Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY IShChI KUChLARINI JALB QILISh VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM”NING QOʻLLANISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 20-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 285-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 24-iyuldagi 31-2019/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni” qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma, shuningdek, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyroʻgʻiga (roʻyxat raqami 285-3, 05.08.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 562-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 21-son, 216-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vazirining 1996-yil 15-iyuldagi 44-II-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning qoʻllanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 285, 1996-yil 20-noyabr) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2011-yil 17-avgust,
51-B-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 38-son, 390-modda)