16.06.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3628
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 16.06.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3628
Kuchga kirish sanasi
01.07.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 16-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3628]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq 2025-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor D. LI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 15-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 23-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarining huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 15-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 15-maydagi 3-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasida qimmatli qogʻozlar hisobini tashkil etish va yuritishning yagona tamoyillari, depozitar operatsiyalarni bajarish, hujjatlar aylanishi va ichki nazoratni tashkil etish tartibini, shuningdek hisobotlarni tuzish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ (bundan buyon matnda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) — depo hisobvaraqlari boʻyicha qimmatli qogʻozlarni saqlashning, bunday qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishning va qimmatli qogʻozlar harakatining yagona tizimini taʼminlovchi tashkilot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob tashkiloti — qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻz mijozlarining topshirigʻiga koʻra yoki ularning nomidan depozitar operatsiyalarni amalga oshirish, shuningdek qimmatli qogʻozlarni hisobga olish va ularga boʻlgan huquqlarni oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deponent — depo hisobvaragʻiga ega boʻlgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitar tizim — Markaziy depozitariy va hisob tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan qimmatli qogʻozlarni saqlash, hisobga olish va ularga boʻlgan huquqlarni oʻtkazish tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni nominal saqlovchi (bundan buyon matnda nominal saqlovchi deb yuritiladi) — qimmatli qogʻozlar egasining yoki u vakil qilgan shaxsning topshirigʻiga koʻra qimmatli qogʻozlarni hisobga olishni, ularga boʻlgan huquqlarni tasdiqlashni va oʻtkazishni qimmatli qogʻozlarning egasi boʻlmagan holda amalga oshirish huquqiga ega yuridik shaxs (investitsiya vositachisi, markaziy depozitariy, broker, kastodian, bank va boshqalar), shu jumladan chet ellik yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarning emissiya risolasi — emitent va u chiqaradigan qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek investorning qimmatli qogʻozlar olish toʻgʻrisidagi qaroriga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa axborotni aks ettiruvchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish registrlari (bundan buyon matnda hisob registrlari deb yuritiladi) — ushbu Qoidalarda belgilangan qimmatli qogʻozlarni saqlash va qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish boʻyicha yozuvlar tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaragʻi — deponentning qimmatli qogʻozlarini saqlash va qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish uchun moʻljallangan depozitar tizimning hisob registrlaridagi yozuvlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy nominal hisobvaraq — chet ellik nominal saqlovchi tomonidan Markaziy depozitariyda bevosita bitta chet ellik benefitsiar mulkdor nomiga toʻgʻridan-toʻgʻri individual hisobvaraq yoki omnibus hisobvaraq shaklida ochiladigan depo hisobvaragʻining turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
omnibus hisobvaraq — nominal saqlovchi tomonidan Markaziy depozitariyda ochiladigan nominal hisobvaraq turi boʻlib, unda barcha xorijiy benefitsiar egalariga va (yoki) nominal saqlovchilarga, shu jumladan chet ellik nominal saqlovchilarga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarning miqdori va qiymati jamlangan holda hisobga olinadi;

toʻgʻridan-toʻgʻri individual hisobvaraq — chet ellik nominal saqlovchi tomonidan Markaziy depozitariyda bevosita chet ellik benefitsiar mulkdor nomidan va uning nomiga ochiladigan depo hisobvaragʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy depo hisobvaragʻi — Markaziy depozitariyda ochiladigan va unga saqlash uchun qabul qilingan qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini belgilangan tartibda deponentlarning depo hisobvaraqlariga, shu jumladan chet ellik nominal saqlovchilarning vakillik hisobvaraqlariga oʻtkazilgunga qadar hisobga olish, shuningdek bekor qilinishi lozim boʻlgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish uchun moʻljallangan depo hisobvaragʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitar operatsiyalar — ushbu Qoidalarga muvofiq hisob registrlarida bajariladigan operatsiyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Qoidalarning maqsadi quyidagilarni taʼminlashdan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deponentlarning qimmatli qogʻozlarini tegishli tarzda saqlash, hisobga olish va ularga boʻlgan huquqlarni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitar operatsiyalarni toʻgʻri bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitar operatsiyalarni amalga oshirishda yagona yondashuvni qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilgan operatsiyalarni depozitar tizimning hisob registrlarida oʻz vaqtida va aniq aks ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiquvchi hisobotlarni tegishli ravishda rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deponentlarning qimmatli qogʻozlari bilan bogʻliq depozitar operatsiyalarni oʻtkazishda xatolar yuzaga kelishining oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiyalarning toʻgʻri bajarilganligini keyinchalik tekshirish imkoniyatini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasida depozitar operatsiyalarni amalga oshiruvchi barcha subyektlar uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qoidalar deponentning qimmatli qogʻozlarini saqlash va (yoki) ularga boʻlgan huquqlarni hisobga olish boʻyicha depozitar operatsiyalarga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Depozitar operatsiyalar obyekti deganda Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan va ularga boʻlgan huquqlarni hisobga olish qonunchilik hujjatlariga muvofiq depo hisobvaraqlarida amalga oshiriladigan qimmatli qogʻozlar tushuniladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida chiqarilgan qimmatli qogʻozlar (bundan buyon matnda xorijiy qimmatli qogʻozlar deb yuritiladi) ham depozitar operatsiyalar obyekti boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida hujjatsiz shaklda muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning barcha turlari va ularning muomalaga chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar Markaziy depozitariyda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan qimmatli qogʻozlar vakolatli davlat organida roʻyxatdan oʻtkazilib, Markaziy depozitariyda hisobga qoʻyilgandan soʻng hisob tashkilotlari tomonidan hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Hisob tashkilotlari oʻz mijozlarining hisobvaraqlarida ularning Markaziy depozitariydagi hisobvaraqlarida jamlab hisobga olib boriladigan hujjatsiz qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlari hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Depozitar hisobni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markaziy depozitariy va hisob tashkilotlari ushbu Qoidalar talablariga muvofiq depozitar hisobni yuritishga oid birlamchi hujjatlarni, shuningdek qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish va oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlarni hisobga olish tizimini (bundan buyon matnda hujjatlarni hisobga olish tizimi deb yuritiladi) tashkil etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markaziy depozitariy va hisob tashkilotlari oʻz deponentlari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hisob registrlarini yuritishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hisob registridagi yozuvlar deponentni identifikatsiya qilish imkonini beradigan maʼlumotlarni, shuningdek qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlar va (yoki) toʻlovlar oʻtkaziladigan bank hisobvaragʻi rekvizitlarini oʻz ichiga olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Markaziy depozitariy va hisob tashkilotlari oʻzlari tasdiqlagan ichki hujjatlarga muvofiq hisobga olish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilayotgan qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi yozuvlarni oʻz ichiga olgan hisob registrlarini yuritishlari shart. Bunday yozuvlar qimmatli qogʻozlarni aniq identifikatsiyalash imkonini beradigan maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Markaziy depozitariy va hisob tashkilotlari oʻtkazilgan barcha depozitar operatsiyalar toʻgʻrisidagi yozuvlarni operatsiyalar jurnalida xronologik tartibda yuritishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Markaziy depozitariy va hisob tashkilotlari oʻzlarining ichki hujjatlarida quyidagilarni belgilashi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitar operatsiyalar va hujjat aylanishini, shu jumladan yozuvlarni kiritish, shuningdek tarkibiy boʻlinmalarining hujjatlarni qayta ishlash, saqlash va foydalanish vakolatlarini cheklash tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir deponentning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini alohida hisobga olishni taʼminlaydigan va qoʻllab-quvvatlaydigan depozitar operatsiyalarni hisobga olish qoidalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlari va uchinchi shaxslar tomonidan koʻrsatilgan axborotdan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishga yoʻl qoʻymaydigan tarzda axborotdan foydalanish huquqlarini cheklash va maxfiyligini taʼminlash tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq axborotni tegishli darajada himoya qilishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deponentlarning shikoyatlari va soʻrovlarini koʻrib chiqish tartibini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Depozitar tizimda Markaziy depozitariyning vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Markaziy depozitariyning depozitar operatsiyalarni amalga oshirishdagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariyda depo hisobvaragʻiga ega boʻlgan deponentlarning har biriga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlar hamda moliyaviy vositalarning soni va nominal qiymatini hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni saqlash;

deponentning Markaziy depozitariydagi depo hisobvaragʻidan tegishli koʻchirma bergan holda uning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlarining qimmatli qogʻozlariga majburiyatlar yuklatilganligi, shuningdek ularning toʻxtatilganligi faktlarini hisobga olish;

mijozlarning hisobvaraqlari boʻyicha qimmatli qogʻozlarning mavjudligi va harakati, ularning holati toʻgʻrisidagi axborotning maxfiyligini taʼminlash;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organi, monopoliyaga qarshi davlat organi, shuningdek sud, surishtiruv va tergov organlarining qarorlari asosida deponentning depo hisobvaragʻi boʻyicha qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni cheklash faktlarini roʻyxatdan oʻtkazish (qayd etish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organining, davlat soliq xizmati organining, monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining yozma talablariga koʻra oʻz faoliyatiga taalluqli maʼlumotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etish;

qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Markaziy depozitariy depozitar operatsiyalarni amalga oshirishda quyidagi xizmatlarni ham koʻrsatishga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bilan tuzilgan bitimlar natijasida yuzaga kelgan oʻzaro majburiyatlar va talablarni aniqlash va hisobga olish (kliring);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deponentlarning qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish va qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlar olish bilan bogʻliq pul mablagʻlaridagi hisobvaraqlarini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nominal saqlovchini, shu jumladan chet ellik nominal saqlovchini Markaziy depozitariyda saqlanayotgan qimmatli qogʻozlari boʻyicha qimmatli qogʻozlar egalari reyestriga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar egasi boʻlgan mulkdorning topshirigʻiga asosan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarida uning manfaatlarini ifodalash va ovoz berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nominal saqlovchi hisoblanadigan qimmatli qogʻozlar egalari roʻyxatlari va reyestrlarini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni harakatsizlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qimmatli qogʻozlarni saqlash va harakatsizlantirish bilan faqat Markaziy depozitariy shugʻullanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Depozitar tizimda hisob tashkilotlarining funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Hisob tashkilotlarining depozitar operatsiyalarni amalga oshirishdagi funksiyalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir mijozning qimmatli qogʻozlari soni va nominal qiymatini hamda pul mablagʻlari hisobini yuritish, deponent bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar va operatsiyalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarning ichki hisobini yuritish, shuningdek ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deponentning depo hisobvaragʻidan tegishli koʻchirma bergan holda uning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlarining qimmatli qogʻozlariga majburiyatlar yuklatilganligi, shuningdek ularning toʻxtatilganligi faktlarini hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlarning hisobvaraqlari boʻyicha qimmatli qogʻozlarning mavjudligi va harakati, ularning holati toʻgʻrisidagi axborotning maxfiyligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organining, davlat soliq xizmati organining, monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining yozma talablariga koʻra oʻz faoliyatiga taalluqli maʼlumotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi nominal saqlovchi boʻlgan qimmatli qogʻozlarning saqlovchilari va egalari roʻyxatlarini tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Hisob tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomada va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan barcha harakatlarni bajaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariydan qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi hujjatlar va maʼlumotlarni oladi hamda ularni mijozlarga beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlardan olingan hujjatlar va maʼlumotlarni Markaziy depozitariyga topshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini shakllantirish uchun oʻz mijozlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Markaziy depozitariyga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Deponentlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Markaziy depozitariy va hisob tashkilotlarining deponentlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Markaziy depozitariy bilan depo hisobvaragʻi shartnomasini tuzgan va unda depo hisobvaragʻiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar Markaziy depozitariyning deponentlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Qimmatli qogʻozlar egalari (mulkdorlari), qimmatli qogʻozlar emitentlari, nominal saqlovchilar, shu jumladan chet ellik nominal saqlovchilar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar Markaziy depozitariyning deponentlari boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qimmatli qogʻozlar egalari (mulkdorlari) va qimmatli qogʻozlar emitentlari hisob tashkilotlarining deponentlari boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Depozitar shartnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Deponent va Markaziy depozitariy yoki hisob tashkiloti oʻrtasidagi deponentning qimmatli qogʻozlarini saqlash va (yoki) ularga boʻlgan huquqlarni hisobga olish, shuningdek boshqa xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha huquqiy munosabatlar depozitar shartnoma bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Depozitar shartnoma yozma shaklda tuziladi va quyidagi shartlarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomaning predmeti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma tomonlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deponentning qimmatli qogʻozlarni tasarruf etish toʻgʻrisidagi topshiriqnomasini Markaziy depozitariy yoki hisob tashkilotiga taqdim etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariy yoki hisob tashkilotining deponentning topshiriqlarini bajarish majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariy yoki hisob tashkiloti tomonidan qimmatli qogʻozlar egalariga ularning qimmatli qogʻozlari boʻyicha huquqlarini amalga oshirishda koʻmaklashish bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatish, jumladan tegishli maʼlumot va hujjatlarni qimmatli qogʻozlar egasidan emitentga hamda emitentdan qimmatli qogʻozlar egasiga yetkazish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomaning amal qilish muddati, uni oʻzgartirish va bekor qilish asoslari hamda tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariy yoki hisob tashkilotining deponentga hisobot berish tartibi va shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariy yoki hisob tashkilotining xizmatlariga haq toʻlash miqdori va tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitar shartnomada qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalarga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Agar deponent emitent boʻlsa, depozitar shartnoma Emissiyaviy depo hisobvaragʻi shartnomasi deb yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Agar deponent oʻz mijozlarining qimmatli qogʻozlarini ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi shaxs boʻlsa, depozitar shartnoma Ishonchli boshqaruvchining depo hisobvaragʻi shartnomasi deb nomlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Agar deponent nominal saqlovchi, shu jumladan xorijiy nominal saqlovchi boʻlsa, depozitar shartnoma Nominal saqlovchi yoki chet ellik nominal saqlovchi bilan korrespondentlik aloqalari toʻgʻrisidagi shartnoma deb nomlanadi. Ushbu shartnomada tomonlarning korrespondentlik depo hisobvaraqlari boʻyicha qimmatli qogʻozlar qoldiqlarini muntazam ravishda solishtirib borish majburiyatlari nazarda tutilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Markaziy depozitariy va hisob tashkilotining deponent bilan oʻzaro hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Markaziy depozitariy va hisob tashkilotlari deponentning qimmatli qogʻozlari bilan bogʻliq depozitar operatsiyalarni uning yozma (elektron) topshiriqnomalari yoki operatsiyalarni amalga oshirish uchun asos boʻlgan hujjatlar asosida amalga oshirishlari shart, bundan quyidagi holatlar mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitar operatsiya sud, surishtiruv va tergov organining qarori asosida bajarilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitar operatsiya qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida vakolatli davlat organining farmoyishi asosida bajarilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitar operatsiya emitent tomonidan korporativ harakatlar amalga oshirilishi tufayli bajarilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitar operatsiya vakillik depo hisobvaraqlari boʻyicha tafovutlarni tartibga solishda bajarilsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Depo topshiriqnomasining shakli va mazmuni Markaziy depozitariy va hisob tashkilotining ichki hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti ushbu Qoidalarga muvofiq deponentlarga hisobotlar va xabarlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Hisobotlar va xabarlar deponentga depo hisobvaragʻi kartochkasida va (yoki) depozitar shartnomada koʻrsatilgan shaklda yuboriladi. Deponent xabarlarni uzatish usuli haqida koʻrsatma bermagan boʻlsa, Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti xabarni uzatish usulini oʻzi belgilashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Markaziy depozitariy va hisob tashkilotining maʼlumotlari deponent maʼlumotlariga mos kelmagan taqdirda, deponent Markaziy depozitariy va hisob tashkilotiga mavjud nomuvofiqliklar toʻgʻrisidagi xabarnomani, shuningdek oʻz maʼlumotlarining toʻgʻriligini tasdiqlovchi maʼlumotlarni yuboradi. Tafovutlarni koʻrib chiqish natijasida tafovutlarni bartaraf etish dalolatnomasi tuziladi. Agar qimmatli qogʻozlar egalarining huquqlarini buzmasa, ushbu dalolatnoma asosida tuzatish kirituvchi oʻtkazmalar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Quyidagi maʼlumotlar Markaziy depozitariyning veb-saytida eʼlon qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariyning reglamentlari va (yoki) boshqa hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar emitentlarining korporativ hodisalari, agar ushbu maʼlumot mazkur emitentning yoki chiqarilishning barcha qimmatli qogʻozlari egalariga taalluqli boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariyning tariflari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariyning rekvizitlari va ish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Depozitar hisobni yuritishning asosiy tamoyillari va talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Depozitar hisobni yuritishning tamoyillari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Depozitar hisobni yuritishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitar hisobni Markaziy depozitariy va hisob tashkilotlarining buxgalteriya balansidan tashqarida yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitar hisobni qimmatli qogʻozlarning soni boʻyicha yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitar hisobni hisob registrlaridan foydalangan holda depo hisobvaraqlarida yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaraqlarida qimmatli qogʻozlarni ikkiyoqlama yozuv tamoyili boʻyicha hisobga olish. Bunda, har bir qimmatli qogʻoz passiv va aktiv analitik depo hisobvaraqlarida aks ettiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar boʻyicha balansga rioya qilish. Bunda, passiv analitik hisobvaraqlarda hisobga olingan bir turdagi qimmatli qogʻozlarning umumiy soni aktiv analitik hisobvaraqlardagi shu turdagi qimmatli qogʻozlarning umumiy soniga teng boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Depozitar hisobni yuritishda quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaraqlarida operatsion kun yopilganidan keyin qimmatli qogʻozlarning salbiy qoldiqlari yuzaga kelishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deponent tomonidan qimmatli qogʻozlarni deponentning depozitar operatsiyani amalga oshiruvchi boshqa subyektda ochilgan depo hisobvaragʻiga oʻtkazishga, shu jumladan ushbu oʻtkazma uchun haq belgilash yoʻli bilan toʻsqinlik qilishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Ichki hisobni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti depozitar hisob registrlarida maʼlumotlarni oʻz vaqtida, uzluksiz, hujjatli hamda oʻzaro bogʻliq holda aks ettirish yoʻli bilan passiv va aktiv analitik depo hisobvaraqlarida qimmatli qogʻozlarning ichki analitik hisobini yuritishi, shuningdek amalga oshirilayotgan depozitar operatsiyalar boʻyicha hujjatlar va axborotlarning qogʻoz va (yoki) elektron shakllarda saqlanishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti tomonidan qabul qilingan ichki hisob tartibi mazkur Qoidalarga zid boʻlmasligi hamda Markaziy depozitariy va hisob tashkilotida qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi hisobotni (depo balansini) shakllantirish imkonini berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Ichki hisobni tashkil etish uchun Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti rahbari javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Depo hisobvaraqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Har bir deponentga Markaziy depozitariy va hisob tashkilotida deponentning qimmatli qogʻozlarini hisobga olish uchun alohida depo hisobvaragʻi ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Depo hisobvaragʻi yoki boshqa passiv hisobvaraq ochilganda, Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti tomonidan depo hisobvaragʻiga noyob raqam (kod) berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Depo hisobvaraqlari va boshqa passiv hisobvaraqlar ularga bir vaqtning oʻzida qimmatli qogʻozlar oʻtkazilmasdan ochilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Depo hisobvaragʻini ochish uchun Markaziy depozitariy yoki hisob tashkilotiga deponent anketasi va depo hisobvaragʻi ochilayotgan shaxsni identifikatsiyalash imkonini beruvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar taqdim etiladi hamda depozitar shartnoma va (yoki) qoʻshilish shartnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Deponent oʻziga tegishli boʻlmagan depo hisobvaragʻidan qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun foydalanishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti deponentga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan va ishonchli boshqaruv shartnomasi yoki boshqa shartnomalar asosida berilgan qimmatli qogʻozlarning alohida hisobini yuritish, shuningdek yangi chiqarilgan, soʻndirilishi va bekor qilinishi lozim boʻlgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish uchun har xil turdagi depo hisobvaraqlarini ochishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Depozitar hisob tizimi passiv analitik depo hisobvaraqlarining quyidagi turlarini yuritishni nazarda tutishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdorning (egasining) depo hisobvaragʻi — deponentning oʻziga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish uchun moʻljallangan hisobvaraq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy depo hisobvaragʻi — Markaziy depozitariyda ochilgan va emitentning joylashtirish, soʻndirish, bekor qilish jarayonida boʻlgan qimmatli qogʻozlari chiqarilishlarini hisobga olish uchun moʻljallangan hisobvaraq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tranzit emissiyaviy depo hisobvaragʻi — emitentning qimmatli qogʻozlarini ushbu emitentga xizmat koʻrsatuvchi investitsiya vositachisida joylashtirish, soʻndirish va sotib olish uchun ochiladigan hisobvaraq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishonchli boshqaruvchining depo hisobvaragʻi — ishonchli boshqaruvchiga berilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish uchun moʻljallangan hisobvaraq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
omnibus hisobvaraq — nominal saqlovchi tomonidan Markaziy depozitariyda ochiladigan nominal hisobvaraq turi boʻlib, unda barcha xorijiy benefitsiar egalariga va (yoki) nominal saqlovchilarga, shu jumladan chet ellik nominal saqlovchilarga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarning miqdori va qiymati jamlangan holda hisobga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
segregatsiyalangan omnibus hisobvaraq — nominal saqlovchining mijozi uchun Markaziy depozitariyda ochiladigan alohida depo hisobvaraq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy investitsiya hisobvaragʻi — Oʻzbekiston Respublikasi 18 yoshga toʻlgan fuqarosining qimmatli qogʻozlari va mablagʻlari hisobini yuritish uchun investitsiya vositachisi tomonidan ochiladigan hisobvaraq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nominal saqlovchining depo hisobvaragʻi — nominal saqlovchi tomonidan faqat Markaziy depozitariyda ochiladigan hisobvaraq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni garovga oluvchining depo hisobvaragʻi — garov toʻgʻrisidagi shartnomasiga muvofiq garovga oluvchi tomonidan garovga olingan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish uchun ochiladigan hisobvaraq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talab qilib olinguncha depo hisobvaragʻi (vaqtinchalik depo hisobvaragʻi, aniqlanmagan shaxslar hisobvaragʻi) — Markaziy depozitariy bilan shartnomaga ega boʻlmagan, shuningdek oʻz faoliyatini toʻxtatgan hisob tashkiloti deponentlarining qimmatli qogʻozlarini hamda egalari aniqlanmagan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish uchun moʻljallangan hisobvaraq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tranzit depo hisobvaragʻi — Markaziy depozitariy tomonidan mijozlarning qimmatli qogʻozlarini jamlash va taqsimlash boʻyicha depozitar operatsiyalarni amalga oshirish yoki boshqa depozitar operatsiyalarni oʻtkazish uchun ochiladigan hisobvaraq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti oʻz funksiyalarini amalga oshirish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi depo hisobvaraqlarini ham ochishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Markaziy depozitariy tomonidan xorijiy davlatning hisob tashkiloti, xorijiy davlatning markaziy depozitariysi va xalqaro hisob-kitob-kliring tashkilotlarida saqlanayotgan (hisobga olingan) qimmatli qogʻozlar boʻyicha ushbu tashkilotlar uchun alohida aktiv depo hisobvaraqlari ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti aktiv depo hisobvaraqlarini kodlashtirish tartibini oʻzi belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Markaziy depozitariyning hisob tizimi quyidagi aktiv analitik depo hisobvaraqlarini yuritishni nazarda tutishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy (ichki) saqlash joyi depo hisobvaragʻi — qonunchilik hujjatlariga muvofiq chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish uchun moʻljallangan hisobvaraq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlash joyi boʻyicha depo hisobvaragʻi — Markaziy depozitariyning xalqaro depozitariyda, xorijiy davlatning markaziy depozitariysida yoki xorijiy bank-kastodianda ochilgan hisobvaragʻida turgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish uchun moʻljallangan hisobvaraq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Markaziy depozitariy tomonidan ochiladigan aktiv depo hisobvaraqlari quyidagi maqomlarga ega boʻlishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faol — depo hisobvaragʻi boʻyicha barcha operatsiyalarga ruxsat beriladi. Agar mijoz toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar maʼlum boʻlsa va Markaziy depozitariyga barcha hujjatlar taqdim etilgan boʻlsa, hisobvaraq “faol” maqomiga ega boʻladi. Markaziy depozitariy depo hisobvaragʻi faol boʻlgan taqdirda, mijozdan topshiriqni ijro etish uchun qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nofaol — depo hisobvaragʻining boʻlimlari nol qoldiqlarga ega boʻladi. Axborot operatsiyalaridan tashqari barcha operatsiyalar taqiqlanadi. Nofaol depo hisobvaragʻining maqomini oʻzgartirish mumkin emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bloklangan — depo hisobvaragʻidagi qimmatli qogʻozlar qoldiqlarining oʻzgarishiga olib keladigan har qanday operatsiyalar taqiqlanadi, bundan qonunchilik hujjatlari normalarini qoʻllash oqibatida (masalan, tugatilgan emitentning qimmatli qogʻozlarini hisobdan chiqarish) yoki emitentning tashabbusi bilan (masalan, qimmatli qogʻozlarni konvertatsiya qilish) amalga oshiriladigan operatsiyalar mustasno. Bunda, axborot operatsiyalari va maʼmuriy operatsiyalarni amalga oshirish, shu jumladan bloklangan depo hisobvaragʻining maqomini oʻzgartirish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Passiv depo hisobvaragʻi va subhisobvaraq faol, nofaol, bloklangan, hisobga kiritishga ruxsat berilgan, hisobdan chiqarishga ruxsat berilgan maqomlariga ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Deponentlarning va ular mijozlarining qimmatli qogʻozlarini alohida hisobga olinishini taʼminlash uchun Markaziy depozitariy tomonidan deponentning depo hisobvaragʻida subhisobvaraqlar ochilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Saqlash yoki hisobga olishning turli rejimlariga ega boʻlgan qimmatli qogʻozlar hisobi muayyan turdagi depo hisobvaragʻining boʻlimlarida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Qimmatli qogʻozlarni depo hisobvaragʻining boʻlimidan tashqarida hisobga olish mumkin emas. Agar depo hisobvaragʻi yoki boshqa hisobvaraqda birorta ham boʻlim ochilmagan boʻlsa, depo hisobvaragʻi yoki depo hisobvaragʻida ochiladigan boshqa hisobvaraq (subhisobvaraq) oʻz funksional vazifasini bajara olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Depo hisobvaragʻining boʻlimlari hisobi ushbu boʻlimlarda yuritiladigan qimmatli qogʻozlar bilan ruxsat etilgan operatsiyalar majmuini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Markaziy depozitariy va hisob tashkilotida foydalaniladigan depo hisobvaragʻining tuzilmasi mazkur Qoidalarni hisobga olgan holda tuzilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Depo hisobvaraqlari va (yoki) subhisobvaraqlarning istalgan turini ochish bilan bir vaqtda ularning “Asosiy” boʻlimi ochiladi. Boshqa boʻlimlar zaruratga qarab ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti tomonidan vakolatli davlat organiga, shuningdek hisob tashkiloti tomonidan Markaziy depozitariyga beriladigan hisobotlarning yagona tizimini taʼminlash uchun sintetik hisob tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Depo hisobvaragʻining operatori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Deponent depo hisobvaragʻini mustaqil tasarruf etish yoki oʻzining depo hisobvaragʻi boʻyicha operatorni tayinlash huquqiga ega. Depo hisobvaragʻi operatori tayinlangan paytdan eʼtiboran depo hisobvaragʻini tasarruf etish boʻyicha barcha vakolatlar depo hisobvaragʻi operatoriga oʻtadi, bundan depozitar shartnomada nazarda tutilgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda depo hisobvaragʻi operatori deponent bilan kelishmasdan tayinlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda depo hisobvaragʻining operatori sifatida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vasiylik yoki homiylik organlari yoxud boshqa shaxslar tayinlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Deponent (yoki depo hisobvaragʻi operatori) alohida subhisobvaraqlar yoki depo hisobvaragʻining boʻlimlari boʻyicha turli operatorlarni tayinlashi mumkin. Bunda, subhisobvaraq yoki depo hisobvaragʻi boʻlimi boʻyicha barcha topshiriqnomalarni subhisobvaraq operatori yoki depo hisobvaragʻi boʻlimi operatori beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti bilan depo hisobvaragʻi operatori va subhisobvaraq operatori (depo hisobvaragʻi boʻlimi operatori) oʻrtasidagi munosabatlar depo hisobvaragʻi va (yoki) subhisobvaraq (depo hisobvaragʻi boʻlimi) operatori shartnomasi yoki ularning deponentlar hisobvaraqlarini tasarruf etish boʻyicha munosabatlarini belgilovchi boshqa hujjat bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti depo hisobvaragʻi operatorining harakatlari oqibatida yoki Markaziy depozitariy va hisob tashkilotining depo hisobvaragʻi operatorining vakolatlarini chaqirib olish toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilmaganligi natijasida yetkazilgan zarar uchun deponent oldida javobgar boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Deponent (depo hisobvaragʻi operatori) Markaziy depozitariy va hisob tashkilotiga taqdim etiladigan topshiriqnomalarni imzolash va Markaziy depozitariy va hisob tashkilotida vakillik qilish boʻyicha vakolatlarga ega boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Markaziy depozitariy va hisob tashkilotiga taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Deponent Markaziy depozitariy va hisob tashkilotiga topshiriqnomalarni imzolash va vakillik qilish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning vakolatlari va amal qilish muddati koʻrsatilgan imzolari namunalari kartochkasini taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Deponent Markaziy depozitariy va hisob tashkilotiga xabar qilingan topshiriqnomalarni imzolash va vakillik qilish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning vakolatlari toʻxtatilganligi yoki oʻzgartirilganligi toʻgʻrisida Markaziy depozitariy va hisob tashkilotini darhol yozma shaklda xabardor qilishi va ularning imzolari namunalari boʻlgan yangi kartochkani taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Deponent Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti bilan munosabatlar uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan barcha faktlar, jumladan deponentning huquqiy maqomi, manzili, Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti bilan oʻzaro munosabatlar usuli bilan bogʻliq oʻzgarishlar toʻgʻrisida darhol yozma ravishda xabardor qilishi shart. Bunda, deponent Markaziy depozitariy va hisob tashkilotiga tegishli oʻzgartirishlarni koʻrsatgan holda zarur hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Deponent Markaziy depozitariy va hisob tashkilotiga topshiriqnomalar, soʻrovlar yoki boshqa hujjatlarni, shu jumladan deponentning depo hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazish tashabbusini mustaqil ravishda berish huquqiga ega emas, agar u tomonidan vakolatlari toʻxtatilmagan depo hisobvaragʻining ilgari tayinlangan operatori mavjud boʻlsa, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Hisob registrlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Asosiy hisob registrlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Hisob registrlari depozitar xizmatlarni, shu jumladan qimmatli qogʻozlarni hisobga olishni amalga oshirishda zarur boʻlgan hujjatlar boʻlib, ular depozitar hisob obyektlarining joriy holatini va depozitar operatsiyani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan harakatlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Hisob registrlari maʼlumotnomalar, anketalar, kartochkalar va jurnallardan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Kartochka depozitar hisob obyektlarining joriy holati aks ettiriladigan hisob registridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Jurnal depozitar operatsiyalarga taalluqli ketma-ket yozuvlar aks ettiriladigan hisob registridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Depozitar operatsiyani amalga oshirishda boshqa hisob registrlaridan foydalanish mumkin. Hisob registrlari asosan elektron tizimlarda shakllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti quyidagi asosiy hisob registrlarini yuritishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deponentning anketasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarning chiqarilish anketasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar emissiyasi anketasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deponentlar maʼlumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaraqlari maʼlumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaraqlarining boʻlimlari maʼlumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo subhisobvaraqlari maʼlumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar maʼlumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan topshiriqnomalarni hisobga olish jurnali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsion jurnal(lar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaraqlarini roʻyxatga olish jurnali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaraqlarining aylanmalari va qoldiqlari jurnali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy hisobotlarni hisobga olish jurnali.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti ushbu Qoidalarda keltirilgan tamoyillarga rioya qilgan holda hisob registrlariga va ularni yuritish usullariga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti hisob registrlariga yozuvlarni ochiq operatsion kun davomida kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Hisob registriga yozuvlar faqat deponent anketasi yoki uning vakili tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnallarini yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Markaziy depozitariy va hisob tashkilotlari depozitar tizimga kirim qilingan va chiqarilgan barcha hujjatlarning hisobini yuritilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti tomonidan qabul qilingan yoki shakllantirilgan kunda hujjatlarni hisobga olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish yozuvlarida quyidagilar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtkazishda unga beriladigan noyob raqam;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deponentning familiyasi, ismi va otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi hamda deponentni identifikatsiyalovchi maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjat yuborilgan (taqdim etilgan) sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlarni hisobga olish tizimida hujjatni roʻyxatdan oʻtkazish (qabul qilish) sanasi va vaqti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlarni hisobga olish tizimiga yozuv kiritgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Markaziy depozitariy va hisob tashkilotiga biryoʻla bir nechta topshiriqnomalar (bundan buyon matnda chiqim hujjatlar toʻplami deb yuritiladi) yuborilgan (taqdim etilgan) taqdirda, ularni bitta hujjat sifatida roʻyxatdan oʻtkazish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Hujjatlarni hisobga olish tizimi elektron hujjatlarni shakllantirish, yuborish va olish uchun moʻljallangan dasturiy taʼminot vositalarini oʻz ichiga olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti depo hisobvaragʻi (boshqa hisobvaraq), depo subhisobvaragʻi yoki depo hisobvaragʻi boʻlimi boʻyicha har bir yozuvning kiritilishini, shuningdek operatsiyalar jurnalida deponent, qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oʻzgarishi haqidagi har bir yozuvni roʻyxatdan oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Yozuvlar kiritilishini roʻyxatdan oʻtkazish ularni kiritish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Operatsiyalar jurnalida quyidagilar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaragʻi yoki depo subhisobvaragʻining raqami yoxud hisobga olish registrining yakka tartibdagi belgisi, depo hisobvaragʻi boʻlimining raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitar operatsiyaning turi (depo hisobvaragʻi, depo subhisobvaragʻi yoki depo hisobvaragʻi boʻlimini ochish (yopish), depo hisobvaragʻi boʻyicha yozuv kiritish, amalga oshiriladigan operatsiyaning boshqa turi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatning roʻyxatdan oʻtkazishda berilgan raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitar operatsiyani amalga oshirish sanasi va vaqti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitar operatsiyani amalga oshirgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Operatsiyalar jurnalida Markaziy depozitariy va hisob tashkilotiga qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Maʼlumotnomalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Deponentlar maʼlumotnomasi deponentni identifikatsiya qilish va deponentning qimmatli qogʻozlariga boʻlgan huquqlarni hisobga olishda u bilan oʻzaro hamkorlik qilish uchun yetarli boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Deponent maʼlumotnomasini yuritish tamoyillari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotnomani deponentlarni roʻyxatga olish noyob raqamlarining oʻsishi boʻyicha yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotnoma yozuvini deponent anketasi va depo hisobvaragʻi kartochkasi asosida toʻldirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Depo hisobvaraqlari maʼlumotnomasi Markaziy depozitariy va hisob tashkilotida ochilgan depozitar hisobni yuritish uchun yetarli boʻlgan barcha aktiv va passiv analitik depo hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Depo hisobvaraqlari maʼlumotnomasini yuritishda quyidagilarga rioya qilinishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
passiv depo hisobvaragʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuridik yoki jismoniy shaxsning anketasi, depo hisobvaragʻi yoki subhisobvaragʻi kartochkasi, depo hisobvaragʻi operatori kartochkasi maʼlumotlari asosida toʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktiv analitik depo hisobvaragʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Markaziy depozitariy yoki hisob tashkilotining farmoyishi asosida toʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yopiq depo hisobvaragʻining kodi qayta ishlatmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaragʻida nolga teng boʻlmagan qimmatli qogʻozlar qoldiqlari mavjud boʻlganda, depo hisobvaragʻini yopmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Depo hisobvaragʻi boʻlimlari maʼlumotnomasi aktiv va passiv analitik depo hisobvaraqlarida ochilgan depo hisobvaraqlari boʻlimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Depo hisobvaraqlari boʻlimlari boʻyicha maʼlumotnomani yuritishda quyidagilarga rioya qilinishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaragʻi boʻlimini depo hisobvaragʻi doirasida ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaragʻining har bir boʻlimi depo hisobvaragʻi boʻlimlarining muayyan turi bilan bogʻliq boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaragʻining boʻlimida nolga teng boʻlmagan qimmatli qogʻozlar qoldiqlari mavjud boʻlganda, depo hisobvaragʻi boʻlimini yopmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Qimmatli qogʻozlar maʼlumotnomasi qimmatli qogʻozlarning depozitar hisobini tashkil etish uchun yetarli boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi va maʼlumotnomani yuritishda quyidagilarga rioya qilinishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar maʼlumotnomasini Markaziy depozitariy tomonidan shakllantiriladigan qimmatli qogʻozlar tavsifi asosida oldindan toʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar maʼlumotnomasida nolga teng boʻlmagan qimmatli qogʻozlar qoldiqlari mavjud boʻlganda, qimmatli qogʻozlar maʼlumotnomasini faolsizlantirilishiga yoʻl qoʻymaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Hisobga olish jurnallari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Hisobga olish jurnallari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirim topshiriqnomalarni hisobga olish jurnali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy operatsiyalar jurnali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot operatsiyalari jurnali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaragʻi jurnali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaragʻi aylanmasi va qoldiqlari jurnali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqim hujjatlarni hisobga olish jurnali.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Kirim topshiriqnomalarni hisobga olish jurnali kirim depozitar topshiriqnomalarni va depozitar operatsiyalarni bajarish boʻyicha farmoyishlarni roʻyxatdan oʻtkazish maqsadida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Maʼmuriy operatsiyalar jurnali Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan maʼmuriy operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Axborot operatsiyalari jurnali Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan axborot operatsiyalarini hisobga olish maqsadida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Depo hisobvaragʻi jurnali depo hisobvaragʻi boʻyicha buxgalterlik operatsiyalarini hisobga olish uchun yuritiladi. Jurnal depo hisobvaraqlaridagi qimmatli qogʻozlar qoldigʻining oʻzgarishiga olib kelgan barcha buxgalterlik operatsiyalari toʻgʻrisidagi yozuvlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Depo hisobvaragʻi aylanmasi va qoldiqlari jurnali maʼlum bir operatsion kunda depo hisobvaraqlaridagi qimmatli qogʻozlar aylanmalari va qoldiqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish maqsadida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Chiqim hujjatlarni hisobga olish jurnali Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti tomonidan depozitar operatsiyalar va hisobotlarni bajarishda shakllantiriladigan chiqim hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Hisobga olish jurnallari xronologik tartibda va elektron shaklda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Depozitar operatsiyalar va ularni bajarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Depozitar operatsiyalarning turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Depozitar operatsiyalar quyidagi turlarga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy operatsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya operatsiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot operatsiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompleks depozitar operatsiyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Maʼmuriy operatsiyalar — depo hisobvaraqlaridagi qoldiqlarning oʻzgarishiga olib kelmaydigan depozitar hisob obyektlarini, shuningdek boshqa maʼlumotlar va hisob registrlarini ochish, rekvizitlarini oʻzgartirish va yopish boʻyicha depozitar operatsiyalardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Buxgalteriya operatsiyalari — depo hisobvaraqlaridagi qimmatli qogʻozlar qoldiqlarini oʻzgartiruvchi depozitar operatsiyalardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Axborot operatsiyalari — depo hisobvaraqlari va boshqa hisob registrlarining holati yoki depozitar operatsiyalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlar, koʻchirmalar va maʼlumotnomalarni shakllantirish bilan bogʻliq boʻlgan depozitar operatsiyalardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Kompleks depozitar operatsiyalar — tarkibiy elementlari sifatida turli xildagi operatsiyalar, jumladan buxgalteriya, maʼmuriy va axborot operatsiyalarini oʻz ichiga olgan operatsiyalardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarning hisobga olinishini taʼminlash va qimmatli qogʻozlar muomalasiga xizmat koʻrsatish uchun Markaziy depozitariy quyidagi operatsiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni saqlashga qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni hisobga qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni saqlashdan olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish;

qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni tasdiqlash;

qimmatli qogʻozlarga majburiyatlar yuklanishini hisobga olish;

qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob tashkilotlari va chet ellik nominal saqlovchilarning depo hisobvaraqlarini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deponentlarning yoki ular vakolat bergan shaxslarning topshiriqnomalari asosida depo hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdolarida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisob-kitoblarni va pul mablagʻlaridagi hisob-kitoblarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan chiqarilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan chiqarilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deponentlarning yagona bazasini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarga xalqaro kodlarni berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish bilan bogʻliq boshqa operatsiyalarni bajarish.

109. Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarning hisobga olinishini taʼminlash va qimmatli qogʻozlar muomalasiga xizmat koʻrsatish uchun hisob tashkiloti quyidagi operatsiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni hisobga qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deponentlarning yoki ular vakolat bergan shaxslarning topshiriqlari asosida depo hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarga majburiyatlar yuklanishini hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariyning talabiga koʻra qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini shakllantirish uchun zarur boʻlgan qimmatli qogʻozlar egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariydan olingan maʼlumotlar asosida oʻzida hisobga olinadigan qimmatli qogʻozlar va ularning emitentlari rekvizitlariga oʻzgartirishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish bilan bogʻliq boshqa operatsiyalarni bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Emitent tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga nisbatan korporativ harakatlarni amalga oshirishda Markaziy depozitariy quyidagi operatsiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar chiqarilishini hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar chiqarilishini joylashtirish;

qimmatli qogʻozlar chiqarilishini maydalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar chiqarilishini yiriklashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni ayirboshlash;

qimmatli qogʻozlarni bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar chiqarilishini soʻndirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyadorlik jamiyati ustav fondi miqdorini oʻzgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentni qayta tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent tomonidan korporativ harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa operatsiyalarni bajarish.

111. Emitent tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga nisbatan korporativ harakatlarni amalga oshirishda hisob tashkilotlari quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar chiqarilishini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning oʻzi chiqargan qimmatli qogʻozlarini keyinchalik qayta sotish, bekor qilish yoki soʻndirish uchun sotib olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent tomonidan korporativ harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa operatsiyalarni bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Agar Markaziy depozitariy va hisob tashkilotining ichki hujjatlariga muvofiq hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan imzolash yoki qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan shaklda tasdiqlash tartibi belgilangan boʻlsa, depozitar operatsiyalarni amalga oshirishda qogʻoz shaklidagi hujjatlar talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Maʼmuriy operatsiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Maʼmuriy operatsiyalarga quyidagi operatsiyalar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaragʻini ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaragʻining anketa maʼlumotlarini oʻzgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaragʻini yopish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaragʻining boʻlimini ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaragʻi yoki depo hisobvaragʻi boʻlimining operatorini tayinlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti depo hisobvaragʻini ochish uchun jismoniy va yuridik shaxslarni Deponentlarning yagona bazasida roʻyxatdan oʻtkazishi va ularga roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsning kodini berishi lozim. Deponentlarning yagona bazasida roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-apreldagi 196-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi depozitar tizimida deponentlarning yagona bazasi tizimi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti bilan tuzilgan depo hisobvaragʻi shartnomasi depo hisobvaragʻini ochish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Aktiv analitik depo hisobvaragʻini yopish faqat ushbu depo hisobvaragʻidagi barcha qimmatli qogʻozlar hisobdan chiqarilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Deponentning passiv analitik depo hisobvaragʻini ochish boʻyicha depozitar operatsiyaning mazmuni Markaziy depozitariy va hisob tashkilotining hisob registrlariga depozitar operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi deponent toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Depo hisobvaraqlarini ochish, shu jumladan masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali ochish tartibi va depo hisobvaraqlarini ochish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati Markaziy depozitariy va hisob tashkilotining ichki hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. Depo hisobvaragʻini ochish uchun zarur boʻlgan hujjatlar Markaziy depozitariy va hisob tashkilotiga quyidagilar taqdim etilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatgan holda qimmatli qogʻozlar egasining oʻzi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar egasining vakolatli shaxsi tomonidan, unda amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma mavjud boʻlgan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. Deponentning anketa maʼlumotlari oʻzgargan taqdirda, deponent bu haqda Markaziy depozitariy va hisob tashkilotini yozma ravishda xabardor qilishi hamda quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deponentning anketasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida topshiriqnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz ichiga olgan deponentning anketasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli oʻzgartirishlar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari (zarurat boʻlganda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsning topshiriqnomalarni imzolash huquqiga ega boʻlgan vakolatli shaxslari oʻzgargan taqdirda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi vakolatli shaxslarning imzolari namunalari va yuridik shaxsning muhr izi (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tushirilgan kartochka;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Ishonchnoma muddatidan oldin chaqirib olingan taqdirda, deponent vakolatli vakilning vakolat muddati tugashidan uch kun oldin bu haqda Markaziy depozitariy va hisob tashkilotini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. Deponentning anketa maʼlumotlarini oʻzgartirish Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti tomonidan Deponentlarning yagona bazasiga oʻzgartirish kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123. Deponentning anketa maʼlumotlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilinmagan taqdirda, Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti deponent tomonidan xat-xabarlar, shuningdek boshqa maʼlumotlar olinmaganligi yoki kechiktirilganligi uchun javobgar boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. Depo hisobvaragʻini yopish Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti tomonidan hisob registrlariga depo hisobvaragʻi boʻyicha soʻrovlarga javob berishdan boshqa har qanday harakatlarni amalga oshirish mumkin emasligini taʼminlovchi yozuvlarni kiritishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125. Depo hisobvaragʻini yopish depozitar shartnoma bekor qilinishi natijasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126. Yopiq depo hisobvaragʻini qayta ochishga yoʻl qoʻyilmaydi. Yopilgan depo hisobvaragʻining raqami takroran ishlatilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127. Mulkdorning (egasining) depo hisobvaragʻida quyidagi turdagi boʻlimlar ochilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy;

