Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Turizm va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son Farmoni hamda “Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 18-fevraldagi PQ-135-son qarorining ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 20-may,
278-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyxatida:
a) “2. “Vazirliklar” boʻlimida 18-band quyidagi mazmundagi 18 va 181-bandlar etib bayon etilsin:
“18. Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi
181. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi”;
b) “3. Davlat qoʻmitalari” boʻlimidagi 9-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Ekoturizmni rivojlantirish va suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalari ajratish tartibini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 3-dekabrdagi 978-son qarorida:
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovadagi “Davrukov F.U. — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari” soʻzlari “Lavozimi boʻyicha — Turizm va madaniy meros vaziri oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “2019 — 2022-yillarda Xorazm viloyatining Xiva shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 15-avgustdagi 673-son qarorida:
a) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) qarorga 1-ilovaning “Masʼul ijrochilar” ustunidagi 6 — 10, 17 — 22, 26 — 28, 37 — 41 hamda 47-pozitsiyalaridagi “Madaniyat vazirligi” soʻzlari “Madaniy meros agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Har yilgi “Ipak yoʻlida turizm” Toshkent halqaro turizm yarmarkasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 5-noyabrdagi 904-son qarorida:
a) 1 va 4-bandlardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
v) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarorida:
a) 1-bandda:
oʻn ikkinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn oltinchi xatboshisidagi “Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga” soʻzlari “Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning birinchi xatboshisidagi, 3 — 5 va 11-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning 4-bandidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovaning 2-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 4-ilovaning 9-bandidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 5-ilovada:
2-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning uchinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita)” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi tegishli kelishikdagi “Qoʻmita” soʻzi tegishli kelishikdagi “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Nizomga 1 — 3-ilovalardagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 6-ilovada:
2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi, 5-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi, 8-9-bandlardagi, 11-bandning uchinchi xatboshisidagi, 12-banddagi, 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 15-bandning birinchi xatboshisidagi, 16, 17-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 18 va 21-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Qoʻmita” soʻzi tegishli kelishikdagi “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Vazirlik kompensatsiya ajratishni tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Vazirlik huzuridagi Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan ajratilgan mablagʻlarning tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishi yuzasidan javobgar hisoblanadi”;
Nizomga 1-ilovada:
“Subyektlar” blokidagi “Qoʻmita” soʻzi “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” blokida:
birinchi pozitsiyadagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi, beshinchi va sakkizinchi pozitsiyalardagi tegishli kelishikdagi “Qoʻmita” soʻzi tegishli kelishikdagi “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
z) 8-ilovada:
2-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi hamda 11-bandning birinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-bandning oltinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmasi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi turizmni qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 3-ilovada:
nomidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Rais” soʻzi “Vazir” soʻzi bilan almashtirilsin;
i) 10-ilovada:
3-banddagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita)” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi “Qoʻmita, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti” soʻzlari “Vazirlik, Madaniy meros obyektlarini asrashga doir muammolarni oʻrganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10 va 31-bandlardagi “Qoʻmita” soʻzi “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
k) 13-ilovada:
birinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita)” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “Qoʻmitaga” soʻzi “Vazirlikka” soʻzi bilan almashtirilsin;
4-5-bandlardagi, 11 va 15-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Qoʻmita” soʻzi tegishli kelishikdagi “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
6, 9-10-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Qoʻmita raisi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Vazir” soʻzi bilan almashtirilsin;
12-banddagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash” soʻzlari “Vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 1-ilovada:
“Masʼullar” blokidagi tegishli kelishikdagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Chora-tadbirlar” blokidagi tegishli kelishikdagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
m) 15-ilovada:
“Turizmni rivojlantirish davlat” soʻzlari “Turizm va madaniy meros” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“qoʻmitasining” soʻzi “vazirligining” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi xatboshidagi “Rais” soʻzi “Vazir” soʻzi bilan almashtirilsin;
n) 16-ilovaning nomidagi “Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga” soʻzlari “Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Togʻli hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 17-sentabrdagi 559-son qarorida:
