LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta ko‘rib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha davlatlararo hamkorlikning o‘sib borayotgan ko‘lamlarini, O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlari berish xohishini bildirgan mamlakatlar va chet el kompaniyalari soni ko‘payganligini hisobga olib, shuningdek respublika fuqarolarining chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqib ketishini tashkil etish tizimini va uning mexanizmini tartibga solish, fuqarolarning chet ellarda ishga joylashishini ta’minlaydigan mehnat organlari infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda va xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida ishga joylashishini ta’minlash masalalarini hal etish Hukumat qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
2. Zaruratga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlikning Chet ellarda ishga joylashtirish mintaqaviy byurolari filiallar shaklida tashkil etilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
21. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlikning tuzilmasini va shtatlari birligini va mehnatga haq to‘lash fondini belgilaydi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlikning filiali shaklidagi Chet ellarga ketayotgan fuqarolarni oldindan ko‘niktirish va o‘qitish markazi tashkil qilinsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlik mintaqaviy byurolarining faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratsin;
Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlik ishining puxta tashkil etilishini ta’minlasin va uning faoliyati ustidan nazorat o‘rnatsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan respublika fuqarolari uchun chiqish hujjatlarini rasmiylashtirishda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga ko‘maklashsin;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
joylardagi mehnat organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda fuqarolarning chet ellardagi yashirin mehnat migratsiyasiga oid profilaktika va oldini olish ishlarini kuchaytirsin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalari va konsulliklari mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy davlatga kelgan fuqarolarni majburiy ravishda konsullik hisobiga qo‘ysin, shuningdek ularga har tomonlama huquqiy yordam ko‘rsatsin va ularni himoya qilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin, shuningdek ularning ba’zilari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Mazkur Nizom “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga tatbiq etiladi.
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hukumatlararo, idoralararo shartnomalar va bitimlar asosida faqat Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlik ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga chiqish huquqiga egadirlar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xususiy mehnat kontraktlari bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga faqat O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlik tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha chiqish huquqiga egadirlar.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
2. Fuqarolarning xususiy kontraktlar bo‘yicha chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan belgilangan shaklga muvofiq beriladigan ruxsatnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
3. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan ruxsatnoma berilgandan keyin fuqarolar chiqishni rasmiylashtirish uchun yashash joyidagi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining kelish, ketish va fuqarolik boshqarmasi bo‘linmasiga ariza beradilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasining xususiy mehnat kontraktiga ega bo‘lgan fuqarolari chet ellarda ijtimoiy muhofazalanishini ta’minlash maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga quyidagi hujjatlarni ikki nusxada taqdim etadilar:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
xorijiy firmadan (ish beruvchidan) olingan davlat tiliga tarjima qilingan, barcha ijtimoiy kafolatlar va tibbiy sug‘urta ko‘rsatilgan, shuningdek mehnat vizasi (EMPLOYMENT VIZA) bilan ta’minlash borasida ish beruvchining majburiyati nazarda tutilgan holda notarial tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan legalizatsiya qilingan kontrakt nusxasi. Agar hujjatga apostil qo‘yilgan bo‘lsa, legallashtirish talab etilmaydi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 307-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 47-son, 489-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli shakldagi sog‘ligining holati to‘g‘risida ma’lumotnoma.
5. Ruxsatnoma blankasida ruxsatnomani bergan organning nomi, uning yuridik manzili, ro‘yxatdan o‘tkazish raqami, ruxsatnoma berilgan mutaxassisning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning fuqaroligi, faoliyat turi, ruxsatnoma amal qiladigan hudud, amal qilish muddati, uzaytirish vaqti ko‘rsatiladi. Ruxsatnoma Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatli rahbari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
6. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ruxsatnomasi bilan mehnat kontrakti asosida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishga joylashish mamlakatida O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasasida hisobda turishi shart. Respublikaning vakillik organlari bo‘lmagan taqdirda o‘zbekistonlik fuqarolar MDH mamlakatlarining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan vakil qilingan konsullik organlarida ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
7. Fuqarolarga chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan beriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
8. Chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma berilishining asosli rad etilishi ariza beruvchiga ruxsatnoma berish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda yozma ravishda yuboriladi.
