1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirining 1996-yil 15-iyuldagi 44-II-sonli buyrugʻi
“KELIShILGAN” Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan B. PARPIYEV 1996-yil 15-noyabr
“KELIShILGAN” Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik qoʻmitasi bilan R. MIGMANOV 1996-yil 19-noyabr
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan I. IRGAShEV 1996-yil 18-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY IShChI KUChLARINI JALB QILISh VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI QOʻLLASh TARTIBI BOʻYIChA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1996-yil 20-noyabrda 285-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 24-iyuldagi 31-2019/B-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni” qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma, shuningdek, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 285-3, 05.08.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qoshidagi Tashqi migratsiya agentligi (keyinchalik — Agentlik) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-oktabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni qoʻllash tartibini belgilaydi va quyidagilarni koʻzda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbekistonlik yuridik shaxslarga, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarga, shuningdek oʻz shaxsiy xoʻjaligida yollangan xodimlar mehnatidan foydalanuvchi (bundan buyon “ish beruvchi” deyiladi) ayrim oʻzbekistonlik va Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashovchi xorijiy jismoniy shaxslarga xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish ruxsatnomasini berish (uzaytirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomasini berish (uzaytirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga rioya qilganligi monitoringini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi va xorijiy mutaxassislarga nisbatan “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ni buzganlik uchun jazo choralarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilarning hisobini yuritish va xorijiy mutaxassislar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. ISh BERUVChILARGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY IShChI KUChLARINI JALB QILISh RUXSATNOMASINI BERISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY IShChI KUChLARINI JALB QILISh VA ULARDAN FOYDALANISh RUXSATNOMASINI BERISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish ruxsatnomalari Agentlik tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ruxsatnomani olish uchun ish beruvchi Agentlikka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza (rahbar tomonidan imzolangan va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan) bir nusxada (1-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt loyihasi yoki xorijiy fuqarolar yoxud chet el firmalari bilan tuzilgan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish maqsadi va shartlari toʻgʻrisidagi oldidan ahdlashilganlikni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mutaxassisga berilgan fotosuratli anketa (2-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish uchun toʻlov toʻlanganligi haqidagi bank (kassa) hujjati va Agentlikning talabiga koʻra boshqa kerakli hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VICh-infeksiya yoʻqligi toʻgʻrisida sertifikat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hujjatlar paketini koʻrib chiqish va ruxsatnomani berish ish beruvchi ushbu yoʻriqnomaning 3-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni bergan kundan boshlab 30 kun mobaynida — Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarishda yuqori malakali va noyob tajribaga ega boʻlgan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasida ish faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalarni berish, ish beruvchi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 3-bandida koʻrsatilgan hujjatlar topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ruxsatnoma Agentlik rahbari tomonidan yoki u boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi bilan vakil qilingan masʼul mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi. Masʼul shaxsning imzosi gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ish beruvchilarga “ruxsatnomalar” 1 yil muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat kontrakti muddatini uzaytirish tomonlarning roziligiga koʻra va ish beruvchining mazkur yoʻriqnomaning 3-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni berishi asosida, mehnat shartnomasining amalda boʻlish muddati tugagunga qadar, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Rasmiylashtirilgan “ruxsatnomalar” ish beruvchining vakiliga topshiriladi. “Ruxsatnoma”ni olishda vakil ruxsatnomani olganligi toʻgʻrisida kitobda imzo chekishi va ruxsatnomaning nusxasini topshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ruxsatnoma”ni berishda vakilga quyidagilar eʼlon qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi va “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi” toʻgʻrisidagi Nizom, shuningdek mazkur yoʻriqnomani buzganlik uchun javobgarlik tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ruxsatnomalar Agentlikka topshirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yuridik shaxs tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Majburiyatlar yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi buzilgani uchun xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanishda ish beruvchi tomonidan bunday huquqni yoʻqotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ruxsatnoma (mehnat kontrakti) amal qilish muddati tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ish beruvchi tomonidan mazkur yoʻriqnoma shartlari buzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— sudning qaroriga koʻra.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“RUXSATNOMA”NING AMAL QILISh MUDDATINI UZAYTIRISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish Agentlik tomonidan oʻrnatilgan tartibda ruxsatnomani olish kabi uning amal qilish muddati tugaguncha 30 kun avval amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomani uzaytirish mazkur Yoʻriqnomaning 6-bandida koʻzda tutilgan muddatga bir marta amalga oshiriladi. Shundan soʻng yangi ruxsatnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun ish beruvchi yoki uning vakili oʻrnatilgan tartibda Agentlikka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza (rahbar tomonidan imzolangan va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan) (1-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnomaning avval berilgan asl nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻQOLGAN RUXSATNOMA OʻRNIGA YaNGI “RUXSATNOMA”NI BERISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hujjat (ruxsatnoma) yoʻqolganligi toʻgʻrisida ish beruvchi ruxsatnomani bergan organni xabardor qilmogʻi lozim. Arizada yoʻqolish holati, vaqti va joyi koʻrsatilib, yangi ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish uchun toʻlov amalga oshirilganini tasdiqlovchi bank (kassa) hujjati ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻqotish sabablari tekshirilganidan soʻng (ish beruvchining yozma tushuntirishi) 15 kun mobaynida yangi ruxsatnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. ISh BERUVChI TOMONIDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY IShChI KUChINI JALB QILISh VA UNDAN FOYDALANISh ShARTLARINI TAʼMINLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekistonga kelgan xorijiy fuqaro ish beruvchining respublikada xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanishga berilgan ruxsatnomaga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hududida yollanishi mumkin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibiga asosan ish beruvchilar chet elda turgan fuqaro bilan muayyan lavozimga dastlabki mehnat shartnomasini tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat shartnomasini ikkala tomon imzolab, shundan soʻng ish beruvchi yoki uning tomonidan vakil qilingan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda xorijiy mutaxassisning mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjatni olish uchun Agentlikka murojaat etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza (rahbar tomonidan imzolangan va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan) 2 nusxada (3-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mutaxassisga anketa (rahbar tomonidan imzolangan va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan anketa) ikki nusxada beriladi (2-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish maqsadi va shartlari toʻgʻrisidagi oldidan ahdlashilganlikni tasdiqlovchi mehnat shartnomasi loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhr bilan tasdiqlangan rahbarning majburiyatlari (4-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3x4 hajmdagi 2 dona fotosurat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy ishchining milliy pasporti nusxasi (vizaning amal qilish muddati koʻrsatiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada koʻrsatilgan lavozimga ish beruvchi tomonidan jalb qilinuvchi xorijiy mutaxassislarda tegishli maʼlumot, malaka yoki mutaxassislikning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining mehnat va aholi bandligining hududiy organidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy fuqaroni jalb qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi ruxsatnomaning nusxasi (ruxsatnomani olmagan tashkilotlardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqnomani rasmiylashtirish va berish uchun oʻrnatilgan toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy fuqaro Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan boʻlsa, hujjatlar quyidagi mehnat vizalaridan birining mavjudligida qabul qilinadi: “E” ishchi vizasi, “V-1”, “V-2” yoki xizmat “S-3” vizasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqnomani uzaytirish uchun mazkur bandning 10-chi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatdan tashqari avval