1-ILOVA
ILOVA
|
Ko‘rsatkichlar |
Bugungi kunda* |
2021-y. |
2025-y. | |
|
1. |
Psixiatriya dispanseri hisobida turganlar orasida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonining qisqargani (foizlarda) |
35,3 |
30 |
20 |
|
2. |
Ruhiy holati buzilgan shaxslar o‘limi darajasining pasaygani (100 ming kishiga) |
11,6 |
10 |
8 |
|
3. |
Psixiatriya yordami ko‘rsatuvchi muassasalarning o‘rin (koyka)lar bilan ta’minlangani (100 ming kishiga) |
24 |
25,5 |
27 |
|
4. |
Psixiatriya yordami ko‘rsatuvchi statsionar muassasalarda davolanishga takror yotqizilgani (foizlarda) |
37,9 |
30 |
25 |
|
5. |
Kunduzgi statsionarlarning joylar bilan ta’minlangani (100 ming kishiga) |
1,7 |
2 |
2,5 |
|
6. |
Psixiatriya muassasalari va ularning tarkibiy bo‘linmalari psixiatr vrachlar bilan ta’minlangani (100 ming kishiga) |
2,5 |
3 |
4 |
|
7. |
Psixiatriya yordami ko‘rsatuvchi mutaxassislar bilan ta’minlanganlik (ilmiy ma’muriy xodimlar bilan birgalikda, 100 ming kishiga) |
3,1 |
3,5 |
4 |
2-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Amalga oshirish muddati |
Mas’ul ijrochilar | |
|
I. Ruhiy salomatlikni muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||
|
1. |
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan “Muruvvat” nogironlar uchun internat uylari to‘g‘risidagi nizomga quyidagilarni nazarda tutadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish: “Muruvvat” internat uylariga yuborishga tibbiy ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarni qayta ko‘rib chiqish; “Muruvvat” nogironlar uchun internat uylari to‘g‘risidagi nizomni “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2019-yil 1-mayga qadar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), O‘zbekiston nogironlar jamiyati (K. Abdullayev), manfaatdor vazirlik |
|
2. |
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi lavozimlari ro‘yxatiga “O‘zbekiston Respublikasi bosh psixiatri” va “O‘zbekiston Respublikasi bosh suitsidologi” lavozimlarini kiritish. |
Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i loyihasi |
2019-yil 1-martga qadar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov) |
|
3. |
Ruhiy holat va xulq-atvor buzilishlarini innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tashxis qilish va davolash (shu jumladan, ixtisoslashmagan tibbiyot muassasalarida) standartlarini qayta ko‘rib chiqish va keyinchalik ularni klinik amaliyot va ta’lim jarayoniga joriy etish. |
Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i loyihasi |
2020-yil 1-dekabrga qadar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), |
|
4. |
Ruhiy holat buzilishlarini tashxis qilish va davolash klinik protokollarini ishlab chiqish va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari amaliyotiga joriy etish. |
Ishlab chiqish Joriy etish |
2019-yil 1-iyunga qadar 2020-2021-yillar davomida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), |
|
5. |
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining texnik va moliyaviy ko‘magida ruhiy holat va xulq-atvor buzilishining yuki bo‘yicha mamlakat miqyosida tadqiqot o‘tkazish. |
Aniq takliflar keltirilgan tahliliy ma’lumotnoma |
2019-yil 1-iyulga qadar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), |
|
6. |
“Sog‘liqni saqlashning ixtisoslashmagan muassasalarida ruhiy holat buzilishlari va nevrologik buzilishlar, shuningdek psixofaol moddalarni iste’mol qilish bilan bog‘liq buzilishlar munosabati bilan yordam ko‘rsatish bo‘yicha mhGAP-IG qo‘llanmasi (2.0 versiya)”ni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. |
Ishlab chiqish Joriy etish |
2019-yil 1-oktabrga qadar 2019 — 2025-yillar davomida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (R. Izamov) |
|
7. |
“Psixiatriya yordamini ko‘rsatishda idoralararo multidissiplinar brigada ishining modellari” metodik tavsiyalarini ishlab chiqish va respublika hududlaridan birida tajriba loyihasini amalga oshirgan holda joriy etish. |
Ishlab chiqish Joriy etish |
2020-yil 1-yanvarga qadar 2020-yil 1-dekabrga qadar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), IIV (D. Nazarmuxamedov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
II. Ruhiy holat buzilishlarining oldini olish, barvaqt tashxis qilish va davolash choralarini takomillashtirish | ||||
|
8. |
Ruhiy holati buzilgan shaxslarni: samaradorligi yuqori bo‘lgan zamonaviy dori vositalari; ambulatoriya sharoitida ko‘maklashuvchi terapiyani amalga oshirish uchun psixotrop preparatlar bilan ta’minlash. |
Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i loyihasi |
2019-yil 1-aprelga qadar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
|
9. |
Ruhiy holat va xulq-atvor buzilishlarini barvaqt tashxis qilish va davolash sifatini yaxshilash uchun psixiatriya muassasalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish. |
Tashkiliy |
2019-yil 1-dekabrga qadar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
|
10. |
Psixiatriya amaliyotida foydalaniladigan Asosiy dori vositalari ro‘yxati va Dori vositalari formulyar ro‘yxatiga psixiatriya xizmati ehtiyojlaridan kelib chiqib, psixiatriya sohasidagi jahon tajribasi va farmaiqtisodiy tadqiqotlarni hisobga olgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. |
Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i loyihasi |
2019-yil 1-mayga qadar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
|
11. |
Jamoat tashkilotlarini (ularning roziligi bilan) ruhiy holati va xulq-atvori buzilgan shaxslarni profilaktika, barvaqt tashxis va reabilitatsiya qilishda ishtirok etishga jalb etish. |
Axborot-multimedia kompleks chora-tadbirlar |
