08.02.2017 yildagi PQ-2761-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan qonun hujjatlarining so‘zsiz va o‘z vaqtida bajarilishida normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida tarqatish, ijrochilarga va aholiga ularning mohiyati va mazmunini tushuntirishning samarali mexanizmlarini yaratish muhim ahamiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, qonun hujjatlarini tarqatishning yaxlit tizimi shakllanmagan, normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan rasmiy tarqatmalarni ijrochilarga yetkazishning, tushuntirish ishlarini olib borishning tartibi va muddatlari hamda bu sohadagi nazorat o‘rnatilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni huquqiy xabardor qilish, asosan, an’anaviy ommaviy axborot vositalari orqali qog‘oz ko‘rinishida amalga oshirilmoqda, bu esa huquqiy axborotning to‘liqligi va erkin foydalanilishiga, uning o‘z vaqtida tarqatilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunda aholining ijtimoiy faol qatlamlari, shu jumladan, tadbirkorlar va yoshlarning axborotga bo‘lgan ehtiyoj va so‘rovlari inobatga olinmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud kamchiliklar mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligi va qonuniylik tamoyillari samaradorligiga salbiy ta’sir qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish, ijrochilar va aholini qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyati haqidagi huquqiy axborot bilan ta’minlashning sifatini oshirish, ushbu sohadagi ishlarni tashkil etishga prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni, ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazishni ta’minlash, ularning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish, shuningdek tegishli qonun hujjatlari matnidan moneliksiz foydalanish imkonini yaratish va o‘z tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida qonun hujjatlari normalarining bir xilda qo‘llanilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining muhim vazifalari etib belgilansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2017-yilning fevralidan shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalari matnlarida tegishli qonunlar qabul qilingandan keyin uning ijrosini tashkil etish, ijrochilarga yetkazish va aholi o‘rtasida mohiyati va ahamiyatini tushuntirishni tashkil etishga mas’ul bo‘lgan aniq davlat organlari, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari ko‘rsatilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjat nazoratni amalga oshirish yuklatilgan mas’ul davlat organi yoki tashkiloti, shuningdek, mansabdor shaxslar tomonidan imzolangandan keyin, uni ijro etish, ijrochilarga yetkazish hamda mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar imzolangan kuni axborot-tahliliy materiallari bilan birga (normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, o‘zgartirish va qo‘shimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali) qog‘oz va elektron shaklda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir kunlik muddatda normativ-huquqiy hujjatlarni va tegishli axborot-tahliliy materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha barcha davlat organlari va tashkilotlariga elektron shaklda yetkazilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari normativ-huquqiy hujjatlarning axborot-tahliliy materiallari asosida, qabul qilingan qonun hujjatlarini ijrochilarga yetkazish hamda mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y., 07/18/3666/1073-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4380-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 07/19/4380/3360-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi hamda Huquqiy targ‘ibot va huquqiy ta’lim boshqarmasi negizida:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyuldagi PF-5475-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 7 shtat birlik bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida har yili tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalarining huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning ahvoli to‘g‘risidagi axborotining eshitilishi amaliyotga joriy qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (keyingi o‘rinlarda — Milliy baza)ga 2017-yilning 25-sentabridan normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manba maqomi berilishi munosabati bilan:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasiga (keyingi o‘rinlarda — Markaz) qonun hujjatlarining Milliy bazada rasmiy nashr etilishini ta’minlash mas’uliyati yuklatilsin;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida qonun hujjatlarini tezkor tarqatish maqsadida himoyalangan aloqa kanallari (VPN) orqali idoralararo elektron hamkorlikni tashkil etsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oliy sud Plenumining qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berish to‘g‘risidagi qarorlarini ular imzolangan kundan e’tiboran bir kun ichida elektron shaklda Milliy bazaga joylashtirish uchun Markazga yuborish tavsiya etilsin;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining elektron versiyalarini ular kuchga kirgan kundan e’tiboran bir kun ichida Milliy bazaga joylashtirish uchun Markazga yuborsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Milliy baza doirasida eng ko‘p talab qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining ingliz tilidagi ma’lumotlar bankini yaratish, Milliy bazani takomillashtirish va Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda texnik ko‘mak (grantlar)ni jalb qilish masalasini ishlab chiqsin.
(8-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish va huquqiy targ‘ibot tizimini takomillashtirish maqsadida adliya organlari va Markazning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxatlarga ko‘ra olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskuna, kompyuter va server texnikasi, texnik vositalar, dasturiy mahsulotlar va boshqa moddiy-texnika resurslari uchun 3 yil muddatga bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning ta’sirchan mexanizmlarini, ularni aholi o‘rtasida keng tushuntirish bo‘yicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun, shuningdek yangilangan Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash to‘g‘risidagi nizom loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Elektron ommaviy-axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati va ahamiyatini yetkazish bo‘yicha rolini yanada kuchaytirishni, qonun hujjatlariga mustaqil ekspertlar, mutaxassislar va aholining fikri va munosabatini aks ettiruvchi tahliliy tok-shoular, munozaralar, bahslar hamda qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini keng muhokama qilishning boshqa zamonaviy shakllarini joriy qilishni nazarda tutuvchi Kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning ekspert tadqiqotlariga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi hududiy bo‘linmalarining sonini ko‘paytirishga doir takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 8-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2761-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y., 07/18/3666/1073-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-fevraldagi PQ-2761-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

