Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
“Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va tarqatish, qonun hujjatlari maʼlumotlari elektron bazalari yaratish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 11-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2290-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi va “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizom hamda 2017-yil 8-fevraldagi PQ-2761-son “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 304-son “Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatning “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-oktabr,
330-mh-son
Kelishilgan:
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori L. TANGRIYEV
2017-yil 6-oktabr
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sh. ShERMATOV
2017-yil 6-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 11-oktabrdagi 330-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 12-dekabrdagi 264-mh-son “Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va tarqatish, qonun hujjatlari maʼlumotlari elektron bazalari yaratish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2290, 2011-yil 12-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 50-son, 520-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 18-fevraldagi 38-mh-son “Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va tarqatish, qonun hujjatlari maʼlumotlari elektron bazalari yaratish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2290-1, 2014-yil 12-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 8-son, 83-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-iyuldagi 199-mh-son “Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va tarqatish, qonun hujjatlari maʼlumotlari elektron bazalari yaratish qoidalarining 1-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2290-2, 2014-yil 31-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 31-son, 394-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 10/17/2290-3/0097-son)