1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini bajarish, shuningdek elektron hukumat markaziy maʼlumotlar bazasi va axborot tizimlari komplekslari bilan integratsiyalash Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Butunjahon Internet axborot tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi oʻrinlarda Yagona portal deb ataladi) yangi versiyasi ishga tushirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Yagona portalda “davlat — fuqaro” va “davlat — tadbirkor” tamoyili asosida xizmat va servislarni raqamli koʻrinishda joriy etish rejalarini belgilovchi vakolatli organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona portalda davlat xizmatlari va servislari ularning maʼmuriy tartiblari “3 qadam” tamoyili asosida maqbullashtirilgan holda joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga veb-sayt, portal, mobil ilova va boshqa axborot resurslari orqali koʻrsatadigan barcha turdagi xizmatlarini Yagona portalda toʻlaqonli yoki havola koʻrinishida ham joriy etishlari lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — “UZINFOCOM” yagona integrator) Yagona portalda elektron davlat xizmatlarini joriy etish va texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Yagona integrator hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda davlat organlari deb ataladi) bilan shartnoma asosida elektron davlat xizmatlarini Yagona portalda va rasmiy veb-saytlarda joriy etishda ishtirok etadilar;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari va toʻlov tizimlari operatorlari Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan tuzilgan shartnoma asosida kiberxavfsizlik talablariga rioya etgan holda, oʻzlarining mobil ilovalari orqali Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishlari mumkin.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-martdagi 93-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 09/26/93/0210-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “UZINFOCOM” yagona integratorga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona portalni texnik qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona portal orqali elektron davlat xizmatlari koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona portalda elektron davlat xizmatlarini joriy qilishda davlat organlariga metodologik va texnik yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona portalning uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona portal faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish, koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlarining roʻyxatini kengaytirish va sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi quyidagilarni taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda davlat xizmatlariga boʻlgan talabni baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari bilan birgalikda mavjud boʻlgan eng talabgor boʻlgan elektron davlat xizmatlarini Yagona portalning yangi versiyasiga bosqichma-bosqich oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlariga Yagona portaldagi davlat organining shaxsiy kabinetidan foydalana olishlarini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda markaziy apparatning va ularning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan tashkilotlarning elektron davlat xizmatlari koʻrsatishda vakolatli boʻlgan xodimlarini belgilasinlar, ularni “Elektron hukumat” (id.gov.uz) tizimidan foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish Yagona axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi soʻrovi boʻyicha elektron davlat xizmatlarini avtomatlashtirilgan tarzda taqdim etish uchun tegishli veb-servislar ishlab chiqilishini va kuzatib borilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 15-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
728-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi oʻrinlarda Yagona portal deb ataladi) maqsadini, vazifalarini va ish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning amal qilishi davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda davlat organlari deb ataladi) rasmiy veb-saytlari va mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda toʻlov tizimlari operatorlarining axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, oʻzlarining mobil ilovalarida Yagona portal orqali elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibiga ham tatbiq etiladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yagona portal axborot, uslubiy, texnik kuzatuvi va maʼmurchiligi Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Yagona integrator) tomonidan amalga oshiriladigan “Elektron hukumat” tizimi bazasida faoliyat koʻrsatadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-martdagi 93-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 09/26/93/0210-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona portal davlat organlari tomonidan koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlarini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari rasmiy veb-saytlarida tegishli havola (giperhavola)ni joylashtirish yoʻli bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda toʻlov tizimlari operatorlari oʻzlarining mobil ilovalarida axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda joriy qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyundagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestri — davlat xizmatlari, shakllari va blankalarining yagona reyestri tarkibida shakllantiriladigan hamda Yagona portalda eʼlon qilinadigan elektron davlat xizmatlarining toʻliq roʻyxatini, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq boshqa axborotni