9. Ruxsatnoma mehnat kontrakti muddatiga beriladi. Ariza beruvchining iltimosiga ko‘ra mazkur kontrakt uzaytirilgan taqdirda ruxsatnomaning amal qilish muddati belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
10. Ruxsatnoma berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun belgilangan tartibda to‘lov undiriladi. Mazkur to‘lov ruxsatnoma berish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga sarflanadi.
11. Ruxsatnoma olishning mazkur Nizomda belgilangan majburiy tartibi O‘zbekiston Respublikasining quyidagi fuqarolariga nisbatan qo‘llanilmaydi:
b) oliy kasb-hunar ta’limi muassasalarining hukumatlararo dasturlari doirasida ta’til davrida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar;
g) xorijiy oliy kasb-hunar ta’limi muassasalarida ma’ruzalar kursi o‘qish va boshqa ishlar uchun taklif etilgan lektorlar va instruktorlar;
d) O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan tuzgan davlatlararo bitimlarida ishga joylashishning ular uchun o‘zgacha tartibi belgilangan shaxslar, shuningdek Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijiy tashkilotlar bilan tuzilgan idoralararo shartnomalar bo‘yicha ishga ketayotgan shaxslar.
(11-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
(3-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
1. Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlik (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga idoraviy mansub davlat unitar korxonasi hisoblanadi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Agentlik O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro huquqiy normalar va qoidalarga asoslangan mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solib borishga doir faoliyatni respublikaning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Agentlikning muassisi hisoblanadi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
2. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyruqlariga hamda hay’ati qarorlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
3. Agentlik mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, valyuta va boshqa hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat va ingliz tillarida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet ellarda va xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasida ishga joylashtirish uchun kvotalar ajratish va ruxsatnomalar berish masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini ro‘yobga chiqarishda ishga joylashtirish, chet ellarda ishga joylashtirishga nomzodlar bilan dastlabki ko‘nikuv tadbirlarini o‘tkazish yo‘li bilan ularga ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi va xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha mintaqaviy byurolar, shuningdek Chet ellarga ketayotgan fuqarolarni oldindan ko‘niktirish va o‘qitish markazi faoliyatini nazorat qilish;
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
xorijiy ishchi kuchlarini yollovchi chet el firmalari (korxonalar, muassasalar, kompaniyalar) bilan hamkorlikni rivojlantirish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijiy mamlakatlarga jo‘natish uchun nomzodlarni tanlab olishi bo‘yicha Idoralararo komissiyaning qarorlariga muvofiq ruxsatnomalar berish (ruxsatnomalarning amal qilish muddatini uzaytirish);
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet ellarda ishga joylashish imkoniyatlari va shart-sharoitlari to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash;
chet ellarga ishga jo‘natish uchun xorijiy ish beruvchilarning talablariga muvofiq bo‘lgan nomzodlarni tanlab olish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirishda, shu jumladan viza olishda hamda chet ellarda ishga joylashishda rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarni olishda ko‘maklashish;
chet ellarga ishga ketayotgan fuqarolarni boradigan mamlakat qonun hujjatlari asoslari, an’analari va odob-axloq normalari to‘g‘risida xabardor qilish;
muloqot qilish va mehnat funksiyalarini bajarish uchun yetarli bo‘lgan darajada mamlakat tilini, kontrakt bo‘yicha ishga joylashiladigan ishlab chiqarishlarda texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini o‘rgatish;
ishga joylashish uchun chet ellarga jo‘natilayotgan fuqarolarning sog‘lig‘i holatini xorijiy ish beruvchilarning talablarini hisobga olgan holda vakolatli tibbiyot muassasalarini jalb qilgan holda kompleks tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarining, aholi mehnat migratsiyasi rivojlanishining uzoq muddatli va o‘rtacha muddatli prognozlarining tahlilini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalarining takliflariga muvofiq yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchini jalb etishga ruxsatnomalar, shuningdek xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnomalar berish (ularning muddatini uzaytirish).
