1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.03 Fuqaroning shaʼni va obroʻsiga tajovuzlardan, uning shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish, turar joy daxlsizligi huquqi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-aprelda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.03 Fuqaroning shaʼni va obroʻsiga tajovuzlardan, uning shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish, turar joy daxlsizligi huquqi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning amal qilishi shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish chogʻida qoʻllaniladigan ishlov berish vositalaridan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan qatʼi nazar yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.03.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborot]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxs tomonidan shaxsga doir maʼlumotlarga shaxsiy va maishiy maqsadlarda ishlov berish;
(3-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 26-martdagi OʻRQ-1125-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1125/0278-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy arxiv fondi hujjatlarini va shaxsga doir maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boshqa arxiv hujjatlarini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sirlarini tashkil etadigan maʼlumotlar hamda mudofaa va milliy xavfsizlik masalalariga taalluqli maʼlumotlar jumlasiga kiritilgan shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish;
(3-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 26-martdagi OʻRQ-1125-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1125/0278-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor-qidiruv, razvedka va kontrrazvedka faoliyati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq-tartibotni saqlash jarayonida, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish doirasida olingan shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi OʻRQ-1158-sonli Qonuniga asosan uchinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Asosiy tushunchalar
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qogʻozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar subyekti (subyekt) — shaxsga doir maʼlumotlar oʻziga taalluqli boʻlgan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar bazasi — tarkibida shaxsga doir maʼlumotlar mavjud boʻlgan axborot tizimi tarzidagi maʼlumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish — shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yoʻq qilish boʻyicha bir harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar bazasining operatori (operator) — shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdori (mulkdor) — shaxsga doir maʼlumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi shaxs — subyekt, mulkdor va (yoki) operator boʻlmagan, ammo shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish boʻyicha holatlar yoki munosabatlar orqali ular bilan bogʻliq boʻlgan har qanday shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VII-bobi (“Shaxsiy huquq va erkinliklar”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish maqsadlari va usullarining qonuniyligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarning aniqligi va ishonchliligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi va himoya qilinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektlar, mulkdorlar va operatorlar huquqlarining tengligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Shaxsga doir maʼlumotlar sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Shaxsga doir maʼlumotlar sohasini davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshiruvchi organlar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlar sohasini davlat tomonidan tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

shaxsga doir maʼlumotlar sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestri toʻgʻrisida nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar bazalarini Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish tartibini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilayotganda ushbu maʼlumotlarning xavfsizligiga boʻlgan tahdidlarga qarab, ularning himoya qilinganlik darajasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar himoyasini taʼminlashga oid boʻlgan, bajarilishi shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish chogʻida ularning belgilangan himoya qilinganlik darajasini taʼminlaydigan talablarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biometrik va genetik maʼlumotlar mavjud boʻlgan moddiy jismlarga hamda bunday maʼlumotlarni shaxsga doir maʼlumotlardan tashqarida saqlash texnologiyalariga oid talablarni belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktabrdagi 570-sonli “Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamgʻarmasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning namunaviy tartibini tasdiqlaydi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdorning va (yoki) operatorning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilishini hamda ularning himoya qilinishini taʼminlovchi tuzilmaviy boʻlinmasi yoki vakolatli shaxsi faoliyatini tashkil etishning namunaviy tartibini tasdiqlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 14-noyabrdagi 19-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdori va (yoki) operatorining shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilishini hamda ularning himoya qilinishini taʼminlovchi tuzilmaviy boʻlinmasi yoki vakolatli shaxsi faoliyatini tashkil etishning namunaviy tartibi (roʻyxat raqami 3477, 2023-yil 15-noyabr) va 2023-yil 15-noyabrdagi 20-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning namunaviy tartibi (roʻyxat raqami 3478, 15-noyabr 2023-yil).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar bazasi Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan oʻz vakolatlari doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
(8-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi vakolatli davlat organlariga ularning faoliyati sohasiga nisbatan qoʻllaniladigan belgilangan maʼlumotlarni yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarning zarur himoya qilinganlik darajasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlarning hajmi va mazmunini, faoliyat turini, shaxsga doir maʼlumotlar xavfsizligiga boʻlgan tahdidlarning haqiqiyligini tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlarini bartaraf qilish haqida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritadi;