a) 2 va 12-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
2-pozitsiyadagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-pozitsiyadagi “Bekenov S.” soʻzi “Ortiqov A.” soʻzi bilan almashtirilsin;
9-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
Lavozimiga koʻra |
— |
Turizm va madaniy meros vazirining birinchi oʻrinbosari”. |
9. Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda turizm sohasi subyektlarini qoʻllab-kuvvatlash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish toʻgʻrisida” 2020-yil 6-oktabrdagi 602-son qarorida:
a) 1-bandning beshinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandda:
birinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Turizm va madaniy meros vazirligining buyurtmanomasiga binoan har oyning yakuniga qadar buyurtmanomada keltirilgan mablagʻlarni Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga hisobiga oʻtkazsin;”;
v) 4-bandning “v” kichik bandidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) qarorga 1-ilovada:
1-banddagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita)” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi, 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi 14, 16, 18, 20, 21, 22, 24, 26, 29, 31, 33, 35 va 37-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Qoʻmita” soʻzi tegishli kelishikdagi “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Nizomga 1-ilovadagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) qarorga 2-ilovada:
ikkinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita)” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Qoʻmita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi, 7-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi, 8-bandning uchinchi xatboshisidagi, 10-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 12-banddagi, 15-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 16-bandning uchinchi xatboshisidagi, 18-bandning birinchi xatboshisidagi, 22, 28, 31 — 33-bandlardagi, 34-bandning birinchi xatboshisidagi, 35-banddagi, 36-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 38-bandning birinchi xatboshisidagi, 40, 41, 43-bandlardagi, 46-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 54-banddagi, 55-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 56-banddagi, 58-bandning birinchi xatboshisidagi, 59-bandning ikkinchi xatboshisidagi hamda 61-banddagi tegishli kelishikdagi “Qoʻmita” soʻzi tegishli kelishikdagi “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Nizomga 1-ilovada:
“Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligiga” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan” soʻzi bilan almashtirilsin;
e) qarorga 3-ilovada:
2-bandning sakkizinchi xatboshisidagi, 8-bandning uchinchi xatboshisidagi, 14 va 22-bandlardagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi, 8-bandning uchunchi xatboshisidagi, 14-banddagi, 22-banddagi hamda Nizomga 4-ilovadagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) qarorga 4-ilovada:
nizomning nomidagi va 1-banddagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita)” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6, 13, 14, 18, 34, 37, 38-bandlardagi va 10, 11 va 17-bandlarning birinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Qoʻmita” soʻzi tegishli kelishikdagi “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
36-banddagi “Qoʻmita raisi” soʻzlari “Vazir” soʻzi bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalarini yollash va ijaraga berish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, elektromobillar va mototransportlardan foydalanish, shuningdek, velosipedda mamlakat boʻylab harakatlanishni rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 29-dekabrdagi 812-son qarorining 10-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi va Sportni rivojlantirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandda:
uchinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita)” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 6 va 7-bandlarning ikkinchi xatboshisidagi, 9-bandning birinchi xatboshisi va “b” kichik bandidagi “Qoʻmita” soʻzi “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 8-banddagi “Qoʻmita raisining” soʻzlari “Vazirning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) qarorga 5-ilovada:
33-bandning birinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita)” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
35, 36, 41, 43 va 45-bandlardagi, 37-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 39-bandning birinchi xatboshisidagi, 42-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Qoʻmita” soʻzi tegishli kelishikdagi “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Nizomga 3-ilovadagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 4-ilovada:
“Subyektlar” ustunining 3, 4, 5 va 8-pozitsiyalaridagi “Qoʻmita” soʻzi “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunining 2, 6, 7 va 8-pozitsiyalaridagi “Qoʻmita” soʻzi “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-martdagi 112-son qarori bilan tasdiqlangan Qashqadaryo hududida turizmni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Dastur loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi va Madaniyat vazirligi bilan majburiy tartibda kelishiladi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi”;
b) 8-banddagi va 26-bandning “g” kichik bandidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Yevroosiyo” xalqaro teatr sanʼati festivalini oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-martdagi 235-son qarorida:
a) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) qarorga 1-ilovaning 1 va 7-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“1. |
A.A. Abduxakimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri,Tashkiliy qoʻmita raisi |
|
7. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
turizm va madaniy meros vazirining oʻrinbosari”. |
