Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish, soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish, aloqa xizmatlarining sifatini yanada oshirish, aholining raqamli texnologiyalardan foydalanish yoʻnalishida bilim va koʻnikmalarini yanada oshirish boʻyicha bir qator muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoni bilan raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilib, Raqamli texnologiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari belgilandi hamda uning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Shuningdek, mazkur Farmon bilan aholi, tadbirkorlik subyektlari hamda davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatlarni raqamlashtirish, raqamli xizmatlar va servislardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qator chora-tadbirlar belgilandi.
Shu munosabat bilan qonunchilik hujjatlarining oʻzaro muvofiqligini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish talab etilmoqda.
Qonunchilik hujjatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hukumatning ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlar qayta tashkil etilganligi va nomlanganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlarini muvofiqlashtirish;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — Yagona portal) “davlat — fuqaro” va “davlat — tadbirkor” tamoyili asosida xizmat va servislarni raqamli koʻrinishda joriy etish rejalarini belgilovchi vakolatli organni belgilash;
Yagona portalda davlat xizmatlari va servislarini ularning maʼmuriy tartiblari “3 qadam” tamoyili asosida maqbullashtirilgan holda joriy etish;
vazirlik va idoralar tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga veb-sayt, portal, mobil ilova va boshqa axborot resurslari orqali koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlar Yagona portalda toʻlaqonli yoki havola koʻrinishida ham joriy etilishini belgilash;
davlat organlarining Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlari va servislaridan aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining qoniqish darajasini baholash va uning indikatorlarini belgilash;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari axborot tizimlarida, idoralararo elektron hamkorlik qilishda “Raqamli hukumat” tizimining yagona identifikatorlari hamda maʼlumotnomalar va tasniflagichlar registri axborot tizimida joylashtirilgan yagona umumdavlat maʼlumotnomalari va tasniflagichlaridan majburiy foydalanish;
jamoat, sanoat, turar joy, maʼmuriy binolar va inshootlarni loyihalashtirish, qurish hamda foydalanishga qabul qilish jarayonida aloqa, pochta, axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, davlat standartlari va meʼyorlariga amal qilinishini taʼminlash.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 28-dekabr,
688-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi oʻninchi xatboshisidagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini” soʻzlari “Raqamli texnologiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 23-sentabrdagi 328-son qarorining 2-bandidagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini” soʻzlari “Raqamli texnologiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 17-dekabrdagi 259-son qarorining 3-bandidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasini yanada rivojlantirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida” 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilaridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini” soʻzlari “Raqamli texnologiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
ilova nomidagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini” soʻzlari “Raqamli texnologiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilova nomidagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini” soʻzlari “Raqamli texnologiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarorida:
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Yagona portalda “davlat — fuqaro” va “davlat — tadbirkor” tamoyili asosida xizmat va servislarni raqamli koʻrinishda joriy etish rejalarini belgilovchi vakolatli organ hisoblanadi;
Yagona portalda davlat xizmatlari va servislari ularning maʼmuriy tartiblari “3 qadam” tamoyili asosida maqbullashtirilgan holda joriy etiladi;
vazirlik va idoralar aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga veb-sayt, portal, mobil ilova va boshqa axborot resurslari orqali koʻrsatadigan barcha turdagi xizmatlarini Yagona portalda toʻlaqonli yoki havola koʻrinishida ham joriy etishlari lozim;
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — “UZINFOCOM” yagona integrator) Yagona portalda elektron davlat xizmatlarini joriy etish va texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Yagona integrator hisoblanadi;
tadbirkorlik subyektlari davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda davlat organlari deb ataladi) bilan shartnoma asosida elektron davlat xizmatlarini Yagona portalda va rasmiy veb-saytlarda joriy etishda ishtirok etadilar;
mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari va toʻlov tizimlari operatorlari Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan tuzilgan shartnoma asosida axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, oʻzlarining mobil ilovalari orqali Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishlari mumkin”;
b) 4-bandning birinchi xatboshisidagi ““Oʻzinfokom” markaziga” soʻzlari ““UZINFOCOM” yagona integratorga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovada:
3-band quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“; servis — jismoniy va yuridik shaxslarga Yagona portal orqali xarajatlarsiz va natijasini onlayn ravishda olish imkonini beruvchi qoʻshimcha elektron xizmat.”;
quyidagi mazmundagi 51-bob bilan toʻldirilsin:
“51-bob. Elektron davlat xizmati va servislaridan aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining qoniqish darajasi reytingini shakllantirish tartibi
341. Davlat organlarining Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlari va servislaridan aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining qoniqish darajasi baholanadi.