(8-modda ikkinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan shaxsga doir maʼlumotlar sohasida hamkorlikni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish ishtirokchilari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyekt va operator shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish ishtirokchilaridir. Subyektning qonuniy vakili, mulkdor va uchinchi shaxslar ham shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish ishtirokchilari sifatida ish yuritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish va saqlash
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasi mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs tomonidan amalga oshiriladigan vazifalarni bajarish uchun zarur hamda yetarli boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish yoʻli bilan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish tartibi va prinsiplari mulkdor va (yoki) operator tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish chogʻida ilgari bildirilgan maqsadlar talab etadigan darajada subyektni identifikatsiya qilish imkonini beradigan shaklda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash muddati ularni yigʻish va ularga ishlov berish maqsadiga erishish sanasi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni oʻzgartirish va toʻldirish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarni oʻzgartirish va toʻldirish subyektning murojaati asosida, ushbu murojaat berilgan paytdan eʼtiboran uch kunlik muddatdan kechiktirmay mulkdor va (yoki) operator tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan shaxsga doir maʼlumotlarni oʻzgartirish va toʻldirish bunday nomuvofiqlik aniqlangan paytdan eʼtiboran darhol amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-fevraldagi 71-son qarori bilan tasliqlangan Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestri toʻgʻrisida nizomning 4-bobi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdorning, operatorning va uchinchi shaxsning faoliyati maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan shaxsga doir maʼlumotlar bilan harakatlar shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor, operator va uchinchi shaxs tomonidan shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanish bu maʼlumotlarning zarur darajada himoya qilinishini taʼminlash sharti bilan faqat ushbu shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish boʻyicha ilgari bildirilgan maqsadlar uchun amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish bilan bogʻliq boʻlgan xodimlari tomonidan shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanish faqat ularning oʻz kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish bilan bogʻliq boʻlgan xodimlari oʻziga ishonib topshirilgan yoki kasbiy, xizmat yoxud mehnat majburiyatlarini bajarishi sababli maʼlum boʻlib qolgan shaxsga doir maʼlumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻymasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni berish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarni muayyan shaxsga oshkor etishga qaratilgan harakatlar shaxsga doir maʼlumotlarni berish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarni davlat boshqaruvi organlariga berish bepul asosda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyekt oʻzining shaxsga doir maʼlumotlarini berishni rad qilgan taqdirda, oʻzining rad qilishi sabablarini koʻrsatmaslik huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni tarqatish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarni nomuayyan doiradagi shaxslarga oshkor etishga, shu jumladan shaxsga doir maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida hammaga maʼlum qilishga, Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirishga yoki shaxsga doir maʼlumotlardan biror-bir boshqa usul bilan foydalanish imkonini berishga qaratilgan harakatlar shaxsga doir maʼlumotlarni tarqatishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻishning ilgari bildirilgan maqsadlaridan chetga chiqilgan hollarda, ushbu maʼlumotlarni tarqatish subyektning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarni mulkdor va (yoki) operator tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga uzatish shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatish shaxsga doir maʼlumotlar subyektlarining huquqlari bir xilda himoya qilinishini taʼminlovchi chet davlatlar hududiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarning bir xilda himoya qilinishini taʼminlamaydigan chet davlatlar hududiga shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektning oʻz shaxsga doir maʼlumotlarini transchegaraviy uzatish boʻyicha roziligi mavjud boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, aholining sogʻligʻi va maʼnaviyatini muhofaza qilish zarur boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatish Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining maʼnaviyatini, sogʻligʻini, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat mudofaasini hamda davlat xavfsizligini taʼminlash maqsadida taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni egasizlantirish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilishi natijasida shaxsga doir maʼlumotlarning muayyan subyektga tegishliligini aniqlash imkoni boʻlmay qoladigan harakatlar shaxsga doir maʼlumotlarni egasizlantirishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarixiy, statistik, sotsiologik, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilayotganda mulkdor va operator, shuningdek uchinchi shaxs bu maʼlumotlarni egasizlantirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni yoʻq qilish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilishi natijasida shaxsga doir maʼlumotlarni tiklash imkoni boʻlmay qoladigan harakatlar shaxsga doir maʼlumotlarni yoʻq qilishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlar mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs tomonidan quyidagi hollarda yoʻq qilinishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish maqsadiga erishilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish uchun berilgan roziligi chaqirib olinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning subyekt bergan rozilik bilan belgilangan muddati oʻtganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning qarori qonuniy kuchga kirganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish shartlari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish ushbu Qonunning asosiy prinsiplariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyekt bu maʼlumotlarga ishlov berishga rozilik berganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyekt taraf boʻlgan shartnomani bajarish uchun bu maʼlumotlarga ishlov berish yoki shunday shartnoma tuzilguniga qadar subyektning soʻroviga binoan choralar koʻrish zarur boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdor va (yoki) operatorning qonunchilikda belgilangan majburiyatlarini bajarish uchun bu maʼlumotlarga ishlov berish zarur boʻlganda;