oʻz ichiga olgan butunjahon Internet tarmogʻidagi ochiq va hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resursi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi (Identifikatsiyalashning yagona tizimi) — jismoniy va yuridik shaxslarning haqiqiy identifikatsiyalanishini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikda mansabdor shaxslarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalaridan ruxsat olib foydalana olishlarini taʼminlovchi davlat axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrov — jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmati koʻrsatish uchun davlat organlariga yuboriladigan talabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo elektron hamkorlik — davlat organlari oʻrtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali maʼlumotlar almashuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron davlat xizmati reglamenti (Reglament) — elektron davlat xizmati koʻrsatish tartibi va unga qoʻyiladigan talablarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjatlarning repozitoriysi — elektron hujjatlarni qayta ishlashni va saqlashni taʼminlovchi, shuningdek Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatning haqiqiyligini tekshirish vositalarini taqdim etuvchi axborot resursi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron davlat xizmati — axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda elektron shaklda koʻrsatiladigan davlat xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
servis — jismoniy va yuridik shaxslarga Yagona portal orqali xarajatlarsiz va natijasini onlayn ravishda olish imkonini beruvchi qoʻshimcha elektron xizmat.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yagona portalning maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Yagona portalning maqsadlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchilarga davlat organlari tomonidan elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishni taʼminlovchi axborot tizimlarining sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini taʼminlash, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan axborot almashuvini taʼminlashning qoʻshimcha mexanizmlarini yaratish orqali ularning masʼuliyatini va ijro intizomini kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yagona portal quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchilarga elektron davlat xizmatlaridan kafolatlangan va xavfsiz foydalana olishlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron davlat xizmatlari olish uchun soʻrovlarni va boshqa hujjatlarni yoʻllash hamda elektron davlat xizmatlari koʻrsatish natijasini qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlariga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish yuzasidan soʻrovlarni qabul qilish, koʻrib chiqish va natijasini ariza beruvchilarga yuborish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov tizimlaridan foydalangan holda onlayn-toʻlov imkoniyatlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron davlat xizmatlari koʻrsatishning holati va borishini kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjatlarni shakllantirish, saqlash va ularning haqiqiyligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan soʻrovlar va koʻrsatilgan elektron davlat xizmatlar asosida statistik maʼlumotlarni shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Elektron davlat xizmatlari turlari va tasnifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yagona portalda elektron davlat xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) tomonidan davlat xizmatlariga boʻlgan talabni baholash mezonlariga muvofiq tahlil qilgan holda joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Elektron davlat xizmatlari foydalanish uchun qulay boʻlishi va ariza beruvchilarning ehtiyojlari hamda manfaatlariga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona portalning asosiy tili davlat tili hisoblanadi, shuningdek qoraqalpoq, rus, ingliz va boshqa tillardagi versiyalari ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Elektron davlat xizmatlari axborot va interaktiv davlat xizmatlari shaklida koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchilarning axborotga ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, davlat organining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilish va boshqacha tarqatish yoʻli bilan koʻrsatiladigan elektron davlat xizmati axborot davlat xizmati hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchiga ushbu shaxs va elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organi oʻrtasida ikki tomonlama elektron hamkorlik yoʻli bilan koʻrsatiladigan elektron davlat xizmati interaktiv davlat xizmati hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Interaktiv davlat xizmati avtomatlashtirilgan davlat xizmati shaklida amalga oshirilishi mumkin, uning koʻrsatilishi faqat axborot tizimlaridan va “Elektron hukumat” tizimi maʼlumotlar bazalaridan, shu jumladan idoraviy axborot resurslari va maʼlumotlar bazalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida taqdim etiladigan axborot dolzarb, ishonchli boʻlishi va ruxsatsiz foydalana olish, chiqib ketishi, yoʻq qilinishi, buzib koʻrsatilishi, blokirovka qilinishdan himoyalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron davlat xizmati koʻrsatish yoki undan foydalanish jarayonlarining ishtirokchisi boʻlmagan shaxslarga elektron davlat xizmati koʻrsatilishida Yagona portalda shakllangan maʼlumotlardan Vazirlik bilan kelishilmagan holda foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Elektron davlat xizmatlari pulli yoki bepul koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pulli elektron davlat xizmatlaridan foydalanganlik uchun ariza beruvchilar tomonidan toʻlovni amalga oshirish tartibi va usullari Reglamentda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari Reglamentda nazarda tutilgan holatlarda, shu jumladan elektron davlat xizmatlari koʻrsatish muddatlari va tartib-taomillari qisqartirilishida elektron davlat xizmatlari koʻrsatish uchun boshqa toʻlov miqdorini belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchilarning haqiqiyligini taʼminlash darajasi boʻyicha elektron davlat xizmatlari quyidagilarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