berilgan tasdiqnomaning asl nusxasini koʻrsatgan holda ayni hujjatlar paketi taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ishdan boʻshash munosabati bilan mehnat shartnomalarini muddatdan avval bekor qilgan, shuningdek oʻzboshimchalik bilan ish joyini qoldirgan holatlarda ish beruvchilar Agentlikka uning boʻshaganligi toʻgʻrisida buyruq nusxasini taqdim etib, bekor qilish uchun mazkur mutaxassisga “tasdiqnoma”ni qaytarib berishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLARI ORGANLARI VA TIV KONSULLIK BOShQARMASI BILAN RUXSATNOMALAR VA TASDIQNOMALARNI KOʻRIB ChIQISh, MAʼQULLASh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Hujjatlarni qabul qilish har bir hujjatning toʻgʻri toʻldirilganligi tekshirilgandan soʻng amalga oshiriladi va qabul qilingan hujjatlar paketi ishga rasmiylashtirilib yoxud yuridik yoki jismoniy shaxsning roʻyxatga olingan ishning mavjud boʻlgan materiallariga biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasiga muddati oʻtgan viza bilan yoki 3 kundan ortiq boʻlgan muddatda OVD dan roʻyxatdan oʻtmasdan, “yollash boʻyicha ishga qabul qilinishi mumkin emas” belgili turistik viza boʻyicha dam olish va bayram kunlarini hisobga olgan holda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar paketi qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hujjatlar paketida roʻyxatga koʻra kamchiliklar boʻlsa yoki ularni toʻldirishda xatoga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, ular qabul qilinmaydi va qayta rasmiylashtirish uchun qaytariladi. Bunda xodim qaytarishning aniq sabablarini eʼlon qilmogʻi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ish beruvchilardan olingan ish materiallari boʻyicha Agentlik hududiy ichki ishlar organidan chet el fuqarosiga Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani berish maqsadga muvofiq (5-ilova)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 kun mobaynida (dam olish va bayram kunlari bundan mustasno) ichki ishlar organlaridan salbiy fikr olinmagan ishlar Agentlik komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilishiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agentlik Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi TIV Konsullik boshqarmasi va ichki ishlarning hududiy organiga quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— respublika hududida ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish uchun berilgan ruxsatnoma muddati koʻrsatilgan xorijiy mutaxassislar roʻyxati va/yoki rahbar imzosi va Agentlik muhri bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish tasdiqnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— respublika hududida ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalarni berish yoki muddatini uzaytirishda rad javobini olgan xorijiy mutaxassislar va/yoki rahbar imzosi va Agentlik muhri bilan tasdiqlangan rad etish sabablari koʻrsatilgan holda Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi tasdiqnomasining roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasining konsullik boshqarmasi ish beruvchilarning viza koʻmagi boʻyicha xorijiy mutaxassislarga Agentlik tomonidan berilgan mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini “tasdiqlash” muddatiga “mehnat vizasi”ni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi tasdiqnomasini berish yoki muddatini uzaytirishda rad javobini olgan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi TIV Konsullik boshqarmasi mehnat vizasini berishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ichki ishlarning hududiy organi ish beruvchilarning arizalariga koʻra xorijiy mutaxassislarning milliy pasportlarini roʻyxatga oladi yoki Agentlik tomonidan berilgan mehnat faoliyatini oshirish huquqi tasdiqnomasining muddatini uzaytiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agentlik tomonidan respublika hududida mehnat faoliyatini oshirish huquqiga tasdiqnomani berish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishda rad etilgan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek respublika hududida tasdiqnomasiz mehnat vizasi yoki Agentlik tomonidan berilgan mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomaning muddati uzaytirilmagan holatda hududiy ichki ishlar organlari oʻz vakolatiga koʻra viza va milliy pasportlar roʻyxatga olinganligining amal qilish muddatini qisqartiradi, milliy pasportlarni roʻyxatga olmaydi va uning amal qilish muddatini uzaytirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaga kasb faoliyatini amalga oshirish maqsadida kirib kelgan va “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” talablarini buzgan holda ishga qabul qilingan xorijiy fuqarolarga nisbatan ichki ishlarning hududiy organlari Agentlikning yozma maʼlumotiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.10.1995-yildagi Qaroriga 2-ilovaga muvofiq ularni respublikadan chiqarish choralarini qoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xorijiy ishchi kuchini qoʻshimcha jalb qilish uchun ruxsat olish uchun ish beruvchilar 12-bandga