garovda bloklangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zakalatda bloklangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyushmagan birjadan tashqari bozorda qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar tuzish uchun bloklangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organining koʻrsatmasiga asosan bloklangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopoliyaga qarshi davlat organining koʻrsatmasiga asosan bloklangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni muhofaza qiluvchi yoki sud organlarining qaroriga asosan bloklangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatlash boʻyicha bloklangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdolar uchun bloklangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REPO boʻyicha savdolar uchun bloklangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REPO bitimi boʻyicha bloklangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti oʻz funksiyalarini amalga oshirish uchun depo hisobvaraqlarida boshqa boʻlimlarni ham ochishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
128. Asosiy boʻlim muomalada boʻlishi cheklanmagan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish uchun qoʻllaniladi. Depo hisobvaragʻidagi asosiy boʻlim mulkdor (egasi), nominal saqlovchi va chet ellik nominal saqlovchilarning depo hisobvaraqlari ochilganda avtomatik tarzda ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
129. Markaziy depozitariy va hisob tashkilotlari tomonidan garovda bloklangan, uyushmagan birjadan tashqari bozorda qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar tuzish uchun bloklangan va boshqa boʻlimlar qimmatli qogʻozlarga nisbatan muayyan cheklovlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar (garov shartnomasi, oldi-sotdi shartnomasi va boshqalar) asosida ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
130. Zakalatda bloklangan boʻlimi mulkdorning (egasining) depo hisobvaragʻida ochilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131. Vakolatli davlat organining koʻrsatmasiga asosan bloklangan, monopoliyaga qarshi davlat organining koʻrsatmasiga asosan bloklangan, huquqni muhofaza qiluvchi yoki sud organlarining qaroriga asosan bloklangan va boshqa boʻlimlar Markaziy depozitariy va hisob tashkilotlari tomonidan tegishli organlar tomonidan taqdim etilgan qimmatli qogʻozlarga nisbatan cheklovlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132. Joylashtirilish jarayonida, qayta sotib olingan, bekor qilinadigan yoki soʻndirish uchun boʻlimlari faqat emissiyaviy depo hisobvaragʻida ochilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
133. Joylashtirilish jarayonida boʻlimi yangi joylashtirilayotgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishini hisobga olish uchun ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
134. Qayta sotib olingan boʻlimi emitent tomonidan qayta sotib olingan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish uchun ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135. Bekor qilinadigan yoki soʻndirish uchun boʻlimi bekor qilinadigan yoki soʻndiriladigan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish uchun ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
136. Joylashtirilgan, qayta sotib olingan, bekor qilinadigan yoki soʻndirish uchun boʻlimlari emissiyaviy depo hisobvaragʻi ochilganda avtomatik tarzda ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
137. REPO boʻyicha savdolar uchun bloklangan boʻlimi qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimining birinchi qismi ijro etilguniga qadar qimmatli qogʻozlar sotuvchisining depo hisobvaragʻida ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
138. REPO bitimi boʻyicha bloklangan boʻlimi qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimining birinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlar xaridorining depo hisobvaragʻida ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
139. Aktiv maqomidagi depo hisobvaragʻida quyidagi boʻlimlar ochilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy — har qanday cheklovlardan xoli boʻlgan va fuqarolik-huquqiy bitimlar tuzilishi mumkin boʻlgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlda — Markaziy depozitariyning nominal saqlovidan chiqariladigan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish uchun. Bunda, chiqarish vaqti mobaynida ushbu qimmatli qogʻozlar bilan fuqarolik-huquqiy bitimlar tuzilishi mumkin emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ hodisalar — korporativ hodisalar munosabati bilan cheklovlar qoʻyilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish uchun. Bunda, ushbu hodisa sodir boʻlgan vaqt davomida qimmatli qogʻozlar bilan fuqarolik-huquqiy bitimlar amalga oshirilishi mumkin emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bloklash — qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli davlat organining qarori bilan qimmatli qogʻozlarning saqlanishini taʼminlash maqsadida fuqarolik-huquqiy bitimlar tuzishga vaqtinchalik taqiq qoʻyilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariy oʻz funksiyalarini amalga oshirish uchun aktiv maqomidagi depo hisobvaraqlarida boshqa boʻlimlarni ham ochishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
140. Depo hisobvaragʻidagi boʻlimni yopish faqat tegishli boʻlimdagi barcha qimmatli qogʻozlar hisobdan chiqarilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141. Depo hisobvaragʻining boʻlimi boʻyicha operatorni tayinlash depo hisobvaragʻi boʻyicha operatorni tayinlash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Buxgalteriya operatsiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
142. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni saqlashga qabul qilish operatsiyasi kirim buxgalteriya operatsiyasiga kiradi va aktiv depo hisobvaragʻini debetlash va passiv depo hisobvaragʻini kreditlashdan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
143. Hujjatsiz qimmatli qogʻozlarni saqlashga qabul qilish qimmatli qogʻozlarning muomalaga chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qabul qilishdan iborat boʻladi va qimmatli qogʻozlar chiqarilishini Markaziy depozitariyda hisobga olish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
144. Operatsiyaning bajarilishi natijasida Markaziy depozitariy operatsiyaning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni shakllantiradi yoki deponentning depo hisobvaragʻidan koʻchirmani taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
145. Xorijiy qimmatli qogʻozlarni hisobga qabul qilish operatsiyasi kirim buxgalteriya operatsiyasi hisoblanib, deponent hisobvaragʻini kreditlash va saqlash joyi boʻyicha depo hisobvaragʻini (NOSTRO) debetlashdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
146. Qimmatli qogʻozlarni hisobga qabul qilish operatsiyasi saqlanishi boshqa xorijiy depozitariyda amalga oshiriladigan xorijiy qimmatli qogʻozlarni Markaziy depozitariyga oʻtkazishda xorijiy qimmatli qogʻozlarni hisobga olishda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
147. Qimmatli qogʻozlarni saqlashdan chiqarish operatsiyasi chiqim buxgalteriya operatsiyasiga kiradi va aktiv depo hisobvaragʻini kreditlash va passiv depo hisobvaragʻini debetlashdan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
148. Qimmatli qogʻozlarni olib qoʻyish qimmatli qogʻozlar chiqarilishi bekor qilinganda amalga oshiriladi. Qimmatli qogʻozlarni olib qoʻyish qimmatli qogʻozlar chiqarilishi hisobdan chiqarilganda, Markaziy depozitariy tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
149. Deponentning depo hisobvaragʻidan majburiyatlar bilan bogʻliq boʻlmagan qimmatli qogʻozlar chiqarish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
150. Qimmatli qogʻozlar deponentning depo hisobvaragʻidan va qimmatli qogʻozlar saqlangan Markaziy depozitariyning aktiv hisobvaragʻidan hisobdan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
151. Xorijiy qimmatli qogʻozlarni hisobdan chiqarish operatsiyasi chiqim buxgalteriya operatsiyasi hisoblanib, deponentning passiv hisobvaragʻini debetlash va saqlash joyi boʻyicha depo hisobvaragʻini (NOSTRO) kreditlashdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
152. Xorijiy qimmatli qogʻozlarni hisobdan chiqarish operatsiyasi qimmatli qogʻozlarni bunday qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishni amalga oshiruvchi Markaziy depozitariydan ushbu qimmatli qogʻozlarni saqlashni amalga oshiruvchi xorijiy depozitariyga hisobdan chiqarishda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
153. Qimmatli qogʻozlarni koʻchirish operatsiyasi koʻchirish buxgalteriya operatsiyasi turiga kiradi va qimmatli qogʻozlarni saqlash joyining bir hisobvaragʻidan hisobdan chiqarish va ularni saqlash joyining boshqa hisobvaragʻiga oʻtkazishdan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
154. Qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish operatsiyasini oʻtkazish buxgalteriya operatsiyasi turiga kiradi va qimmatli qogʻozlarni bir depo hisobvaragʻidan boshqasiga hisobdan chiqarishdan iborat boʻladi. Bunda, Markaziy depozitariyda hisobga olinadigan qimmatli qogʻozlarning umumiy soni oʻzgarmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
155. Qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish operatsiyasi qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni oʻtkazish bilan birga yoki ularga boʻlgan huquqlarni oʻtkazmasdan ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
156. Qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish topshiriqnomada koʻrsatilgan hisob-kitob kunida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
157. Qimmatli qogʻozlar oʻtkazmalari quyidagi turlarga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki oʻtkazma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi oʻtkazma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitta depo hisobvaragʻi doirasida oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
158. Qimmatli qogʻozlarning ichki oʻtkazmasi qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariy yoki bitta hisob tashkiloti ichida oʻtkazilganda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
159. Qimmatli qogʻozlarning tashqi oʻtkazmasi qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariydan hisob tashkilotiga yoki bir hisob tashkilotidan boshqa hisob tashkilotiga oʻtkazilganda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
160. Qimmatli qogʻozlarni bitta depo hisobvaragʻi doirasida oʻtkazish qimmatli qogʻozlarni depo hisobvaragʻining bir boʻlimidan boshqa boʻlimiga oʻtkazishda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161. Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlar quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo tizimlaridan tashqarida qimmatli qogʻozlar bilan fuqarolik-huquqiy bitimlar tuzilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo tizimlarida qimmatli qogʻozlar sotib olinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar hadya qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar meros qilib qoldirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning huquqiy vorisligida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud qaroriga koʻra;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
162. Savdo tizimlaridan tashqarida fuqarolik-huquqiy bitimlarni tuzish natijasida qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni oʻtkazish qimmatli qogʻozlarni va boshqa hujjatlarni oʻtkazish uchun depo topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
163. Savdo tizimlarida tuzilgan bitimlar natijalari boʻyicha qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni oʻtkazish kliring topshiriqnomasi asosida Markaziy depozitariy va (yoki) hisob tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
164. Qimmatli qogʻozlarni hadya qilishda qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni oʻtkazish qimmatli qogʻozlarni beruvchi va qabul qiluvchidan qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish uchun depo topshiriqnomalari va qimmatli qogʻozlarni hadya qilish toʻgʻrisidagi tegishli shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
165. Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni oʻtkazish qimmatli qogʻozlarni beruvchining va qimmatli qogʻozlarni qabul qiluvchining qimmatli qogʻozlarni oʻtkazishga doir topshiriqnomalari va merosxoʻrning meros boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjat asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
166. Yuridik shaxsning huquqiy vorisligi natijasida qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish topshirish hujjati (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish yoki oʻzgartirish) yoki taqsimlash balansi (boʻlish yoki ajratib chiqarish) asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
167. Sudning qaroriga koʻra qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish undiruvchi, qarzdor yoki davlat ijrochisining depo topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depo topshiriqnomasiga sudning qarori (hal qiluv qarori, ajrimi), zaruratga koʻra ijro hujjatining nusxalari ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
168. Bir depozitariy doirasida qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish beruvchining qimmatli qogʻozlarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi depo topshiriqnomalari va qabul qiluvchining elektron metchingdan keyin qimmatli qogʻozlarni kirim qilish toʻgʻrisidagi depo topshiriqnomasi (potensial qarama-qarshi topshiriqnomalarni izlash va ikkala topshiriqnoma parametrlari mos kelgan taqdirda tegishli topshiriqnomani aniqlash mexanizmi) asosida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
169. Qarama-qarshi depo topshiriqnomalarini izlash operatsiyasi topshiriqnomalar kvitovkasi deb ataladi. Qarama-qarshi depo topshiriqnomasini izlash uch ish kuni mobaynida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
170. Qimmatli qogʻozlarga majburiyatlar yuklanishini hisobga olish boʻyicha operatsiyalar qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarning oʻtishi bilan bogʻliq boʻlmagan ichki depozitar oʻtkazmalarga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
171. Qimmatli qogʻozlarga majburiyatlar yuklash qimmatli qogʻozlar oʻtkazilishining oldini olish uchun qimmatli qogʻozlarga cheklovlar qoʻyish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
172. Qimmatli qogʻozlarga majburiyatlar yuklatilishini hisobga olish boʻyicha depozitar operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni garovga qoʻyish va garovdan chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni zakalatga qoʻyish va zakalatdan chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni deponentning yoki depo hisobvaragʻi operatorining topshiriqnomasiga koʻra bloklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organining koʻrsatmasiga binoan qimmatli qogʻozlarni bloklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopoliyaga qarshi davlat organining koʻrsatmasiga binoan qimmatli qogʻozlarni bloklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarining koʻrsatmasiga binoan qimmatli qogʻozlarni bloklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariy va hisob tashkilotining koʻrsatmasiga binoan qimmatli qogʻozlarni bloklash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
173. Qimmatli qogʻozlarni garovga qoʻyish depozitariyning hisob registrlariga qimmatli qogʻozlarni garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritish boʻyicha depozitar operatsiya hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
174. Qimmatli qogʻozlarni garovga qoʻyish boʻyicha depozitar operatsiyaning mazmuni deponent-garovga qoʻyuvchining hisobvaragʻidagi qimmatli qogʻozlarni u tomonidan asosiy boʻlimdan garovda bloklangan boʻlimiga oʻtkazishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
175. Qimmatli qogʻozlarni garovga qoʻyishda Markaziy depozitariy va hisob tashkilotiga qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan garov shartnomasiga muvofiq qimmatli qogʻozlarni garovga qoʻyish uchun deponent-garovga qoʻyuvchining depo topshiriqnomasi va deponent-garovga oluvchining depo topshiriqnomasi taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
176. Garovga oluvchida depo hisobvaragʻi mavjud boʻlmagan taqdirda, Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti garovga oluvchiga depo hisobvaragʻini ochadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
177. Qimmatli qogʻozlarni garovga qoʻyish topshiriqnomasi topshiriqnomada koʻrsatilgan kunda bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
178. Qimmatli qogʻozlarni garovga qoʻyishda, agar garov toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchida qimmatli qogʻozlarga egalik qilishdan kelib chiqadigan huquqlar (masalan, boshqarish huquqi va daromad olish huquqini amalga oshirish boʻyicha vakolatlar) saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
179. Qimmatli qogʻozlarga egalik qilish bilan bogʻliq boshqa huquqlarni (imtiyozli huquqni amalga oshirish, konvertatsiya, qimmatli qogʻozlarni soʻndirish va boshqalar) amalga oshirish boʻyicha vakolatlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
180. Qimmatli qogʻozlarni garovdan chiqarish quyidagi asoslarga koʻra amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garovga qoʻyuvchining majburiyatlari bajarilishi munosabati bilan garovning bekor boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
garovga qoʻyuvchining majburiyatlari bajarilmaganligi munosabati bilan garovning bekor boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181. Garovga qoʻyuvchi tomonidan garov shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilganda, Markaziy depozitariy yoki hisob tashkilotiga garovga qoʻyuvchi va garovga oluvchidan qimmatli qogʻozlarni garovdan chiqarish toʻgʻrisida topshiriqnoma taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
182. Qimmatli qogʻozlarni garovdan chiqarish boʻyicha depozitar operatsiyaning mazmuni deponent-garovga qoʻyuvchining hisobvaragʻidagi qimmatli qogʻozlarni garovga qoʻyilgan boʻlimidan asosiy boʻlimga oʻtkazishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
183. Qimmatli qogʻozlarni zakalatga qoʻyishda Markaziy depozitariy va hisob tashkilotiga deponent-garovga qoʻyuvchi va garovga oluvchining qimmatli qogʻozlarni zakalatga berish haqidagi topshiriqnomasi taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
184. Qimmatli qogʻozlarni zakalatga berish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma shartnomada koʻrsatilgan kunda bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
185. Qimmatli qogʻozlarni zakalatdan chiqarish garovga qoʻyuvchi tomonidan garov shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilgandan soʻng garovga qoʻyuvchi va garovga oluvchining zakalatdan chiqarish haqidagi topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
186. Garovga qoʻyuvchi tomonidan zakalat shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, zakalatga berilgan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarning oʻtkazilishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
187. Qimmatli qogʻozlarni bloklash Markaziy depozitariy va hisob tashkilotining hisob registrlariga ushbu qimmatli qogʻozlarning hisobvaraqlar boʻyicha harakatini muayyan muddatga toʻxtatib qoʻyishga olib keladigan yozuvlarni kiritish boʻyicha depozitar operatsiya hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
188. Vakolatli davlat organining koʻrsatmasiga asosan qimmatli qogʻozlarni blokirovka qilish uchun Markaziy depozitariy va hisob tashkilotiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organining masʼul shaxslari tomonidan imzolangan va muhri bilan tasdiqlangan koʻrsatma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni blokirovka qilish uchun asos boʻladigan hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
189. Vakolatli davlat organining qimmatli qogʻozlarni bloklash toʻgʻrisidagi koʻrsatmasida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deponent va uning depo hisobvaragʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