past — shaxsiy maʼlumotlar taqdim etilishini talab qilmaydigan xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta — haqiqiy shaxsiy maʼlumotlar taqdim etilishini talab qiladigan xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori — ularni koʻrsatish uchun soʻrovlar elektron raqamli imzodan foydalanib yuboriladigan xizmatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari elektron davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan ariza beruvchilarning haqiqiylik darajasini Vazirlik bilan kelishgan holda belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Elektron davlat xizmati koʻrsatish tartibi va unga qoʻyiladigan talablar Reglamentda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reglament davlat xizmati koʻrsatish natijasini taqdim etuvchi davlat organi tomonidan Vazirlik bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi va kelishuv Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrida roʻyxatga olish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Elektron davlat xizmatini koʻrsatish reglamentlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Reglamentda quyidagilar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uni koʻrsatishning quyidagi tartibotlari tavsifi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ariza beruvchidan soʻrovni qabul qilish tartiboti boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron davlat xizmati koʻrsatiladigan shaxslar toifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrov berish usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovda koʻrsatiladigan maʼlumotlar (arizadagi maʼlumotlar roʻyxati, ariza blankasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrov elektron shaklda berilganda ariza beruvchi haqiqiyligining talab qilinadigan darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron davlat xizmati koʻrsatish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning roʻyxati va namunalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soʻrovni koʻrib chiqish va qayta ishlash tartibotlari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron davlat xizmati koʻrsatish doirasida idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan olinadigan maʼlumotlar roʻyxati va tarkibi hamda ularni taqdim etuvchi (oluvchi) davlat organlari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovni koʻrib chiqish (qayta ishlash) muddatlari va usuli, axborot tizimidan foydalanilgan taqdirda — uning davlat organlari davlat axborot resurslari va axborot tizimlari reyestridagi nomi va tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovni koʻrib chiqish (qayta ishlash) muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatish narxi va toʻlov usuli (xizmat pulli boʻlgan taqdirda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) natijani saqlash va javobni yuborish tartiboti boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati koʻrsatish natijasini saqlash usuli va turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati koʻrsatish natijasini taqdim etish shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati koʻrsatilishini rad etish uchun asoslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Elektron davlat xizmatini joriy etishda Reglament bilan birgalikda Yagona portalda elektron davlat xizmatlarini joriy qilish boʻyicha texnik hujjatning (keyingi oʻrinlarda Texnik hujjat deb ataladi) boʻlishi ham talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Texnik hujjat davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM hamda Yagona integrator bilan kelishilgandan soʻng Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-martdagi 93-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 09/26/93/0210-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Texnik hujjatda Yagona portalda joriy etiladigan elektron davlat xizmatini tuzish va loyihalashtirishda talab etiladigan grafik va yozuvli maʼlumotlar, shu jumladan quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron davlat xizmati koʻrsatilayotgan shaxslar toifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron davlat xizmati koʻrsatilishi tartibi va bosqichlarining tasnifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron davlat xizmatining texnik koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron davlat xizmatini koʻrsatish muddati va unga masʼul boʻlgan davlat organlarini koʻrsatgan holda tartibining grafik tasviri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatini koʻrsatish narxi va toʻlov usullari (xizmat pulli boʻlgan taqdirda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchidan soʻrovni qabul qilishda, soʻrovni koʻrib chiqishda, natijasi saqlanishida hamda javob yoʻllanishida tomonlarning huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona portal bilan davlat organlari va mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, toʻlov tizimlari operatorlarining tegishli axborot tizimlari idoralararo elektron hamkorligi tartibi mavjud boʻladi.