(18-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektning yoki boshqa shaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun bu maʼlumotlarga ishlov berish zarur boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdor va (yoki) operatorning yoki uchinchi shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun yoxud shaxsga doir maʼlumotlar subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilmasligi sharti bilan ijtimoiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun bu maʼlumotlarga ishlov berish zarur boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarga ularni majburiy ravishda egasizlantirish sharti bilan statistik yoki boshqa tadqiqot maqsadlarida ishlov berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar bu maʼlumotlar hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalardan olingan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyektning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish zarur boʻlgan taqdirda, bu maʼlumotlarga ishlov berishga rozilik olish mumkin boʻlgan paytga qadar subyektning roziligisiz yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga oid talablar
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning maqsadlari mulkdor va (yoki) operatorning faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, nizomlar, taʼsis hujjatlari yoki boshqa hujjatlar bilan belgilanadi hamda ushbu Qonunga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning maqsadlari ularni yigʻish chogʻida ilgari bildirilgan maqsadlarga, shuningdek mulkdorning va (yoki) operatorning huquq va majburiyatlariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning maqsadi oʻzgargan taqdirda, mulkdor va (yoki) operator subyektning oʻz maʼlumotlariga oʻzgargan maqsadga muvofiq ishlov berilishi uchun roziligini olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlar aniq va ishonchli boʻlishi, zarur boʻlgan taqdirda esa oʻzgartirilishi va toʻldirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasiga kiritilishi mumkin boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlarning hajmi subyekt tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi. Ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlarning hajmi va xususiyati ularga ishlov berish maqsadlari va usullariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarga subyektni identifikatsiya qilishga yoʻl qoʻyiladigan shaklda yoki egasizlantirilgan tarzda ishlov beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish muddati subyektning oʻz shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishga roziligi amal qiladigan muddatdan oshib ketmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 271-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlanishi shart boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalari Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
(20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 26-martdagi OʻRQ-1125-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1125/0278-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasini roʻyxatdan oʻtkazish ariza berish prinsipi orqali xabardor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi ariza vakolatli davlat organiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz tarkibida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat birlashmasining yoki diniy tashkilotning ishtirokchilariga (aʼzolariga) taalluqli boʻlgan hamda tegishincha jamoat birlashmasi yoki diniy tashkilot tomonidan ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlar, ularni uchinchi shaxslarga tarqatmaslik yoki oshkor etmaslik sharti bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyekt tomonidan hamma foydalanishi mumkin qilib qoʻyilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektlarning faqat familiyasini, ismini va otasining ismini oʻz ichiga olgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektning mulkdor va (yoki) operator turgan hududga bir martalik kirishi uchun yoki boshqa shunga oʻxshash maqsadlar uchun zarur boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatlashtirilgan davlat axborot tizimlari maqomiga ega boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlarning axborot tizimlariga kiritilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmagan holda ishlov beriladigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlar mavjud boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalari roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
(20-modda uchinchi qismining sakkizinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor va (yoki) operator tegishli shaxsga doir maʼlumotlar bazasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarning har bir oʻzgarishi toʻgʻrisida vakolatli davlat organini bunday oʻzgarish yuzaga kelgan kundan eʼtiboran oʻn kalendar kundan kechiktirmay xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga rozilik berish va rozilikni chaqirib olish tartibi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyekt shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish uchun rozilikni uning olinganligi faktini tasdiqlash imkonini beruvchi har qanday shaklda beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maxsus maʼlumotlarga ishlov berish uchun subyektning yozma shakldagi, shu jumladan elektron hujjat tarzidagi roziligi talab etiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.02.00 Fuqarolarning huquq layoqati va muomala layoqati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyekt muomalaga layoqatsiz boʻlgan yoki uning muomala layoqati cheklangan taqdirda, uning qonuniy vakili subyektning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish uchun yozma ravishda, shu jumladan elektron hujjat tarzida rozilik beradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.04.00 Voyaga etmaganlarning fuqarolik-huquqiy holati. 