Davlat organlarining Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlari va servislaridan aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining qoniqish darajasi quyidagi asosiy indikatorlarga muvofiq baholanadi:
elektron xizmatlar sifatini jamoatchilik tomonidan baholash;
elektron davlat xizmatlarining oʻz vaqtida koʻrsatilishi;
davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjudligi;
davlat xizmatlari va servislarining qoniqarlilik darajasi.
342. Reyting baholash natijalariga muvofiq davlat organlarining Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlari va servislaridan aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining qoniqish darajasi reyting balli boʻyicha:
71 balldan 100 ballgacha boʻlganda — “aʼlo”;
55 balldan 71 ballgacha boʻlganda — “qoniqarli”;
55 balldan past boʻlganda — “qoniqarsiz” deb topiladi.
343. Baholashda toʻplangan ballar Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlari va servislarining faoliyati, taqdim etilish sifati hamda samaradorligini inobatga olgan holda hisoblanadi.
344. Davlat organlarining Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlari va servislaridan aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining qoniqish darajasi reytingi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Oʻzkomnazorat) Raqamli nazorat axborot tizimi maxsus modulida har yarim yillikdan keyingi oyning 25-sanasiga qadar davlat organlari kesimida inson omilisiz avtomatlashtirilgan holda shakllantiriladi.
345. Davlat organlarining Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlari va servislaridan aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining qoniqish darajasi reytingi har yarim yil yakunlariga koʻra Oʻzkomnazorat tomonidan rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalari orqali ochiq eʼlon qilinadi”;
35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Oʻzkomnazorat:
elektron davlat xizmatlarini samarali koʻrsatish jarayonida texnik jihatdan mavjud tartiblarga rioya etilishini nazorat qiladi;
har yarim yilda inson omilisiz shakllanadigan aholi va tadbirkorlik subyektlarining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi xizmat va servislardan qoniqish darajasi reytingini eʼlon qilib boradi”;
36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Davlat organlarining rahbarlari maʼlumotlar bazalarini oʻz vaqtida va sifatli shakllantirish, maʼlumotlarni raqamlashtirish, maʼlumotlar hamda raqamli koʻrinishdagi hujjatlarni muddatida berish, elektron xizmatlar koʻrsatilishi asossiz rad etilishiga va ularning sifatsiz taqdim etilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi.
Bunda davlat organlarining rahbarlari:
aholi, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni doimiy ravishda raqamlashtirish ishlarini amalga oshirish;
raqamli maʼlumotlar bazalarini va ularning zaxira nusxalarini shakllantirish;
raqamli maʼlumotlar bazalaridagi maʼlumotlarni Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga doimiy asosda taqdim etish;
axborot tizimlarida profilaktik tadbirlar haqida kamida 3 kun oldin Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazini ogohlantirish tizimini yoʻlga qoʻyishi shart”.
8. Vazirlar Mahkamasining “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-noyabrdagi 939-son qarorining 3-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini” soʻzlari “Raqamli texnologiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish sohasidagi faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 15-martdagi 203-son qarorining 5-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini” soʻzlari “Raqamli texnologiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining dasturiy kompleksini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-maydagi 362-son qarorining 7-bandi uchinchi xatboshisidagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini” soʻzlari “Raqamli texnologiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-oktabrdagi 821-son qarori bilan tasdiqlangan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha ustuvor loyihalarning hududiy manzilli roʻyxatlarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandidagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini” soʻzlari “Raqamli texnologiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
13. Vazirlar Mahkamasining “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi 17-son qarori 4-bandida:
“a” kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Texnoparkni moliyalashtirishning yetishmayotgan qismi yuzasidan — Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining idoraviy mansub tashkilotlari mablagʻlari Texnoparkning faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish bilan bogʻliq choralarni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi”;
“b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Texnopark rezidentlari tomonidan amalga oshiriladigan istiqbolli startap-loyihalar ular belgilangan tartibda tanlab olingandan keyin Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining idoraviy mansub tashkilotlari mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
15. Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida aholi, shu jumladan yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va Internet jahon axborot tarmogʻidan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-noyabrdagi 921-son qarorining 9-bandi “g” kichik bandidagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini” soʻzlari “Raqamli texnologiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining ““Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishini va uning ishlashini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qarorining 2-bandidagi “Elektron” soʻzi “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 14-apreldagi 218-son qarorining 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini” soʻzlari “Raqamli texnologiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlarning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 25-iyundagi 409-son qarorida:
2-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisi, 3-bandning ikkinchi xatboshisi, shuningdek, 1-ilovaning nomidagi “Elektron” soʻzi “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin;
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Quyidagilar:
a) “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan toʻlov summasining taqsimlanguniga qadar boʻlgan 35 foizidan shakllantiriladigan maxsus hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlangan davlat bojlari, yigʻimlar va barcha turdagi toʻlovlarning 11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
b) “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan toʻlov summasining taqsimlanguniga qadar boʻlgan 35 foizidan shakllantiriladigan maxsus hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
v) Direksiyaning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Vazirlik tizimidagi tashkilotlar mablagʻlari;
xoʻjalik faoliyatidan olingan mablagʻlar;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.”.