2019-2020-yillar davomida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Narbayeva), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
12. |
Tug‘ma fenilketonuriya va gipotireozni aniqlash bo‘yicha, neonatal davrning muhim bosqichlarida skrining tekshiruvlarini o‘tkazish, shuningdek fenilketonuriya va gipotireoz bilan kasallangan bolalarni maxsus davolash ozuqasi bilan ta’minlash. |
Tashkiliy |
2019-2020-yillar davomida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
|
13. |
Bolalar huquqlari himoyasini ta’minlaydigan mexanizmlarni, jumladan, barcha muassasa va xizmatlarda bolalar huquqlarining buzilishi holatlari to‘g‘risida tezkor xabardor qilishni joriy etish. |
Tashkiliy |
2019-2020-yillar davomida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
III. Psixiatriya xizmatining yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlanganligini yaxshilash, psixiatriya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish | ||||
|
14. |
Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining psixiatriya kafedrasida umumiy amaliyot shifokorlari uchun psixiatriya kurslarini tashkil etish va o‘tkazish. |
Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i loyihasi |
2019-yil |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
|
15. |
Aholiga psixiatriya yordamini ko‘rsatishda ishtirok etuvchi mutaxassislarning ish hajmi normativlarini ish vaqti xronometrajini o‘tkazgan holda qayta ko‘rib chiqish va keyinchalik shtat normativlariga o‘zgartirishlar kiritish. |
Tashkiliy |
2020-yil 1-sentabrga qadar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Mehnat vazirligi (Sh. Kudbiyev) |
|
16. |
Kadrlar tayyorlash sifati va davolash-tashxis yordamini yaxshilash uchun tibbiyot oliy ta’lim muassasalari psixiatriya kafedralarining klinik bazalar bilan o‘zaro ilmiy-amaliy hamkorligini chuqurlashtirish. |
Tashkiliy |
2019-2020-yillar davomida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), OTMV (I. Madjidov) |
|
17. |
Ruhiy sog‘liqni saqlash xizmati mutaxassislarini tayyorlashning davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish. |
Tashkiliy |
2019-2020-yillar davomida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) OTMV (I. Madjidov) |
|
18. |
Endogen, psixogen va somatopsixik buzilishlarni yosh jihatidan profilaktika, tashxis qilish va davolashning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha psixiatriya sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish. |
Chora-tadbirlar |
2019-2020-yillar davomida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
IV. Ruhiy salomatlikni muhofaza qilish sohasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish | ||||
|
19. |
Psixiatriya xizmatlari faoliyati to‘g‘risidagi noto‘g‘ri tasavvurlarga va psixiatriya sohasida salbiy qarashlarga barham berish masalalarida tushuntirish ishlarini olib borish, ruhiy holat buzilishlarining sabablari, prognozi va ularning alomatlari aniqlanganda zarur yordam to‘g‘risidagi axborotni tarqatish. |
Kompleks |
2019-2020-yillar davomida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), OTMV (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), MTRK (A. Xodjayev), O‘zA (A. Kuchimov) |
|
20. |
Ruhiy holati buzilgan shaxslar hamda ularning oila a’zolari uchun ta’lim dasturlarini, shu jumladan demensiya bilan kasallangan odamlar uchun inklyuziv jamiyatni shakllantirish maqsadida ruhiy gigiyena va profilaktika bo‘yicha materiallarni ishlab chiqish va joriy etish. |
Ta’lim dasturlari |
ishlab chiqish 1-avgustga qadar joriy etish — 2019-yil 1-sentabrdan |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), OTMV (I. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
21. |
Ta’lim muassasalarida va aholining keng qatlamlarida ruhiy salomatlikni asrashga qaratilgan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish. |
Tashkiliy |
2019-2020-yillar davomida |
OTMV (I. Madjidov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), MTRK (A. Xodjayev), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev) |
|
V. Sog‘liqni saqlash davlat psixiatriya tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish | ||||
|
22. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatlarining mavjud psixiatriya muassasalari negizida kunduzgi statsionarlar faoliyatini tashkil etish, jumladan: 2019-yilda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyatida; 2020-yilda — Andijon, Navoiy, Namangan viloyatlarida. |
Tashkiliy |
2019-2020-yillar davomida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), |
|
23. |
Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan kunduzgi statsionarlarga oziq-ovqat ta’minoti uchun budjet mablag‘larini ajratish. |
Tashkiliy |
2019-2020-yillar davomida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari |
|
VI. Xalqaro hamkorlik | ||||
|
24. |
O‘zbekiston psixiatrlari assotsiatsiyasi faoliyatini tashkil etish va uning Jahon psixiatriya assotsiatsiyasiga (Jeneva sh.) a’zo bo‘lishi bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish. |
Tashkiliy |
2019-yil 1-sentabrga qadar |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
25. |
Xorijiy mutaxassislar ishtirokida psixiatriya bo‘yicha xalqaro ilmiy konferensiyalar, mahorat darslari, seminarlar tashkil etish va o‘tkazish. |
Tadbirlar |
tasdiqlash — 2019-yil 1-mayga qadar amalga oshirish — 2019-2020-yillar davomida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) OTMV (I. Madjidov) |
|
26. |
Psixiatriya muassasalari psixiatr shifokorlarining yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalarida stajirovka o‘tashini tashkil etish. |
Tashkiliy |
2019-2020-yillar davomida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |