07.02.2022 yildagi 59-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va san’at sohasiga, xalqimizning boy madaniy merosiga berilayotgan e’tibor natijasida mamlakatimizda Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu festival 2019-yilda Termiz shahrida, 2021-yilda Nukus shahrida nufuzli xalqaro tashkilotlar va mehmonlar ishtirokida yuqori saviyada o‘tkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasi XVI sessiyasi (2021-yil, Parij shahri) doirasida Baxshichilik san’ati O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosi elementi sifatida Insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqimizning o‘ziga xos folklor san’atini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish, shu jumladan, xalq dostonlari, hunarmandchiligi, milliy liboslari va xalq o‘yinlari, qadimiy urf-odatlarini saqlab qolish hamda ularni keng targ‘ib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi hamda Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marta aprel oyida Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini (keyingi o‘rinlarda — Festival) tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda — Tashkiliy qo‘mita) tuzilsin hamda uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkiliy qo‘mita:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2022-yilda Festivalni tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha barcha tashkiliy va ijodiy ishlarni muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festival o‘tkaziladigan yilning 1-martiga qadar unga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini shakllantirsin hamda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festival o‘tkaziladigan yilning 1-martiga qadar sovrindorlarga topshiriladigan diplom, sertifikat, statuetka namunalarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festivalni zamonaviy texnologiyalardan keng foydalangan holda yuqori badiiy saviyada o‘tkazish ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Surxondaryo viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlab, unda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boysun tumanida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirsin, Festival o‘tkaziladigan joylarni talab darajasida tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festival ishtirokchilari uchun madaniy dasturlar hamda Surxondaryo viloyatining diqqatga sazovor joylariga sayohatlarni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligi bilan birgalikda Festival o‘tkaziladigan yilning 10-fevraliga qadar tajribali rejissyor, taniqli san’atkor, prodyuser, kompozitor, shoir va sohaning boshqa malakali mutaxassislarini jalb etgan holda Festivalning ochilish va yopilish marosimlari ssenariysi hamda badiiy dasturlarini tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda Festival doirasida milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari ko‘rgazmalarini, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvini tashkil etsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va madaniy meros vazirligi bilan birgalikda Festival o‘tkaziladigan yilning 10-fevraliga qadar turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari orasida Festivalni keng targ‘ib qilish hamda u haqidagi ma’lumotlarni Internet jahon axborot tarmog‘i, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ommaviy axborot vositalarida joylashtirish choralarini ko‘rsin.
(4-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar Surxondaryo viloyati hokimligi va Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlangan smeta asosida quyidagi tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30 foizi — respublika budjetidan Madaniyat vazirligiga madaniy tadbirlar uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70 foizi — Surxondaryo viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi.

6. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festivalni Surxondaryo viloyati hokimligi va Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etish va o‘tkazish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festivalni o‘tkazish tartibi va shartlari, shu jumladan, unda folklor jamoalari (folklor san’ati bo‘yicha 12 nafardan, milliy xalq o‘yinlari va tomosha san’ati yo‘nalishida 4 nafardan oshmagan holda) tomonidan o‘z dasturlarini namoyish etish talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festival ishtirokchilarini 9 — 11 nafar yetakchi mutaxassislardan iborat tarkibda tuziladigan Hakamlar hay’ati har bir a’zosi tomonidan alohida tarzda 10 ballik tizim bo‘yicha baholash va g‘oliblarni aniqlash mezonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festivalni tashkil etish va o‘tkazishni moliyalashtirish tartibi hamda moliyalashtirish manbalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Madaniyat vazirligi 2022-yil yakuniga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baxshichilik san’atini kelajak avlodga munosib yetkazish maqsadida soha mutaxassislarini jalb etgan holda ushbu san’atning ilmiy asoslangan tarixi, rivojlanish bosqichlari haqida kitob-albom;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kinematografiya agentligi bilan birgalikda O‘zbekiston hududida baxshichilikning rivojlanish tarixini aks ettiruvchi maxsus film yaratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Festivalni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov, Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov va O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 7-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-fevraldagi 59-son qaroriga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A. Abduxakimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va madaniy meros vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi

2.

T. Bobolov

Surxondaryo viloyati hokimi, Tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari

3.

O. Nazarbekov

madaniyat vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari

4.

G‘. Fozilov

tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari

5.

A. Nuridinov

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi

6.

M. Xodjimatov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

7.

S. Saidov

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

8.

U. Abdullayev

Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi

9.

A. Xadjayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

10.