19. Vazirlar Mahkamasining “Elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining oʻz faoliyati boʻyicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 16-iyuldagi 444-son qarorida:
a) 1-ilovada:
2-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“; postmonitoring — davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimi va resursi joriy etilgandan keyingi davrda undan foydalanish samaradorligi ustidan tizimli monitoring yuritish.”;
3-banddagi “Elektron” soʻzi “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin;
5-bobning nomi “monitoringi” soʻzidan keyin “va postmonitoringi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Operator bilan birgalikda yagona reyestrda axborot tizimlari pasportlarining va unga tegishli boshqa loyiha-texnik hujjatlar sifatli toʻldirilishi ustidan monitoring hamda ulardan kelgusida foydalanish samaradorligi ustidan tizimli postmonitoringni amalga oshiradi.”;
b) 2-ilovada:
3-banddagi “Elektron” soʻzi “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin;
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari axborot tizimlarida, idoralararo elektron hamkorlik qilishda “Raqamli hukumat” tizimining yagona identifikatorlari hamda maʼlumotnomalar va tasniflagichlar registri axborot tizimida joylashtirilgan yagona umumdavlat maʼlumotnomalari va tasniflagichlaridan foydalanishlari shart.”.
20. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga taqdim etilayotgan elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishda shaxsni tasdiqlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-oktabrdagi 679-son qarorining 3-bandi uchinchi xatboshisidagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini” soʻzlari “Raqamli texnologiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 8-bandining beshinchi xatboshisidagi “Elektron” soʻzi “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti suvlaridan foydalanishga oid ruxsat etuvchi hujjatlarni berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qarorida:
a) 1-ilovaning 12-bandi “b” kichik bandidagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini” soʻzlari “Raqamli texnologiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 12-bandi “a” va “b” kichik bandlaridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini” soʻzlari “Raqamli texnologiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 12-bandi “a” va “b” kichik bandlaridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini” soʻzlari “Raqamli texnologiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining “Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 31-iyuldagi 475-son qarorining 6-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini” soʻzlari “Raqamli texnologiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 645-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari xodimlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha shartnoma asosida malaka oshirish oʻquv kurslarini tashkil etuvchi oliy taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlar roʻyxatining 12-pozitsiyasi “Oliy taʼlim muassasalari va axborot texnologiyalari yoʻnalishiga ixtisoslashgan innovatsion tashkilotlar” ustunidagi “Elektron” soʻzi “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining “Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasiga integratsiya qilinadigan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar roʻyxatining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi.”.
26. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarorida:
a) 3-ilovaga 4-ilova quyidagi mazmundagi 131-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
| “ | ||
| 131 | Aloqa, pochta va telekommunikatsiya talablari | Loyihalashtirishda aloqa, pochta, axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, davlat standartlari va meʼyorlariga amal qilish. |
| ”; |
b) 4-ilovada:
9-band “favqulodda vaziyatlar boʻlimlari” soʻzlaridan keyin “hamda Oʻzkomnazorat inspeksiyasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
1-ilovaning “3-bosqich” pozitsiyasi “Subyektlar” ustuni “nazorat xizmati” soʻzlaridan keyin “, Oʻzkomnazorat inspeksiyasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 500-sonli qaroriga asosan 27-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2025-y., 09/25/500/0699-son)
28. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-avgustdagi 479-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni Mobil-ID tizimida identifikatsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 32-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Elektron” soʻzi “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining “Idoralararo elektron hamkorlik tizimi va maʼlumotlarning axborot almashinuvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-sentabrdagi 516-son qarorida:
a) 2-bandning “v” kichik bandidagi “Elektron” soʻzi “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 2-bandi oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Idoralararo integratsiyalashuv platformasi operatori (keyingi oʻrinlarda — operator) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi;”;
v) 2-ilovada:
2-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Raqamli maʼlumotlar platformasi operatori (keyingi oʻrinlarda — operator) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi;”;
d) 3-ilovada:
2-bandning oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yagona billing tizimi operatori (keyingi oʻrinlarda — operator) — Yagona billing tizimining ishlashi, undan foydalanish, uni tashkiliy va texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi.”;
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Yagona billing tizimi orqali toʻlangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa toʻlovlardan tushadigan mablagʻlarning 0,5 foizi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.”;
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Yagona billing tizimini takomillashtirish va keyinchalik qoʻllab-quvvatlash Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.”;
21-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“koʻrsatilgan xizmatlar haqi sifatida amalga oshirilgan har bir tranzaksiya summasining 0,5 foizini hisobot oyining yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazish.”.
30. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-oktabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish, avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishini bekor qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 14-bandida:
“a” kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“0,5 foizi-Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi maxsus hisobvaragʻiga;”;
“b” kichik bandning uchinchi-toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11,25 foizi — Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi maxsus hisobvaragʻiga;”.
31. Vazirlar Mahkamasining “Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 29-noyabrdagi 679-son qarorida:
a) 4-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Adliya vazirligi bilan birgalikda:”;
32. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash va navdorligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2022-yil 16-dekabrdagi 712-son qarorida:
a) 1-ilovada:
37-38-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Oʻzagroinspeksiya, Davlat xizmatlari markazi va Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar va sertifikatlash natijalari boʻyicha maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
38. Oʻzagroinspeksiya, Davlat xizmatlari markazi, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi manfaatdor shaxsga maʼmuriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha holatlar yuzasidan oʻz fikrini bildirish imkoniyatini beradi.”;
b) 2-ilovada:
27-28-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Davlat xizmatlari markazi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar va nav tozaligini baholash natijalari boʻyicha maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
28. Davlat xizmatlari markazi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi manfaatdor shaxsga maʼmuriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha holatlar yuzasidan oʻz fikrini bildirish imkoniyatini beradi.”;
v) 3-ilovada:
27-28-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Davlat xizmatlari markazi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar va nav tozaligini baholash natijalari boʻyicha maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
28. Davlat xizmatlari markazi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi manfaatdor shaxsga maʼmuriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha holatlar yuzasidan oʻz fikrini bildirish imkoniyatini beradi.”;
g) 4-ilovada:
43-44-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“43. Oʻzagroinspeksiya, Davlat xizmatlari markazi va Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar va sertifikatlash natijalari boʻyicha maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
44. Oʻzagroinspeksiya, Davlat xizmatlari markazi, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi manfaatdor shaxsga maʼmuriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha holatlar yuzasidan oʻz fikrini bildirish imkoniyatini beradi.”.
33. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” 2023-yil 15-fevraldagi 66-son qarorida:
a) 4-bandning “b” kichik bandi, 5-bandning birinchi xatboshisi, 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini” soʻzlari “Raqamli texnologiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 38-bandidagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini” soʻzlari “Raqamli texnologiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining ““Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 14-martdagi 107-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Elektron” soʻzi “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Elektron” soʻzi “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin;
1-ilovaning “2-bosqich” pozitsiyasi “Subyektlar” ustunidagi “Elektron” soʻzi “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin;
2-ilovadagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” soʻzlari “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2023-yil 25-martdagi 127-son qarorining 3-bandi, qarorga 1-ilovaning 2-bandi uchinchi xatboshisidagi ““UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” davlat unitar korxonasi” soʻzlari ““UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining “Davlat yongʻin nazorati hamda sanitariya-epidemiologiya sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishni yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 4-apreldagi 142-son qarorida:
a) 1-ilovaning 11-bandidagi “Elektron” soʻzi “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 10-bandidagi “Elektron” soʻzi “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin.
37. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 29-apreldagi 170-son qarorida:
a) 1-ilovaning 26-bandi hamda 2-ilovaning 24-bandidagi “Elektron” soʻzi “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning 14-bandi hamda 4-ilovaning 11-bandidagi “Elektron” soʻzi “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 6-ilovaning 29 va 62-bandlaridagi “Elektron” soʻzi “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin.
38. Vazirlar Mahkamasining “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun masʼul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 20-maydagi 208-son qarorida:
a) 2-banddagi “Elektron” soʻzi “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning yettinchi xatboshisidagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini” soʻzlari “Raqamli texnologiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovada:
2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Elektron” soʻzi “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin;
1-ilovaning “1-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “Elektron” soʻzi “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin.
39. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-iyuldagi 309-son qarori bilan tasdiqlangan Sportchilarga sport pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 15-bandining “a” kichik bandidagi “Elektron” soʻzi “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin.
40. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash joyiga borib, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 5-bandining “b” kichik bandidagi “Elektron” soʻzi “Raqamli” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 07.08.2025-y., 09/25/500/0699-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)