Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.08.2026 25.12.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3486
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 25.12.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3486
Date of entry into force
26.12.2023
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.08.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seleksiya yutugʻiga patent berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 25 dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3486]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 19-avgustdagi 30-mh-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3929, 19.08.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Seleksiya yutugʻiga patent berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir A. TASHKULOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 25-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-mh-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishildi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAXMONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 20-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 25-dekabrdagi 24-mh-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seleksiya yutugʻiga patent berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qoidalar seleksiya yutugʻiga patent (bundan buyon matnda patent deb yuritiladi) berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun — Oʻzbekiston Respublikasining “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Qonuni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat muassasasi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seleksiya yutugʻi — yangi oʻsimliklar navi, yangi hayvonlar zoti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashtirilgan tashkilot — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnoma — seleksiya yutugʻiga patent berish uchun talabnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BIMT — Butunjahon intellektual mulk tashkiloti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Seleksiya yutugʻiga patent olish uchun talabnoma tuzish va topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Seleksiya yutugʻiga patent olish uchun talabnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qonunning 8-moddasiga muvofiq, agar seleksiya yutugʻi yangilik, farqlanish, turdoshlik va barqarorlik mezonlariga javob bersa, u huquqiy muhofaza qilinadi. Qonunning 13-moddasi talablariga muvofiq seleksiya yutugʻining nomi boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qonunning 9-moddasiga muvofiq, agar urugʻlik, navning koʻchat materiali yoki zotning nasl materiali patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida — kamida bir yil oldin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa davlat hududida — kamida toʻrt yil yoki, agar tok, yogʻochbop, manzarali, mevali daraxtlar va oʻrmon daraxtlarining navlariga taalluqli boʻlsa, kamida olti yil oldin muallif, uning merosxoʻri tomonidan yoxud ularning roziligi bilan sotilmagan va foydalanish uchun boshqa shaxslarga berilmagan boʻlsa, yangilik hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qonunning 10-moddasiga muvofiq, seleksiya yutugʻi patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanada boshqa har qanday barchaga maʼlum seleksiya yutugʻidan aniq-ravshan farqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, barchaga maʼlumlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyinchalik koʻpaytirish, saqlash maqsadlarida yetishtirish, takror yetishtirish, nav yoki nasllik konditsiyasiga yetkazish va yuqorida sanab oʻtilgan maqsadlarda asrash natijasida barchaga maʼlum bilim darajasining bir qismiga aylangan seleksiya yutugʻiga nisbatan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotishga taklif etilgan, sotilgan, mamlakatga olib kirilgan yoki mamlakatdan olib chiqib ketilgan seleksiya yutugʻiga nisbatan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qonuning 11-moddasiga muvofiq, agar koʻpaytirishning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olganda muayyan navli oʻsimliklar yoki muayyan zotli hayvonlar seleksiyalashtirish belgilariga koʻra bir xillikka ega boʻlsa, seleksiya yutugʻi turdosh hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qonunning 12-moddasiga muvofiq, agar seleksiya yutugʻi bir necha marta koʻpaytirilganidan keyin yoki alohida sikl boʻyicha koʻpaytirilgan taqdirda koʻpaytirishning har bir sikli oxirida uning asosiy belgilari oʻzgarishsiz qolsa, u barqaror hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Talabnoma materiallarining mazmuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Talabnoma quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) muallif (hammualliflar) va kimning nomiga patent soʻralayotgan boʻlsa, ana shu shaxs (shaxslar), shuningdek ularning turar joyi yoki manziliga doir maʼlumotlar koʻrsatilgan patent berish haqidagi ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) seleksiya yutugʻining nomi toʻgʻrisidagi taklif;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) seleksiya yutugʻining tavsifi (texnikaviy anketasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) seleksiya yutugʻi namunalarining fotosuratlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazilgan seleksiya yutugʻi sinovlariga doir hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) talabnoma beruvchining seleksiya yutugʻidan foydalanilmaganligi, u sotilmaganligi, oʻzga shaxsga berilmaganligi hamda uning yangilik talablariga mosligini tasdiqlaydigan deklaratsiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) seleksiya yutugʻining ustuvorligini tasdiqlovchi hujjat (zarurat boʻlganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) talabnoma beruvchining seleksiya yutugʻini sinovdan oʻtkazish uchun materialni belgilangan muddatda ixtisoslashtirilgan tashkilotga taqdim etish majburiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) talabnoma patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali topshirilganida ularga berilgan ishonchnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) patent boji toʻlashdan ozod qilish, shuningdek uning miqdorini kamaytirish asoslarini tasdiqlovchi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Talabnoma berganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanadi yoki talabnomaga davlat bojini toʻlashdan ozod qilish, uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan davlat boji toʻlanganligini qoʻshimcha hujjat talab qilmasdan Vazirlik tomonidan axborot tizimlari orqali mustaqil ravishda tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan talabnomaga Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali taqdim etilayotgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qonunning 17-moddasiga muvofiq, talabnoma bitta seleksiya yutugʻiga taalluqli boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agar talabnoma beruvchi Vazirlikka talabnoma topshirishdan oldin Oʻzbekiston Respublikasi seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan boshqa davlatga talabnoma topshirgan boʻlsa, talabnoma beruvchi talabnoma tushgan sanadan eʼtiboran oʻn ikki oy davomida birinchi talabnoma boʻyicha ustuvorlik huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, talabnoma beruvchi Vazirlikka yuborayotgan talabnomasida birinchi talabnomaning ustuvorlik sanasini koʻrsatishi, talabnoma Vazirlikka topshirilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida birinchi talabnomaning (talabnomalarning) nusxasi (nusxalari) va davlat tilidagi tarjimasini (tarjimalarini) Vazirlikka taqdim etishi shart. Ushbu shartlar bajarilgan taqdirda, talabnoma beruvchi birinchi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran uch yil mobaynida Vazirlikka qoʻshimcha hujjatlar va sinov uchun zarur material taqdim etmaslikka haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi talabnoma nusxasining davlat tilidagi tarjimasi notarial tartibda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Talabnoma materiallari Vazirlikka davlat tilida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, agar talabnoma materiallari xorijiy tilda taqdim etilgan boʻlsa, talabnoma Vazirlikka topshirilgan sanadan eʼtiboran ikki oy ichida ushbu hujjatlarning davlat tilidagi tarjimalari yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Patent berish toʻgʻrisidagi ariza Vazirlikka ushbu Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan shaklda davlat tilida topshiriladi. Agar arizada maʼlumotlarni tegishli grafalarda toʻliq joylashtirishning imkoni boʻlmasa, u holda maʼlumotlar arizaning tegishli grafasida “davomini qoʻshimcha varaqda qarang” deb koʻrsatilgan holda xuddi oʻsha shaklda qoʻshimcha varaqda keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy ism-familiyalar va korxonalarning nomlari davlat tilidagi transliteratsiyada koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchining nomi (agar bunga imkon boʻlsa) hamda seleksiya yutugʻining nomi arizada davlat tilida keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. “Ariza” soʻzining tepasida joylashgan grafalar talabnoma beruvchi tomonidan toʻldirilmaydi, ular ariza Vazirlikka kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallangan boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “Ariza” grafasida “X” belgisini qoʻyish orqali patent soʻralayotgan obyekt turi belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. (71)-kod ostidagi “Talabnoma beruvchi” grafasida talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi, xususan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi (otasining ismi), bunda familiya ismdan avval koʻrsatiladi yoki yuridik shaxsning rasmiy nomi (taʼsis hujjati boʻyicha), shuningdek tegishlicha ularning turar joylari yoki manzillari, shu jumladan mamlakatning rasmiy nomi, pochta manzili va BIMTning ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar talabnoma beruvchilar bir nechta boʻlsa, koʻrsatilgan maʼlumotlar ularning har biri uchun keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seleksiya yutugʻining mualliflari boʻlgan talabnoma beruvchilarning turar joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar faqat arizaning (72)-kod ostidagi “Muallif(lar)” grafasida bayon etiladi. Shu grafaning oʻzida talabnoma beruvchi seleksiya yutugʻining muallifi, muallifning ish beruvchisi yoki muallifning yoxud muallif ish beruvchisining huquqiy vorisi ekanligi tegishli katakchada “X” belgisini qoʻyish bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari uchun Korxona va tashkilotning umumdavlat tasnifi kodi (KTUT kodi) koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaxslar yoki chet ellik yuridik shaxslar uchun BIMTning ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa) koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan avvalgi ustuvorlik soʻralgan hollarda, ustuvorlikni belgilash toʻgʻrisidagi iltimosni oʻz ichiga olgan grafa birinchi talabnomadagi nav, zot nomi koʻrsatilgan holda toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(31)-kod ostidagi grafada uning asosida yoki unga qoʻshimcha materiallar asosida ustuvorlik soʻralayotgan birinchi talabnomaning raqami va soʻralayotgan ustuvorlik sanasi koʻrsatiladi (32-kod ostida avval berilgan talabnoma yoki u boʻyicha qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana koʻrsatiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(33)-kod ostidagi grafada BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa) koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. (54) (a)-kod ostidagi “Zot/turning nomi” grafasida botanik yoki zoologik zot, turning nomi davlat tilida keltiriladi, shuningdek seleksiya yutugʻi taksonomik birligining (zot, tur, kenja tur) lotincha nomi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navni, zotni taksonomik mansubligi boʻyicha ham, ishlab chiqarishda qoʻllanishi boʻyicha ham aniq identifikatsiyalash uchun, zot/tur nomi toʻliq keltirilishi kerak. Masalan, bugʻdoy — yumshoq, kuzgi, makkajoʻxori — gibrid F1, tovuq — tuxum qoʻyadigan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(54) (b)-kod ostidagi “Taklif qilinayotgan nom” grafasida talabnoma berilgan seleksiya yutugʻining Qonunning 13-moddasi va ushbu Qoidalarning 25 — 27-bandlari talablariga javob beradigan nomi keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. (98)-kod ostidagi “Yozishmalar uchun manzil” grafasida yozishmalar uchun manzil, xususan xat oluvchining familiyasi, ismi (otasining ismi) yoki nomi va telefon, faks raqamlari hamda elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozishmalar uchun manzil sifatida, jumladan Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilardan biri) — jismoniy shaxsning turar joy manzili yoki Oʻzbekiston Respublikasidagi talabnoma beruvchi — yuridik shaxsning joylashgan joyi manzili yoxud Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakilining yoki boshqa ishonchli shaxsning manzili koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizada yozishmalar uchun manzil koʻrsatilmagan taqdirda, patent vakili yoki boshqa ishonchli shaxsning (agar ular tayinlangan boʻlsa) joylashgan manzili yozishmalar uchun manzil hisoblanadi yoxud arizaning talabnoma beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga taalluqli grafalarida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi manzil koʻrsatilgan boʻlsa, u talabnoma beruvchining (talabnoma beruvchilar bir qancha boʻlsa ulardan birinchisining) yozishmalar uchun manzili hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. (74)-kod ostidagi “Patent vakili” grafasi talabnoma beruvchi tomonidan patent vakili tayinlangan hollardagina toʻldiriladi va uning toʻgʻrisida patent vakilining familiyasi, ismi (otasining ismi), Vazirlikda roʻyxatga olingan raqami, turar joyi, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. “Ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati” grafasi ilova qilinayotgan hujjatlar nusxalari va har bir nusxadagi varaqlar soni koʻrsatilgan holda tegishli katakchalarda “X” belgisini qoʻyib chiqish orqali toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turi ariza shaklida koʻzda tutilmagan ilova qilinadigan hujjatlar (“boshqa hujjat”) uchun ularning maqsadi aniq koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. (72)-kod ostidagi “Mualliflar” va “Toʻliq uy manzili” grafalarida seleksiya yutugʻining muallifi (mualliflari) toʻgʻrisida maʼlumotlar (familiyasi, ismi (otasining ismi), lavozimi, ilmiy darajasi va ish joyi, mamlakati nomi va uning BIMT ST.3 standarti boʻyicha kodini oʻz ichiga olgan turar joyining pochta manzili) keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. “Mualliflar” va “Toʻliq uy manzili” grafalari ostida joylashgan grafa, agar muallif (mualliflar) patent berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilishda uni (ularni) koʻrsatib oʻtmaslikni soʻrasa toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Arizaning oxirgi “Imzo” grafasini imzo qoʻyish kuni sanasini koʻrsatgan holda toʻldirish barcha hollarda majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan ariza korxona yoki tashkilot rahbari yoxud rahbar tomonidan vakil qilingan shaxs tomonidan lavozimi koʻrsatilgan holda imzolanadi. Talabnoma patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali berilganda ariza talabnoma beruvchi yoki patent vakili yoxud ishonchli shaxs tomonidan imzolanadi. Imzolar imzo qoʻyuvchi shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilgan holda rasmiylashtiriladi. Qoʻshimcha varaqda imzo qoʻyishni talab etadigan maʼlumotlar keltirilgan hollarda, qoʻshimcha varaq ham shunday tartibda imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining yoxud ishonchli shaxsning imzosi har bir qoʻshimcha varaqda qoʻyilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Seleksiya yutugʻining nomi seleksiya yutugʻiga mos, qisqa boʻlishi, shu yoki shunga yaqin botanik yoki zoologik turdagi mavjud seleksiya yutuqlarining nomidan farqlanib turishi kerak. Seleksiya yutugʻining nomi faqatgina raqamlardan iborat boʻlib qolmasligi, seleksiya yutugʻining xususiyatlari, kelib chiqishi va ahamiyati, shuningdek muallifning (hammualliflarning) shaxsi haqida yanglishishlarga sabab boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Seleksiya yutugʻining nomida quyidagilardan foydalanilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urugʻlik, ekiladigan, zotdor material uchun qoʻllanadigan terminlar va belgilardan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
botanik yoki zoologik zot, tur yoki boshqa taksonomik birliklarning lotincha yoxud umum qabul qilingan nomlaridan, shuningdek bu nomlarning qismlaridan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faqat geografik belgilardan tarkib topgan nomlardan (bundan navning kelib chiqishi yoki oʻstirilishiga nisbatan ochiq-oydin shubha tugʻdirmaydigan joylar yoki hududlarga taalluqli geografik belgilar mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seleksiya yutugʻining belgilari yoki xususiyatlari haqida yanglish tasavvur keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan nomdan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Basharti talabnoma Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarda topshirilsa, seleksiya yutugʻining nomi ushbu talabnomalarda bir xil boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Nav, zot tavsifi Vazirlikka texnik anketa koʻrinishida mazkur Qoidalarning 2 va 3-ilovalarida keltirilgan shaklga muvofiq taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Anketaning yuqoridan oʻng tomonda joylashgan “Talabnoma raqami” grafasi talabnoma beruvchi tomonidan toʻldirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. “Talabnoma beruvchi” deb nomlangan 1-bandda talabnoma beruvchining nomi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. “Zot/tur nomi” deb nomlangan 2 (a)-bandda nav, zot mansub boʻlgan botanik yoki zoologik zot/turning davlat tilidagi nomi keltiriladi, shuningdek seleksiya yutugʻi taksonomik birligining lotincha nomi koʻrsatiladi. 2 (b)-bandda zot uchun “X” belgisini qoʻyish orqali qoʻshimcha ravishda zot kategoriyasi belgilanadi. 2 (v)-bandda mahsuldorlik yoʻnalishi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. “Taklif qilinayotgan nom” deb nomlangan 3-bandda seleksiya yutugʻining taklif qilinayotgan nomi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. “Seleksiya yutugʻining kelib chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” deb nomlangan 4-bandda seleksiya yutugʻining tarixi, yetishtirish, yaratish, aniqlash metodi, chatishtirilgan yili, dastlabki (ota-ona) shakllari, shuningdek qoʻllab-quvvatlash va koʻpaytirish xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. “Talabnoma berilgan seleksiya yutugʻining belgilari” deb nomlangan 5-bandda belgilar roʻyxati keltiriladi. Bunda, talabnoma berilgan nav, zot belgilarining nomi, ularning ifodalanganlik darajasi va indeksi keltiriladi. Ushbu belgining ifodalanganlik darajasiga mos boʻlgan indeks “X” belgisini qoʻyish bilan koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. “_________ Seleksiya yutugʻining nomi va belgilari” deb nomlangan 6 (a)-bandda oʻxshash seleksiya yutugʻining nomi va uni talabnoma berilgan seleksiya yutugʻidan farqlaydigan belgilar keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6 (b)-bandda oʻxshash seleksiya yutugʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axborot manbaining bibliografik maʼlumotlari keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. “Qoʻshimcha axborot” deb nomlangan 7-bandda oʻsimlik navining zararkunandalar va kasalliklarga turgʻunligi, hayvon zotini oziqlantirish darajasi va uni boqish texnologiyasi toʻgʻrisida, shuningdek seleksiya