02.09.2023 yildagi PQ-291-son
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
7. “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan bir vaqtning o‘zida ham mulkdorning, ham tartibga soluvchining vazifalarini bajarishga yo‘l qo‘yilmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
4. Chet ellik investitsiya vositachisi — O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan investitsiya vositachisining professional faoliyati bilan tenglashtiriladigan tan olingan xorijiy yurisdiksiyaning qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan investitsiya kompaniyasi (investitsiya yoki depozitar bank, broker yoki investitsiya vositachisi), global kastodian, kastodian, bank yoki boshqa yuridik shaxs.
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Kapital bozori infratuzilmasini rivojlantirish

1.

Xorijiy investorlar uchun davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida savdo qilish tartibini soddalashtirish.

1. Moliyaviy axborotlarni almashish (FIX) protokoli yoki standartlashtirilgan API yordamida bozor ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga tarqatish va ichki tizimlar, jumladan buyurtmalarni boshqarish tizimlari (OMS), chet ellik investitsiya vositachilari va boshqalardan keladigan savdo buyurtmalarini qabul qilish imkonini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil sentyabr

“O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ (O‘zRVB)

2. Xorijiy investorlarga (tan olingan chet el banklari, shu jumladan kastodian banklarga) davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida birlamchi diler faoliyatini olib borish imkoniyatini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Markaziy bank,

O‘zRVB

3. Davlat va korporativ qog‘ozlarni hisobga olishning yagona depozitar tizimi yaratilgunga qadar “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ tomonidan chet ellik nominal saqlovchilar va investitsion vositachilarga o‘z depozitar tizimida depozitar xizmatlarni ko‘rsatish va davlat qimmatli qog‘ozlar depo hisobvaraqlarini yuritish uchun sharoit yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil mart

O‘zRVB,

Markaziy bank

2.

Davlat qimmatli qog‘ozlari bilan savdolarni amalga oshirish uchun yangi hisob-kitoblar (kliring) modelini joriy qilish.

1. Davlat qimmatli qog‘ozlari bilan savdolarni amalga oshirishda pul mablag‘lari bilan hisob-kitoblarni Markaziy bank orqali amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul

O‘zRVB,

Markaziy bank,

Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi (QQMD)

2. Davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirishi uchun tan olingan chet ellik nominal saqlovchilar (Clearstream, Euroclear) hamda kastodian banklarning murojaatiga muvofiq Markaziy bankda ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri milliy va chet el valyutalarida hisobvaraqlarni ochishni yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul

Markaziy bank

3. Mahalliy va chet ellik professional ishtirokchilarning, shu jumladan boshqa chet ellik nominal saqlovchilarning Markaziy bankning to‘lov tizimida (RTGS — “Real Time Gross Settlement”) mahalliy banklar orqali ishtirok etishlarini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul

Markaziy bank,

QQMD,

O‘zRVB

4. Ikkilamchi bozorda davlat qimmatli qog‘ozlari uchun hisob-kitoblarni “T+2” shaklida ham joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul

QQMD,

O‘zRVB

5. Davlat qimmatli qog‘ozlarini saqlash, hisobga olish va hisob-kitobni amalga oshirishni ta’minlovchi depozitariy dasturiy ta’minotida chet ellik nominal saqlovchi, jumladan kastodian funksiyasini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul

QQMD,

O‘zRVB

6. Davlat qimmatli qog‘ozlari bilan savdolar amalga oshirilganda qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘larini oldindan depozitga qo‘yish talablarini bekor qilish va yangi hisob-kitoblar (kliring) modelining bir qismi sifatida risk menejmenti amaliyotini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil iyul

O‘zRVB,

QQMD

3.

Korporativ qimmatli qog‘ozlar bilan savdolarni amalga oshirish uchun yangi hisob-kitoblar (kliring) modelini joriy qilish.