(17-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyundagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik hujjat elektron davlat xizmatining texnik jihatdan amalga oshirilishi uchun talab etiladigan boshqa turdagi maʼlumotlarni ham oʻzida jamlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yagona portalda elektron davlat xizmatlari quyidagilar orqali taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining shaxsiy kabineti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organining shaxsiy kabineti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona portaldagi shaxsiy kabinetga kirish qonunchilikda belgilangan tartibda Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Elektron davlat xizmatlari olish uchun soʻrovlar ariza beruvchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ariza beruvchining shaxsiy kabineti elektron davlat xizmatidan foydalanish, elektron davlat xizmatini koʻrsatish holatini kuzatib borish, shaxsiy maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash hamda elektron davlat xizmat koʻrsatish sifatini baholash imkoniyatlarini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining shaxsiy kabineti “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalaridagi, shu jumladan idoraviy axborot resurslari va maʼlumotlar bazalaridagi maʼlumotlar asosida foydalanuvchilarni koʻrsatilishi lozim boʻlgan elektron davlat xizmatlari haqida xabardor qilish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Elektron davlat xizmati koʻrsatish boʻyicha soʻrovlarni qabul qilish va ularga javob yuborish davlat organining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari xizmatni koʻrsatish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan mustaqil ravishda oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron davlat xizmati koʻrsatish uchun soʻrovni koʻrib chiqish va qayta ishlash, uni koʻrsatish natijasini saqlash idoralararo va idoraviy axborot tizimlaridan, shu jumladan axborot resurslari va maʼlumotlar bazalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat organining shaxsiy kabineti elektron davlat xizmati koʻrsatishda kerakli hujjatlar va maʼlumotlarni tayyorlash, tahrir qilish, izlash va taqdim etish imkoniyati orqali davlat organining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan kelib tushgan soʻrovlarni qayta ishlash uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat organining kabinetidan foydalanish huquqi vakolatli mansabdor shaxsga mazkur davlat organi rahbarining rasmiy soʻrovi asosida Vazirlik tomonidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organining rasmiy soʻrovida Yagona identifikatsiyalash tizimi roʻyxatidan oʻtgan elektron davlat xizmati koʻrsatish uchun davlat organi vakolatli mansabdor shaxslari haqida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vakolatli mansabdor shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) egallab turgan lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) foydalanuvchiga Yagona identifikatsiyalash tizimida identifikatsiyalash uchun berilgan maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davlat organlarining elektron davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlari elektron hukumatning infratuzilmasi bilan integratsiyalashgan va qonunchilikda belgilangan talablarga mos boʻlishi kerak.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yagona portal orqali elektron davlat xizmatlari koʻrsatishda, uni koʻrsatish natijasi ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha shakllantiriladi va taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yagona portalda hamda mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, toʻlov tizimlari operatorlarining mobil ilovalarida Yagona portal orqali shakllantirilgan elektron hujjatlar shaklidagi elektron davlat xizmatlari koʻrsatish natijalari davlat organlari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatishda qogʻoz manbada beriladigan hujjatlarga tenglashtiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyundagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ariza beruvchi davlat xizmatlari koʻrsatilishi boʻyicha soʻrovini koʻrib chiqish natijasi toʻgʻrisidagi javobni olish shaklini tanlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ariza beruvchi soʻrovda javobni qogʻoz manbada yuborish talabini koʻrsatgan boʻlsa, davlat xizmatlari koʻrsatish natijasi jismoniy shaxs xohishiga koʻra yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan pochta manzilidagi joyiga, yuridik shaxsga esa — pochta manziliga muvofiq joylashgan joyiga yuboriladi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Elektron hujjatlar repozitoriysi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish natijalari davlat organlaridan elektron hujjat shaklida olingan maʼlumotlar asosida ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda elektron hujjatlar repozitoriysida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ariza beruvchi Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatni qogʻoz nusxasini ariza beruvchining shaxsiy kabineti orqali olish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Elektron hujjatlarning qogʻozli manbadagi nusxalari davlat xizmatlari olish uchun anʼanaviy soʻrovda ularni ariza beruvchilar tomonidan taqdim etish uchun moʻljallangan (shaxsan kelib, pochta yoki faksimil aloqa orqali).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Davlat organlari Yagona portalda hamda mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, toʻlov tizimlari operatorlarining mobil ilovalarida Yagona portal orqali shakllantirilgan elektron hujjatni Elektron hujjatlar repozitoriysining rasmiy veb-sayti orqali noyob identifikatsiya raqamini kiritish yoki elektron hujjatda joylashgan QR–kodni skaner qilish yoʻli bilan ariza beruvchilardan olingan elektron hujjatlarning qogʻozli manbadagi nusxalarining haqiqiyligini tekshirish va ular boʻyicha maʼlumotlar olish imkoniyatiga ega boʻladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyundagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Davlat organlari idoraviy axborot tizimlaridan va maʼlumotlar bazalaridan taqdim etiladigan axborotning haqiqiyligi va dolzarbligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Vazirlik Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlardagi axborotning buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻradi va idoraviy axborot tizimlaridan olingan elektron shakldagi axborotning muvofiqligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda hamda mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, toʻlov tizimlari operatorlarining mobil ilovalarida Yagona portal orqali shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlanadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-iyundagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-bob. Elektron davlat xizmati va servislaridan aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining qoniqish darajasi reytingini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
341. Davlat organlarining Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlari va servislaridan aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining qoniqish darajasi baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarining Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlari va servislaridan aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining qoniqish darajasi quyidagi asosiy indikatorlarga muvofiq baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron xizmatlar sifatini jamoatchilik tomonidan baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron davlat xizmatlarining oʻz vaqtida koʻrsatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari va servislarining qoniqarlilik darajasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
342. Reyting baholash natijalariga muvofiq davlat organlarining Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlari va servislaridan aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining qoniqish darajasi reyting balli boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71 balldan 100 ballgacha boʻlganda — “aʼlo”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55 balldan 71 ballgacha boʻlganda — “qoniqarli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55 balldan past boʻlganda — “qoniqarsiz” deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
343. Baholashda toʻplangan ballar Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlari va servislarining faoliyati, taqdim etilish sifati hamda samaradorligini inobatga olgan holda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
344. Davlat organlarining Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlari va servislaridan aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining qoniqish darajasi reytingi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Oʻzkomnazorat) Raqamli nazorat axborot tizimi maxsus modulida har yarim yillikdan keyingi oyning 25-sanasiga qadar davlat organlari kesimida inson omilisiz avtomatlashtirilgan holda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
345. Davlat organlarining Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlari va servislaridan aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining qoniqish darajasi reytingi har yarim yil yakunlariga koʻra Oʻzkomnazorat tomonidan rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalari orqali ochiq eʼlon qilinadi.
