1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivalini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, teatr san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, rivojlantirish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasining “Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivalini (keyingi o‘rinlarda — Festival) 2022-yildan boshlab ikki yilda bir marta Toshkent shahrida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivalini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festivalni o‘tkazish tartibi va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festival doirasidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro hay’at faoliyatini tashkil etish va Festival ishtirokchilarini baholash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festivalni moliyalashtirish va g‘oliblarni mukofotlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkiliy qo‘mita Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festival o‘tkaziladigan yilning 1-martiga qadar xorijiy davlatlardan ishtirok etadigan teatrlar jamoalari ro‘yxatini shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festivalda namoyish etiladigan spektakllarni saralash ishlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festival o‘tkaziladigan yilning 1-apreliga qadar uning ochilish va yopilish marosimlari ssenariysi va badiiy dasturlarini tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festival o‘tkaziladigan yilning 1-mayiga qadar Festival doirasida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyada xorijiy davlatlardan ishtirok etadigan teatrshunos va san’atshunos olimlar, taniqli san’atkorlar, yetuk mutaxassislar va faxriy mehmonlar ro‘yxatini shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festival o‘tkaziladigan yilning 1-sentabriga qadar ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamini nashrga tayyorlasin va chop etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligining buyurtmanomasiga asosan Festival ishtirokchilari va mehmonlar uchun mehmonxonalarda oldindan joy band (bron) qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festival doirasida tashkil etiladigan madaniy tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan turistik tashkilotlarni oldindan xabardor qilish va ularda xorijiy sayyohlar ishtirokini ta’minlash ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida amalga oshiriladi. Bunda sarf-xarajatlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Toshkent shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

8. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
O.A. Nazarbekov
—
madaniyat vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi
2.
Sh.B. Umurzakov
—
Toshkent shahar hokimi, Tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari
3.
B.M. Usmonov
—
tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari
4.
S.M. Buzrukxonov
—
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari
5.
S.Z. Mirzayev
—
Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti
6.
A.O‘. Aqqulov
—
Turizm qo‘mitasi raisi
7.
Sh.T. Rizayev
—
Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori v.b
8.
A.A. Djurabayev
—
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi
9.
A.K. Ko‘chimov
—
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori
10.
A.V. Nuridinov
—
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi
11.
O.A. Hasanov
—
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari
12.
S.S. Saidov
—
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
13.
Yo. Axmedov
—
Teatr arboblari uyushmasi raisi
14.
A.B. Tadjixanov
—
madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, Tashkiliy qo‘mita kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-apreldagi 235-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivalini (keyingi o‘rinlarda — Festival) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Festival quyidagilarni nazarda tutgan holda o‘tkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi teatr san’ati, davlatlararo madaniy aloqalar sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, yagona madaniy platformani yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash, madaniy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish hamda teatr ijodkorlarini birlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston aholisi va mehmonlarini zamonaviy teatrning bugungi holati, yetakchi sahna ustalari va teatr san’atining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr san’atini rivojlantirish, teatr san’ati qadriyatlarini targ‘ib qilish, professional teatr jamoalarining ijodiy faoliyatini ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr san’ati va teatr faoliyatini rivojlantirishga yordam beradigan badiiy mahorat, ijodiy tajriba va ma’lumot almashish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli ijodkor yoshlarni aniqlash, yuzaga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr san’atining turli sohalarida tajriba almashish, qo‘shma ijodiy loyihalarni amalga oshirishda xalqaro ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Festival 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marta oktabr oyining so‘nggi o‘n kunligida Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Festivalni tashkil etish va o‘tkazish “Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivalini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda — Tashkiliy qo‘mita) tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Festival O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Toshkent shahar hokimligi (keyingi o‘rinlarda — tashkilotchilar) tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Festivalni o‘tkazish tartibi va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Festivalda ishtirok etish istagini bildirgan ishtirokchilar Festival o‘tadigan yilning 1-mayiga qadar Festivalning maxsus elektron manzili orqali ariza beradilar va tomosha dasturlari to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etadilar.