(4-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish uchun kvotalar ajratish masalasi bo‘yicha o‘z vakolati doirasida muzokaralar olib boradi, xorijiy hamkorlar bilan tuziladigan shartnomalar, bitimlar va protokollar loyihalarini tayyorlaydi va ularni imzolaydi;
tegishli qarorlarning hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan O‘zbekiston fuqarolarini chet elda ishga joylashtirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risidagi shartnomalari, bitimlari va protokollaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda belgilangan tartibda berilgan ruxsatnomalar (tasdiqnomalar) asosida ishlayotgan xorijiy fuqarolarni hisobga oladi;
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlaridan foydalanishni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga ish beruvchilar tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi;
huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyati huquqini beruvchi tasdiqnomaga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar tomonidan respublika hududida mehnat faoliyatini amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
mehnat migratsiyasi sohasidagi xalqaro hamkorlik loyihalariga va tuzilgan shartnomalarga muvofiq chet elga ishlash uchun jo‘nab ketayotgan fuqarolarni ishga joylashiladigan mamlakatda bo‘lish xususiyatlari, xorijiy ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalari tuzishning huquqiy jihatlari to‘g‘risida xabardor qiladi, ularning malaka oshirishiga va xo‘jalik hisobi asosida xorijiy tilni o‘rganishiga ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali, belgilangan tartibda chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat faoliyati monitoringini amalga oshiradi;
chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ijtimoiy muhofazasini belgilangan tartibda ta’minlaydi;
mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy organlari bilan birgalikda chet ellarga ishga yuborilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Vatanga qaytgandan keyin ishga joylashtirilishini tashkil etadi;
chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirishni xohlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
xorijiy mamlakatlarning mehnat bozorini o‘rganadi, xorijiy ish beruvchilarni qidiradi va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elda ishga joylashtirish to‘g‘risida bitimlar tuzadi;
chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirishni xohlovchi fuqarolar to‘g‘risidagi axborotlarni xorijiy ish beruvchilar o‘rtasida, shu jumladan “Internet” tarmoqlari orqali tarqatadi.
6. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
tuzilgan kontraktlarga muvofiq chet elda ishlash uchun kadrlarni tanlash, ularni kasb bo‘yicha layoqatlikni aniqlash uchun test sinovidan o‘tkazish, ularga boriladigan mamlakatlarning asosiy qonunlarini o‘rgatish;
mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq chet elga ishlashga jo‘natiladigan nomzodlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga va vakolatli organlarga murojaat qilish;
dastlabki tanlovdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan bitimlar (shartnomalar)ni hisobga olgan holda ularni chet ellarda ishga joylashtirish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga shartnomalar tuzish;
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslardan O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu yuridik shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnoma (kontrakt)lari bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xorijiy fuqarolar to‘g‘risida yiliga bir marta ma’lumotlar olish;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
xorijiy ishchi kuchlarini yollovchi va bunday yollashga ko‘maklashuvchi xorijiy kompaniyalar (firmalar) bilan o‘z vakolati doirasida bevosita o‘zaro hamkorlik qilish;
zarurat bo‘lganda, ushbu Nizomda nazarda tutilgan ayrim funksiyalarni amalga oshirish uchun o‘qituvchilarni, vazirliklar va idoralarning mutaxassislarini va boshqa fuqarolarni shartnomalar (kontraktlar) bo‘yicha jalb etish;
kam ta’minlangan fuqarolarning mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga borishga tayyorgarlik ko‘rishi va ularning jo‘natilishi bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash, ushbu xarajatlar keyinchalik qaytariladi;
moliya-xo‘jalik faoliyatidan olingan foydaning 15 foizini ajratish hisobiga Agentlikni ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qaroriga ko‘ra Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlikning Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha mintaqaviy byurolarini tashkil etish va ularni tugatish;
(6-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan qarorlariga binoan Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlikning chet eldagi vakolatxonalarini O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etish va ularni tugatish;
(6-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qaroriga asosan o‘ninchi — o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
7. Agentlikning mol-mulki asosiy fondlardan va aylanma mablag‘lardan, shuningdek qiymati mustaqil balansda aks ettirilgan boshqa boyliklardan iborat bo‘ladi.
