O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011—2015-yillarda yolg‘iz keksalar, pensionyerlar va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 30-maydagi PQ-1542-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
“Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
“Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uylari to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
uch oy muddatda “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar, Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati faoliyatini ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlar talablariga muvofiqlashtirsinlar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
“Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar, Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash hamda yolg‘iz keksalar, nogironlar, urush va mehnat faxriylariga yordam ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
“Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar, Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatining faoliyati yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlasinlar, ularga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda ularga har tomonlama yordam bersinlar.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
uch oy muddatda ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor bo‘lgan nogiron bolalarni tarbiyalash va o‘qitish dasturlarini qayta ko‘rib chiqsinlar;
nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalash, o‘qitish, ruhiy va intellektual rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalarini hisobga olgan holda pedagoglar va tarbiyachilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlarni muntazam amalga oshirsinlar.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
“Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarda, Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionatida yashovchi shaxslarga doimiy asosda profilaktik, diagnostik, davolash-maslahat yordamini doimiy ravishda ko‘rsatishni ta’minlasin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-avgust,
240-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylari to‘g‘risida
Nizom
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining (keyingi o‘rinlarda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi deb ataladi) “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarini (keyingi o‘rinlarda “Saxovat” internat uylari deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
2. “Saxovat” internat uylari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart bo‘lgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bo‘lmagan yolg‘iz keksalar, 18 yoshidan boshlab I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi I guruh nogironligi bo‘lgan keksalar (keyingi o‘rinlarda — vasiylikka olinuvchilar) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-martdagi 187-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 09/20/187/0379-son)
3. “Saxovat” internat uylari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining buyruqlariga, boshqa qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga, shuningdek o‘z ustavlariga amal qiladilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
4. “Saxovat” internat uylari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan, belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. “Saxovat” internat uylarini tugatishda vasiylikka olinganlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda boshqa “Saxovat” internat uylariga o‘tkazish ta’minlanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
5. “Saxovat” internat uylarida davolash-mehnat va faollashtiruvchi terapiyani amalga oshirish uchun davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalari, shuningdek, agar “Saxovat” internat uylari qishloq joylarda joylashgan bo‘lsa, zarur anjomlarga, asbob-uskunalarga va transportga ega bo‘lgan yordamchi xo‘jalik tashkil etiladi.
6. “Saxovat” internat uylari ustavlari Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
7. “Saxovat” internat uylari faoliyatini muvofiqlashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
8. “Saxovat” internat uylaridagi o‘rinlar soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishib, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga majburiy rioya qilgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
9. “Saxovat” internat uylari davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxslar hisoblanadi, o‘z ustaviga, mustaqil balansiga, g‘aznachilikning tegishli hududiy bo‘linmalarida shaxsiy hisob raqamiga va bankda valyuta hisob raqamiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega bo‘ladi.
“Saxovat” internat uylari tumanlar (shaharlar) hokimliklarida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
II. “Saxovat” internat uylarining asosiy vazifalari
10. Quyidagilar “Saxovat” internat uylarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
vasiylikka olinganlarni ta’minlash, ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ularni sog‘lomlashtirish va qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy-ijtimoiy yordam olishlariga ko‘maklashadigan sharoitlar yaratish;
vasiylikka olinganlarning qonuniy huquq va manfaatlarining ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, ularning sog‘lig‘ini muhofaza qilishni ta’minlash;
dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash tizimining yuqori malakali mutaxassislarini jalb etgan holda ularni har yili 2-marta dispanserizatsiyadan o‘tkazish, rejali sog‘lomlashtirish, muhtoj bo‘linganda ularni ixtisoslashtirilgan statsionarlarda davolash, vasiylikka olinganlarni tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari (eshitish apparatlari, nogironlar aravachalari, hassa va qo‘ltiqtayoqlar) bilan ta’minlash;
vasiylikka olinganlarni muntazam mehnat qilishga va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan sanitariya-epidemiyaga qarshi va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish.
“Saxovat” internat uylari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pullik xizmatlar ko‘rsatishi ham mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-martdagi 187-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 09/20/187/0379-son)
III. Vasiylikka olinganlarni “Saxovat” internat uylariga qabul qilish
11. “Saxovat” internat uylariga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart bo‘lgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bo‘lmagan yolg‘iz keksalar, 18 yoshidan boshlab I va II guruhlar nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi I gurux nogironligi bo‘lgan keksalar qabul qilinadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-martdagi 187-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 09/20/187/0379-son)
12. Quyidagilar “Saxovat” internat uylariga yuborishga qarshi ko‘rsatkichlar hisoblanadi:
tez-tez, har oyda 5-martadan ko‘p tutqanoq sodir bo‘ladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib bo‘shashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik;
bemorning o‘zi va atrofidagilar uchun xavfli bo‘lgan moyillikning qo‘pol buzilishlari va axloqiy dag‘allik bilan birga kechadigan ruhiy kasalliklar.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
13. Quyidagilar “Saxovat” internat uylariga qabul qilishga qarshi umumiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi:
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
yuqumli teri va soch kasalliklari;
o‘tkir yuqumli kasalliklar;
salbiy jarayondagi, yomon holatda o‘tadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
tanosil kasalliklari.
(13-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
“Saxovat” internat uylariga qabul qilish chog‘ida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan shaxslar sog‘liqni saqlash muassasalariga yuboriladi.
14. “Saxovat” internat uylariga yuborish, shuningdek, bittasidan ikkinchisiga o‘tkazish Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari boshlig‘ining belgilangan tartibda qabul qilingan buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
“Saxovat” internat uylariga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi yuzasidan mas’uliyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limiga yuklanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
15. “Saxovat” internat uyiga rasmiylashtirilayotgan yolg‘iz keksaning, 18 yoshidan boshlab I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsning hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi I guruh nogironligi bo‘lgan keksaning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshlig‘i nomiga berilgan arizasi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
16. “Saxovat” internat uylariga qabul qilinayotgan har bir shaxs uchun shaxsiy yig‘majild yuritiladi, unga ushbu Nizomning 15-bandida sanab o‘tilgan hujjatlar tikib qo‘yiladi.
Vasiylikka olinganlarning shaxsiy yig‘majildlari “Saxovat” internat uyi direktorida saqlanadi.
17. Vasiylikka olinganlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni, ularni parvarishlashni yaxshilash hamda ularning ijtimoiy mehnat reabilitatsiyasi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ular saqlash rejimiga (o‘rin-to‘shaklar, kuzatish, saqlashning erkin tartibi), sog‘lig‘i, yoshi va shaxsiy xohishiga muvofiq holda alohida bo‘limlar va xonalar bo‘yicha joylashtiriladi.
III1. Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotganlarni “Saxovat” internat uylariga joylashtirish
171. Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida (keyingi o‘rinlarda reabilitatsiya markazlari deb ataladi) saqlanayotgan mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan shaxslar “Saxovat” internat uylariga joylashtiriladi.
“Saxovat” internat uylariga joylashtirish uchun yuborish belgilangan tartibda reabilitatsiya markazi boshlig‘ining buyrug‘i asosida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(171-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
172. Reabilitatsiya markazlaridan “Saxovat” internat uylariga yuborilayotganlar mazkur Nizomning 11 va 12-bandlarida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Tibbiy ko‘rik reabilitatsiya markazlari tibbiyot xodimlari va tegishli mutaxassis shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha yozma xulosa rasmiylashtiriladi.
173. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslarni “Saxovat” internat uylariga joylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
“Saxovat” internat uylariga joylashtirish to‘g‘risida reabilitatsiya markazida saqlanayotgan mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan shaxslarning reabilitatsiya markazi boshlig‘i nomiga berilgan arizasi;
“Saxovat” internat uyiga rasmiylashtirilayotganning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
“Saxovat” internat uylariga joylashtirilayotganning sog‘lig‘i holati bo‘yicha tibbiy xulosa;
hududiy tibbiyot boshqarmasidan olingan ruhiy-asab kasalliklari, silga qarshi kurashish, onkologik hamda teri-tanosil kasalliklari dispansyerlarining xulosalari;
“Saxovat” internat uyiga joylashtirilayotganning 2 ta (6 sm x 4 sm hajmli) fotosurati;
“Saxovat” internat uyiga rasmiylashtirilayotganning nogironligi aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning nusxasi ham taqdim etiladi.
Mazkur bandda ko‘rsatilgan barcha hujjatlar reabilitatsiya markazlari tomonidan to‘planadi.
174. Reabilitatsiya markazlarida “Saxovat” internat uylariga joylashtirilayotgan har bir shaxs uchun ikki nusxada shaxsiy yig‘majild yuritiladi, unga ushbu Nizomning 173-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar tikib qo‘yiladi.
“Saxovat” internat uylariga joylashtirilayotganlarning shaxsiy yig‘majildlari bir nusxasi saqlash uchun “Saxovat” internat uyi direktoriga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
(III1-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 597-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/597/1600-son)
IV. “Saxovat” internat uylarida vasiylikka olinganlar
18. “Saxovat” internat uylarida vasiylikka olinganlarning tibbiy-ijtimoiy ta’minoti to‘liq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi.
19. “Saxovat” internat uylaridagi vasiylikka olinganlar belgilangan tartibda quyidagilar bilan ta’minlanadi:
inson sha’nini va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy munosabatda bo‘lish;
uzoq qarindoshlar, tanishlar va do‘stlari bilan telefon orqali so‘zlashuvlar yo‘li bilan aloqa bog‘lash, boshqa aloqa vositalari va uchrashuvlar orqali muloqotda bo‘lish, jo‘natmalar, banderollar, buyumlar, xat va telegrammalarni olish va jo‘natish;
bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa buyumlar va tasdiqlangan normalar bo‘yicha yumshoq anjomlar bilan ta’minlanish.
Ehtiyoj bo‘lganda, vasiylikka olinganlar protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan bepul ta’minlanadilar.
Vasiylikka olinganlarga pensiya va nafaqalar to‘lash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
20. Vasiylikka olinganlar sog‘liqni saqlash organlari mansabdor shaxslarining, “Saxovat” internat uylari rahbarlari va xodimlarining qarorlari va xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan shikoyat bildirish huquqiga ega.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
21. Vasiylikka olinganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish “Saxovat” internat uylarining shtatdagi tibbiy xodimlari tomonidan, zarur hollarda esa — tegishli sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan ta’minlanadi.
Vasiylikka olinganning sog‘lig‘i yomonlashganda yoki u vafot etganda ma’muriyat bu haqda uning qarindoshlari, tanishlari va do‘stlarini zudlik bilan xabardor qiladi.
22. Vafot etgan vasiylikka olinganni dafn etish bilan bog‘liq xarajatlar “Saxovat” internat uylarining xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablag‘lar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning, qarindoshlarining xayriya ehsonlari hisobiga amalga oshiriladi.
