1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. PSIXIATRIYA MUASSASALARI SAMARALI FAOLIYATINI TAʼMINLAYOTGAN NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLASHTIRISH | ||||
|
1. |
Qonunchilikka quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish: jinoiy jazo bilan birgalikda tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanishiga olib keladigan “aqli rasolikni istisno etmaydigan ruhiy holati buzilgan shaxslar” atamasini joriy etish; tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanishini uzaytirish, oʻzgartirish yoki bekor qilish masalasi koʻrib chiqilganida, tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish muddatini belgilash; ruhiy holati buzilishlarini davolash boʻyicha alohida xizmat koʻrsatish huquqini xususiy tibbiyot muassasalariga taqdim qilish; ruhiy holati buzilgan shaxslarni hisobga olish va dinamik kuzatish tartibi. |
Normativ-huquqiy hujjatlar |
2018-yil 10-mayga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev), Oliy sud (K. Komilov), Bosh prokuratura (N. Rustambekov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), AQHMI (F. Muxamedov), Xususiy amaliyot shifokorlari uyushmasi (A. Voisov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Psixiatriya yordami koʻrsatish sohasidagi buyruqlar va boshqa idoraviy hujjatlarning bugungi sharoitda aktualligini oʻrganish maqsadida xatlovdan oʻtkazish va uning natijalari boʻyicha ularni qayta koʻrib chiqish, bekor qilish va yangilangan hujjatlarni qabul qilish. |
Idoraviy hujjatlar |
2018-yil iyulga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
3. |
Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun qoʻshimcha qulay sharoitlar yaratish, sohada xususiy tibbiyotni rivojlantirish nazarda tutuvchi “Psixiatriya yordami koʻrsatish toʻgʻrisida” yangi tahrirdagi Qonun loyihasini ishlab chiqish. |
Qonun |
2018-yil 1-sentabrga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Mehnat vazirligi (A. Hayitov), Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi (K. Rafikov), Xususiy amaliyot shifokorlari uyushmasi (A. Voisov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
4. |
Psixofaol moddalarni suiisteʼmol qilayotgan voyaga yetmaganlar ustidan vasiylik oʻrnatish boʻyicha masalalarni hal etish maqsadida narkologiya muassasalari huzurida vasiylik boʻyicha komissiyalar faoliyatini tashkil qilish maqsadida “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
2018-yil 15-iyunga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev), Mehnat vazirligi (A. Hayitov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
5. |
Psixiatriya shifoxonalari va psixonevrologiya dispanserlari (keyingi oʻrinlarda — psixiatriya muassasalari) huzurida davolash-ishlab chiqarish korxonalari toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash, ruhiy holati buzilgan, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarni mehnat terapiyasi, yangi kasblarga oʻqitish va ushbu korxonalarga ishga joylashtirish. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil 1-iyulga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Mehnat vazirligi (A. Hayitov), Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Gʻulomov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
6. |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi hayʼati yigʻilishlarida aholi orasida oʻz joniga qasd qilishni oldini olish masalalarini muntazam oʻrganish va muhokama qilish bilan birga amalga oshirilgan oʻz joniga qasd qilish harakatlari toʻgʻrisida psixiatriya muassasalarini majburiy ravishda xabardor qilish tartibini tasdiqlash. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil 1-aprelga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (N. Rustambekov), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev). |
|
7. |
Ruhiy holati buzilishi tashhislarini Xalqaro kasalliklar va salomatlik bilan bogʻliq boʻlgan muammolar tasnifiga muvofiqlashtirishni taʼminlash (Oʻzbekiston Respublikasida foydalanish uchun moslashtrilgan V MKB-10 klassi) |
Normativ-huquqiy hujjatlar |