yutugʻi sinovini oʻtkazishning alohida shart-sharoitlari toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.1-bandda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nav uchun — talabnoma berilgan nav turgʻunlik namoyon etgan zararkunandalar va kasalliklar nomlari, zotlar/shtammlar koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zot uchun — talabnoma berilgan zotni oziqlantirish darajasi, uni boqish va ishlatish boʻyicha alohida talablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.2-bandda sinov oʻtkazishning alohida shart-sharoitlari (agar mavjud boʻlsa) (masalan nav uchun — sugʻorish, oʻgʻit solish) koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Boshqa axborot” deb nomlangan 7.3-bandda talabnoma berilgan nav yoki zotni xoʻjalik belgilarining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha tavsiflaydigan qoʻshimcha maʼlumotlar, mahsulot sifati, navning tezpisharligi, sovuqqa bardoshliligi, qurgʻoqchilikka bardoshliligi, zotning chorvachilik mahsulotlari texnologik xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoki urgʻochilarning mahsuldorligi (oʻsish intensivligi, tirik massaning ortishi), unumdorligi (naslning chiqishi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Tavsif talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) tomonidan uning familiyasi, ismi va otasi ismining bosh harfi koʻrsatilgan holda imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Agar talabnoma koʻp turdagi nav, zot yoki populyatsiyaga (oʻzini oʻzi changlaydigan va vegetativ koʻpayadigan oʻsimliklarga) berilayotgan boʻlsa, bu holda ushbu navning, zotning hamma turlari tavsifi berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Namunalarning fotosuratlari (umumiy koʻrinishi, olddan, orqadan, chapdan, oʻngdan, tepadan, pastdan koʻrinishlari) oʻsimlik yoki hayvon zotining belgilari toʻgʻrisida toʻliq, batafsil tasavvurga ega boʻlish imkonini berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Namunalarning fotosuratlaridagi tasvirlar aniq va yorqin boʻlishi kerak. Oʻsimlik yoki hayvon zotining alohida detallari fotosuratlarda, nafaqat yorugʻlik tushgan tomondan, balki soya tomondan ham yaxshi koʻrinib turishi lozim. Fotosuratlar bir tekisda tushgan yorugʻlikda, neytral fonda, begona predmetlarsiz olingan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Namunalarning fotosuratlari (umumiy koʻrinishi, olddan, orqadan, chapdan, oʻngdan, tepadan, pastdan koʻrinishlari) raqamlanishi kerak. Bunda, bir xil koʻrinishdagi tasvirlar bitta raqam ostida keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Namunalar fotosuratlarining orqa tomonida fotosurat raqami (masalan, 1-foto), seleksiya yutugʻining nomi, shuningdek “umumiy koʻrinish”, “yondan koʻrinish”, “oldidan koʻrinish”, “orqadan koʻrinish” kabi izohlar ketma-ket koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Oʻsimlik naviga topshirilgan talabnoma tarkibiga xoʻjalikda foydalanish fazasidagi normal rivojlangan oʻsimlikning va gullarning (gʻuncha, gul — tepadan, yondan, pastdan koʻrinishi), toʻpgulning, oʻsimlikning reproduktiv qismlarining (boshoq, soʻta, popuk, don, meva, reza meva, tugunak, ildizmeva) 90 x 120 yoki 130 x 180 mm oʻlchamdagi oq-qora yoxud rangli fotosuratlari kiradi. Bundan tashqari, quyidagi oʻsimliklar boʻyicha qoʻshimcha fotosuratlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻoʻza boʻyicha — oʻsimlikning rangli fondagi fotosurati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
simpodial turda shoxlaydigan navlar boʻyicha — ikkita namunali shoxning fotosurati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nol turda shoxlaydigan navlar boʻyicha — poyaning tugunli, bargli, gulli, koʻsakli qismi, ikki-uchta taralgan toʻzgʻoq va ikki-uchta tola shtapelkalarining fotosuratlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tamaki va maxorka boʻyicha — normal rivojlangan oʻsimlikning toʻpguli va oʻrta yarusdagi bargi bilan fotosurati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻp yillik mevali oʻsimliklar boʻyicha — butun daraxt yoki tup va uning alohida qismlarining (bir yillik koʻchat, meva beradigan organlar, novda, barg, shingillar, mevalar) fotosurati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Hayvon zotlariga berilgan talabnomalar tarkibiga hayvonning tashqi koʻrinishi va shu zot uchun tipik boʻlgan xususiyatlarni taʼriflaydigan oq-qora yoki rangli 90 x 120 mm oʻlchamdagi fotosuratlar kiradi (nasldor hayvon, urgʻochi, jinsiy yetilgan yoshdagi chorva, qorakoʻlchilikda — qorakoʻl terilari, tut ipak qurtining gibridlari (zotlari) boʻyicha — pilla).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan elementlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Talabnomada odob-axloq qoidalariga zid iboralar, chizmalar, rasmlar, fotosuratlar, boshqa shaxslarning mahsulotlari, shuningdek talabnomalari va patentlariga nisbatan asossiz va nooʻrin fikrlar, seleksiya yutugʻiga taalluqli boʻlmagan yoxud talabnoma materiallarini ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq deb eʼtirof etish uchun zarur boʻlmagan maʼlumotlar va fikrlar boʻlmasligi lozim. “Oʻxshash nav, zotning nomi va belgilari” boʻlimida maʼlum seleksiya yutugʻining kamchiligini koʻrsatish yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan element deb hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Atamalar va belgilar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Seleksiya yutugʻining tavsifida (texnik anketasida) umumeʼtirof etilgan atamalar va qisqartmalar, ular mavjud boʻlmagan hollarda esa ilmiy va texnikaviy adabiyotlarda umumqabul qilgan atamalar va qisqartmalar qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy va texnikaviy adabiyotlarda keng qoʻllanilmaydigan atamalar va qisqartmalar ishlatilganda, ularning maʼnosiga matnda birinchi marta qoʻllangan oʻrinda tushuncha beriladi. Ilmiy va texnikaviy adabiyotlarda noilmiy deb eʼtirof etilgan tushunchalarni taʼriflovchi atamalarning qoʻllanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hamma shartli belgilar ochib beriladi. Fizikaviy kattaliklar odatda amaldagi Xalqaro birliklar sistemasi birliklarida ifoda etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Talabnoma materiallarini rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Hujjatlar ularni bevosita reproduksiya qilib, cheklanmagan miqdorda nusxa koʻchirish imkonini beradigan tarzda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Varaqlarning faqat bir tomonidan foydalaniladi hamda qatorlar varaqning kichik tomoni boʻylab parallel joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Talabnomaning hujjatlari pishiq, oq, tekis, yarqiramaydigan qogʻozda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Talabnomadagi har bir hujjat alohida varaqdan boshlanishi hamda varaqlar 210 x 297 mm formatga ega boʻlishi kerak. Tavsifni oʻz ichiga olgan varaqlar hoshiyalarining oʻlchamlari quyidagicha boʻladi, mm:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqoridan — 20;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻngdan — 20;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pastdan — 20;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chapdan — 25.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Talabnomadagi har bir hujjatning varaqlari birdan boshlab alohida raqamlanadi va ikkinchi varaqdan boshlab arab raqamlari bilan qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Talabnomadagi hujjatlar qora rangli shrift bilan chop qilinishi, tavsif matni 1,5 interval bilan bosh harflarining balandligi 2,1 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Grafik shakllar, lotincha nomlar, lotincha harflar qora rangli siyoh, pasta yoki tush bilan yozib qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Axborot manbalarining bibliografik maʼlumotlari ular boʻyicha axborot manbaini topish imkonini beradigan holda koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Talabnomani topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Seleksiya yutugʻining muallifi, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi talabnoma topshirish va patent olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Talabnoma Vazirlikka topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Talabnoma muallif (hammualliflar), ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Qonunning 16-moddasiga muvofiq, boshqa davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy turar joyiga ega boʻlmagan fuqarolari va boshqa davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy manzili boʻlmagan yuridik shaxslari, ularning patent vakillari yoki ishonchli shaxslari patent olish va uni oʻz kuchida saqlash borasidagi ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining patent vakillari orqali olib boradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Vazirlik va Davlat muassasasi bilan patent olish boʻyicha ishlarni olib borish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Ishonchli shaxsni tayinlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Talabnoma boʻyicha ishlarni olib borish va talabnomani koʻrib chiqishda oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma beruvchi patent vakilini yoki ishonchnoma berish orqali ishonchli shaxsni tayinlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va Davlat muassasasi oldida vakillik qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasida rasmiylashtiriladigan ishonchnoma oddiy yozma shaklda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishonchnoma davlat tilidan boshqa xorijiy tilda berilgan boʻlsa, uning davlat tilidagi tarjimasi ilova qilinadi. Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishonchnoma Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan bir nechta patent vakili nomiga yoki bir nechta ishonchli shaxs nomiga berilgan boʻlsa, u holda talabnoma boʻyicha patent olish ishlari ularning istalgani tomonidan olib borilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Vazirlik, Davlat muassasasi va ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan yozishmalar olib borish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Vazirlik, Davlat muassasasi va ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan yozishmalar talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoxud vakolat berilgan ishonchli shaxs tomonidan har bir talabnoma boʻyicha alohida olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Talabnoma topshirilgandan keyin taqdim etiladigan materiallarda talabnoma raqami, talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoxud ishonchli shaxsning imzosi boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Vazirlik, Davlat muassasasi yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotga talablar buzilgan holda taqdim etilgan materiallar boʻyicha talabnoma beruvchiga bildirishnoma yuboriladi va unda bildirishnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oylik muddatda tuzatilgan va/yoki yetishmayotgan materiallarni taqdim etish taklif qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Talabnoma materiallariga qoʻshimchalar, aniqliklar yoki tuzatishlar kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Qonunning 20-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, talabnoma beruvchi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran ikki oy mobaynida oʻz tashabbusi bilan talabnoma materiallariga qoʻshimchalar, aniqliklar yoki tuzatishlar kiritishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlangan taqdirda talabnoma boʻyicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qoʻshimchalar ariza berish yoʻli bilan koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin ham, lekin patent berish haqidagi qaror chiqarilgunga qadar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent boji toʻlanmagan taqdirda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchi oʻn kun muddatda xabardor qilinadi. Toʻlangan patent bojining summasi Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdordan kam boʻlgan taqdirda, talabnoma beruvchi Davlat muassasasi tomonidan yetishmayotgan patent bojini toʻlash haqidagi bildirishnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida kerakli summani toʻlash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Talabnoma materiallariga qoʻshimchalar, aniqliklar yoki tuzatishlar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan mazkur Qoidalarning 4, 5 va 6-ilovalarida keltirilgan shakllarga muvofiq tegishli ariza va materiallarni talabnoma materiallarining har bir nusxasi uchun topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Materiallar tegishli talabnoma materiallarining har bir nusxasi uchun davlat tilida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi Davlat muassasasi tomonidan arizani koʻrib chiqish natijalari haqida oʻn kun muddatda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Yuridik shaxs boʻlgan talabnoma beruvchining nomi yoki jismoniy shaxs boʻlgan talabnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilganda, Vazirlikka mazkur Qoidalarning 4-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq ariza beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Talabnomaga boʻlgan huquq boshqa shaxsga oʻtkazilganda talabnoma beruvchi tomonidan Vazirlikka ushbu Qoidalarning 5-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq ariza beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent olishga boʻlgan huquqning boshqa shaxsga oʻtkazilishida yoki talabnoma beruvchining nomi oʻzgarishi natijasida talabnoma beruvchi haqidagi maʼlumotni oʻzgartirish seleksiya yutugʻini Oʻsimliklar navlarining davlat reyestri yoki Hayvonlar zotlarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish sanasigacha amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizada talabnomaga boʻlgan huquq boshqa shaxsga (huquqiy vorisiga) oʻtkazilishi haqida qayd va ushbu shaxs haqidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak. Ariza talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi tomonidan ushbu Qoidalarning 24-bandiga muvofiq imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza faqat talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan taqdirda, unga talabnoma beruvchi va huquqiy voris tomonidan imzolangan huquq oʻtkazilganligini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi yozuv kiritilganligi haqida talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisiga Davlat muassasasi tomonidan yozuv kiritilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda bildirishnoma yuboriladi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisiga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi yozuv kiritilganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan sana talabnomaga boʻlgan huquq oʻtkazilgan sana deb hisoblanadi. Ushbu Qoidalarda belgilangan talablar bajarilmagan taqdirda talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi taqdim etilgan hujjatlarga aniqliklar va/yoki tuzatishlar kiritilishi kerakligi haqida yoki talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi yozuv kiritish mumkin emasligi haqida oʻn kun muddat ichida tegishli sabablar koʻrsatilgan holda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Mazkur Qoidalarning 6-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq talabnoma materiallariga tuzatishlar kiritish haqidagi ariza talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoxud ishonchli shaxs tomonidan imzolangan holda Vazirlikka taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma materiallaridagi yaqqol ayon boʻlib turgan va texnik tusdagi xatolarni tuzatish ham seleksiya yutugʻi tegishli davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan sanaga qadar amalga oshirilishi mumkin. Agar mutaxassis uchun taklif etilgan tuzatishdan boshqasining amalga oshirilishi mumkin emasligi umumeʼtirof etilgan bilimlardan ayon boʻlsa, tuzatish yaqqol ayon deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tuzatishlar matnni yoritishdagi xatolik va boshqa shu kabi xatoliklarga oid boʻlsa, tuzatish kiritish zarurligi talabnoma beruvchining xatida bayon qilinishi va avvalgisining oʻrnini bosadigan materiallar taqdim etilmasligi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Qonunning 20-moddasiga muvofiq, talabnoma materiallariga qoʻshimchalar, aniqliklar yoki tuzatishlar kiritish boʻyicha oʻtkazib yuborilgan muddatlar tiklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma taqdim etish muddati oʻtkazib yuborilgan hujjat bilan birga oʻtkazib yuborilgan muddat tugagan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay, uzrli sabablar koʻrsatilgan holda Vazirlikka beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi. Patent boji toʻliq toʻlanmagan taqdirda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan oʻn kun muddat ichida xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Oʻtkazib yuborilgan muddat tiklangan taqdirda, bu haqda talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan muddat tiklangan kundan boshlab oʻn kun muddat ichida xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilinmagan hollarda oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan oʻn kun muddat ichida xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Talabnoma bilan bogʻliq masalalar talabnoma beruvchining (uning patent vakili yoki ishonchli shaxsining) ishtirokida Davlat muassasasining taklifi boʻyicha yoki talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Davlat muassasasining tuzatilgan va/yoki yetishmayotgan materiallarni taqdim etish haqidagi bildirishnomadagi eʼtirozlar uchrashish maqsadga muvofiqligi maʼlum qilingan xabarnomada, talabnoma beruvchining eʼtirozlari esa uchrashuv oʻtkazish haqidagi iltimosnomada bayon qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Bildirishnomaga talabnoma beruvchining javobi, uning talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etish istagi bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, bildirishnomada koʻrsatilgan muddatda taqdim etiladi. Talabnomani talabnoma beruvchi ishtirokida koʻrib chiqish sanasi va vaqti Davlat muassasasining xabarnomasi orqali oldindan kelishib olinadi. Vaziyat oʻzgargan taqdirda belgilangan vaqtda talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan tomon darhol bu haqda ikkinchi tomonni yozma ravishda xabardor qiladi hamda keyingi koʻrib chiqish sanasi va vaqti haqida Davlat muassasasining xabarnomasi orqali kelishib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Talabnoma bir nechta talabnoma beruvchi tomonidan topshirilganda, ular nomidan bitta talabnoma beruvchi ishonchnoma orqali talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Agar bildirishnomadagi kamchiliklarni bevosita ekspert va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilish imkoni boʻlsa, muzokaralar olib boriladi, agar bildirishnomadagi kamchiliklarni hal qilish imkoni boʻlmasa, ekspertlar ishtirokida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muzokaralar va ekspertlar ishtiroki natijalari boʻyicha ikki nusxada, ishtirokchilar haqidagi maʼlumotlarni, tomonlar tarafidan keltirilgan dalillar va takliflar hamda keyingi ish yuritish haqidagi xulosalarni oʻz ichiga olgan bayonnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bayonnomada ekspertizaning yozma izohlarni talab qiladigan savollari keltirilishi, talabnoma beruvchi (uning patent vakili yoki ishonchli shaxsi) tomonidan taklif qilingan nav, zot alomatlarining ifodalanganlik darajasi va indeksi aniqlashtirilishi, talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza keltirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bayonnoma koʻrib chiqishda qatnashgan barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanadi. Bir nusxasi talabnoma materiallariga qoʻshib qoʻyiladi, ikkinchisi esa talabnoma beruvchiga (uning patent vakili yoki ishonchli shaxsiga) beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhokama qilingan savollar boʻyicha kelishuvga erishilmagan hollarda, bayonnomada koʻrib chiqishda qatnashganlarning alohida fikri qayd etilishi mumkin. Talabnoma beruvchiga (uning patent vakili yoki ishonchli shaxsiga) topshiriladigan va xulosalarni oʻz ichiga olgan bayonnoma nusxasi ekspertiza savollari keltiriladigan bildirishnomaning oʻrnini bosishi mumkin, bu haqda bayonnomada tegishli yozuv qayd etib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Bayonnoma talabnoma beruvchining ekspertiza bildirishnomasiga javobi oʻrnida (agar bunda javob berish uchun belgilangan muddatlar buzilmayotgan boʻlsa) qabul qilinadi. Bu holda bayonnomada tegishli yozuv qayd etib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Talabnoma beruvchi tomonidan talabnomani chaqirib olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Qonunning 24-moddasiga muvofiq, patent berish haqidagi talabnoma patent berish toʻgʻrisida yoki patent berishni rad etish haqida qaror qabul qilingunga qadar talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga binoan chaqirib olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chaqirib olish toʻgʻrisidagi iltimosnoma Davlat muassasasiga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kun muddatda uning qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga joʻnatiladi va joʻnatilgan sanadan eʼtiboran talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchiga talabnoma chaqirib olinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborilganidan soʻng ushbu talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Chaqirib olingan talabnoma huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi hamda u boʻyicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar olib borilmaydi (bunday talabnoma boʻyicha ekspertiza oʻtkazilmaydi, unga asosan patent berilmaydi) va kelgusida talabnoma beruvchining huquqlari ushbu talabnomaga asoslanmaydi (xususan, navbatdagi talabnomani topshirishda chaqirib olingan talabnomaning kelib tushgan sanasi boʻyicha yoki unga qoʻshimcha materiallar kelib tushgan sana boʻyicha ustuvorlik soʻralmaydi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chaqirib olingan talabnoma seleksiya yutugʻi boʻyicha kelib tushgan boshqa talabnomalarning ekspertizasini oʻtkazish jarayonida hisobga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Talabnoma beruvchining talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisidagi iltimosnomasini haqiqiy emas deb hisoblash toʻgʻrisidagi iltimosi, agar u talabnomaning chaqirib olingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma talabnoma beruvchiga yuborilganidan keyin kelib tushgan boʻlsa, qanoatlantirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Talabnomani koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Kelib tushgan talabnomani roʻyxatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Vazirlikka kelib tushgan talabnoma materiallari kelib tushish sanasi koʻrsatilgan holda seleksiya yutugʻiga talabnoma sifatida roʻyxatga olinadi, buning uchun ushbu materiallar tarkibida kamida patent berish toʻgʻrisida davlat tilidagi ariza, seleksiya yutugʻining tavsifi (texnik anketasi) va patent bojini toʻlashdan ozod etish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Talabnomaga roʻyxat raqami beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi talabnoma materiallari kelib tushganlik fakti haqida, u kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida roʻyxat raqami va kelib tushgan sanasi maʼlum qilingan holda Vazirlik tomonidan yozma ravishda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Roʻyxatdan oʻtkazilgan talabnoma materiallari qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Talabnoma haqidagi maʼlumotlar talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan eʼtiboran, u haqidagi maʼlumotlar rasman eʼlon qilingunga qadar maxfiy hisoblanadi va talabnoma beruvchining roziligisiz oshkor qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Qonunning 19-moddasiga muvofiq, talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutugʻining Davlat muassasasining oʻzida oʻtkaziladigan rasmiy ekspertizani va mazkur seleksiya yutugʻi yangilik ekanligini ekspertiza qilishdan hamda farqlanish, turdoshlik va barqarorlikni aniqlash maqsadida sinovdan oʻtkazishdan iborat patentga layoqatlilik ekspertizasini oʻz ichiga oladi hamda ushbu ekspertiza ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Rasmiy ekspertiza
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Qonunning 20-moddasiga muvofiq, talabnomaning rasmiy ekspertizasi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran ikki oy oʻtgach oʻtkaziladi. Talabnoma beruvchining iltimosnomasiga binoan rasmiy ekspertiza koʻrsatilgan muddat tugashidan oldin boshlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Rasmiy ekspertiza oʻtkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) seleksiya yutugʻining Oʻzbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan zoologik zot va turlarga mansubligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) talabnoma tarkibida boʻlishi yoki unga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) taqdim etilgan hujjatlarga nisbatan qoʻyilgan talablarga rioya qilinganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Qonunning 16-moddasi ikkinchi qismida koʻzda tutilgan hollarda talabnoma topshirish tartibiga, shu jumladan patent vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnomaning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) talabnomada uning Vazirlikka kelib tushgan sanasidan ilgariroq muddatga ustuvorlik soʻralayotganining asoslanganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Talabnomani topshirishda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdordagi boj toʻlanmagan yoki koʻrsatilgan patent bojini toʻlashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda, talabnoma boʻyicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Agar patent boji Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdordan kam toʻlangan boʻlsa, talabnoma beruvchi bildirishnoma orqali ushbu bildirishnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida talabnoma topshirish uchun yetmagan patent bojini toʻlash zarurligi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Talabnoma beruvchi talabnoma boʻyicha mazkur Qonunda belgilangan miqdordagi patent boji koʻrsatilgan muddatda toʻlanmagan taqdirda, yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmasligi haqida ham xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent bojini toʻlash boʻyicha bildirishnoma talabnoma beruvchiga talabnoma materiallari roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Agar talabnomaning rasmiy ekspertizasi jarayonida talabnoma ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilganligi aniqlansa, talabnoma beruvchiga yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlarni bildirishnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida taqdim etish zarurligi koʻrsatilgan bildirishnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar bildirishnoma yuborish uchun asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) talabnomada ushbu Qoidalarning 7-bandida koʻzda tutilgan hujjatlardan kamida bittasining mavjud boʻlmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) talabnoma patent vakili yoxud ishonchli shaxs orqali topshirilgan boʻlsa, vakillik uchun ishonchnomaning mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) talabnoma materiallari belgilangandan kam nusxada topshirilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi jismoniy shaxslar yoki xorijiy yuridik shaxslar tomonidan talabnoma Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakillari orqali topshirilmaganligi, agar Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro bitimlarda talabnoma topshirishning boshqa tartibi koʻzda tutilmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) patent berish uchun arizada ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan rekvizitlar va imzolarning yoʻqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanmagan yoki belgilangan miqdordan kam toʻlangan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) talabnoma materiallarining davlat tiliga tarjimasining yoʻqligi, agar ular xorijiy tilda topshirilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) hujjatlarni rasmiylashtirishda hujjatlardan bevosita nusxa koʻchirishga, ularni saqlashga toʻsqinlik qiladigan yoki patentga tavsifni eʼlon qilishga tayyorlash imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar (varaqlar formati, hoshiyalar oʻlchamlariga qoʻyilgan talablarning buzilganligi, fotosuratlar sifati, talabnoma materiallarini oʻqishni qiyinlashtiradigan bosma matn sifati)ning aniqlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) talabnoma materiallarining bir-biriga mos emasligi (arizada keltirilgan seleksiya yutugʻining nomi tavsifda (texnik anketada) keltirilgan nomiga mos emasligi), shuningdek talabnoma beruvchining arizadagi nomi talabnoma beruvchining tavsifdagi (texnik anketadagi) nomiga mos emasligi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) seleksiya yutugʻining tavsifida (texnik anketasida) ushbu Qoidalarning 28 — 38-bandlarida hamda 2 va 3-ilovalarda koʻzda tutilgan maʼlumotlarning mavjud emasligi (agar tegishli boʻlimda bayon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar boshqa boʻlimda keltirilgan boʻlsa, bu holda soʻrovnoma yuborilmaydi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) seleksiya yutugʻining nomi ushbu Qoidalarning 25 — 27-bandlarida belgilangan talablarga mos emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) talabnomada soʻralayotgan avvalroq ustuvorlikni belgilash bilan bogʻliq savollarni aniqlash zaruriyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda ushbu Qoidalarning 7-bandida koʻzda tutilgan materiallarni taqdim etmasa yoki ularni topshirish muddatlarini uzaytirish haqidagi iltimosnoma bermasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchi Davlat muassasasi tomonidan oʻn kun muddatda xabardor qilinadi. Talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Oʻtkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan ushbu Qoidalarning 3-bobining 4-paragrafiga muvofiq tiklangan holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Agar talabnoma hujjatlari ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilingan holda taqdim etilgan boʻlsa, talabnoma beruvchiga talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilinganligi va uning yangilik ekanligining ekspertizasini oʻtkazish uchun patent boji toʻlanishi lozimligi toʻgʻrisida Davlat muassasasi tomonidan qaror yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Seleksiya yutugʻining ustuvorligini belgilash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Seleksiya yutugʻining ustuvorligi patent berish uchun talabnoma Vazirlikka topshirilgan sana boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar talabnomada seleksiya yutugʻining ustuvorligi Qonunning 18-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlari asosida soʻralmayotgan boʻlsa, u holda uning ustuvorligi talabnomaning Vazirlikka topshirilgan sanasi boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma materiallari bir vaqtda topshirilmagan taqdirda, ustuvorlik oxirgi topshirilgan hujjat kelib tushgan sana boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Seleksiya yutugʻining ustuvorligi talabnoma beruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi seleksiya yutuqlarining huquqiy muhofazasi toʻgʻrisida shartnoma tuzgan boshqa davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning topshirilish sanasi boʻyicha belgilanadi, bunda buning uchun Qonunning 18-moddasi uchinchi qismida koʻzda tutilgan talablarga rioya qilingan va talabnoma beruvchi tomonidan soʻralayotgan ustuvorlikni tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikka taqdim etilayotgan talabnomada talabnoma beruvchi birinchi talabnoma sanasini koʻrsatishi va talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan eʼtiboran uch oylik muddatdan kechikmay birinchi talabnoma nusxasini va uning tarjimasini taqdim etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Birinchi talabnoma boʻyicha ustuvorlik soʻralganda quyidagilar tekshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnoma beruvchi tomonidan boshqa davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning tasdiqlangan nusxasi mavjudligi. Agar koʻrsatib oʻtilgan nusxa talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan keyin taqdim etilgan boʻlsa, bu holda talabnoma beruvchi talabnoma nusxasi taqdim etilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch oylik muddatga rioya qilganligi tekshiriladi (agar birinchi talabnomalar bir nechta boʻlsa, koʻrsatib oʻtilgan shartlar har bir talabnomaning nusxasiga nisbatan amal qiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnoma beruvchining birinchi talabnoma topshirilgan sanadan boshlab 12 oylik muddatga rioya qilganligi, ushbu muddat mobaynida ustuvorlik soʻralgan talabnoma Vazirlikka kelib tushishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
seleksiya yutugʻi nomining va talabnoma berilayotgan seleksiya yutugʻi alomatlarining birinchi talabnomadagi seleksiya yutugʻining nomi va alomatlariga mosligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Agar ustuvorlikni belgilashda yuzaga keladigan savollar ekspertiza oʻtkazishga toʻsqinlik qilmasa, bu holda ularga talabnomani koʻrib chiqish bilan bogʻliq boshqa savollar bilan bir paytda aniqlik kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 96-97-bandlarida koʻrsatilgan talablarga rioya qilingan boʻlsa, bu holda talabnoma berilgan seleksiya yutugʻiga nisbatan soʻralayotgan ustuvorlik belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 96-97-bandlarida koʻrsatilgan talablardan aqalli bittasiga rioya qilinmagan boʻlsa, talab qilinayotgan ustuvorlik tan olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Patentga layoqatlilik ekspertizasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Qonunning 4-moddasi uchinchi qismiga muvofiq talabnoma berilgan seleksiya yutugʻining patentga layoqatlilik ekspertizasi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patentga layoqatlilik ekspertizasi seleksiya yutugʻining yangiligi ekanligining ekspertizasi, farqlanish, oʻxshashlik va barqarorlikka sinovlardan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Seleksiya yutugʻining yangiligi ekanligining ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganda oʻtkaziladi. Agar seleksiya yutugʻining yangiligi ekanligining ekspertizasini oʻtkazish uchun patent boji belgilangan miqdordan kam toʻlangan boʻlsa, talabnoma beruvchiga Vazirlik va Davlat muassasasi tomonidan bildirishnoma orqali ushbu bildirishnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy muddatda toʻlangan patent boji summasini belgilangan miqdorga toʻlash zarurligi xabar qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchiga, shuningdek patent boji belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Qonunning 22-moddasi birinchi qismiga muvofiq seleksiya yutugʻi yangilik ekanligining ekspertizasini ixtisoslashtirilgan tashkilot mavjud hujjatlar va dalil-isbotlar, shu jumladan oʻz tashabbusi bilan olgan axborotlar asosida amalga oshiradi hamda talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutugʻining yangilik mezoniga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi toʻgʻrisida Davlat muassasasiga xulosa taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat muassasasi talabnoma beruvchini seleksiya yutugʻining yangiligi ekanligining ekspertizasi natijalari toʻgʻrisida oʻn kun muddatda yozma xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104. Belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanishi sharti bilan talabnoma berilgan seleksiya yutugʻining farqlilik, oʻxshashlik va barqarorlikka sinashdan iborat sinovlari oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar farqlilik, oʻxshashlik va barqarorlikka oʻtkaziladigan ekspertiza uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdordan kam patent boji toʻlangan boʻlsa, bu holda talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan bildirishnoma orqali ushbu bildirishnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy muddatda toʻlangan patent boji summasini belgilangan miqdorga yetkazish zarurligi xabar qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchiga patent boji belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanishi maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Qonunning 23-moddasiga muvofiq, talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutugʻining sinovlari ixtisoslashtirilgan tashkilotlar belgilagan usul va muddatlarda, roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat nav sinash stansiyalarida, davlat nav sinash uchastkalarida, boshqa tashkilotlarda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi sinov oʻtkazish uchun kerakli miqdordagi urugʻlik, koʻchat yoki nasl mahsulotlarini ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan belgilangan manzilga koʻrsatilgan muddatda taqdim etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar talabnoma beruvchi, Oʻzbekiston Respublikasining korxonalari, idoralari, tashkilotlari, shuningdek boshqa davlatlarning vakolatli organlari tomonidan taqdim etilgan sinov natijalaridan foydalanishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Qonunning 23-moddasi beshinchi qismiga muvofiq ixtisoslashtirilgan tashkilot sinov natijalariga qarab seleksiya yutugʻining patentga layoqatlilik mezoniga mosligi toʻgʻrisida xulosa chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Seleksiya yutugʻiga patent berish yoki patent berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Seleksiya yutugʻining patentga layoqatlilik mezonlariga, nomining esa belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanganda, ixtisoslashtirilgan tashkilot patentga layoqatlilik mezonlariga mosligi toʻgʻrisida xulosasi va seleksiya yutugʻining rasmiy tavsifini oʻn kun muddatda Davlat muassasasiga yuboradi. Davlat muassasasi ixtisoslashtirilgan tashkilotning xulosasi asosida oʻsimliklar navi yoki hayvonlar zotiga patent berish toʻgʻrisida oʻn kun muddatda qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan patent boji toʻlangan taqdirda yoki patent bojini toʻlashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilganda Vazirlik seleksiya yutugʻini tegishli reyestrida roʻyxatdan oʻtkazadi va seleksiya yutugʻining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni Vazirlikning rasmiy axborotnomasida eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109. Talabnoma berilgan seleksiya yutugʻining patentga layoqatlilik mezonlaridan aqalli bittasiga muvofiq emasligi aniqlansa, bu holda ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan Davlat muassasasiga seleksiya yutugʻining farqlilik, oʻxshashlik, barqarorlik mezonlariga javob bermasligi toʻgʻrisida tegishli asoslar keltirilgan xulosasi yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat muassasasi ixtisoslashtirilgan tashkilotning xulosasi asosida oʻsimliklar navi yoki hayvonlar zotiga patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va uni ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan seleksiya yutugʻining farqlilik, oʻxshashlik, barqarorlik mezonlariga javob bermasligi toʻgʻrisidagi xulosasi ilova qilingan holda talabnoma beruvchiga oʻn kun muddatda yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seleksiya yutugʻiga patent berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga

Kelib tushgan sana

Roʻyxatga olish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

󠄀󠄀 oʻsimliklar navi

󠄀󠄀 hayvonlar zotiga

patent olish uchun

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi)

Tel: ______

E-mail: __________

(71) Talabnoma beruvchi(lar):

KTUT boʻyicha tashkilot kodi BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa)

Ushbu shaxs:

󠄀󠄀 muallif

󠄀󠄀 muallifning huquqiy vorisi

󠄀󠄀 ish beruvchi

󠄀󠄀 ish beruvchining huquqiy vorisi

(ismi, familiyasi, otasining ismi yoki nomi va yashash joyi yoki joylashgan yeri, shu jumladan mamlakat nomi va toʻliq pochta manzili koʻrsatiladi. Talabnoma beruvchi mualliflarning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Mualliflar” grafasida keltiriladi)

_________________________________________________________

_____________________________________ nomi ostida topshirilgan seleksiya yutugʻining ustuvorligini birinchi talabnoma(lar)ning topshirish sanasi boʻyicha belgilashingizni soʻrayman (soʻraymiz)

(31) Birinchi talabnoma raqami

(32) Soʻralayotgan ustuvorlik sanasi

(33) Mamlakat kodi

(54) a) zot/tur nomi ______________________________

_____________________

_______________________________________________________________________________

(lotincha)

b)Taklif qilinayotgan nom

______________________________________________________________________________________________

______________________________________________________________________________________________

(74) Patent vakili (toʻliq ismi, roʻyxatga olish raqami)

Telefon:

Faks:

E-mail:

Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

(98) Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining toʻliq pochta manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomi)

Telefon:

Faks:

E-mail:

Ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati:

Bir nusxadagi varaqlar soni

󠄀󠄀 nav, zot tavsifi (texnik anketasi)

󠄀󠄀 namunalarning fotosuratlari

󠄀󠄀 talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazilgan sinovlar haqidagi hujjatlar

󠄀󠄀 seleksiya yutugʻi qoʻllanmagan, sotilmagan, berilmaganligini tasdiqlaydigan talabnoma beruvchining deklaratsiyasi

󠄀󠄀 ustuvorlikni tasdiqlaydigan hujjat (birinchi talabnoma(lar)ning nusxasi (nusxalari))

󠄀󠄀 nav, turning sinovi uchun material taqdim etish haqida talabnoma beruvchining majburiyati

󠄀󠄀 patent vakili yoki ishonchli shaxsning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma

󠄀󠄀 patent bojini toʻlashdan ozod etilganlik uchun asos

󠄀󠄀 boj miqdorini kamaytirish uchun asos

󠄀󠄀 talabnomaning davlat tilidagi tarjimasi

󠄀󠄀 boshqa hujjat (koʻrsatilsin)

󠄀󠄀 talabnomaga uning mashinada oʻqiladigan tashuvchidagi nusxasi ilova qilinadi

󠄀󠄀 talabnoma materiallarining mashinada oʻqiladigan tashuvchidagi nusxasi bosma matnning aynan nusxasi boʻlishi kerak

(72) Muallif(lar)

(familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ilmiy darajasi va ish joyi)

Toʻliq uy manzili (viloyat, tuman, shahar, koʻcha, uy, chet elliklar uchun — BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi

Muallif (lar) imzosi (imzolari, sana

Men (Biz), __________________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

____________________________________________________________________________________

patent berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinayotganida mening ismimni (bizning ismimizni) muallif(lar) sifatida tilga olmasligingizni soʻrayman (soʻraymiz)

Muallif(lar)ning imzosi (imzolari):

Imzo(lar):

Talabnoma beruvchi(lar), yoki patent vakili, yoki talabnoma beruvchining boshqa vakilining imzosi (imzolari), imzo(lar) qoʻyilgan sana

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seleksiya yutugʻiga patent berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga
2-ILOVA

Talabnoma raqami _________________________________________

(talabnoma beruvchi tomonidan toʻldirilmaydi)

OʻSIMLIKLAR NAVINING TAVSIFI (TEXNIK ANKETASI)

1. Talabnoma beruvchi _____________________________________________________________________________

2. a) Zot/turning nomi___________________

_____________________________________

(lotincha)

3. Taklif qilinayotgan nom _________________________________________________________________________

4. Navning kelib chiqishi haqidagi maʼlumotlar, saqlash va koʻpaytirish xususiyatlari, seleksiya raqami ____________

5. Talabnoma berilgan navning alomatlari

T/r

Alomat

Ifodalanganlik darajasi

Indeksi

6. a) Talabnomada koʻrsatilgan navga oʻxshash navning nomi va uning talabnomada koʻrsatilgan navdan farqlab turadigan alomatlari:____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________________________

(navning nomi)

Tegishli alomatning tartib raqami

Alomat

b) Axborot manbaining bibliografik maʼlumotlari____________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________

7. Qoʻshimcha axborot

7.1. Zararkunandalar va kasalliklarga turgʻunligi (agar imkon boʻlsa, zotlar/shtammlarni koʻrsating) ______________

_______________________________________________________________________________________________

7.2. Navni farqlilik, oʻxshashlik va barqarorlikka sinash uchun alohida shart-sharoitlarni koʻrsating _____________

_______________________________________________________________________________________________

7.3. Boshqa axborot ________________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________

Sana “____” ________________ 20_____ y.