23. Vasiylikka olinganning “Saxovat” internat uyi hududidan tashqariga chiqishi faqat “Saxovat” internat uyi rahbariyatining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Vasiylikka olingan o‘zboshimchalik bilan “Saxovat” internat uyi tashqarisiga chiqqan taqdirda ma’muriyat ushbu holat qayd etilgan vaqtdan boshlab zudlik bilan bu haqda ichki ishlar organlariga, sog‘liqni saqlash organlariga xabar qiladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
24. Qarindoshlari, tanishlari va do‘stlari vasiylikka olinganlar bilan ko‘rishib turish huquqiga ega.
25. Vasiylikka olinganlarni oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal, ashyoviy ta’minotning boshqa buyumlari va yumshoq anjomlar bilan ta’minlash normalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
26. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari har chorakda “Saxovat” internat uylarida vasiylikka olinganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan hisobotlar shakllarga muvofiq Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga taqdim etadilar.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
27. Vasiylikka olinganni “Saxovat” internat uylaridan chiqarish:
tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari ruxsati bilan;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
turar joy maydoni, yashash uchun mablag‘lar va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lganda yoki vasiylikka olinganni ta’minlash va zarur darajada parvarishlashga qodir bo‘lgan qarindoshlarining iltimosiga ko‘ra, shuningdek navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda III guruh nogironligi belgilanganda (mehnat bo‘yicha tavsiyalar mavjud bo‘lganda) amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
28. “Saxovat” internat uylaridan chiqarishda vasiylikka olinganga quyidagi hujjatlar beriladi:
“Saxovat” internat uyida bo‘lganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (tibbiy hujjatlar).
Ma’lumotnomalarni berish tartibi va shakllari Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilanadi.
(28-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
29. “Saxovat” internat uyi direktori vasiylikka olinganlarni “Saxovat” internat uylariga qabul qilish va ulardan chiqarish uchun ushbu Nizom va “Saxovat” internat uyi ustavi talablariga muvofiq shaxsan javob beradi.
V. Ijtimoiy-psixologik kuzatuvni tashkil etish
30. Vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamni amalga oshirish maqsadida “Saxovat” internat uylarida tibbiy-psixologik komissiya (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) tashkil etiladi. Komissiya “Saxovat” internat uyining mutaxassis xodimlaridan iborat bo‘ladi. Komissiya tarkibi “Saxovat” internat uyi direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga majburiy tartibda komissiyani boshqaradigan “Saxovat” internat uyining direktori, “Saxovat” internat uyi direktorining tibbiy bo‘lim bo‘yicha o‘rinbosarlari, vrach-psixiatr kiradi.
31. Komissiya:
vasiylikka olinganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
tashxis, psixologik-profilaktik, korreksiya, maslahat va reabilitatsiya ishlarini amalga oshiradi.
VI. “Saxovat” internat uylari faoliyatini tashkil etish
32. “Saxovat” internat uylariga ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
33. Tibbiy xizmat ko‘rsatish “Saxovat” internat uylarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, ular (ma’muriyat bilan bir qatorda) vasiylikka olinganlarning sog‘lig‘i, ovqatlanish rejimi va sifati, davolash-profilaktika tadbirlarining o‘tkazilishi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi uchun javob beradilar. “Saxovat” internat uylarida davolash-maslahat yordami va o‘tkazilgan davolash-profilaktika tadbirlarini tahlil qilish tegishli sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
34. “Saxovat” internat uylarida psixologik ta’minot Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
35. “Saxovat” internat uylarining ma’muriyati “Saxovat” internat uylari mutaxassis xodimlarining kasbiy mahorati doimiy takomillashtirib borilishi uchun javob beradi.
36. “Saxovat” internat uylarining xodimlari quyidagilarga majbur:
ushbu Nizom normalariga va ichki mehnat tartib-qoidalariga, kasbiy axloq-odobga qat’iy amal qilish;
vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamning, ijtimoiy-psixologik va tibbiy kuzatib borishning yuqori samaradorligini ta’minlash;
o‘z kasb malakasini muntazam oshirib borish.
37. “Saxovat” internat uylarining xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
“Saxovat” internat uyini boshqarishda ushbu Nizomda belgilangan tartibda qatnashish;
kasb sha’nini va qadr-qimmatini himoya qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga ega bo‘lish.
38. “Saxovat” internat uylari xodimlari va rahbarlarining lavozim huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari, ushbu Nizom, shuningdek “Saxovat” internat uylari ustavlari bilan belgilanadi.
VII. “Saxovat” internat uylarini boshqarish
39. “Saxovat” internat uylarini boshqarish demokratiya, oshkoralik tamoyillari bo‘yicha va “Saxovat” internat uyi jamoasining jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorligi asosida amalga oshiriladi.
40. “Saxovat” internat uylarining ma’muriyati “Saxovat” internat uylarida yashaydigan vasiylikka olinganlar tomonidan jamoatchilik asosida hamda “Saxovat” internat uyi tomonidan tasdiqlanadigan amaldagi nizomlar asosida tashkil etiladigan madaniy-maishiy komissiya, jamoatchilik kengashi yordamida maishiy va madaniy xizmatlarni tashkil qiladi.
41. “Saxovat” internat uylarida vasiylikka olinganlarni ta’minlashning maxsus shart-sharoitlari ta’minlanadi, ular quyidagilarni nazarda tutadi:
hududni himoya qilish;
vasiylikka olinganlarni ham bir-birlarining, ham atrofdagilarning salbiy ta’siridan yuqori darajada himoya qilish;
uning hududidan tashqariga erkin chiqishni cheklash;
vasiylikka olinganlarni, shu jumladan uxlash uchun ajratilgan vaqtda ham — butun sutka davomida nazorat qilish.
42. “Saxovat” internat uyiga bevosita rahbarlikni oliy ma’lumotga ega bo‘lgan direktor amalga oshiradi. Direktor lavozimiga tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
43. Direktor “Saxovat” internat uyida tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishning ahvoli uchun to‘liq javob beradi.
44. “Saxovat” internat uyi direktori:
“Saxovat” internat uyi nomidan ish ko‘radi va uning manfaatlarini ifodalaydi;
“Saxovat” internat uyi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
qonun hujjatlarida va “Saxovat” internat uyi ustavida belgilangan tartibda “Saxovat” internat uyi mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;
o‘z o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini va javobgarlik darajasini belgilaydi;
o‘z vakolatlari doirasida “Saxovat” internat uyining barcha xodimlari va vasiylikka olinganlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
tegishli organlarga ko‘rib chiqish uchun “Saxovat” internat uyining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, malakali kadrlar bilan ta’minlash va “Saxovat” internat uyi faoliyatining boshqa masalalari bo‘yicha tegishli organlarga takliflar kiritadi hamda xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
tegishli buyruq chiqarish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar yo‘li bilan rag‘batlantirish va intizomiy tanbeh berish choralarini amalga oshiradi.
VIII. Moliya-xo‘jalik faoliyati
45. “Saxovat” internat uylarining xonalari texnika xavfsizligi qoidalariga va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq jihozlanadi va ulardan foydalaniladi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
46. “Saxovat” internat uylari faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
47. “Saxovat” internat uylari belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
48. Budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda “Saxovat” internat uylariga har oyda Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga xayriya ehsonlari tarzida tushgan mablag‘larning bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarini tovarlar xarid qilish va xizmatlarga doir kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda to‘lash uchun (G‘aznachilik organlarida ularning yuridik va moliyaviy majburiyatlarini hisobga olmasdan) ular uchun tijorat banklarida ochiladigan kartochka hisob raqamlariga o‘tkazishga ruxsat beriladi.
(48-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
49. Shtatlar jadvali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
50. “Saxovat” internat uylari qonun hujjatlarida belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
51. “Saxovat” internat uylarining moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylari to‘g‘risida
nizom
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining (keyingi o‘rinlarda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi deb ataladi) “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarini (keyingi o‘rinlarda “Saxovat” internat uylari deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
2. “Muruvvat” internat uylari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor bo‘lgan, 18 yoshidan boshlab I va II guruhlar nogironligi bo‘lgan shaxslari (keyingi o‘rinlarda vasiylikka olinuvchilar deb ataladi) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
3. “Muruvvat” internat uylari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining buyruqlariga, boshqa qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga, shuningdek o‘z ustavlariga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
4. “Muruvvat” internat uylari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan, belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. “Muruvvat” internat uylarini tugatishda vasiylikka olinganlarni Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilanadigan tartibda boshqa “Muruvvat” internat uylariga o‘tkazish ta’minlanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
5. “Muruvvat” internat uylari erkaklar va ayollar uchun alohida-alohida tashkil etiladi. Erkaklar va ayollar uchun alohida-alohida internat uylar tashkil etishning iloji bo‘lmagan hollarda erkaklar va ayollarni bitta internat uyda, lekin alohida korpuslarda joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
6. “Muruvvat” internat uylarida davolash-mehnat va faollashtiruvchi terapiyani amalga oshirish uchun davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalari, shuningdek, agar “Muruvvat” internat uylari qishloq joylarda joylashgan bo‘lsa — zarur anjomlarga, asbob-uskunalarga va transportga ega bo‘lgan yordamchi xo‘jalik tashkil etiladi.
7. “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olinganlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi rejimlarga rioya qilish va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan nazorat sog‘liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
8. “Muruvvat” internat uylari ustavlari Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
9. “Muruvvat” internat uylari faoliyatini muvofiqlashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
10. “Muruvvat” internat uylaridagi o‘rinlar soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga majburiy rioya etgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
11. “Muruvvat” internat uylari davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxslar hisoblanadi, o‘z ustaviga, mustaqil balansiga, g‘aznachilikning tegishli hududiy bo‘linmalarida shaxsiy hisob raqamiga va bankda valyuta hisob raqamiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega bo‘ladi.
“Muruvvat” internat uylari tumanlar (shaharlar) hokimliklarida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
II. “Muruvvat” internat uylarining asosiy vazifalari
12. Quyidagilar “Muruvvat” internat uylarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
vasiylikka olinganlarni ta’minlash, ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ularni sog‘lomlashtirish va qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy-ijtimoiy yordam olishlariga ko‘maklashadigan sharoitlar yaratish;
vasiylikka olinganlarning qonuniy huquq va manfaatlarining ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, ularning sog‘lig‘ini muhofaza qilishni ta’minlash;
dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash tizimining yuqori malakali mutaxassislarini jalb etgan holda ularni har yili 2-marta dispanserizatsiyadan o‘tkazish, rejali sog‘lomlashtirish, muhtoj bo‘linganda ularni ixtisoslashtirilgan statsionarlarda davolash, vasiylikka olinganlarni tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari (eshitish apparatlari, nogironlar aravachalari, hassa va qo‘ltiqtayoqlar) bilan ta’minlash;
vasiylikka olinganlarni muntazam mehnat qilishga va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan sanitariya-epidemiyaga qarshi va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish.
III. Vasiylikka olinganlarni “Muruvvat” internat uylariga qabul qilish
13. “Muruvvat” internat uylariga quyidagi tashxislar bilan vasiylikka olinganlar qabul qilinadi:
mo‘tadil darajadagi aqliy zaiflik;
og‘ir darajadagi aqliy zaiflik;
chuqur darajadagi aqliy zaiflik;
qoldiq shizofreniya;
demensiya.
Qabul qilish bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
14. Quyidagilar “Muruvvat” internat uylariga yuborishga qarshi ko‘rsatkichlar hisoblanadi:
tez-tez, har oyda 5-martadan ko‘p tutqanoq hurujlari sodir bo‘ladigan epilepsiya, seriyali tutqanoq hurujlariga, epileptik statusga, nomozshomsimon ong xiralashish holatlariga, disforiyalarga moyillik;
bemorning o‘zi va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan qo‘pol va hulqiy buzilishlar sabab bo‘ladigan ruhiy kasalliklar.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
15. Quyidagilar “Muruvvat” internat uylariga qabul qilishga qarshi umumiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi:
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
yuqumli teri va soch kasalliklari;
o‘tkir yuqumli kasalliklar;
salbiy jarayondagi, yomon holatda o‘tadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
tanosil kasalliklari.