A. Karimov

Xalqaro “Oltin meros” jamg‘armasi raisi

11.

J. To‘rayev

Surxondaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

12.

Q. Amonqulov

Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i, Tashkiliy qo‘mita kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-fevraldagi 59-son qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali (keyingi o‘rinlarda — Festival)ni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Festival 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marta aprel oyida Boysun tumanida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda uning aniq muddati “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda — Tashkiliy qo‘mita) tomonidan Festival boshlanishidan 30 kun oldin ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Festival Surxondaryo viloyati hokimligi va Madaniyat vazirligi (keyingi o‘rinlarda — tashkilotchilar) tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Festivalni tashkil etish va o‘tkazish Tashkiliy qo‘mita tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Festivalning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Festivalning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zbek xalqining o‘ziga xos folklor san’atini, shu jumladan, og‘zaki she’riy ijodiyot, xalq dostonlari, hunarmandchilik, milliy liboslar va xalq o‘yinlari, qadimiy urf-odatlarni saqlab qolish hamda ularni keng targ‘ib etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda milliy madaniyatlar uyg‘unligi va turfa xilligini saqlash va rivojlantirish, nomoddiy madaniy merosning eng yaxshi namunalarini muhofaza qilish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy an’analarni asrab-avaylash, yoshlarda folklor san’atiga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zbek xalqining madaniyatini, xususan, betakror folklor san’atini, shu jumladan, Festival doirasida hunarmandchilik ko‘rgazmalari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, qadriyatlar va an’analarni keng targ‘ib etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli millat vakillarini ma’naviy muloqotga jalb etish, milliy an’analar asosida xalqaro madaniy hamkorlikni mustahkamlash, madaniy turizmni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Festivalni o‘tkazish tartibi va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Festival ijro dasturi asosida mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashkilotchilar tomonidan Festivalning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — dastur va asarlar ro‘yxati) tasdiqlanadi hamda Festivalni o‘tkazishning aniq muddati bilan birga Festival boshlanishidan uch oy oldin ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Madaniyat vazirligi dastur va asarlar ro‘yxatini ular tasdiqlangandan keyin besh kun muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi dastur va asarlar ro‘yxatini ular olingandan keyin uch kun muddatda folklor ijrochilari va jamoalariga yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Har bir ishtirokchi Festival o‘tkazilishidan 30 kun oldin Tashkiliy qo‘mitaga quyidagilarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchining ma’lumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro dasturi va matni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
audio va video disk.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Festivalda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka ijrochilar, folklor san’ati bo‘yicha 12 nafardan, milliy xalq o‘yinlari va tomosha san’ati yo‘nalishida 4 nafardan oshmagan tarkibda ijodiy jamoalar chiqishlari namoyish etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro asarlari chiroyli va mazmunli chiqishi uchun raqslardan ham foydalanish (bunda raqslar Hakamlar hay’ati tomonidan baholanmaydi) mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha ijro etiladigan asarlar yoddan ijro etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Festival quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
folklor san’ati (alla, o‘lan, lapar, raqs, terma, marosim qo‘shiqlari va hokazo);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy xalq o‘yinlari va tomosha san’ati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Festivalga xorijiy davlatlardan keladigan ishtirokchilar hujjatlari va materiallari tegishli davlatlardagi mutasaddi tashkilotlar va muassasalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nominatsiya bo‘yicha har bir ishtirokchining chiqish dasturlari ijrosi 15 daqiqadan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Festivalda ishtirok etishda fonogrammadan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Festival doirasida ilmiy-ijodiy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari, sayillar, konsertlar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Festival ishtirokchilarini baholash va hay’at faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tashkiliy qo‘mita tomonidan 9 — 11 nafar a’zodan iborat Hakamlar hay’ati tarkibi va Hay’at reglamenti tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro hay’at tarkibiga yuqori malakali mutaxassislar, taniqli san’at va madaniyat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar, amaliyotchilar, shuningdek, ishtirokchi davlatlardan tegishli sohalar namoyandalari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Festival ishtirokchilarining ijro mahorati Hakamlar hay’atining har bir a’zosi tomonidan alohida tarzda 10 ballik tizim bo‘yicha baholanadi va g‘oliblar aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Baholash jarayonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
repertuarning badiiy qiymati (etnografik aniqlik va asar qayta ishlanishi yoki stilizatsiyasidagi afzalliklar), materialda hududiy o‘ziga xosliklarning aks etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahorat saviyasi, xalq ijrochiligi usullarini egallaganlik darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
og‘zaki, musiqiy, ashulachilik va raqs milliy an’analari ijrosi uslublari va yo‘llarining mutanosibligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bezakning badiiy saviyasi (kiyimlar, rekvizit) va uning milliy an’analarga mosligi, an’anaviy musiqa asboblaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dekorativ-amaliy ijod asarlari badiiy saviyasi asosiy mezon hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ishtirokchilarni baholashda Hakamlar hay’ati mustaqil hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tanlovning yakuniy natijalari Hakamlar hay’atining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xalqaro hay’atning qarorlari qat’iy va qayta ko‘rib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Mukofotlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Festival g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-o‘rin (har bir nominatsiya bo‘yicha) — 3 500 AQSh dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-o‘rin (har bir nominatsiya bo‘yicha) — 2 500 AQSh dollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-o‘rin (har bir nominatsiya bo‘yicha) — 1 500 AQSh dollari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Festivalning g‘oliblariga Tashkiliy qo‘mita tomonidan diplomlar, sovrinlar va Festival ramzlari tushirilgan esdalik sovg‘alari topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro hay’at qarori bilan eng yaxshi deb topilgan ishtirokchilar har bir nominatsiya bo‘yicha bittadan Laureat diplomlari bilan taqdirlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, har bir nominatsiyada bittadan 1, 2 va 3-darajali diplomlar, Festival ishtirokchisi diplomlari hamda har bir qatnashchiga maxsus diplom beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Festival tashkilotchilari, davlat va nodavlat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, korxonalar, muassasalar, jamg‘armalar, ijodiy uyushmalar va boshqa tashkilotlar ishtirokchilar uchun maxsus mukofotlar, sovrinlar, esdalik sovg‘alari va maxsus mukofotlar ta’sis etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Festivalni tashkil etish va o‘tkazishni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Hakamlar hay’ati a’zolarining Surxondaryo viloyatiga kelib-ketishi, mehmonxona va ovqatlanishi bilan bog‘liq xarajatlar Festival smetasi doirasida qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Festival ishtirokchilarining uni o‘tkazish belgilangan hududga kelib-ketishi, mehmonxona va ovqatlanishi bilan bog‘liq xarajatlar ularni Festivalda ishtirok etishga yuborgan tashkilot tomonidan o‘z mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xorijiy mehmonlarning O‘zbekiston hududidagi alohida mehmonxona va transport xarajatlari ularni taklif etgan mezbon tashkilot va muassasalar yoki mehmonlarning o‘zlari tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar Surxondaryo viloyati hokimligi va Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlangan smeta asosida quyidagi tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30 foizi — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan Madaniyat vazirligiga madaniy tadbirlar uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70 foizi — Surxondaryo viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq ko‘riklarda, tanlovlarda sovrinli o‘rinlar uchun beriladigan sovrinlar, pul mukofotlariga soliq solinmaydi, shuningdek, yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari bo‘yicha soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Festivalni tashkil etish va o‘tkazish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi va to‘g‘ri to‘lanishini nazorat qiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini tashkil etish va o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan ishlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Tashkilotchilar