1. “Toshkent” RFB AJning qimmatli qog‘ozlar bilan savdolardagi hisob-kitoblarni (kliring) amalga oshirish va hisob-kitob kliring palatasi funksiyalarini Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil oktyabr

“Toshkent” RFB,

QQMD

2. Korporativ qimmatli qog‘ozlar bilan savdolarni amalga oshirishda pul mablag‘lari bilan hisob-kitoblarni Markaziy bank orqali amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil oktyabr

Markaziy bank,

QQMD

3. Tan olingan chet ellik nominal saqlovchilar (Clearstream, Euroclear) hamda kastodian banklarning murojaatiga muvofiq, ularga Markaziy bankda to‘g‘ridan-to‘g‘ri milliy va chet el valyutalarida hisobvaraqlarni ochishni yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar

Markaziy bank,

QQMD

4. Mahalliy va chet ellik professional ishtirokchilarning, shu jumladan boshqa chet ellik nominal saqlovchilarning Markaziy bankning to‘lov tizimida (RTGS — “Real Time Gross Settlement”) mahalliy banklar orqali ishtirok etishlarini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil oktyabr

Markaziy bank,

QQMD

5. Yangi hisob-kitoblar (kliring) modelida korporativ qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisob-kitoblarni fond birjasining “Main Board” savdo maydonchasi uchun “T+2” va boshqa savdo maydonchalari (“Nego Board”, “IPO/SPO/PO Board”, “Special Buy In/Special Sell Out Board”, “Buy In / Sell Out Board” va boshqalar) uchun “T+2”, “T+1” va “T” shaklida joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil oktyabr

“Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUK

(Axborot-resurs markazi),

QQMD

6. Korporativ qimmatli qog‘ozlarni saqlash, hisobga olish va hisob-kitobni amalga oshirishni ta’minlovchi yagona dasturiy texnik kompleksning (YaDTK) depozitariy dasturiy ta’minotida chet ellik nominal saqlovchi, shu jumladan kastodian funksiyasini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil oktyabr

Axborot-resurs markazi,

QQMD

7. Savdo bitimlari amalga oshirilganda qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘larini oldindan depozitga qo‘yish talablarini bekor qilish va yangi hisob-kitoblar (kliring) modelida, jumladan korporativ qimmatli qog‘ozlarni saqlash, hisobini yurituvchi va hisob-kitoblarni amalga oshirishni ta’minlovchi YaDTK depozitar dasturiy ta’minotida risk menejmenti amaliyotini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil iyul

O‘zRVB,

QQMD,

Markaziy bank,

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA)

4.

“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJda SWIFT tizimini joriy etish.

1. Davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlar uchun joriy etilgan SWIFT aloqalarining turlarini o‘rganish va tahlil qilish.

Tahliliy ma’lumot

2023-yil dekabr

O‘zRVB,

QQMD

2. SWIFT tizimining ishlatilishi, unga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ISO 15022 va ISO 20022 standartlari bo‘yicha tegishli o‘quv kurslarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

O‘zRVB,

QQMD

3. Davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlar uchun quyidagi SWIFT aloqalarini yo‘lga qo‘yish:

barcha operatsiyalarning ISO 15022 standartlariga muvofiqligini ta’minlash;

xorijiy tajribada ISO 20022 standartlari qo‘llanadigan operatsiyalarning O‘zbekistonda ushbu standartlarga muvofiqligini ta’minlash;

ISO 15022 va ISO 20022 xabarlari o‘rtasida ikki tomonlama konvertatsiyani (bir standartdan ikkinchi bir standartga o‘tish) yo‘lga qo‘yish;

xorijiy tajribaga muvofiq qolgan operatsiyalar uchun ISO 20022 standartlarini 2028-yilga qadar bosqichma-bosqich joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul

O‘zRVB,

QQMD

5.

Xalqaro va xo�ijiy qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariylariga ulanish.