2018-yil 1-sentabrga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Mudofaa vazirligi (A. Azizov), Mehnat vazirligi (A. Hayitov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov) |
|
II. KADRLARNI TAYYORLASH, QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH, RUHIY HOLATLAR BUZILISHINI OLDINI OLISH, DIAGNOSTIKA QILISH VA DAVOLASH, SHU JUMLADAN OʻZ JONIGA QASD QILISHLARNI OLDINI OLISH BOʻYICHA ILMIY TADQIQOTLAR OʻTKAZISH | ||||
|
8. |
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab quyidagi oliy tibbiyot taʼlim muassasalariga “psixiatriya” yoʻnalishi boʻyicha davlat granti asosida qabul kvotalarni oshirish: Toshkent tibbiyot akademiyasi — 15 nafar; Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti — 10 nafardan. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori |
2018-yil 1-mayga qadar |
Vazirlar Mahkamasi (K. Akmalov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov) |
|
9. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish: bazaviy tibbiy maʼlumotga ega boʻlgan shifokorlar uchun oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda va xizmat safari harajatlarini qoplab berib, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti va Andijon davlat tibbiyot institutida “psixiatriya” yoʻnalishi boʻyicha umumiy qabul kvotasi 28 nafardan kam boʻlmagan va “suitsidologiya” yoʻnalishi boʻyicha umumiy qabul kvotasi 14 nafardan kam boʻlmagan ixtisoslashtirish kurslarini tashkil qilish; “psixiatriya” yoʻnalishi boʻyicha Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali, Andijon davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti va Samarqand davlat tibbiyot instituti klinik ordinaturasida oʻqish uchun 10 nafargacha oʻrinlar sonini koʻpaytirish. |
Tashkiliy choralar |
2018/2019 oʻquv yilidan |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov) |
|
10. |
2018 — 2020-yillarda xorijiy davlatlarning yetakchi klinikalari va tibbiyot muassasalarida psixiatr-shifokorlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha Dasturni tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
2018-yil 10-mayga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) |
|
11. |
Tarif-malakaviy tavsifnomalar, nizom va taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va keyinchalik ularni psixiatriya muassasalari shtatlar normativlariga kiritishni nazarda tutgan holda psixiatriya muassasalari mutaxassislik va lavozimlar nomenklaturasini “ijtimoiy faoliyat boʻyicha mutaxassis”, “ijtimoiy xodim” va “davlat sud eksperti” mutaxassisliklari bilan toʻldirish. |
Tashkiliy choralar |
2018-yil 1-iyunga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Mehnat vazirligi (A. Hayitov) |
|
12. |
Oliy taʼlim tibbiyot muassasalari “Psixiatriya” yoʻnalishi boʻyicha magistr va mutaxassislarni oʻqitish (klinik ordinaturalar uchun) boʻyicha oʻquv dasturlariga mamlakatda real suitsidal holatni hisobga olib tayyorlangan “Suitsidologiya asoslari” fanini kiritish. |
Tashkiliy chora |
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Mehnat vazirligi (A. Hayitov) |
|
13. |
Psixiatriya sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish, natijalari va yutuqlarini ruhiy holati buzilishlari profilaktikasi, diagnostikasi va davolash choralari samaradorligini takomillashtirishga koʻmaklashuvchi amaliy faoliyatini keng joriy etish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2018-yil 1-avgustga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Fanlar akademiyasi (Yu. Yuldashev), AQHMI (F. Muxamedov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
14. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-fevraldagi 95-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirishlar kiritish, bunda fuqarolarni tibiy koʻrikdan oʻtkazuvchi chaqiruv (tuman) komissiyasi tarkibidan psixiatrlarni chiqarishni nazarda tutish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
2018-yil 15-aprelga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Mudofaa vazirligi (A. Azizov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
15. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida xususiy-davlat sherikchiligi asosida ruhiy holati buzilgan shaxslar, shu jumladan nogironlarning mehnat terapiyasi, yangi kasblarga oʻqitish va ishga joylashtirish uchun davolash-ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish. |
Tashkiliy choralar |
2018-2019-yillarda |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S. Xolmurodov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyati |
|
16. |
Ijtimoiy-psixologik jihatdan ijtimoiy hayotga moslasha olmaslik va psixologik inqiroz holatidagi shaxslarga yordam berish maqsadida “Ishonch telefonlari” ni tashkil qilishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish; tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari huzurida ijtimoiy-psixologik yordam xonalarida suitsidal holatdagi shaxslarni aniqlash va ularga ambulator xizmat koʻrsatish; suitsidal holatdan keyingi holatdagi yoki suitsidal tendensiyalari yuzaga kelishi xavfi yuqori boʻlgan shaxslar terapiyasi va ijtimoiy jihatdan tiklash maqsadida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallari huzurida inqiroz statsionalarini tashkil qilish |
Tashkiliy choralar |
2018-yil 1-iyunga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), vazirlik va idoralar |
|
17. |
Aʼzolari oʻz joniga qasd qilgan oilalar bilan ishlash boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, mazkur tavsiyalarni barcha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga tarqatish |
Tashkiliy choralar |
2018-yil 1-sentabrga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov) |
|
18. |
Jarohatlovchi vaziyatlarda boʻlgan (notoʻgʻri tarbiya, yaxshi tashkil etilmagan kun tartibi, oiladagi ziddiyatlar, alkogol ichimliklarini isteʼmol qilish) bolalar va oʻsmirlarga eʼtibor berish ishlarini kuchaytirish, alkogolizm, narkomaniya, toksikomaniya boʻyicha birlamchi profilaktika ishlarini faollashtirish, ularning ota-onalari, boshqa yaqin qarindoshlari va qoʻshnilari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida davolash-profilaktika, tarbiyaviy va individual ishlarni olib borish. |
Profilaktik chora-tadbirlar kompleksi |
tasdiqlash 2018-yil 1-mayga qadar |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev), Mehnat vazirligi (A. Hayitov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov), NNT |
|
amalga oshirish — belgilangan muddatlarda |
||||
|
19. |
Suitsidologik xizmat ishini tashkil qilish tartibini belgilab beruvchi hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Buyruq |
2018-yil 1-iyulga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov) |
|
20. |
Oʻz joniga qasd qilishga moyilligi boʻlgan shaxslarga kiritish tartibini belgilab beruvchi, shuningdek ularni maʼnaviy-ahloqiy va psixologik kompleks qoʻllab-quvvatlash mexanizmini belgilab beruvchi hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Buyruq |
2018-yil 1-iyunga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov) |
|
21. |
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallarida shikofor-suitsidolog lavozimini joriy etish. |
Tashkiliy choralar |
2018-yil 1-avgustga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
22. |
Xorijiy mutaxassislar ishtirokida suitsidal urinishlarning psixoterapiyasi boʻyicha mahorat darslari, treninglar va ilmiy koferensiyalar oʻtkazishni tashkil qilish. |
Tashkiliy choralar |
doimiy ravishda |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), vazirlik va idoralar, NNT |
|
23. |
Suitsidal urinishlarga olib kelayotgan salomatlik uchun zararli stress va tahlikali-depressiv holatni bartaraf etish imkoniyatlari, belgilari va tarqalishi toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilishni oshirish. |
Axborot-multimediya chora-tadbirlari kompleksi |
doimiy ravishda |
MTRK (A. Xadjayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov) Xotin-qizlar qoʻmitasi (Sh. Nurmatova), vazirlik va idoralar, OAV |
|
III. RUHIY HOLATLAR BUZILISHINI ANIQLASH SIFATINI OSHIRISH VA AHOLIGA PSIXIATRIYA YORDAMI KOʻRSATILISHI SIFATINI YANADA YAXSHILASH. | ||||
|
24. |
Ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olib hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish milliy Konsepsiyani ishlab chiqish: ruhiy holati buzilishlari mavjudligi belgilari mavjudligi yuzasidan kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, ruhiy holati buzilishlariga duchor boʻlgan shaxslarga huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun teng sharoitlar yaratib berish; ruhiy holati buzilishlarini davolash va diagnostika qilish, aholiga psixiatriya yordami koʻrsatish tizimini innovatsion rivojlantirish; sogʻliqni saqlash tizimining barcha pogʻonalarida ruhiy holati buzilishiga duchor boʻlgan shaxslarni aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish boʻyicha sifatli tibbiy xizmatlarning ochiqlik darajasini oshirish; “Oʻzbekiston Respublikasi bosh psixiatri” va “Oʻzbekiston Respublikasi bosh suitsidologi” lavozimlarini joriy qilish; maʼmuriyatchilik, idoralararo muvofiqlashtiruv va sektorlararo hamkorlikning samaradorligini oshirish; aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasida tibbiy kadrlar salohiyatini mustahkamlash; aholiga psixiatriya yordami koʻrsatishsohasida xususiy tibbiy amaliyot rivojlanishini ragʻbatlantirish; ruhiy salomatlikni qoʻllab-quvvatlash va ruhiy holat buzilishi alomatlariga ega boʻlgan insonlarga nisbatan salbiy qarashlarning shakllanishi va ularning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida aholining xabardorlik darajasini oshirish (ruhiy holati buzilishiga duchor boʻlgan shaxs “tamgʻasi”) |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori |
2018-yilsentabrga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Mehnat vazirligi (A. Hayitov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Adliya vazirligi (R. Davletov), AQHMI (F. Muxamedov), Xususiy amaliyot shifokorlari uyushmasi (A. Voisov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
25. |
Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan bepul tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari qatoriga ruhiy holati buzilishiga duchor boʻlgan shaxslarni kiritishni nazarda tutgan soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida (2017-yil 11-avgust kuni 2911-son bilan roʻyxatga olingan) boʻshab qolayotgan mablagʻlar hisobidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan bepul tibbiy xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil 15-aprelgaqadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Xususiy amaliyot shifokorlari uyushmasi (A. Voisov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikromov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
26. |
Birlamchi tibbiyot-sanitariya yordam koʻrsatish, tugʻruq, pediatriya muassasalari va skrining markazlarda bolalarning ruhiy holat va xulq-atvor buzilishlarini barvaqt aniqlash, diagnostika qilish va davolashga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018-yil 1-iyulga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), vazirlik va idoralar |
|
27. |
Ruhiy holat buzilishlari tarqalganligi, ularning boshlangʻich alomatlari hamda oʻz vaqtida davolamaslik oqibatlari toʻgʻrisida aholining xabardorlik darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018-yil davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Xotin-qizlar qoʻmitasi (Sh. Nurmatova), Yoshlar ittifoqi (O. Tadjiyev), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Sh. Javlonov), “Nuroniy” jamgʻarmasi (Sh. Jalilov), MTRK (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Informatsion agentligi (A. Kuchimov) |
|
28. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida ambulator psixiatriya yordami koʻrsatayotgan muassasalar shtatida tez tibbiy yordam ixtisoslashgan brigadalari faoliyatini tashkil qilish, shuningdek, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Xorazm viloyatida kasallikka chalinish xavfi yuqori boʻlgan guruhidan kichik yoshdagi bolalarni kuzatish va sogʻlomlashtirish maqsadida “goʻdaklar psixiatriyasi” xizmatini joriy etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-iyulga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (S. Sariyev), Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abdurahmonov), Buxoro viloyati hokimligi (Oʻ. Barnoyev), Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), Navoiy viloyati hokimligi (K. Tursunov), Samarqand viloyati hokimligi (T.Joʻrayev), Sirdaryo viloyati hokimligi (G. Mirzayev), Xorazm viloyati hokimligi (I. Sobirov) |
