25.06.2020 yildagi 409-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlarning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qaroriga muvofiq “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi”, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qarori bilan “Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) tashkil etilganligi va ularning asosiy vazifalari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2025-y., 09/25/425/0597-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markazlarning asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining funksiyalari etib quyidagilar belgilansin:
(2-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini amalga oshirishda yagona texnologik yondashuvni ta’minlash, shu jumladan loyihaviy-texnik hujjatlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligi va elektron davlat xizmatlarini joriy etishni tahlil qilish orqali davlat organlari va tashkilotlarida raqamli rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomining idoralararo yagona elektron tizimini, idoralararo axborot tizimlarini, manbalar va boshqa dasturiy mahsulotlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni samarali amalga oshirish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bosqichlarini muvofiqlashtirish, shuningdek davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida axborot texnologiyalarining joriy etilishini monitoring qilish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha maqsadli indikatorlar va samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hukumat infratuzilmasini yanada rivojlantirishni ta’minlash, shu jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari va boshqa elektron hukumat axborot tizimlari xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘langan davlat boji va yig‘imlar miqdorini hisobga olishning yagona billing tizimini rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Digital office” tizimini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimining ma’lumotlarni qayta ishlash markazi faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat axborot tizimlari va resurslarini joylashtirish, saqlash va qayta ishlash;
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasining funksiyalari etib quyidagilar belgilansin:
(5-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2025-y., 09/25/425/0597-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har tomonlama tahliliy va amaliy tadqiqotlar asosida raqamlashtirish jarayonlarining ishlab chiqarish va iqtisodiyot tarmoqlariga ta’sirini baholash hamda kelgusida mamlakat iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatida raqamli iqtisodiyotni keng joriy etishda yuzaga keladigan muammolarni o‘rganish, tahlil qilish va ularning yechimlari bo‘yicha har tomonlama asoslangan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlar hamjamiyati bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohalaridagi yangi yo‘nalish va zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganish orqali keng joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanganlik darajasi bo‘yicha yetakchi mamlakatlar tajribasini o‘rganish hamda ularni davlat organlari, tashkilotlar va iqtisodiyot tarmoqlariga tatbiq etish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“aqlli” va boshqa istiqbolli texnologiyalarni, shuningdek iqtisodiyotning turli sohalarida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalarini joriy qilishning konseptual va uslubiy asoslarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli texnologiyalarni joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-texnik va tadqiqot faoliyatini amalga oshirishga asoslangan elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, shu jumladan, normativ-huquqiy bazani shakllantirish, xalqaro standartlar va metodologiyalarni joriy etish bo‘yicha yagona texnologik yondashuvni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’lumotlarni qayta ishlash uchun texnologik infratuzilmani rivojlantirish hamda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ustuvor loyihalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sun’iy intellekt texnologiyalari asosida raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish hamda ularning tashqi bozorlarga chiqishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sun’iy intellekt sohasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish, aholini sun’iy intellekt imkoniyatlaridan amaliy foydalanishga keng o‘rgatish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda ilmiy salohiyatni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2025-y., 09/25/425/0597-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2025-y., 09/25/425/0597-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziriga Markazlarning tuzilmalariga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) tashkil etilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) va uning tizimidagi tashkilotlarning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlariga buyurtmachi vazifasini bajarish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va uning tarkibidagi tashkilotlarning bino va inshootlaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va uning tarkibidagi tashkilotlarni transport xizmati bilan ta’minlash hamda ularning moddiy-texnik ta’minotini tashkil qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasining mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan to‘lov summasining taqsimlanguniga qadar bo‘lgan 35 foizidan shakllantiriladigan maxsus hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlarning 11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik shartnomalari doirasida ko‘rsatilgan xizmatlar hamda loyihalarni amalga oshirishdan tushgan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur texnik infratuzilmani taqdim etish evaziga shartnomaviy asosda startap-loyihalardagi o‘z ulushlarini sotishdan tushgan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
(5-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2025-y., 09/25/425/0597-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Direksiyaning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Vazirlik tizimidagi tashkilotlar mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik faoliyatidan olingan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Belgilab qo‘yilsinki, 2030-yil 1-yanvardan boshlab “Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi o‘zi ko‘rsatgan xizmatlar doirasidagi tushumlar hisobidan bosqichma-bosqich mustaqil moliyalashtirishga o‘tadi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2025-y., 09/25/425/0597-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, Markazlar va Direksiya xodimlarining mehnatini moddiy rag‘batlantirish, Vazirlik bilan kelishilgan holda, Markazlar va Direksiya tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomlarga muvofiq xarajatlar smetalari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Markazlar va Direksiya xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomlarda ularning lavozim maoshlariga 100 foiz qo‘shimcha oylik ustama qo‘llanilishi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Markazlarning va Direksiyaning ustavlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek ularning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlarni va Direksiyani zarur mutaxassislikka ega tajribali kadrlar bilan to‘ldirish, shuningdek ularning moddiy-texnika bazasini shakllantirish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markazlar quyidagi manzildagi binolarda tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi Toshkent shahrining, Mirzo Ulug‘bek tumani I. Mo‘minova ko‘chasidagi 4-uy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi Toshkent shahrining Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasidagi 114A-uy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, binolarni saqlash bo‘yicha joriy xarajatlar foydalanuvchilar tomonidan qoplanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2025-y., 09/25/425/0597-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 5-bandining “b” kichik bandiga quyidagi mazmundagi yigirma oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish maqsadida “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” va “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasalarining joriy ta’minoti, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularning xodimlari mehnatini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha ajratiladigan xarajatlar hamda “Binolardan foydalanish va kapital qurilish direksiyasi” davlat muassasasi faoliyatini moliyalashtirish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlik boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 25-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
409-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 409-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Direktor