14 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. Emansipatsiya]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmagan subyektlarning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish uchun ularning ota-onalari (vasiylari, homiylari), ular yoʻqligida esa vasiylik va homiylik organlari yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida rozilik beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyekt vafot etgan taqdirda, uning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish uchun rozilikni, agar subyekt hayotligi chogʻida bunday rozilikni bermagan boʻlsa, uning merosxoʻrlari yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida beradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.07.00 Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb tan olish va oʻlgan deb eʼlon qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilingan, bedarak yoʻqolgan deb topilgan subyektning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish uning merosxoʻrlarining yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida berilgan roziligiga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyekt shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish uchun berilgan rozilikni ushbu rozilik qanday shaklda berilgan boʻlsa, shunday shaklda yoxud yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida chaqirib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etish tartibi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyekt oʻzining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishga taalluqli boʻlgan, quyidagilar koʻrsatilgan axborotni olish huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilganligi faktining tasdigʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish asoslari va maqsadlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda qoʻllaniladigan usullar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdorning va (yoki) operatorning nomi hamda ularning (uning) joylashgan yeri (pochta manzili), shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan yoxud mulkdor va (yoki) operator bilan tuzilgan shartnoma asosida yoki qonun asosida shaxsga doir maʼlumotlar oʻziga oshkor qilinishi mumkin boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli subyektga taalluqli boʻlgan, ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlarning tarkibi, ularni olish manbai, agar ushbu Qonunda bunday maʼlumotlarni taqdim etishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish muddatlari, shu jumladan ularni saqlash muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning 30-moddasida nazarda tutilgan huquqlarning subyekt tomonidan amalga oshirilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarning amalga oshirilgan yoki moʻljallanilayotgan transchegaraviy uzatilishi toʻgʻrisidagi axborot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyektga oʻzining shaxsga doir maʼlumotlarini taqdim etish boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan hollarda, subyektning oʻz shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilishiga taalluqli axborotni olishga boʻlgan huquqi cheklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyektning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishga taalluqli axborotni uchinchi shaxsga taqdim etish tartibi subyektning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish uchun roziligi shartlariga koʻra belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor va (yoki) operator quyidagi hollarda subyektga uning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyekt oʻzining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishni amalga oshirish toʻgʻrisida ilgari xabardor qilingan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar subyekt tomonidan hamma foydalana oladigan qilingan boʻlsa yoki hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbadan olingan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunday axborotning berilishi jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib keladigan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etishni rad qilish toʻgʻrisidagi xabarnoma soʻrov bergan subyektga oʻn kun ichida yozma shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etishni rad qilish toʻgʻrisidagi qaror ustidan subyekt vakolatli davlat organiga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish chogʻidagi harakatlar toʻgʻrisida xabardor qilish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyekt oʻzining shaxsga doir maʼlumotlari shaxsga doir maʼlumotlar bazasiga kiritilayotganda shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish maqsadlari, ushbu Qonunning 30-moddasida belgilangan oʻz huquqlari haqida yozma shaklda xabardor qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlar uchinchi shaxsga berilgan taqdirda, mulkdor va (yoki) operator bu haqda subyektni uch kun ichida yozma shaklda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyektni yozma shaklda xabardor qilish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari oʻz vakolatlarini amalga oshirayotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar tarixiy, statistik, sotsiologik yoki ilmiy maqsadlarda ishlov berish uchun berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalardan yigʻilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarga avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyekt oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan, yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan oʻz shaxsga doir maʼlumotlariga faqat avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish asosida qaror qabul qilishga duchor etilmaslik huquqiga ega, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi hollarda subyektning shaxsga doir maʼlumotlariga faqat avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish asosida qaror qabul qilinishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektning yozma shakldagi, shu jumladan elektron hujjat tarzidagi roziligi mavjud boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar qaror mulkdor va subyekt oʻrtasidagi shartnomani ijro etish yoki ilgari tuzilgan shartnoma shartlarini bajarish uchun qabul qilinayotgan boʻlsa;

qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda.