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 862-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan umumlashtiriladi hamda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Festival o‘tadigan yilning 20-fevraliga qadar saralash komissiyasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Festival doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festivalning tantanali ochilish marosimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr jamoalari spektakllarining xalqaro tanlovi (keyingi o‘rinlarda — tanlov);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijlik mutaxassislar ishtirokida davra suhbati, taqdimot va mahorat darslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatrlashtirilgan tomoshalar va ko‘rgazmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festivalning g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash hamda tantanali yopilish marosimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Festivalda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning teatr jamoalari ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning teatr jamoalari festivalda ishtirok etish uchun tayyorlagan spektakllar Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanadigan teatr san’ati sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar, taniqli san’at va madaniyat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar, xorijiy va mahalliy teatr san’ati ustalaridan iborat saralash komissiyasi tomonidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
spektaklning festival mavzusiga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejissorlik yechimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
plastika va xatti-harakatli yechim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasviriy yechim va bezak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktyorlik mahorati;

nutq va vokal mahorati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
musiqiy bezak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar teatr jamoalarining festivalda ishtirok etish bo‘yicha arizalari saralash komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgandan so‘ng 10 kun muddatda xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Festivalda ishtirok etuvchi teatr jamoalari uchun quyidagi talablar qo‘yiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’lumotnoma (rezyume);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
spektakl videoyozuvi, spektakldan fotosuratlar, spektaklning afishasi, treyleri, teatr (jamoa)ning tarixiy ma’lumotnomasi va subtitr uchun rus va ingliz tillaridagi matn;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir ishtirokchining ijodiy fotosurati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha hujjatlar o‘zbek yoki rus/ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Festival yillar kesimida teatr san’atining aniq bir janr va yo‘nalishlarida quyidagi ketma-ketlikda o‘tkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dramatik teatrlar festivali (birinchi marta);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
musiqali teatrlar festivali (ikkinchi marta);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘g‘irchoq teatrlari festivali (uchinchi marta);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh tomoshabinlar teatrlari festivali (to‘rtinchi marta).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Festival bir nechta sahnalarda bo‘lib o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Festivalda ishtirok etuvchi jamoalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z davlatida yoki boshqa davlatlardagi tanlov va festivallarda ishtirok etgan bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli madaniyat va san’at sohasidagi tashkilotlar yoki xorijiy festival direksiyalarining tavsiyanomasiga ega bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Festivalda ishtirok etuvchilarning ro‘yxati Tashkiliy qo‘mita tomonidan aniqlanib, festival o‘tkaziladigan yilning 1-iyuliga qadar ishtirokchilarga ma’lum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tanlovda har bir xorijiy davlatdan ishtirokchi sifatida 1 tadan, mahalliy ishtirokchilardan 3 tagacha teatr jamoasi qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tanlovda har bir xorijiy davlatdan ishtirokchi sifatida jami 25 nafargacha, jumladan, 1 nafar delegatsiya rahbari, 2 nafar konferensiya ishtirokchisi, 2 nafar ommaviy axborot vositalari vakillari va 20 nafargacha teatr truppasi a’zolari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festival ishtirokchilarining O‘zbekistonga kelib-ketishi (xalqaro avia va temiryo‘l chiptalari) tashrif buyuruvchilar tomonidan hamda yashash, ovqatlanish, ichki transport va bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish xarajatlari tashkilotchi tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijodiy jamoalarning dekoratsiyalari, rekvizitlari hamda boshqa texnik jihozlarni xalqaro tashish to‘lovlari hamda spektakllarni namoyish etganlik uchun gonorar va boshqa xarajatlar yuboruvchi tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Festivalda o‘z hisobidan ishtirok etish istagini bildirgan (ijodiy delegatsiyaning 20 nafargacha a’zolaridan tashqari) teatr san’ati ijodkorlari, xorijiy davlatlardan taniqli teatrshunos va san’atshunos olimlar, dramaturglar, aktyorlar, ijodiy jamoalar, mutaxassislar va faxriy mehmonlar tashkilotchining taklifi asosida qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘zbek, rus va ingliz tillari festivalning ishchi tillari etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Festival doirasidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Festival doirasida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish istagini bildirgan olimlar, mutaxassislar va tadqiqotchilar Festival o‘tkaziladigan yilning 1-apreliga qadar quyidagilarni Festivalning maxsus elektron manzili orqali taqdim etishlari lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchi haqida ma’lumotnoma (rezyume);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6x9 sm o‘lchamdagi rangli fotosurat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-5 betdan iborat maqola matni (o‘zbek, rus, ingliz tillarida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