(15-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
“Muruvvat” internat uylariga qabul qilish chog‘ida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan shaxslar sog‘liqni saqlash muassasalariga yuboriladi.
16. “Muruvvat” internat uylariga yuborish, shuningdek bittasidan ikkinchisiga o‘tkazish Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari boshlig‘ining belgilangan tartibda qabul qilingan buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
“Muruvvat” internat uylariga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlarning xaqqoniyligi yuzasidan mas’uliyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlariga yuklanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
17. “Muruvvat” internat uylariga rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ota-onaning, farzandlikka oluvchining, vasiylik va homiylik bo‘yicha davlat organi vakili tomonidan tayinlangan vasiy yoki homiyning vasiylikka olinayotganni “Muruvvat” internat uyiga rasmiylashtirish uchun doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshlig‘i nomiga berilgan arizasi;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
“Muruvvat” internat uyiga rasmiylashtirilayotganning pasporti nusxasi;
vasiylikka olinayotganni “Muruvvat” internat uyiga rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berayotgan ota-ona, farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiy pasportining nusxasi;
ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda tomonidan tasdiqlanadigan sog‘liqning holati to‘g‘risidagi tibbiy hujjatlar;
(17-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
pensioner guvohnomasining nusxasi, mavjud bo‘lsa;
“Muruvvat” internat uyiga rasmiylashtirilayotganning 2 ta (6 sm x 4 sm hajmli) fotosurati;
belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning nusxasi;
belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi.
18. “Muruvvat” internat uylariga qabul qilinayotgan har bir shaxs uchun shaxsiy yig‘majild yuritiladi, unga ushbu Nizomning 17-bandida sanab o‘tilgan hujjatlar tikib qo‘yiladi.
Vasiylikka olinganlarning shaxsiy yig‘majildlari “Muruvvat” internat uyi direktorida saqlanadi.
19. Vasiylikka olinganlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni, ularni parvarishlashni yaxshilash hamda ularning ijtimoiy mehnat reabilitatsiyasi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ular saqlash rejimiga (o‘rin - to‘shaklar, kuzatish, saqlashning erkin tartibi), sog‘lig‘i, yoshi va shaxsiy xohishiga muvofiq holda alohida bo‘limlar va xonalar bo‘yicha joylashtiriladi.
III1. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotganlarni “Muruvvat” internat uylariga joylashtirish
191. Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida (keyingi o‘rinlarda reabilitatsiya markazlari deb ataladi) saqlanayotgan mazkur Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan shaxslar “Muruvvat” internat uylariga joylashiriladi.
“Muruvvat” internat uylariga joylashtirish uchun yuborish belgilangan tartibda reabilitatsiya markazi boshlig‘ining buyrug‘i asosida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(191-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
192. Reabilitatsiya markazlaridan “Muruvvat” internat uylariga yuborilayotganlar mazkur Nizomning 13 va 14-bandlarida belgilangan ko‘rsatkichlar bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Tibbiy ko‘rik reabilitatsiya markazlari tibbiyot xodimlari va tegishli mutaxassis shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha yozma xulosa rasmiylashtiriladi.
193. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotganlarni “Muruvvat” internat uylariga joylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
“Muruvvat” internat uyiga rasmiylashtirilayotgan shaxsning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
“Muruvvat” internat uylariga joylashtirilayotgan shaxsning sog‘lig‘i holati bo‘yicha tibbiy xulosa;
hududiy tibbiyot boshqarmasidan olingan ruhiy-asab kasalliklari, silga qarshi kurashish, onkologik hamda teri-tanosil kasalliklari dispansyerlarining xulosalari;
“Muruvvat” internat uyiga joylashtirilayotganning 2 ta (6 sm x 4 sm hajmli) fotosurati;
belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning nusxasi.
Mazkur bandda ko‘rsatilgan barcha hujjatlar reabilitatsiya markazlari tomonidan to‘planadi.
194. Reabilitatsiya markazlarida “Muruvvat” internat uylariga joylashtirilayotgan har bir shaxs uchun ikki nusxada shaxsiy yig‘majild yuritiladi, unga ushbu Nizomning 193-bandida sanab o‘tilgan hujjatlar tikib qo‘yiladi.
“Muruvvat” internat uylariga joylashtirilayotganlarning shaxsiy yig‘majildlari bir nusxasi saqlash uchun “Muruvvat” internat uyi direktoriga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
(III1-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 597-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/597/1600-son)
IV. “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olinganlar
20. “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olinganlarning tibbiy-ijtimoiy ta’minoti to‘liq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi.
21. “Muruvvat” internat uylaridagi vasiylikka olinganlar belgilangan tartibda quyidagilar bilan ta’minlanadi:
inson sha’nini va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy munosabatda bo‘lish;
uzoq qarindoshlar, tanishlar va do‘stlari bilan telefon orqali so‘zlashuvlar yo‘li bilan aloqa bog‘lash, boshqa aloqa vositalari va uchrashuvlar orqali muloqotda bo‘lish, jo‘natmalar, banderollar, buyumlar, xat va telegrammalarni olish va jo‘natish;
bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa buyumlar va tasdiqlangan normalar bo‘yicha yumshoq anjomlar bilan ta’minlanish.
Ehtiyoj bo‘lganda, vasiylikka olinganlar protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan bepul ta’minlanadilar.
22. Vasiylikka olinganlar sog‘liqni saqlash organlari mansabdor shaxslarining, “Muruvvat” internat uylari rahbarlari va xodimlarining qarorlari va xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan shikoyat bildirish huquqiga ega.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
23. Vasiylikka olinganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish “Muruvvat” internat uylarining shtatdagi tibbiy xodimlari tomonidan, zarur hollarda esa — tegishli sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan ta’minlanadi.
Vasiylikka olinganning sog‘lig‘i yomonlashganda yoki u vafot etganda ma’muriyat bu haqda uning qarindoshlari, tanishlari va do‘stlarini zudlik bilan xabardor qiladi.
24. Vafot etgan vasiylikka olinganni dafn etish bilan bog‘liq xarajatlar “Muruvvat” internat uylarining xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablag‘lar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning, qarindoshlarining xayriya ehsonlari hisobiga amalga oshiriladi.
25. Vasiylikka olinganning “Muruvvat” internat uyi hududidan tashqariga chiqishi faqat “Muruvvat” internat uyi rahbariyatining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Vasiylikka olingan o‘zboshimchalik bilan “Muruvvat” internat uyi tashqarisiga chiqqan taqdirda ma’muriyat ushbu holat qayd etilgan vaqtdan boshlab zudlik bilan bu haqda ichki ishlar organlariga, sog‘liqni saqlash organlariga xabar qiladi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
26. Vasiylikka olinganlarning “Muruvvat” internat uylaridan vaqtinchalik ketishiga, vrachning ketish mumkinligi to‘g‘risidagi xulosasini hisobga olgan holda, ko‘pi bilan 1 oy muddatga ruxsat berilishi mumkin. Buning uchun direktorning roziligi bilan, qarindoshlari va boshqa shaxslarning yozma majburiyati mavjud bo‘lishi kerak.
27. Vasiylikka olinganlarni oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal, ashyoviy ta’minotning boshqa buyumlari va yumshoq anjomlar bilan ta’minlash normalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi;
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
28. Qarindoshlar vasiylikka olinganlar bilan biror-bir cheklanishsiz, lekin boshqa vasiylikka olinganlarga zarar yetkazmasdan ko‘rishib turish, shuningdek “Muruvvat” internat uylarining tibbiy-ijtimoiy faoliyati, vasiylikka olinganning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasining borishi bilan tanishish huquqiga ega.
29. “Muruvvat” internat uylarida yashovchi vasiylikka olinganlar ma’muriyat ruxsati bilan o‘zlariga tegishli buyumlardan foydalanishlari mumkin.
30. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari har chorakda “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olinganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan hisobotlar shakllariga muvofiq Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga taqdim etadilar.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
31. Vasiylikka olinganni “Muruvvat” internat uylaridan chiqarish:
tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari ruxsati bilan;
(31-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
turar joy maydoni, yashash uchun mablag‘lar va o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lganda shaxsning shaxsan arizasiga binoan yoki vasiylikka olinganni ta’minlash va zarur darajada parvarishlashga qodir bo‘lgan qarindoshlarining iltimosiga ko‘ra, shuningdek, navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda III guruh nogironligi belgilanganda (mehnat bo‘yicha tavsiyalar mavjud bo‘lganda) amalga oshiriladi.
(31-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
32. “Muruvvat” internat uylaridan chiqarishda vasiylikka olinganga quyidagi hujjatlar beriladi:
“Muruvvat” internat uyida bo‘lganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (tibbiy hujjatlar);
nogironligi bo‘lgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi.
(32-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Ma’lumotnomalarni berish tartibi va shakllari Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilanadi.
(32-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
33. “Muruvvat” internat uyidan ketishda vasiylikka olinganlarga mavsum bo‘yicha ularga birkitilgan kiyim-bosh, ichki kiyimlar, poyafzallar beriladi, shuningdek uning “Muruvvat” internat uyida saqlanayotgan shaxsiy buyumlari qaytarib beriladi.
34. “Muruvvat” internat uyi direktori vasiylikka olinganlarni “Muruvvat” internat uylariga qabul qilish va ulardan chiqarish uchun ushbu Nizom va “Muruvvat” internat uyi ustavi talablariga muvofiq shaxsan javob beradi.
V. Ijtimoiy-psixologik kuzatuvni tashkil etish
35. Vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamni amalga oshirish maqsadida “Muruvvat” internat uylarida tibbiy-psixologik komissiya (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) tashkil etiladi. Komissiya “Muruvvat” internat uyining mutaxassis xodimlaridan iborat bo‘ladi. Komissiya tarkibi “Muruvvat” internat uyi direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga majburiy tartibda komissiyani boshqaradigan “Muruvvat” internat uyining direktori, “Muruvvat” internat uyi direktorining tibbiy bo‘lim bo‘yicha o‘rinbosarlari, vrach-psixiatr kiradi.
36. Komissiya:
vasiylikka olinganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
tashxis, psixologik-profilaktik, korreksiya, maslahat va reabilitatsiya ishlarini amalga oshiradi;
vasiylikka olinganlarning ota-onasi (qarindoshlari) yoki ularning o‘rnini bosuvchilar bilan maslahat va reabilitatsiya ishlarini bajaradi.
37. Komissiya a’zolari:
tibbiy-ijtimoiy-psixologik muammolar tashxisi;
nogironligi bo‘lgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha ish olib boradilar.
(37-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
VI. “Muruvvat” internat uylari faoliyatini tashkil etish
38. Xodimlarni ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
39. Tibbiy xizmat ko‘rsatish “Muruvvat” internat uylarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, ular (ma’muriyat bilan bir qatorda) vasiylikka olinganlarning sog‘lig‘i, ovqatlanish rejimi va sifati, davolash-profilaktika tadbirlarining o‘tkazilishi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi uchun javob beradilar. “Muruvvat” internat uylarida davolash-maslahat yordami va o‘tkazilgan davolash-profilaktika tadbirlarini tahlil qilish tegishli sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
40. “Muruvvat” internat uylarida psixologik ta’minot Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
41. “Muruvvat” internat uylarining ma’muriyati “Muruvvat” internat uylari mutaxassis xodimlarining kasbiy mahorati doimiy takomillashtirib borilishi uchun javob beradi.