(24-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor va (yoki) operator subyektga uning shaxsga doir maʼlumotlariga faqat avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish asosida qaror qabul qilish tartibini va bunday qarorning ehtimoldagi yuridik oqibatlarini tushuntirishi, bunday qarorga eʼtiroz bildirish imkoniyatini berishi, shuningdek subyekt tomonidan oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tartibini tushuntirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor va (yoki) operator ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan eʼtirozni koʻrib chiqishi hamda bunday eʼtirozni koʻrib chiqish natijalari haqida subyektni oʻn kun ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Shaxsga doir maxsus maʼlumotlarga ishlov berish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Irqiy yoki ijtimoiy kelib chiqishga oid maʼlumotlar, siyosiy, diniy yoki dunyoqarashga oid eʼtiqodlar, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalariga aʼzolik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek jismoniy yoki ruhiy (psixik) salomatlikka taalluqli maʼlumotlar, shaxsiy hayot va sudlanganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shaxsga doir maxsus maʼlumotlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maxsus maʼlumotlarga ishlov berish taqiqlanadi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.12.00.00 Mehnatga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat. Mehnatga oid qonun hujjatlarini buzilganligi uchun javobgarlik / 05.12.01.00 Mehnatga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.03.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborot;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.08.00.00 Davlat taʼminlash organlarining oʻzaro va chet davlatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan boʻlgan munosabatlari;
6.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.02.00 Sudlanganlar va qamoqdagi shaxslarning huquqiy holati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maxsus maʼlumotlarga ishlov berishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organi tomonidan davlat xavfsizligini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni taʼminlash maqsadida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar subyekt oʻz shaxsga doir maxsus maʼlumotlariga ishlov berish uchun yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida rozilik bergan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar shaxsga doir maxsus maʼlumotlar subyekt tomonidan hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalarda eʼlon qilingan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektning yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi, ijro ishini yuritish doirasida sudlar va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati amalga oshirilayotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilayotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat statistika organlari faoliyati amalga oshirilayotganda, shuningdek boshqa davlat organlari tomonidan statistika maqsadlari uchun shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanilganda, ularni egasizlantirish sharti bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilayotganda yoki tibbiy tashxis, davolash belgilanayotganda, bunday maʼlumotlarga shaxsga doir maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash majburiyati zimmasiga yuklatilgan tibbiyot xodimi yoki sogʻliqni saqlash muassasasining boshqa shaxsi tomonidan ishlov berilishi sharti bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatga doir munosabatlar sohasidagi huquqlar amalga oshirilayotganda va majburiyatlar bajarilayotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyekt muomalaga layoqatsiz boʻlgan yoki uning muomala layoqati cheklangan taqdirda subyektning yoki uchinchi shaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qilish taʼminlanayotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar, shu jumladan saylab qoʻyiladigan davlat lavozimlariga nomzodlarning shaxsga doir maʼlumotlari hammaga eʼlon qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkiloti, diniy tashkilot, siyosiy partiya yoki kasaba uyushmasi faoliyati amalga oshirilayotganda, ishlov berish faqat shu tashkilotlar va birlashmalar aʼzolarining yoki xodimlarining shaxsga doir maʼlumotlariga taalluqli boʻlishi hamda subyektlarning roziligisiz uchinchi shaxsga berilmasligi sharti bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilayotganda, bu bolalar fuqarolarning oilalariga tarbiyalash uchun joylashtirilayotganda (patronat) hamda vasiylik va homiylikni taʼminlash boʻyicha boshqa chora-tadbirlar amalga oshirilayotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarga davlat xavfsizligini taʼminlash maqsadida ishlov berilayotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlanganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga oʻz vakolatlari doirasida davlat organlari, shuningdek boshqa shaxslar tomonidan ishlov berilayotganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Biometrik va genetik maʼlumotlarga ishlov berish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyektning anatomik va fiziologik oʻziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi shaxsga doir maʼlumotlar biometrik maʼlumotlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyektning nasldan-naslga oʻtgan yoki orttirilgan xususiyatlariga taalluqli boʻlgan, subyektning biologik qiyofasini tahlil qilish yoki muqobil axborot olish imkonini beradigan boshqa elementni tahlil qilish natijasi boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar genetik maʼlumotlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyektning shaxsini aniqlash uchun foydalaniladigan biometrik va genetik maʼlumotlarga faqat mazkur subyektning roziligi mavjud boʻlgan taqdirda, bundan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini roʻyobga chiqarish, odil sudlovni amalga oshirish, ijro ishini yuritish bilan bogʻliq hollar mustasno, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ishlov berilishi mumkin.