M.M. Ikramov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri, Kengash raisi

2.

A.X. Saidov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, Kengash raisining o‘rinbosari

3.

T.A. Madumarov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

4.

K. Tog‘ayev

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari

5.

B.A. Dehqonov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisining o‘rinbosari

6.

I.J. Ergashxodjayev

O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining o‘rinbosari

7.

lavozim bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari

8.

R.S. Qosimov

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari

9.

U.I. Inoyatov

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri

10.

M.M. Muratov

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

11.

A.X. Yunusov

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori

13.

E.S. Kanyazov

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori

14.

B.A. Matlyubov

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi boshlig‘i

15.

M.X. Hazratqulov

O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot agentligi direktori

16.

A.D. Xadjayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi direktori

17.

F.F. Abduxolikov

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi

18.

A.A. Abdullayev

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori

19.

N.U. Kosimov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat” markazi rahbari

20.

Sh.S. Javlonov

Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi raisi

21.

K.K. Kuranbayev

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHARH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning samaradorligi va natijadorligi, avvalo, ularning mohiyati va ahamiyatini ijrochilarga, huquqiy normalarning subyektlarga, shuningdek keng aholi qatlamiga va tadbirkorlik tuzilmalariga o‘z vaqtida yetkazishni ta’minlashga bog‘liq.

Mustaqillik yillarida mamlakatda qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish, nashr etishni tashkil qilish, normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini “O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi”da lex.uz saytida joylashtirish bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan salmoqli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga huquqiy axborotni tarqatish va huquqiy targ‘ibot o‘tkazishning amaldagi tizimini tanqidiy tahlil qilish bu sohada muayyan kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi.

Xususan, qonun hujjatlarini, jumladan, rasmiy tarqatmalarni tarqatishning yagona mexanizmi va tartibi mavjud emas edi, normativ-huquqiy hujjatlar sharhlarsiz, konsepsiyasiz va boshqa axborot materiallarisiz nashr etilar, davlat organlarining huquqiy targ‘ibot bo‘yicha faoliyatini samarali muvofiqlashtirish bo‘yicha choralar belgilanmagan edi.

Normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish, qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida ijrochilar va aholini huquqiy xabardor qilish sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning yagona tartibini o‘rnatish, bu sohada prinsipial yangi yondashuvlarni belgilash, yangi qabul qilinayotgan qonunlar ijrosini tashkil qilish mexanizmlarini mustahkamlash va ularning mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish nazarda tutilmoqda.

Yangi qabul qilingan qonunlar, boshqa qonun hujjatlarini davlat organlari va boshqa tashkilotlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijro etish va amaliyotda qo‘llash uchun rasmiy tarqatma orqali yuborishning yagona tartibi va muddatlari belgilandi.

Ta’kidlash joizki, bundan buyon tegishli qonunlar qabul qilingandan keyin uning ijrosini, ijrochilarga yetkazish va aholi o‘rtasida mohiyati va ahamiyatini tushuntirishni tashkil etishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalari matnlarida ko‘rsatiladi. Ushbu mexanizm yangi qabul qilingan qonunlarning samarali va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Nazoratni amalga oshirish yuklatilgan mas’ul davlat organi va tashkiloti hujjat imzolangandan keyin, uni ijro etish, ijrochilarga yetkazish hamda mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlaydi.