42. “Muruvvat” internat uylarining xodimlari quyidagilarga majbur:
ushbu Nizom normalariga va ichki mehnat tartib-qoidalariga, kasbiy axloq-odobga qat’iy amal qilish;
vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamning, ijtimoiy-psixologik va tibbiy kuzatib borishning yuqori samaradorligini ta’minlash;
o‘z kasb malakasini muntazam oshirib borish.
43. “Muruvvat” internat uylarining xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
“Muruvvat” internat uyini boshqarishda ushbu Nizomda belgilangan tartibda qatnashish;
kasb sha’nini va qadr-qimmatini himoya qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga ega bo‘lish.
44. “Muruvvat” internat uylari xodimlari va rahbarlarining lavozim huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari, ushbu Nizom, shuningdek “Muruvvat” internat uylari ustavlari bilan belgilanadi.
VII. “Muruvvat” internat uylarini boshqarish
45. “Muruvvat” internat uylarini boshqarish demokratiya, oshkoralik tamoyillari bo‘yicha va “Muruvvat” internat uyi jamoasining jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorligi asosida amalga oshiriladi.
46. “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olinganlarni ta’minlashning maxsus shart-sharoitlari ta’minlanadi, ular quyidagilarni nazarda tutadi:
hududni himoya qilish;
vasiylikka olinganlarni ham bir-birlarining, ham atrofdagilarning salbiy ta’siridan yuqori darajada himoya qilish;
uning hududidan tashqariga erkin chiqishni cheklash;
vasiylikka olinganlarni, shu jumladan uxlash uchun ajratilgan vaqtda ham — butun sutka davomida nazorat qilish.
47. “Muruvvat” internat uyiga bevosita rahbarlikni oliy ma’lumotga ega bo‘lgan direktor amalga oshiradi. Direktor lavozimiga tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
48. “Muruvvat” internat uyi direktori bu yerdagi tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishning ahvoli uchun to‘liq javob beradi.
49. “Muruvvat” internat uyi direktori:
“Muruvvat” internat uyi nomidan ish ko‘radi va uning manfaatlarini ifodalaydi;
“Muruvvat” internat uyi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
qonun hujjatlarida va “Muruvvat” internat uyi ustavida belgilangan tartibda “Muruvvat” internat uyi mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;
o‘z o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini va javobgarlik darajasini belgilaydi;
o‘z vakolatlari doirasida “Muruvvat” internat uyining barcha xodimlari va vasiylikka olinganlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
tegishli organlarga ko‘rib chiqish uchun “Muruvvat” internat uyining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, malakali kadrlar bilan ta’minlash va “Muruvvat” internat uyi faoliyatining boshqa masalalari bo‘yicha takliflar kiritadi hamda xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
tegishli buyruq chiqarish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar yo‘li bilan rag‘batlantirish va intizomiy tanbeh berish choralarini amalga oshiradi.
VIII. Moliya-xo‘jalik faoliyati
50. “Muruvvat” internat uylarining xonalari texnika xavfsizligi qoidalariga va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq jihozlanadi va ulardan foydalaniladi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
51. “Muruvvat” internat uylari faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
52. “Muruvvat” internat uylari belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
53. Bunda “Muruvvat” internat uylariga har oyda Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga xayriya ehsonlari tarzida tushgan mablag‘larning bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarini tovarlar xarid qilish va xizmatlarga doir kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda to‘lash uchun (G‘aznachilik organlarida ularning yuridik va moliyaviy majburiyatlarini hisobga olmasdan) ular uchun tijorat banklarida ochiladigan kartochka hisob raqamlariga o‘tkazishga ruxsat beriladi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
54. Shtatlar jadvali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
55. “Muruvvat” internat uylari qonun hujjatlarida belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
56. “Muruvvat” internat uylarining moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
“Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uylari to‘g‘risida
nizom
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining (keyingi o‘rinlarda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi deb ataladi) “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uylarini (keyingi o‘rinlarda “Muruvvat” bolalar internat uylari deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
2. “Muruvvat” bolalar internat uylari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor bo‘lgan, 4 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar (keyingi o‘rinlarda vasiylikka olinuvchilar deb ataladi) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
3. “Muruvvat” bolalar internat uylari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining buyruqlariga, boshqa qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga, shuningdek o‘z ustavlariga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
4. “Muruvvat” bolalar internat uylari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining Maxsus komissiyasi tomonidan, belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. “Muruvvat” bolalar internat uylarini tugatishda vasiylikka olinganlarni Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining Maxsus komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda boshqa “Muruvvat” bolalar internat uylariga o‘tkazish ta’minlanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
“Muruvvat” bolalar internat uylari huzurida tasdiqlangan koyka fondi doirasidagi bo‘sh o‘rinlar hisobiga nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarishlash guruhlari tashkil etilishi mumkin.
“Muruvvat” bolalar internat uylarida bo‘sh o‘rinlar mavjudligi to‘g‘risidagi axborot “Muruvvat” bolalar internat uylarining rasmiy veb-saytlarida, shuningdek ularning ma’muriy binosida ko‘rinarli joylardagi stendlarda yoki boshqa texnik vositalarda e’lon joylashtirish yo‘li bilan manfaatdor shaxslar, shu jumladan ota-onalar, farzandlikka oluvchi, homiy yoki vasiy e’tiboriga yetkaziladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
5. “Muruvvat” bolalar internat uylari ustavlari Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
6. “Muruvvat” bolalar internat uylari faoliyatini muvofiqlashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
7. “Muruvvat” bolalar internat uylaridagi o‘rinlar soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishib, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, majburiy rioya etgan holda, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
8. “Muruvvat” bolalar internat uylari davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxslar hisoblanadi, o‘z ustaviga, mustaqil balansiga, g‘aznachilikning tegishli hududiy bo‘linmalarida shaxsiy hisob raqamiga va bankda valyuta hisob raqamiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega bo‘ladi.
“Muruvvat” bolalar internat uylari tumanlar (shaharlar) hokimliklarida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
II. “Muruvvat” bolalar internat uylarining asosiy vazifalari
9. Quyidagilar “Muruvvat” bolalar internat uylarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
vasiylikka olinganlarni ta’minlash, ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ularni sog‘lomlashtirish va qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy-ijtimoiy yordam olishlariga ko‘maklashadigan sharoitlar yaratish;
vasiylikka olinganlarning qonuniy huquq va manfaatlari ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, ularning sog‘lig‘ini muhofaza qilishni ta’minlash;
dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash tizimining yuqori malakali mutaxassislarini jalb etgan holda ularni har yili 2-marta dispanserizatsiyadan o‘tkazish, rejali sog‘lomlashtirish, muhtoj bo‘linganda ularni ixtisoslashtirilgan statsionarlarda davolash, vasiylikka olinganlarni tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari (eshitish apparatlari, nogironlar aravachalari, hassa va qo‘ltiqtayoqlar) bilan ta’minlash;
sanitariya-epidemiyaga qarshi va madaniy-ma’rifiy, shuningdek vasiylikka olinganlarni muntazam mehnat qilishga o‘rgatishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan o‘quv dasturi doirasida ularni ta’lim va mehnat ko‘nikmalariga o‘qitish;
oilalarda yashaydigan, ruhiy buzilishi namoyon yoki sezilarli namoyon bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalarga kunduzgi parvarish qilish guruhlarida kompleks tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish va ular uchun o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish.
(9-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
vasiylikka olinganlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, tarbiya-ta’lim ishlarining zamonaviy shakllari va metodlarini joriy etish hamda ulardan foydalanish.
III. Vasiylikka olinganlarni “Muruvvat” bolalar internat uylariga qabul qilish
10. “Muruvvat” bolalar internat uylariga tashhislari quyidagicha bo‘lgan vasiylikka olinadiganlar qabul qilinadi:
mo‘tadil darajadagi aqliy zaiflik;
og‘ir darajadagi aqliy zaiflik;
chuqur darajadagi aqliy zaiflik;
bolalarni ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga qabul qilishga to‘sqinlik qiluvchi gemiparez, paraparez va tetraparez asoratlari bo‘lgan mo‘tadil darajadagi aqliy zaif bolalar tserebral falajligi;
intellektning qo‘pol buzilishiga olib kelgan bolalar shizofreniyasi;
demensiya.
Qabul qilish bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
11. Quyidagilar “Muruvvat” bolalar internat uylariga yuborishga qarshi ko‘rsatkichlar hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
tez-tez, har oyda 5-martadan ko‘p tutqanoq hurujlari sodir bo‘ladigan epilepsiya, seriyali tutqanoq hurujlariga, epileptik statusga, nomozshomsimon ong xiralashish holatlariga, disforiyalarga moyillik;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
bemorning o‘zi va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan qo‘pol va hulqiy buzilishlar sabab bo‘ladigan ruhiy kasalliklar;
ular bilan kasallanganda bolani umumta’lim yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qitish mumkin bo‘lgan har qanday ruhiy kasalliklar.
12. Quyidagilar “Muruvvat” bolalar internat uylariga qabul qilishga qarshi umumiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi:
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
yuqumli teri va soch kasalliklari;
o‘tkir yuqumli kasalliklar;
salbiy jarayondagi, yomon holatda o‘tadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
tanosil kasalliklari.
(12-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
“Muruvvat” bolalar internat uylariga qabul qilish chog‘ida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan shaxslar sog‘liqni saqlash muassasalariga yuboriladi.
13. “Muruvvat” bolalar internat uylariga yuborish, shuningdek, bittasidan ikkinchisiga o‘tkazish Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari boshlig‘ining belgilangan tartibda qabul qilingan buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
14. “Muruvvat” bolalar internat uylariga rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ota-onaning, farzandlikka oluvchining, vasiylik va homiylik bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tayinlangan vasiy yoki homiyning vasiylikka olinayotganni “Muruvvat” bolalar internat uyiga rasmiylashtirish uchun doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshlig‘i nomiga berilgan arizasi, kunduzgi parvarishlash guruhiga ega — “Muruvvat” bolalar internat uyi direktori nomiga arizasi;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
“Muruvvat” bolalar internat uyiga rasmiylashtirilayotganning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi (16 yoshdan katta shaxslar uchun — pasportining nusxasi);
vasiylikka olinayotganni “Muruvvat” bolalar internat uyiga rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berayotgan ota-ona, farzandlikka oluvchi, vasiy yoki homiy pasportining nusxasi;
ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan sog‘liqning holati to‘g‘risidagi tibbiy hujjatlar.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
141. Nogiron bolalarni nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarishlash guruhiga qabul qilishda ota-onalar (vasiylar yoki homiylar, farzandlikka oluvchilar) va “Muruvvat” bolalar internat uyi direktori o‘rtasida beg‘araz shartnoma tuziladi, unda tomonlarning huquq va majburiyatlari ko‘rsatiladi.
(141-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Shartnomada quyidagilar belgilanadi:
ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ro‘yxati;
“Muruvvat” bolalar internat uylari mutaxassislari tomonidan kunduzgi parvarishlash guruhi negizida o‘tkaziladigan tadbirlar;
ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar yoki homiylar tomonidan uy sharoitlarida o‘tkaziladigan tadbirlar.