muvofiq hujjatlar paketini taqdim etib, u mazkur yoʻriqnomaga muvofiq koʻrib chiqiladi. Hujjatlar paketi mavjud ish materiallariga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Hujjatlar paketi arizachilarga qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BLANKLARNI TOʻLDIRISh TARTIBI VA RUXSATNOMA VA TASDIQNOMALARNI BERISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish uchun ruxsatnomalar, hamda mehnat faoliyati huquqiga egalik tasdiqnomalari blanklari Agentlik komissiyasi tomonidan ijobiy qaror qabul qilingandan keyin toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish uchun ruxsatnomalar, hamda mehnat faoliyati huquqiga egalik tasdiqnomalari blanklari Agentlik boshligʻi yoki u boʻlmagan paytda uning vakolatlarini bajaruvchi masʼul shaxs tomonidan imzolanadi va hujjatlarni bergan organning muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy pasportda mazkur Yoʻriqnomaning 12 va 15-bandlariga zid boʻlmagan amaldagi viza mavjud boʻlganda tasdiqnoma mazkur Yoʻriqnomaning 7-bandida koʻzda tutilgan tartibda imzolangan holda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma va tasdiqnomani rasmiylashtirish va berish uchun minimal oylik ish haqining 10 baravarida toʻlov olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Komissiya tomonidan tegishli qaror qabul qilinguncha Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy mutaxassisning kirish fakti oʻrnatilganda yoki mazkur Yoʻriqnomaning 12 va 15-bandlariga zid boʻlgan viza boʻyicha kirishda Agentlik tasdiqnomani berganlik toʻgʻrisidagi qarorni bekor qiladi va bu haqda ish beruvchi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi TIV Konsullik boshqaruvi va ichki ishlarning hududiy organini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Agentlik “ruxsatnomalar” va “tasdiqnomalar” blankalarining qatʼiy hisobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma blankasining yuza tomonida Oʻzbekiston Respublikasining gerbi va “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish uchun ruxsatnoma” yozuvi mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Blankda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ruxsatnomani bergan organ nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— berilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ish beruvchining nomi va u haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ishchilar haqida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ruxsatnomaning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— uzaytirish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Agentlik rahbarining imzosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— gerbli muhr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xorijiy mutaxassislarning maksimal jalb qilinadigan soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tasdiqnoma blankasining old tomonida Oʻzbekiston Respublikasining gerbi va “Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma” yozuvi mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Blankda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— “tasdiqnoma”ni bergan organ nomi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xorijiy mutaxassisning surati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— fuqaroligi, F.I.O;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— milliy pasport haqida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ishga qabul qiluvchi ish beruvchining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— tasdiqnoma amal qiluvchi hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— faoliyat turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— berilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Agentlik rahbarining imzosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— gerb muhri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAZKUR YOʻRIQNOMADA OʻRNATILGAN TARTIB QOʻLLANILMAYDIGAN XORIJIY FUQAROLARNING ALOHIDA TOIFASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom quyidagi xorijiy fuqarolarga nisbatan qoʻllanilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diplomatik va konsullik muassasalarining, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi diplomatik maqomdan foydalanuvchi tashkilotlarning xodimlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning xalqaro hukumatlararo tashkilotlari va hukumat tashkilotlari vakolatxonalari xodimlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 oygacha muddatga keladigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlayotgan yoki tashkil etilayotgan qoʻshma korxonalar yoki firmalarning taʼsischilari yoki paychilari hisoblanadiganlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlararo bitimlarga muvofiq tashkil etilgan Oʻzbekiston hududidagi muassasalarda ishlovchi fan va madaniyat arboblariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼtil vaqtida Oʻzbekiston oliy kasb taʼlimi taʼlim muassasalari dasturlari doirasida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan talabalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan muxbirlar va jurnalistlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida akkreditatsiya qilingan nodavlat notijorat tashkilotlarining xamda xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari xodimlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilingan xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalari xodimlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston akademiyalari va oliy kasb taʼlimi taʼlim muassasalarida maʼruzalar kursini oʻqish va boshqa ishlar uchun jalb qilingan maʼruzachilar va yoʻriqchilarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan davlatlararo bitimlarga koʻra ishga joylashtirishning boshqa xil tartibi belgilangan shaxslarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOMISSIYADA HUJJATLAR PAKETINI KOʻRIB ChIQISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ish beruvchilar tomonidan taqdim etilgan materiallar boʻyicha oʻz vaqtida va obyektiv qaror qabul qilinishini taʼminlash maqsadida Agentlik tomonidan tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan maʼqullanadigan komissiya tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Hujjatlar paketini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnoma berishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining boʻsh ish joylarini egallash boʻyicha ustunlik huquqlari prinsipidan, soʻralayotgan joyda qadri bir xil ishchi kuchlari borligidan kelib chiqishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi xorijiy ishchiga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish uchun murojaat qilgandan soʻng Agentlik ish beruvchining roʻyxatdan oʻtgan joyining Bandlikka koʻmaklashish va ijtimoiy himoyalash Markaziga mutaxassis mavjud emasligi va tegishli mutaxassislik boʻyicha vakant joylar mavjudligi yuzasidan, mehnat shartlari va toʻlovlari koʻrsatilgan holda soʻrovnoma yuboradi. Agentlik tomonidan mutaxassislar mavjud emasligi toʻgʻrisida javob olgan taqdirda xorijiy mutaxassislarga ruxsatnoma berishi masalasi umumiy asoslarda hal etiladi. Bunday soʻrovlarni koʻrib chiqish muddati 30 kundan oshmasligi lozim (ishlab chiqarishda yuqori malakaga va noyob tajribaga ega xorijiy fuqarolarga — 15 kundan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ruxsatnoma va tasdiqnoma berish toʻgʻrisida qaror ushbu Yoʻriqnomaning 3 va 12-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni bergan kundan boshlab 30 kun mobaynida — komissiya tomonidan qabul qilinadi (ishlab chiqarishda yuqori malakaga va noyob tajribaga ega xorijiy fuqarolarga — 15 kundan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish uchun ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi asoslangan qaror arizachiga ushbu qaror qabul qilingandan soʻng bir hafta muddatda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Zarurat tugʻilganda komissiya hujjatlar paketini ish beruvchi ishtirokida koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Koʻrib chiqilayotgan hujjatlar boʻyicha komissiya quyidagi asoslarga koʻra salbiy qarorni qabul qilishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ish beruvchi tomonidan xorijiy mutaxassislarning huquqlari buzilishiga olib keluvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishi uchun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Agentlikda “ruxsatnoma” olinguncha qadar ishga xorijiy mutaxassisni qabul qilganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Nomiga boshqa ish beruvchidan olingan ruxsatnoma asosida mehnat shartnomasi asosida xorijiy mutaxassisni ishga qabul qilgani uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. ISh BERUVChI TOMONIDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY IShChI KUChINI JALB QILISh VA UNDAN FOYDALANISh TARTIBIGA RIOYA QILINIShINI TEKShIRISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ish beruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom qoidalariga rioya qilishni tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Davlat huquqiy inspeksiya xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy boshqarmalarning inspeksiyalarida mazkur ishni tashkillashtirish ushbu boshqarmalarning rahbarlariga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Davlat mehnat huquq inspeksiyasi xodimlari xorijiy mutaxassislarning ishga joylashish qonuniyatlari va mehnat sharoitlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq xorijiy mutaxassislarning huquqlari rioya qilinishini tekshirishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Nazoratni tashkillashtirish uchun mehnat huquq inspeksiyasi xodimlari ish beruvchilar, shuningdek Agentlik tomonidan taqdim qilingan Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanishga ruxsatnomalarning mavjudligi va toʻgʻri rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tuman (shahar) aholini ijtimoiy muhofaza qilish va bandligini taʼminlash markazlarining davlat huquq inspektorlari oʻz ishini quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha tashkillashtiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ish beruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablari va uni buzganlik uchun javobgarligini tushuntirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xorijiy mutaxassislarning huquqlarini taʼminlash boʻyicha ish beruvchilarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish, “ruxsatnomalar”ning amal qilish muddatini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ish beruvchilar tomonidan xorijiy fuqarolarni ularga Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tasdiqnoma olinganidan keyingina ishga qabul qilish shartiga rioya qilinishini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xorijiy fuqarolarning malakali tuzilishini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilishda “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” talablari buzilish holatlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— hududiy mehnat organlari oʻrtasida intizomning buzilishiga yoʻl qoʻygan xorijiy mutaxassislar haqidagi maʼlumotni oʻzaro almashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tekshirish hududiy boshqarmalarning inspeksiyalari tomonidan oʻrnatilgan rejaga asosan amalga oshiriladi. Tekshirish natijalari keyinchalik Agentlikka xabar bergan holda tegishli hududiy boshqarmaning inspeksiya boshligʻiga hisobot beriladi, shuningdek ish beruvchiga aniqlangan intizom buzilishlari haqida yozma xabarnoma yuborilib, uni bartaraf etish muddatlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlari joylarga chiqish yoʻli bilan ish beruvchilarning faoliyatini tekshirishga jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tuman (shahar) aholini ijtimoiy muhofaza qilish va bandligini taʼminlash markazlarining davlat huquq inspektorlari oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda xushmuomala, vazmin, odobli boʻlmogʻi, xizmat vazifasini bajarishda yuqori javobgarligi toʻgʻrisida unutmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XORIJIY MUTAXASSISLAR BILAN IShLAYDIGAN AGENTLIKLARNING ASOSIY VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Agentlikning Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga murojaat qilishi munosabati bilan davlat mehnat huquq inspeksiyasi xodimlari ish beruvchilarning ishtirokida qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda xorijiy mutaxassislarning ishga joylashish qonuniyatlari va mehnat sharoitlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq xorijiy mutaxassislarning huquqlari rioya qilinishini tekshirishni amalga oshiradi. Intizomiy buzilishlar aniqlanganda ular ish beruvchilarni ruxsatnoma olish zarurligi yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ogohlantirib, koʻrsatmalar bajarilishini nazorat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish natijalariga koʻra dalolatnoma tuzilib, uning nusxalari Agentlik va ish beruvchiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ish natijalariga koʻra Agentlik har oyning 10-chi sanasigacha Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga jamlangan maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY IShChI KUChINI JALB QILISh VA UNDAN FOYDALANISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM” TALABLARINI BUZGANLIK UChUN ISh BERUVChILARGA NISBATAN TAʼSIR ChORALARINING QOʻLLANILISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mazkur Yoʻriqnomaning 11-bandiga muvofiq ish beruvchi Agentlikda Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish uchun ruxsatnoma va Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga egalik tasdiqnomasini olganidan keyingina xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va undan foydalanishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ish beruvchidagi Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish ruxsatnomasi boshqa ish beruvchilarga berilmasligi kerak, va ruxsatnoma asosida jalb qilinadigan xorijiy xodimlar boshqa ish beruvchiga ishlash uchun oʻtkazilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Ish beruvchi oʻz korxonasida respublika hududida turistik, mehmon vizasi yoki “yollash boʻyicha ishlash huquqisiz” yoki “EXIT” belgisi qoʻyilgan viza boʻyicha istiqomat qiluvchi xorijlik fuqaroni jalb qilishi va undan foydalanishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Mazkur Yoʻriqnomaning 15, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 3, 11 va 14-bandlarida koʻzda tutilgan talablarni buzganligi aniqlanganda Agentlik yoʻl qoʻyilgan buzilishlar bartaraf etilgunga qadar ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyishi yoki muayyan muddatda uni bartaraf etilishi lozimligi toʻgʻrisida koʻrsatma berishi mumkin. Buzilishlar oʻrnatilgan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda ruxsatnoma va tasdiqnoma Agentlikning qaroriga koʻra bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buzilish faktlari boʻyicha Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi TIV Konsullik boshqarmasini xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ish beruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi buzilganligi aniqlangan taqdirda Agentlik 3 oygacha boʻlgan muddatga xorijiy ishchi kuchini qoʻshimcha tarzda jalb qilishga hujjatlar paketini qabul qilishni bekor qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ish beruvchi tomonidan avval berilgan ruxsatnomaning bekor qilinishiga olib kelgan buzilishlarning bartaraf etilganligi toʻgʻrisida yozma xabarnoma taqdim etilganidan soʻng Agentlik hujjatlar qabulini tiklaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Mazkur Yoʻriqnomaning 47-bandi buzilib xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish faktlari boʻyicha Agentlik respublika hududida mehnat faoliyati huquqini beruvchi tasdiqnomani olish uchun hujjatlar paketini qabul qilishni toʻxtatadi va bu haqda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi TIV Konsullik boshqarmasini xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. AGENTLIKDA ISh BERUVChILAR HISOBINI YuRITISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga muvofiq Agentlik ish beruvchilar va “ruxsatnoma” va “tasdiqnoma” olgan xorijiy mutaxassislarning hisobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Hokimiyatlar va prokuratura, Oʻzbekiston Respublikasi MHX va IIV ning soʻrovnomalariga koʻra Agentlik barcha ish beruvchilar, shuningdek “ruxsatnoma” va tasdiqnomalarni olgan xorijiy mutaxassislar toʻgʻrisida maʼlumotnomalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Agentliklarning maʼlumotlar bankida ruxsatnoma va tasdiqnoma olish uchun hujjatlar paketi bilan murojaat qilgan ish beruvchilar, shuningdek Oʻzbekiston hududida istiqomat qilish muddati, ruxsatnoma va tasdiqnoma muddatlari koʻrsatilgan holda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Har bir ish beruvchi va xorijiy mutaxassis nomiga ish yuritilib, u ishlarni roʻyxatga olish kitobida roʻyxatga olinadi. Kitob boʻyicha tartib raqami ayni paytda ish muqovasida qoʻyilgan tartib raqami hamdir va u ish muqovasida qoʻyiladi. Ishlar hisobini yuritish kitobi raqamlangan, tikilgan va muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi darkor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ish beruvchilar va xorijiy mutaxassislarning “ish”lari javonlarda saqlanadi. Muayyan ish beruvchilarga tegishli yozishma “ish”ga biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Ish beruvchilar va xorijiy mutaxassislarga ochilgan arxiv ishlari 5 yil muddatgacha saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Yoʻq qilingan ishlar, shuningdek bekor qilingan va buzilgan blankalar boʻyicha Agentlik rahbari tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya tomonidan dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu komissiya tarkibiga yurist ham kiritiladi. Ishlar bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomalar doimiy ravishda saqlanadi. Bekor qilingan va buzib qoʻyilgan blanklar toʻgʻrisidagi aktlar 1 yilgacha saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Ishlar hisobini yuritish kitoblarida ishlar qachon yoʻq qilingani va ularning yoʻqotilgani toʻgʻrisidagi dalolatnomalar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Ruxsatnoma va tasdiqnoma blankalari Agentlik tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Agentlik har chorakda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va hududiy ichki ishlar organlariga muayyan ish beruvchilarni koʻrsatgan holda xorijiy mutaxassislarning soni, malakaviy tuzilishi, tashrif muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiq. № ______________________
“_____” _____________________
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha Agentlik boshligʻiga
ARIZA
“Tashinterm” QK Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-y. 19-oktabrdagi 408-sonli qaroriga muvofiq xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish huquqiga ruxsatnoma berishingizni (uzaytirishingizni) soʻraydi. Ilova: taʼsis hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy mutaxassis ANKETASI
1. F.I.O. 2. Pasport boʻyicha F.I.O. 3. Tugʻilgan sana va joyi 4. Fuqarolik: 5. Pasport seriya va raqami: 6. Jinsi (erkak/ayol): 7. Xorijda yashash manzili: 8. Maʼlumoti, mutaxassisligi: 9. Oxirgi ish joyi (korxonaning nomi va lavozimi) 10. Ish beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (korxona nomi va faoliyat turi): 11. Ish haqi, muntazamligi: 12. Shartnoma boʻyicha lavozimi: 13. Oʻzbekistonga avvalgi tashriflari: 14. Viza raqami va turi, Vizalar va roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi (OVIR)da roʻyxatdan oʻtish muddatlari: 15. Oʻzbekistonda yashash manzili: 16. Ayni paytda xorijiy fuqaroning yashash joyi (mamlakat):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiq. № ______________________
“____” ______________________
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha Agentlik boshligʻiga
ARIZA
“Tashinterm” QK xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish huquqiga olingan ruxsatnoma asosida xorijiy mutaxassislarga mehnat faoliyati huquqiga egalik tasdiqnomasini berishingizni (uzaytirishingizni) soʻraydi:
T/r
F.I.O.