|
29. |
Oʻzbekiston Respublikasida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Yevropa byurosining “Psixofaol moddalarni isteʼmol qilish bilan bogʻliq ruhiy, nevrologik holat va xulq-atvor buzilishlarida birlamchi sogʻliqni saqlashning tibbiyot-sanitariya yordam koʻrsatish boʻgʻinida tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Yoʻriqnoma” metodik tavsiyalarini joriy etish imkoniyatini oʻrganish va oʻrganish natijalarini vrachlik amaliyotiga tatbiq etish yuzasidan takliflar tayyorlash. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2018-yil 1-mayga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov) |
|
30. |
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining 2017 — 2025-yillar demensiyasiga munosabat bildirish boʻyicha Jamiyat sogʻliqni saqlash sektorining Global harakatlar rejasining tahlili, natijalarini aholiga psixiatriya yordami koʻrsatish tizimiga joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2018-yil 1-iyunga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov) |
|
31. |
Keyinchalik aholiga psixiatriya yordami koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqqan holda “Ruhiy salomatlik atlasi” dasturi boʻyicha Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlik doirasida aholining ruhiy salomatligining davriy populyatsion tadqiqotlarini oʻtkazish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2019-yil 1-yanvarga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2-ILOVA
|
T/r |
Muassasalar nomlanishi |
Raqamli EEG tizimi (32-kanalli) |
UTT (rangli dopler bilan) |
Avtoklav (100 l) |
Rentgen — Moslama (raqamli) |
|
1. |
1-sonli Respublika psixonevrologiya dispanseri Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
1 |
1 |
1 |
1 |
|
2. |
2-sonli Respublika psixonevrologiya dispanseri Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
1 |
1 |
— |
— |
|
3. |
Andijon viloyati psixonevrologiya dispanseri |
1 |
1 |
2 |
1 |
|
4. |
Buxoro viloyati psixonevrologiya dispanseri |
- |
- |
1 |
1 |
|
5. |
Jizzax viloyati psixonevrologiya dispanseri |
1 |
1 |
1 |
1 |
|
6. |
Kashkadaryo viloyati psixonevrologiya dispanseri |
1 |
1 |
2 |
1 |
|
7. |
Navoiy viloyati psixonevrologiya dispanseri |
1 |
1 |
1 |
— |
|
8. |
Namangan viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi |
1 |
— |
— |
1 |
|
9. |
Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi |
— |
— |
2 |
1 |
|
10. |
1-sonli Surxondaryo viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi |
— |
1 |
1 |
1 |
|
11. |
2-sonli Surxondaryo viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi |
1 |
1 |
1 |
— |
|
12. |
Sirdaryo viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi |
1 |
1 |
1 |
— |
|
13. |
Sirdaryo viloyati psixonevrologiya dispanseri |
1 |
— |
— |
— |
|
14. |
Toshkent viloyati psixonevrologiya dispanseri |
1 |
1 |
1 |
— |
|
15. |
1-sonli Toshkent viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi |
1 |
1 |
1 |
— |
|
16. |
2-sonli Toshkent viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi |
1 |
1 |
1 |
— |
|
17. |
1-sonli Fargʻona viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi |
1 |
— |
1 |
— |
|
18. |
2-sonli Fargʻona viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi |
1 |
1 |
1 |
— |
|
19. |
Xorazm viloyati psixonevrologiya dispanseri |
1 |
1 |
1 |
1 |
|
20. |
Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi |
— |
— |
5 |
— |
|
21. |
1-sonli Toshkent shahar psixonevrologiya dispanseri |
1 |
1 |
1 |
— |
|
22. |
2-sonli Toshkent shahar psixonevrologiya dispanseri |
1 |
1 |
1 |
— |
|
23. |
Respublika ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi |
1 |
— |
1 |
— |
|
24. |