(141-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qaroriga asosan bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
15. “Muruvvat” bolalar internat uylariga yuborilayotgan yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar uchun ushbu Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari, quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:
tuman (shahar) hokimining homiylikni belgilash to‘g‘risidagi qarori nusxasi;
ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ota-onasi pasportlarining yoki ularning vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxasi, sudning hukmlari yoki qarorlari, ota-onasining uzoq davom etgan kasalligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va ota-onasining yo‘qligini yoki ularning o‘z farzandlarini tarbiyalashga iloji yo‘qligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
yaqin qarindoshlarining mavjudligi, agar ular bo‘lsa — ularning yashash joylari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
vasiylikka olinganning ota-onasidan keyin qolgan mol-mulkining (agar bor bo‘lsa) ro‘yxati, ro‘yxatda uning qayerdaligi, uni saqlash uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar va uning saqlanishi uchun javob beradigan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi;
vasiylikka olinganga birkitilgan uy-joy maydoni to‘g‘risidagi hujjatlar (order, uy daftari, uy-joy rejasi nusxasi, tuman (shahar) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining uy-joy egasi va uning xususiylashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
(15-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
sudning vasiylikka olingan foydasiga alimentlar undirish to‘g‘risidagi qarori nusxasi, agar bor bo‘lsa — omonat daftarchasi.
16. “Muruvvat” bolalar internat uylarining vasiylikka olinganlari, jinsi, jismoniy holati, aqliy zaiflik darajasi, shuningdek yoshi hisobga olingan holda, quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
yotadiganlar guruhlari (yoshi va jinsidan qat’i nazar, harakatlanish funksiyasi kuchli buzilgan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar);
emaklovchilar guruhlari (yoshi va jinsidan qat’i nazar, harakatlanish funksiyasi cheklangan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar);
aralash guruhlar — 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan va 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida-alohida guruhlar.
Guruhlardagilar soni — 5-6 nafardan bo‘lishi kerak.
(16-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
17. Bundan tashqari, “Muruvvat” bolalar internat uylaridagi barcha vasiylikka olinganlar, mehnat ko‘nikmalarini egallash imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularning intellektual rivojlanishiga muvofiq ravishda tarbiyalash guruhlariga bo‘linadi.
Mehnatga o‘rgatiladigan bolalar guruhiga quyidagilar kiradi:
mehnatga o‘rgatishga tayyorlash guruhi;
mehnatga o‘rgatish guruhi.
Mehnatga o‘rgatish guruhlaridagilar soni — 5-6 kishidan bo‘lishi kerak.
18. Yakka tartibdagi dastur bo‘yicha guruhlardagi vasiylikka olinganlarni har bir bolaning imkoniyati va ehtiyojlariga qarab belgilash faqat xalq ta’limi organlari huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasi asosida amalga oshiriladi.
IV. “Muruvvat” bolalar internat uylarida vasiylikka olinganlar
19. “Muruvvat” bolalar internat uylarida vasiylikka olinganlarni tibbiy-ijtimoiy ta’minlash, tarbiyalash, o‘qitish, mehnat ko‘nikmalariga o‘rgatish to‘liq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi.
Kunduzgi parvarishlash guruhiga qabul qilingan nogironligi bo‘lgan bolalar to‘liq davlat ta’minotida bo‘lmaydi, shu sababli ularga tayinlangan pensiya va nafaqalar to‘liq hajmda to‘lanadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
20. “Muruvvat” bolalar internat uylaridagi vasiylikka olinganlar belgilangan tartibda quyidagilar bilan ta’minlanadi:
inson sha’nini va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy munosabatda bo‘lish;
uzoq qarindoshlar, tanishlar va do‘stlari bilan telefon orqali so‘zlashuvlar yo‘li bilan aloqa bog‘lash, boshqa aloqa vositalari va uchrashuvlar orqali muloqotda bo‘lish, jo‘natmalar, banderollar, buyumlar, xat va telegrammalarni olish va jo‘natish;
bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, boshqa buyumlar va tasdiqlangan normalar bo‘yicha yumshoq anjomlar bilan ta’minlanish.
Ehtiyoj bo‘lganda, vasiylikka olinganlar protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan bepul ta’minlanadilar.
201. Nogironligi bo‘lgan bolalarni kunduzi parvarishlash haftasiga besh marta (dushanba-juma kunlari) soat 9 dan 17 gacha amalga oshiriladi.
(201-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Vasiylikka olinganlarning kunduzgi parvarishlash guruhida bo‘lishi ichki tartib-qoidalar bilan tartibga solinadi va “Muruvvat” bolalar internat uyi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(201-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qaroriga asosan bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
21. Ota-onalar, vasiylar yoki homiylar sog‘liqni saqlash organlari mansabdor shaxslarining, “Muruvvat” bolalar internat uylari rahbarlari va xodimlarining qarorlari va xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan shikoyat bildirish huquqiga ega.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
22. Tarbiyalanuvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatish “Muruvvat” bolalar internat uylarining shtatdagi tibbiy xodimlari tomonidan, zarur hollarda esa — tegishli sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan ta’minlanadi.
Vasiylikka olinganning sog‘lig‘i yomonlashganda yoki u vafot etganda ma’muriyat bu haqda uning ota-onasini yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarni, vasiylarini, qarindoshlarini, ular bo‘lmaganda esa — vasiylikka olinganning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini zudlik bilan xabardor qiladi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar vafot etgan taqdirda vasiylikka olinganlar fiziologik imkoniyatlariga va sog‘lig‘ining holatiga muvofiq, ularni dafn etishda qatnashish, ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchilar og‘ir kasallanganda esa — ularni borib ko‘rish huquqiga ega. Yo‘l xarajatlari “Muruvvat” bolalar internat uylari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
23. Vafot etgan vasiylikka olinganni dafn etish bilan bog‘liq xarajatlar “Muruvvat” bolalar internat uylarining xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablag‘lar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning, qarindoshlarining xayriya ehsonlari hisobiga amalga oshiriladi.
24. Vasiylikka olinganning “Muruvvat” bolalar internat uyi hududidan tashqariga chiqishi faqat direktorning ruxsati bilan, xodimlarning yoki ota-onaning yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning hamrohligida amalga oshiriladi.
Vasiylikka olingan o‘zboshimchalik bilan “Muruvvat” bolalar internat uylari tashqarisiga chiqqan taqdirda ma’muriyat zudlik bilan bu haqda uning ota-onasiga yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga, vasiylikka olinganning yashash va boradigan joyidagi ichki ishlar organlariga, sog‘liqni saqlash organlariga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga xabar qiladi hamda birgalikda uni topish va qaytarib olib kelish chora-tadbirlarini ko‘radi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
25. Vasiylikka olinganlarning “Muruvvat” bolalar internat uylaridan vaqtinchalik ketishiga, vrachning ketish mumkinligi to‘g‘risidagi xulosasini hisobga olgan holda, ko‘pi bilan 1 oy muddatga ruxsat berilishi mumkin. Buning uchun direktorning roziligi bilan, ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, qarindoshlari yoxud boshqa shaxslarning yozma majburiyati mavjud bo‘lishi kerak.
26. Vasiylikka olinganlarni oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va ashyoviy ta’minotning boshqa buyumlari hamda yumshoq anjomlar bilan ta’minlash normalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Kunduzgi parvarishlash guruhidagi nogironligi bo‘lgan bolalar “Muruvvat” bolalar internat uylari uchun ovqatlanish normalariga muvofiq uch marta ovqatlantirish bilan ta’minlanadilar.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
27. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar vasiylikka olinganlar bilan biror-bir cheklashlarsiz ko‘rishib turish, “Muruvvat” bolalar internat uylarining tibbiy-ijtimoiy faoliyati, farzandlarining tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasining borishi bilan tanishish huquqiga ega.
28. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari har chorakda “Muruvvat” bolalar internat uylarining vasiylikka olinganlari va kunduzgi parvarishlash guruhidagi nogironligi bo‘lgan bolalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan hisobotlar shakllariga muvofiq Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga taqdim etadilar.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
29. Vasiylikka olingan 18 yoshga to‘lganda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilanadigan tartibda “Muruvvat” internat uyiga o‘tkaziladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Mehnat ko‘nikmalari olishgan vasiylikka olinganlar tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining nogironlikning III guruhini belgilash to‘g‘risidagi xulosasi asosida (mehnat tavsiyalari mavjud bo‘lgan taqdirda) ota-onasi (vasiylari) huzurida doimiy yashash uchun ro‘yxatdan chiqariladi, yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar esa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uy-joylar bilan ta’minlanadilar.
30. “Muruvvat” bolalar internat uylaridan chiqarishda vasiylikka olinganlarga quyidagi hujjatlar beriladi:
“Muruvvat” bolalar internat uyida bo‘lganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (tibbiy hujjatlar);
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nogironligi bo‘lgan bolaga (bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalardan tashqari) ijtimoiy nafaqa to‘lash to‘g‘risidagi guvohnoma — mavjud bo‘lganda;
(30-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
xalq ta’limi organlari huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasi;
nogironligi bo‘lgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi.
(30-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Ma’lumotnomalarni berish tartibi va shakllari O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilanadi.
(30-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
“Muruvvat” bolalar internat uylarining vasiylikka olinganlarini ro‘yxatdan chiqarishda (mavjud bo‘lsa) uning mol-mulkka, pul mablag‘lariga (ilgari u yoki uning ota-onasi egallagan) uy-joy maydoniga huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, pensiya va omonat daftarchasi hamda boshqa hujjatlar ham beriladi.
Bundan tashqari, vasiylikka olinganlarga 2 komplekt ichki kiyimlar, kiyim-bosh va poyabzal beriladi.
31. “Muruvvat” bolalar internat uyi direktori vasiylikka olinganlarni “Muruvvat” bolalar internat uylariga qabul qilish va ulardan chiqarish uchun ushbu Nizom va “Muruvvat” bolalar internat uyi ustavi talablariga muvofiq shaxsan javob beradi.
V. “Muruvvat” bolalar internat uylarida tarbiya-ta’lim jarayonini tashkil etish
32. Vasiylikka olinganlarni ta’minlash, tarbiyalash va o‘qitish tartibi ularning individual xususiyatlari, yoshi, jinsi, ruhiy va jismoniy holatini hisobga olgan holda belgilanadi.
Maishiy shart-sharoitlar reabilitatsiya jarayoniga ko‘maklashishi, vasiylikka olingandagi emotsional zo‘riqishni yo‘qotish uchun sharoitlar yaratishi kerak.
33. Vasiylikka olinganlarni o‘qitishning maxsus dasturi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarga o‘rgatish “Muruvvat” bolalar internat uyi tarbiyachilari tomonidan, zarurat bo‘lganda esa, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, shuningdek sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport muassasalari va boshqa tashkilotlar pedagoglarini jalb etgan holda amalga oshiriladi.
34. Ta’limning har bir bosqichida o‘qitish yoshi va davomiyligi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan belgilanadi. Har bir bosqichdagi o‘qitishning davomiyligi to‘g‘risidagi qaror “Muruvvat” bolalar internat uylarining tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
35. Vasiylikka olinganlarning tarbiya-ta’lim jarayoni yakka tartibdagi maxsus dasturlar bo‘yicha, ularning rivojlanishidagi nuqsonlarga muvofiq ravishda tashkil etiladi.