Yana bir yangilik, normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish jarayonida tayyorlangan axborot-tahliliy materiallari bilan tanishish imkoniyati yaratilishidir. Bundan buyon qabul qilingan qonun hujjatlarining huquqiy mazmuni va ahamiyatini targ‘ib qilish ushbu axborot-tahliliy materiallari asosida amalga oshiriladi. Bu esa, o‘z navbatida, ularning mazmun-mohiyatini to‘liq yetkazishga, aholining huquqiy madaniyati va ongini oshirishga xizmat qiladi.

Masalan, normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish asosini, uning ahamiyatini, shuningdek, qabul qilinishidan kutilayotgan natija bo‘yicha qisqacha ma’lumotni o‘zida aks ettirgan tushuntirish xati, o‘zgartirish va qo‘shimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida ham e’lon qilinadi.

Yana muhim jihat shundan iboratki, Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish bo‘yicha faoliyatini samarali muvofiqlashtiruvchi, uslubiy rahbarlik va nazorat qiluvchi vakolatli organ sifatida belgilanmoqda.

Qaror bilan, shuningdek, qonun hujjatlarini tarqatish tartibi va muddatlari aniq bayon etilgan qonun hujjatlarini tarqatish, ularning mohiyati va ahamiyatini ijrochilar va aholiga tushuntirish sxemasi tasdiqlanmoqda.

Adliya vazirligiga normativ-huquqiy hujjatlarni barcha davlat organlari va tashkilotlariga tezkor yetkazish vazifasi yuklatilmoqda. Bundan buyon barcha normativ-huquqiy hujjatlar imzolangan kuni axborot-tahliliy materiallari bilan birga qog‘oz va elektron shaklda Adliya vazirligiga yuboriladi, Adliya vazirligi esa bir kunlik muddatda normativ-huquqiy hujjatlarni va tegishli axborot-tahliliy materiallarni elektron shaklda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladigan ro‘yxat bo‘yicha barcha davlat organlari va tashkilotlariga yetkazilishini ta’minlaydi.

Shu bilan birgalikda, Adliya vazirligi yangi qabul qilingan hujjatlarni Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga bir kunlik muddatda joylashtiradi va har hafta O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari to‘plamida e’lon qilib boradi.

Qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga sifatli va samarali tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari va tushuntirish ishlari mas’ul davlat organlari tomonidan media-rejalar ishlab chiqish, huquqiy targ‘ibot bo‘yicha guruhlar tuzish, turkum tele, radioko‘rsatuvlar tashkil qilish, OAVda maqolalar, axborot materiallari e’lon qilish va boshqalar orqali amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, qaror bilan Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengashning yangi tarkibi hamda uning tarkibida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar davlat boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritiladigan hududiy komissiyalari tashkil etilmoqda.

Shu bilan birga, mazkur sohada vakillik organlarining rolini kuchaytirish maqsadida har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va xalq deputatlari Kengashlarida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalarining normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish sohasidagi hisobotlarni eshitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Qaror normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning amaliy mexanizmlarini, shu jumladan, huquqiy axborotni ta’lim, axborot-kutubxona muassasalarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida majburiy tarqatishni, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokida normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish choralarini amalga oshirish tartibini, mazkur sohada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi va boshqa davlat organlarining vakolat va javobgarliklarini nazarda tutuvchi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishni nazarda tutadi.

Shuningdek, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini takomillashtirish, xususan, eng ko‘p talab qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining ingliz tilidagi ma’lumotlar bankini yaratish bo‘yicha choralar belgilanmoqda.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash huquqiy axborotni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida tarqatish tizimini tubdan takomillashtirishga, ijrochilar va aholini qonunchilikning mazmun va mohiyati to‘g‘risida huquqiy xabardor qilishning sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 6-son, 76-modda, 20-son, 354-modda, 37-son, 982-modda; 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y., 07/18/3666/1073-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son, 02.07.2019-y., 07/19/4380/3360-son, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son)