8. Agentlikning mol-mulki O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq unga to‘liq xo‘jalik yuritish huquqi bilan tegishli bo‘ladi.
9. Agentlikni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Agentlik boshlig‘i boshqaradi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Agentlikning joriy faoliyatini tashkil qiladi va yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi;
davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar oldida Agentlik manfaatlarini ifodalaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda shtat jadvalini, Agentlik apparati ta’minoti xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha mintaqaviy byurolar rahbarlarini va Chet ellarga ketayotgan fuqarolarni oldindan ko‘niktirish va o‘qitish markazi rahbarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
(9-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
muassis bilan kelishgan holda Agentlikning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklarida depozitga va boshqa moliyaviy instrumentlarga joylashtiradi;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qaroriga asosan yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar hamda yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchlarini jalb etish uchun ruxsatnomalar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida ishga joylashish uchun xorijiy fuqarolarning mehnat faoliyatiga tasdiqnomalar beradi (ularning amal qilish muddatini uzaytiradi).
10. Agentlik boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan o‘rinbosarlari bo‘ladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
11. Agentlik tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari Agentlik boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
12. Soliqlar va O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga, shuningdek budjetdan tashqari jamg‘armalarga boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin qolgan foyda (daromad) Agentlik moliyaviy faoliyatining asosiy umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi hisoblanadi, undan muassasasi qaroriga ko‘ra moddiy-texnik bazani rivojlantirish, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatini hamda uning hududiy va idoraviy mansub bo‘linmalarini saqlash uchun foydalaniladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan tariflarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatiga ruxsatnomalar rasmiylashtirilganligi, yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchlarini jalb etish uchun ruxsatnomalar berilganligi (amal qilish muddati uzaytirilganligi), shuningdek xorijiy fuqarolarning O‘zbekistonda ishga joylashish uchun mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilganligi (amal qilish muddati uzaytirilganligi) uchun to‘lov hisobiga olingan mablag‘lar;
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
14. Agentlik vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir.
15. Xo‘jalik faoliyatidan olingan valyuta tushumi qonun hujjatlariga muvofiq taqsimlanadi, Agentlikning valyuta hisob raqamiga o‘tkaziladi va undan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda foydalaniladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
16. Agentlik o‘z ishlarining tezkor va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisoboti yuritadi.
18. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi, 1-uyda joylashgan.
(18-band Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 34-35-son, 348-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
1.1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi hamda xorijiy fuqarolarning respublikadagi kasb faoliyati to‘g‘risida” 1995-yil 19-oktabrdagi 408-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT,1995-y., 10-son, 41-modda; 2000-y., 10-son, 68-modda; 2001-y., 4-son, 21-modda):
Oldingi tahrirga qarang.
(1.1-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 23-dekabrdagi 560-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 24-son, 239-modda)
“2. Belgilab qo‘yilsinki, Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan tarifga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatiga ruxsatnomalar rasmiylashtirilganligi, yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchlarini jalb etish uchun ruxsatnomalar berilganligi (amal qilish muddati uzaytirilganligi), shuningdek xorijiy fuqarolarning O‘zbekistonda ishga joylashish uchun mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilganligi (amal qilish muddati uzaytirilganligi) uchun to‘lov undiriladi”;
v) O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda (2-ilova):
“1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilishga ruxsatnomalar berish (uzaytirish), shuningdek xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish) shartlari va tartibini belgilaydi”;
2.2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2001-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 11-modda) 5-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 4-ilova.
2.3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 21-modda) 1-bandining uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova.