjaligiga soliq solish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikka muvofiq fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlaydi.
(27-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligining foydasi soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlanganidan keyin fermer xoʻjaligi boshligʻining tasarrufiga oʻtadi.
(27-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Fermer xoʻjaligi faoliyatining natijalarini hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi oʻz faoliyatining natijalarini hisobga olib boradi hamda mahalliy statistika va soliq organlariga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Fermer xoʻjaliklarini davlat yoʻli bilan va boshqa tarzda qoʻllab-quvvatlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat fermer xoʻjaliklarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish va mustahkamlashga koʻmaklashishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shaharcha, qishloq va ovul fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻz vakolatlari doirasida qonunchilikda belgilangan tartibda:
(29-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish va ijtimoiy-maishiy ahamiyatga molik obyektlari boʻlmagan hududda fermer xoʻjaliklari tashkil etilganida mazkur hududni birlamchi obodonlashtirishni (yoʻllar, elektr uzatish va aloqa liniyalari qurishni, suv bilan taʼminlashni, gazlashtirishni, telefonlashtirishni, radiolashtirishni, yer tuzishni, yerlarni melioratsiyalashni) amalga oshiradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaliklariga yer uchastkalari beradilar hamda ishlab chiqarish obyektlari va uy-joylar barpo etishda yordam koʻrsatadilar;
(29-moddaning uchinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaliklarining ishlab chiqarish obyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishiga koʻmaklashadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanilmayotgan yashash uchun moʻljallanmagan joylarni ularda mahsulot yetishtirishni va tovarlar ishlab chiqarishni (ishlar bajarishni, xizmatlar koʻrsatishni) tashkil etish uchun ijaraga beradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaliklari boshliqlari va xodimlarini tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga koʻmaklashadilar;
(29-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjalik ekinlarining navli urugʻlik hamda koʻchatlari, organik va mineral oʻgʻitlar, qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalardan, kasalliklar hamda begona oʻtlardan himoya qilish vositalari yetkazib berish yuzasidan davlat agrotexnika xizmati koʻrsatish tizimi orqali xizmatlar, shuningdek texnikaviy xizmat koʻrsatadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi texnikasi, asbob-uskunalar va inventarlarni lizing asosida sotib olishga koʻmaklashadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zotdor chorva mollar va parrandalar, shuningdek omixta yem sotib olishda koʻmaklashadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaliklarining chorva mollariga veterinariya xizmati koʻrsatilishi uchun zarur sharoitlar yaratib beradilar;
(29-modda uchinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotini tayyorlash va realizatsiya qilishda koʻmaklashadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noqishloq xoʻjalik yoʻnalishidagi ishlab chiqarishlarni tashkil etayotgan fermerlarni ragʻbatlantiradilar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsalting, axborot yoʻsinidagi va boshqa xil xizmatlar koʻrsatadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlashning boshqa shakllari fermer xoʻjaliklariga ham tatbiq etiladi.
(29-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Fermer xoʻjaligi faoliyatini tekshirish cheklanganligi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi faoliyatini tekshirish (moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishlar bundan mustasno), yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligiga dalillar boʻlgan hollarda, ijaraga olish shartnomasiga muvofiq ijaraga berilgan yer uchastkasidan faqat belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish masalalari boʻyicha, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(30-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-moddaning uchinchi — beshinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Fermer xoʻjaligini qayta tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligini qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(31-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligining yer uchastkalarini ijaraga olish huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinganda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi oʻz rahbari tomonidan uning tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish orqali qayta tashkil etilishi mumkin.
(31-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Fermer xoʻjaligini tugatish asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi quyidagi hollarda tugatiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish boʻyicha ochiq elektron tanlovda fermer xoʻjaligi boshligʻi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan mol-mulk, texnika va pul mablagʻlari ustav fondiga kiritilmaganda;
(32-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida faoliyat tiklanmagan taqdirda;
(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-592-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan— Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaligi bankrot deb topilganda, shu jumladan moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar, ish bajaruvchilar va xizmat koʻrsatuvchilar bilan hisob-kitob muntazam ravishda amalga oshirilmaganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaligining boshligʻi vafot etib, xoʻjalik faoliyatini davom ettirishni xohlovchi merosxoʻr boʻlmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaligining yer uchastkalarini ijaraga olish huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinganda, bundan koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi oʻz rahbari tomonidan fermer xoʻjaligining tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish orqali qayta tashkil etilgan hollar mustasno.
(32-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Fermer xoʻjaligini tugatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaligi boshligʻining qaroriga binoan;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan;
(33-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida faoliyat tiklanmagan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qaroriga binoan tugatiladi.
(33-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-592-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligini tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(33-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaliklarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi nizolar qonunchilikka muvofiq hal etiladi.
(34-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Fermer xoʻjaligining majburiyatlari boʻyicha javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi oʻz majburiyatlari boʻyicha, shu jumladan moddiy-texnika resurslari yetkazib berilganligi va xizmatlar koʻrsatilganligi uchun oʻz vaqtida haq toʻlash boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan oʻz mol-mulki bilan javob beradi.
(35-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-981-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligining boshligʻi fermer xoʻjaligining mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda fermer xoʻjaligining majburiyatlari boʻyicha oʻziga qarashli mol-mulk bilan qonunchilikka muvofiq subsidiar javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun javobgar qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan fermer xoʻjaligida mablagʻ boʻlmagan yoxud yetarli boʻlmagan taqdirda, undirilishi lozim boʻlgan summalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan toʻlanadi.
(35-moddaning birinchi — uchinchi qismilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(36-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 40-41-son, 433-modda; 2006-y., 12-13-son, 100-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2009-y., 52-son, 555-modda; 2011-y., 37-son, 374-modda; 2012-y., 37-son, 421-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 1-son, 1-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son, 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son; 18.07.2024-y., 03/24/936/0522-son; 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son; 10.10.2024-y., 03/24/973/0800-son; 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son; 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son; 07.03.2026-y., 03/26/1120/0215-son)