Talabnoma beruvchi _____________________________________

_______________________________________________

(imzo)

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seleksiya yutugʻiga patent berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga
3-ILOVA

Talabnoma raqami __________________________________________

(talabnoma beruvchi tomonidan toʻldirilmaydi)

HAYVONLAR ZOTINING TAVSIFI (TEXNIK ANKETASI)

1. Talabnoma beruvchi _____________________________________________________________________________

2. a) Nasl/turning nomi__________________

____________________________________

_____________________________________

(lotincha)

b) Nasl kategoriyasi: — nasl guruhi, — nasl ichidagi tur, — zavod turi, — zavod liniyasi, — oila, — partenoklonlar, — liniyalar, — gibridlar, — kross (parrandachilikda).

v) Mahsuldorlik yoʻnalishi _________________________________________________________________________

3. Taklif qilinayotgan nom _________________________________________________________________________

4. Naslning kelib chiqishi, saqlash va koʻpaytirish xususiyatlari haqida maʼlumotlar, seleksiya raqami_____________

5. Talabnoma berilgan naslning alomatlari

Tartib raqami

Alomat

Ifodalanganlik darajasi

Indeksi

6. a) Talabnomada koʻrsatilgan naslning nomi va uni oʻxshash nasldan farqlab turadigan alomatlari:

_______________________________________________________________________________________________

(naslning nomi)

Tegishli alomatning tartib raqami

Alomat

b) Axborot manbaining bibliografik maʼlumotlari____________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________

7. Qoʻshimcha axborot

7.1. Oziqlantirish darajasi, saqlash va ishlatish texnologiyasiga qoʻyiladigan talablar __________________________

_______________________________________________________________________________________________

7.2. Naslni farqlilik, oʻxshashlik va barqarorlikka sinash uchun alohida shart-sharoitlar _______________________

_______________________________________________________________________________________________

7.3. Boshqa axborot ______________________________________________________________________________

______________________________________________________________________________________________

sana “____” ________________ 20_____ y.

Talabnoma beruvchi

_______________________________

_____________________________________

(imzo)

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seleksiya yutugʻiga patent berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga
4-ILOVA

Topshirish sanasi

Kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

Oʻzgartirish(lar) kiritish toʻgʻrisida

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel: ______ E-mail: __________

(21) Talabnoma raqami

(22) Talabnoma topshirilgan sana

(71) Talabnoma beruvchi

(98) Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomi)

Telefon:

Faks:

E-mail:

(74) Patent vakili (toʻliq ismi, roʻyxatga olinganlik raqami)

Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

Telefon:

Faks:

E-mail:

Ushbu arizani topshirar ekanman, talabnoma materiallariga quyidagi oʻzgartirish(lar)ni kiritishingizni soʻrayman:

󠄀󠄀 talabnoma beruvchining ismi (nomi)ga

󠄀󠄀 talabnoma beruvchining manziliga

󠄀󠄀 yozishmalar uchun manzilga

󠄀󠄀 talabnoma materiallariga

Oʻzgartirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar:

Oʻzgartirilgan maʼlumotlar:

davomini keyingi varaqdan qarang

󠄀 󠄀Arizaga ilova(lar):

󠄀󠄀󠄀󠄀davom ettirish uchun varaqlar

󠄀 󠄀boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)

Nusxalar soni

Varaqlar soni

Imzo(lar)

Talabnoma beruvchi(lar), yoki patent vakili, yoki talabnoma beruvchining boshqa vakilining imzosi, imzo(lar) qoʻyilgan sana

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seleksiya yutugʻiga patent berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Topshirish sanasi

Kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

Talabnoma beruvchi(lar)ning oʻzgarganligi

toʻgʻrisidagi yozuvni kiritish haqida

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel: ______ E-mail: __________

(21) Talabnoma raqami

(22) Talabnoma topshirilgan sana

(71) Talabnoma beruvchi

(98) Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomi)

Telefon:

Faks:

E-mail:

(74) Patent vakili (toʻliq ismi, roʻyxatga olinganlik raqami)

Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

Telefon:

Faks:

E-mail:

Ushbu arizani topshirar ekanman, talabnoma materiallariga talabnoma beruvchining oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi yozuvni kiritishingizni soʻrayman

Talabnoma beruvchini oʻzgartirish uchun asoslar:

󠄀󠄀 talabnoma beruvchi kontrakt, shartnoma imzolanganligi natijasida oʻzgartirilmoqda;

quyidagi hujjatlardan biri ilova qilinadi:

󠄀󠄀 kontrakt, shartnomaning tasdiqlangan nusxasi

󠄀󠄀 kontrakt, shartnomadan tasdiqlangan koʻchirma

󠄀󠄀 huquq oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjat.

󠄀󠄀 talabnoma beruvchi qayta tashkil etilishi natijasida oʻzgartirilmoqda;

󠄀󠄀 qayta tashkil etilishini tasdiqlaydigan, uning quyidagi hujjatlardan birining asliga muvofiq ekanini isbotlash uchun tasdiqlangan hujjat nusxasi ilova qilinadi:

󠄀󠄀 talabnoma beruvchining oʻzgartirilishi kontrakt, shartnomaning imzolanishi, qayta tashkil etish natijasi emas;

󠄀󠄀 bunday oʻzgarishni tasdiqlaydigan, uning hujjatning asliga muvofiq ekanini isbotlash uchun tasdiqlangan hujjat nusxasi ilova qilinadi

Yangi talabnoma beruvchi

Talabnoma beruvchining pochta manzili

Telefon:

Faks:

E-mail:

Yozishmalar uchun manzil (toʻliq pochta manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomi)

Telefon:

Faks:

E-mail:

Patent vakili (toʻliq ismi, roʻyxatga olingan raqami)

Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

Telefon:

Faks:

E-mail:

󠄀󠄀 Arizaga ilova(lar):

󠄀󠄀 󠄀 󠄀davom ettirish uchun varaqlar

󠄀󠄀 boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)

Nusxalar soni

Varaqlar soni

Imzo

Avvalgi talabnoma beruvchi:

Imzo va sana

Yangi talabnoma beruvchi:

Imzo va sana

Patent vakili:

Imzo va sana

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seleksiya yutugʻiga patent berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Topshirish sanasi

Kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

Tuzatish(lar) kiritish toʻgʻrisida

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel: ______ E-mail: __________

(21) Talabnoma raqami

(22) Talabnoma topshirilgan sana

(71) Talabnoma beruvchi

(98) Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining toʻliq pochta manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomi)

Telefon:

Faks:

E-mail:

(74) Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi, roʻyxatga olinganlik raqami)

Patent vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

Telefon:

Faks:

E-mail:

Ushbu arizani topshirar ekanman, talabnoma materiallariga quyidagi oʻzgartirish(lar)ni kiritishingizni soʻrayman:

Toʻgʻrilanishi lozim boʻlgan maʼlumotlar:

󠄀󠄀 davomini keyingi varaqdan qarang

Toʻgʻrilangan maʼlumotlar:

󠄀󠄀 davomini keyingi varaqdan qarang

󠄀󠄀 Arizaga ilova(lar):

󠄀󠄀 󠄀󠄀 davom ettirish uchun varaqlar

󠄀󠄀 boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)

Nusxalar soni

Varaqlar soni

Imzo(lar)

Talabnoma beruvchi(lar), yoki patent vakili, yoki talabnoma beruvchining boshqa vakilining imzosi, imzo(lar) qoʻyilgan sana

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 25-dekabrdagi 24-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 30-dekabrdagi 62-son “Seleksiya yutugʻiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1443, 2005-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 2-son, 16-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 34-son “Seleksiya yutugʻiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1443-1, 2011-yil 30-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 425-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2017-yil 6-noyabrdagi 25-son “Seleksiya yutugʻiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1443-2, 2017-yil 22-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/1443-2/0289-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2023-y., 10/23/3486/0973-son)