(26-moddaning uchinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron shakldagi biometrik va genetik maʼlumotlardan axborot tizimlaridan tashqarida foydalanish va ularni shunday tizimlardan tashqarida saqlash faqat ulardan ruxsatsiz foydalanishni istisno etadigan axborot tashuvchi moddiy jismlarda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish kafolatlari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat shaxsga doir maʼlumotlarning himoya qilinishini kafolatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha quyidagilarni taʼminlaydigan huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni koʻradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektning oʻz shaxsiy hayotiga aralashuvdan himoya qilinish huquqi amalga oshirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarning yaxlitligini va but saqlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berilishining oldi olinishini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
271-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash va ularga ishlov berishning alohida shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlari ushbu Qonunning asosiy prinsiplari taʼminlangan holda saqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi shaxsga doir maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlanishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarning biometrik maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarning genetik maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan telekommunikatsiyalar operatorlaridagi ularning xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslarning maʼlumotlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilmagan shaxsga doir maʼlumotlar kuyidagi shartlardan biri bajarilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida saqlanishi va ularga ishlov berilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlatni shaxsga doir maʼlumotlarning bir xil himoya qilinishini taʼminlovchi davlat sifatida tan olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator tomonidan vakolatli davlat organi tasdiqlaydigan talablarga javob beruvchi standart shartnomaviy shartlar yoki majburiy korporativ qoidalar qabul qilinishi va ularga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan shaxsga doir maʼlumotlarni boshqarish va saqlash sohasidagi xalqaro standartlarga operator tomonidan rioya etilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlar bir xil himoya qilinishini taʼminlovchi chet davlatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(271-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 26-martdagi OʻRQ-1125-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1125/0278-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyektning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud boʻlmagani holda shaxsga doir maʼlumotlarni oshkor etish va tarqatishga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisida mulkdor va (yoki) operator yoki shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanishga ruxsat olgan boshqa shaxs tomonidan rioya etilishi majburiy boʻlgan talab shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor va (yoki) operator hamda shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanishga ruxsat olgan boshqa shaxslar subyektning roziligisiz shaxsga doir maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi va tarqatmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Hamma foydalanishi mumkin boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyektning roziligi bilan erkin foydalanilishi mumkin boʻlgan yoki maxfiylikka rioya etishga doir talablar tatbiq etilmaydigan shaxsga doir maʼlumotlar hamma foydalanishi mumkin boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini axborot bilan taʼminlash maqsadida shaxsga doir maʼlumotlarning hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalari (shu jumladan biografik maʼlumotnomalar, telefon, manzil kitoblari, hamma foydalanishi mumkin boʻlgan elektron axborot resurslari) yaratilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlarning hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalariga subyektning yozma roziligi bilan uning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili va joyi, manzili, abonent raqami, kasbi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda subyekt tomonidan maʼlum qilinadigan boshqa shaxsga doir maʼlumotlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyekt haqidagi maʼlumotlar shaxsga doir maʼlumotlarning hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalaridan uning murojaatiga koʻra, rozilik qanday shaklda berilgan boʻlsa, shunday shaklda yoki yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida, shuningdek vakolatli davlat organining yoki sudning qaroriga koʻra chiqarib tashlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Subyektning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlar subyekti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdorda va (yoki) operatorda, shuningdek uchinchi shaxsda oʻz shaxsga doir maʼlumotlari va ularning tarkibi mavjudligini bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdordan va (yoki) operatordan shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish toʻgʻrisidagi axborotni soʻrov boʻyicha olish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkdordan va (yoki) operatordan oʻzining shaxsga doir maʼlumotlaridan foydalanish imkoniyatini berish shartlari toʻgʻrisida axborot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzining shaxsga doir maʼlumotlariga nisbatan huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan vakolatli davlat organiga yoki sudga murojaat etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish uchun rozilik berish va bunday rozilikni chaqirib olish, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzining shaxsga doir maʼlumotlarini shaxsga doir maʼlumotlarning hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalarida tarqatilishi uchun mulkdorga va (yoki) operatorga, shuningdek uchinchi shaxsga rozilik berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar shaxsga doir maʼlumotlar toʻliq boʻlmasa, eskirgan, noaniq boʻlsa, qonunga xilof ravishda olingan boʻlsa yoki ishlov berish maqsadlari uchun zarur boʻlmasa, mulkdordan va (yoki) operatordan oʻzining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishni vaqtincha toʻxtatib turishni talab qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan subyektning shaxsga doir maʼlumotlarini tasarruf etishni uning qonuniy vakili amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzining shaxsga doir maʼlumotlarini Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining maʼnaviyatini, sogʻligʻini, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat mudofaasini hamda davlat xavfsizligini taʼminlash maqsadlarida taqdim etish subyektning majburiyatidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Mulkdorning va (yoki) operatorning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor va (yoki) operator shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni amalga oshirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etishi;
(31-moddaikkinchi qismining ikkinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektning murojaatiga koʻra uning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi vazifalarini bajarish uchun zarur va yetarli boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar tarkibini tasdiqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishdan koʻzlangan maqsadga erishilgan taqdirda, shuningdek ushbu Qonunda belgilangan boshqa hollarda ularni yoʻq qilish choralarini koʻrishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda subyektning oʻz shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish uchun roziligi olinganligi dalilini taqdim etishi;
(31-moddaikkinchi qismining oltinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
basharti yangi maʼlumotlarning ishonchliligi hujjatlar bilan tasdiqlansa, shaxsga doir maʼlumotlarni oʻzgartirishi va (yoki) toʻldirishi yoxud bunday oʻzgartirish va (yoki) toʻldirishni kiritish imkoni boʻlmagan taqdirda bu maʼlumotlarni yoʻq qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish shartlari buzilganligi toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlgan taqdirda, ularga ishlov berishni vaqtincha toʻxtatishi yoki ularni yoʻq qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishni vaqtincha toʻxtatish va (yoki) ularni yoʻq qilish uchun subyekt tomonidan hujjatlarni elektron tarzda berish imkoniyatini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar oʻzgartirilgan, yoʻq qilingan va ulardan foydalanish cheklangan hollarda subyektni, shuningdek shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning boshqa ishtirokchilarini yozma shaklda xabardor qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar uchinchi shaxsga berilgan taqdirda, subyektni yozma shaklda xabardor qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz mulki boʻlgan va (yoki) ishlov berilayotgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalarini roʻyxatdan oʻtkazishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha zarur huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni koʻrishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor va (yoki) operator shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni quyidagi hollarda uchinchi shaxsga topshirishga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektning yozma shakldagi, shu jumladan elektron hujjat tarzidagi roziligi mavjud boʻlgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar qaror mulkdor va subyekt oʻrtasidagi shartnomani ijro etish yoki ilgari tuzilgan shartnoma shartlarini bajarish uchun qabul qilinayotgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda.
(31-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdorning va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha majburiyatlari shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish paytidan eʼtiboran vujudga keladi va ular yoʻq qilib tashlangan yoki egasizlantirilgan paytga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor va (yoki) operator shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish bilan bogʻliq ishlar uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmani yoki mansabdor shaxsni belgilaydi hamda uning ishini Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning namunaviy tartibiga muvofiq taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlar sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(32-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(33-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 462-moddasi, Jinoyat kodeksining 1412-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
(34-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(35-moddaning nomiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 2019-yil 1-oktabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 2-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-547-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 03/19/547/3363-son; 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 27.03.2026-y., 03/26/1125/0278-son; 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son)