36. Tibbiy-pedagogik asoslash bilan ta’minlangan kun tartib-qoidalari ta’lim, mehnat, hordiq va turli tadbirlarni uyg‘unlashtirgan holda amalga oshiriladi, nogironligi bo‘lgan bolalar hayot faoliyatini cheklash darajasini hisobga olgan holda tuziladi.
(36-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Vasiylikka olinganlarning mehnat tarbiyasi o‘qitishni mehnat ko‘nikmalariga ega bo‘lish bilan uyg‘unlashtirish asosida ushbu “Muruvvat” bolalar internat uyining tibbiy-reabilitatsiya komissiyasi tomonidan tuzilgan nogironligi bo‘lgan bolani rivojlantirish va reabilitatsiya qilish yakka tartibdagi dasturiga muvofiq, tibbiy ko‘rsatkichlar va pedagogik tavsiyalarni hisobga olgan holda, ularning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida amalga oshiriladi.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
VI. Ijtimoiy-psixologik va pedagogik kuzatuvni tashkil etish
37. Vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik yordamni amalga oshirish maqsadida “Muruvvat” bolalar internat uylarida tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) tashkil etiladi. Komissiya “Muruvvat” bolalar internat uyining mutaxassis xodimlaridan iborat bo‘ladi. Komissiya tarkibi “Muruvvat” bolalar internat uyi direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga komissiyani boshqaradigan “Muruvvat” bolalar internat uyining direktori, “Muruvvat” bolalar internat uyi direktorining tibbiy bo‘lim bo‘yicha va o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, vrach-psixiatr, vrach-pediatr kiradi.
38. Komissiya:
vasiylikka olinganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
tashxis, psixologik-profilaktik, korreksiya, maslahat va reabilitatsiya ishlarini amalga oshiradi;
“Muruvvat” bolalar internat uyining tarbiyachilari, pedagoglari, ma’muriyati va boshqa xodimlari bilan psixologik-profilaktika, maslahat, ta’lim (seminarlar, treninglar) ishlarini olib boradi;
vasiylikka olinganlarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchilar bilan maslahat va reabilitatsiya ishlarini bajaradi.
39. Komissiya a’zolari:
vasiylikka olinganlarning “Muruvvat” bolalar internat uyidagi hayotga moslashish uchun zarur bo‘ladigan imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish;
vasiylikka olinganlarni rivojlantirishning tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik muammolari tashxisi;
vasiylikka olinganlarni rivojlantirish va reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha ish olib boradilar.
VII. “Muruvvat” bolalar internat uylari faoliyatini tashkil etish
40. “Muruvvat” bolalar internat uylariga ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
41. Tibbiy xizmat ko‘rsatish “Muruvvat” bolalar internat uylarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, ular (ma’muriyat bilan bir qatorda) vasiylikka olinganlarning sog‘lig‘i, jismoniy rivojlanishi, ovqatlanish rejimi va sifati, davolash-profilaktika tadbirlarining o‘tkazilishi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi uchun javob beradilar. “Muruvvat” bolalar internat uylarida davolash-maslahat yordami va o‘tkazilgan davolash-profilaktika tadbirlarini tahlil qilish tegishli sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
42. “Muruvvat” bolalar internat uylarida psixologik ta’minot O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
43. “Muruvvat” bolalar internat uylarining ma’muriyati “Muruvvat” bolalar internat uylari mutaxassis xodimlarining kasbiy mahorati doimiy takomillashtirib borilishi uchun javob beradi.
44. “Muruvvat” bolalar internat uylarining xodimlari quyidagilarga majbur:
ushbu Nizom normalariga va ichki mehnat tartib-qoidalariga, kasbiy axloq-odobga qat’iy amal qilish;
vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamning, ijtimoiy-psixologik va tibbiy kuzatib borishning yuqori samaradorligini ta’minlash;
o‘z kasb malakasini muntazam oshirib borish.
45. “Muruvvat” bolalar internat uylarining xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
“Muruvvat” internat uylarini boshqarishda ushbu Nizomda belgilangan tartibda qatnashish;
kasb sha’nini va qadr-qimmatini himoya qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga ega bo‘lish.
46. “Muruvvat” bolalar internat uylari xodimlari va rahbarlarining lavozim huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari, ushbu Nizom, shuningdek “Muruvvat” bolalar internat uyi ustavi bilan belgilanadi.
VIII. “Muruvvat” bolalar internat uylarini boshqarish
47. “Muruvvat” bolalar internat uylarini boshqarish demokratiya, oshkoralik tamoyillari bo‘yicha va “Muruvvat” bolalar internat uyi jamoasining jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorligi asosida amalga oshiriladi.
48. “Muruvvat” bolalar internat uylarida vasiylikka olinganlarni ta’minlashning maxsus shart-sharoitlari ta’minlanadi, ular quyidagilarni nazarda tutadi:
hududni himoya qilish;
vasiylikka olinganlarni ham bir-birlarining, ham atrofdagilarning salbiy ta’siridan yuqori darajada himoya qilish;
uning hududidan tashqariga erkin chiqishni cheklash;
vasiylikka olinganlarni, shu jumladan uxlash uchun ajratilgan vaqtda ham — butun sutka davomida nazorat qilish.
49. “Muruvvat” bolalar internat uyiga bevosita rahbarlikni oliy ma’lumotga ega bo‘lgan direktor amalga oshiradi. Direktor lavozimiga tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
50. “Muruvvat” bolalar internat uyi direktori bu yerdagi tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishning ahvoli uchun to‘liq javob beradi.
51. “Muruvvat” bolalar internat uyi direktori:
“Muruvvat” bolalar internat uyi nomidan ish ko‘radi va uning manfaatlarini ifodalaydi;
“Muruvvat” bolalar internat uyi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
qonun hujjatlarida va “Muruvvat” bolalar internat uyi ustavida belgilangan tartibda “Muruvvat” bolalar internat uyi mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;
o‘z o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini va javobgarlik darajasini belgilaydi;
o‘z vakolatlari doirasida “Muruvvat” bolalar internat uyining barcha xodimlari va vasiylikka olinganlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
tegishli organlarga ko‘rib chiqish uchun “Muruvvat” bolalar internat uyining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni, tarbiya va ta’lim ishlarini takomillashtirish, malakali kadrlar bilan ta’minlash va “Muruvvat” bolalar internat uyi faoliyatining boshqa masalalari bo‘yicha takliflar kiritadi hamda xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
tegishli buyruq chiqarish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar yo‘li bilan rag‘batlantirish va intizomiy tanbeh berish choralarini amalga oshiradi.
IX. Moliya-xo‘jalik faoliyati
52. “Muruvvat” bolalar internat uylarining xonalari texnika xavfsizligi qoidalariga va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq jihozlanadi va ulardan foydalaniladi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
53. “Muruvvat” bolalar internat uylari faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
54. “Muruvvat” bolalar internat uylari belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
55. Budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda “Muruvvat” bolalar internat uylariga har oyda Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga xayriya ehsonlari tarzida tushgan mablag‘larning bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarini tovarlar xarid qilish va xizmatlarga doir kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda to‘lash uchun (G‘aznachilik organlarida ularning yuridik va moliyaviy.
(55-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
56. Shtatlar jadvali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
57. “Muruvvat” bolalar internat uylari qonun hujjatlarida belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
58. “Muruvvat” bolalar internat uylarining moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish belgilangan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar to‘g‘risida
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining (keyingi o‘rinlarda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi deb ataladi) keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarini (keyingi o‘rinlarda sanatoriylar deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyati tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
2. Sanatoriylar keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylarini (keyingi o‘rinlarda dam oluvchilar deb ataladi) sog‘lomlashtirish va ularning dam olishi uchun mo‘ljallangan davlat davolash-profilaktika muassasalari hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
3. Sanatoriylar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining buyruqlariga, boshqa qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga, shuningdek o‘z ustavlariga amal qiladilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
4. Sanatoriylar, respublika sanatoriylaridan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. Respublika sanatoriylari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Sanatoriylarning, shu jumladan respublika sanatoriylarining ustavlari Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
5. Sanatoriylar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
6. Nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksalarni bepul sanatoriy-kurort yo‘llanmalari bilan ta’minlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
7. Sanatoriylar davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxslar hisoblanadi, o‘z ustaviga, mustaqil balansiga, g‘aznachilikning tegishli hududiy bo‘linmasida shaxsiy hisob raqamiga va bankda valyuta hisob raqamiga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega bo‘ladi.
Sanatoriylar tumanlar (shaharlar) hokimliklarida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
II. Sanatoriylarning asosiy vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar sanatoriylarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
davolash-reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatishga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va ularning xalqaro darajasini ta’minlash yo‘li bilan tibbiyot fani va amaliyotining zamonaviy talablarini hisobga olgan holda dam oluvchilarni to‘laqonli sanatoriy-kurortda davolash, sog‘lomlashtirish va ularning dam olishini tashkil etish;
dam oluvchilarni sog‘lomlashtirishda tabiiy davolash omillaridan eng yuqori darajada foydalanish;
sanatoriy faoliyatini tashkil etishning bozor mexanizmlarini qo‘llash;
dam oluvchilarga ko‘rsatiladigan sanatoriy-kurort xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish;
moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, dam oluvchilar uchun eng yuqori darajada sog‘lomlashtiruvchi natijani ta’minlash imkonini beradigan sanatoriylar faoliyat ko‘rsatishi darajasiga erishish.