14. Vazirlar Mahkamasining “Samarqand shahrida har yili “Samarkand Half Marathon” xalqaro xayriya yarim marafonini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida” 2021-yil 4-maydagi 277-son qarorida:
a) 1-banddagi, 4-bandning uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) qarorga 1-ilovaning 1-pozitsiyasidagi “Turizm va sport vaziri” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) qarorga 2-ilovada:
“Moliyalashtirish manbalari” ustunining 3,5 — 8, 19 va 22-pozitsiyalaridagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi 3, 5 va 22-pozitsiyalaridagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 14-iyundagi 368-son qarorining 1-bandi, 3-bandning birinchi xatboshisi, 4-bandning ikkinchi xatboshisi va 10-bandidagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “YUNESKO bilan hamkorlikda madaniy meros masalalari boʻyicha Xalqaro maslahat qoʻmitasini tashkil etish va uning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 2021-yil 14-iyundagi 371-son qarorida:
a) 1-bandning birinchi xatboshisidagi, 4-5-bandlardagi, 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 7-banddagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandda:
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “Turizm va sport vaziri” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) qarorga 2-ilovaning “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi” blokidagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
18. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentining 23-bandi “b” kichik bandining ikkinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning maʼmuriy reglamentida:
a) 27-bandi “b” kichik bandining ikkinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Maʼmuriy reglamentga 1-ilovaning “Subyektlar” ustunining 10-bosqichidagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivalini oʻtkazishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-oktabrdagi 629-son qarorida:
a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) qarorga 1-ilovaning 3-bandi oltinchi xatboshisidagi va 5-bandidagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 15-oktabrdagi 649-son qarorida:
a) qaror nomidagi, 1-bandning birinchi va ikkinchi xatboshisidagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) qarorga ilovada:
nizom nomidagi, 3, 5, 18-bandning “13)” va “26)” kichik bandlaridagi, 23-bandning “g” kichik bandi toʻqqizinchi xatboshisidagi, 2-§ nomidagi, 36, 37, 48-bandning uchinchi xatboshisidagi, 53 hamda 54-bandlardagi tegishli keshikdagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari tegishli keshikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Agentlik” soʻzidan keyin “va uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisidagi “Ministerstve turizma i sporta” soʻzlari “Ministerstve turizma i kulturnogo naslediya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshisidagi “Ministry of tourism and sports” soʻzlari “Ministry of tourism and sultural heritage” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“2)” va “4)” kichik bandlaridagi tegishli keshikdagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari tegishli keshikdagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“25)”, “28)” va “33)” kichik bandlaridagi tegishli keshikdagi “Turizm va sport vaziri” soʻzlari tegishli keshikdagi “Turizm va madaniy meros vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-bandning “6)” kichik bandidagi “Turizm va sport vazirligi hayʼati qarorlari, turizm va sport vaziri” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi hayʼati qarorlari, turizm va madaniy meros vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
30, 32, 35-bandning ikkinchi xatboshisidagi tegishli keshikdagi “Turizm va sport vaziri” soʻzlari tegishli keshikdagi “Turizm va madaniy meros vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari turizm va madaniy meros vaziri bilan kelishgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Hududiy boshqarma boshliq oʻrinbosarlari Agentlik bilan kelishgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etadi.”;
38-banddagi “Turizm va sport vazirligi” va “Turizm va sport vazirining” soʻzlari tegishliligicha “Turizm va madaniy meros vazirligi” va “Turizm va madaniy meros vazirining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-fevraldagi 59-son qarorida:
a) 1-banddagi va 4-bandning yettinchi xatboshisidagi tegishli keshikdagi “Turizm va sport vaziri” soʻzlari tegishli keshikdagi “Turizm va madaniy meros vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) qarorga 1-ilovaning 1-pozitsiyasidagi “sport” soʻzi “madaniy meros” soʻzi bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarorida:
a) 9-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) qarorga 2-ilovada:
3-bandning beshinchi xatboshisidagi, 18-bandning “v” kichik bandidagi, “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 1-ilovaning “Subyektlar” ustuni 6-bosqichidagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) qarorga 5-ilovaning 13-bandidagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) qarorga 6-ilovaning 7-bandidagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-martdagi 137-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 27-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 5-iyundagi 356-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 9-oktabrdagi 810-son qaroriga 1-ilovaning 33-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 7-noyabrdagi 894-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2018-yil 29-maydagi 398-son qaroriga ilovaning 11-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 7-avgustdagi 631-son qaroriga 2-ilovaning 4-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 8-martdagi 198-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 3-maydagi 372-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 155-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 19-sentabrdagi 567-son qarori.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 17-noyabrdagi 722-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)