1. Xalqaro va xorijiy qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariylari, jumladan “Clearstream” mijozlari uchun Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida xorijiy nominal hisobvaraqlar ochish hamda “Clearstream” tashkilotida Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining hisobvarag‘ini ochish orqali ushbu tashkilot bilan ikki tomonlama korrespondentlik munosabatlarini o‘rnatish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil fevral

QQMD,

O‘zRVB

6.

Korporativ va davlat qimmatli qog‘ozlarini saqlash, hisobga olish va ular bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishini ta’minlovchi “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ faoliyatini takomillashtirish.

1. Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 107-uyda joylashgan bino birinchi qavati va yerto‘lasining chap qismini “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJning ustav fondiga balans qiymatida o‘tkazish.

Dalolatnoma, buyruq

2023-yil oktyabr

Davaktiv agentligi,

QQMD

2. “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” DUKni balans qiymatida aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etish.

Aksiyalar chiqariluvi

2023-yil oktyabr

Davaktiv agentligi,

Markaziy bank,

ILMA

3. “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJdagi davlat aksiya paketlari bo‘yicha aksiyador huquqini amalga oshirish uchun ularni Markaziy bankka tekinga o‘tkazish.

Dalolatnoma

2023-yil noyabr

Davaktiv agentligi,

Markaziy bank

4. Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilariga “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJning nazorat paketini saqlagan holda bir qism aksiyalarini sotish bo‘yicha taklif kiritish.

Takliflar

2024-yil davomida

ILMA,

Markaziy bank,

Davaktiv agentligi

5. Korporativ va davlat qimmatli qog‘ozlarini saqlovchi va hisobga oluvchi hamda ular bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yagona depozitar dasturiy ta’minotni yaratish bo‘yicha takliflarni kiritish.

Tahliliy ma’lumot

2024-yil aprel

QQMD,

O‘zRVB,

Axborot-resurs markazi

6. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiyalar xalqaro tashkiloti (IOSCO) prinsiplariga asoslangan qimmatli qog‘ozlarni saqlash, hisobini yuritish va hisob-kitob tizimini amaliyotga joriy qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2024-yil aprel

ILMA,

QQMD,

O‘zRVB

7.

Norezidentlarning qimmatli qog‘ozlarini mahalliy bozorda hamda rezidentlarning qimmatli qog‘ozlarini chet el bozorlarida muomalaga kiritish tartibini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-avgustdagi 239-son qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatli qog‘ozlarni muomalaga kiritish kvotalari va tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil dekabr

ILMA,

“Toshkent” RFB,

QQMD,

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyadorlari to‘g‘risidagi axborotlarning dolzarbligini ta’minlash.

1. Aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyadorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni solishtirish va dolzarbligini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil noyabr

ILMA,

QQMD,

Raqamlashtirish vazirligi,

Soliq qo‘mitasi,

IIV,

Adliya vazirligi,

Personallashtirish agentligi

2. Vafot etgan, doimiy yashash uchun xorijiy davlatga ko‘chib ketgan, shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan, merosxo‘rlari aksiyani olishdan voz kechgan jismoniy shaxslarga yoki davlat reyestridan chiqarilgan yuridik shaxslarga tegishli aksiyalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tahliliy ma’lumot

2023-yil dekabr

Davaktiv agentligi,

QQMD,

ILMA

9.

“Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUK, Markaziy depozitariy va “Toshkent” RFB faoliyatini yanada takomillashtirish.

1. “Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUK, Markaziy depozitariy va “Toshkent” RFB faoliyatini takomillashtirish choralarini ko‘rish. Bunda, “Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUK har yilgi budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, Markaziy depozitariy va “Toshkent” RFBda amalga oshiriladigan bitimlarni hisobga olgan holda uning tariflarini qayta ko‘rib chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

ILMA,

Axborot resurs markazi,

Raqobat qo‘mitasi

2. Yagona dasturiy texnik kompleksning dasturiy ta’minoti va serverlari litsenziyasi bo‘yicha Koreya birjasi bilan muzokaralar olib borish va takliflar kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Axborot resurs markazi,

ILMA

3. Mazkur dasturiy ta’minotdan foydalanish bo‘yicha tegishli o‘quv-trening kurslarini tashkil etish yuzasidan YaDTK yaratuvchilari bilan muzokara olib borish.