9. Sanatoriylar o‘zlariga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
dam oluvchilarni shinam, yashash uchun qulay turli toifalardagi xonalarga joylashtirishni tashkil etadi;
dam oluvchilarning o‘z sog‘lig‘i holatidan xabardorligini, kasalliklar yuzaga kelishi tavakkalchiligi omillari mavjudligini, ularni bartaraf etish usullarini va organizmning fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tiklovchi tibbiyotning zamonaviy tibbiy texnologiyalariga asoslanadigan kasalliklar profilaktikasini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi, dam oluvchilarni o‘zini o‘zi nazorat qilish usullariga o‘qitadi;
dam oluvchilarga zamonaviy tibbiyot apparatlari, asbob-uskunalar va anjomlar bilan jihozlangan davolash, diagnostika, fizioterapevtik, muolaja xonalari va boshqa xonalarni taqdim etadi;
sog‘liqni tuzatishning kompleks avtomatlashtirilgan usullari negizida tiklovchi tibbiyotning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
dam oluvchilarni oqilona va muvozanatli ovqat bilan ta’minlaydi, dam oluvchilarning tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha parhezli ovqatlanishini tashkil etadi;
jismoniy tarbiya va sport bilan fiziologik asoslangan mashg‘ulot olib borish, dam oluvchilarda jismoniy yuklamaga moyillik va moslashish darajasini bosqichma-bosqich oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, maqbul harakatlanish faolligi ko‘nikmalarini singdiradi;
zararli odatlardan voz kechishni hamda bexatar xulq-atvor haqidagi bilimlar, ko‘nikmalar va andozalar shakllantirilishini taqozo etadigan muhit, sog‘lom turmush tarzining ruhiy dominantlari yaratilishini ta’minlaydi;
kishi sog‘lom turmush tarziga rioya qilganda organizmning funksional rezervlari ko‘rsatkichlari dinamikasini aks ettirish maqsadida dam oluvchining sog‘lig‘i “pasporti”ni shakllantirish va yuritishni tashkil etadi;
dam oluvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilishga, ularni estetik kamolga yetkazishga yo‘naltirilgan turli madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar tizimini ishlab chiqadi;
musiqiy, raqsli, ko‘ngilochar dasturlar o‘tkazilishini, tomosha tadbirlariga borishni, O‘zbekiston Respublikasidagi tarixiy obyektlarga va boshqa obyektlarga ekskursiyalarni tashkil etadi;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturiga o‘zgartirishlar kiritadi, sanatoriylar sharoitida sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlar turlari, shakllari, muddatlari va hajmini belgilaydi;
(9-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
dam oluvchilar orasida kasallanish holati va sabablarini o‘rganadi, davolash-profilaktika muassasalari bilan birgalikda keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar profilaktikasi va ularni sog‘lomlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashadi, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda sog‘liqni saqlash organlariga sog‘lomlashtirish va kasalliklar profilaktikasining dolzarb masalalari bo‘yicha axborot taqdim etadi;
(9-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
rejali sanitariya-epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazadi;
davolash-profilaktika muassasalari, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar shu’balari bilan birgalikda seminarlar, konferensiyalar hamda boshqa tadbirlarni tashkil etadi va o‘tkazadi;
(9-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
qonun hujjatlariga muvofiq va smetada nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida xo‘jalik faoliyatini, sanatoriylarning kapital qo‘yilmalari bo‘yicha joriy sarflar va xarajatlarni amalga oshiradi;
binolar, inshootlar, muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarini, asbob-uskunalar va anjomlarga ega bo‘lgan boshqa obyektlarni joriy saqlash, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlashni, shuningdek xodimlarning sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini, buxgalteriya hisobi to‘g‘ri yuritilishini va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hisobotning o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlaydi;
dam oluvchilar va sanatoriylarga keluvchilarga telefon aloqasi xizmatlari, maishiy xizmatlar ko‘rsatadi;
yilning har choragida sanatoriylarning faoliyati, sog‘lomlashtirishning moddiy-texnika bazasi to‘g‘risidagi hisobotni Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga taqdim etadi;
(9-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
10. Tibbiyot xodimlari tarkibini tayyorlash tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga muvofiq amalga oshiriladi.
Malaka toifalarini berish (tasdiqlash) belgilangan tartibda amalda oshiriladi.
11. Sanatoriylar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pulli xizmatlar ko‘rsatishi ham mumkin.
12. Sanatoriylarning asosiy fondlarini qurish, rekonstruksiya qilish, shuningdek mukammal va joriy ta’mirlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
13. Dam oluvchilarni oziq-ovqat va yumshoq anjomlar bilan ta’minlash normalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
III. Sanatoriylarning huquqlari va javobgarligi
14. Sanatoriylar quyidagi huquqlarga ega:
davolash-profilaktika muassasalari, sog‘liqni saqlash organlaridan sanatoriylarning ishlari uchun zarur bo‘lgan, shu jumladan dam oluvchilarning kasalliklari xususiyati va kechishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
davolash-profilaktika muassasalariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga dam oluvchilarning kasalliklari profilaktikasi va ularni sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha tavsiyalar berish;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga sanatoriylarning ishlarini yaxshilash, dam oluvchilarning kasalliklari profilaktikasi va ularni sog‘lomlashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
sanatoriylar xodimlarining qonuniy manfaatlarini belgilangan tartibda himoya qilish.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
15. Sanatoriylar xodimlari o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, shu jumladan amalga oshiriladigan davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari sifati uchun javob beradi.
16. Davolash-sog‘lomlashtirish muolajalarini tashkil etish, amalga oshiriladigan davolash va sog‘lomlashtirish tadbirlarining sifati va asoslanganligi yuzasidan nazorat qilish sanatoriylarning bosh vrachlari tomonidan amalga oshiriladi.
IV. Sanatoriylar faoliyatini tashkil etish
17. Sanatoriyga ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bosh vrach tomonidan amalga oshiriladi.
18. Tibbiy xizmat ko‘rsatish va sog‘lomlashtirish sanatoriylarning tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, ular (ma’muriyat bilan birgalikda) dam oluvchilarning sog‘lig‘i, ovqatlanish rejimi va sifati, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
19. Sanatoriylarning ma’muriyatlari sanatoriylar xodimlarining kasb mahorati doimiy ravishda takomillashtirib borilishi uchun javob beradilar.
20. Sanatoriylar xodimlari:
ushbu Nizom talablariga va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishga, kasb odob-axloqiga qat’iy amal qilishga;
dam oluvchilarga tibbiy-sog‘lomlashtirish yordamining, ijtimoiy-psixologik va tibbiy kuzatuvning yuqori samaradorligini ta’minlashga;
o‘z kasb malakasini muntazam ravishda oshirib borishga majbur.
Sanatoriylar xodimlari:
ushbu Nizomda va sanatoriy ustavida belgilanadigan tartibda sanatoriyni boshqarishda qatnashish;
kasb sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga ega bo‘lish huquqiga ega.
21. Sanatoriylar xodimlari va rahbarlarining lavozim huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarida, ushbu Nizomda, shuningdek sanatoriy ustavida belgilanadi.
V. Sanatoriylarni boshqarish
22. Bosh vrach sanatoriyga bevosita rahbarlik qiladi. Bosh vrach lavozimiga tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
23. Sanatoriyning bosh vrachi lavozimiga oliy tibbiy ma’lumotga, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yoki rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan vrach tayinlanadi.
24. Bosh vrach sanatoriy faoliyatini tashkil etadi va unga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun javob beradi.
25. Sanatoriyning bosh vrachi:
sanatoriyning butun faoliyatiga rahbarlik qiladi va sanatoriyga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishlarini tashkil etadi;
sanatoriy faoliyati masalalari bo‘yicha sanatoriyning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi, xodimlarni ishga qabul qiladi va egallab turgan lavozimlaridan ozod qiladi, xodimlarni rag‘batlantirish choralarini qo‘llaydi;
sanatoriy ish tartibi va rejimini, xodimlarning lavozim majburiyatlarini belgilaydi va majburiyatlar muvaffaqiyatli bajarilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
xodimlar tomonidan moliya va mehnat intizomiga, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini ta’minlaydi;
sanatoriyning mulkiy kompleksi, moddiy va moliyaviy resurslari, asbob-uskunalari, anjomlari, boshqa moddiy boyliklaridan oqilona va samarali foydalanishni, ularning saqlanishini ta’minlaydi;
dam oluvchilarning murojaatlari jadal va har tomonlama ko‘rib chiqilishini, qonun hujjatlariga muvofiq munosabat bildirishning zarur choralari ko‘rilishini va ariza beruvchilarning ulardan o‘z vaqtida xabardor qilinishini ta’minlaydi;
sanatoriylar faoliyatining iqtisodiy samaradorligi va uning ishlari rentabelligiga erishish uchun shaxsan javob beradi.
VI. Moliya-xo‘jalik faoliyati
26. Sanatoriylar faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
27. Sanatoriylar belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
28. Budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
29. Shtatlar jadvali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
30. Sanatoriylar qonun hujjatlarida belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
31. Sanatoriylarning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish belgilangan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining (keyingi o‘rinlarda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi deb ataladi) Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatini (keyingi o‘rinlarda pansionat deb ataladi) tashkil etish va ularning faoliyati tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
2. Pansionat O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan I va II guruhlar nogironligi bo‘lgan shaxslar hisoblangan hamda O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni ta’minlashga majbur bo‘lgan qarindoshlar yoki boshqa shaxslarga ega bo‘lmagan yolg‘iz urush va mehnat faxriylari (keyingi o‘rinlarda vasiylikka olinganlar deb ataladi) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasasi hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
3. Pansionat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining buyruqlariga, boshqa qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
4. Pansionat Toshkent shahar hokimligi bilan kelishgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligitomonidan belgilangan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. Pansionatni tugatishda vasiylikka olinganlarning Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilangan tartibda “Saxovat” internat uylariga o‘tkazilishi ta’minlanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
5. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi pansionatning muassisi hisoblanadi.
Pansionatning ustavi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
6. Pansionat faoliyatini muvofiqlashtirish Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
7. Pansionatdagi o‘rinlar soni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga majburiy rioya qilingan holda, Toshkent shahri hokimligi bilan kelishib, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
8. Pansionat davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z mustaqil balansiga, g‘aznachilikning tegishli hududiy bo‘linmasida shaxsiy hisob raqamiga va bankda valyuta hisob raqamiga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega bo‘ladi.
Pansionat tuman hokimligida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
II. Pansionat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
9. Quyidagilar pansionat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
vasiylikka olinganlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ularni sog‘lomlashtirish va qo‘llab-quvvatlash;
vasiylikka olinganlarning qonuniy huquq va manfaatlari ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishini va ularning sog‘lig‘ini muhofaza qilishni ta’minlash;
vasiylikka olinganlarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan bepul ta’minlash.
10. Quyidagilar pansionatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
vasiylikka olinganlarni ta’minlash, ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ularni sog‘lomlashtirish va qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli tibbiy-ijtimoiy yordam olishlariga ko‘maklashadigan sharoitlar yaratish;
vasiylikka olinganlarning qonuniy huquq va manfaatlari ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishini, ularning sog‘lig‘ini muhofaza qilishni ta’minlash;
dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash tizimining yuqori malakali mutaxassislarini jalb etgan holda har yili 2-marta dispanserizatsiyadan o‘tkazish, rejali sog‘lomlashtirish, muhtoj bo‘linganda ularni ixtisoslashtirilgan statsionarlarda davolash, vasiylikka olinganlarni tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari (eshitish apparatlari, kreslo-aravachalari, hassa va qo‘ltiqtayoqlar) bilan ta’minlash;
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
vasiylikka olinganlarni muntazam mehnat qilishga va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan sanitariya-epidemiyaga qarshi va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish.
Pansionat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pullik xizmatlar ko‘rsatishi ham mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-martdagi 187-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 09/20/187/0379-son)
III. Yolg‘iz urush va mehnat faxriylarini pansionatga qabul qilish
11. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan I va II guruhlar nogironligi bo‘lgan shaxslar hisoblangan va O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart bo‘lgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bo‘lmagan yolg‘iz urush va mehnat faxriylari qabul qilinadi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
Bo‘sh joylar mavjud bo‘lgan taqdirda pansionatga yolg‘iz urush va mehnat faxriylaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart bo‘lgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bo‘lmagan yolg‘iz keksalar, 18 yoshdan boshlab I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi I guruh nogironligi bo‘lgan keksalar ham qabul qilinishi mumkin.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-martdagi 187-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 09/20/187/0379-son)
Qabul qilish bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
12. Quyidagilar pansionatga yuborishga qarshi ko‘rsatkichlar hisoblanadi:
tez-tez (har oyda 5-martadan ko‘p) tutqanoq sodir bo‘ladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib bo‘shashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik;
bemorning o‘zi va atrofidagilar uchun xavfli bo‘lgan moyillikning qo‘pol buzilishlari va axloqiy dag‘allik bilan birga kechadigan ruhiy kasalliklar.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
13. Quyidagilar pansionatga qabul qilishga qarshi umumiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi:
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
yuqumli teri va soch kasalliklari;
o‘tkir yuqumli kasalliklar;
salbiy jarayondagi yomon holatda o‘tadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
tanosil kasalliklari.