bloklanayotgan qimmatli qogʻozlar va ularning soni;

bloklash sababi;

bloklash muddati.

190. Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti vakolatli davlat organining koʻrsatmasi taqdim etilgan kunda qimmatli qogʻozlarni vakolatli davlat organining koʻrsatmasi boʻyicha bloklangan boʻlimiga oʻtkazishi va quyidagi maʼlumotlarni hisobda aks ettirishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bloklash sababi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bloklash amalga oshirilishiga asos boʻlgan hujjatning rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bloklash muddati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
191. Qimmatli qogʻozlarni bloklash toʻgʻrisidagi topshiriqnoma Markaziy depozitariyga kelib tushgan taqdirda, Markaziy depozitariy savdo tizimlariga, hisob tashkilotlariga, chet ellik nominal saqlovchilarga topshiriqnoma olingan kunda qimmatli qogʻozlarni bloklash toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi. Topshiriqnoma mahalliy vaqt bilan soat 16:00 dan keyin qabul qilingan taqdirda, xabarnoma keyingi operatsion kunning 09:15 dan kechiktirmay yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
192. Markaziy depozitariy bloklash toʻgʻrisidagi topshiriqnomada koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlarni bloklash bilan bogʻliq operatsiyalarni topshiriqnoma olingan kunda amalga oshiradi. Topshiriqnoma mahalliy vaqt bilan soat 16:00 dan keyin qabul qilingan taqdirda, operatsiyalar keyingi operatsion kunning 09:25 dan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
193. Hisob tashkilotlari va chet ellik nominal saqlovchilar Markaziy depozitariyning bloklash toʻgʻrisidagi xabarnomasida koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlarni bloklash bilan bogʻliq operatsiyalarni xabarnoma olingan kunda amalga oshiradi. Xabarnoma mahalliy vaqt bilan soat 16:00 dan keyin qabul qilingan taqdirda, operatsiyalar keyingi operatsion kunning 09:15 dan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
194. Qimmatli qogʻozlar xaridorning depo hisobvaragʻiga yetkazib berilgan paytda ularning harakatini bloklash toʻgʻrisidagi topshiriqnoma kelib tushgan taqdirda, qimmatli qogʻozlar xaridorning hisobvaragʻiga oʻtkazilgandan keyin bloklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
195. Vakolatli davlat organining koʻrsatmasi boʻyicha bloklangan qimmatli qogʻozlarni Markaziy depozitariy va hisob tashkilotlari faqat vakolatli davlat organining qimmatli qogʻozlarni blokdan chiqarish koʻrsatmasi boʻyicha blokdan chiqarishi mumkin, bundan yuridik shaxs tugatilganligi munosabati bilan qimmatli qogʻozlarning blokdan chiqarilishi holati mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
196. Ilgari taqdim etilgan topshiriqnomalar va hujjatlar asosida bloklangan qimmatli qogʻozlarni qayta bloklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
197. Huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarining qimmatli qogʻozlarni bloklash toʻgʻrisidagi qarori (hal qiluv qarori, ajrimi yoki boshqa hujjat) quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deponent va uning depo hisobvaragʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bloklanayotgan qimmatli qogʻozlar va ularning soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bloklash sababi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bloklash muddati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
198. Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti huquqni muhofaza qiluvchi yoki sud organlarining qimmatli qogʻozlarni deponentning hisobvaragʻida bloklash toʻgʻrisidagi qarori (hal qiluv qarori, ajrimi yoki boshqa hujjat) taqdim etilgan kuni qimmatli qogʻozlarni huquqni muhofaza qiluvchi yoki sud organlarining farmoyishiga muvofiq bloklangan boʻlimiga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
199. Sud organlarining qarori (ajrimi) bilan bloklangan va sud qarori bilan bloklangan boʻlimida turgan qimmatli qogʻozlarni blokdan chiqarish toʻgʻrisidagi sudning qaroriga (ajrimiga) asosan blokdan chiqariladi va deponent hisobvaragʻidagi asosiy boʻlimga oʻtkaziladi yoki sud qaroriga muvofiq uchinchi shaxsning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi (daʼvogar, merosxoʻr, davlat yoki boshqalar foydasiga).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
200. Qimmatli qogʻozlar deponentning depo hisobvaragʻida deponentning yoki hisobvaraq operatorining topshiriqnomasiga koʻra quyidagi hollarda bloklanishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar birja va birjadan tashqari savdo tizimlarida sotish uchun qoʻyilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyushmagan qimmatli qogʻozlar bozorida (toʻgʻridan-toʻgʻri oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha) bitimlar tuzishda deponentning qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish boʻyicha majburiyatlari mavjud boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201. Qimmatli qogʻozlar birja va birjadan tashqari savdo tizimlariga sotish uchun qoʻyilganda, qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariydagi savdo tizimi ishtirokchisining hisobvaragʻidagi (hisob tashkiloti hisobvaragʻi yoki deponentning oʻz hisobvaragʻi) savdoga qoʻyilgan boʻlimida bloklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
202. Qimmatli qogʻozlar deponentning topshirigʻiga koʻra blokirovka qilinganda, Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti qimmatli qogʻozlarni deponentning topshirigʻiga koʻra blokirovka qilingan boʻlimiga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
203. Deponentning hisobvaragʻidagi qimmatli qogʻozlar blokirovka qilinganda, Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti qimmatli qogʻozlar bloklangan vaqtdan boshlab ikki ish kuni ichida bu haqda deponentni xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
204. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishi Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestridan chiqarilgan taqdirda, vakolatli davlat organining bu haqidagi xabari asosida Markaziy depozitariy qimmatli qogʻozlarni hisobdan chiqarish uchun ularni blokdan chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar hisobdan chiqarilgan paytdan boshlab ikki ish kuni ichida Markaziy depozitariy deponentlarga va ushbu qimmatli qogʻozlarni blokirovka qilgan organlarga tegishli xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
205. Markaziy depozitariyda saqlanayotgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha tashqi oʻtkazmalar uch tomonlama sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
206. Depozitar tizim doirasida qimmatli qogʻozlarning tashqi oʻtkazmalarini amalga oshirishga faqat operatsion kun boshida LORO va NOSTRO vakillik hisobvaraqlari boʻyicha qimmatli qogʻozlar qoldigʻi mos keladigan hisob tashkilotlariga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
207. Tashqi oʻtkazmalar faqat bloklanmagan qimmatli qogʻozlar boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
208. Qimmatli qogʻozlarning tashqi oʻtkazmasini amalga oshirishda bir hisob tashkilotidan hisobdan chiqariladigan qimmatli qogʻozlar soni boshqa hisob tashkilotida hisobga olinadigan qimmatli qogʻozlar soniga teng boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
209. Markaziy depozitariyda saqlanayotgan qimmatli qogʻozlarning tashqi oʻtkazmalarida qimmatli qogʻozlarni hisobdan chiqarish va kirim qilish operatsiyasi bir operatsiya kunida amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
210. Qimmatli qogʻozlarni depozitar tizimdagi bir hisob tashkilotidan boshqa hisob tashkilotiga oʻtkazish solishtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi, quyidagi holatlar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni emitentning Markaziy depozitariydagi emissiyaviy hisobvaragʻidan emitentga xizmat koʻrsatuvchi hisob tashkilotidagi tranzit emissiyaviy hisobvaragʻiga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
global operatsiyalarni amalga oshirishda, qimmatli qogʻozlar chiqarilishini bekor qilish yoki soʻndirishda qimmatli qogʻozlarni hisob tashkilotidan Markaziy depozitariyga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob tashkilotining faoliyati toʻxtatilganda, hisob tashkiloti deponentlarining qimmatli qogʻozlarini Markaziy depozitariyga oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
211. Hisob tashkilotlarining LORO vakillik hisobvaraqlari boʻyicha qimmatli qogʻozlar oʻtkazmalarining toʻgʻri amalga oshirilishi uchun Markaziy depozitariy javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
212. Markaziy depozitariy va hisob tashkilotlari tashqi oʻtkazma topshiriqnomalari hamda xabarnomalarning oʻz vaqtida shakllantirilishi va yuborilishi uchun javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
213. Aloqa kanallari orqali uzatiladigan axborotning saqlanishi va tashqi oʻtkazmalarning bajarilishi Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti oʻrtasidagi shartnoma va (yoki) oʻzaro hamkorlik reglamentida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
214. Qimmatli qogʻozlarni beruvchi deponent xizmat koʻrsatuvchi hisob tashkilotiga qimmatli qogʻozlarni oʻzining depo hisobvaragʻidan hisobdan chiqarish va qimmatli qogʻozlarni qabul qiluvchi hisob tashkilotining depo hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun depo topshiriqnomasini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
215. Depo topshiriqnomasi belgilangan talablarga muvofiq boʻlsa, hisob tashkiloti quyidagi amallarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo topshiriqnomasida koʻrsatilgan hisob-kitob kunida qimmatli qogʻozlarni tashqi oʻtkazma orqali hisobdan chiqarish uchun topshiriqnoma tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo topshiriqnomasida koʻrsatilgan miqdordagi qimmatli qogʻozlarni hisobga olish uchun depozitar operatsiyalarni oʻtkazish zarurligi haqida qabul qiluvchi hisob tashkilotini xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qiluvchi hisob tashkilotining amaliyotni oʻtkazishga tayyorligi tasdiqlanganda, deponentning topshiriqnomasida koʻrsatilgan miqdordagi qimmatli qogʻozlarni qabul qiluvchi deponentning depo hisobvaragʻiga va qabul qiluvchi hisob tashkilotining hisobvaragʻiga oʻtkazish boʻyicha tashqi oʻtkazma depo operatsiyasini bajaradi hamda depozitar operatsiyaning toʻgʻri bajarilganligini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
216. Depo topshiriqnomasi belgilangan talablarga muvofiq boʻlmasa, hisob tashkiloti deponentni tashqi oʻtkazma topshiriqnomasini bajarish imkonsizligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
217. Qimmatli qogʻozlarni qabul qiluvchi deponent hisob tashkilotiga oʻz depo hisobvaragʻiga qimmatli qogʻozlarni beruvchi deponentning hisobvaragʻidan qabul qilish uchun tashqi oʻtkazma topshiriqnomasini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
218. Qimmatli qogʻozlarni qabul qiluvchi hisob tashkiloti qimmatli qogʻozlarni kirim qilish uchun tashqi oʻtkazma depo topshiriqnomasi asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qiluvchi deponentning topshiriqnomasida koʻrsatilgan hisob-kitob sanasi bilan qimmatli qogʻozlarni hisobga qabul qilish uchun depo topshiriqnomasini (qimmatli qogʻozlarni deponent hisobvaragʻiga va NOSTRO hisobvaragʻiga kirim qilish uchun topshiriqnoma) shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib beruvchining hisob tashkilotini topshiriqnomada koʻrsatilgan miqdordagi qimmatli qogʻozlarni hisobdan chiqarish boʻyicha depozitar operatsiyalarni oʻtkazish zarurligi haqida xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni yetkazib beruvchi hisob tashkilotining LORO hisobvaragʻidan Markaziy depozitariydagi oʻzining LORO hisobvaragʻiga qimmatli qogʻozlarni kirim qilish uchun elektron depo topshiriqnomasini shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
219. Kontragentlarning hisob tashkilotlari Markaziy depozitariyga LORO hisobvaraqlari boʻyicha qimmatli qogʻozlarni hisobdan chiqarish va kirim qilish uchun shakllangan qarama-qarshi elektron tashqi oʻtkazma topshiriqnomalarini yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
220. Markaziy depozitariy hisob tashkilotlarning LORO hisobvaraqlari boʻyicha qimmatli qogʻozlarni hisobdan chiqarish va kirim qilish uchun qarama-qarshi tashqi oʻtkazma depo topshiriqnomalarining qidiruvini tashkil etadi hamda qarama-qarshi tashqi oʻtkazma topshiriqnomalari muvaffaqiyatli topilganda, ushbu topshiriqnomalarni kvitovka qiladi va qimmatli qogʻozlarni beruvchi hisob tashkilotining LORO hisobvaragʻidan qimmatli qogʻozlarni qabul qiluvchi hisob tashkilotining LORO hisobvaragʻiga oʻtkazishni amalga oshiradi. Markaziy depozitariy yetkazib beruvchi va qabul qiluvchi hisob tashkilotlariga qimmatli qogʻozlar oʻtkazilganligi toʻgʻrisida xabarnomalarni yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
221. Tashqi oʻtkazma topshiriqnomalarini izlash muvaffaqiyatsiz boʻlgan taqdirda, Markaziy depozitariy hisob tashkilotlariga depo topshiriqnomalarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi hisobotni yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
222. Qimmatli qogʻozlarni beruvchi va oluvchining hisob tashkilotlari qimmatli qogʻozlar oʻtkazilganligi toʻgʻrisida Markaziy depozitariydan olingan xabarnoma hamda qimmatli qogʻozlarni hisobdan chiqarish va kirim qilish toʻgʻrisidagi ichki topshiriqnomalari asosida qimmatli qogʻozlarni oʻz deponentlarining hisobvaraqlariga hisobdan chiqaradi va oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
223. Hisob tashkilotlari oʻz mijozlariga tashqi oʻtkazma topshiriqnomalarining bajarilishi toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishini (emissiyasini) hisobga olishga doir buxgalteriya operatsiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
224. Markaziy depozitariy tomonidan qimmatli qogʻozlar chiqarilishini (emissiyasini) hisobga olish emitent va qimmatli qogʻozlar chiqarilishi haqidagi maʼlumotlarni Markaziy depozitariyning hisob registrlarida qayd etish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
225. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishini (emissiyasini) hisobga olish quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat qimmatli qogʻozlari va Markaziy bank obligatsiyalari uchun qimmatli qogʻozlarning global sertifikati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ qimmatli qogʻozlar uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi emitentning qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar emissiya risolasi (qimmatli qogʻozlar ommaviy joylashtirilgan holda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
226. Markaziy depozitariy quyidagi hollarda qimmatli qogʻozlar chiqarilishini hisobga olish yoki qimmatli qogʻozlarga xizmat koʻrsatish uchun qabul qilishni rad etishga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror vakolatli davlat organi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilmagan boʻlsa (korporativ qimmatli qogʻozlar uchun), bundan qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning nomi notoʻgʻri yoki noaniq koʻrsatilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozning turi va xili notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarning nominal qiymati va chiqarish hajmi notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariyga taqdim etilgan axborot va hujjatlar qimmatli qogʻozlar chiqarilishini tavsiflash uchun yetarli boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
227. Markaziy depozitariy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi hisobga qoʻyilganidan keyin qimmatli qogʻozlarni emitentning depo hisobvaragʻiga qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
228. Xorijiy qimmatli qogʻozlarni Markaziy depozitariyda hisobga olish xorijiy qimmatli qogʻozlarning maʼlumotlari va hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
229. Markaziy depozitariy quyidagi hollarda xorijiy qimmatli qogʻozlarni hisobga olishni rad etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariyga taqdim etilgan maʼlumot va hujjatlar xorijiy qimmatli qogʻozni hisobga olish uchun yetarli boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy vositalar hujjatli shaklda chiqarilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni hisobga olish qimmatli qogʻozlar muomalasining shartlari yoki qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlangan yoxud chiqarish shartlarida koʻzda tutilmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar muomalasining muddati tugagan yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi tashkilotdan qimmatli qogʻozlar chiqarilishini (qoʻshimcha chiqarilishini) joylashtirishni va ular bilan operatsiyalarni toʻxtatib turish haqida xabarnoma olingan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Global operatsiyalarga doir buxgalteriya operatsiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
230. Qimmatli qogʻozlarning muayyan chiqarilishi bilan bogʻliq boʻlgan Markaziy depozitariy va hisob tashkilotlarining barcha yoki aksariyat hisob registrlari holatini oʻzgartiruvchi depozitar operatsiya global operatsiya deb yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
231. Markaziy depozitariy tomonidan global operatsiyalar emitent tomonidan quyidagi korporativ harakatlar oʻtkazilganda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni ayirboshlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni maydalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni yiriklashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning oʻz kapitali hisobidan chiqarilgan qoʻshimcha aksiyalarni taqsimlash (kapitallashtirish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni bekor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
232. Global operatsiyani oʻtkazish tashabbuskori emitent yoki uning topshirigʻiga koʻra Markaziy depozitariy, shuningdek Markaziy depozitariyga xorijiy qimmatli qogʻozlarini nominal saqlovchi hisobvaragʻi ochgan chet ellik markaziy depozitariy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