Grafik asosida

2023-yil sentyabr

4. “Total Market Surveillance” dasturiy ta’minotidan foydalanish bo‘yicha tegishli o‘quv-trening kurslarini tashkil etish.

Grafik asosida

2023-yil dekabr

10.

Aksiyadorlarga jamiyat to‘g‘risidagi muhim axborotlarni yetkazish tartibini takomillashtirish.

1. Jamiyat tomonidan hisoblangan dividend va boshqa muhim axborotlarni SMS xabar va (yoki) elektron pochta manzili orqali yetkazish tartibini joriy etish bo‘yicha taklif kiritish.

Taklif

2024-yil mart

ILMA,

Raqamlashtirish vazirligi,

QQMD

2. Mazkur taklifni amalga oshirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil dekabr

11.

“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish.

“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2023-yil dekabr

ILMA,

Markaziy bank

II. Emitentlar sonini ko‘paytirish, yangi moliyaviy mahsulotlar va korporativ boshqaruvni takomillashtirish orqali taklifni oshirish

12.

Tadbirkorlik subyektlarining kichik va o‘rta toifalari uchun talablarni soddalashtirish.

Tadbirkorlik subyektlarining kichik va o‘rta toifalari uchun savdo maydonchalarini yaratish qoidalarini ishlab chiqish va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan kelishish.

Kuzatuv kengashi qarori

2024-yil dekabr

“Toshkent” RFB,

Axborot-resurs markazi,

ILMA

13.

Fond birjasida moliyaviy instrumentlar turini ko‘paytirish.

Ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, sinov tariqasida “Gold ETF” fondini “Trast fondi” shaklida tashkil etish va uning ulushlarini muvaffaqiyatli joylashtirish bo‘yicha me’yorlarni nazarda tutgan holda taklif kiritish.

Taklif

2024-yil iyul

ILMA,

Markaziy bank,

Adliya vazirligi

14.

Korporativ axborot yagona portalini takomillashtirish.

Mahalliy va xalqaro konsalting tashkilotlarini jalb etgan holda Korporativ axborot yagona portalini takomillashtirish bo‘yicha texnik topshiriq tayyorlash. Bunda, Portalda tahliliy axborotlarni avtomatik tarzda shakllantirish, manfaatdor shaxslarga axborotlarni taqdim etish imkoniyatini nazarda tutish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil noyabr

ILMA,

Axborot-resurs markazi

15.

Fuqarolarga jamg‘arib boriladigan ixtiyoriy pensiya badallaridan foydalanish imkoniyatini yaratish.

Fuqarolarga jamg‘arib boriladigan ixtiyoriy pensiya badallarini mahalliy fond bozoridagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga yo‘naltirish va daromadlarni olish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil dekabr

ILMA,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

16.

O‘z xodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasini (ESOP) joriy etish.

1. O‘z xodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasini (ESOP) joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil aprel

ILMA

2. Aksiyalari birlamchi ommaviy taklif qilish orqali sotilishi belgilangan davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan o‘z xodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasini (ESOP) joriy qilish.

Boshqaruv organlari qarorlari

2024-yil avgust

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Davaktiv agentligi,

ILMA

17.

Shaxsiy investitsiya hisobvarag‘ini ochish va pul mablag‘larining hisobini yuritish.

1. Shaxsiy investitsiya hisobvarag‘i, uni ochish va undagi mablag‘larning hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil dekabr

ILMA,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Shaxsiy investitsiya hisobvarag‘i to‘g‘risida aholi orasida keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish.

Chora-tadbirlar rejasi

2024-yil fevral

“Toshkent” RFB,

ILMA,

O‘zMTRK

18.

Qimmatli qog‘ozlar hajmini oshirish.

1. Davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan tijorat banklari va sug‘urta tashkilotlari tomonidan uyushgan savdolardagi qimmatli qog‘ozlarga (davlat qimmatli qog‘ozlari bundan mustasno) kiritiladigan investitsiya hajmini ular tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlariga qilingan jami investitsiyalar hamda depozit va/yoki depozit sertifikatlariga qo‘yilgan mablag‘larga nisbatan 3 (uch) foizga yetkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

2024-yil iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Davaktiv agentligi,

ILMA

2. Davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan davlat ishtirokidagi korxonalar bir moliya yilida jalb qiladigan jami mablag‘larining bir qismini (kreditning kamida 5 foizini) mahalliy kapital bozorida birja va korporativ obligatsiyalarni qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdolarida joylashtirish orqali jalb etish.

2024-2025-yillar uchun grafik asosida

2025-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Davaktiv agentligi,

ILMA

III. Kapital bozorini huquqiy tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirish

19.

“Kapital bozori to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni birlashtirishni nazarda tutuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2024-yil iyul

ILMA,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Davaktiv agentligi,

ISSV,

Adliya vazirligi

20.

Xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlari yig‘ilishlari va majlislarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish.

Xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlari (ta’sischilar, aksiyadorlar, ishtirokchilar, kuzatuv kengashi) umumiy yig‘ilishida yoki majlisida masofadan turib ishtirok etish va ovoz berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda, quyidagi masalalarni nazarda tutish:

fond birjasi kotirov�a varag‘iga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlar yig‘ilishlarini yuzma-yuz formatda o‘tkazish bilan bir qatorda, aksiyadorlar uchun ushbu yig‘ilishlarda avtorizatsiya va identifikatsiyadan o‘tishni ta’minlovchi elektron kanallar orqali masofadan turib ishtirok etish imkoniyatini yaratish;

qimmatli qog‘ozlarni nominal saqlovchi, shu jumladan chet ellik nominal saqlovchi uchun aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibida turgan masalalar bo‘yicha aksiyalarning benefitsiar mulkdorlari ko‘rsatmasiga muvofiq ovoz berish, shu jumladan har bir benefitsiar mulkdor nomidan alohida ovoz berish (ya’ni qimmatli qog‘ozlarni nominal saqlovchi o‘z mijozi bo‘lgan benefitsiar mulkdorlarning bir qismi nomidan “Ha” deb, boshqa bir qismi nomidan “Yo‘q” deb ovoz berishi mumkin) imkoniyatini beruvchi huquqiy baza va texnologik tizimni yaratish;

mazkur tizimda korporativ qarorlar natijasida global depozitariy harakatlar jarayonida tarqatiladigan qo‘shimcha qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha huquqlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq e’lonlarning jamiyatdan aksiyadorlarga borishi va bunday e’lonlarga javoblar, murojaatlar, aksiyadorlar huquqlarini amalga oshirish bo‘yicha bayonotlarning aksiyadorlardan jamiyatga borishini ta’minlovchi avtomatlashtirilgan axborot almashinuvini ko‘zda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil iyul

ILMA,

Davaktiv agentligi,

QQMD,

Raqamlashtirish vazirligi

21.

Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlarni to‘lash tartibini takomillashtirish.

Dividendlar va foiz ko‘rinishidagi daromadlarni “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ va (yoki) investitsiya vositachilari orqali qimmatli qog‘ozlar egalari, investitsiya vositachilari yoki chet ellik nominal saqlovchilarning hisobvaraqlariga to‘lash tartibini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil dekabr

ILMA,

Markaziy bank,

QQMD

22.

Ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining malaka imtihonlarini o‘tkazish va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

1. Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining malaka imtihonlarini o‘tkazish va malakasini oshirish sohasida xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlarini tahlil qilish va ilg‘or tajribasini o‘rganish.