(13-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
Pansionatga qabul qilish chog‘ida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma topilgan shaxslar sog‘liqni saqlash muassasalariga yuboriladi.
14. Pansionatga qabul qilish, shuningdek undan ko‘chirish Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tegishli komissiyasining qaroriga muvofiq pansionatning direktori buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
Pansionatga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi yuzasidan mas’uliyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limiga yuklanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
15. Pansionatda rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
pansionatda rasmiylashtiriladigan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshlig‘i nomiga berilgan ariza;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
pansionatga rasmiylashtiriladiganning pasporti nusxasi;
ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan sog‘liqning holati to‘g‘risidagi tibbiy hujjatlar;
(15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
tuman (shahar) hokimining yolg‘iz shaxs sifatida hisobga olish to‘g‘risidagi qarori nusxasi;
pensioner guvohnomasining nusxasi, mavjud bo‘lganda;
pansionatga rasmiylashtirilayotganning (6 sm x 4 sm o‘lchamli) 2 ta fotosurati;
xizmat ko‘rsatganligi to‘g‘risidagi hujjatlar (mavjud bo‘lganda).
Pansionatga rasmiylashtirilayotgan nogiron bo‘lgan taqdirda belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning nusxasi ham taqdim etiladi.
16. Pansionatga qabul qilinayotgan har bir shaxs uchun shaxsiy hujjatlar yig‘majildi yuritiladi, unga ushbu Nizomning 15-bandida sanab o‘tilgan hujjatlar tikib qo‘yiladi.
Vasiylikka olinganlarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlari pansionat direktorida saqlanadi.
17. Pansionatda yashovchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, ularni parvarish qilish va ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasi tadbirlarini amalga oshirish maqsadida ular saqlash rejimiga (o‘rin-to‘shaklar, kuzatish, saqlashning erkin tartibi), sog‘lig‘i, yoshi va shaxsiy xohishiga muvofiq alohida bo‘limlar va xonalar bo‘yicha joylashtiriladi.
IV. Pansionatning vasiylikka olinganlari
18. Pansionatda vasiylikka olinganlarning tibbiy-ijtimoiy ta’minoti to‘liq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi.
19. Pansionatdagi vasiylikka olinganlar belgilangan tartibda quyidagilar bilan ta’minlanadi:
inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmaydigan insoniy munosabatda bo‘lish;
uzoq qarindoshlar, tanishlar va do‘stlari bilan telefon orqali so‘zlashuvlar yo‘li bilan aloqa bog‘lash, boshqa aloqa vositalari va uchrashuvlar orqali muloqotda bo‘lish, jo‘natmalar, banderollar, buyumlar olish, xat va telegrammalarni olish va jo‘natish;
bepul ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, ashyoviy ta’minlashning boshqa buyumlarini va tasdiqlangan me’yorlar bo‘yicha yumshoq anjomlar olish.
Ehtiyoj bo‘lganda vasiylikka olinganlar protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan bepul ta’minlanadilar.
Vasiylikka olinganlarga pensiya va nafaqalar to‘lash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
20. Vasiylikka olinganlar sog‘liqni saqlash organlari mansabdor shaxslarining, pansionat rahbarlari va xodimlarining qarorlari va xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan shikoyat bildirish huquqiga ega.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
21. Vasiylikka olinganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish pansionatning shtatdagi tibbiyot xodimlari tomonidan, zarur hollarda esa tegishli sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan ta’minlanadi.
Vasiylikka olinganning sog‘lig‘i holati yomonlashganda yoki u vafot etganda ma’muriyat bu haqda uning qarindoshlarini, tanishlari va do‘stlarini zudlik bilan xabardor qiladi.
22. Vafot etgan vasiylikka olinganni dafn etish bilan bog‘liq xarajatlar pansionatning xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablag‘lar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning, qarindoshlarining xayriya ehsonlari hisobiga amalga oshiriladi.
23. Vasiylikka olinganning pansionat hududidan tashqariga chiqishi faqat pansionat rahbariyatining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Vasiylikka olingan o‘zboshimchalik bilan pansionat tashqarisiga chiqqan taqdirda ma’muriyat zudlik bilan bu haqda ichki ishlar organlariga, sog‘liqni saqlash organlariga xabar qiladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
24. Qarindoshlari, tanishlari va do‘stlari vasiylikka olinganlar bilan ko‘rishib turish huquqiga ega.
25. Vasiylikka olinganlarni ovqat, kiyim-bosh, poyabzal, ashyoviy ta’minotning boshqa buyumlari va yumshoq anjomlar bilan ta’minlash normalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
26. Pansionat yilning har choragida O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga vasiylikka olinganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
27. Vasiylikka olinganni pansionatdan chiqarish:
tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo‘limlarining ruxsati bilan.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
turar joy maydoni, yashash uchun mablag‘lar va o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lganda yoki vasiylikka olinganni ta’minlash va zarur darajada parvarish qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan qarindoshlarning iltimosiga ko‘ra, shuningdek navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda III guruh nogironligi belgilanganda (mehnat bo‘yicha tavsiyalar mavjud bo‘lganda) amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
28. Pansionatdan chiqarishda vasiylikka olinganga quyidagi hujjatlar beriladi:
pansionatda bo‘lganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (tibbiy hujjatlar);
xizmat ko‘rsatilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar (mavjud bo‘lganda).
Ma’lumotnomalarni berish tartibi va shakllari Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilanadi.
(28-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
29. Pansionat direktori vasiylikka olinganlarni pansionatga qabul qilish va ulardan chiqarish uchun ushbu Nizom talablariga muvofiq shaxsan javob beradi.
V. Ijtimoiy-psixologik kuzatuvni tashkil etish
30. Vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamni amalga oshirish maqsadida pansionatda tibbiy-psixologik komissiya (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) tashkil etiladi. Komissiya pansionatning mutaxassis xodimlaridan iborat bo‘ladi. Komissiya tarkibi pansionat direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Komissiya tarkibiga komissiyani boshqaradigan pansionatning direktori, pansionat direktorining tibbiy bo‘lim bo‘yicha o‘rinbosari, vrach-psixiatr kiritiladi.
31. Komissiya:
vasiylikka olinganlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiladi;
tashxis, psixologik-profilaktik, korreksiya, maslahat va reabilitatsiya ishlarini amalga oshiradi.
VI. Pansionat faoliyatini tashkil etish
32. Xodimlarni ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
33. Tibbiy xizmat ko‘rsatish pansionatning tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, ular (ma’muriyat bilan bir qatorda) vasiylikka olinganlarning sog‘lig‘i, ovqatlanish rejimi va sifati, davolash-profilaktika tadbirlarining o‘tkazilishi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi uchun javob beradilar. Pansionatda davolash-maslahat yordami va o‘tkazilgan davolash-profilaktika tadbirlarini tahlil qilish tegishli sog‘liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
34. Pansionatda psixologik ta’minot Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
35. Pansionat ma’muriyati pansionat mutaxassis xodimlarining kasb mahorati doimiy takomillashtirib borilishi uchun javob beradi.
36. Pansionatning xodimlari quyidagilarga majbur:
ushbu Nizom me’yorlariga va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilish, kasb odob-axloqiga qat’iy amal qilish;
vasiylikka olinganlarga tibbiy-ijtimoiy yordamning, ijtimoiy-psixologik va tibbiy kuzatib borishning yuqori samaradorligini ta’minlash;
o‘z kasb malakasini muntazam oshirib borish.
Pansionatning xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
pansionatni boshqarishda ushbu Nizomda belgilangan tartibda qatnashish;
kasb sha’nini va qadr-qimmatini himoya qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga ega bo‘lish.
37. Pansionat xodimlari va rahbarlarining lavozim huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari, shuningdek ushbu Nizom bilan belgilanadi.
VII. Pansionatni boshqarish
38. Pansionatni boshqarish demokratiya, oshkoralik tamoyillari bo‘yicha va pansionat jamoasining jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorligi asosida amalga oshiriladi.
39. Pansionatning ma’muriyati pansionatda yashaydigan vasiylikka olinganlar tomonidan jamoatchilik asosida hamda pansionat direktori tomonidan tasdiqlanadigan amaldagi nizomlar asosida tashkil etiladigan madaniy-maishiy komissiya, jamoatchilik kengashi yordamida maishiy va madaniy xizmatlarni tashkil qiladi.
40. Pansionatda vasiylikka olinganlarni ta’minlashning maxsus shart-sharoitlari ta’minlanadi, ular quyidagilarni nazarda tutadi:
hududni himoya qilish;
vasiylikka olinganlarni ham bir-birlarining, ham atrofdagilarning salbiy ta’siridan yuqori darajada himoya qilish;
uning hududidan tashqariga erkin chiqishni cheklash;
vasiylikka olinganlarni, shu jumladan uxlash uchun ajratilgan vaqtda ham — butun sutka davomida nazorat qilish.
41. Pansionatga bevosita rahbarlikni tegishli oliy ma’lumotga ega bo‘lgan direktor amalga oshiradi. Direktor lavozimiga tayinlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bilan kelishilgan holda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 729-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son)
42. Direktor pansionatda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishning holati uchun to‘liq javob beradi.
43. Pansionat direktori:
pansionat nomidan ish ko‘radi va uning manfaatlarini ifodalaydi;
pansionat vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
qonun hujjatlarida va pansionat ustavida belgilangan tartibda pansionat mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;
o‘z o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning vakolatlarini va javobgarlik darajasini belgilaydi;
o‘z vakolatlari doirasida pansionatning barcha xodimlari va vasiylikka olinganlar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
pansionatning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, malakali kadrlar bilan ta’minlash va pansionat faoliyatining boshqa masalalari bo‘yicha tegishli organlarga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritadi hamda xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
tegishli buyruq chiqarish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar yo‘li bilan rag‘batlantirish va intizomiy tanbeh berish choralarini amalga oshiradi.
VIII. Moliya-xo‘jalik faoliyati
44. Pansionatning binosi texnika xavfsizligi qoidalariga va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq jihozlanadi va ulardan foydalaniladi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
45. Pansionat faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
46. Pansionat belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
47. Budjet va budjetdan tashqari mablag‘larni sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda pansionatga har oyda Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga xayriya ehsonlari tarzida tushgan mablag‘larning bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarini tovarlar xarid qilish va xizmatlarga doir kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda to‘lash uchun (G‘aznachilik organlarida ularning yuridik va moliyaviy majburiyatlarini hisobga olmasdan) ular uchun tijorat banklarida ochiladigan kartochka hisob raqamlariga o‘tkazishga ruxsat beriladi.
(47-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
48. Shtatlar jadvali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 486-modda)
49. Pansionat qonun hujjatlarida belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
50. Pansionatning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish belgilangan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi 237-sonli qaroriga asosan 2016-yil 1-yanvardan boshlab o‘z kuchini yo‘qotadi — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 432-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2018-y., 09/18/725/1874-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 34-35-son, 348-modda; 2014-y., 23-son, 269-modda; 2015-y., 32-son, 432-modda; 2016-y., 42-son, 486-modda; 2017-y., 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/597/1600-son, 13.09.2018-y., 09/18/725/1874-son; 05.09.2019-y., 09/19/729/3688-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 28.03.2020-y., 09/20/187/0379-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)