Tugʻilgan yili
Fuqaroligi
Pasport №
Mehnat shartnomasining muddati
1. 2. va h. Ilova: anketalar ______ dona
Direktor______________________________
(F.I.O., imzo) M.Oʻ.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAJBURIYAT
Men, _________________________________________________________________________________________________________, ____________________________________________________________________________________________ ish beruvchisi (korxona nomi)
“Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” bilan toʻliq tanishib chiqd�m va quyidagi majburiyatlarni boʻynimga olaman: a) quyidagi xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish uchun ruxsat olishga hujjatlar paketini taqdim etmaslik: Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha istiqomat qiluvchi, Respublikada muddati tugagan viza yoki IIB da 3 kundan koʻp boʻlgan muddatda roʻyxatga turmasdan joylashgan yoki Oʻzbekiston Respublikasiga turistik, “mehmon” vizasi yoki “ishga yollash huquqisiz” belgisi qoʻyilgan vizasi bor boʻlgan shaxslar; b) Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha istiqomat qiluvchi, respublika hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomaga ega boʻlmagan xorijiy fuqarolarni ishga qabul qilmaslik; v) Ish beruvchidagi ruxsatnoma boshqa ish beruvchilarga berilgan xorijiy mutaxassisni ishga qabul qilmaslik; g) “Ruxsatnoma” muddati tugagunga qadar ishdan boʻshatilgan xorijiy mutaxassislar haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligini xabardor etish va hujjatlarni bekor qilishga taqdim etish; d) tegishli organlarga yolgʻon maʼlumotni taqdim etmaslik; e) davlatga qarshi ish tashlashlar yoki boshqa konstitutsiyaga qarshi siyosiy tadbirlarda ishtirok etmaslik va ularda xorijiy mutaxassislarning ishtirok etishiga yoʻl qoʻymaslik; j) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid boʻlgan harakatlarni amalga oshirmaslik va xorijiy mutaxassislar tomonidan buzilishlar yoʻlga qoʻyilishi haqida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari Agentligi xabardor etish, ularga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻatish, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi boʻyicha ularni jinoiy, maʼmuriy, fuqarolik yoki boshqa javobgarlikka tortish; z) Agentlikka ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarda har qanday oʻzgarishlar (korxona haqidagi qisqa maʼlumotlar, taʼsis hujjatlari, arizalar, anketalar, pasport maʼlumotlari va h.) haqida bir hafta muddatda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari Agentligini xabardor etish (oʻzgartish uchun asos boʻlgan barcha tegishli hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi). i) berilgan ruxsatnomalar va tasdiqnomalarning amal qilish muddati tugagan taqdirda yoki korxona tugatilganda bir hafta muddatda Agentlikni xabardor etish. Men tomondan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur majburiyat buzilgan taqdirda Agentlik tomonidan berilgan ruxsatnoma (tasdiqnoma)ning rad etilishi, bekor qilinishi yoki harakatdan toʻxtatilishi mumkinligi haqida ogohlantirildim.
Ish beruvchi _______________________________
(F.I.O., imzo va sana) M.Oʻ.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha Agentlik boshligʻiga
Sizdan xorijiy mutaxassislarga Toshkent shahrida mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomasi berilishi masalasi boʻyicha fikringizni bildirishingizni soʻraymiz.
Ilova: anketalar __________________ dona. va _______ varaqda arizalar.