300 so‘zdan kam bo‘lmagan tezislar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etuvchilarning ro‘yxati Tashkiliy qo‘mita tomonidan shakllantirilib, Festival o‘tkaziladigan yilning 1-iyuliga qadar ishtirokchilarga ma’lum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilarining har biri Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi sertifikat bilan taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchisiga sertifikat Festivalning yopilish marosimi vaqtida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Xalqaro hay’at faoliyatini tashkil etish va Festival ishtirokchilarini baholash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini baholash maqsadida Tashkiliy qo‘mita tomonidan 7 — 9 kishidan iborat tarkibda Xalqaro hay’at tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro hay’at tarkibiga teatr san’ati yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar, taniqli san’at va madaniyat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar, xorijiy va mahalliy teatr san’ati ustalari, shuningdek, ishtirokchi davlatlardan tegishli sohalar namoyandalari taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro hay’at a’zolari tashkilotchi tomonidan Festival o‘tkaziladigan davr va hududda mehmonxona, ovqatlanish va belgilangan marshrut bo‘yicha transport bilan ta’minlanadilar. Xalqaro hay’at raisi va a’zolariga gonorar puli to‘lanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ishtirokchilar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dramaturgiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejissorlik mahorati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktyorlik mahorati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badiiy yaxlitlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sahna madaniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejissura va aktyorlik uslublari va janr mutanosibligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochilarning sahnaviy ifoda vositalaridan (sahna nutqi, jest, plastika va mimikadan) foydalana olish mahorati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rassomlik ishi (dekoratsiya, rekvizit, butafor);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
liboslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
spektaklning musiqiy bezagi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tanlov g‘oliblarini aniqlash to‘g‘risidagi qaror ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi va bayonnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xalqaro hay’at qarori Festivalning tantanali yopilish marosimida e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xalqaro hay’at qarori qat’iy hisoblanadi va muhokama etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tanlov g‘oliblarini mukofotlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tanlov g‘oliblari diplom, statuetka va esdalik sovg‘alari hamda “Gran-pri”, 1-o‘rin, 2-o‘rin va 3-o‘rin bilan mukofotlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro hay’at qaroriga muvofiq munosib nomzod topilmaganda “Gran-pri” berilmaydi va bo‘linmaydi. 1, 2 va 3-o‘rinlar bo‘linishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha ishtirokchilarga Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlangan shakldagi Festival ishtirokchisi sertifikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xalqaro hay’at qaroriga ko‘ra, tanlov ishtirokchilari nominatsiyalar bo‘yicha e’tirof etilishi mumkin. Nominatsiya sohiblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Tashkilotchining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tashkilotchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festival ishtirokchilarining ijrolarini efirga uzatish hamda boshqa tashkilotlarga translyatsiya qilishi uchun ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festivalni o‘tkazish va uning yakuni davomida tayyorlangan barcha turdagi audio, video, bosma va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festivalda ishtirok etishni istagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Tashkiliy qo‘mitaga yuboriladigan materiallardan reklama maqsadida foydalanish (ijodiy jamoalarning spektaklidan lavhalar, afishalari, dasturlari asosida tayyorlanadigan reklama roliklari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festivalga jahonning teatr san’ati bo‘yicha yetakchi soha mutaxassislari va san’at namoyandalarini jalb etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Festivalni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar tashkilotchilar tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida amalga oshiriladi. Bunda sarf-xarajatlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Toshkent shahar mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Festivalning har bir ishtirokchisi o‘z tibbiy sug‘urtasiga ega bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Festivalni tashkil etish va o‘tkazish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi va to‘g‘ri to‘lanishini nazorat qiladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2021-y., 09/21/235/0370-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)