Festivalning ijro dasturi va unda ijro etiladigan asarlar ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxat) tasdiqlaydi

Festival boshlanishidan uch oy oldin

2-bosqich

Tashkiliy qo‘mita

Festival o‘tkaziladigan aniq muddatni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi

Festival boshlanishidan o‘ttiz kun oldin

3-bosqich

Madaniyat vazirligi

Ro‘yxatni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga yetkazadi

Festivalning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar ro‘yxati tasdiqlangandan so‘ng besh kun muddatda

4-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari hamda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi

Ro‘yxatni folklor ijrochilari va jamoalariga yetkazadi

Festivalning ijro dasturi va tanlovda ijro etiladigan asarlar ro‘yxati olingandan keyin uch kun muddatda

5-bosqich

Festival ishtirokchilari

Festivalda qatnashish uchun zarur hujjatlarni Tashkiliy qo‘mitaga taqdim qiladi

Festival boshlanishidan o‘ttiz kun oldin

6-bosqich

Tashkilotchilar,

Tashkiliy qo‘mita

Festivalni o‘tkazadi

Festival o‘tkaziladigan yilning aprel oyida

7-bosqich

Tashkilotchilar,

Tashkiliy qo‘mita

Festival g‘oliblarini taqdirlaydi

Festival yakuni bo‘yicha

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2022-y., 09/22/59/0104-son, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)