Tahliliy ma’lumot

2024-yil yanvar

ILMA

2. Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining mahalliy va xorijiy uyushmalariga (birlashmalariga) quyidagi funksiyalarni berish maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqqan holda kapital bozorida malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini o‘tkazish, uni berish va qayta rasmiylashtirish tartibini qayta ko‘rib chiqish:

kapital bozorida malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini o‘tkazish, uni berish va qayta rasmiylashtirish;

kapital bozori mutaxassislarining malakasini oshirish dasturlarini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil aprel

23.

Offshor hududlarda ro‘yxatga olgan investorlar uchun aksiyalar olish bo‘yicha belgilangan cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish.

Ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida offshor hududlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish.

Tahliliy ma’lumot

2023-yil dekabr

ILMA,

Markaziy bank,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qo‘mitasi,

“Toshkent” RFB

24.

Qimmatli qog‘ozlar chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini soddalashtirish.

Qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda “qutida ro‘yxatga olish” (shelf-registration) amaliyotini joriy etish yuzasidan taklif kiritish.

Tahliliy ma’lumot

2024-yil sentyabr

ILMA,

Adliya vazirligi

25.

Aksiyadorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish va axborotlarni oshkor etish tartibini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

uch yil ichida talab qilib olinmagan dividendlarni aksiyadorlik jamiyatlari ixtiyorida qoldirish tartibini bekor qilish;

emitentlar tomonidan oshkor etilishi lozim bo‘lgan hisobotlar, muhim fakt va axborotlarni Korporativ axborot yagona portalida e’lon qilish va mazkur axborotlarni “Toshkent” RFB veb-saytiga avtomatik tarzda yu?lash.

Qonun loyihasi

2023-yil dekabr

ILMA,

Adliya vazirligi

IV. Kapital bozorida soliq tizimini takomillashtirish

26.

Kapital bozorida soliq tartibotlarini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

fuqarolarga jamg‘arib boriladigan ixtiyoriy pensiya badallarini mahalliy fond bozoridagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga yo‘naltirish huquqini taqdim etish. Bunda, qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisi va dividend (foiz) shaklidagi qo‘shimcha daromadlar fuqarolar tomonidan pensiya yoshiga yetgunga qadar ham mustaqil tasarruf etilishi mumkin;

aksiyalar ommaviy joylashtirilishida (IPO) korxonalar xodimlari korxona tomonidan joriy qilingan o‘z xodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasi (ESOP) doirasida ularga ushbu aksiyalarni sotib olish bo‘yicha imtiyozli huquqni taqdim etish. Bunda, ularning roziligi asosida bir kalendar yil davomida aksiyalarni olishga yo‘naltiradigan oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlaridan oshmaydigan mablag‘larini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilish;

soliq to‘lovchining soliq davri davomida jami mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi ish haqi va boshqa daromadlaridan mahalliy fond bozorida emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun shaxsiy investitsiya hisobvarag‘iga yo‘naltiriladigan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilish. Bunda, soliq to‘lovchi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va mablag‘larini o‘n ikki oy ichida qaytarib olmaslik majburiyatini oladi. Soliq to‘lovchi tomonidan mazkur majburiyatlar bajarilmagan holda soliq imtiyozining amal qilishi soliq imtiyozini qo‘llashning butun davri uchun soliqni to‘lash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-yanvardagi “Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-90-son qarori 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilish muddatini 2028-yil 31-dekabrga qadar uzaytirish;

jami daromaddan REPO operatsiyalari bo‘yicha daromadni chiqarib tashlash.

Qonun loyihasi

2023-yil oktyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

ILMA,

Davaktiv agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

V. Investorlar bazasini kengaytirish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish

27.

Norezidentlar tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish tartibini soddalashtirish.

Uyushgan savdolarda aksiyalar bilan bir qatorda korporativ obligatsiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlarga milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish bo‘yicha qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktyabr

Markaziy bank,

ILMA,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

28.

Birja a’zolarini savdolarda qatnashish imkoniyatini kengaytirish.

“Toshkent” RFB a’zolarini soddalashtirilgan tartibda “O‘zRVB” AJ a’zoligiga qabul qilish bo‘yicha yagona tartibni tasdiqlash.

Bunda, ikki birja a’zolarini o‘zaro tan olish tamoyillari nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktyabr

O‘zRVB,

“Toshkent” RFB,

ILMA,

Markaziy bank

29.

Depo hisobvarag‘ini masofadan turib ochish imkoniyatini yaratish.

Depo hisobvarag‘ini masofadan turib ochish va investorlar bilan shartnoma tuzish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, investorlarni identifikatsiya qilish “Elektron hukumat” tizimi orqali davlat axborot tizimlarining bepul olinadigan ma’lumotlaridan foydalangan holda amalga oshirilishini nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktyabr

ILMA,

Raqamlashtirish vazirligi

30.

Aholining kapital bozori sohasiga oid masalalar bo‘yicha moliyaviy savodxonligini oshirish dasturlarini izchil amalga oshirish.

1. Kapital bozori asoslarini o‘rganish bo‘yicha maqolalar va boshqa kontentlarni yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining finlit.uz moliyaviy savodxonlik sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirish bo‘yicha hamkorlik qilish.

2. Aholining kapital bozorida moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari va uning muammolarini yoritib borish maqsadida veb-sayt va telegram kanal orqali axborot va ta’lim resurslarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

ILMA,

Markaziy bank

31.

Kapital bozori, shu jumladan fond birjasidagi holatni yoritish hamda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish.

1. Kapital bozori bo‘yicha teleko‘rsatuvlarni tashkil etish.

Grafik

2023-yil dekabr

“Toshkent” RFB,

O‘zRVB,

QQMD,

ILMA,

O‘zA,

O‘zMTRK

2. Aholining kapital bozori sohasiga oid masalalar bo‘yicha moliyaviy savodxonligini oshirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil dekabr

“Toshkent” RFB,

O‘zRVB,

QQMD,

kapital bozori nodavlat notijorat tashkilotlari

(kelishuvga ko‘ra)

VI. Kapital bozori ishtirokchilarining malakasini oshirish, ularni o‘qitish va qayta o‘qitish tizimini yaratish

32.

Kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha institutsional bazani rivojlantirish.

1. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning barcha darajalarini (magistratura, PhD) qamrab oluvchi “Kapital bozori” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlarni uzluksiz tayyorlash va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va oliy ta’lim muassasalari ishtirokida kapital bozoridagi kamchilik va muammolarni tadqiq qilishga doir mavzularni oliy ta’lim muassasalarida magistrlik dissertatsiyalari va ilmiy ishlar ro‘yxatiga kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

OTFIV,

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi,

ILMA,

OTMlar

2. Xalqaro moliya korporatsiyasining Milken instituti kapital bozorlari dasturi (Ifc-Milken Institute Capital Markets Program) orqali mutaxassislarni muntazam ravishda o‘qitib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-2025-yillar davomida

ILMA,

OTFIV,

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi,

OTMlar

3. Tajriba almashish hamda moliyaviy savodxonlik va kapital bozoriga oid masalalarni muhokama qilish uchun mahalliy va xalqaro konferensiyalarni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yildan boshlab,

doimiy

4. Xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda kapital bozori rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ularning malakasini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

ILMA,

Markaziy bank

5. Yuqori malakali, shu jumladan xorijiy davlatlarning qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi organlarida ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb etish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidan “, shuningdek, lotereyalarni tashkil etish faoliyatini” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
b) 3 va 4-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 1-bandning birinchi xatboshisidagi “2024-yil 31-dekabrga” so‘zlari “2028-yil 31-dekabrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
a) 7-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” so‘zlari “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;