233. Depozitar tizimdagi global operatsiyalarni Markaziy depozitariy boshlab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
234. Markaziy depozitariy va hisob tashkilotlari depozitar operatsiyalarni yagona axborot tizimida (dasturiy taʼminotda) amalga oshirgan taqdirda, global operatsiyalar Markaziy depozitariy tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
235. Markaziy depozitariy emitentning qarorini olganidan soʻng qimmatli qogʻozlar egalarini, shu jumladan hisob tashkilotlarini, chet ellik nominal saqlovchilarni va savdo tashkilotchilarini emitentning kutilayotgan korporativ harakatlari hamda mazkur qimmatli qogʻozlar savdosini vaqtincha bloklash va (yoki) toʻxtatib turish toʻgʻrisida xabardor etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
236. Qimmatli qogʻozlarni ayirboshlashga doir global operatsiyaning mohiyati deponentlarning depo hisobvaraqlarida bir chiqarilishdagi qimmatli qogʻozlarni boshqa chiqarilishdagi qimmatli qogʻozlarga almashtirish (hisobdan chiqarish va kirim qilish)dan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
237. Markaziy depozitariy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorga hamda Markaziy depozitariyga (xorijiy qimmatli qogʻozlarining nominal saqlovchisi hisobvaragʻi ochilgan xorijiy depozitariy tomonidan) taqdim etilgan yangi chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchi hisobvaragʻiga oʻtkazilgan miqdori haqidagi koʻchirmaga muvofiq ayirboshlash amaliyotini bajaradi. Hisob-kitob maʼlumotlari va oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar soni oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlsa, Markaziy depozitariy nizoli vaziyat hal etilmaguncha amaliyotni amalga oshirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
238. Qimmatli qogʻozlarni ayirboshlash uchun asos sifatida nominal saqlovchining hisobvaragʻi boʻyicha ayirboshlash bajarilganligini tasdiqlovchi Markaziy depozitariy tomonidan beriladigan koʻchirma xizmat qiladi. Xorijiy qimmatli qogʻozlar ayirboshlangan taqdirda, xorijiy qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchi hisobvaragʻi ochilgan xorijiy markaziy depozitariy tomonidan berilgan koʻchirma asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
239. Markaziy depozitariy vakolatli davlat organi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan emitentning qarorini yoki nominal saqlovchi hisobvaragʻi ochilgan xorijiy depozitariydan maʼlumot olgan paytdan boshlab bir ish kuni ichida ayirboshlashni amalga oshirish tartibi haqidagi axborotni shartnomada yoki mijozning anketasida koʻrsatilgan usulda mijozga yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
240. Qimmatli qogʻozlarni ayirboshlash boʻyicha operatsiyaning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobot Markaziy depozitariy tomonidan operatsiya bajarilgan kunda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
241. Hisob tashkilotlari qimmatli qogʻozlarni ayirboshlash boʻyicha operatsiyalarni faqat Markaziy depozitariy tomonidan taqdim etilgan quyidagi hujjatlar mavjud boʻlganda boshlash huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha zarur axborot koʻrsatilgan holda qimmatli qogʻozlarni ayirboshlash oʻtkazilganligi toʻgʻrisida Markaziy depozitariyning xabarnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan sanada ayirboshlash oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi Markaziy depozitariyning topshiriqnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
242. Hisob tashkilotlari ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish uchun qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan sanada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayirboshlash qilinadigan qimmatli qogʻozlarni deponentlarning depo hisobvaraqlaridan va NOSTRO aktiv hisobvaragʻidan hisobdan chiqarishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayirboshlash qilinadigan qimmatli qogʻozlarni deponentlar hisobvaraqlariga va NOSTRO aktiv hisobvaragʻiga oʻtkazishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayirboshlash qilinadigan qimmatli qogʻozlar hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma va ayirboshlash qilingan qimmatli qogʻozlarning tegishli miqdorini hisobdan chiqarish uchun LORO vakillik hisobvaragʻi boʻyicha topshiriqnomani Markaziy depozitariyga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
243. Hisob tashkilotlari deponentlarning soʻrovlari boʻyicha qimmatli qogʻozlarni ayirboshlashni amalga oshirish uchun asos boʻlgan hujjatlarni ham taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Qimmatli qogʻozlarni maydalashga (yiriklashtirishga) doir buxgalteriya operatsiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
244. Qimmatli qogʻozlarni maydalashda (yiriklashtirishda) global operatsiyaning mazmuni emitent tomonidan belgilangan koeffitsiyentga muvofiq va emitentning qarori bilan belgilangan muddatda nominal qiymati kamayganda (koʻpayganda) depo hisobvaraqlarida muayyan chiqarilishdagi qimmatli qogʻozlar sonining kamayishi (koʻpayishi)dan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
245. Hisob tashkilotlari qimmatli qogʻozlarni maydalash (yiriklashtirish) boʻyicha operatsiyalarni faqat Markaziy depozitariy tomonidan taqdim etilgan quyidagi hujjatlar mavjud boʻlganda boshlash huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan holda emitent tomonidan qimmatli qogʻozlarni maydalash (yiriklashtirish) oʻtkazilganligi toʻgʻrisida Markaziy depozitariyning xabarnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maydalash (yiriklashtirish) amalga oshiriladigan qimmatli qogʻozlarni deponentlar hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarish va maydalash (yiriklashtirish) amalga oshiriladigan tegishli miqdordagi qimmatli qogʻozlarni kirim qilish yoʻli bilan bajarish toʻgʻrisidagi Markaziy depozitariyning xizmat topshirigʻi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
246. Hisob tashkilotlari deponentlarning soʻrovlari boʻyicha qimmatli qogʻozlarni maydalash (yiriklashtirish)ni amalga oshirish uchun asos boʻlgan hujjatlarni ham taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Emitentning oʻz kapitali hisobidan chiqarilgan qoʻshimcha aksiyalarni taqsimlashga (kapitallashtirishga) doir buxgalteriya operatsiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
247. Markaziy depozitariy emitent tomonidan chiqarilgan aksiyalarni emitentning oʻz kapitali hisobidan taqsimlash (kapitallashtirish) operatsiyasini emitentning qaroriga muvofiq ravishda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
248. Aksiyalarni aksiyadorlarga taqsimlash roʻyxatida koʻrsatilgan hisob tashkiloti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning Markaziy depozitariyda emissiyaviy hisobvaragʻidan qimmatli qogʻozlarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi xabarnoma elektron shaklda olinganidan keyin bir ish kunidan kechiktirmay aksiyalarni emitentning tegishli tranzit emissiyaviy hisobvaragʻiga oʻtkazishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir ish kunidan kechiktirmay emitentning tegishli tranzit emissiyaviy hisobvaragʻiga aksiyalar oʻtkazilganligi toʻgʻrisida Markaziy depozitariyni elektron shaklda xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
besh ish kunidan kechikmay emitentning tranzit emissiyaviy hisobvaragʻidan aksiyalarni aksiyadorlarning depo hisobvaraqlariga oʻtkazishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Qimmatli qogʻozlarni bekor qilishga doir buxgalteriya operatsiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
249. Qimmatli qogʻozlarni bekor qilish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqarish amalga oshmagan deb topilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli sud qarori mavjud boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan holatlarda qimmatli qogʻozlarning yangi chiqarilishida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obligatsiyalar chiqarilishi soʻndirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitta chiqarilishdagi barcha qimmatli qogʻozlar ayirboshlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
250. Qimmatli qogʻozlarni bekor qilishda global operatsiyaning mazmuni qimmatli qogʻozlarni deponentlarning hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarish va ushbu chiqarilishni Markaziy depozitariyda hisobdan chiqarishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
251. Qimmatli qogʻozlarni bekor qilish operatsiyasi bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Depozitar tizimda qimmatli qogʻozlarni bekor qilish jarayoni vakolatli davlat organining qimmatli qogʻozlarni muomaladan chiqarish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bu jarayonda qimmatli qogʻozlar depo hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladi va bekor qilinayotgan qimmatli qogʻozlar hisobdan olib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
252. Xorijiy qimmatli qogʻozlarni bekor qilish (soʻndirish) boʻyicha operatsiya xorijiy markaziy depozitariyning qimmatli qogʻozlar bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi xabarnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
253. Markaziy depozitariy qimmatli qogʻozlar chiqarilishini bekor qilish boʻyicha operatsiyaning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni operatsiya bajarilgan kunda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Axborot operatsiyalari va hisoboti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
254. Axborot operatsiyalari Markaziy depozitariy va hisob tashkilotining depo hisobvaraqlari va boshqa hisob registrlari holati yoki depozitar operatsiyalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlar, koʻchirmalar va maʼlumotnomalarni shakllantirish va (yoki) taqdim etish bilan bogʻliq boʻlgan depozitar operatsiyalar hisoblanadi. Axborot operatsiyalariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobotlar va koʻchirmalarni shakllantirish hamda deponentlarga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar egalari reyestrlarini shakllantirish va berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariy va hisob tashkilotining oʻtkazilgan operatsiyalar toʻgʻrisida deponentlarga axborot taqdim etish bilan bogʻliq boshqa operatsiyalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
255. Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti ichki hisob registrlari maʼlumotlariga asoslanib, ichki hisobotni hamda deponentlar va vakolatli organlarga hisobotlarni tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
256. Deponent oʻz hisobvaragʻidagi qimmatli qogʻozlar haqida, shuningdek oʻziga tegishli qimmatli qogʻozlardan kelib chiqadigan boshqa huquqlarning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni erkin olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
257. Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti deponentning talabiga binoan depozitar shartnomada belgilangan muddatda deponentga ochilgan depo hisobvaraqlari boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi hisobotlarni va (yoki) ushbu depo hisobvaraqlaridan koʻchirmalarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
258. Depozitar operatsiyalarni amalga oshirishni boshqarish, nazorat qilish va rejalashtirish uchun Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti ichki hisobot turlarini mustaqil ravishda belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
259. Deponentlar va vakolatli davlat organiga zarur hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etish uchun javobgarlik Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti rahbari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
260. Deponentga hisobotni taqdim etish usuli axborot soʻrovi bilan belgilanadi. Deponent tomonidan taqdim etilgan axborot soʻrovida axborotni taqdim etish usuli koʻrsatilmagan hollarda, axborot depo hisobvaragʻi egasining anketasida yoki depozitar shartnomada koʻrsatilgan usulda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
261. Taqdim etiladigan depozitar xizmatlar, depo topshiriqnomalarini rasmiylashtirish, emitent tomonidan global operatsiyalarni amalga oshirish uchun asos boʻladigan hujjatlar, shu jumladan qimmatli qogʻozlardan daromadlarni toʻlash toʻgʻrisidagi xabarnomalar va boshqa xabarnomalar Markaziy depozitariyning veb-saytida joylashtiriladi. Ushbu joylashtirish bilan bir vaqtda Markaziy depozitariy mijoz anketasi yoki depozitar shartnomada koʻrsatilgan elektron pochta manzillariga ham xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
262. Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti tomonidan vakolatli davlat organiga hisobotlar qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
263. Qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrini shakllantirish Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining hisob registrlaridan emitent va u tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar hamda qimmatli qogʻozlar egalarining anketa maʼlumotlari, ularga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarning soni, nominal qiymati, turi, shuningdek qimmatli qogʻozlarga majburiyatlar yuklatilganligi faktlari toʻgʻrisidagi axborotlarni yigʻish va ishlov berish yoʻli bilan Markaziy depozitariy tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
264. Depozitar operatsiyalarni amalga oshirishga doir hujjatlarning namunaviy shakllari (ariza, anketa, imzo va muhr namunalari kartochkalari, topshiriqnomalar va boshqalar) Markaziy depozitariy tomonidan ishlab chiqiladi va vakolatli davlat organi bilan kelishilgandan soʻng Markaziy depozitariyning rasmiy veb-saytiga hisob tashkilotlari va manfaatdor shaxslar foydalanishi uchun joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Maʼlumotlarning maxfiyligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
265. Markaziy depozitariy va hisob tashkilotlari axborotning maxfiyligini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
266. Qimmatli qogʻozlar bozorida maxfiy axborotni oshkor qilish qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
267. Mijozlarning hisobvaraqlari boʻyicha maʼlumotlar — ularning oʻzlariga yoki vakillariga, oʻz vakolatlariga taalluqli masalalar yuzasidan — monopoliyaga qarshi davlat organiga, davlat soliq xizmati organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga, sudlarga, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻlgan taqdirda esa tergov va surishtiruv organlariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
268. Mijozlarning — jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari boʻyicha maʼlumotlar ularning egalari vafot etgan taqdirda, merosxoʻrlarga yoki hisobvaraqning egasi koʻrsatgan shaxslarga, oʻz ish yurituvidagi meros ishlari yuzasidan notarial idoralarga beriladi, chet el fuqarolariga nisbatan esa chet davlatning konsullik muassasalariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
269. Maxfiy axborot vakolatli davlat organiga quyidagi hollarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi faktlarini koʻrib chiqayotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti aʼzolari boʻlgan boshqa davlatlarning qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli organlariga ularning yozma soʻroviga koʻra axborot berganda oshkor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
270. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maxfiy axborot qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Ichki nazoratni amalga oshirishga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
271. Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti oʻz vazifalarini bajarishning barcha bosqichlarida Markaziy depozitariy va hisob tashkilotining hisob registrlaridagi maʼlumotlarni muntazam ravishda solishtirib borish orqali ichki nazorat tizimini tashkil qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
272. Ichki nazorat depozitar operatsiyalarning bajarilishini har oyda tekshirishga asoslangan boʻlishi kerak. Ichki nazorat natijalari boʻyicha bayonnoma rasmiylashtiriladi va qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, ularni zudlik bilan bartaraf etish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
273. Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti hujjatlarni qabul qilish, yaratish, hisobga olish, saqlash va berishning ichki tartibini ishlab chiqishi va tasdiqlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
274. Ichki nazoratni amalga oshirish tartibi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti faoliyatidagi tavakkalchiliklarni aniqlash va baholash, depozitar faoliyatni amalga oshirishda yuzaga keladigan tavakkalchiliklarni minimallashtirish boʻyicha zarur choralarni koʻrish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti tomonidan qonunchilik hujjatlarining talablari, shuningdek deponentlar bilan tuzilgan shartnomalar va bitimlar shartlari bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti xodimlarining operatsion tartib-taomillar va lavozim majburiyatlarini bajarishda belgilangan vakolatlar va tartib-taomillarga rioya etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti tomonidan ijro etish jarayonida yuzaga keladigan manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariy va hisob tashkiloti hisob tizimida depozitar operatsiyalarning lozim darajada aks ettirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy depozitariyga va hisob tashkilotiga saqlash uchun topshirilgan aktivlar va depozitar hisob materiallarining saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob maʼlumotlarini ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish tizimining ishonchliligi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki hisobot va vakolatli davlat organlariga taqdim etiladigan hisobotning toʻgʻri va oʻz vaqtida tuzilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxfiy axborotdan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish chora-tadbirlarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
275. Mazkur Qoidalar talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2025-y., 10/25/3628/0517-son)