Direktorning birinchi o‘rinbosari

Direktor o‘rinbosari

Direktor o‘rinbosari

Direktor o‘rinbosari

Direktor o‘rinbosari

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi

2

Axborot tizimlari va resurslarini rivojlantirish boshqarmasi

1

Tashqi iqtisodiy aloqalar, moliya, investitsiyalar va bank ishlari sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘limi

6

Transport, yoqilg‘i-energetika kompleksi va uy-joy, kommunal xo‘jalik sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘limi

8

Ijtimoiy, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘limi

8

Ma’lumotlar markazi infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash va ekspluatatsiya qilish bo‘limi


8

Yuridik bo‘lim

3

Kadrlar bo‘limi

2

Markazlashgan ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlarini rivojlantirish bo‘limi



5

Ilm-fan, yoshlar, oila va mahallani qo‘llab-quvvatlash tizimida raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘limi

6

Ma’lumotlar markazining muhandislik infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi

10

Xaridlar, budjet, bojxona va soliq sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘limi

6

Buxgalteriya

2

Ko‘chmas mulk, kadastr, geologiya va qurilish sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘limi


6

 

Maxsus ishlar bo‘limi

2

Ma’lumotlar markazining axborot va ichki xavfsizlik bo‘limi


4

Ma’lumotnomalar va tasniflagichlarni rivojlantirish bo‘limi


4

Davlat boshqaruvi va adliya organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘limi

6

Madaniyat, ta’lim sohasi va kutubxona ishlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘limi

4

Xarid va shartnomalar bo‘limi

2

Qishloq va suv xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘limi

6

Ma’lumotlar markazi tizimlari monitoringi bo‘limi

7

Elektron davlat xizmatlarini rivojlantirish boshqarmasi

1

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘limi

4

Elektron parlament tizimini rivojlantirish bo‘limi

4

Hududlarda raqamli texnologiyalarni joriy etishni muvofiqlashtirish bo‘limi

5

Operatsion va funksional jarayonlarni muvofiqlashtirish bo‘limi


4

Mehnat va arxiv ishi sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘limi

4

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini rivojlantirish bo‘limi

4

Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat loyihalarini audit va ekspertiza qilish bo‘limi

10

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlarining umumiy cheklangan soni (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) — 150 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(1-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir Mahkamasining 2020-yil 25-iyundagi 409-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Direktor

Direktorning birinchi o‘rinbosari

Direktorning o‘rinbosari

Marketing va savdolar bo‘limi

2

Ma’muriy-xo‘jalik ishlari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Infratuzilma bo‘limi

4

Strategik rivojlantirish va reytinglar bo‘limi

3

Buxgalteriya

2

Iqtisodiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Katta ma’lumotlarni shakllantirish bo‘limi

4

“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali tahririyati

3

Kadrlar bo‘limi

2

Ichki audit va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Davlat va xo‘jalik sektorlariga sun’iy intellektni joriy etish bo‘limi

4

Raqamli iqtisodiyot bo‘limi

3

Yuridik bo‘lim

2

Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassis

1

IT-kompaniyalar va startaplar bilan ishlash bo‘limi

3

Sun’iy intellekt sohasida savodxonlikni oshirish bo‘limi

3

Nazorat va ijro intizomi bo‘limi

2

Maxsus ishlar bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Axborot xavfsizligi bo‘limi

2

Xaridlar bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Xalqaro munosabatlar bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Axborot xizmati

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Markaz xodimlarining umumiy cheklangan soni (yordamchi personal xodimlardan tashqari) — 50 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi personal xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2025-y., 09/25/425/0597-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 09/20/409/0955-son; 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 11.07.2025-y., 09/25/425/0597-son)