18.02.2022 yildagi PF-75-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiqlik siyosati, boy madaniy merosimiz va turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash natijasida, soʻnggi yillarda yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlarning soni bir necha barobar oʻsdi. Pandemiya ushbu sohaga ham oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mamlakatimizda turizm xizmatlarini jadal rivojlantirish, ayniqsa, infratuzilmani yaxshilash, ziyorat turizmi va ichki turizm imkoniyatlarini kengroq ishga solish, shuningdek, madaniy meros obyektlari muhofazasini kuchaytirishga oid ishlar samaradorligini tubdan oshirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, sport sohasida — mahallalar va taʼlim muassasalarida sportni yanada ommalashtirish, ularda sport bilan shugʻullanish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish orqali aholini, shu jumladan yoshlarni sportning barcha turlariga keng jalb qilish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish orqali oʻgʻil-qizlarimiz, ayollarimiz salomatligini mustahkamlash, nuroniy onaxon va otaxonlarimiz umrini uzaytirish, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari hamda xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun sportchilarimizning yanada puxta tayyorgarlik koʻrishlariga barcha sharoitlarni yaratish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, yangi yondashuvlar asosida turizm va sport sohalaridagi boshqaruv sifatini yanada oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar tashkil qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Turizm va sport vazirligi negizida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va madaniy meros vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportni rivojlantirish vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Turizm va sport vazirligining hududiy boʻlinmalari negizida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va madaniy meros vazirligi turizm va madaniy meros, Sportni rivojlantirish vazirligi esa sport sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi oʻz vakolatlari doirasida umummajburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm, madaniy meros va sport masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda tegishincha Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi bilan kelishiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligining murojaatiga koʻra tegishli maʼlumotlarni oʻrnatilgan tartibda taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi Turizm va sport vazirligining tegishli huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Turizm va madaniy meros vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi va ichki turizmni har tomonlama kengaytirish, yangi turizm yoʻnalishlarini ishlab chiqish hamda ularni turizm bozorlarida joriy qilish, turizm boʻyicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, xalqaro va davlatlararo standartlar hamda normalarni turizm faoliyati va amaliyotiga joriy etish, mamlakatning turizm imijini yanada rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm turlarini koʻpaytirish, eng avvalo, ichki va ziyorat turizmi, ekologik turizm, etnoturizm, ishbilarmonlik turizmi, sport, gastronomik, tibbiy, taʼlim va ilmiy turizmni har tomonlama rivojlantirish boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, respublika hududlarining turizm salohiyatidan kelib chiqib turizmning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash, yangi turizm mahsulotlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, targʻib qilish, davlat reyestri, elektron katalogi, pasporti va davlat kadastrini yuritish, davlat nazoratini amalga oshirish, YUNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlar hujjatlarining normalari va tavsiyalarini implementatsiya qilish, tarixiy-madaniy hududlarning tarixiy-madaniy qimmati, noyobligi, tabiiy landshafti va oʻziga xosligini saqlab qolish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketingini olib borish, mamlakatimizning bebaho turizm salohiyatini ommalashtirish va targʻib qilish, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga yoʻnaltirilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm infratuzilmasini shakllantirish, shu jumladan turizm obyektlarini joylashtirish uchun salohiyatli hududlarda rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarini tashkil etish, ularga investorlarni jalb qilish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oshishiga har tomonlama koʻmaklashish, turizm obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda mazkur sohani bosqichma-bosqich toʻliq raqamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Sportni rivojlantirish vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar oʻrtasida sport bilan shugʻullanishni ommalashtirish, ommaviy sport turlari va sogʻlom turmush tarzini yuritishga keng jalb etish borasida keng koʻlamli ishlarni tashkillashtirish, ularni sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga jalb etish, sport taʼlimi tizimini takomillashtirish va raqamlashtirish, sport turlari boʻyicha yuqori natijador sportchilar zaxirasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan qishloq va chekka hududlarda sport obyektlarini koʻpaytirish, sport marketingini rivojlantirish, sport obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda sohani bosqichma-bosqich toʻliq raqamlashtirish, nodavlat sport obyektlari va muassasalari tarmogʻini kengaytirish, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda professional sportni, shu jumladan jamoaviy, qishki va ekstremal sport turlarini rivojlantirishni, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, barcha sport turlari boʻyicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalar tashkil etish, nosogʻlom sportga qarshi tizimli choralar koʻrishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash uchun istiqbolli sportchilarni saralash (seleksiya qilish), tayyorlash va mahoratini oshirishning, ular orasidan mamlakat terma jamoalari sifatli sport zaxirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini yaratishda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paralimpiya harakatini rivojlantirish, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga sport bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlarni kengaytirish, infratuzilmasini yaratish, istiqbolli sportchilarni saralash (seleksiya qilish) va professional sportga yoʻnaltirish, malakali mutaxassislarni tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri lavozimi Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri lavozimi etib qayta nomlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-iyundagi “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5087-son Farmonining 3-bandiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vazirining funksional vazifalarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 18-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-75-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-iyundagi “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5087-son Farmonining 3-bandiga kiritilayotgan oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Prezidiumi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tavsiyasi boʻyicha Prezidium raisi lavozimiga Prezidium aʼzolari tomonidan saylanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2022-y., 06/22/75/0150-son)