(51-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Oʻzkomnazorat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron davlat xizmatlarini samarali koʻrsatish jarayonida texnik jihatdan mavjud tartiblarga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yarim yilda inson omilisiz shakllanadigan aholi va tadbirkorlik subyektlarining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi xizmat va servislardan qoniqish darajasi reytingini eʼlon qilib boradi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Davlat organlarining rahbarlari maʼlumotlar bazalarini oʻz vaqtida va sifatli shakllantirish, maʼlumotlarni raqamlashtirish, maʼlumotlar hamda raqamli koʻrinishdagi hujjatlarni muddatida berish, elektron xizmatlar koʻrsatilishi asossiz rad etilishiga va ularning sifatsiz taqdim etilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat organlarining rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni doimiy ravishda raqamlashtirish ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli maʼlumotlar bazalarini va ularning zaxira nusxalarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli maʼlumotlar bazalaridagi maʼlumotlarni Idoralararo integratsiyalashuv platformasiga doimiy asosda taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimlarida profilaktik tadbirlar haqida kamida 3 kun oldin Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazini ogohlantirish tizimini yoʻlga qoʻyishi shart.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ariza beruvchilar notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganliklari, elektron davlat xizmatlari koʻrsatish uchun tuhmat va haqoratlardan iborat soʻrovlar berganliklari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2155-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali logotipining tasviri
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri
Hujjatning turi (Maʼlumotnoma, guvohnoma, bildirishnoma va shu kabilar) Hujjatning matni (Davlat xizmati reglamentiga muvofiq elektron davlat xizmati turiga asosan shakllantiriladi)
Hujjatni imzolagan shaxs ___________________________________________
Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi. Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun edoc.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling. Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2021-y., 09/21/373/0559-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 6-bandning birinchi xatboshidagi “rahbar yoki rahbar tomonidan oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan boshqa shaxs” soʻzlari “mansabdor shaxslar, davlat organining rahbarlari yoki oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan boshqa vakolatli shaxs” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Portalga interaktiv davlat xizmatlarini joriy etishda davlat organlariga metodologik va texnik yordam berish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 11-bandning uchinchi xatboshidagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 13-banddagi “tegishli” soʻzidan keyin “manbalari boʻlmish” soʻzlari qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 23-avgustdagi 181-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-yil, 8-son, 50-modda.), shuningdek qarorga 2-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining davlat axborot resurslarini hamda interaktiv davlat xizmatlarini hisobga olishni takomillashtirishga oid ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 20-avgustdagi 239-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-yil, 8-son, 61- modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga 1-ilovaning 38-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-yil, 3-son, 12-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2010-yil 2-iyundagi 104-son qaroriga 3-ilovaning 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-yil, 6-son, 25-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Joylarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 1-fevraldagi 24-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 2-son, 3-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 87-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 11-son, 79-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatishni hisobga olgan holda Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 12-son, 95-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 31-maydagi 152-son qaroriga ilovaning 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 5-son, 34-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga 1-ilovaning 55-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 9-son, 64-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga 1-ilovaning 28-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-yil, 7-son, 73-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-martdagi 74-son qaroriga ilovaning 9-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-yil, 3-son, 22-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining ““Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 3-iyundagi 188-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-yil, 6-son, 47-modda), shuningdek qarorga 1-ilova.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1037-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2021-y., 09/21/373/0559-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 12.06.2023-y., 09/23/237/0353-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 07.03.2026-y., 09/26/93/0210-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)