Respublika kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasi |
1 |
1 |
1 |
1 |
|
Jami |
20 |
17 |
28 |
10 | |
|
Narxi 1 dona uskuna uchun (AQSH dollarida) |
30 000 |
60 000 |
10 000 |
180 000 | |
|
Asbob-uskunalarning umumiy qiymati (AQSH dollarida) |
600 000 |
1 020 000 |
280 000 |
1 800 000 | |
|
Hammasi boʻlib |
3 700 000 AQSH dollari | ||||
3-ILOVA
|
T/r |
Muassasalar nomlanishi |
Quvvati |
Bahosi (mlrd soʻm)* |
Shu jumladan yillar boʻyicha | |||
|
2018-y. |
2019-y. |
2020 y. | |||||
|
Jami respublika boʻyicha |
oʻrin |
1 257 |
112,0 |
23,1 |
67,9 |
21,0 | |
|
qatnov. |
650 | ||||||
|
I. QURILISH | |||||||
|
1. |
2-sonli Toshkent shahar psixonevrologiya dispanseri |
oʻrin |
50 |
11,0 |
— |
6,0 |
5,0 |
|
qatnov. |
300 | ||||||
|
II. REKONSTRUKSIYA | |||||||
|
2. |
1-sonli Respublika psixonevrologiya dispanseri Qoraqalpogʻiston Respublikasi (reabilitatsiya boʻlimi, majburiy davolash boʻlimi, toʻsiqlar va hududni obodonlashtirish) |
oʻrin |
55 |
15,0 |
3,0 |
6,0 |
6,0 |
|
qatnov. |
— | ||||||
|
3. |
Andijon viloyati psixonevrologiya dispanseri (birinchi va ikkinchi boʻlim, maʼmuriyat, qozonxona, oshxona, poliklinika, kir yuvish xonasi, hududni obodonlashtirish) |
oʻrin |
380 |
12,2 |
2,2 |
5,0 |
5,0 |
|
qatnov. |
250 | ||||||
|
4. |
Buxoro viloyati psixonevrologiya dispanseri (davolash qismi, maʼmuriyat, toʻsiqlar va hududni obodonlashtirish) |
oʻrin |
12 |
2,6 |
2,6 |
— |
— |
|
qatnov. |
— | ||||||
|
5. |
Qashqadaryo viloyati psixonevrologiya dispanseri (davolash qismi, dorixona, oshxona, kir yuvish xonasi va hududni obodonlashtirish) |
oʻrin |
— |
5,5 |
1,5 |
4,0 |
— |
|
qatnov. |
50 | ||||||
|
6. |
Namangan viloyati psixonevrologiya dispanseri (davolash qismi va hududni obodonlashtirish) |
oʻrin |
210 |
12,2 |
3,5 |
8,7 |
— |
|
qatnov. |
— | ||||||
|
7. |
Samarqand viloyati psixonevrologiya dispanseri (davolash qismi, dorixona, toʻsiqlar va hududni obodonlashtirish) |
oʻrin |
— |
3,5 |
— |
3,5 |
— |
|
qatnov. |
— | ||||||
|
8. |
2-sonli Surxondaryo viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi (maʼmuriyat, qabul boʻlimi, laboratoriya, dorixona, buxgalteriya toʻsiqlar va hududni obodonlashtirish) |
oʻrin |
boshqa obyektlar |
2,5 |
— |
2,5 |
— |
|
qatnov. | |||||||
|
9. |
Surxondaryo viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi (binoning ikkinchi qavati, kanalizatsiya va suv taʼminoti) |
oʻrin |
— |
3,5 |
— |
3,5 |
— |
|
qatnov. |
50 | ||||||
|
10. |
Sirdaryo viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi (binoning toʻrtinchi qavati, korpus va boshqa obyektlari) |
oʻrin |
130 |
6,0 |
— |
6,0 |
— |
|
qatnov. |
— | ||||||
|
11. |
Toshkent viloyati psixonevrologiya dispanseri (kommunikatsiya, kir yuvish xonasi, toʻsiqlar va hududni obodonlashtirish) |
oʻrin |
boshqa obyektlar |
2,0 |
— |
2,0 |
— |
|
qatnov. | |||||||
|
12. |
1-sonli Toshkent viloyatiruhiy kasalliklar shifoxonasi (toʻsiqlar va hududni obodonlashtirish) |
oʻrin |
boshqa obyektlar |
1,5 |
— |
1,5 |
— |
|
qatnov. | |||||||
|
13. |
1-sonli Fargʻona viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasi (davolash korpuslari, maʼmuriyat, kir yuvish xonasi, sterilizatsiya, laboratoriya, dorixona, toʻsiqlar va hududni obodonlashtirish) |
oʻrin |
420 |
7,8 |
3,3 |
4,5 |
— |
|
qatnov. |
— | ||||||
|
14. |
Xorazm viloyati psixonevrologiya dispanseri (kommunikatsiya, toʻsiqlar va hududni obodonlashtirish) |
oʻrin |
boshqa obyektlar |
3,0 |
— |
3,0 |
— |
|
qatnov. | |||||||
|
15. |
1-sonli Toshkent shahar psixonevrologiya dispanseri (kir yuvish xonasi, ovqat tayyorlash qismi, dezokamera, laboratoriya) |
oʻrin |
boshqa obyektlar |
3,5 |
3,5 |
— |
— |
|
qatnov. | |||||||
|
16. |
Respublika ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi (1-davolash korpusi, fizoterapiya korpusi va toʻsiqlar) |
oʻrin |
boshqa obyektlar |
6,0 |
— |
6,0 |
— |
|
qatnov. | |||||||
|
17. |
Respublika kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasi (1, 2-davolash korpuslari, kommunikatsiya va toʻsiqlar) |
oʻrin |
boshqa obyektlar |
14,2 |
3,5 |
5,7 |
5,0 |
|
qatnov. | |||||||